San'atshunoslik fakulteti "Posboniman muqaddas yurtning" mavzusida o'tkazilgan konsert dasturining
Buxoro shahri 13.01.2021 Yil San'atshunoslik fakulteti professoro'qituvchilari 12-5muz-20 va 12-3muz20, 12-Icholg'u-20, 12-2 cholg'u20, guruh rahbarlari va talabalari, Buxoro ixtisoslashtirilgan san'at maktabi orkestr jamoasi, Harbiy ta'limi kursantlari Milliy armiya jamiyatimiming ajralmas qismiga hamda o'sib kelaètgan èsh avlod va harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning faol haètiy pozitsiyasini mustahkamlash, mamlakat kelajagi uchun fuqarolik mas'uliyati hissini oshirishga xizmat qiluvchi yetakchi institutga aylanmoqda. O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini munosib kutib olish va uni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlash, aholida milliy armiyadan faxrlanish va unga bo'lgan ishonch hissini oshirish, èshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni ta'minlash maqsadida bugungi kunda Vatanni himoya qilish èshi, faoliyat sohasi va kasbidan qat'iy nazar har bir fuqaroning chinakam sharafli burchidir va aynan shu sababli respublikada Vatan himoyachilari kuni bayramini nishonlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Shu munosabat bilan tayèrlangan tadbirni fakultet dekani B. X. Madrimov kirish so'zi bilan ochib berdi. Tadbirda dastlab O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi. Davlat madhiyasini Buxoro ixtisoslashtirilgan san'at maktabi orkestr jamoasi va tadbir ishtirokchilari ijro etishdi. "Posboniman muqaddas yurtning" mavzusida o'tkazilgan konsert dasturini "Musiqa ta'limi" yo'nalishi I -bosqich talabasi Abdurasul Raximov olib bordi.Bayram tadbiriga jo'shqin kayfiyat ulashish maqsadida "Cholg'u ijrochiligi" ta'lim yo'nalishi doirachilar guruhi ijod namunalaridan ijro etishdi.
'Musiqa ta'limi” yo'nalishi talabasi Ilhom Pulatov o'zining bayramona "Ofitserlar” nomli qo'shig'ini ijro etdi. Ijodkor talabalardan Munisa Hayitova o'zining "Ispancha” va "Buxorocha” raqslarini ijro etib, tadbir ishtirokchilariga ko'tarinki kayfiyat ulashdi. "Musiqa ta'limi” yo'nalishi l-bosqich talabalari Muhayě Murodova va Oysha Muhammadovalar yigitlar, vatan himoyachilari va ustozlarni tabriklash maqsadida "Leytenant” qo'shig'ini ijro etdilar. Xuddi shunday l-bosqich talabasi Shavkat Norqulov milliy estrada san'atimizning talďorlanmas namunalaridan bo'lgan "Umid” kuyini ijro etib, yurtimiz posbonlarini bayram bilan qutladi. Iqtidorli talabalardan bo'lgan Alfred Samadov va Zamigor Davronova tomonidan "Askar” qo'shig'i ijro etildi va ushbu qo'shiq jo'rligida harbiy chiqishlar namoyish etildi. Tabrik uchun "Musiqa ta'limi” yo'nalishi l-bosqich talabasi Jasurbek Subxonov tomonidan Jahon estradasidan "Melodramma” mahorat bilan ijro etildi. "Cholg'u ijrochiligi” yo'nalishi 1-bosqich talabasi Shuhratjon Ramazonov o'zi tomonidan ëzilgan tabrik she'rini o'qib berdi. Tadbimi yakunlash va vatanimiz posbonlarini tabriklash uchun 'Musiqa ta'limi” kafedrasi mudiri Azamat Rajabov tomonidan "O'zbek elim” qo'shig'i mahorat
bilan ijro etildi.
12-3muz 20 guruh rahbari: matov
Nurbek Erkinovich
Материалы на данной страницы взяты из открытых источников либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.