Разработка урока «Печать документов в MS Word» для учеников 9 класса
Оценка 4.9

Разработка урока «Печать документов в MS Word» для учеников 9 класса

Оценка 4.9
Документация
docx
информатика
9 кл—11 кл
01.05.2020
Разработка урока «Печать документов в MS Word» для учеников 9 класса
для школьников
MS Wordda hujjatlarni chop qilish.docx

mavzu:               wordda  hujjatlarni  chop  etish       

Dars maqsadi:

               a) Talimiyligi:  O’quvchilarga WordART imkoniyatlari haqida ma’lumot berish

               b) Tarbiyaviyligi:      O’quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish

               c)  Rivojlantiruvchi:  O’quvchilarga kompyuter savodxonlik elementlarini shakllantirish

Dars tipi:   kombinatsiyalashgan aralash dars

Dars jihozi: 

1)      konspekt va darsliklar

2)      ko’rgazma, tarqatma va didaktik materiallar

3)      EHM va texnika vositalari   

 O’quvchilarga qo’yiladigan talablar:

            1. O’quvchi bilishi kerak:  Matn muharririning vazifalari va imkoniyatlarini           

           2. O’quvchi bajara olishi kerak: Darslikning 53-betidagi 1-9 savol va topshiriqlarni 

Darsning borishi:

1.Darsni tashkil etish (sinfni darsga tayyorlash).

2. Yangi mavzuni o’quvchilar hamkorligida o’tish.

Yangi mavzuni mustahkamlash:  

1.O’tilgan mavzuni savollar asosida bir necha o’quvchidan so’rab, o’qituvchi tomonidan mustahkamlab baholash.

2.Savol – javob kartochkalari

3.Test

Vazifa:  darslikdagi.16-$ ni  o’qish, 53-betdagi 1-2-mashq

Darsni yakunlash:  o’qituvchi tomonidan qisqa takrorlab, mustahkamlab yakunlash.

Xulosa:  o’quvchilarning shu o’tilgan mavzu haqidagi fikrini olib, baholash.

O’qituvchi:  

  Y A N G I        M A V Z U N I N G   B A Y O N I

Hujjatni qog’ozga chop etish mushkil ish emas. Buning uchun standart  uskunalar panelidagi printer rasmi tasvirlangan Chop etish (Печать) piktogrammasini sichqoncha yordamida bosish kifoya. Bu chop etishning eng oddiy va eng qulay usuli. Ammo zamonaviy printerlar turli xil usulda chop etish imkoniyatiga ega. Masalan, qog'ozning bitta sahifasiga bujjatning bir nechta sahifasini chop etish, hujjatni buklet yoki kitobcha shaklida chop etish va hokazo.

Hujjatni chop etish parametrlarini o'zgartirish uchun Fayl menyusining Chop etish (Печать) bo'limi tanlanadi. Natijada ekranga Chop etish (Печать) lavhasi chiqadi. Chop etish lavhasi Printer (Принтер), Sahifalar (Страницы), Nusxalar (Копии), Masshtab (Масштаб), Qamrov (Включить), Chop etish (Напе­чатать) bandlaridan iborat. Sahifalar bandida barchasi (все), joriy (текущая), tartib raqamlari (нумера) va ajratilgan qism (выделенный фрагмент) ko'rsatmalari bo'hb, ulardan biri sichqoncha yordamida tanlanadi.

 

 

Barchasi ko'rsatmasi tanlansa, hujjat to'Iig'icha (barcha sahifasi) chop etiladi. Joriy ko'rsatmasida joriy sahifa (yurgich turgan sahifa) chop etiladi. Tartib raqami ko'rsatmasi tanlansa, unga tegishli oyna faollashadi. Bu oynaga chop etilishi lozim bo'lgan sahifalarning tartib raqamlari yoziladi. Masalan, unga 1,3,5—12 yozilgan bo'lsa, birinchi, uchinchi hamda beshinchidan o'n ikkinchigacha sahifalar chop etiladi. Ajratilgan qism ko'rsatmasini faqatgina matnning biror qismi belgilangandagina tanlash mumkin. Bu holda hujjatning belgilangan qismi chop etiladi.

Nusxalar bandida nusxalar soni (число копий) va nusxalar bo'yicha ajratish (разобрать по копиям) ko'rsatmalari bor. Ular hujjat necha nusxada va qay tartibda chop etilishini ko'rsatadi. Biror hujjatni 3 nusxada chop etish kerak bo'lsin. U holda nusxalar soni oynasiga 3 raqami yoziladi. Nusxalar bo'yicha ajratish ko'rsatmasi belgilangan bo'lsa, awal hujjatning birinchi nusxasi to'Iig'icha chop etiladi, keyin ikkinchi nusxasi, so'ngra uchinchi nusxasi chop etiladi. Agar bu ko'rsatma belgilanmagan bo'lsa, awal hujjatning birinchi sahifasi 3 nusxada chop etiladi, keyin ikkinchi sahifasi 3 nusxada chop etiladi va hokazo.

Masshtab bandida qog'ozning bir sahifasiga hujjatning nechta sahifasi chop etilishi ko'rsatiladi. Buning uchun varaqdagi sahifalar soni (число страниц на листе) oynasida taklif etilgan 1 sahifa (1 страница), 2 sahifa (2 страницы), 4 sahifa (4 страницы) va hokazo ko'rsatmalardan biri tanlanadi.

Qamrov bandida barcha sahifalar (Все страницы диапазона), toq tartib raqamli sahifalar (Нечетные страницы), juft tartib raqamli sahifalar (Четные

страницы) ko'rsatmalaridan biri tanlanadi. Barcha sahifalar ko'r­satmasi tanlansa, hujjat yoki uning belgilangan qismi to'Iig'icha chop etiladi. Toq tartib raqamli sahifalar ko'rsatmasi tanlansa, hujjatning faqat toq tartib raqamli sahifalari chop etiladi. Juft tartib raqamli sahifalar ko'rsatmasi tanlansa, hujjatning faqat juft tartib raqamli sahifalari chop etiladi.

Printer bandida printer ha-qida ma'lumot hamda Xususiyatlar (Свойства) tugmasi bor. Sichqoncha yordamida Xususiyatlar tugmasi bosilsa, ekranda printerning xususiyatlari lavhasi ochiladi. Shuni aytish lozimki, printerlarning turiga qarab ularning xususiyatlari ham har xil bo'ladi. Shunga ko'ra xususiyatlar lavhasining ko'rinishi va undagi axborotlar ham turlicha bo'ladi.

Printerlar turli-tuman xususiyatlarga ega bo'lib, quyida biz ularning hujjatni kitobcha shaklida chop etish xususiyati bilan tanishamiz. Ta'kidlash joizki, hamma printerlar ham bunday xususiyatga ega emas, Shu sababli kitobcha shaklida chop etish xustisiyatini „HP LaserJet 1300" rusumli printer misolida ko'ramiz. Mazkur printerning xususiyatlari lavhasi yuqoridagi rasmda keltirilgan. Lavha bir nechta bo'limdan iborat bo'Iib, hujjatni kitobcha shaklida chop etish uchun Yakuniy ishlov (Оконч. обработка) bo'limiga kiriladi. Undagi Hujjat parametrlari (Параметры документа) bandidan Ikkala tomoniga chop etish (Печать на обоих сторонах) ko'rsatmasini tanlanadi. Buklet maketida (Макет буклета) taklif etilgan ko'rsatmalardan Chap tomondan muqovalash (Переплет по левому краю) ko'rsatmasi tanlanadi. OK tugmasi bosilsa, yana Chop etish lavhasiga qaytiladi. Bu lavhadagi OK tugmasi bosilsa hujjat chop etila boshlaydi. Avval hujjatning bir qismi (yarmi) qog'ozning bir tarafiga chop etiladi. Chop etilgan qog'ozlarning tartibini buzmagan holda yana printerga joylansa, hujjatning qolgan qismi qog'ozning orqa tomoniga chop etiladi. Chop etib bo'lingan qog'oz varaqlarini tekislab, ikkiga buklasangiz kitobcha hosil bo'ladi.

Hujjatni kitobcha shaklida chop etishda ehtiyojga qarab, o'ng tomondan yoki yuqoridan muqovalash ham mumkin. Buning uchun buklet maketida tegishli ko'rsatma tanlanadi.

 

Savol va topshiriqlar

Uskunalar panelidagi qaysi piktogramma yordamida hujjatni chop etish mumkin? Qaysi hollarda hujjatni chop etish uchun Fayl menyusining Chop etish bo'iimiga kiriladi?

3.  Hujjatning joriy sahifasini chop etish qanday amalga oshiriladi?

4.  Hujjatning ketma-ket kelmagan bir nechta sahifasini bir yo'la chop etish
mumkinmi?

5.  Hujjatning faqat belgilangan qismini chop etish qanday amalga oshiriladi?

6.  Hujjatning faqat juft tartib raqamli sahifalarini chop etish qanday amalga
oshiriladi?

 

Mashqlar

1.   Oilangiz haqida „Mening oilam" nomli huijat tayyorlang va uni chop eting.

2.   „Mening oilam" nomli hujjatning bitta abzasini belgilang va chop eting.

Ikki sahifalik biror hujjatni ikki tomonlama chop etish usulidan foydalanib
qog'ozning ikkala tomoniga chiqaring.


 

Dars maqsadi: a)

Dars maqsadi: a)

Qamrov bandida barcha sahifalar (

Qamrov bandida barcha sahifalar (
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
01.05.2020