Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlashi va ularning malakasini oshirish instituti
Tayanch doktoranti: H.Sh. Begimqulov
2019 йил 6 сентябрдаги ПФ-5812 сонли “Профессионал таълим тизимини янада такомиллаштиришга доир қўшимча чора-тадбирлар тўҒрисида”ги президент фармони
Заславская Т.И. Современное российское общество: социалъный меҳанизм трансформации.- Москва: Дело, 2004.
А.С.Макаренко, 7-томлик асарлар тўплами, М., 1957 йил. 1-том
Базаров Т.Ю. К проблеме инструментария практеческого социолного психолога // Вестник Московского ун-та, сер.14. психология, 1997
Ў.Толипов, Д.Рўзиева: Педагогик технологиялар ва педагогик маҳорат/ / - Тошкент: “INNOVATSION ZIYO”, 2019
Мин, Лю Сяо. Школьная психологическая служба и проблемы психического здоровья учащихся (на материале Китайской Народной Республики). Диссертация на соискание учёной степени доктора психологических наук. – Т., 2002.
Foydalinilgan adabiyotlar
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlar va xotin-qizlar bandligini oshirish, ularni daromad manbai bilan ta’minlash, yoshlarni zamonaviy kasb egallashlari, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida kasbga yo‘naltirish ishlarini yanada joylantirish hamda yangi professional ta’lim tizimining strategiyasi, asosiy ustuvor vazifalari belgilab berildi.
Tizimning yangi strategiyasi mohiyati shuki, professional ta’lim muassasalarida tahsil oladigan har bir yosh, har bir shaxs hayotda o‘z o‘rnini topishi, avvalo, o‘zi daromad qilishi, shu orqali iqtisodiy yuksalishga xizmat qilishi, o‘z mehnati bilan hayoti farovonligini ta’minlab, pirovard natijada jamiyat rivojlanishiga munosib hissa qo‘shishi lozim.
Bu jarayonda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Farmonga muvofiq, O‘zbekistonda shaklan va mazmunan mutlaqo yangi, uzluksiz professional ta’lim tizimi barpo etilishi, maqsad va vazifalaridan kelib chiqib 3 ta toifadagi ta’lim muassasalari tarmog‘i faoliyat ko‘rsatishi belgilandi
Bularga
Kasb-hunar maktablarida ta’limning xalqaro standart tasniflagichining 3darajasiga mos keluvchi 2 yillik ta’lim dasturlari asosida 9-sinf bitiruvchilari boshlang‘ich professional ta’lim oladilar.
Kollejlarda ta’limning xalqaro standart tasniflagichining 4-darajasiga mos keluvchi, kasblarning murakkablik darajasidan kelib chiqib 2 yilgacha bo‘lgan muddatda o‘qitishga mo‘ljallangan ta’lim dasturlari asosida aniq ish o‘rinlariga yo‘naltirilgan o‘rta bo‘g‘in mutaxassislari tayyorlanadi
Texnikumlarda esa ta’limning xalqaro standart tasniflagichining 5-darajasiga mos keluvchi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bilan integratsiyalashgan, kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida kamida 2 yil muddatga mo‘ljallangan ta’lim dasturlari asosida 11-sinfni tugatgan yoshlar o‘qitiladi
Transformatsiya (lot. Transformation - o‘zgarish) – biror bir voqelikning ko‘rinishini, shakli va muhim hususiyatlarini o‘zgarishi.
“Transformatsiya” tushunchasi birinchi bo‘lib 1996 yilda AQSh Mudofa vazirligining mahsus komissiyasi ma’ruzasida ishlatilgan bo‘lib, unda Vazirlik doirasida sodir bo‘ladigan inqilobiy o‘zgarishlan shunday nom bilan yuritilgan.
Transformatsiya davrida jamiyatning ayrim xususiyatlari emas, balki eng umumiy xususiyatlari o‘zgaradi. Bunday o‘zgarish mezonlari bo‘lib: ijtimoiy institutlar samaradorligi, ijtimoiy guruxlar strukturasi va inson kapitalining sifati xizmat qiladi.
Malaka oshirish tizimida fan o‘qituvchilarining kasb mahoratini oshirish, o‘z ustida muttasil ishlashlari, tayyorgarliklarini muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun malaka oshirish instituti faoliyatini tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad negizida xususiy maqsadlarning to‘g‘ri belgilanishi; o‘quv-tarbiya jarayonining uzviyligi va o‘zaro aloqadorligiga erishish; ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlarning mavjudligini inobatga olish; adabiyot o‘qituvchilari shaxsida namoyon bo‘lishi zarur sanalgan sifatlar bilan birga kasbiy tayyorgarlik ko‘lami va ularning mohiyatini aniqlash; tayanch tushunchalarni nazariy jihatdan sharhlash; malaka oshirish tizimida adabiyot o‘qituvchilari kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish texnologiyasini yaratish kabilarga rioya etish lozim.
Andragogika kattalarni o‘qitish san’ati ekan, o‘qituvchi mahorati orqali o‘quvchilarda mantiqiy, tanqidiy, tahliliy, ijodiy fikrlashini rivojlantirish orqali yosh barkamol shaxsni shakllantirishga xizmat qiladi. Andragogikada o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim mashg‘ulotlarini tashkil etish va boshqarishning quyidagi vazifalari alohida ajratiladi:
- shaxsning individual kamol topishi uchun zarur bo‘ladigan hayotiy ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish;
- fan xususiyatidan kelib chiqib topshiriqlarni еchishga oid nazariy tushuncha va amaliy ko‘nikma, malakalarni shakllantirish;
Malaka oshirish muassasalaridagi mashg‘ulotlarda faol ishtirok etish uchun zarur bilimlarni o‘zlashtirganlik, muloqotga tayyorgarlik, o‘zaro hamkorlikda ishlash, mustaqil fikrlash, o‘z fikrini erkin bayon qilish va himoya qila olish ko‘nikmalari va boshqalardan iborat. Mashg‘ulotlarda vaqtdan unumli foydalanish zarur va shart hisoblanadi. Buning uchun zarur vositalarni turini tanlash, tayyorlash hamda mashg‘ulot o‘tkazuvchilar va ularning vazifalari aniq belgilangan bo‘lishi lozim. Integrativ texnologiyalar bilan an’anaviy ta’lim usullari orasida o‘ziga xos farqlar mavjud bo‘lib, har bir o‘qituvchi bu farqlarni qiyoslashi, ularning bir-biriga nisbatan afzalliklari va kamchiliklarini darsni rejalashtirish va uni o‘tkazish usullarini tanlashda to‘g‘ri hisobga olishi zarur
“Профессионал таълимда информатика фанларини ўқитиш методикаси” ўқув модулини назарий машғулотларини интегратив технологияларни қўллаш орқали касбий маҳоратини оширини интеграциясини келтириб ўтганмиз:
Demak xulosa qilib aytganda respublikamizda yangi tashkil etilgan professional ta’lim tizimi jahon bozorida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash masalasini o’z oldiga maqsad qilib olgan. Bu orqali yurtimiz iqtisodiy ijtimoy hayotida yuksak marralarga erishish mumkin,
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.