Бошланғич таълимда ўқувчиларнинг ижодий фаолиятини шакллантириш шарт-шароитлари
Оценка 5

Бошланғич таълимда ўқувчиларнинг ижодий фаолиятини шакллантириш шарт-шароитлари

Оценка 5
docx
26.04.2020
Бошланғич таълимда ўқувчиларнинг ижодий фаолиятини шакллантириш шарт-шароитлари
BOSHLANGich sinflarda o'quvchilar ijodiy faoliyati.docx

BOSHLANG’ICH TA’LIMDA O’QUVCHILAR IJODIY FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISH SHART-SHAROITLARI.

Tojiboyeva Nargiza Ilhomovna,

Norin tumani 39 maktab boshlang’ich sinf o’qituvchisi

Bugungi kunda ilmiy, uslubiy adabiyotlarda «ijod», «ijodkorlik» kabi atamalarni uchratib qolmoqdamiz. Bu atamalarning adabiyotlar sahifalarida paydo bo’lganligi bejiz emas.

          «Ijod» so’zining lug’aviy ma’nosi: «yaratish», «yangilikni kashf etish» so’zlariga monand keladi.

Ijodkorlik  -  faoliyatning  turli  holatlarida paydo bo’ladi. Qiziqish ilhom, intilish va boshqalar ijodkorlikning inson ongida eng oliy tarzda paydo bo’lishidan, namoyon bo’lishigacha jarayonini o’z ichiga oladi. SHaxsda faoliyat ehtiyoji faoliyatda yangi ilgari maqsad qilib qo’yilmagan, hal etuvchi vosita bo’lib hisoblanmagan intilishdir.

Ijodkorlik- sifat jihatdan yangi, moddiy  va ma’naviy boyliklar yaratuvchi inson faoliyati jarayoni. Ijodkorlik o’zida insonning mehnatda namoyon bo’lgan qobiliyatini ifodalaydi. Ob’ektiv olam qonuniyatlarini bilish asosida xilma-xil ijtimoiy  ehtiyojlarini qanoatlantiradigan yangi haqiqatni yaratadiganday mehnat ijod bo’lishi mumkin. Ijod turlari bunyodkorlik faoliyati  bilan belgilanadi: ixtirochi, tashkilotchi, mehnati  ilmiy va badiiy  mehnat va boshqalar. Ijodiy faoliyat uchun imkoniyatlar ijtimoiy munosabatlarga bog’liq. Bugungi kunda mustaqillik tufayli amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlari o’z ishiga ijodiy yondashuvchi, fan , texnika, san’at, ishlab chiqarishning jadal rivojlanishiga o’z hissasini qo’shadigan yuksak malakali  kadrlar tayyorlashga bog’liq. SHunga ko’ra, jamiyat taraqqiyoti talabalaridan kelib chiqqan holda har bir o’quvchini ijodkorlik ruhida tarbiyalash muhim va zarurdir.

Psixolog olim N.D.Levitov   ijodiy faoliyatni quyidagi mezonlar  asosida  vujudga kelishini isbotladi[1]:

-         tafakkurning  mustaqilligi;

-         o’quv materialining   o’zlashtirilishi, tezligi  va  mustahkamligi;

-  standart bo’lmagan  vazifalarni  hal qilishda,  aqliy  chamalashning  (topqirlikning)  tezligi;

-  o’rganib  chiqilayotgan  hodisalarning   mohiyatiga   chuqur  kirib borish  orqali   muhim bo’lmagan   narsadan   muhimini ajrata  bilish.

    Boshlang’ich ta’limda o’quvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirish shart-sharoitlari deganda, avvalo ana shu shart-sharoitlarning paydo bo’lishi, amalga oshishi hamda rivojlanishi jarayoni tushiniladi.

Ular quyidagilardan iborat :

1.                             O’quvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirishda  ularning bu borada egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalari.

2.                             Ijodiy faoliyatni shakllantirishda nazariy bilimlar bilan amaliyotning aloqadorligi.

3.                             Ijodiy faoliyatni shakllantirishga doir mashg’ulotlar evristika muammoli vaziyatlar yaratish.

4.                             O’quvchilarning ijodiy faoliyatini shakllantirishga texnologik yondashuv.

Bu shart-sharoitlar quyidagicha amalga oshadi :

O’quvchilarning ijodiy faoliyatini shakllantirishda ular egallashi lozim bo’lgan bilim, malaka, ko’nikmalarga quyidagi talablar qo’yiladi.

-dastur materiallarni qay darajada o’zlashtirganligi ;

-mavzularga doir asosiy tushuncha va qoidalarni o’zlashtirganligi;

-tanlagan mavzu bo’yicha topshiriqlarni mustaqil bajara olishi ;

-o’rganilayotgan mavzulardagi asosiy muammolarni anglab olishi ;

-topshiriqlarni bajarishda o’quv ashyolari va texnika vositalar, axborot texnologiyasidan foydalana olishi ;

- o’z qobiliyatini namoyon etishi va uni rivojlantira olishi ;

-mavzu bo’yicha o’z oldiga erishiladigan maqsadlarni qo’ya olishi, rejalar tuzishi va natijalarni baholay olishi ;

-mavzularni o’rganishda o’z fikrini dalillay olishi;

-o’z variantini tavsiya eta olishi va hokazolar.

Mazkur talablar o’qituvchiga o’quvchilarning o’qishga bo’lgan qiziqishlari, ularning o’quv-biluv faoliyati, individual moyilliklarini bilish imkoniyati paydo bo’ladi va bu borada o’quv jarayoni tuzilmasini belgilab olishga yordam beradi.

         Yuqoridagi talablar asosida muammoga doir ta’limni maqsadga muvofiq tashkil etishning ustuvor yo’nalishlari belgilab olinadi.

Maqsadga muvofiq yondashuv deganda o’quv- biluv jarayoni yoki ta’lim mazmuni, metod va shakllari tizimining ijodiy faoliyatni rivojlantirishga doir maqsadli yo’naltirilgan maxsus tashkil etilgan tuzilmasi tushiniladi.

Pedagogikaning asosiy vazifalaridan biri barcha bolalarning  ijodiy faoliyati har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydigan shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Shu bilan bir qatorda muayyan sohalarda chuqur qiziqishlarini, intilishi va qobiliyatini namoyon qilayotgan o’quvchilarni aniqlash, ularga bundan keyingi rivojlanishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berish lozim. Buning uchun esa:  kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirishga doir shart-sharoitlar yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada:

1.          O’quvchilar ijodiy faoliyatini rivojlantirishga doir innovatsion faoliyatga tayyorlash.

2.            O’qituvchi va o’quvchilar munosabatida hamkorlik faoliyatini vujudga keltirish.

3.            Ijodiy faoliyatni rivojlantirishda bilishga doir innovatsion texnologiyalardan foydalanish.

         Hozirgi davrda o’quvchilarning biror- bir haqiqatni mustaqil izlashi va kashf etishi bilan bog’liq bo’lgan evristik va muammoli ta’lim o’quv-biluv jarayoniga faol kirib kelmoqda.

         V. Karimova o’z tadqiqotlarida ilmiy faoliyatni ushbu uch turi amalga oshirilganda shaxsning unga mos bo’lgan sifatlari :

 1) O’quvchilar tomonidan tashqi olamni kuzatish jarayonida zarur bo’ladigan sifatlari;

2) O’quvchilar uchun faoliyatning ijodiy mahsulini yaratish sharoitlarini ta’minlovchi ijodiy faoliyat sifatlari;

3) O’quvchilar bilish faoliyatini tashkil etganda uning oldingi ikki holatda- bilish va ijod holatida ko’rinadigan sifatlari namoyon bo’lishini ko`rsatib o`tadi.

         Quyida sanab o’tiladigan sifatlar ijodiy izlanishli ta’lim turini rejalashtirish, tashkil etish va samaradorligini nazorat qilish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.

Ijodiy faoliyat sifatlariga quyidagilarni kiritish mumkin :   

-         ehtirosli-obrazli sifatlar: ijodiy vaziyatlardan ilhomlanish, zavqlanish, jo’shqinlik;

-         obrazlilik, uyushganlik, yangilik va g’ayrioddiylikni his etish, ziddiyatlarga nisbatan sezgirlik, ijodiy moyillik, ichki kurashlarni sinashga bo’lgan qobiliyat, ramziy ijodkorlik va boshqalar.

-         tashabbuskorlik, kashfiyotchilik, zehn, o’ziga xoslik, har xillik, nostandartlik;

-         g’oyalarni topishga, ularning individual, o’zga insonlar bilish ob’ektlari bilan munosabatlariga nisbatan qobiliyati;

-         maktabda, oilada va boshqa ijtimoiy muhitda beriladigan axloq me’yorlarini saqlab qolish ko’nikmasi bilan uyg’unlashadigan fikrlar, tuyg’ular va harakatlar erkinligi;

-         sezgirlik, tanish narsalarni notanish narsalarda ko’ra olish va aksincha; muammolarni hal etishda stereotiplarni yenga olish, o’zgacha makonga chiqish qobiliyati;

-         o’rganilayotgan ob’ekt bilan dialog olib bora olish ; bilish metodlarini tanlay olish; ob’ektning o’xshash  ob’ektlar bilan vazifa va aloqasini topish;

-         b’ektlarning o’zgarishi, uning o’sish yoki rivojlanish dinamikasini aniqlash;

-         b’ektning xossalariga ko’ra bilishning yangi metodlarini yarata olish ;

-         gipotezalarni ta’riflay olish taxminiy fikrlar, qonuniyatlar, formula, nazariyalarni, konstruksiyalash: intuitsiya, meditatsiyaga ega bo’lish ;

-         o’z qobiliyatini ijodiy ishlarni bajarish va himoyalash shaklida amalga oshirish, tanlovlar, olimpiadalarda ishtirok etish tajribasiga ega bo’lish.

Bilishga doir sifatlar:

o   fiziologik sifatlar: o’rganilayotgan ob’ektni ta’lim yordamida ko’rish, eshitish, sezish, his eta bilish; ishqobiliyati, shijoatni tarbiyalash;

o   intellektual  sifatlar: qiziquvchanlik , zehnlilik, mulohazalilik, ziyraklik, mantiqiylik, onglilik dalillash, analitik, sintetik o’xshashini topa olishga qodirlik, isbotlashning turli shakllaridan foydalanish, ishqibozlik ;

o   sinchkovlik, zakovatlilik, muammolarda izlanuvchanlik, tajribalarga moyillik, savollar bera bilish, ziddiyatlarni ko’ra olish, muammo va gipotezalarni ta’riflay olish, nazariy va amaliy tadqiqotlarni bajara olish, turli xil topshiriqlarni yechish  usullariga ega bo’lish, xulosa va umumlashmalar qilish, harakatning tezkorligi tafakkurining xilma-xilligi;

o   shaxsiy faoliyatida aks etgan madaniy me’yorlar va an’analarga ega bo’lish; o’z bilimlari va olgan natijalarini dalillay bilish;

o   tanlash vaziyatlarida tanlay bilish;

o   paydo bo’lgan har qanday muammo bo’yicha o’zining tushingani yoki tushunmaganini bildirishga qodirlik;

o   o’zgalar nuqtai nazarini tushunish va baholay olish, mazmunli dialog yoki munozarali chiqishlar qilish;

o   o’rganilayotgan sohalarni tizimli ko’ra bilish; ob’ektlar aloqalari, ularning sabablari, ular bilan bog’liq muammolarni izlab topish; har qanday ob’ekt va hodisa (tabiat, madaniyat, siyosat va hokazo) mohiyatini aniqlashga to’g’ri yondasha bilish ;

o   ob’ektlar orasidan asosiysini tanlay bilish, ular orasidagi bir-biriga bog’liqlikni izlash; tanilgan ob’ektlarning yangi vazifalari va aloqalarini ko’ra bilish; ob’ektning kelib chiqish sabablarini izlashga qodirlik, ob’ektning ma’nosi, uning manbaini topishga qodirlik ;

o   o’rganilayotgan fanlar bo’yicha ma’lumotga, tayanch bilimlarga malaka va ko’nikmalarga ega bo’lish;

o   o’rganilayotgan bilimning asosiy muammolarini mo’ljalga olish;

o   ta’lim samarasi va sinfdoshlarining erishgan natijalarni qiyoslayo bilish, ularning o’xshash va farqli tomonlarini ajratish, shaxsiy ta’limiy natijalarni qayta aniqlash yoki qayta ishlash ;

o   -madaniy-tarixiy o’xshashliklarning kelib chiqish (namoyon bo’lish) sabablarini izlashga qodirlik, uning tuzilishini aniqlay bilish, o’xshash ideal ob’ektlar bilan aloqalarni topish, ideal ob’ektlar tizimini tuzish, ularning shakllangan tamoyillar va mezonlar asosida madaniy- tarixiy o’xshashliklarning tegishli real ob’ektlar bilan aloqalari tizimini anglay bilish;

o   ma’naviy, moddiy va faoliyat shaklida erishilgan bilimlarni ruyobga chiqarishga qodirlik.

Tashkiliy faoliyat- sifatlari:

-         o’quvchi tomonidan o’zining individual xususiyatlarini, fe’l-atvoridagi belgilarini, har bir o’quv fani va ta’lim sohasidagi mashg’ulotlarning maqbul shakllarini bilish;

-         mavzu yoki boshqa o’quv fanidan o’z mashg’ulotining maqsadini anglab olish va tushuntira bilish, nimalarni bajarayotganini aniq tushuna bilish;

-         yangi yoki erishilmagan yaxshi maqsad, unga erishish dasturining mavjudligi, ishni oxirigacha yetkazish uchun qat’iyat, maqsadga sodiqlik; maqsadni qo’ya bilish, maqsadga intiluvchanlik  maqsadga erishish uchun qat’iyatlilik;

-         berilgan bilim sohasiga yoki faoliyatga o’quv maqsadini qo’ya bilish, unga erishish rejasini tuza olish; o’zining individual xususiyatlaridan kelib chiqqan holda belgilangan rejani bajarish; o’z natijasini olish va anglash; uni sinfdoshlarining shunga o’xshash natijalari bilan qiyoslash;

-         egallangan malakada ifodalanadigan faoliyat qoidalari, uning qonunlari tizimini shakllantirish, faoliyat natijalarini prognozlash ;

-         o’z-o’zining faoliyatini rejalashtirish, harakatni dasturlash, faoliyat bosqichlari va usullarini  yaxshilash, harakatning o’zgaruvchanligi rejalarning bajarilishi; faoliyatga yondashuvning xilma-xilligi, ayni paytda turli xil muqobillarini esda saqlash ;

-         o’zining  keyingi  o’qish  rejasini tuza  bilish;  faoliyati ma’no  mazmunini  aniqlash,  natijalarni  maqsadlar  bilan  birlashtira olish,  o’z-o’zini  kuzatish,  o’z-o’zini tahlil qilish  va o’z-o’zini  baholay  bilish;

-         ta’limning  boshqa  sub’ektlari  bilan  hamda  atrof-olam bilan o’zaro  harakatga   qodirlik;  o’z  g’oyalarini  himoya  qila  bilish,  atrofdagilarning  mulohazalarini  tinglay  olish,  “zarbaga  dosh  berish”; mustaqillik,  intiluvchanlik,  qat’iyatlilik, kirishimlilik;

-          o’zgalar  ijodiy faoliyatini tashkil  etishga   qodirlik,  boshqa  o’quvchilar   bilan  birgalikda   g’oyalar  yaratish,  unda  ishtirok etish;  g’oyalar, bahs,  munozaralarni  qiyoslash  va chog’ishtirish.

         Shunday qilib evristik  ta’lim,  kam deganda  o’quvchining uchta  integratsion qobiliyati;   ijodiy  qobiliyati,  bilishga  doir  va  faoliyatga  oid  qobiliyatiga   tayanadi.  Demak,  evristik  ta’lim  deyilganda   o’quvchining  ta’lim  samaradorligini  ta’minlashga  qaratilgan   faoliyat  va harakatni  amalga oshirishdagi  kompleks imkoniyatlari  tushuniladi.

         Yuqoridagilarga  asoslangan  holda   o’quvchilar  maqsadlarni  quyidagicha  guruhlash  mumkin;

         Shaxsga  yo’nalgan  maqsad- ta’lim maqsadini   idrok  etish,  o’zida   ishonch  hosil  qilish, o’zining   potensial  imkoniyatlari,  aniq  individual  qobiliyatlarini amalga oshirish;

         Ijodiy  qobiliyatni  rivojlantirishga   doir maqsad  majmuini  tuzish,  sharhli  insho,   texnik modellarni  konstrksiyalash,  rasmlar  chizish  va boshqalar.

         Bilishga oid  maqsad- atrofdagi  borliq  ob’ektlarini  bilish;  paydo   bo’lgan  muammolarni  yechish  usullarini o’rganish,  birinchi  manbalar   bilan  ishlash  malakasiga  ega  bo’lish,   tajriba  qo’yish,  tajribani o’tkazish;

         Tashkiliy  maqsad- o’quv  faoliyatini  o’zi  tashkil etish  malakasiga  ega  bo’lish,  o’z  oldiga   maqsad  qo’ya  bilish  va  faoliyatni  rejalashtirish,  jamoada  ishlash  malakasini  rivojlantirish ,  munozara  olib borish  texnikasini  egallash;

         Fanga  oid maqsad- o’rganilayotgan  fanga nisbatan  ijobiy  munosabatni  shakllantirish:  o’rganilayotgan  mavzuga  kirgan  asosiy  tushuncha,  voqea-hodisa  va  qonunlarni bilish;  oddiy  asboblardan  foydalanish   ko’nikmasini   hosil  qilish;  mavzu  bo’yicha ijodiy  topshiriqlarni izlanishli  ta’limning   asosiy  texnologik  elementi-darsda  izlanuvchan  ta’lim  vaziyatini   yaratish,  ya’ni  dolzarb  faolllashtiruvchi  vaziyat,  yaratishdan iborat  an’anaviy darsga  muqobil  holatda   bo’ladi.   Uning  maqsadi  maxsus  tashkil etilgan   faoliyat  davomida   o’quvchilar  tomonidan  shaxsiy   ta’limiy   natijalar  (g’oya,  muammo,  gipoteza,  chizma,  tajriba,  matn)ni  ta’minlashdan iborat.

         Izlanishli  ta’limiy   vaziyat  o’z-o’zidan  paydo bo’ladigan  yoki  o’qituvchi  tomonidan  tashkil  etiladigan,  uning   barcha  ishtirokchilaridan  evristik  faoliyat orqali  o’z  yechimini  talab  qiladigan   ta’limiy  harakat  bilan  baholanadi.   Ta’lim  samaradorligi  natijasini  oldindan  aytib bo’lmaydi,  avvalo  muammo  qo’yiladi,   so’ng   faoliyat  texnologiyasi  yaratiladi,  o’quvchilarning   ta’limiy  harakati  kuzatib   boriladi,  biroq  oldindan  olinishi  lozim bo’lgan  ta’limiy  natijalari  ma’lum bo’lmaydi.

         Izlanishli  ta’limiy  vaziyatlarning  asosiy  texnologik elementlari:  motivatsiya,  muammolar  qo’yish,  vaziyat  ishtirokchilari  tomonidan  muammni  yechish,  ta’limiy  natijalarni  namoyon  etish, ularni    bir-birlari  bilan  qiyoslashdan iborat.

         Ta’limiy  vaziyat  o’qituvchi tomonidan   quyidagi  tarzda  tashkil  qilinadi:  kerakli  material  va  ta’limiy   ob’ekt  ajratiladi,  ular  o’rtasidagi   munosabatlar   o’rganiladi,   asosiy  tushunchalar  tanlanadi.  Tadqiqotning  umumiy  ob’ekti,   uning   ma’nosini  izlash,   faoliyatning   yangi  usullari  hamda   turlarini  izlash   zarurati   evristik   vaziyatning   asosi  bo’lishi   mumkin.

 

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.     Azizxodjayeva  N.N. Pedagogicheskiye texnologii i pedagogicheskoye masterstvo.-T. Fan va axborot texnologiyalari, 2006. -167 b.

2.     Bikvayeva N.I., ye.YAngabayeva  Matematika 3-sinf T., 2004 yil, 12-13 b.

3.     Davletshin  M.G.  Zamonaviy   maktab o’quvchisining  psixologiyasi. T., O’zbekiston  30 bet.

4.     Dik  N. F. Vospitivayem  lichnost . Feniks,  2005  320 st.

5.     Karimova V.M. Sunnatova R. va boshqalar. Mustaqil fikrlash. Akademik litseylar va kasb- hunar kollejlari uchun o’quv qo’llanma.- T.: SHarq, 2000- 112 b.


 

Скачано с www.znanio.ru



[1] Левитов Н.Д. Субъект. Объект. Познание.- М. : Знание, 1999.- 23 с

BOSHLANG’ICH TA’LIMDA O’QUVCHILAR

BOSHLANG’ICH TA’LIMDA O’QUVCHILAR

Boshlang’ich ta’limda o’quvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirish shart-sharoitlari deganda, avvalo ana shu shart-sharoitlarning paydo bo’lishi, amalga oshishi hamda rivojlanishi jarayoni tushiniladi

Boshlang’ich ta’limda o’quvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirish shart-sharoitlari deganda, avvalo ana shu shart-sharoitlarning paydo bo’lishi, amalga oshishi hamda rivojlanishi jarayoni tushiniladi

Mazkur talablar o’qituvchiga o’quvchilarning o’qishga bo’lgan qiziqishlari, ularning o’quv-biluv faoliyati, individual moyilliklarini bilish imkoniyati paydo bo’ladi va bu borada o’quv jarayoni tuzilmasini belgilab olishga yordam…

Mazkur talablar o’qituvchiga o’quvchilarning o’qishga bo’lgan qiziqishlari, ularning o’quv-biluv faoliyati, individual moyilliklarini bilish imkoniyati paydo bo’ladi va bu borada o’quv jarayoni tuzilmasini belgilab olishga yordam…

O’quvchilar uchun faoliyatning ijodiy mahsulini yaratish sharoitlarini ta’minlovchi ijodiy faoliyat sifatlari; 3)

O’quvchilar uchun faoliyatning ijodiy mahsulini yaratish sharoitlarini ta’minlovchi ijodiy faoliyat sifatlari; 3)

Bilishga doir sifatlar: o fiziologik sifatlar: o’rganilayotgan ob’ektni ta’lim yordamida ko’rish, eshitish, sezish, his eta bilish; ishqobiliyati, shijoatni tarbiyalash; o intellektual sifatlar: qiziquvchanlik , zehnlilik,…

Bilishga doir sifatlar: o fiziologik sifatlar: o’rganilayotgan ob’ektni ta’lim yordamida ko’rish, eshitish, sezish, his eta bilish; ishqobiliyati, shijoatni tarbiyalash; o intellektual sifatlar: qiziquvchanlik , zehnlilik,…

Tashkiliy faoliyat- sifatlari: - o’quvchi tomonidan o’zining individual xususiyatlarini, fe’l-atvoridagi belgilarini, har bir o’quv fani va ta’lim sohasidagi ma sh g’ulotlarning maqbul shakllarini bilish; -…

Tashkiliy faoliyat- sifatlari: - o’quvchi tomonidan o’zining individual xususiyatlarini, fe’l-atvoridagi belgilarini, har bir o’quv fani va ta’lim sohasidagi ma sh g’ulotlarning maqbul shakllarini bilish; -…

Shunday qilib evristik ta’lim, kam deganda o’quvchining uchta integratsion qobiliyati; ijodiy qobiliyati, bilishga doir va faoliyatga oid qobiliyatiga tayanadi

Shunday qilib evristik ta’lim, kam deganda o’quvchining uchta integratsion qobiliyati; ijodiy qobiliyati, bilishga doir va faoliyatga oid qobiliyatiga tayanadi

Uning maqsadi maxsus tashkil etilgan faoliyat davomida o’quvchilar tomonidan shaxsiy ta’limiy natijalar (g’oya, muammo, gipoteza, chizma, tajriba, matn)ni ta’minlashdan iborat

Uning maqsadi maxsus tashkil etilgan faoliyat davomida o’quvchilar tomonidan shaxsiy ta’limiy natijalar (g’oya, muammo, gipoteza, chizma, tajriba, matn)ni ta’minlashdan iborat

Dik N. F. Vospitivayem lichnost

Dik N. F. Vospitivayem lichnost
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
26.04.2020