Parazit o'simliklar
Оценка 5

Parazit o'simliklar

Оценка 5
Документация +2
docx
экология
31.12.2022
Parazit o'simliklar
Parazit o'simliklar.docx

ПАРАЗИТ ЎСИМЛИКЛАР.

 

Parazit o'simliklar. Hayvonlarda bo'lgani kabi o'simliklarda ham parazit hayot kechirish xususiyati mavjud bo'lib, bu organizmlarning ekologik guruhi hisoblanadi.

Parazit o'simliklarning deyarli barchasi yopiqurug'li o'simliklarga mansub bo'lib, xo'jayin organizm to'qimasidagi modda hisobiga hayot kechiradi. Parazit o'simliklarni ayni vaqtda 20 oilaga mansub 4 500 turi aniqlangan.

KLASSIFIKATSIYASI

1a. Obligat parazit o'simliklar - bular xo'jayin o'simliksiz yashay olmaydi, ularning hayoti to'lig'icha xo'jayin o'simlikka bog'liq.

1b. Fakultativ parazit o'simliklar - bular xo'jayin o'simliksiz ham yashay oladi.

2a. Poya parazitlari - gaustoriyasi poyasidan hosil bo'luvchi parazit o'simliklar.

2b. Ildiz parazitlari - gaustoriyasi ildizidan hosil bo'luvchi parazit o'simliklar.

3a. Goloparazit o'simliklar - hayot siklining barcha bosqichi parazitlik bilan kechuvchi o'simliklar. Bunday parazitlar hujayrasida xlorofill bo'lmaydi.

3b. Yarim parazit o'simliklar - hayotining qaysidir bosqichida fotosintez qiladi. Ba'zi turlari xo'jayin o'simlik tanasidan faqat suv va mineral moddalar olsa, boshqa bir turlari esa organik moddalarni ham o'zlashtiradi.

VAKILLAR

G'arbiy avstraliya rojdestvo daraxti obligat, ildizli yarim parazit o'simlik hisoblanadi.

https://ru.m.wikipedia.org/wiki/Нуитсия

Rhinanthus minor fakultativ ildizli yarim parazit bir yillik o'simlik hisoblanadi.

https://ru.m.wikipedia.org/wiki/Погремок_малый

Omela esa obligat poyali yarim parazit o'simlik hisoblanadi.

https://ru.m.wikipedia.org/wiki/Омела

Zarpechaklar turkumi vakillarining deyarli barchasi poyali goloparazit o'simlik hisoblanadi.

https://ru.m.wikipedia.org/wiki/Повилика

Hydnora esa ildizli goloparazit o'simlik hisoblanadi.

https://en.m.wikipedia.org/wiki/Hydnora

Biz biladigan o'sha mashhur rafleziya ham goloparazit o'simlik hisoblanadi.

https://en.m.wikipedia.org/wiki/Rafflesia

Raffleziya arnoldi – ikki urug’pallalilar sinfi, raffleziyadoshlar oilasi, raffleziya turkumiga mansub yagona o’simlik. Parazit o’simlik sifatida o’sadi. U Indoneziyaning uchta milliy gulidan biri hisoblanadi.

Ushbu o’simlikning tarqalish areali juda ham tor bo’lib, Sumatra va Kalimantan orollarining seryomg’ir o’rmonlarida o’sadi, ayrim manbalarga ko’ra Barneo orolida ham uchraydi. Raffleziya arnoldining tanasi asosan bitta yirik guldan tashkil topgan bo’lib, uning poyasi, ildizi va barglari mavjud emas. Gullarning diametri 60-100 sm gacha, vazni 8 kg gacha yetadi.

Ushbu endemik parazit o’simlik to’g’ri kelgan daraxtlarda ham parazitlik qilavermaydi. U asosan ko’p yomg’ir yog’adigan o’rmonlardagi tokdoshlar oilasiga mansub tetrastigma turkumiga mansub lianalarning tanasida parazitlik qiladi.

Gullari ikki jinsli, tojibarglari qizil-jigarrang tusda, yetarlicha og’ir va hasharotlarni jalb etish uchun o’ziga xos hid taratadi (chirayotgan go’sht hidi). Asosiy changlatuvchilari o’rmon pashshalari hisoblanadi. G’unchalari bir necha oy davomida rivojlanadi, gullash davri ham bir necha kundan iborat.

Mevalari zeravor meva ko’rinishida bo’lib, ichi mayda urug’larga mo’l, asosan fillar orqali, ayrim holatda esa chumolilar orqali tarqaladi. Fillar liana tanasida raffleziya mevasini ezib o’tib ketganda uning oyog’i ostiga meva ichidagi urug’lar chiqib sanchilib qoladi, fil qachonki tetrastigmalar poyasini ezib o’tib ketayotganda mana shu oyoqqa sanjilgan urug’lar xo’jayin poyasiga sanchilib o’zining parazitlik faoliyatini boshlaydi.

Ayni vaqtda o’rmonzorlarni o’zlashtirish natijasida raffleziya arnoldining areali borgan sari qisqarib bormoqda.

Yuqorida keltirilgan vakillarning nomi ustiga bosib ularning rasmlari va ular haqidagi ma'lumotlar bilan wikipedia ochiq ensiklopediyasi orqali tanishishingiz mumkin.

 


ПАРАЗИТ ЎСИМЛИКЛАР. Parazit o'simliklar

ПАРАЗИТ ЎСИМЛИКЛАР. Parazit o'simliklar

Yarim parazit o'simliklar - hayotining qaysidir bosqichida fotosintez qiladi

Yarim parazit o'simliklar - hayotining qaysidir bosqichida fotosintez qiladi

Raffleziya arnoldi – ikki urug’pallalilar sinfi, raffleziyadoshlar oilasi, raffleziya turkumiga mansub yagona o’simlik

Raffleziya arnoldi – ikki urug’pallalilar sinfi, raffleziyadoshlar oilasi, raffleziya turkumiga mansub yagona o’simlik

Mevalari zeravor meva ko’rinishida bo’lib, ichi mayda urug’larga mo’l, asosan fillar orqali, ayrim holatda esa chumolilar orqali tarqaladi

Mevalari zeravor meva ko’rinishida bo’lib, ichi mayda urug’larga mo’l, asosan fillar orqali, ayrim holatda esa chumolilar orqali tarqaladi
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
31.12.2022