Разработка урока на тему «Интерфейс» для учащихся 8 класса
Оценка 4.9

Разработка урока на тему «Интерфейс» для учащихся 8 класса

Оценка 4.9
Документация
docx
информатика
7 кл—11 кл +1
01.05.2020
Разработка урока на тему «Интерфейс» для учащихся 8 класса
для школьников
Interfeys.docx

Mavzu:        INTERFEYS

Dars maqsadi:

a) Talimiyligi:  O’quvchilarga “iNTERFEYS” haqida ma’lumot berish

b) Tarbiyaviyligi:      O’quvchilarni dars davomida qadriyatlar asosida tarbiyalab borish

c)  Rivojlantiruvchi:  O’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini o’stirish  

Dars tipi:  kombinatsiyalashgan aralash dars

Dars jihozi: 

1)      konspekt va darsliklar

2)      ko’rgazma, tarqatma va didaktik materiallar

3)      EHM va texnika vositalari   

Dars metodi:    ko`rgazmalar yordamida suhbat

O’quvchilarga qo’yiladigan talablar: DTS

1. O’quvchi bilishi kerak:  dastur Interfeysning vazifalarini          

2. O’quvchi bajara olishi kerak: Darslikning 77-betidagi 1-7 savol va topshiriqlarni 

Darsning borishi:

1.Darsni tashkil etish (sinfni darsga tayyorlash).

2. Yangi mavzuni o’quvchilar hamkorligida o’tish.

Yangi mavzuni mustahkamlash:

1.O’tilgan mavzuni savollar asosida bir necha o’quvchidan so’rab, o’qituvchi tomonidan mustahkamlab baholash.

2.Savol – javob kartochkalari

3.Test

Vazifa:  darslikdagi 4.4-$ ni  o’qish, 77-betdagi 6-7-mashq

Darsni yakunlash:  o’qituvchi tomonidan qisqa takrorlab, mustahkamlab yakunlash.

Xulosa:  o’quvchilarning shu o’tilgan mavzu haqidagi fikrini olib, baholash.

O’qituvchi:Boltayev A

Y A N G I        M A V Z U N I N G   B A Y O N I

Biz avalgi paragraflarda siz bilan kompyuterlar haqida fikriashib, ularning tuzilishi, ichki va tashqi qurilmalari bilan tanishdik. Bu qurilmalar kompyuteming apparatii ta'minoti deyilar ekan. Lekin kompyuter ishlashi uchun apparatii ta'minotdan tashqari dasturiy ta'minot (kompyuterda mav­jud barcha dasturlar) ham zarur. Kompyuterii tizimni tashkil etuvchi bu ikki vositaning o'zaro aloqasi (bog'lanishi, munosabati, o'zaro ta'siri) interfeys deyiladi va u bir necha turga bo'linadi.

Kompyuter turli qurilmalarining o'zaro aloqasi apparatii inter­feys, dasturlarning o'zaro munosabati dasturii interfeys, dasturlarning qurilmalar bilan o'zaro munosabati esa apparatii-dasturiy in­terfeys deyiladi.

Interfeys (o'zaro bog'lanish) vositalarning o'zaro umumiy protokolga (qonun-qoidalarga) rioya qilinishini taqozo etadi. Aks holda bu vositalar o'zaro bog'lanmaydi. Masalan, elektr lampochkani elektr manbaiga ulash uchun quyidagi shartlar (moslik) bajarilishi kerak:

• elektr lampochka patronga mos bo'lishi kerak;

• elektr lampochka elektr manbaidagi kuchlanishga mo'ljallangan bo'lishikerak.

Keltirilgan misolda interfeys protokoli ikkitagina shartdan iborat bo'lib, ikkisi ham apparatii interfeysga tegishli. Agar bu shartlar bajarilmasa, elektr lampochkani elektr manbaiga ulab bo'lmaydi. Bu hoini lampochkani manbaga ulash interfeysi o'zgacha protokolga ega deyish mumkin. Albatta, lampochkaning elektr manbaiga ulash bilan kompyuter tizimini taqqoslab bo’lmaydi. Ma'lumki, kompyuterli tizimda o'nlab qurilmalar bir-biri bilan bog'lanishi va minglab dasturlar ular bilan mutanosib ishlashi kerak.

Kompyuterda apparatli interfeysni kompyuter qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar ta'minlaydi. Ular qurilmalaming bir-biri bilan bog'lanishini (ulanishini) mosligi va bir xil kuchlanish bilan ishlashini kuzatib boradlilar. Lekin dasturlar bilan qurilmalaming o'zaro munosabati (apparatlidast uriy interfeys) yoki dasturlarning o'zaro aloqasi (dasturiy interfeys) hech kim tomonidan kuzatilmaydi. Dasturchilar har bir kompyuterda qanday quril­malar o'rnatilganini bilmaydi. Kompyuter qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar esa bu qurilmalarni qanday dasturlar bilan ishlashga to'g'ri kelishini bilishmaydi. Dasturiy ta'minot bilan apparatii ta'minot o'rtasidagi mutanosiblikni operatsion sistema o'z zimmasiga oladi.

Kompyuterii tizim samarali ishlashi uchun apparatii va dasturiy ta'minotdan tashqari, bu tizimda yana bir omil — inson qatnashishi lozim. Uni informatikada foydalanuvchi deyish qabul qilingan. Foydalanuvchi kompyuterda ishllash jarayonida uning apparatii ta'minoti bilan ham, dasturiy ta'minoti bilan ham aloqada bo'ladi. Ammo yuz minglab dasturlar mavjud bo'lib, ulaming har bin bilan turlicha ishlashga to'g'ri keladi. Ba'zi dasturlar Idaviatura yordamida ishlashga, boshqalari «sichqoncha» bilan ishlashga, yana birlari joystik yoki boshqa biror boshqarish

qurilmalari bilan ishlashga mo'ljallangan bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, ba'zi dasturlar ma'lumotlami ekranga matn shaklida chiqarsa, ba'zilari grafik tasvir shaklida, yana birlari esa umuman ekrandan foydalanmasdan tovush yoki nutq sifatida ma'lumot berishi mumkin.

Insonning dastur bilan va dasturning inson bilan muloqotga kirishish usuli foydalanuvchi interfeysi deyiladi.

Dasturiar xilma-xil bo'lgani kabi ulaming interfeysi ham turlicha bo'ladi. Foydalanuvchi interfeysini xususiyatlariga ko'ra bir necha turga ajratish mumkiin. Agar dastur bilan ishlash juda qulay bo'lib, foydalanuvchi uchun qiyinchilik tug’'dirmasa, u qulay foydalanuvchi interfeysga ega deyiladi. Agar dastur bilan turli xil usullarda ishlash mumkin bo'lsa, bu dastur yumshoq interfeysga ega deyiladi. Shunday dasturlar bo'ladiki, ular bilan ishlashda ma'lum ko'rsatmalardan tashqariga chiqib bo'lmaydi. Bu holda dastur qattiq interfeysga ega deyiladi.

Agar dastur bilan ishlashda faqat klaviaturadan foydalanilsa va ma'lumotlar ekranda faqat matn ko'rinishida aks ettirilsa, bunday dastur nografik interfeysga ega. Agar dastur ishlashijarayonida ekranda grafik tasviriar aks ettirilsa va uni «sichqoncha» yordamida boshqarish mumkin bo'lsa, bunday dasturlarni odatda grafik interfeysga ega deyishadi.

 

Y A N G I     M A V Z U N I   M U S T A H K A M L A S H

Savol – javob kartochkalari 

                                      Savol   kartochkasi  № 1

                      Interfeys deganda nimani tushunasiz?

                                     Javob   kartochkasi    № 1

             Kompyuterli tizimini tashkil etuvchi aparatli ta’minotni va tashqari dasturiy ta’minotlarninh o/zaro aloqasi interfeys deyiladi  

                                     Savol    kartochkasi    № 2

                     Foydalanuvchi interfeys deb nimaga aytiladi?                   

                                   Javob        kartochkasi     № 2

                 Insonning dastur bilan va dasturning inson bilan muliqotga kiritish usuli foydalanuvchi interfeys deyiladi

 


 

Mavzu: INTERFEYS Dars maqsadi: a)

Mavzu: INTERFEYS Dars maqsadi: a)

Bundan tashqari, ba'zi dasturlar ma'lumotlami ekranga matn shaklida chiqarsa, ba'zilari grafik tasvir shaklida, yana birlari esa umuman ekrandan foydalanmasdan tovush yoki nutq sifatida ma'lumot berishi…

Bundan tashqari, ba'zi dasturlar ma'lumotlami ekranga matn shaklida chiqarsa, ba'zilari grafik tasvir shaklida, yana birlari esa umuman ekrandan foydalanmasdan tovush yoki nutq sifatida ma'lumot berishi…
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
01.05.2020