O’zbek tili darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning samaradorligi.
Annotatsiya: Darslarni о’qitishning yangi innovatsion pedagogik texnologiyalari asosida amalga oshirilishining natijalari. Darslarning samaradorligini oshirish uchun zamonaviy pedagogic texnologiyalar va interfaol usullardan namunalar aks etgan. Interfaol usullar yordamida dars o’tish o’quvchining intellektual faolligini, o’quv harakati sifatini, aqliy izlanishini takomilashtirishga yordam beradi.
Kalit so’zlar: pedagogik texnologiya, interfaol usul, test, metod, topshiriq, fikrlash, inovatsion,ijodiy fikrlash.
Аннотация: Результаты обучения на основе новых инновационных педагогических технологий, представлены примеры современных педагогических технологий и интерактивных методов повышения эффективности уроков. помогает улучшить.
Ключевые слова: педагогическая технология, интерактивный метод, тест, метод, задание, мышление, инновационное, творческое мышление.
Annotation: The results of teaching on the basis of new innovative pedagogical technologies. Examples of modern pedagogical technologies and interactive methods to increase the effectiveness of lessons are presented. helps to improve.
Keywords: pedagogical technology, interactive method, test, method, assignment, thinking, innovative, creative thinking.
Hozirgi zamon sharoitida, darslarni о’qitishning yangi innovatsion pedagogik texnologiyalari asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Yangi innovatsion pedagogik texnologiyalarning xislati shundaki, unda qо’yilgan maqsadlarga erishish kafolatini beruvchi о’quv jarayoni rejalashtiriladi va amalga oshiriladi. Darhaqiqat, mashg’ulotlarning muvaffaqiyatli о’tishining 80foizi ta’lim jarayonini tо’g’ri loyihalashtirish, tashkil etish va uni amalga oshirishga bog’liqdir.
Hozirda darslarda eng ko’p qo’llaniladigan o’qitishning interfaol usullari quyidagicha:
I. Topshiriq,mashqni bajarishga doir metodlar:
O’zbek tili grammatikasiga oid biror-biror qoidani o’qituvchi o’quvchilarga tanishtirib bo’lganidan keyin,uni mustahkamlash maqsadida turli xil topshiriqlar beradi. Ular yozma yoki og’zaki shaklda bo’lishi mumkin.
Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar.
Og’zaki:
1. Savollarga to’g’ri javobni tanlang.
2. Darak gapni so’roq gap bilan o’zgartiring.
3. Mantiqsiz gapni tuzating va to’g’ri’ javobni ayting.
Yozma:
1. Berilgan so’zlar ishtirokida grammatik jihatdan to’g’ri gap tuzing.
2. Berilgan gapni to’ldirish uchun grammatik jihatdan mos keluvchi so’zni tanlang.
So’zlar vositasida o’yinlar nomi.
“So’zni takrorla va qo’sh”
Bunda o’quvchi bitta mavzu doirasida so’z aytadi, boshqalar davom ettiradi.
Masalan. Oila-ona, oila- xotirjamlik, oila- urf-odatlar…
Orzu-yaxshi o’qish, orzu- yetuk mutaxassis, orzu- uchuvchi bo’lish, orzu- baxtli hayot…
Davom ettira olgan oxirgi o’quvchi g’olib bo’ladi.
“So’zni yozishni bil”
Bu o’yin usulidan ko’zlangan maqsad o’quvchilarni lug’at ustida ishlashga undaydi va yozma savodxonligini oshiradi. Bir o’quvchi so’zni o’z tilida so’raydi, ikkinchi o’quvchi shu so’zni o’zbek tilida to’g’ri yoza olishi kerak. So’zni to’g’ri yozgan o’quvchi o’yinni davom ettiradi.
Bu xil metodlarda “Topshiriq”, “O’yla, esla ayt”,“Javobni top”, “O’yin-topshiriq”,”Sayohat”kabi mashq, topshiriqlar bajariladi.
II. Ijodiy fikrlash, hozirjavoblikni shakllantiruvchi usullar.
O’zbek tili darsida so’zlar vositasida turli o’yinlar tashki qilinadi. Maqsad o’quvchilarning so’z boyligini boyitish hamda fikrlash doirasini yanada kengaytirish. Bunday o’yinlar qisqa vaqtga mo’ljallangan bo’lib, o’quvchilarni guruh bo’lib mashq qilishga odatlantiradi. Bunday usullarga o’zbek tiliga oid tashkiliy o’yinlar, “Rasmli test kartochkalari”, “Mavzuga mos krossvordlar yechish”, “Quvnoq musobaqa” va boshqalarni kiritish mumkin. Dars jarayonida
o’yinlarning muntazam ravishda qo’llanilishi o’zbek tili fanini o’rgatishni elementlar bosqichdan murakkabiga qadar bo’lgan yo’lni sezilarli darajada osonlashtirib,o’quvchilarni mustaqil fikrlashga chorlaydi.
III. O’ylash, fikrlash, ijro etishga doir interfaol usullar.
Rasmlarga qarab mustaqil hikoya tuzish va so’zlab berish. Bunda o’quvchiga hikoya tuzish uchun quyidagi yo’l-yo’riqlar beriladi:
Mustaqil matn tuzish:
Hikoya mavzusiga oid so’z va iboralarni tanlash,ya’ni so’zlarni o’rganish. Hikoyaga mustaqil ravishda reja tuzish va reja asosida hikoya yozish.
Dastlab matn ustida ishlashni boshlaganda, uning barcha bosqichlarida o’quvchilarga amaliy yordam beriladi. Bunda o’quvchilar diqqatini matnning yoki hikoyaning g’oyasiga qaratish mumkin. Bu bosqichda,o’quvchilarni o’zbek tilida so’z yasash usullari,so’zlarni qanday so’z turkumlariga mansubligi hamda nazariy bilimlarini ham mustahkamlab borishlari maqsadga muvofiqdir. Keyingi bosqichda esa o’quvchilar mustaqil reja tuzishadi va shu reja asosida hikoya yoki matn yozishadi.
IV. O’zaro musobaqa,fikrlarni bayon etish va tushuntirishga doir usullar. Bunday usullarga “Anjuman”, “Musobaqa”, “Tanlov”, “Sinov”, “Yuzma-yuz” kabilarni kiritish mumkin. Masalan, “Sinov” usulini qo’llashda o’quvchilarga test kartochkalari tarqatiladi. Ushbu kartochkalar faqat o’rganilgan mavzuga oid bo’lib,unda testlar oddiydan murakkabga qarab tuzilishi lozim. Bunday
testlar orqali o’quvchilarning erkin fikrlash qobiliyati o’sib,o’zbek tiliga bo’lgan qiziqishlari ortadi. Interfaol usullarning ta’limiy xususiyatlari quyidagilarga bo’linadi. Bunda interfaol usullar ta’limda subyekt-obyekt faoliyatini ifodalaydi.
1. O’quvchilarning bilish faoliyatini boshqarish:sinf o’quvchilari kichik guruhlarga bo’linib,guruhlararo muloqot,bahs-munozara orqali ta’lim beriladi.
2. Interfaol usullarning ta’lim oluvchilarga yo’naltirilganlik xususiyati,ya’ni shaxsga yondashuvchanligidir. Interfaol usulning bu xususiyati o’quvchilarning yakka tartibda,guruh shaklidagi o’zaro hamkorligini ifodalaydi. Bunday faoliyatda o’quvchilarning xilma-xilligi namoyon bo’ladi.
3. Izlanish,ijodiy faoliyat ko’rsatish,o’zaro hamkorlikni ta’minlashga doir xususiyatlari. Bunda o’quvchilar yakka va guruh shaklida ijodiy izlanib,izlanish natijalarini tahlil qiladilar. Bu esa
darsda o’quvchining faolligini oshiradi,izlanish,o’ylab topish,uning to’g’riligini o’zaro mulohaza bilan isbotlashga intilishni shakllantiradi.
4. Shaxs sufatlarini shakllantirish xususiyati. Interfaol usullar o’quvchilarni bilishga qiziqtirish,shu bilan birga bilimga intilishini,topqirligini oshirib boradi. Bu esa,o’quvchining intellektual faolligini,o’quv harakati sifatini,aqliy izlanishini takomilashtirishga yordam beradi.
5. Interfaol usullar o’quvchining odobli,tartibli bo’lishi,har bir fikrni o’ylab,dalil-isbotlar asosida ifodalashga o’rgatadi. Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash lozimki,o’qituvchi mavzuning o’quvchiga to’la tushunarli bo’lishini ta’minlash uchun dars jarayonida interfaol usullar va innovatsion pedagogic texnologiyalardan foydalanish,ta’lim samaradorligining yanada oshishiga katta hissa qo’shadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. H. Omonov. M. Xattabov. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. -T. . 2016
2. Bobokalonov R, Na’matova G. Ona tili o’qitishning yangi texnalogiyasi haqida. –T. . 1998.
3. Mamatova G, Boqiyeva X, Masharipova U. Ona tili o’qitish metodikasi
4. X. S. Muxitdinova, G. Z. Muxamedjanova, F. S. Talipova, R. B. Eshbayeva O’zbek tili 10- 11-sinf darsligi. ,-2017, 2018.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.