UO’T 598.292.2 (575.146)
1Ametov Yakub Idrisovich , 2Doniyorov Boymurod Normurotovich
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Ekologiya va turoqshunoslik kafedrasi professori, b.f.d., Qoraqalpog’iston,1
Buxoro davlat universiteti Ekologiya va geografiya kafedrasi katta o’qituvchisi, Buxoro2
Annotatsiya. Maqolada mavzuning dolzarbligi, ishni bajarishda foydalanilgan usullar, Buxoro vohasi sharoitida uzun dumli qarqunoqning uchrash maqomi, topilgan uyalar shakli, soni va joylashishi, uyalashi, uyaning tarkibiy qismlari va ularning miqdoriy nisbatlari o’rganilgan.
Tayanch so’zlar: Buxoro vohasi, uzun dumli qarqunoq, uya, qush, biologiya, ekologiya, areal, agrotsenoz, usul, juft, uchrash maqomi, uya qurish, uyasining joylashishi.
Аннотация. В статье рассмотрена актуальность темы, методы, применяемые при выполнении работ, статус встречи длиннохвостого сорокопута в условиях Бухарского оазиса, форма, количество и расположение найденных гнезд, гнездование, составные части гнезда и их количественные соотношения.
Ключевые слова: Бухарский оазис, длиннохвостый сорокопут, гнездо, птица, биология, экология, ареал, агроценоз, метод, спаривание, статус встречи, строение гнезда, расположение гнезда.
Annotation. The article explores the relevance of the topic, the methods used to carry out the work, the status of occurrence of Lanius schach in the conditions of the Bukhara Oasis, The Shape, number and location of the nests found, nesting, components of the Hive and their quantitative proportions.
Key words: Bukhara Oasis, Lanius schach, nest, bird, biology, ecology, areal, agrosenosis, method, pair, occurrence status, nest building, nest location.
Kirish. Buxoro vohasi agrotsenozlarida uzun dumli qarqunoqning tarqalishi, biologiyasi va ekologiyasini tadqiq qilish, uni agrotsenozlardagi munosabatlarini tahlil qilish, sonini boshqarish, muhofaza qilish chora-tadbirlarini aniqlash dolzarbdir.
Buxoro vohasi agrotsenozlarida Chumchuqsimonlar turkumi Qarqunoqlar oilasiga mansub Uzun dumli qarqunoq uchraydi. Uchrash holatiga ko’ra bu qush uchib o’tuvchi-uyalovchi turdir. Shuningdek, bu qushning Buxoro vohasi misolida uyalashi bilan bog’liq munosabatlari maxsus o’rganilmagan. Shuni e’tiborga olib ushbu maqolada 2008-2022 yillarda Lanius schachning uyalashiga oid o’tkazilgan kuzatishlar, to’plangan ma’lumotlarga asoslangan holda fikr mulohazalarimizni keltiramiz. Quyidagi 1-rasmda uzun dumli qarqunoq va uyasining umumiy ko’rinishi keltirilgan.
1-rasm. uzun dumli qarqunoq va uyasining umumiy ko’rinishi
Tadqiqot usullari. Lanius schach uyalashi bilan bog’liq munosabatlarini o’rganishda, statsionar kuzatishlarni amalga oshirishda G.A. Novikov (1949), A.V. Mixeyev (1975), A.S. Mal’chevskiy (1959) metodlaridan foydalanildi. Lanius schachning 21 ta uyasi topildi va o’rganildi. Yana bir qancha kuzatishlar ham amalga oshirildi.
Material va natijalar. Buxoro vohasida mazkur tur aprel-oktabr oylarida uchraydi va shu muddat ichida uchib kelgan uzun dumli qarqunoqlar biroz vaqt o’tib dastlab juftlarga ajraladi hamda voha agrotsenozlaridagi daraxtlarni uya qurish uchun tanlaydi. Uyalarini o’rik, olma, terak, qarag’ay, chinor, archa, tut, tol, akatsiya kabi daraxtlarda yerdan 5,35 (2,5-13,0) metr joylashtirishi manbalardan ma’lum (Bakayev, 1994). Biz kuzatishlarimiz jarayonida yuqoridagi daraxtlardan tashqari uya (n=6) sini suvga yaqin ekilgan bodom, qaroli, shaftoli, gilosga yerdan balandligi 4,785 (2,85-8,0) metr qurishini aniqladik. Keyingi yillarda uyaning yerdan balandligi pasayichi va ko’proq uyalashda mevali daraxtlarni tanlashi agrotsenozlarda manzarali, yirik daraxtlarning yil sayin kamayib borishi bilan izohlanadi.
Uyani qurishda ikkala jins ishtirok etadi. Qurilish muddati ba’zan bahorning kelish vaqtiga, ob-havoga, jumladan, haroratga, xom-ashyoga bog’liq holda 7 kungacha vaqt talab etadi. Uyasini qurishda asosan 50 metr diametrdagi g’o’za, sho’ra, beda, sholg’om, qo’ypechak, tol, terak, qamish, makkajo’xori, o’rik, ajriq, yantoq, tut tana qismlari, hayvonlarning junlari, sintetik iplar va boshqalardan foydalanadi (1-jadval).
1-jadval
Lanius schach uyasining tarkibiy qismlariga oid ma’lumotlar
Tarkibiy qismlar |
Uyalar |
O‘rtacha vazni g. |
||
1 |
2 |
3 |
||
Paxta momig’i (chang va mayda xaslar aralashgan) |
32,400 |
1,200 |
26,900 |
20,167 |
G’o’za poyasi, po’stlog’i, barg bandi |
6,200 |
- |
4,800 |
3,667 |
Sho’ra tana qismlari |
9,000 |
- |
- |
3,000 |
Beda tana qismlari |
2,000 |
- |
- |
0,667 |
Qo’y juni, ipak va sintetik qatim |
0,400 |
- |
0,700 |
0,367 |
Sholg’om tana qismlari |
0,800 |
- |
- |
0,267 |
Qo’y pechak |
0,500 |
- |
- |
0,17 |
Tol, terak barglari |
1,000 |
- |
- |
0,33 |
Qamish, makkajo’xori, yovvoyi supurgi tana qismlari |
0,500 |
- |
- |
0,167 |
O’rik shoxchalari |
0,600 |
- |
- |
0,200 |
Ajriq |
0,400 |
0,400 |
- |
0,267 |
Yantoq va yulg’un tana qismlari |
0,100 |
6,200 |
2,500 |
2,933 |
Tut, tok shoxchasi va po’stlog’i |
5,000 |
29,400 |
- |
11,467 |
Jenferni sintetik iplari, bo’z parchasi va oq qatim |
- |
3,300 |
- |
1,100 |
Xotin-qizlar sochi, qo’y juni, hayvonlarning qillari |
- |
1,100 |
- |
0,367 |
Polietilen paket parchasi va qop iplari, audio kaseta lentasi, pena parchalari, qand qog’ozi, sigaret filtiri |
- |
1,000 |
- |
0,333 |
Makkajo’xori so’tasi sochlari |
- |
0,700 |
- |
0,233 |
Mis simcha |
- |
2,300 |
- |
0,767 |
Uzun dumli qarqunoq axlati |
- |
1,800 |
- |
0,600 |
Uzun dumli qarqunoq kontur pati, momig’i |
- |
5,000 |
- |
1,667 |
DVP bo’laklari |
- |
0,050 |
- |
0,017 |
Uzum shingili |
- |
1,200 |
- |
0,400 |
Gilosning bir yillik shoxchalari, barglari |
- |
0,500 |
- |
0,167 |
Oq jo’xorining urug’ bandlari, sho’ra tana qismlari, makkajo’xori bargi va boshqalar |
- |
13,600 |
- |
4,533 |
Qaroli shoxchasi va barglari |
- |
- |
2,000 |
0,667 |
Boshqa o’simliklarning tana qismlari, chang zarralari |
17,300 |
9,000 |
4,600 |
10,300 |
Jami |
76,200 |
76,750 |
41,500 |
64,817 |
Izoh: Jadvaldan ko’rinib turibdiki, qush uyasini qurishda paxta tolasidan, sho’ra va yantoq tana qismlaridan, chiqindilardan, tut va tok tana qismlaridan, oq jo’xori, makkajo’xori tana qismlaridan, yulg’un qismlaridan, rangli simlardan ko’proq, madaniy o’simliklarning tana qismlaridan nisbatan kamroq foydalangan. Bu holatni Buxoro vohasi agrotsenozlarida g’o’zaning ko’p ekilishi, cho’llashish jarayonining kuchayganligi, muhitning kunsayin ifloslanib borayotganligi va oziq-ovqat sifatida yetishtirilayotgan madaniy o’simlik ekinzorlari qisqarib borayotganligi bilan tushuntirish mumkin.
Lanius schach yil oshgan yoki oldin foydalanilgan o’z uyalaridan takror foydalanmaydi. Ammo, ularning eski uyalarini maynalar foydalanish uchun jihozlaydi. Uyasi aniq shaklga ega emas, spiralsimon, salladek o’ralgan bo’ladi. Insonlarga yaqin nuqtalarda joylashtirilsa ham ko’p hollarda kuz fasligacha ko’zga ko’p tashlanmaydi.
Xulosa. Uzun dumli qarqunoq uyalashini o’rganish davrida aniqlandiki, bu qush uya qurishda begona o’tlarning tana qisimlaridan va chiqindi predmetlardan foydalanib, ularni agrotsenozlarga tarqalishini chegaralaydi hamda sanitarlik vazifasini bajaradi. Keyingi yillarda odamlar tomonidan turar joylarni yangilash, bog’larni yoshartirish, daraxtlarga novaqt shakl berish, energiya manbai sifatida daraxtlarni kesish, fanerofitlarga parazitlik qiluvchi umurtqasizlarning ko’payishi, kuchli shamollar ta’sirida uzun dumli qarqunoq uyalari soniga ta’sir bo’lmoqda.
Adabiyotlar:
1. Азизхўжаев А., Алимов Б., Аминов М. ва б. Ўзбекистон миллий энциклопедияси. 10-жилд.Т.: Ўзбекистон миллий энциклопедияси Давлат илмий нашриёти, 2005.-Б.612-613.
2. Бакаев С.Б. “Птицы антропогенных ландшафтов аридной зоны Узбекистана”//Автореф. Док. Диссер. Ташкент, 1994. 245-263 стр.
3. Бакаев С.Б., Салимов Х.В. Гнездование некоторых видов птиц в низовьях р. Зарафшана.//Редкие и малоизученные птицы Средней Азии. Мат-ы III Респуб. орнитол. конф. Ташкент , “Фан”, 1990. С. 99-101.
4. Doniyorov B.N. Materials on the biology of Streptopelia decaocto Friv 1838 in Bukhara region//ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. India, Vol. 11, Issue 2, 2021.DOI:10.5958/2249-7137. 2021.00313.X.
5. Doniyorov B.N. Buxoroda uchrovchi qushlarning shahardagi milliy-madaniy yodgorliklarga ta’siri//Buxoro davlat universiteti ilmiy axboroti.-Buxoro, 2016.№4.-B.42-46.
6. Doniyorov B.N. Buxoro shahri sharoitida uya qiluvchi qushlar//Актуальные научные исследования в современном мире Сборник научных трудов.Переяслав-Хмельницкий, 2016. №3.10-18 стр.
7. Doniyorov B.N. Turizm sohasida ahamiyatli Buxoro viloyati agrotsenozlaridagi manzarali va sayroqi qushlar//«Ипак ва зираворлар» фестивали даврида 2018 йил 26 май куни Бухоро шаҳрида «Бухоро вилоятининг туристик ва инвестицион салоҳияти» мавзусида ўтказилган халқаро илмий-амалий конференция тезислар тўплами.-Бухоро, 2018.-Б.169-173.
8. Михеев А.В. Определитель птичьих гнезд. М.:1975.171 стр.
9. Мальчевский А.С. Гнездовая жизнь певчих птиц. Л., Изд., ЛГУ, 1959.281 стр.
10. Новиков Г.А. Полевые исследования экологии наземных позвоночных животных. М.,1949.247-289 стр.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.