Ilova
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 9-martdagi “Talaba va yoshlarning vaqtini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish to‘g‘risidagi 48-son buyrug‘ida Yoshlar akademiyasini muvofiqlashtirish bo‘limiga berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan
MA’LUMOT
2023-yil 12-aprel holatiga
№ |
Chora-tadbirlar rejasida berilgan topshiriqlar |
Muddati |
Ijro holati |
1. |
“Boʻlajak olim” tanlovini oʻtkazish va ilmiy gʻoyalar, loyihalar va startaplarini moliyalashtirish. 1.1-band. Oliy taʼlim muassasalarida “Boʻlajak olim” tanlovi targʻibotini olib borish. |
2023-yil aprel |
Bajarilmoqda. (Izoh: Ushbu topshiriq bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarida faqat targ‘ibot ishlari olib borish maqsadida iqtidorli yoshlarga seminar treyninglar tashkil etilishi lozim.) |
2. |
“Akademik harakatchanlik” dasturini ishga tushirish. 2.1-band. Oliy taʼlim muassasalarida “Akademik harakatchanlik” dasturi targʻibotini olib borish. |
2023-yil aprel |
Bajarilmoqda. (Izoh: Ushbu topshiriq bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarida faqat targ‘ibot ishlari olib borish maqsadida iqtidorli yoshlarga seminar treyninglar tashkil etilishi lozim.) |
3. |
Talaba-yoshlarning ilmiy, innovatsion va startap loyihalarini rivojlantirish va ragʻbatlantirish maqsadida “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafonini tashkil etish. 3.1-band. Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni targʻibotini olib borish; 3.2-band. “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoninining konsepsiyasi va Nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash; 3.3-band. Har bir oliy taʼlim muassasalarida “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafonini tashkil etish; 3.4-band. “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafonining gʻoliblarini oliy taʼlim muassasalari mablagʻlari hisobidan ragʻbatlantirish; 3.5-band. Gʻoliblarni “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafonining hududiy va Respublika bosqichiga jalb etish. |
2023-yil Aprel-may |
Bugungi kunda talaba-yoshlarning ilmiy, innovatsion va startap loyihalarni rivojlantirish va rag’batlantirish maqsadida “InnoMix” FarPI innovatsion loyihalar haftaligi tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbir davomida halqaro biznes trener Hayriddin Raxmiddinov seminar treningda 200 ga yaqin ishtirokchilar uchun innovatsiya va startuplarni rivojlantirish va ichki bozorga olib kirish bo’yicha o’zining tushunchalarini berdi bundan tashqari yoshlar kelajagi jamg’armasi bosh mutaxassisi Qudratjon Mo’ydinov tashrif buyurdi va ishtirokchilar uchun jamg’armaning yoshlar uchun qanday imkoniyatlar berishi haqida ma’lumotlarni berdi. Seminardan so’ng barcha ishtirokchilar loyihalarini shakillantirish va MVP holatiga olib kelish maqsadida biriktirilgan mentorlaridan amaliy ko’nikmalar olishdi.
|
4. |
“Ayollar biznesiga birinchi qadam” tanlovini tashkil etish. 4.1-band. Oliy taʼlim muassasalarida tahsil oluvchi xotin-qizlar oʻrtasida “Ayollar biznesiga birinchi qadam” tanlovi targʻibotini olib borish. |
2023-yil may |
Bugun “Ayollar bizesiga birinchi qadam nomli” seminar mashg’ulot tashkil etildi seminar davomida ayollar biznesi olib kirish, ayollar biznesni rivojlantrish va bu borada ayollarga keng imkonyatlar borligi haqida batafsil ma’lumot berildi va amaliy ko’nikmalar olishdi. |
5. |
“Mirzo Ulugʻbek vorislari” Respublika tanlovini tashkil qilish. 5.1-band. “Mirzo Ulugʻbek vorislari” Respublika tanlovining birinchi bosqichini tashkil etish. 5.2-band. “Mirzo Ulugʻbek vorislari” Respublika tanlovining ikkinchi bosqichini tashkil etish; 5.3-band. “Mirzo Ulugʻbek vorislari” Respublika tanlovining Respublika bosqichini tashkil etish; |
2023-yil aprel |
Bajarilmoqda. (Izoh: Ushbu topshiriq bo‘yicha tanlov Yoshlar akademiyasi va hududiy boshqarmalar tomonidan tashkil etilmoqda, oliy ta’lim muassasalari ushbu tanlovda ishtirok etayotgan talabalari bo‘yicha ma’lumot taqdim etishlari lozim) |
6. |
Oliy taʼlim muassasalarining iqtidorli talaba yoshlari ishtirokida “Yoshlar Orolni asraydi” aksiyasini oʻtkazish. 6.1-band. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumanida aksiyani oʻtkazishga tayyorgarlik olib borish va oliy taʼlim muassasalarini aksiyada ishtirok etish grafigini shakllantirish. 6.2-band. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumanida aksiyani oʻtkazishga tayyorgarlik olib borish va oliy taʼlim muassasalarini aksiyada ishtirok etish grafigini shakllantirish; |
2023-yil may |
InnoMix FarPI innovatsion haftaligi davomidan “Yoshlar Orolni asraydi” hakaton dasturi mavjud bo’lib bu dasturda talabalardan kelgan hakaton loyihasi malumotlari tarjibali ustozlar tomonidan o’rganildi va puxta o’ylanmagan loyihalarga nazariy va amaliy yordam ko’rsatildi |
7. |
Oliy taʼlim muassasalarining iqtidorli talaba yoshlari ishtirokida “Intellektual haftalik” tadbirini oʻtkazish. 7.1-band. “Intellektual haftalik” tadbirinining konsepsiyasi va Nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash. 7.2-band. Har bir oliy taʼlim muassasasida “Intellektual haftalik” tadbirlari tashkil etish uchun tayyorgarlik olib borish; 7.3-band. Haftalik doirasida ilmiy konferensiyalar, seminarlar, soha yetakchilari bilan uchrashuvlar hamda “Rektor kubogi” uchun Zakovat oʻyinlari tashkil qilish; 7.4-band. Haftalikni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshirish. |
2023-yil aprel |
Bajarilmoqda. (Izoh: Ushbu topshiriq joriy yilning 25 apreliga qadar barcha oliy ta’lim muassasalarida intellektual haftalik tadbiri tashkil etilishi lozim.) |
Скачано с www.znanio.ru
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.