НЕКОТОРЫЕ ОСОБЕННОСТИ ФОРМИРОВАНИЯ ВОЕННЫХ ТЕРМИНОВ ПУТЁМ СЛОВООБРАЗОВАНИЯ В СОВРЕМЕННОМ ПЕРСИДСКОМ ЯЗЫКЕ
Оценка 4.6

НЕКОТОРЫЕ ОСОБЕННОСТИ ФОРМИРОВАНИЯ ВОЕННЫХ ТЕРМИНОВ ПУТЁМ СЛОВООБРАЗОВАНИЯ В СОВРЕМЕННОМ ПЕРСИДСКОМ ЯЗЫКЕ

Оценка 4.6
doc
26.03.2023
НЕКОТОРЫЕ ОСОБЕННОСТИ ФОРМИРОВАНИЯ ВОЕННЫХ ТЕРМИНОВ ПУТЁМ СЛОВООБРАЗОВАНИЯ В СОВРЕМЕННОМ ПЕРСИДСКОМ ЯЗЫКЕ
Harbiy terminlar.doc

 

HOZIRGI ZAMON FORS TILIDAGI HARBIY TERMINLARNING SO‘Z YASALISHI USULIDA SHAKLLANISHINING

AYRIM XUSUSIYATLARI

 

Ravshanov Eldor Jamshid o‘g‘li

Chirchiq OTQMBY 4-bosqich kursanti

 

Annotatsiya: ushbu maqolada “termin”ga batafsil ta’rif beriladi, shuningdek,  hozirgi zamon fors tili tarkibidagi harbiy terminlarning ichki imkoniyatlar asosida shakllanishi haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek, mazkur mavzu doirasida ilmiy ish olib borgan mashhur eronshunos olimlarning fikri, qarashlari va chiqargan xulosalaridan ham namunalar keltirib o‘tilgan. Fors tilida mavjud harbiy terminlar asosan qaysi usulda yasalishi aniqlanib, ularga misollar keltirilgan. 

Tayanch soz va iboralar: qat’iy ilmiy terminologiya, polisemiya, sodda terminlar, affiksatsiya, yarim affikslar, yarim affiksal bloklar, kopulyativlar, determinativlar.

 

НЕКОТОРЫЕ ОСОБЕННОСТИ ФОРМИРОВАНИЯ ВОЕННЫХ ТЕРМИНОВ ПУТЁМ СЛОВООБРАЗОВАНИЯ В СОВРЕМЕННОМ ПЕРСИДСКОМ ЯЗЫКЕ

Аннотация: в данной статье говорится о путях образовании военных терминов в современном персидском языке, которые употребляются в различной сфере военной жизни. Также, приведены мнения и заключения известных лингвистов, которые проводили исследования по данной теме. Были раскрыты положительные и отрицательные стороны процесса образования военных терминов.

Ключевые слова: конкретная научная терминология, полисемия, простые термины, аффиксация, полуаффиксы, полуаффиксальные блоки, копулятивы, детерминативы.

 

 

Ma’lumki, har bir fan sohasining rivojlanish va takomillashuv darajasi shu soha terminologiyasining qay darajada taraqqiy etganligi, shuningdek, tartibga solinganligi kabi belgilar bilan ham uzviy bog‘liqdir. Chunki ilmiy adabiyotda qo‘llanadigan termin yoki uning ifoda shakli aniq va ravshan bo‘lmas ekan, unda, albatta, chalkashlik, noaniqlik kabi salbiy holatlar saqlanib qolaveradi. Shu bois, har bir fan yoki sohaning taraqqiyot ko‘rsatkichi shu soha terminologiyasining “qat’iy ilmiy terminologiya”ga ega ekanligi bilan ham belgilanadi. Bu yerda “qat’iy ilmiy terminologiya” tushunchasi biron bir sohaviy terminologiyaning mazkur fan sohasi taraqqiyoti bilan uyg‘unlashuvi, sohaviy terminologiyaning ayni sohaga oid tushunchalarni ifodalashdagi hamohangligi, yaratilgan va muomalada bo‘lib turgan terminologiyaning muayayan fan tili bilan mos kelishi kabi holatlarni nazarda tutadi.

Terminlarning aniqligi va qat’iylashish shu millatning fani, maorifiy, madaniyati darajasini ko‘rsatadi. Terminlarning rivojlanishi, tartibga solinishifanning har xil sohalarda turlicha bo‘lib, ma’lum fanning taraqqiyotiga bog‘liq. Bu taraqqiyot to‘xtovsiz bo‘lgani uchun yangi terminlarning kelib chiqishi, tartibga tushishi ham uzluksiz bo‘ladi. Umuman, ona tilida terminlarning puxta ishlanishi, tartibga solinishi darslik va qo‘llanmalar tuzish uchun ham, ona tilidan dars oli borish uchun ham zarur bo‘lgan manbadir. Terminlarning ishlanmaganligi va tartibga solinmaganligi nutq uslubiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Demak, terminalogiyani tartibga solinishi nafaqat ilmiy sohada, balki ijtimoiy hayotda ham ahamiyati katta bo‘lgan masaladir.

Ma’lumki, har bir fan sohasi doimiy taraqqiyotda bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida, undagi tushunchalarning, ular orqali terminlarning ham o‘zgarib turishiga olib keladi. Noo‘rin, asossiz tanlangan termin ma’lum davr o‘tishi bilan ifodalangan tushuncha mazmuniga mos kelmasa, iste’moldan chiqadi, yangi termin yaratiladi yoki uning sinonimi o‘rnini egallaydi. Shuning uchun ham termin lug‘atlari ma’lum vaqt o‘tishi bilan qayta nashr qilinadi – to‘ldiriladi yoki asossiz terminlar boshqa qulay va aniq terminlar bilan almashadi. Demak, terminologiyani tartibga solish bu doimiy va kundalik ishimiz bo‘lishi, shuningdek, u fan va texnika taraqqiyoti bilan hamohang takomillashib borishi lozim.

Demak, termin hamma so‘zlar singari so‘z bo‘lib, u ham ma’lum bir mustaqil tushunchani anglatadi va bir yoki bir nechta nutq tovushlaridan iborat bo‘lgan bir vosita hisoblanadi.

Lekin terminni so‘z bilan bir narsa deb hisoblash noto‘g‘ri bo‘ladi. Termin oddiy so‘zlardan farq qiladi. AA.Reformatskiyning fikricha, termin ko‘p ma’nolikdan – polisemiyadan ajralib turishi kerak. Termin bir va aniq ma’noni bildiradigan maxsus so‘zdir[1-85]. Bu fanda, texnikada, siyosatda va diplomatiyada juda ham zarur. So‘z esa yuqoridagi xususiyatlardan xolidir.

Bundan shu xulosaga kelish mumkinki, so‘zning qamrovi va ko‘lami terminga qaraganda bir necha bor kattaroq. Chunki odatda so‘zlar o‘z asl ma’nolaridan tashqari ko‘chma va obrazli ma’nolarda ham ishlatiladi.

Quyida biz har bir so‘z yasalish usulini alohida tahlil qilib, ularga misollar keltirib o‘tamiz. Sodda terminlar tarkibida birgina lug‘aviy ma’noli qism (morfema) bo‘lgan so‘z hisoblanadi. Hozirgi zamon fors tilida sodda terminlar soni aksariyat qismni tashkil etadi. Zero aksariyat terminlar tub so‘zlardan iborat yoki boshqa biror tildan o‘zlashgan.

شعبه – bo‘linma, نيرو – kuch, qo‘shin, عمليات – operatsiya, مبارزه – kurash, شعبه – bo‘linma, ستاد – shtab, مخزن – plast, تفنگ – miltiq, مسلسل – avtomat;

Agar so‘zlar biron-bir qo‘shimcha qo‘shish orqali yasalgan bo‘lsa yasama so‘z (مشتق) deyiladi. Quyida  affiksatsiya usulida yasalgan terminlar  va yarim affikslar yordamida yasalgan terminlarni ko`rib chiqamiz.

Shuni aytish kerakki, affiksatsiya usuli bilan so‘z yasash asosan doimiy jarayon bo‘lsa ham, lekin affikslarning tarkibi va miqdori o‘zgaruvchan bo‘lgan. Ba’zi bir affikslar hozirgi davrda mahsulsiz affikslarga aylangan, yangi affikslar vujudga kelgan, biri-ikkinchisi bilan almashtirilgan, ba’zi affikslar o‘zak bilan chatishib ketgan, affikslar allomorflari, omonimlari rivojlangan, affiksal bloklar va yarim affikslar bloki ko‘paygan[2-16].

گزارش – bildiruv, پاسگاه – post , گروهبان – serjant, دیدبان – nazoratchi.

Yarim affikslar o‘z mohiyatiga ko‘ra so‘z yasalishining ikki asosiy usulini o‘zida mujassamlashtiradi.

Yarim affikslar sodda va murakkab affikslar shakllarda bo‘lib, ko‘pincha fe’lning hozirgi zamon o‘zagi hamda ot so‘z turkumiga xos so‘zlardan iborat bo‘ladi.

Yarim affikslarning affikslardan farqi ular o‘z ma’nosini aniqroq saqlab qolgan bo‘ladi. Yarim affikslar sifatida hozirgi zamon fe’l negizi va ot yarim suffikslaridan tashqari prefiksli fe’llar, qo‘shma fe’llar va frazeologik birikmalar ham so‘z yasashda ishtirok etadi.

Yarim affikslar umumiy fe’liy ma’nosini saqlab qolgan bo‘lsa
ham ammo tobora mavhumlashib kengroq ma’nolarda qo‘llanilmoqda.
Hozirgi davrda keng qo‘llaniladigan yarim affikslardan: - aniz, - pazir, - avar, - za, - parvar, - gara, - kah vaboshqa fe’l negizlari, shuningdek, - bandi, - gari,  - bini, - rizi va shu  turdagi boshqa affiks bloklarini keltirish mumkin[2-17].

تير اندازى – otish tayyorgarligi,  نقشه بَردارى   topografiya, خودآمادگى – mustaqil tayyorgarlik, طرح ریزی – loyihalash, سرباز بري transportyor.

Agar so‘zlar ikki yoki undan ortiq so‘z morfemalarning qo‘shilishidan yasalgan bo‘lsa, bunday so‘zlar “qo‘shma so‘z” deyiladi.

Qo‘shma so‘z yasash asosan ikki yirik bo‘limdan iborat.

1) Kopulyativlar. Kopulyativ ikki bir-biri bilan teng negizlar qo‘shilishidan yasaladigan qo‘shma so‘zlardir.

Kopulyativ so‘zlar ko‘pincha o‘zaro bog‘lovchi yoki ko‘makchilar vositasida bog‘langan bo‘ladi.

Biz o‘rganib chiqqan terminlar orasida kopulyativ usulda yasalgan harbiy terminlar kam bo‘lib, bizdan oldinroq qilingan ilmiy ishlarda ular batafsil ko‘rsatilib berilgan. Ular to‘plagan terminlar quyidagilardan iborat:

حمل و نقلtransportirovka, ساز و برگjihozlar, ارطباط و مخابراتaloqa.

2) Determinativlar. Determinativ qo‘shma so‘zlarda «ot bilan ot», «ot - sifat», «son bilan ot», «olmosh bilan ot» va hokazolar biri-birini aniqlab keladi: بندشانه – pogon, زرهپوش – zirhli, نارنجك انداز – granatamyot, خمپاره انداز – minamyot, سرلشكر – general leytenant, فرمانده – qo‘mondon.

Fors tilidagi mavjud harbiy terminlar orasida determinativ usulda yaslagan harbiy termnilar ko‘proq uchrashiga guvoh bo‘ldik.

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. Реформатский А.А. Введение в языкопознание. –Москва, 1955. 85 стр.

2. Quronbekov A.  Fors tili leksikologiyasi T., 2009. 16-b.

 


HOZIRGI ZAMON FORS TILIDAGI HARBIY

HOZIRGI ZAMON FORS TILIDAGI HARBIY

Bu yerda “qat’iy ilmiy terminologiya” tushunchasi biron bir sohaviy terminologiyaning mazkur fan sohasi taraqqiyoti bilan uyg‘unlashuvi, sohaviy terminologiyaning ayni sohaga oid tushunchalarni ifodalashdagi hamohangligi, yaratilgan…

Bu yerda “qat’iy ilmiy terminologiya” tushunchasi biron bir sohaviy terminologiyaning mazkur fan sohasi taraqqiyoti bilan uyg‘unlashuvi, sohaviy terminologiyaning ayni sohaga oid tushunchalarni ifodalashdagi hamohangligi, yaratilgan…

Bu fanda, texnikada, siyosatda va diplomatiyada juda ham zarur

Bu fanda, texnikada, siyosatda va diplomatiyada juda ham zarur

Yarim affikslar umumiy fe’liy ma’nosini saqlab qolgan bo‘lsa ham ammo tobora mavhumlashib kengroq ma’nolarda qo‘llanilmoqda

Yarim affikslar umumiy fe’liy ma’nosini saqlab qolgan bo‘lsa ham ammo tobora mavhumlashib kengroq ma’nolarda qo‘llanilmoqda
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
26.03.2023