Internet,elektron pochta

  • pptx
  • 26.03.2024
Публикация в СМИ для учителей

Публикация в СМИ для учителей

Бесплатное участие. Свидетельство СМИ сразу.
Мгновенные 10 документов в портфолио.

Иконка файла материала 8_Internet, Elektron pochta.pptx

“Internet, elektron pochta va uning xizmatlari” mavzusini o`qitishda interfaol metodlardan foydalanish mavzusidagi 

Annotatsiya
Ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Ushbu malakaviy ishda Internet va elektron pochta xizmatlarini o’rgatishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullari hamda ta’lim jarayonida internetdan unumli foydalanishni tashkil etish haqida fikr yurutilgan.
Malaka ishi kirish qismi, ikki bob, to‘rt fasl, xulosa va adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
 

KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida rivojlanishni boshlagandan beri ilm – fan va milliy madaniyatimizning har bir sohasida jiddiy o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Prezident Sh.Mirziyoevning: “ Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar samarasi avvalambor yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, Vatanimiz taqdiri va istiqboli uchun mas’uliyatni o`z zimmasiga olishga qodir yosh kadrlar safini kengaytirishga bevosita bog`liq”, - degan fikrlar pedagoglar oldiga bir qator vazifalar ham yuklaydi.
Mamlakatimiz ishlab chiqarish sohalarini axborotlashtirish jamiyat rivojlanishining obyektiv jarayoni hamda zarur bo’lgan axborotlarni yig’ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash va taqdim etishning tabiiy davomidir. Ta’lim iqtisodiyot, ishlab chiqarish, aloqa, ilmiy-tadqiqot, tibbiyot va biznes sohalaridagi mehnat sifati, mehnat unumdorligi va samaradorlik darajasini yuksaltirish ularda tadbiq qilinayotgan eng zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan bog’liq.
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari to’plangan axborot mahsulotlarini kishilarga tezkor sur’atda yetkazib, sermehnatlik darajasini kamaytirgan holda mavjud muammolarni hal etish uchun keng imkoniyatlar yaratib bermoqda. Shuning uchun ham axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarini jamiyatning barcha tarmoqlarida samarali qo’llash mamlakatni texnologik va iqtisodiy jihatdan rivojlantirishni ifodalovchi ko’rsatkich bo’lib xizmat qilmoqda.



I BOB. INTERNET VA ELEKTRON POCHTA XIZMATLARINING MOHIYATI VA ULARNING NAZARIY ASOSLARI
 

1.1. INTERNET TUSHUNCHASI VA UNING TA’LIMDAGI O’RNI.
Biz so`zsiz kompyutеrning yaratilishini XX asrning buyuk kashfiyotlaridan biri dеsak yanglishmaymiz. Davr talabiga ko`ra bugunga kеlib kompyutеr tеxnologiyasi juda rivojlanib kеtdi. Ma'lumotlarni boshqarish, ayniqsa, xozirgi kunda muxim ahamiyat kasb etmoqda. Ma'lumotlarni boshqarish tizimlariga bo`lgan talab kun sayin ortib bormoqda. Katta xajmdagi ma'lumotlar bazasi va axborotlar ustida ishlashga to’g`ri kеlmoqda. Jamiyat taraqqiyotida yuz bеrayotgan jadal o`zgarishlar uning bir qismi bo`lgan informatika soxasiga xam o`z ta'sirini ko`rsatmoqda. Bu ta'sir shunchalik kuchliki, axborot tеxnologiyalarida bo`layotgan o`zgarishlar yillar ichida emas, balki oylar ichida o`zgarib va boyib bormoqda.
Birinchi prezidentimizning 2015 yil 4 fevraldagi Farmoniga muvofiq, hukumat tarkibida yangi — O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashkil etilishi davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish, jamiyatning turli sohalarida bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini yuksaltirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi. Mamlakatda axborotlashtirishga mas’ul va yuqori vakolatlarga ega davlat boshqaruvi organining shakllantirilishi axborot texnologiyalari hamda kommunikatsiya jabhasida yagona davlat siyosati yuritilishini ta’minlashda yangi tashkiliy-huquqiy imkoniyatlarni yaratib beradi.


Multimedia vositalari asosida o`quvchilarga talim berish va kadrlarni qayta tayyorlashni yo`lga qo`yish hozirgi kunning dolzarb masalalaridandir. multimedia- bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, mant, grafika va animatsiya (obyektlarining fazodagi harakati) effektlari asosida o`quv materiallarini o`quvchilarga etkazib berishning mujassamlangan holdagi kurinishidir.
Multimedia vositalari asosida o`quvchilarni quyidagi afzalliklarga ega:
Berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o`zlashtirish imkoniyati bor;
Ta`lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortadi;
Ta`lim olish vaqtining qisqarish natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga erishish;
Olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak bo’lganda amaliyotda qullash imkoniyatiga erishiladi.
Zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan o`quvchilarga ta`lim berish va qayta tayyorlash jarayonida keng foydalanish, kelajakda etuk va yuqori malakali mutaxassislarni kamol toptiradi.
Distant uslubi asosida o`quvchilarni o`qitish hozirgi kunning eng rivojlanib borayotgan yo`nalishlaridan bo`lib, o`qituvchi bilan o`quvchilar ma`lum bir masofada joylashgan holda ta`lim berish tizimidir. Distant uslubi asosida o`qitish quyidagi texnologiyalarni o`z ichiga oladi:

Interaktiv texnologiyalar:
_ audiokonferentsiyalar (audioconferencing);
_ videokonferentsiyalar (videoconferencing);
_ ish stolidagi videokonferentsiyalar (desktop videoconferencing);
_ elektron konferentsiyalar (e-mail, on-line servikes);
_ ovoz kommunikatsiyalari (voice mail);
_ ikki tomonlama sputnik aloqa;
_ virtual borliq (virtual reality);
Nointeraktiv texnologiyalar:
_ bosib chiqarilgan materiallar;
_ audiokassetalar;
_ videokassetalar;
_ bir tomonlama sputnik aloqa;
_ televizion va radio ko`rsatuvlari;
_ disk

Distant uslubining quyidagi afzalliklari mavjuddir:
A) o`qitishning ijodiy muqiti. Mavjud ko`pgina uslublar asosida o`qituvchi ilm tolibini o`qitadi, o`quvchi esa faqat berilgan materialni o`qiydi.
B) mustaqil ta`lim olishning imkoniyati borligi. Distant uslubi asosida ta`lim berishboshlang`ich, o`rta, universitet, sirtqi- kechki va malaka oshirish bosqichlarini o`z ichiga oladi.
V) ish joyidagi katta uzgarishlar. Distant uslubi asosida ta`lim berish turi millionlab insonlarga, hammadan ham ishlab chiqarishdan ajralmasdan ta`lim olayotganlar uchun, qulay sharoit yaratib beradi.
G) o`qitish va ta`lim olishning yangi va unumli vositasi. Statistik ma`lumotlar shuni ko`rsatmoqdaki, distant uslubi asosida ta`lim berish, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o`qish kabi unumlidir. Hozirgi kunda to’g`ridan-to’g`ri internet tarmog`iga kirish xizmati distant uslubi asosida ta`lim berish uchun elektron pochtalar, kompyuter konferentsiyalari va ma`lumotlarning elektron bazasida foydalaniladi

1.2. INTERNET TARIXI HAQIDA NAZARIY MA’LUMOTLAR.
Internet – dunyo bo`ylab joylashgan va yagona tarmoqqa birlashtirilgan minglab kompyuter tarmoqlarining majmuidir. Internet «sovuq urush» mahsuli bo`lib, uning yaratilishiga yadro zarbalaridan qisman zararlanganda ham ishlay olishga mo`ljallangan tajribaviy aloqa tizimi sifatida XX asrning 70-yillar boshlarida AQSh Mudofaa vazirligi tomonidan ishlab chiqarilgan ARPANET aloqa tarmog`i asos bo`lgan.
ARPANET – buzilgan aloqa bo`g`inlarini avtomatik ravishda aylanib o`tishga va tarmoqdagi komp`yuterlarning ma`lumot almashinishiga imkon yaratuvchi kommunikatsiyalar paketidir. ARPANET da ma`lumotlarni uzatish texnologiyasi «aloqali informatsion paketlar» deb nomlanadi. Bu texnologiyada yuborilayotgan ma`lumotlar bir nechta paketlarga bo`linadi va har bir bo`lingan paket o`zining manziliga ega bo`ladi. Paketlar aloqa tizimi orqali mustaqil joylashtiriladi. Ma`lumotlarni jo`natish uchun foydalanuvchi o`z manzili orqali boshqa foydalanuvchilarni manzilini aniq ko`rsatishi kerak

. Aloqa shunday yo`lga qo`yilganki, foydalanuvchilar tomonidan konkret tizimdagi struktura haqida hech qanday ma`lumot so`ralmasligi loyixalashtirilgan va dasturlashtirilgan. Barcha paketlar belgilangan manzilga uzatilgach, raqamlanishga keladi va butun ma`lumot tiklanadi. Paketlar butunligi tekshiriladi. Agar bu jarayon davomida axborot qismiga zarar etgan bo`lsa, qabul tizimi butun tizimni emas, balki kerakli axborot qismlarini qayta yuborishni so`raydi. Axborot uzatishning bu modeli paketlar kommutatsiyasi deyiladi. Telefon tarmoqlarini taqqoslash uchun kanallar kommutatsiyasi deb ataluvchi model qo`llaniladi. Bu siz va sizning abonentingiz o`rtasidagi aloqa boshlangach doimiy aloqa o`rnatiladi va sizdan boshqa hech kim sizning muloqotingiz davrida foydalana olmaydigan aloqa kanali o`rnatilishini va suxbat tugaguncha saqlanishini anglatadi. Aynan shu TCP/IP deb nomlangan standartlar mavjud tarmoqlar yordamida global kompyuter tarmog`ini yaratish uchun asos bo`lgan.
AQSh da oliy ma`lumot uchun NSFALET deb ataluvchi infra strukturasining yaratilishi(1985 - 1988) aloqaning tezkor magistral kanallari tarmog`ini yaratadi va universitet o`z foydalanuvchilarining tarmog`i dasturini kodlash sharti bilan unga butun Amerika universitetlarini uladi. Internetning chinakam rang - barangligi 1992 yilda «butunjaxon o`rgimchak to`ri» deb nomlangan yangi xizmatlarni yuzaga kelishi bilan boshlanadi. World Wide Web – har bir foydalanuvchiga internetga o`z axborotini kutilmagan holatda kiritish va uni juda tez fursatda ommaga tarqatish imkonini beradi.

Internetning asosiy resurslari. Internetning eng mashhur xizmati WWW sanalib, u o`zida juda ko`plab mul`timediya xujjatlarini jamlagan. Internetning navbatdagi resursi FTP bo`lib, u barcha fayllar ombori va tizimi sanaladi. Internetning eski resursi E – maildir. E – mail elektron xatlar tizimidir. Tarmoqdagi munozaralarni ta`minlash borasida yangiliklar guruhi deb nomlanuvchi global holda tarqalgan tizim belgilangan. Ana shu tizimlardan eng mashxuri Usenet yangiliklar guruhidir. Internet xizmati yiroqlashtirilgan komp`yuter tarmog`i bilan bog`lanish hamda uning resurslaridan foydalanish imkonini beradigan tizim bu – Telnetdir. Nihoyat internetda IRC (chat) tizimi bor. Bu tugmalar yordamida jonli muloqotga kirishish mumkin. IRC – bu jonli muloqotda bo`lish va foydalanuvchiga klaviatura orqali Internet imkoniyatlaridan foydalanish imkonini beradi.
Internet – bu Internet texnologiyasi, dastur ta`minoti va qaydnomalari asosida tashkil etilgan, hamda ma`lumotlar bazasi va elektron xujjatlar bilan kollektiv ravishda ishlash imkonini beruvchi korxona yoki kontsern miqyosidagi yagona informatsion muhitni tashkil etuvchi komp`yuter tarmog`idir. Internet boshqa komp`yuter tarmoqlaridan quyidagi bilan farqlanadi.

Bir yoki bir nechta serverlardan tashkil etilgan tarmoq mijozi undagi elektron xujjat, ma`lumotlar bazasi va fayllardan foydalanish uchun, ularning qaysi serverda, qaysi direktoriyada qanday nom bilan saqlanganligini, ularga kirish usul va shartlarini bilishi zarur bo`ladi. Internetda esa bunday noqulayliklarni oldi olingan bo`lib, uning foydalanuvchisi bunday ma`lumotlarni bilishi shart emas. Bundan tashqari, Internet tarmog`ida mavjud bo`lgan barcha elektron xujjat va ma`lumotlar bazasini giper bog`lanishlar yordamida o`zaro bog`lab yagona informatsion muhit qurish, unda qulay informatsion qidiruv tizimlarini tashkil etish mumkin bo`ladi. Internet o`z-o`zini shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkb tizim bo`lib, asosan uchta tarkibiy qismdan tashkil topgandir:
Texnik
Dasturiy
Informatsion

O‘zbekistonda internetning rivojlanishi.
1994 yil- O’zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish konsepsiyasi tasdiqlandi. 1995 yil- O’zbekiston Respublikasi Telekomunikatsiya tarmoqlarini 2010 yilgacha ta’mirlash va rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. 1996 yil –UzPak provayder kompaniyasi tashkil etildi. 1996 yil mamlakatning yirik OAVlari va axborot agenliklari internetga ulandi va shu tariqa internet insonlarning uzog’ini yaqin, mushkulini onson qiluvchi axborot manbaiga aylandi.
Shunday qilib, «tarmoq» (Net) haqida so`z yuritilganda o`zaro bog`langan komp`yuterlar majmuasi tushunilsa, «to`r» (Web) haqida so`z yuritilganda esa yagona informatsion muhitni tashkil etuvchi elektron xujjatlar majmuasi tushuniladi. Amaliyotda internetning real, fizik bog`lanishlar orqali tashkil topgan tarmog`idagi komp`yuterlar bilan virtual informatsion fazoni tashkil etuvchi elektron xujjatlari har xil manzillar yordamida ifodalanadi.




Elektron pochta tushunchasi
Elеktrоn pоchtа (аngl. email, e-mailelektronic mail) — Intеrnеt tаrmоg’idаgi elеktrоn хаtlаrni jo’nаtish vа qаbul qilish хizmаti vа tехnоlоgiyasi.
Elеktrоn pоchtа sеrvеri (SMTP, POP) - хаbаrlаrni jo’nаtish vа qаb ul qilishni tаminlаydi.
Elеktrоn pоchtа kliеnti - хаbаrlаrni yarаtаdi, o’qiydi vа jаvоb qаytаrаdi.
Elеktrоn pоchtа хizmаti quyidаgi imkоniyatlаrni tаqdim etаdi:
Хаbаrlаrni tеzkоr аlmаshish (bir nеchа dаqiqа)
Хаbаrlаrgа qo’shimchа mа’lumоtlаrni ilоvа qilish
Filtrlаr - аsоsаn pоchtа qutisigа kеlаyotgаn хаtlаrning mаvzusi, kimdаn kеlgаn mаnzili аsоsidа sаrаlаsh vа tаrtiblаsh funksiyasini bаjаrаdi.
Qоrа ro’yхаt - esа хаt yubоruvchi mаnzilni mахsus jurnаlgа kiritib bu mаnzildаn bоshqа хаt оlmаslik mаqsаdidа ishlаtilаdi.

Elektron Pochta imkоniyatlаri
EP оrqаli fаqаt mаtnlаrni emаs, bаlki rаsm, grаfik, vidео, tоvushlаrdаn tаshkil tоpgаn mа’lumоtlаrni hаm jo’nаtish vа qаbul qilish imkоniyati pаydо bo’ldi.
EP оrqаli оlingаn fаyllаrni diskеtаlаrgа yozib оlish, vinchеstеr disklаridа sаqlаsh vа u bilаn bоshqа fаyllаr ustidа bаjаrilаdigаn аmаllаrni: tаhrirlаsh, nusха оlish vа bоshqаlаrni bеmаlоl аmаlgа оshirish mumkin. Аgаr ingliz tilidа yozilgаn аdаbiyot vа jurnаllаrni o’qimоqchi bo’lsаngiz vа ingliz tilini bilmаsаngiz, sizgа yordаmchi tаrjimоn prоgrаmmаlаrdаn fоydаlаnishni mаslаhаt bеrаmiz. Buning uchun аvvаlо bu fаylni kоmpyutеrning kаttik diskigа yoki diskеtаgа ko’chirib оlish vа so’ng Styles, Socrat, Promt 98 yoki bоshqа tаrjimоn prоgrаmmаlаr yordаmidа rus tiligа (hоzirchа) tаrjimа qilishingiz mumkin. Kеyinchаlik o’zbеk tiligа tаrjimа qilаdigаn prоgrаmmаlаr hаm аlbаttа pаydо bo’lаdi.




II BOB. INTERNET, ELEKTRON POCHTA VA UNING XIZMATLARI” MAVZUSINI O`QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH.

2.1. INTERNET, ELEKTRON POCHTA VA UNING XIZMATLARI” MAVZUSINI O’RGANISHDA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI .
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 12 iyundagi “Oliy
ta‘lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-4732-son Farmonidagi ustuvor yo`nalishlar mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilgan bo`lib, u zamonaviy talablar asosida qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonlarining mazmunini takomillashtirish hamda oliy ta‘lim muassasalari pedagog kadrlarining kasbiy kompetentligini muntazam oshirib borishni maqsad qiladi. Dastur mazmuni oliy ta‘limning normativ-huquqiy asoslari va qonunchilik normalari, ilg`or ta‘lim texnologiyalari va pedagogik mahorat, ta‘lim jarayonlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo`llash, amaliy xorijiy til, tizimli tahlil
va qaror qabul qilish asoslari, maxsus fanlar negizida ilmiy va amaliy tadqiqotlar, texnologik taraqqiyot va o`quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy uslublari bo`yicha so‗nggi yutuqlar, pedagogning kasbiy kompetentligi va kreativligi, global Internet tarmog`i, korporativ tarmoq, multimedia tizimlari va masofadan o`qitish usullarini o`zlashtirish bo’yicha yangi bilim, ko`nikma va malakalarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Pedagoglar mutaxasislik bo‘yicha mavjud bilimlaridan tashqari o‘quv jarayoniga qadam qo‘yar ekanlar, pedagogik va psixologik bilimlar, texnologiya va o‘qitish metodikalariga doir zarur bilimlarni egallagan bo‘lishi kerak. SHuning uchun ham, pedagoglarning malakasini oshirishda:
o‘qitish jarayoninig samaradorligini ta’minlovchi pedagogik malakalarni shakllantirish;
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, gumanitar bilimlarni anglashga yo‘naltirilgan yangi kasbiy tafakkurni shakllantirish;
o‘qituvchi faoliyatining metodologik asosi sifatida pedagogik bilimlar tizimini egallash;
o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatlariga yaqinlashtirilgan uslublar tizimi sifatidagi o‘qitish texnologiyasini egallash masalalari asosiy deb belgilanadi.
O‘qituvchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘quv-tarbiya jarayonidagi o‘rni, ulardan foydalanish, shuningdek, usul, metod va texnologiya tushunchalarining farqlay olishlari, “Aqliy hujum”, “Tarmoqlar” (Klaster) “Assesment” metodlari, “Bumerang”, “Skarabey”, “Charxpalak”, “Rezyume” “Keys-stadi” va shu kabi texnologiyalar haqidagi bilimlarga ega bo‘lishlari va ulardan o‘quv-tarbiya jarayonida foydalana olishlari lozim.

“Keys-stadi” metodi
«Keys-stadi» - inglizcha so`z bo`lib, («case» – aniq vaziyat, hodisa, «stadi» o`rganmoq, tahlil qilmoq) aniq vaziyatlarni o`rganish, tahlil qilish asosida o`qitishni amalga oshirishga qaratilgan metod hisoblanadi. Mazkur metod dastlab 1921 yil Garvard universitetida amaliy vaziyatlardan iqtisodiy boshqaruv fanlarini o`rganishda foydalanish tartibida qo`llanilgan. Keysda ochiq axborotlardan yoki aniq voqea-hodisadan vaziyat sifatida tahlil uchun foydalanish mumkin. Keys harakatlari o`z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: Kim (Who), Qachon (When), Qaerda (Where),

“Keys metodi” ni amalga oshirish bosqichlari
Hozirgi davrda sodir bo‘layotgan innovatsion jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axbortni o‘zlashtiradigan va o‘zlashtirgan bilimlarini o‘zlari tomonidan baholashga qodir bo‘lgan, zarur qarorlar qabul qiladigan, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak.
Shuning uchun ham ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o‘qitish uslublari, ya’ni interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Pedagogik texnologiya va ularning ta’limda qo‘llanishga oid bilimlar, tajriba o‘quvchilarni bilimli va etuk malakaga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi.
Har bir darsni yaxlit holatda ko‘ra bilish va uni tasavvur etish uchun o‘qituvchi bo‘lajak dars jarayonini loyihalashtirib olishi kerak. Buning uchun u darsning texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir dars uchun o‘qitilayotgan predmet, fanning xususiyatidan, o‘quvchilarning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi.
Hozirgi zamon ta’lim tizimidagi amaliy tajriba shuni ko‘rsatadiki oldindan puxta loyihalashtirilgan dars, albatta, o‘qituvchi va o‘quvchiga darsni qiziqarli bo‘lishi, shuningdek ijobiy natijaga erishishlariga imkoniyat yaratadi hamda darsning samaradorligini oshiradi.
 
 

Internet – xalqaro tarmog’ining asosini Elektronic mail (E-mail) - Elektron pochta xizmati tashkil qiladi. Elektron pochta xuddi oddiy pochtadek bo’lib, faqat xatni qog’ozga emas, balki kompyuter klaviaturasidan xarflarni terib, elektron signallarni ma’lum tartibdagi ko’rinishiga keltirib yoziladi. Elektron pochta maxsus dastur bo’lib, uning yordamida dunyoning ixtiyoriy joyidagi elektron manzilga xat, xujjat ya’ni ixtiyoriy faylni tezda (bir necha soniyalarda) jo’natish va qabul qilib olish mumkin.
O’zbekistondagi milliy pochta xizmatidan biri inbox.uz ochiq pochta xizmati xisoblanadi va bu tizim orqali xohlovchi fodalanuvchilar va xabarlar jo’natib qabul qilishlari mumkin. Xozirgi kunda milliy pochta xizmatlari xam ancha rivojlanib bormoqda. O’zbekistondagi xar bir internet provayder o’zining pochta serveri va xizmatiga ega bo’lib, asosan o’zining mijozlariga ya’ni inbox.uz elektron pochta ximatga a’zo bo’lganlarga xizmat ko’rsatadi.
Pochta qutisi – bu foydalanuvchi uchun elektron pochta xizmatini taqdim etuvchi kompyuterda qayd qilingan nomdir. Ushbu nom kompyuter xotirasida papka ko’rinishida shakllanadi va u o’zida kiruvchi va chiquvchi xabarlarni vaqtinchalik saqlaydi

2.2. INTERNET VA ELEKTRON POCHTA TUSHUNCHALARINI O’RGATISHDA “KEYS-STADY”, “KLASTER”, “REZYUME” METODLARIDAN FOYDALANISH.
Хаlqаrо tаshkilоt YUNЕSKОning tа’rifigа ko`rа, «zamonaviy pеdаgоgik tехnоlоgiya–tа’lim shаkllаrini оptimаllаshtirish mаqsаdidа tехnik vоsitаlаr, insоn sаlоhiyati hаmdа ulаrning o`zаrо tа’sirini inоbаtgа оlib o`qitish vа bilish, o`zlаshtirishning bаrchа jаrаyonlаrini аniqlаsh, yarаtish vа qo`llаshning tizimli mеtоdlаridir». Demak, pеdаgоgik tехnоlоgiyadа bеlgilаngаn dаstlаbki mаqsаd vа mаzmun аsоsidа o`quv jаrаyoni rеjаlаshtirilаdi, uni аmаlgа оshirish lоyihаlаri ishlаb chiqilаdi, nаtijа kаfоlаtlаnаdi. (Pеdаgоgik tехnоlоgiyani tа’lim-tаrbiya jаrаyonigа tаtbiq etish g`оyasini birinchi bo`lib rus didakt-olimi V.P.Bеspаlkо аmаlgа оshirgаn.)

Bugungi kundа ilg`оr tа’lim tехnоlоgiyalаri jаdаllik bilаn rivоjlаnib, tа’lim tizimining bаrchа turlаridа kеng ko`lаmdа qo`llаnilmоqdа. Nаtijаdа tаlаbаlаrning ijоdiy ishlаshigа, dunyoqаrаshining kеngаyishigа kаttа imkоniyatlаr yarаtilmоqdа. Mаlаkа оshirish vа qаytа tаyyorlаsh tizimidа hаm ilg`оr tа’lim tехnоlоgiyalаrining intеrfаоl mеtоdlаridаn fоydаlаnish yuqоri sаmаrа bеrmоqdа. Quyidа mаnа shundаy mеtоdlаrning (grаfik оrgаnаyzеr shаklidаgi) bа’zilаri bilаn tаnishаmiz.
Vеnn diаgrаmmаsi mеtоdi. Bundа tаlаbаlаrdа mаvzugа nisbаtаn tаhliliy yondаshuv, аyrim qismlаr nеgizidа mаvzuning umumiy mоhiyatini o`zlаshtirish ko`nikmаlаrini hоsil qilishgа yo`nаltirilаdi. Bu mеtоd tа’lim оluvchilаr tоmоnidаn o`zlаshtirilgаn o`zаrо yaqin nаzаriy bilimlаr, mа’lumоtlаrni qiyosiy tахlil etishgа yordаm bеrаdi. Bundаn muаyyan bilim yoki bоblаr bo`yichа yakuniy mаshg`ulоtlаrni tаshkil etishdа fоydаlаnish sаmаrаlirоq bo`lаdi.

Локал тармоқ-бир корхона ёки муассасадаги бир нечта яқин бинолардаги компъютерларни ўзаро боғлаган, ахборот ва дастурий ресурслардан биргаликда фойдаланиш мақсадида ўзаро бирлаштирилган компьютерлар мажмуидир. Локал тармоқ таркибига принтерлар, сканерлар ва бошқа қўшимча қурилмалар ҳам киритилади.
 Минтақавий тармоқ- бирор туман, вилоят ёки республика миқёсидаги компьютерларни ўзида мужассамлаштирган тармоқ. Бу тармоқда ўта қувватли серверлар мавжуд бўлиб, ахборотлар алоқа кабели, оптик толали ёки йўлдош радиоалоқа каналлари ёрдамида узатилади.
Глобал тармоқ- ўзига бутун дунё компьютерларини, абонентларини, локал ва минтақавий тармоқларини телекоммуникация (кабелли, симсиз, сунъий йўлдош) алоқалари тармоғи орқали боғлаган йирик тармоқ.
 

“Rezyume” texnologiyasi. Bu texnologiyadan asosan darsning yangi mavzuni mustahkamlash va baholash qismida foydalanish qulay. O'qituvchi guruhni uchta kichik guruhga ajratadi va har bir guruhga quyidagi ko'rinishdagi tarqatma materialni tarqatadi.
Guruh a'zolari kelishgan holda bu tarqatma materialni to'ldiradilar va xulosa qismida o'z xulosalarini bayon etadilar.Informatikaning axborotlashgan jamiyatdagi o'rni va ahamiyati mavzusidagi varaqalarning o'quvchilar tomonidan namunaviy to'ldirilishi quyidagicha bo'lishi mumkin. Tarqatma material to'ldirishga berilgan vaqt tugaganidan so'ng, har bir guruhning bittadan o'quvchisi doskaga chiqib, guruh fikrini himoya qiladi. Boshqa guruh o'quvchilari bergan savollarga javob beradi, javoblar to'liq bo'lmay qolsa, shu guruhning boshqa o'quvchilari javobni to'ldiradilar va baholanadilar.

XULOSA
O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida rivojlanishni boshlagandan beri ilm-fan va milliy madaniyatimizning har bir sohasida jiddiy o‘zgarishlar yuz bera boshladi.
Davr talablariga javob bera oladigan o`qituvchi dars berayotgan talabalar esa faol fikriy faoliyat, tanqidiy tafakkur, yangiliklarni izlash, yaratish, bilimlarni mustaqil ravishda o`zlashtirish istagi va qobiliyatiga ega, o`z-o`zini rivojlantirish, o`zida mustaqillik va javobgarlik xislatlarini mujassamlantira olgan, dunyo tamaddunida tengdoshlari bilan tenglasha oladigan, to`g`rirog`i, ma’nan, jismonan, aqlan kamolot sari intilayotgan yoshlar bo`lmog`i lozim.
Bu borada ta’lim tizimida innavatsion texnologiyalarning imkoniyatlari va qo`layliklari keng, ayniqsa, modul asosida o`qitishdan foydalanish samarali ekanligini tajribalar ko`rsatmoqda.
Innovatsion ta’lim texnologiyalari talaba shaxsining ichki imkoniyatlarini namoyon qilish, rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratib, ularning dars jarayonida o`quv faoliyatining subyekti sifatida o`zliklarini takomillashtirish va namoyon eta olishlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Innovatsion ta’lim texnologiyalarini ona tili ta’limida to`g`ri va o`rinli joriy eta olish dars samaradorligini oshiradi, talabalarning ishtellektual qobiliyatlarini yuzaga chiqarishda muhim omil sifatida xizmat qiladi. Tabiiyki, bu o`qituvchidan samarali usullarini qo`llay bilish mahoratiga ega bo`lmoqlikni talab etadi.



E`TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT.