"Avesto" jahon madaniyatining, jumladan, Markaziy Osiyo va Eron xalqlari tarixining qadimgi noyob yodgorligidir. Zardushtlik e`tiqodiga amal qiluvchilarning muqaddas kitobi sifatida Yagona Tangriga topinish shu ta`limotdan boshlangan. Bu kitob tarkibi, ifoda uslubi va timsollar tizimi bilan adabiy manbalarga yaqin turadi. "Avesto"da tilga olingan joy nomlari (Varaxsha, Vaxsh)dan kelib chiqib, uning Amudaryo sohillarida yaratilgani aniqlangan. Shu asosda uning vatani Xorazmdir degan qarash mavjud.
«Avesto» ilmiy, madaniy manba sifatida.doc
«Avesto» ilmiy, madaniy manba sifatida
Reja:
1. Zardushtiylikning paydo bo`lishi.
2. Avestoning muqaddas yozuvi.
3. Avestodagi real, dunyoviy qadriyatlar.
4. "Avesto" va qadimiy dehqonchilik an`analari xususida
ayrim mulohazalar. “Avesto(cid:148) ayni zamonda bu qadim o`lkada buyuk
davlat, buyuk ma`naviyat, buyuk madaniyat bo`lganligidan
guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor
eta olmaydi1.
Islom Karimov
"Avesto" (cid:150) jahon madaniyatining, jumladan, Markaziy Osiyo va Eron
xalqlari tarixining qadimgi noyob yodgorligidir. Zardushtlik e`tiqodiga amal
qiluvchilarning muqaddas kitobi sifatida Yagona Tangriga topinish shu
ta`limotdan boshlangan. Bu kitob tarkibi, ifoda uslubi va timsollar tizimi
bilan adabiy manbalarga yaqin turadi. "Avesto"da tilga olingan joy nomlari
(Varaxsha, Vaxsh)dan kelib chiqib, uning Amudaryo sohillarida yaratilgani
aniqlangan. Shu asosda uning vatani Xorazmdir degan qarash mavjud.
"Avesto" oromiy va pahlaviy yozuvlari asosida yaratilgan maxsus
alifboda datslab to`qqiz ho`kiz terisiga yozilgan. Ilk nusxalari asosida
sosoniylar (mil. ol. 73 asr) davrida 21 kitob holida yig`ilgan, bizgacha ularning chorak qismi yetib kelgan. Tiklangan matnga "Zand" nomi bilan
sharhlar bitilgan. "Avesto" to`rt qismdan iborat: Yasna ("Diniy marosimlar"),
Yasht (ma`no jihatdan Yasnaga yaqin), Visparad ("Barcha ilohlar haqidagi
kitob"), Vendidad ("Yovuz ruhlarga qarshi qonunlar majmuasi"). Yasna
tarkibiga kirgan madhlar "Gatlar" (ayrim manbalarda "gohlar") deb nomlanib,
ularni Zardutsning o`zi yozgan deb taxmin qilinadi. Gatlar tarkibida Jamshid
(Yima), Gershasp, Afrosiyob (Alp Er To`nga) kabi afsonaviy qahramonlar
"Avesto" insoniyat sivilizatsiya tarixining ilk
hayoti lavhalari uchraydi.
sahifalarini tashkil etgani uchun jahon olimlarining e`tiborini tortgan. U
haqda F.Nitsshe, F. Shpigel, A. Mayllet, V. Bartold, E. Bertels, Yan Ripka,
O.Makovelskiy, I. Braginskiy v.b. xorijiy olimlarning tadqiqotlari
mavjud.O`zbekistonda "Avesto"ni o`rganish qadimdan boshlangan. Abu
Rayhon Beruniy, Abu Jafar Tabariy, Abu Baxr Narshaxiy asarlarida "Avesto"
ta`limotiga va unda tilga olingan timsollarga murojaat mavjud. Bu nodir
ilmiy asarlarning qo`lyozma va bosma nusxalari O`R FA SHI jamg`armasida
saqlanadi. Hozirgi o`zbek olimlari A.Qayumov, H. Homidov, M. Isoqov, N.
Rahmonov v.b.ning ilmiy tadqiqot va maqolalari e`tiborli. O`zbekiston
Respublikasi hukumatning qarori bilan 2001 yilda "Avesto"ning 2700 yilligi
nishonlandi. "Avesto" vatani Xorazmda bog` barpo qilindi, asarning o`zbek
tilidagi tarjimalari chop etildi, u haqda yangi tadqiqotlar yuzaga chiqdi.
1. ZARDUSHTIYLIKNING PAYDO BO`LISHI.
Zardushtiylik eng qadimgi dinlardan bo`lib, bu din er.avval VIIVI
asrlarda dastavval O`rta OsiyodaXorazm vohasida paydo bo`lgan. Uning
payg`ambari Zardusht tarixiy shaxs edi. U mazdakiylik dinini isloh qilib,
uning asosida yangi yakka xudolik dinini ijod etgan.
Zardushtiylik paydo bo`lgan davr birinchi sinfiy jamiyat, ya`ni
quldorlik davri endi paydo bo`layotgan davr edi. U urug`qabilachilik tuzumi
yemirilib aholi qullar va quldorlarga, zolim va mazlumlarga bo`linayotgan davr bo`lgan. Bu din eng avval O`rta Osiyo, so`ng Eron, Ozarbayjonda qaror
topgan edi.
I.A.Karimov «O`z kelajagimizni o`z qo`limiz bilan qurmoqdamiz»
degan asarida biz o`zbek xalqi mansub bo`lgan xalqning tarixi g`oyat uzun,
beqiyos, betakror ekanini ta`kidlab. bunday degan edilar: «Biz jahon
maydonida kuni kecha paydo bo`lgan xalq emasmiz, bizning millatimiz
xalqimiz ko`hna Xorazm zaminida «Avesto» paydo bo`lgan zamonlardan
beri o`z hayoti, o`z madaniyati, o`z tarixi bilan yashab keladi»2
Butun O`rta Osiyo moddiy va ma`naviy madaniyatining beshigi
Xorazm vohasi va u yerda yashagan turkiy elatlar bo`lgan, shulardan o`zbek
elati tashkil topgan.
I.A.Karimov juda o`rinli qayd qilganidek, «Xorazm davlati tarixini biz
2700 yillik tarix deb bilamiz». Bu o`rinda birinchi davlat tashkil topgandan
keyingi «yozma tarix» nazarda tutilgan. Yunon, Xitoy tarixchi sayyohlari o`z
xotiralarida yozib qoldirgan keyin Zardushtiylik yozuvlarida berilgan tarix
nazarda tutilgan.
Xorazmda o`troq hayot undan ham birmuncha oldin yuzaga kelgan,
davlat uning mahsuli tarzida tashkil topgan. Bu haqda bundan tahminan 3
ming yil avval yaratilgan «Avesto»ning qo`lyozmasi binobarin yozma
tarixning ilk debochasi ishonchli dalolat bergan. «Bu nodir kitob, deb yozgan
edilar, I.A.Karimov, bundan XXX asrlar muqaddam ikkidaryo oralig`ida
mana shu muqaddas zamin umrguzorlik qilgan ajdodlarimizni biz avlodlarga
qoldirgan ma`naviy, tarixiy merosidir»3. Yurtboshimiz «Avesto» Xorazmdek
qadimiy o`lkada buyuk davlat, boy ma`naviyat qimmatli madaniyat
bo`lganligini hech kim inkor eta olmasligini ham ta`kidlagan.
Xulosa shuki, Zardushtiylik eradan avvalgi 76 asrlarga xos bo`lgan
din sifatida undan oldingi urug` qabilachilik dinlari negizida paydo bo`lgan
yakka xudolik dini bo`lgan. U to 79 asrlargacha turli shaklda davom etib, so`ng o`rnini islom egalladi. U dastavval Xorazm vohasida shakllanib, yaqin
va o`rta Sharqqacha tarqalib, ayrim qoldiqlari haligacha saqlanib kelmoqda.
Vujudga kelishi. Zardushtiylik mil. av. IIIII ming yilliklarda Markaziy
Osiyoda vujudga kelgan dindir. Zardushtiylik vahy orqali e`lon qilingan
jahon dinlarining eng qadimiysidir. U insoniyatga boshqa barcha dinlarga
nisbatan bevosita va bilvosita eng ko`p ta`sir o`tkazgan dindir. Insoniyat
tarixida har bir kishi utsidan ilohiy hukm amalga oshirilishi, jannat va
jahannam, qiyomatqoyim, unda tanalarning qayta tirilishi, tana va ruh qayta
birlashib mangu yashashi haqida birinchi bor shu din doirasida fikr yuritildi.
Keyingi asrlarda bu g`oyalar yahudiylik, xritsianlik va boshqa dinlar
tarafidan o`zlashtirildi. Aytib o`tish joizki, ushbu din paydo bo`lgan davr va
uning vatani (cid:150) hali fanda oxirigacha to`liq yechilgan masalalar emas.
Zardushtiylik dini payg`ambar Zardusht nomiga nisbat berilib, shartli
ravishda shunday atab kelinadi. Aslida esa u mazkur dinning muqaddas kitobi
hisoblanmish Avestoda «Mazdayasna» dini deb atalgan. Bu so`zni «Mazdaga
sig`inmoq» deb tarjima qilish mumkin. «Mazda» so`zi «donish, donishmand,
oqil» kabi talqin etiladi. Zardushtiylik yana «Behdin», ya`ni «Eng yaxshi
din» deb ham ulug`langan. Uning ta`limotiga ko`ra, barcha ezgu borliq
Mazdaning irodasi bilan yaratilgan. «Mazda» so`zi oldiga ulug`lash
ma`nosini anglatuvchi «Axura» qo`shilib, zardushtiylikning ilohiyati (cid:150)
AxuraMazda nomi paydo bo`lgan. Bu (cid:150) «Janob Mazda» yoki «Iloh»
demakdir. Zardusht nomi tadqiqotlarda Zaratushtra, Zarduts, Zoroatsr
ko`rinishlarida ham ishlatiladi. Tadqiqotchilar o`rtasida Zardushtning tarixda
bo`lgan yoki bo`lmaganligi borasida turli fikrlar mavjud. Ba`zilar uni tarixiy
shaxs deb bilsalar, boshqalar afsonaviy shaxs deb hisoblaydilar.
Manbalarning xabar berishicha, u taxminan mil. av. 1200570 yillar orasida
yashagan ilohiyotchi, faylasuf, shoirdir. Tadqiqotchi M. Boys ta`kidlashicha,
u mil. av. 15001200 yillar orasida yashagan. Zardusht Markaziy Osiyo
hududida mavjud bo`lgan ko`pxudolikka negizlangan qadimiy diniy tasavvur va e`tiqodlarni isloh qilib, yangi dinga asos soldi. Zardushtning tug`ilgan va
ilk diniy faoliyatini boshlagan joyi xususida ikki xil qarash bor. Birinchisi (cid:150)
«G`arb nazariyasi» bo`lib, unga ko`ra Midiya (hozirgi Eron hududida)
Zardushtning vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi hisoblanadi. Bu
fikr tarafdorlarining dalili shuki, birinchidan, zardushtiylikning qadimiy Eron
hududlarida keng tarqalganligi bo`lsa, ikkinchidan, zardushtiylikning
muqaddas kitobi sanalmish Avestoga keyin yozilgan sharhlarning qadimiy
eronpahlaviy tilida bo`lganligidir. E`tibordan chiqarmaslik kerakki,
zardushtiylik uch buyuk Eron imperiyasi (cid:150) Ahamoniylar, Arshakiylar va
Sosoniylar davrlarida, ya`ni mil. av. XI asrdan to mil. XII asrigacha ketma
ket aynan Yaqin va O`rta Sharqda davlat dini maqomida bo`lgan. Ikkinchisi,
«Sharq nazariyasi» bo`lib, unga ko`ra, Zardusht vatani va zardushtiylikning
ilk tarqalgan joyi Xorazm hisoblanadi. Ko`pchilik manbashunoslar ikkinchi
nazariya tarafdorlaridirlar. Xorazm zardushtiylikning muqaddas olovi
Ozarxurra birinchi bor yoqilgan va eng buyuk xudo (cid:150) AxuraMazdaning
Zardusht bilan bog`langan joyi hisoblanadi. Zardushtiylikning asosiy
manbasi Avestoda: «Birinchi bor muqaddas olov (cid:150) «Ozarxurra» «Airyanem
Vayeja» (ba`zi manbalarda (cid:150) «Yeranvej»)da yoqildi»,
deyiladi.
«AiryanemVayeja»ning geografik va iqlimiy tavsifi Xorazmnikiga to`g`ri
keladi. Avestoda AxuraMazda tomonidan yaratilgan «Barakot va najot»
sohibi bo`lgan bir qator mamlakatlar zikr etiladi va ularning eng birinchisi,
«dunyoda hech narsa chiroyiga teng kela olmas AiryanemVayeja», keyin esa
«odamlar va chorva podalariga mo`l» Sug`d (So`g`d), «qudratli va
muqaddas» Mouru (Marv), «baland ko`tarilgan bayroqlar mamlakati» Baxdi
(Baqtriya) zikr etiladi.
Zardushtiylik ta`limoti. Zardushtiylik ta`limoti Markaziy Osiyoda
ibtidoiy davrda mavjud bo`lgan tabiat kuchlarini ilohiylashtiruvchi
e`tiqodlarga (Markaziy Osiyo qadimgi aholisining «yeski dini»ga) nisbatan
monoteitsik ta`limotdir. U behuda qon to`kuvchi qurbonliklar, harbiy to`qnashuvlar, bosqinchilik urushlarini qoralab, o`troq, osoyishta hayot
kechirishga, mehnatga, dehqonchilik, chorvachilik bilan shug`ullanishga
da`vat etadi. Moddiy hayotni yaxshilashga urinishni yovuzlikka qarshi
kurash deb hisoblaydi. Zardushtiylik dinida qo`riq yer ochib, uni bog`u
rog`ga aylantirgan odam ilohiyot rahmatiga uchraydi. Aksincha, bog`lar,
ekinzorlarni, sug`orish inshootlarini buzganlar katta gunohga qoladilar.
Zardusht insonlarga tinchtotuv yashashni, halol mehnat qilishni
o`rgatmoqchi bo`ladi. Bunga ko`ra insonning bu dunyodagi hayotiga yarasha
narigi dunyodagi taqdiri ham bo`lajak, har bir inson o`lgandan so`ng o`zining
bu dunyodagi qilmishiga yarasha abadiy rohat (cid:150) jannatga, yoki yomon ishlari
ko`p bo`lsa na xursandlik va na xafalik ko`rmaydigan arosat joy (cid:150)
misvongatuga tushadi. Zardushtiylik negizida olamning qaramaqarshiliklar
kurashi asosiga qurilgani turadi: yaxshilik va yomonlik, yorug`lik va
qorong`ulik, hayot va o`lim o`rtasida abadiy kurash davom etadi. Barcha
yaxshiliklarni AxuraMazda va barcha yomonliklarni Anxramaynyu (yoki
Axriman) ifodalaydi. AxuraMazda insonlarga ezgu ishlarni bayon etib
ularga amal qilishni buyuradi, yomon ishlardan saqlanishga chaqiradi.
Zardushtiylikda imon uchta narsaga asoslanadi: fikrlar sofligi, so`zning
sobitligi, amallarning insoniyligi. Har bir zardushtiy kuniga besh marta
yuvinib, poklanib, quyoshga qarab, uni olqishlab, sig`inishi shart.
Zardushtiylik ibodatxonalarida doimiy ravishda olov yonib turadi. Ularda
dunyodagi to`rt unsur (cid:150) suv, olov, yer va havo ulug`lanadi. Zardushtiylik
dafn marosimi o`ziga xos bo`lib, o`lganlar bir necha pats, baland «sukut
minoralari» (cid:150) daxmalarga solinadi, u yerda murdalarning go`shtlarini qushlar
yeb, suyaklarini tozalaydi. Go`shtdan tozalangan suyaklar maxsus sopol
idishlarga solinib minora o`rtasidagi quduqqa sochib yuboriladi. Bunda
poklik bilan nopoklikning birbiriga yaqinlashmasligiga erishiladi.
Zardushtiylik dini dunyodagi eng qadimiy dinlardan biri hisoblanib, mil. av.
XIIXI asrlarda Markaziy Osiyo, Ozarbayjon, Eron va Kichik Osiyo xalqlari unga e`tiqod qilganlar. Eronda Sosoniylar sulolasi hukmronligi davrida uning
muqaddas kitobi Avesto ruhoniylar tomonidan og`zaki rivoyatdan yig`ilib,
birinchi marta kitob shakliga keltirilgan. Ayrim qismlariga, ayniqsa
«Videvdat» bo`limiga o`zgartirishlar kiritilib, qayta ishlangan. VIII asrda
O`rta Osiyoga islom dini kirib kelib, keng tarqalguniga qadar zardushtiylik
mahalliy xalqlarning asosiy dini hisoblangan. Buni, jumladan, arxeologik
tadqiqotlar isbotlaydi. Hozirgi kunda zardushtiylikka e`tiqod qiluvchi diniy
jamoalar mavjud. Ular Hinditsonning Mumbay (Bombey, G`ujarot
shtatlarida; 115 ming kishiga yaqin), Pokitson, Shri Lanka, Buyuk Britaniya,
Kanada, AQSH, Avsraliya va Eronning (Tehronda 19 ming kishidan ortiq)
ba`zi chekka viloyatlarida saqlanib qolgan. Eron Islom Respublikasida
zardushtiylik diniga e`tiqod qilish qonun tomonidan ruxsat etilgan.
Mumbayda zardushtiylarning madaniy markazi Koma nomidagi insitut
faoliyat olib boradi. Undan tashqari Mumbayda homiy Dxalla raisligida
dunyo zardushtiylari madaniyati fondi ishlab turibdi. 1960 yilda
zardushtiylarning I umumjahon kongressi Tehronda o`tkazildi. Keyingi
kongresslar Boybeyda o`tkazildi.
2. AVESTONING MUQADDAS YOZUVI.
Avesto dingina emas, dunyoviy bilimlar, tarixiy voqealar, o`zi
tarqalgan o`lkalar, elatlarning ijtimoiyiqtisodiy hayoti, madaniy va ma`naviy
qarashlari, diniy e`tiqodlari, urfodatlari haqidagi manbalardandir. Unda
bayon etilgan asosiy g`oya diniy e`tiqodning ilk sodda bilimlari Zardusht
nomli payg`ambar nomi bilan bog`langan. U Avestoning eng qadimiy qismi
«Gat» (xat (cid:150) noma)ni ijod etgan. Avesto tarkibiga kirgan bilim, ma`lumotlar
qariyib 2000 yil miloddan avval 3000 yillik ohirlari 2000 yillik boshlaridan to
milodning boshlarigacha o`tgan davrda yuzaga kelib, avloddanavlodga
og`zaki ko`chirib olingan, uning ko`p qismi yo`qolgan, yettidan bir qismi
saqlangan. Miloddan avvalgi 3 asrda Arshakiylar sulolasi davrida to`plangan. Dinshunoslikda Avesto uch tarixiy qatlamga ajratilgan: 1. Eng qadimiy
qismi miloddan avvalgi 3 ming yillikda vujudga kelgan Yashtlardir; ularda
urug`chilik tuzumidagi e`tiqodlar, ko`p xudolik tasavvurlari tasvirlangan; 2.
Gatlar deb atalgan qismidir. Bunda Ahuramazda nomli xudo haqida
uydirmalar yozilgan. Uni zardusht yozgan deb tahmin qilinadi. 3. Qadimiy
ko`pxudolik va keyingi yakkaxudolik g`oyalari orasidagi kurash sharoitlarida
eramizdan avvalgi Vasrda har ikkisini kelishtirgan Mazdakiylik dini
shakllangan. Avesto bu dinning oxirgi va asosiy qismini tashkil etdi.
Hozirgi dinshunoslikka xos bo`lgan Avestoning 6 asrlarda Eronda
hukmronlik qilgan Sosoniylar sulolasi shohi Xisrav I hukmronligi davrida
yozib tugatilgan, keyinchalik pahlaviy tiliga tarjima qilinib asosiy tekstiga
ko`plab sharhlar berilgan. Bular «Zend» nomi bilan ma`lum.
Avesto oldin 12 ming mol terisiga yozilib, xajmi g`oyat katta bo`lgani
uchun undan foydalanish osonlashtirish niyatida «kichik avesto» yaratildi.
(Beruniy).
7 asrda Sosoniylar davlati parchalanib, arab bosqinchilari, Eron va
O`rta Osiyoni bosib olgach, Zardushtiylik ham zarbalarga uchrab, unga
ishonuvchilar quvg`in va ta`qib ostiga olingach Avestoning aksariyat beshdan
uch qismi yo`qolgan va unitilgan. Avestoda bu dinning diniy falsafiy
tizimining qoida dasturlari bayon etilgan. U qadimiy ajdodlarimizni
dunyoqarash, huquqiy, axloqiy, tamoyil qoidalarini o`z doirasiga olgan. Unda
tabiat falsafasi, kosmogoniya, tarix, etika, mediöinaga doir materiallar,
bilimlar yozilgan. Yana unda shoh, oliy tabaqa, quldor, qul, dindorlar va
diniy urfodatlar katta o`rin olgan. Hokim va zolimlar ulug`langan;
ruhoniylar muqaddas odamlarni hamma hurmat qilishi kerak deb da`vo
qilingan.
Xulosa shuki, Avesto Zardushtiylikning muqaddas yozuvi hisoblangan,
2000 yil davomida yaratilgan 5 dan 3 qismi yo`qolib ketgan u yakka hudolikni targ`ib etgan, olovga sig`inmaslik, faqat uni asrash va e`zozlashni
tavsiya etgan.
Avesto zardushtiylikning asosiy manbasi va muqaddas kitobi
hisoblanadi. U Apatsak, Ovitso, Ovutso, Avesto, Avatso kabi shakllarda ham
ishlatib kelingan. Avesto O`rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining
islomgacha davrdagi ijtimoiyiqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam
to`g`risidagi tasavvurlari, urfodatlari, ma`naviy madaniyatini o`rganishda
muhim va yagona manbadir. Uning tarkibidagi materiallar qariyb ikki ming
yil davomida vujudga kelib, avloddanavlodga og`zaki tarzda uzatilib
kelingan. Zardushtiylik dini rasmiy tus olguniga qadar Avestoning bo`laklari
Turon va Eron zamini xalqlari orasida tarqalgan. Ushbu (cid:150) AxuraMazdaning
Zardusht orqali yuborilgan ilohiy xabarlari deb hisoblangan bo`laklar turli
diniy duolar, madhiyalar sifatida yig`ila boshlangan. Bular Zardushtning
o`limidan keyin kitob holida jamlangan va «Avesto» (cid:150) «O`rnatilgan, qat`iy
qilib belgilangan qonunqoidalar» deb nom olgan. Bu qadimiy yozma manba
bizgacha to`liq holda yetib kelmagan. Avesto haqida Abu Rayhon Beruniy
(v. 1048 y.) shunday yozadi: «Yilnoma kitoblarida bunday deyilgan: podshoh
Doro ibn Doro xazinasida [Avestoning] 12 ming qoramol terisiga tillo bilan
bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib, ularda
xizmat etuvchilarni o`ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun
o`sha vaqtda Avestoning beshdan uchi yo`qolib ketdi». Avestoning
Aleksandr Makedonskiy tomonidan Gretsiyaga olib ketilgani, zarur joylarini
tarjima ettirib, qolganini kuydirtirib yuborgani, 12 ming qoramol terisidagi
tillo matn haqida (atTabariyda (cid:150) 12000 pergament) keyingi davrlarda
yaratilgan zardushtiylik adabiyotida («Bundahishn», «Shahrihoi Eron»,
«Dinkard»; IX asr, «Arda Virafnamak»; IX asr, «Tansar xatlari», al
Mas`udiyning «Muruj azzahab», «Forsnoma» va boshqalarda) ma`lumotlar
bor. Bu asarlarda yunonlar otashxonalarni vayron qilganlari, ibodatxonalar
boyliklarini talontaroj etganlari, din arboblarini o`ldirib, asir olib ketganliklari haqida yoziladi. Hozir bizgacha yetib kelgan Avesto,
Beruniyning yozishicha, aslining beshdan ikki qismi xolos. U «Avesto 30
«nask» edi, majusiylar (zardushtiylar) qo`lida 12 nask chamasi qoldi» deb
yozgan. Yozma manbalarga ko`ra, haqiqatan ham Avestoni mo`badlar
avloddanavlodga, og`izdanog`izga olib o`tib, asrlar osha saqlaganlar.
Buning sababi mo`badlar mag`lub xalqlar (Yaqin va Sharq xalqlari) yozuvini
harom hisoblab, muqaddasxabarni unda ifodalashga uzoq vaqt jur`at
etmaganlar. Dastavval (mil. II yoki III asrlarida), Arshakiylar davrida Avesto
qismlarini to`plash boshlangan. Keyinchalik, Sosoniy Ardasher Popakon
(227243) davrida, ayniqsa, Shopur (243273) davrida atsrologiya, tabobat,
riyoziyot va falsafaga oid qismlari yozib olinib, hamma qismlari tartibga
keltirilgan, so`ng bu asosiy matn to`ldirib borilgan. Avestoning ana shu
to`ldirilgan nusxasining ikki to`liq qo`lyozmasi Hinditsonda saqlanadi (cid:150) biri
Mumbayda, zardushtiylarning madaniy markazi bo`lmish Koma nomidagi
insitutda, ikkinchisi (cid:150) Kalkuttadagi davlat kutubxonasida. Avestoning eng
qadimiy qismlarida Zardusht tug`ilgan va o`z faoliyatini boshlagan yurt
haqida ma`lumot berilgan. Unda aytilishicha, «bu mamlakatning ko`p sonli
lashkarlarini botir sarkardalar boshqaradilar, baland tog`lari bor, yaylov va
suvlari bilan go`zal, chorvachilik uchun barcha narsa muhayyo, suvga mo`l,
chuqur ko`llari, keng qirg`oqli va kema yurar daryolari o`z to`lqinlarini Iskata
(Skifiya), Pauruta, Mouru (Marv), Xarayva (Areya), Gava (so`g`dlar
yashaydigan yurt), Xvarazm (Xorazm) mamlakatlari tomon eltuvchi daryolari
bor». Shubhasiz, «keng qirg`oqli, kema yurar daryolar» bu Amudaryo va
Sirdaryo bo`lib, Avesto tasvirlagan mazkur shaharlar O`rta Osiyo
shaharlarining bu ikki daryo qirg`oqlarida joylashganlaridir. Shunga
asoslanib, biz Zardushtning vatani, zardushtiylikning ilk makoni va
Avestoning kelib chiqish joyi deb (cid:150) Xorazm, tarqalish yo`nalishi deb (cid:150)
XorazmMarg`iyonaBaqtriyani ayta olamiz. Avestoning «Yasna» kitobida
bayon etilishicha, Zardushtning vatandoshlari unga ishonmay, uning ta`limotini qabul qilmaganlar. Zardusht vatanni tark etib, qo`shni davlatga
ketadi, u yerning malikasi Xutaosa va shoh Kavi Vishtaspaning
xayrixohligiga erishadi. Ular Zardusht ta`limotini qabul qiladilar. Natijada
qo`shni davlat bilan urush boshlanib, Vishtaspa g`alaba qozonadi. Shundan
so`ng bu ta`limot xalqlar o`rtasida keng tarqala boshlagan. Keyingi davr
rivoyatiga ko`ra, Shoh Kavi Vishtaspa farmoniga bilan Avesto kitobi o`n ikki
ming mol terisiga yozib olinib, otashkadaga topshirilgan.
Avestoning tarkibiy qismlari. Avesto zardushtiylik muqaddas
kitoblarining majmuidir. U (cid:150) murakkab to`plam. Avestoning saqlanib qolgan
to`rtta kitobidan birinchisining nomi «Videvdat» (vidayevodatam (cid:150)
«Devlarga qarshi qonun») deb ataladi. Ushbu kitob Avestoning saqlanib
qolgan kitoblari orasida eng mukammali hisoblanadi. U yigirma ikki bob
bo`lib, boblari fragard deb nomlangan. Fragardlarning ma`nosi, vazifasi,
uslubiy tuzilishi turlicha: birinchi fragard (cid:150) odamlar yashaydigan barcha
yurtlarni AxuraMazda qanday yaratgani to`g`risida bo`lib, ular orasida
Xorazm, So`g`d, Marg`iyona, Baxdi (Balx) va boshqalar bor; ikkinchi
fragardda Jamshid podsholigi (cid:150) kasallik, o`lim, azobuqubatlar bo`lmagan
zamon haqida, ya`ni insoniyatning oltin asri haqida gap boradi; uchinchi
fragard dehqonchilikning savobli sharofatlari va h.k. haqida. Shuningdek,
Videvdatning boshqa fragardlaridan Zardusht bilan AxuraMazdaning savol
javoblari va muloqotlari ham o`rin olgan. Ikkinchi kitob «Yasna» deb atalib,
Avestoning e`tiborli bo`limi sanaladi. Yasna (cid:150) yaz o`zagidan bo`lib, «sajda,
topinch, namoz» ma`nolarini ifodalaydi. Yasna 72 bobdan iborat bo`lgan.
Boblari ha, haitiy deb atalgan. Har bir ha zarur o`rniga qarab marosimlarda,
ibodatlarda kohinlar tomonidan o`qilgan, qavmlar unga ergashib ibodat
qilganlar. Yasna kitobi (nask) tarkibiga Zardusht o`zi ijod qilgan targ`ibot
she`rlari ham kirgan. Ular Yasnaning 2834, 4346, 4750, 51, 53 (cid:150) jami
bo`lib, 17 ta hasini tashkil qiladi. Zardusht she`rlari ilmiy adabiyotda gatalar
deb atab kelinadi. Ha «bashorat» demakdir. Yasnaning 3542halari ayniqsa, yuksak qadrlangan. Bu yetti haHaptanxati Yasna (cid:150) «Yetti bob Yasna» deb
nomlangan. Ular orasida olovning muqaddasligi haqida bob bo`lib,
zardushtiylik urfodatlari orasida olovga e`tiqod qilish, dinning esa
«otashparatslik» deb atalishi shunga bog`liq. Binobarin, olov AxuraMazda
nurining quyoshda namoyonligi va uning yerdagi zarrasi deb hisoblangan.
Oliy haqiqat Arta ham olovda o`z ifodasini topgan. Olov haqni nohaqdan,
eng oliy gunoh hisoblanmish yolg`onni rotsdan ajratib bergan. Yolg`on esa
chin e`tiqodga xiyonat deb qoralangan. Arta so`zi fonetik o`zgarib, datslab
atar, hozir esa otash shaklida ishlatilib kelmoqda. Uchinchi kitob «Vispered»
deb nomlangan. U 24 bobdan tashkil topgan va har bir bob alohida karde deb
atalib, ma`budlar sha`niga o`qilgan duolar va ibodat utsida ularga murojaatlar
hamda olamni bilishga doir pandnasihatlardan iboratdir. Uni ibodat
namozlari yig`indisi ham deyishadi. Ayni paytda u Yasnaga qo`shimcha
hisoblanadi. To`rtinchi kitob «Yasht» (gimn) deb ataladi. U Avestoning eng
qadimiy qatlami bo`lib, 22 bobdan iborat. Har bir bob AxuraMazdadan
boshlab, u yaratgan va uning ma`lum vazifalarini bajaruvchi ma`budlar
sha`niga aytilgan madhiyalardan iborat. Avestoning bizgacha yetib kelmagan
kitoblaridan ba`zi qismlari uning yig`ma parchalar to`plami «Xo`rdak
Avesto» kitobida jamlangan. Masalan, Exrpatatsan kitobidan mo`badlar
(kohinlar) uchun qonunqoidalar, diniy boshqaruv tizimiga xos
ma`lumotlarga oid qismlari, Nirangatsan (cid:150) diniymavsumiy, ijtimoiy
marosimlar tartibqoidalari qismi, 20naskda jonning u dunyodagi ahvoli
haqidagi qismi va boshqalar shu kitobda saqlangan. Avesto haqida eng
muhim manba IX asrga oid «Dinkard» (din amallari) asaridir. Unda
Avestoning 21 kitobi to`la ta`riflab berilgan. Bu ta`riflar savobli ishlar
yo`riqnomasi, diniy marosimlar va rasmrusumlar qoidasi; zardushtiylik
ta`limoti asoslari; dunyoning AxuraMazda tomonidan yaratilishi; oxirat kuni
va undagi hisobkitob; falakiyot; ijtimoiyhuquqiy qonunqoidalar;
Zardushtning tug`ilishi va bolaligi; haq yo`lini tutish; jamiyat a`zolarining haqhuquqlari; devlar, jinlar kabi yovuz kuchlarga qarshi o`qiladigan duolar,
amallar va boshqalardan iboratdir. Zardushtiylik dini haqida frantsuz olimi
AnketilDyuperron juda qimmatli ma`lumotlar qoldirgan. Masalan, Anketil
Dyuperron 1755 yilda Hinditsonga ilmiy safar qilib, u yerdagi zardushtiylar
orasida uch yil yashagan, ularning ibodatlari, urfodatlarini yaxshi o`rgangan
va Avestoni frantsuz tiliga tarjima qilgan. Uch jildlik tarjima 1771 yilda
nashr etilgan. Ayni paytda, shuni ham ta`kidlash joizki, olimlarimizning
fikricha, Avesto G`arbiy Yevropa, Eron va Hinditson tillari orqali bizga yetib
kelgani uchun undagi nomlar, atamalar aksariyat hollarda asliga to`g`ri
kelmaydi. Avestoda turkona jihatlar kam qolgan. Zartushtiylikni o`rganish
hozirgi kunlarda ham faol olib borilayapti. Ta`kidlash kerakki, bu sohadagi
tadqiqotlar O`zbekiston uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki milliy
qadriyatlar va ko`p qatlamli diniy tajribada mazkur dinning tutgan o`rni
beqiyosdir. 3. AVESTODAGI REAL, DUNYOVIY QADRIYATLAR.
Bu kitobda juda ko`p g`oya, fikr, tavsiya, o`gitlar bor bo`lgani uchun
biz faqat real, haqiqiy hayotga dunyoviy munosabatlarga tegishli hozir ham
talabalar uchun o`z ahamiyatini yo`qotmagan masalalar ustida to`xtaymiz.
Avestoning asosiy g`oyalari olamdagi barcha tartiblar, ezgulik
(yaxshilik) va yomonlikdagi, ziyo va zulmat, hayot va o`lim o`rtasidagi
kurashga bog`liq; dunyodagi barcha ezguliklarni Ahuramazda, yomonliklarni
Ahriman ifodalaydi; bu kurashda odam oliy kuchlar ihtiyoridagi o`yinchoq
emas, u tanlash erkinligiga ega, u o`z g`ayrati bilan bu dunyoda adolat
topishiga ta`sir eta oladigan kishidir. Demak, hozir ham kimki, o`zini ilohiy
kuch qo`lidagi qo`g`irchoq hisoblamasa, o`ziga biror kasbni tanlab olsa,
g`ayratli bo`lsa, adolatsizlikka duch kelsa unga qarshi kurasha oladigan inson
bo`lib yetishishlari shart.
Avestoda u zamonlarda keng tarqalgan ko`chmanchilik qoralanib,
dehqonchilik ezgulik sifatida rag`batlantirilgan. Bundan xulosa chiqarib,
hozir ham har bir odam hech bo`lmasa bir tup mevali daraxt, gul, sabzavot
eksin, o`ziga mevasi nasib etmasa farzandlariga, bechoralarga nasib etadi,
savob bo`ladi. El rahmatlar aytadi.
Avestoda to`rt element suv, olov, tuproq, havo g`oyat ulug`langan;
bularni asrash, avaylashga da`vat etilgan. Uning tarbiyaviy ahamiyati hozir
ham katta. Bunga amal qilib, har bir ongli, aqlli vatanparvar, xalqparvar,
yoshuqari tomchi suvni ham isrof qilmasligi, energiya, hayot manbai
olovini, demak gazni, ko`mirni, neftni, o`tinni asrashi; tuproqni iflos
qilmasligi, erroziyaga ya`ni nurash, sho`rlanishga yo`l qo`ymasligi; havoni
esa pokiza saqlashi, ekologik xalokatga uchratmasligi ham qarz, ham farz. 4. "AVESTO" VA QADIMIY DEHQONCHILIK AN`ANALARI
XUSUSIDA AYRIM MULOHAZALAR.
Tarixdan ma`lumki, insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi markazlari
paydo bulishi va rivojlanishida dehqonchilik madaniyati muhim omil
bo`lgan. Dunyo sivilizatsiyasining qadimiy markazlaridan biri bo`lgan
Sharqda dehqonchilik madaniyatining shakllanishi va rivojlanishi sug`orma
dehqonchilikka asoslanganligi bilan ajralib turadi. Bu borada aytish joizki
O`rta Osiyo zaminidagi eng qadimgi dehqonchilik madaniyati Joytun
bo`lib melodgacha bo`lgan 64 ming yilliklarda
madaniyati
shakllanganligidan dalolat beradi.
Dehqonchilik tarixini o`rganish tarixning turli boskichlarida
halqlarning ijtimoiyiktisodiy tizimini va ishlab chikarish kuchlari
rivojlanishini xujalikmadaniy tiplar tarixi muammolarini ilmiy tahlil
qilishda royat muhimdir. Qadimga dehqonchilik madaniyati, an`anaviy
dehqonchilik xujaligi va u bilan bog`liq marosimlar hamda agrar kultlar
tarixchi, arxeolog va etnolog olimlar uchun doimo dolzarb va qiziqarli
muammolardan biri bo`lib kelgan va bu borada mutaxassislarning olib
borgan ilmiy tadqiqotlari natijasida ma`lum amaliy natijalarga ham
erishilgan.
Ayniqsa bu borada O`zbekiston xududidagi dexqonchilik va
dehqonchilik madaniyati tarixi, sug`orma dexqonchilikning shakllanishi va
rivojlanish bosqichlari hamda u bilan borliq bo`lgan urbanistik jarayonlar
doimo dolzarb muammolardan xisoblangan. Inchunun Vatanimiz
xududidagi eng qadimgi dsxqonchilik madaniyati tarixi, dexqonchilik
marosimlari va ularning genezisini tadqiq qilishda o`tmish ajdodlarimiz
turmush tarzini o`rganixda, tarixiy jarayonlarni rekonstruksiya kilishda
hamda halqimizning qadimgi davlatchilik an`analari va mintakadagi qadimgi urbanistik jarayonlarni ilmiyasosli tarzda o`rganixda muhim
ahamiyatga ega.
Bu borada jaxon fanida boy tajriba tuplangan bo`lib nemis
folklorshunosi V. Mannxardt tomonidan ilk bora dehqonchilik bilan turli
afsonalar va obrazlarda usimliklar olamining jonlaniish sirlari namoyon
bulishi muammosi ilgari surilgan. V. Mannxardtning ta`kidlashicha,
marosimlar va kultlar asosida inson tabiatdagi barcha boshka mavjudotlar
kabi usimliklarda yashaydi degan qarash mujassamlashgan. Olimning
fikricha, ruxning usimlikka evrilishi tug`risidagi mifologiya quyi
mifologiya yukori iloxdar tug`risidagi mifologiyaga asos bo`lgan va aynan
quyi mifologiya o`ziga xos yashovchan bo`lgan hamda uning izlari
dehqonchilik marosimlarida yaxshi saqlanib qolgan.
Mashxur ingliz tadkikotchisi J. Frezer Mannxardt materiallariga
suyangan xolda qadimiy agrar diniy dunyoqarashga oid manzarani qayta
tiklagan va uning rivojlanish boskichlarini kursatgan hamda antik kultlar
madaniyatning turli rivojlanish boskichlarida oralik bug`in tarzida
ahamiyatta ega deb ta`kidlagan. Qolaversa etnolog olim tarixiytaqqoslash
usuli asosida ilk mifologik qarashlar va rituallar bilan Yevropa halqlarining
dehqonchilik marosimlarining o`zaro bog`liqligini kursatib berishga xarakat
kilgan .
Darhaqiqat dehqonchilik an`analari qadimiy ildizlarga bog`lanishi
bilan birga o`ziga xos marosimlarga ham ega bo`lgan. Har bir dehqonchilik
mavsumida aynan bir vakt takrorlanuvchi ish jarayoni turli an`ana va urf
odatlarni shakllanishiga sabab bo`lgan.
Biz quyida mintakamizdagi dehkonchilik madaniyatining ilk
jumladan,
va rasmrusumlarini
ko`rinishlari
yozma manbalar,
zardushtiylarning mukaddas kitobi "Avesto" malumotlari asosida taxlil
kilishga hamda ularning o`zbek halqi an`anaviy dehqonchilik marosimlari
bilan uyrunligini kursatishga xarakat kilamiz4. Ma`lumki, "Avesto"da ilk dehkonchilik va chorvachilik madaniyati
bilan bog`liq ijtimoiy tartib qoidalarga oid qarashlar va turlituman
marosimlarga ham keng urin berilgan. Jumladan, mazkur manbada
dehqonchilik bilan chorvachilikni yaratgan zot Axura Mazda nazdida eng
ma`kul ish tarzida madx kilinadi. Ayniksa, dehqonchilikka oid mexnatni
xurmat kilish, sevish va kadrlash ta`kidlangan. Shundan kelib chikib
zardushtiylik axlokiy qarashlari bevosita dehqonchilik dehqonlar va
chorvadorlar axlokiy dunyoqarashini aks ettiradi.
Dehqonchilikning yaxshi tomonlari Zardushtning ikkinchi farzandi
Arvatatnara obrazida mujassamlashgan. Unga xos xususiyatlarga konunga
va ijtimoiy tartibga itoat kilishlik hamda sabrbardoshlilik kirgan.
Shuningdeq mazdaparastlar tasavvuriga kura olamdagi birinchi dehqon
Arvatatnara xisoblanadi. "Vendidod"ning 2fargard, 42bandida qayd
etilishicha, Yimaxshayati (Jamshid) bunyod etgan var axli orasida Zardusht
va Arvatatnara eng buyuk va eng donodir. "Bundaxishn"da keladi:
"Arvatatnara dehqonlarning ulug`i edi, endi Jamshid bunyod kilgan varning
buyugiga aylandi5. Shu urinda aytib utish joizki, zardushtiylik an`anasiga
kura Arvatatnara abadiy zotlar sirasiga kirgan.
"Avesto"ning juda kup urinlarida xosildorlikni oshirishdagi asosiy
omillardan biri yerning zaxini qochirish, shurini yuvish deb maslaxat
beriladi. Zardushtiylarda yaxlit bir agromadaniyat yaratish uchun maxsus
irrigatsiya tizimi va yer maydonlarini jamoa a`zolari o`rtasida tartibli
taksimlanishiga amal kilingan. Shu urinda aytib ugish kerakki jinoyat uchun
odamlarga beriladigan jazo turlari ichida suv inshootlari kurishda majburan
ishlatish chorasi ham bo`lgan (bu og`ir jismoniy mexnat xisoblangan). Bu
davrda yer jamoa mulki bo`lgan bulsada chorva xususiy mulk bo`lganligini
"Avesto"dan kurishimiz mumkin.
"Avesto"da dehqonlarni vastriofishuyant deyilgan. Bu so`zning
etimologiyasiga nazar tashlasak zardushtiylar ajdodlarining an`anaviy kuchmanchi mashg`uloti (cid:151) chorvachilik bilan bog`lik juda qiziq bir
manzaraning guvoxi bulamiz. Avestoshunos olim A. O. Makovelskiyning
yozishicha, "vastriofishuyant" iborasi yasalishiga kura murakkab so`z bo`lib
uning birinchi tarkibiy kismi yirik shoxli koramol chuponi, ikkinchi qismi
esa mayda shoxli chorva chuponi ma`nolarini bildirgan. Ushbu ikki
so`zning kushilishidan keyinchalik dehqon so`zi paydo bo`lgan"6.
"Vendidod" va "Visperad"ning aloxida qismlarida yerga ishlov berish,
ekin ekish, yerning meliorativ xolatini yaxshilashga oid qator yulyurikdar
bayon qilingan. Jumladan, "Vandidod"ning uchinchi fargardi, 4bandida
Zardushtning Axura Mazdaga qarata "zamini hammadan kura baxtiyorrok
bo`lgan dunyodagi uchinchi joy qayr?" (cid:151) degan savoliga javob tariqasida
Axura Mazda: "Ey Sipiytmon Zardusht! Bunday joy bir Ashavan
hammadan kura kuprok bug`doy, yog` va mevali daraxtlar ekkan, odamlar
kuruk yerlarga suv chikargan, suvli yerlarni shudgor kilgan zamindir"7 deb
javob bergan. Shuningdek "Vendidod"da ta`kidlanishicha, o`zok vakt
ekilmagan va omoch tegmagan zamin baxtsizdir. U omochni orzu kiladi.
Bunday zamin balog`at pallasiga kirgan sohibjamol qizdir. Bu oila kurish,
kiz farzand kurishni xoxlagani singari, xaydalmagan yer ham kushchini
kutadi"8.
Halqimiz dunyoqarashi va dehqonchilikka oid an`anaviy xujalik
mashg`ulotida xozirgacha ushbu qarashlar bilan bog`liq ayrim ko`rinishlar
saqlanib qolgan bo`lib buni bevosita etnografik ma`lumotlar ham
tasdiklaydi. Jumladan, o`zbeklarda yerni xaydash, uni ekishga tayyorlash,
suv keltirish, zamin bag`rida yetishtirilgan xosilni yigib olish savob,
dehqonchilik eng sharafli mashg`ulot hisoblanadi. Ayniksa, dehqonchilik
mavsumini boshlanishi o`ziga xos tantana tarzda nishonlangan bo`lib, XX
asrning birinchi choragigacha respublikamizning kator mintakalarida
baxorgi shudgor oldidan "is chikarish" marosimi utkazilgan. Xar bir oilada
ayollar bug`irsoq cho`zma ("is") pishirishgan. Qozonda moy yaxshi kizitilib, sungra unga hamir tashlangan. Guyoki, marxumlar shu moy
kizishini eshitib, ruxdari shod bulishib, karindoshurug`larga omad
tilashadi. Yerni xaydashdan oldin xukizlarning shoxlari va buynturig`ini
yog` bilan moylaganlar15.
Xukizlarni yomon ko`zdan asrasin, deb tumorlar taqilgan. Keksalarning
ta`kidlashlaricha, mazkur odat zaminida uning shoxlari moylanib, bakuvvat
bo`lgan xukiz yil buyi xormaytolmay ishlasin, degan magik niyat
mujassamlashgan. Dastlabki egat olish yoki urug` sepishni oila yoki
qishloqdagi xurmatli keksalar boshlab berishgan.
"Avesto"da yozilishicha, "kimdakim bug`doy eksa, u Ashaxni
(Haqiqat) ekadi. U Mazda dinini yana va yana kukartiradi. U Mazda dinini
yuzlab hamdu sano, nazru niyoz va o`n minglab kurbonliklar
kuvvatlantirgandek kudratli kiladi. Qachonki egatlarda urug` yetilsa, devlar
urinlaridan ko`chadilar. Qachonki bug`doy gurkirab kukarsa devlar
dahshatlardan titray boshlaydilar. Qachonki bug`doy un bulsa, devlar nola
chekadilar. Qachonki bug`doy xirmonga uyulsa, devlar nobud buladilar.
Qay bir xonadonda bug`doy bosh chikarsa u xonadonga devlar yakinlasha
olmaydilar. Qay bir xonadonda bug`doy ombori bulsa guyo qizdirilgan
temir devlar buynini chirmab tashlaydi"9. Ko`rinadiki, "Avesto" paydo
bo`lgan davrda g`alla ekish, don yetishtirish, umuman, dehqonchilik
madaniyati yetarli darajada rivojlangan ekan.
Biz o`zbek halqining an`anaviy turmush tarzi bilan bog`liq qarashlar va
marosimlarni ko`zatar ekanmiz, yer, don va nonga bo`lgan o`ziga xos
xurmatextiromni turlituman udumlar va marosimlarda hozirgacha saklanib
kelayotganligini kurishimiz mumkin. Farg`ona vodiysi o`zbeklari orasidagi
halqona qarashga kura bug`doy, olma, kovun, anjir va rayxon dastlab
jannatda o`sgan. Shu bois ushbu usimliklar va mevalar doimo e`zozlangan.
Ayniksa halq orasida yerga bug`doy sepish eng xayrli amallardan biri
sanalgan va bug`doy ekilgan maydonlarni oyoq osti kilish gunoh xisoblangan. Kolaversa bug`doydan tayyorlanadigan taomlar ham aloxida
kadrlangan. Jumladan, baxorda iliko`zildi paytida ayollar tomonidan
namlangan bug`doyni kuklatib sumalak tayyorlash va qolaversa bir marta
sumalak tayyorlangan uyda yetti yil mobaynida xar yili bir marta sumalak
pishirish udumlari xozirgacha davom etib kelmokda. Shu urinda
halqimizning nonga bo`lgan xurmat e`tiborini aloxida ta`kidlab utishimiz
lozim. Asosiy xujalik mashg`ulotlaridan biri dehqonchilik bo`lgan o`zbek
halqida non azaldan asosiy va tansik iste`mol mahsulotlaridan bulishi bilan
birga non bilan bog`liq kator marosimlar va urfodatlar shakllangan.
Jumladan, non hech qachon oyok ostiga tashlanmagan. Nonni bosish og`ir
gunox xisoblangan. Bundan tashkari kelinni kuyovnikiga ko`zatishda
boshiga non quyish odati bo`lgan. Farg`ona vodiysi o`zbeklari qadimiy
odatga kura g`alla somonini xech qachon o`choq va tandirga yoqishmagan.
Chunki donninonni yokish og`ir gunoh deyiladi 10. Axborotchilarimizning
ta`kidlashlaricha, non bor joyga turli insjinslar va yovo`z kuchlar
yakinlashmas ekan. Shu bois yomon ko`zdan, yovuz kuchlardan asrovchi
vosita sifatida, yangi tug`ilgan chakalokni yoki xatna kilingan bolaning
yostigi ostiga boshka kator magik xususiyatga ega buyumlar bilan birga non
quyilgan. Xorazmda non bulaklarini tumor kilib taqilgan va non uchun
hamir tayyorlab quyilgan yerga (masalan, tandir oldiga) jin, parilar
yakinlashmaydi deyiladi.
XX asr boshlarida o`zbeklarda ba`zan ekinlar rivoji past bo`lib, xosil
kam bulsa va bu xodisa ikkiuch bora qaytarilsa, bunday yerlarga odamlar
salbiy nazar bilan qarashgan. Giyox unmaydigan yoki kam xosilli
paykallarni «it tekkan yer» (insjins tekkan manosida), "xudo qarg`agan
yer" deb nomlashgan. Xorazmda ulgan odamning jasadi tekkan yerni nopok
yer deyilgan. Agar ekin ekiladigan yerda odam jasadi yoki uning suyaklari
topilsa, bu joy xarom xisoblangan. Bunday yerni besh marta sugorgandan
keyingina ekin ekishgan. Ayrim joylarda esa bunday srlarniig atrofini juyak olib urab quyishgan va ikkiuch yil davomida sug`ormaganlar, ekin
ekmaganlar. Biz bu udumga aynan uxshash ko`rinishni "Avesto" kitobida
uchratamiz. Zardushtiylarning "murdaning nopokligi" konsepsiyasiga kura
zardushtiylik paydo bo`lgan dastlabki paytlarda tuprokning xolatini
bo`zmaslik maksadida va murdani "marosimiy makrux" xisoblangani bois
o`lik yerga kumilgan. Murda odamlar nazaridan yiroqqabaland tepaliklarga
eltib maxsus supalarga quyilgan. "Veididod"ning 7fargardi, 7bulimida
Zardushtninig Axura Mazdaga karata "oftob ostida yotgan odam jasadi
yerga tushib ketsa, yer necha vaktdan sung o`zining pokizalik xolatiga
qaytadi? (cid:151) degan savoliga javob tarikasida "oftob ostida yotgan odam jasadi
yerga tushib ketgan laxzadan bir yil utgach, zamin o`zining poklik xoliga
qaytadi" (cid:151) deb javob bergan. Boshka urinda Axura Mazda Zardushtga
karata "odam jismi tuprokka topshirilgan laxzadan ellik yil utganidan sung
zamin o`zining poklik xoliga qaytadi" (cid:151) deb ta`kidlagan11. Demak biz
bundan halqimizning dehqonchilik bilan bog`liq kator urfodatlari kecha
yoki bugun uylab topilmagan, balki o`zining kupming yillik tarixiga ega
ekanligiga yana bir bor amin bulamiz. Fargona vodiysi o`zbeklarida yerga
dastlabki ishlov berish, yani yil boshidagi dastlabki dehqonchilik
yumushlari Navro`z tantanalari bilan bir vaktda boshlangan. Navro`z
ayyomi dehqonlar uchun ayniksa ahamiyatli bo`lgan. Chunki yukorida
aytganimizdeq bu kunlarda ekin ekish, dala, bor yumushlari boshlangan.
Dehkonlar, bog`bonlar va chorvadorlar ayozli kunlardan omoneson chikib,
baxorning issik kunlarini intiklik bilan kutib, katta dehqonchilik ishlariga
jiddiy tayyorgarlik ko`rganlar, omochbuyinturiklarni, molalarni sozlab,
taxt kilishgan, otlar sovutilgan, aravalar to`zatilib ishga yarokli xolga
keltirib quyilgan. Asosiy ishchi kuchi bo`lgan xukizlarni yaxshi
parvarishlab, ularni yer xaydashga olib chikishgan. Shu bois ham o`rta
asrlarda Buxoroda bu dehqonchilik bayrami "Navro`zi kishavorzon" (cid:150) (cid:147)dehqonlar bayrami" deyilgan12. Zaxmatkash dehqonlar aynan ushbu kun
qo`sh chikarib urug`ni yerga qadaganlar.
XULOSA
Xulosa kilib aytganda, o`zbek halqining dehqonchilik an`analari
qadimiy tarixga ega bo`lib bundan 3000 yil mukaddam O`rta Osiyo zaminida
dehqonchilik gullabyashnagan va ajdodlarning asosiy mashg`ulotlaridan
biri bo`lgan. "Avesto"da ta`riflangan va targ`ib etilgan eng ulug` kasb
dexqonchilikka oid urfodat va marosimlar o`zining xayotiyligi va
halqchilligi bilan aloxida dikqatga sazovordir. Ularda ijtimoiy tabaqaviy
cheklanish alomatlari yo`q bo`lib tabiiy ehtiyojlar zaminida paydo bo`lgan va
umumxalq manfaatlariga
xizmat qilgan. Bu urfodat va marosimlar tabiat bilan o`zviy bogliq
mexnat jarayoni hamda turmushning muhim voqealariga bag`ishlab
nishonlangan va xalqning orzuumidlarini ifoda etgan.
Avestoning hozirgi davr kishilari uchun ahamiyati shundaki, unda
odamlar doim pokiza yurishga, badanni toza tutishga yomon kirdikorlar
qilmaslikka; har qanday yovuz niyat va haqoratli asabbuzar so`zlarni
aytmaslikka, ayollarni, jumladan qizlarni sevishga hamma sohada mo`tadil
(optimal) bo`lishga da`vat etuvchi qoida da`vat, o`gitlar bayon etilgan.
Avestoning Gat qismida odamlar halol mehnat qilishga o`z qo`li
hunari bilan moddiy ne`matni yaratishga, tayyorga ayyor, o`roqda yo`q,
mashoqda yo`q xirmonda hozir, boqimanda, tekinxo`r bo`lmaslikka, bularga
yo`l qo`ymay, binoanan yashashga da`vat etilgan. Bu da`vatlarni hozir ham
foydasi katta.
Xulosa shuki, Avestoda diniy ko`rsatmalar haqidagi g`oyalar bilan
birga real, dunyoviy hozir ham foydali, nasihat, tavsiya, cheklash, ta`qiqlash,
rag`batlantirishga doir o`git va da`vatlar ko`p bo`lgan. Xulosa shuki, zardushtiylikning o`zidan keyingi barcha dinlarga
salbiy ta`siridan ko`ra ijobiy ta`siri ustun bo`lgan. Deyarli barcha dinlarga
xos xususiyat bo`lgan insonlarni yetuklikka, ma`naviyati boy, axloqodobli
bo`lib tarbiyalashga intilish zardushtiylik dinining ham asosini tashkil qiladi.
Bu ustunlik musulmonlar hayoti va faoliyatida ayniqsa e`tiborga loyiqdir. Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
2.
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T., Sharq, 1998.
Sulaymonova F. Sharq va G`arb.—Toshkent. Fan, 1997.
3. Avesto. O`zbekcha tarjima (Asqar Mahkam tarj.) T.:2001.
4. "Avesto"dan (tarj. M. Isoqov) O`zbek tili va adabiyoti jurnali, 1999. №2
5.Abu Rayhon Beruniy. Alosorulboqiya anal qarunulholiya.Т.: 1969
6.H. Homidov. "Avesto" fayzlari. – Т.: 2001
7.N.Rahmonov. "Avesto"ning paydo bo`lishi. "O`zbekiston ovozi" 2001, 26.
8. N. Rahmonov. "Avesto": Zamin, vatan demakdir. "O`zbekiston ovozi"
2001, 25 sentabr.
9. www.etarix.uz
10. www.ziyonet.uz
«Avesto» ilmiy, madaniy manba sifatida
«Avesto» ilmiy, madaniy manba sifatida
«Avesto» ilmiy, madaniy manba sifatida
«Avesto» ilmiy, madaniy manba sifatida
«Avesto» ilmiy, madaniy manba sifatida
«Avesto» ilmiy, madaniy manba sifatida
«Avesto» ilmiy, madaniy manba sifatida
«Avesto» ilmiy, madaniy manba sifatida
«Avesto» ilmiy, madaniy manba sifatida
«Avesto» ilmiy, madaniy manba sifatida
«Avesto» ilmiy, madaniy manba sifatida
«Avesto» ilmiy, madaniy manba sifatida
«Avesto» ilmiy, madaniy manba sifatida
«Avesto» ilmiy, madaniy manba sifatida
«Avesto» ilmiy, madaniy manba sifatida
«Avesto» ilmiy, madaniy manba sifatida
«Avesto» ilmiy, madaniy manba sifatida
«Avesto» ilmiy, madaniy manba sifatida
«Avesto» ilmiy, madaniy manba sifatida
«Avesto» ilmiy, madaniy manba sifatida
«Avesto» ilmiy, madaniy manba sifatida
«Avesto» ilmiy, madaniy manba sifatida
«Avesto» ilmiy, madaniy manba sifatida
«Avesto» ilmiy, madaniy manba sifatida
«Avesto» ilmiy, madaniy manba sifatida
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.