Mavzu: Paint da rasmlarni qayta ishlash
Dars maqsadi:
a) Talimiyligi: O’quvchilarga Paint grafik muharriri haqida ma’lumot berish
b) Tarbiyaviyligi: O’quvchilarning kompyuter savodxonlik malakasini oshirish
O’quvchilarga qo’yiladigan talablar
1. O’quvchi bilishi kerak: Paint da rasmlar bilan ishlashni
2. O’quvchi bajara olishi kerak : 1 – 5 mashlar
3. Uyga vazifa : 6 – 7 mashqlar
Dars jihozi: kompyuterlar, disketalar ;
Oqituvchi:
Darsning borishi:
Paintda rasm qismi faylga qanday saqlanadi?
Bir necha rasmning bo'laklarini birlashtirib yangi mazmundagi rasm hosil qilish mumkin. Buning uchun avval rasmlaming kerakli qismlarini ajratib olib alohida fayllarda saqlash maqsadga muvofiq. Paintda rasmning istalgan qismini belgilab olib biror nom bilan saqlab qo'yish imkoniyati mavjud. Bu vazifaquyidagiketma-ketlikdaamalgaoshiriladi:
1) Rasmning kerakli qismi uskunalar panelining Ш yoki Ш uskunasi yordamida belgilanadi ;
2) Tahrir menyusining Faylga nusxalash (Копировать в файл) bo'limiga kiriladi (2-rasm);
3) Fayl nomi kiritilib (masalan,"epizod 1") Saqlash (Сохранить) tugmasi tanlanadi yoki "Enter" klavishi bosiladi (3- rasm);
4) Natijada "epizodl" faylida (4-rasmdagi kabi) kiyikning oq fonli ko'rinishi hosil bo'ladi.
Paintda bir nechta rasm qanday birlashtiriladi?
Bir nechta rasmdan yangi rasm hosil qilish uchun quyidagi ketma-ketlikdagi amallar bajariladi:
1) Paint dasturi ishga tushiriladi;
2) Tahrir menyusining Fayldan olib qo'yish (Вставить из файла) bo'limiga kiriladi(5-rasm);
3) Kerakli fayl (birinchi rasm) tanlanib Ochish (Открыть) tugmasi tanlanadi yoki "Enter" klavishi bosiladi (6-rasm);
4) Ochilgan rasmni ishchi maydonning kerakli joyiga joylashtiriladi va o'lchami zaruratga qarab o'zgartiriladi (7-rasm);
5) Huddi birinchi rasm kabi ikkinchi (uchinchi va hokazo) rasmlar birinchi rasm ustiga fayldan ochiladi (8-rasm);
6) Keyingi
joylashtirilgan rasmlarning oq foni avval joylashtirilgan rasmlarning bir
qismini to'sib qo'yadi (8-rasmdagi ko'rinish kabi). Bu kamchilikni bartaraf
etish uchun Rasm (Рисунок) menyusining Shaffof bo'lmagan
fon (Непрозрачный фон) amali inkor etiladi. Natijada oq fon
shaffof fonga o'tadi (9-rasm);
7) Hosil bo'igan shaffof fonli rasmni ishchi maydonmng kerakli joyiga joylashtirib, kerakli o'lchamga keltiriladi va saqlab qo'yiladi (10-rasm).
Amaliy topshiriqlar
1-mashq. 12-dars 2-mashqda hosil qilingan 12-rasmdagi baliqchani alohida faylda "Baliqcham" nomi bilan saqlab qo'ying.
2-mashq. a) 11-rasmdagi ko'rinishlarni hosil qilib, mos ravishda, "archa" (1a-rasm), "oy" (1 b-rasm) va "sham" (1 d-rasm) nomli fayllarda saqlang;
b) "oy" faylidagi rasmni "archa" faylidagi archa uchiga mutanosib o'lchamda joylashtiring va "archaoy" nomli faylda saqlang;
d) "sham" faylidagi rasmni "archaoy" faylidagi archaning bir necha joyiga mutanosib o'lchamda joylashtiring va "Yangi yil" nomli faylda saqlang.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.