Antropogen omillar
Оценка 4.9

Antropogen omillar

Оценка 4.9
Лекции
docx
экология
31.12.2022
Antropogen omillar
Antropogen omillar.docx

АНТРОПОГЕН ОМИЛЛАР ДЕБ НИМАГА АЙТИЛАДИ?

ANTROPOGEN OMILLAR

Hozirgi davrda atrof-muhitning jadal o‘zgarishiga sabab bo‘layotgan omillar bevosita inson faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, kishilik jamiyati tobora rivojlangan sari uning tabiatga ta’siri ham kuchayib bormoqda. Hozirgi kunda insoniyatning tabiat va atrof-muhitga ta’siri kuchi ortib ketgan. Antropogеn ta’sir ekologik omillar yig‘indisi bo‘lib, uning asosida insonning xo‘jalik faoliyati yotadi. Antropogen omillar odam va uning xo‘jalik faoliyatining o‘simlik, hayvon va boshqa tabiat komponentlariga ta’siri bilan bog‘liq omillar guruhidir. Odam tabiatga ta’sir ko‘rsatib, uni o‘z ehtiyojiga moslashtiradi, bu esa o‘z navbatida tirik organizmlarning tabiiy yashash muhitlari hamda ularning hayotiy jarayonlari o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Antropogen omillar ta’sirida iqlim, atmosfera, tuproq strukturasi, suv havzalarining fizik holati va kimyoviy tarkibi o‘zgaradi. Antropogen omillarning quyidagi turlari mavjud: kimyoviy omillar, fizik omillar, biologik omillar, ijtimoiy omillar.

Ekin maydonlariga ishlov berish maqsadida mineral o‘g‘itlardan foydalanish, hosildorlikni oshirish, zararkunanda hasharotlarga qarshi zaharli kimyoviy moddalarni qo‘llash, Yerning geologik qobiqlari – atmosfera, gidrosfera, litosferaning transport va sanoat chiqindilari bilan ifloslanishi kabilar kimyoviy antropogen omillarga kiradi. Fizik antropogen omillarga yadro energiyasidan foydalanish, inson faoliyati tufayli, masalan, transport vositalarining ortib borishi oqibatida shovqin kuchining ortishi kabilar misol bo‘ladi. Biologik antropogen omillarga oziq-ovqat mahsulotlari, odam organizmi yashash muhiti va oziq manbayi bo‘lishi mumkin bo‘lgan bakteriyalar, parazit hayvonlar kiradi. Ijtimoiy antropogen omillar odamlar jamoasi hamda ularning o‘zaro munosabatlari bilan belgilanadi.

Antropogen omillar deyilganda insonning atrof-muhitga, ya’ni tirik organizmlar, biogeotsenozlar, biosferaga har qanday (bevosita va bilvosita) ta’siri tushuniladi.

Antropogen omillar insonning faoliyati natijasida kelib chiqadigan omillardir. Antropogen ta’sir natijasida tirik organizmlarning yashash muhiti o‘zgaradi, bu esa o‘z navbatida, ekotizimlarning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi bog‘lanishlarning buzilishiga olib keladi.

Inson o‘z ehtiyojlaridan kelib chiqib tabiatga ta’sir ko‘rsatishi oqibatida o‘simliklar, hayvonlarning yashash muhitlari ham o‘zgaradi. Insonning tabiatga ta’siri bevosita va bilvosita bo‘lishi mumkin.

Insonning bevosita ta’siri to‘g‘ridan to‘g‘ri tirik organizmlarga qaratilgan bo‘ladi. Masalan, ko‘mir qazib olganda, yog‘och kesganda inson ko‘mir yoki o‘rmonga nisbatan to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Nooqilona, rejalashtirilmasdan hayvonlarning ko‘plab ovlanishi turlar sonining keskin kamayishiga olib keladi. Insonning tabiatga ta’sir kuchi ortib borayotganligi tabiatni muhofaza qilish choralarini ishlab chiqishni taqozo etadi.

Insonning bilvosita ta’siri iqlim, landshaftlar, atmosfera va suv havzalarining fizik va kimyoviy ko‘rsatkichlari, tuproq, o‘simliklar va hayvonot dunyosini o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi. Bilvosita ta’sirda inson tabiatning muayyan obyektiga emas, balki boshqa obyektlarga ta’sir qiladi. Masalan, o‘rmondagi daraxtlarning kesilishi daraxtlarga nisbatan to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir hisoblanadi, lekin bu o‘z navbatida o‘rmondagi boshqa o‘simliklar va hayvonot dunyosining o‘zgarishiga, tuproq yemirilishiga olib keladi. Zararkunandalarga qarshi zaharli kimyoviy moddalarning qo‘llanilishi boshqa hasharotlarning hamda tuproqda yashovchi hayvonlarning ham nobud bo‘lishiga olib keladi. Bunday kimyoviy moddalarning tuproqdagi va o‘simliklardagi qoldiqlari oziq-ovqat mahsulotlari orqali odam salomatligiga ham ta’sir qiladi. Inson omili organizmlarning yashash muhitini o‘zgartirish bilan ham ularga bilvosita ta’sir qilishi mumkin. Inson ongli yoki ongsiz ravishda bir o‘simlik yoki hayvon turini yo‘qotib, boshqa turning yashashi, ko‘payishi, tarqalishi uchun qulay sharoit yaratishi mumkin. Madaniy o‘simliklar, uy hayvonlari uchun inson yangi, ko‘p jihatdan qulay muhitni yaratib, ularning mahsuldorligini oshiradi, bu esa yovvoyi turlarning ko‘payish imkoniyatlarini kamaytiradi.

Cho‘llarni o‘zlashtirish, o‘rmonlarni kesish, pichan o‘rish va mol boqish, suv, tuproq va havoni sanoat chiqindilari, zaharli kimyoviy moddalar, sanoat va maishiy chiqindilar bilan ifloslantirish kabi antropogen omillar tabiatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Yer yuzida ko‘plab hayvon turlari inson ishtirokisiz ham qirilib ketgan. Lekin tabiatda bu jarayon asta-sekin amalga oshadi, ya’ni qirilgan hayvon turlarining o‘rnini yangi, muhit sharoitiga nisbatan ko‘proq moslashgan turlar egallab ulguradi. Insonning o‘simlik va hayvonot dunyosiga kuchli ta’siri turlarning qirilish jarayonini tezlashtiradi.

Insonning ekologik omil sifatida tabiatga ta’siri xilma-xil bo‘ladi. Inson madaniy o‘simlik navlari, hayvon zotlarini yaratish bilan bir qatorda sun’iy ekosistemalar ham yaratadi, tabiiy ekosistemalarni tubdan o‘zgartiradi. Bunday o‘zgarishlar ayrim turlarning ko‘payishi va rivojlanishi uchun ijobiy, boshqalariga esa salbiy ta’sir etadi. Natijada turlar o‘rtasida yangi munosabatlar paydo bo‘ladi, oziq zanjirlar o‘zgaradi, organizmlarda o‘zgargan muhit sharoitiga moslanishlar kelib chiqadi.


 

АНТРОПОГЕН ОМИЛЛАР ДЕБ НИМАГА

АНТРОПОГЕН ОМИЛЛАР ДЕБ НИМАГА

Antropogen omillar deyilganda insonning atrof-muhitga, ya’ni tirik organizmlar, biogeotsenozlar, biosferaga har qanday (bevosita va bilvosita) ta’siri tushuniladi

Antropogen omillar deyilganda insonning atrof-muhitga, ya’ni tirik organizmlar, biogeotsenozlar, biosferaga har qanday (bevosita va bilvosita) ta’siri tushuniladi

Madaniy o‘simliklar, uy hayvonlari uchun inson yangi, ko‘p jihatdan qulay muhitni yaratib, ularning mahsuldorligini oshiradi, bu esa yovvoyi turlarning ko‘payish imkoniyatlarini kamaytiradi

Madaniy o‘simliklar, uy hayvonlari uchun inson yangi, ko‘p jihatdan qulay muhitni yaratib, ularning mahsuldorligini oshiradi, bu esa yovvoyi turlarning ko‘payish imkoniyatlarini kamaytiradi
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
31.12.2022