Mavzu:“Turli sanoq sistemalarida arifmetik amallarni bajaruvchi qulay FGI ga ega dastur yaratish”

  • Презентации учебные
  • pptx
  • 08.07.2019
Публикация в СМИ для учителей

Публикация в СМИ для учителей

Бесплатное участие. Свидетельство СМИ сразу.
Мгновенные 10 документов в портфолио.

Bizga ma’lumki infomatika fanining 7-sinf maktab darsliklarida sanoq sistemasi haqida ma’lumot keltirilgan bo’lib , bir sanoq sistemasidagi sonlarni boshqa sanoq sistemasida tasvirlash , ular ustida arifmetik amallarni bajarish kabi mavzular mavjud. Yaratilgan dastur yordamida o’quvchilarga mavzuni yanada tushunarliroq yoritish imkoniyatini berishi bilan bir qatorda o’quvchilarning mustaqil o’rganishlari uchun ham juda qulay sanaladi.
Иконка файла материала ZUXI.pptx
Ta’lim va tarbiya tizimining   barcha bo’g’ini faoliyatini    zamon talablari asosida  takomillashtirish birinchi  darajali  vazifamizdir.                                                                                                                                                                                                                        O’zbekiston Respublikasi Prezidenti   Sh.M.Mirziyoyev.
Buxoro Davlat Unversiteti  Fizika­matemetika fakulteti  1­1­PMIK­15 guruh talabasi Umurova Zuhroning   bitiruv malakaviy  ishi
Mavzu:“Turli sanoq sistemalarida arifmetik amallarni  bajaruvchi qulay FGI ga ega dastur yaratish”     Bajardi: Kamolova Shahlo    Ilmiy rahbar: Jumayev J    Taqrizchi: K.Z Obidov
Mundarija KIRISH I­BOB.  AXBORATLASHTIRISH  JARAYONIDA MA’LUMOTLAR VA  ULARNI KODLASH 1.1. Axborotlashtirish jarayonida m’lumotlar va usullarning dialektik birligi 1.2.Axborotni  kodlash.  Matn ma’lumotlarni kodlashtirish .3.Sanoq sistemalari haqida umumiy tushunchalar. II­BOB. SANOQ SISTEMALARIDA ARIFMETIK AMALLAR   BAJARISHNING  DASTURIY TA’MINOTI 2.1.Office ilovalarida sanoq sistemalari bilan ishlash 2.2.Turli sanoq sistemalarida sonlarni qo’shish amaliyotini namoyish etuvchi dastur 2.3.Turli sanoq sistemalarida sonlarni ko’paytirish amaliyotini namoyish etuvchi   dastur Xotima Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati  Ilovalar
Mavzuning dolzarbligi Bizga ma’lumki infomatika fanining 7­sinf maktab  darsliklarida sanoq sistemasi haqida ma’lumot keltirilgan  bo’lib  , bir sanoq sistemasidagi sonlarni boshqa sanoq  sistemasida tasvirlash ,  ular ustida arifmetik amallarni  bajarish kabi mavzular mavjud. Yaratilgan dastur  yordamida o’quvchilarga mavzuni yanada tushunarliroq  yoritish imkoniyatini berishi bilan bir qatorda  o’quvchilarning mustaqil o’rganishlari uchun ham juda  qulay sanaladi.
Maqsad  vazifalari. 1. O’quv jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanishga zamonaviy  yondoshuvlarni tahlil etish. 2. Umumiy o’rta ta’lim, kasb­yunar ta’limida foydalanishga yo’naltirilgan  elektron o’quv adabiyotlarini yaratishning asosiy tamoyillarini, hamda ularni  o’quv jarayoniga samarali joriy etish va foydalanish metodlariga asoslangan  adabiyotlarni tahlil etish. 3. O’rta maktabda informatika kursida elektron o’quv qo’llanmalardan  foydalanish potensiallarini aniqlash. 4. Multimedia texnologiyasi asosida o’rta maktablar informatika fani sanoq  sistemalarida arifmetik amallarni bajarishni ko’rsatish bo’yicha ko’makchi o’quv  dasturiy ta’minotini yaratish.  5.Multimedia texnologiyasi asosida elektron o’quv kurslari texnologiyalaridan  foydalanib o’rta maktab informatika kursi bo’yicha dars o’tish uchun sanoq  sistemalarida turli arifmetik amallarni bajarish bo’yicha qulay foydalanuvchi  grafik interfeysiga ega dastur yaratish. 6. Ishlab chiqilgan dasturiy vositani sinovdan o’tkazish. 7.O’rta maktablarda informatika kursini o’qitish jarayoniga ko’maklashishga  yo’naltirilgan elektron o’quv adabiyotlarni yaratish tamoyillarini  aniqlash.
Ishning yangiligi.  1. Multimedia texnologiyasi asosida elektron o’quv  adabiyotlarni yaratishga zamonaviy  yondoshuvlardan foydalanildi; 2. Umumiy o’rta maktablarda informatika kursining  sanoq sistemalari bo’limini o’qitishda qulay grafik  interfeysli dasturiy vosita tayyorlandi; 3. Sanoq sistemalari bo’limidagi turli sanoq  sistemalarida arifmetik amallar bajarish bo’yicha  dasturiy vosita tayyorlandi
Ishning qo’llanilganlik darajasi. O’rta  maktablarda informatika kursini  o’qitishga yo’naltirilgan ushbu elektron  dasturiy vosita Buxoro tumanidagi 25­ umumiy o’rta maktabida sinovdan  o’tkazildi, bunda maktab o’qituvchilari  tomonidan berilgan ayrim tavsiyalardan  dasturni boyitishda foydalanildi.