ЭТО СЛАЙД ПО ХИМИИ ДЛЯ УЧЕНИКОВ И УЧИТЕЛЯМ НА ЭТОМ СЛАЙДЕ ЕСТЬ ИНФОРМАЦИЯ О ГИДРОЛИЗЕ НЕ ОРГАНИ ЧЕСКИХ СОЛЕЙ НО ТОЛЬКО СЛАЙД НА УЗБЕКССКОМ ЯЗЫКЕ У НАС ЭТО ДЛЯ 9 КЛАССОВ ЕСТЛИ НУЖНО ПЕРЕВОДИТЕ АВТОР МИРЗОЕВА ХУРСАНДОЙ ИЗ ЗАРАФШАНА (УЗБЕКИСТАН)
ZARAFSHON SHAHAR
12UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI
KIMYO FANI O’QITUVCHISI
MIRZAYEVA XURSANOYNING
8“V” SINFLAR UCHUN
KISLOROD GURUHCHASI ELEMENTLARI.
OLTINGUGURT
MAVZUSIGA OID BIR SOATLIKKislorod guruhchasi elementlari.Oltingugurt.
Sinf: 8“V” sana: 4.03.2019 y
Darsning maqsadlari:
Ta’limiy:. O'quvchilarga kislorod guruhchasi elementlarining kimyoviy elementlar
davriy jadvalida joylashuvi, atom tuzilishi,oltingugurtning tabiatda tarqalishi,fizik va
kimyoviy xossalari haqida ilmiy tushunchalar berish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarga o’zaro hamkorlik, hurmat, faollik, ishchanlik,
tartiblilik va madaniyatlilikka o’rgatish.Ularga ekologik tarbiya berish.
Rivojlantiruvchi:O’quvchilarga tafakkur, iroda, idrok va hisiyotni jilovlashni
o’rgatish.Mavzu yuzasidan olgan bilim ko`nikma va malakalarini rivojlantirish.Ularning
kasblarga bo`lgan qiziqishlarini oshirib,shifokorlik kasbiga nisbatan havas uyg`otish.
Dars turi: Noan`anaviy. Yangi pedagogik texnologiyasi asosida.
Dars usuli: Nazariy, amaliy, mustaqil bajarish
Dars uslubi: Tarqatmalar.Guruhlar bilan ishlash.laboratoriya mashg`uloti.
Dars jihozi: Davriy jadval,bukletlar, dars ishlanmasi, tarqatmalar.
Laboratoriya jihozlari:probirkalar to`plami,oltingugurt ,suv,stakan,quruq spirt,
shtativ,gugurt.
Darsning borishi.
I.Tashkiliy qism 3 daqiqa
II.O`tgan mavzuni so`rash 10 daqiqa
III.Yangi mavzu bayoni. 15 daqiqa
IV.Amaliy mashg`ulot 7 daqiqa
V.Yangi mavzuni mustahkamlash. 5 daqiqa
VI.O`quvchilarni baholash. 3 daqiqa
VII.Uyga vazifa berish 2 daqiqa
Darsning rejasi:
1. Kislorod guruhchasi elementlari.
2. Davriy sistemadagi o'rni. Atom tuzilishi.
3. Birikmalardagi valentligi va oksidlanish darajasi.
4. Oltingugurt.
O`qituvchi: Assalomu alaykum aziz o`quvchilar.Good morning pupils!
O`quvchilar: Assalomu alaykum!Good morning my Teacher!
Oqituvchi: Bugun darsimizda kim navbatchi?
O`quvchi: Bugun darsimizda men navbatchi.Darsga hamma tayyor
Bugungi darsimiz noan`anaviy usulda o`tilishi sababli ,sizlarni 2 guruhga ajratamiz va
guruh sardorlarini saylab tanlagan nomlaringa ta`rif beringlar.
1guruh “Kislorod”, biz kislorod elementini tanladik,chunki kislorod yerda hayotiy
faoliyatni ta`minlovchi oddiy moddadir.
Mening nomim kislorod,
Neki bor tirik jonzot.
Hayotiy asragayman,Bag`ishlab unga hayot.
2guruh “Oltingugurt”, biz ham oddiy modda oltingugurtni tanladik.Oltingugurt
qishloq xo`jaligida zararkunandalarga qarshi ishlatiladigan oddiy moddadir.
Metallmaslar ichida ,
Ajralib turar nomim.
Biling dori darmonlar,
Tayyorlanmaydi mensiz.
O`qituvchi: O`tgan darsimizda qaysi mavzuni o`tgan edik?
“Galogenlar” mavzusi bo`yicha tajribaviy masalalar yechish.
O`qituvchi: Hozir o`tgan mavzu bo`yicha olgan bilimko`nikmalaringizni savollar
oirqali bilib olamiz. Savolga javob bergan guruh a`zolariga kartochkalar beriladi.
“Ofarin” kartochkasi “5” baho;
“Rag`bat” kartochkasi “4” baho;
“Jarima” kartochkasi “3” baho bilan baholanadi.
O`tgan mavzu bo`yicha savollar:
Savol javoblar orqali “Baliq skleti”da tangachalar yopishtiramiz .
1.Galogen so`zining ma`nosi qanday,nechanchi yilda kim tomonidan fanga
kiritilgan?”galogen” tushunchasini1811yilda nemis kimyogari I.SHveyger
kiritgan.”tuz”va”hosil qiluvchi” ma`nolarini bildiradi.
2.Davriy jadvalda galogenlar qanday joylashgan ,ularning tashqi pog`onasida
nechta elektron bor?VII guruh bosh guruhchasida joylashgan ,tashqi pog`onasida 7 ta
elektroni bor.
3.Galogenlarning tabiatda erkin holatda uchramasligining sababi nimada?Kuchli
elektrmanfiy elementlar bo`lganligi sababli.
4.Plavik shpati minerali tarkibida ftorning massa ulushi nechaga teng?CaF2 da
48,7%ga teng ftorning massa ulushi.
5.Galogenlarni tabiiy birikmalardan qanday ajratib olamiz? Elektroliz,oksidlanish
qaytarilish,oksidlovchilar ta`sir ettirish usullaridan foydalanib olinadi.
6.Sizga birilgan 2 ta probirkaning qaysi birida xlorid kislota borligini qanday
ajratib olasiz?Lakmus qog`ozi ta`sir ettirib bilish mumkin.
7. Davriy jadvalda galogenlarning kimyoviy xossalari qanday o`zgaradi ?
Yuqoridan pastga tushgan sari atom radiusi ortadi,kimyoviy faolligi ham ortadi.
8.Silvinit minerali tarkibida xlorning massa ulushi nechaga teng?KCl*NaCl W=
M
M *100%=
9.Maktab laboratoriyasida galogenlar tarkibida vodorod borligini qanday
aniqlaymiz?Zn+2HCl=ZnCl2+H2
10 Xlorning qanday fizikaviy xossalarini bilasiz?Sarg`ish yashil rangli ,o`tkir xidli,
bo`g`uvchi zaharli gaz.
71
133 *100=53,4% xlor mavjud.11. Galogenlar qanday oksidlanish darajalarini namoyon qiladi?1 oksidlanish
darajasiga ega.
Uy ishi tekshiriladi, bunda o`quvchilar tikib kelgan quroq buyumlari tekshiriladi va
baholanadi.
“Birikmaning nomini top”o`yini
KCl*MgCl2*6H2OKarnallit
KCl*MgSO4*3H2OKainit
MgCl2*6H2O—Bishofit.
CaOCl2Xlorli ohak.
Na3(AlF6)Ftorapatit
NaJO3,KJO3Natriy va kaliy yodat
III.Yangi mavzu bayoni.
Kislorod guruhchasi elementlariga: Kislorod — O, Oltingugurt — S, Selen — Se va
tellur — Te lar kiradi. Poloniy radioaktiv element bo'lib, yadro reaksiyalari natijasida
hosil bo'ladi va doimiy ravishda radioaktiv nur chiqarib parchalanib turadi.
Kislorod guruhchasi elementlari kimyoviy elementlar davriy jadvalida oltinchi
guruhning bosh guruhchasida joylashgan. Ularning tashqi energetik pog'onasida 6 tadan
elektron bor.Bu gruppani umumiy nom bilan xalkogenlar deyiladi.Bu eiementlarning
atomlarining sirtqi qavatida 6 tadan elektron bo`lganligi uchun ular galogenlarga
qaraganda kamroq aktiv bo`lsada metallalmaslarga kiradi.Kislorod guruhidagi
elementlarning fizik kimyoviy xossalari tartib raqami ortishi bilan o`zgarib
boradi.Kislorod guruhchasi elementlarining vodorod bilan hosil qilgan birikmalari H2R
formulaga muofiq keladi.Masalan H2O,H2S,H2Se,H2Te.Ular xalkovodorodlar
deyiladi.Bu guruhning kislorod bilan hosil qilgan birikmalariRO2 va RO3 tipdagi
birikmalarni hosil qiladi.SO2,SO3.
OLTINGUGURT
Tabiatda uchrashi. Oltingugurt va uning birikmalari dunyoning juda ko'p joylarida
shuningdek O'zbekistonda ham uchraydi. Toshkent viloyatining Olmaliq tumanida
oltingugurtning sulfid konlari manjud.
Fizikaviy xossalari.Oltingugurtning uch xil allotropiyasi bo'lib, ular quyidagilar: rom
bik oltingugurt, monoklinik oltingugurt, plastik oltingugurt.Qttiq jismlarni suyuqlik
sirtida qalqib turishi flotatsiya deyiladi.Oltingugurt rudalarida bekorchi jinslardan
tozalsh uchun flotatsiya usulidan foydalaniladi.
Tabiatda asosan sariq rangli, qattiq modda bo'lgan, rombik oltingugurt uchraydi. Suvda
erimaydi va xo'llanmaydi. Uglerod sulfid CS2 va organik erituvchilarda eriydi. Elektr
tokini va issiqlikni o'tkazmaydi. Zichligi 2,07 g/sm3 ga teng.
Kimyoviy xossalari. Vodorod sulfid yonuvchi gazdir. U kislorodda yonadi.
A)Agar kislorod etarli bo'lsa:
2H2S + 3O2 = 2SO2 + 2H2O
bo'lmasa:
kislorod
etarli
B)Agar
2H2S + O2 = 2S + 2H2OVodorod sulfid va sulfid kislota kuchli qaytaruvchi moddalardir: Sulfid kislota boshqa
kislotalar singari kislotalar uchun umumiy kimyoviy reaksiyalarni ham beradi.
Ishlatilishi: Oltingugurt sanoatda ko’p ishlab chiqariladi. Olitingugurt qishloq
xo’jaligida zararkurandalarga qarshi moddalar olishda , rezina ishlab chiqarishda, sulfat
kislota olishda , dorilar olishda va vulkanizatsiyada keng qo’llaniladi.
Oltingugurt bioelement hisoblanib,oqsillar tarkibiga kiradi. Quruq oqsilda 0,3%dan
2,5% gacha oltingugurt bo’ladi. Oltingugurt saqlovchi oqsillar tirnoqda, sochda, muguz
qatlamda bo’ladi.Oltingugurt insulin gormoni tarkibiga kiradi va qand miqdorini
boshqarib turadi. CaSO4gips sifatida, MgSO4magniy sulfat dengiz suvida uchraydi
Oltingugurt. Uning tashqi elektron qobig`ida 6 ta elektronnong mavjudligi uni
metalloidlar qatoriga qo`shishni taqozo etadi. Rudalardan olingan oltingugurtni
komovasera (mushtlangan oltingugurt) deyiladi. Bunday oltingugurt haydash orqali
tozalanadi.
O`qituvchi:Kislorod guruhchasi elementlariga qaysi elementlar kiradi?
O`quvchi: O,S,Se,Te,Po
S,Se,Te lar elektron berib nechi oksidlanish darajalarini namoyon qiladi.?
O`quvchi: +4,+6
O`qituvchi: Oltingugurt tabiatda qahday uchraydi?
O`quvchi: Erkin holatda va birikmalar holida uchraydi.
O`qituvchi:oltingugurtning birikmalariga misol keltiring?
O`quvchi: Pirit,rux aldamasi,vodorod sulfidi,gips,taxir tuz, glauber tuzi.
O`qituvchi: Oltingugurtning fizik xossasi qanday?
O`quvchi: Rombik oltingugurt sariq rangli kristall modda bo`lib,suvda
erimaydi.Zichligi2g/sm3 bo`lsada suv yuzasida qalqib turadi.
O`qituvchi:” Flotatsiya “ deb nimaga aytiladi.?
O`quvchi: Qattiq moddalarning suyuqlik yuzasida qalqib turish jarayoniga aytiladi..
O`qituvchi: Oltingugurt kimyoviy reaksiyalarda qanday xossalarni namoyon
qiladi?
O`quvchi: Oksidlovchi.
O`qituvchi : Oltingugurt qanday sonalarda ishlatiladi?
Oquvchi:Kauchukni vulqonlashda,gugurt ishlab chiqarishda,sulfat kislota,dori
darmon,qora porox,qog`oz ishlab chiqarishlarda muhim xom ashy obo`lib xizmat qiladi.
O`quvchilar navbatmanavbat bu savolga javob beradilar.
O`quvchilarning darsdan olgan bilimlarini sinash maqsadida 2 guruhga 2 ta
krossvord beriladi.
O
L
T
I
N
G
U
GU
R
T
“Oltingugurt” krossvordining savollari.
1.Qadimdan ma`lum metall 2.Eng yengil metallning nomi.
3.Haroratni o`lchovchi asbob 4.O`simlikning tuproqqa birikkan qismi
5Nitrat kislotaning tuzlari 6.Quyoshda topilgan element nomi
7.Quyoshdan keladigan zararli nurlar 8.Olov hosil qiladi.
9.O`zbek kimyogar olimi. 10.Kimyoviy jarayonlar nima deyiladi.
11.Metall atomi va kislota qoldig`idan iborat modda nima deyiladi.
K
I
S
L
O
R
O
D
“Kislorod” krossvordining savollari.
1.Qadimdan ma`lum metall. 2.Kimyoviy formuladagi son.
3.Agregat holatlardan biri. 4.Radioaktiv oilaning nomi.
5.Kislorod allatropiyasi. 6.Radioaktivlikni ochgan olim.
7.Biri kislorod bo`lgan murakkab modda.
8.Bir moddaning boshqa moddalar orasida tarqalishi...
Kislorod guruhchasi elementlar.Oltingugurt mavzusining fanlar aro bog`liqligini ko`rib
chiqamiz.
Tarix
Elementlarning
nechanchi yillarda
kashf etilganligini.
Geografiya
Elementlar qaysi
davlat
yoki
shahardan qazib
chiqarilganligi.
Fizika
Oddiy
murakkab
moddalarning
fizik xossalarini
va
Matematika
Masalalar
yechishda
matematik
usullardan
foydalanish
Botanika
O`simliklarni
zararli
hasharotlardan
himoyalashda
qo`llanilishini
Ekologiya
Ishlab chiqarish
jarayonida havoni
ifloslantirmaslikni
Informatika
Internet tarmog`i
orqali qo`shimcha
ma`lumotlar
topishni.V.”Kislorod guruhchasiga ta`rif bering
Guruhga qaysi elementlar kirishini davriy sistemadan ko`rsating
Elementlarning electron konfiguratsiyasini yozing?
Oltingugurtning tabiiy birikmasini ayting?
Mavzuning fanlararo bog`lanshiga tushuncha bering.
Oltingugurtning fizik xossasini ayting?
Oltingugurtning ishlatilish sohalarini sanab bering?
VI.O`quvchilarni baholash, rag`batlantirish.
VII.Uyga vazifa: CaSO4*2H2O gips tarkibida oltingugurtning massa ulushi nechaga
teng.