“Maktabgacha musiqiy-estetik ta`lim nazariyasi va metodikasi” fanidan
“Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida
musiqa mashg`ulotlarida qo`llaniladigan
faoliyatlar va ularning turlari” mavzusidagi
TAQDIMOTI
Muxammadjonova muslimaxon
Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida musiqa mashg`ulotlarida qo`llaniladigan faoliyat turlari quyidagi bosqichlardan iborat:
1.MUSIQA TINGLASH.
2.QO’SHIQ AYTISH.
3.MUSIQIY RITMIK
XARAKATLAR.
Musiqa asari bilan dastlabki tanishish bosqichi. Asar bilan dastlabki uchrashuv paytida qo’shiqchining ovozi va musiqa asbobining sadosi hamda mashq yoki raqs paytidagi xarakatlar bola idrokining ob’ekti bo’ladi. Bu bosqichda bolani musiqa asari bilan tanishtirish, uni musiqa tinglashga, musiqada ifodalanayotgan his-tuyg’ularga hamdard bo’lishga erishish asosiy maqsad qilib olinadi.
Musiqani tinglay olishga o’rgatishning birinchi bosqichida bolalarda musiqa asariga qiziqish uyg’otish sodir bo’ladi. Bu paytda bolalarning umumlashtirish va farqlay olish qobiliyati ham ancha kuchsiz bo’ladi. Yangi musiqa materialini o’zlashtirishda eshitish, ko’rish va xarakat qilish analizatorlari qatnashadi. Bu bosqichda bolaning bosh miya qobig’i unga ta’sir qilayotgan xodisalarni vaqtincha o’zaro bog’lay olishi mumkin, shuning uchun ham materialni parchalarga bo’lmasdan yaxlit holda bergan ma’qul. Ularni parchalarga ajratib o’rgatish vazifasi ikkinchi bosqichga qoldiriladi.
Pedagog xarakatlarni bevosita musiqa sadosi yoki kuy jo’rligida ko’rsatadi. Yangi qo’shiqni o’rgatish jarayonida pedagog ba’zi kuni turli musiqa asboblarida chaldirib, shu asboblarda ijro etilgan kuyni o’zaro taqqoslaydi, shu yo`l bilan uning xotirada yaxshi o’zlashib qolishini ta’minlaydi.
Birinchi bosqich uncha katta bo’lmasligi - bir yoki ikki mashg’ulotdan ortmasligi kerak. Bunda musiqa tinglash, qo’shiqlarni ijro etish yoki musiqa-ritmik xarakatlarni bajarishdan, obrazli va poetik nutqdan namunalar ko’rsatish, bolalar bilan savol-javob orqali suxbatlashish, pedagog tomonidan taqdim etilgan materialni bolalarga bajartirib ko’rish kabi usullardan foydalaniladi.
Qo’shiq yoki musiqiy-ritmik xarakatlarni ijro eta oladigan qilib shakllantirish, idrok qilish bosqichi.
Ikkinchi bosqichning vazifalariga quyidagilar kiradi:
Musiqani chuqur idrok etish uchun zarur bo’lgan quvnoq mehnat sharoitini yaratish,
O’z-o’zini nazorat qila olish,
Qo’shiq aytganda ovoz me’yorini va eshitishni uyg’unlashtira bilish yoki, raqs va mashqlarda eshitish bilan harakatni o’zaro uyg’unlashtira olish qobiliyatini tarbiyalash, buning uchun uzluksiz mashg’ulotlar o’tkazib turish, topshiriqlarni to’g’ri va aniq bajara oladigan bo’lishlariga erishish.
Bu bosqichda bolalar ijrosida uchraydigan barcha kamchiliklar aniqlanadi va tuzatib boriladi. O’rgatishning ikkinchn bosqichida pedagog materialni qayta-qayta mustahkamlaydi, natijada bolalarning bosh miya qobig’ida kuzatish (uyg’onish) kontsentratsiyasi ancha kuchayadi, ular asta-sekyn topshiriqni to’g’ri bajara oladigan bo’lib borishadi. Umuman, bunday bilimning shakllanish bosqichi uzoq vaqt davom etadi. Masalan, bolalar ba’zi qo’shiqlarni 9-12 mashg’ulotlardan so’nggina mustaqil ravishda ta’sirli qilib aytadigan bo’lishadi.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.