Populyatsiyalar ekologiyasi
Оценка 4.8

Populyatsiyalar ekologiyasi

Оценка 4.8
Документация +2
docx
экология
Детсад
31.12.2022
Populyatsiyalar ekologiyasi
Populyatsiyalar ekologiyasi.docx

ПОПУЛЯЦИЯЛАР ЭКОЛОГИЯСИ

Ekologiya bo‘limlari. Ekologiya biologik tizimlar turiga qarab quyidagi bo‘limlarga ajratiladi: autekologiya (faktorial ekologiya), demekologiya (POPULATSIYALAR EKOLOGIYASI), sinekologiya – (jamoalar ekologiyasi), biogeotsenologiya (ekotizimlar ekologiyasi), global ekologiya (biosfera ekologiyasi), evolutsion ekologiya, tarixiy ekologiya (1-rasm).

Autekologiya organizmning tashqi muhit bilan munosabatlari, masalan, hayotiy sikli, muhitga moslanishdagi xulq-atvori kabilarni o‘rganadi.

DEMEKOLOGIYA – POPULATSIYALAR EKOLOGIYASI, populatsiyada individlar sonining o‘zgarishi, populatsiyadagi guruhlar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganuvchi bo‘lim. Demekologiya doirasida populatsiyalarning shakllanish shart-sharoitlari o‘rganiladi. Demekologiya tashqi muhit ta’siri ostida individlar sonining o‘zgarish sabablarini o‘rganadi.

Sinekologiya – har xil turga mansub organizmlar jamoalarining o‘zaro va tashqi muhit bilan munosabatlarini o‘rganadi. Bunda ayrim hududlarda yashaydigan mikroorganizmlar, o‘simlik, hayvon turlarining xilma-xilligi, tarqalishi, ular orasidagi raqobatlar va boshqa ekologik muammolar o‘rganiladi.

Biogeotsenologiya biogeotsenozlarning tuzilishi va xususiyatlarini o‘rganadi.

Evolutsion ekologiya – sayyoramizda hayotning paydo bo‘lishi bilan birga ekologik sistemalarning o‘zgarishini, biosfera evolutsiyasiga insonning ta’sirini o‘rganadi. Evolutsion ekologiya paleontologik ma’lumotlardan va hozirgi zamon ekologik sistemalari haqidagi ma’lumotlardan foydalanib qadimiy ekosistemalarni nazariy rekonstruksiyalash (qayta yaratish)ga harakat qiladi.

Tarixiy ekologiya – insoniyat sivilizatsiyasi rivojlanishi natijasida neolit davridan hozirgi davrgacha yuz bergan ekologik o‘zgarishlarni o‘rganadi.

Bundan tashqari, bu fanning sayyoramiz tabiatidagi alohida zonalarni o‘rganuvchi bo‘limlari bor. Masalan, o‘rmon ekologiyasi, cho‘l ekologiyasi, botqoq ekologiyasi, ko‘l ekologiyasi va hokazo.

Ba’zan ekologiya organizmlar va atrof-muhit o‘rtasidagi munosabatlarning umumiy qonuniyatlarini o‘rganadigan umumiy va bir qancha xususiy bo‘limlarga: o‘simliklar ekologiyasi, hayvonlar ekologiyasi, mikroorganizmlar ekologiyasi, baliqlar ekologiyasi, sutemizuvchilar ekologiyasi va boshqalarga ajratiladi. Ekologiyada ko‘pgina amaliy yo‘nalishlar ham mavjud. Landshaftlar ekologiyasi inson faoliyati va tabiatni oqilona boshqarish bilan bog‘liq ekologik o‘zgarishlarni bashorat qilish uchun ilmiy asoslarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Sanoat ekologiyasi ekologik toza mahsulotlarni ishlab chiqarish va chiqindisiz texnologiyalarni qo‘llash bilan shug‘ullanadi. Ijtimoiy ekologiya atrof-muhitning insonga va jamiyatning tabiatga ta’sirini o‘rganadi. Matematik ekologiya sayyoramizning turli tabiiy hududlarida organizmlarning son jihatdan taqsimlanish qonuniyatlarini ko‘rib chiqadi.

Atrof-muhitni o‘rganish metodlari. Atrof-muhitni o‘rganishda qo‘llaniladigan barcha metodlar uchta katta guruhga bo‘linadi.

Dala metodi. Dala metodi yordamida tabiiy sharoitda populatsiyalarga muhit omillarining kompleks holda ko‘rsatadigan ta’siri o‘rganiladi.

Dala metodidan foydalanish tabiiy muhit sharoitida biosistemalarning rivojlanishi va hayotiy faoliyatiga atrof-muhitning ta’sirini o‘rganish imkonini beradi. Meteorologik kuzatishlar, organizmlar sonini hisoblash (masalan, qushlarni halqalash orqali tadqiqotchilar mavsumiy migratsiya davrida qushlarning harakatini kuzatadilar) dala metod yordamida amalga oshiriladi.

Kuzatuv materiallari yozuvlar, rasmlar, fotosuratlar, videolavhalarda qayd etiladi.

Ekologik tajribalar metodi yordamida ayrim omillarning organizm rivojlanishiga ta’siri o‘rganiladi. Tabiiy muhitda biron-bir omilning organizmga yoki jamoaga ta’sirini alohida o‘rganishning imkoni yo‘q, chunki barcha omillar majmua tarzda ta’sir etadi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun odatda birorta tabiiy sistema modellashtiriladi. Masalan, akvarium chuchuk suv havzasining modeli hisoblanadi.

Matematik modellashtirish metodi ekosistemaning yashovchanligi va kelajagini oldindan aniqlashga yordam beradi. Bu usulni amalga oshirishda kompyuterdan keng foydalaniladi. Metodning mohiyati shundaki, o‘rganilayotgan tizimning xususiyatlari matematik belgilarga aylantiriladi. Keyin, ayrim ko‘rsatkichlarning qiymatlari o‘zgartirilib, o‘rganilayotgan tizimda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lishi o‘rganiladi. Mazkur ekotizim modellari tabiiy va laboratoriya sharoitlarida to‘plangan ko‘plab ma’lumotlar asosida shakllantiriladi. Bunday matematik modellar tajribada tekshirish 13

qiyin bo‘lgan holatlarni o‘rganishga yordam beradi. Ular iqlim o‘zgarishlari va antropogen omillar ta’sirida ekotizimlarning rivojlanishini oldindan bilish imkonini beradi. Ko‘pincha ekologiyada qo‘llaniladigan tadqiqot metodlari atrof-muhitni tadqiq etish uchun birgalikda qo‘llaniladi.


 

ПОПУЛЯЦИЯЛАР ЭКОЛОГИЯСИ Ekologiya bo‘limlari

ПОПУЛЯЦИЯЛАР ЭКОЛОГИЯСИ Ekologiya bo‘limlari

Evolutsion ekologiya – sayyoramizda hayotning paydo bo‘lishi bilan birga ekologik sistemalarning o‘zgarishini, biosfera evolutsiyasiga insonning ta’sirini o‘rganadi

Evolutsion ekologiya – sayyoramizda hayotning paydo bo‘lishi bilan birga ekologik sistemalarning o‘zgarishini, biosfera evolutsiyasiga insonning ta’sirini o‘rganadi

Sanoat ekologiyasi ekologik toza mahsulotlarni ishlab chiqarish va chiqindisiz texnologiyalarni qo‘llash bilan shug‘ullanadi

Sanoat ekologiyasi ekologik toza mahsulotlarni ishlab chiqarish va chiqindisiz texnologiyalarni qo‘llash bilan shug‘ullanadi

Masalan, akvarium chuchuk suv havzasining modeli hisoblanadi

Masalan, akvarium chuchuk suv havzasining modeli hisoblanadi
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
31.12.2022