O’zbek tili va uning davlat tili sifatidagi ahamiyati.
Оценка 5
Занимательные материалы
docx
классное руководство +1
Взрослым
28.02.2019
Ushbu "O’zbek tili va uning davlat tili sifatidagi ahamiyat" nomli maqolada men o'zbek tili haqida va uning davlat tili sifatidagi ahamiyatini yoritib berdim. Shu jumladan, o’zbek tili va madaniyati jahon sivilizatsiyasida yanada ravnaq topib , uning purma’noligi , jozibadorligi , talaffuzi ohangli musiqaday jarangdorligi bilan jahon ahlini o’ziga rom qila oladigan xalqaro til darajasida ko’tariladi va dunyo xalqlari bu tilni sevib o’rganib , samimiy hurmat qiladilar .
макола.docx
O’zbek tili va uning davlat tili sifatidagi ahamiyati.
1989 yil 21 oktabrda “ Davlat tili haqidagi ” gi O’zbekiston Respublikasi
Qonuni , 1993 yil 2 – sentabrda “ Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini
joriy etish to’g’risida ” gi Qonuni qabul qilindi . “ Davlat tili haqida ” gi qonunning
qabul qilinganligiga bu yil 29 – yil to’ldi . O’tgan shu davrda ona tilimizning
yanada sayqallanishi , badiiyligi , tarixiyligi va dunyo miqyosida ahamiyati hamda
nufuzini oshirishga qaratilgan qator madaniy , ma’naviy – ma’rifiy , mafkuraviy ijo
, izlanishlar , ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda .
Pirovard natijada , bugungi kunda jahondagi ko’plab mamlakatlar xalqlari
davlatimiz ramzlari – O’zbekiston Respublikasi bayrog’i , gerbi , davlat madhiyasi
qatorida o’zbek tiliga ham hurmat bilan qarab , nafis va boy til sifatida yuksak
baho berib kelmoqdalar .
Har yili 21 – oktabr kuni mamlakatimizda til bayrami sifatida keng nishonlanishi
an’anaga aylanib qolgan . Chunki mamlakatimizda ona tilimizni yanada
rivojlantirish va takomillashtirish , uning milliy ruhini oshirish , madaniyat va
san’atni yuksak pag’onalarga ko’tarish , shuningdek , lotin yozuviga asoslangan
o’zbek alifbosini joriy etish sohasida qabul qilingan Davlat dasturi ijrosini
ta’minlashdek , ustuvor yo’nalishdagi vazifalarni bajarish tom ma’noda kundalik
hayotimizda tobora singib bormoqda .
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda o’zbek adabiy tilini rivojlantirish
masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda . Buning natijasida o’zbek tili davlat tili ,
davlat ramzi , milliy madaniyat va ma’naviyatni ifodalovchi hamda ularni kelajak
avlodga yetkazuvchi muhim muloqot vositasi darajasiga ko’tarildi . O’zbek tilining
xalqaro miqyosdagi nufuzi oshib , faol muloqot vositasiga aylanib bormoqda .
Turli darajadagi rasmiy uchrashuvlar , muzokaralarda tilimiz keng
qo’llanilayotgani , xorijdagi ko’plab universitetlar , ilmiy muassasalarda o’zbek tili
markazlari tashkil etilib , ularda ona tilimizni o’rganishga qiziquvchilar safi tobora
ortib bormoqda .
O’zbekistonda nafaqat o’zbek tili , balki boshqa millat va elatlarning tillari , urf –
odatlari hurmat qilinishi milliy qonunchiligimizda aks etgan . Uning amaliy
isbotini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4 – moddasidagi quyidagi
norma misolida ko’rish mumkin : “ O’zbekiston Respublikasining davlat tili
o’zbek tilidir . O’zbekiston Respublikasi o’z hududida istiqomat qiluvchi barcha
millat va elatlarning tillari , urf – odatlari va an’analari hurmat qilinishi ta’minlaydi
, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi ” . O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va uning tizimidagi aksiyadorlik
kompaniyalari , jamiyatlar , korxona , tashkilot va muassasalar ta’sischiligida
tashkil etilgan “ Aloqa va axborotlashtirish sohasi tarixi va merosi jamoat fondi ”
faoliyatida ham yuqorida ko’rsatilgan qonunlarning ijrosini ta’minlash yuzasidan
qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda .
Mamlakatimizda izchillik bilan amalga oshirilayotgan tub islohatlarning markazida
iqtisodiy islohatlar bilan bir qatorda ma’naviy – ma’rifiy , ijtimoiy – siyosiy va
huquqiy islohotlar turganligi o’z samarisini bermoqda . Ayniqsa ,
mamlakatimizning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishida , bozor iqtisodiyoti
munosabatlarining tobora shakllanishida , inson tafakkurining o’zgarishida fan ,
ta’lim , madaniyat , ma’naviyat va ma’rifat , shuningdek , o’zbek tili va til
madaniyatining rivojlanishi xalqimizning avloddan – avlodga o’tib kelayotgan
tarixiy urf – odatlari , udumlari , an’analari , tartib – qoidalar , turmush tarzi va
azaliy qadriyatlarning asosiy mezoni sifatida namoyon bo’lib kelmoqda .
Ishonchimiz komilki , o’zbek tili va madaniyati jahon sivilizatsiyasida yanada
ravnaq topib , uning purma’noligi , jozibadorligi , talaffuzi ohangli musiqaday
jarangdorligi bilan jahon ahlini o’ziga rom qila oladigan xalqaro til darajasida
ko’tariladi va dunyo xalqlari bu tilni sevib o’rganib , samimiy hurmat qiladilar .
O’zbek tili va uning davlat tili sifatidagi ahamiyati.
O’zbek tili va uning davlat tili sifatidagi ahamiyati.
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.