FORTEPIANO SINFI
Оценка 4.7

FORTEPIANO SINFI

Оценка 4.7
docx
21.02.2021
FORTEPIANO SINFI
FORTEPIANO SINFI.docx

FORTEPIANO SINFIDAGI O‘QUVCHILAR FAOLIYATINING MAZMUNI VA TURLARI.

 

Nazarova Diyoraxon Jamolovna

Andijon davlat universiteti musiqa ta’limi

kafedrasi konsertmeysteri

 

Аннотация: Мазкур мақолада фортепиано чолғусида ижро маҳоратини бошириш йўллари ёртиб ўтилган. Ўқувчиларни мусиқа созига бўлган муносабатини ҳамда ижро кўникмаларини оширишда педагогик ёндашувлар кўрсатиб ўтилган.

Калит сўзи: Ta'lim- tarbiya, shaxs, estetik tarbiya, etyud, ko‘nikma, malaka, didaktik, repertuar.

Annotation: This article explores ways to improve your performance on the piano. Pedagogical approaches are shown to improve students' attitudes to music and performance skills.

Keywords: Education, personality, aesthetic education, etude, skill, qualification, didactic, repertoire.

Аннотация: В этой статье рассматриваются способы улучшить вашу игру на фортепиано. Показаны педагогические подходы к улучшению отношения учащихся к музыке и исполнительских навыков.
Ключевые слова: образование, личность, эстетическое воспитание, этюд, мастерство, квалификация, дидактика, репертуар.

 

Fortepiano chalishni o‘rgatish jarayoniga yaxlit sistema sifatida qarab, hozirgi bosqichdagi musiqiy-estetik tarbiyaning maqsadlaridan hamda maktabning ushbu tarixiy davrdagi muayyan ta'lim–tarbiya vazifalaridan kelib chiqib o‘rgatishning mazmunini belgilaymiz.

Umumiy musiqa ta'limining fortepiano sinfidagi o‘quvchilarga ta'lim- tarbiya berishning maqsad va vazifalari yangi insonni kamol toptirish prinsiplaridan kelib chiqadi.

Shaxsning har tomonlama kamol topishi mehnat tarbiyasi, aqliy, estetik va jismoniy tarbiyaning birligi bilan ta'minlanadi. Musiqa tarbiyasini ham o‘z ichiga olgan estetik tarbiya o‘z oldiga:san'at sohasidagi ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish, san'atdagi va hayotdagi go‘zallik hamda nafosatni his etish va tushunishni rivojlantirish, estetik faoliyatning tanlangan turiga vaqt ajratish ehtiyojini vujudga keltirish vazifalarini qo‘yadi.

Musiqani o‘rgatish mazmunini komponentlarining xilma-xilligi musiqiy faoliyat turlarini belgilaydi va ularni o‘zlashtirish jarayonida fortepiano sinfidagi ta'lim va tarbiya maqsadlarini amalga oshiradi. V.Asafevning kuylarni yaratish, ijro qilish, idrok etishdan iborat uch elementli san'at hisoblanmish musiqa haqidagi g‘oyasi, musiqashunoslik nuqtai nazaridan pianinochi o‘quvchilarga faoliyatning har xil turlarini o‘zaro birlik va bog‘liqlikda o‘ziga qamragan musiqa tarbiyasini berish zarurligini asoslashga xizmat qiladi.

Fortepiano sinfida bolalarga ijrochilikni o‘rgatish asosiy vazifa hisoblansa-da, o‘quvchilarning faoliyati faqat ijrochilikdan iborat bo‘lib qolishi mumkin emas. Hozirgi uslubiyat mashg‘ulotlarda fortepiano ta'limning tor maxsus vazifalarinigina hal qilinadigan an'anaviy sistemadan farqli ravishda o‘z oldiga asosan bolalarni musiqaga qiziqtirish, fortepiano chalishga rag‘batlantirish, ularga musiqa bilan bemalol shug‘ullanishni o‘rgatish maqsadini qo‘yadi. Shunga ko‘ra, fortepiano sinfidagi o‘quvchilar musiqiy faoliyatining o‘zaro bog‘liq har xil turlariga va xilma- xil shakldagi ishlarga jalb etiladi. Masalan, turli janr, shakl va uslubdagi fortepiano p'esalarini bajarish, mashqlar va etyudlarning materiallari asosida texnik malakalarni tarkib toptirishga doir ishlar, varaqdan o‘qish, ansamblda chalish va jo‘r bo‘lish, musiqa bilan ijodiy shug‘ullanish (eshitib chalish, tovushlarni ko‘chirish va juz'iy badiha); musiqa asarlarini idrok etish va ijrochilik tajribasi hamda nazariy bilimlar asosida estetik baholash ana shular jumplasidandir.

Fortepiano sinfidagi darsni o‘tkazishning asosiy shakli yakka tartibdagi mashg‘ulotlardir. Ular qator afzalliklarga ega bo‘lib: o‘quvchilar bilan yaqin aloqa o‘rnatish imkonini beradi, o‘quvchilarning har biriga ta'sir ko‘rsatishning vositalari hamda usullarini doimo topish, tuzatish va yangilashni ta'minlaydi, o‘quvchilar shaxsini chuqur tushunish uchun qulay sharoit yaratadi va hokazo.

Lekin, bularning hammasiga erishish uchun o‘qituvchi dars va mashg‘ulotlar sistemasi orqali maqsadga muvofiq pedagogik rahbarlikni amalga oshirishi lozim. Bundan har bir darsga ikki nuqtai nazardan:

1.Muayyan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashning ma'lum bir bosqichi sifatida;

2.Uzoq vaqtga mo‘ljallangan vazifalarni amalga oshirishning zarur qismi sifatida qarash kerak.

Musiqa pedagogikasi ham darsga qo‘yilgan umumiy didaktik talablarga tayanib, fortepiano bo‘yicha yakka tartibdagi mashg‘ulotlarga qator muayyan talablarni olg‘a so‘radi.

Har bir darsda o‘quvchilar oldiga aniq vazifalar qo‘yilishi kerak. Masalan, ularga nazariy ma'lumotlar berilishi yoki ularning bilimlari mustahkamlanishi, musiqiy savodxonligi tarbiyalanishi, tovushning muayyan sifatiga erishish ustida metroritmik yoki pedalizatsiyaning qiyin elementlari ustida ishlanishi lozim.

Mashg‘ulotlarni va ularning mazmunini tashkil etishda izchillikka rioya qilinishi zarur. Masalan, o‘quvchi bir darsda olgan yangi bilim keyingi mashg‘ulotda mustahkamlanishi, shakllanadigan ko‘nikma va malakalar mantiqan oldingi darslardan kelib chiqishi kerak.

O‘rganilgan materialning asta-sekin murakkablashuvini beriladigan yangi bilimlar me'yoriga muvofiqlashtirish lozim.

Ko‘p darslar kompleks yo‘sinda o‘tkazilishi, ya'ni ularda darsning turli shakllari jamlanishi, uy vazifalari tekshirilishi, yangi material og‘zaki tushuntirilishi va amalda ko‘rsatilishi, nazariy ma'lumotlar berilishi, varaqdan o‘qish, tovushlarni ko‘chirish, ansamblda chalish, maktabdan tashqaridagi voqyealarni muhokama qilish va boshqa tadbirlar amalga oshirilishi kerak.

Darsning sifatli o‘tishi ko‘proq o‘qituvchining tayyorgarligiga bog‘liq. Har bir darsni avvalo yaxshi tahlil qilish, uning o‘quvchiga hozirgi kun uchun, shuningdek, yaqin va uzoq kuelajakdagi kamoloti uchun nima berganini baholash kerak. O‘qituvchi o‘quvchilar ijro etadigan repertuarni yaxshi bilishi, ana shu asarlarni chalishdan tashqari har xil tahrir va talqin qilishni ham tasavvur etishi lozim. O‘quvchining repertuari yangi asarlar bilan uzluksiz boyitib borilishi, ularning ayrimlari varaqdan o‘qitishi, ayrimlari yuzaki va ayrimlari mustaqil o‘rganilishi kerak va hoqazo. Buning uchun esa o‘qituvchi o‘zining pedagogik repertuarini, bolalar musiqasi sohasidagi bilimlarini boyitib borishi zarur.

Darsda mustaqil ishlash mashg‘ulotning o‘ziga xos shakli bo‘lib, unda o‘quvchilar pedagog ishtirokida musiqa asari yoki uning bir qismi ustida mustaqil holda ishlaydilar. Bunday mashg‘ulotda o‘quvchining uy vazifasini bajarishda qanday xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yishini, qaysi ishlarni to‘g‘ri bajarishini aniqlash juda qulay bo‘ladi.

Fortepano chalishni ommaviy o‘rgatishning barcha vazifalarini amalga oshirishda ana shu vazifalar hal qilinadigan material, ya'ni o‘quv repertuari alohida rol o‘ynaydi. Bu repertuarni to‘g‘ri tanlash va unga bilib murojaat qilish musiqaga muhabbatni tarbiyalash uchun keng imkoniyat yaratadi, repertuarning o‘zi esa musiqaga jonli qiziqishning tuganmas manbai sifatida xizmat qilishi mumkin va lozim.

Repertuarni kengaytirish pedagogdan yakka tartibdagi mashg‘ulotlarning odatdagi strukturasini birmuncha qayta qurishni talab qiladi. Bu qayta qurish to‘rt qo‘lli (va boshqa) ansambllarning salmog‘ini oshirishdan va ishning jamoa shakllarini qo‘llashdan iborat bo‘lib, ana shunda har bir o‘quvchining repertuari barcha o‘quvchilarning musiqiy va pianinochilik bilimlari doirasini kengaytirishda yordam beradi.

Musiqaga muhabbatni tarbiyalash uchun ham o‘quvchilarga mos materiallar asosida jiddiy ijrochilik vazifalarini qo‘yish kerak. Sinfda erishilgan natijalarni mustahkamlash uchun ilgari o‘rganilgan p'esalarning iloji boricha ko‘prog‘ini esda saqlab qolish bo‘yicha kundalik topshiriqlar berib borilishi lozim.

Ochiq chiqishlar(konsertlar va imtihonlar) ta'lim jarayonini tashkil etish sifati darajasini ko‘rsatuvchi yakuniy omil hisoblanadi. Estrada chiqish uchun o‘quvchilarni maxsus tayyorlash, ularning irodasini tarbiyalash, tinglovchilar bilan ijodiy muloqotga ehtiyojini oshirish lozim. Har bir konsert o‘quvchilar uchun bayram bo‘lishi, ularga o‘zlarini ko‘rsatish uchun imkoniyat yaratishi kerak.

 

Foydalanilgan adabiyotlar:

 

1. З.М.Ройтерштейн Основа теоретического музыки Москва 2003 г.

2. Д. Ташпулатова. Работа над этюдами. Г. Мушеля по классу фортепиано. 2011 г.

3. Барбара Кридер, Фред Керн, Фаиллио Кеверен, Мона Реджино. Книга уроков игры на фортепиано. 2001 г.

4. Д.Хайитбаева Произведения Гафура Кадыровой в классе того же курса Фортепиано. - Т. «Узбекистан» (учебное пособие), 2011 г.

5. И.Бакс. Инвенция для фортепиано. Москва «Музыка» 1991 г.

6. Д. Хаитбоева. Чтение записки с листа и фортепианного ансамбля. - Т, «Узбекистан», (учебник) 2010-

7. Спивак С.П., Юлдашева С.Х.-Хрестоматия по классу фортепиано. -Ташкент- «Учитель» -1981 г.

8. Ш.Закирова. Произведение узбекских композиторов для фортепиано. - Т., «Узбекистан». (учебное пособие), 2010 г.

9. Азимов Н.Ф. - Учебник по фортепиано - Ташкент «Учитель» 1998 г.

 


 

FORTEPIANO SINFIDAGI O‘QUVCHILAR

FORTEPIANO SINFIDAGI O‘QUVCHILAR

Fortepiano sinfidagi darsni o‘tkazishning asosiy shakli yakka tartibdagi mashg‘ulotlardir

Fortepiano sinfidagi darsni o‘tkazishning asosiy shakli yakka tartibdagi mashg‘ulotlardir

Ochiq chiqishlar(konsertlar va imtihonlar) ta'lim jarayonini tashkil etish sifati darajasini ko‘rsatuvchi yakuniy omil hisoblanadi

Ochiq chiqishlar(konsertlar va imtihonlar) ta'lim jarayonini tashkil etish sifati darajasini ko‘rsatuvchi yakuniy omil hisoblanadi
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
21.02.2021