Geodezik ishlar va ularning hisob kitob ishlqri 1

  • doc
  • 08.03.2021
Публикация в СМИ для учителей

Публикация в СМИ для учителей

Бесплатное участие. Свидетельство СМИ сразу.
Мгновенные 10 документов в портфолио.

Иконка файла материала 2 Mustaqil ish .doc

2 Mustaqil ish.

 

Respublika tuproq tekshiruv ekspeditsiyasi tashkil qilindi va u 1961 yil iyun oyida

hozirgi "O’zdaverloyiha" ilmiy loyihalash insitutiga o’tkazildi.

1959-1967 yillar davomida ushbu institut yordamida respublikaning

sug’oriladigan mintaqalaridagi jamoa va davlat xo’jaliklari maydonlarida katta

hajmdagi tuproq tekshiruv ishlari tugallanib, 4,3 mln yerga yirik masshtabda, shu

jumladan, 3,3 mln.gaga 1:10000 mashtabda tuproq xaritalari tuzilgan. Ushbu davrda

birinchi marta paxtakor xo’jaliklari yerlarining sifati bo’yicha tavsiflanib,

"Pasportlash" ishlari o’tkazilgan. Bu tadbir o’z vaqtida yer fondi tarkibini tekshirib

ko’rish va o’g’it solish, sug’orish, sho’rlangan va eroziyaga uchragan yerlarning

melioratsiyasi to’g’risidagi taklif va tavsiyalarga o’zgartirishlar kiritish, shuningdek,

sug’oriladigan xo’jaliklar ichidagi bo’sh yerlarni va foydalanilmay yotgan yerlarni

o’zlashtirish manbalarini qidirib topish xamda hisoblab chiqish imkonini bergan.

1966-1967 yillar ichida olingan tuproq tekshiruv ishlari natijalarining xujjatlari

asosida respublikaning sug’oriladigan yerlarini yo’qlama qilish amalga oshirilgan.

Natijada qishloq xo’jaligi yer turlarini sifatini ko’rsatuvchi qaydnomalar tuzilib

paxtakor xo’jaliklariga topshirilgan.

Jamoa va davlat xo’jaliklariga tuproq xaritalarini tayyorlab berilishi yer tuzish

tashkilotlariga yerlarning miqdorini hisobga olish bilan bir qatorda ularni sifatini

hisobga olish uchun imkon berdi. Bundan tashqari kelajakda hosildorlikni oshirishni

rejalashtirishda agrotexnikani to’g’ri olib borish va tuproq unumdorligini oshirish

tadbirlarini ishlab chiqishda yuqorida qayd etilgan xaritalar katta amaliy ahamiyatga

ega bo’ldi.

O’zbekistonda 1967-yildagi tuproqni suv va shamol eroziyasidan himoya

qilishning kechiktirib bo’lmas tadbirlari xaqidagi qarorga binoan tog’li lalmikor

mintaqalarning yuvilish bo’yicha tuproq tekshiruv ishlari o’tkazildi.

O’zbekistonda 1969 yil 2 oktabrdagi 1594-r sonli qarori bilan Respublika

tuproq ekspeditsiyasi asosida "Uzgiprozem" instituti qoshida Yer kadastri filiali

tashkil qilindi. Bu filial respublikada yer kadastri ishlarini boshlab, yerlar sifatini

aniqlash, tuproq bonitirovkasi hamda yerlarni iqtisodiy baholash ishlarini bajara

boshlagan.

Respublikada yer kadastrini yuritishni yanada takomillashtirishda sobiq Ittifoq

Ministrlar Soveti tomonidan 1977 yil 10 iyunda qabul qilingan "Davlat yer

kadastrining yuritish tartibi to’g’risida"gi maxsus qaror qabul qilingan. Ushbu qarorga

binoan yer kadastri yerdan foydalanuvchilarni ro’yxatga olish, yer hisobi va yerlarni

baholash ishlari kompleks tadbir sifatida yagona uslubiyat asosida o’tkazila

boshlandi.

O’zbekiston Respublikasini mustaqilikka erishishi, iqtisodiyotda bozor

munosabatlarini shakllana borishi birinchi galda yer munosabatlarini tubdan qayta

qurishni taqozo qildi. Bu esa o’z navbatida davlat yer kadastrini yuritishni xam

shakllantirish zaruriyatini tug’dirdi. Bularning barchasi 1998 yilga kelib O’zbekiston

Respublikasining yangi Yer kodeksini, "Davlat yer kadastri to’g’risida" gi qonun ga muvofiq belgilanadi