Prezentatsiya
FAN: UMUMIY PEDAGOGIKA
MAVZU: PEDAGOGIK QOBILIYATNI SHAKILLANTIRISH
YO’LLARI
Tayyorladi: 310 guruh talabasi A.M.Umidullaev
Reja:
O’qituvchining didaktik va akademik qobiliyatlari.
O’qituvchining perseptiv va nutqiy qobiliyatlari.
O’qituvchining tashkilotchilik, avtoritar va kommunikativ qobiliyatlari.
4. O’qituvchining pedagogik xayoli, diqqatni taqsimlay olish qobiliyati.
O’QITUVCHINING DIDAKTIK VA AKADEMIK QOBILIYATLARI.
Didaktik qobiliyatga ega bo’lgan o’qituvchi zarurat tug’ilganda qiyin o’quv materialini – osonroq, murakkabrog’ini soddaroq, tushunish qiyin bo’lganini tushunarliroq qilib o’quvchilarga moslashtirib bora oladi.O’qituvchining manna shu xislatlarini bilib olgan o’quvchilar odatda: «O’qituvchining eng muxim tomoni ham uning hamma narsani aniq-ravshan va tushunarli qilib berishidada. Bunday o’qituvchining qo’lida maza qilib o’qiging keladi»; «Unisi esa hyech narsaga yaramaydigan o’qituvchi, hyecham aniq tushuntirib bera olmas edi»; «O’quv materialini oldida tirik odamlar emas, balki qandaydir mexanizmlar bordek, zerikarli va noaniq – mujmal qilib tushuntiradi. Biz bunday o’qituvchilarni yoqtirmaymiz»-deydilar.
Akademik qobiliyatlar – matematika, fizika, biologiya, ona tili, adabiyot, tarix va boshqa shu kabi fanlarga xos qobiliyatlardir.
Qobiliyatli o’qituvchi o’z fanini faqat kurs hajmidagi emas balki atroflicha keng, chuo’ur bilib, bu soxada erishilgan yutuqlar va kashfiyotlarni doimiy ravishda kuzata borib, o’quv materialini mutlaqo erkin egallab, unga kata qiziqish bilan qaraydi hamda ozgina bo’lsada tadqiqot ishlarini olib boradi.
O’QITUVCHINING PERSEPTIV VA NUTQIY QOBILIYATLARI.
Perseptiv qobiliyatlar – bu o’quvchining, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira bilish, psixologik kuzatuvchanlik, o’quvchi shaxsining vaqtinchalik psixik holatlari bilan bog’liq nozik tomonlarini tushuna bilishdan iborat qobiliyatlardir.
Nutq qobiliyati – kishining o’z to’yg’u-xislarini nutq yordamida, shu bilan birga mimika va pantomimika yordamida aniq va ravshan qilib ifodalab berish qobiliyatidir. Bu o’qituvchilik kasbiga muxim qobiliyatlardandir. Chunki o’qituvchidan o’quvchilarga axborot asosan ikkinchi signal tizimi – nutq orqali beriladi. Bunda mazmun jihatdan uning ichki va tashqi xususiyatlari nazarda tutiladi.
Qobiliyatli o’qituvchining nutqi jonli, obrazli, aniq-ravshan intonasiyali va ifodali, emosiyaga boy, dona-dona bo’lib, bunda stilistik va grammatik xatolar mutlaqo bo’lmasligi loizm. Bir xil ohangdagi ezma nutq o’quvchilarni juda tez toliqtirib, ularni zeriktiradi va bexafsala qilib quyadi. Shu bilan birga bunday nutq I.P.Pavlovning fiziologik ta’limotiga ko’ra doimiy ta’sir etuvchan qo’zg’ovchiga aylanib, katta bosh miya yarim sharlar pustida tormozlanish jarayonini yuzaga keltirib, o’quvchini ezma va uyquchan qilib quyadi. Nutq tezligi ko’p jihatdan o’qituvchining individual psixologik xususiyatga bog’liq. Ayrim o’qituvchilar tez gapirsalar boshqalari sekin gapiradilar. Ammo o’qituvchi o’quvchilarning bilimlarni egallab olishlari uchun eng qulay tezlikdagi nutq-o’rtacha jonli nutq ekanligini edan chiqarmasligi lozim.
3. O’QITUVCHINING TASHKILOTCHILIK, AVTORITAR VA KOMMUNIKATIV QOBILIYATLARI.
Tashkilotchilik qobiliyati – bu birinchidan, o’quvchilar jamoasini uyushtira bilish, bunday jamoani jipslashtira olish va ikkinchidan, o’zining shaxsiy ishini to’g’ri tashkil qila olish qobiliyatidir.
AVTORITAR QOBILIYATI – bu o’quvchilarga bevosita emosional-irodaviy ta’sir etib, ularda obru orttira bilishdan iborat qobiliyatlardir.
Avtoritar qobiliyat o’qituvchining rostguyligi, irodaviy uddaburonligi, o’zini tuta bilishi, farosatliligi, talabchanligi kabi irodaviy xislatlari hamda qator shaxsiy xislatlarga, shu bilan birga o’quvchilarning ta’lim-tarbiyasida javobgarlikni his etishi, uning e’tiqodi, o’quvchilarga ma’naviy va ma’rifiy e’tiqodni singdira olganligiga ishonch kabi xislatlariga ham bog’liqdir.
Kommunikativlik qobiliyati – bu bolalar bilan muloqotda bo’lishga, o’quvchilarga yoshdoshish uchun to’g’ri yo’l topa bilishga, ular bilan pedagogik nuqtai-nazardan maqsadga muvofiq o’zaro aloqa bog’lashga pedagogik taktning mavjudligiga qaratilgan qobiliyatdir.
4. O’QITUVCHINING PEDAGOGIK XAYOLI, DIQQATNI TAQSIMLAY OLISH QOBILIYATI.
Pedagogik xayol – kishining o’quvchilar shaxsini tarbiyaviy tomondan loyixalashtirishda qz ish harakatlarining natijasini oldindan kura bilishda namoyon bo’ladigan maxsus qobiliyatidir. Bu qobiliyat o’qituvchi ma’lum o’quvchidan kelgusida Kim chiqishini ko’z oldiga keltirishida, tarbiyalanuvchilarda u yoki bu xildagi xislatlarning o’sib rivojlanishini oldindan ko’ra bilishida namoyon bo’ladi.
Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati – bu qobiliyat bir vaqtning o’zida diqqatni bir qancha faoliyatga qarata olishda namoyon bo’lib, o’qituvchi ishida g’oyat muxim axamiyatga egadir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
I.A.Karimov. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. T, 1997 y. 7-12 betlar.
V.A.Kruteskiy. Pedagogik psixologiya asoslari. T, 1976 y. 296-300 betlar.
M.G.Davletshin. Zamonaviy maktab o’qituvchisining psixologiyasi. T, 1999 y. 11-18 betlar.
E.G’oziyev. Oliy maktab psixologiyasi. T, 1997 y. 94-98 betlar.
www.pedagog.uz
www.ziyonet.uz
Материалы на данной страницы взяты из открытых источников либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.