NAZORAT SAVOLLARI
1. Frans Shubert yashagan yillarni ayting.
2. Shubert o'n biryoshga to'Iganida, ota-onalari uni qayerga berishadi?
3. Shubert nechta simfoniya yaratgan?
4. «Tugallanmagan simfoniya* o'zida nimalarni mujassamlashtirgan?
5. Shubert o'z qo'shiqlarini kimlarning she'rlariga bastalagan edi?
6. Shubertning «Urchiq yonidagi Gretxen» qo'shig'i qanday shaklda
yozilgan?
7. «O'rmon shohi» balladasi o'zida nimalarni mujassamlashtirgan?
8. Shubertdan oldin o'tgan qaysi san'atkor vokal turkumlaji ustida
ishlagan?
9. «Go'zal tegirmonchi qiz» va «O'rmon shohi» turkumlari kimlarning
she'rlari asosida yaratilgan?
10. «Go'zal tegirmonchi qiz» va «O'rmon shohi» vokal turkumlari
orasida qanday aloqadorlik mavjud?
11. «Qishki yo'l» turkumi qanday qismlardan tarkib topgan?
12. «Go'zal tegirmonchi qiz» o'zida nimalarni mujassamlashtirgan?
13. Shubertning qaysi operalarini bilasiz?
14. Shubert qo'shiqlarini birinchi bo'lib ijro etgan san'atkorning
nomini keltiring.
15. Shopenning barcha asarlari qaysi cholg'u uchun yaratilgan?
16. Shopen ijodi uchun bosh mavzu nimadan iborat edi?
17. Shopenning yangi janrlar va shakllar ijodkori sifatidagi xizmatlari
nimalardan iborat?
18. Shopen mazurkalarini qanday guruhlarga ajratish mumkin?
19. Shopen polonezlarining janr belgilari sifatida nimalarni sanash
mumkin?
20. Shopenning qaysi polonezi bayramona-tantanavor yurishlar manzarasini
tasvirlaydi?
21. Shopen nechta etud yaratgan?
c -moll op. 10 JN9 2 etudi qanday nomlanadi?
22. Noktyurn so'zini qanday tarjima qilish mumkin?
23. Shopen nechta noktyurn yaratgan?
c- moll op. 48 NO 1 noktyurni nimani ifodalaydi?
24. Shopen nechta vals yaratgan?
25. Cholg'u asboblari bilan ijro etiladigan balladalar ijodkori kim edi?
26. Shopen nechta ballada yaratgan?
g-moll balladasi qaysi adabiy asar bilan bog'lanadi?
27. Shopen yaratgan sonatalar miqdorini ayting.
28. Shopenning qaysi sonatasida motam marshi yangraydi?
29. Shopen nechta preludiyalar yaratgan?
30. Shopen preludiyalari qaysi tartibda joylashtirilgan?
31. Shopen preludiyalarida qaysi shakl ustunlik qiladi?
32. 7, 20, 17, 24-preludiyalarda qaysi janr belgilari ko'zga tashlanadi?
33. List Vengriya musiqa san'atining rivojiga qanday hissa qo'shgan?
34. Listning hissiyot vajozibasi qanday bo'lgan?
35. Kompozitorning muharrirlik faoliyati xususida fikr yuriting.
36. Listning qaysi asarlari Vengriyaga bag'ishlangan?
37. List Parijda kimdan tahsil olgan?
38. Listning operasi qanday nomlanadi?
39. Listning Italiya va Shveysariya sayohatlari taassuroti ostida yozilgan
fortepiano pyesalari seriyasi qanday nomlangan?
40. Listning qanday adabiy ishlarini bilasiz?
41. List tomonidan «Umumnemis musiqa uyushmasi» oldiga qo'yilgan
vazifa nima edi?
42. Bastakorlardan qay biri Listni Veymarda yo'qlab turardi?
43. List nechta simfonik poema yozgan?
44. Listning ikkita dasturiy simfoniyasi qanday nomlangan?
45. Rus kompozitorlari asarlariga List yozgan transkripsiyalardan
qaysi birini bilasiz?
46. List nechta fortepiano sonatalarini yozgan?
47. List qaysi janr asoschisi bo'lgan?
48.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.