Biosfera
Оценка 4.9

Biosfera

Оценка 4.9
docx
экология
31.12.2022
Biosfera
Biosfera bu.docx

БИОСФЕРА ТИРИК МОДДАСИНИНГ ФУНКЦИЯЛАРИ НЕЧТА?

BIOSFERANING TARKIBI

Biosfera tarkibiga kiradigan moddalar tasnifi. Biosfera bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan xilma-xil komponentlardan tarkib topgan ulkan biosistemadir. V.I.Vernadskiy biosferani tashkil etuvchi komponentlarni kelib chiqishiga ko‘ra guruhlarga ajratishni taklif etdi va yettita bir-biridan farqli, lekin o‘zaro bog‘liq guruhlarni aniqladi.

Biosferaning tirik moddasi. Bu atamani fanga V.I.Vernadskiy kiritgan. Tirik modda biosferada tarqalgan barcha tirik organizmlar: produtsentlar, konsumentlar, redutsentlar yig‘indisidir. V.I.Vernadskiy tirik modda haqida quyidagi fikrlarni bildirgan: «Yer yuzida, pirovard natijaga olib keladigan oqibatlari jihatidan, tirik organizmlardan ko‘ra qudratliroq kuch yo‘qdir». Tirik modda o‘sish, ko‘payish, harakatlanish, Yer yuzi bo‘ylab tarqalish, oziq va yashash joyi uchun kurash, tana shakli, o‘lchami, kimyoviy tarkibining xilma-xilligi kabi xususiyatlarga ega. V.I Vernadskiy Yerning paydo bo‘lishidan ko‘p o‘tmay hayot paydo bo‘lgan va u sayyoramizning qiyofasini o‘zgartiruvchi asosiy omillardan biri bo‘lgan, deb ta’kidlaydi (38-rasm).

Qattiq moddalar – Yerda hayot paydo bo‘lishidan avval, tirik organizmlar faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan holda hosil bo‘lgan tog‘ jinslari. Qattiq moddalarga minerallar (olmos, zumrad, kvars) va tog‘ jinslari (granit, marmar) misol bo‘ladi. Bu moddalarning hosil bo‘lishi tog‘larning yemirilishi, vulqonlarning otilishi bilan bog‘liq (39-rasm).

 

 

 

 

 

Biogen moddalar – tirik organizmlarning faoliyati mahsulotlari yoki ularning organik qoldiqlaridan hosil bo‘lgan moddalar yig‘indisi. Ularga neft, toshko‘mir, ohaktosh va atmosfera gazlarini misol qilish mumkin (40-rasm).

Biogen va abiogen hosil bo‘luvchi moddalar – bir vaqtning o‘zida tirik organizmlar faoliyati va abiogen jarayonlar natijasida hosil bo‘ladi. Masalan, tuproq, suv havzalarining tubi (41-rasm).

Radioaktiv moddalar – radioaktiv elementlar va ularning parchalanishidan hosil bo‘ladigan moddalar.

Tarqoq atomlar – ayrim elementlarning atomlari bo‘lib, tabiatda tarqoq holda uchraydi.

Kosmik moddalar – kelib chiqishi kosmos bilan bog‘liq, biosferaga kosmosdan kirib keladigan moddalar: meteoritlar, kosmik chang zarralari misol bo‘ladi.

Shunday qilib, «Biosfera» kelib chiqishi jihatidan qadimiy, tuzilishi jihatdan murakkab, ko‘p komponentli, o‘z-o‘zini boshqara oladigan, energiyaning ulkan resurslarini to‘playdigan va taqsimlaydigan, o‘z tarkibi va dinamikasini belgilaydigan sistemadir.


 

БИОСФЕРА ТИРИК МОДДАСИНИНГ ФУНКЦИЯЛАРИ

БИОСФЕРА ТИРИК МОДДАСИНИНГ ФУНКЦИЯЛАРИ

Qattiq moddalarga minerallar (olmos, zumrad, kvars) va tog‘ jinslari (granit, marmar) misol bo‘ladi

Qattiq moddalarga minerallar (olmos, zumrad, kvars) va tog‘ jinslari (granit, marmar) misol bo‘ladi

Biogen moddalar – tirik organizmlarning faoliyati mahsulotlari yoki ularning organik qoldiqlaridan hosil bo‘lgan moddalar yig‘indisi

Biogen moddalar – tirik organizmlarning faoliyati mahsulotlari yoki ularning organik qoldiqlaridan hosil bo‘lgan moddalar yig‘indisi

Shunday qilib, «Biosfera» kelib chiqishi jihatidan qadimiy, tuzilishi jihatdan murakkab, ko‘p komponentli, o‘z-o‘zini boshqara oladigan, energiyaning ulkan resurslarini to‘playdigan va taqsimlaydigan, o‘z tarkibi va dinamikasini…

Shunday qilib, «Biosfera» kelib chiqishi jihatidan qadimiy, tuzilishi jihatdan murakkab, ko‘p komponentli, o‘z-o‘zini boshqara oladigan, energiyaning ulkan resurslarini to‘playdigan va taqsimlaydigan, o‘z tarkibi va dinamikasini…
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
31.12.2022