ПРОДУЦЕНТ НИМА?
PRODUTSENTLAR (lot. producentis — ishlab chiqaradigan, hosil qiladigan) — fotosintez va xemosintez yordamida anorganik moddalardan organik moddalar hosil kiladigan avtotrof organizmlar. Produtsentlar geterotrof organizmlar — kon-sumentlar va redutsentlarga qaramaqarshi qoʻyiladi. Quruklik va suv ekosis-temasidagi asosiy Produtsentlar — yashil oʻsimliklar hisoblanadi. Produtsentlar oziqlanish zanjirining boshlangʻich zvenosini, barcha ekosistemalar asosini tashkil etadi.
Fotosintez (foto... va sintez) — yuksak oʻsimliklar, suvoʻtlar va ayrim fotosintezlovchi bakteriyalarda xlorofill va boshqa fotosintetik pigmentlar oʻzlashtiradigan yorugʻlik energiyasi hisobiga oddiy birikmalardan murakkab moddalar hosil boʻlishi. F. tabiatda sodir boʻladigan eng , muhim biologik jarayonlardan biri. F.da kuyosh energiyasi organik birikmalardagi kimyoviy energiyaga aylanadi. F.da hosil boʻlgan organik birikmalar barcha tirik organizmlar uchun asosiy hayot manbai hisoblanadi. F.da barcha tirik organizmlarning nafas olishi uchun zarur boʻlgan kislorod atmosferaga ajralib chikadi.
Xemosintez (xemo... va sintez), xemolitoavtotrofiya — tarkibida xlorofill pigmenti boʻlmagan mikroorganizm (bakteriya)lar tomonidan anorganik birikmalar (vodorod sulfid, oltingugurt, vodorod, ammiak, azot kislota, temir peroksidi, marganets va boshqalar)dan oksidlanish reaksiyasida hosil boʻlgan energiya xisobiga karbonat angidridning oʻzlashtirilishi va organik birikmalarning biosintez qilinish jarayoni.
Материалы на данной страницы взяты из открытых источников либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.