O'qituvchilar va fan olimpidasiga tayyorlanadigan o'uvchilar uchun
Оценка 4.7

O'qituvchilar va fan olimpidasiga tayyorlanadigan o'uvchilar uchun

Оценка 4.7
Документация +1
docx
информатика
9 кл—11 кл +1
31.05.2022
O'qituvchilar va fan olimpidasiga tayyorlanadigan o'uvchilar uchun
Uslubiy qo'llanma Attestatsiyaga tayyorlanadigan o'qituvchilar va fan olimpidasiga tayyorlanadigan o'uvchilar uchun
USLUBIY QO'LLANMA SHAHLO.docx

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIM VAZIRLIGI




“INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” 
fani o’qituvchilari uchun










Tuzuvchi:Avliyoqulova Shahlo Shokirovna 21-IDUMI informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchisi.

,METODIK QO'LLANMA55555555555

Mundarija

Kirish...........................................................................................3

Sanoq sistemalari ustida amallar bajarish……………4

Ali, Vali va Soli ga doir misollar……………………….

Mulohazalar ustida amallar bajarishga doir misollar……....

HTML ga doir misollar………………………………..

SMM, CMS, LMS va MOOC haqida………………………..

Axborot xavfsizligi va axborotlarga doir savollar………….

   Fano daraxti......................................................................

Dasturlashga doir misollar…………………………….

Kirish

Hozirgi XXI asr texnika, ilm-fan rivojlanib kelayotgan bir paytda o’qituvchi va o’quvchilarga kompyuter savodxonligini oshirish bilan attestatsiya va fan olimpiadasining  nazariy qismida ayrim murabakkab misollarni yechishda muammolar yuzaga kelmoqda.Shu muammolarni bartaraf etish maqsadida aziz oquvchi  va hurmatli uztozlarimiz uchun attestatsiya masalalarini qulay usulda yechish metodlarini ishlab chiqib ,ushbu qo’llanmada jamladim. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

88888888888Sanoq sistemalari ustida amallar bajarish.

 

 

1-Misol. Ali 3-chorakda quydagi baholarni 1012, 112, 1002, 101­2, 112, 1002, 1012, 112, 1002 oldi. O‘qituvchi Aliga qo‘ygan baholarini o‘rtachasini 3 lik sanoq sistemasida aniqlang.

 

Yechish.

1. Ali olgan baholari yigindisini hisoblaymiz.

1012+112+1002+101­2+112+1002+1012+112+1002=X2

 


     

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2. Ali olgan baholarni yig‘indisini 10 lik sanoq sistemasiga o‘tkazamiz va o‘rtachasini topib olamiz.

1001002=1*25+0*24+0*23+1*22+0*21+0*20=32+4=3610

3610:9=410

3. 10 lik sanoq sistemasida chiqqan natijani 3 lik sanoq sistemasiga o‘tkazamiz.

410=X3

 


  4   3

  3   1

  1      

 

Natija: Aliga qo‘ygan baholarini o‘rtachasi 3 lik sanoq sistemasida 113 ga teng.

 


 

2-Misol. Ali 8 lik sanoq sistemasidagi sonlarni 1 dan boshlab ketma-ket bo‘sh joy qoldirmay yoza boshladi. Ali yozgan raqamlar soni 25 ta bo‘lsa, Ali yozgan oxirgi sonni aniqlang.

 

Yechish. 8 lik sanoq sistemasida 0 dan 7 gacha 8 ta raqamdan iborat. Masalani shartida Ali 1 dan boshlab yozganligi uchun 7 ta raqam ishtirok etadi. Sanoqni davom ettirganda har 10 talikda 8 lik sanoq sistemasidagi sonlar 2 ta raqamdan iborat bo‘lib, jami 16 tadan raqamni tashkil etadi.

 

1,2,3,…,7,10,11,12,13,…,17,20,21,22,23,…,27,30,31,32,33,…,37

 


     7 ta                 16 ta                      16 ta                      16 ta

 

Raqamlar sonini hisoblaymiz.

X=7+16+2=25

 

Natija: Ali yozgan 25 chi raqam 0. Yozgan son esa 20 ga teng.

 

 

3-Misol. Ali 2 lik sanoq sistemasidagi sonlarni 2 dan boshlab ketma-ket bo‘sh joy qoldirmay yoza boshladi. Ali yozgan raqamlar soni 46 ta bo‘lsa, Ali yozgan oxirgi sonni aniqlang.

 

Yechish. 2 lik sanoq sistemasida 2 xonali sonlar 2 tani, 3 xonali sonlar 4 tani, 4 xonali sonlar 8 tani, 5 xonali sonlar 16 tani va … tashkil etadi.

 

10,11,100,101,110,111,1000,1001,1010,1011,1100,1101,1110,1111

 


   22                24                                               23

 

Barcha 4 xonali songacha bo‘lgan raqamllarni yig‘indisi 2*2+3*4+4*8=48 ta bo‘ladi. Masala shartiga ko‘ra Ali yozgan raqamlar soni 46 ta bo‘lsa, 4 xonali sonlarning oxirgi soniga to‘g‘ri keladi.

 

Natija: Ali yozgan 46 chi raqam 1. Yozgan son esa 1111 ga teng.

 


 

Mustaqil yechish uchun misollar:

 

1. Ali 3-chorakda quydagi baholarni 1012, 112, 1002, 101­2, 112, 1002, 1012, 112, 1002 oldi. O‘qituvchi Aliga qo‘ygan baholarini o‘rtachasini 4 lik sanoq sistemasida aniqlang.

 

2. Ali 3-chorakda quydagi baholarni 104, 114, 34,4, 104, 34, 104, 104, 114, 114 oldi. O‘qituvchi Aliga qo‘ygan baholarini o‘rtachasini 2 lik sanoq sistemasida aniqlang.

 

3. Soli 2 lik sanoq sistemasidagi sonlarni 2 dan boshlab ketma-ket bo‘sh joy qoldirmay yoza boshladi. Soli yozgan raqamlar soni 58 ta bo‘lsa, Soli nechta son yozganini aniqlang.

 

4.  Ali 9 lik sanoq sistemasida 6 dan boshlab sonlarni ketma-ket probellarsiz yozib chiqdi. Agar yozilgan belgilar soni 25 ta bo‘lsa, oxiri qaysi raqam yozilgan?

 

5. Ali 16 lik sanoq sistemasida 5 dan boshlab sonlarni ketma-ket probellarsiz yozib chiqdi. Agar yozilgan belgilar soni 21 ta bo‘lsa, oxiri qaysi son yozilgan?

 


 

88888888888Ali, Vali va Soli ga doir misollar.

 

 

1-Misol. Ali, Vali va Soli imtihonda 3 xil ball olishdi: 3 yoki 4 yoki 5. Quyidagi mulohazalarning faqat bittasi rostligi ma’lum: “Ali 3 ball olgan”, “Vali 5 ball olgan”, “Soli 4 ball olmagan”. Agar Soli 3 ball olmagani ma’lum bo‘lsa, u holda o‘quvchilar olgan ballarni aniqlang.

 

Yechish. Masala shartiga ko‘ra mulohazalarning faqat bittasi rostligini (boshqa misollarda faqat bittasi yolg‘on sharti berilsa, qolganlarini rost deb qarash lozim) inobatga olib, qolganlarini yolg‘on deb olamiz va quyidagi jadvalni tekshirib chiqamiz. Bunda doira bilan ball olgan, to‘rtburchak bilan ball olmagan shartli belgilar bilan belgilab chiqamiz.

 

Ali olgan baho      Vali olgan baho      Soli olgan baho 

 


  3 ball olgan            3 ball olgan              3 ball olgan

  4 ball olgan            4 ball olgan              4 ball olgan

  5 ball olgan            5 ball olgan              5 ball olgan

       

Birinchi holda Alini olgan bahosi rost, qolganlarini yolg‘on deb qaraymiz. “Ali 3 ball olgan” bu mulohaza rost. “Vali 5 ball olgan” ligi yolg‘on Vali 3 ball ololmaydi, chunki Ali 3 ball olgan. Vali 4 ball olishi mumkin. “Soli 4 ball olmagan” ligini yolg‘on, demak Soli 4 ball olgan. Vali va Solining olishi mumkin bo‘lgan ballari bir hil bo‘lganligi uchun bu mulohazalar echim bo‘lmaydi.

 

Ali – 3 ball, Vali – 4 ball, Soli – 4 ball

 

        Ikkinchi holda Valini olgan bahosi rost, qolganlarini yolg‘on deb qaraymiz. “Ali 3 ball olgan” bu mulohaza yolg‘on, Demak Ali 4 yoki 5 olishi mumkin. Agar Ali 4 ball oldi deb qarasak, “Vali 5 ball olgan” ligi rost. “Soli 4 ball olmagan” ligini yolg‘on, demak Soli 4 ball olgan. Ali va Solining olishi mumkin bo‘lgan ballari bir hil bo‘lganligi uchun bu mulohazalar echim bo‘lmaydi. Agar Ali 5 ball oldi deb qarasak, “Vali 5 ball olgan” ligi rost. Ali va Valining olishi mumkin bo‘lgan ballari bir hil bo‘lganligi uchun bu mulohazalar echim bo‘lmaydi.

 

Ali – 4 ball, Vali – 5 ball, Soli – 4 ball

 

        Uchinchi holda Solini olgan bahosi rost, qolganlarini yolg‘on deb qaraymiz. “Ali 3 ball olgan” bu mulohaza yolg‘on, Demak Ali 4 yoki 5 olishi mumkin. Agar Ali 4 ball oldi deb qarasak, “Vali 5 ball olgan” ligi yolg‘on. Vali 4 ball olaolmaydi, demak Vali 3 olgan. “Soli 4 ball olmagan” ligini rost, 3 yoki 4 olaolmaydi, demak 5 ball olgan.

 

Ali – 4 ball, Vali – 3 ball, Soli – 5 ball

 

Natija: Ali – 4 ball, Vali – 3 ball, Soli – 5 ball.

 

 

2-Misol. Ali aytdi “Xalil 3 balldan past baho oldi”. Vali ayti “Xalil 4 balldan past baho oldi ”. Soli aytdi “Xalil 5 balldan past baho oldi”. Faqat bittasi yolg‘on bo‘lsa Xalil necha baho oldi.

 

Yechish.

 

         Ali olgan baho                Vali olgan baho               Soli olgan baho 

 

Xalil 3 ball past ball olgan   Xalil 4 ball past ball olgan   Xalil 5 ball past ball olgan

Xalil 3 ball past ball olgan   Xalil 4 ball past ball olgan   Xalil 5 ball past ball olgan

Xalil 3 ball past ball olgan   Xalil 4 ball past ball olgan   Xalil 5 ball past ball olgan

 

Birinchi holda Alini mulohazasini yolg‘on, qolganlarini rost deb qaraymiz. Ali aytdi “Xalil 3 balldan past baho oldi” mulohazasi yolg‘on, demak u 3 ball olgan. Vali ayti “Xalil 4 balldan past baho oldi ” va Soli aytdi “Xalil 5 balldan past baho oldi” mulohazalar rostligi ma’lum bo‘lsa, Xalil 3 ball olgan bo‘ladi.

 

Natija: Xalil 3 ball olgan.


 

Mustaqil yechish uchun misollar:

 

1. Ali, Vali va Soli imtihonda 3 xil ball olishdi: 3 yoki 4 yoki 5. Quyidagi mulohazalarning faqat bittasi rostligi ma’lum: “Ali 5 ball olmagan”, “Vali 4 ball olmagan”, “Soli 4 ball olgan”. O‘quvchilar olgan ballarni aniqlang.

 

2. Ali, Vali va Soli imtihonda 3 xil ball olishdi: 3 yoki 4 yoki 5. Quyidagi mulohazalarning faqat bittasi yolg‘onligi ma’lum: “Ali 5 ball olmagan”, “Vali 4 ball olmagan”, “Soli 4 ball olgan”. Agar Ali 4 ball olmagani ma’lum bo‘lsa, u holda o‘quvchilar olgan ballarni aniqlang.

 

3. Ali Vali va Soli imtihonda 3 xil ball olishdi: 3 yoki 4 yoki 5. Quydagi mulohazalardan faqat bittasi yolg‘on bo‘lsa: “Ali 3 ball olgan”, “Vali 4 ball olgan”, “Soli 5 ball olmagan”. Agar Ali 4 ball olmagani ma’lum bo‘lsa, u holda o‘quvchilar olgan ballarni aniqlang.

 

4. Ali aytdi “Xalil 3 balldan past baho olmadi”. Vali ayti “Xalil 4 balldan past baho oldi ”. Soli aytdi “Xalil 5 balldan past baho oldi”. Faqat bittasi yolg‘on bo‘lsa Xalil necha baho oldi.

 

5. Ali aytdi “Xalil 3 balldan past baho oldi”. Vali ayti “Xalil 4 balldan past baho oldi ”. Soli aytdi “Xalil 5 balldan past baho oldi”. Faqat bittasi rost bo‘lsa Xalil necha baho oldi.

 

 


 

88888888888  Mulohazalar ustida amallar bajarishga doir misollar.

 

 

1-Misol.  natija rost bo‘ladigan eng kichik butun sonni toping?

 

Yechish. and ishoradan oldingi va keyingi mulohazalarni ko‘rib chiqamiz. Natija rost bo‘lishi uchun ikkala mulohaza ham rost qiymat olishi lozim. Birinchi mulohazada x ning qiymati 6 teng va undan katta qiymatlar qanoatlantiradi. Ikkinchi mulohazada esa not mantiqiy ishora bo‘ganligi uchun (x>12) mulohaza yolg‘on bo‘lishi lozim.

 

Natija: x ning qiymati 6 ga teng.

 

2-Misol.  javob rost bo‘ladigan eng katta sonni toping.

 

Yechish. and ishoradan oldingi va keyingi mulohazalarni ko‘rib chiqamiz. Natija rost bo‘lishi uchun ikkala mulohaza ham rost qiymat olishi lozim. Birinchi mulohazada not mantiqiy ishora bo‘lganligi x ning qiymati 14 va undan kichik qiymatlar qanoatlantiradi. Ikkinchi mulohazada esa x - toq son mulohazani 13 soni qanoatlantiradi.

 

Natija: x ning qiymati 13 ga teng.

 

Mustaqil yechish uchun misollar:

 

1.  natija rost bo‘ladigan eng katta butun sonni toping?

 

2.  natija rost bo‘ladigan eng katta butun sonni toping?

 

3.  natija rost chiquvchi eng katta butun sonni aniqlang?

 

4.  natija rost chiquvchi eng katta butun sonni aniqlang?

 

5.  natija rost chiquvchi eng katta butun sonni aniqlang?

88888888888                      HTML ga doir misollar.

 

 

1-Misol. Quyidagi HTML kodining bir qismi berilgan. Web-brauzer oynasida ham og‘ma, ham qalin shriftlar aks etadigan rim raqamlarining yig‘indisini aniqlang.

<strong><u>CXLIV</u></strong><cite><b>LXXIV</b></cite><em><u>CXXIX</u></em><b><i>LXXVII</i></b><u><cite>XLIV</cite></u><b><u>XLIX</u></b>

 

Yechish. Masala shartiga ko‘ra og‘ma va qalin shirftda yozilgan rim raqamlarini aniqlab olishimiz lozim. Og‘ma shirft teglari <I>, <Em> yoki <Cite> va qalin shirft teglari <B> yoki <Strong> larga olingan rim raqamlarini ajratib chiqamiz.

Og‘ma va qalin shirftda yozilgan rim raqamlari LXXIV, LXXVII.

 

LXXIV=74 ga teng, LXXVII=77 ga teng.

 

Ularning 10 lik sanoq sistemasida yig‘indisi 151 ga teng.

 

Natija: Og‘ma va qalin shirftda yozilgan rim raqamlarini yig‘indisi 151 ga teng.

 

2-Misol. Quyida HTML kodining bir qismi berilgan:

<table><tr><td>2</td><td>1</td><td>-2</td><td rowspan=2>2</td></tr> <tr><td colspan=2>1</td><td>6</td> </tr></table>

Birlashgan kataklardagi sonlar yig‘indisini kataklar soniga ko‘paytmasini toping.

 

Yechish. Masala shartiga ko‘ra HTML da kataklarni birlashtirish teglarini aniqlab olishimiz lozim. Ustun bo‘yicha kataklarni birlashtirish <colspan>, Satr bo‘yicha kataklarni birlashtirish <rowspan> teglaridan foydalanamiz.

 

2

1

-2

2

1

6


Birlashgan kataklar 1 va 2 ga teng. Ularning yig‘indisi 1+2=3. Kataklar soni esa 6 ta. 6*3=18.

Natija: Birlashgan kataklardagi sonlar yig‘indisini kataklar soniga ko‘paytmasini 18 ga teng.

 

Mustaqil yechish uchun misollar:

 

1. Quyidagi HTML kodining bir qismi berilgan. Web-brauzer oynasida ham og‘ma, ham qalin shriftlarda aks etgan rim sonlarining yig‘indisini hisoblang.

<strong><u>CXXIX</strong></u><cite><b>LIX</cite></b><em><u>CXIV</em></u><b><i>LXII</b></i><u><cite>XXIX</u></cite><b><u>XXXIV</b></u>

 

2. Quyidagi HTML kodining bir qismi berilgan. Web-brauzer oynasida ham og‘ma, ham tagchiziq shriftlarda aks etgan rim sonlarining yig‘indisini hisoblang.

<strong><u>CXXXI</u></strong><cite><b>LXI</b></cite><em><u>CXVI</u></em><b><i>LXIV</i></b><u><cite>XXI</cite></u><b><u>XXXVI</u></b>

 

3. HTML kodning bir qismi berilgan:

<table><tr><td>62</td><td>31</td><td>-62</td><td>rowspan=2>62</td> </tr><tr><td colspan=2>31</td><td>36</td></tr></table>

Birlashtirilgan kataklardagi sonlar yig‘indisiga barcha kataklar sonining ko‘paytmasini aniqlang.

 

4. Quyida HTML kodining bir qismi berilgan:

<table><tr><td>102</td><td>51</td><td>-102</td><td rowspan=2>102</td>

</tr><tr><td colspan=2>51</td> <td>56</td></tr></table>.

Birlashgan kataklardagi sonlar yig‘indisini kataklar soniga ko‘paytmasini toping.

 

5. HTML kodining bir qismi berilgan:

<table><tr><td>200</td><td>100</td><td>-200</td><td rowspan=2>200</td> </tr><tr><td colspan=2>100</td><td>105 </td></tr> </table>

Birlashtirilmagan kataklardagi sonlar yig‘indisiga barcha kataklar sonining ko‘paytmasini aniqlang.

 

 


 

88888888888            SMM, CMS, LMS va MOOC haqida

 

 

SMM - Social media marketing - ijtimoiy media marketing. Mahsulot va xizmatlarni targ‘ib qilish, xaridorlarni jalb qilish hamda mahsulotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish faoliyatini ijtimoiy medialarda amalga ashirish.

SMM ning afzalliklari:

- Ulkan axborot: matn, grafika, audio, video va boshqa turdagi reklama xabarlarini uzatish imkoniyati.

- Keng auditoriyaga samarali ta’sir ko‘rsatish.

- Maqsadli auditoriya bilan real vaqtda muloqotni tashkil etish.

- So‘rovnoma, statistika va formlar asosida maqsadli auditoriyaning fikr-mulohazalarini o‘rganish.

- Doimiy xaridor va hamkorlar bilan aloqada bo‘lish va ularning talablariga javob berish.

- Mablag‘ning kam sarflanishi.

SMM ning kamchiliklari:

- Ko‘p vaqt sarflanishi.

- Ko‘p mehnat talab etilishi.

- Foydalanuvchi bilan doimo aloqada bo‘lish va ularning qiziqishlarini ushlab turish.

- Mojaroli yoki salbiy vaziyat yuzaga kelsa, obro‘ga putur yetishi.

- Norasmiy va ochiq muloqot.

 

         CMS - Content management system - kontentning boshqaruv tizimlari. Tayyor shablonli tuzilmalar, ma’lumotlarni kiritish va dizayn ishlariga mo‘ljallangan funksiyalar to‘plamidan iborat platforma. Shuningdek, CMS matnli va multimediyali sahifalardan iborat saytlarni qulay va oson yaratish hamda o‘zgartirish (qo‘shish, tahrirlash va o‘chirish) imkonini beradigan boshqaruv tizimidir.

 CMS ning afzalliklari:

- Sayt bilan ishlash jarayonining soddaligi va qulayligi.

- Qisqa vaqt ichida, yuqori tezlikda sayt yaratish imkoniyati.

- Ortiqcha qiyinchiliklarsiz chiroyli dizayn yaratish imkoniyati.

- Ko‘pfunksionallik.

- Foydalanish huquqini boshqarish.

CMS ning kamchiliklari:

- Tizim himoya qatlamini mustahkamlash zaruriyatining mavjudligi.

- Shablon asosida ishlashi.

- Nostandart funksiyalarga ega bo‘lgan maxsus saytlar yaratishning mushkulligi.

 

LMS - learning management systems - ta’lim boshqaruv tizimlari. Bilim olish faoliyatini tashkil etish va boshqarish uchun mo‘ljallangan hamda videodars, ma'ruza materiallari, taqdimot, kitob kabi o‘quv materiallari majmuasidan iborat muloqot rejimida ishlay oladigan inson-mashina majmuasi yoki masofaviy ta'lim shakli.

LMS ning afzalliklari:

- Foydalanishning erkinligi.

- O‘qish xarajatlarini kamaytirish.

- Moslashuvchanligi.

- Zamon bilan hamnafasligi.

- Ta'lim olishning tengligi.

- Bilimlarni baholashning obyektiv mezonini belgilash imkoniyati.

- Tajriba almashish.

- Statistika.

LMS ning kamchiliklari:

- O‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida bevosita aloqaning mavjud emasligi o‘quv jarayonini nazorat qilish va o‘quvchi natijalarini baholashni qiyinlashtiradi.

- LMS ni joriy etish zamonaviy texnologik qurilmalarni talab etadi.

- O‘qituvchilar yuqori AKT kompetentlikka hamda o‘z o‘quv dasturlarini elektron ta'limga moslashtirish qobiliyatiga ega bo‘lishlari lozim.

- O‘qituvchi individual pedagogik mahoratini to‘liq namoyish qila olmaydi.

 

MOOC - Massive open online courses - ommaviy ochiq onlayn kurslar. Onlayn ta’lim bozorini rivojlantirish pedagogik va biznes vazifalarni hal etishga qaratilgan zamonaviy masofaviy ta’lim.

 

MOOC ning afzalliklari:

- Bepul onlayn  ta’lim.

- Zamonaviy mutaxassisliklar.

- Dunyoning eng yaxshi  o‘qituvchilari.

- Materiallarini tizimli taqdim etish.

- Onlayn ta’limning aralash shakli.

- Erkin dars jadvali.

- Interfaollik.

- Foydali aloqalar.

- Tezkor teskari aloqa va baholash.

 

MOOC ning kamchiliklari:

- O‘quv materiallari mustaqil va yakka tartibda o‘rganish.

- Topshiriqlarni bajarishni to‘liq nazorat qilib bo‘lmaydi.


 

88888888888Axborot xavfsizligi va axborotlarga doir savollar.

 

1. Kiriptografiya - bu?

(Kripos - yashirin, logos - fan) ma’lumotni himoya qilishni asrlar davomida yig‘ilgan manbalari va usullariga xos qonuniyatlarni o‘rganadi.

2. Iddentifikatsiya - bu?

Foydalanuvchini tizimga o‘zini tanitish jarayoni bo‘lib unda mijozning maxsus shaxsiy kartalaridan yoki uning biometrik xususiyatlaridan foydalaniladi.

3. Autentifikatsiya - bu?

Foydalanuvchining to‘g‘riligini tekshiriladi va uning asosida tizimda faoliyat olib borishi mumkinligi yoki mumkin emasligi belgilanadi.

4. Avtorizatsiya - bu?

Foydalanuvchiga tizim tomonidan berilgan huquqlar majmuasidir.

 

5-Masala. ADSL modem ma’lumotlarni uzatish tezligi 128000 bit/sek ni tashkil etadi. Ushbu ulanish orqali matnli faylni uzatish 1 daqiqa davom etdi. Agar 16 bitli Unicode kodlashda berilganligi ma’lum bo‘lsa, uzatilayotgan matn necha belgidan iborat?

 

Yechish. Masalani yechishda Q=R*t formuladan foydalanamiz. Bunda Q-hajm, R-tezlik va t-vaqt birliklari.

 

R=128000 bit/sek.

t=1 daqiqa =60 sek.

 

Q=R*t=128000 bit/sek * 60 sek. = 7680000 bit.

 

Masala shartiga ko‘ra 16 bitli Unicode kodlashda berilganligini inobatga olib, natijani 16 ga bo‘lib olamiz.

 

Qu=7680000 bit / 16 bit = 480000 bit.

 

Natija: Qu=480000 bitga teng.

 

6-Masala. 1024x600 o‘lchamdagi grafik fayl qattiq diskdagi hajmi 120 Kb dan oshmaydi. Ushbu rasmni kodlash uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan ranglar maksimal miqdorini aniqlang?

 

Yechish. Masalani yechishda P≥m*n*i formuladan foydalanamiz. Bunda P-axborot hajmi, m va n - ekranning o‘lchamlari va i-rangni kodlash razriyadi.

 

P=120 Kb = 122880 bayt = 983040 bit

m=1024

n=600

 

983040 bit ≥ 1024*600*i

1,6 ≥ i

i=1

Ranglarning maksimal miqdori N=2i ya’ni N=21=2 teng.

 

Natija: Ranglar maksimal miqdori 2 ga teng.

 

7-Masala. Diskning 0,25 Mbayt qismida 262144 ta belgidan iborat axborot yozilgan. Bu ma’lumotlar nechta belgili alifboda ifodalangan.

 

Yechish. Masalani yechishda I=K*i formuladan foydalanamiz. Bunda I-axborot hajmi, K-belgilar soni va i-belgini kodlash razriyadi.

 

I=0,25 Mb = 256 Kb = 262144 bayt = 2097152 bit

K=262144 ta

 

i=I/K=2097152 bit / 262144 = 8 bit

 

Belgili alifboda ifodalanganligini miqdori N=2i ya’ni N=28=256 teng.

 

Natija: Ma’lumotlar 256 ta belgili alifboda ifodalangan.

 

8-Masala. “INFORMATIKA” so‘zi harflarini kodlash uchun eng kam bit talab etiladigan ikkilikda tekis kodlash usulidan foydalanilgan. Shu bilan birga, ikkilikdagi kodlar o‘sib borish tartibi ingliz alifbosi harflarining o‘sib borish tartibiga moslashtirilgan. T harfi kodini toping.

 

Yechish. Masalani yechishda xarflarni alifbo tartibida yozamiz va 4 bit ko‘rinishida kodlab chiqamiz.

A

- 0000

N

- 0101

F

- 0001

O

- 0110

I

- 0010

R

- 0111

K

- 0011

T

- 1000

M

- 0100

 

 

 

Natija: T harfi kodi 1000 ga teng.


 

Mustaqil yechish uchun misollar:

 

1. Bir qabilaning tili 64 xil so‘zdan iborat. Qabila yetakchisi 2 daqiqada 100 ta so‘zdan iborat nutq so‘zladi. Ushbu axborotning uzatish tezligini toping?

 

2. Berilgan ikkita matndagi belgilar soni bir xil. Birinchi matn 16 ta belgidan iborat alifbodan foydalangan holda tuzilgan. Ikkinchi matn 250 ta belgidan iborat alifbodan foydalangan holda tuzilgan. Ikkinchi matnda birinchi matnga qaraganda necha marta ko‘p axborot mavjud.

 

3. “KIBERNETIKA” so‘zini kodlash uchun undagi harflarga alifbo bo‘yicha ikkilik sabos sistemasida sonlar tartib bilan mos qo‘yilgan. Ushbu kodlashdan foydalanib “INTERNET” so‘zini kodlanishini toping.

 

4. A, B, D, E, K, O, R, Y harflarini kodlash uchun eng kam bit talab etiladigan ikkilikda tekis kodlash usulidan foydalanilgan. “KEYBOARD” so‘zining 16 lik sanoq sistemasida kodlashda qanday ko‘rinishda bo‘ladi.

 

5. Ekranda bitta nuqta 16 xil rangdan birini qabul qilishi mumkin. Tasvir o‘lchami 10x15 sm bo‘lib, unda bir dyumda 32 ta nuqta to‘g‘ri keladi. (1 dyum = 2,5 sm) Tasvirning axborot hajmi necha Kb ga teng?

 

6. Bir kitobda 750 ta sahifa bo‘lib, har bir sahifa 32 ta satrdan va har bir satr 72 ta belgidan iborat bo‘lsa, kitobdagi axborot 25 Kb/sek tezlik bilan uzatilsa sarflangan vaqtni toping?

 

7. Avtomobillar davlat raqamlari uchta harf va uchta raqamlar kombinatsiyasi, ya’ni A 885 BA ko‘rinishda tuziladi. Agar bu harflar 26 ta lotin alifbosining harflari, raqamlari esa 0 dan 9 gacha bo‘lgan raqamlar bo‘lsa, bunday kombinatsiyalar soni nechta? m ta elementdan iborat to‘plamning n ta qilib takroriy o‘rin almashtirishlar soni m^n ga teng.

 

8. Mumba-Yumba qabilasining tili 64 xil so‘zdan iborat. Shu qabilaning yetakchisi 2 daqiqada 100 ta so‘zdan iborat nutq so‘zladi. Ushbu axborotning uzatish tezligini toping?

 

9. Berilgan ikkita matndagi belgilar soni bir xil. Birinchi matn 16 ta belgidan iborat alifbodan foydalangan holda tuzilgan. Ikkinchi matn 250 ta belgidan iborat alifbodan foydalangan holda tuzilgan. Ikkinchi matnda birinchi matnga qaraganda necha marta ko‘p axborot mavjud?

88888888888                    Fano daraxti.

 

1-Misol. Xabar 50 ta A, 30 ta B, 20 ta C va 5 ta D harflarni o‘z ichiga oladi. Xabarni uzatishda har bir harf minimal uzunlikdagi (2 lik sanoq tizimida notekis kodlash) turli bitlar bilan kodlangan. Kodlangan xabarni minimal uzunligi necha bitdan iborat?

 

Yechish. Masala shartiga ko‘ra 50 ta A, 30 ta B, 20 ta C va 5 ta D harflardan iborat va har bir harf uchun necha bit zarurligini Fano daraxti usulidan foydalanib tuzib chiqamiz.

Shunda A=0 bo‘lganligi uchun 1 bit, B=10 bo‘lganligi uchun 2 bit, C=110 bo‘lganligi uchun 3 bit va D=111 bo‘lganligi uchun 3 bitdan iborat bo‘ladi. Harflar sonini bitlar soniga ko‘paytirib, yig‘indisini topib olamiz.

50*1+30*2+20*3+5*3=185 bit.

Natija: Kodlangan xabarni minimal uzunligi 185 ga teng.

 

  Mustaqil yechish uchun misollar:

 

1. A, B, C, D, E, F harflardan tashkil topgan ma’lum bir ketma-ketlikni kodlash uchun Fano shartini qanoatlantiradigan notekis ikkilik kod ishlatiladi. A harfi uchun 0, B harfi uchun 10 kodi belgilangan. Ushbu 6 ta belgini minimal uzunligi necha bitdan iborat.

 

2. Xabar 12 ta A, 5 ta B va 7 ta C harflarni o‘z ichiga oladi. Xabarni uzatishda har bir harf minimal uzunlikdagi (2 lik sanoq tizimida notekis kodlash) turli bitlar bilan kodlangan. Kodlangan xabarni minimal uzunligi necha bitdan iborat?

88888888888                     Dasturlashga doir misollar.

 

 

1-Misol. Dastur natijasini aniqlang.

a=[1,2,3,4,5,6]

a[3:5]=[7,8,9]

print(a)

 

Yechish. Berilgan dasturning birinchi satrida berilgan sonlarning 4 chisidan 5 chisigacha ikkinchi satridagi sonlarni ko‘yishimiz lozim. Bu yerda a[3:5] oraliqdagi boshlang‘ich soni 4 dan boshlanadi.

 

Natija: a[1,2,3,7,8,9,6] ga teng.

 

 

Mustaqil yechish uchun misollar:

 

1. Dastur natijasini aniqlang.

a=[1,2,3,4,5]

a[2:4]=[7,8,9]

print(a)

 

2. Dastur natijasini aniqlang.

i=5

if  i%2==0:

         print(bool(12))

else:

         print(bool(0))

 

3. Dastur natijasini aniqlang.

x=True

y=False

z=False

if not x or y: print(1)

elif not x or not y and z: print(2)

elif x and y or not z: print(3)

else:

print(4)

 

4. Dastur natijasini aniqlang.

d=lambda p:p*3

t=lambda p:p*5

x=2

x=d(x)

x=t(x)

x=d(x)

print(x)   

 

5. Dastur natijasini aniqlang. 

x=90

while (x < 100):    

x+=3

print(x)

 

6. Quyidagi kod natijasini aniqlang.

x = 45 // 4 % (3 + 2) ** 4 + 25//6

print(x)

 

7. Quyidagi kod natijasini aniqlang.

int (round(4.56666)+7//4)=?

8.  Quyidagi kod natijasini aniqlang.

print(2 or 3) =

 

9. Quyidagi kod natijasini aniqlang.

print(5 and 4)=

 

10. Quyidagi kod natijasini aniqlang.

n=5

m=4

a=[[0]*m]*n

a[0][0]=4

print(a[1][0])


 

 


 

O'qituvchilar va fan olimpidasiga tayyorlanadigan o'uvchilar uchun

O'qituvchilar va fan olimpidasiga tayyorlanadigan o'uvchilar uchun

Mundarija Kirish............

Mundarija Kirish............

Yechish. 1. Ali olgan baholari yig ‘ indisini hisoblaymiz

Yechish. 1. Ali olgan baholari yig ‘ indisini hisoblaymiz

Misol. Ali 8 lik sanoq sistemasidagi sonlarni 1 dan boshlab ketma-ket bo‘sh joy qoldirmay yoza boshladi

Misol. Ali 8 lik sanoq sistemasidagi sonlarni 1 dan boshlab ketma-ket bo‘sh joy qoldirmay yoza boshladi

Mustaqil yechish uchun misollar: 1

Mustaqil yechish uchun misollar: 1

Ali, Vali va Soli ga doir misollar

Ali, Vali va Soli ga doir misollar

Uchinchi holda Solini olgan bahosi rost, qolganlarini yolg‘on deb qaraymiz

Uchinchi holda Solini olgan bahosi rost, qolganlarini yolg‘on deb qaraymiz

Mustaqil yechish uchun misollar: 1

Mustaqil yechish uchun misollar: 1

Mulohazalar ustida amallar bajarish ga doir misollar

Mulohazalar ustida amallar bajarish ga doir misollar

Misol. Quyidagi HTML kodining bir qismi berilgan

Misol. Quyidagi HTML kodining bir qismi berilgan

Quyidagi HTML kodining bir qismi berilgan

Quyidagi HTML kodining bir qismi berilgan

SMM, CMS, LMS va MOOC haqida

SMM, CMS, LMS va MOOC haqida

LMS ning afzalliklari: - Foydalanishning erkinligi

LMS ning afzalliklari: - Foydalanishning erkinligi

Axborot xavfsizligi va axborotlar ga doir savollar

Axborot xavfsizligi va axborotlar ga doir savollar

P=120 Kb = 122880 bayt = 983040 bit m=1024 n=600 983040 bit ≥ 1024*600*i 1,6 ≥ i i=1

P=120 Kb = 122880 bayt = 983040 bit m=1024 n=600 983040 bit ≥ 1024*600*i 1,6 ≥ i i=1

Mustaqil yechish uchun misollar: 1

Mustaqil yechish uchun misollar: 1

Fano daraxti. 1-Misol. Xabar 50 ta

Fano daraxti. 1-Misol. Xabar 50 ta

Dasturlashga doir misollar. 1-Misol

Dasturlashga doir misollar. 1-Misol

Dastur natijasini aniqlang. d=lambda p:p*3 t=lambda p:p*5 x=2 x=d(x) x=t(x) x=d(x) print(x) 5

Dastur natijasini aniqlang. d=lambda p:p*3 t=lambda p:p*5 x=2 x=d(x) x=t(x) x=d(x) print(x) 5

O'qituvchilar va fan olimpidasiga tayyorlanadigan o'uvchilar uchun

O'qituvchilar va fan olimpidasiga tayyorlanadigan o'uvchilar uchun
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
31.05.2022