Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya
Оценка 4.9

Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya

Оценка 4.9
Книги
pdf
информатика
Взрослым
06.03.2023
Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya
Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya
Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.pdf







K IRISH

0 ‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini jahon miqyosida yil sa- yin barqarorlashtirib borar ekan, uning istiqboli bugungi avlodni tar- biyalaydigan o'qituvchilarga, ertaga o'rnimizga keladigan kadrlarga bog‘liqdir. Kadrlar tayyorlash masalasiga Respublikamizning Birinchi Prezidenti katta e’tibor berganliklarini, ularning quyidagi fikrlaridan bilib olishimiz mumkin: «Biz oldimizga qanday vazifa qo‘ymaylik, qan- day muammolarni yechish zarurati tug‘ilmasin, gap oxir-oqibat baribir kadrlarga yana kadrlarga borib taqalaveradi. Mubolag‘asiz aytish mum- kinki, bizning kelajagimiz mamlakatimiz kelajagi o'rnimizga kim keli- shiga yoki boshqacha qilib aytganda qanday kadrlar tayyorlashimizga bog‘liq». Barcha qonun va qarorlar orasida «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» alohida o‘rin tutadi va unga milliy g‘oyaning bir qismi sifati- da qaraladi.

Kelajak bugundan boshlanadi. Hozir tarbiya masalasiga e’tibor qilinmasa. kelajak boy beriladi. Ma’naviy va axloqiy poklanish, imon, insof, diyonat, or-nomus, mehr-oqibat va shu kabi chinakam insoniy fazilatlar o‘z-o‘zidan kelmaydi. Hammasining zaminida tarbiya yota- di. Har tomonlama yetuk barkamol avlodni tarbiyalash, ularga ta’lim berish ishlarini esa o‘qituvchilar amalga oshiradilar. Shuning uchun bo'lg'usi psixologlar hozirgi pedagogika oliy o‘quv yurti talabalari rivojlanish psixologiyasi, pedagogik psixologiya fanlarini chuqur bilishlari maqsadga muvofiq. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016- yil 8-oktyabrdagi F-4724-son farmoyishi bilan tashkil qilingan ishchi guruh tomonidan oliy ta’lim tizimidagi holatni o‘rganish natijalariga ko‘ra, 2017—2021-yillarda Oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi bo'yicha zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan ta’minlash va xorij adabiyotlari asosida darslarni inno- vatsion shakllarda olib borish haqidagi fikrlariga muvofiq ushbu darslik tayyorlandi.

Darslik ijodiy guruh tomonidan tayyorlangan. Darslikning I, II, IV,

VI, VIII, XIII boblari psixologiya fanlari nomzodi, dotsent N.G. Kami- lova tomonidan, III, V, IX—XII psixologiya fanlari nomzodi, dotsent

M. Xolnazarova tomonidan, VII, XIV—XVIII boblari katta o'qituvchi

D.U. Abdullayeva tomonidan, XIX—XXIII boblari psixologiya fanlari doktori, professor Z.T.Nishanova tomonidan tayyorlangan.

3


I BOB. YOSH PSIXOLOGIYASINING PREDMETI,

VAZIFALARI

Reja:

1.   Yosh psixologiyasi fanining predmeti.

2.   Yosh psixologiyasi fanining nazariy va amaliy vazifalari.

3.   Psixik rivojlanish determinatsiyasi muammosi.

4.   Yosh psixologiyasining asosiy tushunchalari.

Mavzu o‘quv maqsadi:

Ta’limiy: bo‘lajak psixologlar tomonidan yosh psixologiyasi fanining predmeti, vazifalari, bo‘limlari haqidagi bilimlarning o‘zlashtirilishini tashkil etish.

Tarbiyaviy: bo'Iajak psixologlar tomonidan yosh psixologiyasi fanining predmeti, vazifalari, bo'limlari haqida bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish.

Rivojlantiruvchi: mavzuning ta’limiy va tarbiyaviy o‘quv maqsadlari asosida talabalar dunyoqarashini kengaytirisn.

Tayanch tushunchalar: predmet, obyekt, vazifa, determinatsi- ya. rivojlanish, yosh psixologiyasi. psixologik yosh.

1.1. Yosh psixologiyasining predmeti

Hozirgi davrda mamlakatimizda, shu jum ladan xalq maori- fi tizimida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar o‘qituvchilar, bar- cha pedagoglar oldiga o‘quvchining bilimlarni yuksak darajada o‘zlashtirishi; o‘quvchilar mustaqil tafakkurini, ular aktivligini rivojlantirish; ularda yuksak axloqiy sifatlarni tarbiyalash; ular- ning tafakkur, muloqot, o qish, mehnat qilishga bo‘lgan qobili- yatlarini taraqqiy ettirish kabi murakkab va mas’uliyatli vazi- falarni qo‘ymoqda.

Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun faqat pedagogi- ka fanining nazariy asoslarini, har bir о qituvchi predmetni о qi- tish metodikasini, maktab o‘quvchilarining fiziologiyasi asoslari, maktab o‘quvchilari gigiyenasi asoslarinigina bilish emas, balki ma’lum darajada psixologik bilimlarga ham ega bo‘lish lozim.

4

Наг bir pedagog ma’lum darajada psixolog ham bo‘lishi talab eti- ladi, chunki ular har biri faqat o‘ziga xos bo'lgan, turli yoshda- gi, turli individual xususiyatlarga ega bo‘lgan o'quvchilar bilan ish olib boradi.

Har bir bola faqat o‘ziga xos bilish faoliyati, iroda, xarakter, xulq-atvor xususiyatlariga ega. Maktabdagi ta’lim-tarbiya berish jarayonida mana shu xususiyatlarni bilish va shunga asoslanib ularga individual munosabatda bo‘lish lozim. Mana shularni hisobga olgandagina, har bir pedagog o'zining asosiy vazifa- si, ya’ni yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish ishini muvaffaqiyat- li amalga oshiradi.

Shuning uchun ham psixologiya fanining alohida sohalari bo‘lmish yosh va pedagogik psixologiya asoslarini chuqur bilish har bir pedagog uchun muhim hisoblanadi.

Psixologiya fanining bir qator tarmoqlari, sohalari mavjud. Ular orasida yosh psixologiyasi alohida ahamiyatga ega. Yosh psixologiyasi psixik rivojlanish, shuningdek, bolalik, o‘smirlik, o‘spirinlik, yetuklik va qarilik davrida shaxs taraqqiyotining xusu- siyatlarini o'rganadi. Juda ko‘p fundamental tadqiqotlar o‘tkazil-

ganligiga qaramay, bugungi kunda inson psixikasini uning butun hayotiy yo‘li bosqichlarida rivojlanish xususiyatlarini yaxlit holda tavsiflashga erishilmagan.

Yosh psixologiyasi har bir yosh davrining qaytarilmas xususi- yatlarinin yillar o‘tgan sari, asta-sekinlik bilan bola qanday qilib inson bo'lib shakllanishi, shaxs sifatida o‘zini ijtimoiy munosa- batlarda namoyon qilishi, kasb tanlashi, muloqot jarayonida o'zining erk, huquq va majburiyatlariga intilishi, qanday qilib se- vishi, ishonchli do‘st bo‘lib tarkib topishi, o'zi va boshqalar uchun mas’uliyatni his qilishi kabi jihatlarni tadqiq etadi.

Bilimlarning har bir sohasi o‘ziga xos nomlanishga ega. Le- kin ba'zi bir bilimlar sohasi bir necha nom bilan ham atalishi mumkin. Masalan, yosh psixologiyasini boshqacha qilib, rivojlanish psixologiyasi deb nomlash mumkin. Ammo bu yerda ay- nan bitta yoki bir-biriga mazmun jihatdan juda yaqin bo‘1gan

5

bilimlar sohasi ko'zda tutiladi va inson xulq-atvori, psixik rivoj- lanishning yosh xususiyatlari to‘g‘risida fikr yuritilmoqda. Rus psixologi R.S.Nemov asarlarida ular sinonim sifatida qo‘llaniladi.

Yosh psixologiyasining o‘rganish obyekti — ontogenezda normal, sog'lom insonning o‘zgarishi va rivojlanishidir.

Yosh psixologiyasining predmeti - rivojlanishning yosh davrlari, bir yosh davridan keyingisiga o‘tishning sabablari, mexanizmlari, ontogenezda psixik rivojlanish, yo‘nalishlari,

tempi, tendensiyalari va umumiy qonuniyatlaridir.

Yosh psixologiyasi turli xil yosh davrlarining psixologik xusu- siyatlariga e’tibor beradi. Rivojlanish psixologiyasi — inson psixologiyasining yosh jihatdan qayta tuzilishi qonuniari haqidagi bilimlar sohasi. Yosh psixologiyasini rivojlanishdan tashqarida, o‘zgarmas deb qarash mumkin emas. Xuddi shunday, rivojla- nishni yosh xususiyatlarini ajratib ko‘rsatmasdan tasavvur qilib

bo‘lmaydi.

Yosh psixologiyasining bir qator muammolarini ajratib ко rsa- tish mumkin.

1.       Inson psixik xususiyatlari va xulq-atvori rivojlanishining or- ganizm va muhitga bog'liqligi muammosi.

2.       Insonning rivojlanishiga stixiyali ta’lim va tashkil etilgan ta’limning ta’siri muammosi.

3.       Layoqat va qobiliyatlarning o‘zaro munosabati muammosi.

Bir tomondan psixik rivojlanish organizmga, ya’ni inson organizmining anatomik-fiziolpgik tuzilishiga bog‘liq. Nerv sis- temasi va miyaning insoniy tuzilishi uni ong egasi, nutq va yuqori darajadagi intellekt sohibi sifatida rivojlanishiga imkon beradi. Nasliy yo‘l bilan yoki jiddiy kasallik oqibatida yuzaga keluvchi organizm anatomik-fiziologik holatidagi buzilishlar psixik taraq- qiyotga ta’sir etishi va rivojlanishdan orqada qolishga olib keli- shi mumkin. Bolaning miyasi yetilib bo‘lmaguncha unda ver­


bal nutqni va u bilan bog'liq bo‘lgan qobiliyatlarni shakllantirish mumkin emas.

Ikkinchi tomondan, organizmning psixik rivojlanishi muhitga ham bog‘liq. Chunki psixik taraqqiyotga ta’lim-tarbiyaning ta’si- ri juda beqiyos. Biroq, psixik taraqqiyotning u yoki bu bosqichida

bu omillardan qaysi biri ko‘proq ta’sir etishini aniq aytish qiyin.

Stixiyali ta’lim-tarbiya maxsus ta’limiy maqsadlarsiz, hech qanday dasturlarsiz, insonning jamiyatda boshqa kishilar bilan munosabatlari natijasida amalga oshadigan ta’lim-tarbiya. Tash- kil etilgan ta’lim-tarbiya esa maqsadga qaratilgan holda maxsus ta’limiy tizimda olib boriladigan ta’lim-tarbiyadir.

Shak-shubhasiz, inson stixiyali va tashkil etilgan ta’sirotlar os- tida psixologik jihatdan taraqqiy etadi, lekin ulardan qay biri inson xulq-atvoriga kuchliroq ta’sir etishi masalasi muammoligi- cha qolmoqda.

Keyingi muammo — layoqat va qobiliyatlarning o‘zaro mu- nosabati masalasidir. Bolaning qobiliyatlari rivojlanishiga ta’sir etuvchi layoqatlarning о zi nima? Layoqatlar tarkibi faqat organizmning nasliy xususiyatlari bilan bog'liqmi yoki uning tarkibiga insonning orttirilgan xulq-atvor va psixik xususiyatlarini ham kiritish mumkinmi? Bola qobiliyatlarining taraqqiyoti ko’proq mavjud layoqatlarga bog'liqmi yoki unga to‘g‘ri tashkil etilgan ta’lim-tarbiyaning ta’siri kuchliroqmi9 kabi savollar hanuzgacha to‘la-to‘kis o‘z yechimin topmagan.

Yosh psixologiyasi psixika va xulq-atvorda bir yosh davri- dan ikkinchisiga o'tishda yuzaga keladigan miqdoriy hamda si- fatiy o‘zgarishlarni o‘rganadi. Odatda bu o‘zgarishlar hayoming muayyan bosqichlarini, bir necha oydan (go‘daklik davri) to bir qancha yillarni (katta yosh davrida) qamrab oladi. Ushbu o‘zga- rishlar «doimiy ta’sir etib turuvchi» omillar — biologik yetilish hamda inson organizmining psixofiziologik holati, uning inson- ga xos bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar tizimida tutgan o‘rni, in- tellektual hamda shaxs rivojlanishida erishgan darajasiga bog‘liq bo‘ladi.


Psixika va xulq-atvorda yuzaga keladigan bu turdagi yosh- ga xos o'zgarishlar evolutsion o‘zgarishlar deb ataladi. Evolutsion o‘zgarishlarda miqdoriy va sifatiy qayta qurishlar nisbatan sekin- lik bilan amalga oshadi.

Nisbatan qisqa vaqt oralig‘ida jadal yuz beradigan chuqur o‘zgarishlarni revolutsion o‘zgarishlar deb atash mumkin. Revo- lutsion o‘zgarishlar odatda bir yosh davrining tugallanishi, ik- kinchi yosh davrining boshlanishi arafasida ro‘y berib, yosh tara- qqiyotining inqirozlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Yosh taraqqiyotidagi inqirozlar va ular bilan bog‘liq bo‘lgan psixika va xulq-atvorda ro‘y beradigan revolutsion qayta (qurishlar) tuzilishlar yoshni

davrlarga ajratishning asoslaridan biri sifatida qaralishi mumkin.

Rivojlanish belgilaridan biri bo‘lgan yana bir turdagi o'zgarishlar aniq bir ijtimoiy vaziyatning ta’siri bilan bog‘liq bo‘lib, ularni situatsion (ya’ni vaziyat bilan bog'liq bo'lgan) o'zgarishlar deb atash mumkin. Bunday o'zgarishlar inson xulq-atvori va psixi- kasida tashkil etilgan yoki maxsus tashkil etilmagan ta’lim-tarbiya ta’sirida vujudga keladi.

Evolutsion va revolutsion o'zgarishlar odatda barqaror hamda qaytarilmas bo'lib, sistematik mustahkamlashni talab qilmay- di. Situatsion o'zgarishlar beqaror, o'zgaruvchan, ularni mashqlar orqali mustahkamlash talab qilinadi. Evolutsion va revolutsion o'zgarishlar inson psixologiyasini shaxs sifatida qayta o'zgartirsa, situatsion o'zgarishlarda xulq-atvorning ba’zi ko'rinishlari, bilim, malaka va ko'nikmalar hosil bo'ladi.

Yosh psixologiyasining predmeti — inson psixikasining yosh jihatdan taraqqiyoti, psixik jarayonlar hamda inson shaxsi xislat- larining ontogenezini o'rganishdan iborat.

Yosh psixologiyasi o'z navbatida bir qancha sohalarga bo‘li- nadi. Bular:

1.    Bolalar psixologiyasi.

2.    Kichik maktab yoshidagi o'quvchilar psixologiyasi.

3.    0 ‘smir psixologiyasi.

4.    Ilk o'spirinlik yoshi psixologiyasi.



Yosh psixologiyasining nazariy vazifalari:

— insonning butun hayot yo‘li davomida psixik taraqqiyo- ti manbalari, mexanizmlari va harakatga keltiruvchi kuchlarini o‘rganish;

— ontogenezda psixik rivojlanishni davrlashtirish;

— psixik jarayonlar kechishining yosh xususiyatlarini va qo- nuniyatlarini o'rganish;

— turli yosh davrlarida bilimlarni o‘zlashtirish, turli faoliyat- larni amalga oshirish qonuniyatlari, xususiyatlari va imkoniyat- larini aniqlash;

— turli yosh bosqichlarida shaxs rivojlanishini tadqiq qilish.

Yosh psixologiyasining amaliy vazifalari:

— psixik funksiyalarning yosh normalarini aniqlash, insonning ijodiy potensialini va psixologik zaxiralarini ishga tushirish;

— bolalarning ruhiy salomatligini va psixik taraqqiyotning ke- chishini uzimli nazorat qilish xizmatini tashkil etish. ota-ona- larga muammoli vaziyatlarda yordam ko‘rsatish;

— yosh va klinik diagnostika;

— inson hayotining inqirozli davrlarida yordam ko‘rsatish, psixologik qo'llab-quvvatlash funksiyasini bajarish;

— uzluksiz ta’lim tizimda o‘quv jarayonini optimal tashkil etish.

Та lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri, ilmiy asosda tashkil qilish uchun ta’lim jarayonining o'ziga xos psixologik qonuniyatlarini, ya’ni bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini, ko‘nikma va malaka- larni, faol, mustaqil hamda ijobiy tafakkur jarayonlarini tarkib toptirishni yaxshi bilish lozim bo'ladi. Psixolog L.S.Vigotskiy ko'rsatib o‘tganidek, ular ma’lum hodisalarga nisbatan o'zlari- ning kundalik hayotdagi oddiy tushunishlari bo‘ladi. Bu esa ilmiy

tushunchalarning tarkib topishiga ma’lum darajada ta’sir qiladi. Bundan keyin, tushunchalarni tarkib toptirishda hissiy negizga qay darajada vayanish lozimligini, qaysi paytda ko'rgazmalilikdan va yakka hodisalardan qutulib. mavhumlik hamda umumiylikka o‘tish maqsadga muvofiqligini bilish kerak. Ko‘rgazmali tayanch- dan barvaqt voz kechish ham ana shu bosqichda sun’iy ravishda


to‘xtab qolish ham bir xil xatodir. Shuning bilan birga ko‘rib va eshitib idrok qilish xususiyatlarini hamda ularning o‘zaro muno- sabat xarakterini bilish kerak. 0 ‘tilgan materiallarni qanday yo‘I bilan psixologik jihatdan samarali qilib mustahkamlash mumkin? 0 ‘quvchiga savolni qanday berish mumkin: umumiy qilibmi yoki konkret shakldami? Bir xil savollarni beraverish to‘g‘rimi? Yordamchi savollarning roli qanday? (Psixologiyada shu narsa ma'lumki, javob beriladigan savolning ifodalanishiga ham bog‘liq

bo'ladi.)

Pedagogik psixologiyani bilish tarbiya ishlarida ham zarurdir.

Shaxs tarkib topishi jarayonining psixologik qonuniyatlarini, jumladan, axloqiy odatlar va ishonch-e’tiqod tarkib topishining qonuniyatlarini bilmay turib, to‘g‘ri tarbiya berish mumkin emas.

Ma’lum yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlarini bilmay turib, ularga maqsadga muvofiq ravishda ta’lim va tarbiya berib bo‘lmaydi. Bolaning har bir yoshi o‘z qiyinchiliklariga ega bo‘ladi va o‘ziga nisbatan maxsus munosabatda bo'lishni talab qiladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarga nisbatan psixologik jihatdan to‘g‘ri keladigan va yaroqli bo‘lgan narsa, ko‘pincha o‘smirlarga nisbatan yaroqsiz va xato bo‘lishi mumkin. Biroq o‘qituvchi, tarbiyachi shunchaki ma’lum yoshdagi o‘quvchi bilan emas, balki konkret bir o‘quvchi bilan, individual shaxs bilan ishlaydi. 0 ‘quvchining bilishi mutlaqo zarur bo‘lgan individual farqlar bitta yosh doirasida nihoyat darajada katta bo‘ladi. Ta’lim va tarbiya jarayonida individual munosabatda bo‘lishning sharti o‘quvchining psixologik xususiyatlarini har tomonlama va chuqur bilishdan iboratdir. Bu narsa o‘quvchining ruhiy dun- yosidan xabardor bo‘la bilishni, psixologik jihatdan to‘g‘ri kuza- tish tashkil qila bilishni va tabiiy eksperiment uyushtirishni bilishni taqozo qiladi.

Mana shu yuqorida ko‘rsatilgan qonuniyatlarning hammasini bilish o‘z-o‘zicha hali ta’lim-tarbiya ishlarida muvaffaqiyatning garovi bo‘la olmaydi. Lekin juda ko‘p xatolarning oldini olish

imkonini beradi, chunki bu qonuniyatlar o‘qituvchini ko‘r-ko‘ro-

11


na harakat qilish zaruratidan qutqaradi. Demak, pedagogik psi- xologiyaning mohiyatini bilish har bir pedagogga ta’lim-tarbiya

jarayonini samarali amalga oshirish uchun zarur.

Yosh va pedagogik psixologiyaning birligi yosh va pedagogik psixologiya o‘rganadigan obyektning umumiyligidadir. Bu ikkala fanning o‘rganish obyekti — bolalar, o‘smir va o‘spirinlar bo‘lib, yosh psixologiyasi ularni yosh taraqqiyoti bo‘yicha o‘rgansa, pedagogik psixologiya tarbiyalanuvchi yoki ta’lim oluvchi sifatida, ya’ni pedagogning ta’lim-tarbiya jarayonida biror maqsadga qaratilgan ta’siri sifatida o‘rganadi.

M a’lumki, muayyan yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlarini bilmay turib, ularga maqsadga muvofiq ravishda ta’lim va tarbiya berib bo‘lmaydi. Bolaning har bir yoshi o‘z qiyinchi- liklariga ega bo‘ladi va o‘ziga nisbatan maxsus munosabatda bo‘lishni talab qiladi.

Ta’lim va tarbiya jarayonida individual munosabatda bolish- ning sharti o‘quvchining psixologik xususiyatlarini har tomonla- ma va chuqur bilishdan iborat. Bu esa o‘quvchining psixik dunyo- sidan yaxshi xabardor bo‘lishni, psixologik jihatdan kuzatishni to‘g‘ri tashkil qila olishni va tabiiy eksperiment uyushtirishni bilishni taqozo qiladi.

Pedagogik psixologiya ham. yosh psixologiyasi ham umumiy psixologik qonuniyatlarni ochib beradigan psixik jarayonlarni, psixik holatlarni va shaxsning individual psixologik xususiyatlarini o'rganadigan fan — umumiy psixologiyaga asoslanadi.

Lekin yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya pedagogik jarayonni tashkil qinsh uchun tayyor retsept yoki tavsiyanoma- lar berishni da’vo qilmaydi. Yosh va pedagogik psixologiyaning materiallari va xulosalaridan ta’lim-tarbiya ishlarini to‘g‘ri tashkil qilishda foydalaniladi. Bu haqda rus pedagogi K.D. Ushinskiy ham ta’kidlab o‘tgan edi:

«Biz pedagoglarga unday yoki bunday qilinglar deb aytmay- miz, ammo biz ularga o‘zingiz boshqarmoqchi bo‘lgan psixik hodisalarning qonunlarim o‘rganing va bu qonunlarga amal qi-

12

ling hamda ularni tatbiq qilmoqchi bo‘lgan sharoitlarini hisobga

olib ish qiling, deb aytamiz».

1.3. Psixik rivojlanish determinatsiyasi muammosi

Bolalarning psixik jihatdan o‘sishida ta’lim va tarbiya g‘oyatda muhim ahamiyatga ega ekanligi XIX asrlarning o'rtalaridan tobo- ra ko‘p ta’kidlana boshlandi. Bolalar psixikasining o‘sishi bilan ta’lim va tarbiyaning o‘zaro munosabati haqidagi masalalarni hal etishga urinayotgan nazariyalar hozir ko‘p topiladi. Hozirgi peda- gogika va psixologiyada shu masalaga doir uch xil nazariya bor. Ulardan birida ta’lim-tarbiya va taraqqiyot jarayonlari bir-biridan mustaqil mavjuddir, degan g'oya olg‘a suriladi. Ikkinchi nazariya- da ta’hm-tarbiya ayni vaqtda taraqqiyotdir, ya’ni ta’lim bilan taraq- qiyotning o‘rtasida asos e’tibori bilan sezilarli tafovut yo'qdir, deb da’vo qilinadi. Nihoyat, uchinchi xil nazariya bo‘yicha ta’lim-tarbiya va taraqqiyot jarayonlari, garchi boshqa-boshqa jarayonlar bo‘lsa ham, bir-biriga mos kelar va bir-biriga ta’sir o'tkazar ekan.

Ta’lim va psixik o‘sish bir-biridan mustaqildir, degan nazari- yaning namoyandalari ta’lim va psixik o‘sishni bir-biriga duch kelmaydigan ikkita parallel jarayon deb hisoblaydilar. Bu nazari-

yaning namoyandalari aqliy qobiliyatni aniqlash uchun dastlabki testlarni vujudga keltirgan edilar (Bine va Simon). Bu namoyan- dalar va ularning hozirgi izdoshlari aqliy qobiliyat «tug‘ma» bo‘lib, unga ta’lim ham, muhu ham ta’sir etmaydi, degan fikrga asosla- nadilar. Ta’lim va psixik taraqqiyot bir-biridan mustaqil, degan nazariya amalda ta’lim-tarbiya ishlarining hammasini bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olmasdan tuzishga olib keldi.

Ta’lim va psixik o‘sish bir-biriga mos keladigan nazariyaning namoyandalari (amerikalik psixologlar Djeyms, Torndayk va ing- liz psixologi Makdugall)ning da’vo qilishicha:

1)       ikkala jarayon bir-biriga yaqin va parallel holda boradi — ta’lim-tarbiya bilan psixik o‘sish qadam-baqadam boradi;

2)       ta’lim va psixik o‘sish bir vaqtda amalga oshadi. Bu naza­riya ikki jarayonni aralashtirib, bir-biriga tenglashtirib qo‘ya-

13

di. Bu ta’lim jarayoni o‘rganilsa, psixik o‘sish jarayoni ham o'rganilgan bo‘ladi, degan xulosaga olib keladi. Bu nazariya bir tomonlama nazariya bo'lib, butun e’tiborni bilish faoliya- tiga qaratadi-yu, bola shaxsining hissiyoti va irodasini e’tibor- ga olmaydi. Odam ongining roli, inson shaxsini tarkib toptiruv- chi ijtimoiy hayot va amaliyotning roli kamsitiladi yoki inkor qilinadi.

Ta’lim-tarbiya va psixik rivojlanish garchi har xil jarayon bo‘lsa-da, bir-biriga qarama-qarshi qo‘yiladigan jarayonlardir, degan uchinchi nazariyaning namoyandasi — Koffkadir. Bu nazariya dastlabki ikki nazariyani birlashtirishga urinadi, nerv sis- temasining yetilishi va o‘qitish jarayonlarining o‘zaro bog‘la- nishini va bir-biriga ta’sir etishini aniqlamoqchi bo‘ladi. Nerv sistemasining yetilish jarayoni bolani o‘qishga tayyorlaydi va o‘qiy oladigan qilib qo‘yadi, deb e’tirof etadi. 0 ‘qitish esa, o‘z navbati- da, nerv sistemasining yetilish jarayonini kuchaytiradi va oldin- ga suradi, deydi. Bu nazariya ikki jarayonning bir qadar o‘zaro bog‘langanligini ta’kidlashi bilan oldinga qarab bir qadam qo‘ya- di. Ammo bu o'zaro bog‘lanishni abstrakt ravishda, ijtimoiy ta- rixiy hayot sharoitining ta’siridan tashqari, bolalarga ta’lim-tarbiya berish ta’siridan tashqarida tan oladi.

Bu nazariyalarning hammasi bolalar kamolotining hal qiluv- chi tomonini ko'rmaydi, ya’ni bolalar psixikasining tarbiya va ak- tiv faoliyat jarayonida tarkib topishini payqaydi.

Demak, psixologiyadagi muhim masalalardan biri taraqqiyot bilan ta’limning o‘zaro munosabati haqidagi, ya’ni ta’lim o‘z orqasidan rivojlanisnni ergashtirib boradimi yoki aksincha, rivoj- lanishga moslashib, sust ravishda uning orqasidan boradimi? degan masaladir.

Ta’lim va taraqqiyotning o‘zaro munosabati qanday bahola- nishiga qarab, bu masalada 2 nuqtayi nazarni ajratib ko‘rsatish mumkin.

Nemis psixologi V.Shtern ta’lim psixik taraqqiyotning orqasidan boradi va unga moslashadi, degan fikrni ilgari suradi.

14

Uning ta’kidlashicha, bola tomonidan narsalar bilan tanishish va ularni bilib olish o‘z-o‘zidan amalga oshadi, ta’lim esa mustaqil, avtonom ravishda amalga oshadigan taraqqiyotga moslashadi («Personalistik psixologiya» konsepsiyasini yaratgan, ya’ni shaxs- ning yaxlitligi, psixik va fizik birliklarga bo‘linmasligi to‘g‘ri- sidagi nazariya).

Bunga qarama-qarshi fikrni rus psixologi L.S.Vigotskiy bildira- di. U bolaning psixik rivojlanishida ta’lim va tarbiyaning yetak- chi roli haqidagi qoidani birinchi bo‘lib ilgari surdi. Uning fikri- cha, ta’lim taraqqiyotdan oldinda boradi va uni o'z orqasidan ergashtiradi.

Birinchi fikrga binoan, ta’lim uchun imkoniyat yetguncha, aqliy jihatdan yetilish jarayoni kelguncha, passiv ravishda kutib turish lozim.

Ta’lim yetakchilik rolini bajaradi. Ikkala jarayon bir-biri bilan bogMiq: rivojlanish va ta’lim parallel tarzda sodir bo‘ladigan ikki jarayon emas, ular bir butun jarayondir, deb ta’kidlaydilar. Ta’limsiz to‘la aqliy rivojlanish bo‘lishi mumkin emas. Ta’lim rivojlanishga stimul — turtki beradi, rivojlanishni o‘z orqasidan ergashtirib boradi. Lekin rivojlanishga stimul bo‘lish bilan bir vaqtda ta’lim o‘zi rivojlanishga tayanadi, erishilgan taraqqiyot da- rajasining xususiyatlarini hisobga oladi.

Shuningdek, L.S.Vigotskiyning taraqqiyotni ikki zonasi haqidagi g‘oyasi ham rivojlanish jarayonini boshqarish uchun katta ahamiyat kasb etadi. L.S.Vigotskiy bola taraqqiyotining ikki zo- nasini ajratib ko'rsatadi:

1.   Aktual taraqqiyot zonasi.

2.   Yaqin kelajak taraqqiyot zonasi.

Agar bola biror ishni kattalar yordami bilan bajara olsa, bu uning yaqin rivojlanish darajasi, zonasidan dalolat beradi. Yaqin kelajak zonasi bizga bolaning ertangi kunini, rivojlanishining di- namik holatini aniqlashga yordam beradi.

Agar bola topshiriqni mustaqil ravishda bajara olsa, bu uning aktual taraqqiyot zonasini ko‘rsatadi. Shu bilan birga L.S.Vigots-

15

kiy ta’lim-tarbiya jarayonida bir tomondan, bolaga kuchi yetmay- digan, uning aktual rivojlanish darajasi va yaqin imkoniyatlari- ga to‘g‘ri kelmaydigan talablar qo‘ymaslik kerakligini ta’kidlaydi. Boshqa tomondan esa, o‘qituvchi bugun bola kattalar yordami bilan, ertaga esa mustaqil tarzda bajara olishini bilsa, bola taraqqi- yotini jamiyat talablariga mos ravishda, maqsadga muvofiq tarzda takomillashtirib borishi mumkin.

1.4. Yosh psixologiyasining asosiy tushunchaiari

Yosh psixologiyasining asosiy tushunchasi «rivojlanish» tu- shunchasidir. Rivojlanish — bu bir holatdan boshqa murak- kabrog‘iga o‘tish, eski holatdan yangi sifat bosqichiga o‘tish, oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga o‘tish jarayonidir. Psixikaning rivojlanishi — psixik jarayonlarning miqdor, si- fat va tuzilishi bo'yicha qayta o‘zgarishlarda namoyon bo‘la- digan vaqt bo‘yicha qonuniy o‘zgarishidir. 0 ‘sish — rivojlanish

jarayonining miqdor jihati. Rivojlanishning o‘sishdan asosiy farqi quyidagicha: o‘sish miqdor o‘zgarishlariga, rivojlanish esa yangi tuzilmalar, mexanizmlar, jarayonlar, strukturalarning paydo bo‘lishida namoyon bo‘ladigan sifat o‘zgarishlariga taal- luqlidir.

Rivojlanish va yetilish tushunchalarini ham bir-biridan farqlash zarur. Bir qator yosh psixologiyasidagi xorijiy nazari- yalar uchun yetilish — rivojlanishning muhim omili, u yoki bu yutuqlarning sababidir. Zamonaviy rus rivojlanish psixologiya- sida yetilish markaziy nerv sistemasi va boshqa organizm sis- temasida ketma-ket yosh o‘zgarishlarining psixofiziologik jarayoni, psixik funksiyalarning vujudga kelishi va amalga oshishi uchun sharoitning ta’minlanishi sifatida qaraladi. Kamolot, yetuklik tushunchaiari bilan yosh davrlari psixologiyasining asosiy tamoyillaridan biri — geteroxron rivojlanishga bog‘liq. U inson shart-sharoit, ijtimoiy muhit, individual xususiyatlar ta’siri- da turli yosh davrlarida yetuklikka erishishni tavsiflaydi. Bu esa turli yosh davrlari o‘zining betakror psixofiziologik tuzilishidan

16


darak beradi va shu yosh davrini psixologik imkoniyatlari poten- sialini belgilaydi.

Rivojlanish jarayonining psixologiya va pedagogika uchun zarur bo‘lgan xususiyatlari ajratib ko‘rsatilgan. Ular quyidagilar:

— sifat jihatdan o'zgarish va yanada mukammalroq bosqich- ga ko‘tarilish;

— rivojlanishni qaytara olmaslik (rivojlanish ro‘y bergandan so‘ng, avval mavjud bo‘lgan narsa-hodisalarni to‘laligicha ortga qaytarishning iloji yo‘qligi);

— progress va regress elementlarining umumlashmasi (bir so- hadagi progressiv rivojlanish, boshqa bir sohadagi regress yuz berishi mumkinligini bildiradi);

— notekis rivojlanish (sifat o‘zgarishlarining tezkor o'zgarishi, miqdor o‘zgarishi bilan almashadi);

— zigzagsimon rivojlanish (yangilanishlarning paydo bo‘lga- nida, natijalar oldingi holatlarga qaraganda, sifat jihatdan yaxshi natija bermasligi. Masalan, bola emaklashdan tik turib yurishga o‘tgan davrda, sekin harakatlanadi va jarohatlar olishi mumkin- ligi ham kuzatiladi);

— rivojlanish darajalaridan bosqichlariga o‘tish (yangilanish- lar paydo bo'lganda, avval o‘zlashtirilgan ko‘nikmalar yo‘qolib ketmaydi, balki yangilanishlar uchun asos sifatida saqlab qolina- di);

— barqarorlik ko'rsatkichi.

Psixologik rivojlanishning asosiy uch turi mavjud: filogenetik, ontogenetik va funksional.

Filogenez psixikasi — insoniyat tarixida insonning psixik shakllanishi va biologik evolutsiyasi.

Ontogenez psixikasi — individning butun umri davomida psixologik tuzilishining shakllanishi.

Funksional rivojlanish psixikasi — psixologik funksiyalar, yangilanishlar, yangi intellektual, perseptiv, mnemik, aqliy funksi- yalarning paydo bo‘lishi. Bu ontogenetik taraqqiyotning bir qis- mi hisoblanadi.

>Xv. nar>i

Psixik rivojlanishning yuqoridagilardan tashqari me’yoriy va individual rivojlanish shakllari ham mavjud. Me’yoriy rivojlanish shu yosh davridagi insonlarga xos bo‘lgan o'zgarishlarni

tavsiflaydi. Aksariyat hollarda me’yor borasida, psixologik va shaxs rivojlanishining yuqori darajasi deb qaraladi. Individual rivojlanish shaxsning alohida xususiyatlarining vujudga kelishi- ni angiatadi.

Psixologiyaning asosiy tushunchalaridan biri — psixologik yosh- dir. U individning ontogenezdagi obyektiv, tarixiy va xronologik

jihatlarini belgilaydi.

Shunday qilib ushbu bobda psixologiyaning tarmoqlaridan biri bo'lgan yosh psixologiyasining predmeti, obyekti, umumiy, nazariy va amaliy vazifalari, psixik taraqqiyot determinatsiyasi hamda fanning asosiy tushunchaiari bo'lmish, rivojlanish va psixologik yosh tushunchalariga to'xtalib o‘tdik.

Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari:

1.                    Yosh psixologiyasi nimani o‘rganadi?

2.                    Yosh psixologiyasining nazariy va amaliy vazifalari nima- lardan iborat?

3.                    Yosh va pedagogik psixologiyaning birligi nimada namo­yon bo'ladi?

4.                    Yosh psixologiyasining asosiy tushunchalarini keltiring.

5.                    Psixik taraqqiyotni harakatga keltiruvchi kuch.

Mavzuni mustahkamlash uchun test savollari:

1. Yosh psixologiyasining o rganish obyekti —

a)     sifat jihatdan o'zgarish va yanada mukammalroq bosqich-

ga ko‘tarilish;

b)     rivojlanishni qaytara olmaslik (rivojlanish ro‘y bergandan

so‘ng. avval mavjud bo‘lgan narsa va hodisalarni to‘laligicha ort- ga qaytarishning iloji yo‘qligi);

*c) ontogenezda normal, sog‘lom insonning o‘zgarishi va rivoj- lanishidir;






II BOB. YOSH PSIXOLOGIYASINING TADQIQOT METODLARI

Reja:

1.                     Kuzatish va eksperiment yosh psixologiyasining asosiy metodi sifatida.

2.                     Tasdiqlovchi va shakllantiruvchi tadqiqot strategiyalari.

3.                     Tadqiqotning yordamchi metodlari.

4.                     Empirik tadqiqotlarni tashkil qilish sxemasi.

Mavzu o‘quv maqsadi:

Ta’limiy: bo‘lajak psixologlar tomonidan yosh psixologiyasining tadqiqot metodlari haqidagi bilimlarni o'zlashtirilishini tashkil etish.

Tarbiyaviy: bo‘lajak psixologlar tomonidan yosh psixologiyasi fanining tadqiqot metodlari haqida bilim, malaka va ko‘nikma- larni shakllantirish.

Rivojlantiruvchi: mavzuning ta’limiy va tarbiyaviy o‘quv maqsadlari asosida talabalar dunyoqarashini kengaytirish.

Tayanch tushunchalar: kuzatish, eksperiment, test, anketa, sotsiometriya, faoliyat natijalarini o'rganish, longityud metod, ko‘ndalangiga kesim metodi.

2.1. Kuzatish va eksperiment yosh psixologiyasining asosiy

metodi sifatida

Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarga individual yondashish uchun ularning individual-psixologik xususiyatlarini, o'quvchilar shaxsining o‘ziga xosligini bilish, o'rganish zarur. «Agar peda- gogika odamni har jihatdan tarbiyalamoqchi bo‘lsa, u oldin o‘sha odamni ham har jihatdan bilib olishi kerak», — deb yozgan edi K.D. Ushinskiy.

Shuning uchun har bir o'qituvchi o'quvchilarni o'rganish usullari bilan aurollanishi shart. Demak, yosh va pedagogik psixologiya asoslarini bilish har bir fan o‘qituvchisi. har bir pedagog uchun muhim ahamiyatga ega.

21


Har bir fanning o'rganish metodlari bo‘lgani kabi, yosh va pedagogik psixologiya ham psixologiya fanining alohida bo‘limlari sifatida o‘z tadqiqot metodlariga ega. Yosh va pedagogik psixologiyaning metodlari faqat nazariy, ilmiy tadqiqot ishlari uchungina emas,

balki kundalik, amaliy vazifalarni hal qilish uchun ham zarur.

Rus psixologi B.G. Ananyev bo‘yicha tadqiqot metodlari 4 gu- ruhga bo'linadi:

I.     Tashkiliy metodlar: taqqoslash, longityud va kompleks metodlari kiradi. Taqqoslash — umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiya, pato-psixologiya va defektologiyada keng qo'llanila- di. Yosh va pedagogik psixologiyada o‘rganilayotgan psixik jara- yonlarning dinamikasini aniqlash uchun qo‘llaniladi. Longityud — (uzluksiz) uzoq vaqt davomida ayni bir xil kishilar o‘rganiladi. Kompleks — psixologik tadqiqotlar boshqa fanlar metodlari ishti- rokida o'tkaziladi (shaxsning jismoniy, fiziologik, psixik va ijti- moy taraqqiyoti aniqlanadi).

II.   Empirik metodlar: kuzatish va o‘z-o‘zini kuzatish; ekspe- rimental psixodiagnostika metodlari (test, anketa, suhbat, sotsi- ometriya, intervyu); faoliyat natijalarini tahlil qilish; biografiya metodlari.

III.Ma’lumotlarni qayta ishlash metodlari: miqdoriy (statisti- ka) va psixologik yoki sifatiy tahlil turlariga bo‘linadi.

IV.                        Sharhlash metodlari: genetik va donalash metodlari. Ge- netik metodda taraqqiyotdagi bosqich, pog‘onalar, inqiroz holat- lari ajratib ko‘rsatiladi (vertikal aloqa). Donalash metodida esa shaxsning barcha xarakteristikalari o‘rtasidagi «gorizontal» alo- qalar aniqlanadi.

Yosh va pedagogik psixologiya metodlari

Bu metodlardan ayrimlarini ko‘rib chiqamiz.

Kuzatish — psixik xususiyatlarni uzoq vaqt davomida, reja- li, biror maqsad asosida o‘rganish. Kuzatish — universal metod bo‘lib, turli vaziyatlarda ishlatiladi. Ilmiy kuzatish hayotiy (ilmiy bo‘lmagan) kuzatishdan tubdan farq qiladi. Hayotiy kuzatish — kundalik hayotda, rejasiz amalga oshirilib, turli tasodif-

22



1.       Maqsadga yo‘nalganlik. Umuman o‘quvchini emas, balki uning shaxsiy sifatlaii konkret namoyon bo‘lishini turli vaziyat- larda va faoliyatning har xil turlarida — o‘yin, o‘qish, mehnat, muloqot jarayonida kuzatish.

2.       Reja. Kuzatishni boshlashdan oldin muayyan vazifalar belgilanishi (nimani kuzatish), reja tuzilishi (vaqti va vosita- lari), ko‘rsatkichlarni aniqlab olishi (nimani qayd etish), bo'li- shi mumkin bo‘lgan xatolar va ularni oldini olish yollari, taxmin qilinayotgan natijalarni o‘ylab olishi lozim. Bunda kuzatilayotgan xususiyat aniq belgilanishi lozim (ular ko‘p bo‘lmasligi zarur). Kuzatishdan maqsad xulq-atvordagi topilgan kamchiliklarni to‘g‘rilash yo‘llarini ishlab chiqish bo‘lmog‘i lozim.

3.       Mustaqillik. Kuzatish yo‘l-yo‘lakay qilinishi lozim bo'lgan emas, balki mustaqil ravishda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan vazifa bo‘lmog‘i lozim.

4.       Tabiiylik. Psixologik-pedagogik kuzatish o‘quvchilar uchun tabiiy sharoitlarda o‘tkazilishi lozim. U o'qituvchining ishtirokisiz o‘tkazilishi zarurki, o‘quvchi kuzatilayotganini sez- masin.

5.       Tizimlilik. Kuzatish o‘qituvchining xohishi bilan emas, balki doimiy reja asosida, tizimli ravishda yoki rejalashtirilgan ma’lum oraliqdan so‘ng o‘tkazilishi zarur.

6.       Obyektivlik. Kuzatish jarayonida o‘z taxminlarini emas, obyektiv fakt, harakat, o‘quvchilar xulq-atvorining obyektiv xususiyatlarini qayd etish va shu asosda xulosa chiqarish lozim.

7.       Qayd etish. Olingan barcha ma’lumotlar ma’lum tizimda qayd etilishi lozim. Olingan natijalar kuzatish jarayonida yoki uni o‘tkazilgandan so‘ng darhol qayd qilinishi kerak.

Biroq kuzatish metodining kamchiliklari ham mavjud. Bular:

1.   Tekshiruvchining passiv holatni egallaganligi.

2.   Qayd etishdagi xatolar.

3.   Qaytarish imkonining yo‘qligi.

4.   Natijalarni tahlil qilishdagi subyektivizm.

24


Kuzatish metodining ijobiy tomoni shundaki, eksperimental ravishda o'rganish imkoni bo'lmagan faoliyatni analiz qilish, o‘quvchi xulq-atvorini tabiiy sharoitda o'rganish imkoniyati mavjud.

Kuzatish pedagogik amaliyotda qo‘llaniladigan asosiy metod- lardan biridir. Kuzatish intervallari yoshga bog‘liq bo‘lishi kerak.

Tug‘ilgandan 2—3 oygacha — har kuni;

2—3 oydan 1 yoshgacha — har hafta;

Ilk bolalik, ya’ni 1—3 yoshda — har oyda;

3 yoshdan 6—7 yoshgacha — yarim yilda 1 marta;

7—11 yoshda — 1 yilda 1 marta kuzatish o‘tkazilishi zarur.

Eksperiment metodi. Eksperiment metodi tabiiy va labora- toriya eksperimenti turlariga bo'linadi. Bu metod psixik holatni ta’riflashgagina emas, balki ularni tushuntirib berishga ham im- kon beradi.

Kuzatishdan farqli o'laroq, psixologik eksperiment tadqiqot- chining sinalayotgan faoliyatga faol aralashuvi mumkinligini na- zarda tutadi. Jumladan, psixologik fakt aniq namoyon bo‘lishiga, uning tadqiqotchi xohlagan yo‘nalish bo‘yicha o‘zgartirilishiga, har jihatdan tadqiq qilish uchun bir necha martalab takrorla- nishiga imkon beradigan shart-sharoitni yaratadi.

Laboratoriya eksDerimentining xarakterli belgisi faqat uning laboratoriya sharoitlarida maxsus psixologik asbob-uskuna- lar yordamida o‘tkazishlarida va sinaluvchining xatti-harakat- lari yo‘l-yo‘riqqa binoan sodir bolishi bilangina emas, balki sinalayotgan ligini biladigan sinaluvchi (garchi, odatda, sinalayotgan kishi eksperimentning mohiyati nimadan iboratligini, konkret nimani va nima maqsadda tadqiq qilinayotganligini bilmasa ham) kisnining munosabati bilan ham belgilanadi. Laboratoriya eksperimenti yordamida diqqatning xossalarini, idrok, xotira va boshqa- larning o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq qilish mumkin. Hozir­

gi paytda laboratoriya eksperimentini ko‘pincha shunday tarzda o‘tkazishadiki, unda odam odatdagi sharoitlarda bajarishi mumkin boigan faoliyatning ba’zi psixologik jihatlari modellashtirilib qo‘yiladi. Jumladan, eksperimentda anchagina hissiy zo‘riqish

25

vaziyati modellashtirilib, uning jarayonida sinaluvchi, masalan, kasbi-kori uchuvchi bo‘lgan kishi anglanilgan yechimlar qabul qilishi mumkin. Yuksak darajadagi uyg‘unlikni taqozo etadigan murakkab harakatlar qilishi, asboblardagi ko‘rsatkichlarga muno- sabat bildirishi va hokazolar belgilab qo‘yilgan bolishi mumkin.

Tabiiy eksperiment (birinchi marta 1910-yilda A.F. Lazur- skiy taklif etgan) mo‘ljallanganiga ko‘ra, eksperiment o tkazila- yotganini biladigan sinaluvchida hosil bo‘ladigan zo‘riqishga yo‘l qo'ymasligi va tadqiqotni odatdagi, tabiiy sharoitlarga (dars, suhbat, o'yin, uy vazifalarini bajarish va boshqalar) ko'chirishi lozim.

Masalan, materialni yodlashning samaradorligi uni uzoq vaqt xotirada saqlab qolish to‘g‘risidagi ko‘rsatmaga bog‘liqligini tadqiq qilish tabiiy eksperimentga misol bo‘la oladi. 0 ‘quvchilardan bir guruhi o‘rganilishi lozim bo‘lgan material bilan tanishtirila- di va ushbu material yuzasidan ertasiga so‘ralishini aytadi. Boshqa bir guruhda esa o‘quv materiali xuddi shunday tarzda o'tilib bo‘lgach, o‘quvchilarga o‘tilgan dars bir haftadan so‘ng so‘ralishi aytiladi. Haqiqatda esa har ikkala guruhda ham о quvchilardan ikki haftadan keyin so'ralgan. Ana shu tabiiy eksperiment jara­

yonida materialni uzoq vaqt xotirada saqlab qolishga mo‘ljallan- gan yo‘l-yo‘riqning afzalliklari aniqlanadi.

2.2. Tasdiqlovchi va shakllantiruvchi tadqiqot strategiyalari

Psixologik-pedagogik tadqiqot vazifalarini bajaradigan tabiiy eksperiment psixologik-pedagogik eksperiment deb ataladi. Har xil yosh bosqichlarida o‘quvchilarning bilish imkoniyatlarini o‘rganishda, o‘quvchi shaxsini shakllantirishning konkret yo‘lla- rini aniqlashda uning roli benihoya kattadir. Psixologik-pedagogik

eksperimeni uch qismdan iborat. Aniqlovchi, shakllantiruvchi, nazorat eksperimentlari. Aniqlovchi (tasdiqlovchi) eksperiment- da sinaluvchilardagi biror psixik jarayonning rivojlanish daraja- si aniqianadi. Masalan, boladagi xotiraning rivojlanish daraja- si «Meyli» testi yordamida aniqlanishi mumkin. Shakllantiruvchi eksperimentda aniqlangan psixik jarayon m e’yordan orqada

26


bo'lsa, uni rivojlantirish bo‘yicha maxsus mashg‘ulotlar o‘tkazila- di. Misolga qaytsak, xotirani rivojlantirish bo‘yicha mashg‘ulot- lar o‘tkaziladi. Nazorat tajribalarida shakllantiruvchi ta’sirning samaradorligini aniqlash uchun diagnostik metod yana bir marta takroran o'tkaziladi. «Meyli» testi yana bir bora o‘tkazilib, maxsus matematik-statistik metodlar yordamida shakllantiruvchi ta’sirning samaradorligi aniqlanadi.

2.3. Tadqiqotning yordamchi metodlari

Anketa — savollar yordamida psixologik axborot to‘plashning metodik usulidir. Bunda savollar mantiqan bir-biri bilan bog‘lan-

gan bo‘lib, tadqiqotning maqsadiga mos keladi. Anketa yordamida o‘qituvchi o'quvchilar shaxsiy sifatlarini aniqlash uchun material to‘playdi.

Taklif etiladigan savollarga qarab, anketalar mazmun, funksi- yasi, shakli bo‘yicha turli xil bo‘lishi mumkin.

Mazmun bo‘yicha anketa:

1.       Faktlar («Sening bo‘sh vaqtingdagi mashg‘uloting, «Uy joy sharoitingni ta’rifla»).

2.       Atrofdagi kishilar, hodisalar xarakteristikasini («0‘quv-ish- lab chiqarish korxonasida ish formasi boshqacha bo‘lishi kerak deb hisoblaysanmi?», «Ko‘pchilik bolalar o‘z imkoniyatlarini to'liq ishga solmay o‘qishlarining sababi nimada deb o‘ylaysan?»).

3.       0 ‘quvchining niyatlarini ifodalashi mumkin («Oliy o‘quv yurtiga kirasanmi?», «Yozgi oromgohga borasanmi?»).

Savollar bajaradigan funksiyasiga ko‘ra anketa o‘z ichiga qu- yidagilarni oladi:

a)        Filtrlovchi-savollar. М.: agar o‘qituvchini oliygohga kirishni xohlovchilar qiziqtirsa, anketada quyidagicha savollar taklif eti- ladi: «Sening yoqtiradigan predmeting?». Bunga faqat oliygohga kirmoqchi bo‘lgan o‘quvchilargina javob beradilar.

b)       Tekshiruvchi yoki nazorat qiluvchi savollar. Ularning asosiy

funksiyasi — ma’lumotning to‘g‘riligini tekshirish.

Shakli bo‘yicha anketalar:

27


a)      ochiq — bunda to g‘ri savollar o‘z xohishiga qarab, erkin

javob berish mumkin;

b)      yopiq — bunda savollarga tayyor javob berilgan bo‘lib,

o‘quvchi ulardan birini tanlashi lozim.

Anketa savollariga quyidagi talablar q o ‘y ila d i:

1.       Savollar aniq, tushunarli, sodda va konkret bo‘lishi lozim.

2.       Anketaning boshida oson savollar, keyin qiyin, undan keyin eng murakkablari, nihoyasida yana oson savollar berilishi lozim.

3.       Bitta xususiyatni aniqlashga bir necha savollar, nazorat qi­luvchi savollar berilishi lozim.

Anketa metodining ijobiy tomoni:

1)                   ommaviy o‘rganish imkoniyati;

2)                   informatsiya to‘plash tezligi;

3)                   ma’lumotlarni analiz qilishda matematik metodlardan keng foydalanish imkoniyati;

4)                   og'zaki formada javob olish qiyin bo'lgan savollarga javob olish imkoni;

5)                   bir necha tadqiqotlar natijasini taqqoslash imkoni;6) natijalarni qayd etishning qulay usuli.

Shuni ham nazarda tutish lozimki, anketa metodi shaxs xu- susiyatlarining barcha sohalarini to‘la o‘rganish imkonini ber- maydi, o‘quvchilar turlicha javob berganlari tufayli ularni klassi- fikatsiya qilishda qiyinchiliklar uchraydi, javoblarning obyekrivligi yuaori emas, chunki o‘quvchilar bunga vijdonan yondashmas- liklari mumkin.

Quyida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilaming kommunika- tiv (muloqotchanlik) xususiyatlarini aniqlash uchun mo‘ljallan- gan anketa tavsiya qilinadi.

Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar shaxsi kommunikativ xususiyatlarini baholash anketasi.

Ushbu anketa o quvchilar, tarbiyachilar va ota-onalar uchun mo‘ljallangan. Bunda kichik maktab yoshidagi о quvchilarning atrofdagilar bilan o‘zaro munosabatlari hamda kommunikativ xususiyatlari ekspert baholanadi.

28








19. 0 ‘quvchi o‘ziga ishonadimi?

A)   butunlay o'ziga ishonadi;

B)    ba’zida;

D) o'ziga ishonmaydi.

Ushbu anketa bo‘yicha bolalarni baholashda, ekspert sifatida faqat ota-onalar emas, shu bilan birga tarbiyachilar, sinf rahbar- lari hamda o‘quvchilar ham qatnashishlari shart.

Natijalar tahlili.

Anketa bo'yicha olingan m a’lumotlar quyidagicha bahola- nadi:

«А» javobi — 10 ball;

«В» javobi — 5 ball;

«D» javobi — 1 ball;

Barcha javoblar bo‘yicha natijalar yig‘indisi hisoblanib, 18 ga bo‘linadi va bola shaxsi kommunikativ xususiyatlari, shaxslararo munosabatlar rivojlanish darajasining o‘rtacha ko‘rsatkichlari ba- holanadi.

Agar ota-onalarning baholari o‘qituvchi va tarbiyachilar bilan mos kelsa, bolada baholanayotgan sifatlarning mavjudligi haqida xulosa hosil qilish mumkin. Agar 3 ta ekspertdan faqat 2 tasining baholari mos kelsa, bolada ushbu sifatlar yetarli darajada rivojlan- ganligi haqida xulosa chiqarish mumkin. Agar ekspertlar baholari umuman bir-biriga to‘g‘ri kelmasa, bolalarda ushbu sifatlarning mavjud yoki mavjud emasligi haqida qo‘shimcha maxsus tekshiri- luvsiz xulosa chiqarish mumkin emas.

Suhbat metodi. Suhbat — bevosita muloqot jarayonida o‘quvchi- lar psixik xususiyatlarini aniqlash metodikasi bo‘lib, o‘qituv- chi oldindan tayyorlab qo‘ygan savol asosida o‘zi uchun kerak- li bo‘lgan informatsiyani olish imkoniga ega.

Suhbat metodikasi yordamida inson xarakteri xususiyatlari, xatti-harakati motivlari, hayotining turli tomonlariga uning ba- hosi, biografiyasining asosiy faktlari va unga bo‘lgan munosabat- larni aniqlash mumkin.

Suhbat metodi ma’lum qoidalarga asoslanishi lozim.

32

1.       Suhbat tasodifiy emas, rejali bo‘lishi kerak.

2.       Suhbat boshida o‘quvchi qiziqadigan mavzuda gaplashish kerak.

3.       Suhbat boshlanishida biografik xarakterdagi savollar beril- masligi kerak.

4.       Savollar tushunarli, yosh xususiyatlarini hisobga olgan hol- da berilishi kerak.

Suhbat metodining ijobiy tomoni — o‘quvchi bilan bevosita muloqotda bo'lish, uning reaksiyalarini hisobga olish imkoni, qo‘shimcha, to‘ldiruvchi savollar berilishi mumkinligidir. Shuni ham nazarda tutish kerakki, suhbatdan biz obyektiv fakt emas, balki kishining subyektiv fikrini olamiz.

Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi. 0 ‘quvchilar yozgan in- shoga qarab, o'qituvchi uning adabiy qobiliyatini, so‘z boyligi, rivojlanish darajasi, obrazli tafakkuri haqida xulosa chiqarishi mumkin. Xuddi shuningdek, matematikadan yozma ish, chiz- machilikdan topshiriq natijalariga qarab o‘quvchining individual psixik xususiyatlari, qobiliyatlari, mehnat malakalari haqida ma’lumot to‘plash mumkin.

Diagnostik metodlar. Bu metodlar shaxsning u yoki bu xususiyatlarini shunchaki ta’riflash emas, balki bu xususiyatlarni o‘rganish asosida sifat va miqdor jihatdan xarakteristika berish imkoniyatiga ega.

Diagnostika metodlariga turli xil testlar kiradi.

Test metodi yordamida kishining aqliy qobiliyatlari darajasi aniqlanadi, inson holati va ularning xususiyatlari belgilanadi, shaxsning strukturaviy sifatlari — o‘z-o‘zini baholash, emotsional barqarorlik, muammoga yengil kirisha olishi o‘rganiladi.

Test inglizcha (test) so‘zidan olingan bo‘lib, sinab ko‘rish, tek- shirish ma’nosini bildiradi. Test tekshiruvchiga taqdim etiladi- gan topshiriqlar tizimi bo‘lib, uning natijasida standartlashtiril- gan o‘lchov o'tkaziladi. Test asosan individlar o‘rtasidagi farqlarni yoki turli sharoitlarda ular ko'rsatadigan reaksiyalar o'rtasidagi farqlarni o‘rganish uchun mo'ljallangan.

33

Yosh va pedagogik psixologiyada test guruhlarning ijtimoiy psixologik xususiyatlarini, guruhiy holatlarning namoyon boiish darajasini o'rganish uchun ham qo‘llaniladi. Test guruhlarni ij- timoiy-psixologik xarakteristikalari asosida differensiatsiya qilish maqsadlariga xizmat qiladi.

Testning standartlashtirilishi vazifalar bajarilishini baholash va uni o‘tkazishning bir xildagi jarayonlarini hosil qilishdan ibo- rat. Bu esa test o‘tkazilishi mo‘ljallanayotgan, o‘rganilishi talab qilinadigan katta sonli reprezentativ sinaluvchilarda (2-3 ming) testni o'tkazish orqali amalga oshiriladi.

Test standartlashtirilishi 2 bosqichda o‘tkaziladi. 1-bosqich- da testni qo'llash yo'riqnomasi shakllanadi: topshiriqlar tanla- nadi, uni o‘tkazish uchun ko‘rsatmalar ishlab chiqiladi, sinaluv- chiga beriladigan yo'riqnoma tuziladi va testni o'tkazishning boshqa masalalari ko‘rib chiqiladi. 2-bosqichda normalar aniqla- nadi, ya’ni test natijalarini baholash uchun boshqa individlar yoki guruhlar natijalari bilan solishtirish uchun normalar tizimi bel- gilanadi.

Testning ishonchliligi — shu test qayta o'tkazilganda (aynan shu tekshiruvchilarda) olingan ma’lumotlarning bir-biri bilan mos kelishi. Ishonchlilikni baholashning asosiy ko‘rsatkichi kor- relyatsiya koeffitsienti.

Testning validligi - test qanday maqsadda yaratilgan bo‘lsa, o‘sha maqsad uchun qo‘llaniladi.

Qo‘llanilish sohasiga qarab:

1.                    Intellekt testlari.

2.                    Maxsus qobiliyatlarni aniqlash va yutuqqa erishish testlari.

3.                    Shaxs xususiyatlarini aniqlash testlari.

4.                    Qiziqishlar, ustanovka, qadriyatlarni aniqlash testlari.

5.                    Shaxslararo munosabatlar diagnostikasi uchun mo'ljallan- gan testlar farqlandi.

Masalan, shaxslararo munosabatlarni va shaxs sifatlarini diag- nostika qilish uchun ko'pincha amerikalik psixolog T. Liri tomo- nidan yaratilgan metodika qo‘llaniladi. Bu metodik so‘rovnoma

34


bo‘lib, 128 ta punktdan iborat. Sinaluvchi o‘zi va atrofidagilar- da muayyan xislatlarning mavjudligini, shuningdek, o‘zida va sheriklarida boiishini xohlaydigan sifatlarni ko‘rsatadi. Natijalar qayta ishlangach, tadqiqotchi sinaluvchining shaxsi, yo‘nalishi- ni aniqlab va shu asosda shaxslararo o‘zaro ta’sirni prognoz qili- shi rnumkin.

Shunday qilib, testlar — bu maxsus metodlar bo'lib, u yoki bu ijtimoiy psixologik hodisa qisqa muddat ichida tekshiriladi. Testlar asrimizning boshlarida kashf qilingan bo‘lib, ular 20— 30 yillarda hayotga, amaliyotga shiddat bilan kirib keldi. Natija- da maxsus soha — psixometrika yuzaga keldi. Testlarni qoilash- ning qulayligi shundaki, bir test yordamida m a’lum shaxsning u yoki bu xususiyatlarini bir necha marta, takroran sinab ko‘rish mumkin.

Proyektiv metodlar. Proyektiv metodlar test usullarining bir ko'rinishi bo'lib, ularda tekshiriluvchi uchun aniq ko‘rinishga ega bo‘lmagan noaniq narsalar tavsiya etiladi va ularni sharhlash top- shirig'i beriladi. Masalan, tekshiriluvchiga turlicha talqin qilish mumkin bo‘lgan rasmlar, tugallanmagan hikoyalar, biror aniq ko‘rinishi mavjud bo‘lmagan buyumlar berilishi va ularni tekshiriluvchi o'zining hissiy kechinmalari, qiziqishlari, dunyoqa- rashi nuqtayi nazaridan baholashi kutiladi.

Proyektiv metodlar qatoriga Rorshaxning «Siyoh dog‘lari» tes- tini kiritish mumkin (1921). Bu — 2 tomonlama simmetrik shakl- da berilgan 10 xil siyoh dog'laridan iborat bo‘lib, har bir dog‘ har xil bo‘yoqli fonda ko'rsatiladi. Tekshiriluvchidan har bir «dog1» nimaning shaklini eslatishi so‘raladi. Bunda: 2 ta dog1 qizil rang- li shtrixlar, 5 ta dog‘ kulrang — qora, 3 ta dog‘ — yorqin bo‘lma-

gan ranglarda beriladi.

Proyektiv metodikalardan yana biri tugallanmagan jumlalar metodi. Ushbu metod yordamida guruhiy va shaxsiy ustanov- kalar tekshiriluvchining atrofidagilarga (o‘rtoqlari, o‘qituvchi, ota-onasi) munosabati xususiyatlari, shuningdek, o‘ziga va kela- jakka bo‘lgan munosabatlari ham o‘rganiladi. Shu maqsadda tekshiriluvchiga bir qancha tugallanmagan jumlalar taklif qilinadi, ko‘p o‘ylamasdan gapni mantiqan oxiriga yetkazish talab qilinadi. Masalan,

— mening har safar kayfiyatim buziladi, agar...

— men uchun eng muhim muammo, bu — ...

— do‘st — bu ...

— mening otam ba’zida ...

— men shunga intilamanki ...

Proyektiv metodikalar turli-tuman. Ular bir-biridan tubdan farq qiladi. Biroq shuni nazarda tutish lozimki, proyektiv meto- dikani tavsiflash muayyan psixologik bilimlarni maxsus nazariy tayyorgarlikni va metodikani qo‘llash bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘lishni talab qiladi.

Sotsiometriya metodi. Sotsiometriya metodi birinchi bo‘lib amerikalik psixolog Dj. Moreno tomonidan taklif etilgan. Bu metodning mohiyati shundan iboratki, inson u yoki bu ko‘rsat- kich bo‘yicha guruh a’zolarini tanlaydi. Qilingan tanlashlar aso- sida kishining guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida tut- gan o‘rni haqida xulosa qilinadi.

Demak, sotsiometriya metodi yordamida guruh a’zolari o‘rtasidagi simpatiya yoki antipatiyani aniqlash mumkin. Sotsiometriya metodini operativ tarzda o‘tkazish, uning natijalarini esa matematik qayta ishlash va grafik ravishda ifodalash mumkin.

Sotsiometriyani tadqiqot metodi sifatida tan olish bilan bir qatorda uning ba’zi kamchiliklarini ham ko‘rsatib o‘tish zarur. Asosiy kamchilik shundan iboratki, sotsiometriya metodi mavjud munosabatlar strukturasining sabablarini aniqlash imkonini ber- maydi. Shuning uchun ham sotsiometriyadan olingan ma’lumot- lar kuzatish, suhbat, psixologik-pedagogik eksperiment natijalari

bilan to‘ldirilishi lozim.

Sotsiometriya metodidan guruh, jamoa a’zolari o‘zaro bir-bir- larini yaxshi bilgan holatlardagina foydalanish mumkin. Bu metod yordamida shaxsning xizmat yuzasidan bo‘ladigan va shaxsiy munosabatlardagi haqiqiy o‘rnini aniqlash, birlamchi guruhlar mavjud yoki mavjud emasligini topish, birlamchi gu- ruhlarning paydo bo‘lishi va tarqab ketishi sabablarini aniqlash mumkin.

Sotsiometriya metodining mohiyati shundan iboratki, tekshiri- luvchiga birga qilinadigan ishlari yoki guruh a’zolarining ishlarini

birgalikda bajarishga xohishlari to‘g‘risida savollar beriladi. Beri- ladigan savollar tanlash ko‘rsatkichlari deyiladi. Kuchli va kuch- siz ko‘rsatkichlar farqlanadi. Kuchlilar chuqur va barqaror muno- sabatlarni, kuchsizlari yuzaki va beqaror munosabatlarni aniqlash imkonini yaratadi. Masalan, «xizmatdoshlaringizdan qaysi biri bilan bitta brigadada ishlashni xohlardingiz?» degan savol bo‘yi- cha aniqlangan ko‘rsatkich kuchli ko‘rsatkich hisoblanadi, chun- ki u uzoq vaqt davom etadigan, muhim munosabatlarga tegishli. «Kimni birga ekskursiyaga borishga taklif qilardingiz?» — kuchsiz ko'rsatkich, chunki u chuqur bo'lmagan va vaqtinchalik munosa­

batlarni belgilaydi. Kuchli va kuchsiz ko‘rsatkichlar mazmuni ji- hatidan turlicha bo'lishi mumkin, lekin ulardagi umumiy narsa — natijalar, ya’ni sherik tanlash.

Tanlashlar soni cheksiz bo‘lishi mumkin. biroq amaliyotning ko‘rsatishicha, kishining guruhdagi holati va o‘zaro munosabat- larini aniqlash uchun 3 ta kishi tanlash yetarli. Bunda sinaluv- chidan, birinchi navbatda kimni tanlashi, agar 1 shaxs bilan imkon bo‘lmasa 2-navbatda kimni tanlashi hamda ikkinchisi- ni tanlash imkoni bo‘lmasa, 3-navbatda kimni tanlashi haqida so‘raladi.

Sherikni tanlash o‘zaro va bir tomonlama bo‘lishi mumkin. 1 -holda A — В ni, В — A ni tanlaydi. Bu o‘zaro bir-birini tanlash hisoblanadi. Tanlash bir tomonlama bo‘lganda A — В ni, 8 esa D ni yoki E ni tanlaydi.

Tanlash bir tomonlama bo‘lganda A — В ni, В esa D ni yoki E ni tanlaydi.




Matritsa quyidagicha tuziladi. To'rtburchak yoki kvadrat chi- zilib, guruh a’zolarining soniga qarab katakchalarga bo‘linadi. Chap tarafdan yuqoridan pastga va yuqoridan o‘ng tarafga guruh a’zolarining shartli belgilari qo‘yib chiqiladi. Guruh a’zolarining shartli belgilari o‘quvchilar familiyasi yoki familiya bosh harfi, tekshiruvchilarning tartib nomerlari ham bo‘lishi mumkin. Go- rizontal chiziq bo'yicha qatorlarga tanlanayotgan o'quvchi, ver- tikaliga esa katakcha ichiga kimni tanlayotgani haqidagi ma’lu- motlar yoziladi. Ijobiy tanlash «+» belgisi bilan, o‘zaro bir-birini

tanlash esa «+» belgisi bilan ifodalanadi.

Ma’lumki, kichik guruh yoki jamoalarda birlamchi guruh- lar mavjud bo'lishi mumkin. Bu birlamchi guruhlar esa boshqa matritsada belgilanadi. Buning uchun yuqorida ko‘rsatilga- nidek, to‘rtburchak yoki kvadrat chizilib, matritsaning chap burchagidan pastdagi o‘ng burchagiga qaratib diagonal chiziq o‘tkaziladi. Bu chiziq kvadratning shu diagonal chizig'iga to‘g‘ri kelgan kataklari ustidan o‘tadi. 1-matritsadan o‘zaro tanlanish-

ga ega bo'lgan istagan bir o‘quvchi tanlab olinadi. Uning tartib raqamini va familiyasini matritsaning 1-qatoriga o‘tkaziladi. Xuddi ana shu raqamni yuqoridagi 1-katakka qo'yiladi. So'ngra 1-matritsadan 1-qatorga yozilgan shaxs bilan o‘zaro tanlanish- da bo‘lgan shaxslarni tanlab olinadi. Uning tartib raqami va familiyasi 2-qatorga yoziladi. Xuddi ana shu raqamni yuqoridan 2-ustunga yoziladi. Matritsaning shunga muvofiq keladi- gan kataklariga «+» belgisi yozib qo‘yiladi. M atritsaning 1-qa- toridagi o‘quvchi bilan o‘zaro tanlanishda bo'lgan guruhning navbatdagi a’zosini uning 1-matritsadagi raqamini saqlagan hol- da 3-qatorga yoziladi. Shu raqamni 3-ustunning yuqori qismiga ham qo‘yiladi. Tegishli katakka «+» belgisi qo‘yiladi. Shu tari- qa 1-matritsadan tanlab olinadigan familiyalarni navbatdagi qa- torga yoziladigan o'zaro tanlanishda bo‘lgan birorta ham kishi qolmaguncha davom ettirish kerak. Boshqacha qilib aytganda, o‘zaro tanlanishda bo‘lgan kishilar doirasi yakunlanishi lozim. 0 ‘zaro bir-birini tanlamagan o‘quvchilar matritsaning oxiriga

39



ya’ni o‘sib borish yoki kamayish tartibida joylashgan o‘lchovlar variatsion qatorni tashkil qiladi. Variatsion qator tarkibida tak- rorlanadigan o'lchovlar soni chastota deyiladi.

Masalan, tadqiqotchi «Sening fikr va qarashlaring sinfdosh- laringniki bilan ko‘pincha mos keladimi?» kabi anketa savoliga 36 o‘quvchidan javob olingan deylik. Bunda 5 xil javob ko‘zda tutil- gan: «har doim», «ko‘pincha», «ba’zida», «kamdan kam», «hech qachon». Agar har 1 javob varianti uchun son belgisi berilsa («har doim» — 5, «ko‘pincha» — 4, «ba’zida» — 3, «kamdan kam» — 2, «hech qachon» — 1).

Hamda sonlarning kamayib borish tartibi bo‘yicha bir qator- ga joylashtirilsa, biz quyidagicha variatsion qatorga ega bo‘lamiz:

555555444444444333333333333222222211

Olingan ma’lumotlarni qayta ishlash oson bo‘lishi uchun jad- val shakliga keltiramiz:

Anketa savollariga o‘quvchilar bergan javoblaridan chastota bo‘yicha taqsimlanishi.

1-jadval

№              Variantlar                                                        Chastota

1.                     Har doim          6

2.                     Ko'pincha         9

3.                     Ba’zida              12

4.                     Kamdan kam   7

5.                     Hech qachon    2

                  Jami                                                                  36

Chastota bo‘yicha jadvalda keltirilgan ma’lumotlarni grafik shakliga keltirish mumkin. Bunda grafik tuzish 2 yo‘l bilan amal- ga oshirilishi mumkin. Gorizontal chiziqqa variantlar, vertikal chiziqqa ular chastotasi joylashtirib, shtrix chiziq bilan birlashtir- sak, chastotalar poligoni egri chizig'iga ega bo‘lamiz.

Tadqiqotdan olingan ma’lumotlarni statistik qayta ishlash uchun o‘rtacha arifmetik qiymat, moda va medianani hisoblash zarur. 0 ‘rtacha arifmetik qiymat olingan natijalar yig‘indisini topib, uni variatsion qator a’zolari soniga boiish orqali hisoblab chiqiladi:

41










1





dan foydalaniladi, ba’zan maxsus tanlangan savollar yozilgan an- ketalar qo‘llaniladi, biografik ma’lumotlar aniqlanadi, anamnez to‘planadi, ya’ni tadqiq qilinayotgan faktning hosil bo‘lishiga qa- dar mavjud shart-sharoitlar ta’riflanadi va hokazolar).

Ikkinchi bosqich — xususan eksperimental bosqich bo‘lib, tadqiqotning konkret metodikasi amal qiladi va o‘z navbatida bu bosqich birin-ketin qo‘llaniladigan qator bo‘g‘inlarga — eksperi- ment seriyalariga bo‘linadi.

Tadqiqotning uchinchi bosqichi - tadqiqot ma’lumotlarini si- fat jihatidan qayta ishlashdir. U psixologiyaning matematik appa- ratini - dastlab ilgari surilgan farazning tasdig‘i tarzida olingan xulosalarning haqqoniyligi haqida hukm chiqarish imkonini be- radigan turli xildagi statistik usullar va ehtimollik nazariyasining asosiy qoidalarini qo‘llanishni taqozo etadi.

Tadqiqotning to'rtinchi bosqichi olingan ma’lumotlarni izohlab berish, ularni psixologik nazariya asosida talqin qilish, farazning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini uzil-kesil aniqlashdan ibo- ratdir.

Psixologik tadqiqot bosqichlari

Tayyorgarlik bosqichi

I. Muammoning o'rganilganlik holatini tahlil qilish, vazifalarini bel- gilab olish, tadqiqotning ishchi farazini ilgari surish, metodikalar tanlash.______________________________________________________ II. Xulosalar ishonchliligini ta’minlovchi ma’lumotlar to‘plash. Bu- ning uchun turli metodlar qo‘llanilib, bir yoki bir necha bosqichlarda eksperiment o‘tkaziladi.________________________________________ III. Tadqiqot natijalarini miqdoriy qayta ishlash, o‘rtacha qiymat, korrelyatsiya koeffitsientlarini aniqlash, grafiklar va jadvallar, dia-

grammalar tuzish._____________________________________________ IV. Ma’lumotlarni tavsiflash (interpretatsiya qilish), xulosalar ishlab chiqish.______________________________________________________

3-rasm. Psixologik tadqiqot bosqichlari.

1. Tadqiqotlarni tashkil qilish tekshiruvda qo‘llaniladigan metod va metodikalarni tanlash hamda sinab ko‘rishni (pilotaj

49

tekshiruv) o‘z ichiga oladi. Tadqiqotga tayyorgarlik jarayonida tekshiriluvchilar va ularning soni aniqlanadi.

Tadqiqot metodi — bu tadqiqotchini qiziqtirgan ma’lumotni qo‘lga kiritish yo‘li, vositasi.

Tadqiqot metodikasi — bu psixik jarayonlar va ularning xususiyatlari to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni qo‘lga kiritish uchun ishlatiladigan konkret usul va vositalar majmui.

2.  Tadqiqot otkazish joyi turli xil tashqi shovqinlardan xo- li bo‘lishi. shu bilan birga sanitariya-gigiyena qoidalariga javob berishi lozim. Majbur qilmaydigan ish holati ta’minlanishi kerak.

3.  Tadqiqotning texnik ta’minlanishi hal qilinishi lozim bo'lgan masalalarga mos tushishi kerak.

4.  Sinaluvchilarni sifat jihatidan bir xil qilib tanlash zarur.

5.  Tadqiqotchi tadqiqotning borishiga, uning barcha bos- qichlarini o‘tkazishga ta’sir etadi (rejalashtirishdan, to xulosa va tavsiyalar ishlab chiqishgacha).

6.  Yo'riqnoma yoki ko'rsatma tadqiqot boshlanishidan oldin, tayyorgarlik bosqichida tuziladi. U aniq, qisqa va bir ma’noli bo‘lishi lozim.

7.  Tadqiqot natijalari bayonnomalarda qayd etilib, u bir vaqt- ning ozida ham to‘la, ham maqsadga qaratilgan bo‘lishi kerak.

8.  Tadqiqotdan olingan ma’lumotlar sifat va miqdor jihatdan analiz, sintez qilinishi, ya’ni qayta ishlanishi zarur.

Shunday qilib, ushbu bobda psixologiyaning asosiy va yor- damchi metodlari, ularning batafsil sharhi hamda psixologik tad- qiqotlarni o‘tkazish sxemasiga to‘xtalib o‘tdik.

Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari:

1.              Yosh psixologiyasining asosiy metodlari qaysilar?

2.              Yosh psixologiyasining yordamchi metodlari qaysilar?

3.              B.G.Ananyev psixologiya metodlarini qanday guruhlarga bo'lgan?

4.              Matematik statistik metodlar qanday hisoblanadi?

5.              Tadqiqotlarni o‘tkazish bosqichlari haqida so‘zlab bering.

50


Mavzuni mustahkamlash uchun testlar:

1. Yosh psixologiyasida keng qo‘llanuvchi quyidagi metod- lardan qaysilari tashkiliy metodlar jumlasiga kiradi?

a)    kuzatish va eksperiment, sotsiometriya;

b)    komleks, longityud, taqqoslash;

c)    sotsiometriya va faoliyat mahsulini o‘rganish;

d)    uzunasiga va ko‘ndalangiga kesim.

2. Yosh psixologiyasining asosiy metodlari qaysilar?

a)    longityud, ko‘ndalangiga kesim;

b)    anketa, test;

*c) kuzatish, eksperiment; d) sotsiometriya, suhbat.

3. Yosh psixologiyasining yordamchi metodlari qaysilar?

*a) test, anketa, suhbat, sotsiometriya, faoliyat natijalarini o‘rganish;

b)      test, anketa, kuzatish, sotsiometriya, faoliyat natijalarini

o‘rganish;

c)       test, anketa, suhbat, eksperiment, faoliyat natijalarini

o‘rganish;

d)      test, anketa, korrelyatsiya, sotsiometriya, faoliyat natijala­

rini o‘rganish.

4. B.G.Ananyev psixologiya metodlarini qanday guruhlarga bo‘lgan?

a)    proyektiv, diagnostik, ma’lumotlarni qayta ishlash, sharh-

lash metodlari;

b)    intellektual, korreksion, ma’lumotlarni qayta ishlash, sharh-

lash metodlari;

c)    test, anketa, korrelyatsiya, sotsiometriya, faoliyat natijala­

rini o‘rganish metodlari;

*d) tashkiliy, empirik, m a’lumotlarni qayta ishlash, sharhlash metodlari.

5. Psixologik-pedagogik eksperiment quyidagi qismlardan iborat.

a)    laboratoriya, tabiiy eksperiment;

b)    pilotaj, longityud eksperimentlar;

*c) aniqlovchi, shakllantiruvchi, nazorat eksperimentlari;

d) ta’kidlovchi, tasdiqlovchi, tormozlovchi eksperimentlar.

51

I ll BOB. YOSH PSIXOLOGIYASINING SHAKLLANISH

TARIXI

Reja:

1.Psixologiya fanlarining mustaqil sohasi sifatida yosh psi- xologiyasining shakllanishi.

2.Bolalar psixologiyasini tizimli o‘rganishning boshlanishi.

3.XIX asr o'rtalari va XX asr boshlarida Rossiyada yosh psixo- logiyasining shakllanish tarixi.

Mavzu o‘quv maqsadi:

Ta'limiy: bo‘lajak psixologlar tomonidan yosh psixologiya- si fanining rivojlanish tarixi haqidagi bilimlarni o‘zlashtirilishi- ni tashkil etish.

Tarbiyaviy: bo‘lajak psixologlar tomonidan yosh psixologiyasi fanining rivojlanish tarixi haqida bilim, malaka va ko'nikmalari asosida dunyoqarashini kengaytirish.

Rivojlantiruvchi: mavzuning ta’limiy va tarbiyaviy o‘quv maqsadlari asosida talaba shaxsini rivojlantirish.

Tayanch tushunchalar: yosh psixologiyasi, bolalar psixologiyasi, rivojlanish, ontogenez, filogenez.

3.1. Psixologiya fanlarining mustaqil sohasi sifatida yosh psixologiyasining shakllanishi

Yosh psixologiyasi alohida fan sifatida XIX asrmng boshlarida vujudga kelgan bo‘lishiga qaramay, uning mustaqil fan sifatida rivojlanishi va qaror topish yo‘li ancha murakkab kechgandir.

0 ‘tmishda ajdodlarimiz insonning psixologik qonuniyatlarini, muayyan ilmiy yo‘nalishda o'rganmagan bo‘lsalar-da, biroq allo- malarning qo'lyozmalarida mazkur holatlarning namoyon bo‘li- shi, inson kamoloti borasidagi qimmatli fikrlari hozirgacha yuk- sak ahamiyat kasb etadi.

Jumladan, Abu Nasr Forobiy pedagogika masalalarini va ular bilan bog'liq bo'lgan psixologik, fiziologik muammolarni ijobiy hal etishda insonni har tomonlama yaxlit va o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan qismlardan iborat, deb aytadi. Forobiy mavjudotni bilish-

52

da ilm-fanning rolini hal etuvchi omil deb biladi, uningcha inson tanasi, miyasi, sezgi organlari tug‘ilishda mavjud, lekin aqliy bilimi, ma’naviyligi, ruhi, intellektual va axloqiy xislatlari, xarak- teri, dini, urf-odatlari, ma’lumoti tashqi muhit, boshqa insonlar

va shu kabilar bilan muloqotda vujudga keladi, inson o‘z faoliya- ti yordamida ularni egallaydi, ularga erishadi. Uning aqli, fikri, ruhiy yuksalishning eng yetuk mahsuli bo‘ladi, deb ta’kidlaydi.

0 ‘qituvchi shaxsining psixologik xususiyatlari masalasida Abu Nasr Forobiy: « 0 ‘qituvchi aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega bo‘li- shi va o'quvchilarga aytmoqchi bo‘lgan fikrlarini to‘la va aniq ifo- dalay olishni bilmog‘i zarur», « 0 ‘qituvchi va rahbarning vazifa- si dono davlat rahbari vazifasiga o‘xshaydi, shu sababli o'qituvchi eshitgan va ko'rganlarining barchasini eslab qolishi, aql-farosat- ga, chiroyli nutqqa ega bo‘lishi, o'quvchilarga aytmoqchi bo‘lgan fikrlarini to‘la va aniq ifodalab berishni bilmog‘i lozim. Shu bilan birga o‘z or-nomusini qadrlashi, adolatli bo‘lishi lozim. Ana shundagina u insoniylikning yuksak darajasiga ega bo‘ladi va baxt cho'qqisiga erishadi», — deb ta’kidlaydi.

Abu Rayhon Beruniy ta’lim va tarbiyaning maqsadi. vazifalari va mavqeyi. inson, yosh avlodning rivojlanishi haqidagi fikrlari chin ma’noda insonparvarlik va insonshunoslik zamirida yaratil- gan. Bilim va tarbiyaning tabiatga uyg‘unlik tamoyillarini muta- fakkirning barcha asarlarida kuzatish mumkin. U insonni tabiat- ning bir qismi deb ta’kidlaydi.

Beruniy ta’lim jarayonining mohiyatiga chuqur kirib borib, bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish asosida qurilgan o‘qitish samarali bo‘lishini uqtiradi. Beruniy pedagogik ijodi- da inson va uning baxt-saodati, ta’lim-tarbiyasi, kamoloti bosh masala bo‘lgan.

0 ‘rta asrda yashab, ijod etgan donishmand, tabobat ilmining dohiysi Abu Ali ibn Sino inson ruhiyati, tana va qalbning birligi, inson organizmining tuzilishi, undagi nerv faoliyati va ularning tarmoqlanishi, holatlari haqidagi qimmatli ma’lumotlari hozir- ga qadar tibbiyotning muhim negizini tashkil etadi. Abu Ali ibn

53


Sinoning fikricha: «...0‘qituvchi matonatli, sof vijdonli, rostgo‘y va bolani tarbiyalash metodlarini, axloq qoidalarini yaxshi bila- digan odam bo‘lmog‘i lozim. 0 ‘qituvchi o'quvchining butun ich- ki va tashqi dunyosini o‘rganib, uning aql qatlamlariga kira ol- mog'i lozim».

Yusuf Xos Hojib ijodining bosh masalalaridan biri — komil in- sonni tarbiyalashdir. U o‘z asariarida eng komil, jamiyatning olsha davrdagi talablariga javob bera oladigan insonni qanday tasavvur qilgan bo‘lsa, shu asosda u o‘z tamoyillarini izchil Dayon eta- di. «Qutadg'u bilig» («Saodatga yo‘llovchi bilim») asari ta’lim va tarbiya, ma’naviy kamolotning yo‘l-yo‘riqlarini, usullarini, cho- ra-tadbirlarini o'zida mujassamlashtirgan, axloq va odobga doir ma’naviy manbaair.

          Abdurahmon         Jomiyning         «Bahoriston»,           «Xirandnomai

Iskandari», «Tuhfat-ul-axror» va boshqa asariarida ilm-ma’rifat, m’Lim-tarbiya, kasb-hunar o rganish, inson ijobiy fazilatlari ha- qidagi fikrlari ifodalangan.

Ta’lim va tarbiya jarayonida tarbiyachi va o‘qituvchi shaxsi eng muhim omil bo‘lganligi tufayli Nasriddin Tusiy «O'qituvchilarni

tarbiyalash to‘g‘risida» degan asarida shunday fikrlarni ifodalay- di: « 0 ‘qituvchi munozaralarni olib borishni, rad etib bo‘lmay- digan darajada isbot qilishni bilishi, o‘z fikrlarining to‘g‘riligiga ishonishi, nutqi esa mutlaqo toza, jumlalari mantiqiy ifodalanadi- gan bo‘lishi lozim... 0 ‘qituvchi nutqi hech qachon va hech qayer- da zaharxandali, qo'pol yoki qattiq bo'lishi mumkin emas. Dars paytida oqituvchi o‘zini tuta olmasligi ishni buzishi mumkin...».

Alisher Navoiyning «Xazoyin-ul-maoriy», «Mahbub-ul-qulub» va boshqa shu singari asariarida yetuk, barkamol insonning ax- loqi, ma’naviyati, o‘zgalarga munosabati, iste’dodi va qobiliyati to‘g‘risida qimmatli mulohazalar yuritilgan. Ana shu psixologik mezonlar ijtimoiy adolatning qaror topishi uchun muhim ahami- yatga ega ekani ta’kidlangan. Shu bilan birga o‘qituvchi mehnati- ni xolisona baholab: «Agar shogird podsholikka erishsa ham, un- ga (muallimga) qulluq qilsa arziydi», deydiki, bu orqali ta’lim va tarbiya jarayonidagi o‘qituvchi shaxsini markaziy shaxs sifatida ko‘radi. Shuningdek, Navoiy asarlarida yosh avlodni barkamol inson sifatida shakllanishida ota-onaning roli, ayollarning iffat- liligi, kishiiarning kamtarligi haqidagi fikr-mulohazalari alohida o‘rin egallaydi.

Navoiy «Xamsa»sining har bir dostonida bukilmas iroda, qat’iyatlilik, itoat, insonparvarlik tuyg‘ulari, ijodiy xayolot, in- sonning murakkab ichki kechinmalari mohirona yoritilgan. Shuningdek, bu borada Mahmud Qoshg‘ariy, Ulug‘bek, Naqshbandiy, Ogahiy singari buyuk Sharq mutafakkirlarining yoshlar tarbiyasiga, o‘qituvchi, tarbiyachining jamiyatdagi o‘rni, axloq-odob, fe’l-atvor, oilaviy hayot, shaxslararo munosabatlarga doir qarashiari ularning asarlarida ravon va ixcham bayon etilganligini ta’kidlash mumkin.

3.2. Bolalar psixologiyasini tizimli o‘rganishning boshlanishi

Yosh va pedagogik psixologiya fanning alohida tarmog‘i sifatida o‘zining kelib chiqish va rivojlanish tarixiga ega. Yosh va pedagogik psixologiya fan sifatida XIX asrning ikkinchi yarmi- da tarkib topadi. Bunda taniqli rus pedagogi K.D. Ushinskiyning asarlari, ayniqsa uning «Inson tarbiya predmeti sifatida» nomli asari katta rol o‘ynaydi.

Bundan tashqari Ch.Darvinning evolutsion g‘oyalari ham yosh psixologiyasining taraqqiyotiga jiddiy ta’sir ko'rsatadi. Evolutsion ta’limot psixik taraqqiyot manbalari muammosiga e’tiborini qa- ratishga olib keladi.

XX asrning boshlariga kelib, umumiy psixologiyada o‘tkazi- ladigan eksperimental tadqiqotlarni pedagogika sohasiga shun- dayligicna o‘tkazish mumkin deb qaraldi. Ammo o‘sha davr- ning umumiy psixologiya fani pedagogika uchun yetarli bilimlar boyligini bera olmas edi.

Psixik taraqqiyotning dastlabki konsepsiyalari Ch.Darvinning evolutsion ta’limoti, biogenetik qonun ta’sirida vujudga keldi. XIX asrda biologlar E.Gekkel va F.Myuller tomonidan biogenetik qonun rekapitulyatsiya (takrorlanish) tamoyiliga asoslanib

55


kashf etildi. Unga ko‘ra organizmning individual taraqqiyoti o sha turning tarixiy taraqqiyotida aks etadi. Organizmning individual taraqqiyoti (ontogenez) o‘sha tur avlodlari tarixiy taraqqi- yotini (filogenez) takrorlaydi. Rekapitulyatsiya tamoyili o‘z vaqti- da psixologiyaning rivojlanishiga muhim ta’sir ko‘rsatdi. Uning ta’sirida amerikalik olim E.Xoll (1844—1924) bolalar psixik taraq- qiyotining bir butun nazariyasini yaratdi.

E.Xoll AQSHda ta’lim-tarbiya tizimini va maktablarni qayta tashkil etish bo‘yicha jamoatchilik talabiga ko‘ra bolalar psixi- kasini o‘rganishga kirishdi. Bunda u anketa, so‘rovnoma metod- laridan foydalandi. Olimni bolalar atrof-muhitni qanday tasavvur qilishi, turli vaziyatlarda o‘zlarini qanday his qilishlari, ularning dastlabki xotiralari qanday, ular boshqalarga qanday munosabatda bo‘lishi qiziqtirdi. U bolalar o‘yinlari, qo‘rquvlari, nutqi, rasmlarini dastlabki odamlarniki bilan solishtirishga harakat qil- di. Olingan materiallar asosida turli yoshdagi bolalarning psixik hayotini yuqorida ta’kidlangan rekapitulyatsiya tamoyiliga aso- san «qayta tuzishga» urinib ko‘rdi. E.Xoll aniq bir bola va ilgari yashagan insoniyat rivojlanishida o‘xshashlik borligini aniqladi.

Masalan, bolalarning qum bilan o‘ynashini dastlabki odamning g‘orlarda yashab, ildizlarni to‘plashlariga o‘xshatdi. 5—12 yoshli bolalarning o‘yinlarini dastlabki odamlarning ovchilik instinkt- lariga o‘xshatdi; o‘smirlarning o‘yinlarini hind qabilalaridagi hayot tarziga o‘xshatdi. Xollning ta’kidlashicha, psixik rivojlanish bosqichlarining ketma-ketligi genetik jihatdan ta’minlangan.

Biologik omil, instinktlarning yetilishi xulq-atvor almashili- nishida asosiy determinatdir.

5-jadval S. Xollning rekapitulyatsiya nazariyasi

Tadqiqotning asosiy pred- Bola psixik taraqqiyoti qonuniyatlarini meti izlash

                                                                Anketa,       dastlabki        odamlar va        bola­

      Tadqiqot metodlari                       lar      rasmlarini       taqqoslash,       o‘yin      va

qo‘rquvlar tahlili

0 ‘yin, rekapitulyatsiya, ontogenez, filo-

Asosiy tushunchalar genez, pedologiya

Bola psixik taraqqiyotida insoniyat sotsiogenezi qisqacha takrorlanadi; ge-

Asosiy g'oyalar netik ketma-ketlikda bolalar xulq-atvori bosqichlari ajratilgan

Rivojlanish omillari                                  Biologik omil, instinktlarning yetilishi

Tadqiqot     metodining            introspeksiyaga yaqinligi, o‘xshashlikning yuzakiligi, af-

Tanqid yo'nalishi

sonaviylik, haddan tashqari keng umum- lashtirish

Insoniyat taraqqiyotining individual va tarixiy taraqqiyoti muammosining

Afzalligi                                                       qo'yilishi — bolalar psixik taraqqiyoti

haqida dastlabki mashg'ur nazariyaning yaratilishi

Shuningdek, E.Xoll pedalogiya — bola haqidagi maxsus fan yaratish g‘oyasini ham ilgari surgan. Bunda bola haqidagi boshqa fanlarning ham bilimlari (pedagogika, tibbivot, biologiya, sotsi- ologiya va b.) bir joyga to‘plashga harakat qilingan. E.Xoll naza- riyasi dastlabki bolalar rivojlanishi konsepsiyasi sifatida mashhur

bo‘ldi, boshqa tadqiqotchilarda ham keng qiziqish uyg‘otdi.

3.3. XIX asr o'rtalari va XX asr boshlarida Rossiyada yosh psixologiyasining shakllanish tarixi

Rossiyada yosh va pedagogik psixologiyaning shakllanish tarixi

XIX asrning ikkinchi yarmiga borib taqaladi. Rossiyada inqilob- gacha bo‘lgan davrda madaniyat gumanizm, shaxs va bolaning ichki dunyosiga qiziqish g‘oyasiga asoslangan edi. Buni L.N.Tol- stoyning «Bolalik», « 0 ‘smirlik», « 0 ‘spirinlik» asariarida ko'rish mumkin. XIX asrning 60-yi4arida siyosiy va iqtisodiy islohotlar natijasida madaniy va ilmiy sohalarga qiziqish ortdi hamda ular- ni rivojlantirishga ehtiyoj tug‘ildi. Rossiya psixologiyasining do- imiy e’tiborida shaxsning odob axloq me’yorlari sohasining rivojlanishi turardi.

Bu davr olimlari N.I.Pirogov, K.D.Ushinskiy, P.D.Yurkevich,

N.X.Vessel bola shaxsining o‘rganilishi va rivojlanishini fanlar- aro kompleks (psixologik, fiziologik, tibbiy va boshqalar) tarzda o'rganish lozimligi muammosini ilgari surganlar. N.I.Pirogov bi- rinchi bo'lib tarbiyaning amaliy emas, falsafiy ahamiyatga egali-

gi. inson ruhini tarbiyalash muhimligini e’tirof etgan. U bolalar psixologiyasini o‘rganishni, tushunishni o‘ziga xosligini o‘rganish shartligini ta’kidlagan. Bolalik o‘z qonunlariga ega va ularni hur- mat qilish kerak: «Agar bolalar jamiyat qonun-qoidalarini bu- zish huquqiga ega bo'lmasalar, bizning ham o‘z navbatida bolalar dunyosining qonunlarini buzishga haqqimiz yo‘q». Shu orqa- li bolalar psixologiyasini o'rganish, bolalarning yoshga bog‘liq xususiyatlari, ularni aniqlash, ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish muammosiga katta turtki bo‘ldi.

Bu davrda yosh va pedagogik psixologiya o‘rganilishi shart bo‘lgan o'z muammosiga ega, mustaqil fan sifatida o'rganiladi- gan, ilmiy ahamiyat kasb etuvchi fan sifatida shakllandi. Lining muhim yo‘nalishlariga: umumiy qonuniyatlarni o‘rganish, bolalar rivojlanishining individual xususiyatlaridagi farqlar, bolalar tar- biyasidagi dastlabki shart-sharoitlar, bilish jarayonlari metodla- rini ishlab chiqish, bolalar psixikasidagi o‘ziga xosliklarni o‘rga- nish kiradi.

XIX asrning 70—80-yillariga kelib, tadqiqotning ikki yo‘nali- shi: ota-onalarning o‘z bolalarini kuzatishi (bolalar rivojlanishini kundaliklarga qayd etish) va olimlar tomonidan bolalar rivoj- lanishim (ma’lum bir dasturga tayanib) o‘rganish vujudga keldi. Bolalarning psixologik va fiziologik rivojlanishi, aqliy mehnat qilishning zaruriy shart-sharoitlari va bilish faoliyatlari rivojlanishi, xulq-atvor me’yorlarining o‘zlashtirilishi kabilar tadqiq etil- di (P.F.Kapterev, P.F.Lesgaft, I.A.Sikorskiy, N.N.Lange kabilar- ning ishlarida kuzatiladi).

Bolalar rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini o‘rganish ja- rayonida shaxsning bilish jarayonlari: xotira, diqqat, tafakkur, xayol va boshqalarning rivojlanishini o‘rganishga yordam beruvchi ma’lumotlar to‘plangan. Alohida ahamiyat bolalar psixikasi- ning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatuvchi nuqtining rivojlanishiga berildi. Eng zarur ma’lumotlar bolalarning fiziologik rivojlanishini o‘rganish natijasida yig'ilgan (I.Starkov). 0 ‘g‘il bolalar va qiz bolalarning psixologik xususiyatlari o‘rtasidagi ta- vofutlarni aniqlashga harakat qilingan (K.V. Yedniskiy).

Bolalar psixikasini o‘rganish o‘zini o‘zi kuzatish metodini inkor etib, yangi metodlardan foydalanishni taqozo etdi va psixologiya sohasiga eksperiment metodining kirib kelishiga stimul bo‘lib xizmat qildi.

Tadqiqot jarayonida eksperiment metodidan foydalanishni birinchi bo‘lib 1879-yiida I.A.Sikorskiy boshladi. Lekin undan foydalanish ilm-fan dunyosida yaxshi qarshi olinmadi. 1880-yil- lar o‘rtalariga kelib psixologik laboratoriyalar joriy etilganidan so‘ng, eksperiment metodi rus psixologiyasida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi.

Fanning rivojlanishida genetik yondashuvning ahamiyati katta. P.F.Kapterevning fikricha, «Hozirgi zamonda rivojlanish tushunchasi fan miqyosida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Har bir sohada u yoki bu hodisalar rivojlanishi o‘rganiladi, ularni kelib chiqishini o‘rganmay turib, ma’lum voqea-hodisani chuqur o‘rganib bo‘imaydi. Bolalar tarbiyasiga nisbatan ham xuddi shun- day qarash mavjud. Bolalarga nisbatan samarali ta’sir ko'rsatish, imkoniyatlarini mustahkamlash uchun avvalo ularning rivojlanish tarixini yaxshi bilish zarur».

Bolalar psixologiyasini bilish, uning kelib chiqishi va rivojlanishi shaxsni bilishda falsafiy savollarga javob topdi. Bolalar rivoj- lanishining o‘ziga xos xususiyatlari borasida ma’lumotlar va aniq dalillar to‘plangandan so‘ng, bolalar rivojlanishining me’yori, umumiy qonuniyatlarini o‘rganish savoli ilgari suriladi.

Bolalar rivojlanishming asosiy xususiyatlari haqida umumiy qoidalar shakllantirildi:

        —                              Rivojlanish bosqichma-bosqich va izchil davom etadi.

Umuman oiganda, u o‘z ichiga faqat olg‘a borishni nazarda tu-


tadi. Ammo bir chiziqda ketmaydi, bu chiziqdan chetlanish va to‘xtab qolishlar ham kuzatiladi.

— Jismoniy va ruhiy rivojlanish o‘rtasida uzviy aloqadorlik mavjud. Bunday uzviy aloqadorlik aqliy, emotsional va irodaviy sifatlar o‘rtasida ham kuzatiladi. To‘g‘ri tashkil etilgan tarbiya va ta’lim jarayonlari barkamol va har tomonlama rivojlanishga asos bo'ladi.

— Rivojlanish jarayonida muayyan tana a’zolari va psixologik faoliyatning ba’zi taraflari ishtirok etadi, ammo hammasi barobar emas va ishlash tezligi va tempi ham bir xil emas.

— Rivojlanish o‘rta me’yorda kechadi, lekin turli sabablarga ko‘ra tezlashib ketishi yoki aksincha sekinlashishi mumkin.

— Rivojlanish to‘xtab qolib, kasallikka ham aylanishi mumkin.

— Bolalarning kelajakdagi rivojlanishi haqida erta prognoz qilish mumkin emas. Maxsus qobiliyatlar umumiy rivojlanishga tayangan bo‘lishi lozim.

— Bolalar rivojlanishi haqidagi ma’lumotlarni soxtalashtir- maslik kerak, har bir yosh davriga o‘z rivojlanish bosqichlarini

bosib o'tish imkonini yaratish zarur.

Bolalarning umumiy rivojlanishi, sog‘lom va kasal bolalarni parvarishlash uchun tavsiyalar, bolalarni oilada va maktabda tar­

biyalash, jismoniy, aqliy, emotsional, irodaviy va ruhiy rivojlanish borasida ma’lumotlar beruvchi qo‘llanmalar ishlab chiqildi.

XIX               asrning oxiriga kelib psixologlar va pedagoglar o‘z uri- nishlarini birlashtirib, amaliy maktab hayotiga tatbiq etdilar. «Bi- rinchilar (psixologlar) tadqiqot o‘tkazish uchun ma’lumotlar ye- tarli bo‘lmasa ham, tadqiqot o‘tkazish uchun zarur bo'lgan nozik metodlarga ega; ikkinchilar esa ma’lumotlar bazasiga egalar, lekin ularni to‘liq anglash, tadqiq etish va baholash imkoniyati- ga ega emaslar», — A.R Nechayev ta’kidlagan va pedagog hamda psixologlarning hamkorlikdagi faoliyatini ma’qullagan.

XX                 asr boshlarida rus yosh va pedagogik psixologiyasi, bu- tun dunyo psixologiya fanlari bilan yaqin aloqaga kirishdi. Rus olimlari uzluksiz G ‘arb mamlakatlaridagi bo'layotgan yangi- liklarni kuzatib va o'rganib bordilar, o‘z eksperimental mahorat- larini xorij laboratioriyalarida oshirib bordilar, ko‘pgina ilmiy ishlar rus tiliga tarjima qilindi va rus jurnallarida bosib chiqaril- di. 0 ‘z navbatida rus psixologlarining tadqiqotlari, kuzatishlari xorij jurnallarida ham nashr etildi. Masalan, I.A. Sikorskiy, A.P. Nechayev va boshqalarning ishlari keng ommalashdi. Rus psi- xologlari butun dunyo olimlarini qiziqtirayotgan muammolar yu- zasidan o‘z izlanishlarini olib bordilar.

XX asr boshlarida yosh psixologiyasi fanining rivojlanishi muammosi ilmiy asoslarga tayangan holda olib borildi. Bu so- hadagi tadqiqotlar rus pedagogik psixologiyasida yetakchi o‘rinni egalladi. Bu muammoni o‘rganishga turli soha mutaxassislari, eng kuchli nazariy bilim sohiblari, xususan, V.M.Bexterev, PF.Les- gaft, I.P.Pavlov va boshqalar. Muammoni nazariy va amaliy jihat- dan o'rganish uchun kuchli psixologlar jamoasi shakllandi. Ular qatoriga P.P. Blonskiy, P.F. Kapterev, A.F. Lazurskiy, N.N.Lange, A.P.Nechaev, S.L. Rubinshteyn, N.E. Rumyansev, I.A. Sikorskiy,

G.l. Chelpanov va boshqalar.

Ularning tashabbusi bilan maxsus kadrlarni tayyorlovchi, ilmiy tadqiqot ishlari olib boruvchi ilmiy markazlar tashkil etildi. Jadal nazariy va amaliy, metodologik, ilmiy faoliyatlar olib bo- rish ishlari boshlandi. Ba’zi ta’lim muassasalarida bolalar rivoj­

lanishini o‘rganishga yordam beruvchi laboratoriyalar, to‘garak- lar, alohida xonalar tashkil etildi.

Nashriyotchilik ishlariga asos solindi. XX asrda yosh va pedagogik psixologiya sohasida nashrlar soni ortdi. Bolalar va pedagogik psixologiya fanlariga bag‘ishlangan ilmiy anjumanlar va konferensiyalar tashkil etildi. Ilmiy va ijodiy izlanishlar natijasi- da nazariy va obyektiv metodikalar yordamida olingan amaliy ma’lumotlar to‘plandi.

Yosh va pedagogik psixologiya fanlararo tizimda mustaqil fan sohasi bo‘lib shakllandi va o‘zining ilmiy tadqiqot metod- lariga ega bo‘ldi. Bir qator ilmiy tadqiqot metodlari shakllan-

61

tirildi. Kuzatish metodi natijasida olingan ma’lumotlar «kun- dalik»ka qayd etildi, bolaning rivojlanishini kuzatish borasida maxsus dastur va reja tuziladi. Eksperiment metodi amaliy em- pirik tadqiqotlarga asoslanadi. Tabiiy eksperiment aynan bolalar psixologiyasini o‘rganish uchun mo‘ljallangan (A.F.Lazur- skiy). Test metodi ham keng muhokamaga qo'yildi va boshqa metodlarni ham ishlab chiqila boshladi. Bolalarning psixologik xususiyatlari haqida ularning chizgan rasmlari orqali ega bo‘lish imkonini berdi.

Bu davrning asosiy tadqiqotlari yo‘nalishlari — har tomonla- ma yetuk va barkamol shaxsni shakllanish bosqichlari va muta-

xassislarni o‘qitish tizimini takomillashtirishdan iborat edi.

XIX—XX asrlarda yosh psixologiyasi haqida olingan qisqacha ma’lumotlardan shuni anglash mumkinki, rus psixologiyasida rivojlanish muammosiga ilmiy va ijtimoiy tarafdan kuchli qiziqish mavjud bo‘lgan.

Yosh avlodning ta’lim va tarbiya bilan bog‘liq psixologik muammolari yirik olimlar, faylasuf va yozuvchilarni ham mun- tazam jalb etib kelgan. Dastlabki pedagogik-psixologik maz- mundagi asarlar XVII—XVIII asrlarda diniy-axloqiy ta’limotlar zamirida yoritilgandir. Rossiyada psixologik tadqiqot namunalari Sharq va G ‘arb madaniyati ta’sirida inson ruhiyati bilan bog‘liq turli asarlarda shakllanib kelgan. V.N.Tatishev, A.N.Radishev, N.I.Novikov va boshqalarning asarlaridagi dastlabki qarashlari ham psixik taraqqiyotning o‘ziga xos xususiyatlari, psixik rivoj- lanishdagi tafovutlar bilan yo‘g‘rilgandir.

Rus tarixchisi V.N.Tatishevning «Fanlar va bilim yurtlarining foydasi to‘g‘risida suhbat» kitobida fanlarning tasnifi, bilimlar- ning ahamiyati, til va nutqning mavqeyi, yosh davrlarining xususiyatlari bilan bog‘liqligi ko'rsatilgan.

A.N.Radishev birinchilar qatori bola psixik taraqqiyotini ta- biiy-ilmiy yo‘sinda asoslab berishga urindi. Uning «Peterburgdan Moskvaga sayohat» kitobi bu borada pedagogik-psixologik asarlar sirasidan munosib o‘rin egallaydi. Yozuvchining fikricha, inson

62

tashqi muhit haqidagi taassurotlarini sezgilar orqali idrok etadi, shu yo‘sinda uning tafakkuri, ulg‘ayib shakllanadi.

N.I.Novikov bashariyat farovonligini ko‘zlab, yoshlar va bolalar o‘rtasida foydali bilimlarni keng targ‘ibot etish uchun ularni o‘ziga xos yo‘sinda tarbiyalamoq zarur deb aytadi. Uning asariarida insonning kamoloti uchun tafakkur, xotira, axloq, his-tuyg‘u va taqlidchanlik alohida ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlanadi.

Rossiyada yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologi- ya fanining rivojlanish tarixida K.D.Ushinskiyning o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. Uning fikricha, psixologiya fanining asosiy vazifasi tarbiyaning maqsadini aniqlashga, ta’lim-tarbiya natijalarini to‘g‘ri baholashga, shular asosida yangi merod va usullar yara-

tishga, pedagogik tajribani tahlil qilish va umumlashtirishda muhim o‘rin tutadi. K.D.Ushinskiyning «Inson tarbiya predmetidir» asarida pedagogik ta’sir jarayoni hboblangan insonning psixologik xususiyatlari, uning o‘ziga xos tomonlari o‘z aksini topgan.

Shuningdek, Rossiyada ilmiy psixologiyani rivojlantirish- da N.F.Kapterev, N.A.Sikorskiy, A.P.Nechayev, A.F.Lazurskiy, P.F.Lesgaft. I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, P.P.Blonskiy singari olim- lar bu borada o‘zlarining munosib hissalarini qo'shganlar.

Ta’kidlash joizki, ayniqsa, L.S.Vigotskiy, S.L.Rubinshteyn,

A.R.Luriya, A.N Leontev, M.Ya.Basovlar tomonidan yaratilgan yangi ilmiy nazariyalar, chunonchi psixikaning madaniy-tarixiy rivojlanish va taraqqiyotning o‘zaro munosabat nazariyasi, psixik

taraqqiyotda faoliyatning mavqeyi singari ilmiy-nazariy qarash- lari hozirgi kun yosh davrlar psixologiyasi va pedagogik psixologi­

ya fanining tayanch tushunchalaridandir.

0 ‘tgan asrning o‘rtalarida vujudga kelgan turli nazariyalar, qarashlar, o‘quv faoliyati va ta’limning talqinlari (D.N.Bog oyav- lenskiy, N.A.Menchinskaya, P.Ya.Galperin, Z.I.Kalmikova, N.F.Talizina, D.B.Elkonin V.V.Davidov, L.V.Zankov, L.N.Landa, A.A.Lyublinskaya, N.V.Kuzmina va boshqalar) nafaqat pedagogik tajribani, balki psixologiya fanining bu tarmog‘ini ilmiy-amaliy boyitishga asos bo‘ldi.

63


Ayniqsa, so‘nggi yillarda o‘quv materialini o‘zlashtirish- ning mexanizmlari (S.L.Rubinshteyn, N.Kabanova-Meller, L.B.Itelson); xotira haqida (P.I.Zinchenko, A.A.Smirnov, V.Ya.

Lyaudis); tafakkur (N.F.Shemyakin, A.M.Matyushkin); idrok (Yu.B.Gippenreyter); bolalarda nutqning rivojlanishi (М .I.Lisina, A.A.Venger); shaxsning rivojlanishi (B.G.Ananev, L.I.Bojo- vich, V.S.Muxina); muloqot va nutq (V.AArtemov, A.A.Leon- tev, V.A.Kan-Kalik): psixik rivojlanishning davrlari (RRBlonskiy, L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, D.B.Elkonin, B.G.Ananev, A.V.Pet- rovskiy); o‘quvchilaming aqliy faoliyati va iste’dod muammo-

lari (A.A.Bodalev, N.S.Leytes, N.D.Levitov, V.A.Kruteskiy)ga bag‘ishlangan qator ilmiy tadqiqotlar bu fanning yanada rivojla-

nishiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib kelmoqda.

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida G ‘arbiy Yevropa mam- lakatlari va AQSHda inson psixologik xususiyatlari bilan bog‘liq tajribalarga asoslangan ilmiy nazariya va yo‘nalishlar vujudga keldi. Odam psixik tabiatining turlicha talqin qilinishiga qaramay, bu nazariyalar ma’lum darajada yosh davrlar psixologiyasi va pedagogik psixologiyaning rivojlanishiga turtki bo'ldilar. Bu bora- da E.Meyerman, S.Xoll, K.Byuler, E.Klapared, E.Dyurkgeym, P.Jane, J.Piaje, A.Vallon, Dj.Bruner va boshqalarning ilmiy tad- qiqotlarini e’tirof etish mumkin.

Fanning vujudga kelishi va rivojlanishi jarayonida unga ta’sir ko‘rsatib kelgan barcha nazariyalar, ilmiy va amaliy ma’lumotlar, yo'nalishlar hozirgi kunga qadar o'zining ahamiyatini saqlab kelmoqda va fanning istiqbolida muhim ilmiy-nazariy manba hi- soblanib qolishi, tabiiydir.

Amerikalik psixolog-olim S.Xoll har qanday bola o‘zining individual taraqqiyotida filogenezni ontogenezda takrorlaydi, shu bois bolalarga ibtidoiy instinktlarni og‘riqsiz, yengil kechishi uchun qulay imkoniyatlar yaratib berish zarur deb aytadi. S.Xoll o‘z tajribalari asosida boy ashyoviy dalillar to‘plab, bola haqida psixologik, fiziologik hamda pedagogik bilimlarning kompleks dasturini yaratish g‘oyasini olg‘a suradi.

64


Filogenez (yunoncha, phyle — qabila, genesis - kelib chiqish, paydo boiish) — muayyan tirik mavjudot turining yerda hayot boshlangani- dan keyingi evolutsion taraqqiyot jarayoni.

Shveysariyalik psixolog E.Klapared «Bola psixologiyasi va ek- sperimental pedagogika» asarida qiziqish, motiv, ehtiyojlarning metodologik asoslari, bolalar tafakkurining xususiyatlari va rivojlanish qonuniyatlari, o‘xshashlik va tafovutning bola ongida sodir etilishi to‘g‘risida mulohaza yuritadi.

Fransuz psixologi E.Dyurkgeym, ulg‘ayish kishilarning his- tuyg'ularni o‘zlashtirishi ekanligini, shu bois, idrok qilingan tasavvurlar bolaning ruhiy faoliyatini ifodalashini, bolaning tajri- ba, an’ana, urf-odatlarni taqlid orqali egallashini, biologiyada ir- siyat qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, taqlid ham jamiyatda shunday o‘rin tutishini uqtiradi.

Yana bir fransuz psixologi P.Janening fikriga ko‘ra, inson psixikasi ijtimoiy munosabatlarga bog‘liq, zotan jamiyat va ta- biat o'rtasidagi turli aloqalar tizimining shakllanishi, insonning ulg‘ayishini belgilaydi. U aloqa sifatida xatti-harakatni tushuna- di, bu esa kisnining atrof-muhitga shaxsiy munosabatidan boshqa narsa emas, albatta. PJanening ta’kidlashicha, eng qimmatli, ahamiyatli, ijtimoiy harakat hamkorligidagi faoliyatda o‘z ifoda- sini topadi, shaxslararo tashqi munosabatlar rivojlanishning mu- him tamoyili hisoblanadi.

Amerikalik psixolog Dj.Bruner shaxsning tarkib topishi bilan ta’lim o‘rtasida o‘zaro aloqa mavjudligini ta’kidlab, insonning kamolot sari intilishi bilim olish samaradorligini oshirsa, o'qitishning takomillashuvi uning ijtimoiylashuvini jadallashtira- di, deb uqtiradi.

Shuningdek, J. Piaje, E.Torndayk, Dj.Uotson, F.Galton, A.Bine, A.Anastazi, T.Simonlar ham bola psixik taraqqiyotida ta’limning mavqeyini, ularning aqliy xususiyatlarini, dasturli ta’lim, ko‘nikma va malakalarning ahamiyatini, mashqlarning o‘rnini ilmiy-amaliy asoslab berishda muhim o‘rin egallaydilar. Bu ta’limotlar hozirgi kunda ham o‘zining ahamiyatini saqlab qolmoqda.

65

Hozirgi kunda mamlakatimizda ham yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining muhim muammolariga doir qator ilmiy-amaliy tadqiqotlar psixolog olimlar tomonidan olib borilmoqda.

Respublikamizdagi yetakchi oliygohlarning kafedra va labo- ratoriyalarida yosh davrlari va ta’lim-tarbiyaning psixologik xu- susiyatlari bilan bog‘liq jarayonlarni tadqiq etish yuqori malaka- li mutaxassislar tomonidan maxsus texnikalar bilan jihozlangan sharoitlarda ilmiy tadqiqot ishlari samarali yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur muammolarning yechimi hozirgi zamon fanining metodologik tamoyillari asosida, yaqin va uzoq xorijiy mam- lakatlarda bu borada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning yu- tuqlari va g‘oyalari haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan holda o'zining munosib o‘rnini egallab bormoqda. Bu borada RIvanov, M.Vohidov, M.Davletshin, E.G‘oziyev, R.Gaynutdinov, B.Qodi- rov, R.Sunnatova, A.Jabborov va boshqalarning ilmiy tadqiqot- larini e’tirof etish mumkin. Jumladan, o‘quvchilarning texnik qobiliyatlari, o'quv motivlari, zamonaviy maktab o‘quvcnisining psixologik qiyofasi M.G.Davletshin va uning izdoshlari A.Jabborov, F.I.Haydarov, M.M.Mavlonovlar tomonidan, tafakkur va ta’limni boshqarish muammosi E.G.G‘oziyevning tashabbusi- da, iste’dodli o'quvchilar va kasb tanlash muammosi B.R.Qo- dirov rahbarligida, bolalarning aqliy faoliyat muammosi R.I.Sun- natovalar tomonidan samarali olib borilmoqda.

Shu tariqa yosh psixologiyasi fani qator rivojlanish bosqichlari- dan o‘tib, bugungi darajasiga erishdi. Uning rivojlanishiga 0 ‘rta Osiyo allomalari, rus va chet el psixologlari munosib hissala- rini qo‘shdilar. Yuqorida aytilgan nazariyalar, amaliy va ilmiy ma’lumotlar, tadqiqotchilar yaratgan metodikalar o‘z ahamiyati- ni saqlab kelmoqda.

Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari:

1.       Yosh psixologiyasi alohida predmet sifatida qaysi davrda vu- judga kelgan?

2.       «Pedagogika masalalarini va ular bilan bog‘liq bo‘lgan psi­xologik, fiziologik muammolarni ijobiy hal etishda insonni har tomonlama yaxlit va o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan qismlardan iborat». Ushbu so‘zlar qaysi allomaga tegishli?

3.       Abu Nasr Forobiy o‘qituvchi shaxsiga qanday ta’rif bergan?

4.       «...0‘qituvchi matonatli, sof vijdonli, rostgo‘y va bolani tar- biyalash metodlarini, axloq qoidalarini yaxshi biladigan odam bo‘lmog‘i lozim. 0 ‘qituvchi o‘quvchining butun ichki va tashqi dunyosini o‘rganib, uning aql qatlamlariga kira olmog‘i lozim». Bu so‘zlar kimning qalamiga mansub?

5.       Buyuk alloma Yusuf Xos Hojibning inson kamoloti va ko- mil inson tarbiyasiga bag'ishlangan asari qaysi?

6.       «Agar shogird podsholikka erishsa ham, unga (muallimga) qulluq qilsa arziydi». Ushbu jumlalar orqali Alisher Navoiy nima demoqchi?

7.       Rossiyada yosh va pedagogik psixologiyaning shakllanish tarixi qaysi davrlarga borib taqaladi?

8.       Bola shaxsining o'rganilishi va rivojlanishini fanlara- ro kompleks (psixologik, fiziologik, tibbiy va boshqalar) tarzda

o‘rganish lozimligi muammosini ilgari surgan olimlarni ko‘rsa- ting.

Mavzuni mustahkamlash uchun test savollari:

1. Yosh psixologiyasi alohida predmet sifatida qaysi davrda vujudga kelgan?

a)    *XIX asrning boshlarida;

b)   XX asrning boshlarida;

d)    XIV asrning boshlarida;

e)    XIX asrning o‘rtalarida.

2. «Pedagogika masalalarini va ular bilan bog'liq bo‘lgan psixologik, fiziologik muammolarni ijobiy hal etishda insonni har tomonlama yaxlit va o‘zaro uzviy bog'liq bo‘lgan qismlardan iborat» ushbu so‘zlar qaysi allomaga tegishli?

a) Abu Rayhon Beruniy;

67



IV BOB. XX ASRNING BOSHLARIDA BOLA

RIVOJLANISH NAZARIYALARI

Reja:

1.    Psixik rivojlanish omillari muammolarining qo'yilishi.

2.    Bolalar psixologiyasi predmeti.

3.    Bola psixik rivojlanishining ijtimoiy va biologik omillari.

Mavzu o‘quv maqsadi:

Ta’limiy: bo'lajak psixologlarda XX asrning boshlarida bola rivojlanish nazariyalari haqida ilmiy bilimlarni hosil qilish.

Tarbiyaviy: bo'lajak psixologlarga bola psixik rivojlanishining ijtimoiy va biologik omillari ahamiyatini singdirish.

Rivojlantiruvchi: mavzuning ta’limiy va tarbiyaviy o‘quv maqsadlari asosida talabalar dunyoqarashini kengaytirish.

Tayanch tushunchalar: genetik metod, genetik psixologiya.

4.1. Psixik rivojlanish omillari muammolarining qo‘yilishi

XX asrning birinchi 10-yilligida bola shaxsi rivojlanishi muammosi bilan shug'ullangan psixologlar orasida eng yetakchi- lari sifatida A.Bine, E.Meyman, D.Syolli, E.Klaperd, V.Shtern, A.Gezell va boshqalarni kiritish mumkin. Ingliz olimi Dj.Syolli inson psixikasini shakllanishiga nisbaian assotsiativ yondashuv pozitsiyasidan qaragan. U aql his-tuyg‘u va irodani psixikaning asosiy tarkibiy qismi sifatida ajratib ko‘rsatgan. Uning izlanishlari bolalar tarbiyasi amaliyon uchun bolalardagi birinchi assotsiatsi- ya va ularni yuzaga kelishining ketma-ketligi tarkibini aniqlash- dan iborat edi.

M.Montessori Syollining izdoshi sifatida uning xulosalariga tayanib maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning bilish jara- yoni rivojlanish tizimini ishlab chiqdi. U bola shaxsini o'rga- nishda ular rivojlanishining ichki impulslarini bilish va inobat-

ga olish haqidagi tasavvurlaridan kelib chiqadi. Bolalarning bu davri hissiylik davri deb e’tirof etilib, bu vaqtda o‘zining moyil- ligi mavjud bo'lgan bilimlarini o'zlashtirishga imkon berishi kerak. M.Montessori turli xil his-tuyg‘u va harakatlarni mashq qildirish orqali ularni sekin-asta anglashga murakkablashtirish- ga, mukammallashtirishga katta ahamiyat qaratgan. Natijada bu tafakkur jarayonining rivojlanishiga olib keladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’limi va tarbiyasini tashkil etishga nis- batan Montessorining g‘oyasi juda keng tarqaldi va hozirgi vaqt- da Rossiyada bu tamoyillar bo‘yicha bir nechta bolalar bog‘chasi yoki guruhlarga qo‘llanilgan.

Nemis psixologi va pedagogi E.Meyman ham bolalarning bilish jarayonlarini rivojlanishi muammolariga, shuningdek, ta’limning metodologik asoslarini ishlab chiqishga asosiy e’tiborini qarat­

gan. Meyman tomonidan davrlashtirishda 3 bosqichga, ya’ni fan- tastik sintez bosqichi, analiz bosqichi, fikriy sintez bosqichlari- ga ajratilgan.

E.Meyman laboratoriyasi qoshida tashkil etilgan eksperimen- tal maktabda bolalarning ta’lim dasturlariga tayyorlik darajasini diagnostika qilish metodlari ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, ta’lim dasturlari va sinflarni shakllantirish mezonlari sinovdan o‘tka- zilgan (masalan, intellekt darajasi, qiziqishlari, o'qituvchi bilan hamkorlik bo‘yicha).

Shveysariyalik psixolog E.KIapared Xollning rekapitulatsiya tasavvurlarini tanqid qilib chiqqan. Uning psixika filogenezi va ontogenezi umumiy mazmunga ega va bu rivojlanishning birinchi qatorini o‘xshashligiga olib keladi, ammo ularni bir xil demay- di. Klaparedning o‘ylashicha bola psixikasining rivojlanish bosqichlari instinktiv jihatdan aniqlanmagan. u qobiliyatlarni o‘zida shakllantirish g‘oyasini taqlid va o‘yin mexanizmlari yordamida deb hisoblagan. Tashqi omillar rivojlanishga ta’sir etib. uni yo‘na- lishini aniqlaydi hamda tempini kuchaytiradi.

Psixik rivojlanishni Klapared tafakkur rivojlanishiga teng- lashtirilgan va tafakkur tipining o'zgarishiga tayanib 4 bosqich­

ga ajratgan. Birinchi bosqichda (2 yoshgacha) predmetlarning tashqi ko rinishini eslab qolish idrokm shakllanishi sodir bo'la- di; 2-bosqichda (2 yoshdan 3 yoshgacha) nutqiy predmetlar nom- lari o'zlashtiriladi. 3-bosqichda (3 yoshdan 7 yoshgacha) tafakkur bolaning umumiy aqliy qobiliyatlari 4-bosqichda (7 yoshdan

12 yoshgacha) maxsus qiziqishlar shakllanadi va individning individual moyilliklari ifodalanadi.

E.Meyman va E.Klapared ishlari bolalar yosh davrlari psixo- logiyasiga asos boidi va uning predmetini aniqlab maxsus vazifa

va muammolarni shakllantiradi. Bolalar psixologiyasi pedalogi- ya pedagogikani rivojlanishi, bolalar psixik rivojlanishini tadqiq etishning ishonchli metodlarini ishlab chiqilishini taqozo etdi.

Fransuz psixologi A.Bine bolalar psixologiyasida testologik va normativ yo‘nalishlarning asoschisidir. Bine bolalarda tafak- kur rivojlanishining darajalarini eksperimental tadqiq etdi. Ularning oldiga tushunchalarni aniqlash topshirig‘ini qo‘ygan holda («stul» nima, «ot» nima va boshqalar). Turli yoshdagi bolalarning javoblarini umumlashtirib, u 3 yoshdan 7 yoshgacha bolalar

tushunchaiari rivojlanishining 3 bosqichini aniqladi: sanoq bos- qichi, ta’riflash bosqichi va interpretatsiya bosqichi. Har bir bos- qich ma’lum yosh bilan lenglashtirilgan va Bine intellektual rivoj- lanishni ma’lum normativlari mavjudligi haqida xulosa qildi.

Ta’lim vazirligi talabiga ko‘ra Bine rivojlanishda normadan og‘ishgan va shu tariqa yordamchi maktabda ta’lim olishga muh- toj bo‘lgan bolalarni ajratib oluvchi metodni ishlab chiqdi. Ke- yinchalik u 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni intellektual rivojlanishning umumiy diagnostika qilish uchun testlar ishlab chiqdi. Har bir yosh davri uchun Bine murakkablik darajasi bo‘yi- cha variatsiyalari bilan intellektual rivojlanishini turli tomonlari- ni tadqiq etuvchi topshiriqlarni tanlab oldi. Ularga so‘z boyligini, sanoqni, xotirani, umumiy bilimini, makoniy mo'ljalga olishni, mantiqiy tafakkurni va boshqaiarni tekshiruvchi topshiriqlar kiri- tilgan. Bine g‘oyasiga ko ra, topshiriqlar bu yoshdagi barcha bola- larga xos bo‘lgan minimal malakaga yo‘naltirilgan. Faqat shunda- gina teng diagnostik sharoitda tug'ma yuqori intellektual darajali bolalar, ya’ni qobiliyatli va tarbiyali bolalar bo‘ladilar. Binening shogirdi T.Simon tomonidan tuzilgan maxsus shkala yordamida bolaning aqliy yoshi htsoblangan.


Keyinroq aniqroq diagnostika qilish uchun nemis psixologi

V.Shtern intellekt koeffitsientini kiritishni taklif etdi. Bine intel- lekt darajasi tug‘ma qobiliyat sifatida hayot mobaynida o‘zgarmay- di va turli topshiriqlarni bajarishga yo'naltirilgan. Intellektual norma 70 dan 130% koeffitsient deb hisoblangan. Shunga ko'ra aqlan

qoloq bolalar 70% dan past ko'rsatkichlarni olganlar, iqtidorlilar 130% dan yuqori ko‘rsatkichni olganligini ko‘rishimiz mumkin.

4.2. Bolalar psixologiyasi predmeti

Bolalar psixologiyasi fanining asosiy e’tibori tug‘ilganidan yetuklik davrigacha inson psixikasi va ongining qanday rivojlani- shiga qaratilgan, ya’ni har bir shaxs uzoq bolalik davrini bosh- dan kechiradiki, bu davrda unda alohida psixik jarayon va xusu- siyatlar yuz beradi. Shuning uchun ham bu davrni fanda alohida ajraiib o'rganiladi va uni ontogenetik (tug‘ilgandan ulg‘aygunga- cha o‘sib yetilish davri) taraqqiyot yo‘li deyiladi.

Bolalar psixologiyasi bola psixikasining taraqqiyoti hamda shaxsiy xususiyatiarining yuzaga kelishiga ta’sir qiluvchi omillarni ham o‘rganadi. Bolalar psixologiyasi bu muammolarm hal qilish- da mustaqil fan sifatida o‘ziga xos vazifalarni hal etmog'i lozim.

Bugungi kunda bolalar psixologiyasi fanining oldida bir qan- cha muhim nazariy va amaliy vazifalar turadi. Bolalar psixologiyasining nazariy vazifalari uning nazariy muammolarini yechish- ga qaratilgan. Jumladan, uning nazariy vazifalariga quyidagilar kiradi:

1.       Turli yoshdagi bolalarga xos bo‘lgan psixologik xususiyat- larni, ya’ni bolalarning idrokiga. sezgi — tuyg‘ulariga, diqqatiga

va xotirasiga, nutqi va tafakkuriga, xayoliga, irodasiga xos xususi- yatlarni o‘rganish.

2.       I.P.Pavlovning oliy nerv faoliyati haqidagi ta’limoti asosida turli yoshdagi bolalar psixik jarayonlari xususiyatiarining nerv- fiziologik asoslarni o‘rganish.

3.       Bolaning psixik taraqqiyotiga faol ta’sir qiluvchi omillarni aniqlab berish.

4.       Turli yoshdagi bolalarning rivojlanishiga xos bo'lgan qo- nuniyatlarni o‘rganish.

5.       Bola shaxsiga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlarni o'rga- nish.

6.       Bolani maktab ta’limiga tayyorlash.

7.       Maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun bolaning aqliy jara- yonlarini faollashtirish.

8.       Ta’lim jarayonida bolaning mustaqil, ijodiy, faol tafakkurini shakllantirish.

9.       Ta’lim-tarbiya jarayonida bolaning maxsus qobiliyatlarini shakllantirish.

10.    Ta’lim-tarbiya ishlarini psixologik mazmunini ochib be- rishdan iboratdir. Uning amaliy vazifalariga turli yoshdagi bolalarning psixik taraqqiyoti xususiyatlariga doir bilimlarni tarbi- yachilar, o‘qituvchilar, ota-onalar, ya’ni jamoatchilar o'rtasida keng yoyishdan iborat. Bolalar psixologiyasining amaliy vazifa- si — keng jamoatchilik bola ruhiy taraqqiyotiga, yoshlik xususi- yatlari orasidagi farqlar va ularga individual munosabatda bo‘lish yo‘llariga doir, ruhiy taraqqiyot qonunlariga doir psixologik bi- limlardan bahramand bo'lmoqlarini ta’minlashdan iborat. Ja- moatchilikni psixologik bilimlardan xabardor qilish. ro‘znoma va

oynomalarga maqolalar yozish, radio va teleko‘rsatuvlarda turli eshittirishlar tashkil qilish, ota-onalar bilan suhbatlashish, ma- hallalarda bola tarbiyasi haqida ma’ruza, suhbat va bahslar uyush- tirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu vazifalarni amalga oshirish komil insonni shakllantirishda muhim rol o'ynaydi.

Bola psixikasini o'rganishda tadqiqotchi bir qator tamoyillar — qoidalarga tayanishi, ularga rioya etishi lozim bo‘ladi.

Bu qoidalar quyidagilardan iborat;

1. Obyektivlik tamoyih — bu tadqiqotchidan ma’lumotlar bilan ularning talqinini aralashtirib yubormaslikni talab qiladi. Masalan: mashg‘ulot davomida «bola oynadan tashqariga qara- yotgan edi», — deb aytilsa, bu muayyan hodisa haqidagi ma’lumot bo‘lib hisoblanadi. Lekin, «bola e’tiborsiz», — deb aytish hodisaning talqinidir. Hodisaning o‘zi bilan uning talqinini aralashtirib yubormaslik kerak, chunki yuqoridagi misolda ham bola oynaga qarab turgan bo‘lsa-da, tarbiyachining so‘zlariga katta e’tibor be- rayotgan bo‘lishi mumkin.

2. Sababiylik tamoyili — bu bola shaxsi va ongida yangi sifat­larning hosil bo‘lishini ta’minlovchi barcha shart-sharoit va omil- larni imkon qadar o‘rganishni talab qiladi. Masalan: mashg'ulot davomida bola tez-tez oyna tarafga qaragan bo‘lsa, bu hodisaning iloji boricha sababini aniqlash kerak: ko‘chadagi biror narsa bola e’tiborini o‘ziga tortdimi? Mashg‘ulotda bola charchab qoldimi? 0 ‘tilayotgan material bolaga yaxshi tanishmi? va h.k.;

3. Sinchkovlik va muntazamlik tamoyili — bu bola psixika- sining shakllanish jarayoni, bunda psixolog va pedogoglar ta’siri sinchkovlik bilan kuzatib borishni talab qiladi.

Ushbu tamoyillarga muvofiq oldindan:

a)     tadqiqot joyi va bajariladigan ish mazmuni aniqlanishi kerak;

b)    tadqiqotda o‘rganiladigan sinaluvchilar tanlanmasi tuzili­

shi lozim;

d) tadqiqot qaysi vaqtda va qanday vaqt oralig‘ida o‘tkazilishi-

ni belgilash zarur. Ushbu bandlar belgilangach, ulardan chetga chiqmaslik kerak, ya’ni qandaydir subyektiv sabablar bilan sho- shilinch xulosalar chiqarmaslik, tadqiqotni bevaqt tugatish hol- lariga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Aks holda obyektivlik tamoyili bu-

zilgan bo‘ladi.

Bolalar psixologiyasi fanining asosiy metodlaridan biri kuzatish metodidir. Kuzatish metodi 2 ga bo‘linadi:

1) obyektiv; 2) subyektiv kuzatish metodi.

Bolalar psixologiyasida subyektiv, ya’ni o‘z-o‘zini kuzatishdan foydalanilmaydi. Bolalar psixologiyasining asosiy metodlaridan biri subyektiv, ya’ni bolalarni tashqaridan kuzatib o'rganish metodidir. Obyektiv kuzatish metodi har doim ma’lum maqsadga qaratilgan bo‘lib, uning yordamida kishilarning turli psixik jarayonlari hamda shaxsiy psixologik xususiyatlari o'rganiladi. Bunda tarbiyachi va tekshiruvchi psixolog bolalarning xulq-atvorlari va xatti-harakat-


larini ularning turli-tuman faoliyatlarida tabiiy sharoitda mavzu- li tarzda kuzatadi. Obyektiv kuzatish metodi quyidagi qoidalarga asoslanib tashkil qilinishi kerak: 1) har qanday kuzatishning aniq maqsadi, rejasi bo'lishi kerak. Masalan: bolalar diqqatining barqa- rorligini yoki tafakkur bilan bog‘liq bo‘lgan analiz qila olish qobili- yatini kuzatish; 2) bola shaxsining yaxlitligi tamoyiliga asoslanib, ya’ni analitik-sintetik nuqtai nazardan kuzatish; 3) bolani jamoa- da va jamoa a’zosi sifatida o‘rganish; 4) kuzatish tabiiy sharoitda olib borilar ekan, bolalar o‘zlarining kuzatilayotilganlarini mutlaqo bilmasliklari kerak; 5) kuzatishdan yaxshi natijalar olish uchun, ularni turli sharoitlarda (shaxsning xislatlarini turli xilda namoyon bo‘lishni nazarda tutib) tizimli tarzda kun sayin o‘rganish kerak.

Kuzatish metodidan foydalanilganda bolalar turli o‘yin faoli- yatlari, didaktik mashg'ulotlar, mehnat faoliyatlarida xilma-xil psixik jarayonlarning va individual xususiyatning namoyon bo‘lishini o‘rganish mumkin.

Kuzatish metodi uzluksiz yoki faoliyatni tanlab vaqti-vaqti bilan o‘tkazilishi mumkin. Bolalarni uzluksiz kuzatish metodi bilan o‘rganilganda ularning barcha fe’l-atvorlari va xatti-harakat- lari kundalik faoliyatlari davomida kompleks holda o‘rganiladi. Uzluksiz kuzatish bir necha kun yoki bir necha oy davom et- gandan so'ng to‘plangan ma’lumotlar analiz qilinib, bolaga Dsi- xologik xarakteristika tuziladi, vaqti-vaqti bilan tanlab kuzatil- ganda bolaning barcha xulq-atvori va xatti-harakatlari emas, balki faqat ma’lum xatti-harakatlari (diqqati yoki xotirasi) bilan bog‘liq bo‘lgan tomonlari o‘rganiladi.

Bolalar psixologiyasida kuzatish metodining alohida turli bolalar taraqqiyotini sermazmun qirralarini kuzatish va un- da olingan dalillarni kundaliklarga yozib borib o‘rganishdan ibo- ratdir. Bola taraqqiyoti haqidagi birinchi kundalik XIX asrning ikkinchi yarmida Ch.Darvin tomonidan nashr etilgan. Undan

so‘ng N.A.Menchinskaya, V.S.Muxinalar bolalar psixik taraqqiyoti yuzasidan tizimli tarzda olib borgan o‘z kundaliklarini nashr etganlar.

75

Bolalar psixologiyasida keng qo'llaniladigan yana bir asosiy metod — eksperiment metodidir. Eksperiment metodi kuzatish metodiga nisbatan aktiv metod hisoblanadi. Eksperiment meto- dida u yoki bu psixik jarayonni qachon yuzaga kelishini kutib o‘tirmay, bu jarayonni eksperimentatorning o'zi yuzaga keltiradi. Shuningdek, o‘rganilayotgan psixik jarayonni bolalarda bir necha marta takrorlab o‘rganish mumkin, yana qulay tomoni shundaki, bu metod kuzatish metodi singari ko‘p vaqt talab qilmaydi. Eksperiment metodi 3 ga bo‘linadi: 1) laboratoriya eksperimenti, 2) tabiiy eksperiment; 3) pedagogik-psixologik eksperiment metodi. Laboratoriya eksperimenti maxsus tashkil qilingan laboratori- yalarda turli asboblar yordami bilan o‘tiladi. Tabiiy eksperiment- da biror psixik jarayon o‘rganilayotganda maxsus sharoit yuzaga keltiriladi. Bolalar psixologiyasida eksperimentning har ikkala turidan keng foydalaniladi. Biroq bu metodlardan bolalar psixologiyasida foydalanishning o‘ziga xos tomoni shundaki, bog'cha yoshidagi bolalar laboraioriya sharoitida o‘tkaziladigan eksperi- mentlar bilan tabiiy sharoitda o‘tkaziladigan eksperimentlarning farqiga bormaydilar.

Har ikkala holda ham, tajribalar vazifa tarzida emas, balki o‘yin tarzida o‘tkazilsa yaxshi natija beradi. Eksperiment meto- didan guruhlarda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar paytida keng foydalanish mumkin. Masalan: turli yoshdagi bog‘cha bolalar bilan o‘tkaziladigan didaktik mashg‘ulotlarda tabiiy eksperiment meto- dini qoilash mumkin. Bunda bolalarga har xil hayvonlar, par- randalar, mevalar, sabzavotlar tasvirlangan rasmli kartochkalarni

aralash holda berib, ularni guruhlarga ajratish topshiriladi. Bolalar bu narsalarni qanday belgilariga qarab guruhlarga ajratishlari- da ularning umumlashtirish xususiyatlarini o‘rganish mumkin. Odatda, guruh sharoitida o‘tkaziladigan bunday eksperimentni tabiiy eksperiment deb yuritiladi. Bolalar psixologiyasida tarkib toptiruvchi eksperiment meiodidan ham foydalaniladi.

Bunda bolalarning u yoki bu xususiyati (psixologik xususiyati) tarkib toptiriladi va mustahkamlanadi. Masalan: bog'cha yoshida-


gi bolalar ayni bir vaqtning o‘zida butunni va uning tarkibiy qism- larini to‘la idrok qila olmaydilar. Ular o‘z diqqatlarini yoki bir bu-

tun narsaning o‘ziga yoki uning bo'laklariga qarata olmaydilar.

Tarkib toptiruvchi eksperiment orqali bolalarni bir butun nar- sani uning qismlari bilan bir paytda idrok qilishga o‘rgatiladi. Buning uchun bolalarga bir butun narsaning obrazini yarata olish mashq qildiriladi (turli geometrik figuralar — doira, kvadrat, kub

foydalaniladi).

Pedagogik eksperiment orqali biron ta’lim-tarbiya metodi- ning mahsuldorligi aniqlanadi. Masalan: biron tadqiqotchi bolalarni son-sanoqqa o'rgatishning qandaydir yangicha metodini ishlab chiqqan bo‘lsa, uni pedagogik eksperiment metodi orqali sinab ko‘radi. Buning uchun oldindan bog‘cha ma’muriyati bilan ke- lishib 1 ta eksperimental va 1 ta nazorat guruhini belgilab oladi. Shundan so‘ng tadqiqotchi eksperimental guruhda yangicha metod bilan elementar mavhum tasavvurlarni o‘stirish mashg ulo- tini o‘tkazadi. Nazorat guruhida esa bu mashg‘ulotlar odatdagi es- kicha metod bilan davom ettirilaveradi. 1—2 oydan so‘ng har ikkala guruhdagi bolalarning o‘zlashtirishlari taqqoslab ko‘riladi. Agarda eksperimental guruh bolalari yangicha metod bilan o‘zlashtirish- lari nazorat guruhdagi bolalarning o‘zlashtirishlaridan anchagi- na samarali bo‘lib chiqsa, bu metod boshqa hamma bog‘chalarga ham tarqatiladi. Bordi-yu, agar natija nazorat guruhdagi bolalarning o‘zlashtirishlaridan yomon, ya’ni past bo‘lib chiqsa, yangicha metod bilan mashg‘ulot o‘tish darhol to‘xtatiladi.

Bolalar psixologiyasida asosiy metodlardan tashqari yordam- chi metodlardan ham keng foydalaniladi. Bolalar psixiologiyasi- ning yordamchi metodlaridan — faoliyat mahsullarini o‘rganish metodidir. Bolalar ham xuddi katta odamlar singari doim ma’lum faoliyat bilan mashg‘ul bo‘ladilar. Faoliyatlari jarayonida turli narsalarni, mashg1 ulotlarni yuzaga keltiradilar. Ana shu narsa- larda, mahsulotlarda bolalarning psixik jarayonlari va psixologik xususiyatlari o‘z aksini topadi. Bog‘cha yoshidagi bolalarning faoliyatlari — o‘yin, rasm chizish, plastilin yoki loydan biron nar-

77


sa yasash, applikatsiya, qurish-yasash kabilardan iboratdir. Ana shu faoliyatlarining natijasiga qarab bolalarning mayl va istak- lari, ehtiyoj va qiziqishlari, qobiliyat va layoqatlarini o‘rganish mumkin. Masalan: bolalarning chizgan rasmlarida ular idroki- ning xususiyatlari va atrofdagi narsa va hodisalar haqidagi tasav- vurlarini ko'rish mumkin. Shu sababli bu metoddan bolalar psi- xologiyasida keng foydalaniladi.

Bolalar psixologiyasida suhbat metodidan keng foydalaniladi. Bu metodni 5—6 yoshli bolalarga nisbatan qo‘llash mumkin. Bunda bolalarga turli mavzularga doir savollar beriladi va ulardan og‘zaki suhbatning mavzui va suhbat paytida bolalarga beriladi- gan savollar oldindan yaxshilab o‘ylab olinadi. Suhbat jarayoni- da javoblarni yozib olib, keyinchalik javoblarni tahlil qilish mumkin. Suhbat metodini o‘tkazishda quyidagilarga rioya qilish talab etiladi:

1.                 Suhbatning mavzusi va mazmuni bolalarning taraqqiyot da- rajalariga va yosh xususiyatlariga mos bo‘lishi kerak.

2.                 Savollar rejali va maqsad asosida tuzilishi kerak.

3.                 Suhbat paytida «ha» yoki «yo‘q» demay, to‘liq javob olish kerak.

4.                 Suhbatni haddan tashqari cho'zib yubormaslik kerak.

Suhbat orqali bolalarning bilishlari, narsa va hodisalar haqida tasavvurlari, qiziqishlari va odamlar bilan bo‘lgan munosabatla- rini o‘rganish mumkin.

Bolalar psixologiyasida so‘nggi yillarda test metodi qo‘llanila boshlandi. Test so‘zi inglizcha bo‘lib, o‘lchash degan ma’noni bildiradi. Test metodi orqali bolalarning umumiy aqliy taraqqiyot darajalari va ayrim psixik jarayonlarining (tafakkur, xayol, xoti- ra) qanchalik rivojlanganlik darajasi aniqlab taqqoslanadi. Test metodi yordami bilan bolalarning o‘z yoshlariga nisbatan normal taraqqiy etganliklari yoki orqada qolganliklarini ham aniqlash mumkin. Qo‘llaniladigan testlar orasida intellektual testlar deb (ataladigan) testlar katta ahamiyatga ega. Intellektual testlar — bolalarning umumiy aqliy taraqqiyot darajalari aniqlanadi.

Test vazifalari bolalarning o‘yin faoliyatlari bilan bog‘lansa, bolalar bunday vazifalarni bajon-u dil bajaradilar. Masalan: biron butun narsaning mayda bo‘laklarga ajratib tashlangan qismlarini birlashtirish, mayda bo‘lakchalardan murakkab va chiroyli ani- matsiyalar yasay olish, turli labirintli suratlardan to‘g‘ri yo‘lni to-

pa bilish vazifalaridan foydalanish mumkin.

4.3. Bola psixik rivojlanishining ijtimoiy va biologik omillari

Bola psixik rivojlanishi va organizm yetilishining biologik omillari

Rivojlanishning biogenetik konsepsiyasi tarafdorlari shaxsning asosiy psixik xislatlari insonning hayotiy taqdirini belgilovchi uning tabiatini o‘ziga (biologik boshlanish) joylashtirilganligini taxmin qiladi. Ular intellekt, shaxsning amoral xislatlari va bosh- qalarni genetik dasturlashtirilgan, deb hisoblaydilar.

Biogenetik konsepsiyaning yuzaga kelish yoiida birinchi qa- dam Ch.Darvinning rivojlanish — genezis — muayyan qonunga bo‘ysunishi haqidagi nazariyasi bo‘ldi. Kelgusida har qanday yirik psixologik konsepsiya hamisha bolalar rivojlanishining qonunlari- ni izlash bilan bog'liq bo ldi.

Nemis olimi E.Gekkel (1834—1919) va nemis fiziologi I.Myul- ler (1801—1858) hayvon va inson ona qornidalik vaqtida filoge- nezning ushbu turida o‘tadigan bosqichlarni qisqacha takrorlaydi, degan biogenetik qonunni ta’rifladilar. Bu jarayon bolaning on- togenez rivojlanish jarayoniga o‘tkazilgan.

Mashhur rus fiziolog' I.P.Pavlov (1849—1936) asosida shartli reflekslar yotadigan axloqning egallangan shakllari mavjudligini isbotladi. Bu inson rivojlanishi instinkt va o‘rganishning namoyon bo‘lishiga olib kelishi to‘g‘risidagi nuqtayi nazarni dunyoga kel- tirdi. Nemis psixologi V.Keler (188—1967) insonga o‘xshash may- munlarda tajriba o‘tkazib ularda intellekt mavjudligini kashf qildi. Bu fakt psixika o‘z rivojlanishida uchta bosqichni o‘tashi haqidagi nazariya asosiga joylashdi: 1) instinkt; 2) o‘rgatilish; 3) intellekt.

S.Xollning shogirdi mashhur amerikalik psixolog A.Gezell bolalarni tug‘ilgandan o‘smirlik yoshigacha takrorlanuvchi ke-

79

sishmalar yordamida ularni psixik rivojlanishini longityud metodi orqali o‘rgangan. Gezellni bola xulqi yosh o‘tgan sari qanday o‘zgarishi qiziqtirgan, u bolani harakat ko'nikmalaridan boshlab mashg‘ulotlardagi talablarini intellektual qiziqishlarini ham ino- batga olgan holda psixik faollikni aniq shakllarini yuzaga kelishi- ni namunaviy vaqtinchalik grafigini tuzishni xohlagan.

Gezzel o‘zining tadqiqot metodini biografik-laboratoriyaviy deb atagan. U tomonidan tashkil etilgan markazda laboratori- yada motorikani nutqni bolalarni ijtimoiy hamkorligini obyektiv ro‘yxatga olish uchun maxsus apparatura qo‘llanilgan bir tomon- lama ko‘rinadigan oyna ishlatilgan (gezzel oynasi). U kuzatuv sharoitlarini bola hayotining tabiiy sharoitlariga yaqinlashtirish- ga harakat qilgan. Maxsus jihozlangan eksperimental xonada bolaga mashg‘ulotlar turini tanlash imkoni berilgan — qum yoki suv bilan o'ynash, taom tayyorlash harakatli o 'y m la r (bir so‘z yoki boshqa bolalar bilan). Diagnost va maslahatchilar faqatgina ota-onalarning ma’lumotiga tayanmasdan, bola xulqini xarakter- li usullarini kuzatishlari mumkin edi.

Shuiungdek, Gezell egizaklar rivojlanishini o‘rganishda taqqoslash metodini qo‘llagan, norma va patalogiyadagi rivojlanishni (masalan, ko‘r bolalarda) o'rgangan. Natijada u chaqaloqning 3200 nafaridan iborat tuzilgan atlasni yaratdi, 16 yoshgacha bo'lgan bolalarning rivojlanish fenomenologiyasi to‘liq yoritilgan motorika, xulq-atvor nutqqa nisbatan rivojlanish normalarining ko‘rsatkichlari ajratib olingan. Gezellning testlar tizimi normativ yondashuv doirasi- da bola psixik rivojlanishining amaliy diagnostikasini tuzdi.

Gezellning yetilish nazariyasiga asosan, optimal rivojlanishda tug‘ma tendensiya mavjud.

Ijtimoiy rivojlanish harakat va psixik rivojlanish ma’lum ket- ma-ketlikda bir qator yosh bosqichlarini o‘tadilar. Gezell aniqla- gan bosqichlar rivojlanish tempi harakatlar o‘sishi miqdori bilan farqlanadi. Gezell shakllantirgan rivojlanishning umumiy qonu- niyatiga ko‘ra, psixik rivojlanish tempi yuqori va yutuqlar ham ancha ahamiyatli hayotning birinchi davrlarida ulg‘aygan sari rivojlanish tezligi susayadi. Gezellning yosh rivojlanishini davr- lashtirilishi bolalikni rivojlanish davrlariga o‘sishning ichki tem- pini o‘zgarish mezoni bo‘yicha talab etadi. Tug'ilgandan 1 yosh-

gacha xulqning eng yuqori o‘sishi 1 yoshdan 3 yoshgacha o‘rta va 3 yoshdan 18 yoshgacha rivojlanishning past tempi hisoblanadi. Gezellning ilmiy qiziqishlari markazida aynan ilk bolalik uch yoshgacha bo‘lgan bolalar bo‘lagan. Gezzel bolaning rivojlanishini organizmning yetilishini biologik omillariga asoslangan mu- hitga moslashish shakli sifatida ko‘radi.

A.Gezzelning yetilish nazariyasi

Tadqiqotning asosiy Bola tug'ilgandan butun yetilishigacha bo'lgan predmeti davrda psixik rivojlanishning tempi va tarkibi

Kuzatuv maxsus jihozlangan kino va fo- toregistratsiyalar bilan, testlar, ota-onalar

Tadqiqot metodlari so‘rovnomalari, longityud, egizaklarni rivojlanishini taqqoslash sogMom va kasallarni

Yetilish, rivojlanish. xulq-atvor o'sishi, rivoj­

Asosiy tushunchalar lanishning ketma-ketligi, o‘sish (rivojlanishning) tezligi

Nerv tizimini yetilishiga psixik rivojlanishning bog'liqligi, (uning barcha tarkibiy qismlari moto-

Asosiy g’oyalar rikadan shaxsgacha) psixik rivojlanishning tem- pini barqarorligi. bolalik mobaynida tempni pa- sayishi, rivojlanisnni nazorat qilib borish zarurati

Rivojlanish omillari                     Biologik omillar, genetik etilish

Psixologik tadqiqotiarni o‘tkazish uchun yangi metodlar, metodikalar va jihozlarning kiritil- ganligi. Mustahkam empirik baza. Bolalik ri­

Qiymati                                           vojlanishini fenomenologiyasini asosli va keng

doirada tushuntirilishi, yetilish jarayonlarini muhimligiga diqqatni qaratish, motorika rivojlanishining m e’yoriyligini yaratish

Rivojlanishning biologik asosini aksentirlashti- rish «empirik evolutsionizm» (L.S.Vigotskiy)

Tadqiqotning normativlarni absolutlashtirish o‘rta sinf bo-

yo‘nalganligi

Ialaridan olingan ma’lumotlarni qolgan bar- chasiga o'tkazish

81

Gezellning pozitsiyasini tanqid qilib, L.S.Vigotskiy uni «ul- trabiologizm» va «empirik evolutsionizm» deb atagan, ijtimoiy butunlay biologikka singib ketganda bolalikdagi rivojlanishning butun jarayoni tabiat qonunlariga bo‘ysunadi.

Ko‘zga ko'ringan avstriyalik psixolog K.Byuler bir muddat Vyursburg maktabi doirasida ishlagan boiib, o‘zining bolani psixik rivojlanish konsepsiyasini tuzdi. U rivojlanishning butun yo‘lini maymundan to katta yoshli madaniyatli odamgacha ko‘rsatishga

harakat qilgan. Byuler bo'yicha tadqiqot vazifasi rivojlanishda doi- miy asosiy tashqi ta’sirlarga bog'liq bo‘lmagan qonuniyatlarni sof holda topish edi. Byulerning fikncha, bolalik rivojlanishining birinchi yillarini o‘rganish uchun eksperimentning mos shakli zo- opsixologiya sohasidan olinishi mumkin. K.Byuler bola rivojla- nishidagi uch bosqich nazariyasi muallifi sifatida mashhur. Har

bir bola o‘z rivojlanishida hayvonlar harakatlari shakli evolutsiya- si bosqichlariga mos bosqichlarni bosib o‘tadi, instinkt, o‘rgatish, intellekt. U biologik omillarni asosiy deb ko‘rsatib o'tadi. Byuler

bolalikdagi rivojlanishni biologik jihatdan asoslanganligini qobili- yatlarni nasliyligini ta’kidlagan, lekin mashqlarsiz tabiiy qobiliyat- lar to‘liq ochilmaganligini aytib o‘tgan.

Instinkt rivojlanishning quyi darajasi xulq usullarini nasliy fondi qo‘llanilishga tayyor bo‘lgan va faqatgina ma’lum stimul- larga muhtoj bo‘lgan. Odamda instinktlar noaniq-sust katta individual farqlarga ega bo‘lgan. Bolada tayyor instinktlar to‘plami baqirish, so‘rish, yutish, himoya refleksi kabilar mavjud boiadi.

0 ‘rgatish turli hayotiy vaziyatlarga moslashish imkonini beradi, maqtov va jazolashlarga yoki omad va omadsizliklarga taya- nadi. Byuler bo‘yicha bolalar o‘yini hayvonlardagi o'yinning ta­

biiy davomi shu bosqichda yuzaga keladi.

Rivojlanishning bir bosqichidan boshqasiga o‘tishda emot- siyalar ham rivojlanadi. Shunga ko'ra, faoliyatning yakunidan boshigacha rohatlanishning almashinishi sodir bo‘ladi. Harakat va emotsiyani evolutsion erta taqqoslanishi quyidagicha av- val harakat, so‘ng uning natijasida rohatlanish. So‘ngra harakat-


dan funksional qoniqish bilan kechadi, ya’ni jarayonni o‘zidan qoniqish va nihoyat qoniqish tasavvuri harakatning o‘ziga o‘tadi. Byuler uchun asosiysi tafakkurning psixik rivojlanishda ijodkor- lik rolini o‘rganish edi. Shunday qilib, u bolada nutqni uni yara- tish kattalar bilan muloqot jarayonida bola tomonidan o'ylab to- pishi sifatida rivojlanish nazariyasini taklif qildi.

K.Byulerning 3 bosqichli nazariyasi

Psixik rivojlanish qonuniyatlari, bola

Tadqiqotning asosiy predmeti             psixikasining rivojlanish bosqichlarini ajratish (instinkt, o‘rgatish, intellekt)

Tadqiqot metodlari                                    Zoopsixologik eksperiment

Instinkt, o'rgatilgan bilish, intellekt,

Asosiy tushunchalar                             funksional qoniqish, rohatlantiruvchi qoniqish

Hayvonlar psixikasi evolutsiyasining qonuniyatlarini bola psixik rivojlanishga o‘tkazish, bola psixikasini

Asosiy g‘oyalar hayvonlar psixikasi va katta yoshli madaniyatli odam psixikasi o‘rtasidagi bog'lovchi evolutsion jarayon sifatida

ko'rish rivojlanishda emotsiyaning roli

Rivojlanish omillari                                   Preformizm, nasliy

                                                                    Eksperimentni         bola            rivojlanishini

Qiymati

o‘rganishda qo‘llash, rivojlanish g‘oyasi

Biologik yondashuv odam rivojlanishining o‘ziga xosligini rad etish

Tadqiqotning yo'nalganligi

ko'rmaslik, bola imkoniyatlarini pa- saytirish

L.S.Vigotskiyning ta’kidlashicha, Byulerning nazariy tuzilma- larida qadrli biologik rivojlanishni umumiy sohasida psixik rivoj- lanishni rivojlanish va tendensiyalarini barcha g‘oyalarini ko‘rib chiqadi. Biroq ma’naviy hayotni butun to‘liqligini biologik il- dizlaridan psixik funksiya va shakllarini yuzaga chiqarish katta miya o‘zagi tuzilishi rivojlanishida normal bolaning muvaffaqi- yatlari sabablarini topish. Byuler pozitsiyasini prinsipial chegara-

83


laydi, antidialektikka aylantiradi. Psixikani filogenez va ontogene- zi biologik evolutsiya qonunlariga bir xil darajada bo‘ysunadilar.

Amerikalik psixolog va sotsiolog Dj.Bolduin o‘zining davrida nafaqat bilish, balki emotsional va shaxsiy rivojlanishlarni о rga- nishga undagan. Ijtimoiy muhit tug'ma qobiliyatlar bilan bir qa­

torda uning tomonidan rivojlanishning muhim omili sifatida ki- ritilgan, chunki odamni normalari qadriyatlari va o‘ziga bo‘lgan

bahosi tizimli jamiyat ichida sodir bo'ladi. Bolduin birinchilardan bo‘lib, o‘yinning ijtimoiy rolini keltirib o‘tdi va uni ijtimoiylashuv vositasi sifatida ko‘rgan. U odamni murakkab ijtimoiy munosa- batlar tizimidagi hayotga tayyorlashni keltirib o‘tadi.

Bolduin bolalarnmg bilimi rivojlanish konsepsiyasiga asosla- nadi. Uning ta’kidlashicha, bilishning rivojlanishi tug‘ma hara- katlar reflekslarini rivojlanishi bilan boshlanuvchi bir necha bos- qichlarni o‘z ichiga oladi. So ngra nutqning rivojlanish bosqichi va bu jarayonni mantiqiy tafakkur bosqichi yakunlaydi. Bolduin tafakkur rivojlanishini maxsus mexanizmlarini ajratgan assimil- yatsiya (muhit ta’sirini interorizatsiyasi). Bolduinning nazariyasi- ni bu holatlari J.Piajening qarashlariga ta’sir etdi.

Bolalar rivojlanishidagi ikkita omil konvergensiyasi nazariyasi. Konvergensiya nazariyasi, yoki uni yana ikki omil nazariyasi deb nomlaydilar, biologik va ijtimoiy omillarning o‘zaro munosa- batini ко rib chiquvchi differensial psixologik sohasi mutaxassisi, nemis psixologi V.Shtern (1975-1938) tomonidan ishlab chiqil-

gan. Bu nazariyaning mohiyati shundan iboratki, bolaning psixik rivojlanishi nasi va muhit ta’siri ostida shakllanadigan jara- yon sifatida ko‘rib chiqiladi. Konvergensiya nazariyasining asosiy masalasi axloqning egallangan shakllari qanday yuzaga keladi va ularga nasliylik hamda atrof-muhitning qanday ta’sir ko‘rsatishi- ni o‘rganishdan iborat.

Psixologiyada shu vaqtda ikkita nazariy konsepsiya mavjud bo'lgan: empirizm («inson» - toza doska») va nativizm (tug‘ma g‘oyalar mavjud). Shtern agar bu ikki qarama-qarshi nuqtayi na- zarning mavjud bo‘lishi uchun asos bor bo‘lsa, unda haqiqat ular-

84


ning birlashuvidan iboratligini taxmin qildi. U psixik rivojlanish tashqi sharoitlar bilan ichki ma’lumotlarning birlashuvidir, bi- roq yetakchi ahamiyat baribir tug‘ma omil ortida qoladi, deb hi- soblaydi. Bunga misol sifatida quyidagi fakt xizmat qilishi mumkin: atrof olam bolaga o‘ym uchun material yetkazib beradi, uning qanday va qayerda o‘ynashi esa o‘yin instinktining tug‘ma komponentlariga bog‘liq bo‘ladi.

V.Shtern rekapitulyatsiya konsepsiyasi tarafdori bo‘lgan va bola go'daklikning birinchi oylarida sut emizuvchilar bosqichida bo'lishini: bu reflektorli va impulsiv axloq bilan tasdiqlanishi; hayotining ikkinchi yarim yilligida u predmetlarni tutib olish va taqlid sharofati bilan oliy sut emizuvchi (maymun)Iar bosqichi- ga erishishi; kelgusida to‘g‘ri yurish va nutqni egallagach, in- soniy holatning dastlabki pog‘onasiga chiqishi; o‘yin va ertak- larning birinchi besh yilida u ibtidoiy aholi pog'onasida turishi; yangi bosqich - maktabga borish — hiyla yuqori darajadagi ijtimoiy majburiyatlarni egallashi bilan bog‘liq ekanini aytadi. Dastlabki maktab yillari aniik va qadimgi dunyoning eng oddiy maz- muni bilan, o‘rta sinflar — xristian madaniyati, yetuklik yillari esa — yangi vaqt madaniyati bilan bog‘liq.

Rivojlanish konvergensiyasining nazariyasi «olma olmadan yiroqqa tushmaydi» va «kirn bilan bo'lsang, o'shandan orttirib olasan» degan mulohazalarni tasdiqlaydi. Ingliz psixologi G.Ay- zenk (1916—1997) intellekt 80% ga naslning va 20% ga muhitning ta’siri bilan belgilanadi, deb hisoblaydi.

Avstriyalik psixolog Z.Freyd shaxsning asosi insonning ma’naviy hayotini instinktiv sohasi va jamiyat talablari o'rtasida-

gi nizodan iborat bo‘lgan tuzilmaviy nazariyasini yaratdi. U har bir inson oqibatda «Boshqa Men» va «U» nazorati ostida turadi- gan tug‘ma jinsiy mayl bilan tug iladi, deb hisoblaydi. «U» — bu taqiqlar ta’siri ostida o‘zidan «Men»ning kichkina bo'lagini ajra- tadigan ichki psixik instansiya. «Boshqa Men» — insoniy maylni cheklovchi instansiya. Demak, «Men»ga «U» va «Boshqa Men» bosim o'tkazadi. Bu rivojlanishning ikkita omili sxemasi.

85

Psixologlar egizaklarni kuzatgancha va olingan natijalarni taqqoslagancha rivojlanish jarayoniga biologik va ijtimoiy omil- larning ta’sirini aniqlay oldilar. Bu usulni egizaklar usuli deb nomladilar. D.B.Elkonin ko‘rsatdiki, metodologik nuqtayi na- zardan egizaklar tadqiqotida jiddiy nuqson bor: nasliy fond muammolari aynanlik yoki aynan emaslik nuqtayi nazaridan, muhitli ta’sir muammosi esa hamisha aynanlik nuqtayi nazari­

dan ko‘rib chiqiladi. Biroq egizaklar tarbiyalanadigan bitta (bir xil) ijtimoiy muhit mavjud emas - bola muhitning qanday ele- mentlari bilan obzaro faol harakat qilishini, albatta, inobat- ga olish zarur. Shu sabab ishonchli natija olish uchun ikki no- ma’lumli tenglama bo‘lgan vaziyatlarni tanlash kerak. Shundan

xulosa kelib chiqadi, ushbu usul yordamida rivojlanish muammolari emas, balki individual farqlar o'rganilishi mumkin.

Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari:

1.                       Bolalar psixologiyasi predmeti.

2.                       Bolalar psixologiyasining metodlari.

3.                       Bolalar psixologiyasi fanida kuzatishning qanday turlari qo‘llaniladi?

4.                       A.Gezzelning yetilish nazariyasida tadqiqot metodlari qay­si lar?

5.                       K.Byulerning 3 bosqichli nazariyasida tadqiqot metodlari qaysilar?

Mavzuni mustahkamlash uchun test savollari:

1. Bola psixikasini o'rganishda tadqiqotchi ..... tamoyillarga tayanishi lozim.

a) ong va faoliyatning birligi;

*b) obyektivlik, sababiylik, sinchkovlik va muntazamlik;

c)    psixika va ongning faoliyatda rivojlanishi, determinizm;

d)   psixika rivojlanishining yosh me’yorlariga mosligi.

2. Bolalar psixologiyasi fanida kuzatish metodi turlari:

a) introspeksiya, tashqi;



V BOB. SHAXS RIVOJLANISHI SIFATIDA PSIXIK RIVOJLANISHNING PSIXOANALITIK YO‘NALISHI

Reja:

1.                      Z.Freydning klassik psixoanalizida psixik rivojlanish masalasi.

2.                      Bolalik psixoanalizi.

3.                      Hozirgi zamon psixoanalitikasi bolalarni tarbiyalash va rivojlanishi haqida.

Mavzu o‘quv maqsadi:

Ta’limiy: bo'lajak psixologlar tomonidan psixoanaliz haqidagi bilimlarni o‘zlashtirilishini tashkil etish.

Tarbiyaviy: bo‘lajak psixologlar tomonidan psixoanaliz yo‘na- lishining rivojlanish tarixi haqida bilim, malaka va ko‘nikmalari asosida dunyoqarashini kengaytirish.

Rivojlantiruvchi: mavzuning ta’limiy va tarbiyaviy o‘quv maqsadlari asosida talaba shaxsini rivojlantirish.

Tayanch tushunchalar: psixoanaliz, bolalar psixoanalizi, tushlar talqini, U, Men, Oliy Men, libido, ong osti holatlari, edip kom- pleks.

5.1. Z.Freydning klassik psixoanalizida psixik rivojlanish masalasi

Zigmund Freyd 1856-yilda Freyburgda, o'sha paytdagi Avstri- ya Vengriya imperiyasining hozirgi kunaa Chex respublikasiga taalluqli qismida tug'ildi. U tibbiyotni Venada o‘rgandi va shu yerda Avstriyani natsistlar 1938-yilda anneksiya qilgunlariga qa- dar yashadi.

Yahudiy sifatida u vatanini tashlab ketishga majbur bo‘ldi va

Londonga borib o'rnashdi, o‘sha yerda 1939-yilda vafot etdi. Uzoq yillar davomida u bedavo saraton kasalligi bilan kurashib yashadi.

Uning eng mashhur asarlari quyidagilar: «Tushlarning ta’bi- ri», «Psixoanalizga kirish bo‘yicha ma’ruzalar», «Lazzat tamoyi- li ortida», «Bir illyuziyaning kelajagi», «Madaniyatdan norozilik», «Muso va monoteizm».



ganlarni tushuntirish va insonning xulqini shunday tuzish kerakki, uni instinktiv talablari qondirilishi, jamiyatning va ongning chek- lovlari buzilmasligi kerak. Egoning hamkorligida individ va sotsi- um o‘rtasidagi nizo hayot mobaynida sustlashishi kerak.

Oliy Men (Super Ego) shaxsning tuzilmaviy tarkibi sifatida eng oxirida 3—6 yoshlar orasida shakllanadi. Super Ego insonning moslashishini ifodalaydi va bu jamiyatda qabul qilingan normalarga amal qilishini qattiq nazoratga oladi.

Id va Super Ego tarafidagi an’analar odatda nizoli xarakter- ga ega bo‘lib, bu xavotirlanish, asabiylashishni keltirib chiqaradi. Bunga javoban Ego bir qator himoya mexanizmlarini yaratadi va qo‘llaydi. Ular siqib chiqarish, ratsionallashtirish, sublimatsiya, proeksiya, regressiya va boshqalar.

Himoya mexanizmi atamasi 1894-yilda dastlab Z.Freyd tomonidan fanga kiritildi. Keyinchalik mazkur sohadagi tadqiqot- larning miqdorini ortib borishi natijasida uning amaliy va nazariy ahamiyati ham ortib bormoqda. Psixologik himoya — bu shaxs- ni salbiy kechinmalardan himoya qilishga yo‘naltirilgan anglan- magan psixik jarayondir. Aynan psixologik himoya mexanizmlari qarshilik ko‘rsatish jarayonlari asosida yotadi. Shaxsning himoya mexanizmlari uning psixikasida ilk bolalik davrida paydo bo‘la-

di va butun hayoti mobaynida davom etadi. Psixologik himoya mexanizmlari odamni yoqimsiz emotsional kechinmalardan himoya qiladi, psixologik qulaylik (komfort)ni saqlab berishga yor- dam beradi. Psixologik himoyaning funksional vazifasi va maq- sadi, ongsizlikni instinktiv impulslari va tashqi ijtimoiy muhit talablarini o‘zlashtirishi, oila va jamiyatning qoida va normalarini o‘zlashtirish o‘rtasidagi ziddiyatlar bilan shartlangan, ya’ni shaxs- ni ichki nizolarini (xavotirlik, siqilish) yengillashtirishdan iborat. Psixologik himoya mexanizmlari bu nizolarni yengillashtira- di, inson xulq-atvorini himoya qiladi va uni moslashuvchanligi va psixikasini barqarorligini oshirgan holda boshqaradi.

Psixologik himoyalanganlikni ta’minlovchi asosiy mexanizm sifatida shaxsni barqarorlashtiruvchi maxsus boshqaruv tizimi

90

yuzaga chiqadi. Ular nizoni anglash bilan bog‘liq bo‘lgan xa- votir tuyg‘ularini bartaraf qilish yoki minimumgacha keltirish-

ga yo‘naltirilgan. Bu yondashuv bilan bog‘liq holda uning asosiy funksiyasi sifatida ong muhitini negativ shaxsni jarohatlovchi ke- chinmalardan «to‘sish» ko‘rib chiqiladi.

Keng m a’noda «psixologik himoya» atamasi psixologik diskomfortni bartaraf etish natijasida yuzaga keladigan negati- vizm kabi shaxs xislatlari faolligini chalkashtiruvchi «yolg‘onlar» paydo bo‘lishi, shaxslararo munosabatlar tizimini o‘zgartiruvchi har qanday harakatlarni tushuntirishda qo‘llaniladi.

Tor ma’noda esa psixologik himoya bir qator himoya mexa- nizmlarini funksiyalashuvi natijasida ong tarkibini o‘ziga xos tarzda o‘zgarishiga olib keluvchi tushunchani anglaymiz. Ular tushkunlik, rad etish, proeksiya, identifikatsiya, regressiya, izo- lyatsiya, ratsionalizatsiya, konversiya va boshqalardir.

Bu himoya mexanizmlarining faoliyati insonning ax- borot-yo‘nalganlik harakatlari asosini va uning subyektiv, shaxsiy munosabatlar tizimini adekvatligini oshirmasdan uni mosligini hatto tushirishi ham mumkin.

Himoya mexanizmi — bu xatar yoki xavotir manbayini buzib ko‘rish rad etish yoki qochish mumkin bo'lgan har qanday jarayon. Himoya mexanizmlari, shuningdek, bizning «Men»ligimizni ide- allashtirilgan obrazini tartibga solishga hamda o'zimizni qabul qi- lishimiz qulay bo‘lishi uchun yordam beradi. Zigmund Freyd bi- linchilardan bo‘lib, himoyaning ko‘p turlarini identifikatsiyalangan

va bu mexanizmlar ongsiz tarzda harakat qilishini taxmin qilgan.

Himoya mexanizmlarini juda ko‘p qo'llovchi insonlar yaxshi moslashmay qoladilar, chunki ular emotsional energiyalarining ko‘pini xavfni nazorat qilish va o‘zi haqidagi yolg‘on tasavvurla- rini saqlab qolishga harakat qiladi. Shunga qaramay himoya me­

xanizmlarini foydasi mavjud. Ular ko‘pincha xavfni yengib o‘tish- ga yordam beradi. Bizda xavfdan samarali qutulish va muammoga diqqatni qaratishga vaqt paydo bo‘ladi. Agar siz bizning aytganla- rimizdan o‘zingizga taalluqliligini olgan bo‘lsangiz, bu siz o‘zin-

91


gizni faqatgina himoya qilaverasiz degani emas. Avval ta’kidla- ganimizdek, hamma ham himoya mexanizmlarini qo‘llab turadi.

Himoya mexanizmlarining ikkita asosiy tavsifnomalari mavjud:

1.    Reallikni rad etish yoki buzish.

2.    Ongsiz darajadagi faoliyat.

Ko‘pincha odamlar himoya mexanizmlarini bitta turini emas, balki ularni kompleks tarzda qo‘llashni ma’qul ko‘radilar. Bun- dan tashqari ko'pchilik insoniarda bitta mexanizmlarni boshqa- sidan afzal ko‘rish moyilligida, ya’ni xuddi ularning qo‘llanilishi odat tusiga aylangandek tuyuladi.

Psixologik himoya mexanizmlarining turlari:

1. Siqib chiqarish — bu yoqimsiz fikr, istak yoki tuyg‘ularni ongsiz, beixtiyor ravishda chiqarib tashlash jarayoni. Z.Freyd mo- tivatsion unutish orqali himoya mexanizmini to‘liq ifodalab ber- gan. U simpiomlarning shakllanishida muhim rol o'ynaydi. Bu mexanizmning faoliyati xavotirlikni kamaytirish jarayonida ye- tarli bo‘lmaganda hamda siqib chiqarilgan ma’lumotni buzilgan holda anglashga yordam beruvchi boshqa himoya mexanizmlari ishga tushadi. Ma’lumki, psixologiya fanida himoya mexanizmlarining ikkita kombinatsiyasi keng tarqalgandir:

A)      siqib chiqarish+siljish. Bu kombinatsiya faollik reaksiyala- rining yuzaga kelishiga yordam beradi. Siqib chiqarish va siljish mexanizmlari dushmanlikka qarshi himoyani ifodalaydi;

B)      siqib chiqarish+konversiya — bu kombinatsiya isterik reak- siyalarning asosini tashkil qiladi.

Tushkunlik mexanizmining mohiyati — ongdan jarohatlovchi voqea mohiyati va u bilan bogliq emotsiyalarni chiqarib tashlash- dir. Tushkunlik qo‘rquv emotsiyalarini ushlab turish uchun rivoj- lanadi. Ularning paydo boMishi o‘zini ijobiy idrok qilish uchun noma’qul shuningdek, agressorga bog'liq bo‘lib qoladi. Qo‘rquv real stimulni unutish oqibatida qo‘rquvni keltirib chiqaruvchi, shuningdek, u bilan bog‘liq bo’lgan assotsiativ obyektlar, faktlar vaziyatlarning barchasi yig‘iladi.

92


Regressiya. Muammoli vaziyatda avvalgi yoki bolalikdagi istak va harakatlarni qoniqish shakliga qaytishdir. Regressiya qisman to‘liq yoki simvolik boMishi mumkin. Muammoni yordam so‘rash oqibatida hal qilish «regressiya» sinfiga shuningdek, «harakat faol- ligi» mexanizmiga kiradi. Shuningdek, xavotirlanishni kamayishi- ni talab qilish mumkin bo‘lmagan istak orqali kelib chiqqan. Reg- ressiv xulq-atvor ko‘p hollarda kattalar tomonidan taqdirlanadi hamda simbiotik emotsional munosabatlarni talab qiladi.

Proyeksiya - bu individ o‘zining ongli darajasida rad qiluvchi fikr, tuyg'u, motiv va istaklarni boshqa shaxs yoki obyektga o'tka- zish mexanizmi. Mexanizm o‘zini va atrofdagilarni ular tomonidan emotsional rad etilishi sifatida qabul qilmaslik tuyg‘usini ushlab turish uchun rivojlanadi. Proyeksiya o‘zini qabul qilmaslik qo‘rquvi bilan kurashishni uddalay olish uchun boshqalarning rad etuvchi harakatiga nisbatan chaqirilgan. Proyeksiya atrofdagilarga ularni qabul qilmasliklarining ratsional asosi sifatida turli negativ

sifatlarni ularning fonida o'zini qabul qilish uchun yo‘naltirishdir. «Agar yomon odam meni rad etsa, demak men yaxshiman yoki yomon odamning fikri men uchun ahamiyatli emas».

Proyeksiyaning noaniq shakllarini kundalik hayotda uchratish mumkin. Ko‘pchiligimiz o‘z kamchiliklarimizga e’tibor bermay,

boshqalarda ularni osonlikcha sezamiz. Biz atrofdagilarni o‘z tashvishlarimizda ayblashga moyilmiz. Proyeksiya zararli bo'lishi ham mumkin, chunki reallikni noto‘g‘ri anglashga olib keladi. Bu mexanizm ko'pincha anglamaydigan va xafa bo‘luvchi shaxs- larda namoyon bo‘ladi.

Introyeksiya — inson yoki obyektni simvolik internalizatsiya- si (o‘ziga kiritishi). Mexanizm harakati proeksiyaga qarama-qar- shidir. Introyeksiya yordamida sevgi obyektlari va o'zining shax- si o‘rtasidagi farqlar bartaraf etiladi. Ba’zida boshqa odamlarga nisbatan jaxl yoki agressiya o‘rniga yo‘q qiluvchi tuyg‘ular, o‘zini o’zi tanqid qilishga, o‘zini qadrlamaslikka aylanadi, chunki ayb- lanuvchida introeksiya sodir bo‘lgan. Bunday vaziyat ko‘pincha depressiya holatida kuzatiladi.

93


Ratsionallashtirish — aslida mumkin bo‘lmagan fikr, tuyg‘u, xulq-atvorlarini oqlashga ishonchli sabablarni topuvchi himoya mexanizmi. Ratsionallashtirish — psixologik himoyaning eng keng tarqalgan mexanizmi, chunki bizning xulq-atvorimiz ko‘plab omillar orqali aniqlanadi va biz uni o‘zimiz uchun ma’qul bo‘lgan yo‘l bilan tushuntirganimizda ratsionallashtirgan bo‘la- miz. Ratsionallashtirishni ongsiz mexanizmini to‘qib chiqarilgan

yolg‘on, firib yoki mug‘ombirlik bilan aralashtirib bo‘lmaydi.

Intellektualizatsiya — bu himoya mexanizmi emotsional his- tuyg‘u va kechinmalarni bartaraf etish maqsadida namoyon bo‘la- di. Intellektual zaxiralarni katta miqdorda qoilashni taqozo etadi.

Kompensatsiya yoki sublimatsiya bu real yoki hayotiy kamchi- liklarni ongsiz tarzda bartaraf etish harakati. Kompensatorlar harakat universialdir, chunki statusini egallash deyarli barcha inson- larning istagidir. Kompensatsiya ijtimoiy yaroqli (ko‘zi ojizning musiqachiga aylanishi) va yaroqsiz (bo‘yi past insonni) agressiv- lik va hokimlikka intilishi bilan kompensatsiyalash, nogironlikni qo‘pollik va nizolashuvchanlik bilan kompensatsiyalash bo‘lishi mumkin. Shuningdek, to‘g‘ri kompensatsiya (yutuqsiz yutuqqa eri- shib bo‘lmaydigan sohada omadga intilish) va bavosita kompensat- siyaga (o‘zini o‘zi boshqa muhitda tasdiqlashga intilish) ajratiladi.

Reaktiv tuzilmalar himoya mexanizmini anglash uchun to‘g‘ri kelmaydigan mayl, istak va tuyg‘ularni, ayniqsa, jinsiy va agressiv ma’no jihatdan unga qarama-qarshi munosabat yoki harakatlarni rivojlantirish yoki urg‘u berish yo‘li bilan almashtiradi. Bu himoya mexanizmining rivojlanishi inson oliy ijtimoiy (axloqiy) qadriyat- larni o‘zlashtirishi bilan bog‘laydilar. Reaktiv tuzilish xursandchi- lik emotsiyalarini ushlab turish uchun qo‘llaniladi. Bu mexanizm harakatdagi qarama-qarshi ustanovkalarni amalga oshirishni taqozo etadi. Shu jumladan, qarashlarning mustahkam belgilan- ganligi, uyatchanlik, muruvvat hamda rahmdillik va boshqalar.

Himoya ikki bosqich xarakterga ega. Avval mumkin bo‘lma- gan istak siqib chiqariladi, so‘ng uning antitezasi kuchayadi. Masalan, haddan tashqari vasiylik rad etilganlik hissini, haddan

94


ziyod ijobiy va muloyim xulq dushmanlikni berkitishlari mumkin va boshqa 1 a r.

Reallikni rad etish bu anglanilgan vaziyatda og‘riq!i bo‘ladigan o‘y-fikr, tuyg‘u, istak, talab yoki reallikni rad etuvchi mexanizm. Rad etish atrofdagilarning befarqligi va rad etilishini ko‘rsatsalar, ularni qabul qiluvchi emotsiyalarni ushlab qolish maqsadida rivoj- lanadi, harakatlaridan xuddi muammolari yo‘qdek tuyuladi. Rad etish mexanizmining ko‘p miqdori bolalar uchun xarakterlidir.

Kattalar rad etish mexanizmini inqirozli vaziyatlarda qo‘llaydilar.

Siljish (o‘rnini almashtirish) — kuchliroq, kattaroq va ahami- yatliroq subyekt bilan nizoli vaziyat yuzaga kelganida o‘zining agressiya, jahl emotsiyalarini chiqarib tashlaganda bu xavfga ay- lanadi.

Bolalikdagi jinsiylik tushunchasiga yondashuvlar Freyd tomonidan XX asr boshida «Jinsiylik nazariyasi bo‘yicha 3 ocherk» nomli asarida yoritilgan. U quyidagi fikrdan kelib chiqqan, inson ba’zi miqdordagi jinsiy energiya bilan tug‘iladi (libido), u ma’lum ketma-ketlikda tananing turli a’zolariga ko chadi.

• Freyd psixojinsiy bosqichlarni ochilishi ketma-ketligini or- ganizmning yetilishiga ko‘ra, belgilangan (rivojlanishning biologik omillari) va bu bosqichlar universial va barcha insonlarga ularning madaniylik darajasiga qaramay xosdir. Z.Freydning yosh rivojlanishi davrlarini shaxsning psixojinsiy nazariyasi deb ataldi, chunki uning nazariyasini markazida jinsiy instinktlar turadi, bu keng ma’noda qoniqish deyiladi.

Jinsiy rivojlanish bosqichlari. Psixologiya deb nomlangan ilm-fanning yangi sohasi falsafa va biologiya fanlari negizida rivoj- langan. Vundt ham faylasuf, ham psixolog bo‘lgan. Zigmund Freyd o‘zining shaxs nazariyasiga oid ta’sirli qarashlari bilan mashhur bo‘lgan avstriyalik fizik hisoblanadi. Shvetsiyalik biolog Jan Pia-

je o‘tgan asrda bolalarni kuzatish sohasida yetakchilardan bo‘lgan.

Zigmund Freyd fikriga ko‘ra, bolalik davrida hissiyotlarga ko‘rsatilgan ta’sir, keyinchalik shaxsning o‘z-o‘zini anglashida namoyon bo‘ladi. Shundan boshlab 1920-yilda psixologiya «ruhiy

95


hayot» haqidagi fan sifatida vujudga keldi. Freyd nazariyasi gu- manistik nazariyaga qarshi qaratilgan hisoblanadi. Freyd nazariyasi psixoseksual nazariya hisoblanadi, yoshni davrlarga bo‘lishda ham u jinsiy ehtiyoj «libido»ga tayanadi.

          /. Oral bosqich tug‘ilgandan 18 oygacha davom etadi. Psixojinsiy rivojlanishning boshlang'ich bosqichida asosiy qoni- qish manbai asosiy organik talabni qoniqtirish bilan qo‘shiladi va ko‘krak bilan oziqlantirish bilan bog‘liq harakatlarni qo‘shadi: emish, tishlash va yutish.

          Oral bosqichda boshqa odamlarga munosabatiga nisbatan ustanovkalari shakllanadi, ya’ni tobelik, tayanch yoki mustaqillik, ishonch ustanovkalari va boshqalar. Ona bolasida jinsiy qiziqish- larni yuzaga keltiradi, uni sevishga o‘rgatadi. Aynan qoniqish- ning optimal darajasi (stimul) oral zonada (ko‘krakdan oziqla- nish, emish) sogllom mustaqil katta hayot asoslarini yaratadi.

          Hayotining birinchi olti oyida onalik munosabatlarining chegarasi haddan ziyod yoki aksincha yetishmayotgan stimulyat- siya shaxsiy rivojlanishni buzadi, oral passivlik fiksatsiyasi so- dir bo’ladi. Bu shuni anglatadiki, katta odam atrofdagi dunyoga moslashish usullaridan biri sifatida ishonuvchanlik, nochorlikni namoyish etadi, o‘z harakatlarini chetdan ma’qullanishiga yor- dam sezadi. Haddan ziyod ota-ona mehri jinsiy yetilishni tez- lashtiradi va bolani «erkatoy» tobe qilib qo‘yadi.

          Hayotni birinchi yilining ikkinchi yarmida tishlar chiqishi bilan asosiy e’tibor tishlash va chaynashga qaratilganda oral bos- qichni oral sadistik fazasi keladi. Oral sadistik fazasidagi katta odamda shunday xususiyatlarni keltirib chiqaradiki, janjalkashlik,

boshqalarga haddan ziyod talabchanlik munosabati pessimizm.

          Og‘iz qismi Freyd fikricha, odamning butun hayoti mobaynida muhim erogen zona bo‘lib qoladi. Libidoni oral zona- ga bog‘lanib qolishi ba’zida tishlash, saqish chaynash va shu ka- bilarda namoyon bo‘ladi.

          2. Anal bosqich. Ochko‘zlik, tirnoqlarning tishlanishi anal bosqichi Egoning yuzaga kelishi bilan bog‘liq bo‘lib, 1—1,5 yosh-

96


dan 3 yoshgacha to‘g‘ri keladi. Anal erotika Freyd bo'yicha ichak- ni yaxshi ajratib chiqarish funksiyalari bilan bog‘liq.

          Bu bosqichda ota-onalar farzandlarini hojatga o'rgatadilar, ilk bora unga instiktiv rohatlanishdan voz kechishni talab qilib, hojatga o‘rgatish usullari kelajakda o'zini nazorat qilish va o‘zini

boshqarish shakllarini aniqlaydi.

          To‘g‘ri tarbiyaviy yondashuv bolaning holatiga diqqat qi- lishga bolalarni doimiy ichagini bo'shatishni rag‘batlantirib tu- rishga tayanadi. Ozodalikni emotsional qo'llab-quvvatlash o‘zini o‘zi nazorat qilishni ifodalash sifatida Freyd bo‘yicha tartiblilik shaxsiy sog‘liq va hatto tafakkur egiluvchanligining shakllanishi- da uzoq muddatli ijobiy natijaga ega.

          Rivojlanishnmg salbiy variantida ota-onalar o'zlarini had- dan ziyod qattiqqo‘l va talabchan tutadilar, ozodalikni iloji bori- cha erta talab qiladi. Bu noadekvat talablarga javoban bolalarda norozilik an’analari yuzaga keladi. Bu fiksatsiyalangan reak- siyalar keyinchalik xulq-atvorning boshqa turiga ko‘chib o‘ziga yarasha shaxs tipini keltirib chiqaradi: anal ushlab turuvchi (o‘jar, qizg'anchiq) yoki anal itarib chiqarib tashlovchi (xavotirli, impul- siv, buzilishga moyil).

          3. Fallik bosqich (3—6 yosh) — psixoijtimoiy rivojlanish bosqichi shaxsiy genetal zonalarini inobatga olgan holda. Psixojinsiy rivojlanishning faollik bosqichida bola ko'pincha o‘z jinsiy organ- larini o'rganadi, bolalarni dunvoga kelishi va jinsiy munosabatlar bilan bog‘liq savollarga qiziqish uyg‘otadi.

          Aynan bu davrda har bir odamning individual rivojlanishi- da tarixiy nizo Edip kompleksi yuzaga keladi. 0 ‘g‘il bolada onani egallash va otasini chetlashtirish istagi yuzaga keladi. Otasi bilan ongsiz raqobatga kirishib bola, u tomonidan jazoning qo'llani- lishidan qo'rqadi.

          Bolaning ambivalent tuyg‘ulari (otaga nisbatan muhabbat) nafrat Edip kompleksi bilan kechuvchi 5—7 yosh oralig'ida bar- taraf etiladi. 0 ‘zini otasi bilan tenglashtirish (intonatsiya, xulq-at- vori gaplariga taqlid qilish, me’yor, qoida, ustanovkalarini egal-

97


lash) super Egoni yoki burchni, shaxsning tuzilmasini so‘nggi komponentini yuzaga keltiradi. Qizlarda Freyd yetakchi kompleks elektra kompleksni nazarda tutadi. Elektra kompleksini hal etish ham o‘zini onasi bilan tenglashtirib otasiga intilishni bosish bilan sodir bo‘ladi. Qiz onasi bilan o‘xshashligini kuchaytirib, otasiga simvolik yo‘lni egallaydi.

Z.Freydning psixoanalizi

Asosiy tadqi­

Shaxs rivojlanishi

qot predmeti

Tadqiqot            Klinik vaziyatlar tahlili, erkin assotsiatsiyalar metodi, metodlari tushunchalar tahlili

Psixika bosqichlari (ong, ongosti, ongsizlik) shaxs tuzilishi (Id, Ego, Super Ego) psixologik himoya mexa- Asosiy tushun­ nizmlari, jinsiy energiya (libido), jinsiy instinkt, hayot chaiari instinkti, o‘lim instinkti, psixojinsiy rivojlanish bosqichlari, erogen zonalar, qoniqish tamoyili, reallik tamoyili, edip kompleksi, elektra kompleksi, tenglashtirish

Bola va tashqi dunyoni azaldan kelishmasligi individni ijtimoiy dunyoga moslashuvi sifatida shaxs rivojlanishi.

Shaxsning psixojinsiy rivojlanishi. Shaxs rivojlanishi 1-5

Asosiy g‘oyalar yillikda jadal jinsiy yetilish tugashi bilan yakunlanadi. Shaxs rivojlanishi bosqichlari o'zgarmas, biologik yetilish ketma-ketligida oral, anal, faollik, latent, genital

Ichki (biologik yetilish miqdorning o‘zgarishi va jinsiy

Rivojlanish energiyaning yo‘nalganligi) va tashqi (ijtimoiy jami-

omillari

yatni ota-onalar bilan qo‘shilishi)

Rivojlanishning                 dinamik konsepsiyasi,         insonning ma’naviy dunyosini birligi, bolalikning ahamiyati, ota-

Afzalligi ona ta’sirining muhimligi va doimiyligi ko'rsatilgan. Bolaning ichki dunyosiga munosabatda aniq diqqat g'oyasi

— afsonaviyligi;

— tadqiqotning talab qilinayotgan shakliy metodlari- ning yo qligi;

     Kamchiligi                 — statistik ma’lumotlarning yo‘qligi;

— tekshirishning murakkabligi;

— o‘smirlik yoshi chegaralaridan tashqarida rivojlanish imkoniyatlariga qarashlarning pessimistligi.

98

          4. Latent bosqich — jinsiy sokinlik b—7 yoshdan 12 yoshgacha o‘smirlik yoshi boshlangungacha davom etadi. Asosiy energiya kuchi o‘qish, sport, bilishga intilish asosan o‘zining jinsidagi teng- doshlari bilan do‘stlashishga yo‘naltiriladi. Freydning shaxs jinsiy shakllanishidagi bu uzilishining ahamiyatini oliy insoniy madani- yatni rivojlanishi uchun sharoit sifatida alohida ta’kidlaydi.

          5. Genetal bosqich ^12—18 yosh) - pubertat davrda biologik yetilish bilan asoslangan va psixojinsiy rivojlanishni yakunlovchi bosqich. Jinsiy va agressiv tuyg‘ularning ko‘payishi sodir bo‘la- di hamda Edip kompleksi qaytadan yuzaga keladi. Autoerotizm yo‘qoladi, uning o‘rniga boshqa jinsiy obyektlarga qiziqish paydo bo‘ladi. Normada o‘smirlikda jamiyatda o‘z o‘rnini topish, tur- mush o‘rtog‘ini izlash, oilasini yaratish harakatlari bo‘ladi.

          Bu bosqichning muhim vazifalaridan biri ota-ona qara- mog‘idan qutulishdir.

5.2. Bolalik psixoanalizi

Klassik psixoanaliz nuqtayi nazaridan bolalar bilan ish olib bo- rish qiyinchilik tug'dirgani uchun Freydning izdoshllari A.Freyd va M.Klyayn o‘zlarining bolalar psixoterapiyasi variantlarini ishlab chiqdilar. A.Freyd (1895—1982) «Bolalar psixoanaliziga kirish (1927), «Bolalikdagi norma va patologiya» (1966) bolalar psixoanalizi asos- larini bayon etdi. Psixolog bola xulq-atvoridagi qiyinchilik sababla- rini tushunish uchun nafaqat bola psixikasining ongsiz qatlamlariga kirishi, balki shaxsning barcha uch tarkibiy qismlari (Men, U, Oliy Men) haqida har tomonlama ma’lumotlarga ega bo‘lishi, ularning tashqi dunyo bilan munosabatlari, psixologik himoya mexanizmlari va ularning shaxs rivojlanishidagi roli haqida bilishi zarur.

A.Freydning ta’kidlashicha, bolalar psixoanalizida birinchi- dan, kattalar bilan umumiy analitik metodlardan foydalanish mumkin emas: gipnoz, erkin assotsiatsiyalar, tushlar talqini, qa- rama-qarshiliklar tahlili va ko‘chirish. Ikkinchidan, u bolalarning tahlil qilish texnikasi o‘ziga xosligini ko‘rsatib o‘tdi. A.Freyd Menni tadqiq etuvchi yangi texnik metodlarni taklif etdi. Ular-

99

dan biri transformatsiyalar analizidir. Uning fikricha, kutilgan va namoyon qilingan emotsional reaksiyalarning mos kelmasli- gi bolada himoya mezanizmlari ishga tushganligidan dalolat beradi. Shunday qilib, bolaning Meniga kirish imkoniyati tug‘iladi.

Ingliz psixoanalitiki M.Klyayn (1882—1960) bolalar psixoanali- zini tashkil etishda o‘z variantini ishlab chiqdi1. Bunda u bolaning to‘satdan o‘yin faoliyatidagi faolligiga e’tibor qaratdi. A.Freyddan farqli ravishda M.Klyayn bolalarning ong ostiga to‘g‘ridan tolg‘ri kirish mumkinligi haqidagi fikrni ilgari surdi. Uning fikricha, hara- kat nutqqa nisbatan bolaga ko'proq xos, erkin o‘yin kattalardagi as- sotsiatsiyaga o‘xshaydi; o‘yin bosqichlari — bu kattalardagi assotsia- tiv mahsulotning analogidir. Terapevt bolaga kichik o‘yinchoqlar to'plamini, «butun dunyo kichiklashtirilgan» to‘plamni taklif eta­

di va bir soat davomida bolaga erkin harakat qilish imkonini beradi.

5.3. Hozirgi zamon psixoanalitikasi bolalarni tarbiyalash va rivojlanishi haqida

Bolalar psixikasini psixoanaliz va o'yin texnikasi yordamida o‘rganish ularning emotsional sohasi haqidagi tasavvurlarni kengay- tirdi. Bolalar psixoanalitiki Di.Boulbi bolalarning emotsional rivoj- lanishiga e'tibor qaratdi2. Uning bog‘lanib qolish nazariyasi zamo- naviy biologik va psixologik ma’lumotlar hamda rivojlanishning

an’anaviy psixoanalitik tasavvurlarini birlashtirishga asoslangan.

Boulbining asosiy g’oyasi shundan iboratki, ona bolaga na- faqat dastlabki organik ehtiyojlarini qondirish uchun emas, muhi- mi ona bolaga bog‘lanib qolish hissini yaratadi. Dastlabki oylarda bolaning yig‘lashi, kulishlari onaning g‘amxo‘rligi, tashqi xavfsiz- ligi, himoyalanganligidan darak beradi. Emotsional himoyalan-

gan bolaning sog‘lom psixik tarqqiyot yo'llari ochiq bo‘ladi. Ona bilan bola orasidagi dastlabki emotsional «bog‘lanishning buzili-

1                Развитие в психоанализе / М.Кляйн, С.Айзеке, Дж.Райвери, П.Хайманн. — М.: 2001.

2                Боулби Дж. Детям — любовь и заботу / / Психология развития: Хрестоматия.СПб., 2001. С.127—140

100

shi» psixik kasalliklar va shaxsiy muammolarning vujudga kelish xavfini oshiradi (masalan, depressiv holatlar).

Boulbining g‘oyalari hayotga tatbiq etilib. 1950-yillardan kichik bolalarni kasalxonalarda onasidan ajratmaslik haqida qaror qabul qilinib, amalda joriy etildi.

E.Fromning bola tarbiyasida ota va onaning roli haqidagi fikrlari ham e’tiborga loyiq. Onaning bolaga muhabbati shartsiz zarur: bola borligi uchun yaxshi ko‘riladi. Ona hayotga ishonishi va ortiqcha xavotirlanmasligi zarur, shundagina u bolaga xavfsiz- lik hissini uzatishi mumkin. Otaning muhabbati — shartli mu- habbatdir, uni majburiyatlarni bajarib, tartibga rioya qilib, kutil- malarga mos harakat qilib qozonish mumkin.

Bolalar psixoanalizi ta’lim va ijtimoiy sohalarda ishni tashkil etishda, ota-onalar bilan ishlashda katta ta’sir ko‘rsatadi. Uning asosida «xatar guruhi» bolalari uchun turli xil «ota-ona — bola» munosabatlarini tuzatish bo‘yicha dasturlar tuzildi. Zamonaviy psixoterapiyaning maqsadlari juda keng sohalarda qo‘llanilmoq- da: nevrotik belgilarni yo‘qotishdan, xavotirlanishni kamaytirish, aqliy faoliyatni tashkil etish o‘zgarishlarigacha xulq-atvorni yax- shilashdan iborat.

Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari:

1.       Inson shaxsi Z.Freyd ta’rifi bo‘yicha qanday tuzilmaviy tarkibga ega?

2.       Oliy Men (Super Ego) shaxsning tuzilmaviy tarkibi sifatida qaysi davrda shakllanadi?

3.       Himoya mexanizmi atamasi kim tomonidan fanga kiritildi?

4.       «Bolalik davrida hissiyotlarga ko‘rsatilgan ta’sir, keyinchalik shaxsning o z-o‘zini anglashida namoyon boiadi». Ushbu mulo- haza kimga tegishli?

5.       Psixologiya «ruhiy hayot» haqidagi fan sifatida qaysi davr­da vujudga keldi?

6.       Z.Freyd inson psixikasini necha turga bo‘ladi?

7.       Z.Freydning psixoanalizidagi tadqiqot metodlarini ko‘rsating.

101



VI BOB. ERIKSONNING SHAXS RIVOJLANISHINI

PSIXOIJTIMOIY NAZARIYASI

Reja:

1.    Eriksonning ego-psixologiyasi.

2.    Erikson ishlarida tadqiqot metodlari.

3.    Erikson nazariyasining asosiy tushunchaiari.

4.    Shaxs rivojlanishining psixoijtimoiy bosqichlari.

Mavzu o‘quv maqsadi:

Ta’limiy: Talabalarga Erikson nazariyasi haqida bilim berish.

Tarbiyaviy: Bo‘lg‘usi psixologlarni Erikson nazariyasini tahlil qilishga o‘rgatish.

Rivojlantiruvchi: Olingan nazariy bilimlarni mustahkamlab, amaliyotga yo‘naltirish yo'llari bo'yicha ko‘nikma-malakalarni rivojlantirish.

Tayanch tushunchalar: egopsixologiya, psixoijtimoiy nazariya, egotenglik.

6.1. Eriksonning ego-psixologiyasi

Amerikalik psixolog E.Erikson (1902—1994) ego-psixologi- ya yo'nalishining vakili sifatida mashhurdir. Erikson nazariyasi Anna Freyd nazariyasi kabi psixologik tahlil amaliyotidan keyin yuzaga keldi. E.Eriksonning o‘zi tan olganiday, Yevropadan emi- gratsiya qilingach yashagan urushdan keyingi Amerikada kichik bolalardagi xavotirlilik, hindlardagi umidsizlik, urush veteran- laridagi sarosima, natsist (german fashist)laridagi shafqatsizlik kabi ko‘rinishlarni tushuntirish va korreksiya qilish talab qilinadi. Bu barcha ko‘rinishlarga psixoanalitik yondashuv nizo mavjudligini ko‘rsatdi, Z.Freydning ishlari esa nevrotik nizolarni birmuncha o‘rganilgan insoniy axloq aspekti qila oldi. Biroq E.Erikson sanab o‘tilgan ommaviy ko'rinishlarni nevrozning faqat analogi deb hi- soblamaydi. Uning fikriga ko'ra, insoniy «Men»ning asoslari ja- miyatning ijtimoiy uyushtirilishida ildiz otadi.

E.Erikson «Men» va jamiyat munosabatlari haqidagi psixoanalitik konsepsiyani yaratdi. Shu bilan birgalikda, uning konsep-

103



o‘zimizni kamroq anglagan joyimiz, E.Erikson fikriga ko‘ra, biz hammasidan ko‘ra ko‘proq o‘zligimizni anglaymiz, o'zimiz bo'lamiz. Shunday qilib, qachonki biz istasak — bu «U», qachon- ki biz majburmiz — bu «Boshqa Men», «jonsiz nuqta» esa — bu «Men». Bu ikki instansiyalar chegaralari o‘rtasida doimiy ravish- da muvozanatlashgancha «Men» odamgajadal istaklar va «vijdon kuchi bilan bostirilganlar» o‘rtasida murosaga kelish imkonini beradigan himoya mexanizmlaridan foydalanadi.

6.2. Erikson ishlarida tadqiqot metodlari

Qator nashrlarda ta’kidlangani kabi E.Eriksonning ishlari psixikani tadqiq etishning yangi yo‘li - o‘zida tarixga psixologik tahlilni qo‘llashni aks ettiruvchi psixologik-tarixiy usuldan darak beradi. E.Erikson bu usul yoraamida Martin Lyuter, Maxat- ma Gandi, Bernard Shou, Tomas Djefferson va boshqa buyuk odamlarning tarjimayi holini, shuningdek, zamondoshlari — kat-

talar va bolalarning hayotiy tarixini tahlil qildi. Psixologik-tarixiy usul shaxs psixologiyasiga bo'lganidav inson yashaydigan jamiyat

xarakteriga ham barobar e’tiborni talab qiladi. E.Eriksonning asosiy vazifasi aniq madaniy muhitni inobatga olgan holda shaxs rivojlanishining psixologik-tarixiy nazariyasini ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi.

E.Erikson klinik xarakterdagi taaqiqotlardan tashqari ikkita hind qabilasida bolalar tarbiyasini dala etnografik tadqiqotini o‘tkazdi va ularni AQSHning shaharda yashovchi oilalardagi bola tarbiyasi bilan solishtirdi. Eslatib o‘tilganidek, u har bir madani- yatda har bir ona yagona to g‘ri deb idrok etadigan onalikning o'ziga xos uslubi mavjudligini aniqladi.

Biroq E.Erikson ta’kidlaganidek, onalik uslubi bola man- sub bo‘lgan ijtimoiy guruh - uning qabilasi, sinf yoki tabaqasi kelajakda undan aynan nimani kutishi bilan belgilanadi. E.Erikson fikriga ko‘ra, rivojlanishning har bir bosqichi o‘zining, ushbu jamiyatga xos bo‘lgan, shaxs oqlashi yoki oqlamasligi mumkin bo‘lgan va shunda u yoxud jamiyatga qo‘shiladi, yoxud jamiyat tomonidan inkor etiladigan kutilmalarga javob beradi. E.Erikson- ning bu mulohazalari uning konsepsiyasini ikkita birmuncha muhim tushunchalari asosiga joylashdi — «guruhli o‘xshashlik» va «egoo‘xshashlik». Guruhli o‘xshashlik bolani hayotining birinchi yilidayoq tarbiyalash uni mazkur ijtimoiy guruhga kiritish, ush- bu guruhga xos bo‘lgan dunyoqarashni ishlab chiqishga yo'naltiri- lishi sharofati bilan shakllanadi. Egoo‘xshashlik guruhli o‘xshash- lik bilan parallel tarzda shakllanadi va subyektda inson o‘sishi va rivojlanishi jarayonida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarga qaramay barqarorlik va o‘z «Meni»ning uzluksizligi tuyg‘usini bunyod etadi.

Egoo‘xshashlikning yoki boshqacha aytganda, shaxs bir bu- tunligining shakllanishi insonning butun hayoti davomida davom etadi va qator bosqichlarni o‘taydi, shu bilan birgalikda, Z.Freyd bosqichlari E.Erikson tomonidan inkor etilmaydi, balki murak- kablashtiriladi va go‘yoki yangi tarixiy vaqt nuqtayi nazaridan qaytadan anglaniladi. Freyddan farqli ravishda egopsixologiya- da asosiy e’tibor hayotiy muammolarni hal qilishni anglash bilan bog'liq bo‘lgan normal sog‘lom shaxsning rivojlanishiga qara- tiladi. Eriksonning shaxs rivojlanishi nazariyasi psixoijtimoiy deb ataladi, chunki uning markazida shaxsning ijtimoiy muhit bilan o‘zaro ta’sirda rivojlanishi yotadi.

Erikson an’anaviy psixoanalitiklar foydalangan muammo- li bolalar bilan ishlashda aniq vaziyatni mazmunli tahlil qilish metodidan tashqari sog‘lom bolalarni longityud tadqiq et- gan. U shuningdek, etnografik (krosmadamyat) metodidan ham foydalangan: amerikalik indeyslar qabilalarida tarbiyalangan bolalar bilan zamonaviy texnologik Amerika jamiyatida tarbiya xususiyatlarini o‘rgangan. Bu unga shaxsning shakllanishida turli madaniyatlarning ta’sirini o‘rganish imkonini bergan. Shuningdek, u demokratik jamiyatda shaxs o‘z potensial imkoniyat- larini to‘liq namoyon etadigan sharoit va ijtimoiy rollar qat’iy nazoratga olingan sharoitlarda individning identiklik yutuqlarini tahlil qilgan. Eriksonning M artin Lyuter yoki Maxatma Gan- di kabi mashhur shaxslar hayotini o‘rganishga bag‘ishlagan tad-

106

qiqotlari ham qiziqish uyg‘otadi. Bunda Erikson inson hayotining asosiy mavzularini tarixiy voqea va hodisalar bilan bog‘lashga harakat qilgan hamda psixotarixiy metoddan foydalangan. Erik­

son inson hayoti jarayonida uch muhim jihat (somatik, shaxsiy va ijtimoiy)larning o‘zaro bogliqligini va birligini, faqatgina tahlil va o‘rganishning qulayligi uchungina ajratilishini ko'rsatib o‘tgan. Inson hamma davrlarda ham organizm, jamiyat a’zosi va Ego (Men, shaxs) bo‘lgan.

Erikson tomonidan shakllantirilgan Egoning rivojlanish nazariyasi individning butun hayot yo‘lini qamrab oladi, uni ba’zan shaxs hayot yo‘li konsepsiyasi deb atashadi.

6.3. Erikson nazariyasining asosiy tushunchaiari

Eriksonning Ego rivojlanishi haqidagi tasavvurlari uning quyidagi asarlarida bayon etilgan». Bolalik va jamiyat» (1950), «Identiklik: o‘spirinlik inqirozi» (1968), «Identiklik va hayotiy sikl» (1979), «Yetuklik» (1979) va b. Yuqorida keltirilgan kitoblar nomlaridan ham ko‘rinib turibdiki, Erikson konsepsiyasida asosiy

tushuncha — identiklikdir. Shaxsiy identiklik— shaxsning yadro- si, yuragi» bo'lib, uni boshqalardan farqli ravishda faqat o‘zi- ga o‘xshashligini tasdiqlaydigan individual xislatlar to'plamidir1. Ego identiklik— shaxsiy Menining barqarorligi, uzluksizligi, yax- litligini subyektiv his qilishdir. Guruhiy identiklik- ma’lum ijtimoiy guruhga tegishliligini his qilishdir. Egoidentiklik va guruhiy identiklik hayot davomida shakllanadi.

Eriksonning ta’kidlashicha, identiklik shakllanishida muhim mexanizmlardan biri ritualizatsiya — insonlar orasida ma’lumotlar almashishda, o‘zaro aloqaga kirishishda xulq-atvorning takrorlanuvchi shakllaridir. Ritualizatsiya — tug‘ma asosga ega bo‘lib, hayot davomida murakkablashib boyib boradi.

Erikson nazariyasining asosiy mohiyati shundan iboratki, har bir inson o‘z hayoti davomida sakkizta bosqichdan o‘tadi, har bir

1             Эриксон Э. Детство и общество. Спб.2000.С.14.

bosqichda unga ijtimoiy talablar qo‘yiladi. Ijtimoiy rivojlanish- da individ oldida turgan muammolar unga inqirozli vaziyatlarni tug‘diradi. Inqiroz — rivojlanishning o‘tish, burilish davri bo‘lib, inson unga nizoni qanday hal qilishni bilmaydigan, kuchli, mos- lashuvchan shaxs sifatida kirishi mumkin. Odamlar rivojlanish bosqichidagi qarama-qarshiliklarni turlicha muvaffaqiyat va har xil tezlikda bartaraf etadi — Erikson konsepsiyasining epigenetik tamoyili shundan iborat. Eriksonning ta’kidlashicha, avlodlar- ning ehtiyojlari va imkoniyatlari simmetrikdir, uning konsepsi- yasida ularning o'zaro bog‘liqligi aks ettirilgan.

6.4. Shaxs rivojlanishining psixoijtimoiy bosqichlari

E.Erikson o‘zining birinchi yirik va o‘ta mashhur ishida yozgandiki, shaxsiy individuallilikni o‘rganish XX asrning ik- kinchi yarmida XIX asr oxirida Z.Freyd vaqtidagi shahvoniyat- ga berilganlikni o‘rganish qanday bo‘lgan bo‘lsa, shunday strate- gik masala bo'ldi. «Turli tarixiy davrlar, — deb yozadi u, — bizga insoniy shaxsning o‘z mohiyatiga ko‘ra ajralmas qismi yuzasidan turli jihatlarni vaqtga oid keskinlikda ko‘rish imkonini beradi».

6-jadvalda E.Erikson bo‘yicha shaxs hayotiy yo‘lining bosqichlari taqdim etilgan.

Hayotiy siklning har bir bosqichi uchun jamiyat tomonidan oldinga suriladigan maxsus vazifa xarakterlidir. Jamiyat hayotiy siklning turli bosqichlarida rivojlanish mazmunini ham bel- gilaydi. Biroq E.Eriksonga muvofiq vazifaning yechimi shaxsning psixologiik harakatlantiruvchi rivojlanishda erishgan darajasi kabi u yashayotgan jamiyatning umumiy ma’naviy mu- hitiga ham bog'liq.

Go'daklik yoshining vazifasi — olamga asosli ishonchni shakllantirish, bir-biridan ajralganlik va begonalashish tuyg'usini bartaraf etishdan iborat. Ilk yosh vazifalari — shaxsiy erkinligi va mustaqilligi uchun o‘z harakatlaridan kuchli shubhalanish va uyat tuyg‘usiga qarshi kurashdan iborat. 0 ‘yinli yoshning vazifalari — faol tashabbusning va ayni vaqtda o‘z istaklari uchun aybdorlik

108

hamda axloqiy mas’uliyat hissini boshdan kechirishning rivojlanishi. Maktabda o‘qish davrida yangi vazifa — o‘z no‘noqligi va foydasizligini anglashga qarshi turuvchi mehnatsevarlik va meh- nat qurollari bilan muomala qila olish malakasining shakllanishi sodir bo‘ladi. 0 ‘smirlik va ilk o‘spirinlik yoshida dastlabki yax- lit o‘zini va olamdagi o‘z o‘rnini anglash vazifasi; bu vazifani hal qilishdagi salbiy qutb — shaxsiy «Men»ini («bir xillik diffuziyasi») tushunishda ishonchsizlik paydo bo‘ladi. 0 ‘sprinlikning oxiri va yetukliknmg boshlanishidagi vazifalar — umr yo‘ldoshini izlash va yolg‘izlik tuyg‘usini bartaraf etuvchi yaqin do‘stona aloqalami o‘rnatishdan iborat.

Yetuklik davri vazifasi — insondagi ijodiy kuchning qoloqlik va turg'unlikka qarshi kurashuvi. Keksalik davri hayotdan ehti- moliy ixlosi qaytish va o‘sib borayotgan umidsizlikka qarama-qar- shi tarzda o‘zi, o‘z hayotiy yo‘li to‘g‘risidagi yakuniy yaxlit tasav-

vurning shakllanishi bilan xarakterlanadi.

E.Erikson bo‘yicha bu har bir vazifaning yechimi ikkita oxir- gi qutb o‘rtasida muayyan dinamik nisbat o‘rnatishga olib keladi. Shaxs rivojlanishi — bu rivojlanishning keyingi bosqichiga o'tishda so‘nmaydigan oxirgi imkoniyatlar kurashining natija- sidir. Rivojlanishning yangi bosqichidagi bu kurash yangi, ancha dolzarb vazifalar yechimi bilan bostiriladi biroq tugallangan- lik hayotiy omadsizliklar davrida o‘zi haqida eslatadi. Har bir

bosqichda erishilgan muvozanatlar o‘zida egotenglikning yangi shakllarini aks ettiradi va subyekmi ancha keng ijtimoiy muhit- ga kirish imkonini ochadi. Bolani tarbiyalashda «salbiy» tuyg‘u- larning hamisha mavjudligi va butun hayot davomida «ijobiy» tuyg‘ularga dinamik zid a’zo bo‘lib xizmat qihshini unutmas- lik zarur.

Egotenglikning bir shaklidan boshqasiga o‘tish tenglik in- qirozini uyg'otadi. E.Erikson bo‘yicha inqirozlar — bu shaxsning kasalligi, nevrotik buzilishlar ko'rinishi emas, balki «progress (is- tiqbol) va regress (inqiroz), integratsiya va sustlik о rtasidagi tan- lov lahzalari», «aylanish punktlari»dir.






Psixoanalitik amaliyot E.Eriksonni hayotiy tajribani o‘zlash- tirish bolaning dastlabki tanaga oid taassurotlari asosida amalga oshishiga ishontirdi. Aynan shuning uchun u «organ modusi» va «axloq modalligi» tushunchalariga katta ahamiyat berdi. «Organ modusi» tushunchasi Z.Freyd ortidan E.Erikson tomonidan jinsiy quvvatning to'planish doirasi sifatida ta’riflandi. Rivojlanishning aniq bosqichida jinsiy quvvat bilan bog‘liq organ rivojlanishning muayyan modusini bunyodga keltiradi, ya’ni shaxsning ustunlik qiluvchi sifatining shakllanishiga olib keladi. Erogen zonalarga muvofiq tortish. tutib qolish, bostirib kirish va qo‘shilish mo- duslari mavjud. Bolalar tarbiyachida zonalar va ularning mo- duslari, deb ta’kidlaydi E.Erikson, bolaning ilk tanaga oid taj- ribasiga ahamiyat beruvchi har qanday madaniy tizimning diqqat markazida turadi. Z.Freyddan farqli ravishda E.Erikson uchun organ modusi — psixik rivojlanish uchun dastlabki nuqta, turt- kigina, xolos. Qachonki jamiyat o‘zining shaxsiy institutlari (oila, maktab va boshqalar) orqali ushbu modusga alohida mazmun berarkan, uning ahamiyatini «begonalashuvi», organdan ajralish va axloq modalligiga aylanishi sodir bo ladi. Shunday qilib, mo- duslar orqali psixojinsiy va psixoijtimoiy rivojlanish amalga oshiriladi.

Moduslarning tabiat aqli bilan shartlangan xususiyatlari shun- dan iboratki, ularning ishlashi uchun boshqa obyekt yoki inson zarur. Demak, bola hayotining dastlabki kunlarida «og‘zi orqali yashaydi va sevadi», ona esa «o‘z ko‘kragi orqali yashaydi va sevadi». Ovqatlantirish vaqtida bola hamkorlikning ilk tajribasini oladi: uning «og‘iz orqali olish» qobiliyati ona tomonidan javob- ga uchraydi.

Shuni ta’kidlash kerakki, E.Erikson uchun oral zona emas, balki o‘zaro harakatning nafaqat «og‘iz orqali», balki butun «sensor zonalar orqali olish qobiliyati»dan iborat oral usuli muhim. E.Erikson uchun og‘iz — bolaning faqat uning rivojlanishidagi eng birinchi pog onasidagina olamga munosabati fokusidir. Organ modusi — «olish» o‘zining kelib chiqish zonasidan ajraladi va

112


boshqa sensor hissiyotlar (taktil, ko‘rish, eshitishga oid va bosh- qalar)ga tarqatiladi, buning natijasida axloqning psixik modalligi — «so‘rish» shakllanadi.

Z.Freyd kabi go‘daklik yoshining ikkinchi bosqichini E.Erikson tishlarning yorib chiqishi bilan bog‘laydi. Shu lahzadan bosh- lab, «so‘rish» qobiliyati ancha faol va yo‘naltirilgan bo‘ladi. U «tishlash» modusi bilan xarakterlanadi. Begonalashgancha modus o‘zida passiv olishni siqib chiqarib, bola faolligining barcha turlarida namoyon bo‘ladi. «Dastlab taassurotlarni o‘z-o‘zidan bo‘ladigan kabi ko‘rinishda qabul qilishga tayyor bo‘lgan ko'zlar fokusni to‘g‘rilash, ajratish va ancha xira fondan obyektni «ush- lab olish»ga, uni kuzatishga o‘rganadilar, — deb yozadi E.Erikson. — Shunga o'xshab, quloqlar ahamiyatli tovushlarni tanish- ga, ularning tarqalishini cheklash va ularga yo‘nalish bo‘yicha izlovchi o‘girilishni boshqarishga, xuddi shunday qo‘llar ham maqsadli yo‘nalgan holda cho‘zilishga, panjalar esa «qattiq tutib olish»ga o‘rganadi». Modusning butun sensor zonalarga tarqali- shi natijasida axloqning ijtimoiy modalliligi — «buyumlarni olish va tutib turish» shakllanadi. U qachonki bola o‘tirishni bosh- laganida namoyon bo'ladi. Barcha bu yutuqlar bolaning o‘zini alohida shaxs sifatida ajratishiga olib keladi.

Ego o‘xshashlikning bu birinchi shaklining rivojlanishi barcha keyingilari kabi rivojlanish inqirozi bilan birga boradi. Bola hayo- tining birinchi yili oxirida uning ko‘rsatkichlari: tishlarning yorib chiqishi, o‘zini alohida shaxs sifatida anglashning o‘sishi, onaning kasbiy mashg'ulotlar va shaxsiy qiziqishlarga qaytishi natijasida «ona — bola» ikkiligining zaiflashuvi tufayli umumiy zo'riqish. Bu inqiroz agar bola hayotining birinchi yilini oxirida bolaning olamga bo‘lgan asosli ishonchi va asosli ishonchsizligi o‘rtasidagi nisbat birinchisi foydasiga yuzaga kelsa, oson yengib o‘tiladi. Go‘dakda ijtimoiy ishonch belgilari yengil ovqatlantirish, chuqur uyqu, ichaklarning me’yoriy ishlashida namoyon bo‘la- di. E.Erikson fikriga ko‘ra, dastlabki ijtimoiy yutuqlarga bolaning o‘ta xavotir yoki jahl qilmasdan onasini ko‘rinmay qolishiga im-

113


kon berishga tayyorlikni ham kiritish mumkin, chunki onaning mavjud bo‘lishi bolaga ichki ishonch bo‘lsa, uning yana paydo bo‘lishi oldindan aytiladigan hodisa bo‘ladi. Aynan shu doimiy- lik, uzluksizlik va tadrijiylik kichkina bolada shaxsiy tenglikning

boshlang‘ich tuyg‘usini shakllantiradi.

Olamga ishonch va ishonchsizlik o‘rtasidagi nisbat dinamika- si yoki E.Erikson so‘zlari bilan aytganda, «dastlabki hayotiy taj- ribasidan chiqarilgan ishonch va umid miqdori», ovqatlantirish xususiyatlari bilan emas, balki bolani parvarishlash sifati, go‘dakka g‘amxo‘rlikda namoyon bo'ladigan onalik mehri va nazokati bilan belgilanadi, bunda muhim shart onaning o‘z harakatlariga ishon- chi hisoblanadi. «Ona o‘z bolasida o‘zining madaniyatida mav­

jud bo‘lgan hayotiy uslub doirasida unga butkul shaxsiy ishonch- ning qattiq tuyg‘usi bilan bolaning ehtiyojlari haqida ta’sirchan g‘amxo‘rlikni o‘zida birlashtiradigan murojaat turi bilan ishonch tuyg‘usini bunyod etadi», — deb ta’kidlaydi E.Erikson.

E.Erikson turli madaniyatlarda «ishonchning turli sxemalari» va bola parvarishining turli an’analarini aniqladi. Bir xil madani- yatda ona hissiy jihatdan juda noziklikni namoyon etadi, go‘dakni qachonki u yig‘lab, qaysarlik qilganida yo‘rgaklamay, ovqatlantira- di. Boshqa madaniyatda aksincha, tarang qilib siqib yo‘rgaklanadi, bolaga «uning o'pkasi kuchli bo‘lishi uchun» chinqirish va yig‘lash- ga qo‘yib beriladi. Parvarishning bu usuli, E.Erikson fikriga ko‘ra, rus madaniyatiga xos. Bu bilan, deydi E.Erikson, rus millatiga mansub odamlarning o‘ziga xos ifodaliligi tushuntiriladi. Dehqon oilalarida qabul qilinganidek, tarang siqib yo‘rgaklangan bola ni- gohlari orqali olam bilan aloqa qilishning asosiy usuliga ega. Bu an’analarda E.Erikson jamiyatning o‘z a’zosini qanday ko‘rishni istashi bilan chuqur aloqani aniqlaydi. Xullas, bitta hind qabilasida E.Erikson onaning qachonki bola uning ko‘kragini tishlaganida, bolani kuchli yig‘lashga yetgunicha boshiga urishini payqagan. Hindlar bunday usulni yaxshi ovchini tarbiyalashga ko‘maklasha- di, deb hisoblaydilar. Bu misollar E.Eriksonning insoniy mavjud bo‘lishlik uyushtirishni bir-birini to‘ldirishi zarur bo‘lgan uchta

114


jarayoniga bog‘liq ekanligi to‘g‘risidagi fikrini yaqqol tasdiqlay- di: bu — tanani tarkibiy qismi bo‘lgan organik tizimlarni (soma) ierarxik uyushtirishning biologik jarayoni; egosintez (psixika) vo- sitasida individual tajribani uyushtiruvchi psixik jarayon; o‘zaro bog‘langan odamlarni madaniy uyushtirishning ijtimoiy jarayoni (etos). Erikson har qanday insoniy turmush hodisalarni bir butun- likda tushunish uchun barcha shu uchta yondashuv zarur ekanini, ayniqsa, ta’kidlab o‘tadi.

Ko‘pgina madaniyatlarda bolani muayyan vaqtda ko‘krak- dan ajratish qabul qilingan. Ma’lum bo'lganiday, klassik psixo- analizda, bu hodisa oqibati butun umrga tatiydigan eng chuqur bolalar jarohatlaridan biri sifatida qaraladi. Biroq, E.Erikson bu hodisani bunchalik fojiaviy baholamaydi. Uning fikriga ko‘ra, asosli ishonchni ovqatlantirishning boshqa shakllarida ham qo‘llab-quvvatlash mumkin. Agar bolani qo‘lga olsalar, uni teb- ratsalar, jilmaysalar, u bilan gaplashsalar, bolada bu bosqichning barcha ijtimoiy muvaffaqiyatlari shakllanadi. Bunda ota-onalar bolani majburlash va taqiqlash yo‘llari bilan boshqarmasliklari zarur, ular bolaga «o‘zlari u bilan hozir qilayotganlarida qanday- dir qiymat borligiga chuqur va deyarli organik ishonch»ni bera olishlari lozim. Biroq hatto o‘ta yoqimli holatlarda ham frus- tratsiyani chorlovchi taqiq va cheklovlardan qochib bo‘lmaydi. Ular bolada rad etilganlik tuyg‘usini qoldiradi va olamga asosli ishonchsizlik uchun asosni yuzaga keltiradi.

Shaxs rivojlanishining ikkinchi bosqichi E.Erikson fikriga ko‘ra bolaning o‘z avtonomligi va mustaqilligini shakllani­

shi hamda himoya qilishidan iborat. U bola yurishni boshlagan lahzadan boshlanadi. Bu bosqichda lazzat olish zonasi anus bilan bog‘liq. Anal (orqa teshikka oid) zona ikkita qarama-qarshi mo- dusni yaratadi — tutib turish modusi va bo‘shashish modusi. Jamiyat bolani tozalikka o‘rgatishga alohida ahamiyat bergancha bu moduslarning ustunlik qilishi, ularning o‘z organidan ajrali- shi va saqlash hamda yo‘q qilish kabi axloq modallariga aylanishi uchun sharoit yaratadi. Jamiyat tomonidan unga berilgan qiymat «Sfinkterli nazorat» uchun kurash natijada o‘zini harakatga soluv- chi imkoniyatlarini egallash, o‘zining yangi, avtonom «Men»ini tasdiqlash uchun kurashga aylanib boradi. Mustaqillikning o‘sib boruvchi tuyg'usi yuzaga kelgan olamga asosli ishonchga zarar yetkazmasligi zarur.

Ota-ona tomonidan nazorat bu tuyg'uni bolaning go'yoki o'zining yangi imkoniyatlari kuchini sinab ko'rayotgandek o‘sib boruvchi istaklari — talab qilish, o‘zlashtirish, parchalashni chek- lash orqali saqlab qolish imkonini beradi.

«Tashqi qat’iylik bolani hali mashq qilinmagan farqlash tuyg‘usi, uning ehtiyotkorona tutib turish va qo‘yib yuborishga layoqatsizligi tomonidan potensial anarxiyadan muhofaza qiladi», — deb yozadi E.Erikson. Bu cheklovlar, o‘z navbatida, salbiy uyat va shubha tuyg'ulari uchun asos yaratadi.

E.Erikson fikriga ko‘ra uyat tuyg'usining paydo bo‘lishi o‘z- o'zini anglashning yuzaga kelishi bilan bog‘liq, chunki uyat sub- yekming butkul hamma ko‘rishi uchun qo‘yilganligi va uning o‘z holatini tusnunishini ko'zda tutadi. «Uyatni his qilayotgan kimsa butun olamni uni ko‘rmasligi, uning «yalang‘ochligi»ni sezmasligiga majburlashni istagan bolardi, — deb yozadi E.Erikson, — u butun olamning ko‘r bo‘lishini istardi. Yoki, aksincha, o‘zi ko'rinmas bo‘lib qolishni istaydi». Bolani yomon qiliqlari uchun jazolash va uyaltirish uni «olam nigohi unga qadalgan»li-

gi tuyg‘usiga olib keladi. «Bola butun olamni unga qaramaslikka maibunashn- istagan bo'lardi», biroq bu mumkin emas. Shuning uchun uning yomon qiliqlarini ijtimoiy ma’qullamaslik bolada «dunyoning ichki ko‘zi» — o‘z xatolari uchun uyatni shakllantira- di. E.Erikson so'zlariga ko'ra «shubha uyatning ukasidir». Shubha shaxsiy tana old va orqa tomonlarga ega ekanini anglash bilan bog'liq. Orqa bolaning o‘zini ko‘rishi amalga oshmaydigan tomon va uning avtonomiyaga intilishini cheklashi mumkin bo igan butkul boshqa odamlarning irodasiga bo'ysundirilgan. Ular bolaning

o'zigagina qoniqish va yengillik beradigan ichaklarning va- zifalarini «yomon» deydilar. Shu yerdan insonning kelgusidagi hayotida orqada qoldiradiganlari shubha va irratsional qo'rquv uchun asos bo‘ladi.

Mustaqillik tuyg‘usining uyat va shubhaga qarshi kurashi boshqa odamlar bilan hamkorlik qilish va o‘zinikida qat’iy tu- rish, o‘z-o‘zini ifodalash erkinligi va uni cheklash qobiliyatlari o‘rtasida nisbat o'rnatishga olib keladi. Bosqich oxirida bu qarama-qarshiliklar o'rtasida harakatli muvozanat shakllanadi. U agar ota-onalar va yaqin kattalar bolani o‘ta boshqargancha uning avtonomiyaga bo‘lgan intilishini bostirganlarida ijobiy bo‘la- di. «Ijobiy o‘z-o‘zini baholashni saqlab qolishda o‘z-o‘zini nazorat qilish tuyg‘usidan xayrixohlik va faxrning barqaror tuyg‘usi; o‘z-o‘zini nazorat qilishning yo'qolishi va begona tashqi nazorat- dan barqaror shubhalanish va uyatga moyillik tug‘iladi», — deb ta’kidlaydi E.Erikson.

Bostirib kirish va kirishish moduslari shaxs rivojlanishining uchinchi — infantil-genital bosqichida axloqning yangi modal- liligini yaratadi. «Borliqqa quvvatli ko'chib o'tish vositasida,

boshqalar tanasiga jismoniy hamla qilish vositasida, boshqa odamlarning qulog‘i va qalbiga tajovuzkor tovushlar vositasida, noma’lumga xos qiziquvchanlik vositasida bostirib kirish, E.Erikson ta’rifi bo'yicha shundayki, maktabgacha yoshdagi bola o‘z axloqiy reaksiyalarining bitta qutbda, boshqa qutblarida u atrof- dagilarga nisbaian ta’sirchan, tengdoshlari va kichkina bolalar bilan nozik va g amxo'r munosabatlarni o‘rnatishga tayyordir». Z. Freydda bu bosqich fallik yoki Edip nomlanishini olgan. E.Erikson fikriga ko‘ra, bolaning o‘z genitaliyasiga qiziqishi, o‘zining

jinsiy mansubligini anglashi va qarama-qarshi jinsdagi ota- onalar bilan munosabatda ota (ona) o‘rnini egallashga intili- shi — bola rivojlanishining bu davrdagi xususiy lahzasidir. Bola zo‘r ishtiyoq bilan va faol atrof olamni o‘rganadi; tasavvurdagi, modellashtirilgan vaziyatlarni yaratgancha, o‘yinda, bola teng­

doshlari bilan birgalikda «madaniyatning qtisodiy etosi»ni, ya’ni ishlab chiqarish jarayonida odamlar o‘rtasidagi munosabatlar tizimini o‘zlashtiradi. Buning natijasida bolada kattalar bilan birgalikda real faoliyatga kirishish, kichkinalik rolidan chiqish istagi shakllanadi. Biroq kattalar bola uchun hamma narsaga qo- dir va aql bovar qilmaydigan bo‘lib qoladilar, ular uyaltirishlari va jazolashlari mumkin, qarama-qarshiliklarning bu tugunida faol tadbirkorlik va tashabbuskorlik sifatlari shakllanishi zarur.

Tashabbuskorlik tuyg'usi, E.Erikson fikriga ko'ra, barchaga baravar taalluqli xarakterga ega. «Tashabbuskorlik so‘zining o‘zi, — deb yozadi E.Erikson, — ko‘pchilik uchun amerikacha va tadbirkorlik alomatiga ega. Shunga qaramay, tashabbuskorlik har qanday harakatning zaruriy jihati hisoblanadi va tashabbuskorlik odamlarga hamma narsada — nima bilan shug‘ullansalar va nimani o‘rgansalar, mevalarni yig‘ishdan boshlab, erkin tadbirkorlik tizimi bilan tugagunga qadar zarurdir».

Bolaning tajovuzkor axloqi o‘z ortidan tashabbuskorlikning cheklanishi va aybdorlik hamda xavotirlilik tuyg'usining pay- do bo'lishini boshlab keladi. Xullas, E.Erikson bo'yicha axloqqa yangi ichki bosqichlar — vijdon va o‘z xayollari hamda harakatlari uchun axloqiy mas’uliyat joylanadi. Rivojlanishning aynan shu bosqichlarida boshqa hech birida bolmagandek, bola tez va zo‘r ishtiyoq bilan o'qiydi. «U konstruksiyalash va rejalashtirish maqsadlari uchun boshqa bolalar bilan birgalikda harakatlani- shi, birlashishi mumkin va buni istaydi hamda u o‘z o‘qituvchisi bilan muloqotdan foyda olishga intiladi, shuningdek, har qanday ideal prototipdan o‘zib ketishga tayyor bo‘ladi», — deb ta’kidlay- di E.Erikson.

Shaxs rivojlanishining psixologik tahlil «latent davr», E.Erikson esa — «psixojinsiy moratoriya vaqti» deb ataydigan to‘rtinchi bosqichi bo'lg'usi katta odamning mehnaiga oid faoliyatning texnik va ijtimoiy asoslariga o'rganishi uchun infantil jinsiylik- ning muayyan mudroq bosganligi va genital yetukliknig kechiki- shi bilan xarakterlanadi. Maktab sistematik ko‘rinishda bolani bo‘lg‘usi mehnatga oid faoliyat to‘g‘risidagi bilimlarga jalb qiladi, maxsus uyushtirilgan shaklda «texnologik tarzda» madani- yat uzatadi, mehnatsevarlikni shakllantiradi. Bu bosqichda bola


o‘qishni xush ko‘radi va birmuncha fidokorlik bilan ushbu jami- yatga mos keladigan texnika turlariga o'qiydi.

Bu bosqichda bolaga solinadigan xavf — notenglik va to‘laqon- li emaslik tuyg'usidan iborat. E.Erikson fikriga ko'ra, «bola bu holatda qurollar olamida o‘zining uquvsizligidan umidsizlikni boshidan kechiradi va o‘zini o‘rta darajasi yoki notenglikka max- kum inson sifatida ko‘ra boshlaydi». Agar muvaffaqiyatli holatda ota va ona figurali, ularning bola uchun ahamiyatliligi ikkinchi planga o‘tadi, o‘zini maktab talablariga muvofiq emasuk tuyg‘usi paydo bo‘lganida oila yana bola uchun boshpana bo‘ladi.

E.Erikson ta’kidlaydiki, rivojlanuvchi bola har bir bosqichda o‘zi uchun hayotiy muhim bo‘lgan shaxsiy asoslanganlik tuyg‘usiga kelishi kerak va uni mas’uliyatsiz maqtov yoki muruv- vatli ma’qullash qoniqtirmasligi zarur. Uning egotengligi o zi erishgan yutuqlar hayotning mazkur madaniyat uchun ahami- yatli sohalarida namoyon bo‘lishini tushungan taqdirdagina real kuchga ega bo'ladi.

Shaxs rivojlanishida beshinchi bosqich eng chuqur hayotiy in- qirozni xarakterlaydi. Bolalik yakuniga yetdi. Bu katta hayotiy bosqichning yakuni egoienglikning dastlabki yaxlit shakllarining shakllanishi bilan xarakterlanadi. Rivojlanishning uchta chizig'i bu inqirozga olib keladi: bu shiddatli jismoniy o‘sish va jinsiy yetilish («fiziologik inqilob»); «boshqalar ko'z o'ngida men qanday ko‘rinaman», «men o‘zim bilan nimani aks ettiraman» kabi savollar bilan tashvishlanish; egallangan malakalar, individual qobili- yatlar va jamiyat talablariga javob beruvchi o‘z kasbiy iste’dodini topish zaruriyati. Tenglikning osm irlik inqirozida rivojlanishning barcha o‘talgan kritik lahzalari yana ko‘tariladi. 0 ‘smir endi barcha eski vazifalarni ongli tarzda va ichki ishonch bilan hal qili- shi zarur, aynan shunday tanlov o‘zi va jamiyat uchun ahamiyat- li. Shunda olamga ijtimoiy ishonch, mustaqillik, tashabbuskorlik, o‘zlashtirilgan malakalar shaxsning yangi yaxlitliligini yaraiadi.

0 ‘spirinlik yoshi — rivojlanishning tenglikni asosiy inqirozi to‘g‘ri keladigan birmuncha muhim davridir. Undan keyin «kat-

119


talarga oid tenglik»ni egallash, yoxud rivojlanishda to‘xtalish, ya’ni «tenglik diffuziyasi» keladi.

Qachonki yosh inson jamiyatda o‘z o‘rnini topishga (sinab ko‘rish va xatolar sodir etish yo‘li bilan) intilganida o‘spirin- lik va kattalarga oid holat o'rtasida masofani E.Erikson «psixik moratoriy» deb nomladi. Bu inqirozning o‘tkirlig ancha erta kri- zislar (ishonch, mustaqillik, faollik va boshqalar)ning yechilgan- lik darajasi bilan bo‘lganiday, jamiyatning butun ma’naviy muhi- tiga ham bog‘liq. Bartaraf etilmagan inqoroz tenglikning keskin diffuziyasi holatiga olib keladi, o‘spirinlik yoshining ijtimoiy patologiyasi asosini tashkil etadi.

E.Erikson bo‘yicha tenglik patologiyasi sindromi: infantil dara- jaga regressiya va imkoni boricha kattalik maqomini egallashni orqaga surish istagi; g'ira-shira, biroq barqaror xavotirlilik hola- ti; izolatsiya va ma’naviy qashshoqlik tuyg‘usi; doimiy ravishda hayotni o‘zgartirish mumkin bo‘lgan qandaydir holatda bolish; boshqa jinsdagi shaxs bilan shaxsan muloqotda bo‘lish va hissiy ta’sir ko'rsatishga layoqatsizlikdan qo'rqish; barcha tan olingan jamoatchilik rollari — erkak va ayol rollariga qadar dushman- lik va nafrat hissi («uniseks»); amerikacha va barcha xorijiy irrat- sional ustunlikka nafrat («biz yo'q bo‘lgan joyda hammasi yaxshi» tamoyil; bo‘yicha). So‘nggi holatda salbiy tenglikka, o‘z-o‘zini tas- diqlashning yagona usuli sifatida «hech kimniki bo‘lish»ga intilish.

E.Eriksonning o‘spirinlik davriga taalluqli bir necha muhim kuzatishlarini qayd qilamiz. Bu yoshda yuzaga keluvchi oshiq- lik, E.Erikson fikri bo‘yicha, dastlab jinsiy xarakter kasb et- maydi. « 0 ‘spirinlik oshiqligi ahamiyatli darajada dastlab kim- dir — boshqa odamning noaniq obraziga shaxsiy proeksiyasi yo‘li bilan o‘z tengligini aniqlashga urinish va uni aks etgan hamda aniqlashtirilgan ko‘rinishda o‘z ko‘zi bilan ko‘rishdir, — deb hisoblaydi E.Erikson. — Mana nima uchun o‘spirinlik oshiqligi ko‘rinishi ko‘p hollarda gap-so‘zlarga sabab bo‘ladi». Shaxs rivojlanishi mantig‘i bo‘yicha odamlarga muloqotda tanlovchanlik va ijtimoiy kelib chiqishi, didi yoki qobiliyatlari bilan farqlanuvchi


barcha «begonalar»ga nisbatan shafqatsizlik xosdir. «Ko‘pincha kostyumning maxsus qismlari yoki o‘ziga xos imo-ishoralar «o‘ziniki»ni «begonalar»dan ajratishga yordamlashuvchi belgi sifatida vaqtinchalik tanlanadi... bunday chidamsizlik qiyofasizlik va qorishmalardan farqli ravishda o z tengligini his qilishi uchun muhofaza hisoblanadi», — deb yozadi u.

Egotenglikning shakllanishi yosh insonga rivojlanishning ol- tinchi bosqichiga o‘tish imkonini beradi, bu bosqich mazmu- ni — umr yo‘ldoshini izlash, boshqalar bilan zich hamkorlik qilish istagi, o‘zining ijtimoiy guruhi a’zolari bilan yaqin do‘stona aloqalarga intilishdan iborat. Yosh inson endi o‘zining «Men»ini yo‘qotish va qiyofasizlikdan cho‘chimaydi. Avvalgi bosqich yu- tuqlari ungan, deb yozadi E.Erikson, «o‘zining tengligini boshqalar bilan aralashtirishga tayyorlik va istash» imkonini beradi. Axloqning asosiy modalliligini to‘liq egallash atrofdagilar bilan yaqinlashishga intilish asosi bo‘lib xizmat qiladi. Endi rivojlanish mazmunini qandaydir organ modusi belgilamaydi, balki barcha ko‘rib chiqilgan moduslar yangi, oldingi bosqichda paydo bo‘lgan egotenglikning yaxlit mahsulotga bo‘ysunadi. Yosh inson yaqin- likka tayyor, u o‘zini aniq ijtimoiy guruhlarda boshqalar bilan hamkorlikka qodir, hatto agar bu kelishuvlarning ahamiyatli qur- bon qilishni talab etsa-da, bunday guruhli mansublikka qat’iy amal qilish uchun yetarlicha yetuk kuchga ega.

Bu bosqichning xavfli tomoni shundaki, u o‘zida yolg‘izlik, to‘liq yaqinlikni talab qiluvchi aloqalardan qochishni aks ettira- di. Bunday buzilish, E.Erikson fikriga ko‘ra, «fe’l-atvorning kes- kin muammolari»ga, psixologik buzilishlarga olib kelishi mumkin. Agar psixik moratoriy bu bosqichda ham davom etsa, unda

yaqinlik tuyg'usi o‘rniga masofa saqlash, o‘z «hududi»ga, o‘zi- ning ichki olamiga hech kimni qo‘ymaslikka intilish yuzaga kela- di. Bu intilishlar shaxsiy sifatlarga - ajralib yashash va yolg‘izlik tuyg‘ulariga aylanishi mumkinligi xavfi bor.

Tenglikning bu salbiy tomonlarini yengib o‘tishga muhabbat yordam beradi. E.Erikson o‘spiringa emas, ayniqsa, o‘smirga

121


emas, balki yosh insonga nisbatan «asl genitallik» to‘g‘risida gapirish mumkin, deb hisoblaydi. E. Erikson eslatib o‘tadi, Freyd- ning «genital muhabbat» farqlashini dalil qilib keltirgancha mu- habbatni jinsiy qiziqish sifatida tushunilmasligi kerak. E.Erikson muhabbatning etuk tuyg‘usi paydo bo‘lganida va mehnatga oid faoliyatda hamkorlikning ijodiy muhiti o‘rnatilganda rivojlanishning keyingi bosqichiga o‘tishga tayyorligini ko‘rsatib o‘tadi.

Yettinchi bosqich inson hayotiy yo‘lining ulg‘aygan bosqichida markaziy bosqich sifatida ko‘rib chiqiladi. E.Erikson bo‘yicha shaxs rivojlanishi uning butun hayoti davomida davom etadi. (Eslatib o‘tamiz, Z.Freyd uchun «inson o‘z bolaligining jamiyat tomonidan doimiy ravishda cheklovlarni his qiladigan o'zgarmas mahsuli bo‘lib qoladi!») Shaxs rivojlanishi bolalar tomonidan o‘zining boshqalarga kerakliligi subyektiv tuyg‘usini tasdiqlay- digan ta’sir sharofati bilan davom etadi. Unumdorlik va nati- ja (naslning davom etishi) bu bosqichda shaxsning asosiy tav- sifnomasi sifatida yangi avlod tarbiyasi to‘g‘risidagi g‘amxo‘rlikda, mahsuldor mehnat faoliyati va ijodkorlikda ro'yobga chiqadi. Inson nimaiki qilsa, o‘zining «Men»idan bir qismini qo‘shadi va bu shaxsiy boyishga olib keladi. «Yetuk inson, — deb yozadi E.Erikson, — kerakli bo‘lishga ehtiyojmand bo‘ladi va yetuk- lik g‘amxo‘rlik qilish kerak bo‘lgan o‘z zurriyotlari tomonidan rahbarlik qilish va rag‘batlantirishga muhtoj boiadi». Bunda gap faqat o‘z bolalari to‘g‘risida borishi shart emas.

Aksincha, agar rivojlanishning noxush vaziyati yuzaga kelgan holatda qoloqlik va sustlik, shaxsiy ma’naviy qashshoqlikka olib keladigan o'ziga nihoyatda yuqori e’tiborni jamlash paydo bo'ladi. Bunday odamlar o‘zlariga o‘zlarining shaxsiy va yagona farzan- di sifatida qaraydilar. Agar sharoit bunday tendensiyaga qulaylik tug‘dirsa, unda shaxsning jismoniy va psixologik jihatdan nogi- ronlashuvi boshlanadi. Agar oldingi bosqichlar oqimida kuchlar nisbati omadsiz tanlov foydasiga hal bo‘lsa, demak u avvalgi bos- qichlarning barcha bilan tayyorlangan.

Takrorlanmas individuallikning bo‘lagi joylangan boshqalar to'g'risida g‘amxo‘rlik qilish, ijodiy imkoniyat, buyumlar yaratish istagi o‘z-o‘zini yeb bitirish va shaxsiy inqirozga yuz tutishning

ehtimoliy shakllanishini bartaraf etishga yordamlashadi.

Hayotiy yo‘lning sakkizinchi bosqichi egotenglikning yangi tugallangan shakllariga erishish bilan xarakterlanadi. Qay tarzdadir odamlar va buyumlarga nisbatan g‘amxo‘rlikni namoyon qilgan va hayotning ajralmas qismi bo‘lmish muvaffaqiyat hamda umidsizliklarga moslashgan, bolalar ota-onasi va buyumlar hamda g‘oyalar yaratuvchisida — faqat unda sekin-asta barcha

yetti bosqich mahsuli — shaxs yaxlitligi aks etiladi. E.Erikson bunday qalbga oid holatning bir necha tarkibiy qismlarini ta’kidlaydi: bu tartib va mazmunlilikka o‘zining sodiqligida o‘sib boruv- chi shaxsiy ishonch; bu qanday baho evaziga erishilishidan qat’i nazar yashab o4gan hayotning ma’naviy mazmuni va jahon miq- yosidagi tartibni boshdan kechirish kabi postnarsistik muhabbat; bu o‘z hayotiy yo‘lini yagona kerakli va almashtirishga muhtoj bo‘lmagan sifatida qabul qilish; bu yangi, oldingisidan farqli, o‘z ota-onasiga bo‘lgan muhabbat; bu o'tgan vaqt tamoyillari va har xil turdagi faoliyatga ularning insoniy madaniyatda qay tarzda namoyon bo‘lishlariga ko‘ra ko'ngil qo‘ygan munosabatdir. Bunday shaxs egasi alohida odamning hayoti faqat tarixning yagona bo‘lagi bilan yagona hayotiy siklning tasodifiy bir-biriga mos keli- shi va bu fakt oldida oMimning o‘z kuchini yo'qoushini tushuna- di. Donishmand hind, asl jentelmen va vijdonli dehqon bu shaxsiy bir butunlikning yakuniy holatini to‘liq darajada idrok etadi va uni bir-biridan bilib oladi.

Rivojlanishning bu bosqichida E.Erikson o‘lim oidida hayotga chetlashgan qiziqish sifatida ta’rif bergan oqillik vujudga keladi.

Aksincha, bu shaxsiy integratsiyaning yo‘qligi o‘lim qo‘rquviga olib keladi. Umidsizlik yuzaga keladi, shaxsiy yaxlitlikka boshqa yo‘llar bilan erishish niyatida hayotni yangidan boshlash uchun nihoyatda kam vaqt qolgan. Epigenez davomida asosiy vazifalarni hal qilishda ijobiy va salbiy tendensiyalarning kurashi natijasida shaxsning asosiy «yaxshi fazilatlari» shakllanadi. Biroq modern iki ijobiy tuyg‘ular doimo mavjud bo‘larkan va bir-biriga qar- shi turarkan, unda «yaxshi fazilatlar» ham ikki qutbga ega bo‘la- di. Demak, asosli ishonch asosli ishonchsizlikka qarshi UM ID — YlROQLASHISHni; uyat va shubhaga qarshi avtonom- lik — IRODA — TA’SIRCHANLIKni; aybdorlikka qarshi tashabbuskorlik — MAQSADGA INTILUVCHANLIK — LO-

QAYDLIKni; shaxsiy to‘laqonli emaslikka qarshi mehnatsevarlik — KOM PETENTLILIK - INERSIYAni; tenglik diffuziyasiga qarshi tenglik — SADOQAT — VOZ KECHISHni; yolg‘izlikka qarshi yaqinlik — MUHABBAT — ODAMOVILIKni; o‘z-o‘zini yeb bitirishga qarshi natija — G ‘AMXO‘RLIK — RAD ETISHni; hayotga qiziqishni yo'qotishga qarshi egointegratsiya — OQILLIK — NAFRATni tug‘diradi.

E.Erikson Z.Freydning izdoshi. AQSHning 200 yilligiga bag‘ishlab nashr qilingan «Mashhur amerikaliklar lug‘ati»da u «Freyddan keyin psixoanalitik an’anada ishlaganlar ichida ijodiy munosabatda birmuncha yorqin» shaxs sifatida tilga olingan.

D.N.Lyalikov ta’kidlaganidek, E.Eriksonda birmuncha qadrli- si — bu uning ta’limotidagi asosiy mag‘iz, ya’ni shaxsiy va gu- ruhli tenglik, psixik moratoriya tushunchalarini ishlab chiqqani,

tenglikning o‘spirinlik inqirozi to‘g‘risidagi ta’limotidir. E.Erikson o‘zini Freyd konsepsiyasini kengaytirgan, uning doirasidan chiqqan deb hisoblaydi.

Birinchidan, u urg‘uni «UNDAN» «MENGA» ko'chirdi.

E.Erikson so‘zlari bo‘yicha uning «Bolalik va jamiyat» kitobi — «Men»ning jamiyatga munosabati to‘g‘risidagi psixoanalitik ishdir.

E.Erikson anglanmagan motivatsiya g‘oyasini qabul qiladi, biroq o‘z tadqiqotlarini asosan ijtimoiylashuv jarayoniga bag‘ishlaydi. Ikkinchidan, E.Erikson bola rivojlanadigan yangi tizimni kirita- di. Z.Freyd uchun bu uchburchak: bola-ona-ota. E.Erikson rivoj- lanishni «Men» rivojlanadigan tarixiy reakllikni ta’kidlagancha ijtimoiy munosabatlarning hiyla keng tizimida ko‘rib chiqadi. U oila a’zolari va ijtimoiy-madaniy reallik o‘rtasidagi munosabatlar dinamikasiga taalluqli. Uchinchidan, E.Erikson nazariyasi vaqt va uning o'zi mansub bo‘lgan jamiyat talablariga javob beradi.

E. Eriksonning maqsadi — psixologik hayoti inqirozlarni bartaraf etish uchun genetik imkoniyatlarni aniqlaydi. Agar Z.Freyd o‘z ishlarini patologik rivojlanish etiologiyasiga bag‘ishlagan bo‘lsa, unda E.Erikson asosiy e’tiborni psixoanalitik nazariyaga yan­

gi yo‘nalish bergancha psixologik inqirozlarni muvaffaqiyatli hal qilish shartlarini o‘rganishga jamladi.

E.Eriksonning konsepsiyasi shaxs hayotiy yo‘lining epigenetik konsepsiyasi deb nomlanadi. M a’lumki, epigenetik tamoyil embri-

onal rivojlanishni o'rganishda foydalaniladi. Shu tamoyilga ko‘ra barcha o'sayotgan narsa umumiy rejaga ega. Bu umumiy rejadan kelib chiqqancha, alohida qismlar rivojlanadi. Shu bilan birgalik- da, ularning har biri imtiyozli rivojlanish uchun birmuncha yo- qimli davrga ega. Barcha qism rivojlanib, funksional yaxlitlikni shakllantirmaguncha shunday davom etadi. Biologiyada epigenetik konsepsiyalar yangi shakl va tuzilmalarning yuzaga kelishida tashqi omillarning rolini ta’kidlaydi. E.Erikson nuqtayi nazari bilan bosqichlarning izchilligi - biologik yetilish natijasi, bi- roq rivojlanish mazmuni inson mansub bo‘lgan jamiyat undan nimani kutishi bilan belgilanadi. E.Erikson bo‘yicha har qanday odam, u qanday madaniyatga mansub bo‘lmasin, bu barcha bos- qichlarni o‘tashi mumkin. hammasi uning hayoti qanday davom- lilikka ega ekani bilan bog‘liq.

Amalga oshirilgan ishlarni baholagancha E.Erikson uni davrlarga bo‘lishni shaxs nazariyasi sifatida ko‘rib chiqib bolrnay- di. Uning fikriga ko‘ra bu faqat bunday nazariya yaratishga kalit, xolos.

Erikson sxemasining diagonali (6-jadvalga qarang) shaxs rivojlanishi bosqichlarining ketma-ketligini ko‘rsatadi, biroq uning shaxsiy so‘zlari bo'yicha u tezlik va jadallikda variatsiya uchun bo‘shliq qoldiradi.

«Epigenetik diagramma bir-biriga bog‘liq bo‘lgan bosqichlar tizimini sanab o‘tadi va garchi individual bosqichlar kam yoki


ko‘p izchillik bilan tadqiq etilgan yoxud kam yoki ko‘proq mu- nosib tarzda nomlangan bo‘lsa-da, bizning diagrammamiz tad- qiqotchiga ularni o‘rganish qachonki bosqichlarning bor tizimini yaxlit holda inobatga olganda maqsadga erishtirishini aytib beradi... Diagramma uning barcha bo‘sh kvadratlarini fikrlashga un- daydi». Shunday qilib, E.Erikson so‘zlariga ko‘ra «epigenez sxe- masi metodologiya va frazeologiya qismlarini kelgusida o‘rganish uchun ochiq qoldirgancha tafakkur va mulohaza qilishning global shaklini nazarda tutadi».

E.Erikson konsepsiyasining bayonini uning suyukli faylasufi Kerkegorning: «Hayot teskari tartibda tushunilishi mumkin, biroq uni boshidan yashash kerak», — degan so‘zlari bilan yakun- lash mumkin.

Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari:

1.  Eriksonning egopsixologiyasining mohiyati haqida nima- larni bilib oldingiz?

2.  Erikson ishlarida asosiy tadqiqot metodlari.

3.  Erikson nazariyasining asosiy tushunchaiari nimalar?

4.  Shaxs rivojlanishining psixoijtimoiy bosqichlari haqida ni- malarni bilib oldingiz?

Mavzuni mustahkamlash uchun test savollari:

1. Erikson ishlarida asosiy tadqiqot metodlari qaysilar...

a)        suhbat, kuzatish, eksperiment;

b)       sotsiometriya, test, induksiya;*c) longityud, psixotarixiy, etnografik;

d) faoliyat mahsullarini o‘rganish, proyektiv.

2. Erikson shaxs rivojlanishining psixoijtimoiy bosqichlarini nechaga bo‘lgan?

a)    2;

b)   4;

c)    6;

*d) 8.

126




                 VII                       BOB. BOLANING PSIXIK RIVOJLANISHI

XULQ-ATVOR QOIDALARINI 0 ‘RGANISH MUAMMOSI

SIFATIDA: BIXEVIORIZM

Reja:

1.    Dj.Uotsonning bixevioristik nazariyasi.

2.    Operant o‘rganish.

3.    B.Skinnerning radikal bixeviorizmi.

Mavzu o‘quv maqsadi:

Ta’limiy: Talabalarga bixevioristik nazariya haqida bilim be- rish.

Tarbiyaviy: Bo‘lg‘usi psixologlarni bixevioristik nazariyani tahlil qilishga o‘rgatish.

Rivojlantiruvchi: Olingan nazariy bilimlarni mustahkamlab, amaliyotga yo‘naltirish yo‘llari bo‘yicha ko‘nikma-malakalarni rivojlantirish.

Tayanch tushunchalar: bixeviorizm, stimul, reaksiya, neobixe- viorizm, operant o‘rganish, radikal bixeviorizmi.

7.1. Dj.Uotsonning bixevioristik nazariyasi

Bixeviorizmning asoschisi DJ.Uotson (1878—1938) psixologiya fanining bosh vazifasi xulqni tadqiq etishdan iborat deb tushuna- di. U psixik hodisalardan mutlaqo voz kechib, xulqni ikki shakl- ga, ya’ni ichki va tashqiga ajratadi, ular o‘zaro javoblar stimuli bilan uzviy bog‘liq ekanligini ta’kidlab o‘tadi. Bixeviorizm uchun «xulq» asosiy tushunchaga aylanib, uning psixikasi bilan aloqa- si chetlab o‘tilgandir.

Uotson «Bolani psixologik tarbiyalash» asarida bolani ruhan va jismonan sog‘lom qilib tarbiyalash uchun nimalarga e’tibor qara- tish zarurligi haqida to‘xtalib o‘tdi. Qat’iy kun tartibiga rioya qilish, turli stimullarning ta’siridan himoya qiladigan bolaning max- sus xonasi mavjudligi, bolaga nisbatan muhabbat va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishda me’yor bo'lishi zarurligini ta’kidladi. Uotson inson- larni tarbiyalashda muhitning ustuvor rolini ta’kidladi. Uning ta’kidlashicha, sog‘lom bolalar to‘plamidan muhitning ta’siri-

128




roitda motivatsiyaning kuchi to‘g‘risida muayyan qonuniyatlar ochishga intilganlar. Hozirgi zamon bixevioristlari stimuini tashqi qo‘zg‘atuvchi sifatida talqin qiladilar va organizmning ichki ener- giyasini faollashtiruvchi deb hisoblaydilar. Neobixevioristik na- zariyalar yangi qo‘zg‘atuvchilar paydo bo‘lishiga asoslangan bo‘lib, ular insonning organik ehtiyojlarini qoniqtirish bilan stimul nati- jasining uyg‘unlashuvi tariqasida tahlil etiladi. Ularning ta’kid- lashiga ko‘ra, ikkilamchi qo‘zg‘ovchilar organik qo‘zg‘atuvchi- larning go‘yoki qobig‘iga o'xshaydi, xolos. Vilyam Makdugall (1871—938) motivatsiyaning irsiy (tabiatdan beriladigan) xususi- yatga ega degan holatni asoslash uchun tug‘ma instinktlar masala- lari bilan mazkur voqelikni bog‘lab tushuntirishga harakat qilgan.

Di.Uotsonning bixeviorizm konsepsiyasi

Asosiy tadqiqot predmeti                    Tashqi kuzatish, xulq-atvorni o'rganish

Tadqiqot metodlari                             Kuzatish. eksperimental o'rganish

                                                           Xulq-atvor,       shartsiz       reaksiya,         shartsiz

Asosiy tushunchalar

stimul, shartli reaksiya, shartli stimul

Xulq-atvorni ng tashqi ijtimoiy om il— stimulga bog‘liqligi: asosiy sxema «stimul-

Asosiy g'oyalari reaksiya». 0 ‘tmish tajriba, o‘rganishning roli e’tirof etiladi: o'rganish = rivojlanish.

Rivojlanish omillari                           Ijtimoiy om il, o'rganish

Insonga ta’lim berishga nisbatan optimis-

Afzalligi                                                          tik munosabat, muhit sharoitlariga e’tibor

qaratilganligi

— xulq-atvorning ichki (psixologik) omil- laridan voz kechish va to‘hq rad etish; — barcha tirik organizmlar xulq-atvoridagi umumiylikni izlash; taraqqiyotda insonga xos bo‘lgan o'ziga xoslikni rad etish;

Kamchiligi

— inson haqida mexanistik tasavvur;

— ta’lim ning passiv xarakteri — inson

ta’sir obyekti sifatida;

— haqiqat yangi paydo bo‘lgan xulq-atvorni tushuntirishning mumkin emasligi.

130


Uning fikricha, tug‘ma instinktlar ham insonlarga, ham hay- vonlarga bir tekis taalluqli bo‘lib, ular odamlarning motivida ol- din 14 ta, keyinchalik esa 18 tagacha «asosiy instinktlar» sifatida hukm surishi mumkin.

7.2. Operant o‘rganish

Edvard Torndaykning psixologiya faniga qo‘shgan hissalaridan biri «odam shunchaki fikrlay oladigan boshqa bir jonivor» de- gan ta’kid edi. Edvard Torndayk o'zining psixologiyadagi tizimini «Maqbul bixeviorizm» deb atagan. Uning fikricha, organizm xulq-atvori ma’lum bir adaptativ maqsadga yo'nalgan. B’xeviorist bo‘lgan Tolmen Kurt Levin tufayli geshtalt nazariyasiga qiziqib qoladi.

Klerk Xallning fikrlariga I.P.Pavlov, Ch.Darvin, E.Torndayk, E.Tolmenlar ishlari o‘z ta’sirini ko'rsatgan. Uning nazariyasi ushbu tadqiqotchilarning nazariyalari hamda Nyuton fizikasini siznetlashga urinish edi. U gipnoz bilan qiziqadi hamda 1933-yil- da shu mavzuda kitob yozadi1.

Haqiqatdan yangi xulq-atvorni egallash shartlarini eksperi- mental tadqiqi, shuningdek, o‘rgatish dinamikasi amerikalik psixolog E.Torndaykning diqqat markazida bo‘lgan. E.Torndayk ishlarida hayvonlarda muammoli vaziyatlarni hal etish qonuni- yatlari ko‘proq o rganilgan. Hayvonlar mushuk, it, maymun max- sus yasalgan muammoli quti yoki labirintdan mustaqil ravishda chiqish yo‘lini topishlari kerak edi. Keyinchalik xuddi shunday tajribalarda sinaluvchi sifatida kichik yoshdagi bolalar ishtirok etgan. Labirint yoki eshikni ochish vazifasini hal etish usulini qidirishini namoyon qiluvchi murakkab, ichki sabab natijasida yuzaga kelgan bunday xulq-atvorni tahlil qilishida ma’lum bir reaksiyani yuzaga keltiruvchi stimulni ajratish qiyin. E.Torndayk ma’lumotlariga ko‘ra dastavval hayvonlar ko‘plab tartibsiz hara-

1                   Sahakian, W.S. (1976) Kearsley, G. Drive Reduction. Theory. Retrived

November 9, /2002 from http: tip. Psychology.org/hull.html

kat sinovlarni amalga oshirgan va tasodifan muvaffaqiyatga olib boradigan kerakli harakatlarni qilgan. Ushbu qutidan chiqish- ning keyingi harakatlarida xatolar soni kamayib unga sarflangan vaqt ham qisqargan. 0 ‘rgatish turi sinaluvchi odatda, xulq-at- vorning turli variantlarini operantlarini harakat qilish anglama- gan holda sinashi va ulardan ko‘proq to‘g‘ri mos kelganini tanlab olishidir, bu operant asoslash nomini olgan. lntellektual vazi- falarni hal etishda sinov va xatolar metodi inson va hayvonlar xulq-atvorini tavsiflovchi umumiy qonuniyat sifatida ko'rib chi- qila boshlangan.

Torndayk o‘rgatishning to'rtta asosiy qonunini ta’riflagan:

1. Takrorlash qonuni mashq qilish stimul va reaksiya o‘rtasidagi aloqa qanchalik tez-tez takrorlansa, shunchalik u tezroq mustah- kamlanadi va mahkamlanadi.

2. Ta’sir effekt qonuni (qo‘llab-quvvatlash). Reaksiyalarni o‘rganishda qo'llab-quvvatlash bilan birga kuzatilganlardan ijobiy yoki salbiy biri mustahkamlanadi.

3. Tayyorlik hozirlik qonuni. Subyekt holati ochlik suvsizlik hissini his qilayotgan yangi reaksiyalarni ishlab chiqish uchun ahamiyatsiz emas.

4. Assotsiativ o'zgarish qonuni. Vaqt bilan chegaradoshlik bog‘liqlik ahamiyatli muhim bilan assotsiatsiya qilishda bog‘liq bo‘lgan neytral stimul ham kerakli xulq-atvorni yuzaga kelti- ra boshlaydi. Shuningdek, E.Torndayk tomonidan bolani o'rga- tish muvaffaqiyatining qo‘shimcha sharoiti stimul va reaksiyani farqlashdagi yengillik hamda ular o‘rtasidagi aloqani anglash ajra- tib ko‘rsatilgan. Operant o‘rgatish organizmining yuqori faolligi- da sodir bo‘Iadi, uning natijalari oqibatlari bilan nazorat qilinadi, aniqlanadi. Umumiy fikr shundaki, agar harakatlar ijobiy natija- ga, muvaffaqiyatga olib kelsa, unda ular mustahkamlanib takror- lanadi. E.Torndayk tajribalaridagi labirint atrof-muhitning sod- dalashtirilgan modeli bo‘lib xizmat qilgan. Labirint metodikasi haqiqatdan ham ma’lum bir doirada organizm va muhitning mu- nosabatini modellashtiradi, ifodalaydi lekin juda tor, bir tomon-

132


lama chegaralangan bo‘ladi. Bu model doirasida aniqlangan qo- nuniyatlarni inson ijtimoiy xulq-atvoriga o‘tkazish juda qiyin.

7.3. B.Skinnerning radikal bixeviorizmi

B.F. Skinner bixevioristik nazariyaning yetakchisidir. Skinner boshqa zamondoshlariga nisbatan o‘z-o‘zini kuzatishga qarshi bo‘lgan. Shuningdek, u xulq-atvor shakllarini o‘rganishga hissa qo'shgan.1

Bixeviorizmning ko‘zga ko‘ringan nazariyotchisi Skinner (1904—1990) metodlar orqali insonning barcha xulq-atvorini bilish mumkinligini, chunki obyektiv ijtimoiy muhit determinal langan- ligini e’tirof etgan. B.F.Skinner motivlar, maqsadlar, hissiyotlar, anglanmagan fikrlar va shu kabi psixik jarayonlar tushuncha- sini inkor etgan. Uning ta’kidlashicha, inson xulq-atvori deyarli uni qurshab turgan tashqi muhit ta’sirida butunlay shakllana- di. Ba’zida bunday yondashuvni invayronmentalizm (environment — muhit-atrof) deb ataydilar. B.F.Skinner fikriga ko‘ra, inson psi- xikasining qora qutisi empirik tadqiqotlardan chiqarib tashlani- shi, bevosita kuzatish mumkin bo‘lgan inson xulq-atvorini o‘rga- nishga, oxirgi hisobda inson harakatini aniqlab nazorat qiluvchi muhit omillarini o'rganishga qaratihshi kerak. B.F.Skinner hayvonlar xulq-atvorini (kalamush, kabutar) eksperemental tahlili inson va hayvonlar uchun umumiy bo'lgan xulq-atvor tomonlarini ochishga imkon beradi, deb hisoblangan. Xulq-atvorning umumiy qonuniyatiga tayanib ta’lim va tarbiyaning muhim amaliy psi- xologik-pedagogik vazifasini hal etish mumkin. Ijtimoiy muhit o‘zgarishlarini manipulatsiya qilib, ya’ni bog‘liq bo‘lmagan o'zgarishlar individning xulq-atvor reaksiyalarini bog‘liq o‘zgaruvchilar taxmin qilish va nazorat qilish mumkin.

B.F.Skinner xulq-atvorning 2 ta asosiy turi mavjudligini e’tirof etgan: respondent va operant. Biroq uning taxminicha, anglash

1 David G. Myers «Psychology ninth edition in modules». NY, WORTH PUBLlShER-2010. 4-5pages.

133


mumkin bo‘lgan, birlamchi stimullar mavjud boMmagan ichki sa- bablar natijasida vujudga kelgan harakatlar operant xulq-atvordir. Inson va hayvonlar uchun xulq-atvor natijasida yuzaga keluvchi voqea-hodisalar oqibatlar muhimdir. Oqibatga bog‘liq ravish- da kelajakdagi xulq-atvorga nisbatan ma’lum bir fikr shakllanadi. Operant xulq-atvor asta-sekin ixtiyoriy harakatni egallaydi. 0 ‘rgatishning operant turi bo‘yicha insoniyat xulq-atvorining ko‘pgina shakllarining shakllanishi sodir bo‘ladi, ya’ni kiyinish- ni bilish, kitob o‘qish odati, tajovuzkorlikni namoyon qilishdan tiyilish, g'azabni jilovlash, tortinchoqlikni yengib o'tish va bosh- qalar.

Pirovard ijobiy natijaga olib keladigan reaksiyani takrorlashga harakat qiladi. Shunday qilib, ko‘pgina oilalarda yig‘lashga operant o‘rgatishni kuzatish mumkin.

Hayqiriq va yig‘i bolaning jismoniy noqulaylikka nisbatan shartsiz reaksiyasi sifatida ota-onani bolaga yaqinlashib unga diqqatini qaratib, yordam berib, tinchlantirishga undaydi bunday g’amxo'rlik bola yig'isi uchun kuchli ijobiy quvvat bo‘ladi va yig‘i ota-ona xulq-atvorini nazorat qilishning operant asoslangan omiliga aylanadi. Shu vaqtning o‘zida, salbiy natija yoki jazolash- ni yuzaga keltiruvchi reaksiyalarni takrorlanish ehtimoli kamaya- di. Agar tanish kimsa sizning salomingizga javoban labini qisib tanimaslikka olsa, biz tezda u biian salomlashishni bas qilamiz.

Qo‘llab-quvvatlash B.F.Skinner konsepsiyasi ning tayanch tushunchasidir. Qo‘llab-quvvatlash reaksiyani kuchaytirib uni hosil bo‘lish ehtimolini ko'paytiradi. Bixevioral o‘rganishda

qo'llab-quvvatlashning ikki turi tan olingan birlamchi yoki shartsiz (suv, ozuqa, jinsiy munosabat), ikkilamchi yoki shartli (pul, boshqalar tomonidan e’tibor, ota-ona, tengdoshlar va o'qituvchi- larning maqtovi, ma’qullashlari). B.F.Skinnerning fikricha, ikkilamchi qo‘llab-quvvatlash stimullari avvalgi tajriba natijasida quvvatlovchiga aylanadi.

Ular ko‘pchilik odamlar uchun umumiy bo‘lib, ularning xulq-atvoriga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, B.F Skinner

134


ijobiy va salbiy qo‘llab-quvvatlovchini ajratib ko‘rsatgan. Ijobiy quvvatlovchi (quvvatlash) birgalikda reaksiyani kuchaytiradi. Salbiy quvvatlovchi (quvvatlash) ham faqatgina qo‘zg‘atuvchi stimul- larni bartaraf qilish hisobiga (o‘rtoqlarning «kichkintoy» «onasini o‘g‘li» kabi mazaxlaridan qochib intilishga haqoratlovchi so‘z va iboralarni qo‘llashni boshlaydi). Xulq-atvor reaksiyasini kuchaytiradi. Shuningdek, xulq-atvor jazolash yordamida ham (o‘smir- ning onasi haqoratli so‘zlar uchun uni labiga urishi yoki cho‘ntak pulidan mahrum qilishi mumkin) nazorat qilishi mumkin.

Bunday oqibatga chek qo‘yish, xulq-atvor reaksiyasiga barham berish talab etiladi.

Zamonaviy jamiyatda jazolash texnikasi ko‘proq qo‘llanila- di, lekin B.F Skinner xulq-atvorning bunday nazorati samarasiz (faqat vaqtincha istalmagan xulq-atvorni to‘xtatib turadi) ekan- ligini va undan ham yomoni salbiy zararli ta’sirni (qo‘rquv, xa- votirlanish o‘z-o‘ziga bahosining pasayishi, (asotsial) antiijtimoiy xulq-atvorning qo‘pol shakllari) yuzaga keltirishga harakat qilgan. B.F.Skinner ijobiy qo‘llab-quvvatlash (kutilmagan natijalarni rag‘batlantirish) kattalar xulq-atvorini shakllantirishning juda ham ishonchli usuli (metodi) ekanligini ta’kidlagan. Murakkab xulq-atvorga o‘rgatish holatida (masalan, xat yozish ko‘nikma- si, shaxslarao muloqot tartiblilikni hosil qilish) izchil yaqinla- shish yoki shakllantirish metodidan foydalaniladi. Qadam-baqa- dam bosqichma-bosqich qo‘llab-quvvatlash xulq-atvorni kutilgan yo‘nalishga o‘zgartirishga bir necha marotaba qo‘shiladi. 0 ‘rgat- ishning boshqa tamoyili — qo‘llab-quvvatlashning beto‘xtov- ligidir. Bolani mustaqil tartibli ovqatlanishga o‘rgatishga mun- tazam qo‘llab-quvvatlanadi: boshida bola o‘rgatilganlarni tezda yodidan chiqarib qo‘ysa-da, uni ruhlantirish har bir harakatla- ridan faxrlanish, masalan, bola qo‘liga qoshiqni olib og‘ziga olib borish harakati uchun uni maqtash kerak. Kutilgan natija- ga faqatgina asta-sekin yaqinlashish natijasida bolada kiyim-ke- chak va stol ozodaligiga hamda tartibligiga erishish mumkin. B.F.

Skinnerning ta’kidlashicha, hatto verbal xulq-atvor yoki og‘zaki


nutq ham muvaffaqiyatli yoki izchil yaqinlashish orqali egallana- di. Lekin ko'pgina psixologlar operant asoslash tamoyilidan kelib chiqib tushuntirib bo‘lmaydigan, ilk bolalik davrida nutqning bu qadar tez rivojlanishiga alohida urg‘u berib. bunday tarzda til- ni o'zlashtirish mumkinligiga mutlaqo qarshilar.

Insonning ijtimoiylashuvi muammosi B.F.Skinnerning «Erkinlik va qadr-qim m atning boshqa tarafi» (1971), «Jamiyat va bixeviorizm haqida fikr-mulohazalar» (1978) kitobla- rida tahlil qilingan. B.F.Skinner ta’limotida bolaning rivojlanishi bu qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishi bilan muvofiqlikda uni me’yoriy xulq-atvorga o‘rgatishdir. Ilk bosqichlarda ijtimoiy- lashuv omillari va qo‘llab-quvvatlash manbalari bo‘lib, ota-ona hisoblanadi, keyinchalik, qo‘llab-quvvatlash manbalarining so- ni ortadi: bular qo‘ni-qo‘shnilar, maktab, tengdoshlar fikri- dir. B.F.Skinner «Inson xulq-atvori uning hayoti davomida o‘zgaradi va vaqti-vaqti bilan inqirozlar yuzaga keladi, degan fikrni qo'llab-quvvatlagan. Inqiroz holati muhitining shunday

bir o‘zgalar ta’sirida yuzaga keladiki, unda individ xulq-atvor reaksiyalarining adekvat to‘plamiga ega bo‘lmaydi. Muhit bolaning xulq-atvorini doimiy, uzluksiz va ketma-ketlikda shakllantiradi, deb hisoblagani uchun bixeviorizmda rivojla- nishni yosh davrlarga ajratish (bo‘lish) muammosi ko‘rib chi- qilmaydi. Rivojlanishni davrlashtirish muhitga bog‘liq. Ushbu yosh davrida barcha bolalar uchun yagona rivojlanish qonuni- yati mavjud emas: muhit qanday bo‘lsa ushbu bolaning rivojlanish qonuniyati ham shunday bo'ladi. Gap faqat ma’lum bir ko'nikm ani shakllantirish o'rgatish bosqichlarini belgilash 1 m- konini beradigan (o‘yinni rivojlanish bosqichlari yozishga yoki tennis o'ynashga o‘rgatish) funksional davrlashtirishni varatish haqida ketishi mumkin. 0 ‘rgatishning doimiy tajribasi boshqa psixologik maktablarda «Shaxs» deb nomlanuvchini yaratdi. Shaxs—bu insonning butun umri (hayoti) davomida egallagan tajribasidir. Insonning (noyobligi) o‘ziga xosligi irsiyat tavsif va о rgatishning individual repertuarini o‘ziga xos uyg‘unligi bi-

136

Ian belgilanadi. Bunday tarzda psixik rivojlanish o‘rgatish bilan tenglashtiriladi, ya’ni har qanday bilim ko‘nikma, malakani egallash bilan maxsus o'qitish sharoitlarida va tasodifiy yuzaga kelgan holatlarda bilishga o‘rgangan.

B.F.Skinner g'oyalari juda keng amaliy ahamiyatini top- di. Muvaffaqiyatli izchil yaqinlashish strategiyasi va ijobiy qo‘llab-quvvatlash texnikasi bixevioral treningining individ xulq-atvorini modifikatsiya qilish metodlari asosini tashkil qil- gan. Ular taklifining aniq sohalari o‘rtasida turli xil ko‘rinish- dagi qo'rquv xavotirlanish va «yopishqoq» (miyaga o‘rnashib qoladigan) holatlarni yengib o‘tish destruktiv xulq-atvorni o‘zgartirish muloqot ko‘nikma!ariga o‘rgatish, o‘ziga ishonch- ni mashq qilish, gipertenziya, muskul zo‘riqishlari, migren, xa-

votirni davolashda qayta aloqa bilan treninglar o‘tkazish. Operant metodikalar maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga, ruhiy kasalxona bemorlariga, qamoqxona mahbuslariga ham qo‘llaniladi. «Jetonli taqdirlash», «Senzibilitatsiya va desensibi- lyatsiya», «to‘xtatilgan vaqt» yoki «taym-aut» metodikalari keng mashhurlikka erishdi. Kompyuterdan foydalanilgan holda das- turlashtirilgan o'qitish B.F.Skinner tomonidan o‘ylab chiqiigan tamoyillarga asoslanadi. Ko‘pgina mutaxassislar «Xulq-atvor ko'rinishi texnologiyasi»ning samaradorligini tan oladilar, bi- roq bunda metodning mexanikligini rahbarning avtoritarizmi- ga moyilligini va rivojlanishning ichki om illarini (inson fikri, hissiyoti, qiziqishi) rad etilishini ta’kidlaydilar va bu metodni haddan ziyod keng qo‘llash mumkin emasligi haqida ogohlan- tiriladi.

Mavzuni mustahkamlash uhun nazorat savollari:

1.    Bixevioristik nazariyaning asosiy mohiyati.

2.    Operant o‘rganishning asosiy mazmuni nimalardan iborat?

3.    B.Skinnerning radikal bixeviorizmining asosiy g'oyalari.

4.    Bixevioristik nazariyaning afzalligi nimalardan iborat?

5.    Bixevioristik nazariyaning kamchiligi nimalardan iborat?



                   VIII                   BOB. IJTIMOIYLASHUV MUAMMOSI

SIFATIDA BOLA PSIXIK RIVOJLANISHINING IJTIMOIY

0 ‘RGANISH NAZARIYASI

Reja:

1.  Ijtimoiy o‘rganish ta’limotining markaziy muammosi sifati­da ijtimoiylashuv.

2.  Ijtimoiy o'qitish nazariyasining evolutsiyasi.

3.  Kuzatish, taqlid qilish orqali o‘rgatish fenomeni.

4.  Bolalar rivojlanish taraqqiyotini o'rganishning diadik ta­moyili.

Mavzu o‘quv maqsadi:

Ta’limiy: Talabalarga ijtimoiy o'rganish nazariyasi haqida bilim berish.

Tarbiyaviy: Bo‘lg‘usi psixologlarni ijtimoiy o‘rganish nazari- yasini tahlil qilishga o‘rgatish.

Rivojlantiruvchi: Olingan nazariy bilimlarni mustahkamlab, amaliyotga yo‘naltirish yo'llari bo‘yicha ko‘nikma-malakalarni rivojlantirish.

Tayanch tushunchalar: ijtimoiy o‘rganish, ijtimoiylashuv, ijtimoiy tasavvurlar, shaxslararo moslik.

8.1. Ijtimoiy o‘rganish ta’limotining markaziy muammosi sifatida

ijtimoiylashuv

Amerikada XX asrning 30-yillari oxirida ijtimoiy o‘rga- nishning kuchli psixologik yo‘nalishi yuzaga kelgan. Individga

xulq-atvor namunalari rollar, me’yorlar motivlar, kutuvlar. hayotiy qadriyatlar, emotsiyalarni o‘tkazish orqali individning ijtimoiy xulq-atvorini hayotiy shakllantirishni ifodalash uchun N .Miller va D.Dollard tomonidan ijtimoiy o‘rgatish atamasi kiritilgan edi. Ijtimoiylashuv — biologik mavjudot, go'dakning tamomila oila, guruh umuman olganda insoniyat jamiyatini to‘laqonli a’zosiga asta-sekin aylanish jarayoni sifatida, yangi ijtimoiy xulq-atvorni egallash jarayoni sifatida talqin qilinadi. Xulq-atvorning umumiy nazariyasi xulq-atvor namunalari qanday tarzda o‘zlashtirilishi-


I

ni va ularning namoyon bo‘lishi o‘zaro aloqada bo‘lgan tashqi va ichki ta’sir manbalari tomonidan qanday tarzda doimo boshqa- rishini izohlashi kerak. Ushbu ilmiy yo‘nalish vazifalarini uning nazariy yetakchisi Bandura shunday shakllantirgan. XX asrning ikkinchi yarmida Amerika psixologiyasini rivojlanishi uchun ij-

timoiylashuv muammosini asosiy deb hisoblash mumkin. Jamiyat bolalarni umumqabul qilingan me’yoriy muammolar bilan muvofiqlikda o‘zlarida tutishlariga undashda qo‘llaydigan me-

xanizmlar ya’ni usullarni yetilishi esa uning bosh maqsadidir. Ijtimoiy o‘qitish nazariyasi psixoanalizda (misol uchun antogonizm haqidagi dastlabki tezis, bola va jamiyatning qarama-qarshiligi) ba’zi bir holatlarni qabul qilib o'zlashtirgan va ularni o‘rgatish- ning bixevioristik tamoyillari bilan bog‘langan. Ijtimoiy o‘qitish

yo‘nalishi nazariyasining butun bir spektridan iborat. 0 ‘qitish- ning aniq mexanizmlariga yondashuvlarda nazariya muallifla- rining qarashlari farqlanadi, biroq ijtimoiy xulq-atvorga o‘rga- tish g'oyasi ahamiyatini butunlay qo‘llab-quvvatlaydilar. Ijtimoiy o‘qitish sohasida anchadan beri tadqiqotchilarning bir necha av- lodi ishlab kelishmoqda. Bu avlodlar amerika psixologiyasining o‘zida ajratib ko‘rsatilgan.

8.2. Ijtimoiy o‘qitish nazariyasining evolutsiyasi

Birinchi avlod (XX asrning 30—60-yillari) - N.Miller, D.Dol- lard, R.Sirs, B.Uovayting, B.Skinner, bu tadqiqotchilarni hali bi­

xeviorizm ham ijtimoiy о qitish nazariyasiga kiritadilar.

Ikkinchi avlod (60—70-yil) — A.Bandura, R.Uoters, S.Biju, Dj. Gevirt va boshqalar.

Uchinchi avlod (70-yildan boshlab) V.Xartup, E.Makkobi, Dj.Aronfrid, U. Branfenbrener va boshqalar.

N .Miller va D.Dollard ijtimoiy o'qitish yo'nalishining birinchi namoyandalari bo'lib, bixevioral o‘qitishning asosiy tamoyillarini

psixoanalitik nazariyaning ba’zi holat va g‘oyalari bilan to‘ldirish- ga harakat qilganlar. Empirik asos sifatida ular ham bola va hayvonlar xulq-atvorining eksperimental o‘rgatish ma’lumotlarini ayniqsa nevrotiklar xulq-atvoriga oid boy klinik ma’lumotlarni qo‘llash mumkin deb hisoblaganlar. Eksperimental xulq-atvor- ga o‘rgatishda boshqaning (modelning) harakatini kuzatishning ahamiyati ko‘rsatilgan, bu yangi reaksiyani paydo bo‘lgunga qadar vaqtni qisqartirishda, sinov va xatolar sonining kamayishida ifoda- laydi. Klassik bixeviorizm nazariyachilaridan farqli ravishda ijtimoiy 0 ‘qitish nazariyasi xulq-atvorda ichki motivatsiyaning rolini tan olib avvalo uning qo‘zg‘atuvchi funksiyasining muhimligini ta’kidlaydilar, ular organik ehtiyojlardan kelib chiquvchi (ochlik, suvsizlik, og‘riq) birlamchi qo‘zg‘atuvchilarni jahl, ayb, harakat- larga ehtiyoj, qo'rquv, xavotirlanish ikkimlamchi qo‘zg‘atuvchilarni ajratganlar. Psixoanalizda xulq-atvorning asosiy boshqaruvchisi qoniqish tamoyili ular tomonidan qo‘llab-quvvatlash tamoyiliga (rag‘batlantirish) o'zgartirilgan. Dastlab ijtimoiy o‘rgatish nazariyasi qat’iy obyektiv (pozitiv) empirik bilimlarni egallash metod- larini ishlab chiqishga yaqqol ifodalangan yo‘nalganlik bilan salbiy

va ijobiy falsafiy asosga qurilgan. Psixologik tadqiqot metodologi- yasi rejalashtirishning puxtaligini ma’lumotlarni qayd etishning tizimliligini bog'liq va bog‘liq bo‘lmagan o‘zgaruvchilarni nazorat qilish va o'zlashtirishni miqdoriy baholashning mumkinligi talab qiladi. 0 ‘tgan asrning 40—50-yillarida manipulyativ laboratoriya eksperimenti tadqiqotning hukmron metodi bo‘ldi.

Ijtimoiy o‘rgatishda bolalik o tib ketuvchi nevroz bilan qi- yoslanganda xulq-atvor buzilishi va qayta yo‘naltirish davri si- fatiga tushunilgan. Bu tushunchalardan kelib chiqib, bolani ijti- moiylashtirishi uchun oia-onaning vazifasi quyidagilardan iborat bo‘lgan: ovqatlantirish, tuvakka o'rgatish, bolada agressiyaning namoyon boiishi, uni jinsiy identifikatsiyasi va me’yoriy xulq-at- vorning boshqa xususiyatlari bilan bog'liq bo‘lgan yosh davriga oid muammolarni bartaraf qilish.

8.3. Kuzatish, taqlid qilish orqali o‘rgatish fenomeni

Murakkab ijtimoiy xulq-atvornmg egallanishini izohlash uchun operant va respondent o'rgatish mexanizmlari yetarli emas.

Javob topish jarayonida, birlamchi ahamiyatni o‘rgatishning o'ziga xos tipi-vizual o'rgatishga yoki kuzatish yordamida o'rgatish- ga qarata bosh lagan lar.

Albert Banduraning 1960-yillardagi erta ishlari bixeviorizm- da o'rganishning kognitiv modellari uchun ko'priklardan biri hi- soblanadi. Bunda kuzatish o‘rganish jarayoni bo‘lib, hech qanday o‘quv faoliyatisiz amalga oshadi, kuzatilayotgan model esa hatto kuzatuvchi uchun taqlid manbayi bo‘layotganini sezmasligi ham mumkin1.

A.Bandura 1925-yilda o‘rgatishning bunday usulini ijtimoiy kognitiv deb nomlagan. Kognitiv o‘rgatish o‘rgatilayotganning

birmuncha katta faolligini nazarda tutadi, individ o‘rgatiluvchi- ga aylanadi, deb ham aytish mumkin. U o‘zining harakatlari oqi- batini kuzatadi, ulardan qay biri o‘zining natijasiga ko‘ra muvaf- faqiyatli, qay biri keraksiz yoki zararli ekanligini qayd qiladi va eslab qoladi. Bundan tashqari o‘rgatish, biror-bir aktda harakatda to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirokni qat’iy majburiy talab qilmaydi, model xulq-atvorining kuzatuvchisi bo‘lishni o‘zi yetarlidir. Oqibatda xulq-atvor namunasi qaytadan ishlab chiqiladigan inson. Bu ho- latda inson boshqaning harakatlarini ko‘zga ko‘rinadigan oqibat- lariga tayanishi mumkin ma’lumot axborot olish va o‘z xulq-at­

vorini kuzatishi xulq-atvorning ma’lum bir shakliga harakatning kognitiv obraziga bixevioral moyillikni yaratadi. Xulq-atvor mo- deliga amal qilish kodlangan axborot ma’lumotga tayangan hol- da sodir bo'ladi.

Agressiyani moyillashtirish sharoitlarini o'rganish ijtimoiy o‘rgatish nazariyasining tayanch mavzularidan biridir. Ijtimoiylashuv tushunchasi favqulotda keng va ko‘p qirralidir, har bir madaniyatda jamiyatning tarkibiy a’zosini sifat va bilishga o‘z ta- lablari mavjud. Biroq, xulq-atvorning ba’zi ko‘rinishlari ko‘proq

universal umumiy rol o‘ynaydi? Bu o‘zaro ijtimoiy protsial xulq-at-

1 Bertrand Russell The history of western philosophy. NEWYORK. 2010 .P. 696-700.



tuvchilarning xulq-atvor strategiyasiga ta’sir ko'rsatuvchi bir qator omillarni aniqlash imkonini berdi.

Qo'llab-quvvatlash taqlid qilish asosida yuzaga kelgan xulq-atvorni saqlash uchun zarur. 0 ‘tmishdagi xulq-atvorni bevosita tashqi qo‘llab-quvvatlash qo‘zg‘atuvchi va axborot funksiyasini bajaradi. A. Bandura bilvosita qo‘llab-quvvatlash, ya’ni model- ni rag‘batlantirishni kuzatish va o‘z-o‘zini qo'llab-quvvatlash- ning o‘z xulq-atvorini ijobiy baholash xuddi shunday ahami- yatini e’tirof etgan. Shunday qilib, Skinner talqini bo'yicha agar radikal keskin, qat’iy bixeviorizm, xulq-atvor stimullar termini va qo‘llab-quvvatlovchi oqibatlar orqali tushuntirilishini tasdiqla- sa, A.Bandura nuqtayi nazarida esa xulq-atvorning tashqi holatli omillarning o‘zaro determinizmida, masalan, rag'batlantirish va jazolash va ichki kognitiv ketish, ong, idrok qilish, qabul qilish haqida gapirish lozim.

Modelni kuzatish qaysi xulq-atvor to‘g‘ri va u qanday oqi- batlarga olib kelishi mumkinligi haqida xulosa qilish imkonini beradi, biroq ko'plab murakkab xulq-atvor aktlariga o‘rgatishni tushuntirish uchun velosipedda yurish, xirurgik operatsiyalarni bajarish imitatsiya, taqlid qilish, o'xshatish mexanizmi yetarli emas. A.Bandura faqatgina kuzatuv orqali yangi xulq-atvor aktiga o‘rganish mumkin emasligi haqidagi qarshilikni e’tirozni hisob- ga olgan. 0 ‘zining ijtimoiy o‘rgatish nazariyasi nomli asarida u S-R chizmasiga qanday qilib modelning taqlidi subyektda yangi xulq-atvor aktini shakllanishiga olib kelishini tushuntirish uchun zarur bo'lgan 4 oraliq jarayonni kiritgan kuzatish orqali o'rgatish komponentlari diqqat jarayonlari, saqlab qolish, harakat ijrosi va motivatsiya quyidagilar bilan aniqlanadi:

— modelga diqqatni qaratish va tushunish anglash quyidagilar bilan aniqlanadi;

— model xususiyatlari ijtimoiy xarakteristika, obro‘-e’tibor- ning namoyon bolishi, kompetentlik, shaxsiy jozibadorlik;

— harakat namunasining xarakteristikalari funksional amaliy ahamiyati. yangiligi, zaruriyati;


— avvalgi qo‘llab-quvvatlash bilan bog'liq bo‘lgan kuzatuv- chining o‘zini sensor qobiliyati perseptiv ustanovkasi va motivat- siyalari.

2.       Modelning eslab qolib, saqlab qo‘yishi kognitiv tashkil etish, obrazli va verbal kodlashtirish yordamida amalga oshiriladi.

3.       Motorli reproduktiv jarayonlar xotirada ramziy kodlashtiril- gan ma’lumotlarni, muvofiq bo‘lgan harakatlarga, real xulq-at- vorga o‘tkazishni amalga oshiradi. Ushbu aniq muvozanatlash- gan harakatlarga o‘rganish mumkin va zarur jismoniy qobiliyati, teskari aloqa aniqligi inobatga olinadi.

4.       Motivatsion jarayonlar qo‘llab-quvvatlashni o‘zgarish xa- rakteri bilan bog‘liq bo‘lgan kuzatishdan real xulq-atvorda model ijrosiga o'tish sodir bo‘lishini aniqlaydi, tashqi bilvosita o‘z-o‘zini qo'llab-quvvatlash.

A.Bandura ijtimoiy kognitiv o‘rgatishni murakkablik daraja- si bo‘yicha bir qancha turli ko‘rinishlarini tavsiflagan modelning oddiy taqlidi, imitatsiya, o'xshatish, nusxa olish, ma’lum bir ha- rakatlarning o‘tkazilishini, uzatilishini ta’minlaydi. Shirinlik bilan mehmon qilish, ko‘rishganda salomlashmoq, mavhum model- lashtirish orqali kuzatuvchi o‘zining aniq namunalar doirasidan chetga chiquvchi xulq-atvorini tartibga soladi.

Mavhum abstrakt modellashtirish ongli tafakkurga asoslana- di, qachonki kuzatuvchi tashqi turli reaksiyalardan umumiy qir- ralarni ajratib olib, tamoyillarni aniqlaganda qoidalarni shakl- lantiradi. Bunday tarzda xulq-atvor nutqning ma’lum bir uslubi tuzilishi mumkin mehribon, xayrixoh, muloqotchan yoki qay- sar, agressiv, berahm inson bo'lish ijtimoiy o‘rgatishni birmun- cha darajada murakkab ko‘rinishi kreativ ijodiy modellashtirish ta’sirning turli manbalarini innovatsion sintezi natijasi sifatida ijod elementlarini qamrab oladi. 1980-yillar o‘rtalaridan boshlab A.Bandura ko‘p e’tiborini aynan rivojlanishning ichki omillariga qaratadi, o‘z-o‘zini baholash, nazorat qilish, muvaffaqiyat garchi modellashtirish uning ishlarini muhim mavzusi bo‘lib qolishda davom etsa-da, u shaxs shakllanishi va o'zgarishini tushuntirish

145

uchun shaxs mahsuldorligining kognitiv mexanizmini taklif qil­

gan.

8.4. Bolalar rivojlanish taraqqiyotini o‘rganishning diadik tamovili

Ijtimoiy o‘rgatish yo‘nalishining boshqa vakili R.Sirs ota-ona va farzand munosabatlarini o‘rgangan. R.Sirs ilk bolalik davrida- gi har bir bola xulq-atvorini ona va bola xulq-atvori birligini ifo- dalovchi o‘ziga xos diadik birlik ichida keluvchi davr sifatida ko'rib chiqishni muhim deb hisoblagan. U bolaning rivojlanishi­

ga ota-onaning ta’sirini amalga oshiruvchi vosita bo‘lgan mexa- nizmni tushuntirish uchun o‘rgatish nazariyasi doirasida psixo­

analitik atamalarni yengish, regressiya, identifikatsiya qo'llagan.

R.Sirs tomonidan bolaning rivojlanishida xulq-atvorning umumiy motivatsiyasi xarakteriga ko‘ra farqlanuvchi uchta yoshga bog‘liq faza ajratilgan. R.Sirs bo‘yicha xulq-atvor shakllanishi motivatsiyasi hayoti davomida orttirilgan hosil bo‘lgan ehtiyojlar—tobe- lik yoki qaramlik bevosita bog‘liqlikda bo‘ladi. Boshlang‘ich faza- da bola o‘zining organik sezgisiga yuklangan va autik bo‘lgan. Biologik ehtiyojlarni qondirilishi, ochlik va chanqovni qondir- moq, sovuqlik va og‘riqdan xalos bo‘lish onaning harakatlari bilan bolani bog‘laydi, bu birinchi o‘rgatish tajribasini tashkil etadi. Bunday tarzda onaga tobelik bog‘iiqlik iug‘iladi. Bola ijtimoiy- lashuvni boshlanishi diadik o‘zaro ta’sirni ortganligini unga kim

g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan bo‘lsa ular bilan birlamchi harakati- ni ko‘rsatadi.

Maktabgacha tarbiya yoshida bolaga birmuncha darajada yetukroq xulq-atvorni shakllantirishga yordam berib, quvvatlash- ning asosiy vakili sifatida namoyon bo‘luvchi ona-ota, oilaning boshqa a’zolan muhim ta’sir ko‘rsatadi. Bola o‘quvchi oila a’zola- ridan kamroq darajada qaram bo‘ladi. Shu o‘rinda uni o‘qituvchi

tengqurlari do'stlaridan qaramligi ortadi. Tobe qaram xulq-at- vorning xarakterli shakllari ilk bolalik davrida shakllanadi, ular ba’zan hayot davomida o‘rganiladi, mustahkamlanadi va saqlab qo'yiladi. Ular orasida diqqat bilan qidirish, sening ish va yu- mushlaringda boshqa insonning ishtirokini ta’minlashga intilish, yordam so‘rab murojaat qilish, silash, ushlab turish va fazoviy yonida bo‘lish yaqinlikka intilish va boshqalarni kiritish mumkin. Juda kuchsiz qaramlik adekvat ijtimoiy xulq-atvorni shakl- lantirish uchun zarur bo‘lgan motivatsion bazalarni ta’minlay ol- masa, juda kuchli qarshilik esa individni shaxsiy motivatsiyasiga o‘tishga, mustaqil, erkin bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi. Ota-onalar- ning bola bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lish uslubi rag‘batlantirish va ja- zolash nuqtayi nazari bilan uyg‘unlashgan, juda chuqur o‘ylan- gan bo‘lishi kerak.

Shuningdek, Dj.Gevirts yetuklik va go‘daklik yoshidagilar- ning ijtimoiy motivatsiyasi va qaramligini yuzaga kelish shart- larini o‘rgangan. Uning yondashuvini yangiligi shundaki, un- da bolaning xulq-atvori ota-ona xulq-atvoriga quvvatlovchi ta’sir manbasi sifatida talqin qilingan. Ota-ona rag‘batlantirish va ja- zolash tizimlarini qo‘llagan holda o‘z farzandining xulq-atvorini shakllantiradi, lekin bola hatto go'dak chaqaloq ham jilmayish, kulish, yig‘lash vokalizatsiyani namoyish etib, ota-onasida tur­

li xil ko‘rinishdagi xulq-atvorini shakllantirishi va nazorat qilishi mumkin. R.Sirsning ota-ona va farzand munosabatini asosi sifa- tidagi diadik tamoyili haqidagi g'oyalari keyinchalik qayta ishlab chiqilgan. Ijtimoiy xulq-atvor har qanday xulq-atvorning umumiy qonuniyatlariga bo‘ysunadi, biroq muhitning stimulli qo‘zg‘atuv- chi, rag‘batlantiruvchi ta’siri boshqa odamlar xulq-atvori bilan asoslanadi. Dj.Gevirts aniq bir bola uchun u yoki bu stimullar- ning ta’sirchanligi xususidagi masalani alohida ta’kidlaydi. Bolaning individual rivojlanishida aynan bir xil stimullar ham turli qo'zg‘atuvchi kuchga ega bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy-motivatsion rolni bajarish uchun stimulyatsiya qo‘zg‘atuvchi rag‘bat ahami- yatli funksional bo‘lishi kerak. Muntazam ravishdagi tanbeh, pand-nasihat bolaning xulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatmay qo‘yadi.

1. Bolaning psixologik tabiati haqidagi tasavvurlarning o‘zga- rishi. Shunday qilib, XX asrning ikkinchi yarmida amerika psixologiyasida rivojlanish asta-sekin bolaning psixologik tabiati haqidagi tasavvurlarga o‘zgaradi. Bola nafaqat o‘z atrofidagilarning ta’sirini his qiluvchi, balki o‘zi ham ularga ta’sir ko‘rsatuvchi, ya’ni o‘zaro aloqa bo'yicha hamkor subyekt sifatida faol mavjudot sifatida ko‘rib chiqila boshlandi. Yangi yondashuvning ayrim ji- hatlari A.Bandura va Dj.Gevirts g‘oyalarida ifodalandi, chunon-

chi, masalan, hayotning ilk bosqichlarini mustaqil ravishda kuzatish orqali o‘rgatish haqiqiy amaliyligini, xulq-atvor harakatlari tuzilishida ichki kogniuv o‘zgaruvchilarni ajratishni, ichki quv- vatlovchi javoblar ahamiyatini e’tirof etgan XX asrning 70-yillari o'rtalariga kelib, psixika ontogenezini tadqiq qilish uchun ijtimoiy o‘rgatish nazariyasi va manipulyativ eksperiment metodida-

gi asosiy qiyinchilik yo'nalishning o‘zini ichida aniq bo'ldi:

— ma’lumotlar aniqligi va to'g'riligiga urinishda qidiruv eks- perimentidan voz kechish yuz berdi, eksperimental metod o‘z- o‘zidan ma’lum bo‘lgan faraz bilan laboratoriya testlariga mu- vofiqlashtirishdi;

— ko‘pincha laboratoriya eksperimenti sun’iy xarakter kasb etgan real hayotiy muammolardan ajratib olingan va bolaning psixik rivojlanish jarayonlarini tushunish uchun yaroqsiz amaliyot talablariga javob bera olmaydi:

— tadqiqot natijalari yoshga bog‘liq tafovutlar va kishilar xa- raktekistikalarini qayd etishni o‘zida namoyon etgan, lekin ularning yordami bilan rivojlanish sabablarini va shartlarini aniqlab bo'lmagan — ко p takrorlanuvchi empirik ma’lumotlarda tu- shunchani umumlashtiruvchilari kam sonli va kuchsiz edi;

— kattalar va bolalar, hayvonlar va insonlar psixik faoliyati- ning umumiy mexanizmlari mavjudligiga uqtirish insonning ontogenetik rivojlanishini o‘ziga xos xususiyatlarning haqiqiy im- koniyatlarini tizimli ravishda pasayishiga olib keldi.

Ma’lum qilinishicha, rivojlanish psixologiyasi «imkon qadar qisqa oraliq vaqt mobaynida qiziq bir inson bilan ajoyib o‘zaro ta’sir vaziyatida bolaning g'alati xulq-atvori haqidagi fan» isteh- zoli bo'lish kerak emas deb uni U.Bronfenbrenner ta’riflagan.


Ushbu qarama-qarshiliklarni anglash rivojlanishning amerika psixologiyasida yangi tendensiya (g‘oya) tabiiy tadqiqot g‘oyasi- ni tug‘ilishiga bolaning psixik rivojlanishi tuzilishidagi aksent- lar aralashuviga olib keladi. XX asrning 80-yillari boshida ilmiy

tadqiqotning majburiy xarakteristikalaridan biri ekologik valid- lik talabi bo‘lgan. Ekologik validlik kundalik hayotdagi vaziyatlar xususiyati sinaluvchilarni tadqiqot vaziyatda qurshab turuvchi shart-sharoitlar muvofiqligi sifatida muhokama qilinadi. Tad- qiqotchining dolzarb shiori bolaning bilish jarayonlari va har qanday faolligini bu uning tabiiy maqsadga yo‘naltirilgan faoli- yatida qanday o'rin egallasa shunday ko'rinishda o'rganish kerak, eksperimental tadqiqot o‘tkazishga yangi talablar ilgari suril- gan edi: sinaluvchiga ko‘rsatmani maishiy (kundalik) tilda taqdim qilish eksperimentator faolligini cheklash, sinaluvchini diqqat bilan kuzatishi va uning hal etish strategiyasini qayd qilib bo- rish o‘zgarishlarni aniqlash o'rgatuvchi eksperimental tadqiqot- lar qo llanilishidan voz kechish real hayotda aynan shu metod va mexanizmlar qo‘llanilishiga kim kafolat beradi.

Ijtimoiy-madaniy yondashuv. Insoniyat taraqqiyotini tushu- nishga ekologik yondashuvda bu o‘zgarishlar birmuncha dara­

jada yaqqolroq ko'zga tashlanadi. U.Bronfenbrenner, D.Kyun, Dj.Vulvili, R.Makkol bolaning hayotini yaqin oilaviy qurshovdan boshlab, ijtimoiy, tarixiy kontekstgacha o‘z ichiga oluvchi real sharoitlarida uning kundalik xulq-atvorini о ziga xos xususi- yatlarini diqqat bilan tadqiq qilish zaruriyatiga e’tiborini qarata- di. Analizga ekologik ahamiyatli o‘zgaruvchilar sifatida bolaning barcha hayotiy jabhalari kiritiladi uy, oila, sinf, transport, ijtimoiy rollar va funksiyalar: qiz, opa, o'quvchi xulq-atvor faolligini xarakteristikasi davomiylik, zo‘riqish. U.Bronfenbrennerning ekologik tizim modeli keng mashhurlikka ega bo‘ldi. Ular tomonidan bolaning rivojlanishi dinamik jarayon sifatida ko‘rib chi- qiladi, bir tomondan ko‘p darajali hayotiy muhit o‘sib ulg'ayuv- chi individga ta’sir ko‘rsatadi va boshqa tomondan uning o‘zi faol ravishda uni qaytadan tuzadi. U.Bronfenbrenner bolaning

149

hayotiy muhitini to‘rt darajasini ajratgan. Hayotiy muhitning mikrodarajasi individni uning yaqin atrofidagilar bilan o‘zaro

ta’sirini oila, bog‘cha, xarakterli bo‘lgan mashg'ulotlar va ijtimoiy rollarni o‘z ichiga oladi. Mezodaraja yoki mezotizim ikkita yoki undan ko‘p mikrotizimlar o'rtasida rasmiy yoki no- rasmiy aloqalar yuzaga kelganda hosil bo'ladi, masalan, oila va maktab oila va tengdoshlar guruhi o'rtasida. Ekzodaraja indi­

vid tajribasi bilan bevosita bog‘liq bo'lmagan, lekin unga bil- vosita ta’sir ko‘rsatuvchi keng ijtimoiy muhitni qamrab oladi. Ota-onaning bandlik xarakteri, mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat, oilaviy axborot vositalarining roli va nihoyat makrodaraja yoki makrotizim qadriyatlar, an’ana odatlar, qonunlar hukumat das- turlarining madaniy va tarixiy kontekstini hosil qiladi. U.Bron- fenbrennerning fikriga ko‘ra, bu barcha quyi darajalarga muhim ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotchilarning ko'proq e’tiborini jalb qiladigan hayotiy yo‘l insonning rivojlanish g‘oyasini laboratori- yaning nazorat qilinuvchi sharoitlarida o'rganib bo‘lmaydi. Na- faqat oldindan aytish mumkin bo‘lgan yoshga bog‘liq o'zgarish- larni, balki har bir yoshga bog‘liq o‘zgarishlarni, balki har bir

avlod uchun keng madaniy va tarixiy omillarni hisobga olish- ni talab qiladi. P.Baltes 3 turdagi omillarni ajratgan. 1. Yosh­

ga bog‘liq me’yorlar. 2. Tarixiy me’yoriy. 3. Me’yoriy bo‘lma- gan omillar. Yoshga bog‘liq me’yoriy omillar bu aytish mumkin bo‘lgan yoshdagi o‘zgarishlarda biologik tishlarni yorib chiqishi, jinsiy yetilishi (menopauza va b.) va ijtimoiy (maktabga chi- qish, harbiy xizmatga chaqiruv, nafaqaga chiqish va boshqalar) sodir bo‘ladi. Tarixiy me’yoriy omillar — bu butun yosh davri kategoriyalariga (qatoriga) u yoki bu tarzda ta’sir ko'rsatadigan

global (dolzarb) mashtabdagi tarixiy hodisalardir (urush, siyosiy va iqtisodiy tarzda o‘zgarishi. epidemiya). Me’yoriy bo‘lmagan omillar — hayotning aniq bir vaqti bilan bog‘liq bo‘lmagan, lekin uni bazan keskin (birdan) o'zgartirishga qodir bo‘lgan, shaxs hodisalarini aks ettiradi (kasallik, jarohat, muhim inson bilan uchrashuv ajrashish va boshqalar). Aslida vaziyat bundanda murakkab chunki, ajratilgan omillar ta’siri bir qator boshqa xususi- yatlar, xususan jins. yosh, irq, ijtimoiy mansubligi. So‘z inson hayot yo‘liga bu omillarning murakkab qorishgan ta’siri haqida bermoqda.

Shunday qilib, biz inson psixik rivojlanishini aniqlovchi omillar muammosiga asosiy e’tiborni qaratib, O.Uotsonning klassik bexiviorizm nazariyasi, B.Skinnerning operant o‘rga- tish nazariyasi, A.Banduraning ijtimoiy kognitiv nazariyasi va U.Bronfenbrennerning ekologik tizim modeli misolida rivojlanish psixologiyasidagi xulq-atvor yondashuvi evolutsiyasini ku- zatdik.

Mavzuni mustahkamlash uhun nazorat savollari:

1.       Ijtimoiy o‘rganish ta’limotining markaziy muammosi nima?

2.       Ijtimoiy o‘qitish nazariyasining evolutsiyasi qanday bosqich- larni o‘z ichiga oladi?

3.       Kuzatish, taqlid qilish orqali o‘rgatish fenomenining maz- munini so'zlab bering.

4.       Bolalar rivojlanishi taraqqiyotini o‘rganishning diadik ta- moyilining mohiyati nimadan iborat?

Mavzuni mustahkamlash uchun test savollari:

1. Ijtimoiy о rgatish atamasi kim tomonidan kiritilgan?

a)    *N.Miller va D.Dollard;

b)    K.Levin va A.Maslou;

c)    C.Rubinshteyn va N.Leontev

d)    J.Piaje va E.G‘oziyev.

2. Ijtimoiy o‘rganish nazariyasi qachon va qayerda vujudga keldi?

a)     *Amerikada XX asrning 30-yillari oxirida;

b)    Fransiyada XX asrning 50-yillari oxirida;

c)     Angliyada XX asrning 80-yillari oxirida;

d)    Germaniyada XX asrning oxirida.

3. Ijtimoiy o‘rganish yo‘nalishi?

151




IX BOB. PSIXIK RIVOJLANISH INTELLEKT SHAKLLANISHI SIFATIDA: J.PIAJE KONSEPSIYASI

Reja:

1.                    J.Piajening bola intellektual rivojlanishini tadqiq qilishini asosiy yo‘nalishlari.

2.                    J.Piajening intellekt operatsional ta’limoti.

3.                    J.Piaje nazariyasining asosiy fikrlari tanqidi.

Mavzu o‘quv maqsadi:

Ta’limiy: Talabalarga Piajening bola intellektual rivojlanishini tadqiq qilishining asosiy yo‘nalishlari haqida bilim berish.

Tarbiyaviy: Bo‘lg‘usi psixologlarda kichik maktab yoshidagi bolalarni sevish, ular shaxsiga hurmat bilan qarash hislarini singdirish. Talabalarni kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarga sa- marali ta’lim-tarbiya berish uchun o‘z shaxsiy fazilatlarini tahlil qilishga o‘rgatish.

Rivojlantiruvchi: Olingan nazariy bilimlarni mustahkamlab, amaliyotga yo‘naltirish yoilari bo‘yicha ko‘nikma-malakalarni rivojlantirish.

Tayanch tushunchalar: intellektual rivojlanish, egotsentrik nutq, akkomadatsiya, egoism, ichki nutq, operatsional ta’limot.

9.1. J.Piajening bola intellektual rivojlanishini tadqiq qilishning

asosiy yo‘nalishlari

J.Piaje (1896—1980) shvetsariyalik va fransuz psixologi bo‘lib, u 52 ta kitob va 458 ta ilmiy maqolalar muallifi, Jeneva genetik psi- xologiya maktabining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biridir. J.Pia­

jening ilmiy ijodiyoti shu qadar turli xil ko‘rinishdagi metodologik va nazariy bahs-munozaralar predmeti bo‘lib qolishda davom et- moqda. J.Piaje tomonidan kashf etilgan fenomenlar esa eksperi- mental qayta tekshirilib chiqilmoqda. J.Piaje bolaning bilish faoliyati mexanizmlarini o‘rgangan. J.Piaje intellekt shakllanishini barcha boshqa psixik jarayonlar bog‘liq bo‘lgan bolaning psixik rivojlanishini markaziy chizigi sifatida ko‘rib chiqqan. J.Piaje ish- larida tadqiq etilgan asosiy masalalar bola tafakurining o‘ziga xos



L.S.Vigotskiy J.Piajening ilk ishlaridayoq yozgan edi. Eng muhi- mi shundan iboratki, J.Piaje bola kattalarga nisbatan «esi pastli- gi» va kattalar intellekti bilan taqqoslaganda bolaning tafakkuri miqdoriy kamchlikka egaligi yondashuvidan voz kechib, bolalar

tafakkurini sifat jihatdan o‘ziga xosligini tadqiq qilish vazifasini birinchi bolib qo'ygan1. T.Simon laboratoriyasida ishlayotib yosh J.Piaje bolalar maktabgacha tarbiya yoshidagilar nutqiga ko‘proq ahamiyat qaratgan, uni ayniqsa test savollariga javob berishida-

gi takrorlanuvchi xatolar qiziqtirgan bolalar bog‘chasi sharoitida tadqiqot o‘tkazilib, unda kuzatuvchilar erkin faoliyat (rasm chi- zish yasash yoki o‘yin davomida bolalarning barcha aytgan fikr- lari va bajaradigan harakatlarini tizimli ravishda qayd qilib bor-

ganlar. J.Piaje taxminiga ko‘ra, bolalar fikrlarini ikkita guruhga bolish mumkinligini ko‘rsatadi. Suhbatdoshini javob qaytarishi- ga manfaatdorligi xarakterlanadi, uning vazifasi suhbatdoshga ta’sir ko‘rsatish.

1.       Ijtimoiylashgan nutq darajalari kategoriyalari axborot, tan- qid, buyruq, iltimos, taqlid, savol, javob.

2.       Egotsentrik nutq shakli bo‘yicha bu fikrlar har xil boiishi mumkin takrorlash (exolaliya) monolog jamoaviy biroq umumiyli- gi suhbatdoshining nuqtayi nazari qandayligi, uni tinglayotganli- gi bilan qiziqmay bola ayni damda nimani o‘ylayotgan boMsa shu haqida o‘z fikrini bildiradi. Egotsentrik nutq vazifasi ta’sirliroqdir

«Suhbatlashishdan qoniqish» harakatlarni kuzatilishi va ritmliligi J.Piaje bolaning erkin nutqida egotsentrik nutq hissasini oMchab ko‘rib, ilk yoshda egotsentrik nutq koeffitsienti yuqoriligini -75%, 6—7 yoshga kelib asta-sekin pasayishini aniqlagan. Ta’kidlarning oddiy to‘qnashuvini emas, balki tomonlarning o‘zaro tushuni- shi va tushuntirishga manfaatdorligi bilan kuzatiladigan nuqtayi nazarlar almashinuvini o‘zida namoyon qiluvchi bahs-munozara faqatgina 7—8 yoshga kelib yuzaga keladi.

1 4 David G. Myers «Psychology ninth edition in modules». NY, WORTH PUBLIShER-2010 . 185pages.

J.Piaje egotsentrik nutq faktlarida bolalar fikrini sifat jihatidan o‘ziga xosligining muhim isbotini ko‘rgan. J.Piaje fikriga ko‘ra, kuzatish metodi intellektual testlar bolalar fikrini o‘ziga xos xu- susiyatlarini ochishga qodir emas. Test tekshiruvi vazifani hal etishning pirovard natijasinigina qayd etgan J.Piaje esa maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar tafakkurining ichki tuzilishiga- cha kirib borishga harakat qilganini J.Piaje yangi metodni, klinik yoki suhbat metodini ishlab chiqqan. J.Piajening klinik suh- bat metodini bu bola bilan qayd qilingan me’yoriy savollar bilan chegaralanib qolmay erkin suhbatlashishidir. Eksperimenta- tor va bolaning muloqotini mazmuni tabiat hodisalari tushlar, axloqiy m e’yorlarga taalluqli bo‘lgan. Kundalik hayotda bolalar o‘zlari ko‘pincha kattalarga beradigan savollardan iborat edi. «Os- monga quyosh qayerdan kelgan, nima uchun quyosh qulamay- di, u qanday turibdi, nima uchun quyosh porlaydi, nima uchun

shamol esadi, shamol qanday qilib hosil bo‘ladi, odamlar qanday qilib tush ko‘radilar». Klinik metod bu puxta amalga oshiriladi- gan ma’lumotlarni aniqlash, nutq va aqliy rivojlanishning yoshga bog'liq kesimidir. Tadqiqotchi savollar berib, bolaning fikr-mu- lohazalarini tinglaydi. Bolaning har bir oldingi javobiga bogiiq bo‘lgan qo‘shimcha savollarni keyin beradi. U bola holatini nima aniqlashi uning bilish faoliyati tuzilishi qandayligini aniqlash- ni nazarda tutadi. Klinik suhbat davomida bola reaksiyasini no-

to‘g‘ri talqin qilish ayni damda kerakli boigan savolni topa olmay gangib qolish yoki aksincha kutilayotgan javobni singdirish xavfi har doim mavjud bo‘ladi. Klinik suhbat o‘ziga xos so‘rov qilish

san’atini aks ettiradi.

J.Piajening dastlabki farazi go‘dakning autizmdan kattalarning amaliy ijtimoiylashgan tafakkuriga o‘tishini ta’minlovchi ta- fakkurning oraliq shakli egotsentrik tafakkurni aniqlanganligida edi. J.Piaje psixoanalizdan autistik va ijtimoiylashgan fikrlar far- qini o‘zlashtirib olgan. Autistik fikr xohishni, ehtiyojni qondirish- ga intilish bilan boshqariladigan individuallashtirilgan yo‘nalma- gan ongsizlikdir, u obrazlarda namoyon bo‘ladi. Ijtimoiylashgan ongli yo‘nalgan fikr ijtimoiy bo‘lib, anglangan ongli maqsadlar- ga intiladi, voqelikka uyg‘unlashadi, tajriba va mantiq qonunlari- ga bo‘ysunadi. Nutqda ifodalanadi, egotsentrik tafakkur — irsiy, funksional tuzilmaviy nuqtayi nazarlardan rivojlanishidagi oraliq shakldir. Bolalar tafakkurining asosiy o‘ziga xos xususiyati sifatida egotsentrizm olam haqida faqatgina o‘zining bevosita fikri- da turadi va boshqalarnikini hisobga olmaydi. J.Piaje tomonidan egotsentrizm bilishning anglanmagan tizimli illyuziyasining bir turi bolaning yashirin aqliy yondashuvi sifatida ko‘rib chiqilgan. Shu bilan birga egotsentrik tafakkur — tashqi olam ta’sirining murakkab belgisi, bu o‘z manbalarida faol bilish yondashuvi, aql- ning boshlang‘ich bilish markazidir. J.Piaje egotsentrizmni bolalar tafakkurining barcha boshqa o‘ziga xos xususiyatlarining aso- si, ildizi sifatida talqin qiladi, egotsentrizmni bevosita kuzatuvda aniqlab bo‘lmaydi, u boshqa fenomenlar orqali namoyon bo‘ladi. Ularning orasida bolalar tafakkurining xususiyatlari mavjud: rea- lizm, animizm, artifikalizm va realizm.

Realizm. Rivojlanishning ma’lum bir bosqichida bolalar predmetlarni qanday bevosita idrok qilsalar, ana shunday talqin qiladilar. (Masalan, sayr davomida oy bolani kuzatib boradi), realizm intellektual bo‘ladi — shamol daraxt shoxlarini silaydi, pred- metning nomi predmetni o‘zi kabi shu qadar aniq bo‘ladiki, pred- met ko‘rinishi ochiq-oydin va bola buyum haqida nimani bilsa barchasini qamrab oladi. Axloqiy realizm bola xatti-harakatlarida ichki maqsadni inobatga olmay u haqida faqat pirovard natija-

ga qarab fikr yuritishida namoyon boiadi. Masalan, kim ko‘proq piyola sindirgan bo‘lsa ana shu ko‘proq aybdor boiadi, ya’ni bit- tasi yordam berishni xohlab, tasodifan idishni qo‘lidan tushirib yuborgan bo‘lsa ikkinchisi, g‘azablanib atayin idishlarni sindirgan i hisobga olinmaydi.

Animizm umumiy ruhlantirish, ong va hayot, his-tuyg‘ular bilan buyumlarni taqsimlashni birinchi navbatda mustaqil ha- rakatlanuvchilarni, masalan, bulut, daryo, oy, avtomobil, ulov o‘zida namoyon qiladi.

Artifikalizm tabiat hodisalarini inson faoliyati bilan taqqoslab tushunishdir. Barcha mavjudlik inson uchun yoki uning irodasi- ga ko‘ra inson tomonidan yaratilgan sifatida talqin etiladi, quyosh bizga yorug4 bo‘lishi uchun, kol kemalar suzishi uchun. J.Pia­

je tomonidan bolalar mantiqining o‘ziga xos xususiyatlari ajratil- gan ro‘yxat orasida sinkretizm bolalar tasavvurining subyektivli- gi va dolzarb umumiyligi, barcha bilan barchani bog‘lash fikri, tendensiyasi bir-biriga yaqin sifatida tafsilot, sabab va oqibatlarni idrok qilish;

— transduksiya umumiylikni chetlab xususiydan xususiylikka o‘tish;

— sintez va o‘z holatiga qobiliyatsizligi fikr-mulohazalar o‘rtasidagi bogliqlikni mavjud emasligi;

— qarama-qarshilikka sezgir emaslik;

— o‘zini o‘zi kuzata olmaslik;

— anglashdagi qiyinchiliklar;

— tajriba uchun sir boy bermaslik bola tashqi ta’sirlar, tarbi- yadan ayrim izolatsiya qilinmagan, lekin unda bu o‘zlashtirilgan va shakli o‘zgargan.

Barcha bu xususiyatlar bola mantig‘ini belgilovchi kompleks- ni, kompleks asosida esa egotsentrik nutq va tafakkur yotadi.

A.Binening uch aka-ukalar haqidagi vazifani hal etish jarayonida bolalarda egotsentrizmning yaqqol namoyon boMishi kuzatiladi. Shunday qilib, oilada uchta aka-uka Mitya, Vova, Sasha bo‘lsa- yu va Sashadan uning nechta akasi borligi so‘ralganda, u o‘zining ikkita akasini Mitya va Vova deb aytib, to‘g‘ri javob beradi. Keyin Mityada nechta ukasi borligi aniqlashtirilganda odatda olti-yetti yoshgacha bola yanglishadi. Bitta Vova deya javob berdi vaholan- ki, to‘g‘ri javob uchun u xayolan o‘rnini, pozitsiyasini o‘zgartiri- shi zarur edi, akasi Mitya o‘rnini egallashi kerak, buni esa u ud- dalay olmaydi.

Bolaning egotsentrik holatini yaqqol namunasi sifatida uch tog‘ maketi bilan bog‘liq boigan eksperiment xizmat qiladi. Bola uchta har xil rangdagi va qo‘shimcha farqlanuvchi belgilardagi qorli cho‘qqi, uycha, daraxt tog‘ maketlari joylashtirilgan stol qarshisiga o‘tiradi. Boshqa tomonda qo‘g‘irchoqlar joylashtiril­

gan. Boladan (topshiriq variantlaridan birida) unga havola etil- gan nusxalardan tog1 ko‘rinishi tasvirini qo‘g‘irchoq ularni qanday ko‘rayotgan bolsa, xuddi shunisini topish so‘ralgan, 6—7 yoshgacha bolalar olzlari nimalarni ko‘rsalar, u aks ettirilgan su- ratni tanlashga moyildirlar. J.Piaje «Egotsentrik illyuziyaning bu fenomenini boshqa nuqtayi nazarlar mavjudligi va ularni o‘ziniki bilan solishtirib boMmasligi tasavvurlarning mavjud emasligi bilan tushuntirgan.

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar pozitiyasi (holati) sifatida egotsentrizm ildizi nimadan iborat? J.Piaje ularni bolalar faoliyatining o‘ziga xos xarakterida (masalan, ota-onaning

g‘amxo‘rligi bolaning barcha moddiy ehtiyojlarini oldindan ba- jarib qo‘yadi va u deyarli ziddiyatli narsalar bilan uchrashmaydi) bolani nisbatan kechroq ijtimoiylashuvida, ijtimoiy muhitga 7—8 yoshdan oldinroq moslashmasligida ko‘radi.

Egotsentrizmni bartaraf etish uchun subyekt sifatida o‘z

«Men»ini anglash va obyektdan subyektni ajratish boshqalar bilan o‘z nuqtayi nazarini muvofiqlashtirishga o‘rganish zarur. Egotsentrizmni pasayishiga yangi bilim qo‘shilmasdan, balki oldingi yondashuv o‘zgarganligi bilan izohlanadi.

Kattalar bilan munosabat ko‘proq majbur qilish munosabatidir u bolani o‘z subyektivligini anglashiga olib kelmaydi. 0 ‘zi haqidagi bilimlarni rivojlantirishi ijtimoiy o‘zaro ta’sirdan sodir boiadi, bu munosabatda bolaning tengdoshlari bilan hamkorlik qilish juda muhimdir. Bunday tarzda asta-sekin bilish tendensi- yasi markaziy ba’zi bir vazifalarni mahalliyga berilishi sodir bo‘lib ijtimoiylashgan fikr egotsentrizmni siqib chiqaradi va egotsentrik nutq yo‘qolib, yo‘q boiib ketadi.

J.Piaje qarashlarini L.S.Vigotskiy tomonidan tanqidiy tahlili. J.Piajening egotsentrik nutq vazifasi va taqdiri haqidagi farazidan gumon qilib, L.S.Vigotskiy rus psixologiyasida birinchi bo‘lib bolalar egotsentrizm fenomenining nazariy tahlili va eksperimental tadqiqini (o‘tkazgan) ochib bergan. L.S.Vigotskiy bolaning rivojlanishida egotsentrik nutqni yuzaga kelishi haqida o‘z farazini taklif qilgan. U egotsentrik nutqni «o‘zi uchun nutq» sifatida tashqi ijtimoiy nutqdan ichkiga o‘tish bosqichi sifatida talqin qilgan.

Bundan kelib chiqib ichki nutq rivojlanishining boshlang‘ich shakli sifatida egotsentrik nutqning tuzilish shakli sifatida o‘zi- ga xos xususiyatlari xarakterlidir: vaziyatda chetda bo‘lgan atrof- dagilar uchun tushunarsizlik, qisqartirilganlik, tushirib qoldirish- ga moyillik, egotsentrik nutq kattalarning ichki nutqi bilan uni yaqinlashtiruvchi, juda muhim vazifani bajaradi: bola xulq-at- vorini rejalashtirish, tashkillashtirish va boshqarish (funksiyasi) vazifasi.

L.S.Vigotskiy egotsentrik nutq vazifalarini bunday izohlani- shini isbotlash uchun qator o‘ziga xos eksperimental usullarni qo‘llagan. Masalan, bolalarning erkin faoliyati jarayoniga buzi- lishlar va qiyinchiliklarni kiritish ma’lum bir vaziyatni bolada ke- rakli qalam, qog‘oz bo‘yoqni mavjud emasligi. Ma’lum boiishi- cha, qiyinchilik vaziyatida egotsentrik nutq koeffitsienti deyarli ikki martaga oshgan. Bola yuzaga kelgan vaziyatni anglashga harakat qilib o‘z-o‘zi bilan mulohaza yuritadi: «Qalam qayerda endi qizil rangda chizib suv bilan ho‘l layman (namlayman), u qorayadi va ko‘k rangga o‘xshab qoladi». Singan qalam tramvay

g‘ildiragini to‘g‘ri chizib tugatishga imkon bermasligi rasm sujeti- ni o‘zgartirishga undaydi, keyin gap tramvayning ishdan chiqishi va uni sozlash haqida ketadi. Egotsentrik nutq funksiyasi xulq-at- vorning murakkab uyg‘unligidir (ritmligi) yanada keng ma’noda murakkab vaziyatdan chiqish rejasini ishlab chiqish kelgusidagi xatti-harakatlarni fikrlash, rejalashtirish va boshqarish vositasidir. Shu o‘rinda bunday rol haqida J.Piaje quyidagi fikrlarni bildir- gan: bola o‘zining xatti-harakatlari xususida faqat ovoz chiqarib o‘ylasaa, sira hech nimani hech kimga aytishni xohlamaydi. Bunday tarzda egotsentrik nutq taqdiri uning xususida butunlay ichki nutqqa tubdan o‘zgartirish bilan bogliq. J.Piajening egot-


sentrik nutq haqidagi dastlabki tasavvurlarini (J.Piaje egotsentrik nutqni ta’limotining negizi sifati ko‘rib chiqqan) L.S.Vigotskiy buzib, egotsentrizm fenomenining o‘zini inkor qilgan.

J.Piaje hamkasbining egotsentrik nuqtayi nazarini rivojlanish yo‘llari haqidagi aytgan farazining ahamiyatga ega ekan- ligini e’tirof etgan. U egotsentrizm individualizm emasligini o‘z «Men»ini anglashni haddan ortiq oshib ketmasligini, balki bilish istiqbollarini o‘zgartirishini oldindan detentratsiya qila olmas- lik ekanligini e’tirof etib, yana bir bor egotsentrizm tushunchasi- ga oydinlik kiritgan. J.Piaje fikriga ko‘ra, egotsentrizm fenomeni umumiy xarakterga ega bo‘lib, nutq sohasida faqat uni ifodalash bilan bog‘lab berilmaydi. Bilish egotsentrizmi, xususan kattalarda fikr-mulohaza yuritganda yoki bilish jarayonida o‘zining obyek- tiv holatini hisobga olmaganda (dastlabki faoliyat davrida ma’ru- za o‘qiyotgan o‘qituvchi o‘zi qay darajada bilsa, taxminan shu da­

rajada talabalar biladi, deb o‘ylashi mumkin) kuzatiladi.

9.2. J.Piajening intellekt operatsional ta’limoti

1930-yillardan boshlab J.Piaje tomonidan belgilangan va izchil ravishda hal etib borilgan ulkan vazifa bir vaqtning o‘zi- da bir qancha, ya’ni biologik, gneseologik, psixologik, mantiqiy va ijtimoiy tomonlarga ega bo‘lgan murakkab tizim sifatida intellektni kompleksli o‘zaro tartibli tahlildir. J.Piajening fikri­

ga ko‘ra, bolalarning kognitiv rivojlanishini psixologik tadqiqotni nazorat qiluvchi psixologiyaning genetik metodi bilish nazariya- sining asosiy savollariga eksperimental javob berishni talab qiladi: anglanilmaganlikdan bilishga, noaniqlikdan aniq bilishga o‘tish qanday sodir boladi. Tug‘ma g‘oyalar mavjudmi yoki bizning bi- limimiz butunlay tajribadan olinadimi, bilishning asosiy kategori- yalari tushunchalari obyekt, makon, vaqt, miqdor va boshqalar qanday shakllanadi. J.Piaje inson intellektini yashash muhiti- ga moslashish shakllaridan biri sifatida talqin qilgan. Har qanday tirik organizm atrof-muhit bilan uyg‘un o‘zaro munosabat- ni qo‘llab-quvvatlashda ichki ehtiyojga ega bo‘ladi. Ya’ni muhitga

161

moslashish ehtiyoji muhit bilan muvozanatda bo‘lish kuzatiladi. Muhit ta’siri organizmni muvozanatdan chiqaradi. Organizm yana qaytadan muvozanatga, moslashishga erishish uchun yo‘qotil- gan muvozanatni qoplashda uzluksiz faol holatda boMishi kerak. Masalan, kesilgan barmoq, ya’ni chetdan muhit ta’sirida lat ye- yish, jarohat olish, o‘zini o‘zi nazorat qilish jarayonlarini faol- lashtiradi, ular pirovard natijada turg‘unlikni, barqarorlikni, ya’ni kesilgan barmoqdagi teri qoplashini qayta tiklashi kerak. J.Piaje tomonidan muvozanatga, xususan bilishga intilish rivojlanishning yuqori tamoyili sifatida e’tirof etilgan. Muvozanat omilini

joriy etish harakatda bo‘lish jarayoni o‘zini o‘zi rivojlantirish sifatida psixik rivojlanishni intellekt rivojlanishi sifatida tushuni- lishiga imkon beradi. Bilishga moslashish jarayoni ikkita har xil yo‘nalishdagi jarayonlar assimiliyatsiya va akkomodatsiyadan hosil boladi. Assimiliyatsiya va akkomodatsiya qarama-qarshi yo‘nalgan, lekin chambarchas bogiiq va xulq-atvordagi bir-birini to‘ldiruvchi tendensiyadir. Ovqat va hazm qilish bilan qiyoslasa bo‘ladi. Muammoli vaziyatni hal qilish mavjud bo‘lgan harakat chizmasi yoki kognitiv chizma yordamida sodir boladi. Mutolaa qilganda axborot assimilyatsiyasi yuz beradi. Bola umumiy qilib olish chizmasidan foydalanib, har xil obyektlarni olishi mumkin. Assimilyatsiyani bilish tuzilishlarini bir butunligini, barqarorli- gini ta’minlaydi. Muammoli vaziyatning o‘zi yoki yangi obyekt ba’zi o‘zgarishlarga (transformatsiyalarga) uchragan.

Akkomadatsiya — bu yangi vaziyatga, yangi vazifaga mu- vofiq ravishda chizmani o‘zgartirishda rivojlanish, yangi chiz- malarni ishlab chiqishni ta’minlaydi. Assimilyatsiya va akkomadatsiya tendensiyalarini muvozanatlashtirish birmuncha darajada samarali moslashuvni ta’minlaydi, lekin bu holat har doim tax- miniy vaqtincha bo‘lib, buzilishi yana kuzatiladi. Ushbu tarkibiy

qismlarni xulq-atvordagi o‘zaro aloqasi har xil boMishi mumkin. Akkomadatsiyadan assimilyatsiyani ustunligi kichkina bolalarning ramziy o‘yinlarida kuzatiladi. Bolaning xohishi va qiziqishi- dan bogMiqlikda qari daraxt bo‘lagi «hazilkash» ham qo‘g‘irchoq,

162

ham qayiq, ham samolyot bo‘lishi mumkin. Akkomadatsiya ko‘proq taqlid qiluvchi harakatlarda tashqi ta’sir xususiyatlari- ga o‘z xulq-atvorini o‘xshatish vaziyatida (masalan, bola quti- ning ochilib yopilishini og‘iz harakatlari orqali taqlid qiladi «oiik o‘rdak» obrazini harakatlari orqali yaratadi) namoyon boiadi.

Bolaning intellekti faoliyat asosida narsalardan foydala- nish tajribasi asosida shakllanadi. Obyektlarni bilish uchun sub-

yekt ular bilan birga harakat qilishi kerak: tutib qolish, ushlab ko‘rish, yaqinlashish, yo‘q qilish, aralashtirish, taqqoslash va boshqalar. Barcha egallagan tajriba faoliyat chizmasi ko‘rinishida saqlanadi. Faoliyat chizmasi — J.Piaje ta’limotidagi juda muhim tushunchalardan biridir. So‘zning tor ma’nosida harakat chizmasi tushunchasi bu umumiy bo‘lib, turli vaziyatlarda ko‘p mar- ta takrorlanuvchi harakatda saqlanadi. So‘zning keng ma’nosida harakat chizmasi — bu ma’lum bir darajadagi aqliy rivojlanish tuzilmasidir. Ma’lum bir bosqichda harakatning umumiy chiz- masini rivojlanishini operatsiyaga (operant tuzilishga) aylanadi. Shuning uchun J.Piaje ta’limoti operatsional deb ataladi. Ope- ratsiya — bu tizimda qaytariluvchan va guruhlarga ajratilgan ichki predmetli harakatdir. Fikrlash faoliyatini tuzishi hayot davomida shakllanadi, egallagan tajribaga ega bo‘lib, rivojlanishning

turli bosqichlarida sifat jihatdan farqlanadi. Assimilyatsiya va akkomadatsiya jarayonlari ontogenezdagi aqliy rivojlanishni uzluk- sizligi va ketma-ketligini ta’minlaydi, fikrlash harakatlarini (tu- zilishi) tashkillashning o‘ziga xosligi esa intellektning ajratilgan bosqichlarini aniqlaydi. J.Piajega ko‘ra, psixikaning rivojlanishi — bu yetakchi intellektual ko‘rinishlarini o‘zgarishidir. Har bir bosqich boshqasining ustiga ko‘riladi, ularning har biri keyingi- larini shakllanishi uchun zarur, shuning uchun ularning (borish) kechish tartibi qayd qilingan va shunday belgilangan, ularni yuz berish tezligi esa har xil bo‘lishi mumkin.

Inson intellektining rivojlanishi: rivojlanishning davr va bosqichlari. J.Piaje rivojlanishning uchta asosiy davrlarini ajratgan:

1.        Sensomotor intellekt (tug‘ilgandan 1,5 yoshga qadar).

163

2.        Aniq operatsion (reprezentativ) intellekt (1,5—2 yoshdan 11 yoshga qadar).

3.        Formal (rasmiy) — operatsion intellekt (11—12 yoshdan 14— 15 yoshga qadar).

J.Piaje har bir bosqichni ikki yoi bilan ta’riflaydi: ijobiy (oldingi darajadagi tizimini murakkablashishi defferensiyatsi- ya (farqlanish) natijasi sifatida) va salbiy (keyingi bosqichlar- da bartaraf etiladigan o‘ziga xoslik va kamchiliklar nuqtayi na- zarida).

1. Sensomotor davr. J.Piaje tafakkur rivojlanishining tadqi- qini, hayotning birinchi ikki yilligida bolaning amaliy predmetli faoliyatini tahlil qilishdan boshlaydi. Uning ta’kidlashicha, hatto nihoyatda mavhum bilimlar manbayini harakatda qidirish kerak, bilim tayyor ko‘rinishda (sirtdan) tashqaridan kelmaydi, inson uni ko‘rishi kerak. J.Piaje o‘zining 3 ta farzandi rivojlanishini kuzatib (qizlari Jaklin va Lyusena va o‘g‘li Loran) sensomotor rivojlanishning 6 bosqichini ajratgan. Bu tug‘ma me- xanizmlar va sensor jarayonlardan (ko‘chirish, refleksiya singari) ixtiyoriy atayin qo‘llaniladigan uyushgan xulq-atvor shakllariga o4ish bosqichlaridir.

Bola tug‘ilganidan to 15 yoshga qadar jarohat tuzilishlari va his-tuyg‘ular rivojlanishi bilan xarakterlanadi: u kolradi, eshi-

tadi, teginadi, hidlaydi, murakkab va chigal tug‘ma qiziqish bilan amalga oshiradi. Sensomotor intellekt ikkita kichik davrlarga ajratiladi: 7—8 oyga qadar go‘dakning o‘z tanasiga markazlashu-

vi kuzatiladi. 9 oylikdan boshlab fazoviy sohada fazoviy intellekt chizmasini obyektivligi sodir bo‘ladi. Maqsadga erishish uchun vosita sifatida bola tomonidan ma’lum bir harakatlarni qo‘llani- lishi intellekt shakllanishining mezonidir. Shunday qilib, birinchi kichik davr oxiriga kelib bolalar o‘zining harakatlari va natijalari 0‘rtasidagi aloqani kashf qiladilar. J.Piaje topshiriqlari nomini olgan. Ko‘pincha bu tajribalarni, shuningdek, muvozanatni saqlash testi, ogirlik, uzunlik, hajm, son va boshqa deb ham ataladi. Mo- domiki, bunday turdagi barcha topshiriqlar umumiy tamoyillar-

164

ga asoslangan ekan, namuna uchun hajmning saqlanish testini ko‘rib chiqamiz.

Suyuqlik hajmining saqlanish testi.

0         ‘tkazish bosqichlari

1         Dastavval bolaga bir xil miqdorda suv yoki sharbat bi­lan toidirilgan ikkita stakan ko‘rsatiladi. Bola ikkala stakanda suyuqlik miqdori bir xilmi deb so‘raydi. Bola suvlar bir xilligini tushunib yetishi juda muhimdir. Dastlabki tenglikni qayd qilish majburiy. Baholanayotgan xususiyatning dastlabki tengligi albat- ta perseptiv idrokli o‘xshashlik bilan kuzatiladi, ikkala stakanda- gi suvlar darajasi miqdori tenglashtirilgan.

2         So‘ngra eksperimentator katta odam suvni bir stakandan boshqa shakldagi kengroq va pastroq stakanga quyadi. Odatda, eksperimentator bolaning diqqatini ushbu boshqatdan quyishga qaratadi. Qara, men nima qilayapman, o‘zgartirish qilinadi, bun- da garchi baholanayotgan xususiyatga hech ham ta’sir ko‘rsatma- sa-da, perseptiv idrokli o‘xshashlik buziladi.

2. Qayta quyilgandan keyin savol takrorlanadi. Ikkala stakanda suv miqdori bir xilmi, lekin albatta avvalgi dastlabki shakl- da bo‘lishi kerak. Odatda, 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar saqlash- ning standart topshiriqlarini uddalay olmaydilar. Maktabgacha tarbiya yoshidagilar topshiriqlarni hal etayotib, J.Piaje fenomen- lari — fazoviy, perseptiv qayta o‘zgartirishda obyektlarning turli xususiyatlarini saqlash doimiylik, invariantlik haqida ularga xos tasavvurlarni namoyon qiladilar. Bu bolalar psixologiyasidagi eng ishonchli dalildir, ular har qaysi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda ifodalanishi mumkin. Odatda, bola stakanlardan birida- gi suv endi kamroqligi yoki ko‘proqligini aytadi, ya’ni perseptiv qayta o‘zgartirishda predmetning xususiyatlarini saqlab qo- lishini tushunish yo‘qoladi. Bunda saqlanib qolmaslik fenomeni kuzatiladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola obyektni idrokka tayanib, dolzarb yaxlit, bevosita egotsentrik sifatida baholaydi. U aynan holatga diqqatini yo‘naltiradi va bir vaqtning o‘zida ol- din predmetlar qanday ko‘rinishda bo‘lganligi haqida o‘ylay ol-

165

maydi, amalga oshirishgan harakat, umuman olganda qaytari- lishini, suv bir xil stakanlarga quyilgan boiishi mumkin, bitta

obyektga diqqatini qaratib, suyuqlik darajasini past-balandligida- gi farqi bir vaqtda ikkita parametrni, stakan balandligi va keng- ligini e’tiborga ololmaydi. J.Piaje saqlanib qolmaslik fenomenini bolani yetti yoshga to‘lgunga qadar mantiqiy fikr-mulohaza yu- ritishga va detsentratsiyasiga markaziy vazifalarni mahalliyga berish qodir emasligini isboti sifatida baholaydi. Bu vaziyatda ikka- la stakandagi suvlar miqdori bir xilmi degan takroriy savolga bola xususiyatlar tengligini ta’kidlaydi. U belgilar saqlanib qolishini aytadi. Saqlanib qolish testini bajarishi aniq operatsiyalarni ish- lash mezonidir. Eslatib o‘tamiz, mantiqiy operatsiya — bu qay- tariluvchanlik bilan xarakterlanadigan aqliy harakatdir. Qaytari- luvchanlik, masalan, A va В hamda В va A o‘rtasidagi masofa tengligini tasdiqlash nisbatiga, yoki qo‘shish va ayirish munosa- batiga taalluqlidir. Qaytariluvchanlik tamoyilidan xayolan foyda- lanish qobiliyati aniq operatsional tafakkur bosqichini egallash- ning asosiy belgilaridan biri hisoblanadi. J.Piaje topshirig‘ining boshqa varianti — ko‘p jihatlarni inobatga olish testi yaxlit va uning qismlarini taqqoslashni taklif etadi.

Ko‘p jihatlarni inobatga olish testi.

1.       Bir qancha tanish obyektlar, masalan, g‘oyalar ko‘rsatiladi. Obyektlar ikkita kichik sinflarga oq va qizil bolishi kerak, bu kichik sinflardagi elementlar soni bir xil bo‘lishi kerak emas: 4 ta qizil va 2 ta oq.

2.       Bolaga quyidagicha savol beriladi: qaysi biri ko‘proq, qizil gullarmi yoki oq gullar?

3.       Besh yashar bolaning oddiy javobi: qizil gullar ko‘proq. J.Pia­jening izohi quyidagicha: bola sinfga yo‘nalgan va sinf va uning kichik sinflari haqida bir vaqtning o‘zida o‘ylay olmaydi. Bola qachon bunday topshiriqlarni to‘g‘ri hal qilishni boshlasa, odat- da 7 yoshdan so‘ng bu aqliy qobiliyat o‘sganligi qaytaruvchan- likni yuzaga kelganligi, operatsional tuzilish shakllanganligiga bog‘liq bo‘lgan detsentratsiyaga qobiliyati ortganligi haqida dalo-

166

lat beradi. Bola qachon bunday topshiriqlarni to‘g‘ri hal qilish- ni boshlasa, odatda 7 yoshdan so‘ng bu aqliy qobiliyat o‘sganligi, qaytariluvchanlikni yuzaga kelganligi operatsional tuzilish shakl- langanligiga bog‘liq bo‘lgan detsentratsiyaga qobiliyat ortganli-

gi haqida dalolat beradi. Bola predmetning ikki xil belgisi o‘zaro bog‘liq emasligini, bir-biriga tobe emasligini, masalan, narsaning shakli va miqdori tushunishga qodir boladi. Har xil belgilarni — predmet materiali, uzunligi, og‘irligi, hajmini, keyinroq vaqti, tezligi saqlanib qolishi haqida tushuncha paydo bo‘ladi. Obyektlar

va qismlarni tasniflash qobiliyati yuzaga keladi, ya’ni qatorlarga tartibga solib joylashtirish, masalan, miqdorini kamayishi tartibi- da. Endi bola bevosita idrok ta’sirini yengib o‘tib, ma’lum bir vazi- yatga mantiqiy tafakkurni tatbiq etadi. Ijtimoiy va madaniy qur- shov rivojlanish bosqichining kechishi tezligini tezlashtirishi yoki sekinlashtirishi mumkin. Birinchi navbatda bu unga mashg‘ulot uchun to‘g‘ri keladigan materiallarni, ham yechish uchun topshiriqlarni yetkazib berish hisobiga amalga oshadi. Tayyor bilimni berish to‘g‘ri javoblarni yod olish samarasiz, rivojlanish insonning shaxsiy faolligi amalga oshib, bilish jarayonlari faol tashkillashti- rilib, tartibga solinganda sodir bo‘ladi. Shuningdek, tafakkurning rivojlanishi uchun va ayniqsa, boshqa nuqtayi nazarlarni anglash- ni rivojlantirish uchun g‘oyalar, fikr-mulohazalar almashinuvi va tengdoshlar bilan bo‘lgan bahs-munozara muhim.

Aniq operatsion tafakkurga o‘tish barcha psixik jarayonlar, axloqiy fikrlar va qobiliyatlarni boshqa odamlar bilan hamkorlik- ka moslashtiradi. Biroq barcha bu mantiqiy operatsiyalar aniq faqatgina haqiqiy, ko‘zga ko‘rinadigan, anglanadigan predmetlar

va ular bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlarga qo‘llaniladi, bola ha- qiqat havola etilgan aniq mazmunga bo‘ysunadi.

Rasmiy pozitsion operatsiya bosqichi (12—15 yosh).

Rasmiy-operatsion tuzilishlar bolani taxminiy va aniq tayanchga ega bo‘lmagan predmet doirasini tuzilishidan mustaqil ravishda fikr yuritish qobiliyatida namoyon bo‘ladi. Rasmiy formal fikrlash operatsiyalari asosi katta yoshdagi insonlar man-

167

tiqidir, ularga faraz va deduksiya yordamida shakllanadigan ele- mentar ilmiy tafakkur asoslanadi. Mavhum tafakkur rasmiy formal mantiq va uyglunlik, kombenatorlik qoidalariga muvofiq bir fikrga xulosaga kelish qobiliyatini o‘zida namoyon etadi. Bu o‘smirga farazlarni ilgari surib tafakkur rasmiy formal mantiq va uyg‘unlik kombinatorlik qoidalariga muvofiq bir fikrga xulosaga kelish qobiliyatini o‘zida namoyon etadi. Bu o‘smirga farazlarni ilgari surib, ularning eksperimental tadqiqini o‘ylab topishga, xulosalar chiqarishga yordam beradi. Ayrim oddiy fizik qonun- larning birikishiga qaratilgan eksperimentda o‘smirlarning yan­

gi muvaffaqiyati, ayniqsa yaqqol ko‘zga tashlanadi. Mayatnikning tebranish qonuni, sariq rangdagi suyuqlikni olish uchun rangsiz suyuqliklarni qo‘shish usullari, ayrim materiallari egiluvchanligi- ga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, tekislik bo‘ylab sirg‘anishida tezlik- ning ortishiga ta’sir qiluvchi omillar.

Bu vaziyatda bola operatsiyadan oldingi darajada omad uchun tartibsiz harakat qiladi, intellektning aniq bir darajasidagi bola birmuncha darajada tashkilotchi, bir qancha variantlarni si- nab ko‘radi, faqat ularning orasida keraklisi yo‘q va keyinchalik harakat qilib ko‘rishdan voz kechadi. Rasmiy formal darajadagi o‘smir bir qancha urinishdan so‘ng material bilan bevosita eks- periment o‘tkazishdan to‘xtaydi va barcha mumkin bo‘lgan faraz- lar ro‘yxatini tuzishga kirishadi. Faqatgina bundan solng o‘smir mavjud bolgan o‘zgaruvchilarni ajratib, ularning har birini o‘ziga

xos ta’sirini o‘rganishga intilib, farazlarni ketma-ket tekshirish- ni boshlaydi. Barcha mumkin bolgan uyg‘unliklarni kombinat- siyalarni tizimli sinab ko‘rish xulq-atvorning bunday tipi yangi mantiqiy tuzilishlarga asoslanadi. J.Piaje ularning xarakteristika- si tasnifi uchun pozitsiyali propozitsional mantiq tilini qo‘llaydi. 0 ‘smirda o‘zining bevosita tajribasi chegarasidan chiqib, kattalar dunyoqarashiga uyg‘unlashish nazariyani tuzish va tushunish qobiliyati paydo boiadi. Taxminiy mulohaza o‘smirni yuzaga chiqishga tayyor turgan imkoniyatlar sohasiga yetaklaydi, bun- da ideallashtirilgan tasavvurlar har doim ham sinovga uchramay-

168

di va ko‘pincha aniq dalillarga qarshilik ko‘rsatadi. J.Piaje kognitiv egotsentrizmning o‘smirlik shaklini, birmuncha darajada mukammal olamni yaratishga intilishda chegarasiz kuchni tafak- kurga muhrlab qo‘yuvchi o‘smirning sodda idealizmi deb atagan.

Faqatgina kattalarning yangi ijtimoiy rollarini o‘ziga qabul qilgan o‘smir qarama-qarshiliklar bilan to‘qnashadi tashqi vazi- yat sharoitni inobatga olishni boshlaydi, yangi sohada mutloq intellektual detsentratsiya markaziy bolgan ba’zi vazifalarni ma- halliyga berish yuz beradi. J.Piaje o‘spirinlikdan yetuklik yoshiga o‘tish davrida intellektning keyingi rivoji uni muayyan maqsadga yo‘naltirishga doir qator muammolarni e’tirof etgan.

Hayotiy dasturlarni tuzish davrida 15 yoshdan 20 yoshga qadar intellekual differensiatsiya farqlanish jarayonini kuzatish mumkin, birinchidan shaxsiy vazifalar bilan muvofiqlikda har bir indi-

vid tomonidan o‘ziga xos tarzda qo‘llaniladigan umumiy-kognitiv tuzilishlar, ikkinchidan faoliyatning turli sohalari uchun alohida tuzilishlar hosil boMadi.

9.3. J.Piaje nazariyasining asosiy fikrlari tanqidi

Bolaning egotsentrik bilish pozitsiyasi fenomeni mavjudli- gi yoki juda bo‘lmaganda, uni ifodalanishi chuqurligi eng av- valo eksperimental tadqiq va tanqidga uchraydi. Shunday qilib, ayrim tadqiqotchilar J.Piaje topshiriqlari bola uchun emotsional qiziqarsiz, ma’no-mazmunsiz bo‘lgani bois, u uchun qiyin- ligini isbotlashga harakat qilganlar. Yoki bolalar mantiqiy tuzilish mavjud emasligidan emas, balki savollarda ifodalangan fikrlarni tushunish qiyinligi, ularni eslab qololmasligi, faqatgina vazifani emas, balki butun eksperimental holatni yaxlitlikda o‘ziga xos talqin qilishida xatolarga yo‘l qo‘yadi. Aniqlanishicha, maktabgacha tarbiya yoshidayoq egotsentrizm tendensiyasi aqliy harakatlar va tushunchalarni P.Ya.Galperin, L.F.Obuxova rejali shakllanti- rish metodi bo‘yicha maxsus tashkillashtirilgan o‘qitish sharoit- larida muvaffaqiyat qilinadi. E’tirof etilishicha, egotsentrizm yosh davri funksiyasi sifatida emas, balki bola faoliyatini ma’lum bir

169

doirada tashkillashtirish funksiyasi sifatida talqin qilinishi kerak.

L.S.Vigotskiy, V.A.Nedospasova, E.V.Filippova egotsentrik qa- ror kattalarda qiyin vaziyatlarda kuzatilishi mumkin, lekin bu adekvat o‘qitishdan o‘tgan bolalarda kuzatilmaydi.

Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari:

1.                    Jan Piaje bolalarning miyasi rivojlanishiga qanday omil ta’sir ko‘rsatadi deb hisoblagan?

2.                    J.Piaje taxminiga ko‘ra, bolalar fikrlarini nechta guruhga bo‘lish mumkin?

3.                    Egoizm qanday tushuncha?

4.                    Sensomotor intellekt qaysi davrlarni o‘z ichiga oladi?

5.                    Sensomotor intellektning tarkibiy tuzilishini ayting.

6.                    Hayotiy dasturlarni tuzish davri qanday kechadi?

7.                    Egotsentrik nutq nutqning qanday shakli?

8.                    Egotsentrizm nima?

Mavzuni mustahkamlash uchun test savollari:

1. Jan Piaje bolalarning miyasi rivojlanishiga qanday omil ta’sir ko‘rsatadi deb hisoblagan?

a)    *bolalarning miyasi rivojlanishiga fizik olam ta’sir ko‘rsat-

adi deb hisoblagan;

b)    bolalarning miyasi rivojlanishiga biologik olam ta’sir ko‘rsa-

tadi deb hisoblagan;

c)    bolalarning miyasi rivojlanishiga ichki olam ta’sir ko'rsata-

di deb hisoblagan;

d) bolalarning miyasi rivojlanishiga atrof-muhit, ota-ona tar-

biyasi ta’sir ko‘rsatadi deb hisoblagan.

2.  J.Piaje taxminiga ko‘ra, bolalar fikrlarini nechta guruhga bo‘lish mumkin?

a) 3; b) *2; c) 5; d) 4.

3.  Egotsentrizm qanday tushuncha?

a) (lot. ego — men, centrum — markaz) — individualizm va egoizmning eng tuban turi;

170



               X           BOB. PSIXIK RIVOJLANISHNI TUSHUNISHNING

MADANIY-TARIXIY KONSEPSIYASI. L.S.VIGOTSKIY VA

UNING MAKTABI

Reja:

1.                     Oliy psixik funksiyalarning yuzaga kelishi va rivojlanishi.

2.                     Inson psixik rivojlanishining o‘ziga xos muammolari.

3.                     Inson psixik rivojlanishini o‘rganish metodlari muammosi.

4.                     Ta’lim va rivojlanish muammolari.

5.                     L.S.Vigotskiyning psixik taraqqiyotni madaniy-tarixiy na- zariyasi.

6.                     Psixik rivojlanish taraqqiyotini o‘rganishda ikkita paradig- malar.

Mavzu o‘quv maqsadi:

Ta’limiy: bo‘lajak psixologlarga oliy psixik funksiyalarni yuzaga kelishi va rivojlanishi, ta’lim va rivojlanish muammolari, L.S.Vigotskiyning psixik taraqqiyotni madaniy-tarixiy nazariya- si haqida maiumotlar berish.

Tarbiyaviy: bo‘lajak psixologlar tomonidan L.S.Vigotskiyning psixik taraqqiyotni madaniy-tarixiy nazariyasi haqida bilim, malaka va ko‘nikmalari asosida dunyoqarashini kengaytirish.

Rivojlantiruvchi: mavzuning ta’limiy va tarbiyaviy o‘quv maqsadlari asosida talaba shaxsini rivojlantirish.

Tayanch tushunchalar: Oliy psixik funksiyalar, involyutsiya, madaniy-tarixiy nazariyasi, rivojlanishning eng yaqin zonasi, ak- tual zona.

10.1. Oliy psixik funksiyalarning yuzaga kelishi va rivojlanishi

Yosh davrlari psixologiyasining asosini L.S.Vigotskiy (1896— 1934) tomonidan shakllantirilgan asosiy tushunchalarning qat‘iy g‘oyalari va tizimlari tashkil qiladi.

1920—1930-yillarda L.S.Vigotskiy tomonidan psixik rivojlanishning madaniy-tarixiy nazariyasining asosi ishlab chiqilgan. Garchi L.S.Vigotskiy tugallangan nazariyani yaratishga ulgurma- gan bo‘lsa-da, lekin olim ijodida bolalikdagi psixik rivojlanish



L.S.Vigotskiy psixik rivojlanishga nisbatan bildirilgan an’anaviy nuqtayi nazarni baholab, assotsiativ va bixeviorizm psixologiyasi-

ga taalluqli 3 ta asosiy qoidani ajratgan:

— oliy psixik funksiyalarni ularni tashkil qiluvchi tabiiy jara- yonlar tomonidan o‘rganish;

— oliy va murakkab jarayonlardan elementargacha bilish;

— xulq-atvorning madaniy rivojlanishini o‘ziga xos xususiyatlari va qonuniyatlarini e’tiborga olmaslik.

U oliy psixik jarayonlarni tadqiq qilishga bunday yondashuv- ni, uning umumiy noadekvatligini ko‘rsatib, «atomistik» deb ata-

gan. L.S.Vigotskiy an’anaviy yondashuvni tanqid qilib, shunday yozadi: «Bolalar psixologiyasiga oliy psixik funksiyalar rivojlanishi tushunchasini o‘zi begona, u bolaning psixik rivojlanishi

tushunchasini bolaning organik yetilish funksiyasi sifatida, miya rivojlanishidan bevosita bog‘liqlikda keluvchi, elementar funksiyalarni biologik rivoji bilan chegaralaydi». L.S.Vigotskiy in- sonning oliy psixik funksiyalari rivojlanishini tushunish uchun, biologik bolmagan, boshqacha yondashuv zarurligini ta’kidlagan. U bolaning rivojlanishi uchun nafaqat ijtimoiy muhit muhimligi- ni ko‘rsatgan, balki bu ta’sirning aniq mexanizmini aniqlashga harakat qilgan. L.S.Vigotskiy quyi elementar psixik funksiyalarni

tabiiy rivojlanish davri va yuqori psixik funksiyalarni madaniy rivojlanish davri ajratgan. L.S.Vigotskiy tomonidan ilgari suril- gan faraz, elementar va oliy psixik funksiyalar o‘rtasidagi aloqa muammolarining yangi yechimini taklif etgan. Ular o‘rtasidagi asosiy farq ixtiyoriylik darajasidadir, ya’ni tabiiy psixik jarayonlar inson tomonidan boshqarib bo‘linmaydi, oliy psixik funksiyalarni odamlar ongli boshqarishi mumkin. L.S.Vigotskiy ongli boshqa- rish bevosita xarakteri bilan bog‘liq, degan xulosaga keldi.

L.S.Vigotskiy eng avvalo noaniqlikning bu klassik vaziyati yoki muammoli holat ikkita teng imkoniyatlar o‘rtasidagi tan- lov yuzaga kelgan vaziyatni tubdan o‘zgartirishga yordam beradi­

gan vositalar nuqtayi nazaridan qiziqtirgan. L.S.Vigotskiy bo‘yi- cha, inson tomonidan tashlangan qur’a vosita hisoblanib, uning yordamida inson ushbu vaziyatni tubdan o‘zgartiradi va hal etadi. Inson reaksiyasi va ta’sir ko‘rsatuvchi stimullar qo‘zg‘atuvchilar o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in orqali qo‘shimcha aloqa hosil bo‘la- di — stimul vosita yoki belgi. Belgilar yoki stimul vositalar bu - psixik qurol boMib, mehnat qurolidan farqli ravishda, fizik olamni emas, balki unda harakat qiluvchi subyektning ongini o‘zgartira- di. Belgi — bu ma’lum bir ma’no ahamiyatga ega bo‘lgan har qanday shartli belgidir, stimuldir, timsoldir. Inson tomonidan yaratilgan boiishi mumkin bo‘lgan stimul vositadan farqli ravishda, masalan, ro‘molchadagi tugun yoki harorat o‘lchagich o‘rni-

ga tayoqcha, belgilar bolalar tomonidan yaratilmaydi, biroq kattalar bilan bo‘lgan muloqotda ular tomonidan egallanadi. Inson uchun xos bolgan oliy psixik funksiyalarning yuzaga kelishiga ta’sir ko‘rsatuvchi, bolaning psixikasi o‘zgarish mexanizmi — bu psixik faoliyatni tartibga solish vositasi sifatida belgilar interiori- zatsiyasi mexanizmidir.

Interiorizatsiya — filogenez va ontogenezda oliy psixik funk- siyalar rivojlanishining fundamental asosiy qonunidir. L.S.Vigot- skiyning oliy psixik funksiyalarning yuzaga kelishi va tabiati haqidagi farazi shundadir. Bolaning oliy psixik funksiyasi dastavval boshqa odamlar bilan hamkorlik qilish shakli sifatida, jamoaviy xulq-atvor shakli sifatida yuzaga keladi hamda keyinchalik faqat- gina interiorizatsiya yo‘li orqaligina ular shaxsiy individual funk- siyalarga aylanadi, yoki L.S.Vigotskiy yozganidek — bolaning madaniy rivojlanishidagi har qanday funksiya sahnada ikki ma- rotaba, ikki xil doirada - dastlab-ijtimoiy, so‘ngra — psixologik, dastavval interpsixik kategoriya sifatida odamlar o‘rtasida, keyin esa intrapsixik kategoriya sifatida bolaning ichida paydo bo‘ladi.

Masalan, agar oliy psixik funksiya sifatida ixtiyoriy diqqat haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak, uning shakllanish bosqichlari ket- ma-ketligi quyidagicha dastlab, kattalar muloqotda bolaning diqqatini qaratadi, jalb qiladi va yo‘naltiradi, asta-sekin bolaning o‘zi jest, imo-ishora harakatlari va so‘zlar ro‘yxatini o‘zlashtirib oladi, o‘zgalarning va o‘z diqqatini tartibga solish usullari inte-

175

riorizatsiya yuz beradi. Shuningdek, nutq ham dastlab, odamlar

o‘rtasidagi muloqotning tashqi vositasi sifatida namoyon bolib, u oraliq bosqichga egotsentrik nutq oladi, intellektual funksi-

yani bajarishni boshlaydi va asta-sekin ichki, interorizatsion psixik funksiyaga aylanadi. Shunday qilib, belgi dastlab tashqi doi- rada, muloqot doirasida, keyin esa ichki doiraga, ong doirasiga o‘tadi. Interiorizatsiya muammosi o‘sha yillardayoq fransuz ijtimoiy maktablari tomonidan ishlab chiqilgan. Oldindan mavjud bolgan va avvaldan assotsiatsiyalashgan individual ongga sirtdan umumiy ongning ayrim shakllari bogianadi:

— fransuz psixologik maktablarining tasavvurlari shundan iborat. L.S.Vigotskiy uchun ong faqat interiorizatsiya jarayonida shakllanadi — hech qanday na filogenetik, na ontogenetik av­

valdan mavjud bolgan asotsial ong mavjud emas. Interiorizatsiya

jarayonida insoniyat ongi shakllanadi, mantiqiy tafakkur, iroda, nutq kabi insoniyatga xos bo‘lgan psixik jarayonlar yuzaga keladi. Belgilar interiorizatsiyasi bolaning psixikasini shakllantiruv- chi mexanizm hisoblanadi. L.S.Vigotskiy oliy psixik funksiyalar rivojlanishi umumiy tushunchasiga bola xulq-atvorining oliy yuqori shakllarini rivojlanish jarayonini birgalikda hosil qiluvchi ikki guruh hodisani kiritgan;

— tafakkur va madaniy rivojlanishning tashqi vositalari sifatida til, imlo, hisob, tasvirni egallash o‘zlashtirish jarayonlari;

— maxsus oliy psixiy funksiyalarni rivojlantirish jarayonlari ixtiyoriy diqqat, mantiqiy xotira, tushuncha va boshqa oliy psixik funksiyalarni farqlovchi belgilari asoslanganlik, ixtiyoriylik, tizimlilik, hayot mobaynida shakllanadi, namunalar interorizat- siyasi yoli orqali hosil boiadi. L.S.Vigotskiy insoniyat rivojlani- shining ikki tarixiy bosqichlari biologik evolutsion va madaniy tarixiy rivojlanishni ajratib ontogenezdagi rivojlanishning ikkita tipi sifatida ham ularni farqlash va o‘ziga xos tarzda alohida qarama-qarshi qollashni muhim deb hisoblagan. Ontogenetik rivojlanish sharoitlarida bu ikki yo‘l biologik va madaniy-murak- kab o‘zaro ta’sirda boiadi, tutashadi, yaxlit, murakkab jarayonni


hosil qiladi. A.M.Matyushkinning ta’kidlashicha, L.S.Vigotskiy uchun asosiy muammo va tadqiqot predmeti ikki turdagi jarayon- lar chalkashligini tushunishdan, rivojlanishning har bir bosqichi- da ularning aniq o‘ziga xosligini kuzatishidan, har bir oliy psixik funksiyaga nisbatan va bosqichlarning har biridagi rivojlanishning yoshga bogliq va individual tipologik ko‘rinishini aniqlash- dan iborat bo‘lgan. L.S.Vigotskiy uchun qiyinchilik madaniy rivojlanishning alohida jarayonini kuzatish va tushunishida emas, balki jarayonlarning murakkab chalkashligida uning o‘ziga xos­

ligini tushunishda edi.

10.2. Inson psixik rivojlanishining o‘ziga xos imiammolari

Biologizatorlik, tarixiy bo‘lmagan yondashuv, evolutsionizm g‘oyalariga L.S.Vigotskiy madaniy-tarixiy rivojlanish ta’limoti, tarixiylik g‘oyalarini qarama-qarshi qo‘ygan L.S.Vigotskiyga muvofiq, madaniy rivojlanishning har bir shakli oddiy organik yeti- lish emas, balki insoniyat tarixiy rivojlanishining mahsulidir, ij­

timoiy hayot jarayonida insoniyatning tabiiy ehtiyojlari chuqur o‘zgarishlarga bardosh berdi, yangi insoniyat ehtiyojlari yuzaga keldi va rivojlandi. Insoniyat ontogenezining o‘ziga xosligini tushunish uchun rivojlanishning real va ideal shakllari o‘rtasida- gi nisbat g‘oyalari kalit hisoblanadi.

L.S.Vigotskiy o‘zining ma’ruzalaridan birida bola taraqqi- yotini rivojlanishning boshqa turlari bilan taqqoslab, (embri- onal, geologik, tarixiy) shunday deydi: «Eng qadimgi, ibtidoiy odam endigina yer yuzida paydo bo‘lgan damda, bu ilk shakl bilan bir vaqtning o‘zida oliy, pirovard shakl kelajak insoni mavjud

bo‘lganligini hamda o‘sha ideal shakl qandaydir tarzda ibtidoiy odam qo‘ygan birinchi qadamga bevosita ta’sir ko‘rsatganligini tasavvur qilish mumkinmi? Buni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Biz- ga ma’lum bo‘lgan rivojlanish turlarining hech birida, ilk shakl skakllanayotgan vaziyatda, rivojlanish so‘nggida yuzaga keluvchi oliy shakl, ideal o‘z o‘rniga ega bolganligi hamda u ilk yoki bir- lamchi, shakllar rivojlanishi yo‘lida bolaning qo‘ygan birinchi qadami bilan bevosita o‘zaro ta’sirda bo‘lganligi hech qachon sodir bo‘lmagan. Rivojlanishning boshqa turlaridan farqli ravishda bolalar rivojlanishining eng katta o‘ziga xosligi shundan iborat- dir, bunday holat rivojlanishning boshqa turlari o‘rtasida aniqlay olinmagan va topolmaymiz ham». Bu o‘z navbatida, bolaning rivojlanishida, shaxs rivojlanish mazmunida va uning o‘ziga xos insoniy xususiyatlarida rivojlanish manbayi rolini o‘ynaydi.

L.S.Vigotskiyga ko‘ra, ijtimoiy muhit bu oddiy tashqi qurshov emas, balki moddiy va ma’naviy madaniyat predmetlariga mate- riallashgan, turlangan umuminsoniy tajribadir; insoniyat tomo­

nidan yaratilgan predmetlar va hodisalar olami, madaniy ijod, xususan, insoniyat faoliyati olamidir.

Muhit rivojlanishining ideal shakllari namunalarini qamrab oladi, ya’ni bolaning rivojlanishi nimaga intilishi kerak bo‘lsa, katta yoshdagi insonlarning oliy psixik funksiyasi, kattalarning nutq va faoliyati harakati ontogenetik rivojlanish yo‘nalishini bel- gilab beruvchi bolaning nutqi va faoliyatiga nisbatan ideal shakl- dir. Ijtimoiy muhit individual psixik rivojlanish manbayi sifatida ontogenezda inson tomonidan o‘zlashtiriladigan va uning psixi- kasini real shakliga aylanadigan ideal shakllarni mavjudlik ma- koni sifatida ko‘rib chiqiladi. Inson ijtimoiy mavjudot bo‘lib, u jamiyat bilan o‘zaro ta’sirsiz, o‘zida butun insoniyat rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan o‘sha xususiyatlarni alohida shakllanti- ra olmaydi.

L.S.Vigotskiy oliy psixik funksiyalarni shakllantirishning umumiy mexanizmi deb, bolaning kattalarga taqlid qilishini hisoblagan. Psixik rivojlanishni harakatlantiruvchi kuch omil — ta’limdir. Bolaning oliy psixik funksiyalari hayot davomida kattalar bilan bo‘lgan muloqot natijasida shakllanadi L.S.Vigotskiy muloqot vositasi deb madaniyat fenomeni sifatida nutq belgisi- ni e’tirof etgan. Insoniyat jamiyatini tarixiy rivojlanishi davomida ishlab chiqilgan maxsus qurol-vositalarni qollash usullarini egallash — ya’ni ta’lim yetilish emas, psixik rivojlanish kechishi va yo‘nalishini ijtimoiydan individualgacha aniqlaydi. Bolaning rivojlanishini muhim sharti organizmning barcha funksional tizimlarini to‘liqligi bir butunligi, me’yorda ishlovchi miyadir. Tabiiy o‘ziga xos xususiyatlarning ulkan variativligini inkor qilish, organik rivojlanishning ijobiy yoki salbiy omillari ahamiyatini to‘g‘ri baholamaslik mumkin emas. Biroq o‘zining mohiya-

tiga ko‘ra, ta’lim va tarbiya tabiiy o‘ziga xos xususiyatlar rolidan yuqori turadi. Keng ma’noda insoniyat jamiyatida hayotning o‘zi, tabiiy ta’lim bolaning insoniy rivojlanishini o‘ziga xos sharti hisoblanadi.

Bundan tashqari, maxsus tashkillashtirilgan maqsadga yo‘nal- tirilgan ta’limiy jarayon sifatida ta’lim psixik rivojlanishning turli tomonlari uchun muhim. Ko‘r, kar bolaning to‘laqonli rivojlani- shiga u bilan maxsus tashkil etilgan ta’lim va muloqot orqali erishish mumkin va aksincha ko‘pgina hollarda jismonan sog‘lom bolalarning eng maqbul shart-sharoitlari ham kattalar bilan muloqotning kamligi, bolalar faoliyatini tashkil etishning adekvat shakllarining yo‘qligi bois amalga oshmay qolishi mumkin. Shunday qilib, og‘zaki va yozma nutqning rivojlanishi uchun fonema- tik eshitish muhim. U bir tomondan insonning nerv tizimi va eshitish apparatiga asoslanadi, biroq nutqni egallash jarayonida shakllanadi. Shunday, qilib madaniy-tarixiy yondashuvga me’yor darajasida taraqqiyot variativligiga ta’sir ko‘rsatuvchi rivojlanish sharoitlari ostida miya va muloqotning morfofiziologik o‘ziga xos xususiyatlari tushuniladi.

10.3. Inson psixik rivojlanishini o‘rganish metodlari muammosi

Inson xulq-atvorining shakllari oliy psixik funksiyalar va psixi- kaning madaniy-tarixiy rivojlanishini o‘ziga xos xususiyatlari- ni o‘rganish vazifasi tadqiqotning muvofiq metodini talab qiladi. L.S.Vigotskiy tomonidan tadqiqotning yangi metodini ishlab chiqishi stimul reaksiya nazariy va eksperimental chizmasida aks ettirilgan hamda klassik bixeviorizmning ilmiy yondashuvlariga asoslangan, shakllangan eksperimentning umumiy metodiga qarama-qarshi qo‘llash yoii orqali amalga oshirilgan. L.S.Vigotskiy


psixik hodisalarni tadqiq qilishning yangi eksperimental-genetik metodini ishlab chiqqan. Shakllantiruvchi eksperiment metodi- ning g‘oyasi xulq-atvorning ma’lum bir shakllari genezisini (genesis — kelib chiqish payti va taraqqiyot jarayoni) yangidan yara- tishdan iborat, xususan, bir shakldan boshqasiga o‘tish bosqichini oddiy qayd qilish emas, balki bu yangi shaklga o‘tish jarayonini o‘zini o‘rganish muhim. L.S.Vigotskiy ning eksperimental gene- tik metodi psixologiyadagi tarixiylik tamoyilini amalga oshira- di. Tarixiy o'rganish psixik hodisalarni tadqiq qilishga rivojlanish kategoriyalarini, tushunchalarini tatbiq qilishni anglatadi.

Nimanidir tarixiy o‘rganish harakatda o‘rganish demakdir.

Bu dialektik metodning asosiy talabi hamdir. L.S.Vigotskiy o‘zi- ning nutq tushunchalari rivojlanishning eksperimental tadqiqoti- da tilning asosiy birligi sifatida so‘z tarixining empirik bosqichini aniqlash emas, balki so‘zlar ortida turuvchi o‘sha aloqa tizimi- ning funksional rolini qayd qilish vazifasini qo‘ygan. L.S.Vigot­

skiy tajribalari so'zlar ahamiyati ortishini isbotladi va kundalik va ilmiy tushunchalar shakllanish jarayonining o‘zini kuzatish imkonini berdi. Mukammallashgan shakllantiruvchi eksperiment

tadqiqotning genetik modellashtiruvchi metodi nomini olgan.

10.4. Ta’lim va rivojlanish muammolari

Dastlab bu muammo L.S.Vigotskiy tomonidan inson ongi va oliy psixik funksiyalar rivojlanishi doirasida ko‘rib chiqilgan edi.

L.S.Vigotskiyga ko‘ra, ong shakllanishi inson rivojlanishining eng muhim yo‘li hisoblanadi. Insoniyat ongini alohida psixik funk- siyalarga taqsimlab bolmaydi, u o‘zida mexanik yig‘indini emas, balki oliy psixik funksiyalar tuzumini tuzilmaviy tuzilishini aks ettiradi. Ya’ni ong tizimli tuzilishga ega. Hech bir psixik funk- siya alohida holatda izolatsiyada rivojlanmaydi. Aksincha, uning taraqqiyoti, u qaysi tuzilishga kirish va unda qanday o‘rin egal- lashiga bog‘liq. Masalan, ilk bolalikda ong markazida idrok, maktabgacha tarbiya yoshida asosiy psixik funksiya xotira, maktab yoshida tafakkur bo‘ladi. Qolgan barcha psixik jarayonlar ustu-

180

vor bo‘lgan funksiyalar ta’siri ostida rivojlanadi. Bola asta-sekin inson va olam o‘rtasida doimo mavjud boigan madaniy vositalar nutq belgilari mazmun ma’noni o‘zlashtirib borib, ularning juda muhim bo‘lgan tomonlarini kashf etadi. Ongning mazmuniy tu- zilishi bu ushbu insonning og‘zaki umumlashtirish so‘zlar mohi- yatini rivojlanish darajasidir. L.S.Vigotskiy bolaning psixik rivoj- lanishiga ta’limning ta’siri haqidagi tezisni ongning tuzilishi va mazmuniy hamda uni ontogenezdagi taraqqiyoti haqidagi farazlar ko‘rinishida shakllantirgan. L.S.Vigotskiyning fikriga ko‘ra, ong-

ga faqat nutq orqaligini kirish mumkin. Psixik rivojlanish jarayoni ongning tizimli tuzilishini o‘zgartirish qayta tuzish umumlashti- rishning mazmuniy tomonlari rivojlanish darajasining o‘zgarishi-

ga asoslanadi. Solz mazmun mohiyatini boyitib, umumlashtirish darajasini oshirib, odamlarning nutqiy muloqoti orqali ongning tizimli tuzilishini o‘zgartirish mumkin, ya’ni ta’lim orqali ong taraqqiyotini boshqarish mumkin. Bolada insonga tarixiy xos bolgan xususiyatlarni rivojlanish jarayonida ta’lim ichki muhim va umumiy holat hisoblanadi.

1931—1934-yillarda L.S.Vigotskiy tomonidan aqliy taraqqiyot va ta’limning aloqasi muammosiga bevosita taalluqli bo‘lgan eksperimental tadqiqot o‘tkazilgan bo‘lib, unda bolalarni kunda- lik va ilmiy tushunchalarni ona tili va chet tillarini og‘zaki va yozma nutqni o‘zlashtirishlari qiyosiy o‘rganilgan. Bu tadqiqot ma’lumotlari ta’lim va rivojlanish muammolarini tushunishda yangi darajaga chiqishga imkon berdi. Ta’lim rivojlanishga aynan o‘xshash emas. Har qaysi ta’lim rivojlanishni harakatga keltiruv- chi kuch rolini bajarmaydi, hatto u befoyda bo‘lishi yoki rivojlanishni tormozlab qo‘yishi ham mumkin. Ta’lim rivojlantiruv- chi bo‘lishi uchun u rivojlanishning tugallangan sikliga, davriga emas, balki bolaning yaqin rivojlanish chegarasida, doirasida yuzaga keladigan e’tiborini, diqqatini, ahamiyatini qaratishi kerak. Yaqin rivojlanish chegarasi shakllanayotgan funksiyalarni rivojlanish mahsuli emas, balki rivojlanish kurtagi, rivojlanish gullari deb atash mumkin. L.S.Vigotskiy tomonidan yaqin rivojlanish chegarasi bolaning zarur, muhim, aktual aqliy rivojlanish daraja- si hamda ehtimoli mavjud bo‘lgan rivojlanish darajasi o‘rtasida- gi oraliq tafovut sifatida aniqlanadi. Bola tomonidan mustaqil ravishda hal etilayotgan topshiriqning murakkablik darajasi zarur aktual rivojlanish darajasini anglatadi. Kattalar ishtiroki ostida hal etilayotgan topshiriqning murakkablik darajasi potentsial im- koniyat darajasini aniqlaydi. Yaqin rivojlanish chegarasida bola va kattalarning hamkorlikdagi faoliyatida shakllanadigan psixik jarayonlar turadi, shakllanish bosqichi tugallangandan so‘ng u bolaning o‘zini aktual muhim zarur rivojlanish shakliga aylana- di. Bolaning yaqin rivojlanish chegarasidagi o‘zgarish dinamikasi rivojlanishi va ta’lim o‘rtasidagi murakkab o‘zaro aloqani yashi- radi. Yaqin rivojlanish chegarasi fenomeni bolaning aqliy rivojlanishida ta’limning yetakchi roli haqida dalolat beradi, biroq har qanday ta’lim ta’sirli hisoblanmaydi, L.S.Vigotskiyning ta’kid- lashicha, faqatgina rivojlanishni oldinga undaydigani ta’sirlidir.

Har bir bolada yaqin rivojlanish chegarasining kengligi farqla- nadi va uning chuqurligini aniqlash amaliy prognostik taxminiy

ahamiyatga ega. Me’yoriy yoshga bog‘liq diagnostika erishilgan rivojlanishning faqat tashqi, aniq ko‘rinishini kolleksiya qilmas-

dan, to‘plamasdan, balki rivojlanishning ikkala darajasi — aktual muhim va ehtimolli mavjud bo‘lganini aniqlashni o‘z ichiga olishi kerak, yaqin rivojlanish chegarasi bolaning potensial imkoniyat- larini chuqur xarakterlaydi, ilmiy asoslangan prognoz, bashorat, taxmin qilishga hamda amaliy tavsiyalar berishga yordam beradi. L.S.Vigotskiy bolalar taraqqiyotining 4 ta asosiy qonuniyatlari yoki o‘ziga xos xususiyatlarini aniqladi.

1.       Davriylik. Davr mobaynida rivojlanish murakkab tuzilmaga ega bolib, rivojlanish tempi, tezligi sur’ati hamda tuzilishi bolalik davri mobaynida o‘zgarib boradi. 0 ‘sish jadal rivojlanish, susa- yish, sekinlashish, so‘nishga o‘zgaradi. Bolaning hayotida oyning ahamiyati, u rivojlanish davrlarida qanday o‘rinni egallashi bilan aniqlanadi, go‘daklikdagi oylar o‘smirlikdagi oylarga nomu- tanosib.

182


2.       Rivojlanishning notekisligi. Shaxsning turli tomonlari, xu- susan psixik funksiyalar ham notekis rivojlanadi. Funksiya ustun- lik qiladigan davrlar mavjud, bu uning birmuncha darajada ja- dal muvofiq sur’atda rivojlanish davridir qolgan funksiyalar esa ong ustida boiadi hamda ustun bo‘lgan funksiyadan tobe bog‘liq bo‘ladi. Har bir yangi yosh davri funksiyalararo aloqalarni o‘zgar- ganligidan dalolat beradi - markazga boshqa funksiya chiqadi, boshqa funksiyalar o‘rtasidagi bog‘liqlikning yangi munosabati aniqlanadi.

3.       Bola taraqqiyotidagi «metamofozalar». Rivojlanish miq- doriy o‘zgarishga olib kelmaydi bu o‘sish emas, balki sifat jihatdan o‘zgarish qatoridir (zanjirdir). Har bir yosh bosqichida bolaning psixikasi o‘ziga xos boiib u sifat jihatdan avvalgilaridan va keyingilaridan sifatliroqdir.

4.       Bola taraqqiyotida evolutsiya va involutsiya jarayonlari- ning muvofiqligi. Involutsiya jarayonlari jadal rivojlanishga tabiiy sur’atda hosil bo‘lganlar yo‘q qilinadi yoki (yangidan tuziladi) tubdan yangilanadi. Masalan, (gapirishni) so‘zlashni o‘rgangan bola g‘uldurab (noaniq) gapirmay qo‘yadi.

10.5. L.S.Vigotskiyning psixik taraqqiyotni madaniy-tarixiy nazariyasi

L.S.Vigotskiy tomonidan e’tirof etilgan ong rivojlanishi haqidagi farazga qaytib, ta’kidlab o‘tamizki, ko‘pgina tadqiqotchi- lar, uning katta ijodiy (imkoniyatlarini) potensiyalarini tan olib

bu ta’limotning ma’lum bir kamchiliklarini ko‘rsatib o‘tganlar.

Bolaning tafakkuri rivojlanishi uchun kattalar va bolalarning aynan nutq muloqoti rolini alohida bir tik xarakter (bilish jarayonlari ko‘rib chiqiladi) daliliy ma’lumotlarga kam asos. Bu farazlar- dagi kamchiliklar va tarixiy asoslangan cheklovlarni bartaraf eti- lishi kelgusida madaniy-tarixiy paradigmalar doirasida rus bolalar psixologiyasi rivojlanishida sodir bo‘lgan. 1930-yillar oxirida Xarkov maktabi psixologlari A.N.Leontev, A.V.Zaporojets, RI.Zinchenko,

P.YA.Galperin, L.I.Bojovichlar umumlashtirishni rivojlanishi asosida nutq, muloqoti emas, balki subyektning bevosita amaliy faoliyati yetishini kolrsatganlar. Insonning psixik rivojlanishida faoliyatning ahamiyati haqidagi tezis psixik taraqqiyot determinatsiya muammosini yangicha tahlil qilishga hamda rivojlanishning ikki omili talqin izoh chegarasini irsiy va muhit bartaraf etish imkonini berdi. Rus psixologlari ishida, ijimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtiri- shi bolaning faqat faol faoliyatidagina sodir bo‘lishi kokrsatilgan. Faoliyat tushunchasining kiritilishi rivojlanish subyekti faolligiga urg‘u beradi, rivojlanish muammosini subyektning o‘ziga qaratadi.

L.F.Obuxova xulosasiga ko‘ra rivojlanish jarayoni bu subyektning harakati bolib, predmetlardagi uning faoliyati tufayli amalga oshadi, irsiylik va muloqot omillari esa shaxsning individual betakror- ligiga bogMiq bo‘lgan, zarur shart-sharoitlar hisoblanadi. Bu yerdan rivojlanishni harakatlantiruvchi kuchlar kategoriyasi tushunchasi yangicha izoh talqin oldi, uning asosida bolaning faoliyati, faoli-

yatni amalga oshirishda atrof-muhit olam bilan o‘zaro aloqa, faoliyat ichidagi qarama-qarshilikni tushuna boshlaganlar D.B.Elkonin rivojlanishning asosiy prinsipial yolini ushbu yosh davriga muvofiq tarzda bolalar faoliyatini tashkillashtirishni e’tirof etib, o‘rgatish- ning, o‘qitishning yetakchi roli haqidagi gloyani chuqurlashtirdi. Psixik rivojlanishning muhim sharti bolaning kattalar bilan muloqoti hisoblanadi. Kattalar va bolalar muloqotini rivojlantirish muammosi М.I.Lisina va uning hamkasblari diqqat markazida bo‘lgan. Bola hayotining birinchi yetti yilligi davomida bu jara- yonlardagi bir qancha bosqichlar, shuningdek, ularning shakllan- ganlik mezonlari hamda u yoki bu muloqot bosqichi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan intellekt va shaxs tuzilishidagi yangi tuzilmalar ajratilgan edi. Tadqiqot natijalari har bir yosh bosqichida kattalar bilan muloqot o‘zining maxsus funksiyasini bajarishi haqida dalolat bermoqda. Kattalar bilan bo‘lgan muloqotda boshqa odamlar bilan va ularga nisbatan emotsional munosabatga ehtiyoj shakllanadi, psixik jarayonlar rivojlanadi, vositali xarakterdagi predmetli harakatlarni egallash sodir boladi. Kattalar va bolalarning o‘za- ro aloqa shakllari shakllanish yo‘lini bosib o‘tadi.

184

10.6. Psixik rivojlanish taraqqiyotini o‘rganishdagi

ikkita paradigmalar

Zamonaviy psixolog L.F.Obuxova, L.S.Vigotskiyning rivojla- nishga biologizatorlik, naturalistiк va madaniy-tarixiy yondashuv- larning prinsipial asosiy farqlari haqidagi talqiniga tayanib, bolalar rivojlanishi tadqiqotida ikkita asosiy paradigmaning mav-

judligi va ajratilishini uqtirgan: tabiiy-ilmiy hamda madaniy-tarixiy. T.Kundan so‘ng u paradigma tushunchasini ma’lum bir

vaqt davomida to‘plangan yutuqlarni ilmiy birlashmaga muam- molarni va ularning yechimini ko‘rsatish modeli barcha tomonidan tan olingan, ilmiy yutuq sifatida talqin qilgan. L.F.Obu­

xova ta’kidlashicha, paradigma tushunchasi psixologlar diqqatini psixologik maktab va yo‘nalishlar asos qilib olgan ustanovkalarni anglashga qaratadi, bu ilm-fanning bugungi rivojlanishida, psi- xologlarni bir-biridan farqlanuvchi ko‘pgina yondashuvlar va ta’li- motlar bilan tanishtirishda juda muhim. Tabiiy-ilmiy paradigma ham, yosh davrlar psixologiyasi tarixida ham uning taraqqiyotini zamonaviy bosqichida ko‘pgina variantlar asosida ifodalangan. Asosiy naturalistik ustanovkalar biogenetik nazariya me’yoriy yondashuv klassik bixeviorizm, ikkita omil konvergensiyasi nazariyasi bolani psixoanalitik o‘rganish J.Piajening intellektual rivojlanish ta’limoti singari tashqi sirtdan o‘xshamaydigan nazari- yalar asosida yotadi. 0 ‘sha naturalistik metodologik yondashuvlar etiologik, ekologik, invayronmental, ijtimoiy kognitiv va asoslan- gan rivojlanishni o‘rganishning yangi ta’limoti hamda yo‘nalishi yuzaga keladi. Bu paradigmalar doirasida psixik rivojlanish tuzi- lishi va sharoitlari haqida ko‘pgina empirik dalillar to‘plangan sa- marali tadqiqotlar o‘tkazilgan insoniyat hayoti va psixikasining asosiy jihatlari, sohalari, xulq-atvor intellekt va emotsional irodaviy sohalar tahlil qilingan. L.S.Vigotskiy ishlarida asos solin- gan madaniy-tarixiy paradigmalar A.N.Leontev, A.V.Zaporojets, P.I.Zinchenko, P.Ya.Galperin, D.B.Elkonin, М.I.Lisina, VV.Da- vidov, L.A.Venger, N.N.Poddyakova, N.F.Talizina, N.G.Salime-

185


na va ko‘pgina boshqalar tadqiqotlarida davom ettirilgan. L.S.Vi­

gotskiy nazariyasining xorijiy izdoshlari D.J.Brunner, M.Kov, S.Skribner, R.Van der Veer, D.J.Verch va boshqalar.

Har ikkala paradigma ham mavjudlikka hamda kelgusida rivojlanish huquqiga ega, ammo ularning asosida bir-birini inkor qiluvchi ilmiy ustanovkalar yotadi, shuning uchun ular oddiy jamlanib bo‘lmaydi. Soddalashtirilgan elektrik yondashuvlarni va g‘oya tushuncha yoki hatto dalillarni tanqid qilmay o‘zlashtirib olishdan qochish kerak.

Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari:

1.       Zamonaviy rus yosh davrlari psixologiyasining asosini ni­ma tashkil qiladi?

2.       L.S.Vigotskiyning bolani madaniy rivojlanish muammolari- ga bag‘ishlangan asarlarini ko‘rsating.

3.       L.S.Vigotskiy psixik hodisalarni tadqiq qilishda qanday metodni ishlab chiqqan?

4.       L.S.Vigotskiy o‘zining nutq tushunchalari rivojlanishining eksperimental tadqiqotida tilning asosiy birligi sifatiga qanday ta’rif bergan?

5.       Bolalar taraqqiyotining 4 ta asosiy qonuniyatlari yoki o‘ziga xos xususiyatlarini kim aniqlagan?

6.       Davriylik qanday kechadi?

7.       Involutsiya jarayoni qanday kechadi?

8.       Involutsiya jarayonini ko‘rsating.

Mavzuni mustahkamlash uchun test savollari:

1.   L.S.Vigotskiyning bolani madaniy rivojlanish muammolari- ga bag‘ishlangan asarlarini ko‘rsating.

a)                     *«Psixologiyadagi instrumental metod», «Bola rivojlanishida

vosita va belgilar», «Oliy psixik funksiyalarni rivojlanish tarixi»,

«Tafakkur va nutq»;

b)                     «Buyuk didaktika», «Psixologiyadagi instrumental metod»,

«Tafakkur va nutq»;

c)                     «Psixologiyadagi instrumental metod», «Bola rivojlanishida

vosita va belgilar»;

d)                     «Tarbiya prinsiplari», «Bola rivojlanishida vosita va belgilar», «Oliy psixik funksiyalarning rivojlanish tarixi», «Tafakkur va nutq».

2. L.S.Vigotskiy psixik hodisalarni tadqiq qilishda qanday metodni ish lab chiqqan?

a)    *eksperimental-genetik metodni ishlab chiqqan;

b)    eksperimental metodni ishlab chiqqan;

c)    kuzatuv metodini ishlab chiqqan;

d)    analiz-sintez metodini ishlab chiqqan.

3. L.S.Vigotskiy o‘zining nutq tushunchalari rivojlanishining eksperimental tadqiqotida tilning asosiy birligi sifatida qanday ta’rif bergan?

a)     solz tarixining empirik bosqichini aniqlash;

b)    *tilning asosiy birligi sifatida so‘z tarixining empirik bos­

qichini aniqlash emas, balki so‘zlar ortida turuvchi o‘sha aloqa tizimining funksional rolini qayd qilish vazifasini qo‘ygan;

c)     so‘zlar ortida turuvchi o‘sha aloqa tizimining funksional ro­

lini qayd qilish vazifasini qo‘ygan;

d)    so‘zni muloqot faoliyatining asosiy bo‘g‘ini va omili deb atagan.

4. Tushuncha nima?

a)     tafakkur qilish usuli, bunda murakkab obyektlar qismlarga

bo‘linib o‘rganiladi;

b)    *narsa va hodisalarning muhim belgi va xususiyatlarini bit-

ta o‘zi yoki so‘zlar guruhi bilan ifodalashdan iborat tafakkurning mantiqiy shakli;

c)     biror narsaning ma’nosi va ahamiyatini anglash qobiliyati,

asosiy erishilgan natijasi;

d)    inson aqliy faoliyatining yuksak shakli.

5. Involutsiya jarayoni qanday kechadi?

a)     jadal rivojlanishga tayanadi;

b)     * jadal rivojlanishga tabiiy sur’atda hosil bo‘lganlar yo‘q

qilinadi yoki (yangidan tuziladi) tubdan yangilanadi;

c)     rivojlanishda qoloqlik kuzatiladi;

d)     rivojlanishning doimiy bosqichlarida sodir bo‘lib turadi.

187

XI BOB. INSON PSIXIK RIVOJLANISHINING BOSQICHLARI: ONTOGENEZDA RIVOJLANISHNI DAVRLASHTIRISH MUAMMOSI

Reja:

1.       Yoshga oid davrlarning tarixiy kelib chiqish muammosi.

2.       «Psixologik yosh» kategoriyasi va L.S.Vigotskiy ishlarida bolalar rivojlanishini davrlashtirish muammosi.

3.       D.B.Elkoninning rivojlanishni davrlashtirish va yoshga oid dinamikasi haqidagi tasavvurlari.

4.       Psixik rivojlanishni davrlashtirish muammosini hal etishda- gi zamonaviy yondashuvlar.

Mavzuning o‘quv maqsadi:

Ta’limiy: bo‘lajak psixologlar tomonidan rivojlanishni davrlashtirish haqidagi bilimlarning o‘zlashtirilishini tashkil etish.

Tarbiyaviy: bo‘lajak psixologlar tomonidan ontogenezda rivojlanishni davrlashtirish muammosi haqida bilim, malaka va ko‘nikmalari asosida dunyoqarashini kengaytirish.

Rivojlantiruvchi: mavzuning ta’limiy va tarbiyaviy o‘quv maqsadlari asosida talaba shaxsini rivojlantirish.

Tayanch tushunchalar: psixologik yosh, rivojlanishni davrlashtirish, madaniy-tarixiy fenomen.

11.1. Yoshga oid davrlarning tarixiy kelib chiqish muammosi

Yosh davrlari psixologiyasi predmeti haqidagi tasavvurlar fan rivojlanishi davomida chuqurlashib bordi. Biroq, ta’kidlash joiz- ki, inonning hayot siklini tuzilishi va mazmuni, ya’ni o‘rganila- yotgan obyektning o‘zi tarixiy o‘zgarishlarga moyil. Bu ma’noda L.S.Vigotskiy (abadiy) «hamisha bola» tushunchasini tanqid qilib, buning o‘rniga «tarixiy bolalik» haqidagi holatni ilgari surib, o‘z fikrini bildirgan. Psixik rivojlanish jarayoni organizmning yetilishi

va tabiatning mangu (abadiy) qonunlariga bo‘ysunmaydi, shuning uchun «hamisha», («Abadiy») bolalik haqida gapirib bo‘lmaydi. Madaniy-tarixiy fenomen sifatida bolalik tarixi jamiyat tarixi bilan uyg‘unlashadi. Bolalik bu tarixiy kelib chiqish va ko‘rinishiga



D.B.Elkonin hayvonlarning ba’zi turlarida instinktiv xulq-at- vorning alohida shakllari yo‘qolishini boshlaganda ontogenez davri sifatida bolalik yuzaga kelganligi haqida o‘ziga xos g‘oyani ilgari surgan. Ushbu hayvonlar tomonidan xulq-atvorning zarur shakllarini hayot davomida egallash uchun ham bolalik vujudga kelgan. Insoniyat bolaligining o‘ziga xosligi shundaki, go‘dak hatto tug‘ma organik ehtiyojlarni qondirishning instinktiv usul- lari butunlay bolmagan, mutloq ojiz mavjudot bo‘lib tug‘iladi. Insonning barcha xulq-atvori egallab boriladi. Shuning uchun unga juda uzoq davom etuvchi bolalik zarur, u o‘z a’zolarining malaka va bilimlariga yanada yuqoriroq talablarni ilgari suruv- chi, jamiyatning rivojlanishi sari uzayib boradi. D.B.Elkonin ijtimoiy-madaniy fenomen (hodisa) sifatida bolalikning rivojlanish qonuniyati oddiy uning uzaytirmasi bo‘lmay, balki tuzilishi

va mazmun mohiyatiga ko‘ra sifat o‘zgarishi hisoblanadi. Jamiyat hayotining murakkablashib borishi bilan unda bolaning ho- lati (ya’ni ijtimoiy maqomi, huquq va majburiyatlar doirasi, unga doir bolgan faoliyat turlari va shakllari) muhim o‘zgarishlarga duch keladi. Ijtimoiy rivojlanishning ilk bosqichlarida (bu etno- grafik kross-madaniy tadqiqotlar bilan ham tasdiqlanadi) bolani ishlab chiqarish jarayonlariga (terish, qazish) bevosita jalb qilinishi va umumiy faoliyatning maqsad va vazifalari, mehnat qurollari vazifalari, ozuqa topish usullarini amaliy egallash sodir boMadi. Ma’lum bir tarixiy davrda mehnat qurollari shunday murakkablashganki, bunda bolalar bevosita kattalar mehnatiga kirisha olmaganlar, shuning uchun o‘sib kelayotgan yosh avlod uchun maxsus alohida predmetlar, o‘yinchoqlar kichraytirilgan va ko‘rinishi o‘zgartirilgan mehnat qurollari yaratiladi. Qachon qurollarning kichraytirilgan nusxasi ishlab chiqarish faoliyati- ni haqiqiy ifodalash imkonini bermasa o‘yinlar paydo bo‘ladi. Bolalar o‘yinchoqlar bilan harakatda bo‘lib, bir tarafdan kattalar mehnatining umumiy mazmunini ifodalasalar, boshqa to- mondan — ular keyinchalik turli xildagi haqiqiy qurollarni egal- lashlari uchun zarur bo‘lgan (ko‘rish-harakat koordinatsiyalari,


chaqqonlik va h.k.) ba’zi bir umumiy qobiliyatlarni o‘zlarida rivojlantirganlar. Asta-sekin ba’zi o‘yinchoqlar haqiqiy qurol- larning ramziy o‘rnini bosuvchisiga yoki odamlar ijtimoiy hayotining turli xildagi boshqa predmetlariga aylanadi. D.B.Elkonin o‘yinning ijtimoiy jihatlarini ko‘rsatgan. Rolli o‘yin ijtimoiy mu- nosabatlar tizimida bola olrnining o‘zgarishi natijasida, jamiyat- ning tarixiy rivojlanishida yuzaga keladi. U binobarin, o‘zining

tabiatiga, kelib chiqishiga ko‘ra ijtimoiydir. 0 ‘yinlar va o‘yin- choqlarning yuzaga kelishi bilan, bola rivojlanishida yangi davr shakllanadi. Zamonaviy pedagogika va psixologiyada ushbu davr maktabgacha tarbiya yoshi deb nomlangan, undagi yetakchi faoliyat bo‘lib o‘yin hisoblanadi. D.B.Elkonin bolalik yoshlari- dan birining paydo boMishi misolida, bolalikning tarixiy xarak- teri (xususiyati) va uning alohida davrlarini tarixiy kelib chi- qishini ko‘rsatib bergan. 0 ‘yin davri mehnat qurollarini egallash davrini yuqoriga, birmuncha kechki (keyingi) xronologik yoshga «siljitadi» («suradi») yangi davr yuzaga kelganda quyida joylash- gan yoshga oid rivojlanish bosqichlari ham o‘zgarishsiz qolmay- di. Maktab ta’limining yuzaga kelishi, avvalgi «o‘yinlar davrini», maktabgacha qilib, yangi mazmun bilan to‘ldiradi. Tarixiy kelib chiqish nafaqat hayot davrining bolalik davriga ega. Insoniyat- ning tarixiy uzoq bolmagan orttirmalaridan (muvaffaqiyat, yu- tuq) biri psixologik yosh sifatida keksalik davrining ajratilishidir. Ijtimoiy va yoshga oid kategoriya sifatida «keksalik» tushuncha- sini yuzaga kelishi XX asrga tegishli. D.B.Elkonin qayd etgan chizmalardan kelib chiqib, zamonaviy tadqiqotchi V.T.Kudryav- sev bolalikning keyingi tarixiy rivojlanishini ko‘rsatadi va bolalikning uch tarixiy tipini ajratadi: 1) kvazibolalik — insoniyat tarixining ilk bosqichlarida, bolalar (birlashmasi jamoasi) gu- ruhi ajratilmay, balki odat tusiga kirib qolgan (ritual) amaliyot-

ga va kattalar bilan hamkorlikdagi mehnat faoliyatiga bevosita kiritilganda; 2) rivojlanmagan bolalik - bolalik olami ajratilgan va bolalar oldida yangi ijtimoiy vazifa — kattalar guruhiga

integratsiya (qo‘shilish, birlashish) yuzaga keladi. Rolli o‘yin -

191

kattalar faoliyatining ma’naviy asosini modellashtirish usuli sifatida avlodlararo uzilishlarni yengib o‘tish funksiyasini (vazi- fasini) o‘ziga oladi. Ijtimoiylashuv bola tomonidan faoliyatning tayyor mazmuni qat’iy belgilangan doirasini egallab borish da- rajasiga qarab sodir bo‘ladi. Misol uchun — o‘rta asrlardagi va yangi davrdagi bolalik; 3) rivojlangan bolalik (V.V.Davidov ata- masi) — kattalar faoliyatining mazmuni va motivlari o‘z-o‘zidan

aniq bo‘lmaganda shakllanadi. (Zamonaviy bolalik) Bola diqqatini qaratadigan, balog‘atga yetganlik obrazi — (prinspial) de- yarli to‘liq bo‘lmagan, tugallanmagandir hamda bola erkin va ijodiy tarzda «madaniyatda o‘z mavqeyini belgilab olishi» kerak. Zamonaviy «rivojlangan» bolalik ochiq ko‘p oichamli tizim sifatida madaniyatni ijodiy egallashni nazarda tutadi. Zamonaviy bolaning psixik rivojlanishini samarali, ijodiy xarakteri (xu- susiyati) ilk bosqichlardayoq bola submadaniyati fenomenlari «muammolarni qo‘ya bilish», «komik hissiyot», «kommunika- tiv tashabbuskorlik» va boshqalar ko‘rinishida amalga oshadi.

V.T.Kudryavsev bolalikni tadqiq qilishning yangi yo‘nalishini yaratishni taklif qilib, uning asosiga quyidagi umumiy gboyani qo‘yadi: bolalik — bu nafaqat ijtimoiy rivojlanishdan hosila, tarixiy mahsul bo‘lib qolmay, balki madaniyat va tarixda yangi shakldagi tuzilishni, vujudga kelishlarni boshlanishi, «avloddan avlodga o‘tuvchi madaniyatni o‘z-o‘zidan rivojlantirish manbayi, uning generatoridir». Rus faylasuflari I.A.llin, RA.Florenskiy, M.M.Baxtin, V.B.Shklovskiy va boshqalarning g‘oyalariga tayanib, V.T.Kudryavsev madaniyatni ijodiy tajribaning yigin- disi, insonlarning muayyan shakldagi ijodiy imkoniyatlarini majmuasi sifatida yangicha talqinini shakllantirgan. Uni bunday tushunishda, psixik rivojlanish mexanizmi sifatida o‘zlashtirish ideal namunalardan nusxa ko‘chirishdan chetga chiqadi, avlod- lar o‘rtasida tajriba almashinuvi esa albatta rivojlanib boruvchi subyektning ijodkorligini, chegaralarni bartaraf qilishni, namu- nalar «noaniqligini» nazarda tutadi.

11.2. «Psixologik yosh» kategoriyasi va L.S. Vigotskiy ishlarida

bolalar rivojlanishini davrlashtirish muammosi

Inson psixik rivojlanishi bosqichliligi haqidagi tasavvur uzluk- sizlik, asta-sekin mukammallashuv va yutuqlar (natijalar) yig‘in- disi g‘oyasiga qarama-qarshi turadi. U o‘z aksini jahon psixologi- yasida bir necha o‘n yilliklardan beri, rivojlanish jarayonining turli tomonlarini sintezlovchi va uning mexanizmlariga tayanuv- chi yagona davrlashtirishni («psixik rivojlanish xaritasi») qidiruvi- da topadi. L.S.Vigotskiy rivojlanishning yoshga bogliq davrlashtirish muammosini «barcha bolalar psixologiyasi uchun markaz» va «amaliyotning barcha savollariga kalit» deb atagan. U vaqt- da mavjud bo‘lgan davrlashtirish chizmasini tahlil qilib, L.S.Vigotskiy ularni tuzishning uch usulini ajratgan: 1. Bola psixikasini rivojlanishi bilan har tomonlama bog‘liq boigan, boshqa jara- yonlarni zinama-zina qurish asosida bolalikni davrlashtirish. Mi- sol uchun, biogenetik tamoyilga muvofiq ibtidoiy bosqich, hayvon psixikasi bosqichlari ajratiladi; 2. Bolalikni ajratishda asos qilib,

shartli mezon sifatida rivojlanishning biror-bir belgisi yoki jiha- ti (tomoni) olinadi (masalan, P.P. Blonskiyning davrlashtirishida dentitsiya - tishlarning chiqishi va almashinishi; Z.Freyd ta’li- motida jinsiy rivojlanish). 3. A. Gazell ishlaridagi kabi rivojlanish jarayonining o‘ziga xos xususiyatlarini fenomenologik izohlash- ga va qonuniyatlarni ajratishga urinish amalga oshiriladi. L.S.Vigotskiy bola rivojlanish jarayonining mazmun-mohiyatini qam- rab oluvchi, haqiqiy ilmiy-psixologik davrlashtirish tuzilishi kerak

bo‘lgan tamoyillarni taklif qilgan. Davrlarni ajratish mezoni rivojlanishga nisbatan ichki bo‘lishi kerak. «Faqatgina rivojlanishni o‘zining ichki o‘zgarishlari, uning kechish jarayonidagi burilish- lar va o‘zgarishlargina bola shaxsining shakllanishini asosiy davr- larini aniqlash uchun ishonchli asos boia oladi». Mezon obyek-

tiv bo‘lib, yosh chegaralari doirasi erkin va shartli qo‘yilishi kerak emas. Mezonni qandaydir bir belgiga ko‘chirib bo‘lmaydi, chun- ki rivojlanish jarayonida belgining muhimligi va ko‘rsatkichlari

193


yoshdan yoshga o‘tishda o‘zgaradi. L.S.Vigotskiy yosh davrlarida taraqqiy etuvchi psixik rivojlanish hodisasiga nisbatan asosiy yangi yondashuvni ishlab chiqib, yosh davrlar psixologiyasining asosini qo‘ydi. Odatda psixologiyada o‘rganiladigan alohida psixik jara- yonlar va (idrok, diqqat, tafakkur) funksiyalarning yoshga bog‘liq xususiyatlarini o‘rganish o‘rniga L.S.Vigotskiy birinchi o‘rin- ga «psixologik yosh» tushunchasini qo‘yishni va bola rivojlanishi taxlilining «birligi» sifatida rivojlanishining yoshga oid davrlarini talqin qilishni taklif qilgan. 1932—1934-yillarda yozilgan «Yosh davriga oid boigan muammo» asarida, L.S.Vigotskiy ushbu fikrni quyidagicha izohlagan: «Yosh davrlari yaxlit dinamik tuzilishini rivojlanishning har bir qism sohalarini roli va solishtirma og‘irli-

gini aniqlaydigan tarkibni o‘zida aks ettiradi». L.S.Vigotskiyga ko‘ra, har bir psixologik yosh, har bir yosh davrining boshlanishi- da shakllanuvchi, rivojlanishning ijtimoiy holati bilan tavsiflana- di. Rivojlanishning ijtimoiy holati - bu «mutloq alohida, ushbu yosh uchun o‘ziga xos, bola va uni o‘rab turgan voqelik o‘rtasida- gi yagona va qaytarilmaydigan, eng avvalo ijtimoiy munosabat- lardir» L.S.Vigotskiy muhitni absolut (absolut-idealistik falsafada — borliqning abadiy, o‘zgarmas, bemakon ibtidosi — ruh) ko‘rsat- kichlarda emas, balki, bolaning o‘zini kechinmalari bilan bogliq- likda, muhitni bolaga munosabatidan kelib chiqib, talqin qilish kerakligini ta’kidlagan. «Rivojlanishning ijtimoiy holati» tushun- chasi tashqi muhit va bolaning ichki dunyosini o‘zaro aloqasini betakror olziga xosligini, ya’ni ijtimoiy muhit va motivatsion ehtiyoj sohalarini ifodalaydi. Bundan tashqari, psixologik yosh yangi tuzilishlar bilan ham tavsiflanadi. Yoshga oid yangi tuzilishlar

- bu yoshga bog‘liq rivojlanish natijasi, mahsuli va bir vaqtning o‘zida keyingi rivojlanish zaminidir. Psixologik yangi tuzilma- lar bolaning yangi shaxs tuzilishi turini ushbu bosqichda birinchi marotaba yuzaga kelayotgan hamda bolaning ongi, uning muhit- ga munosabatini, uning tashqi va ichki hayotini, ushbu davrda- gi uning butun rivojlanish jarayonining eng asosiysi va muhimini aniqlaydigan psixik va ijtimoiy o‘zgarishlarni o‘zida aks ettiradi.

L.S.Vigotskiy ong va shaxs tuzilmasidagi o‘zgarishlarni, marka- ziy va ikkilamchi darajali yangi tuzilmalarni farqlagan. Shunday qilib, psixologik yosh tuzilmasi quyidagilami o‘z ichiga oladi: 1) rivojlanishning ijtimoiy holatini aniqlovchi; 2) «bolaning turmush tarzi yoki jarayonda rivojlanuvchi uning ijtimoiy borlig‘i; 3) ong va shaxs sohasidagi yangi tuzilmalar. L.S.Vigotskiy fikriga ko‘ra, ongning yangi tuzilishi so‘zsiz, hali tashqi voqelikni idrok qi- lishning yangi xarakterini, ham undagi faoliyatni anglatadi. Ush­

bu davrda yuzaga kelgan yangi tuzilmalar rivojlanishning ijtimoiy holatini o‘zgartiradi: bola kattalar bilan boshqa tizimdagi muno- sabatni talab qilishni boshlaydi, o‘zi ham dunyoga boshqa ko‘z bilan qaraydi, kattalar yordamida o‘zining ular bilan bolgan mu- nosabatini o‘zgartiradi. Boshqacha qilib aytganda, vaqt o‘tishi bilan psixologik yangi tuzilmalar jamlanib, asta-sekin rivojlanishning eski ijtimoiy holati bilan qarama-qarshilikka keladi, uning buzilishiga va keyingi yosh davrida bolaning rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlarni ochuvchi, yangi munosabatlarni olishga olib keladi. Shu tarzda psixologik yoshning almashinuvi sodir boiadi. L.S.Vigotskiy so‘zlari bilan aytganda, yosh rivojlanishining di- namikasi shundadir. L.S.Vigotskiy bir-biri bilan almashinuvchi,

yosh davrlarining ikki tipini ajratgan: barqaror va keskin. Barqaror (yoshlarda) yosh davrlarida rivojlanish — rivojlanishning o‘zi-

ga xos ijtimoiy holatining ichida asta-sekin, evolutsion kichik qadamlar bilan amalga oshadiki, rivojlanish samarasi faqatgina birdan namoyon boiuvchi yangi tuzilmalar ko‘rinishida tamomi- la yaqqol ko‘rinadi. Boshqa keskin davrlarda aksincha rivojlanish shiddatli, jo‘shqin amalga oshadi. 0 ‘rtada kulminatsion nuqtada yoki eng yuksak cho‘qqida (darajada) inqirozning keskin kucha- yishi xarakterli. Unga qarab, inqiroz muddatini belgilash qulay.

L.S.Vigotskiy fikriga ko‘ra, inqirozlar faqatgina salbiy emas, balki shaxsiy ijobiy ahamiyatga ham ega. Rivojlanishning eski ijtimoiy holatidan voz kechish va yangisini hosil boiishi inqiroz davrining asosiy mazmunini tashkil etadi. 0 ‘zida buzuvchi va yaratuvchi yondashuvlarni uyg‘unlashtirgan inqiroz — bu ontogenezning me’yoridir. L.S.Vigotskiy tomonidan tuzilgan davrlashtirish qu-

yidagi davrlarni o‘z ichiga oladi: yangi tug‘ilgan chaqaloq inqirozi; go‘daklik (2 oylikdan 1 yoshgacha); 1 yosh inqirozi; ilk bolalik (1—3 yosh); 3 yosh inqirozi; maktabgacha tarbiya yoshi (3—7 yosh); 7 yosh inqirozi; maktab yoshi (8—12 yosh); 13 yosh inqirozi; Pubertat yosh (14—17 yosh); 17 yosh inqirozi.

11.3. D.B.Elkoninning rivojlanishni davrlashtirish va yoshga oid dinamikasi haqidagi tasavvurlari

D.B.Elkonin (1904—1984) bolada insoniyatga xos bo‘lgan qo- biliyatlar rivojlanishining asosi sifatida bola tomonidan nasliy in- soniy faoliyat usullarini o‘zlashtirish muammosini o‘rgangan. D.B.Elkoninning bola tugilgan onidanoq ijtimoiy mavjudot hi- soblanishini ta’kidlab, «jamiyatda bola» (bola va jamiyat emas) formulasinigina tan olgan. Bolaning bilish jarayoni ikki turdagi munosabatlar tizimida kechadi: «bola-ijtimoiy predmet» va «bo- la-ijtimoiy ulg‘aygan inson». «Ijtimoiy ulg‘aygan inson», predmetlar bilan «harakatning ijtimoiy ishlab chiqilgan usullari», ha­

yotning mazmun va me’yorlarini gavdalantiruvchi shaxs sifatida namoyon bo‘ladi. Madaniyat asoslarini egallagan sari bola ha- yot sharoitlariga moslashmaydi, balki faoliyatning faol subyekti sifatida namoyon bo‘ladi va faoliyatni amalga oshirish jarayonida unda turli xildagi psixik yangi tuzilmalar yuzaga kelib, rivojlanadi. Bolaning tug‘ilganidan to 17 yoshigacha bo‘lgan psixik rivojlanishining keng tarqalgan davrlashtirilishi D.B.Elkonin tomonidan yaratilgan bo‘lib, «Bolalik yoshidagi psixik rivojlanishni davrlashtirish muammosiga» (1971) maqolasida taqdim etilgan. D.B.Elkonin bolalarning rivojlanishida, shunchaki vaqt oraliqla- rini emas, balki yosh davrlari, bosqichlarini ajratishni zarur deb hisoblagan. D.B.Elkonin yoshni — «bola rivojlanishining umumiy egri chizig‘ida uning o‘rni va funksional ahamiyati bilan-

gina muhimligi belgilanadigan, nisbiy, alohida davr» sifatida ko‘rib chiqqan. Har bir psixologik yosh o‘zaro murakkab mu- nosabatlarda bo‘lgan ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi: 1) rivoj-


lanishning ijtimoiy holati; 2) yetakchi faoliyat; 3) asosiy yangi tuzilmalar. Rivojlanishning ijtimoiy holati bolaning ijtimoiy sharoitlardagi haqiqiy o‘rni, uning ularga munosabati va undagi faoliyat xarakteri sifatida aniqlanadi. Ma’lum bir ijtimoiy vaziyat- dagi bolaning hayoti bilan, uning ikkinchi muhim tavsifini tashkil etuvchi ushbu yosh uchun xarakterli bo‘lgan bolaning faoliyati chambarchas bog‘liq. A.N.Leontev tomonidan ishlab chiqilgan yetakchi faoliyat tushunchasidan D.B.Elkonin psixologik yosh- larni ajratish mezoni sifatida foydalangan. Har bir yoshda faoli-

yatning turli xil ko‘rinishlari tizimi mavjud, lekin yetakchi faoliyat unda alohida o‘rinni egallaydi. Yetakchi faoliyat birdan tayyor shaklda yuzaga kelmaydi, balki shakllanish rivojlanishning uzoq yoiini (kattalar rahbarligida) bosib o‘tadi. Yetakchi faoliyat — bu bolaning ko‘p vaqtini oluvchi faoliyat emas. Bu psixik rivojlanish uchun uning ahamiyatiga ko‘ra, asosiy faoliyatdir: yetakchi faoliyat shaklida yuzaga keladi va uning ichida faoliyatni boshqa yangi turlari farqlanadi; (masalan, maktabgacha tarbiya yoshidagi o‘yinda o‘rganish elementlari birinchi marta yuzaga keladi va shakllanadi); yetakchi faoliyatda ayrim (xususiy) psixik jarayon- lar shakllanadi yoki qayta tuziladi (o‘yinda bolaning faol tasavvur jarayonlari shakllanadi); yetakchi faoliyatdan, rivojlanishning ushbu davrida kuzatiladigan bola shaxsining o‘zgarishlari bog‘liqdir (o‘yinda bola inson xulq-atvorining motiv va me’yor- larini egallaydi, bu esa shaxs shakllanishining muhim tomonini tashkil etadi). D.B.Elkonin bolalikdagi psixologik yoshlar ket- ma-ketligini quyidagicha taqsimlagan: chaqaloqlik davri inqiro­

zi; go‘daklik (2 oylikdan 1 yoshgacha); kattalar bilan bevosita emotsional muloqot; 1 yosh inqirozi; ilk bolalik (1—3 yosh); vo- sitali — predmetli (predmetli — harakatli) faoliyat; 3 yosh inqirozi; maktabgacha tarbiya yoshi (3—7 yosh); rolli o‘yin; yetti yosh inqirozi; kichik maktab yoshi (8—12 yosh) o‘quv faoliyati; 11—12 yosh inqirozi; o‘smirlik yoshi (11—15 yosh) tengdoshlar bilan in- tim (jinsiy) shaxsiy munosabat; 15 yosh inqirozi. Faoliyat ichida psixologik yangi tuzilmalar yuzaga keladi va rivojlanadi. Bir yetakchi faoliyatning boshqasi bilan almashinuvida inqiroz sodir boladi (masalan, maktabgacha tarbiya yoshidagi okyin faoliyatini kichik maktab yoshidagilar uchun xos bo‘lgan o‘quv faoliyati bilan almashinuvi). Mazmun-mohiyatidan (tuzilishidan) bog‘liqlik- da munosabatlar inqirozi (3—11 yosh) va dunyoqarashlar inqirozi (1—7 yosh) farqlanadi. D.B.Elkonin opining bolalikdagi psixik rivojlanish chizmasida ontogenezda faoliyatning ikki turini al- mashinishi, davriy almashinuv g‘oyasini ishlab chiqqan. Ushbu qadam predmetli harakatning tuzilishi va shakllanishiga bag‘ish- langan. A.V.Zaparojets psixik jarayonlarni oriyentatsion jarayon- larning bir ko‘rinishi deb hisoblagan. Misol uchun, idrok — bu predmetlar xususiyatlari va sifatlariga diqqatni qaratish, tafakkur — ularning aloqalari va munosabatlariga diqqatni qaratish, emot- siya esa — shaxs ahamiyatiga diqqatni qaratishdir. A.V.Zaparojets ixtiyoriy harakatlar va ularni bolalarda shakllanishi tadqiqotlari- da, harakatning yetakchi qismi sifatida oriyentatsiya roli va ori- yentatsiyani bir qancha bosqichlarini tashqi yolnalgandan, ichki yolnalganga bosib o‘tishi haqidagi xulosaga keldi. P.Ya.Galperin ichki, aqliy faoliyatning rivojlanishini o‘rgangan. P.Ya.Galperin harakatning uch komponentidan (tarkibiy qismidan) — oriyentatsiya, bajarish va nazoratdan, ko‘proq ahamiyatga ega deb ori- yentatsiyani hisoblaydi. To‘g‘ri yo‘naltirilgan oriyentatsiya asosi birinchi urinishdayoq harakatni to‘g‘ri bajarish imkonini beradi. Asta-sekin (bosqichma-bosqich) harakatlar interiorizatsiya - si va uni ichki, aqliy harakatga aylanishi sodir bo‘ladi. Shunday qilib, har bir inson harakatida uning ikki tomoni, ikki qismini oriyentatsion va bajarishni ajratish mumkin. Oriyentatsiya faza- si (davri) bajarishdan oldin kechadi. U ayniqsa yangi predmetli harakatni egallashning boshlang‘ich bosqichlarida keng tashkil

etiladi. Harakatning aynan oriyentatsion qismi interiorizatsiyaga uchraydi va psixika funksional rivojlanishining asosiy mazmuni- ni tashkil qiladi. Faoliyatda ikki — motivatsion va operatsion to- monlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Ular bir tekis rivojlanmay- di, xususan har bir yosh davrida faoliyatning alohida tomonlarini



Bir yosh davrining (bolalarda ehtiyoj va motivlar ko‘proq shakllanadi) ikkinchi boshqa yosh davri bilan (bolalarda u yoki bu faoliyatning aniq operatsiyalari shakllanadi) qonuniyatli al- mashinuvi sodir bo‘ladi. Misol uchun, go‘daklikda kattalar bilan emotsional muloqotga, predmetli olamni egallash va ish- bilarmon — hamkorlik ehtiyojlari va motivlari yuzaga keladi, ular muvofiq keluvchi operatsiyalar shakllanganda, ilk yoshda, predmetli faoliyatda amalga oshadi. Biroq, maktabgacha tarbiya yoshida o‘yin faoliyatida keyingi kichik maktab yoshida yetakchi boladigan faoliyatning ehtiyoj va motivlari ko‘proq rivojlanadi. Shuning uchun ikki ma’lum bir turdagi yoshlar bir-biri bilan o‘zaro bog'langandek va bu «boglanish» (yoki D.B.Elkonin so‘zlari bilan aytganda «era») butun bolalik da- vomida amalga oshadi (yoki davriy takrorlanadi). Shunday qilib, D.B.Elkonin oriyentatsiyaning ilgarilab rivojlanish qonu- niyati bajaruvchi qismiga nisbatan faqatgina funksional emas, balki psixikaning yosh davriga bogliq rivojlanishida ham ta’sir ko‘rsatadi, deb taxmin qiladi: bolaning rivojlanish jarayonida avval faoliyatning motivatsion, so‘ngra operatsional texnik tomonlarini egallash sodir bo‘ladi. D.B.Elkonin nuqtayi na- zariga ko‘ra, faoliyatning motivatsion va operatsion tomonlarini rivojlanish darajalari o‘rtasida doimiy ravishda uzilish yuzaga keladi, biri oldinga chiqib boshqasidan o‘zib ketadi hamda orqada qolgan tomon rivojlanishning zarur darajasiga yetishi uchun faoliyatni o‘zgartirishi zarur. Rivojlanishni harakatlan- tiruvchi kuchlar bola tomonidan faoliyatning predmetli va motivatsion tomonlarini egallash jarayonida shakllanadigan qara- ma-qarshilik (ziddiyat) bilan bogliq. D.B.Elkonin tomonidan shakllantirilgan, bolaning psixik rivojlanishidagi davriylik fara- zi L.S.Vigotskiyning g‘oyalarini ijodiy rivojlantiradi, u bola- da nafaqat bilish, balki shaxsning motivatsion — ehtiyoj soha- si ham shakllanishini, bola tomonidan insonlar va predmetlar olamini o‘zlashtirilishini tushuntirib, psixik rivojlanishda o‘z- o‘zini rivojlantirish mexanizmini ochib berdi.

200

11.4. Psixik rivojlanishni davrlashtirish muammosini hal etishdagi zamonaviy yondashuvlar

Psixika rivojlanishini yoshga oid davrlashtirish masalalari

A.N.Leontev, L.I.Bojovich, V.V.Davidov, М.I.Lisina, A.V.Petrov- skiy, D.I.Feldshteyn va boshqalarning ishlarida batafsil ko‘rib chiqilgan. V.I.Slobodchikov va R.A.Sukermanlar yoshga oid davrlashtirishning birmuncha mashhur ikki modelini E.Erik- son va D.B.Elkonin ta’limotlarini tahlil qilgan. Ularning fikri- ga ko‘ra, bu ikki ta’limot «muvozanatlashmagan» va «to‘liqsiz»li- gi bilan farqlanadi. E.Erikson birinchi o‘ringa rivojlanishning ichki manbalarini qo‘ysa, D.B.Elkonin-tashqi muhitni qo‘ydi. Mualliflar umumiy psixik rivojlanish va davrlashtirish nazari- yasi asosiga, bir vaqtning o‘zida rivojlanishning ikki tomonini - uning obyekti va manbasini o‘z ichiga oluvchi «mavjudlik birli-

gi» tushunchasini qo‘yishni taklif qilganlar har qanday insoniy birlikni (mavjudlikni) tuzilishida kamida ikki kishi ishtirok etadi va birlikning mazmuni va shaklini almashinuvi hamkorning al- mashinuvi bilan kuzatiladi. Psixik rivojlanishning integral davr- lashuvini umumiy ko‘rinishi o‘zida bazis (asos) birlikning har xil turlarida shaxs rivojlanishining subyekti sifatida inson rivojlanish bosqichlarini aks ettiradi. Har bir bosqich murakkab tuzilishiga ega: mavjudlikning shakllanish bosqichi va mustaqillikning shakllanish bosqichi, tug‘ilish inqirozi (yangi birlikka o‘tish) va rivojlanish inqirozi (yangi birlikni o‘zlashtirish) farqlanadi. Yon- dashuvni keng batafsil yoritmasdan ajratilgan bosqichlarga qisqa- cha to‘xtalib o‘tamiz: I. Jonlanish (tug‘ilgandan 12 oylikkacha, katta yoshdagi qondoshi bilan umumiylik. Bola o‘zining jismoniy psixosomatik individualligini egallaydi. II. Ruhlanish (11

oylik—6,5 yosh) - katta yoshdagi yaqinlari bilan umumiylik (bir- lik). Bola o‘zi uchun ilk bora o‘zining o‘zligini (mashhur bolgan «Mening o‘zim!») kashf etadi, o‘zining shaxsiy xohish va qobili- yatini subyekti deb biladi. III. Shaxsiylashuv (5,5—18 yosh) qo‘li- ga qalam tutgan insonning hamkori bo‘lib, madaniyat sohasida-

201

gi ijtimoiy kattalar hisoblanadi; o‘qituvchi, murabbiy, ustoz va boshqalar. Inson birinchi marotaba o‘zini shaxsiy tarjimayi ho- lining muallifi ekanini anglaydi, kelajagi uchun shaxsiy javob-

garligini his qiladi, boshqa odamlar bilan birgalikdagi turmush ichida o‘zining ular bilan o‘xshashlik chegaralarini aniqlaydi. IV. Individuallashuv (17—42 yosh) — insonning hamkori bo‘lib, ijtimoiy qadriyatlar va ideallar tizimi bilan asoslangan, faoliyat mu- nosabatlariga u bilan kirishuvchi insoniyat hisoblanadi. Subyekt

rivojlanishining ushbu bosqichini mohiyati - insonning shaxsiy mavqeyini o‘lchashiga ko‘ra ijtimoiy qadriyatlarni individu- allashuvidir. Inson o‘z mustaqilligi uchun javobgar bo‘lib boradi.

V. Universallashuv (39 yoshdan yuqori) har qancha rivojlangan individuallik chegaralaridan tashqariga chiqish va bir vaqtning o‘zida umumiy-yuqori insoniy, ekzistensial qadriyatlar doirasiga «o‘zining boshqasiga» kirish. Ilohiy insoniyat universal voqelikni anglashdagi suhbatdosh va tuzishdagi ishtirokchi sifatidadir. Slo- bodchikov va Sukermenlar kimyodagi Mendeleyev jadvali yoki biologiyadagi evolutsion shajara bilan davrlashtirish chizmasining ahamiyatini taqqoslab, davrlashtirish chizmasini katta amaliy ahamiyatiga ishonch hosil qildilar: «Agar rivojlanishning umu- miy xaritasi tuzilsa, psixolog va pedagoglar turli yoshdagi odamlar uchun rivojlanishning maqbul yo‘llarini (ma’lum bir qadriyatlar nuqtayi nazaridan) ta’minlash uchun, ular yaratadigan madaniy-ta’limiy kenglikdagi bo‘shliqlar, oq dogiarni ko‘rishlari mumkin. So‘nggi yillarda psixik rivojlanishda inqirozlar g‘oya- sini nazariy va eksperimental o‘rganish keng avj oldi. Inqiroz davrlarining yangi tuzilishi L.I.Bershedova tomonidan yosh- ga bog‘liq rivojlanishning yangi bosqichiga o‘tishga psixologik tayyorlik shaklida tahlil qilingan. K.N.Polivanova ishlarida og‘ir «inqirozli» yosh davrlarida ontogenetik rivojlanishda real va ideal shakllarni o‘zaro o‘tishi sodir bo‘lib, bu o‘zaro ta’sir- ning murakkab ichki mexanizmi ochiladi. Bu mantiqda inqiroz (og‘ir) yoshi zaruriyat yuzasidan bir qator keyingi keluvchi bos- qichlarni o‘z ichiga oladi. Psixologlar diqqat markaziga nafaqat

202

yoshdagi yangi tuzilmalar balki, «yo‘qotishlar», (me’yoriy yosh- ga doir involutsiya belgilari) ham kiritilishiga e’tibor qaratiladi. Yoshga oid dinamika nafaqat kattalar nuqtayi nazaridan (yeti- lishning psixofiziologik me’yori va yoshning madaniy me’yori- ga muvofiqlikni bola tomonidan egallanishi nuqtayi nazaridan) balki «o‘zini his qilish» bolalik me’zonlarini hisobga olgan hol- da ko‘rib chiqilishi kerak. Zamonaviy psixologlar postindustrial axborotli davrda ijtimoiy hayotning yangi yondashuvlariga ahamiyat qaratmoqdalar. XX asrning oxiri XXI asrning boshi hayotning odatiy davrlarini chegarasi va yoshga oid barqaror ori- yentatsiyalarning yemirilishi bilan xarakterlanadi. Davr hodisa- lari tobora vaqt va kenglikda individuallashadi va keng olcham- da turlanadi (o‘zgaradi): maktabga chiqish vaqti, talabalik davri, mutaxassisligi bo‘yicha ish boshlash, shuningdek nikohga kirish, erta va kech farzand tug‘ilishi. K.N.Polivanova «yosh g‘oyasi», «madaniy yosh» (tushunchalari) kategoriyalari insonga muno- sabat vositasi sifatida (o‘zining ahamiyatini) uning jamiyatda- gi o‘rnini aniqlab, unga ma’lum bir talab va kutuvlarni qo‘yib, o‘z ahamiyatini saqlab qoladi. Biroq, zamonaviy holat yagona «yosh pog‘onalardan» individual rivojlanishning noaniqligiga o‘tishni aks ettiradi. Ayrim tadqiqotlar davrlashtirish yondashu- viga muqobil sifatida hayotiy hodisalar psixologiyasini rivojlan- tirishni taklif qiladilar. Bu muammoda ko‘p jihatlar o‘rganilmay qolmoqda, lekin uning o‘rganish usullari nazariy jihatdan yetar- li darajada aniq yoritilgan.

Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari:

1.       Bolalik nima?

2.       F. Arles san’at asarlari, badiiy asarlar, o‘tgan davrdagi in- sonlar maktublarini tahlil qilish bilan qanday xulosaga kelgan?

3.       Jamiyat hayotining murakkablashib borishi bola ruhiyatiga va shaxsiyatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

4.       Bola rivojlanishida jamiyatni anglash borliqni o‘zlashtirish- da asosiy faoliyat turini ko‘rsating.

203

5.       V.T. Kudryatsev bolalikning keyingi tarixiy rivojlanishini bolalikning nechta tipini ajratadi?

6.       Kvazibolalik qanday xarakterlanadi?

7.       Bolalikni ajratishda asos qilib nimalar olinadi?

8.       L.S.Vigotskiy tomonidan tuzilgan davrlashtirish qanday davrlarni o‘z ichiga oladi?

9.       A.V.Zaparojets psixik jarayonlarni qanday jarayon deb atagan?

10.    Inqiroz davrlarining yangi tuzilishi L.I.Bershedova tomo­nidan qanday tahlil qilingan?

Mavzuni mustahkamlash uchun test savollari:

1.       Bolalik nima?

a)    *tarixiy kelib chiqish va ko‘rinishiga ega bo‘lgan, murakkab

ijtimoiy-madaniy hodisadir;

b)    inson yoshi va ruhiyatining muayyan bir davri;

c)    inson hayotiy rivojlanishining bir bo‘g‘ini;

d)    murakkab ijtimoiy-madaniy hodisadir.

2.       F. Arles san’at asarlari, badiiy asarlar, o‘tgan davrdagi in- sonlar maktublarini tahlil qilish bilan qanday xulosaga kelgan?

a)  u ijtimoiy hayotning rivojlanishi davriy ravishda kechishi-

ni ta’kidlagan;

b)  * u ijtimoiy hayotning rivojlanishi, yangi ijtimoiy institut- larning paydo bo‘lishi insoniyat hayotining yosh davrlarini ajrati- lishiga olib keladi, — degan xulosaga keldi;

c)  u ijtimoiy hayotning rivojlanishi murakkab hodisa ekanlig- ini e’tirof etgan, yangi ijtimoiy institutlarning paydo bo‘lishini ay- tib o‘tgan;

d)  u ijtimoiy hayotning o‘zaro uzviy bogliqligini va vaqt o‘tishi

bilan sayqallanib rivojlanib borishini aytib o‘tgan.

3.       Jamiyat hayotining murakkablashib borishi bola ruhiyatiga va shaxsiyatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

a)    jamiyatning rivojlanib borishi bola hayotida tub o‘zgarish-

larni vujudga keltiradi;

b)    jamiyat rivojlanishi bola ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi;

204

c)    * bolaning holati (ya’ni ijtimoiy maqomi, huquq va majburi-

yatlar doirasi, unga doir bo‘lgan faoliyat turlari va shakllari) muhim o‘zgarishlarga duch keladi;

d)    jamiyatning rivojlanib borishi bola hayotida ta’sir ko‘rsat-

maydi.

4.       Bola rivojlanishida jamiyatni anglash borliqni o‘zlashtirish- da asosiy faoliyat turini ko‘rsating.

a)    suhbatlashish;

b)    atrofni kuzatish;

c)    *turli o‘yinlar o‘ynash;

d)    borliqni idrok qilish.

5.       L.S.Vigotskiy tomonidan tuzilgan davrlashtirish qanday davrlarni o‘z ichiga oladi?

a)                     *yangi tug‘ilgan chaqaloq inqirozi; go‘daklik (2 oylikdan 1

yoshgacha); 1 yosh inqirozi; ilk bolalik (1-3 yosh); 3 yosh inqirozi; maktabgacha tarbiya yoshi (3-7 yosh); 7 yosh inqirozi; maktab yoshi (8—12 yosh); 13 yosh inqirozi; Pubertat yosh (14—17 yosh); 17 yosh inqirozi;

b)                     go‘daklik (1 oylikdan 1 yoshgacha); 1 yosh inqirozi; ilk bolalik (2-3 yosh); 3 yosh inqirozi; maktabgacha tarbiya yoshi (3-7 yosh); 7 yosh inqirozi; maktab yoshi (8-12 yosh); 13 yosh inqirozi; Pubertat yosh (14-17 yosh); 17 yosh inqirozi;

c)                     ilk bolalik (1—3 yosh); 3 yosh inqirozi; maktabgacha tarbi­

ya yoshi (3—7 yosh); 7 yosh inqirozi; maktab yoshi (8—12 yosh);

13 yosh inqirozi; Pubertat yosh (14-17 yosh); 17 yosh inqirozi;

d) 2 oylikdan 2 yoshgacha; 2 yosh inqirozi; ilk bolalik (1—3 yosh); 3 yosh inqirozi; maktabgacha tarbiya yoshi (3-7 yosh); 7 yosh inqirozi; maktab yoshi (8-12 yosh); 13 yosh inqirozi; Pubertat yosh (14—17 yosh); 17 yosh inqirozi.

205


XII BOB. GO‘DAKLIK DAVRI

Reja:

1.  Prenatal va chaqaloqlik davridagi psixofiziologik xususiyatlar.

2.  Inqirozli davr sifatida go^daklik davri.

3.  Hayotining birinchi yilida psixik rivojlanish.

4.  Go‘daklik davrining psixologik yangiligi. Bir yoshdagi in­qiroz.

Mavzu o‘quv maqsadi:

TaTimiy: Bo‘lajak psixologlarda tug‘ilish davri inqirozi, prenatal, chaqaloqlik, go‘daklik davri psixofiziologiyasi, jismoniy shuningdek, aqliy rivojlanishiga xos xususiyatlar haqida ilmiy bilimlarni hosil qilish.

Tarbiyaviy: Bo‘lajak psixologlar ongiga insonning shaxs sifatida shakllanishida prenatal, chaqaloqlik va go"daklik davri psixofiziologik rivojlanishining ahamiyatini singdirish.

Rivojlantiruvchi: mavzuning ta’limiy va tarbiyaviy okquv maqsadlari asosida talabalar dunyoqarashini kengaytirish, prenatal, chaqaloqlik va go‘daklik davridagi bolalarning psixologik rivojlanishini aniqlash, ko‘nikma-malakalarini shakllantirish.

Tayanch tushunchalar: zigota, embrion, chaqaloq, go‘dak, tug‘ilish davr inqirozi.

12.1. Prenatal va chaqaloqlik davridagi psixofiziologik

xususiyatlar

Bolaning ona qornida paydo bolgandan tug‘ilgunga qadar bo‘ladigan o‘zgarishlar homilaning prenatal ichki rivojlanishini tashkil etadi. Har bir davr ona qornida boiajak farzandning rivojlanish bosqichiga tegishli atama bilan nomlanadi. Ona qornida rivojlanish o‘rtacha 38 hafta davom etadi va 3 bosqichga, ya’ni zigota bosqichi, embrion bosqichi va homila bosqichiga bo‘linadi.

Zigota bosqichi (1~2 haftalik)

Birinchi haftaning oxiriga kelib, zigota onaning qon tomirlari bilan birlashadi, bu hodisa implantatsiya deb ataladi. Implan-

206


tatsiya jarayonining tugallanishi uchun ikki hafta kerak bo‘la- di, shundan so‘ng garmonal o‘zgarishlar boshlanadi, bu hayz ko‘rishning vaqtinchalik to‘xtashiga olib keladi, ayol kishiga bu belgi uning homiladorligidan darak beradi. Zigotaning aylana o‘lchamlari 1 mm dan kamroq bo‘ladi, uning hujayralari bo‘li- nishni boshlaydi.

Homila tanasi murtak diski hujayralaridan rivojlanadi, bu bosqichda murtak diski zigota markazida joylashgan hujayralar to‘plami ko‘rinishida bo‘ladi. Boshqa hujayralar rivojlanayotgan organizmni himoya qiluvchi va oziqlantiruvchi asosli to‘qima- larni hosil qilishi zarur. Implantatsiya va hujayralarning ajralib hosil bo‘lishi zigota bosqichining tugallanishi belgilari bo‘lib hi­

soblanadi. Zigota 36 hafta davomida murtakdan bola tug‘ilishiga- cha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tishga tayyor holga keladi.

Embrion bosqichi (3-8 hafta)

Bu ona qornida rivojlanishning yangi embrional davri odat- da murtak hosil bolgandan keyin uchinchi haftadan boshlanib, sakkizinchi haftaning oxirigacha davom etadi. Bu vaqt davomida tana tuzilishi va ichki organlar rivojlanadi. Davr boshida em- brionda uch qavat hujayralar tiklanadi. Tashqi qavatda ektoder- madon sochlar, terining tashqi qavati va nerv tizimi rivojlanadi. 0 ‘rta qavatda mezodermadon, muskullar, suyaklar va qon tomir- lari tizimi hosil bo‘ladi. Ichki qavatda yoki endodermadon ovqat hazm qilish tizimi va o‘pkalar rivojlanadi. Uch haftalik embrion bilan sakkiz haftalik embrion solishtirilganda uning ko‘rinishi- da sezilarli o‘zgarishlarni ko‘rishimiz mumkin. 3 haftalik embrion uzunligi 2 millimetrdan oshmaydi. Hujayralarning darajalar- ga bo‘linishi boshlanib, organizm ko‘proq salamandrani eslatadi. 0 ‘sish va rivojlanish tezlik bilan amalga oshadi, 8 haftalik em- brionda ko‘zlar, ogkiz, qo‘l va oyoqlarni ko‘rish mumkin, miya va nerv tizimi ham juda tez rivojlanadi, embrion yuragi bir oy avval

o‘z faoliyatini boshlab yuborgan bo‘ladi. Embrionda odamga xos organlar u yoki bu shaklda mavjud boiadi, lekin uning olcham- lari onaga sezilarli darajada bo‘lmaydi.

207


Embrionga amnion suyuqligi bilan to‘lgan amnion qobig‘i joy- lashadi. Amnion qobig‘i embrionni himoya qilib, doimiy haro- ratini ta’minlab turadi. Embrion ona bilan ikki tizimcha orqali bogiangan. Kindik tizimchasi embrionni yo‘ldosh bilan boglovchi qon tomirlaridan iborat. Yoldoshga qon tomirlar kindik tizimchasi orqali onaning qon tomirlarigacha yetib boradi, lekin bevosita ular bilan birlashmaydi. Qon kindik qon tomirlarining barmoq- simon o‘simtalari — qilchalar orqali oqadi. Qilchalar ona qon tomirlariga bevosita yaqin joylashgan, bu vitaminlarning o‘tishi, shuningdek, ona qoniga almashinuv mahsulotlarining diffuziya mexanizmi hisobiga ajralish imkonini beradi. Tana qismlari va

organizm tizimlari embrional davrda shakllanadi va homila bos- qichida o‘z vazifalarini samarali bajara boshlaydi. Tana qismlari va ichki organlar hosil bolishi bilan ona qornida rivojlanishning ikkinchi muhim bosqichi nihoyasiga yetadi. Organlarning o‘z va- zifasini bajara boshlashi navbatdagi oxirgi bosqichga to‘g‘ri keladi.

Homila bosqichi (9—38 hafta)

Homila bosqichi oxirgi va eng uzoq davom etadigan bosqich bo‘lib, to‘qqizinchi haftasidan boshlab, tug‘ruq bilan tugallanadi. Bu vaqtda homilaning tana o‘lchamlari kattalashadi va organizm tizimlari faoliyat yurita boshlaydi. 4 oylikdan homilaning og‘irligi 113,4 grammdan 226,8 grammgacha yetadi. Oxirgi 5 oyda homilaning og‘irligi 1984,5 grammdan 2268 grammgacha o‘lchamlari kattalashib borishini ko‘rish mumkin.

208

1.    Tuxumdon va urug‘don differensiatsiyasi.

2.    Qon tomir tizimining faoliyati.

3.    Homila harakatining onaga sezilishi.

4.    Homila boshida soch qoplanishining hosil bo‘lishi.

5.    So‘rish va yutish faoliyati.

6.    Bosh miyaning maxsus faoliyati.

7.    Homilaning hayotchan davri.

8.    Og‘irligini tezda ko‘paytirib olishi.

9.    Tug‘ruq.

Bu davrda organizm uchun muhim bo‘lgan nerv, nafas olish va ovqat hazm qilish kabi organlarning shakllanishi tugallanadi.

Bu davrning eng muhim hodisalari quyidagilardan iborat.

Urugianishdan 5—6 oydan so‘ng homilaning qoshlari, kipriklari va sochlari paydo bo‘ladi. Embrional davrning oxiriga

borib, erkak embrionda urug‘don, qiz embrionda tuxumdonlar rivojlanadi. Uchinchi oyda urug‘donda tashqi jinsiy belgilar rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi garmonlar sintez qilishni boshlay­

di: qiz embrionda bu garmon sintezlanmaydi va o‘xshash hujay- ralardan jinsiy organlar hosil bo‘ladi.

4-haftada hujayralar qavati naysimon bo‘lib o‘raladi. Nayning bir uchi kengayib, undan bosh miya hosil boladi, qolgan qismi- dan orqa miya shakllanadi. Homila bosqichi boshlanishiga kelib, bosh miya tarkibida turli tuzilmalar bo‘lib, organizm funksiyala- rini boshqaradi. Bu bosqichda miyaning barcha sohalarini o‘si- shi amalga oshadi, xususan, odam xulq-atvorining ko‘plab muhim turlarini boshqaruvchi bosh miya po‘stlog‘ining xususiyatlari ham rivojlanadi. Bu o‘zgarishlar homilaning 22 va 28 haftalar o‘rtasida rivojlanayotgan organlarning ko‘pchilik tizimi ishonch- li ravishda faoliyat yurita boshlaydi, shuning uchun homila ha- yotining bu davri homilaning hayotchan davri deb ataladi. Bu vaqtda homila bola ko‘rinishini oladi. Vaqtidan avval tug‘ilgan bolalarning nafas olish organlarida muammolar tug‘ilishi mumkin. Shuningdek, ular tana haroratini doimiy tarzda boshqa- rib turolmaydilar. Chunki, ularda teri osti qavatidagi yog‘ qava-

209


ti mavjud bo‘lmaydi. Bu qavat homilaning 8-oyida hosil bo‘ladi. Hozirgi zamon neonatal yordamning imkoniyatlari yordamida erta tug‘ilib qolgan bolalar yashab qolishi mumkin. Homila bos- qichida xulq-atvor paydo boiadi, homilada faollik davri ko‘rina- di. Ko‘pchilik onalar homila harakatchanligi va tinch vaqtlarini aytib berishlari mumkin. Homilaning ko‘z va quloqlari ta’sirlarga javob beradi, yuragi tezroq urishni boshlaydi, ko‘zlari yorugiikka pirpirash bilan javob beradi.

Bunday ma’lumotlar shundan dalolat beradiki, ona qornidagi oxirgi oylar homilani mustaqil hayotga, ya’ni, ona organizmidan tashqi hayotga tayyorlab beradi, bu o‘zgarishlar homilador ayol o‘zining bo‘lajak farzandiga sog‘lom atrof-muhitni ta’minlagan- dagina amalga oshishi mumkin.

Sog‘lom bola tug‘ilishi uchun bolajak onalarga vrachlar asosiy 5ta tavsiyani ta’kidlab o‘tadilar:

1.       Homilador ayol davolovchi vrach ko‘rigidan muntazam o‘tib turishi, har oyda, homiladorlikning oxirida har haftada vrach qa- buliga borib turishi shart.

2.       Homilador ayol to‘g‘ri ovqatlanish tartibiga rioya qilishi shart. Asosiy ozuqa 5ta asosiy mahsulotlar guruhidan: yorma- lar, meva va sabzavotlar, sut mahsulotlari, go‘sht yoki dukkakli o‘simliklardan tayyorlangan ozuqalar bo‘lishi kerak. Barcha vita- minlar, minerallar va temir moddalardan iborat taomlarni tano-

vul qilishlari kerak.

3.       Alkogol va kofein tutuvchi ichimliklarni iste’mol qilish, chekish tavsiya etilmaydi. Biror-bir dori-darmon yoki tibbiy mu- olajani qabul qilishda avval vrach bilan maslahatlashishlari kerak.

4.       Homiladorlik davrida badan tarbiya bilan shug‘ullanish zarur. Agar homilador ayol yaxshi jismoniy holatda bo‘lsa, tana qo‘shimcha og‘irlikni ko‘tarishda qiyinchilikka uchramaydi.

5.       Homilador ayol o‘zining toliqib qolishiga yo‘l qo‘ymasligi, ayniqsa, homiladorlikning oxirgi haftalarida, maxsus mashg‘ulot- larga qatnashishi zarur. U yerda ayollarni tug‘ruqqa va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni parvarish qilishni o‘rgatadilar.

210


Bola hayotining har bir oyi uning jismoniy va psixik imkoni- yatlarining shakllanishidagi muhim davrdir. Ikki, uch oylik bola ham yangi tug‘ilgan chaqaloqdan ancha farq qiladi, uch yashar

bola esa o‘z taraqqiyoti bilan bir yashar boladan birmuncha ustun turadi. Ilk bolalik davrda bolaning shaxsi, xarakteri, xulq-at- vori ma’lum darajada tarkib topadi. Shu sababli bolaning ma’lum davrdagi rivojlanishi xususiyatlarini tahlil qilganda, bu rivojlanishning oldingi bosqichlarda qanday bo‘lganligini bilish kerak. Bu faqat bolaning rivojlanish jarayonini takomillashtirish va tez- lashtirish uchun emas, balki ana shu jarayonning bola kuchiga yarasha va yosh imkoniyatiga mos keladigan bo‘lishini ta’minlash uchun ham kerakdir.

Pedagogik tajribalarga va mavjud psixologo-fiziologik tek- shirish natijalariga asoslanib maktabgacha yoshdagi bolalarning psixik taraqqiyoti quyidagi yosh bosqichlariga ajratiladi. (Bunda bola tug‘ilgandan tortib, to maktabda o‘qiy boshlaguncha bo‘lgan davr hisobga olinadi.)

1.      Tug‘ilgandan bir yoshgacha: chaqaloqlik davri (hayotining birinchi oyi); hayotining birinchi yili — go‘daklik davri.

2.      Bir yoshdan uch yoshgacha: ilk bolalik davri.

3.      Uch yoshdan yetti yoshgacha: maktabgacha bo‘lgan davr.

Bola psixikasi taraqqiyotining mana shu ko‘rsatilgan davrlari umuman qabul qilingan bo‘lsa ham, bu davrlarni absolut davr deb hisoblash mumkin emas. Yosh davrlariga ajratishda qat’iy che-

gara yo‘q. U hech kim yil fasllarining almashinuv oyi va soatini ko‘rsata olmaganidek, odam hayotining davrlari o‘rtasidagi che- garani ham aniq ajratish mumkin emas. Shuning uchun yuqo- ridagi davrlarga ajratishni absolut deb boMmaydi.

Bola tug‘ildi. Yangi tug‘ilgan bola hayotida birinchi inqirozni boshidan kechiradi. Ona organizmi bilan anatomik bog‘lanish uzilgan bo‘lsa-da, bola mustaqil hayot kechira olmaydi, chunki bola ona bilan fiziologik jihatdan bogiangandir, ona uni o‘z su- ti bilan boqadi. U yangi, o‘zgacha muhitda yashay boshlaydi. Bola hayotining birinchi kunlari tug‘ilganidagi og‘irligini yo‘qotadi.

211

Bunga tashqi dunyo sharoitiga moslashish davrida energiyaning ko‘plab sarflanishi sababdir. Bola organizmining, ma’lum vaqt o‘tib, tug‘ilgan davridagi og‘irligiga teng kelishi uning tashqi mu- hitga, yangi sharoitga moslashganligidan darak beradi. Odatda chaqaloqning og‘irligi 10—12 kun o‘tgach, asli holiga keladi.

Yangi tug‘ilgan bola anatomik-fiziologik tomondan hali yetil- magan bo‘lib, katta kishi organizmidan o‘ziga xos tomonlari bilan farq qiladi. Yangi tug‘ilgan bola suyak-muskul tizimining tez o‘sishi bilan kattalardan keskin farq qiladi. Ularning muskul va muskul to‘qimalari juda bo‘sh bo‘ladi. Muskullar asta-sekin qota

boshlaydi. Oldin bo‘yin muskullari (bola boshini tuta boshlaydi), keyin tana muskullari (bola o‘tira oladi), undan keyin esa oyoq va qo‘l muskullari yetiladi, predmetlar bilan harakat qilish imkoni- yati paydo bo‘ladi, bola yura boshlaydi.

Yangi tug‘ilgan bolaning suyagida ohak va boshqa tuzlar kam bolib, u asosan tog‘ay to‘qimalaridan iboratdir. Bosh suyak- lar bola 2—3 oylik bo‘lgandagina bir-biri bilan tutashib ketadi. Bosh suyagining peshana va tepa qismlari tepasida katta liqildoq deb ataladigan oraliq bolib, u qalin parda va teri bilan qoplan- gan bo‘ladi. Bu oraliq bir-bir yarim yildan keyingina suyak bilan qoplanib ketadi.

Yangi tug‘ilgan bola nerv tizimining yuksak qismi — bosh miya yarim sharlari tashqi ko‘rinishdangina kattalar miyasiga o‘xshay- di. Aslida chaqaloqning boshi katta ko‘rinsa-da (miya ogbirligi butun tananing sakkizdan birini, kattalarda esa qirqdan birini tashkil etadi), hali taraqqiy etmagan bo‘ladi. Tanasining umumiy og‘irligi 3—4 kilogramm bo‘lgani holda, miyaning og‘irligi 300 grammdan oshadi. Chaqaloq miyasidagi nerv hujayralari, «ariq- chalar» va «izlar»ning soni katta kishilar miyasidan farq qilmay- di, ammo bola miyasi tuzilish jihatidan bir shaklda bo‘lib, «izlar» aniq ko‘rinmaydi, nerv hujayralari tarmoqlarining miqdori kam bo‘ladi.

Nerv tolalarining bir-biridan yetarli darajada ajralmagan- ligidan tashqi olamdan kelayotgan o‘zgarishlar boshqa nerv mar-

212

kazlariga ham ta’sir etadi, bosh miya yarim sharlarida hech qanday aniq va barqaror o‘zgarish joylari paydo bo‘lmaydi. Uning uchun chaqaloq tashqi qo‘zg‘ovchilar ta’siriga qo‘l, oyoq va boshi- ni tartibsiz harakat qilib javob beradi. Miyaning eng «qadimiy» bo‘limlari nafas olish, qon aylanishi, emish, yutinish kabi jara- yonlarni ta’minlaydi. Bu nerv tolalari bolaning yashashi uchun yetarli miqdorda (nerv tolasi) mielen qobig‘i bilan qoplangan.

Chaqaloq bola bizga eng ojiz zotdek tuyuladi. Shunga qara- may, xuddi shu yoshning ham kuchli tomoni bo‘lib, bu jihati bilan go‘daklar kattalardan ustun turadi,—deb ta’kidlaydi professor Ye.A.Arkin. Uning fikricha, bolaning kuchi uning o‘sish energi- yasida namoyon boladi. Bola tanasining og‘irligi hayotining birinchi yilida uch barobar ko‘payadi, bo‘yga nisbatan yetti oylik bola juda tez o‘sadi va sakkiz oylik bo‘lganda, bo‘yi ikki barobar ortadi, o‘ttiz oyga yetganda to‘rt marta ortadi. Bolalar har oyda 2 santimetr o‘sadi. Uning miya og‘irligi har kuni 1,5 grammdan ko‘payadi. Miyaning rivojlanishi sur’ati haqida gapirganda shuni e’tiborga olish kerakki, yetti oylik bolaning miyasi 2 marta ko‘pay- sa, 2—3 yoshga kelib, uning og'irligi uch marta ortadi. Miyaning kattaligi deyarli 20 yil mobaynida ortib boradi, katta yarim shar- larning ustki «izlari» murakkablashib boradi. Bolalarning o‘sishi- dagi bu qadar ulkan jadallik vegetativ nerv tizimiga, bir qator ichki sekretsiya bezlari (bo‘qoq bezi va boshqalar)ga bog‘liq.

Ichki sekretsiya bezlari ishlab chiqaradigan maxsus garmon- lar qonga o‘tib, organizmning o‘sishi va rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Go‘daklarning bu qadar tez o‘sishi ushbu davrning o‘ziga xos tomonini ifodalaydi. Shuning uchun bu davrda bolaning o‘sishiga va rivojlanishiga ta’sir etadigan barcha narsalar yaxshi bo‘lishi, sifatli ovqat, sof havo, quyosh nuri yetarli miqdorda bo‘lishi kerak.

Bolaning nerv faoliyati ikki xil ta’sirda o‘z ifodasini topadi. Bularning birinchisiga shartsiz yoki tug‘ma reflekslar, ikkinchisi- ga esa shartli reflekslar kiradi. Shartsiz reflekslar bolaning tug‘i-

lish paytiga kelganda, ancha yetilgan bo‘ladi, buning natijasida

213

qon aylanish, nafas olish va ovqat hazm qilish singari eng zarur vegetativ funksiyalar amalga oshiriladi. Masalan, qorni och- gan chaqaloqning labiga bir narsa tegishi bilanoq, unda emishni bildiruvchi harakatlar paydo boiadi, bu ovqatlanish refleksi, ya’ni shartsiz refleksdir.

Yuqorida qayd qilinganidek, tug‘ilish davrida bosh miya katta yarim sharlari og‘irligi, hajmi va funksiyasi jihatidan rivojlan- gan darajada boimasa ham, bosh miya mavjud shartsiz reflekslar zaminida yangi tug‘ilgan bola bilan tashqi muhit o‘rtasida eng zarur aloqalar o‘rnatish imkoniyatini beradigan elementar shartli reflekslar hosil qilishga qodirdir.

Bola hayotining birinchi kunlaridan boshlab individual hayot kechirish jarayonida tashqi muhit bilan aloqa vujudga keladi. Bola hayotining ikkinchi oyida unda barcha sezgi organlariga xos shartli reflekslar hosil bo‘ladi. Lekin tadqiqotchilarning ko‘rsa- tishicha, bola hayotining bu davridagi reflekslar zaif ifodalangan va beqaror bo‘ladi.

Bolaning o‘sishi va rivojlanishi jarayonida egallayotgan reak- siyalari barqaror bo‘la boradi, tez paydo bo‘la boradi va anchagi- na differensiyalashadi. Modomiki, bolada shartli reflekslar hayotining birinchi oylarida paydo bo‘lar ekan, bola tarbiyasini ham hayotining birinchi oylaridan boshlab to ^ ri tashkil etish lozim. Bu esa bolaning rivojlanishi va xulq-atvorida salbiy xususiyatlar kelib chiqmasligining oldini oladi, bola taraqqiyotining normal boiishini ta’minlaydi. Markaziy nerv tizimining ruhiy bolimlari rolining ortib borishini asosiy nerv jarayonlari — qo‘zg‘alish va tormozlanishning ifodalanishida aniqroq ko‘rish mumkin bo‘la- di. Odatda tormozlanish ikki turda: ichki va tashqi turga ajratila- di. Ichki tormozlanishning eng yorqin ifodasi uyqudir. Tormozlanishning tashqi ifodasi bolani tarbiyalash tufayligina hosil bo‘ladi. Buning uchun asosiy ozuqa (masalan, sut) bilan birga, bolaga ya- na boshqa qo‘shimcha (doimo sut ichiriladigan shishachani al- mashtirib qo‘yish) ham ta’sir etadi. Chaqaloq tug‘ilgandan boshlab uning atrofidagilari har tomonlama qoilab-quvvatlaydilar.

214

Ular bola organizmini jismoniy parvarish bilan ta’minlaydilar, o‘rgatadilar, tarbiyalaydilar, insoniy psixologik va axloqiy jihat- larni o‘zlashtirishga, jamiyatda yashash sharoitlariga moslashu- viga yordam beradilar. Bolani ota-onalar va kattalar tomonidan qo‘llab-quvvatlash tug‘ilishidan boshlab, toki bola katta bo‘lib, mustaqil hayot tarzini kechira olguncha davom etadi.

Chaqaloq tug‘ilgandayoq amalda qo‘llashga tayyor bo‘lgan sensor va harakat malaka instinktlariga ega bo‘ladi, bu uning olamga moslashib olib o‘z rivojlanishida tezgina o‘sib ketish- ga yordam beradi. Chaqaloqda tug‘ilganidan boshlab, masalan, ko‘pgina murakkab harakatlar, asosan organizmni yetilish jarayonida genetik berilgan dastur asosida, shuningdek, reflektor, ya’ni bu harakatlar dasturi kaliti sifatida kodlangan o‘ziga xos ichki va tashqi rag‘batlar ta’sirida hayotining birinchi soatlaridan keyin maxsus tayyorgarliksiz, darhol yuzaga keladi. Go‘daklik davri inson hayotidagi organik ehtiyojlarni (kislorodga, ovqatga, issiq yoki sovuqqa) qondirishga nisbatan yolnaltirilgan xatti-hara- katlarning tug‘ma, instinktiv shakllari sof holda kuzatiladigan yagona davr hisoblanadi. Insonga xos bolgan xatti-harakatlarni va yangi tajribalarni egallash uchun beqiyos imkoniyatlarning borligi go‘dak yoshidagi bolalarning asosiy xususiyatlaridandir. Organik ehtiyojlarning yetarli darajada qondirib borilishi, to‘g‘ri tashkil etilgan kun tartibi, rejim va to‘g‘ri tarbiya natijasida bola psixik rivojlanishi uchun asos boiadigan taassurotlarga ega bo‘lishiga, harakatga, muloqotga, nisbatan yangi turdagi ehtiyoj- lar turkumi yuzaga kelishiga sabab boiadi. Bola tugllishining birinchi haftasidanoq, uning ko‘rish va eshitish sezgilari jadal sur’atda rivojlanadi.

Tug‘ruqxonalarda bolalar hayotlarini birinchi kunidayoq kun- duzgi yoruglik tushib turgan deraza tarafiga yuzi bilan instinktiv buriladi. 04kazilgan tadqiqotlardan aniqlandiki, tug‘ilgani- ga bir yarim sutka bo‘lgan bola miyasida ko‘ruv organiga rangli qo‘zg‘atuvchilar ta’siriga javob potensiallarini ko‘rish mumkin. Bu vaqtga kelib miyada shartli reflekslar shakllanishi yuzaga keladi.

215


Hid bilish eng muhim sezgi organi sifatida u tug‘ilgandan keyin darhol ishlay boshlaydi. Shunday o‘ziga xoslikka oddiy ko‘rish, harakat va eshitish ham ega. Bola hayotining boshlang‘ich ikki oyida og‘zini chetiga qandaydir predmet bilan teginganda, bun- ga javoban reflektor o‘girilish qobiliyatini namoyon etadi, bar- moqlari ustiga tegilsa, ularni qattiq siqib oladi, qo‘llari, oyoqlari,

boshi bilan umumiy koordinatlashmagan harakatlarni amalga oshiradi. Unda yana harakatlanayotgan obyektlarni ko‘zi bilan kuzatish, ular tomoniga boshini o‘girish qobiliyati ham mavjud.

Chaqaloq narsalarning mazasini ajrata oladi. U boshqa narsalar mazasiga qaraganda shirin suyuqlikni xush ko‘radi va hatto shirinlik darajasini aniqlay oladi. Chaqaloq hidlarni sezadi, ular- ga boshini burish, yurak urishi va nafas olishi chastotasini o‘zga- rishi bilan javob beradi. Yana bola organizmiga o‘zini saqlash va rivojlanishiga yordam beruvchi jarayonlar guruhi tug‘ma ravishda berilishini alohida aytib o‘tish joizdir. Ular ovqat hazm qilish, qon aylanish, nafas olish, tana harorati, moddalar almashinu- vi jarayonlari va hokazolarni boshqarish bilan bog‘liq. Shubhasiz, so‘rish, himoyaviy, moijal oluvchi, ushlab oluvchi, tayanch hara- kati va qator boshqa reflekslar tug‘ma hisoblanadi, bularni bar- chasi bola hayotining ikkinchi oyida aniq ko‘rinadi.

Obtkir yorug‘likdan bola «bevosita» ta’sirlanadi, ya’ni o‘tkir yorug‘likka qaray olmay, undan ko‘zini yumadi. Predmetlarni ko‘z bilan idrok qila olmaydi, chunki ularda ko‘rish mexanizmi hali o‘sib yetmagan bo‘ladi, bu mexanizmlar kattaroq yoshda paydo bo‘ladi. Yetti-to‘qqiz kunlik bola ba’zan sekin harakatlanayot­

gan predmetga qarab qoladi, lekin uzoq vaqt qarolmaydi. Ko‘zini bir nuqtaga qaratish psixik taraqqiyotda muhim rol o‘ynaydi. Bola ikki-uch oylik bo‘lganda yaqinidagi predmetlarni ikki ko‘zi bilan kuzata oladi, unda asosiy rang va shakllarni farq qila olish

qobiliyati paydo bo‘ladi. Olti oyligida u ranglarga nisbatan o‘z munosabatini ham bildira boshlaydi, yoqqan rangiga intilsa, yoq- maganini itaradi, undan yuzini o‘giradi. Yangi tug‘ilgan bolaning eshitishi zaifroq bo‘ladi, shunga ko‘ra u hali o‘zi eshitib, odat-

216

lanib qolmagan juda kuchli qo‘zg‘ovchilarga javob beradi, lekin ovozning qaysi tomondan kelayotganligini ajrata olmaydi. Bola ikkinchi oyining oxirlariga borgandagina eshitayotgan tovushiga e’tibor bera boshlaydi, tovushning qayerdan kelayotganini qidi- rib, u yoq bu yoqqa qaraydi. Tovush manbayini topishni o‘rgan-

gan uch oylik bola gapirayotgan kishini o‘z ko‘zlari bilan tez topib oladi, o‘sha tomonga qarab, gapiruvchiga o‘z munosabatini ifoda- laydi. Ana shu vaqtdan boshlab, uning tevarak-atrofiga bo‘lgan munosabati ancha kengaya boradi.

Bolaning tobora diqqat bilan eshita va ko‘ra borishi uning umumiy taraqqiyoti uchun katta ahamiyatga egadir. Lekin ko‘rish, eshitish va boshqa analizatorlar faqat bolaning tevarak-atrof bilan o‘zaro munosabatida bo‘lishi natijasida takomillashadi. Bolaning o‘z ko‘zi bilan ko‘ra olishi ma’lum hayot tajribasi natijasidir. Bolaning eshitish orqali idrok etishi ham oldindan tovushlarni ajratish-

ga va ularni sintez qilishga o‘rganib boradi. Bolaning eshitib bilib olishi shartli bog‘lanishlarning sifatiga bog‘liqdir. Yangi tug‘ilgan bolada diqqat qilish qobiliyati bo‘lmaydi. Unda turli qo‘zg‘ovchi- lar ta’sirida asta-sekin ixtiyorsiz diqqat rivojlanib boradi. Bolaning tasavvur doirasi qancha qisqa bo‘lsa, uning o‘zi uchun tanish va yangi bo‘lgan predmetga nisbatan diqqati shuncha intensiv va da- vomli bo‘ladi. Diqqatning psixik ta’siri ma’lum, u sezgi kompleksini idrokka aylantirib, psixik jarayonlarning o‘tishini kuchaytiradi va

tasavvurlarning xotirada mustahkam saqlanishiga yordam beradi.

Bola organizmiga o‘zini saqlash va rivojlanishiga yordam beruvchi jarayonlar guruhi tug‘ma ravishda berilishini alohida aytib o‘tish joizdir. Ular ovqat hazm qilish, qon aylanish, nafas olish, tana harorati, moddalar almashinuvi jarayonlari va hoka- zolarni boshqarish bilan bog‘liq. Shubhasiz, so‘rish, himoyaviy, mo‘ljal oluvchi, ushlab oluvchi, tayanch harakati va qator bosh­

qa reflekslar tug‘ma hisoblanadi, bularni barchasi bola hayotining ikkinchi oyida aniq ko‘rinadi.

Tug‘ilganidan boshlab bolaning nafaqat sezgi organlari ish- lashga tayyorligi ma’lum bo‘lmay, balki bosh miyasi ham faol ish-

217

lay boshlaydi. Onalar chaqaloqning faqatgina psixika va xulqning tug‘ma shakllarinigina bilmasdan, balki organizmni tabiiy rivojlanish jarayonini ham bilishi kerak. Hayotining birinchi oylarida harakatlarning rivojlanishi alohida ahamiyatga ega.

Chaqaloq motorikasi tug‘ilganidan boshlab yetarlicha tashkiliy- likka ega, u holatlarni boshqarishga mo‘ljallangan ko‘pgina mexa- nizmlarni o‘z ichiga oladi. Chaqaloqda ko‘pincha oyoq-qo‘lla-

rining yuqori harakatchanlik faolligi paydo bo‘ladi, bu kelajakda koordinatlashgan harakatlarni murakkab majmuyi shakllanishida ijobiy ahamiyatga ega. Chaqaloq bolalarda qo‘l-oyoqlar bukilib,

barmoqlar musht bo‘lib turadi.

Hayotining birinchi oylarida, bola bezovtalangan paytlar- da, qo‘l va oyoqlarning harakati juda betartib, bir-biriga mos- lashmagan, beixtiyor holda bo‘ladi. Keyin harakatlar asta-sekin «ongli»lashib boradi va bu harakatlar yangi sezgilarning man- bayi bolib xizmat qiladi, bu murakkabroq harakatlarga o‘tishni tayyorlaydi. 3—3,5 oylik bola, unda hali aniq koordinatsiyalash- gan harakat bo‘lmasa ham, qollarini o‘yinchoqlarga uzatadi. Aniq koordinatsiyalashgan harakat 4 oylik bolada yaxshi ko‘rina- di. Bola o‘yinchoqni bemalol qo‘liga ololadi. Uni tutib olib, u-bu yog‘iga qaraydi, og‘ziga tegizib ko‘radi va shu yo‘l bilan ko‘plab har xil taassurotlar oladi. Ikki oylik bola, qorni bilan yotqizib qo‘yilsa, boshini ko‘tara boshlaydi. Uch oylikda esa yotgan holda tirsagiga tiranib turadi va bemalol u yoq-bu yoqqa qaray oladi. Shu bilan birga, qo‘ltig‘idan tutib turilsa, oyog‘ida turadi. 8—8,5 oyligida boshqalarning yordamisiz o‘tira oladi, emaklaydi va biror narsaga suyanib oyog‘ida tura oladi. 12—13 oyligida o‘tirib, tura oladi, birovning yordamisiz qadam qo‘ya oladi, demak, bola yu- ra boshlaydi. Bolaning vaqtida yurib ketmasligiga salomatligining nochorligi, chaqaloqligida ko‘p kasal bo‘lganligi va umumiy harakat hamda sezgi organlarining kech rivojlanishi sabab boladi.

Bolaning harakatlari rivojlanishi hayotini birinchi yilida ju- dayam tez maromda kechadi, o‘n ikki oy ichida erishilgan taraqqiyot hayratlanarli.

218

Cheklangan qo‘l-oyoq, boshni tug‘ma umumiy elementar harakatlar to‘plamidan iborat imkoniyatga ega bo‘lgan, amalda yordamga muhtoj mavjudotdan bola kichkina odamga aylana- di, u nafaqat ikki oyoqda oson turuvchi, balki muhitda nisbatan ozod va mustaqil harakatlanuvchi oyoqlar harakati bilan bir vaqt- da lokomotsiyalardan ozod fazoda (harakatni ta’minlovchi funk- siyalar) qo‘l bilan murakkab boshqaruv harakatlarini va atrofdagi olamni tadqiq etishga mo‘ljallangan harakatlarni amalga oshi- ra oladi. Yangi tug‘ilgan bolada diqqat qilish qobiliyati bo‘lmay- di. Unda turli qo‘zg‘ovchilar ta’sirida asta-sekin ixtiyorsiz diqqat rivojlanib boradi. Bolaning tasavvur doirasi qancha qisqa bolsa, uning o‘zi uchun tanish va yangi bo‘lgan predmetga nisbatan diqqati shuncha intensiv va davomli bo‘ladi. Diqqatning psixik ta’siri ma’lum, u sezgi kompleksini idrokka aylantirib, psixik ja- rayonlarning o‘tishini kuchaytiradi va tasavvurlarning xotirada mustahkam saqlanishiga yordam beradi.

12.2. Inqirozli davr sifatida go‘daklik davri

Go‘daklik davri bu bolaning himoyasiz, kam harakat, atrofi- dagi hodisalarga juda kam reaksiyasi bo‘lgan boladan juda jadal ravishda rivojlanadigan, faol, tez ilg‘aydigan, harakatchan, yordamga chaqira oladigan quvnoq bolaga aylanish davridir. Go‘dak yoshidagi bola ham jismonan, ham psixik, ham ijtimoiy jihatdan

juda tez rivojlanadi. U qisqa vaqt ichida kattalar bilan munosabat o‘rnatadi, predmetlarni ushlashga va ulardan foydalanishga o‘rganadi. U atrof-olamdagi narsalarni kuzatadi, predmetlarni qo‘li bilan ushlab, ularni qandayligini bilishga intiladi, tovushlar- ga e’tibor beradi va predmetlarni harakatlantirish yordamida shu tovushlarni olzi yaratishga harakat qiladi. U olz onasi va boshqa yaqinlari bilan emotsional munosabatga kirishadi, juda qisqa vaqt ichida, kattalarning yaqin kelishidan quvonadigan bola­

ga aylanadi.

Ilk yoshdagi bolaning harakat faoliyati uning rivojlanish da- rajasini va nerv tizimining funksional holatini aks ettiradi.

219



qo‘l uzata boshlaydi, kattalarning yordami bilan o‘tiradi. 5 oyligi- da u harakatsiz predmetlarni qo‘li bilan ushlay oladi. Bola hara- katlanayotgan narsani kuzata boshlaydi. U turli ovozlarga, jum- ladan, kattalarning tovushlariga e’tibor bera boshlaydi.

12.3. Hayotining birinchi yilida psixik rivojlanish

Go‘daklik davridagi bolaning hayoti toiiq kattalar bilan ham- korlikdagi emotsional munosabat bilan bog‘liq boiib, bola kayfi- yatining yaxshi boiishiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. 4-5 oyligidan boshlab, bola o‘z yaqinlarini begonalardan ajrata boshlaydi. Kattalar bilan emotsional munosabat shu yoshdagi bolalarning asosiy yetakchi faoliyati bo‘lib, bola psixik taraqqiyotining asosi bo‘lib hisoblanadi. Kattalarning doimiy ravishda bola bilan birga boMishlariga unga o‘z diqqatlarini qaratishlariga odatlani- shi, uning o‘yinchoqlarga nisbatan qiziqishining susayishiga olib kelishi mumkin. Tarbiyaning to‘g‘ri olib borilishi bolaning kat­

talar bilan bo‘ladigan muomala-munosabatini predmetlar, o‘yin- choqlar bilan munosabatining almashinishiga olib keladi. Kattalar yordami bilan bajariladigan barcha xatti-harakatlari bolaning kel- gusi psixik rivoji uchun asos bo‘ladi. Kattalarning bolaga nisbatan emotsional munosabati, ularning gaplariga bolaning o‘z diqqatini qaratishi, javob qaytarishga harakat qilishi, ba’zi so‘zlarni yodi- da saqlab qolib, emotsiya bildirishi, diqqat, xotira, nutq va bosh- qa bilish jarayonlarining rivojlanishiga zamin bo‘ladi. Ikki oylik davridan boshlab bolada oddiy ranglarni ajratish, 3—4 oyligidan boshlab, esa predmetlarning shaklini ajratish layoqati yuzaga ke- la boshlaydi.

Go‘dak bola 2 oylik vaqtidan boshlab, o‘z onasining yuzini va ovozini o‘zgalarnikidan ajrata boshlaydi. 2—3 oylikdan boshlab esa, onasining tabassumi va kulgusiga tabassum va turli harakatlar bilan javob qaytaradi.

3—4 oyligidan boshlab, bolalar yaqinlariga o‘z harakatlari bilan ko‘rish, eshitish yoki gapirishni xohlayotganligini ko‘rsata- dilar. 8 oyligidan boshlab esa, bola o‘zgacha muhit va begonalar

221




12.4. Go‘daklik davrining psixologik yangiligi. Bir yoshdagi inqiroz

Go‘daklik davridagi bola yura boshlaydi va birinchi so‘zlarni aytadi. Birinchi yilning oxirida bola mustaqil harakat qilishni o‘rganib oladi: emaklash, so‘ngra tik yurishni o‘rganadi. Dunyo unga boshqacha ko‘rina boshlaydi. Yurish bolaga katta- lardan bolinish, harakat subyektiga aylanish imkonini beradi. Birinchi yilning oxiriga kelib yaqin kattalar bilan emotsional umumiylikning bo‘linishi va rivojlanish ijtimoiy vaziyatining qayta qurilishi ro‘y beradi. Faqat yaqinlarga tushunarli bo‘lgan va ko‘rsatuvchi jestlar xarakteriga ega bo‘lgan birinchi so‘zlar- ning paydo bo‘lishi kattalar bilan yangi progressiv muloqot usuliga aylanadi.

L.I.Bojovichning ta’kidlashicha, go‘daklik davridagi yangi tuzilmalardan biri motivatsiyalashgan tasavvurlarning paydo bo‘lishidir. Bolaning ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo‘lgan predmetlar obrazlarining xotirada saqlanib qolishidir. Motivatsiyalashgan ehtiyojlarning paydo bo‘lishi bolani harakat subyektiga aylantiradi.

Harakat imkoniyatlarining ortishi (dastlab emaklash, keyin yurish) bola uchun xavfsiz boigan ko‘p narsalarni ushlab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ota-onalar cheklovlar qo‘yishga majbur bo‘ladi. Bola ayrim harakatlarini amalga oshirishda doimiy kat- talarning qarshiligiga duch kelishi tufayli uning istaklari va kat- talarning xohish va hislariga mos kelmasligini tushuna boshlaydi. Xotirjam bola endi o‘z istaklarini bajarishga harakat qiladigan faol bolaga aylanadi.

L.S.Vigotskiyning ta’kidlashicha, emotsional bo‘ron tipi bo‘yi- cha kechadigan affektiv reaksiyalarning paydo bolishi bir yoshdagi inqiroz namoyon bo‘lishining xulq-atvor belgilaridir. Bola o‘zi xohlayotganini talab qilib, kattalarga qarshi chiqib, yig‘lay- di, polga yotib oladi. Bolaning shaxsiy istagi paydo boladi, uning subyektiga aylanadi; xohlovchi Men paydo bo‘ladi.

223

Umuman inqiroz bola taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsa- tadi. Bunda turli buzilishlar kuzatiladi: bioritmning buzilishi (masalan, tetiklik va uyqu); hayotiy ehtiyojlarni qondirishning buzilishi (ochlik hissi); emotsional anomaliyalar (yig‘loqilik, tez xafa bo‘lish).

Tushunadigan ota-onalar mustaqillikka intilayotgan bolaning faolligini kerakli tomonga yo‘naltira olishadi. Bolaning maksi- mal xavfsizligiga g‘amxo‘rlik qilish doimiy cheklovlar va «mumkin emas» so‘zini kamroq ishlatishga harakat qilish zarur. Uydagi fazo mumkin va mumkin emasga aniq ajratilishi lozim. Bu mumkin bolganda cheklovlarni boshqa alternativ xulq-atvor bilan al- mashtirish lozim: uydagi predmetlarni yaxshilab qarab chiqib,

bola istayotgan predmetni xavfsizrog‘i bilan almashtirish zarur.

Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari:

1.    Prenatal rivojlanish bosqichlari haqida nimalarni bilasiz?

2.    Chaqaloqlik inqirozining mazmuni nimadan iborat?

3.    Go‘daklik davridagi yetakchi faoliyat.

4.    Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarning psixik rivojlanishi.

5.    Bir yoshdagi bolalardagi yangi psixologik tuzilma nima?

6.    Bir yosh inqirozi sabablari.

Mavzuni mustahkamlash uchun test savollari:

1. Chaqaloqlik qaysi davrlarni o‘z ichiga oladi?

a)    tug‘ilganidan boshlab olti oylikkacha;

b)   *tug‘ilganidan boshlab bir-ikki oylikkacha;

c)    tug‘ilganidan boshlab uch-to‘rt oylikkacha;

d)   tug‘ilganidan boshlab bir-besh oylikkacha.

2. Go‘daklik qaysi davrni o‘z ichiga oladi?

a)    *bir-ikki oylikdan bir yoshgacha;

b)    ikki oylikdan bir yoshgacha;

c)    bir oylikdan bir yoshgacha;

d)    ikki yoshgacha.

3. Go‘daklik davrida asosiy yetakchi faoliyat?

224



XIII BOB. ILK BOLALIK DAVRI

Reja:

1.       Ilk bolalik davrida fiziologik va jismoniy rivojlanish, ha­rakat malakalari, kognitiv rivojlanish.

2.       Bola tafakkurida egotsentirizmning yuzaga kelishi pred- metli harakat faoliyatlarining rivojlanishi.

3.       Ilk bolalik davrida nutqning o‘sishi.

4.       Aqliy rivojlanish, predmetli faoliyat ilk bolalik davrida ye- takchi faoliyat sifatida.

5.       Ilk bolalik davrida o‘z-o‘zini anglash.

Mavzu o‘quv maqsadi: Ilk bolalik davrining psixologik xususi- yatlarini bayon etish.

Vazifa: Ilk bolalik davrida fiziologik va jismoniy rivojlanish, harakat malakalari, kognitiv va nutqning rivojlanishi, bola tafakkurida egotsentirizmning yuzaga kelishi predmetli harakat faoli- yatlarini rivojlanishi, nutqning o‘sishi, aqliy rivojlanish, predmetli faoliyat ilk bolalik davrida yetakchi faoliyat sifatida, o‘z-o‘zini anglash usullarini bayon etish.

Tayanch tushunchalar: Ilk bolalik, egotsentirizm, predmetli faoliyat, o‘z-o‘zini anglash.

13.1. Ilk bolalik davrida fiziologik va jismoniy rivojlanish, harakat malakalari, kognitiv rivojlanishi

Ilk bolalik davri: go‘daklik davridan so‘ng rivojlanishning yangi bosqichi — ilk bolalik (1—3 yosh) davri boshlanadi. Ilk bolalik davri bola hayotidagi eng ahamiyatga molik, uning ke- lajakdagi psixologik rivojlanishini belgilab beruvchi muhim davr hisoblanadi. Bu davrdagi rivojlanishning asosini bolaning to‘g‘ri yurishi, muloqotga kirishishi va predmetli faoli­

yatni egallash xususiyatlari tashkil etadi. Tikka va to‘g‘ri yura olish imkoni bolani doimiy ravishda yangi ma’lumotlarni egal- lashga zamin bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar o‘z xatti-harakatlari bilan juda faol va kattalar bilan muloqotga kirishishga intiluv- chan bo‘ladilar.

226

Ilk bolalik davridagi psixologik yangilik

Bola

                       tomonidan                   0 ‘zini ha­                         Boshqa

                     o‘zining atro-                rakat sub­                      kishilar bi­

fidagilaridan yekti sifatida lan taqqos- ajralishi anglashi lashi

Yurishni o‘rganish bolaning jismoniy o‘sishi uchungina emas, balki uning psixik taraqqiyoti uchun ham muhim ahamiyatga egadir. Bolaning mustaqil harakat qilishi — yurishi tufayli ko‘plab predmetlarga duch keladi, ularning nimalarga ishlatilishini «amal»da ko‘rib biladi va o‘zi ham ulardan kerakli o‘rinda foy- dalana boshlaydi. Bola yurishni o‘rgangach, fazoni ham bila boradi. Kichkintoy bolalar «yaqindagi» fazoni qo‘llarining harakati yordamida bilib oladilar, bunda ko‘z ham ishtirok eta boshlaydi. Bog‘chagacha yoshdagi bola «uzoqdagi» fazoni oriyentirovka qi- la boshlaydi. Bola yura boshlaganda, o‘z oyog‘i yordamida maso- fa va yo‘nalish bilan tanishadi, uning ko‘z, qo‘l va oyoqlarining o‘zaro kelishib harakat qilishi, boshlang‘ich ko‘z oichovi o‘sa- di hamda masofa va predmetlarning turgan joylarini birmuncha aniq aytib berish ko‘nikmasi vujudga keladi.

Bog‘chagacha bolgan yosh davrining birinchi yarmida bolalar predmetlar bilan harakat qilib, tanishib boradilar. Harakatlar- ning barcha koordinatsiyasi bolada barqaror diqqatning rivojlanishiga, idrokning aniq bo‘lishiga va iroda kuchining o‘sishiga olib keladi. Ammo bolalarning harakatlari kattalarning harakat- lariga taqlid qilish xarakteriga ega bo‘ladi. Biror-bir harakatni o‘z vaqtida o‘zlashtirishi bilan bola uni asta-sekin mustaqil bajara boradi, bu harakat unda dadillik, ishonch va sabr-matonatlilik kabi ijobiy xislatlarning tarkib topishiga yordam beradi.

Bola hayotining uchinchi yilida, ya’ni organizmning intensiv o‘sishi va rivojlanishi davrida harakatlarning kam bo‘lishi bola­

ning umumiy o‘sishiga salbiy ta’sir etadi.

227




nomini aytishga qaraganda, ularni bir-biridan ajratish osonroq- dir. Bolalar ranglarni bilsalar ham, bu sohadagi o‘z bilimlari- dan yetarli darajada yaxshi foydalana olmaydilar. Bolalar qizil rangni osonlik bilan ajrata oladilar-u, binafsha rangni ajratish- da ko‘pincha yanglishadilar. Ko‘pincha bolalar har bir rangning tusini, tovlanishini yaxshi ajrata olmaydilar.

Bu yoshdagi bolalar uchun idrok qilinayotgan predmet obraz- larining bir-biriga o‘xshashib ketishi xarakterlidir. Masalan, ular olmani biladilar, olma bolaga bir butunligicha tanish, lekin bola olmaning rangini ham, shaklini ham alohida holda ajrata ol- maydi. Predmetni har tomonlama ko‘ra bilish, ya’ni uni qism- larga ajratish, belgi va turlariga qarab farqlash — uni analiz qilish demakdir. Bu esa bolaga butunlikni tushunish imkonini beradi. Shu sababli, bolalarni yangi predmetlar bilan tanishtir- ganda, ularni bir-biridan ajratib turadigan shakli, rangi va qism- lariga e’tibor berish lozim. Mana shunday tarbiyaviy ta’sir nati­

jasida bolalarning predmetlar haqidagi tasavvurlari o‘sadi. Bola bir yarim yoshga borganda, o£zlari tez-tez uchratib turgan predmetlarni, ularning rangi, hajmi, shaklining o‘zgarishidan qat’i nazar, xatosiz tanib oladilar. Bola ikki yoshga to‘lay deganda, tanish kuy va tovushlarni bilib oladi. Borliqni bilish jarayonida bola o‘z hayotida va tevarak-atrofidagi kishilar turmushi- da o‘rnatilgan tartibni tushuna boshlaydi. Bu olamni bilish- ning eng muhim tomoni bo‘lgan zamon — vaqtni bilib olishi uchun asos boiadi. Bolaning organizmi ma’lum tartibga ko‘ni- ka boshlaydi, bu vaqt bilan tanishishdagi dastlabki qadamdir. Keyinchalik bolalar tabiat hodisalari va odamlarning kunda- lik hayoti singari tushunchalarni anglay boshlaydilar. Albatta,

buning uchun kattalar bolalarning e’tiborini hayotning muhim belgilariga qaratishi lozim. Bolaning har bir sezgan va idrok et- gan narsalari o‘ziga xos sezgilar bilan mustahkamlanishi kerak. So‘z bolaning ko‘rayotgan predmetlarini tushunib olishini oson- lashtiradi, predmetni so‘z yordamida bilib olish ko‘z va quloq

ishini kuchaytiradi.

229


Bolaning aqliy jihatdan o‘sishida makon va zamon haqidagi tushunchalarni anglashga yordam beradigan so‘zlarni o‘zlashti- rib olishi muhimdir. Predmetlar o‘rtasida mavjud bo‘lgan har xil fazoviy belgilarning (masalan, katta oraliq, tor oraliq) va turli fazoviy munosabatlarning nomlarini (o‘ngda, chapda, orqada, bir qatorda) bilib olish natijasida bolalar predmetlar o‘rtasidagi bu munosabatlarni ajratib olishga o‘rganadilar. Shu tariqa, nutq predmetlarning belgilarini differensiyalash va umumiylashti- rish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Lekin, shu bilan bir qator­

da, so‘z birinchi signal sistemasi bilan bevosita bog‘lanmog‘i lozim. Ikki-uch yashar bolalardagi idrok o‘zining yetarli dara­

jada o‘smaganligi va beqarorligi bilan ajralib turadi hamda bir kuzatish obyektidan ikkinchi kuzatish obyektiga tez-tez ko‘chib turishi bilan xarakterlanadi. Yaltiroq, chiroyli, ko‘zga tez tash- lanadigan predmetlar bola diqqatini o‘ziga jalb qiladi. Bog‘cha- gacha bolgan yosh davridagi bolalar idroklarini qo‘yilgan va- zifa asosida tashkil eta olmaydilar, ulardagi bu xil idrok juda qisqa muddatli boladi. 0 ‘zlaridan uzoqda turgan predmetlarni idrok qilishda ayniqsa ko‘p xato qiladilar. Bolada idrok asta-se- kin mustaqillashib, ma’lum maqsadga tayangan boladi, kuza- tuvchanlik rivojlana boradi. Bola o‘zini qiziqtirayotgan narsa- ga uzoq vaqt qarab, uni kuzatishi, o‘sha predmet to‘g‘risida biror narsani so‘rashi mumkin.

Lekin bola hali predmet va hodisalarni har tomonlama kuza- tib, uning asosiy, muhim tomonlarini ajratib, ayrim elementlarini o‘zaro boglab olishning uddasidan chiqa olmaydi. Bolada kuza- tuvchanlikni o‘stirishda sayr va ekskursiyalar muhim ahamiyat- ga egadir. Bunda bolalar kattalarning rahbarligida tevarak-atrof- dagi predmet va hodisalarda o‘zlari uchun yangi bolgan muhim va qiziqarli narsalarni aniqlashga o‘rganadilar. Rasmlarga qarash, o‘simlik va hayvonlarni parvarish qilish idrokning o‘sishiga juda yaxshi ta’sir etadi.

Ilk yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyat turi — predmetlarni o‘rganish, predmetlar bilan manipulyativ harakat hisoblanadi.

230


13.2. Bola tafakkurida egotsentirizmning yuzaga kelishi predmetli

harakat faoliyatlarining rivojlanishi

Ilk bolalik davridagi bolalar so‘zlay boshlagan bo‘lishiga qara- may, ular hali vaqt va fazo kabi murakkab tushunchalarni to‘g‘ri idrok qila olmaydilar, chunki ularda hali turmush tajribasi yo‘q. Bunday murakkab tushunchalar kundalik hayot davomida se- kin-asta hosil qilib boriladi.

Bir yoshgacha boMgan bolalarning diqqati nihoyatda beqaror va ixtiyorsiz bolsa, ikki yoshga to‘lgan bolalarning diqqatida yangi sifatlar yuzaga kela boshlaydi. Bola o‘sib ulg‘aygan sari uning diqqati barqarorroq bo‘la boshlaydi. Diqqatning ozmi-ko‘pmi barqaror bo‘la boshlagani shunda ko‘rinadiki, bola o‘zini qiziqtir- gan biron narsa bilan uzoq vaqt mobaynida shug‘ullana oladi. Ikki yoshga to‘lib, uch yoshga qadam qo‘ygach so‘zlarni tushunadi. So‘z boyligi orta borgach, bolaning o‘ziga xos bo‘lgan situativ ti- li haqiqiy tilga aylanadi.

Bu yoshdagi bolalarning tafakkurlari o‘ziga xos xususiyatlar- ga hamda konkret xarakterga ega. Ular ayni chog‘da idrok qilib turgan narsalari haqida juda sodda tafakkur qila oladilar. Bundan tashqari, bu yoshdagi bolalarning tafakkur jarayonlarida harakat elementlari ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun ham ularning tafakkurlari ba’zan harakatli tafakkur deb ham yuritiladi.

Ilk bolalik davridagi bolalarda tafakkurning fikriy operasi- yalarini, ya’ni analiz, umumlashtirish kabilarni ko‘ramiz. Ular qo‘llaridagi o‘yinchoqlarini yoki qo‘llariga tushgan narsalarni amaliy aylantirib, paypaslab, buzib analiz qiladilar. Lekin sin- tez qilishga hali qurbi yetmaydi. Bu yoshning oxiriga kelib tafakkurning o‘sishida nutqning roli juda oshadi. Bola yangi so‘zlarni mumkin qadar ko‘proq bilib olib, ulardan o‘z tafakkurida keng foydalana oladilar. Bu esa fiklash operatsiyalarining o‘sishiga yordam beradi. Bolada so‘zlar vositasi bilan analiz va sintez qilish, abstraksiyalash hamda umumlashtirishning dastlabki alo- matlari ko‘rina boshlaydi.

231

Xorij psixologi G.Craig bu yoshdagi bolalar tafakkur jarayon- larining 5 ta xususiyatini ta’kidlab ko^satgan1.

Birinchidan, bu yoshdagi bolalarning tafakkuri konkret. Ope- ratsiyalargacha intellektda bolalar mavhum fikrlay olmaydilar. Ularning aqli «shu yerda va hozir» roly berayotgan jismoniy obyektlar bilan band bo‘lib, ularni oson tasavvur qilishi mumkin.

Ikkinchidan, kichkina bolalarning tafakkuri bir yoqlama, ya’ni hodisalarning rivojlanishi va boglanishlarning hosil bo‘lishi

bir yoqlama ro‘y beradi. Bolalar qandaydir obyektning dastlabki holiga qaytishi mumkinligi yoki obyektlar orasidagi boglanishlar ikki tomonlama bo‘lishi mumkinligini tasavvur qila olmaydilar.

Uchinchidan, bolalarning operatsiyalargacha bo‘lgan tafakkuri egotsentrik, bolaning istiqbol ramkalari bilan chegaralan-

gan, shuning uchun ham boshqa insonning fikrini qabul qila olmaydi. Bolalar o‘zlari idrok qilayotgan obrazlariga diqqatini qa- ratganlari uchun, hamma odamlar dunyoni uningdek ko‘radi, deb o‘ylaydilar.

To‘rtinchidan, bu davrda bola tafakkuri obyekt yoki vaziyatni o‘lchash yoki qandaydir jismoniy xususiyatida markazlashish ten- densiyasiga ega. Markazlashish bu obyekt yoki vaziyatning qandaydir xarakteristikasida diqqatning to‘planishi bo‘lib, operatsiyalargacha bo‘lgan tafakkurning asosiy belgisidir.

Beshinchidan, operatsiyalargacha bolgan davrda bolalar o‘zgarish jarayonlariga emas, balki obyektlarning hozirgi holati- ga diqqatlarini qaratadi.

Tafakkurning o‘sishda yana bir muhim bosqich shundan ibo- ratki, ilk bolalik yoshining oxiriga kelib bola ayrim tushuncha- larni bilib olishga va bu tushunchalarning eng muhim belgilari- ni o‘zlashtirishga muvaffaq bo‘ladi. Uch yoshga to‘lay deb qolgan bola, katta yoshdagi hamma odamlarning ishga barvaqt ketish- larini juda yaxshi biladi. Agar bu yoshdagi bolaga «adang endi

barvaqt ishga ketmaydi» deyilsa, u hayron bo‘lib qoladi. Chun-

     1    G.Craig. Human development. Prentice Hall. 1996. P.367.

232

ki katta odam bo‘lgan adasining ishga bormasligi, uning tushun- chasiga to‘g‘ri kelmaydi. Uning tushunchasida hamma katta odamlar barvaqt ishga ketishi kerak. Shuning uchun hech bir o‘ylab o‘tirmay, «adam kattalar-ku?» deb javob beradi. Bolalar tushunchalardan foydalanib, sodda xulosalar chiqarishga o‘rga- na boshlaydilar. Ular bir necha hukmlardan foydalanib, katta, kichik, baland, past, ko‘p, oz kabi sodda xulosalar chiqara oladilar, bu esa tafakkurning yanada rivojlanishi uchun zamin yaratadi.

Ilk bolalik davridagi bolalarda murakkab psixik jarayonlardan biri bo‘lmish xayol anchagina rivojlana boshlaydi. Lekin bu asosan ixtiyorsiz xayol boMadi. Ular hali ma’lum maqsad asosida ixtiyoriy tarzda xayol yurgiza olmaydilar.

Bola ikki yoshga tolgach, uning o‘yinlarida jiddiy o‘zgarish ro‘y beradi. Bolaning o‘yiniga endi taqlidiy harakatlar qo‘shila- di. Bola kattalardan ko‘rgan-bilganlarini o‘yinda taqlidan takror- lay boshlaydilar. Bu davrda bola mashinasini у yoqdan bu yoqqa siljitish yoki tepalikdan sirg‘antirib tushirish bilan cheklanmay, haydovchilarning harakatlarini bajaradilar. Mashinaning motori ovoziga taqlid qilib ovoz chiqaradi, mashinada yuk tashiydi va hokazo.

Nutqning o‘sishi bola xayolining o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsata- di. Bolalar kattalarning gaplariga tushunadigan boigach, har xil ertak va hikoyalarni qiziqib tinglaydigan bo‘ladi. Bolalar o‘zlari biladigan, o‘zlariga yaxshi tanish bo‘lgan narsalar haqidagi hikoyalarni joni dili bilan eshitadilar. Har bir hikoyani eshitganda bolada xilma-xil tasavvurlar yuzaga keladi. Bola bu tasavvurlari yordamida xayol qilish qobiliyatiga ega boladi. Bola hikoyalarni eshitish orqali olgan tasavvurlarini so‘zlar bilan ifodalaydi. So‘z esa bolaning narsalarni boshqacha idrok qilishga, ularning bosh- qa narsalarga o‘xshashligini aniqlashiga va ana shunday o‘xshash- liklarni aniqlash asosida yangi obrazlar, yangi tasavvurlar yara-

tishga yordam beradi.

Ilk bolalik davridagi bolalarda barcha psixik jarayonlar ma’lum darajada rivojlanar ekan, bu umuman ular ongining rivojlanishiga

233

zamin yaratadi. Tili chiqib, idrok va tafakkuri anchagina o‘sgan bola tevarak-atrofdagi har xil narsalarga ongli munosabatda bo‘la boshlaydi. Bola o‘zining turli ehtiyojlarini anglab, o‘zining shax- sini shakllantira boshlaydi. Mashhur fiziolog I.M.Sechenovning tili bilan aytganda, bola ana shu davrdan boshlab, o‘z sezgilarini tevarak-atrofdagi narsalardan ajratib, o‘z-o‘zini anglay boshlaydi.

Bu yoshdagi bolalarning so‘z boyligida o‘z shaxsini bildiruvchi «men» degan olmosh tez-tez uchrab turadigan bo‘ladi. Ana shu tariqa bola juda elementlar rarzda bo‘lsa ham o‘zini shaxs sifatida anglay boshlaydi. Binobarin, ana shu davrdan boshlab ilk bolalik davridagi bolalarning shaxsiy (individual) xususiyatlari kamol topa boshlaydi.

13.3. Ilk bolalik davrida nutqning o‘sishi

Go‘daklik davridagi bolalarga nisbatan, ilk bolalik davridagi bolalar atrof-muhitdagi narsa va hodisalarga nisbatan ko‘proq qiziqish bilan qaraydilar. Agar, go‘dak bola qoliga ushlagan nar- sani oddiy harakatlar bilan kuzatsa, 2—3 yoshdagi bola shu pred- met qismlarini diqqat bilan o‘rganganidan so‘nggina, o‘z amaliy faoliyatida ishlata boshlaydi. Bolani dastlab, ayni shu predmet- larning qo‘llanish vazifasi, mohiyati qiziqtirib, u o‘z savoliga

javob olish maqsadida ko‘pincha kattalarga «Bu nima?» degan sa- vol bilan murojaat qiladi. 1—3 yoshdagi bola shakllanishda psixik rivojlanishning o‘ta ahamiyatliligini inobatga olgan holda, ayrim psixologlar (R.Zazzo) inson tug‘ilganidan to yetuklik davrigacha bo‘lgan psixik rivojlanish asosining taxminan o‘rtalari, 3 yoshga to‘g‘ri keladi, degan mulohazani bildiradilar. Bu yoshdan boshlab, bolalar predmetlarni o‘rganish olamiga qadam qolyadilar. U endi kattalar bilan nutq orqali muomala-munosabatda bo‘la oladi va sodda axloq qoidalariga amal qila boshlaydilar. Kattalar bilan bo‘ladigan muloqoti tufayli bola atrof hayot haqida ko‘proq ma’lumot oladi. Nutq - bu yoshlarda nafaqat muloqot, balki bola tafakkurining rivojlanishi va o‘zini-o‘zi, shuningdek, bilish ja- rayonlarini boshqarish vositasi bo‘lib ham xizmat qiladi.

234

Uch yoshli bolalarda hukmning oddiy turlarini ko‘rish mumkin. Bu hukm turlari doimo faqat o‘zi bevosita idrok qilayotgan va yakka predmetlarga taalluqli bo‘ladi. Bola 2,5 yoshga yetganda sa- vollar bera boshlaydi. Avval savollar ko‘proq predmetlarning nomi to‘g‘risida bo‘lsa, keyinchalik savollar asosan predmetlarning qan- day maqsadlarda qo‘llanilishi va nimalarga ishlatilishi to‘g‘risi- da (masalan, bu nima?, bu bilan nima qilinadi?, bu nimalarga ishlatiladi? kabi) bo‘ladi. Hozirgi zamon, o‘tgan zamon va umu- man vaqt to‘g‘risidagi aniq tasavvur tushunchasi fazoviy tasavvur- larga nisbatan ancha kech paydo bo‘ladi. Bola predmetlar bilan ko‘proq aloqa qilishi, ular bilan munosabatda bo‘lishi va ularning xususiyatlarini tekshirib ko‘rishi kerak. Bu bilan unda dastlab ayrim predmetlar va hodisalar haqida tasavvurlar to‘plana boradi

va keyinchalik shular zaminida umumiy tasavvur va tushunchalar hosil bo‘ladi, mantiqiy tafakkur rivojlana boshlaydi. 2—3 yoshli bola ko‘p narsani ko‘rishni, ko‘p narsani bilishni va tushunishni istaydi, bu uning qiziquvchanlik va sinchkovlik xususiyatidan kelib

chiqadi. U hamma joyga «tiqiladi», kattalarga halaqit berib, ularning tinkasini quritib juda ko‘plab savollar beradi.

Kattalar mana shu savollarning hammasidan bolalarda ta- fakkurni o‘stirish va tevarak-atrofdagi olamni to‘g‘ri tushunishni tarbiyalash maqsadida foydalanishi g‘oyat muhimdir. Bola o‘z savollariga tushunarli javob olganidan keyin, bu ma’lumotlarni o‘z o‘yinlarida aks ettiradi va shu yo‘l bilan ularning xotirasida mustahkam saqlanib qoladi. Bola tevarak-atrofdagi olamni kat- talarning tushuntirishi bilan bir vaqtda kuzatsa, atrofdagi olamni yaxshiroq tushuna boshlaydi, narsa va hodisalarni solishtira- di, ularning ayrimlari o‘rtasidagi o‘zaro boglanishlarni va buning sabablarini aniqlaydi. Mana shuning o‘zi bolada ancha umum- lashgan tafakkur paydo boiayotganidan darak beradi.

Bola tafakkurining rivojlanishi nutqning o‘sishi bilan mustahkam bog‘langandir, nutqning o‘sishi tafakkurning rivojlanishiga yordam beradi, chunki so‘z narsa, predmet va harakatlar bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. 0 ‘z navbatida, tafakkurning rivoj-

235


lanish darajasi so‘z zaxirasining oshishiga, umuman, nutqning o‘sishiga yordam beradi.

Bu yoshdagi bolalarning yana bir muhim yutug‘i, ona tilini o‘zlashtirib olishlaridir. Bir yoshdan uch yoshgacha boigan davr nutqning jadallik bilan o‘sish davri hisoblanadi.

Nutq bola hayotining ikkinchi yilida ikki bosqichda tarkib topadi. Dastlabki bosqich birinchi yoshning oxiridan bir yarim yoshgacha boigan davr bo‘lib, bolada bu davrda asosan kattalarning unga murojaat qilib aytgan gapini tushunish qobiliyati o‘sib boradi. Bolaning lug‘at boyligi ayniqsa bir yoshdan keyin, ya’ni yurishni o‘rganib, tobora ko‘p predmetlarga duch kela boshlagan davridan boshlab tez olsa boradi. Bola predmetlarning nomini tez bilib oladi.

Bola ikki yoshga tolganda, harakatlarning ham nomlarini bilib oladi. Bu harakatlarga bolaning o‘zi bajaradigan yoki kattalar tomonidan bajarilgan, nomi aytilgan va bola kuzatib bor- gan harakatlar kiradi. Bu «passiv» nutq hisoblanadi, chunki bola so‘zlarni tushunadi-yu, lekin ularni talaffuz qila olmaydi.

3 yoshlar arafasida predmetlarning vazifalarini to‘la o‘zlashtir- gan bolalar, o‘z o‘yinlarida, shu predmetlardan maqsadsiz foydalanib qolmay, balki ularni o‘z vazifalariga ko‘ra ishlatadilar. Bolaning nutqi u 1,5 yoshga yetgungacha birmuncha sekinlik bilan rivojlanadi. Bu davr ichida u 30—40 ta so‘zdan, to 100 tagacha so‘zni o‘zlashtiradi, lekin ularni amaliyotda juda kam qollaydi. 1,5 yoshdan boshlab esa, uning nutqi jadal rivojlana boshlaydi. Endi bola predmetlarning nomlarini aytishlarini so‘rabgina qolmay, balki bu so‘zlarni o‘zi talaffuz etishga ham harakat qiladi. Nutqining rivojlanish darajasi jadallashadi. 2 yoshlarning oxirlari- ga borib, bola 300 tagacha, 3 yoshlarning oxirlariga borib esa, 500 dan to 1500 tagacha so‘zni o‘z nutqida ishlata oladi, Shuningdek, so‘zlarni ham aniq talaffuz etib, jumlalarni to‘glri tuza oladilar. 1,5—3 yoshlar nutqning rivojlanishi uchun senzitiv davr hisoblanadi. Bola bilan so‘zlashayotganda kattalar so‘zlarni aniq talaffuz etishlari va boladan ham aniq talaffuzni talab etishlari lozim.

236


Bir predmetni boshqasi o‘rnida qo‘llash mumkinligini anglash, bola uchun atrof-olamni bilish, o‘rganishidagi ahami- yatli burilish hisoblanadi va u dastlabki tasavvurlarini yuzaga keltiradi. Bu yoshdagi bolalar endi, asta-sekinlik bilan kattalar aytib berayotgan ertak, voqea yoki hikoyalarni, shu- ningdek rasmda chizilgan narsalarni tasavvur eta oladilar. Er- taklarni eshitish jarayonida bola ertak qahramonlarini kimga- dir o‘xshatishga harakat qiladi, ba’zida esa u o‘zi mustaqil ertak yoki hikoyalarni to‘qiy olishi ham mumkin. Ilk bolalik davrida xotira bilishdagi asosiy vazifa hisoblanib, u bilishning barcha ko‘rinishlarini rivojlanishida ishtirok etadi. Bu davrda bolaning xotirasi jadal rivojlanadi. Bolaning hayotiy tajribalarni o‘zlash- tirishida dastlab harakatli, emotsional va obrazli xotira ishtirok etadi. Bu borada harakatli va emotsional xotira ustunlik qiladi. Xotira bu yoshda asosan ixtiyorsiz bo‘ladi. Bu davrda-

gi bolalarga ko‘p kitob o‘qib berish natijasida ular ertak, she’r va hikoyalarni eslab qoladilar, lekin bunday eslab qolish bolaning umumiy aqliy rivojlanishidan ham, xotirasining individual xususiyatidan ham dalolat bermaydi. Bu ilk bolalik davridagi bolalarning barchasiga xos bo‘lgan nerv tizimining umumiy egiluvchanligi natijasidir. 0 ‘zi va atrof hayoti haqidagi voqea va hodisalarda ketma-ketlik borligi uchun ham ularni hali to‘liq ravishda xotirasida saqlab qola olmaydi.

Ilk bolalik davridagi bolalarning analizatorlari yaxshi takomillashgani va ular erkin harakat qila olish imkoniyatiga ega boMganliklari tufayli bu davrda psixik jihatdan tez rivojlanadilar. Ma’lumki, ilk bolalik davridagi bolalar faqat yurib va emaklabgi- na qolmay, yugurish, sakrash hamda baland va past to‘siqlardan oshib o‘tish imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar. Bog‘chagacha tar- biya yoshidagi bolalarning ertadan kechgacha turli harakatlar qila olish imkoniyatlari tevarak-atrofdagi muhitni bilish ehtiyojini qondirishda juda katta sharoit yaratib beradi.

Ilk bolalik davridagi bolaning turmush tajribasi deyarli yo‘q bo‘lgani uchun hamma narsa qiziqtiradi. U o‘zining kundalik ti-

237


nimsiz harakatlari davomida kattalarga taqlid qilib, mustaqil ra­

vishda kiyinish, ovqat yeyish, yuvinish kabi harakatlarni o‘zlashtira boshlaydi. Bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bola o‘zining kunda- lik harakatlari davomida hech bir erinmay, ko‘z o‘ngidagi hamma narsalarni tekshirib ko‘radi. Natijada juda ko‘p yangiliklarni bilib oladi, o‘zining sezgi va idrokini, tasavvur va xotirasini, tafakkur va nutqini, hissiyot va xayolini — umuman hamma psixik

jarayonlarini rivojlantiradi.

Bu yoshdagi davrda sezgilarning rivojlanishi analizatorlarning tobora takomillashuvi bilan bog‘liqdir. Ikki yoshdan oshgan bolaning sezgi lari (ko‘rish, eshitish, hid va ta’m bilish, teri va harakat kabi) uning har kungi xilma-xil harakatlari davomida turli nar- salarga bevosita to‘qnash kelishi natijasida rivojlanadi. Sezgilarning normal rivojlanishi bola idroki o‘sishi uchun zamin yaratadi.

Ilk bolalik davridagi bolaning idroki ancha rivojlangan bo‘lsa ham hali katta odamlar idrokidan keskin farq qiladi. Birinchi- dan, bolalarda turmush tajribasi yo‘qligi tufayli ularning idroklari ham anglashilmagan xarakterga ega bo‘ladi. Ular ko‘p narsalar- ga birinchi marta duch keladilar. Shuning uchun bolalar idrok qiladigan ko‘p narsalar ularga yangilik, ya’ni dastlabki taassurot kuchiga ega bo‘ladi. Ikkinchidan esa, bolalarning idroki ko‘pin- cha ixtiyorsiz xarakterga ega bo‘ladi, ya’ni ularning idrokida muayyan bir maqsadni ko‘zlash hali sezilmaydi. Shuning uchun ularning idroki bir narsadan boshqa bir narsaga beixtiyor ko‘chib keta beradi. Lekin bu yoshdagi bolalarda hissiyot kuchli bo‘lgani uchun ular o‘zlarini qiziqtiradigan, hayron qoldiradigan, hissiy kechinmalar uyg‘otadigan narsalarni idrok qiladilar.

Bu yoshdagi bolalar idrokining yana farqlanadigan tomoni shundaki, ular idrok qilayotgan narsalarni umumlashtira olmaydilar. Atrof-muhitdagi narsalarni qanday bo‘lsa shundayligicha idrok qiladilar. Bu xususiyat ularning rasmlarni idrok qilishlari- da yaqqol ko‘rinadi. Masalan, ikki yarim yashar bolaga otning kallasi solingan surat ko‘rsatilsa, hayron bo‘lib, otning o‘zi qani, deb so‘raydi.

238




Ian chamalab, harakat qilishiga o‘tishda namoyon bo‘ladi, endi u predmetning bo‘laklarini ushlab ko‘rmasdan, balki chamalab idrok eta oladi. 2,5—3 yoshli bola kattalarning ko‘rsatgan namu- nasi, rangi, shakli va kattaligiga ko‘ra, aynan shunday predmet- larni chamalab, idrok etgan holda to‘g‘ri topa oladi. Bolalar av-

val shakliga, so‘ngra kattaligiga va undan keyingina rangiga qarab ajrata oladilar. Bu jarayonda bola bir xil xususiyatga ega bo‘lgan juda ko‘p predmetlar mavjudligini tushuna boshlaydi. Lekin, bola rasm chizishni boshlash davrida predmetlarning rangini e’tiborga olmaydi va o‘ziga yoqadigan ranglardan foydalanadi. Tadqiqot- larning ko‘rsatishicha 2,5—3 yoshli bola 5—6 ta shaklni (doira, kvadrat, uchburchak, to‘g‘riburchak, ko‘pburchak) va 8 xil rang- ni (qizil, olov rang, sariq, yashil, ko‘k, siyohrang, oq, qora) idrok etishi mumkin. Rang va shakllarning maqsadga muvofiq ishlatili- shi jihatidan har xil narsalarda turlicha namoyon bo‘lishi sabab- li, bu yoshdagi bolalar ularni idrok etganlari bilan nomlarini aniq bilishlari va o‘z nutqlarida ishlata olishlari birmuncha qiyinroq. Kattalarning bu yoshdagi bolalardan rang va shakllarni eslab qo- lishlarini talab etishlari noto‘g‘ridir, buning uchun mos davr 4—5 yoshlar hisoblanadi.

Bola 3 yoshigacha o‘zlashtirgan so‘zlar asosan predmet va harakatlarning nomlarini bildiradi. Nomlar asosan uning vazifa- sini anglatadi, bunda predmet yoki harakatning tashqi ko‘rinishi o‘zgarsa ham uning nomi o‘zgarmaydi. Shuning uchun ham bola predmetlarning nomlarini ishlatilishini vazifalariga bog‘lagan holda tez o‘zlashtiradi. Idrok o‘ssa, xotira takomillashadi. Xotira

bolaning taraqqiyoti uchun katta ahamiyatga egadir.

Ilk yoshdagi bolalarda ixtiyorsiz diqqat ustunligicha qola- veradi. Masalan, bola juda berilib ertak eshitayotgan bo‘lsa ham, xonaga birov kirib qolsa, uning diqqati ixtiyorsiz shu ertakdan chalg‘iydi. Diqqatning ko‘p chalg‘ishi bu yoshdagi bolalar diqqa- tining xarakterli xususiyatidir, chunki psixik hayot doimiy ravishda tashqaridan bo‘ladigan yangi o‘zgaruvchilarga muhtoj bo‘lib turadi. Ammo obyektga bo‘lgan qiziqish qancha aniq va ravshan

240


bo‘lsa, bolaning ixtiyorsiz diqqati shuncha barqaror bo‘ladi. Ix- tiyorsiz diqqatning kelgusi taraqqiyoti qiziqishlarning boyib bo- rishiga bogiiqdir. Bu yoshdagi bolalarda ixtiyoriy diqqat endigina vujudga kela boshlagan bo‘ladi.

Uch yashar bolaning xayol obrazlari tevarak-atrofdagi predmetlarning ta’sirida tuglladi va ma’lum maqsadga bo‘ysunadi.

Bola qo‘g‘irchoqni kolrib bo‘lgandan keyin, uni kiyintiradi va «uxlashga» yotqizadi. Bordi-yu, shu on «ayiqcha»ni ko‘rib qol- sa, diqqatini qo‘lidagi qolg‘irchoq qolib, ana shu «ayiqcha»ga qa- ratadi va u bilan «o‘rmonga sayr qilishga» ketadi. Bolada tajriba ortib borishi bilan xayol ham boyib boradi. Kichkina bolalarda xayol ancha rivojlangan bo‘ladi. Lekin bola xayoldagi obraz bilan borliqdagi idrok qilayotgan narsa va predmetlarni aralashtirib yuboradi. Shu sababli bola xayoliga ta’sir etuvchi vositalar ichida ertaklar muhim o‘rin egallaydi.

Ilk bolalik yoshidagi bolaning xayoli predmetlar bilan qilina- digan harakatlarga bog‘liqligi bilan farqlanadi. Bu yoshdagi bolalarda nutq va tafakkur xususiyatlari o‘z hayotining birinchi yili- da sodda assotsiatsiya, ya’ni har xil tasavvurlarni bir-biri bilan bogiash qobiliyatiga ega bo‘ladi. Masalan, u sutli shishani ko‘ri- shi bilan xursand bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan bolaning assotsiatsi- yasi murakkablashib boraveradi. Bola bir yoshga to‘lay deganda, onasining ko‘chaga kiyadigan kiyimini olib kelayotganini ko‘rib, xursand bo‘ladi. Vrachning tekshirishidan yomon ta’sirlangan bolalar xalatli odamlardan qo‘rqa boshlaydilar.

Bola o‘z hayotining ikkinchi yilida fazo munosabatlarini aniqlay boshlaydi, xonaning ichidagi predmetlar orasida o‘zini to‘g‘ri tutish malakasini egallab boradi.

Bolaning yoshi ulg‘ayishi bilan unda tevarak-atrofga bo‘lgan qiziqish ortadi. Kichkintoydagi sinchkovlik va har narsaga qiziquvchanlik uning kelgusi hayotida juda muhim rol o‘ynay- di. Bola hamma narsani o‘zi ko‘rishni va eshitishni istaydi. Lekin bolaning hayoti va rivojlanishi uchun ko‘rish va eshitish sezgi-

lari asosida vujudga keladigan taassurotlargina emas, balki hid

241


va muskul-harakat sezgilari orqali oladigan taassurotlar ham juda muhimdir.

Ilk bolalik davrining boshlariga kelib, bolada birinchi tafakkur operatsiyalari yuzaga keladi. Buni bola biror predmetni olishga harakat qila olganidan so‘ng, uni sinchiklab o‘rganishi- da ko‘rishimiz mumkin. Ularning tafakkurlari, asosan, ko‘rgaz- mali-harakatli bo‘lib, u atrof olamdagi turli bog‘liqliklarni o‘rga- nishga xizmat qiladi. 0 ‘zidan uzoqroq turgan koptokni biron-bir uzunroq narsa bilan itarib yuborish mumkinligini ko‘rgan bola, endi mustaqil ravishda divan tagiga kirib ketgan koptokni tayoqcha yordamida olish mumkinligini tushuna boshlaydi. Bu davrdagi bolalar tafakkurida umumlashtirish katta o‘rin tutadi. Umumlashtirishda nutq muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, soat deyilishi bilan bola qo‘l soatini yoki devordagi osma soat- ni ham tushunishi mumkin. Lekin, ular turlicha bo‘lganligi bois, ularda umumiylikni topish bola uchun qiyinroq hisoblanib, bu borada fikrlash 2—3 yoshli bolalar ma’lum bir predmetlarning o‘rniga ularning o‘rnini bosishi mumkin deb hisoblagan boshqa narsalardan ham foydalanadilar. Masalan, o‘yin jarayonida bola cho‘pni qoshiq yoki termometr o‘rnida, yog‘ochdan yasalgan kro- vat yoki mashina o‘rnida foydalanishi mumkin.

Bola ikki yoshlarga borib, amaliy tafakkurdan birinchi mar- ta foydalana oladi, uchinchi yoshida esa ba’zi tanish harakat- lardan konkret masalalarni hal qilishda mustaqil foydalana boshlaydi. Masalan, bu yoshdagi bola vazadagi tugmachani qo‘li bilan solib, ololmasa, u vazachani to‘ntarib olaveradi. Tafakkurning bu boshlang‘ich shaklini ba’zan «qo‘l tafakkuri» ham deyiladi. Tafakkurning bu shakli bola aqliy taraqqiyotining kelgusi bosqichi uchun juda zarurdir.

13.5. Ilk bolalik davrida o‘z-o‘zini anglash

Bu davrdagi bolalarning xatti-harakatlari ularning xohish va hissiyotlari juda o‘zgaruvchan boladi. Masalan, bolaning yigllashi hamda yig‘idan to‘xtashi juda tez o‘zgaradi. Ilk davrda bolada

242

o‘z yaqinlariga: onasi, otasi, buvi-buvalari, tarbiyachisiga nisbatan muhabbat shakllanadi. Bola o‘z yaqinlaridan maqtov olishga harakat qiladi. Ota-onalar tomonidan bolaning xatti-harakatlari va shaxsiy xususiyatlariga beradigan ijobiy emotsional baholari ularda o‘zlarining layoqat va imkoniyatlariga nisbatan ishonchi- ni shakllantiradi. U o‘z ota-onasiga nihoyatda qattiq bog‘lan- gan bo‘lib, intizomli va itoatkor bo‘ladi. Ana shu bog‘liqlik sa- babli bolaning asosiy ehtiyojlari qondiriladi, xavotirligi kamayadi. Onasi yonida bo‘lgan bolalar ko‘proq harakat qiladilar va at- rof-muhitni o‘rganishga intiladilar. Bu davrda bola o‘z ismini juda yaxshi o‘zlashtiradi. Bola doimo o‘z ismini himoya qiladi, uni boshqa ism bilan chaqirishlariga norozilik bildiradi. Kattalarning bola bilan qiladigan muomala-munosabati uning o‘zini alohida shaxs sifatida anglashini boshlanishiga imkoniyat beradi. Bu ja- rayon asta-sekinlik bilan amalga oshadi. Kattalarning bola bilan qanday muomala qilishlariga qarab uning o‘z «Men»ini anglay boshlashi birmuncha avvalroq yoki kechroq yuzaga kelishi mumkin. 3 yoshli bola o‘zini, o‘z xohish va ehtiyojlarini qondirishi mumkin bo‘lgan manba deb biladi va bu uning «Menga bering», «Ko‘taring», «Men ham boraman» kabi talablarida ko‘rinadi. Uch yoshli bolalar o‘zlarini o‘zgalar bilan taqqoslay boshlaydilar, bu- ning natijasida bolalarda o‘z-o‘zini baholash vujudga keladi. Shu davrdan boshlab bolalarda mustaqil bo‘lish ehtiyoji yuzaga keladi va bu ularning «o‘zim qilaman» qabilidagi so‘zlarida namoyon bo‘ladi.

3 yoshdagi inqiroz: 3 yoshga kelib bola o‘zini kattalar bilan taqqoslay boshlaydi va kattalar qilishi mumkin bo‘lgan (huquqi bo‘lgan), ular bajara oladigan harakatlarni bajarishga intila- di. «Men katta bo‘lsam mashina haydayman», «Men sizga katta tort olib kelaman», «Mening yuzta qo‘g‘irchog‘im bo‘ladi» kabi xohishlarini o‘z tili bilan ifodalaydi va u kelasi zamonda gapir- sa ham o‘zining barcha xohishlarini shu bugun amalga oshirish- ga harakat qiladi. Ko‘pincha bunday xislat qat’iylik va qaysarlik bilan namoyon bo‘ladi. Bu qaysarlik asosan bolaning kattalarga







XIV BOB. MAKTABGACHA TARBIYA YOSHI

Reja:

1.                     Maktabgacha tarbiya yoshida rivojlanishning ijtimoiy shart-sharoitlari.

2.                     0 ‘yin maktabgacha tarbiya yoshida yetakchi faoliyat sifati­da.

3.                     Bilish jarayonlarining rivojlanishi.

4.                     Kattalar va tengdoshlari bilan muloqot.

5.                     Asosiy psixologik yangilik.

6.                     Maktabgacha tarbiya yoshidagi inqirozning tavsifnomasi.

Mavzu o‘quv maqsadi:

TaTimiy: Talabalarni maktabgacha yoshdagi bolalarning psixik taraqqiyoti, bilish jarayonlarining rivojlanishi hamda shaxs xususiyatlari haqida ilmiy ma’lumotlar bilan tanishtirish. Maktabga psixologik tayyorgarlik muammosi yuzasidan nazariy va ama- liy bilimlarni shakllantirish.

Tarbiyaviy: Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixik rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi, ularning ruhiy salomatliklari va ruhiy barqarorliklarini ta’minlovchi muhit yaratish zaruriyatini ta- labalar ongiga singdirish.

Rivojlantiruvchi: Talabalarning maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ular bilan ishlash ko‘nikma-malakalarini rivojlantirish.

Tayanch tushunchalar: maktabgacha tarbiya yoshi, o‘yin, yetakchi faoliyat, bilish jarayonlari, muloqot, asosiy psixologik yangilik, inqiroz.

1.1. Maktabgacha tarbiya yoshida rivojlanishning ijtimoiy

shart-sharoitlari

Ontogenezda 3 dan 7 yoshgacha bo‘lgan davr bog‘cha yoshi davri yoki maktabgacha yosh davri hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasida juda tez sifat o‘zgarishlari bo‘lishini inobatga olgan holda 3 davrga: (3—4 yosh) kichik maktabgacha davr, (kichik bog‘cha yoshi), (4—5 yosh) o‘rta maktab-


gacha davr, (o‘rta bog‘cha yoshi), (6—7 yosh) katta maktabgacha davr (katta bog‘cha yoshi)ga ajratish mumkin. Bola rivojlanish jarayonida kishilik avlodi tomonidan yaratilgan predmet va hodi- salar olami bilan munosabatga kirishadi. Bola insoniyat qo‘lga kiritgan barcha yutuqlarni faol ravishda o‘zlashtirib, egallab boradi. Bunda predmetlar olamini, ular yordamida amalga oshirila- digan xatti-harakatlarni, tilni, odamlar orasidagi munosabatlarni egallab olishi, faoliyat motivlarining rivojlanishi, qobiliyatlarning o‘sib borishi, katta yoshli kishilarning bevosita yordamida amalga oshirilib borilmog‘i kerak. Asosan, shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyati kuchaya boshlaydi.

Bog‘cha yoshdagi bolalarga beriladigan tarbiya, ularning mu- rakkab harakatlarini o‘zlashtirish, elementar gigiyena, madaniy va mehnat malakalarini shakllantirish, nutqini rivojlantirish hamda ijtimoiy axloq va estetik didining dastlabki kurtaklarini hosil qi- lishga qaratilishi lozim.

Mashhur rus pedagogi Lesgaftning fikricha, insonning bog‘cha yoshidagi davr shunday bir bosqichki, bu davrda bolalarda xa- rakter xislatlarining namunalari shakllanib, axloqiy xarakterning asoslari yuzaga keladi.

Bog‘cha yoshidagi bolalarning ko‘zga tashlanib turuvchi xu- susiyatlaridan biri, ularning harakatchanligi va taqlidchanligidir. Bola tabiatining asosiy qonunini shunday ifodalash mumkin: bola uzluksiz faoliyat ko‘rsatishni talab qiladi, lekin u faoliyat natijasidan emas, balki faoliyatning bir xilligi va surunkaliligidan toliqadi.

Kattalar va tengdoshlari bilan bo‘lgan munosabat orqali bola axloq me’yorlari, kishilarni anglashi, shuningdek, ijobiy va salbiy munosabatlar bilan tanisha boshlaydi. Bog‘cha yoshidagi bola endi o‘z gavdasini yaxshi boshqara oladi. Uning harakati mu- vofiqlashtirilgan holda bo‘ladi. Bu davrda bolaning nutqi jadal rivojlana boshlaydi, u yangiliklarni egallashga nisbatan o‘z bil- ganlarini mustahkamlashga ehtiyoj sezadi, o‘zi bilgan ertagini qayta-qayta eshitish va bundan zerikmaslik, shu davrdagi bolalarga xos xususiyatdir.

248


Bog‘cha yoshidagi bolalarning ehtiyojlari va qiziqishlari jadal ravishda ortib boradi. 3—7 yoshli davrida bolalarning asosiy faoli­

yati quyidagi ketma-ketlikda kechadi:

— predmetlarni o‘rganishi;

— individual predmetli o‘yinlar, jamoa sujetli-rolli o‘yinlar;

— individual va guruhiy ijod;

— musobaqa olyinlari; — muloqot o‘yinlari; — uy mehnati.

Bog‘cha yoshidagi bolalar nutqni birmuncha to‘la o‘zlashtir- ganlari va haddan tashqari harakatchanliklari tufayli ularda o‘zlariga yaqin bo‘lgan katta odamlar va tengdoshlari bilan muno- sabatda bo‘lish ehtiyoji tug‘iladi. Ular tor doiradan kengroq doi- radagi munosabatlarga intila boshlaydilar. Ular endi bog‘chadagi o‘rtoqlari va qo‘ni-qo‘shnilarning bolalari bilan ham jamoa bo‘lib o‘ynashga harakat qiladilar.

Hamma narsani bilib olishga bolgan ehtiyoj kuchayadi. Bog‘cha yoshidagi bola tabiatiga xos bo‘lgan kuchli ehtiyojlardan yana biri, uning har narsani yangilik sifatida ko‘rib, uni har to- monlama bilib olishga intilishidir.

Bog‘cha yoshidagi bolalar hayotida va ularning psixik ji- hatidan o‘sishida qiziqishning roli kattadir, qiziqish xuddi ehtiyoj kabi, bolani biror faoliyatga undovchi omillardan biridir. Shuning uchun ham qiziqishni bilish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab psixik hodisa desa bo‘ladi.

Bolaning kamol topishida qiziqishning ahamiyati shundaki, bola qiziqqan narsasini mumkin qadar chuqurroq bilishga intiladi va uzoq vaqt davomida qiziqqan narsasi bilan shug‘ulla- nishdan zerikmaydi. Bu esa o‘z navbatida bolaning diqqati hamda irodasi kabi muhim xislatlarni o‘stirishga va mustahkamlashiga

yordam beradi. 3—7 yoshli bolalarning psixik rivojlanishida ba- diiy-ijodiy faoliyat turi bolgan musiqaning ahamiyati ham juda kattadir. Musiqa orqali bolalar ashula aytishga, musiqa ohangiga mos ritmik harakatlar qilishga o‘rganadilar.


1.2. 0 ‘yin maktabgacha tarbiya yoshida yetakchi faoliyat sifatida

Ma’lumki, bolaning yoshi ulg‘ayib, mustaqil harakat qilish imkoniyati oshgan sari, uning atrofidagi narsa va hodisalar bo‘yi-

cha dunyoqarashi kengayib boradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyati o‘yindir. Bu yoshdagi bolalarning o‘yin- larini uchga boiish mumkin:

1)   predmetli o‘yinlar (15—20 minut o‘ynaladi);

2)   sujetli-rolli o‘yinlar (30—60 minut o‘ynaladi);

3)   qoidali o‘yinlar (1 soatdan 2 kungacha davom etishi mumkin).

Bog‘cha yoshidagi bolalarning o‘yin faoliyatlari masalasi asrlar davomida juda ko‘p olimlarning diqqatini o‘ziga jalb qilib kel- moqda. Bog‘cha yoshidagi bolalar o‘zlarining o‘yin faoliyatlarida ildam qadamlar bilan olg‘a qarab borayotgan sermazmun ha-

yotimizning hamma tomonlarini aks ettirishga intiladilar.

Bola atrofidagi narsalar dunyosini bilish jarayonida ular bilan bevosita amaliy munosabatda bo‘lishga intiladi. Bu o‘rinda shu narsa xarakterliki, bola bilishga tashnaligidan atrofdagi o‘zining xaddi sig‘adigan narsalari bilangina emas, balki kattalar uchun mansub bo‘lgan, o‘zining kuchi ham yetmaydigan, xaddi sig‘may- digan narsalar bilan ham amaliy munosabatda bo‘lishga intiladi. Masalan: bola avtomashinani yoki tramvayni o‘zi haydagisi, haqi- qiy otga minib yurgisi, uchuvchi bo‘lib, samolyotda uchgisi va ros-

250


takam militsioner bo‘lgisi keladi. Tabiiyki, bola o‘zidagi bunday eh- tiyojlarning birontasini ham haqiqiy yo‘l bilan qondira olmaydi. Bu o‘rinda savol tug‘iladi. Bolalarning tobora ortib borayotgan turli ehtiyojlari bilan ularning tor imkoniyatlari o‘rtasidagi qarama-qar- shilik qanday yo‘l bilan hal qilinadi? Bu qarama-qarshilik faqatgi- na birgina faoliyat orqali, ya’ni, bolaning o‘yin faoliyati orqaligina hal qilinishi mumkin. Buni quyidagicha izohlab berish mumkin:

birinchidan, bolalarning o‘yin faoliyati qandaydir moddiy mashg‘ulot ishlab chiqarishga qaratilgan faoliyat emas. Shuning uchun bolalarni o‘yinga undovchi sabab (motiv) kelib chiqadigan natija bilan emas, balki shu o‘yin jarayonidagi turli harakatlar- ning mazmuniga bog‘liqdir; ikkinchidan, bolalar o‘yin jarayonida o‘z ixtiyorlaridagi narsa­

larni, o‘zlarini qiziqtirgan, ammo kattalargagina mansub bo‘lgan narsalarga aylantirib, xohlaganlaricha erkin faoliyatda bo‘ladilar.

Bolalarning o‘yin faoliyatlari ularning jismoniy va psixik jihatdan garmonik ravishda rivojlanishi uchun birdan-bir vositadir.

0 ‘yin bolalar hayotida shunday ko‘p qirrali faoliyatki, unda kat- talarga mansub bo‘lgan mehnat ham, turli narsalar haqida tafakkur qilish, xomxayol surish, dam olish va xushchaqchaqlik jarayonlari- ning barchasi o‘yin faoliyatida aniq bo‘ladi. Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, o‘yin faqat tashqi muhitdagi narsa hodisalarni bilish vositasigina emas, balki qudratli tarbiya vositasi hamdir. Ijodiy va sujetli o‘yinlarda bolalarning barcha psixik jarayonlari bilan bir- galikda ularning individual xususiyatlari ham shakllanadi. Demak, bog‘chadagi ta’lim-tarbiya ishlarining muvaffaqiyati ko‘p jihatdan bolalarning o‘yin faoliyatlarini maqsadga muvofiq tashkil qila bilishga bog‘liqdir. Shunday qilib, o‘yin bolalar xayoli tomonidan yaratilgan narsa emas, aksincha, bolalar xayolining o‘zi, o‘yin davomida yuzaga kelib, rivojlanadigan psixik jarayondir. Shuni ham ta’kidlash joizki, fan-texnika mislsiz rivojlanayotgan hozirgi davrda hayratda qoldiradigan narsalar bolalarga go‘yo, bir mo‘jizadek ko‘rinadi. Natijada ular ham o‘zlarining turli o‘yinlari jarayonida o‘xshatma qilib (ya’ni, analogik tarzda), har xil xayoliy narsalarni

251


o‘ylab topadilar (uchar ot, odam mashina, gapiradigan daraxt ka- bilar). Bundan tashqari, bolalarning turli xayoliy narsalarni o‘ylab chiqarishlari yana shuni anglatadi-ki, ular o‘zlarining har turli o‘yin faoliyatlarida faqat atroflaridagi bor narsalarni emas, balki ayni chog‘da ehtiyojlarini ham aks ettiradilar.

Bolalarning o‘yin faoliyatlarida turli xayoliy va afsonaviy obraz- larni yaratishlari odamning (shu jumladan, bolalarning ham) tash- qi muhitdagi narsa va hodisalarni aks ettirish passiv jarayoni emas,

balki faol, ijodiy yaratuvchanlik jarayoni ekanligidan dalolat beradi.

Bolalar o‘yin faoliyatining yana bir xususiyati bu o‘yin jarayonida bolaning qiladigan xatti-harakatlari va bajaradigan rolla- rining ko‘pincha umumiylik xarakteriga ega bo‘lishidir. Buni shunday tushunish kerakki, bola o‘zining turli-tuman o‘yinlarida faqat o‘ziga tanish bo‘lgan yolg‘iz bir havdovchining, vrachning, mi- litsionerning, tarbiyachining, uchuvchining xatti-harakatlarinigina emas, balki umuman shaydovchilarning, vrachlarning, tarbiyachi- larning hamda uchuvchilarning xatti-harakatlarini aks ettiradi.

Bu yoshdagi bolalar o‘z vaqtining ko‘p qismini o‘yin bilan o‘tkazadi, ayniqsa 3 yoshdan 6—7 yoshgacha o‘yinlar ahamiyatli taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tadi: predmetli-boshqaruv va ramziy o‘yinlardan tortib, to qoidali sujetli-rolli o‘yinlargacha. Bu yosh davrida barcha o‘yin turlarini ko‘rish mumkin.

Bu yosh davri davomida bolalarning quyidagi asosiy faoliyat turlari izchillikda takomillashib boradi: predmetlar bilan boshqa- rish o‘yini, konstruktiv tipdagi individual predmetli o‘yin, jamoaviy sujetli-rolli o‘yinlar, individual va guruhiy ijod, o‘yin-mu- sobaqa, o‘yin-muloqot, uy mehnati. Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar asosan predmetlar, turli xil o‘yinchoqlar bilan yolg‘iz o‘zlari o‘ynaydilar. 0 ‘zlarining predmetli va konstruktorli o‘yin- larida idrok, xotira, tasavvur, tafakkur jarayonlarini, shuningdek, o‘z harakat qobiliyatlarini takomillashtirib boradilar. Albatta, tur- mush tajribalari va faoliyatlari doirasi cheklangan kichik yoshda­

gi bolalar (ba’zan kichik guruh bolalari ham) o‘zlarining o‘yin- larida konkret odamlarni va ularning harakatlarini aks ettiradilar,

252


xolos. Masalan, (oyisini, dadasini, akasini, tarbiyachisini va shu kabilarni). 0 ‘rta yoki katta bog‘cha yoshidagi bolalarning o‘yin- larida esa bunday obrazlar umumiylik xarakteriga ega bo‘la boshlaydi. Sekin-asta o‘rta maktabgacha davrga borib o‘yin jamoaviy

bo‘lib boradi va unga ko‘proq bolalar qo‘shila boshlaydi. Bolalarning individual xususiyatlarini, ularning jamoa o‘yinlari davomi- da kuzatish qulaydir. 0 ‘z o‘yinlarida bolalar kattalarning pred- metlarga munosabatinigina emas, balki ko‘proq ularning o‘zaro munosabatlarini ham aks ettiradilar va ularga taqlid qiladilar. Shuningdek, jamoa o‘yinlarida bolalar bir guruh odamlarning murakkab hayotiy faoliyatlarini aks ettiradilar. Masalan, «poyezd» o‘yinini olaylik. Bunda mashinist, parovozga ko‘mir yoquvchi, provodniklar, kontrolyor, kassir, stansiya xodimlari va yo‘lovchilar bo‘ladi. Bolalarning mana shu kabi jamoa o‘yinlari artistlarning faoliyatiga o‘xshaydi. Chunki, jamoa o‘yinidagi har bir bola o‘z rolini yaxshi ado etishga intilishi bilan birga, o‘yinning umumiy mazmunidan ham chetga chiqib ketmaslikka tirishadi. Bu esa, har bir boladan o‘zining butun qobiliyatini ishga solishni talab etadi. Ma’lum rollarga bolingan jamoa o‘yini, bolalardan qat’iy qoida- larga bo‘ysunishini va ayrim vazifalarni talab doirasida bajarishni taqozo etadi. Shuning uchun bolalarning bunday jamoa o‘yinlari psixologik jihatdan katta ahamiyatga ega. Chunki, bunday o‘yin- lar bolalarda irodaviylik, xushmuomalalik, o‘yin qoidalariga, tar- tib-intizomga bo‘ysungan va shu kabi boshqa ijobiy xislatlarni tar- biyalaydi va rivojlantiradi.

Eng asosiysi bu o‘yinlarda kattalarning predmetli dunyoga nisbatan xulq-atvori takrorlanmaydi, odamlar orasidagi munosabatlarga, xususan — rollariga imitatsiya (taqlid) qilinadi. Bolalar ushbu munosabatlar asosida quriladigan rollarni va qoidalarni ajratadilar, o‘yin- da unga amal qilinishini qattiq nazorat qiladilar va o‘zlari ham ular­

ga rioya qilishga harakat qiladilar. Bolalarning sujetli-rolli o‘yinlari turli mavzularda bo4ib, bolalar ular bilan hayotiy tajribasiga mu- vofiq yaxshi tanishdir. Bolalar tarafidan o‘yinda qayta ijro etiladigan rollar — oilaviy (ona, ota, buvi, buva, o‘g‘il, qiz va h.k.) yoki tarbi-


yaviy (enaga, bog‘chadagi tarbiyachi) yoki ertak qahramonlari (bo‘ri, ayiq, tulki, quyon, echki) yoki kasbiy (shifokor, komandir, uchuv- chi). Rollarni ijro etuvchilar kattalar yoki bolalar yoki ularni o‘rnini bosuvchi o‘yinchoqlar, qo‘g‘irchoqlar bo‘lishi mumkin.

Ushbu yosh davri taraqqiyot uchun zarur boigan ikkita faoliyat turining boshlanishi bilan bog‘langan: mehnat va o‘qish. Bu yoshdagi bolalarning o‘yin, mehnat va o‘qishni o‘zlashtirishlarini ketma-ketligi bosqichini aniqlash mumkin, bunda maktabgacha yosh davri tahlil maqsadida shartli ravishda 3 ta davrga bolina- di: kichik maktabgacha yosh davri (3—4 yosh), o‘rta maktabgacha yosh davri (4—5 yosh) va katta maktabgacha yosh davri (5— 6 yosh). Ushbu bo‘lish yosh davrlari psixologiyasida bolalarning psixologiyasi va xulq-atvoridagi jadal va sifatiy o‘zgarishlarni qayd etish uchun o‘tkaziladi.

Kichik maktabgacha yoshdagilar hali, qoidaga muvofiq, yolg‘iz o‘ynaydilar. 0 ‘zlarining predmetli va konstruktorli o‘yin- larida idrok, xotira, tasavvur, tafakkur va harakat qobiliyatlari- ni takomillashtirib boradilar. Ushbu yoshdagi bolalar sujetli-rolli o‘yinlarida odatda kundalik hayotlarida kuzatadigan kattalarning harakatlarini qayta namoyon etadilar.

0 ‘rta va katta maktabgacha yosh davrida sujetli-rolli o‘yin- lar rivojlanadi, biroq kichik maktabgacha yosh davridan o‘yinlar- ga kiritiladigan va amalga oshiriladigan mavzulari, rollari, o‘yin harakatlarining qoidalari bilan katta turli-tumanligi bilan farqla- nadi. Tabiiy xarakterdagi ko‘pgina predmetlar shartlilariga almash-

tiriladi va ramzli o‘yin boshlanadi. Masalan, oddiy kubik o‘yindan va unga ajratilgan roldan qat’i nazar ramziy ma’noda mebellar va mashinalarni, odamlar va hayvonlarni namoyish etadi.

0 ‘yinlarda asosiy rol qoidalarga rioya qilishga va munosabat- larga, masalan, subordinatsiyaga ajratiladi. Bunda birinchi maro- taba liderlik paydo bo‘ladi, bolalarda tashkilotchilik ko‘nikma va malakalari rivojlanadi.

Shu bilan bir qatorda o‘yinli individual faoliyatning ramziy shakllaridan yana biri rasm chizishdir. Unga sekin-asta ko‘proq

254

tasavvur, xayol va tafakkur qo‘shilib boradi. Bola ko‘rganlarini tasvirlashdan vaqti bilan bilganlarini, xotirasidagi va o‘zi o‘ylab topganlarini chiza boshlaydi. 0 ‘yin-musobaqalar alohida sinfga ajratiladi, unda yutuq va g‘oliblik bolalarni juda jalb qiladi. Tax- min qilinishicha, aynan shunday o‘yinlarda muvaffaqiyatga eri­

shish motivatsiyasi shakllanadi va mustahkamlanadi.

Katta maktabgacha yosh davrida konstruktorlik o‘yini mehnat faoliyatiga aylana boshlaydi, o‘yin jarayonida bola turmushda zarur bo‘lgan nimanidir yasaydi, yaratadi, quradi. Bolalar bunday o‘yinlarda oddiy mehnat ko‘nikma va malakalarini egallaydilar, ularda amaliy tafakkur faol rivojlanadi. Bola o‘yinda ko‘plab uy- ro‘zg‘or asboblari va predmetlaridan foydalanishni o‘rganadi. Unda o‘z xatti-harakatlarini rejalashtirish qobiliyati paydo boladi va rivojlanadi, ko‘p harakatlari va aqliy operatsiyalari, tasavvur va

xayoli takomillashadi.

Bu yosh davridagi bolalar ijodiy faoliyatdan tasviriy san’at ayniqsa, rasm chizishni yaxshi ko‘radilar. Bolaning nimani va qanday ifodalashiga qarab, uning atrof olamdagi voqelikni qanday idrok qilishi, xotirasi, xayoli va tafakkurining o‘ziga xosligi haqida mushohaza qilish mumkin. Rasmlar orqali bolalar tash- qi olamdan olayotgan taassurotlari va bilimlarini yetkazishga harakat qiladilar. Rasmlar bolaning jismoniy va psixologik holati- ga ko‘ra o‘zgarishi mumkin (kasallik, kayfiyat). Aniqlanishicha, kasal bolalar chizgan rasmlar sog‘lomlarnikidan kokpgina jihat- lari bilan farq qiladi.

Maktabgacha yosh davri badiiy-ijodiy faoliyatida musiqa muhim ahamiyatga ega. Bolalarga musiqiy asarlarni tinglash, musi- qiy qatorlarni va tovushlarni turli asboblarda takrorlash quvonch bag‘ishlaydi. Bu yosh davrida birinchi marotaba musiqa bilan jid- diy shug‘ullanishga qiziqish paydo bo‘ladi, u keyinchalik haqiqiy qiziqishga aylanishi va musiqiy qobiliyatning rivojlanishiga yordam beradi. Bolalar qo‘shiq aytishga, musiqa ostida turli ritmik, raqs harakatlarini bajarishga olrganadilar. Qo‘shiq aytish musiqa- ni anglash va vokal qobiliyatlarni rivojlantiradi.


Hech bir yosh davri ushbu yosh davridagidek shaxslararo ham- korlikning turli shakllarini talab qilmaydi, chunki u bola shaxsining

turli jihatlarini rivojlanishi zarurati bilan bogiiq. Bu tengdoshlari, kattalar bilan hamkorlik, o‘yinlar, muloqot va birgalikdagi mehnat- dir. Bu yosh davri davomida bolalarning quyidagi asosiy faoliyat turlari izchillikda takomillashib boradi: predmetlar bilan boshqa- rish o‘yini, konstruktiv tipdagi individual predmetli o‘yin, jamoaviy sujetli-rolli o‘yinlar, individual va guruhiy ijod, o‘yin-musobaqa, okyin-muloqot, uy mehnati. Maktabga chiqishdan bir yoki ikki yil avval ularga o‘quv faoliyati qo‘shiladi va 5—6 yoshli bola eng ka- mida faoliyatning 7-8 turiga tortiladi, ularning har biri bolani o‘zi- ga xos ravishda intellektual va axloqan rivojlantiradi.

Bogbcha yoshidagi bolalarning o‘yinlari atrofdagi narsa va hodi- salarni bilish quroli bo‘lishi bilan birga, yuksak ijtimoiy ahamiyatga ham ega, o‘zgacha qilib aytganda, o‘yin qudratli tarbiya quroli hamdir. Bolalarning o‘yinlari orqali ularda ijtimoiy foydali, ya’ni yuksak insoniy xislatlarni tarbiyalash mumkin. Agarda biz bolalarning o‘yin faoliyatlarini tashqaridan kuzatsak, olyin jarayonida ularning barcha shaxsiy xususiyatlari (xarakteri, kimning nimaga ko‘proq qiziqishi, qobiliyati, irodasi, temperamenti) yaqqol namo­

yon bolishini ko‘ramiz. Shuning uchun bolalarning o‘yin faoliyat- lari, ularni individual ravishda o‘rganish uchun juda qulay vosita- dir. Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar odatda o‘zlari yolg‘iz o‘ynaydilar. Predmetli va konstruktorli o‘yinlar orqali bu yoshdagi bolalar o‘zlarining idrok, xotira, tasavvur, tafakkur hamda harakat layoqatlarini rivojlantiradilar. Sujetli-rolli o‘yinlarda bolalar, asosan, o‘zlari har kuni ko‘rayotgan va kuzatayotgan kattalarning xatti-harakatlarini aks ettiradilar. 4—5 yoshli bolalarning o‘yini as- ta-sekinlik bilan jamoa shakliga ega bo‘lib boradi. Bolalarning individual xususiyatlarini, ularning jamoa o‘yinlari davomida kuzatish qulaydir. 0 ‘z okyinlarida bolalar kattalarning predmetlarga muno- sabatinigina emas, balki ko‘proq ularning o‘zaro munosabatlarini ham aks ettiradilar va ularga taqlid qiladilar. Shuningdek, jamoa o‘yinlarida bolalar bir guruh odamlarning murakkab hayotiy faoli-

256


yatlarini aks ettiradilar. Masalan, «poyezd» o‘yinini olaylik. Bunda mashinist, parovozga ko‘mir yoquvchi, provodniklar, kontrol- yor, kassir, stansiya xodimlari va yo‘lovchilar bo‘ladi. Bolalarning mana shu kabi jamoa o‘yinlari artistlarning faoliyatiga o‘xshaydi. Chunki, jamoa o‘yinidagi har bir bola o‘z rolini yaxshi ado etishga intilishi bilan birga, o‘yinning umumiy mazmunidan ham chetga chiqib ketmaslikka tirishadi. Bu esa, har bir boladan o‘zining bu- tun qobiliyatini ishga solishni talab etadi. Ma’lum rollarga bo‘lin- gan jamoa o‘yini, bolalardan qat’iy qoidalarga bo‘ysunishini va ayrim vazifalarni talab doirasida bajarishni taqozo etadi. Shuning uchun bolalarning bunday jamoa o‘yinlari psixologik jihatdan katta ahamiyatga ega. Chunki, bunday o‘yinlar bolalarda irodaviylik, xushmuomalalik, o‘yin qoidalariga, tartib-intizomga bo‘ysungan va shu kabi boshqa ijobiy xislatlarni tarbiyalaydi va rivojlantiradi.

Katta bog‘cha yoshida sujetli-rolli o‘yinlar esa o‘z mavzusi- ning boyligi va xilma-xilligi bilan farqlanadi. Bu o‘yinlar jarayonida bolalarda sardorlik xususiyati yuzaga kela boshlaydi, ular- da tashkilotchilik ko‘nikma va malakalari rivojlana boshlaydi.

Maktabgacha yoshdagi bolalar shug‘ullanadigan ijodiy faoli- yatlar orasida tasviriy san’atning ham ahamiyati juda kattadir. Bolaning tasavvur etish xarakteriga ko‘ra, uning atrof hayotni qanday idrok etishi, xotira, tasavvur va tafakkur xususiyatlari- ga baho berish mumkin. Katta bog‘cha yoshidagi bolalar chizgan rasmlar ularning ichki kechinmalari, ruhiy holatlari, orzu, umid

va ehtiyojlarini ham aks ettiradi.

Bu yoshdagi bolalar rasm chizishga nihoyatda qiziqadilar. Rasm chizish bolalar uchun o‘yin faoliyatining o‘ziga xos bir shakli bo‘lib hisoblanadi. Bola avvalo ko‘rayotgan narsalarini, keyinchalik esa o‘zi biladigan, xotirasidagi va o‘zi o‘ylab topgan narsalarni chizadi.

Katta maktabgacha yoshdagi bolalar uchun musobaqa juda katta ahamiyatga ega bo‘lib, aynan shunday o‘yinlarda mu-

vaffaqiyatga erishishga harakat qilish xususiyati shakllanadi va mustahkamlanadi. Bu yoshdagi bolalarning eng yaxshi daqiqalari musobaqa o‘yinlaridagi yutish va muvaffaqiyatlaridir. Katta mak­

tabgacha yoshdagi bolalar uchun musobaqalar juda katta ahami- yatga ega bo‘lib, aynan shunday o‘yinlarda muvaffaqiyatga erishish motivlari shakllanadi va mustahkamlanadi.

Katta bog‘cha yoshida konstruktorlik o‘yinlari asta-sekinlik bilan mehnat faoliyatiga aylanib boradi, o‘yinda bola sodda mehnat ko‘nikma va malakalarini egallay boshlaydi, predmetlarning xossala- rini anglay boshlaydi, amaliy tafakkur namunalari rivojlana boradi.

3—7 yoshli bolalarning psixik rivojlanishida badiiy-ijodiy faoliyat turi bo‘lgan musiqaning ahamiyati ham juda kattadir. Musiqa orqali bolalar ashula aytishga, musiqa ohangiga mos ritmik harakatlar qilishga o‘rganadilar.

0 ‘yin faoliyati bolalarni insoniyatning ijtimoiy tajribasi- ni egallashning faol shakli bo'lgan ta’lim faoliyatiga tayyorlaydi. Odam birdaniga ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishga kirisha olmay- di. Ijtimoiy tajribalarni faol egallashi uchun odam, avvalo, yetarli darajada nutqni egallagan boiishi, ma’lum malakalar, uquvlar va sodda tushunchalarga ega bo‘lishi kerak bo‘ladi. Bularga bola yuqorida ko‘rsatib o‘tganimizdek, o‘yin faoliyati orqali erishadi.

Bola bu davrda o‘yin faoliyatidan tashqari boshqa faoliyatlar bilan, ya’ni mahsuldor faoliyat, mehnat faoliyati va o‘qish faoliyati bilan ham shug‘ullanadi. Mahsuldor faoliyat turlari (rasm chi- zish, plastilindan narsa yasash, qurish, yasash va b.) predmetlarning muhim xususiyatlarini mavhumlashtirishga olib keladigan, borliqni o‘ziga xos shaklda modellashtirish sifatida qaraladi. Mahsuldor faoliyat turlarida ijodiy amalga oshadigan ma’lum mazmun mav­

jud. I.Shapovalenkoning ta’kidlashicha, predmetli faoliyat doirasida vujudga keladigan tasviriy faoliyat maktabgacha yosh davrida o‘yin shaklida rivojlanadi. Natija, mahsulot, rasm uzoq vaqt ikkinchi darajasi hisoblanadi, borliqni qog‘oz ustida modellashtiradigan o‘yin

sifatida rasm chizish jarayonining o‘zi muhim hisoblanadi.

Qurish-yasash ishlari faoliyatni maxsus tashkil etishni talab qiladi, chunki unda qism munosabatlarini tushunish va idrok aniqligi zarur. Unda tayanch detallarni ajratish, namunani, qu-

258

rish usullarini o‘zlashtirish kabi vazifalar paydo bo‘ladi. Qurish- yasash jarayonida muhim qobiliyatlardan biri faoliyatni rejalash- tirish qobiliyati shakllanadi.

0 ‘qish va mehnat faoliyati elementlarining rivojlanishi. 0 ‘qish faoliyatining yangi bilimlarni o‘zlashtirish kabi maxsus maqsa- di mavjud. 0 ‘qish ko‘nikmasi o‘quv vazifalarini amaliy hayotiy vaziyatlardan ajratish va uni qabul qilishni nazarda tutadi. Maktabgacha yosh davrida o‘qishning motivatsion asoslarini — bilish- ga qiziqish (qiziquvchanlikni) rivojlantirish muhim hisoblanadi. Didaktik o‘yinlar bilish, o‘quv faoliyatini shakllantiradigan o‘yin- ning maxsus shaklidir.

Mehnat va o‘quv topshiriqlari tufayli bajarilgan mahsuldor faoliyat turlarida maktabgacha yoshdagi bola shaxsining rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar yaratadi: natijaga erishish, xulq-at- vorni boshqarish va rejalashtirish, o‘z-o‘zini baholash, yangi mo- tivlar, mehnatsevarlik kabilarni shakllantiradi.

14.3. Bilish jarayonlarining rivojlanishi

Bog‘cha yoshidagi bolalarda sezgi, idrok, diqqat, xotira, tasav- vur, tafakkur, nutq, xayol, hissiyot va irodaning rivojlanishi jadal kechadi. Bola ranglarni hali bir-biridan yaxshi farq qila olmaydi. Unga ranglarning farqini bilishga yordam beradigan o‘yinchoq- lar, rangli kiyimlar, rangli halqalar, qutichalar va shu singari o‘yinchoqlar berish maqsadga muvofiqdir.

Bog‘cha yoshidagi bolalar turli narsalarni idrok qilishda ularning ko‘zga yaqqol tashlanib turuvchi belgilariga (rangi va shak- liga) asoslansalar ham, lekin chuqur tahlil qila olmaydilar.

Bog‘cha yoshidagi bolalar kattalarning yordami bilan suratlarni analitik ravishda idrok qilish qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Bolalar suratlarni idrok qilayotganlarida kattalar turli xil savollar bilan ularni tahlil qilishga o‘rgatishlari lozim. Bunda, asosan, bolalar diqqatini:

1)       suratning mazmunini (sujetini) to‘g‘ri idrok qilishga;

2)       suratning umumiy ko‘rinishida har bir tasvirlangan narsa- larning o‘rnini to‘g‘ri idrok qilishga;

259


3)       tasvirlangan narsalar o‘rtasidagi munosabatlarni tolg‘r idrok qilishga qaratish kerak.

Diqqat har qanday faoliyatimizning doimiy yo‘ldoshidir. Shuning uchun diqqatning inson hayotidagi ahamiyati benihoya kattadir. Bog‘cha yoshidagi bolalar diqqati asosan ixtiyorsiz bo‘la- di. Bog‘cha yoshidagi bolalarda ixtiyoriy diqqatning o‘sib bori- shi uchun o‘yin juda katta ahamiyatga ega. 0 ‘yin paytida bolalar diqqatlarini bir joyga to‘plab, o‘z tashabbuslari bilan ma’lum maqsadlarini ilgari suradilar.

Bu yoshdagi bolaning xotirasi yangi faoliyatlar va bolaning o‘z oldiga qo‘ygan yangi talablari asosida takomillasha boradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning xotirasi ko‘rgazmali, obrazli bo‘lishi bilan xarakterlidir. Bolada ko‘proq ixtiyorsiz esda qoldirish va ixtiyorsiz esga tushirish ustunlik qiladi. Bola so‘zlarni hech qanday ma’nosiz takrorlayveradi. Ammo keyinchalik, kattalarning ta’siri- da, ixtiyoriy esda qoldirish ham asta-sekin rivojlana boradi. Bola ravshan va emotsional rang-barang materialni oson esda qoldiradi.

Uch yashar bola taassurotlarini bir necha oy davomida esda saqlab tura olishga qodirdir. Xotiraning o‘sishiga o‘yinlar, turli mashg‘ulotlar, she’r yodlash, ertak va hikoyalar aytish hamda sayr paytida kuzatish ishlarini olib borish yordam beradi. Ushbu yoshdagi bolalar yangi so‘zlarni ham, hatto chet tillardagi so‘zlarni ham osongina eslab qoladilar. Lekin, bolalar materialni oson esda qoldirsalar ham, ular ko£pining ma’nosiga yaxshi tushun- maydilar va ulardan nutqda foydalanishga qiynaladilar. Kattalarning vazifasi bolalarning mumkin qadar ko‘proq so‘zlarni va tasavvurlarni eslab qolishigagina emas, balki ular uchun tushu- narli, foydali bo‘lgan turli bilimlarni egallashiga erishishdan iborat. Bolalar bu xildagi bilimlardan o‘z o‘yinlarida, rasmla- rida, ustozlari yoki kattalar bilan suhbatda foydalanadilar, bu

bilimlar ularning aqliy va axloqiy o‘sishlari uchun xizmat qiladi.

Bog‘cha yoshdagi bolalarda ixtiyorsiz diqqat ustunligicha qolaveradi. Masalan, bola juda berilib ertak eshitayotgan bo‘lsa ham, xonaga birov kirib qolsa, uning diqqati ixtiyorsiz shu ertak-

260

dan chalg‘iydi. Bog‘cha yoshidagi bolalar o‘zlari uchun ahamiyat- ga ega bo‘lgan, ularda kuchli taassurotlar qoldiradigan va ularni qiziqtiradigan narsalarni beixtiyor eslarida olib qoladilar.

Bog‘cha yoshidagi bolalarning tafakkuri va uning rivojlanishi o‘ziga xos xususiyatga ega. Tafakkur bolaning bog‘cha yoshidagi davrida juda tez rivojlana boshlaydi. Buning sababi, birinchi- dan, bog‘cha yoshidagi bolalarda turmush tajribasining nisbatan ko‘payishi, ikkinchidan, bu davrda bolalar nutqining yaxshi rivojlangan bo‘lishi, uchinchidan esa, bog‘cha yoshidagi bolalarning erkin, mustaqil harakatlar qilish imkoniyatiga ega bo‘lishlaridir.

Bog‘cha yoshidagi bolalarda har sohaga doir savollarning tug‘i- lishi, ular tafakkurining faollashayotganligidan darak beradi. Bola o‘z savoliga javob topa olmasa yoki kattalar uning savoliga ahami- yat bermasalar, undagi qiziquvchanlik so‘na boshlaydi. Kunlar- ning birida 7 yoshli Samira shunday savol berdi: «Odam uxlagan- da ham nafas oladimi?», «Buvijon sizning muchalingiz nima?»

Odatda, har qanday tafakkur jarayoni biron narsadan taajjublanish, hayron qolish va natijada turli savollarning tug‘ilishi tufayli paydo bo‘ladi. Ko‘pgina ota-onalar va ayrim tarbiyachilar agarda bolalar ortiqroq savol berib yuborsalar, «ko‘p mahmadona ЬоЧта», «sen bunday gaplarni qayerdan o‘rganding?», deb koyib beradilar. Natijada bola o‘ksinib, o‘z bilganicha tushunishga harakat qiladi. Ayrim tortinchoq bolalar esa hech bir savol bermaydilar. Bunday bolalarga turli mashg‘ulotlar va sayohatlarda kattalarning o‘zlari ham savol berishlari va shu bilan ularni faollashtirishlari lozim.

Har qanday tafakkur, odatda biron narsani taqqoslash, ana- liz va sintez qilishdan boshlanadi. Shuning uchun biz ana shu taqqoslash, analiz va sintez qilishni tafakkur jarayoni deb atay- miz. Sayohatlar bolalardagi tafakkur jarayonini faollashtirish va rivojlantirishga yordam beradi. Bolalar tabiatga qilingan sayohatlarda turli narsalarni bir-biri bilan taqqoslaydilar, analiz hamda sintez qilib ko‘rishga intiladilar. Agar 2 yashar bolaning so‘z boyligi taxminan 250 tadan 400 tagacha bo‘lsa, 3 yashar bola­

ning so‘z boyligi 1000 tadan 1200 tagacha, 7 yashar bolaning so‘z

261

zaxirasi 4000 taga yetadi. Demak, bog‘cha yoshi davrida bolaning nutqi ham miqdor, ham sifat jihatidan ancha takomillasha- di. Bog‘cha yoshidagi bolalar nutqining o‘sishi oilaning madaniy saviyasiga ham ko‘p jihatdan bog‘liq.

Kattalar bolalar nutqini o‘stirish bilan shug‘ullanar ekanlar, bog‘cha yoshidagi bolalarning ba’zi hollarda okz nutq sifatlarini to‘la idrok eta olmasliklarini unutmasliklari kerak. Bundan tash- qari, bolalarda murakkab nutq tovushlarini bir-biridan farq qilish qobiliyati ham hali to‘la takomillashmagan boladi. Tili chuchuk- likni tuzatishning eng muhim shartlaridan biri, bola bilan to‘la va

to‘g‘ri talaffuz etib, ravon til bilan gaplashishdir.

Respublikamizda B.R.Qodirov rahbarligida D.B.Hakimo- va tomonidan «5—7 yoshli bolalar bilish jarayonlarini rivojlanishi- ning yosh va jins xususiyatlari» mavzusida tadqiqot olib borilgan1.

D.B.Hakimovaning natijalariga ko‘ra, 5 yoshda psixologik belgilar kuchli namoyon bo‘ladi, bir xil psixik belgilar o‘g‘il bolalar va qizlar- da turli yosh davrlarida, turli darajada namoyon bo‘lishi aniqlandi.

14.4. Kattalar va tengdoshlari bilan muloqot

Bog‘cha yoshidagi bolalar shaxsining shakllanishiga ko‘ra, bu davrni uch bosqichga ajratish mumkin:

birinchi davr — bu 3—4 yosh oralig‘ida bo‘lib, bola emotsional ji­

hatdan o‘z-o‘zini boshqarishning mustahkamlanishi bilan bog‘liqdir; ikkinchi davr — bu 4—5 yoshni tashkil qilib axloqiy o‘z-o‘zini

boshqarish; uchinchi davr esa shaxsiy ishchanlik va tadbirkorlik xususi-

yatining shakllanishi bilan xarakterlanadi.

Maktabgacha yosh davridagi bolalarning kattalar bilan mulo- qoti ularda nutqning rivojlanishi hisobiga chuqurlashadi.

М.I.Lisina maktabgacha yoshdagi bolani kattalar bilan mulo- qotining vaziyatdan tashqari xarakterini ta’kidlab, uning 2 shak-

1 Хакимова Д.Б. Половозрастные особенности развития познавательной сферы детей 5-7 лет. Автореф....к. пс.н. Ташкент.2011.-24 с.

262


lini ko‘rsatgan'. Bola 3—4 yoshga to‘lganida hamkorlik o‘rniga muloqotning bilish shakli shakllanadi. Vaziyatdan tashqari bilish muloqoti shakllanadi. Muloqotning bu shaklida yetakchi motiv —

bilishdir. Bunda kattalar bilan hamkorlik qilib tevarak-atrof bilan tanishadi, kattalar bilan «nazariy hamkorlik» jarayoni amalga oshadi. Bola hayvonlar, narsalar, planetalar, nimadan yasalgan- ligi haqida juda ko‘p «Nima uchun?» degan savollar beradi. Kattalar bola tomonidan bilim manbayi sifatida idrok qilinadi, sa- vollariga va o‘ziga jiddiy munosabatda boMishni, hurmatni talab qiladi. Bu ehtiyojning muhimligi shundaki, bu yoshdagi bolalarga xos bo‘lgan tez xafa bo‘luvchanlikda namoyon bo‘ladi.

Bola 6—7 yoshga to‘lganda muloqotning oliy shakli — vaziyatdan tashqari shaxsiy muloqotga o‘tiladi. Bunda bola kattalar- ga oila haqida, qayerda ishlashi, nima ish qilishi haqida savollar bera boshlaydi. Endi kattalar bola uchun ijtimoiy bilish manbayi sifatida namoyon bo‘ladi. Bolaning kattalar bilan muloqoti ham- dardlik, o‘zaro bir-birini tushunish, qarashlarning umumiyligiga intilish kabilar bilan chuqurlashadi.

Uch yoshda bolada tengdoshlari bilan muloqotda emotsi- yalar, ifodali qarashlardan foydalanadi. 3—4 yoshli bola uchun tengdoshi birgalikdagi amaliy faoliyatning ishtirokchisiga aylanadi, uning individual xarakterologik xislatlarini sherigi payqa- maydi. 4 yoshda tengdoshi muloqot sherigiga aylanadi. 4—5 yosh­

da sherigini o‘zi bilan teng mavjudot sifatida ko‘rib o‘zini u bilan taqqoslaydi. 5—7 yoshga kelib tengdoshi bolaning ko‘z o‘ngida in- dividuallikka aylanadi, u bola uchun muhim suhbatdoshga aylanadi, muloqotning ko‘pchilik ko‘rsatkichlari bo‘yicha kattalardan o‘zib ketadi. Bola o‘zini va tengdoshini bir butun shaxs sifatida idrok qiladi, unga shaxsiy munosabat bildiradi.

S.A.Axundjanova tomonidan «Maktabgacha yoshdagi bolaning turli muloqot vaziyatlarida nutqi funksiyalari va shakllari xususiyatlari» mavzuidagi tadqiqotida aniqlanishicha, bu yosh

1 Лисина М .И.Проблема онтогенеза обшения. С.89-100.

263


davrida nutq shakllarining rivojlanishida sujetli-rolli o‘yinlar ja- rayonida muloqot bilan birgalikda tengdoshlari bilan mahsuldor faoliyat turlari ham qulay sharoit hisoblanadi1. Bunday faoliyat turlari maqsadga yo‘nalganligi, ma’lum darajada ixtiyoriylikni talab qiladi. Bajarilayotgan harakatlarning mazmunini va hara- kat predmeti tavsifini nutqda mos aks ettirish uni muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblanadi.

E.Z.Usmanova rahbarligida B.B.Nurullayeva tomonidan «Mak- tabgacha yoshdagi bolalarni tafakkurini modellashtirish faoliyati- ning tengqurlar bilan muloqotda rivojlanishi» mavzusida ilmiy

tadqiqot olib borilgan2. B.B.Nurullayevaning tadqiqotida aniqla- nishicha, maktabgacha yoshdagi bolalarda tafakkurning mo- dellashtiruvchi faoliyati bu yosh davri uchun xos bo‘lgan faoliyat boiib, unda bolalarning intellektual imkoniyatlari to‘liq namoyon bo‘ladi. Bu yosh davrida tengdoshlari bilan muloqot tafakkurning modellashtiruvchi faoliyatini o‘zlashtirishning asosiy shartidir. Modellashtirish vazifalarini birgalikda hal qilish tashqi predmet- li faoliyatning ichki rejaga o‘tishiga imkon tug‘diradi. Bola teng- doshini modellashtirishga o‘rgatib, ushbu faoliyatni egallashning sifat jihatidan yangi darajasiga o‘tadi, diadada o‘zaro ta’sir qilish sheriklarning o‘zaro rivojlanishida muhim omil hisoblanadi.

14.5. Asosiy psixologik yangilik

Maktabgacha yosh davrida psixik funksiyalardan xotira ju- da yaxshi rivojlanadi. Tafakkur tasavvurlar orqali namoyon boia boshlaydi. Jamiyat, tabiat va dunyoning tashqi ko‘rinishi haqida dunyoqarashning kurtaklari shakllana boshlaydi. Bola tevarak-at- rofni tartiblashtirishga va tushunishga intiladi.

Bola va kattalar orasidagi yangi munosabatlar, kattalar obra- zi bolaning xatti-harakatlarini ma’lum tomonga yo‘llaydi, bu esa

1 Ахунджанова C.A. Особенности форм и функций речи дошкольника в различных ситуациях общения. Автореф.....к. пс .н. —М.: 1987. -17 с. 2 Нуруллаева Б. Б. Развитие моделирующей мыслительной деятельности дошкольников в общении со сверстниками. Автореф....к.пс.н .—Т. 2009.-25 с.

264

bola shaxsi rivojlanishida barcha yangi psixologik tuzilmalarning paydo bo‘lishida asos hisoblanadi. Maktabgacha tarbiya yoshi — xulq-atvor shaxsiy mexanizmlarining rivojlanishi, shaxsning dastlabki shakllanishi davridir.

Bu yosh davrida motivatsion-ehtiyojlar sohasining rivojlanishi ro‘y beradi. Maktabgacha yosh davrida motivlar mavjud vaziyat bilan bogliq xohishlar tarzida, anglanmagan xarakterga ega bo‘la- di. Ilk bolalik va maktabgacha yosh davrida bolaning xulq-at- vorini kattalarning «mumkin», «mumkin emas», «yaxshi», «yo- mon» kabi fikrlari boshqaradi.

Maktabgacha davrda axloqiy tushunchalar borgan sari qat’iyla- sha boradi. Axloqiy tushunchalar manbayi sifatida, ularning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan kattalar, shuningdek, tengdoshlari ham bo‘lishi mumkin. Axloqiy tajribalar asosan muloqot, kuzatish, taqlid qilish jarayonida, shuningdek, kattalarning ayniqsa, onalarning maqtovi va tanqidlari ta’sirida o4adi va mustahkamlanadi. Bola doimo baho, ayniqsa maqtov olishga ha- rakat qiladi. Bu baho va maqtovlar bolaning muvaffaqiyatga eri- shishga bo‘lgan harakatlarining rivojlanishida, shuningdek, uning shaxsiy hayoti hamda uning kasb tanlashida ahamiyati juda kat- tadir.

Bog‘cha yoshidagi bolalarda muloqotning yangi motivlari yu- zaga keladi. Bu shaxsiy va ishbilarmonlik motivlaridir. Shaxsiy muloqot motivlari bu bolani tashvishga solayotgan ichki muam- molari bilan bogkliq, ishbilarmonlik motivlari esa u yoki bu ishni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan motivlardir. Bu motivlarga asta-se- kinlik bilan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash bilan bogiiq boMgan o‘qish motivlari qo‘shiladi. Bu motivlar ilk bolalik davri- dan boshlanib, yuzaga keladigan bolalarning tabiiy qiziquvchan- ligi o‘rnida paydo bo‘ladi. 0 ‘zini namoyon qilish motivlari ham bu yoshda yaqqol namoyon boladi. Bu motiv, asosan, bolalarning sujetli-rolli o‘yinlarida asosiy rolni egallashga, boshqalar us- tidan rahbarlik qilishga intilishda, musobaqaga kirishishga, nima bo‘lganida ham yutishga harakat qilishlarida ko‘rinadi.

265

Maktabgacha yosh davri bolalari uchun kattalar beradigan ba- ho juda muhim. Bolalar birinchi navbatda ma’naviy axloq me’yor

va qoidalarini, o‘z majburiyatlariga munosabat, kun tartibiga ri- oya etish, hayvon va narsalar bilan muomala qilish me’yorini egal- laydilar. Bunday me’yorlarni egallash bu yoshdagi bolalar uchun qiyin hisoblanib, ularni yaxshi o‘zlashtirishi uchun sujetli-rol- li o‘yinlar yordam berishi mumkin. Bog‘cha yoshining oxirlariga kelib, ko‘pchilik bolalarda aniq bir axloqiy qarashlar tarkib topadi, shuningdek, odamlarga munosabat bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsiy sifatlar jumladan: kishilarga nisbatan diqqat-e’tiborli, mehribon bo‘lish xususiyati ham shakllanadi. Katta yoshdagi bolalar ko‘p hollarda o‘z xatti-harakatlari sabablarini tushuntirib bera oladilar.

3—3,5 yoshlar oralig‘ida bolalar o‘zlarining muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklariga o‘z munosabatlarini bildiradilar va bu munosabat, asosan, ularning o‘zlariga beradigan yuqori baholari asosida shakllanadi. 4 yoshli bolalar esa o‘z imkoniyatlarini real baholay oladilar. Lekin, 4—5 yoshli bolalar hali shaxsiy xususi- yatlarini idrok etishga va baholashga qodir emaslar, shuningdek, o‘zlari haqida ma’lum bir xulosani bera olmaydilar. 0 ‘z-o‘zini anglash layoqati katta bog‘cha yoshidan rivojlanib, avval u qanday bo‘lganini va kelajakda qanday boMishini fikrlab ko‘rishga harakat qiladi. Bu esa bolalar beradigan «Men kichkina paytimda qanday bo‘lgan edim?», «Men katta bolganimda qanday bo‘laman?» sin- gari savollarida ko‘rinadi. Kelajak haqida fikr yuritib, bolalar kel- gusida kuchli, jasur, aqlli va boshqa qimmatli insoniy fazilatlarga ega bo‘lishga harakat qiladilar.

Kichik va o‘rta bog‘cha yoshida bola xarakterining shakllani- shi davom etadi. U asosan, bolalarning kattalar xarakterini ku- zatishlari asosida tarkib topadi. Shu yillardan boshlab, bolada ahamiyatli hisoblangan — iroda, mustaqillik va tashabbuskor- lik kabi ahamiyatli shaxsiy xususiyatlar rivojlana boshlaydi. Kat­

ta bog‘cha yoshida bola atrofidagi odamlar bilan turli faoliyat- larda muloqot va munosabatlarga kirishishga o‘rgana boshlaydi.

Bu esa unga kelajakda odamlar bilan muloqotga kirisha olishida,

266


ish bo‘yicha va shaxsiy munosabatlarini samarali o‘rnata olishi- da foyda keltiradi. Bolaning atrofidagi kishilar bilan bo‘lgan mu- nosabatlari, asosida turli xil motivlar yotadi. Bularning hamma-

si bolaning individualligini tashkil etib, uning boshqa bolalardan nafaqat intellekti, balki axloqiy motivatsion jihatdan farqlanadi-

gan shaxsga aylantiradi.

Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsi rivojlanishining asosiy o‘zgarishlari, ularning o‘z shaxsiy sifatlari, layoqatlari, muvaffa- qiyat va muvaffaqiyatsizliklarini anglash, o‘zini-o‘zi anglashi ka- bi hislarning yuzaga kelishi hisoblanadi.

Bu yoshdagi bolalar shaxsining shakllanishida ularning ota-onalari haqidagi fikrlari va ularga beradigan baholari niho- yatda ahamiyatlidir.

Bog‘cha yoshidagi bolalarning xayoli asosan, ularning tur- li-tuman o‘yin faoliyatlarida o‘sadi. Biroq, shu narsa diqqatga sa- zovorki, agar bog‘cha yoshidagi bolalarda xayol qilish qobiliya- ti bo‘lmaganda edi, ularning xayoli ham xilma-xil boirnas edi. Bog‘cha yoshidagi bolalarning xayollari turli xil mashg‘ulotlar- da ham o‘sadi. Masalan, bog‘cha yoshidagi bolalar loydan turli narsalar yasashni, qumdan turli narsalar qurib o‘ynashni va rasm solishni yaxshi ko‘radilar. Ana shunday mashg‘ulotlar bolalar xayolining o‘sishiga faol ta’sir qiladi.

Bog‘cha yoshidagi bolalar xayolining o‘sishiga faol ta’sir qi- luvchi omillardan yana biri — ertaklardir. Bolalar hayvonlar haqidagi turli ertaklarni eshitganlarida shu ertaklardagi obrazlarga nisbatan ma’lum munosabatlari yuzaga keladi.

Bog‘cha yoshidagi bolalarda yoqimli va yoqimsiz his-tuyg‘ular g‘oyat kuchli va juda tez namoyon bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalarning his-tuyg‘ulari ko‘p jihatdan ularning organik ehtiyojlarining qondirilishi va qondirilmasligi bilan bogliqdir. Bu ehtiyojlarning qondirilmasligi sababli bolada noxushlik (yoqimsiz), norozilik, iztiroblanish tuyg‘ularini qo‘zg‘aydi.

Katta bog‘cha yoshidagi bolalarning burch hissi «nima yax- shi-yu?», «nima yomon?»ligini anglashlari bilan ularning axlo-

267


qiy tasavvurlari orasida bog‘liqlik bor. Katta odamlar tomonidan buyurilgan biron topshiriqni bajarganlarida mamnunlik, shodlik tuyg‘ulari paydo bolsa, biron tartib qoidani buzib qo‘yganlarida xafalik, ta’bi xiralik hissi tug‘iladi.

Shuningdek, bog‘cha yoshidagi bolalarda ma’naviy hissiyot- lardan o‘rtoqlik, do‘stlik va jamoachilik hislari ham yuzaga kela boshlaydi. Bolaning bog‘cha yoshidagi davrida estetik hissiyotlari ham ancha tez o‘sadi. Bog‘cha yoshidagi bolalarda estetik his- larning namoyon bo‘lishini, ayniqsa, ularning chiroyli, yangi ki- yim-bosh kiyganlarida juda yaqqol kolrish mumkin.

Bu yosh davrida o‘yin bilan bog‘liq bo‘lmagan faoliyatni amal- ga oshirish tendensiyasi shakllanadi. Bu tendensiya zamonaviy tarixiy sharoitda ijtimoiy muhim va baholanadigan faoliyatni ba-

jarish, o‘quvchi bo‘lish, olqish istagida namoyon bo‘ladi.

14.6. Maktabgacha tarbiya yoshidagi inqirozning tavsifnomasi

Atoqli rus psixologi L.S.Vigotskiy bu yoshdagi inqrozni 7 yosh inqirozi deb atagan va bola xulq-atvori hamda xarakteridagi o‘zgarishlarni ko‘rsatib 0‘tgan1. Bolaning xulq-atvorida bolalar- cha bevositalik yo‘qoladi. Inqirozning belgilari sifatida jarohatlay- digan kechinmalardan himoya qilish funksiyasini bajaradigan qi- yshanglash, qiliq qilish, masxarabozlik qilishda namoyon bo‘ladi. Maktabgacha yosh davrida bola o‘zini jismoniy alohida musta- qil individ sifatida anglashdan, o‘z hissiyotlari va kechinmala- rini anglashgacha bolgan yo‘lni bosib o‘tadi. Bu hissiyotlar aniq faoliyat turi bilan bogiiq. Bola o‘z hissiyotlari va kechinmalarini umumlashtirish asosida o‘z-o‘ziga munosabatda bola boshlaydi.

Shu bilan birga uyda quyidagi xulq-atvorni namoyon etadi:

— bolaga gapirilgandan so‘ng javob reaksiyasi orasida tanaf- fusning paydo bo‘lishi («o‘zini eshitmaganday tutishi», «yuz mar- ta qaytarish kerak»);

1 Виготский Jl.C. Вопросы возрастной (детской ) психологии// Собрание сочинений в 6 т. 1984.Т.4.С.376-385.

268


— ota-ona tomonidan buyurilgan ishni bajarishda vaqtni cho‘zish;

— quloq solmaslik — odatiy ishlarni va burchlarini bajarishdan bosh tortish sifatida;

— «kichkina boladay» ko‘rinmaslik uchun o‘zining tashqi ko‘rinishi va kiyimiga qattiq e’tibor berish.

Qaysarlik, talabchanlik, injiqlik, berilgan va’dani qayta-qayta eslatish, tanqidni ko‘tara olmaslik, maqtovni kutish kabi xulq-at- vor shakllari ham kuzatiladi.

Inqirozning ijobiy tomonlariga quyidagilarni kiritish mumkin:

— kattalar bilan muloqotga qiziqish, unga yangi mavzularni kiritish (siyosat, boshqa mamlakatlar va planetalardagi hayot, maktab haqida, axloqiy tamoyillar haqida);

— shaxsiy qaroriga ko‘ra o‘ziga ajratilgan majburiyatlarni bajarishda va sevimli mashg‘ulot (xobbi) bilan shug‘ullanishda mustaqillik.

Xulq-atvor bunday xususiyatlarining psixologik mazmuni shundaki, bolaning o‘zi tomonidan mustaqil tashkil etilgan hara- katlarning ichki qadrliligini oshirish, qoidalarni anglashdan ibo- rat. Eng muhim tuzilmalardan biri — muhim ijtimoiy mavqeni egallash qobiliyati, ijtimoiy harakat qilish ehtiyojidir.

7 yosh inqirozini yengishda bolaga ko‘rsatiladigan yordamning asosiy shakllari — bu talablari sababini asoslashga urinish; mustaqil faoliyatning yangi shakllarini amalga oshirishga harakat qilish, berilgan topshiriqni bajarish zarurligini eslatish, bu topshi- riqni bolaning bajara olishiga ishonch bildirish.

M.Sh.Rasuleva o‘z ilmiy izlanishlarida katta maktabgacha va ki- chik maktab yosh davrida burch hissini shakllantirish masalasiga asosiy e’tiborni qaratgan bo‘lib, maktabgacha yosh davridayoq bolaning bilish jarayonlari va hissiy-irodaviy sohasiga maqsadli yo‘nal- tirilgan ta’sir orqali burch hissini rivojlantirish mumkin deb hisoblay- di1. Muallifning fikricha, katta maktabgacha yoshdagi bolalarning

1 Расулева М.Ш . Формирование чувства общественного долга у старших д ош к о л ь н и к о в и младших ш к ол ь н и к ов : Автореф. дис. ... канд. психол. наук. — Тбилиси: Тбилиский государственный университет, 1986. — 19 с.

269

burch haqidagi bilimlari hajm va mazmun jihatidan kichik maktab yoshidagilardan farq qiladi. Katta maktabgacha yosh davrida bu tasavvurlar o‘yin faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, kattalar, tengdoshlari va kichik yoshdagilar bilan bo‘lgan munosabatlar doirasida chega- ralansa, kichik maktab yosh davridagi o‘quvchilarda esa burch haqida ko‘p qirrali (o‘qish, mehnat, jamoaviy) faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan birmuncha to‘liqroq bilim mavjudligini ko‘rish mumkin.

Diffisil bolalar emotsional sohasi xususiyatlari esa L.V.Naziro- va ishlarida ko‘rinadi. Uning fikricha, kattalar tomonidan qo‘lla- niladigan nohaq jazolash, hujum, ayblov diffisil bolada salbiy affektiv kechinmalarni vujudga keltiradi1. Bu holatning doimiy takrorlanishi aqliy faoliyat jarayonidagi buzilishni determinatsi- yalovchi emotsional zo‘riqish va xavotirlilikni keltirib chiqaradi. Yuqori xavotirlanish nerv tizimi ishini susaytirib, fikrlash faoliyati samaradorligining pasayishiga sabab bo‘ladi. Undan tashqa- ri L.V.Nazirova diffisil bolalarda xavotirlanishning yuqori ko‘r- satkichlari, salbiy hissiy kechinmalar, himoyasizlik, o‘z-o‘ziga ishonchsizlik, adovat hislari mavjud bolishini ta’kidlaydi.

Shunday qilib, maktabgacha yosh davrida o‘yin yetakchi faoliyat bo‘ladi. Bu davr nutqning rivojlanishi uchun senzitiv davr hisoblanadi. Bola va kattalar orasidagi yangi munosabatlar, kattalar obrazi bolaning xatti-harakatlarini ma’lum tomonga yo‘llaydi, bu esa bola shaxsi rivojlanishida barcha yangi psixologik tuzilma- larning paydo bolishida asos hisoblanadi.

Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari:

1.    Maktabgacha yosh davrida ijtimoiy vaziyat o‘zgarishining o‘ziga xosligi nimalardan iborat?

2.    Bu yosh davridagi o‘yinning parametrlarini tavsiflang.

3.    Maktabgacha yosh davrida bilish jarayonlarining rivojlani­shi qanday kechadi?

J Назырова JI.B. Особенности эмоциональной сферы диффисильных детей 7-9 лет: Автореф. дис... канд. психол. наук..— Т.: НУУз, 2001. — 20 с.

270




XV BOB. KICHIK MAKTAB YOSHI

Reja:

1.                     Maktab ta’limiga psixologik tayyorgarlik va rivojlanishning ijtimoiy shart-sharoitlari.

2.                     Maktabga moslashish.

3.                     Kichik maktab yoshida yetakchi faoliyat.

4.                     Kichik maktab yoshida asosiy psixologik yangilik.

5.                     0 ‘smirlik davriga o‘tishdagi inqiroz.

Mavzu o‘quv maqsadi:

Ta’limiy: Talabalarga kichik maktab davridagi o‘quvchilarning psixik rivojlanish xususiyatlari, yetakchi faoliyat, xulq-atvor xu- susiyatlari, aqliy rivojlanishi va shaxsining shakllanishi bo‘yicha bilim berish.

Tarbiyaviy: Bo‘lg‘usi pedagoglarda kichik maktab yoshidagi bolalarni sevish, ular shaxsiga hurmat bilan qarash hislarini singdirish. Talabalarni kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarga sa- marali ta’lim-tarbiya berish uchun o‘z shaxsiy fazilatlarini tahlil qilishga o‘rgatish.

Rivojlantiruvchi: Olingan nazariy bilimlarni mustahkamlab, amaliyotga yo‘naltirish yo‘llari bo‘yicha ko‘nikma-malakalarni rivojlantirish.

Tayanch tushunchalar: kichik maktab yoshi, o‘quvchi, maktab ta’limi, psixologik tayyorgarlik, o‘quv faoliyati, shaxsiy tayyorgarlik, intellektual tayyorgarlik, harakat tayyorgarligi.

15.1. Maktab ta’limiga psixologik tayyorgarlik va rivojlanishning

ijtimoiy shart-sharoitlari

Bolaning maktabda muvaffaqiyatli o‘qishi ko‘p jihatdan ularning maktabga tayyorgarlik darajalariga bog‘liq. Bolaning maktabda o‘qishga tayyorligi quyidagilarni o‘z ichiga oladi.

1. Shaxsiy tayyorgarlik.

Motivatsion sohaning rivojlanganlik darajasi. Bilishga qiziqish- ning mavjudligi. Ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘zining maxsus

272


o‘rni boiishiga intilish, muhim baholanadigan faoliyatni bajarish — o‘quvchi bo‘lish.

Motivatsion tayyorgarlik. Katta bog‘cha yoshdagi bolalar asosan, maktabda o‘qish uchun ehtiyoj sezadilar, lekin bu xohish va ehtiyoj motivi turlicha bo‘lishi mumkin. «Menga chiroyli forma, daftar, qalam va ruchkalar sotib olib berishadi», «Maktabda o‘rtoqlarim ko‘p bo‘ladi va men ular bilan mazza qilib o‘ynayman», «Maktabda uxlatishmaydi». Bunday motivlarni bolalarga odatda ota-onalar singdiradilar. Maktabning tashqi ramzlari, shubhasiz bolalarni juda qiziqtiradi, lekin bu maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun asosiy sabab bo‘la olmaydi. Ota-onalar, pedagog, tarbi- yachilar tomonidan bolalarga bilish, o‘rganish motivlarining sing- dirilishi maktabda muvafaqqiyatli o‘qish omili bo‘lib xizmat qila oladi. «Men otamga o‘xshagan bo‘lishim uchun o‘qishim kerak», «Yozishni juda yaxshi ko‘raman», «0‘qishni o‘rganaman», «Maktabda qiyin misollarni yechishni o‘rganaman» — bunday motivlar to‘g‘ri motivatsion tayyorgarlikka misol bola oladi.

«0‘quvchining ichki pozitsiyasi» bolaning maktab ta’limiga tayyorligi ko‘rsatkichi sifatida — psixologik yangi tuzilma bo‘lib, kattaroq ijtimoiy mavqeni egallash ehtiyoji, bilish ehtiyojining o‘zgarishida namoyon bo‘ladi.

ixtiyoriy sohaning rivojlanishi: ixtiyoriy diqqat, ijtiyoriy xotira,

namuna bo‘yicha, qoida bo‘yicha harakat qilish.

2. Intellektual tayyorgarlik.

Tevarak-atrofda mo‘ljal ola bilish, bilimlar zaxirasining mav- judligi.

Idrok va ko£rgazmali-obrazli tafakkurning ma’lum darajada rivojlanganligi. Umumlashtirish darajasi — narsa va hodisalarni farqlash va umumlashtira olish ko‘nikmasi.

Nutqining ma’lum darajada rivojlanganligi; ko‘pincha aqliy tayyorgarlik deyilganda bolaning dunyoqarashi, jonli tabiat, in- sonlar va ularning mehnatlari haqidagi bilimlari tushuniladi. Ushbu bilimlar maktab beradigan ta’limga asos bo‘lishi mumkin, lekin so‘z boyligi, ma’lum xatti-harakatlarni bajara olish la-


yoqati bolaning maktabga aqliy tayyorgarligining asosiy ko‘rsat- kichi bo‘la olmaydi. Maktab dasturi bolalardan taqqoslay olish, tahlil eta olish, umumlashtira olish, ma’lum bir xulosa chiqa- ra olish, shuningdek, yetarli darajada rivojlangan boshqa bilish jarayonlarini ham talab etadi. Masalan, 6—7 yoshli bola tabiat haqida ayrim hodisalarnigina emas, balki organizmning tabiat bilan bog‘liqligini va o‘zaro ta’sirini ham tushunishi va o‘zlash- tirishi mumkin. 6—7 yoshli bolalar aqliy rivojlanishning natijasi bo‘lib, yuqori darajada rivojlangan ko‘rgazmali obrazli tafakkur bilan bola atrof olamdagi predmetlarning asosiy xususiyatlarini va predmetlar orasidagi bogliqlikni ajrata olishidir. Shuni alohi- da ta’kidlab o‘tish lozimki, ko‘rgazmali-harakatli va ko‘rgazma- li-obrazli tafakkur nafaqat 6—7 yoshli bolalar, balki kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ham aqliy rivojlanishida asosiy vazifani bajaradi.

3.    Harakat tayyorgarligi.

— mayda motorika;

— katta harakatlarni amalga oshirish (qo‘l, oyoq, tana).

4.    0 ‘quv faoliyatiga tayyorgarlik:

— kattalarni diqqat bilan eshita olish va uning ko‘rsatmalarini aniq bajarish;

— topshiriqni mustaqil bajarish;

— chalg‘ituvchi omillarga e’tibor bermasdan topshiriqni ba- jarishga kirishish.

Bola avvalo maktabga jismoniy jihatdan tayyor bo‘lishi ke- rak. 6 yoshli bolalarning anatomik-fiziologik rivojlanishi o‘ziga xos tarzda kechadi. Bu yoshda bola organizmi jadal rivojlana- di. Uning ogirligi oyiga 150 dan 200 gacha, bo‘yi esa 0,5 sm ga- cha ko‘payadi. 6 yoshli bolalar turli tezliklarda, tez va yengil yu- gura oladilar. Ular sakrash, konkida yugurish, chang‘ida uchish, suzish singari harakatlarni ham bemalol bajarishlari mumkin. Musiqa bo‘yicha mashg‘ulotlarda esa xilma-xil ritmik va plas- tik harakatlarni bajaradilar, turli mashqlarni aniq, tez, yengil va chaqqon bajara oladilar.

274


6—7 yoshli bolalar nerv sistemasini mustahkamlash, ularni surunkali kasalliklardan xalos etish, ko‘rish va eshitish qobili- yatiga alohida e’tibor berish, shuningdek, umurtqa pog‘onasining to‘g‘ri rivojlanishiga ahamiyat berish, nihoyatda muhim. Kattalar shu yoshdagi bolalar bilan ish olib borar ekanlar, bu yoshdagi bolalar organizmi hali o‘sishi davom etayotganligini doi- mo hisobga olishlari lozim. Masalan, bolani majburan yozishga o‘rgatish hali barmoq muskullari to‘liq rivojlanmaganligi sabab- li ularga ma’lum darajada zarar keltirishi, bolaning chiroyli yoza olmasligi esa, o‘z-o‘zidan bolani o‘ziga nisbatan ishonchini yoki o‘qishga nisbatan qiziqishining kamayishiga olib kelishi mumkin.

Bolaning maktabda muvaffaqiyatli o‘qishi nafaqat uning aqliy va jismoniy tayyorgarligi, balki shaxsiy, ijtimoiy-psixologik tayyor- garligiga ham bog‘liq.

Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar o‘rtog‘ining salbiy xu- susiyatlarini ko‘pchilik va begonalar o‘rtasida bemalol ayta olish xususiyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa axloqi va odobi jihatidan tan- qidga uchrayotgan bolani o‘rtoqlari jamoasiga qo‘shilishdan bosh tortishiga yoki umuman maktabga kelishni istamasligiga sabab boiishi mumkin. Shu sabab bolani o‘rtoqlari va ustozlari tomonidan tanqidga uchramaydigan darajada axloq-odob qoidalariga o‘rgatish ahamiyati jihatidan kam bo‘lmagan axloqiy tayyorgar- lik hisoblanadi. Bolani maktabga irodaviy tayyorgarligi uni yan­

gi kun tartibiga amal qilishida, dars jarayonida qunt bilan bilim- larni o‘zlashtirishida, uy vazifalarini bajarishida o‘z yordamini ko‘rsatadi. Maktabga o‘qish uchun kelayotgan bola yangi ijtimoiy mavqeyini — turli majburiyatlari va huquqlari bo‘lgan va unga turli talablar qo‘yiladigan — o‘quvchi mavqeyini olish uchun tayyor boimog‘i lozim. Ushbu xohish va harakat bolaning maktabda muvaffaqiyatli o‘qishi uchun tabiiy ravishda asos bo‘la ola- di. Bolaning endi o‘zini katta bo‘lganini, bog‘cha bolasi emas, balki ma’lum bir majburiyatlari bor o‘quvchi boiishini anglashi,

jiddiy faoliyat bilan shug‘ullanayotganligini bilishi nihoyatda muhim. Bolaning maktabga borishini istamasligi ham salbiy holat


hisoblanadi. Maktabga shaxsiy va ijtimoiy-psixologik tayyorgarlik bolalarda tengdoshlari, o‘qituvchilari bilan munosabatga kiri- sha olish xususiyatini shakllantirishni ham o‘z ichiga oladi. Har bir bola bolalar jamoasiga qo‘shila olishi, ular bilan hamkorlik- da harakat qila olishi, ba’zi vaziyatlarda ularga yon bosib, bosh- qa vaziyatlarda yon bosmaslikka erisha olishi zarur. Ushbu xu- susiyatlar bolaning maktabdagi yangi sharoitlarga tez moslasha olishini ta’minlab beradi. 6—7 yoshli bolalar o‘qishidagi asosiy qiyinchilik shundaki, ko‘pincha bu yoshdagi bolalar o‘qituvchi- ni uzoq vaqt davomida tinglay olmaydilar, o‘quv harakatlariga uzoq vaqt o‘z diqqatlarini qarata olmaydilar. Bunga sabab, faqat,

shu yoshdagi bolalarda ixtiyoriy diqqatning rivojlanmaganligida emas, balki bolaning kattalar bilan muloqotga kirisha olish xu- susiyatiga ham bogiiq. Chunki, shu xususiyati rivojlangan bolalar erkin muloqotga kirisha oladilar, qiziqtirgan narsalar haqida so‘ray oladilar. Natijada ularning o‘qishga bo‘lgan qiziqishlari or- tadi va o‘qituvchi gapirayotgan narsalarni diqqat bilan uzoq vaqt eshita oladilar. Demak, bolaning maktabga tez moslashishi va muvaffaqiyatli o‘qishida shaxsiy va ijtimoiy-psixologik tayyorgar- ligining ham ahamiyati juda katta.

Bu davrda bolalarda avvalo bilish sohalari, so‘ngra esa emot- sional motivatsion yo‘nalish bo‘yicha ichki shaxsiy hayot boshlana- di. U yoki bu yo‘nalishdagi rivojlanish obrazlilikdan ramzlikkacha bo‘lgan bosqichlarni o‘taydi. Obrazlilik deyilganda bolalarning turli obrazlarni yaratishi, ularni o‘zgartirishi va erkin harakat- ga keltirishi, ramzlilik deyilganda esa belgilar tizimi (matematik, lingvistik, mantiqiy va boshqalar) bilan ishlash malakasi tushuni- ladi. Maktabgacha yosh davrda ijodkorlik jarayoni boshlanadi. Ijodkorlik layoqati, asosan, bolalarning konstruktorlik o‘yinlari- da, texnik va badiiy ijodlarida namoyon boMadi. Bu davrda max- sus layoqatlar kurtaklarining birlamchi rivojlanishi ko‘zga tash- lana boshlaydi. Maktabgacha davrda tasavvur, tafakkur va nutq umumlashadi. Bu esa bu yoshdagi bolalarda tafakkur qilish omi- li sifatida ichki nutq yuzaga kelayotganligidan dalolat beradi. Bi-

276


lish j a rayon lari ning sintezi bolaning o‘z ona tilini toiiq egallashi asosida yotadi. Bu davrda nutqning shakllanish jarayoni yakunla- na boshlaydi. Nutq asosidagi tarbiya jarayonida bolada sodda ax- loq m e’yorlari va qoidalar egallaniladi. Bu me’yor va qoidalar bola axloqini boshqaradi.

Kichik maktab davri 6—7 yoshdan 9—10 yoshgacha davom eta- di. Uning psixikasi bilim olishga yetadigan darajada rivojlanadi. Kichik maktab yoshidagi bolaning muhim xususiyatlaridan bi- ri, unda o‘ziga xos ehtiyojlarning mavjudligidir. Bu ehtiyojlar o‘z mohiyatiga ko‘ra faqat muayyan bilim, ko‘nikma va malakalar- ni egallashga qaratilmay, balki o‘quvchilik istagini aks ettirish- dan ham iboratdir. Shu ehtiyojlar asosida bolaning o‘z portfeliga, shaxsiy o‘quv qurollariga, dars tayyorlash stoliga, kitob qo‘yish javoniga ega bo‘lish, kattalardek har kuni maktabga borish istagi yotadi. Ana shu ehtiyoj bola shaxsining shakllanishida, shuningdek, uning ijtimoiylashuvida katta ahamiyatga ega hisoblanadi.

Bu davrda bola, fan asoslarini o‘rganish uchun biologik va psixologik jihatdan tayyor bo‘ladi. Fiziologlarning fikriga ko‘ra, 7 yoshga kelib bolaning katta miya yarim sharlari ma’lum darajada rivojlangan bo‘ladi. Lekin bu yoshda inson miyasining psi- xik faoliyatni rejalashtirish, boshqarish, nazorat qilish kabi mu- rakkab shakllariga javob beradigan maxsus boMimlari hali to‘liq shakllanib boimagan boladi (miyaning bu qismlari 12 yoshda rivojlanib boladi). Miyaning boshqaruv funksiyalarini to‘liq shakllanib bolmaganligi kichik maktab yoshidagi bolalarning xulq-atvorida, faoliyatlarini tashkil etishlarida va emotsional so- halarida yaqqol namoyon boladi.

Ayrim 6 yoshli bolalar ota-onasining xohishi bilan hali o‘qish- ga tayyor bo‘lmay turib, maktab ostonasiga qadam qo‘yishadi. Afsuski, o‘qish davomida aqliy-ruhiy zo‘riqish oqibatida turli xil kasalliklarga chalinib, jismoniy va psixik rivojlanishda nuqson- lar paydo bo‘ladi. Bunday bolalarda eng avvalo miya struktura- sining va nerv psixik jarayonlari ning maktabda o‘qish uchun toiiq yetishmaganligi, ko‘ruv harakat koordinatsiyasi va kichik motorikaning rivojlanmaganligi, mantiqiy fikr mahsuldorligining pastligi kuzatiladi. Undan tashqari motivatsiya, irodaviy jihat- larining ayniqsa, ixtiyoriy diqqat va xotiraning shakllanmagan- ligi, xatti-harakatlarni ixtiyoriy boshqaruvdagi muammolar, bir so‘z bilan aytganda hali «0‘quvchi ichki pozitsiya»sining shakl- lanmaganligi maktabda o‘qishga tayyor bo‘lmagan bolalarning muvaffaqiyatli o‘zlashtirib ketishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Pedagoglar, ota-onalar, bolalarni erta maktabga berishning foy- da yoki zarari to‘g‘risida o‘ylaganlarida inson miyasi rivojlanishi- ning neyrofiziologik qonuniyatlarini ham alohida e’tiborga olish-

lari lozim. Bolani erta o‘qish, yozish, sanashga o‘rgatib uning bilish jarayonlari zo‘riqtirilsa, bolaning emotsional hissiy rivojla- nishi uchun zarur bo£lgan miya quvvatining tanqislashuviga sabab bo‘ladi. Bundan bolalarning emotsional hissiy jarayonlarining ke- chishida yoki jismoniy rivojlanishida kamchiliklar sodir bo‘la- di. Bunday holatda energiya taqsimlanishining majburan buzi- lishi sodir bo‘lib, u 7—8 yoshli bolalarni qo‘rquv, agressivlik yoki giperaktivlik holatlariga olib keladi. Bu bolani maktabda o‘qish- ga tayyorlash kerak emas, degan fikr emas, lekin bolaning aqliy rivojlanishiga erta olqishni, sanashni, yozishni o‘rgatish bilangina

erishib boimaydi. Ma’lumki, rivojlanish qonuniyatiga ko‘ra, har qanday taraqqiyot ko‘rgazmali obrazlilikdan abstrakt mantiqiy- likka qarab boradi. Agar bola hali o‘qishga aqliy, ma’naviy-ruhiy

jihatdan tayyor bolrnay turib, unga harf va raqamlarni yozish, o‘qish o‘rgatilsa psixik rivojlanishning teskari tomonga ketishiga sabab boladi. Psixolog olimlarning fikricha, psixik va evolutsi- ya taraqqiyot qonunlari ham fizik qonunlardek buzilmas, hamda universaldir. Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib aytish mumkin- ki, neyrofiziologik jihatdan ixtiyoriy diqqat va o‘qish uchun zarur bolgan ko‘plab miyada kechadigan jarayonlar asosan 7—8 yoshda (aqliy yoshi o‘zib ketgan bolalarda olti yoshda ham) shakllanadi. Ya’ni shu yoshda bola 45 minutlik aqliy mehnatga tayyor boladi.

Maktabda o‘qishning boshlanishi 7 yoshda bo‘ladigan tolrtinchi fiziologik krizis bilan mos keladi (bola organizmida

278


jadal bo‘yning o‘sishi, ichki organlarning kattalashuvi, vegeta- tiv o‘zgarishlar bilan bogiiq bo‘lgan keskin endokrin o‘zgarish- lar ro‘y beradi).

6—7 yoshli maktabga tayyor bolada «Men shuni xohlayman» motividan «Men shuni bajarishim kerak» motivi ustunlik qi- la boshlaydi. Maktabda birinchi sinfga kelgan har bir o‘quvchi- da psixik zo‘riqish kuchayadi. Bu nafaqat uning jismoniy salo- matligida, balki xatti-harakatida ham, masalan, ma’lum darajada qo‘rquvning kuchayishi, irodaviy faollikning susayishida namo- yon boladi.

Bolaning ijtimoiy munosabatlar tizimi va faoliyatidagi kardi- nal 0‘zgarishlar uning organizmidagi barcha tizimlar va funksi- yalaridagi o‘zgarishlarga to‘g‘ri kelib boladan kuchli zo‘riqish va o‘z ichki imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish zaruriyatini taqozo etadi. Maktabga tayyor boigan boladagi ushbu o‘zgarishlar salbiy oqibatlarni olib kelmay, aksincha uning yangi sharoitlarga muvaf- faqiyatli moslashuviga yordam beradi. Olqituvchining munosabat uslubi o‘quvchining faolligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Kichik maktab yoshidagi bolalar tez chalg‘iydilar, uzoq vaqt diqqatlarini bir narsaga qarata olmaydilar, ta’sirchan hamda emot- sional bo‘ladilar. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchi faolligining asosan uch xil ko‘rinishi mavjud bo‘lib, bular: jismoniy, psixik va ijtimoiy faollikdir. Jismoniy faollik — soglom organizmning harakat qilishga bo‘lgan turli mavjud to‘siqlarni yengishdagi tabiiy ehtiyojidir. Bu yoshdagi bolalar nihoyatda serharakat bo‘ladilar. Bu jismoniy harakat bolaning atrofdagi narsalarga qiziqish bilan qarayotganligi, ularni o‘rganishga intilayotgani bilan ham bog‘liqdir. Bolaning jismoniy va psixik faolligi o‘zaro bogliqdir. Chunki, psixik sog‘lom bola harakatchan bo‘ladi, charchagan, si- qilgan bola esa deyarli hech narsa bilan qiziqmaydi. Psixik faollik — bu normal rivojlanayotgan bolaning atrof olamdagi predmet- larni, insoniy munosabatlarni bilishga nisbatan qiziqishdir. Psixik faollik deganda, bolani o‘zini bilishga nisbatan ehtiyoji ham tushuniladi. Maktabga birinchi bor kelgan bolada qator qiyinchi-

279


liklar yuzaga keladi. Ularning, avvalo, bir qancha maktab qoi- dalariga bo‘ysunishi qiyin kechadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi uchun eng qiyin qoida bu dars vaqtida jim o‘tirishdir. 0 ‘qituvchi- lar o‘quvchilarning doimo jim o‘tirishlariga harakat qilishadi, lekin kam harakatli, passiv, quvvati kam bo‘lgan o‘quvchigina dars

jarayonida uzoq vaqt jim o‘tira oladi.

Birinchi sinfning birinchi kunlaridan boshlab bola yengishi kerak bo‘lgan bir qancha qiyinchiliklarga uchraydi. Bu qiyinchi- liklar: maktab hayotini o‘zlashtirish, yangi kun tartibini yara- tish va unga moslashish, u uchun yangi bo‘lgan sinf jamoasiga qo‘shilish, xatti-harakatlarini chegaralovchi qoidalarni qabul qilish, o‘qituvchi bilan munosabatlarni o‘rnatish, oilaviy munosa- batlarni qabul qilish va h.k. Bunday vaziyatlarda kattalar, ya’ni

ustoz va ota-onalar bolalarga albatta yordam berishlari zarur.

15.2. Maktabga moslashish

Birinchi bor maktabga kelgan bola hali o‘zini to‘liq anglashi va o‘z xatti-harakatlarini aniq bilishi qiyin. Faqat o‘qituvchigina bolaga m e’yorlar qo‘yishi, ularning xatti-harakatlarini baholashi, o‘z xatti-harakatlarini boshqalar bilan moslashtirishga sharoit yaratishi mumkin. Boshlang‘ich sinfda o‘quvchilar o‘qituvchi to- monidan qo‘yiladigan yangi talablar va shartlarni qabul qiladilar, shuningdek, ularning qoidalariga to‘la amal qilishga harakat qiladilar.

Maktabga qabul qilingan bolalarning hayoti birmuncha qi- yinlashib boradi. Birinchi kunlardan boshlab o‘quvchi bir qancha qiyinchiliklarni boshdan kechiradi: yangi maktab muhitiga moslashish; yangi kun tartibini ishlab chiqish; yangi tengdosh- lari jamoasiga kirishish; xulq-atvorda ko‘pgina cheklov va us- tanovkalarni qabul qilish, o‘qituvchi bilan munosabat o'rnatish, oilaviy vaziyatlarda yangi munosabatlarning uyg‘unligini ta’min- lash. Shu bilan birga o‘quvchi yangi huquqlarga ham ega bo‘la- di: kattalar uning o£quv topshiriqlariga, dars qiladigan joyiga va o‘quv qurollariga hurmat bilan munosabatda bo‘ladi.

280


Qulay sharoitlarda o‘quv vaziyatlarini qabul qilish, egallash ikki oy (ba’zan bir yilgacha) davom etadi. Sevikli va g‘amxo‘r ota-onalar farzandining «o‘quvchi bo‘lish» imkoniyatini qadrlab, o‘quv faoliyati talablari majmuasini egallashga yordamlashmoq- lari darkor.

Bunday qiyin vaziyatda bolani o‘zi mustaqil eplaydi deb, o‘z holiga tashlab qo‘yish mumkin emas, lekin bunda boladagi ta-

shabbuskorlik cheklanishi mumkin.

Ota-onaning qo‘llab-quvvatlashi maktabda beriladigan top- shiriqlarga yuqori qiziquvchanlik tarzida portfelini yig‘ish, ke- yingi kunga tayyorlanish tarzida bo‘lishi mumkin. «0‘qituvchi aytgan topshiriqlarning» barchasini aniq bajarishga farzandining intilishini tushunish bilan qabul qilish lozim. 0 ‘qituvchilar va o‘quv dasturlarining takomillashtirilmagani haqida fikrni keyin- ga qoldirgan ma’qul.

0 ‘g‘il bolalar va qizlar rivojlanish tempidagi o‘zgarishlar saqlanib qoladi. Qiz bolalar hamma tomondan rivojlanishda o‘g‘il bolalardan oldinga o‘tib oladilar.

Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning axloqiy onglari I va

IV sinfdagi o‘qish mobaynida muhim o‘zgarishlarga uchraydi va axloqiy sifatlar, bilim va tasavvurlar sezilarli darajada boyiydi.

Bola o‘quv faoliyatida o‘qituvchi rahbarligida insoniy an’analar asosida harakat qilishga o‘rganadi, o‘z irodasini o‘quv maqsadlari- ga erishish uchun mashq qildiradi. 0 ‘quv faoliyati boladan nutq, diqqat, xotira, tasavvur va tafakkurini kerakli darajada rivojla- nishini talab etgan holda, bola xulq-atvorining rivojlanishi uchun

yangi sharoitlarni yaratadi. Kichik maktab davri bu anglanil- gan va ixtiyoriy xatti-harakatlarga o‘tish davridir. Bola faol ra- vishda o‘zini o‘zi boshqarishga, qo‘yilgan maqsadlarga ko‘ra o‘zi- ning faoliyatini tashkil etishga o‘rganish davridir. Kichik maktab davrida xatti-harakatlarning yangi shakllarini paydo bo‘lishi be- vosita o‘quv faoliyati bilan bogliqdir. Hech bir o‘qituvchi maktabga birinchi bor kelgan boladan o‘zi o‘rgatmagan arifmetik mi- sol va masalalarni yechishni talab etmaydi, lekin afsuski, juda

281

ko‘p o‘qituvchilar ulardan qunt bilan o‘qishni, uyushqoqlikni, mas’uliyatlilikni, tartibga aniq rioya etishni talab etadilar. Vaho- lanki, ushbu ko‘nikmalar o‘qituvchi tomonidan ma’lum odat va malakalarga o‘rgatilganidan so‘nggina paydo bo‘ladi.

Ixtiyoriy ravishda harakat qilish layoqati butun kichik maktab davri davomida shakllanadi. Psixik faoliyatning oliy shakli sin- gari ixtiyoriy xatti-harakatlar ularning shakllanishini asosiy qonu- niga bo‘ysunadi. Unga ko‘ra yangi xatti-harakatlar avvalo kattalar bilan boigan umumiy faoliyatda yuzaga kelib, bola shunday xatti-harakatlarni tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganadi va shun- dan keyingina u bolaning individual xatti-harakat usuliga aylana- di. Kattalar bolalarni amaliy jihatdan o‘z vaqtlarini to‘g‘ri taqsim- lash borasida yaxshi o‘qish, o‘ynash, sayr qilish va boshqa narsalar bilan shug‘ullanish qoidalariga o‘rgatadilar. Demak, oilada bola u bilan hisoblashadigan, maslahatlashadigan yangi bir o‘rinni egal- laydi. Kichik maktab davri bu ijobiy o‘zgarishlar va yangilanishlar davridir. Shuning uchun ham rivojlanishning shu bosqichida har bir bola erishgan muvaffaqiyatlar darajasi nihoyatda muhim hisob- lanadi. Agar shu yoshda bola bilish, o‘rganish quvonchini his et- masa, o‘qish malakalarini egallay olmasa, do‘stlashishni bilmasa, o‘ziga nisbatan, o‘z imkoniyat va layoqatlariga nisbatan ishonch- li bo‘la olmasa, bu ishlarni kelgusida amalga oshirish qiyinroq bo‘lib, boladan yuqori ruhiy va jismoniy zo‘riqishni talab etadi.

Bu davrga kelib bola atrofidagilar bilan o‘zaro munosabat- da ma’lum bir natijalarga erishgan, o‘zi xohlayotgan narsalarni hamda, o‘z sinfi va oilasida o‘zi egallagan o‘rnini aniq biladi- gan bo‘ladi. Shuningdek, u o‘zini-o‘zi boshqarish malakasiga ega bo‘ladi, vaziyat va holatga qarab ish yurita oladi. Bu yoshdagi bolalar xatti-harakatlari va motivlari ularning o‘zlariga beradigan baholariga qarab «Men yaxshi bolaman» emas, balki bu xatti-harakatlar o‘zgalar ko‘z o‘ngida qanday namoyon bo‘lishiga qarab baholanishini tushuna boshlaydilar. Bola maktabda noaniqlikka duch kelsa, kattalarning xatti-harakatlari ma’nosini tushunmasa unda taqlidchanlik rivojlanadi. Bolaning taqlidchanligi ixtiyoriy

282

va ixtiyorsiz bo‘Iishi mumkin. Ixtiyorsiz taqlidchanlik ustozi va sinfdoshlarining xatti-harakatlarini o‘zlashtirishga olib keladi. Bunda xatti-harakatlarni anglamagan ravishda egallaydi. Shuni hamisha yodda saqlash lozimki, bola ixtiyorsiz ravishda nafaqat chiroyli va kerakli narsalarga, balki turli salbiy ko‘rinish va ho- latlarga ham taqlid qilishi mumkin. Ixtiyoriy taqlidchanlik iro- daviy zo‘riqishni talab etadi. Bunday vaziyatlarda bola maqsadga yo‘naltirilgan ravishda u yoki bu xatti-harakatni amalga oshira- di, bu xatti-harakatlarini qoida, namuna etalonga moslashtirish- ga intiladi. 0 ‘qituvchi boladagi ixtiyoriy taqlidchanlik xususiya- ti orqali ularda samarali ijtimoiy odat va xislatlarni rivojlantirishi mumkin. Har qanday xatti-harakat va faoliyatda o‘qituvchi bola- ni baholaydi, o‘quvchi shu baholash asosida esa o‘z-o‘zini baho- lashga o‘rganib boradi.

Bolaning ustoziga bo‘lgan munosabati yomon baho olib xa- fa boigan taqdirda ham ijobiy bo‘lib, unga ishonch bilan qa- rashi saqlanib qolaveradi. 3—4-sinflarda o‘quvchilarda olrtoqlari va sinfdoshlari o‘rtasida mavqeli bir o‘rinni egallashga harakat yuzaga kelib, o‘rtoqlari fikrlariga asoslanish paydo boladi.

0 ‘qishning ijtimoiy ahamiyatini tushunish (2-3-sinflarda) o‘qish mazmunini va bilimlarni egallash yoilariga qiziqishning yuzaga keltirilishi bilan mustahkamlanishi mumkin. Bunday holda kichik maktab davrining oxirlarga borib o‘qishga nisba- tan motivatsiyaning pasayishi ko‘zga tashlanmaydi. Kichik maktab davrida maqsadni qo‘yish shu bilan xarakterlanadiki, o‘quvchi o‘qituvchi tomonidan berilgan maqsadlarni qabul qilishga tayyor boladi. Kichik maktab davrida o‘quvchining o‘z xatti-harakatlari- ni o‘qituvchi qo‘ygan maqsad va vazifalarga moslashtirishi sinf- dan-sinfga ko‘tarilgan sari kuchayib boradi. Bu o‘quvchining maktab qoidalariga amal qilishida, sinfdagi vazifalarini bajarishi- da ko‘rinadi. 0 ‘quvchi darsdagi va darsdan tashqari o‘z vaqti- ni mustaqil tashkil etish borasidagi maqsadlarining ahamiyatini belgilashni o‘rganib boradi. Bu uy vazifalarini bajarish tartibiga amal qilishda ko‘rinadi. Mustaqil ravishda olqituvchi tomonidan

283


qo‘yilgan maqsadlardagi oraliq maqsadlari tizimini, masalan, masalani yechishning o‘z yo‘llari va bosqichlarini mustaqil ay- tib bera oladi, shuningdek, oraliq maqsadlarga erishish vosita- larini belgilay oladi. Kichik maktab davrida maqsad qo‘yishning murakkab xarakteri birinchi sinf o‘quvchisining irodaviy xat- ti-harakatlari bilan bog‘liqligi tadqiq etilgan1. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganlar kichik maktab davridagi o‘quvchilarning motivatsion sohasi o‘zgarib borishini, maktabgacha davrda boigan umumiy bilish va motivlarning ijtimoiy yo‘nalganligi aniqlanib, «o‘quvchi mavqei»ni egallashiga, ya’ni maktabga borishga intilish, bu pozit- siya qondirilganidan so‘ng esa yangi munosabatlarning - o‘quv motivlari va bir qadar murakkab shaklda bo‘lgan ijtimoiy motivlarning yuzaga kelishidan dalolat beradi. Kichik maktab davri- ning oxirlariga kelib o‘quvchilarda o‘quv-bilish motivlari, ya’ni faqat yangi bilimlarnigina emas, hatto umumiy qonuniyatlarni emas, balki yangi bilimlarni topishning aynan biron-bir yoMlarini egallashga qiziqish shakllantirilgan bo‘lishi lozim. Ushbu motivlarning shakllantirilishi kichik maktab yoshidagi bolalarning o‘rta maktabga tayyorgarligining zaruriy jihati hisoblanadi.

0              ‘qish faoliyati kichik maktab yoshidagi o‘quvchining aql- idroki, sezgirligi, kuzatuvchanligi, eslab qolish va esga tushi- rish imkoniyatlarining rivojlanishi uchun muhim shart-sharoit- lar yaratadi, hisoblash malakalarini shakllantiradi. Shu yoshdagi bola idrokining o‘tkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqligi, xayoli- ning yorqinligi, xotirasining kuchliligi, tafakkurining yaqqolligi o‘zining qiziquvchanligi, ishonuvchanligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajralib turadi.

Kichik maktab davrida o‘qish faoliyati bilan shug‘ullanish, jum- ladan, moddiy narsalarning har xil xossalari bilan tanishish sezgi- larning o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda asosan farq qila olish, ko‘rish va eshitish sezgilari

1              Котирло В.К. Развитие волевого поведения у дошкольников. Киев, 1971, С .179-182.

284


ayniqsa tez o‘sadi. 7—10 yoshli bolalarda ranglarning tuslarini sezish 45% ortishi, 10-12 yoshgacha bolalarda esa 65% gacha ortishi rus olimlari tomonidan aniqlangan. Kichik maktab o‘quvchilarini rasm chizishga o‘rgatish ranglarni farqlash sezgirligining o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ohanglarni farq qilish sezgirligi, ayniqsa bolalarga musiqa va ashula o‘rgatish jarayonida kuchli sur’atda o‘sadi. Sezgi- larning o‘sishida, shuningdek, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining ham ahamiyati katta. Aniq harakat qilishga jalb etuvchi mashqlar bolalarning muskul-harakat sezgilarini o‘stiradi.

Kichik maktab davriga kelib idrokning hamma turlari asosan ta’lim-tarbiya tufayli mazmun, aniqlik, ravshanlik jihatdan ko‘p darajada takomillashadi. Mazkur yoshdagi bolalar o‘z idroklari- ning aniqligi, ravonligi, o‘tkirligi bilan boshqa yosh davrdagi in-

sonlardan keskin farq qiladi. Ular har bir narsaga berilib, o‘ta sinchkovlik bilan qarashlari sababli idrokning muhim xususiyat- larini o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Birinchi sinfga kelgan bola predmetlarning rangi, shakli va kattaligini, ularni makonda joylashishini bilish bilan, birga ularni taqqoslay oladi. Maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun bola sensor rivojlanganlik darajasining yuqori boiishi juda muhim hi- soblanadi. Maktab yoshiga kelib, normal rivojlanayotgan bolalar rasm va suratlar real hayotni aks ettirayotganligini yaxshi tushu- nadilar. Shuning uchun ham surat va rasmlarda nimalar aks et-

ganini real hayotga taqqoslagan holda bilishga harakat qiladilar. Bola rasmlarda atrof-hayotdagi narsalarni kichiklashtirib tasvir- langanligini anglay biladi. Bu tasvirlar bolalarda estetik va badiiy didni rivojlantiradi. Chunki, bola shu rasmlar orqali olam go‘zal- ligini, uning turfa ranglardan iborat ekanligini anglaydi, ajratadi

va o‘z munosabatini bildira oladi. Ta’lim-tarbiya jarayonida bolalarda ixtiyoriy idrok va kuzata olish qobiliyati o‘sadi. Kuzata bilish muvaffaqiyatli o‘qish uchun zarur shartlardan biridir. 0 ‘quvchi- larda kuzata bilish qobiliyati ularning tafakkuri, irodasi, qiziqish, havaslari bilan birgalikda o‘sib boradi. Bu yoshdagi o‘quvchi- lar o‘z idroklarini mustaqil idora eta oladilar. Boshlang‘ich

285

sinf o‘quvchilari katta yoshdagi odamlardan deyarli qolishmas- dan to‘g‘ri chiziqni ko‘z bilan chamalab teng ikki bo‘lakka bo‘la oladilar, narsa va chiziqlarni katta-kichikligiga qarab taqqoslay oladilar, narsalarning fazoda turgan o‘rnini, ularning qaysi biri yaqinroq yoki uzoqroq, qaysi biri balandroq yoki pastroq joylash- ganini ko‘z bilan chamalab, shu masofani bosib o‘tish uchun ta- lab qilinadigan vaqtni ham taxminan hisoblay oladilar.

Maktab ta’limiga tayyorlanayotgan bolada diqqat nisbatan uzoq muddatli va shartli barqaror bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchi- larida diqqatni irodaviy zo‘r berish bilan boshqarish va vaziyatga moslash imkoniyati yaxshi bolmaydi. Buning asosiy sababi, ularda ixtiyoriy diqqatning kuchsizligi va beqarorligidir. Bolalarda ixtiyorsiz diqqat ko‘proq rivojlangan bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf o‘quv ma- teriallarining yaqqolligi, yorqinligi, jozibadorligi, o‘quvchida beix- tiyor his-tuyg‘ularni uyg‘otadi va kuchli irodaviy zo‘riqishsiz fan asoslarini egallash imkonini beradi. 1—2-sinf o‘quvchilari diqqa- tining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri — uning yetarlicha barqaror emasligidir. Shuning uchun ham ular o‘z diqqatlarini uzoq mud- dat muayyan narsalarga qarata olmaydilar va diqqat obyektlari us- tida uzoq tura olmaydilar. Ta’lim jarayoni kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ixtiyoriy, barqaror, mustahkam, kuchli, faol ongli diqqatni rivojlantirishga qulay shart-sharoit yaratadi. Bilim olish jarayonida mustaqil aqliy mehnat qilish, misol-masalalar ye- chish, mashqlar bajarish, takrorlash irodaviy zo‘r berish jarayonida ixtiyoriy, ongli diqqat tarkib topadi.

0 ‘quv faoliyati boladan berilgan o‘quv materiallarini esda saqlab qolishni talab etadi, o‘qituvchi o‘quvchisiga nimalarni es- lab qolishi zarurligi haqida ko‘rsatmalar beradi. 0 ‘quvchi nimani eslab qolishi kerakligini takrorlaydi, uni tushunib olishga harakat qiladi. Lekin bu yoshda ixtiyorsiz xotira, shubhasiz, ustunlik qiladi. Bolaning xotirasida saqlab qolishini asosan uning ishga bo‘lgan qiziqishi belgilab beradi. 0 ‘quv materialini tushunish, eslab qolishning asosiy sharti hisoblanadi Birinchi signal sistema- si ikkinchi signal sistemasidan birmuncha ustunligi tufayli kichik

286


maktab yoshidagi o‘quvchilarda mantiqiy xotiradan ko‘ra ko‘rgaz- mali harakatli xotira ustunlik qiladi. Shuning uchun ham ular nazariy qonun va qoidalardan, mavhum tushunchalardan ko‘ra

yaqqol ma’lumotlar, axborotlar, voqea va hodisalarni, obrazlar va narsalarni tezroq hamda mustahkamroq eslab qoladilar va uzoq muddat esda saqlaydilar. Kichik maktab yoshidagi bolalar ta’lim olish munosabati bilan mantiqiy, ya’ni ma’nosiga tushunib esda qoldirish qobiliyati olsib boradi. Esda qoladigan material- ning hajmi kengayib boradi, materialning mazmunini tushunish ham chuqurlashadi va murakkablashadi. Ba’zan boshlang‘ich sinf

o‘quvchilari, hatto mazmuni tushunarli bo‘lgan materialni ham ma’nosiga e’tibor bermasdan, mexanik ravishda o‘rganib oladilar.

Respublikamizning psixolog olimi E.G‘.Gboziyevning fikriga ko‘ra, buning sabablari quyidagilar1: 1) ularning mexanik xotira- si boshqa xotira turlariga qaraganda yaxshiroq rivojlangani uchun ham ma’lumotlarni aynan, o‘zgarishsiz eslab qolish imkonini be- radi; 2) o‘quvchilar o‘qituvchi qo‘ygan vazifani anglab yetmaydilar, natijada uning «to‘g‘ri tushuntirib ber» degan talabini so‘zma-so‘z

takrorlash deb biladilar; 3) ularning nutq boyligini yetishmasli- gi (ilmiy atamalar, til qonuniyatlarini bilmasligi) materialni ijodiy to‘ldirish, unga qo‘shimcha qilish imkoniyati yo‘qligi uni so‘zma- so‘z qaytarishni osonlashtiradi; 4) o‘quvchilar matnni to‘g‘ri usul- lar bilan eslab qolishni bilmaydilar. Bunday holat shu yoshda­

gi bolalarda albatta bolishi kerak emas. Mexanik esda qoldirish ko‘pincha o‘qituvchilar o‘quvchilarida mantiqiy xotirani o‘stirish- ga yetarli e’tibor bermagan hollarda bolishi mumkin. Ta’lim ja- rayonida o‘quv materialining ma’nosini, mohiyatini, turli mulo- hazalarni, dalillarni, ilmiy asoslarini eslab qolish va esga tushirish orqali o‘quvchilarda mantiqiy xotira takomillashadi. Birinchi sinf- dan boshlab ixtiyoriy esga tushirish qobiliyati tez rivojlana boshlaydi. 0 ‘qish jarayoni uchun ixtiyoriy esda qoldirish ham, ixtiyoriy esga tushirish ham barobar talab etiladi. Busiz o‘qish jarayoni-

1 G ‘oziyev E.G ‘. Ontogenez psixologiyasi. —Т.: Noshir.2011.

287


ning normal bo‘lishi mumkin emas. 0 ‘quvchilardan faqat o‘rga- nib, bilib olishgina emas, balki o‘rganib bilib olganini xotirlay olish ham talab etiladi. 0 ‘quv materialini muayyan sistema bilan xotirlash faqat ixtiyoriy esga tushirish yo‘li bilan bo‘lishi mumkin.

0 ‘quvchilar tushuncha va qoidalarni ta’riflab berolmay qol- ganlarida yoki ta’riflash mumkin bo‘lmagan paytlarda tasvirlab, taqqoslab, xarakterlab, misollar bilan ko‘rsatib beradilar. Dars

jarayonida o‘qituvchi turli vaziyatlarni tasavvur qilishni so‘ray- di. Bu holat, albatta, biron-bir yordamchi qurollar-predmetlar, maketlar, sxemalar bo‘lgan taqdirdagina o‘quvchi tasavvurini rivojlantirishi mumkin. Aks holda bu yoshdagi bolalar mustaqil tasavvur, harakatlar qilishga qiynaladilar. Kichik maktab davri- da tasavvur asosan bolalar rasm chizayotganlarida, shuningdek, ertak va hikoyalar to‘qiyotganlarida rivojlanadi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar o‘z xayollari va tasavvurlariga asoslan- gan holda qiziqarli ertak va hikoyalarni o‘zlari mustaqil ravish- da to‘qiy oladilar. Kichik maktab yoshidagi bolalar tasavvuri juda keng va xilma-xil bo‘ladi. Ayrim o‘quvchilar real borliqni tasavvur etsalar, boshqalari esa fantastik obraz va vaziyatlarni tasavvur etadilar. Shu bois kichik maktab yoshidagi bolalarni realist- lar va fantazyorlarga ajratish mumkin. Bolalar ko‘pincha o‘zlariga ma’lum siymolar, sujetlardan foydalangan holda yangi obrazlarni tasavvur etadilar, yaratadilar. Juda ko‘p multfilmlar ana shun- day bolalarning tasavvurlari asosida yaratilgan. Turli tasavvurlar zamirida ularning qo‘rquvni yengishi, do‘st topishi, xursandchi- lik hislari yotadi. Bundan tashqari, tasavvur terapevtik natija- ga olib keluvchi faoliyat sifatida ham namoyon bo‘lishi mumkin. Bola real hayotda qiyinchiliklarga duch kelib, ulardan chiqib ke- ta olmagan holatda ham ko‘pincha xayolga beriladi. Masalan, mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan bola o‘zining hamma ha- vas qiladigan oilasi, uyi bo‘lishini, bu uyga o‘g‘rilar kelib qolsa, u qahramonlik qilishini tasavvur qiladi. 0 ‘z tasavvurida yaxshi yoki yomon holatlarni boshidan kechirgan bola o‘zining kelgu- si xatti-harakatlari motivatsiyasi uchun zamin tayyorlaydi. Katta-

288

larga nisbatan bo‘lgan tasavvurning bolalar hayotidagi ahamiyati

juda katta. Bola tasavvur qilib atrof-hayotni chuqurroq bila boshlaydi, o‘z-o‘zining shaxsiy tajribasidan tasavvur yordamida chetga chiqa oladi, ijodiy layoqati rivojlanadi, shaxsiy xususiyatlarining rivojlanishiga xizmat qiladi. Maktabning birinchi sinfiga kelgan bolada xayol yetarli darajada rivoj topgan bo‘ladi va u xilma-xil tasavvurlarning kattagina zaxirasiga ega bo‘ladi. 0 ‘qish jarayoni- da u faqat idrok va xotira tasavvurlariga tayanib qolmasdan, balki shu bilan birga, xayolida yaratilgan tasavvurlarga ham tayanib, o‘rgatilayotgan materialni yaqqol tarzda o‘zlashtira boradi.

Bolaning xayoli tevarak-atrof taassurotlari, tasviriy san’at asar- larini yetarli darajada aks ettirishda vujudga keladi. Siymolar, shartli belgilar, tabiat manzaralari jamlanib, o‘quvchilarda xayol paydo bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘ynaydigan o‘yin- larda ham ularning xayolini o‘sishi davom etaveradi. 0 ‘quvchilar o‘z o‘yinlarida turli narsalarni yasaydilar, turli yerlarga sayohat qiladilar. Bunday o‘yinlardan o‘quvchi mazmundor taassurotlar oladi va unda turli tasavvurlar hosil bo‘ladi, uning ijodiy, qu- rish-yasash va badiiy qobiliyatlari o‘sadi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchining xayoli o‘zining kengligi va mazmundorligi ji- hatidangina o‘zgarib qolmasdan, balki yo‘nalishi jihatidan ham

o‘zgaradi. Kichik maktab davridagi o‘quvchining ixtiyorsiz xayoli ham, ixtiyoriy xayoli ham maktabgacha yoshdagi bolalarning xayolidan o‘zining barqarorligi bilan farq qiladi.

Maktabga kelish arafasida bolaning so‘z boyligi o‘z flkrini bayon eta oladigan darajada ortadi. 6 yoshdagi normal rivojla- nayotgan bola o‘z nutqida 3000—7000 so‘zni ishlatadi. Bolalar nutqining o‘sishida ularning maktabdagi o‘qish faoliyati ayniq­

sa, katta rol o‘ynaydi. Bola maktabga kelmasidan oldin o£zi qan- day gapirayotgani ustida o‘ylab o‘tirmasdan, o‘z nutqidan faqat aloqa va bilish vositasi tariqasida foydalanadi. Maktabda esa bola

gaplashayotgan til o‘qitiladigan va o‘rganiladigan fan bo‘lib qola- di. Maktabda o‘qiyotgan: bola o‘z ona tilining grammatikasi bilan shug‘ullanishi natijasida, o‘z nutqini grammatika qoidalariga mu-

289

vofiq ongli ravishda tuzishni o‘rganadi. Grammatikani o‘rganish jarayonida bola nutqining fonetika jihati aniqlanadi, nutqning morfologik jihati to‘g‘ri bo‘lib boradi, sintaksis tuzilishi esa ancha takomillashadi. Nutqning ayrim jihatlariga xos bolgan bu sifatlar faqat grammatikani okqib o‘rganish natijasidagina o‘sib qolmas- dan, balki, shu bilan birga, maktabda o‘qitilayotgan boshqa fan- larning ta’siri ostida ham o‘sadi. Maktabda o‘qitilayotgan ham- ma fanlarni o‘rganish va shu fanlar bilan shug‘ullanish jarayonida o‘quvchi nutqining lug‘at zaxirasi boyiydi, so‘zlarning mazmu- ni chuqurlashadi va kengayadi, har qaysi so‘zning, har qaysi ata- maning ma’nosi aniqlanadi. Boshlangich sinf yoshidagi bolalar nutqi asosan ot, sifat, son, fe’l va bog‘lovchilardan iborat bo‘la- di. Bu yoshdagi bolalar o‘z nutqlarida qaysi so‘zlarni ishlatgani afzal-u, qaysilarini ishlatish mumkin emasligini farqlay oladilar. 6—7 yoshli bola jumlalarini murakkab grammatik tizimda tuza oladi. Bola butun bolalik davrida nutqni jadal ravishda egallab borib, uni o‘zlashtirishi ma’lum bir faoliyatga aylana boradi. 7—9 yoshli bolalar nutqining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shunda- ki, ular o‘z fikrlarini bayon etish uchungina emas, balki o‘z suh- batdoshining diqqatini o‘ziga jalb qilish uchun ham gapiradilar.

Bu davrda bolaning yozma nutqi ham shakllana boshlaydi. Yozma nutq jumlalarni to‘g‘ri tuzish va so‘zlarni to‘g‘ri yozishga ma’lum talablar qo‘yilganligi bilan xarakterlanadi. Bola so‘zlarni qanday eshitgan bo‘lsa, shundayligicha yozilmasligini bilishi, ularni to‘g‘ri talaffuz etishga va yozishga o‘rganishi zarur. Yozma nutqni egallash asosida bolalarda turli matnlar haqida ma’lumotlar yuza- ga keladi. Bu davrda yozma nutq endigina shakllana boshlaganli- gi bois, bolada o‘zi yozgan fikrlarni, so‘z va harflarni nazorat etish malakasi hali rivojlanmagan boiadi. Lekin unga ijod qilish im- koniyati beriladi. Ushbu mustaqil ijodiy ish kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda berilgan mavzuni anglash, uning mazmunini aniqlash, fikrini bayon etish uchun ma’lumot tobplash, muhim ji- hatlarini ajratib olish, reja tuzish, uni ma’lum ketma-ketlikda bayon etish, malakasini yuzaga keltiradi. Jumlalarni to‘g‘ri tuzish,

290


aynan shu mazmunga mos so‘zlarni topish va ularni to‘g‘ri yozish, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘yish, o‘z xatolarini topa olish va to‘g‘ri- lash aqliy rivojlanishning ko‘rsatkichlaridan hisoblanadi.

6—11 yoshli o‘quvchilarning bilish jarayonlaridagi ixtiyoriy- lik irodaviy zo‘riqish asosidagina, shuningdek, bola o‘zini atrof- dagilarning talabini bajarishga yoki shaxsiy harakat qilishga intil-

gandagina yuzaga kelishi mumkin.

Kichik maktab yoshidagi bola psixikasining sog‘lomligida, uning bilish faolligida tafakkurning ham rivojlanishini ko‘rish mumkin. Bolaning qiziquvchanligi, asosan, atrof-olamni bilish, o‘rganishga qaratilgan bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi o‘ynab turib, olam sir-sinoatlari, sabab-hodisalari va bog‘liqlaridan xa- bardor bo‘lishga intiladi. Masalan, u o‘zi mustaqil ravishda qanday predmetlar suvda cho‘kishi, qaysilari esa suzishini tadqiq qi- la oladi. Bola aqliy munosabatlarda faol bo‘lsa, u shunchalik ko‘p savol beradi va bu savollar, asosan, xilma-xil bo‘ladi. Bolani qor, yomg‘ir qanday yog‘ishi, quyosh kechasi qayerda bo‘lishi, mashina qanday qilib yurishi, yerdan osmongacha bo‘lgan masofani bilish

juda qiziqtiradi. Bu ularning «Nima uchun?», «Qanday qilib?», «Nima orqali?» kabi savollariga javob olishga qaratilgan bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar asosan o‘zlari ko‘rib turgan narsalar haqida chuqurroq fikr yurita oladilar. Bu yoshdagi bolalar tafakkuri- ning asosiy turi obrazli tafakkurdir. Bolalarga beriladigan va asosan maktabda amalga oshiriladigan ta’lim bolalar tafakkurining o‘sishi uchun g‘oyat katta ahamiyatga egadir. Masalan, psixolog olim Piaje tadqiqotlarida 6—7 yoshli bolalardan bir-biri bilan teng bo‘lgan idishlardagi suv miqdori so‘ralgan. Bolalar «Idishlardagi suv miqdori teng», — deb javob berishgan. Aynan shu miqdordagi suv bolalar ko‘z o‘ngida turli xil balandlikdagi idishlarga quyilib, so‘ngra qaysi idishdagi suv miqdori ko‘pligini so‘ralganida bolalar ingichka, lekin baland idishdagi suvning miqdori ko‘pligini aytishgan. Bolalar aynan o‘sha suv miqdorini yana bir-biri bilan

teng bo‘lgan idishlarda ko‘rganlaridan so‘nggina o‘z javoblari no- to‘g‘riligini bilganlar. Aynan shunday tajriba bir xil kattalikdagi plastilin shakllari o‘zgartirilganida hamda teng miqdordagi tug- machalar orasi ochiqroq qilib qo‘yilgan qatordagi tugmachalar bilan solishtirilganida ham xuddi shunday javoblar bo‘lgan.

Bu tajriba 6-7 yoshli bolalar asosan ko‘rganlari bo‘yicha fikr- lashlarini isbotlab beradi. Bolalarga beriladigan va asosan maktabda amalga oshiriladigan ta’lim bolalar tafakkurining o‘sishi uchun g‘oyat katta ahamiyatga egadir. Ta’lim va maktabda beriladigan bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida, kuzatuvchanlik, xotira

va xayol o‘sib borishi bilan kichik maktab yoshidagi bolalar tafak- kuriga material boladigan narsalar doirasi kengaya boradi, bolalarda mantiqiy tafakkur va tanqidiy fikrlash o‘sib boradi. Ta’lim jarayonida bolaning tafakkuri katta o‘sish yo‘lni — konkret tafak- kurdan abstrakt — nazariy tafakkurga olsish yo‘lini bosib o‘tadi.

Kichik maktab yoshidagi bolalarning tafakkuri hali ham amaliy, konkret tafakkur boladi, lekin ta’lim jarayonida bolalarning bunday konkret tafakkuri, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning konkret tafakkuriga qaraganda, murakkabroq va mazmunliroq boiib qoladi, ulardagi fikrlash jarayonlarining hammasi takomillasha boradi. Maktabda o‘quvchi bola tobora murakkabroq narsalarni va o‘zi idrok qilayotgan narsalarni hamda hodisalarnigina emas, balki shu bilan birga, tasavvur qilayot­

gan narsalar va hodisalarni ham bir-biriga taqqoslashni, analiz va sintez qilishni 0‘rganib oladi.

Bolaning maktabdagi o‘qishi jarayonida unda abstraksiyalash qobiliyati o‘sa boshlaydi. Matematika darslarida amaliy konkret sanashdan abstrakt hisoblashga o‘tilgan vaqtda, shuningdek, ona tili darslari davomida bu qobiliyat ayniqsa, sezilarli sur’atda o‘sa- di. Boshqa fanlarni o‘qish jarayonida bu qobiliyat yanada o‘sadi. Bola analiz qilish, abstraksiyalash va taqqoslashni, mashq qilish yo‘li bilan narsalarning muhim belgilari bilan ahamiyatsiz bel- gilarini bir-biridan farq qilishni, predmet, voqea-hodisalarning muhim belgilariga qarab turib xulosalar chiqarishni o‘rgana-

di. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning tafakkuri mantiqiy fikrlash, mulohaza yuritish, hukm va xulosa chiqarish, taqqoslash

292

tahlil qilishning turli usullarini qo‘llashda o‘ziga xos xususiyat- lari bilan maktabgacha yoshdagi bolalar va o‘smirlardan farq qila- di. Ta’lim jarayonida tafakkur operatsiyalariga, mustaqil fikrlash- ga o‘rgatish kichik maktab yoshdagi o‘quvchilarni barkamollikka erishtirishning garovidir. 6—11 yoshli bola mantiqiy fikrlay oladi, lekin bu yosh asosan ko‘rganlariga tayanib, ta’lim olishga senzitiv bo‘lgan davr hisoblanadi.

Boshlang‘ich maktabning o‘zidayoq bolalar birinchi sinfdan boshlab ko‘p miqdorda xilma-xil tushunchalarni — grammatikaga, arifmetikaga, tabiatga doir, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy tushunchalarni o‘zlashtirib oladilar. 0 ‘quvchilar o‘zlashtirib oladigan tushunchalar doirasi, asosan, har qaysi sinf uchun turli fanlar yu- zasidan tuzilgan o‘quv dasturi bilan belgilanadi. Muayyan ilmiy mazmunga ega bo‘lgan tushunchalar o‘quvchilarga mantiqiy ifoda- langan shaklda bayon qilib beriladi. 0 ‘quvchilar o‘zlarining ham

tushunchalarini mazmunini ta’riflab, ularning jins va turlariga doir belgilarini ko‘rsatib, aytib berishni o‘rganadilar. 0 ‘quvchilar tu- shuncha va qoidalarni ta’riflab berolmay qolganlarida yoki ta’rif- lash mumkin bo‘lmagan paytlarda tasvirlab, taqqoslab, xarakterlab, misollar bilan ko‘rsatib beradilar. N.S.Leytes mulohazalariga ko‘ra, inson yoshi ulg‘aygan sari aqliy rivojlanish darajasi birmuncha ko‘tariladi, uquvchanlik xususiyati esa birmuncha pasayadi. Kichik maktab yoshidagi bolalarning uquvchanligi, albatta, o‘smir va o‘spirinlarga nisbatan yuqori, lekin o‘smir va o‘spirinlarning aqliy rivojlanganligi boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga nisbatan yuqoridir. Bu holat kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning yetakchi faoliyati — o‘qish bo‘lishi bilan, lekin bilish jarayonlari hali hamma to- monlama rivojlanib bo‘lmaganligi bilan bog‘liq hisoblanadi.

Kichik maktab davridagi bolalarning aqliy rivojlanishi ijtimoiy omillar bilan belgilanadi. Individ ijtimoiy munosabatlar ta’sirida o‘zgaradi. Bolaning maktabda muntazam ravishda o‘qishga o‘ti- shi uning barcha bilish jarayonlarini rivojlanishiga va o‘z-o‘zidan atrof-hayotdagi narsa-hodisalarga nisbatan fikrini, munosabatla- rini o‘zgarishiga olib keladi.

15.3. Kichik maktab yoshida yetakchi faoliyat

Kichik maktab yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati o‘qish hisoblanadi. Bolaning maktabga borishi, uning psixologik rivoj- lanishi va xulq-atvoridagi o‘rni nihoyatda katta. Bu davrda ax- loqiy xatti-harakat qoidalari o‘zlashtiriladi, shaxsning ijtimoiy

yo‘nalishi tarkib topa boshlaydi.

0 ‘qish faoliyati kichik maktab davridagi bolalar psixikasi rivo- jidagi 0‘zgarishlarni belgilab beradi. Maktabga birinchi bor kelgan bola o‘z faoliyatining tub mohiyati va vazifasini tola tushunib yet- maydi, balki hamma maktabga borishi kerak, deb biladi. Katta- larning ko‘rsatmalariga amal qilib, tirishqoqlik bilan mashg‘ulot- larga kirishib ketadi. Oradan ma’lum vaqt o‘tgach, shodiyona lahzalarning taassuroti kamayishi bilan maktabning tashqi bel- gilari o‘z ahamiyatini yo‘qota boradi va bola o‘qishni kunda- lik aqliy mehnat ekanligini anglaydi. Shunda bola aqliy mehnat ko‘nikmasiga ega bolmasa uning o‘qishdan ko‘ngli soviydi, un- da umidsizlik hissi vujudga keladi, o‘qituvchi esa bunday holning oldini olish uchun bolaga ta’limning olyindan farqi, qiziqarliligi haqida ma’lumotlar berishi va uni shu faoliyatga tayyorlashi kerak. 0 ‘qish faoliyati davomida tarkib topgan xususiyatlar bolaning kelgusi rivoji uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi. Maktabdagi o‘qish bolalarning bilish ehtiyojlarini tez rivojlanishi va sifatli tarkib topi- shi, ularning atrof-hayotga faol qiziqishlarini yuzaga keltirib, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallashlari uchun sharoit yaratadi. Bola asta-sekinlik bilan o‘z psixik jarayonlariga egalik qilib, idrok, diqqat va xotirasini boshqara olishga o‘rgana boshlaydi.

294

Kichik maktab yoshidagi bola o‘qituvchisi bilan yaxshi emot- sional munosabatda bo‘ladi. Shu davrgacha bevosita kattalar rah- barligida u yoki bu axborotlarni o‘zlashtirib kelgan bo‘lsa, endi o‘z xohish-irodasi bilan zarur ma’lumotlar to‘plashga, o‘z oldiga aniq maqsad va vazifa qo‘yishga harakat qiladi. Bolaning ana shu faolligi xotirasining muayyan darajada rivojlanganligini bildiradi. Oqilona tashkil qilingan ta’lim jarayoni mazkur yoshdagi bolalarning tafakkurini jadal rivojlantiradi. Bu yoshdagi bola boshqa davrlarga nisbatan ko‘proq narsani o‘zlashtiradi. Maktab ta’limi o‘quvchining turmush tarzini, ijtimoiy mavqeyini, sinf jamoasi va oila muhitidagi o‘rnini o‘zgartiradi. Uning vazifasi o‘qishdan, bi- lim olish, ko‘nikma va malakalarni egallash, o‘zlashtirishdan ibo- rat bo‘lib qoladi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning o‘quv faoliyatlari murakkab bo‘lgan ko‘p darajali motivlar tizimi bilan boshqariladi. 0 ‘quv faoliyati motivlari o‘quvchilar nima uchun o‘qiyotganlarini ko‘rsatib beradi. Maktabning birinchi sinfiga kelgan bolalarda ijtimoiy motivlar ustunlik qiladi. Bu motivlar atrof- dagilar orasida yangi mavqeni egallash, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan va baholanadigan faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan motivlardir. Lekin birinchi sinfning oxirlariga borib, ko‘pchilik o‘quvchilar o‘z maktab majburiyatlariga mas’uliyatsizlik bilan qaray boshlaydilar. Bu bir qancha sabablar bilan bog‘liq: 1) bola endi o‘quvchi bo‘ldi, o‘quvchi bo‘lish istagi qondirildi. Bu maqomni ushlab turish uchun hech narsa qilmasa ham bo‘ladi; 2) o‘quvchining ijtimoiy mavqeyi maktabda ularga beriladigan o‘quv faoliyati mazmuni bilan belgilanmaydi. Yangi dasturlar ta’lim mazmuni va uni tashkil etishga mutlaqo yangicha yondashuv asosida tuzilgan bo‘lib, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning yosh imkoniyatlarini yuzaga chiqarib, bolalarda qat’iy o‘quv motivlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ta’limning mazmuni o‘quvchining bilimlarni egal- lashga qiziqishi, o‘z aqliy mehnati natijasidan qanoatlanish hissi bilan uzviy bog‘liqdir. Bu his o‘qituvchining rag‘batlantirishi bilan yuzaga keladi va o‘quvchida samaraliroq ishlash mayli, istak va ishtiyoqini shakllantiradi. Bolada paydo bo‘lgan faxrlanish, o‘z


kuchiga ishonch hislari bilimlarni o‘zlashtirish va malakalarning rivojlanishiga xizmat qiladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarni o‘qitish jarayoni, o‘quv faoliyatining asosiy komponentlari: o‘quv masalalari, o‘quv vaziyatlari, o‘quv harakatlari, nazorat etish va

baholash bilan (W.Davidov bo‘yicha) tanishtirishdan boshlanadi. Bu borada barcha predmetli harakatlar aqliy rivojlantirishga qulay bo‘lgan sharoitda amalga oshirilishi juda muhim. 0 ‘quvchining o‘quv faoliyatini o‘zlashtirishi o‘quv masalalari tizimini yechish jarayonida amalga oshiriladi. 0 ‘qishning boshida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar mustaqil ravishda o‘quv masalalarini qo‘yish va yechishni bilmaydilar. Bu vazifani boshida o‘qituvchi bajaradi. Asta-sekinlik bilan o‘quvchilarning o‘zlari ham o‘quv masalalarini qo‘yish va yechish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va malakalarni egallay boshlaydilar. Bu mustaqil o‘quv faoliyati shakllanishining muhim bosqichidir. 0 ‘quv masalalarini ajratib olish boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ma’lum bir qiyinchiliklarni yuzaga kel- tiradi. Shuning uchun ham har bir darsning so‘nggida o‘qituvchi o‘quvchilari aniq bir topshiriqlarni bajarishning ma’nosini qanday tushunganliklarini aniqlash uchun vaqt ajratishi kerak. «Biz bugun darsda nimalarni o‘rgandik?» tarzidagi savol bolalarga shuncha- ki daftarda chiziqchalarni chizib, doirachalarni bo‘yashni emas, balki sanashni, qo‘shishni yoki ayirishni o‘rganganlarini tushu- nishlarida yordam beradi. Agar bola o‘quv harakatlarini noto‘g‘ri bajarsa, bu uning o‘quv harakatlarini yo nazorat va baholash bilan bog‘liq harakatlarni bilmasligi, yoki ularni yaxshi egallamagan- ligidan dalolat beradi. Bolaning mustaqil ravishda bajargan harakatlari natijalarini o‘z xatti-harakatlarining xususiyatlari bilan taqqoslay olishlari unda o‘z-o‘zini nazorat etish layoqati ma’lum darajada shakllanganidan dalolat beradi. Kichik maktab davrida yetakchi faoliyat doirasida refleksiya avvalo o‘quv harakatlari, nazorat va baholash bilan bogliq boladi. Bu harakatlarning interio- zatsiyasi o‘quvchiga mustaqil ravishda o‘zlashtirilayotgan ko‘nikma

va layoqatlarga mustaqil ravishda yondashish imkoniyatini beradi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini ja-


moa faoliyati sifatida tashkil etilishiga ko‘p vaqt unchalik e’tibor

berilmadi. Bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni individual jarayon deb hisoblangan. Buning natijasida pedagogik psixologiyada o‘quvchi- larning mustaqil fikrlashi va mustaqil faoliyati ishning individual shakllaridagina ro‘yobga chiqishi mumkin deb hisoblangan. Le- kin so‘nggi yillarda sobiq ittifoq davlatlarida, shuningdek, Polsha, Germaniya kabi mamlakatlardagi ilg‘or o‘qituvchilarning ishlarida guruhiy bilish faoliyati har bir o‘quvchiga darsda maksimal faollik va mustaqillikni ta’minlanishi zarurligi tasdiqlangan. So‘nggi yillardagi olib borilgan tadqiqotlar tafakkur mustaqilligini faoliyat sifatida an’anaviy tushunishga jiddiy tuzatishlar kiritdi. 0 ‘quvchi- larning o‘zaro nazorati va javobgarligiga asoslangan guruhiy o‘quv faoliyati tafakkur mustaqilligining rivojlanishi uchun qulay sha- roitlar yaratishi aniqlangan.

Taniqli psixolog va pedagoglarning ilmiy asarlarida kichik maktab yoshidagi o‘quvchining o‘quv faoliyatidagi mustaqilligi uchun shart-sharoitlarni yaratish nihoyatda ahamiyatli ekanligi haqida fikrlar mavjud. Shunday shart-sharoitlardan biri boshlang‘ich davrda o‘quv faoliyatini jamoaviy faoliyat sifatida tashkil etilishidir.

Quyidagi belgilar mavjud bo‘lgan taqdirdagina ishni jamoaviy deb hisoblash mumkin.

1.       O^qituvchi tomonidan berilgan o‘quv vazifasi yoki alohida bir mikroguruh tomonidan baravar bajarish qabul qilinsa.

2.       Vazifalarni o‘zaro taqsimlagan holda birgalikda biron-bir ish bajarilsa.

3.       0 ‘zaro nazorat va mas’uliyat mavjudligi.

4.       Ishlarni taqsimlashni tashkil etish va uning kechishini o‘quvchilarning o‘zlari nazorat qilishlari.

Frontal ishda (ma’ruza, hikoya qilib berish, frontal so‘rovno- ma va h.k.) o‘qituvchi butun sinfga teng ravishda ta’sir ko‘rsa-

tishga harakat qiladi. Bunday holatda o‘quvchi bilan muloqot o‘qituvchining tashabbusi bilan lekin, juda kam miqdorda amal- ga oshiriladi. Individual ishda (darslik bilan mustaqil ishlash, mi- sol, masala yechish, mashqlarni bajarish va h.k.) o‘qituvchi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot yo‘q. Bunday holda ko‘pincha o‘quvchi- o‘quvchi, ya’ni sinfdoshi bilan muloqotga yo‘l qo‘yilmaydi yoki cheklanadi. Darsdagi jamoaviy faoliyat o‘quvchining to‘liq musta- qilligi va faolligini rivojlantirishda katta ahamiyatga egadir. Bunda o‘quvchilar asta-sekinlik bilan o‘quv faoliyatining subyekti sifatida yangi imkoniyatlarini o‘zlari uchun ochib boradilar. Bu jarayon- da o‘quvchi faoliyati samaraliroq bo‘lishi uchun o‘zini o‘zi nazorat etishga harakat qiladi. 0 ‘quv vaziyatlarida bolalar ayrim turdagi masalalarni yechish yo‘llari bilan tanishadilar va ularni egallagan zahoti aniq bir masalalarni yechishda amaliy foydalanadilar.

0 ‘quv faoliyatida nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda o‘quv harakatlarini mustaqil rejalash- tirishi va bajarishni shakllanishida juda muhimdir. Tadqiqotlar- ning ko‘rsatishicha, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining masalalarni yechishdagi ayrim yo‘l va tushunchalarni yetarlicha egallamaganli- gi bu tushuncha va yo‘llarni shakllantirishda bolalar barcha kerak- li o‘quv harakatlarini bajarishga o‘rgatilmaganligining natijasidir.

Bolalar tafakkuri va nutqining rivojlanishida ovoz chiqarib mulohaza yuritishning va bu uslubdan o‘quv jarayonida foydala- nishning ahamiyati katta. Ovoz chiqarib mulohaza yuritish va o‘z yechimini asoslab berish aqliy sifatlarning o‘sishiga xizmat qilib, kishi o‘z mulohazalari va xatti-harakatini tahlil etishi va angla- shini rivojlantiradi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda aqliy va o‘quv materialini o‘zlashtirish imkoniyatlari ancha yuqori hi- soblanadi. To‘g‘ri tashkil etilgan ta’limda bu yoshdagi bolalar o‘rta maktab dasturida ko‘rsatilgan bilimlarga nisbatan ko‘proq bilimlarni tushunishlari va o‘zlashtirishlari mumkin. Kichik maktab yoshidagi bolalar o‘quv faoliyatining o‘ziga xos xususiyatla- ridan yana biri shundaki, shu davrdan boshlab, o‘quv materialini o‘zlashtirmaslikning dastlabki belgilari ko‘zga tashlanadi. Kichik maktab yoshida past o‘zlashtirish sabablari va o‘qishdagi qiyinchi- liklar quyidagilar bilan bog‘liqdir: 1) neyrofiziologik sabablar; 2) bilish jarayonlarining yetarli darajada rivojlanmaganligi; 3) erkin va mustaqil harakat qilish darajasining pastligi; 4) motivatsion sohalarining yetarli rivojlanmaganligi; 5) oila tarbiyasidagi, oilaviy munosabatlardagi kamchiliklar; 6) maktab ta’limi va tarbiyasidagi kamchiliklar; 7) o‘zaro muloqot va munosabatdagi kamchiliklar; 8) shaxs xususiyatlardagi ogishishlar1. Kichik maktab yoshidagi bolalar o‘qishidagi qiyinchiliklar bola shaxsining barcha shaxsiy, bilish, motivatsion va hissiy va irodaviy sohalarda aks etadi. Bu qiyinchiliklar o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq. Bir qiyinchilikni bartaraf etilishi ikkinchi qiyinchilikni ham kamayishiga olib keladi.

0              ‘qishga nisbatan ijobiy munosabat kichik maktab davrining oxirlariga kelib, birmuncha pasayish ko‘zga tashlanadi. 0 ‘quv faoli- yatiga qiziqish — 1—2-sinflarda ko‘tarilib, 3—4-sinflarda pasaya- di. 0 ‘quv faoliyatiga qiziqishning pasayishida o‘qituvchining tayyor materialni bayon etishi va o‘quvchiIarning yodlab olishlari usta- novkasi ustunlik qiladi va o‘quvchilarning faolliklari taqlid qilish xarakterida boMadi. 3—4-sinf o‘quvchilari odatda o‘qilganlarni qay- ta hikoya qilib berishni, doskada yozilgan mashqni ko‘chirib yo- zishni, qoidalar va she’rlarni yodlashni yoqtirmaydilar va aksincha, misol va masalalarni mustaqil ravishda yechishni, tabiat hodisa- larini kuzatishni, rasm chizish va plastilin va loydan narsalar ya- sash ishlarini yaxshi ko‘radilar. Boshqacha aytganda, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar tashabbus va mustaqillik imkoniyati bor bo‘lgan ishlarga ko‘proq qiziqish bildiradilar. Kichik maktab yoshi- da o‘qishga qiziqishning pasayish sabablaridan biri sifatida V.A.Su- xomlinskiy o‘qituvchi tomonidan past bahoning ko‘p qobyilishi, bu esa bolada o‘qishga nisbatan qiziqishning pasayishi va o‘z imkoni- yatlariga nisbatan bo‘lgan ishonchning pasayishida deb biladi.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘quv faoliyatining hamma elementlari shakllantirilganligi va mustaqil bajara olinishi yetak- chi faoliyat sifatidagi o‘qish o‘z vazifasini bajarganligini angla- tadi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning o‘quv faoliyati o‘z tarkibiga quyidagilarni kiritadi:

1              Sherimbetova Z.Sh.Boshlang‘ich sinflardagi o ‘zlashtirmovchi o‘quvchilarning psixologik xususiyatlari. Ps.f.n....avtopef..-T.2007.-17 c.


masalalar yechimlarining umumiy yo‘llarini mustaqil ravish-

da topish ko‘nikmalari; o‘quv vazifalarini ajrata olish, topish va o‘zlashtirish; o‘zini va o‘z faoliyatini adekvat baholay olish va nazorat qi-

la olish; faoliyatda o‘zini-o‘zi boshqara olish; mantiqiy fikrlash qoidalaridan foydalana olish; umumlashtirishning turli shakllarini egallash va ulardan foy­

dalana olish; jamoaviy faoliyatlarda ishtirok eta olish;

yuqori darajada mustaqil ijodiy faollikka ega bo‘lish.

Lekin aksariyat hollarda kichik maktab yoshidagi o‘quvchi- larning o‘quv faoliyati maktab amaliyotida birinchi o‘ringa bola- larni amaliy ko‘nikmalarga, o‘qish, yozish, sanash malakalariga

o‘rgatish muammosi turadi.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, boshlang‘ich sinf o‘quv faoliyatining asosiy vazifasi — bu o‘quvchilarni «o‘qish»ga, bilim olishga o‘rgatishdir. Kichik maktab yoshidagi bolalarning psixik rivojlanishida ta’limning ta’sirida jiddiy o‘zgarishlar yuz beradi. Bu o‘zgarishlar ularni hayotlarining mas’uliyatli davri bolmish o‘smirlik davriga o‘tish uchun tayyorlaydi.

15.4. Kichik maktab yoshida asosiy psixologik yangilik

Kichik maktab yoshida bolada ko‘pgina o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bu o‘quv faoliyati ko‘nikmalarining shakllanishi, okz-o‘zini boshqarish, dunyoni bilish munosabati shakllanishi uchun senzi- tiv davr hisoblanadi.

Intellektual refleksiya (o‘z harakatlari va ularning asoslari mazmunini anglash qobiliyati) kichik maktab yoshida nazariy tafakkur shakllanishidan darak beruvchi asosiy yangi psixologik tu- zilmadir. Nazariy tafakkur nafaqat qoidalarni, balki ularni ochish va qayta qurish vaziyatida namoyon bo‘ladi.

Bu yosh davrida o‘zini bilish va shaxsiy refleksiya o‘z im- koniyatlari chegarasini mustaqil bilish qobiliyati sifatida shakl-


lanadi («Bu topshiriqni yecha olamanmi, yoki yo‘qmi?», «uni yechish uchun menga nima halaqit beradi?», harakatning ichki rejasi (ma’lum natijaga erishishni rejalashtirish va uni oldindan ko‘ra olish ko‘nikmasi), ixtiyoriylik o‘z-o‘zini nazorat qilish ham rivojlanadi. Bola o‘z xulq-atvorini boshqara boshlaydi. Uyda va jamoat joylarida o‘zini qanday tutish kerakligi haqida xulq-atvor normalarini aniq tushunadi, kattalar va tengdoshlari bilan shaxs- lararo munosabatda o‘z emotsiyalarini boshqara oladi. Xulq-atvor normalari o‘zining ichki talabiga aylanadi, unda uyatchanlik his- lari paydo bo‘ladi. Oliy hislar shakllanadi: estetik, ma’naviy, axloqiy (o‘rtoqlik, hamdardlik, adolatsizlikka chiday olmaslik). Lekin shunga qaramay kichik maktab yoshidagi bola uchun axloqiy

jihatdan barqaror emaslik, munosabatlar va kechinmalarning do- imiy emasligi xosdir.

Kichik maktab yoshi davrida yetakchi bolgan o‘quv faoliyati- ni tashkil etish va mazmuniga bogliq ravishda yangi psixologik tuzilmalarning darajasida farqlar kuzatilishi mumkin. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, tafakkur nazariy va empirik bo‘lishi, reflek- siya mazmunan va shakliy, rejalashtirish esa muhim belgilariga ko‘ra va xususiy asoslarga ko‘ra namoyon bolishi mumkin.

Olquv faoliyati kichik maktab yoshidagi o‘quvchi uchun nafaqat bilish jarayonlarining yuqori darajada rivojlanishi, balki shaxs xu- susiyatlarini rivojlantirish uchun ham imkoniyat yaratadi. Kichik maktab yoshi davrida bola shaxsining shakllanishi davom etadi.

0 ‘quvchining maktabdagi muvaffaqiyati uning keyingi psixik rivo- ji va shaxsining shakllanishida to4iq ijobiy asos boladi. Buning natijasida bolaning o‘z-o‘zidan oilasi, o‘qiyotgan sinfi va boshqa

jamoalardagi o‘z o‘rnini anglay boshlaganini ko‘rish mumkin.

Yangi faoliyatga o‘tish o‘quvchi bolaning o‘z asosiy faoliyatiga yangi munosabatni paydo qiladi. Unda burch hissi o‘sa boshlaydi. U o‘qish shart ekanligini va u uning burchi ekanligini, belgilab qo‘yilgan qoida va talablar bajarilishi shartligini anglaydi. 0 ‘zini haqiqiy o‘quvchidek his qilgan holda unda yaxshi o‘qishga ehtiyoj paydo boladi.


Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning axloqiy onglari I va IV sinfdagi o‘qish mobaynida muhim o‘zgarishlarga uchraydi va axloqiy sifatlar, bilim va tasavvurlar sezilarli darajada boyiy- di va bola o‘zini o‘zi anglay boshlaydi. U o‘ziga xos boigan yax- shi-yomon xususiyatlarni bilmasa ham, lekin u o‘zining «Men»ini his qiladi. 0 ‘zining vazifasi, maqsadi, uni bajarish lozimligi, uy- ga berilgan vazifalarni bajarish, takrorlash uning burchi ekan- ligi kabilarni anglab yetadi. Bu yoshdagi bolalarni maktab das- turiga kiritilmagan juda ko‘p atrof-muhit hodisalari haqidagi bilimlar qiziqtiradi. Bu qiziqishlar bolaning ko‘pincha e’tibor- ga olinmaydigan ijodiy o‘yinlarga nisbatan qiziqishlarida ham namoyon bo‘ladi. Bunday o‘yinlarda uning ijtimoiy qiziqishlari, emotsiyalari, jamoa uchun tashvishlanish kabi hislari aks etadi. Qiziquvchanlik kichik maktab yoshidagi bolalarning keng aqliy faolligini namoyon etilish shakli hisoblanadi. Vatanga kerakli in- son bolish uchun o‘qishning muhimligi va ahamiyatini bilishi uchun ochiqlik, ishonuvchanlik, ustozining barcha topshiriqlarini bajarishga tayyorlik xususiyatlari keng ijtimoiy burch motivlari, mas’uliyatlilik samarali shartlar hisoblanadi. Maktab ta’limining dastlabki yillarida qiziqishlar, xususan, bilim egallashga nisbatan qiziqishlar, intellektual qiziqishlar sezilarli darajada rivojlanadi. Psixologlarning ta’kidlashicha, dastavval ayrim faktlarga, boshqa narsalardan ajratib olingan yolg‘iz hodisalarga nisbatan qiziqishlar hosil bo‘ladi. Ill—IV sinflarda esa sabablarni, qonuniyatlarni, hodisalar o‘rtasidagi aloqa va o‘zaro bogliqliklarni bilib olish uchun bo‘lgan qiziqishlar rivojlanadi.

Ill sinfdan boshlab o‘qishga qiziqish differensiallasha boshlaydi. 0 ‘quvchilardagi bunday qiziqishlar o‘zini anglash va o‘z xat- ti-harakatiga baho berishi kabi xususiyatlarni shakllantiradi. Kichik maktab yoshidagi bolalarning qiziqishlarida samarali o‘qish uchun halaqit beruvchi qator salbiy xarakteristikalari ham mav­

jud. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning qiziqishlari:

yetarlicha amaliy natija bera olmaydi;

qat’iy emas, vaziyatli;

302

tez qondiriladi va ustozning qollab-quvvatlashisiz tez so‘nadi; o‘quv materiali va topshiriqlar o‘quvchining joniga tez tegadi

va charchashni yuzaga keltiradi; kam anglanilgan, o‘quvchining ma’lum bir predmetdagi nima

yoqishini va nima uchun yoqishini aytib bera olmasligida ko‘ri- nadi; umumlashtirishning pastligi, bir yoki bir nechta predmetlar-

ning tashqi belgilarigagina qarab umumlashtirish; o‘quvchini o‘qishning o‘quv faoliyatining usullariga emas,

balki natijalariga yo‘nalganligi.

Kichik maktab davrining so‘ngiga qadar o‘quv ishlarida- gi qiyinchiliklarni yengishga nisbatan qiziqish yuzaga kelmaydi (bu holat ko‘pincha o‘qituvchilarning o‘zlari tomonidan amalga oshiriladi, ya’ni aksariyat hollarda olquvchining qiyinchiliklarni yengishga harakati emas, balki natija baholanadi). Bularning barchasi kichik maktab yoshida qiziqishlarning yetarli darajada rivojlanmaganligi bo‘lib, ba’zan o‘qishga nisbatan yuzaki mu- nosabatni keltirib chiqarishi mumkin. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilardagi motivlarning umumiy dinamikasiga nazar tash- lansa, quyidagilarni ko‘rish mumkin: kichik maktab davrining

boshida maktabda bo‘lishning tashqi jihatlariga (partada o‘ti- rish, forma kiyish portfel ko‘tarish va h.k.), so‘ngra birinchi o‘quv mehnati natijalariga (birinchi bor harf va sonlarni yoza olish- lariga, o‘qituvchining bahosiga), keyinchalik, jarayonning o‘zi-

ga, o‘qishning mazmuniga va shundan so‘nggina bilimlarni olish yo‘llariga qiziqish kuchli bo‘ladi. 0 ‘qishning ijtimoiy ahamiyatini tushunish (2—3-sinflarda) o‘qish mazmunini va bilimlarni egal- lash yo‘llariga qiziqish bilan mustahkamlanishi zarur. Bunday holda kichik maktab davrining oxirlariga borib, o‘qishga nisbatan motivatsiyaning pasayishi ko‘zga tashlanmaydi.

Bilish motivlari quyidagicha o‘zgarib boradi: kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning qiziqishlari alohida bir faktlarga qiziqishdan, qonuniyat va prinsiplarga qiziqishga aylanib boradi. Oxirgi yillarda o‘tkazilgan psixologik tadqiqotlar kichik mak-


tab yoshining o‘rtalariga borib bilimlarni o‘zlashtirish yo‘llariga qiziqish yuzaga kelishi mumkinligini ko‘rsatib berdi. Kichik maktab davrida mustaqil ta’lim motivlari ham yuzaga kelib, lekin ular eng oddiy shaklda — bilimlarni olish qo‘shimcha manbalariga va qo£shimcha kitoblarni vaqti-vaqti bilan o‘qishga qiziqish bilan yuzaga keladi. Ijtimoiy motivlar birinchi sinfga kelganida differensial bo‘lmagan umumiy tushunishdan o‘qish va o‘rganishning zarurli- gi sabablarini chuqur anglashga, «o‘zi uchun» o‘qish mazmunini anglab yetishga tomon o‘zgarib, ijtimoiy motivlarni amaliy xarakter kasb etishiga sababchi bo4adi. Bu yoshdagi vaziyatli ijtimoiy mo­

tivlar o‘qituvchining qo‘llab-quwatlashini olishga nisbatan bolgan ehtiyoji hisoblanadi. Bolaning ustoziga boigan munosabati yomon baho olib xafa bo‘lgan taqdirda ham ijobiy va unga ishonch bildiri- shi saqlanib qolaveradi. Unda o‘rtoqlari va sinfdoshlari o‘rtasida mavqeli bir o‘rinni egallashga harakat yuzaga kelib, asta-sekinlik bilan o‘rtoqlari fikrlariga asoslanish paydo bo‘ladi.

0 ‘quv faoliyati kichik maktab yoshidagi bolalarda o‘qishda ma’lum yutuqlarga erishish ehtiyojini qondirishga, shuningdek, tengdoshlari orasida o‘z o‘rniga ega boiishiga imkoniyat ham yara- tadi. Aynan ana shu o‘rin yoki mavqega erishish uchun ham bola yaxshi o‘qishga harakat qiladi. Bu yoshdagi bolalar doimiy ravishda o‘zlari erishgan muvaffaqiyatlarini boshqa tengdoshlari muvaf- faqiyatlari bilan solishtiradilar. Ular uchun doimo birinchi bo‘lish nihoyatda muhim. Kichik maktab davrida bolalardagi musobaqaga kirishish motivi tabiiy psixologik ehtiyoj hisoblanib, bu motiv ularga kuchli emotsional zo‘riqishni beradi. Bu xususiyatlar aslida bog‘cha davridan boshlab yuzaga kela boshlaydi va kichik maktab davrida, shuningdek, o‘smirlik davrida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Kichik maktab yoshidagi bolalar kattalarning u haqidagi fikr va bergan baholariga qarab, o‘zlariga o‘zlari baho beradilar. Shuningdek, o‘quvchining o‘ziga-o‘zi beradigan bahosi, turli faoliyat- laridagi muvaffaqiyatlariga ham bog‘liq bo‘ladi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda o‘z-o‘ziga beradigan baholari turlicha — yuqori, adekvat — mos yoki past boMishi mumkin. Bu yoshdagi

304


bolalarda mavjud bo‘lgan ishonuvchanlik, ochiqlik, tashqi ta’sirlar- ga beriluvchanlik, itoatkorlik kabi xususiyatlari ularni shaxs sifatida shakllantirish uchun yaxshi imkoniyat yaratadi. Kichik maktab davrida boshqarishdan o‘z-o‘zini boshqarishga o‘tishi nihoyatda muhimdir. Yetakchi bolgan o‘quv faoliyatidan tashqari boshqa faoliyatlar — o‘yin, muloqot va mehnat faoliyati ham o‘quvchi shaxsi rivojiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bu faoliyatlar asosida mu-

vaffaqiyatga erishish motivlari bilan bogiiq bolgan shaxs xususiyatlari tarkib topa boshlaydi. Kichik maktab davrini bolaning turli faoliyatlarda muvaffaqiyatga erishishini belgilab beruvchi asosiy, shaxsiy xususiyatlarni yuzaga kelish va mustahkamlash davri deb hisoblash mumkin. Bu davrda muvaffaqiyatga erishish motivlari tarkib topa boshlaydi. Bu yoshdagi bolalar soatlab yolg‘iz holda sevimli mashg‘ulotlari bilan shug£ullanishlari mumkin va shu- lar asosida ularda mehnatsevarlik va mustaqillik fazilatlari shakllanadi. Kichik maktab davridan boshlab o‘quvchilarni mustaqil mehnat faoliyatiga amaliy va psixologik jihatdan tayyorlashga e’ti- bor beriladi. Bu davr ichida bolalarda mehnatga nisbatan ongli, ijobiy munosabatda bo‘lish asoslari tarkib topa boshlaydi. Ularda mehnatga havas uyg‘onadi, mehnatga va mehnat ahllariga hurmat bilan qarash, ijtimoiy foydali ishlarda qatnashishga intilish singari fazilatlar tarkib topadi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda mehnatsevarlik, asosan, o‘qish va mehnat faoliyatida rivojlanadi va mustahkamlanadi. Kichik yoshdagi o‘quvchilar zarur bo‘lgan harakat va amallarni darhol o‘zlashtirib va egallab ololmaydilar, ko‘proq ortiqcha va chalkash harakatlar qiladilar. Mehnat jara- yonidagi turlicha ish harakatlarini, chunonchi: tikish, to‘qish, ki- yish yoki taxtalarni randalash kabi ish harakatlarni qiynalmas- dan va birmuncha silliq bajaradigan bo‘lishi uchun har bir ishda har qanday harakatlar qilish kerakligini va bu harakatlarning qay yo‘sinda amalga oshirilishini aniq bilib olish va esda qoldirish ke- rak bo‘ladi. Harakatlarni qayta-qayta takrorlash, mashq qilib bo- rish natijasida kichik yoshdagi o‘quvchilarda uchrab turadigan ortiqcha va chalkash harakatlar yo‘qolib boradi.

305


0 ‘qituvchilar mehnat darslarida o‘quvchilarning mehnatiga yetarli darajada e’tibor berish lari, mehnat darsiga alohida tayyor- garlik ko‘rishlari, o‘quvchilarning har bir harakatlarini ziyraklik va kuzatuvchanlik bilan nazorat qilishlari, ularga individual mu- nosabatda boiishlari maqsadga muvofiqdir.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mehnati:

— bolalarni yosh, individual va jismoniy rivojlanishiga mos bo‘lishi;

— o‘quvchilar uchun qiziqarli boiishi;

— undan kundalik ish jarayonida okz-o‘ziga xizmat qilishga asoslanganligi;

— jamoa bolib mehnat qilish orqali bolalarda bir-biriga nisbatan hamkorlik, do‘stlik, o‘rtoqlik tuyg‘ularini shakllantirishi;

— olquvchini o‘zini tuta bilishga, sabr-toqatli bo‘lishga, qiyin- chiliklarga bardosh berishga o‘rgatadigan va ularni shakllantirishi;

— o‘quvchi o‘z mehnati natijasidan bahramand bo‘ladigan mehnat xususiyatlariga ega bo‘lishi lozim.

Bola o‘z mehnat mahsuli sinf yoki maktab jamoasiga, ja- moatchilikka manfaat keltirayotganligini bilib, undan xabardor

bo‘lib borsa undagi ijtimoiy foydali mehnatga bo‘lgan ishtiyoq ya- na ham ortadi va mehnatga nisbatan faol, ijodiy va ongli mu- nosabat shakllana boradi. Mehnatsevarlik bolada o‘zi qilayotgan mehnati unga zavq bergan taqdirdagina yuzaga keladi va rivojla- nadi.

Bu davrda mustaqillikning poydevori yuzaga kelib, o‘quv va- zifalarini mustaqil bajarish layoqati yuzaga keladi. Mustaqillikka

moyillikning rivojlanishi ikki yo‘nalish asosida amalga oshiriladi1.

1. Mustaqillikning shaxs xislati sifatida vujudga kelishi ijtimoiy muhitga bogliq. Bu bog‘liqlik mustaqillikka bo‘lgan ehtiyoj- ni qondirish imkoniyatlari sohasida va qadriyatlarda ifodalangan mustaqillik mazmuni xarakterida ifodalanadi.

1 Soliyeva D.A.Kichik maktab yoshidagi o ‘quvchilar o‘quv mustailligini rivojlantirishning psixologik jihatlari. Ps.f.n..... avtoref. —T. 2012.-24 b.

306

2. Mustaqillikning shaxs xislati sifatida shakllanishida individual xususiyatlar, shaxs yashaydigan va mehnat qiladigan ja- moada vujudga kelgan munosabatlarga hamda shaxsning qobili- yatlariga, uning faolligiga bogliq bo‘ladi.

Bolada mustaqillik xususiyatining shakllanishi asosan kattalar- ga bog‘liq. Agar bola haddan ziyod ishonuvchan, itoatkor, ochiq xu- susiyatli bolsa, unda asta-sekinlik bilan bo‘ysunuvchanlik, tobelik xususiyati mustahkamlana boradi. Biroq bolani erta mustaqillikka undash, unda ba’zi salbiy xislatlarning shakllanishiga ham olib ke- lishi mumkin, chunki u hayotiy tajribalari kamligi uchun asosan, kimlargadir taqlid qilgan holda harakat qilishi mumkin. Musta- qillikni shakllantirish uchun bolaga mustaqil bajaradigan ishlarni ko‘proq topshirish va unga ishonch bildirish nihoyatda muhimdir. Shuningdek, shunday bir ijtimoiy psixologik muhit yaratish kerak- ki, unda bolaga biron-bir mas’ul vazifani mustaqil bajarishni topshirish, bu ishni bajarish jarayonida bola o‘zini tengdoshlari, kattalar va boshqa odamlarning lideri deb his qilsin. Ana shu his bolada mustaqil bo‘lishga undovchi motivlarni yuzaga keltiradi.

7—11 yoshli bolalar o‘zlarining individual xususiyatlarini anglay boshlaydilar. Bolaning o‘z-o‘zini anglashi ham jadal rivojlana boradi va mustahkamlana boshlaydi. Bu davrda bolalar o‘zlarining ismlariga yanada kolproq ahamiyat bera boshlaydilar va ularning ismlari tengdoshlari va atrofdagilari tomonidan ijobiy qabul qili- nishiga harakat qiladilar. Bolani o‘zining tashqi ko‘rinishi va gav- da tuzilishiga beradigan bahosi ham o‘z-o‘zini anglashida ahami- yati juda katta. Kichik maktab davrining oxiriga borib bolalar, ayniqsa, qizlar o‘zlarining yuz tuzilishlariga alohida e’tibor bera boshlaydilar. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchining o‘quv faoliyati jarayonida o‘zidagi xulq-atvorni va faoliyatni o‘zi tomonidan muvofiqlashtirish qobiliyati rivojlanadi, ongli ravishda bir fikrga kela olish qobiliyati rivojlanadi, o‘z faoliyatini o‘zi uyushtirishga hamda bilim olish jarayoniga bo‘lgan qiziqishining qaror topishi- ga yordam beradi, o‘quvchi xulq-atvorini motivlashtirishi ham o‘zgaradi. Bunda do‘stlari va jamoaning fikrlari asosiy motivlar

307

bo‘lib qoladi. Axloqiy his-tuyg‘ular va shaxsning irodaviy xusu- siyatlari ham shakllanadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida iroda tarbiyasi tashabbuskorlik, dadillik, o‘zini tuta bilish, sabotlilik, chidamlilik, qat’iylik, kamtarlik va intizomlilik kabi irodaviy si- fatlarni o‘stirish va mustahkamlashdan iboratdir.

Iroda tarbiyasi bolalarda yomon sifatlar paydo bo‘lishining oldini olish va agar bunday sifatlar paydo bo‘lsa, ularni yo‘qotish- dan iboratdir. Bolalar irodasining salbiy tomonlaridan biri o‘ziga ishonmaslikdir. 0 ‘ziga ishonmaslik holati o‘qish, mehnat, o‘yin va shu kabi faoliyatlarda tez-tez qaytarilib turadigan muvaffaqi- yatsizliklar tufayli yuzaga keladi.

F. I. Ivashchenko tomonidan o4kazilgan tekshirishlarning ko‘rsatishicha, o‘qish sharoitida o‘quvchilarning o‘zlariga ishonmaslik holatlari asosan quyidagi sabablar tufayli yuzaga keladi: «a) o‘qishda izchillik prinsipiga rioya qilmaslik tufayli; b) o‘quvchi- larga kuchlari yetmaydigan, ya’ni ortiqcha talab qo‘yib yuborish orqali; d) ayrim pedagoglar, ota-onalar va shuning bilan birga sinf- doshlarning o‘quvchilar kuchiga, xotira qobiliyatlari va fahm-faro- satlariga ishonchsizlik bildirishi tufayli; e) ana shunday o‘quvchi- larni yomon baho olganliklari uchun qo‘rqitish va jazolash orqali».

Iroda tarbiyasi tafakkur va hissiyotlar tarbiyasi bilan mahkam bog‘liqdir. Biz bolalarda tafakkurni taraqqiy ettirishimiz bilan birga, ularda o‘z oldiga tola anglab, muayyan maqsadlar qo‘ya olish va juda yaxshi asoslangan qaror va harakatlarni tanlay ola bilish qobiliyatini ham tarbiyalaymiz. Bolalarda ijobiy axloqiy hislarni tarbiyalar ekanmiz, buning bilan axloqiy qaror qabul qilishga va shuning bilan birga, o‘z qaror hamda harakatlariga axloqiy baho berishga odatlantirib boramiz. Vatanparvarlik va vijdoniy burch hissini tarbiyalash ayni vaqtda boshlang‘ich sinf o‘quvchisining harakat motivlarini tarbiyalash hamdir.

5—6 yoshlarda ko‘zga tashlangan bolalarning xususiyatlari kichik maktab yoshi davomida rivojlanadi va mustahkamlanadi. 0 ‘smirlik davrining boshlariga kelib, juda ko‘pgina shaxsiy fazi- latlar shakllanib bo‘ladi. Bolalarning individualliklari ularning

308

bilish jarayonida ham ko‘rinadi. Bu davrda bolalarning bilimlari kengayadi va chuqurlashadi, ko‘nikma va malakalari takomilla- shadi. 3—4-sinflarga borib, aksariyat bolalarda umumiy va max- sus layoqatlar ko‘zga tashlanadi. Kichik maktab davrida hayot uchun nihoyatda ahamiyatli boMgan muvaffaqiyatga erishish mo- tivi mustahkamlanadi, bu esa okz-o‘zidan boshqa layoqatlarni

jadal rivojlanishiga olib keladi.

Kichik maktab yoshidagi bolalar shaxsi rivojlanishiga ularning atrofidagi odamlar, ota-onasi va ayniqsa o‘qituvchi bilan bo‘la- digan munosabati katta ta’sir ko‘rsatadi. 3—4 sinflarga borib bola uchun uning o‘rtoqlari bilan munosabatining ham ahamiyati ortadi. Bu munosabatlardan kattalar ta’lim-tarbiya maqsadlarida foydalanishlari mumkin. I—IV sinf o‘quvchilari o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish, turli materiallardan har xil buyumlar yasash, o‘sim- liklar ekib o‘stirish, uydagi yumushlarga qatnashish kabi bir qan- cha ishlarda ishtirok etadilar va bu sohada dastlabki ko‘nikma va malakalarni hosil qiladilar.

Kichik maktab yoshidagi bolalarning emotsional xususiyatlari. Kichik maktab yoshidagi olquvchilarning hislari o‘zining ancha barqarorligi, anglanganligi bilan maktabgacha yoshdagi bolalarning hislaridan farq qiladi, bu hislar anchagina osoyishtalik bilan o‘tadi, ancha chuqur va kuchli bo‘lib qoladi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning umumiy emotsional tonusida xush- chaqchaqlik, ruhiy tetiklik kayfiyati ustunlik qiladi. Darslarda va tanaffus vaqtlaridagi o‘yinlarda ular quvnoq va tetik boMadilar. Bunday holat esa kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning emotsional hayotida norma bo‘lib hisoblanadi.

Kichik maktab yoshidagi bolalarning emotsional hayoti ta’lim va tarbiyaning ta’siri ostida ancha kengayadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning hislaridan farqli ravishda kichik maktab davrida hislarning yo‘nalganligida katta tabaqalanish yuzaga keladi. Bu yoshda oliy hislarning barcha turlari rivojlanishni boshlaydi.

Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilaming his-tuyg‘ulari ularning faoliyatida namoyon boladi va rivojlanadi. Kichik maktab

309


yoshidagi o‘quvchilar o‘zlarining har bir faoliyat natijalariga baho bera oladilar. Baho kishida qoniqish va qoniqmaslik hislarini yuzaga keltirishi mumkin bo‘lib, bu hislar bolani yaxshi o‘qishga ruh- lantiradi. Ba’zan past baho olish orqali yuzaga kelgan salbiy hislar chuqurlashib, o‘qituvchining noto£g£ri reaksiyasi va kattalarning doimiy tanbeh va tanqidlari oqibatida bolaning xarakter xislati- ga aylanib qolishi mumkin. Boshlangich sinf o‘quvchilarining faoliyatlari uchun ijobiy baho olishlariga yordam beruvchi asosiy hislardan biri intellektual hislardir. Odamning aqliy faoliyati bilan bog£liq bo£lgan hislar intellektual hislar deb ataladi. Bilishga qiziqish, taajjublanish va hayron qolish hislari, ishonch, ishonchsiz- lik va shubhalanish hislari intellektual hislar qatoriga kiradi.

Bunday hissiyotlar har xil nazariy va amaliy savollar tug£il- ganida, vazifa va masalalarni hal qilish chog£ida, biror yangilik- ni o£zlashtirish va bilish chog£ida paydo boladi va his qilinadi. Kichik maktab yoshidagi o£quvchilarning intellektual hislari bilish jarayonida rivojlanadi. 0 ‘quv faoliyatida bolalar katta hajm- dagi bilimlar va faktlarga duch kelib, ular bolalarda taajjublanish, ishonchsizlik, quvonch hislarini yuzaga keltirib, qiziquvchanlik, urinchoqlik va shu kabi boshqa hislarning shakllanishiga asos bo£ladi.

0              £qish jarayonida yoshi kattalashib, tajribasi orta borgan sari, oqilona urinchoqlik rivoj topa boradi. Bu his odamning il- miy tadqiqot ishlari bilan samarali shug£ullanishini rag£batlanti- radi. Bilishga qiziqish maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga xos boigan xususiyatlardandir. Bilishga qiziqish kichik maktab davrida o£ziga xos yo£nalishni oladi. Ular har bir o£rgangan nar- salariga taajjublanish bilan qaraydilar.

Respublikamizda M.G.Davletshin rahbarligida M.A.Maqsudova tomonidan «Birinchi sinf o£quvchilarida ta’lim jarayonida bilishga oid qiziqishlarning o£sishi» mavzuida ilmiy tadqiqot olib borilgan1.

1              Махсудова M.A. Развитие познавательных интересов учащихся первых классов в процессе обучения. Автореф.....пс.н.-Т.1993.-17 с.

310


Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, o‘quv yilining boshida o‘quvchilar o‘z qiziqishlarini «yoqadi», «yaxshi ko‘raman» kabi umumiy motivlar bilan namoyon qilsalar, 1-sinf o‘quvchilari ning o‘qish faoliyatida- gi muvaffaqiyatlari munosabati bilan ularning bu faoliyati mazmu- ni naqadar o‘qishga berilishida aks etar ekan. 0 ‘quv yilining oxirida

bolalar o‘zlari uchun yangi bolgan faoliyat turlari — konstruktorlik, mehnat turlari bilan qiziqa boshlaydilar. 1-sinf o‘quvchilari bilish qiziqishlarini samarali rivojlanish shart-sharoitlari ta’limda samarali metodlarni qo‘llashga bogiiqdir. Jumladan, mashq va vazifalar- ning mazmunini tanlash, o‘quvchilarning darsdagi diqqatini faol-

lashtirish, ishning o‘yin shakllari, musobaqa turlari va h.k.

Taajjublanish hissi. Kichik maktab yoshidagi bolalarda bunday his ularga qandaydir odatdan tashqari, noma’lum biror nar- sa ta’sir qilganida tuglladi. Boshlanglch sinf olquvchilari kut- magan voqealar sodir boiganida ulardan taajjublanadilar. Bilish jarayonida taajjublanish hissi xursandlik tariqasida o‘tadi. Bu hoi samarali bilish faoliyatining doimiy yo‘ldoshidir. «Voqealarni ku- zatib borayotganimizda biz o‘zimizda tug‘ilgan hislardan mam- nun bo‘lamiz, bu mamnuniyat esa intellektual xursandlikdir (D. R.Dekart).

Kutilmagan bir narsa sababli tugllgan taajjublanish kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni dastlabki qarashda kam uchray- digan va odatdan tashqari bo‘lib ko‘ringan narsalarni diqqat bilan ko‘zdan kechirishga majbur etadi. Shunday qilib, taajjublanish boshlangkich sinf o'quvchilarini hodisalarni bilishga g‘oyat dara­

jada rag‘batlantiradi.

Hayron qolish hissi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda hayron qolish hissi kuchli bo‘lib, tushuntirilayotgan yangi materials, tadqiq qilinayotgan faktlarning sabablarini topishda qiy- nalib qolganida, bu faktlarni shu damgacha ma’lum bo‘lib tur-

gan hodisalar guruhiga kiritolmay qolganida va shu kabi hollarda bolada hayron qolish hissi tug‘iladi. Bu his ham kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning bilish faoliyatini yanada kuchaytirish- ga yo‘llovchi kuchli vositadir.

311

Ishonch hissi. Narsa va hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishlar va munosabatlarning to‘g‘riligi kichik maktab yoshidagi bolalarning

tafakkuri jarayonida aniqlanib, mantiqiy ravishda chiqarilgan xu- losalar bilan amaliyotning o‘zida yaqqol isbot bo‘lganida ularda ishonch hissi tug‘iladi.

Shubhalanish hissi kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda to‘liq rivojlanmagan bo‘lib, bu his asta-sekinlik bilan o‘quv jarayonida bolaning o‘zi chiqargan qoidalari yoki nazariyalariga zid bo‘lib, ular bilan to‘qnashib qolganida tug‘iladigan hissiyotdir. Bu juda muhim hissiyot bo‘lib, u to‘plangan dalillarni va aytilgan qoidalarni har to- monlama tekshirib ko‘rishga rag‘batlantiradi. «Samarali ilmiy faoli­

yat uchun doimo shubha bilan qaramoq va o‘z-o‘zingni tekshirib turmoq zarur» (I.P. Pavlov). Bu hislar bola qiyinchiliklarni yengib, o‘z ishida ma’lum muvaffaqiyatlarga erishganida ahamiyatli ravishda rivojlanadi. Kichik maktab yoshidagi bola o‘qish va yozishni bilib olganida, o‘zi misol yoki masalani yechishni o‘rganib olganida juda katta xursandchilik hissini boshidan kechiradi. 0 ‘quvchilarda o‘z mehnatidan xursand bo‘lish hissini iloji boricha ko‘proq yuzaga keltirish va uni bola xarakterining emotsional jihatiga aylantirish boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining asosiy vazifalaridan biridir. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning intellektual hislari uning bilish qiziqishlari bilan bog‘liqdir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi nima

bo‘lganiga, qayerda, qachon va qanday qilib bolganiga juda qiziqa- di, shuningdek, uni «Nima uchun bo‘ldi?» savoliga javobga nisbatan shu voqea bilan bogliq bo‘lgan faktlarning o‘zi qiziqtiradi.

Kichik maktab yoshidagi o‘quvchi doskaga chaqirilganda u o‘qib berishga yoki yozib berishga qo‘rqib, uyalib xijolat tort- sa, bunday o‘quvchilarni tez-tez doskaga chiqara berish kerak, ana shunda u tortinmaydigan boiib qoladi. Qayta-qayta doskaga chiqaverish natijasida qo‘rquv hissi susaya beradi va u nihoyat bu- tunlay «so‘nib qolishi» va yo‘q boiib ketishi mumkin.

Albatta, bunda shu hislarni tug‘diruvchi manbaning takrorla- na berishi emas, balki odamning salbiy kechinmalardan qutulish istagi muhim rol o‘ynaydi.

312

«Lekin bu qonuniyat faqat oddiy va tez o‘tib ketadigan his- larga ya’ni, bolaga bir xilda ta’sir qiluvchi va mazmuni chuqur bo‘lmagan obyektlar sababli tug‘iladigan hislargagina taalluqlidir. Murakkab, chuqur hislar bolada shu hislarni tugldirgan obyektlar bizga qayta-qayta ta’sir o‘tkaza berganida yo‘q bo‘lib ketmay- di, balki, aksincha, yana ham kuchli va barqaror bo‘lib qoladi. Masalan, musiqa asarlarini qayta-qayta eshitish natijasida bizning estetik hislarimiz chuqur va kuchli bo‘lib qoladi. 0 ‘zimiz yaxshi ko‘rgan, o‘zimiz uchun qadrli bo‘lgan joylarga har safar borgani- mizda bizning shu joylarga bo‘lgan hislarimiz, mehrimiz, odatda, kuchaya boradi. Ayrim emotsional kechinmalarning «so‘nib qoli- shi»da boshqa qonuniyatlar ham bor. Masalan, qarama-qarshi hislar ba’zi nisbatlarda bir-birini yo‘qotib yuborishi mumkin. Salbiy his paydo bo‘lib turganida kuchliroq ijobiy his yuzaga keltiradigan sabab paydo boMib qolsa, u holda salbiy his so‘nib qolishi, yo‘qo- lishi mumkin. Masalan, bola yiqilib tushib, yig‘lab turibdi. Onasi shu paytda kelib qolib, uni erkalatdi. Bu erkalash ijobiy hislarning paydo bo‘lishiga kuchli sababchi bo‘ladi, shuning uchun ham bolada ko‘z yoshi o‘rniga kulish, xursandlik paydo bo‘ladi. 0 ‘quvchi- dagi cho‘chib turish hissini qayta-qayta doskaga chiqarish yo‘li bi- langina yo‘q qilib qolmasdan, balki bolada qarama-qarshi hislarni tug‘dirish yo‘li bilan ham bu cho‘chishlikni oldini olish mumkin. Masalan, birinchi sinf o‘quvchisining xavotirligining sababi uning o‘z kuchiga ishonmaganligida bo‘lsa, unga oson bajara oladigan va- zifalarni berish kerak. Shu vazifalarni bajara olgani uchun kattalar tomonidan rag‘batlantirilishi, maqtalishi bolada ijobiy hislarning tug‘ilishiga yordam beradi, xavotirlik hissi esa yo‘qoladi. Shuning uchun ham doska oldida u o‘zini dadilroq his etadi.

Kichik maktab yoshidagi bolalarda intellektual va axloqiy hislar, o‘rtoqlik, do‘stlik hislari katta o‘rin ola boshlaydi. Vatanpar-

varlik, vijdoniy burch hissi va shu kabi hislar paydo bo‘ladi va o‘sadi. Axloqiy hislarning rivojlanishiga jamoaviy ishlar, o‘qish mazmuni, turli jamoat tashkilotlari va shubhasiz o‘qituvchining shaxsiy namunasi ta’sir ko‘rsatadi. 0 ‘qishning boshida aynan shu

313

o‘qituvchi shaxsi kichik maktab yoshidagi o‘quvchining juda ko‘p axloqiy hislarining rivojlanishini belgilab beradi. Birinchi vaqtlar- da o‘quvchi sinf jamoasi bilan o‘qituvchisi orqaligina bogiangan bo‘ladi. 0 ‘qituvchi bola uchun barcha diqqat-e’tibori va hislari qaratilgan markaziy figura bo‘lib hisoblanadi. Bilimli, mahorat- li, bolalarni sevuvchi pedagog o‘qishning keyingi bosqichlari- da ham o^quvchilarining o‘ziga bolgan shunday munosabatini saqlab qoladi. Lekin keyinchalik bu muhabbat, bogiiqlik usto- zi va sinf jamoasi, o‘rtoqlari, do‘stlari o‘rtasida bo‘linadi. Shunga qaramasdan boshlangich sinf o‘quvchisi uchun o‘qituvchi asosiy avtoritet hisoblanadi. U o‘qituvchisi haqida uyida jo‘shib va hur- mat bilan gapiradi. CVqituvchining ta’siri ostida asta-sekinlik bilan o‘quv, mehnat va o‘yin faoliyatlarida har bir sinfdoshi uchun tashvishlanish, jamoa (kollektivizm) hissi paydo boladi. Bu esa bolalardagi o‘rtoqlik hissining rivojlanishiga zamin boladi. Bolalar o‘qishda past o‘zlashtirayotgan o‘rtoqlariga yordam berish- ga harakat qiladilar. Bu motivlar shunchalik chuqur va kuchli bo‘ladiki, ular maqsadlariga erishish uchun juda ko‘p qiyinchi- liklarni: o‘zlashtirmayotgan o‘rtog‘ining dangasaligi, o‘zining darslarini tayyorlashga tezroq ulgurishi, ba’zan esa hatto ota-ona- larning qarshiliklarini ham yengishi kerak. Bunday vaziyatlarda bolada shakllanayotgan mas’uliyat hissi qiyinchiliklarni yengish- ga va o‘z ishini muvaffaqiyatli bajarishiga yordam beradi. Birinchi sinfda o‘quvchi o‘qituvchisining tanbehlari o‘rtoqlarining oldida yoki o‘ziga yolg‘iz berilganiga e’tibor bermasa, ikkinchi sinfda o‘rtoqlari oldida berilgan tanbehlardan uyaladigan bo‘lib qolishi bolaning o‘zini jamoa a’zosi sifatida to‘liq his etayotganidan va olrtoqlari uni hurmat qilishlarini istayotganidan dalolat beradi.

Estetik hislar birinchi navbatda bolalarning badiiy asarlarni idrok qilish jarayonida namoyon bo‘ladi. Uchinchi sinfga borib bolalar ustozi okqiyotgan she’rlarning nafaqat mazmuniga, balki 0‘qilishidagi go‘zalligiga ham e’tibor beradilar. Badiiy asarlarni o‘qiyotganlarida va kinofilmlarni ko‘rayotganlarida bolalar asosan asar qahramonlarining axloqiy sifatlarini baholaydilar. Ba-

314

diiy asarning estetik tomoni pedagog tomonidan bolalarga ko‘rsa- tilishi kerak. Ana shunday o‘rgatish bo‘lgan taqdirdagina kichik maktab yoshidagi bolalar ularga mos bo‘lgan musiqiy asarlarga emotsional baho bera oladilar.

Kichik maktab davrida shaxslararo munosabat. Birinchi bor maktabga kelgan bola o‘z atrofdagilari bilan psixologik jihatdan yangi munosabat tizimiga o‘tadi. U hayotining tubdan o‘zgar- ganini, unga yangi majburiyatlar, nafaqat, har kuni maktabga borish, balki o‘quv faoliyati talablariga bo‘ysunish ham yuklatil-

ganligini his eta boshlaydi. Bola insoniy munosabatlar tizimida ham alohida o‘rin egallayotganini bila boshlaydi. Ota-onasi, ya- qinlari, atrofdagilari unga yosh boladek emas, balki o‘z vazifalari, majburiyatlari bor bo‘lgan, o‘z faoliyat natijasiga ko‘ra hurmatga sazovor bo‘lishi mumkin bo‘lgan alohida shaxs sifatida munosa- batda boiadilar. Oila a’zolarining bola o‘quv faoliyati, yutuqlari bilan qiziqayotganligi, shuningdek, uni nazorat qilayotganli- gi, unga qilinayotgan yangi muomala, munosabat uning ijtimoiy mavqei o‘zgarganligini to‘la his etishiga, o‘ziga nisbatan muno- sabatining o‘zgarishiga asos bo‘ladi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning muhim xususiyatlaridan biri ulardagi o‘qituv- chiga ishonch hissi bo‘lib, bunda o‘qituvchining o‘quvchiga ta’sir ko‘rsatish imkoniyati juda kattadir. Bola o‘qituvchini aql sohibi, ziyrak, sezgir, mehribon inson deb biladi. 0 ‘qituvchining obro‘si oldida ota-onalar, oilaning boshqa a’zolari, qarindosh urugia- rining nufuzi keskin kamayadi. Shu sababli, bolalar 0‘qituvchi- ning har bir so‘zini qonun sifatida qabul qiladilar. Demak, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar rivojida yetakchi bo‘lgan o‘quv faoliyati o‘qituvchi shaxsi va o‘quvchi bilan munosabat uslubining ahamiyati juda kattadir.

Kichik maktab davrida bolaning boshqa insonlar bilan mu- nosabatlarida katta o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bolaning muloqoti endi aniq maqsadga qaratilgan bo‘ladi. Bunga sabab bir tomon- dan o‘qituvchining doimiy ravishda unga ko‘rsatadigan faol ta’siri bo‘lsa, ikkinchi tomondan o‘quv jamoasining ko‘rsatadigan ta’siri-

315

dir1. Chunki, o‘qituvchi bolaga ota-onaga nisbatan ko‘proq ravishda normativ talablar qo‘yadi. Bundan tashqari bolaning oilasi va tevarak atrofdagi odamlar bilan ham muloqotida katta o‘zgarish- lar bo‘ladi. Oilada endi bolani ma’lum bir majburiyat va huquqlari bolgan shaxs sifatida qabul qilinadi va bu o‘z-o‘zidan bola bilan bolgan munosabatlarda o‘z aksini topadi. Atrofdagilar bilan mu- nosabatda esa bola o‘z «Men»ini namoyon etishga harakat qila­

di. L.S.Vigotskiyning ta’kidlashicha, faqat jamoaviy hayot ichida va ijtimoiy munosabatlar ta’sirida bolaning individual xulq-atvori shakllanadi. Faqat o‘qituvchigina o‘quvchisiga turli qat’iy talablar qo‘yib, ularning xatti-harakatlarini baholay oladi, bolaning ijtimo- iylashuviga sharoit yaratib, uni huquq va burchlar — ijtimoiy mako- ni tizimida standartlashuviga olib kela oladi. 0 ‘qituvchining muno- sabat uslubi o‘quvchining faolligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchi faolligining asosan uch xil ko‘rinishi mavjud bolib, bular: jismoniy, psixik va ijtimoiy faollikdir.

Obqituvchining dars jarayonida har bir olquvchiga ta’sir ko‘rsati- shi uchun qulay imkoniyati bor. 0 ‘quv faoliyatining boshlani- shi jarayonida bolaning kattalar va tengdoshlari bilan qiladigan muomala-munosabatlari yangicha tus ola boshlaydi. «Bola-kat- ta» munosabati «bola-ota-ona» munosabatidan tashqarida yuzaga keladi. Chunki, o‘qituvchi bolaga ota-onaga nisbatan ko‘proq ravishda normativ talablar qo‘yadi. Birinchi bor maktabga kelgan

bola hali o‘zini toliq anglashi va o‘z xatti-harakatlarini aniq bi- lishi qiyin. Faqat o‘qituvchigina bolaga me’yorlar qo‘yishi, ularning xatti-harakatlarini baholashi, o‘z xatti-harakatlarini boshqa- lar bilan moslashtirishga sharoit yaratishi mumkin. Boshlang‘ich sinfda o‘quvchilar olqituvchi tomonidan qo‘yiladigan yangi shart- larni qabul qiladilar va ularning qoidalariga to‘la amal qilishga harakat qiladilar. Bola uchun o^qituvchi uning psixologik holatini

1 Клычева З.П. Общение в учебно-воспитательном процессе как фактор формирования личности учащихся начальных классов. —Т. Автореф. к пс. н. 2005.-23 с.

316

belgilab beruvchi asosiy figura hisoblanib, bu holat uning nafaqat sinfdagi, balki, umuman tengdoshlari bilan bo‘ladigan munosa- batiga, bu munosabat esa o‘z-o‘zidan oilasidagi munosabatlariga ham ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, bu munosabatlar uning o‘quv faoliyati muvaffaqiyatini ham belgilab beradi.

0 ‘qituvchining bolaga munosabati uning o‘rtoqlari va oila- si bilan bo‘lgan munosabatiga ham bevosita o‘z ta’sirini ko‘rsata- di. Shuni ham alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, yangi muloqotning xarakteri kichik maktab yoshidagi o‘quvchi ta’limining motivlari- ga, undagi axloqiy sifatlarning rivojlanishiga, o‘z-o‘ziga beriladigan bahoning shakllanishiga hamda bolaning qiziqishlari darajasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bolalarning o‘quv faoliyati muvaffaqiyati hamda shaxsining shakllanishi ko‘p jihatdan ularning o‘qituvchisi bilan munosabatlaridagi o‘ziga xos xususiyatlariga, sinfdagi o‘z mavqeini qay darajada anglab yetishiga, tarkib topgan o‘quvchilar

jamoasi bilan o'zaro munosabatlariga bog‘liq boladi.

15.5. 0 ‘smirlik davriga o‘tishdagi inqiroz

Kichik maktab yoshining oxiriga kelib an’anaviy ta’lim tizimi- da chuqur motivatsion inqiroz kuzatiladi (ba’zan uni motivatsion vakuum ham deb ataladi). Bunda yangi ijtimoiy pozitsiyani egallash bilan bogliq motivatsiya yo‘qoladi (o‘qish hayotiy majburiyatlardan biriga aylanadi), o‘qishning mazmunli motivlari mavjud bo‘lmay- di, shakllanmagan bo‘ladi. Inqiroz belgilari quyidagilarda namoyon boMadi: maktabga umuman salbiy munosabat, unga borish majburiy emas, o‘quv topshiriqlarini bajarishni istamaslik, o‘qituvchilar bilan nizolashishlar. Bola o‘quv faoliyatida qanchalik kam muvaffaqiyat­

ga erishgan bo‘lsa, unga shunchalik og‘ir tuyuladi.

Maktabda o‘quvchining barqaror mavqei shakllangan boladi, ayniqsa qulay bolmagan mavqe o‘smirlik davriga o‘tishda ham saqlanib qoladi. Boshlang‘ich sinf davrida bilim, malaka va ko‘nikmalarning yetishmasligi tufayli hal qilinmagan qiyinchi- liklar o‘smirlik davriga o‘tishda yanada chuqurlashadi. Bola hal qilishi zarur bolmagan, muammolar, topshiriqlarga duch keladi

317


(o^zini tekshirish va boshqalar bilan solishtirish, har xil o‘qituv- chilarning talablariga, ta’limning yangi sharoitlariga moslashish).

N.K Polivanovaning ta’kidlashicha, o‘smirlikdan oldingi inqirozning asosiy psixologik mazmuni refleksiyaning «o‘ziga qa- ratilishidir»1. 0 ‘quv faoliyatida shakllangan refleksiv munosabat o‘z-o‘zini anglash sohasiga ko‘chiriladi.

Shunday qilib, rivojlanishning ijtimoiy vaziyatini qayta qu- rishda turli topshiriqlarni bajarishning asosiy sharti sifatida o‘z

xislatlari va ko‘nikmalariga, «o‘ziga yo‘nalganlik» vujudga kela- di. Bolalar xarakterida kattalikka intilish kuzatiladi. Tengdoshlari bilan muloqot shaxsiy rivojlanishning ko‘p jihatlarini belgi- lay boshlaydi.

Maktabning boshlang‘ich sinfidan o‘rta sinfga o‘tgan bola- lardagi ijtimoiy psixologik moslashuvning o‘ziga xosliklari L.B.Bekniyazova tadqiqotlarida ko‘zga tashlanadi2. Tadqiqotchi ta’lim jarayonidagi qiyinchiliklarni o‘quvchining psixologik xusu- siyatlari, bilish jarayonlarining rivojlanganlik darajasi, motivatsion sohadagi o‘ziga xosliklar, atrofdagilar va o‘ziga bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar sistemasi bilan bog‘laydi.

K.Q.Mamedovning fikricha, psixik rivojlanishi sustlashgan bolalarning maktabgacha yosh bosqichida, shuningdek, bosh- lang‘ich sinf o‘quvchilarida va o‘smir yoshidagilarda tafakkurning so‘z-mantiq turi normal tengdoshlariga nisbatan yetarli darajada shakllanmagan3. Ammo bu xususiyatning ifodalanishi maktabgacha yoshdan o‘smirlik yoshi tomon kamayib borishi kuzatiladi. Olim ijtimoiylashuv va mustaqil fikrlashga moyillikni ushbu

jarayonning psixologik mexanizmi sifatida e’tirof etadi. K.Q.Ma- medov psixik rivojlanishi sustlashgan bolalar tafakkuriga xos xu-

1                    Поливанова К. H. Психология возрастных кризисов.

2                    Бекниязова Л. Б. Психологические особенности адаптации у младших подростков (на примере переходного периода учащихся от начальной к

средней школе): Дис. ... канд. психол. наук. — Т.: НУУз, 2003. - 159 с. 3 Mamedov K.Q. Maktabgacha yoshdagi bolalar va o ’quvchilaming aqliy rivojlanish xususiyatlari: Psixol. fan. dokt. ... dis. - Т.: O ’zM U , 2004. — 47 b.

susiyatlar so‘z-mantiq tafakkur turining ko‘rgazmali-obrazli ta- fakkur ko‘rinishidan ortda qolishi, intellekt ko‘rsatkichlarining nihoyatda notekisligi bilan tavsiflaydi, ammo bu notekislik yosh ulg‘ayishi bilan kamayib borishini ta’kidlab o‘tadi.

Sh.T.Xalikova ko‘zi to‘liq ojiz, zaif ko‘ruvchi va ko‘rish anali- zatori sog‘lom bo‘lgan o‘quvchilar fikr yuritish jarayonini o‘zaro taqqoslab, ular bir-biriga umumiy xususiyatlari bilan ancha yaqin boisa-da, lekin o‘zlarining shaxsiy xususiyatlari bilan farqlana- di, — deb ta’kidlaydi1. Uning fikricha, ko‘rish nuqsonining qay darajada chuqurligi ko‘zi ojiz subyektlarning taqqoslash jarayoni sifatiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Sh.T.Xalikova o‘z ilmiy izlanish- lari natijasida ko‘rish nuqsoniga ega bo‘lgan kontingentlar tafak- kuri umumiy, normal rivojlanish qonuniyatlariga bo‘ysunishini, ammo bu jarayonda o‘ziga xos qonuniyatlar ham mavjud bo‘lib, ular o‘quvchi imkoniyati, iste’dodi, izlanuvchanligi, tezkorli-

gi, topqirligi kabi xususiyatlarga va shaxsiy tipologik farqlarga bog‘liqligini ta’kidlaydi. Shuningdek, muallif ko‘zi ojiz 0‘quvchi- lar tafakkuri rivojlanishi aksariyat hollarda milliy xususiyatlar bilan ham bog‘liqligini e’tirof etadi.

Aqliy normal va ruhiy rivojlanishi sustlashgan o‘quvchilarni o‘zaro solishtirar ekan, Sh.R.Samarova fikrlash jarayonlari (idroki, mantiqiy xotirasi, ko‘rgazmali, obrazli, fazoviy, vizual tafakkur turlari hamda operatsiyalari) rivojlanishi, diqqat xususiyatlari, anglangan, ixtiyoriylik darajalari negizida o‘ziga xos qonuniyatlar, ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar yotishini asoslab beradi2. Tadqiqotchining fikricha, aqlan normal, ruhiy rivojlanishi sustlashgan boshlang‘ich (2 va 4) sinf o‘quvchilarida fikrlash jarayonlari, yuksak funksional tizim tarkibi (ixtiyoriy diqqat) umumiy

1                    Xalikova SH.T. Ko’rishda nuqsoni bo’lgan o ’quvchilar tafakkuri rivojlanishining o ’ziga xos xususiyatlari (II va IV sinflar misolida): Psixol. fan. nomz. ... dis. —

Т., O’zM U , 2005. - 153 b.

2                    Samarova Sh.R. Boshlang’ich sinf o ’quvchilari fikrlash jarayonlarining diagnostikasi va dinamikasi (2-4-sinf o ’quvchilari misolida): Psixol. fan. nomz.

... dis. - Т .,O ’zM U , 2007. - 157 b.

319

xususiyatlari bilan birga maxsus o‘ziga xoslikka ega bolganli- gi tufayli kognitiv tizim diagnostikasi, harakatlantiruvchi mexa- nizmlari, uzviyligi, uzluksizligi o‘zaro bir-biridan tafovutlanadi. Sh.R.Samarova boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fikrlash jarayon- lari, diqqatning nazorat funksiyasi diagnostikasi va dinamikasida

jinsiy (gender) farqlar mavjudligi, ular o‘ziga xos davriy qonuniyat- larning hosilasi sifatida gavdalanishini e’tirof etadi.

Shunday qilib, kichik maktab yoshi 7—11 yoshli bolarlarni o‘z ichiga oladi. Bu davrda o‘qish yetakchi faoliyatga aylanadi, o‘qituvchining so‘zi bola uchun senzitiv hisoblanadi. Intellektual refleksiya bu davrda paydo bo‘lgan yangi psixologik tuzilmadir.

Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari:

1.       Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning o‘ziga xos psi­xologik xususiyatlari.

2.       Maktabga ijtimoiy-psixologik moslashuv yo‘llari qanday?

3.       Bolalar intellektual rivojlanishida kichik maktab davrining ahamiyati.

4.       0 ‘quv jarayoni davomida yuzaga keladigan muammolar.

5.       Kichik maktab davridagi bolalar shaxsi rivojida yuzaga ke­ladigan yangilanishlar.

Mavzuni mustahkamlash uchun test savollari:

1. Kichik maktab yoshi davri necha yoshlarni o‘z ichiga oladi?

a)    6—7 yosh;

b)    9—10 yosh;

c)    6—10 yosh;

*d) 7—11 yosh.

2. Kichik maktab yoshida yuzaga keladigan yangi psixologik tuzilma nimalardan iborat?

a)    erkinlik, ish-harakat va fikrlarning ichki rejasi;

b)    erkinlik, refleksiya va katta bo‘lganligini his etish;

*c) intellektual refleksiya;

d) tashabbuskorlik, tez xafa bo‘lish.

320




XVI BOB. 0 ‘SMIRLIK DAVRI

Reja:

1.    0 ‘smirlik yoshida rivojlanishning ijtimoiy shart-sharoitlari.

2.    0 ‘smirlik davrida yetakchi faoliyat.

3.    0 ‘smir psixikasi va xulq-atvorining o‘ziga xos xususiyatlari.

4.    Kattalar bilan muloqotning xususiyatlari.

5.    0 ‘smirlik davrida psixologik yangilik.

6 .Shaxs rivojlanishi va o‘spirinlik davriga o‘tishdagi inqiroz.

Mavzu o‘quv maqsadi:

Tarbiyaviy: 0 ‘smirlik davrida o‘z-o‘ziga baho berish tizimi- ning rivojlanish xususiyatlari, ularning ong va dunyoqarashining

shakllanishini tushuntirish orqali talabalarni o‘z-o‘zini anglash- ga, tahlil qilishga, tarbiyalashga o‘rgatish.

Rivojlantiruvchi: Talabalarning o‘smirlik yoshdagi bolalarning yosh va psixologik xususiyatlari ni inobatga olgan holda ular bilan ishlash, muammoli vaziyatlarni yechish ko‘nikma-malakala- rini rivojlantirish.

Tayanch tushunchalar: o‘smir, yetakchi faoliyat, muloqot, psixologik yangilik, o‘z-o‘ziga baho berish, jinsiy yetilish jarayoni, o‘spirinlik davriga o‘tishdagi inqiroz.

16.1. 0 ‘smirlik yoshida rivojlanishning ijtimoiy shart-sharoitlari

0 ‘smirlik 10—11 yoshlardan 14—15 yoshlargacha bo‘lgan davrni tashkil etadi. Hozirgi o‘smirlar o‘tmishdoshlariga nisbatan jismoniy, aqliy va siyosiy jihatdan birmuncha ustunlikka ega. Ularda jinsiy yetilish, ijtimoiylashuv jarayoni, psixik o‘sish oldinroq namoyon bo‘lmoqda. Aksariyat o‘quvchilarda 0‘smirlik yoshiga o‘tish, asosan, 5-sinflardan boshlanadi. «Endi o‘smir bola emas, biroq katta ham emas» ayni shu ta’rif o‘smirlik davrining muhim xarakterini bildiradi. 0 ‘smirlik — bolalikdan katta- likka o‘tish davri bo‘lib, fiziologik va psixologik jihatdan o‘ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda bolalarning jismoniy va psixik taraqqiyoti juda tezlashadi, hayotdagi turli nar-


salarga qiziqishi, yangilikka intilishi ortadi, xarakteri shakllanadi, ma’naviy dunyosi boyiydi, ziddiyatlar avj oladi. 0 ‘smirlik ba- log‘atga yetish davri bo‘lib, yangi hislar, sezgilar va jinsiy hayotga taalluqli chigal masalalarning paydo bo‘lishi bilan ham xarak- terlanadi. Bu yoshda o‘smir rivojida keskin o‘zgarishlar ro‘y bera boshlaydi. Bu o‘zgarishlar fiziologik hamda psixologik o‘zgarish- lardir. Bo‘yga o‘sish bir tekis bormaydi: qiz-bolalar 5—7 sm o‘ssa- lar, o‘g‘il bolalar 5—10 sm o‘sadilar. Bo‘yiga qarab o‘sish paysimon ilk suyaklarning uzunlashishi va umurtqa qismining kattalashishi hisobiga ro‘y beradi.

Og‘iz bo‘shlig‘i va halqumdagi o‘zgarishlar oqibatida tovush tembri ham o‘zgaradi. Bu o‘g‘il bolalarda qiz bolalarga nisbatan ko‘proq darajada sodir bo‘ladi. 0 ‘g‘il bolalarning tovushi vaz- minroq bo‘lib qoladi, do‘rillaydi.

Garchi bu davrda mushaklar tez sur’at bilan o‘ssa ham, mustahkamlashsa ham, lekin baribir oyoq va qo‘l suyaklarining o‘sish sur’ati orqada qoladi. 0 ‘smirlarda bu xususiyat ularning

beso‘naqay xatti-harakatlarida, yurish-turishlaridagi qo‘pollikka, katta-katta odim tashlashlariga sabab bo‘ladi.

Fiziologik o‘zgarish jinsiy yetilishning boshlanishi va bu bilan bog‘liq ravishda tanadagi barcha a’zolarning mukammal rivoj- lanishi va o‘sishi, hujayra va organizm tuzilmalarining qaytadan shakllana boshlashida namoyon bo‘ladi. Organizmdagi o‘zga- rishlar bevosita o‘smir endokrin sistemasining o‘zgarishlari bilan

bog‘liqdir. Bu davrda ichki sekretsiya bezlaridan biri gipofiz bezi- ning funksiyasi faollashadi. Uning faoliyati organizm to‘qimalari- ning o‘sishi va muhim ichki sekretsiya bezlarining (qalqonsimon

bez, buyrak usti bezi va jinsiy bezlar) ishlashini kuchaytiradi. Natijada bo‘y o‘sishi tezlashadi, jinsiy balog‘atga yetish (jinsiy or- ganlarning rivojlanishi, ikkilamchi jinsiy bezlarning paydo bo‘li- shi) amalga oshadi. Ko‘krak qafasi ham gavdaning bo‘y o‘sishiga nisbatan sekin rivojlanadi. Buning natijasida ayrim o‘smirlarning

yelkasi, ko‘kragi tor bo‘lib qoladi, bu esa o‘z navbatida kislo- rod yetishmasligiga, nafas qisishiga olib keladi. Kislorod yetishmasligi natijasida ruhiy faoliyatga putur yetadi. Bu davrda yurak kengayishi bilan qon tomirlari ham yo‘g‘onlashadi. Qon aylanish sistemasining qayta qurilishi, vegetativ nerv sistemasidagi barqa- rorlik qon aylanishini buzadi va o‘smirda ba’zi qon bosimining ortishi ro‘y beradi.

Bu davrda ayniqsa jinsiy bezlar faoliyati kuchayadi. 0 ‘smirda ro‘y beradigan biologik-jismoniy o‘zgarish natijasida uning psixik dunyosida tub burilish nuqtasi vujudga keladi. 0 ‘smirlik yoshida ularning xulq-atvoriga xos bo‘lgan alohida xususiyatlarni jinsiy yetilishning boshlanishi bilan izohlab bo‘lmaydi. Jinsiy yetilish o‘smir xulq-atvoriga asosiy biologik omil sifatida ta’sir ko‘rsatib, bu ta’sir bevosita emas, balki ko‘proq bilvositadir.

0 ‘smirlar o‘zlarini kattalardek tutishga harakat qiladilar. Ular o‘zlarining layoqat, qobiliyat va imkoniyatlarini ma’lum darajada o‘rtoqlari va o‘qituvchilariga ko‘rsatishga intiladilar. Bu holatni oddiy kuzatish yo‘li bilan ham osongina ko‘rish mumkin. 0 ‘smir- lik davri «o‘tish davri», «krizis davr», «qiyin davr» kabi nom- larni olgan psixologik ko‘rinishlari bilan xarakterlanadi. Chunki, bu yoshdagi o‘smirlarning xatti-harakatida muqobil, yangi sha- roitlarda o‘z o‘rnini topa olmaganligidan psixik portlash hollari ham kuzatiladi. 0 ‘z davrida L.S.Vigotskiy bunday holatni «psi­

xik rivojlanishdagi inqiroz» deb nomlagan. Kichik maktab davri- dan so‘ng bola alohida olingan shaxs sifatida o‘z-o‘ziga muno- sabatini shakllantirish jarayonida asosan ikki bosqichni boshidan kechiradi. Bu bosqichlar o‘smirlik yoshini ikki xil davrga — kichik o‘smirlik davri va katta o‘smirlik davrlariga to‘g‘ri keladi. Birinchi bosqichda o‘smir o‘zini «bola»lardan ajratib, endi o‘zini kattalar olamiga mansubligini ta’kidlamoqchidek bo‘ladi. Kattalar hayotiga kirishga qiziqish o‘smirlarning asosiy xarakteristika- lari hisoblanadi.

Bu davr uchun kattalarning xatti-harakatlariga taqlid qilish va o‘zining mana shu yarashmagan qiliqlariga tanqidiy baho bera olmaslik, uning katta yoshli kishilarga yaqin bolishi, yordam berayotgan bir guruh tengdoshlari bilan ortiq darajada bog‘liq bo‘lib qolishi va shu singari holatlar xarakterlidir. Ikkinchi bos- qichda o‘smir endi o‘zining yosh bola emasligiga shubha qilmay- di va o‘zligini aniq anglay boshlaydi, o‘z shaxsini uluglab, o‘ziga xos harakatlar qila boshlaydi. 0 ‘smirlarni o‘z shaxslari haqidagi fikrlar ko‘proq qiziqtiradi, ular o‘zlarini bilishga, maqsadli rivoj- lantirishga, tarbiyalashga harakat qiladilar.

0 ‘smirlik davrida ichki erkinlikning o‘sishida, o‘z-o‘zini anglash layoqatlarida, mustaqil xatti-harakatlarida katta sifat o‘zgarishlari yuz beradi. Bunday o‘zgarishlaming yuzaga kelishi- da irodaning ham ahamiyati katta. Iroda oliy psixik funksiya si- fatida o‘smirning erkin harakat qilish quroli, shuningdek, shax- si rivojining magistral chizig‘i bo‘lib hisoblanadi. Bu davrga kelib uning harakatlari o‘zi bilan o‘rtoq bo‘lgan bir guruh tengdosh- lariga bog‘liq bo‘lmay qoladi. 0 ‘rtoqlari o‘smirga o‘zi to‘g‘risida- gi noto‘g‘ri tasavvurlardan qaytib, jiddiy o‘ylab ko‘rishga uni maj- bur qilmoqchi bo‘lganlarida ham u bemalol rad javobini berishi va o‘z fikrida qat’iy turib himoya qilishi mumkin. Bu davrda o‘zga kishilarning ichki dunyosiga ortiqcha qiziqish bilan qarash va o‘z xatti-harakatlarini o‘zi tahlil qilish, o‘z-o‘zini tarbiyalashning ele- mentlarini yuzaga kelishi mana shu ikkinchi bosqichdagi o‘smir- lar hayotiga xos xususiyatlardir. 0 ‘smirlik davriga ko‘pincha so‘zga kirmaslik, o‘jarlik, tajanglik, o‘z kamchiliklarini tan olmaslik, urushqoqlik kabi salbiy xususiyatlar xosdir. 0 ‘smirlar hayotda, ekranda va kitoblarda kattalarning mustaqilligini va erkinligini, ularning katta va qiziqarli ishlarini, dadil harakatlarini, qahra- monliklarini, atrofdagilar orasidagi obroiarini ko‘radilar hamda havas qiladilar. 0 ‘smirda katta yoshli odam bo‘lishga yoki hech bo‘lmaganda katta yoshli odam bo‘lib ko‘rinishga qiziqish, intilish paydo boladi va bu xohishni amalga oshirish unga osondek bo‘lib ko‘rinadi. 0 ‘smirlarning ehtiyojlari va imkoniyatlarining o‘zaro mos kelmasligi o‘smirlar bilan ota-onalari, o‘qituvchilari va bosh- qa murabbiylari o‘rtasida qarama-qarshilikni keltirib chiqaradi.

0 ‘smir o‘zining juda ko‘p istaklari, «xohlayman»larini amalga oshirishga intiladi: katta yoshli odamlar ega boigan hamma narsalardan foydalanishga, erkin, mustaqil va ozod bo‘lish-

ga intiladi. Tevarak-atrofdagi odamlarga o‘zining ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatish uchun u kuchli, qo‘rqmas va epchil bo‘lishga intiladi. Tarbiyachilar ham o‘z tarbiyalanuvchilari xuddi shunday

boMishlarini istaydilar, ammo ular ana shu fazilatlarning faqat

«kerakligi» uchun shunday boiishini istaydilar. Ana shunday «xohlayman» va «кегак» o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar ba’zan oilada, maktabda keskin ziddiyatli vaziyatlarni yuzaga keltira- di. Tarbiyalangan odamda «xohlayman» faqat «kerak»ni bajarish orqaligina amalga oshiriladi. Agar o‘smir bola tushunishga o‘rgatilmagan bo‘lsa va «кегак» bo‘lgan narsani bajarishga odat- lanmagan bo‘lsa, u o‘zboshimchaligini namoyon qilish orqali tarbiyachilarning talablariga qarshilik qiladi hamda o‘zining shaxsiy asoslanilmagan xohishlari asosida ish tutadi. 0 ‘smirning yangi huquqlarga da’vosi, avvalo, kattalar bilan o‘zaro muno- sabatlarning butun muhitiga oid bo‘ladi. 0 ‘smir avval bajonidil bajaradigan talablarga endi qarshilik ko‘rsata boshlaydi: uning mustaqilligini cheklashganda, vasiylik qilishganda, yo‘naltirish- ganda, nazorat qilishganda, quloq solishni talab qilishganda, ja- zolashganda, uning qiziqishlari, munosabatlari va fikrlari bilan hisoblashishmaganda u juda xafa bo‘ladi va norozilik bildiradi. 0 ‘smirda o‘z qadrini bilish hissi paydo bo‘ladi va u o‘zini kam- sitish, mustaqillik huquqidan mahrum qilish mumkin bo‘lmagan inson, deb biladi. Bolalikdagi kattalar bilan bo‘lgan munosabat haqidagi fikrlari o‘zgaradi va uning o‘z kattaligi darajasi haqidagi tasavvurlari bilan mos kelmay qoladi. U kattalar huquqini chek- laydi, o‘zinikini esa kengaytiradi. Kattalarning o‘z shaxsi va in- soniylik qadrini hurmat qilishlarini xohlaydi, ishonch va mustaqillik namoyon etishga da’vo qiladi, ya’ni kattalar bilan ma’lum teng huquqlilikka va ularning shu narsani tan olishlariga eri- shishga harakat qiladi.

0 ‘smirlik davriga kimningdir xatti-harakatini imitatsiya qilish xosdir. Ko‘pincha ular o‘zlariga tanish va yoqadigan kattalarning xatti-harakatlariga imitatsiya, taqlid qiladilar.

Ofcsmirlar bu davrda chekish hamda spirtli ichimliklarga qiziqib qolishlari ham mumkin. 0 ‘smir katta odam, shuningdek, che- kuvchi, ichuvchi singari yangi rollarda o‘zini noqulay his qiladi. Psixik rivoji jihatidan bolalarga yaqin, lekin ehtiyojlari jihatidan kattalarga yaqin bo‘lgan o‘smirda juda ko‘p noqulay va tashvishga tushuvchi holatlar bo‘ladi va ular o‘smirda krizisni yuzaga kelti- rib chiqaradi. Bu krizis o‘smirning ma’naviy o‘sishi, shuningdek, psixikasidagi o‘zgarishlar bilan ham bog‘liqdir. Bu davrda bolaning ijtimoiy mavqei o‘zgaradi, o‘zining yaqinlari, do‘stlari, tengdoshlari bilan yangi munosabatlar yuzaga keladi. Lekin eng katta o‘zgarish uning ichki dunyosida yuzaga keladi. Ko‘pgina o‘smir- larda o‘zidan qoniqmaslik holati kuzatiladi. Shuningdek, o‘zi ha- qidagi mavjud fikrlarining bugun unda sodir bo‘layotgan o‘zga- rishlarga to‘g‘ri kelmayotganligi o‘smirning asabiylashishiga olib keladi. Bu esa o‘smirda o‘zi haqida salbiy fikr va qo‘rquvni yuza­

ga keltirishi mumkin. Ba’zi o‘smirlarni nima uchun atrofdagilar, kattalar, shuningdek, ota-onasiga qarshi chiqayotganligini anglay olmayotganligi tashvishga soladi. Bu holat ularni ichdan asabiy- lashishlariga sabab boladi va o‘smirlik davri inqirozi yuzaga keladi. Krizis boladagi mavjud tushkunlik, yolg‘izlikka intilish, passivlik yoki aksi, o‘jarlik, qaysarlik, agressivlik, hayotga salbiy munosabatlarning kechishida namoyon bo‘ladi. Bunday paytlarda u o‘zi singari katta fiziologik, psixologik o‘zgarishlar kechayotgan o‘rtog‘i bilan muloqot qilishga katta ehtiyoj sezadi. Do‘sti o‘smir- ga ijobiy ta’sir qiladimi yoki uni yo‘ldan urib, yomon ta’sir qiladi- mi — bu narsa uning axloqiy qiyofasi bilan bog‘liq.

0 ‘rtoqlarining ta’siri ostida o‘smir o‘zining ehtiyojlari va is- taklarini qondirishi mumkin. Agarda bundan qanoatlanish unga katta mamnunlik bag‘ishlasa, bunday hollarda uning ba’zi bir harakat yoki qiliqlarga nisbatan bo‘lgan tasodifiy qiziqish- lari dastavval ishtiyoqqa, undan keyin ehtiros yoki odatga aylani- shi mumkin. Ana shunday yo‘l bilan o‘quvchilarda, masalan, matematikaga, fizika yoki ximiyaga, duradgorlik, slesarlik yoki qandaydir boshqa bir ishlarga nisbatan ishtiyoq yuzaga keladi,


ammo o‘quvchilar xuddi shunday yo‘l bilan yolg‘onchilikka, be- zorilikka va boshqa axloqsiz xatti-harakatlarga ham o‘rganib qo- lishlari mumkin.

0 ‘smirlik davridagi barcha nomunosib harakatlar bir on- da o‘tib ketadigan xohishlarning ko‘pligidan va kelib chiqadigan oqibatni nihoyatda yuza tarzda ko‘ra bilishlikdan kelib chiqadi. Deyarli barcha zararli xohishlar oldin zararsiz va yengillik bilan amalga oshiriladigandek bo‘lib ko‘rinadigan ko‘ngil ochish tar- zidagi ishlardan boshlanadi. Biroq, aslida esa bu ishlarni amalga oshirishga o‘smirlarning imkoniyatlari yetmaydi. Bunga shaxs taraqqiyotining tabiiy ehtiyojlari ta’sir qiladi. Agarda o‘smir bolalar faqat bajara oladigan ishlarni qilganlarida edi, ular o‘zlarining psixik xususiyatlarini rivojlantira olmagan bo‘lar edilar. 0 ‘smirlar, o‘zlarining turli xil xohishlarini bevosita qondirishdan bo‘lak narsani ko‘ra olmaydilar va bunday xohishlar xatarli oqibatlar- ga tomon yo‘llaganda o‘zlarini vaqtida to‘xtatib qola olmasliklari ham mumkin. 0 ‘quvchilarni o‘z xatti-harakatlarining oqibatla- rini oldindan ko‘ra bilishga va o‘zlarini tuta bilishga o‘rgatish tar-

biyachilarning asosiy vazifasidir.

0 ‘smirlar haddan tashqari g‘ayratli va besaramjon bo‘ladilar, ular uchun bekorchilik juda og‘irdir, bir xil tarzdagi ishlardan tezda toliqadilar, bir xildagi ish bilan qiziqmay qo‘yadilar, bu esa ularning ta’lim jarayonlari muvaffaqiyatiga kuchli ta’sir qiladi. Binobarin, o‘smirlarga muvaffaqiyatli ta’lim va tarbiya berishda ularni turli faoliyatlarga qiziqtirish va turli xil foydali mashg‘ulot- larga jalb qilish hamda qiyinroq, lekin kuchlari yetadigan ishlar bilan shug‘ullantirish nihoyatda muhimdir.

«0‘smirlik yoshining mohiyati shundan iboratki, o‘smir birmuncha faolroq ijtimoiy muhitga yetilgan bo‘lib, bolalik chog‘ida vujudga kelgan eski munosabatlarni buzib, ana shu muhit uchun kurasha boshlaydi». Har bir o‘smir muvaffaqiyatli ishlar bilan te- varak-atrofdagi odamlar o‘rtasida o‘z shaxsini tasdiqlashga intiladi.

Kattalar o‘smirlarning foydali jamoa ishlarida muvaffaqi- yatga erishishlarida yordam berishlari va bu bilan ularning o‘z

328


qadr-qimmatlarini namoyon qilishlariga imkon berishlari lozim. Aks holda ular boshqalarning oldida o‘zlarini yuqori qo‘yishlari, bepisandlik qilishlari mumkin. Buni ular o‘zlarining qadr-qim- matlari tan olinmaganligi yoki kamsitilganligiga qarshi chiqib,

salbiy ishlar va xatti-harakatlar orqali amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.

0 ‘smirlar nihoyatda taqlidchan bo‘lib, ularda hali aniq bir fikr, dunyoqarash shakllanmagan bo‘ladi. Ular tashqi ta’sirlarga va hissiyotlarga juda beriluvchan bo‘ladilar. Shuningdek, ularga mardlik, jasurlik, tantiqlik ham xosdir. Tashqi ta’sirlarga beriluv- chanlik o‘smirda shaxsiy fikrni yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi, lekin bu shaxsiy fikr aksariyat hollarda asoslanmagan bo‘ladi. Shuning uchun ham ular ota-onalarning, atrofdagi kattalarning, ustozlarning to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatishlariga qaramay, o‘z fikrlarini o‘tkazishga harakat qiladilar. 0 ‘smirlarga farosatlilik, tejamkor- lik, ehtiyotkorlik va uzoqni ko‘ra bilishlik kabi psixik xususi- yatlar hali yetishmaydi. Tengdoshlari, shuningdek, sinfdoshlari guruhida o‘smir o‘zining kelishuvchanlik xususiyati bilan namoyon bo‘ladi. 0 ‘smir o‘z guruhiga bog‘liq va qaram bo‘lgani holda shu guruhning umumiy fikriga qo‘shilishiga va uning qarori- ni doimo bajarishga tayyor bo‘ladi. Guruh ko‘pincha o‘smirda «biz» hissining shakllanishiga yordam beradi va uning ichki ho- latini mustahkamlaydi. 0 ‘smir yoshdagi bola uchun do‘st tan- lash juda katta ahamiyatga ega. 0 ‘smirlik davrida do‘stlik juda qadrli hisoblanadi. Do‘stlar doimiy ravishda ruhan, qalban yaqin bo‘lishga ehtiyoj sezadilar. Bu ehtiyoj o‘smir do‘stlarning hol-ah- vol so‘rashishi va ko‘rishishlarida (qoi berib, quchoq ochib ko‘ri- shish) birga o‘tirish va birga yurishga harakat qilishlarida ko‘rina- di. Ko‘pgina ana shunday juda yaqin munosabatlar, o‘smirlarning shaxs bo‘lib shakllanishida, hamkorlikdagi harakatlarining izi inson qalbi va xotirasida bir umrga saqlanib qoladi.

0 ‘smir yoshlarning xulq-atvori va faoliyatlarida ba’zan o‘zlari- ning kuchlari yetmaydigan qarama-qarshiliklar paydo bo‘ladi.

Asosiy qarama-qarshilik juda ko‘p orzu-tilaklarni vujudga kelti-

329

ruvchi, jadal ortib borayotgan jismoniy, ma’naviy va moddiy ehti- yojlar bilan ularni qondirish uchun nihoyatda cheklangan hamda kolp jihatdan yetarli boimagan imkoniyatlari o‘rtasidagi qara- ma-qarshilikdir. CTsmirnmg o‘z kuchiga to‘la ishonmasligi uni butun vositalar bilan shunchaki o‘zini katta kishi bolib qolgan- ligini ta’kidlashga majbur qilibgina qolmay, shu bilan birga bu

tuyg‘uni yetarli baholay olmaslik holatini ham vujudga keltiradi. Bu o‘z navbatida kattalarga qokpol munosabatda boyish va agres- sivlikni hamda ota-onalar bilan o‘qituvchilarning maslahat va ta- lablarini pisand qilmaslik kabi xulq-atvor alomatlarini ham kel-

tirib chiqaradi.

«Oltinchi sinf muammolari»ga bag‘ishlangan tadqiqot ishi- da shu yoshdagi bolalarning xulq-atvor xususiyatlari va turli xil fanlar bo‘yicha o‘zlashtirishning pasayishi bilan bog‘liq boigan muammolarning o‘sib borishi quyidagicha namoyon bo‘lgan: oltinchi sinf o'quvchilari to‘rtinchi sinfga nisbatan 6 marta ko‘proq qaysarlik qilish lari, 10 marta ko‘proq o‘qituvchilarga qarshilik ko‘rsatishlari, 7 marta kolproq boshqalar irodasiga to‘sqinlik qi- lishlari, 9 marta ko‘proq boshqalar kamchiliklariga e’tibor be- rishlari, 5 marta ko‘proq faqat o‘z xohish-istaklariga bokysunish- lari va nihoyat 42 marta ko‘proq o‘z xatti-harakatlari motivlariga ega bo‘lmasliklari aniqlangan (Krakovskiy A.P. 1970).

16.2. 0 ‘smirlik davrida yetakchi faoliyat

330

0 ‘smirlik davrida yetakchi faoliyat shaxsiy intim muloqotdir. 0 ‘smirlik davrida yetakchi faoliyat — bu o‘qish, muloqot hamda mehnat faoliyatidir. 0 ‘smirlik davri muloqotining asosiy va- zifasi — bu do‘stlik, o‘rtoqlikdagi elementar normalarini aniqlash va egallashdir. 0 ‘smirlar muloqotining asosiy xususiyati shundan iboratki, u to‘la o‘rtoqlik kodeksiga bo‘ysunadi. 0 ‘smirlarni o‘z tengdoshlari bilan muloqotda bo‘lishi g‘oyat katta ahamiyatga egadir. 0 ‘smirlar do‘stlik, o‘rtoqlik va o‘zaro yordamlashuv- ni hamma narsadan yuqori qo‘yadilar: ana shunday o‘zaro munosabatlar, o‘spirinlik yillarida ham davom eta beradi. Bunda

o‘smirlar va ilk yoshdagi o‘spirin o‘quvchilarniig xulq-atvorlari- ga do‘stlari ota-onalar va pedagoglarga nisbatan bir necha marta kuchliroq ta’sir etadilar. Buni shu bilan tushuntirish mumkinki, o‘smir bolaning yetilmaganligi va tajribasizligi uni tevarak-atrof- dagi kimsalardan madad axtarishga majbur qiladi. 0 ‘smir bolaga uning istaklarini tushunadigan va ularni amalga oshirishga yor- dam beradigan do‘st kerak. 0 ‘smirning do‘stlari bilan muloqoti ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Tengdosh bolalar bilan prin-

sipial tenglik holatidagi munosabatlar muhitiga nisbatan o‘smirda alohida qiziqish bo‘ladi. Bu hoi o‘smirda yuzaga keladigan shaxsiy kattalik hissining etik mazmuniga mos keladi. Kattalar bilan muloqotda boiish tengdoshlari bilan bo‘lgan muloqotning o‘rnini bosa olmaydi.

0 ‘smir uchun tengdoshlari bilan bo‘lgan muloqot u mustaqil harakat qiladigan o‘zining shaxsiy munosabatlari muhitiga ajraladi. U bunga haqqim bor, deb o‘ylaydi, o‘z huquqlarini himoya qiladi va aynan shuning uchun ham o‘rtoqlari bilan bo‘lgan munosabatga kattalarning o‘rinsiz, qo‘pol aralashuvi o‘smirning

xafagarchiligiga va noroziligiga olib keladi.

0 ‘smirda tengdoshlar bilan muloqot qilish va hamkorlikda- gi faoliyatga intilish yaqqol namoyon boiadi. Jamoa hayoti bilan yashash, yaqin o‘rtoqlar, do‘stga ega bo‘lish xohishi — do‘stlar tomonidan qabul qilingan, tan olingan, hurmat qilingan bo‘lishdek kuchli xohishdir. Bu o‘smirning muhim talabiga aylanib boradi.

331

0 ‘smir uchun eng yoqimsiz vaziyat — jamoa va o‘rtoqlarining noroziligi, muloqot qilishni istamaslik, eng og‘ir jazo esa — ochiq yoki nooshkor aloqa uzish, gaplashmaslikdir.

0 ‘smirlar do‘stlik kodeksining muhim me’yorlari — sha’nini hurmat qilish, tenglik, sodiqlik, do‘stga yordam, to‘g‘riso‘zlik.

Do‘stlik m e ’yorlarin i egallash bolaning o‘smirlikdagi muhim yutug‘idir.

Agarda u bunday do‘stni qarindoshlari va pedagoglari orasidan topa olmasa, unday paytda u o‘z qiziqishlari va intilishlarini qo‘llab-quvvatlaydigan hamda undagi kamchiliklarni nimalar bi- landir to‘ldira oladigan odamni begona katta kishilar yoki o‘z tengqurlari orasidan albatta topadi.

0 ‘z tengdoshlari bilan tenglik asosida qilingan munosabat asosida o‘smir alohida bir ijtimoiy munosabatlar maktabini o‘taydi. 0 ‘zaro qiziqishlar, atrof dunyoni, bir-birlarini o‘zligini anglashlari va tushunishlari ular uchun juda qimmatlidir. 0 ‘smirlar uchun uy vazifalari, uy ishlari bo‘yicha majburiyatlarni bajarishga qaragan- da tengdoshlari bilan muloqot qilish muhimroqdir. 0 ‘z sirlarini bola endi ota-onasiga emas, balki tengdoshiga ko‘proq ishonadi. 0 ‘z tengdoshlari bilan muloqot va munosabat jarayonida o‘z shax- sini erkinlik bilan to‘la namoyon eta oladi. Shaxsiy erkinlikni u katta bo‘lish huquqi deb anglaydi. 0 ‘smirning o‘z tengdoshlari bilan muloqotda bolishi g‘oyat katta ahamiyatga ega ekanligini yax­

shi bilgan tajribali o‘qituvchilar sinfda ham o‘quvchilarning ayrim kichik-kichik guruhlari orasida ijobiy ijtimoiy fikrni shakllanti- rishga katta e’tibor beradilar, o‘smirlarga ularning yaqin do‘stlari orqali ta’sir ko‘rsatishga harakat qiladilar. Ayrim o‘quvchilarning (ayniqsa o‘qishda o‘rqada qoladigan va «tarbiyasi qiyin» bo‘lgan o‘quvchilarning) sinf jamoasidagi shaxslararo munosabatlar tizi- midan «tushib qolishlariga» yo‘l qo‘ymaydilar.

0 ‘rtoqlarining ta’siri ostida o‘smir o‘zining ehtiyojlari va is- taklarini qondirishi mumkin. Agarda bundan qanoatlanish un- ga katta mamnunlik bag‘ishlasa, bunday hollarda uning ba’zi bir harakat yoki qiliqlarga nisbatan bo‘lgan tasodifiy qiziqish-

332


lari dastavval ishtiyoqqa, undan keyin ehtiros yoki odatga ayla- nishi mumkin. Ana shunday yo‘l bilan o‘quvchilarda, masalan, matematikaga, fizika yoki ximiyaga, duradgorlik, slesarlik yoki qandaydir boshqa bir ishlarga nisbatan ishtiyoq yuzaga keladi, ammo o‘quvchilar xuddi shunday yo‘l bilan yolg‘onchilikka, be- zorilikka va boshqa axloqsiz xatti-harakatlarga ham o‘rganib qo- lishlari mumkin.

16.3. 0 ‘smir psixikasi va xulq-atvorining o‘ziga xos xususiyatlari

Ijobiy sifatlar, ehtiyojlar va intilishlar har bir yoshda, jumladan, ma’lum darajada yoldan ozgan o‘smirda ham boiadi. 0 ‘smirlar hamma narsani bilishga qiziqadilar. Ko‘pchilik o‘smirlar boshqalardan yomonroq bolishni xohlamaydilar va o‘z muhitida ko‘zga tashlanib turishga hamda boshqalardan nimalar bilandir farq qilishga intiladilar. 0 ‘smirlarning hammasi g‘ay- ratli va faoldirlar, biroq, o‘zlarining kuch-quvvatlarini qayoq- qa yo‘naltirishni hamma vaqt ham bilavermaydilar. Binobarin, ularni bevosita natijalari bilan xursand qiladigan xilma-xil foy- dali va qiziqarli ishlar bilan band qilish kerak. 0 ‘smirlar, garchi hamma vaqt ham bunga tayyor emasliklariga qaramay, mustaqillikka intiladilar. Ammo ko‘pincha mustaqil ish-harakatlar uchun ularning imkoniyatlari bolmaydi. Demak, ularni mustaqil faoliyatga yaxshiroq tayyorlash va ularga mustaqil ishlarni ishonib topshirish hamda muvaffaqiyatli bajarilishini hamma vositalar bilan ta’minlash kerak. 0 ‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, o‘smirlar psixikasida ijobiy tomonlar yetarli darajada mavjuddir. Bu ijobiy tomonlardan foydalanib va ularni rivojlantirish, salbiy ishtiyoq, mayl, ishlar va xatti-harakatlarni yo‘qotish kerak.

Katta o‘smirlar asta-sekinlik bilan bevosita ishlari va xat- ti-harakatlarining natijalarini hamda oqibatlarini oldindan ko‘ra boshlaydilar. Ularda o‘z-o‘zini tuta bilish, matonat paydo boiadi, qarorlari birmuncha qat’iy bola boshlaydi, iroda tarkib topadi. Ular o‘zlarining faoliyatlarida ishtiyoq va istaklardan ko‘ra


ko‘proq sog‘lom fikrga asoslanadigan bo‘ladilar. Ularning ichki kechinmalari va hayajonlari endi irodaviy nazoratga bo‘ysundi- rilgan bo‘ladi. Lekin axloqiy va estetik hislarning taraqqiyoti tu- fayli ichki kechinmalari va hayajonlari yanada kuchliroq bo‘ladi. Kattalarga nisbatan qo‘pol munosabatning paydo bo‘lishi, noxush xulq-atvor alomatlari, o‘smir yashaydigan ijtimoiy shart-sha- roitlar, uning tengdoshlari va turli jamoalardagi mavqei, kattalar bilan munosabati, maktab va oilasidagi munosabatlari sababli yuzaga keladigan xarakter belgilaridir. Mana shu ijtimoiy sharoit- larni o‘zgartirish yoii bilan o‘smirlarning xulq-atvoriga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatish mumkin.

Endi o‘smirlar o‘yin hamda damga kamroq vaqtlarini ajratgan holda ko‘proq jiddiy ishlar bilan shug‘ullana boshlaydilar va ularda bilish jarayonlari jadal rivojlana boshlaydi. Maktab ta’limi o‘smir bilish jarayonlarini rivojlanish yo‘nalishini sifat jihatidan o‘zgarishda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. 0 ‘qish 0‘smirlar hayotida katta o‘rinni egallaydi. Ular uchun mashg‘ulotlar- ning mustaqil shakllari yoqadi. Boshqa davr bolalariga nisbatan o‘smirlarning fanlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishlari, qiziqish- larining ortishi, o‘qituvchining o‘quv materialini tushuntira olish mahoratiga bog‘liq. 0 ‘qish faoliyati asosida o‘smirning o‘z-o‘zini anglash darajasi kengayadi, boshqa odamlar, atrof olam haqida- gi bilimlari chuqurlashadi. Psixik rivojlanishning yangi bosqichi boshlanadi. Bilim o‘rganish ehtiyojlari asosida asta-sekinlik bilan o‘quv fanlariga nisbatan qat’iy ijobiy munosabat shakllanadi. Bu davrda o‘qishning yangi motivlari yuzaga keladi. Bu motivlar o‘smirning, hayotiy rejalari, kelajak kasbi va ideali bilan bog‘liq bolgan holda bilish jarayonlari rivojlanish xarakteriga o‘z ta’siri- ni ko‘rsatadi.

Aynan o‘smirlik davridan boshlab, bolalar hayotiy, ilmiy, ba- diiy bilimlarni kengaytirishga alohida ehtiyoj sezadilar va bunga harakat qiladilar. Bilimli bola tengdoshlari orasida hurmatga sa- zovor bo‘ladi. Bilim o‘smirlarga alohida bir quvonch bag‘ishlaydi va uning tafakkur qilish layoqatini rivojlantiradi.

334


Bilish jarayonlarining rivojlanishida nutq og‘zaki va yozma mavjud bo‘lishi bilan kuchli vosita hisoblanadi. Maktabdagi o‘quv

jarayonlari ning to‘g‘ri tashkil etilishi va amalga oshirilishi bilan o‘smir nutqining to‘g‘ri rivojlanishiga qulay sharoit yaratiladi. Nutqni o‘zlashtirishga harakat bu o‘smirning muomala, bilish va ijodiy faoliyatga kirishiga ehtiyoj va intilish hisoblanadi.

0 ‘smirlik davrida nutqning rivojlanishi bir tomondan so‘z boyligining oshishi hisobiga bo‘lsa, ikkinchi tomondan tabiat va jamiyatdagi narsa, voqea va hodisalarning mazmun-mohiyatini anglashlari hisobiga bo‘ladi. Bu davrda o‘smir til yordamida at- rof-borliqni aks ettirish bilan bir qatorda inson dunyoqarashi- ni ham belgilab berish mumkinligini his qila boshlaydi. Aynan o‘smirlik davridan boshlab, inson nutq bilish jarayonlarining rivoj- lanishini belgilab berishini tushuna boshlaydi. 0 ‘smirni ko‘pin-

cha muomalada so‘zlarni ishlatish qoidalari — «Qanday qilib to‘g‘ri yozish kerak?» «Qanday qilib yaxshiroq aytish mumkin?», «Nima deyish kerak?» kabi savollar juda qiziqtiradi. 0 ‘smirlar maktabdagi o‘qituvchilar, kattalar, ota-onalar nutqidagi kamchi- liklariga, kitob, gazeta, radio va televidenie diktorlari xatolariga tez e’tibor beradilar. Bu holat o‘smirning bir tomondan o‘z nut- qini nazorat etishga o‘rgatsa, ikkinchi tomondan kattalar ham nutq qoidalarini buzishlari mumkinligini bilishlariga va o‘zida mavjud xatoliklarni birmuncha barham toptirishlariga olib keladi.

0 ‘smir so‘zlarning kelib chiqish tarixiga, ularning aniq mazmuni va mohiyatiga juda qiziqadi. U endi o‘z nutqida yosh bola singari emas, balki katta odamlardek so‘zlarni tanlab ishla- tishga harakat qiladi. Nutq madaniyatini egallash borasida o‘smir uchun o‘qituvchi, albatta, namuna bo‘lishi shartdir. Aynan maktab ta’limi o‘smir bilish jarayonlarini rivojlanish yo‘nalishini sifat

jihatidan o‘zgarishida asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Maktabdagi o‘quv jarayonlarining to‘g‘ri tashkil etilishi va amalga oshirilishi bilan o‘smir nutqining to‘g‘ri rivojlanishiga sharoit yaratiladi. Nutqni o‘zlashtirishga harakat bu o‘smirning muomala, bilish va ijodiy faoliyatga kirishishiga ehtiyoj va intilish hisoblanadi.

0 ‘smirlik davrida o‘qish malakalari, yozma va monologik nutq jadal rivojlanadi. 5-sinfdan boshlab to 9-sinfgacha o‘qish to‘g‘ri, tez va ifodali bolish darajasidan, yoddan ifodali, ta’sirli aytib bera olish darajasigacha ko‘tariladi. Monologik nutq esa asarda-

gi kichik bir parchani qayta so‘zlab berishdan, mustaqil ravishda nutq va chiqishlar tayyorlash, og‘zaki — mulohaza yuritish, fikr bildirish va ularni asoslab berishgacha o‘zgaradi. Yozma nutq ham rivojlangan holda o‘smirlar endi ularga berilgan erkin mavzu bo‘yicha mustaqil holda insho yoza oladilar. 0 ‘smirlarning nutqi tola tafakkur bilan bogliq holatida amalga oshiriladi. 5-6-sinf- lardagi o‘quvchilar og‘zaki va yozma matn uchun reja tuzib, unga

amal qila oladilar. 0 ‘zi yozgan fikrni qayta-qayta o‘qib, o‘z nut- qini analiz qilib ko‘rishga majbur qiladi. 0 ‘quvchi yozib bayon qilayotganida, ko‘pincha, bu ishini bir necha marta qayta ko‘rib chiqishga, o‘zgartirishga, toldirishga, qaytadan ishlab chiqishga majbur boiadi.

0 ‘quvchi o‘qituvchining topshiriglga binoan yozma ishlar ba- jarayotganida o‘zining shu ishiga baho berilishini, ammo bu baho ishning faqat mazmuniga qarabgina berilib qolmasdan, balki shu bilan birga, o‘z fikrining «qanday til» bilan bayon qilingani- ga qarab ham baholanishini oldindan bilib turadi. Mana shu hol- larning hammasi bolani o‘z nutqini grammatika va logika ta- lablariga muvofiq keladigan qilib, ongli ravishda tuzishga majbur etadi. Adabiyot darslari bilan shug‘ullanish o‘quvchilar nutqining o‘sishiga ayniqsa katta ta’sir qiladi. 0 ‘quvchilar adabiyot darsla- rida to‘g‘ri tuzilgan nutqning eng yaxshi namunalari bilan tani- shadilar.

Bolalarning yozma nutqni egallashlari ularning nutqini o‘sti- rishda muhim bosqich boiadi. 0 ‘quvchi yozma nutqni to‘g‘ri tushunishni o‘rganib oladi, o‘z fikrlarini yozma nutq holida bayon qilish va boshqalarga tushuntirishni o‘rganadi. Kitob o‘qish va ayniqsa o‘zidagi fikrlarni yozma tarzda ifodalab, bayon qilib berish tilning grammatika tuzilishini egallashda katta ahamiyatga ega. Yozma bayon qilish vaqtida fikrni toliq tushuntirib be-

336

rish zarurligi o‘quvchini o‘zi yozayotganlarining mazmunigagi- na diqqat qaratmasdan, balki qanday qilib yozayotganligiga ham

e’tibor berishga majbur etadi.

Yozma nutqni egallash og‘zaki nutqni va ayniqsa monolog nutqni to‘g‘ri va kengroq qilib tuzishga yordam beradi.

0 ‘quvchi maktabda berilgan topshiriqni tayyorlash vaqtida shu topshiriqni o‘ziga-o‘zi gapirib berishni muttasil mashq qilib turishi o‘quvchi nutqining o‘sishiga katta ta’sir qiladi. 0 ‘quvchi darslarni tayyorlayotgan vaqtda shu darslarni kitobdan o‘qibgina qolmasdan, balki, odatda, u kitobdan o‘qigan narsalarini kitobni yopib qo‘yib, o‘z-o‘ziga yoki yonidagi sherigiga so‘zlab ham beradi. Bunday hollarda o‘quvchi o‘zi tayyorlayotgan darsni gram- matika qoidalariga to‘g‘ri rioya qilgan holda ayniqsa, tushunarli qilib og‘zaki gapirib berishga intiladi. 0 ‘qituvchi o‘quvchining ni- malarni bilganligi va bilganlarini qanday gapirib berishi bilangina kifoya qilmasdan, balki, shu bilan birga, shu bilgan narsasini qanday qilib va qay tariqa gapirib berayotganiga ham e’tibor be- rishini o‘quvchi yaxshi tushunadi.

0 ‘quvchi ovoz chiqarib, aynan yoki o‘z so‘zlari bilan takror- lash yo‘li bilan o‘zining artikulatsiya apparatini mashq qildiradi, o‘z nutqining qay darajada to‘g‘riligini nazorat qiladi, shu bilan birga o‘zi o‘zlashtirgan bilimlarning to‘g‘riligini va mustahkam- ligini ham nazorat qiladi.

Albatta, o‘quvchi nutqining o‘sishida o‘qituvchining nutqi katta rol o‘ynaydi, chunki o‘qituvchining nutqi o‘quvchilar uchun namunali nutq hisoblanadi. Shu sababli, har bir 0‘qituv- chi o‘quvchilar nutqini o‘stirishga intilib, o‘zi ham o‘z nutqini takomillashtirish ustida to‘xtovsiz va tinmay intilishi lozim.

Diqqat. Agar kichik maktab davrida ixtiyorsiz diqqat ustun- lik qilsa, o‘smirlik davrida bola o‘z diqqatini o‘zi boshqara oladi. Dars davomida intizomning buzilishi aksariyat hollarda o‘quvchi- lar diqqatsizligidan emas, balki ijtimoiy sabablar bilan belgilanadi. 0 ‘smir o‘z diqqatini to‘la ravishda o‘zi uchun ahamiyatli bo‘lgan va yuqori natijalarga erishishi mumkin bo‘lgan faoliyatlarga qarata oladi. 0 ‘smirning diqqati yaxshi boshqariladigan va nazorat etiladigan darajada rivojlangan bo‘lishi mumkin. Bolaning rivojlanayotgan ixtiyoriy diqqati o‘qituvchi tomonidan doi- mo qo‘llab-quvvatlanishi juda zarurdir. Pedagogik jarayonda ix- tiyorsiz diqqatni ixtiyoriy diqqat darajasiga ko‘tarish uchun bir qancha uslublar ishlab chiqilgan. Shuningdek, o‘smirning dars

jarayonida o‘z tengdoshlari orasida o‘zini ko‘rsatishi uchun sha- roitni yaratilishi ham o‘smirdagi diqqatni ixtiyorsizdan ixtiyoriy-

ga aylanishida zamin bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

0 ‘smirlik davrida juda qattiq charchash holatlari ham boladi. Aynan 13—14 hamda 16 yoshlarda charchash chizig‘i keskin ko‘tariladi. Bunday holatlarda o‘smir atrofdagi narsa va voqealar-

ga to‘liq diqqatini qarata olmaydi.

0 ‘smirlik davrida xotiraning barcha turlari o‘zining sifat ko‘rsatkichlari asosida jadal rivojlanadi. Bu davrda o‘quvchilar- ga beriladigan o‘quv materialining hajmi katta boigani uchun ham uni eslab qolishi yoki bir necha marta takrorlash yo‘li bilan o‘zlashtirish qiyin. 0 ‘smirlik yoshida bolalar o‘qigan va o‘rgan- ganlarini so‘zma-so‘z yodlashdan voz kechib uning ma’nosiga ko‘ra eslab qolishga harakat qiladilar. Ularda faol ravishda man-

tiqiy xotira rivojlanib boradi. Mexanik xotiraning rivoji esa birmuncha sustlashadi. Bu esa ba’zan salbiy holatlarni ham keltirib chiqarishi mumkin. 0 ‘smirlik davriga kelib yangi fanlar, jumladan, o‘quvchilar eslab qolishi zarur bo‘lgan ma’lumotlar miq- dori ko‘payadi. Ammo mexanik xotiraning sustlashuvi ma’lumot- larni eslab qolishda muammolarni keltirib chiqaradi va o‘smirlar tomonidan xotiralari zaiflashuvi haqidagi shikoyatlariga va o‘z- o‘zidan o‘qishga boigan qiziqishlari ning pasayishiga sabab bo‘li- shi mumkin. Buning uchun o‘quvchi o‘quv materialining maz- munini tahlil qilishi, undagi mantiqiy tuzilishni bilishi muhim.

0 ‘smirlik davrida nazariy tafakkur yuqori ahamiyatga ega bo‘la boshlaydi. Chunki bu davrdagi o‘quvchilar atrof-olamda- gi bog‘lanishlar mazmunini yuqori darajada bilishga harakat qiladilar. Bu davrda o‘smirning bilishga bo‘lgan qiziqishida kes-

338


kin rivojlanish sodir boiadi. Ilmiy-nazariy bilimlarning egallab olinishi o‘smir tafakkurining rivojlanishiga olib keladi. Buning ta’sirida isbot, dalillar bilan fikrlash qobiliyati rivojlanadi. Unda deduktiv xulosalar chiqarishga qobiliyati paydo boiadi.

Maktabda o‘qitiladigan fanlar o‘smir uchun o‘z taxminlari- ni yuzaga keltirish yoki tekshirish uchun sharoit boiib xizmat qiladi. J.Piajening ta’kidlashicha, «Ijtimoiy hayot uch narsaning ta’siri — til, mazmun, qoidalar asosida shakllantiriladi». Bu bora- da o‘zlashtirilgan ijtimoiy munosabatlar o‘z-o‘zidan tafakkurning yangi imkoniyatlarini yaratadi.

11—12 yoshdan boshlab o‘smir endi mantiqiy fikrlab harakat qila boshlaydi. 0 ‘smir bu yoshda xuddi kattalar singari keng qamrovli tahlil etishni o‘rgana boshlaydi. 0 ‘smir tafakkurning nazariy darajasiga qanchalik tez ko‘tarila olishi, o‘quv material- larini tez va chuqur egallashi uning intellektini ham rivojlanishini belgilab beradi. 0 ‘smirlik davri yuqori darajadagi intel- lektual faollik bilan farqlanadi. Bu faollik o‘ta qiziquvchanlik hamda atrofdagilarga o‘z layoqatlarini namoyish etish, shuningdek, ularda yuqori baho olish ehtiyojining mavjudligi bilan belgilanadi. 0 ‘smirning kattalarga beradigan savollari mazmun- li, mulohazali va aynan o‘sha masala doirasida boiadi. Bu yosh- dagi bolalar turli farazlarni keltira oladilar, taxminiy fikr yuritib, tadqiqot o‘tkaza oladilar hamda ma’lum bir masala bo‘yicha muqobil variantlarni taqqoslay oladilar. 0 ‘smir tafakkuri ko‘pin- cha umumlashtirishga moyil boiadi. Respublikamizning bozor iqtisodiyoti sharoitiga o‘tishida kishilardagi amaliy tafakkurning ahamiyati oshmoqda. Amaliy tafakkur tizimiga quyidagi aqliy sifatlar kiradi: tadbirkorlik, tejamkorlik, hisob-kitoblik, yuzaga kelgan muammolarni tez yecha olishlik va boshqa shu kabi sifatlar mavjud bolgan taqdirdagina amaliy tafakkurni rivojlangan deb hisoblash mumkin. Bu sifatlarni 1-sinfdanoq rivojlantira borish nihoyatda muhim.

0 ‘smirlik davrida ishbilarmonlik sifatini o‘quvchilarning 0‘z- o‘zini boshqarishini yolga qo‘yishi, umumiy foydali tadbirkorlik ishlarida ishtirok etishi orqali rivojlantirish mumkin. Bu bora- da o‘quvchi ijrochi rolida emas, balki boshqaruvchi, mustaqil yo‘l tanlovchi va tadbirkorlik munosabatlarida o‘zi ishtirokchi bo‘lgan taqdirdagina rivojlanish amalga oshishi mumkin. Bu yoshda tadbirkorlikni rivojlantirishda ko‘proq mustaqillikning berilishi o‘smir amaliy tafakkurining rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 0 ‘smir yoshdagi bolalarda tejamkorlikni rivojlantirish aqlning boshqa sifatlariga nisbatan osonroq kechadi, buni ko‘proq ularni qiziqtiradigan narsalarga mustaqil ravishda hisob-kitob qilib bo- rishga yo‘llash orqali amalga oshirish mumkin, o‘smirlarda yuza­

ga kelgan muammolarni tez va operativ holda yechish malakasini shakllantirish birmuncha qiyinroq kechadi. Albatta, bu bolaning temperamentiga ham bog‘liq. Barcha o‘smirlarni ham tez yollab, tez harakat qilishga o‘rgatish mushkul, lekin ularni biror muam- mo yuzaga kelishi bilan orqaga chekinmay, zudlik bilan muammoni yechishning umumiy qoidalariga o‘rgatib borish mumkin. 0 ‘smirlik davrida intellektning yuqori darajada rivojlangan bo‘li- shi qimmatli va obro‘li hisoblanadi. 0 ‘smir shaxsida va uning bilishga qiziqishidagi o‘zgarishlar o‘zaro bog‘liq bo‘ladi. Ixtiyoriy psixik jarayonlarning rivojlanishi o‘smirdagi shakllanib kelayotgan shaxs mustaqilligiga tayanadi, o‘zining shaxsiy xususiyatlarini anglash va shakllantirish imkoniyatlari esa undagi tafakkurning rivojlanishi bilan belgilanadi.

0 ‘smirlarning ota-onasi, kattalar bilan qiladigan muloqoti xarakteri ularning katta bo‘lganlik hissi asosida tuzilgan bo‘ladi. Kattalar tomonidan qilinadigan o‘smirlarning haq-huquqlari- ni cheklashlariga bildirgan qarshilik va e’tirozlariga o‘zlari ham qattiq qayg‘uradilar. Ular muloqotda kattalarning qo‘llab-quv- vatlashlariga ehtiyoj sezadilar. Birgalikdagi faoliyat o‘smirga kat- talarni yaxshiroq tushunishlari uchun yordam beradi. 0 ‘smir o‘zida bo‘layotgan o‘zgarishlar, uni tashvishga solayotgan muam- molar haqida kattalar bilan boiishishga katta ehtiyoj sezadi, lekin buni hech qachon birinchi bo‘lib o‘zi boshlamaydi. 0 ‘smir o‘ziga nisbatan yosh bolalardek qilinadigan muomala-munosa-

340

batiga qattiq norozilik bildiradi, o‘smirlar muloqoti nihoyatda o‘zgaruvchanligi bilan xarakterlanadi. 0 ‘zini kattalardek his qilish tuyg‘usi bolaning shaxsan o‘ziga bo‘lgan munosabatini muayyan darajada o‘zgartiradi va har qanday ichki munosabat singari bu ham tashqi munosabatlarning ta’siri ostida, mazkur shaxsga nisbatan boshqa odamlarning munosabatlari tashkil topadi. Shuning uchun o‘smir o‘zi haqida atrofdagi kishilar qanday fikrga kelishi to‘g‘risida ko‘p o‘ylaydi hamda buning uchun qulay muhit yaratish yollarini faollik bilan izlaydi. Bu shunday muhit bo‘lmog‘i kerakki, undagi munosabatlar endi o‘smirning katta kishi, mustaqil odam bo‘lib qolganligi yaqqol namoyon bolishi- ni istaydi. Har bir o‘smir bilan muloqotda uning shaxsidagi eng

yaxshi tomonlarni topa bilish, nimaga qobiliyati bor ekanligini aniqlab olish hamda ularga tayangan holda o‘smirning o‘zi- ga boigan ishonchini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash g‘oyat muhimdir. Aks holda tarbiya sohasida katta qiyinchiliklar kelib chiqishi muqarrar. 0 ‘smir o‘ziga yaqin boigan kishilarning ko£z o‘ngida o‘z shaxsining mustaqilligini tasdiqlash, o‘zligini bildirib, o‘z «men»ini anglatish maqsadida u yoki bu darajada- gi o‘z imkoniyatidan tashqari ishlarga qo‘l urishga va shu orqali o‘z shaxsining ta’sirini atrofdagi kishilarga o‘tkazishga harakat qilib ko‘rishga majbur boladi. Basharti, bola o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsatishning ilojini topa olmasa, u holda psixologik ehtiyoj tufayli u salbiy ishlarda o‘zini ko‘rsatishi, o‘z kamchiliklarini oshirib ko‘rsatishi, qilish mumkin bolmagan ishlarni atayin qilishi, ko‘proq 0‘jarlik va qaysarlik qilishi va boshqa salbiy ishlarni qilishi mumkin. Ushbu yoshdagi bolalarning o‘z-o‘zini hurmat qilish tuyg‘usini shakllantirish uning shaxsi rivojida muhim hisoblanadi. Bunda o‘qituvchi bolaning sinf va maktab jamoasi oldidagi obro‘sini ko‘tarish yollarini izlashi, turli sohalardagi yutuqlarini ko‘pchilikka ma’lum qilib, xato va kamchiliklarini yo‘qotishda donolik bilan harakat qilishi uning o‘z kuch va im- koniyatlariga ishonishiga zamin yaratadi. Bu bilan o‘smirda shakllanib kelayotgan «katta kishi» bolib qolish tuyg‘usini hur-

341


mat qilishini bildiradi, o‘qituvchi o‘smirning zarur munosabat- larini yo‘lga qo‘yishida unga zarur kishiga aylanadi.

0 ‘smirda psixik jarayonlarning keskin o‘zgarishi bilan aqliy faoliyatida ham burishlar seziladi. Shuning uchun shaxslararo munosabatda, o‘quvchi bilan o‘qituvchi muloqotida, kattalar bilan o‘smirlarning muomalasida qat’iy o‘zgarishlar jarayonida qi- yinchiliklar paydo bo‘ladi. Bular avvalo ta’lim jarayonida ro‘y beradi: yangi axborot, ma’lumotlarni bayon qilish shakli, uslubi va

usullari o‘smirni qoniqtirmay qo‘yadi.

Odobli, dilkash o‘smir kutilmaganda qaysar, intizomsiz, qo‘pol, serzarda bo‘lib qoladi. 0 ‘smir xulqidagi bunday o‘zgarishlar taj- ribasiz o‘qituvchi va ota-onasini qattiq tashvishga soladi.

Xo‘sh, o‘smirlarning psixik o‘sishini harakatga keltiruvchi kuch nima? 0 ‘smirning psixik o‘sishini harakatga keltiruvchi kuch — uning faoliyatini vujudga keltirgan yangi ehtiyojlar bilan ularni qondirish imkoniyatlari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar tizimining namoyon bo‘lishidir. Vujudga kelgan ziddiyatlarni 0‘smir- ning psixologik kamolotini ta’minlash, faoliyat turlarini murak- kablashtirish, uning shaxsida yangi psixologik fazilatlarni tarkib toptirish orqali asta-sekin yo‘qotish mumkin.

Ota-onalarning o‘smirga shu erkinlikni bermasligi yoki o‘smirning shunday deb bilishi natijasida, ular ota-onaga qar- shi pozitsiyada bo‘ladilar. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ana shu muloqot va munosabat asosida o‘smirlarda g‘urur hissi shakl- lana boshlaydi. Albatta, g‘urur me’yor va qoidalari kattalardan o‘rganiladi, lekin o‘z g‘ururini qanday himoya qilishi o‘smirlar- ning alohida nazoratida bo‘ladi.

Muxammed Gabdulgalimovich Davletshin 0 ‘zbekistonda ilmiy maktab yaratgan, o‘smirlar ruhiyatini chuqur o‘rgangan yetakchi psixologlardan biri. Respublikamizda professor M.G.Davletshin tomonidan psixologiya fanining turli masalalari bo‘yicha 250ga yaqin ilmiy ish chop etilgan. Ustoz tomonidan qoldirilgan eng yirik monografiya va o‘quv qo‘llanmalar sirasiga «Qobiliyatlar va uning diagnostikasi» (1979), «Yosh va pedagogik psixologiya»

342


(1974), «Zamonaviy maktab o‘qituvchisining psixologiyasi» (1999),

«Umumiy psixologiya» (2001), «Yosh va pedagogik psixologiya»1 (2004) va boshqalarni kiritish mumkin. M.G.Davletshin 1957- yil «5—7 sinf o‘quvchilarida texnik qiziqishlarni shakllantirish» mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. Olim 1971-yil «0‘quvchilarda texnik qobiliyatlarning psixologiyasi» mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqlagan.

Professor M.G.Davletshin mehnat ta’limi va kasbga yo‘llash muammolariga, texnik qiziqish va texnik qobiliyatlarni shakl- lantirishning psixologik xususiyatlariga, respublikamizdagi peda­

gogika oliy o‘quv yurtlari va universitetlarida o‘qituvchi kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish muammolariga ko‘p e’tibor beradi. M.G.Davletshinning ilmiy qiziqishlari asosan oliy mak- tablarda psixologiyani o‘qitish samaradorligini oshirish muammolariga qaratilgan edi.

M.V.Vohidov rahbarligida M.Dadajonov tomonidan «5-sinf o‘quvchilarida geografik kartani o‘rganish jarayonida fazoviy tasavvurlarning shakllanishi» nomli tadqiqotida aniqlanishi- cha, geografik kartani o‘zlashtirishning mustahkamligi undagi obyektlarning joylashishi haqida o‘quvchi ongida fazoviy tasav- vurlar tizimining vujudga kelishiga bog‘liq2. Bu tizim rivojlanib, o‘z ichiga murakkab assotsiatsiyalarni jalb qiladi.

16.4. Kattalar bilan muloqotning xususiyatlari

0              ‘smirlik davrida kattalardan masofa saqlash va begonala- shish ro‘y beradi. Haqiqatan ham o‘zini kattalarga qarshi qo‘yish, mustaqil subyekt sifatida o‘zinikini, o‘z fikrini ajratish yaqqol namoyon bo‘ladi. 0 ‘smirning kattalarga munosabati murakkab- dir. 0 ‘smir bir tomondan kattalar bilan huquqlardan teng ekanligini prinsipial jihatdan talab qiladi, ikkinchi tomondan katta-

1              Davletshin M.G. «Yosh va pedagogik psixologiya» . — Т., 2004

2              Дадажанов М. Формирование пространственных представлений у учащихся V класса в процессе изучения географической карты. Автореф... ..к. пс .н.— Т., 1974. Ц 35с.


laming yordamiga, qo‘llab-quvvatlashiga, himoyasiga, bahosiga ehtiyoj sezadi. Kattalar o‘smir uchun muhim, o‘smirda ham kat- talarga nisbatan empatiya kuchli, lekin amalda nazoratning «bola- larcha» shakli saqlanib qolganligiga, haddan tashqari g‘amxo‘rlik qilishlariga qarshi chiqadi.

Ota-onalar bilan o‘zaro munosabatlardagi muammolar, o‘qituvchilar bilan nizolashishlar — 0‘smirlik davri uchun oda- tiy hoi bo‘lsa-da, bunday holatlarning namoyon bo‘lish tezligi kattalarning unga bo‘lgan munosabatiga, oilaviy tarbiya uslubiga, o‘smir xulq-atvoriga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish ko‘nikmasiga bog‘liq. 0 ‘smir va kattalar orasida qulay munosa- batlarni o‘rnatishning zaruriy sharti kattalarning tashabbusi bilan ular hayotida umumiylikni yaratish, hamkorlik sohalarini ken- gaytirish, mazmunli aloqalarni amalga oshirish, o‘zaro yordam va ishonch muhitini yaratishdan iborat1.

0              ‘smirlar kattalarning ularga bildiradigan ishonchlariga katta ehtiyoj sezadilar. Kattalarning o‘smir yoshdagilarga ta’sir ko‘rsati- shi, tarbiya berishi uchun eng qulay sharoit — bu umumiy mehnat bilan shug‘ullanishdir. Agar kichik yoshdagi bolalar yordamchi bo‘lish rollaridan qoniqsalar, o‘smirlar, ayniqsa katta o‘smirlar kattalar bilan teng ravishda faoliyat ko‘rsatayotganlaridan, lozim bo‘lganda ularning o‘rnilariga ham ishlay olishlaridan qoniqa- dilar. Kattalar o‘smirlar bilan do‘stona, uni to‘la tushungan holda

va aql bilan rahbarlik qilsalar, bunga o‘smirlar ijobiy qaraydilar, lekin bu rahbarlik kattaning xohish-istagi ustunligida kechsa, unday holda ular to‘la qarshilik ko‘rsatadilar. Bu qarshilik ko‘pincha salbiy natijalarga, ba’zan depressiya holatini ham yuzaga keltiri- shi mumkin. Bu holat ko‘pincha ota-onasi avtoritar munosabatda bo‘luvchi o‘smirlarning oilalarida uchraydi. Bunday oilalarda tar- biyalanayotgan o‘smirlar hayotda mustaqil holda harakat qilish-

1              Шаповаленко И.В. Взаимоотношения поколений в семье / / Психология семейных отношений с основами семейного консультирования/ Под ред. Е.Г.Силяевой,- М.2002.С.65—120.

344

lari, o‘z rejalarini amalga oshirishlari, qiyin mas’uliyatni o‘z zim- malariga olishlari birmuncha qiyin kechadi.

Ular ko‘pincha intellektual xarakterdagi muammolarni ham qiyinchilik bilan yengadilar. 0 ‘smirlik davrida bolalarning atrof- dagi odamlar bilan shaxsiy va ish yuzasidan bo‘ladigan munosa- batlaridagi mavqei o‘zgaradi. Endi o‘smirlar o‘yin hamda dam- ga kamroq vaqtlarini ajratgan holda ko‘proq jiddiy ishlar bilan shug‘ullana boshlaydilar va ularda bilish jarayonlari jadal rivoj- lana boshlaydi. 0 ‘qish o‘smirlar hayotida katta o‘rinni egallaydi. Ularga mashg‘ulotlarning mustaqil shakllari yoqadi. Boshqa davr bolalariga nisbatan o‘smirlarning fanlarni muvaffaqiyatli o‘zlash- tirishlari, qiziqishlarining ortishi, o‘qituvchining o‘quv materialini tushuntira olish mahoratiga bog‘liq. Bilim o‘rganish ehtiyojlari asosida asta-sekinlik bilan o‘quv fanlariga nisbatan qat’iy ijobiy munosabat shakllanadi. Bu davrda o‘qishning yangi motivlari yuzaga keladi. Bu motivlar o‘smirning, hayotiy rejalari, kela- jak kasbi va ideali bilan bog‘liq bo‘ladi. Aynan o‘smirlik davridan boshlab, bolalar hayotiy, ilmiy, badiiy bilimlarni kengaytirishga alohida ehtiyoj sezadilar va bunga harakat qiladilar. Bilimli bola tengdoshlari orasida hurmatga sazovor boiadi. Bilim o‘smirlarga alohida bir quvonch bag‘ishlaydi va uning tafakkur qilish layoqa- tini rivojlantiradi. Bu davrda o‘quvchilarga beriladigan o‘quv ma- terialining hajmi katta bo‘lgani uchun ham uni eslab qolishi yoki bir necha marta takrorlash yo‘li bilan o‘zlashtirishi qiyin. Buning uchun o‘quvchi o‘quv materialining mazmunini tahlil qilishi, un- dagi mantiqiy tuzilishni bilishi muhim. Bu davrda bolalarning idroki, diqqati va tasavvurlari rivojlanadi, lekin bu rivojlanish bolaning o‘ziga va atrofdagilarga sezilmagan holda kechadi. Shu bilan birga bu davrda bolaning xotirasi, nutqi, tafakkur jarayonlari ham jadal rivojlanadi. Bu o‘zgarishlar atrofdagilarga sezilar- li darajada boiadi. 0 ‘smirlik davrida o‘z-o‘zini anglash daraja- si kengayadi va unda boshqa odamlar, olam haqidagi bilimlari chuqurlashadi. 0 ‘yin faoliyati asta-sekin kamayib, yangi faoliyat- lar yuzaga kela boshlaydi. Psixik rivojlanishning yangi bosqichi boshlanadi. 0 ‘smirlik davrida o‘z faoliyatini nazorat qilish rivoj- lana boshlaydi va o‘zini-o‘zi boshqarishga intilishi kuchayadi. Bir

so‘z bilan aytganda, o‘smirlik davri psixik rivojlanishda keskin burilish davri hisoblanadi.

16.5. 0 ‘smirlik davrida psixologik yangilik

0 ‘smirlik yoshida psixologik jihatdan eng muhim xislat — voyaga yetish yoki kattalik hissining paydo bo‘lishi alohida ahamiyatga ega. Kattalik hissi ijtimoiy-axloqiy sohada, aqliy faoliyatda, qiziqishda, munosabatda, xulq-atvorning tashqi shakllarida o‘z ifodasini topadi. 0 ‘smirlik yoshiga xos bo‘lgan psixologik xususi- yatlarni o‘rgana turib, o‘smirlar shaxsining shakllanib, rivojlanib, kamolotga erishish yo‘llarini va unga ta’sir etadigan biologik va ijtimoiy omillarning bevosita ta’sirini tushunish mumkin. Jinsiy

yetilish o‘smirning bu yoshdagi xulq-atvoriga asosiy biologik vosita sifatida ta’sir o‘tkazadi. Lekin bu bevosita ta’sirdir. Kichik o‘smir psixologik «mexanizmi» sxematik ravishda quyidagicha baholanadi. Endokrin garmonlarining paydo bolishi va ularning markaziy nerv sistemasiga ta’sir qilishi bilan bog‘liq bolgan jinsiy yetilishning boshlanishi bolalar faolligining jismoniy va psixologik imkoniyatlarini oshiradi hamda ularning o‘zlarini kat- talardek his etish, mustaqil bo‘lish tuyg‘ularini tuyushlari uchun qulay shart-sharoitlarni olib keladi. Biroq, psixik rivojlanishning bu bosqichida ham bola hali mustaqil harakat qilishga toia tayyor bo‘lmaydi. Ijtimoiy omillar esa quyidagilardir: kichik maktab yoshidan o‘rta maktabga o‘tish, ya’ni yakka o‘qituvchi rahbarligidan ko‘pchilik o‘qituvchilar tasarrufiga o‘tish va mu- loqotdagi o‘zgarishlar ijtimoiy foydali ishlarni kengaytirib bo- rish, mustaqil va amaliy ishlarni ko‘proq bajarish, shu bilan birga bolaning oiladagi o‘rnining ham o‘zgarishidir. Katta o‘smirlarga nisbatan kichik o‘smirlarda paydo bo‘ladigan kelisha olmaslikni ulardagi jinsiy yetilish bilan emas, balki atrofdagi shart-sharoit- lar, oiladagi ota-ona, aka-ukalarning unga munosabati, mahal- la-ko‘y, ya’ni ijtimoiy sharoitlar ta’siri bilan bog‘lash zarur.

346

Mana shu ijtimoiy sharoitlarni ulardagi psixologik iqlimni o‘zgartirish yo‘li bilan o‘smirlarning xulq-atvoriga to‘g£ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatish, yomon xulq-atvor, o‘jarlik, kamchiliklari- ni tan olmaslik kabi salbiy xislatlarning oldini olishi mumkin. Bu davrda o‘smir baxtli bolalik bilan xayrlashgan, lekin kattalar hayotida hali o‘z o‘rnini topa olmagan holatda bo‘ladi. 0 ‘smir o‘zining qobiliyati va kuchini to‘g‘ri baholamay turib, murakkab hayotiy masalalarni hal qilishga urinadi, ammo fikr yuritish qobiliyati yuzaki bo‘lganligi sababli kundalik hayotida qator kam- chiliklarga yo‘l qo‘yadi. Lekin u o‘z xatosini tan olishdan ko‘ra kattalar bilan bahslashishni afzal ko‘radi. Tanqid qilgan kishilarni yoqtirmaydi, har bir tanqid go‘yoki uni mensimaslik belgisi, ata- yin qilinayotgan ish bo‘lib ko‘rinadi. U mustaqil, o‘zboshimchalik bilan ish tutishga urinadi, kattalarning maslahatiga e’tibor ber- maydi. Ayrim o‘smirlar o‘zining kattalar safiga qo‘shilganligini namoyish qilish uchun turli xil salbiy odatlarga o‘rgana boshlay- dilar. 0 ‘smir xulqidagi bunday o‘zgarishlar o‘qituvchi va ota-ona- larni qattiq tashvishga soladi. Ularni ijobiy tomonga o‘zgartirish uchun esa kattalardan psixologik bilim va tajribani talab etadi. Bu yoshda kattalar o‘smirlarni bilib-bilmay qo‘yayotgan kam- chilik va xatolarini ko‘pchilik ichida uyaltirib, kamsitib, qoralab emas, balki psixologik yo‘l bilan yondashgan holda yordam berish uni «katta bo‘lib qolganlik» tuyg‘usini so‘ndirib emas, balki katta odam qanday bo‘lishi va qanday talablarga javob berishi kerak- ligini anglatishi zarur.

Kichik o‘smir davrida bilish faolligi, bilishga bolgan qiziqish kuchayadi (11—12 yosh). 0 ‘smirlik davrida tafakkur, tushuncha- larni hosil qilish funksiyasi shakllanadi. Fan asoslarini, umum- lashtirilgan bilimlarni o‘zlashtirish hisobiga psixik funksiyalar ixtiyoriy boshqariladigan jarayonlarga qayta quriladi. Kognitiv sohadagi o‘zgarishlar o‘smirning tevarak-atrofga munosa- batini, umuman shaxs sifatida shakllanishini o‘zgartiradi. Idrok tanlovchan, maqsadga yo‘naltirilgan analitik-sintetik faoliyatga aylanadi. Xotira mantiqiy operatsiyalar bilan ichdan bog‘liq bo‘ladi. Nazariy diskursiv tafakkur tushunchalarga tayanilgan holda, ular o‘zaro taqqoslanadi, bir fikrdan boshqa bir fikrga o‘tish ro‘y beradi.

0 ‘smirning yangi huquqlarga da’vosi, avvalo, kattalar bilan o‘zaro munosabatlarning butun muhitiga oid bo‘ladi. 0 ‘smir avval bajonidil bajaradigan talablarga endi qarshilik ko‘rsata bosh- laydi: uning mustaqilligini cheklashganda, vasiylik qilishganda,

yo‘naltirishganda, nazorat qilishganda, quloq solishni talab qilishganda, jazolashganda, uning qiziqishlari, munosabatlari va fikrlari bilan hisoblashishmaganda u juda xafa boiadi va noro- zilik bildiradi. 0 ‘smirda o‘z qadrini bilish hissi paydo bo‘ladi va u o‘zini kamsitish, mustaqillik huquqidan mahrum qilish mumkin boMmagan inson deb biladi. Ota-onalar va pedagoglar o‘smirlar

bilan alohida ishlab, ularning ko‘nglini topishi va xatti-harakat- larini o‘z vaqtida to‘g‘ri yo‘lga solishlari lozim. Ba’zi o‘qituvchi- lar kichik o‘smirdagi bu o‘zgarishlar — salbiy alomatlar, urush- qoqlik, o‘jarliklarining ildizlari qayerdan kelib chiqqani va nima bilan boglanganligi, nimaning ta’siri ekanligini bilmay turib, noto‘g‘ri tashxis va xulosalar chiqaradilar, bu esa aksariyat holda fojiaga olib kelishi mumkin. Asosiy ziddiyatni keltirib chiqa- ruvchi omillardan biri o‘smirning o‘z mustaqilligini imkoniya- tidan ortiq darajada baholashidir. 0 ‘z imkoniyatlarini ortiqcha baholash bilan kichik o‘smirning psixik imkoniyatlari o‘rtasi- da tafovut paydo boladi. Kattalarning irodasiga bo‘ysunmaslik, maktab, sinf faollari va boshqalarning qarorlarini bajarmaslik bu mazkur sharoitga yetarli darajada baho bera olmaslikning yago- na reaksiyasi boiibgina qolmay, shu bilan birga bu o‘smir, uning shaxsi nuqtayi nazaridan o‘zini boshqalarga tanitish yo‘li sifatida ham xizmat qiladi. Bu yo‘l orqali bola o‘z shaxsining ahami- yatini, uning ta’sirchanligini hamda tevarak-atrofdagi kishilar- ga qarshilik ko‘rsata olish qobiliyatini ham ta’kidlab ko‘rsatishga erishmoqchi bo‘ladi.

Demak, bu o‘smirni to‘laqonli psixik rivojlanishi uchun zarur boigan hayotiy bir xislat ekanligini bilgan holda shu bilan

348

bog‘liq salbiy ishlarning psixologik tabiatini to‘g‘ri tushunmog‘i va bolalarni o‘zlarini katta tutishlariga to‘sqinlik qilmaslik, ak- sincha ularning bunday xatti-harakatlarini ijobiy baholashga in- tilishi kerak.

0 ‘smirlarni o‘z shaxslari haqidagi fikrlar ko‘proq qiziqtira- di, ular o‘zlarini bilishga, maqsadli rivojlantirishga, tarbiyalashga harakat qiladilar. U kattalar huquqini cheklaydi, o‘zinikini esa kengaytiradi, kattalarning o‘z shaxsi va insoniylik qadrini hurmat qilishlarini xohlaydi, ishonch va mustaqillik namoyon etishga da’vo qiladi, ya’ni kattalar bilan ma’lum tenghuquqlilikka va ularning shu narsani tan olishlariga erishishga harakat qiladi.

0 ‘smirlik davrida ichki erkinlikning o‘sishida, o‘z-o‘zini anglash layoqatlarida, mustaqil xatti-harakatlarida katta sifat o‘zgarishlari yuz beradi. Bunday o‘zgarishlarning yuzaga kelishi- da irodaning ham ahamiyati katta. Iroda oliy psixik funksiya sifatida o‘smirning erkin harakat qilish quroli, shuningdek, shaxsi rivojining magistral chizig‘i bo‘lib hisoblanadi.

0 ‘z-o‘zini anglash hissining tarkib topishi, o‘ziga nisbatan go‘yo alohida mustaqil shaxs sifatidagi munosabatning vujudga kelishi bu davrdagi har ikki jinsdagi va istagan temperament tipidagi o‘smirlar uchun muhim xususiyatlardir. 0 ‘smir o‘g‘il-qizlar shaxsining kamol topishida, o‘zini anglash jarayonida o‘ziga baho berish mayli va istagi o‘zini boshqa shaxslar bilan taqqoslash, o‘ziga bino qo‘yish ehtiyoji paydo bo‘ladi. Bu- lar esa o‘smirning psixik dunyosiga aqliy faoliyatiga, tevarak-at- rofga munosabatning shakllanishiga ta’sir qiladi. Ilk o‘smirlik davrida ko‘pchilik o‘smirlar o‘zlariga salbiy shaxsiy xarakteris- tika beradilar. Katta bo‘lgan sari o‘smirning o‘z-o‘ziga bergan bahosi differensial xarakter (xulq-atvoriga, ijtimoiy vaziyatlar- da o‘zini tutishga va ayrim xatti-harakatlari)da namoyon bo‘la boshlaydi.

0 ‘g‘il bolalar va qiz bolalarning ijtimoiy rollari turlicha bo‘li- shi to‘g‘risidagi jamiyatda tarkib topgan tushunchalar bilan bolalar tomonidan o‘zlashtirilgan tasavvurlar o‘smir yoshidagi shaxs-


ning shakllanish yo‘llarini belgilab beradi. 0 ‘smir o‘z kuchi va quvvati, chidamliligi ortayotganini, bilim saviyasi kengayayot- ganini anglay boshlaydi.

0 ‘smirlar ustanovkalari muhim funksional ahamiyatga ega bo‘lib, uning ma’lum bir faoliyatni samarali bajarishga tayyorli- gi sifatida namoyon bo‘ladi. Uning asosiy vazifalari: 1) faoliyat amalga oshirilishining qat’iy xarakterini belgilab beradi; 2) o‘smir shaxsini standart vaziyatlardagi faoliyatlar kechishini erkin holda nazorat qilish va qaror chiqarishdan ozod qiladi.

0 ‘smirlik davri xususiyatlarini talqin qilgan olimlarning ta’kidlashicha, o‘g‘il va qizlarning bu yoshda o‘rtoqlari bilan mu- nosabatlarga intilishi, tengdoshlari jamoasining hayotiga qiziqi- shi yorqin namoyon boiadi. Ushbu o‘zgarishlar ta’sirida bolalar

jismoniy va aqliy imkoniyatlarini o‘sib borish munosabati bilan o‘zlariga ko^proq ishona boshlaydilar, ular endi oilaviy muammo- lar muhokamasida ham ishtirok eta boshlaydilar.

Aslida o‘smir yoshidagi bolalarning psixik holatlarini va psixik rivojlanish xususiyatlarini hisobga olish, psixik muammo- larini erkin va to‘g‘ri yechishlari uchun yordam berish, ular-

ga psixologik yondashish zarur. Kichik o‘smir yoshdagilar bilan ishlayotganda o‘quvchining har bir tashqi va ichki reaksiya- si ortida uning o‘z psixologik sabablari borligini bilish muhim- dir. Bu «madaniyatsiz», «zararli», «tushunib bolmaydigan» deb nom olgan xatti-harakatlar bir qarashda shunday baholanadi, lekin bu xatti-harakatlar shaxs qaror topishining maxsus bos- qichi uchun xos xususiyatdir. Kichik o‘smirda o‘z-o‘zini hurmat qilish va o‘zini anglashni shakllantirishning bir qancha yo‘llari mavjud. Masalan: bu davrda kattalarga taqlid qilish yoki oilada o‘z hurmatini talab qilish, o‘z so‘zini o‘tkazish, o‘zini hurmat- li, obro‘li katta yoshli kishining obraziga o‘xshatib rivojlantirish kuchli bo‘ladi. Ularga biror so‘z yoki tanbeh bilan murojaat qil- sangiz, u o‘zini mustaqil fikrlay olishi va biror ishni albatta ud- dasidan chiqa oladigandek ko‘rsatadi. Vaholanki, hali o‘smir- ning psixologik imkoniyatlari yetarli emas yoki rivojlanmagan

350

bo‘lishi mumkin. Kattalar, o‘qituvchilar o‘smirdagi bu jarayonni psixologik nuqtayi nazardan baholay olishlari, unga soxta, yuza- ki yondashmay, aksincha, unga o‘z imkoniyatlarini o‘stirishga, o‘z ichki va tashqi qobiliyatlarini to‘g‘ri rivojlantirishga yo‘nal- tirishlari muhim hisoblanadi. 0 ‘smirlar uchun o‘z tengdoshlari bilan muloqotda boiishi g‘oyat katta ahamiyatga egadir. U en- di salbiy va ijobiy tomonlariga alohida bir urg‘u bermagan holda o‘zi xohlagan kishisi bilan do‘st bo‘lish huquqini talab etadi. 0 ‘smirlar orasida sodiqlik va to‘g‘rilik kabi xislatlar yuqori ba- holanib, sotqinlik, o‘z so‘ziga bevafolik, egoizm, qizg‘anchiqlik qattiq qoralanadi va qattiq jazolanadi. Bu jazo u bilan urishish, kaltaklash, unga qarshi baykot e’lon qilish va uni yolg‘izlatib qo‘yish shaklida bo‘lishi mumkin. 0 ‘smirlar o‘zini hurmat qi- lishini, o‘z fikrini va qiziqishini himoya qilishni bilmagan teng- doshlariga juda past baho beradilar.

5—6-sinf o‘quvchilariga sinfdagi o‘zi egallagan mavqeiga katta e’tibor berish xususiyati xos. Ayniqsa, 6-sinfdan boshlab, o‘quvchilar o‘z tashqi ko‘rinishlariga, shuningdek qarama-qarshi jinsdagi bolalar va ular bilan o‘zaro munosabatlariga e’tibor be- ra boshlaydilar.

7-sinf o‘quvchilarida esa o‘z layoqatlarini rivojlantirishga xos qiziqish yuzaga keladi. 8-sinf o‘quvchilari esa mustaqillik, o‘ziga xoslik, do‘stlik va o‘rtoqlik bilan bog‘liq bo‘ladigan shaxsiy xislatlar paydo bo‘ladi.

Ma’lumki, har bir bolaning munosabatlari aniq ishlar- da ko‘rinadi, mustahkamlanadi va qayd etiladi. Bola o‘zida- gi mustaqillikni shakllantirish uchun o‘zi mustaqil ishlarni bajarishiga to‘g‘ri keladi. Lekin, ikkinchi tomondan bir mar- ta mustaqil ish bajarish uchun mavjud shart-sharoitlardan xo- li bo‘lishga harakat qiladi. Bola boshqa mexanizmlarga ega emas. Bular o‘smirning o‘z kuchiga ichki bir ishonchni mav­

jud emasligini bildiradi. Bu belgilar mana shu yoshda kishi- ni mustaqil harakat qilishga qodir boiishga, ayni hollarda tevarak-atrofdagi kishilarga qarshi borib, o‘zini haq ekanli-


gini qattiq turib himoya qilishga, boshqa hollarda esa vaziyat- ni vazminlik bilan qabul qilishga da’vat etadi. Mustaqil ishlar

qilishga uringan o‘smir shunday qilishga haqqi borligiga o‘zini- o‘zi ishontiradi, chunki men endi «katta boiib qoldim» deb o‘ylaydi. Shuning uchun ham psixologlar «katta boiib qolganlik

tuyg‘usi» shaxsning o‘smirlik yoshidagi eng asosiy yangilik sifatida talqin qiladilar. Bu yoshda kattalar o‘smirlarni bilib-bilmay qo‘yayotgan kamchilik va xatolarini ko‘pchilik ichida uyaltirib, kamsitib, qoralab emas, balki psixologik yol bilan yondash- gan holda yordam berish uni «katta boiib qolganlik» tuyg‘usini so‘ndirib emas, balki katta odam qanday bolishi va qanday ta- lablarga javob berishi kerakligini anglatishi zarur. Demak, bu o‘smirni tolaqonli psixik rivojlanishi uchun zarur boigan hayotiy bir xislat ekanligini bilgan holda shu bilan bogliq salbiy ishlarni psixologik tabiatini to‘glri tushunmog‘i va bolalarni o‘zlarini katta tutishlariga to‘sqinlik qilmaslik, aksincha ularning bunday xatti-harakatlarini ijobiy baholashga intilishi kerak. 0 ‘smirlarning o‘z tengdoshlari bilan muloqotda bolishi

g‘oyat katta ahamiyatga egadir.

0 ‘smirlik davrida, asosan, bilish jarayonlari yuqori darajada rivojlanadi. Bu yillarda o‘smirlar uchun hayot davomida kerak boladigan asosiy shaxsiy va tadbirkorlik xususiyatlari ochiq ko‘ri- na boshlaydi. Xotira, mexanik xotira darajasidan mantiqiy xotira

darajasiga ko‘tariladi. Nutq rivojlangan, xilma-xil va boy tafakkur esa o‘zining barcha ko‘rinishlari: harakatli, obrazli, mantiqiy da- rajasida rivojlanadi. 0 ‘smirlarni endi turli amaliyot va aqliy faoli- yatlarga o‘rgatish mumkin. Shuningdek, bu davrda umumiy va maxsus layoqatlar shakllanadi va rivojlanadi.

0 ‘smirlik davriga juda ko‘p ziddiyatlar va qarama-qarshiliklar xos. Maktab dasturini o‘zlashtirish va boshqa ishlar bilan bogliq turli masalalarni yechishda ko‘zga tashlanadigan 0‘smirlar- ning intellektual rivojlanganligi kattalarni ular bilan birga jiddiy muammolar bo‘yicha fikrlashga undaydi, o‘smirlarning o‘zlari ham bunga harakat qiladilar. Boshqa tomondan esa ayniqsa, kelajak kasb, xulq-atvor etikasi, o‘z majburiyatlariga mas’ullik kabi muammolar muhokamasida infantillik (yosh bolalarga xos jismoniy va psixologik holat)ni kuzatish mumkin.

0 ‘smirlarning ana shu ketma-ket yuzaga keladigan qiziqish- lariga asoslangan holda faol ravishda irodaviy ishbilarmonlik va

boshqa foydali sifatlarni rivojlantirishi mumkin. 0 ‘smirlik davrida o‘quv fanlarini turli o‘qituvchilar o‘qitishlari bilan kattalar shaxsi va faoliyatini baholashning yangi mezonlari ham shakl- lana boshlaydi. 0 ‘smirlik asosan, bilimli, talabchan, haqqoniy, o‘quv materialini qiziqarli va tushunarli yo‘l bilan yetkaza oladi-

gan, o‘quvchilarni ajratmaydigan, o‘qituvchilarni ko‘proq hurmat qiladilar va yaxshi ko‘radilar. Ular o‘qituvchi bilan munosabatla- riga ham katta e’tibor beradilar.

10—15 yoshli bolalarning faoliyat motivlarida ham o‘zgarishlar amalga oshadi. Ilk o‘smirlik davrida ko‘pchilik o‘smirlar o‘zlariga salbiy shaxsiy xarakteristika beradilar. Katta bo‘lgan sari o‘smir- ning o‘z-o‘ziga bergan bahosi differensial xarakter (xulq-atvoriga, ijtimoiy vaziyatlarda o‘zini tutishga va ayrim xatti-harakatlari)da namoyon bo‘la boshlaydi.

0 ‘smirlik yoshidagi o‘quvchilarning emotsional xususiyatlari. 0 ‘smirlik yoshida, taxminan 13—14 yoshlarda, bolalarni emotsional kechinmalarida katta o‘zgarishlar boshlanadi. Shu yoshdagi bolalarda ta’lim ta’siri ostida abstrakt-mantiqiy va tanqidiy tafakkur ancha o‘sadi. 0 ‘smirlar dunyoqarashlari bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bilan qiziqa boshlaydilar, ularning kamalak va yoshlar ittifoqida ishtirok etishlari bunday qiziqishlarning o‘si- shiga ko‘p jihatdan yordam beradi. Mana shularning hamma- si xilma-xil intellektual va axloqiy hislarni o‘sishi uchun manba bo‘lib qoladi. 0 ‘smirlarda xayol kuchli ravishda o‘sadi. Hislarning o‘zi xayolning o‘sishiga yordam beradi va xayolning o‘zi ham xil- ma-xil chuqur emotsional kechinmalarning manbayi bo‘lib qoladi. Kelajak to‘g‘risidagi orzular, qahramonlik, romantika shularning hammasi emotsional kechinmalarning manbayidir. Bu yoshda o‘z-o‘ziga baho berish hissi kuchli ravishda o‘sadi.

0 ‘smir yoshidagi bolalarning aloqa doirasining kengayishi va ularda ijtimoiy-siyosiy masalalarga qiziqish o‘sishi tufayli axloqiy hislar o‘smirlar hayotida katta o‘rin oladigan bo‘lib qoladi, ularda vatanparvarlik hissi yorqin namoyon bo‘ladi. Shu yoshda or- ganizmda fiziologik o‘zgarishlar sodir bo‘lishi sababli emotsional qo‘zg‘alishlarning xarakterida ham o‘zgarish ro‘y beradi. Hislar kuchli ravishda namoyon bo‘laveradi, lekin ko‘pincha bu hislar barqaror bo‘lmaydi. Boshqa yoshdagi bolalarga qaraganda o‘smir- larda injiqlik va arazlash ko‘p bo‘ladi.

16.6. Shaxs rivojlanishi va o‘spirinlik davriga o‘tishdagi inqiroz

0 ‘smirlik yoshi dunyoqarash, e’tiqod, prinsip, o‘zligini anglash, baholash kabi shaxs xususiyatlari shakllanadigan davr hisoblanadi. 0 ‘smir ulg‘aygan sari unda «Ideal Men», «Axloqiy Men» va «Haqiqiy Men» singari shaxsga oid tizim, dunyoqarash, e’tiqod va boshqalar shakllana boradi, undagi o‘zi to‘g‘risidagi tasavvurlar ancha aniq va barqaror bo‘lib qoladi.

0 ‘smir o‘z faoliyatini muayyan prinsip, e’tiqod va shaxsiy nuqtayi nazari asosida tashkil qila boshlaydi. 0 ‘smir shaxsini tarkib toptirishda uning atrof-muhitga, ijtimoiy hodisalar- ga, kishilarga munosabatini hisobga olish lozim. Psixologlar o‘tkazgan tadqiqotlardan ko‘rinadiki, o‘smirlarning ko‘pchili-

gi qat’iyatlilik, kamtarlik, mag‘rurlik, samimiylik, dilkashlik kabi ma’naviy, axloqiy tushunchalarni to‘g‘ri anglaydilar. Ularning turmush tajribasida fan asoslarini egallash natijasida barqaror e’tiqodiy va ilmiy dunyoqarash tarkib topadi, shular zaminida axloqiy ideallar yuzaga kela boshlaydi.

Ma’lumki, o‘smirlik davrida o‘smirning «men»i qaytadan shakllana boradi. Uning atrofidagilari ayniqsa, o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabati, qiziqishlari, qadriyatlari yo‘nalishi keskin o‘zgaradi.

0 ‘smir yoshdagi bolani birinchi galdagi intilishi, u o‘zini endi kichkina bola emas, balki katta bo‘lib qolganligini atrofdagilarga ishontirishdan iboratdir. Mustaqil ishlar qilishga uringan o‘smir shunday qilishga haqqi borligiga o‘zini-o‘zi ishontiradi, chunki men endi «katta bo‘lib qoldim» deb o‘ylaydi. Shuning uchun ham psixologlar «katta bo‘lib qolganlik tuyg‘usi»ni shaxsning o‘smirlik yoshidagi eng asosiy yangilik sifatida talqin qiladilar.

L.S.Vigotskiy o‘smirlik davrida qiziqishlarning o‘zgarishiga bog‘liq ravishda ikki fazani (salbiy va ijobiy) ajratib ko‘rsatgan. Salbiy faza ilgarigi qiziqishlarning so‘nishi va yangi dastlabki jinsiy qiziqishlarning paydo bolishi bilan bog‘liq. Bunda quyida- gi salbiy xulq-atvor ko‘rinishlari namoyon boiadi: ish qobiliyati- ning, o‘zlashtirishning pasayishi, o‘smirning qo‘polligi va yuqori qo‘zg‘aluvchanligi, uning o‘zidan qoniqmasligi va xavotirlanish va b. Ijobiy faza keng, chuqur yangi qiziqishlarning paydo bo‘li- shi bilan xarakterlanadi. 0 ‘smirda boshqalarning va o‘zining psixologik kechinmalariga qiziqish paydo boiadi.

0 ‘smirlik davridagi inqiroz — o‘smir kechinmalari, uning strukturasi, mazmunining qat’iy o‘zgarishi, buzilishidir. L.S.Vigotskiy 13 yoshni inqirozni sindiradigan nuqtasi deb atagan. In- qirozdan keyingi davrlar (14—15 yosh) ota-onalar va o‘qituvchi- lar tomonidan subyektiv yanada qiyinroq deb ataladigan yangi psixologik tuzilmalar shakllanadi. Inqirozning kechishi kattalarning o‘sayotgan boladagi o‘zgarishlarni sezuvchanligiga, tar­

biya taktikasini mohirona o‘zgartirishiga, o‘smirning yangi eh- tiyojlari, yangi qobiliyatlariga bog‘liq ravishda munosabatlarni o‘zgartirishiga bog‘liq.

Sog‘lom o‘smirlarga ham kayfiyatning beqarorligi, depres- siv kechinmalar, tez ranjish va boshqalar xos. 0 ‘smirlarda ko‘p uchraydigan «mos emaslik affekti» (arzimas narsaga ham kuch- li reaksiya bildirish) o‘zini past baholash va intilish darajasining yuqoriligi orasidagi qarama-qarshilik bilan bog‘liq.

0         ‘smir intellektining o‘ziga xosligi va affektiv sohasi bilan bogliq ravishda o‘smirlar egotsentrizmining o‘ziga xos shaklini ajratisha- di1. 0 ‘smir o‘ziga, o‘zida ro‘y berayotgan psixofizologik o‘zgarish- larga qiziqadi, u o‘zini zo‘r berib analiz qiladi, o‘z-o‘zini baholaydi.

1         Крайг Г. Психология развития.C.591-592.


Unda boshqalar ham uning haqida o‘ylashi, uning tashqi ko‘rinishi- ga qiziqishi, fikrlari, xulq-atvori va hissiyotlariga qiziqadi, degan il- lyuziya paydo bo‘ladi. «Xayoldagi auditoriya» fenomeni egotsentrizm komponentlaridan biri bo‘lib, uni har doim tomoshabinlar kuzatadi, u esa har doim sahnaning o‘rtasida deb ishonadi. 0 ‘smirlik egotsen- trizmining boshqa komponenti bu shaxsiy afsonadir. Shaxsiy afso- na - bu shaxsiy kechinmalarga asoslangan muhabbat, hasad, uyat kabi hislarning o‘ziga xosligiga ishonishdir. Bunday egotsentrizm cho‘qqisi o‘spirinlik davriga o‘tishga to‘g‘ri keladi, bunda teng- doshlari bilan o‘z hissiyotlarini bo‘lishish, ular bilan yaqin ishonchli munosabatlarni o‘rnatish orqali barham berish mumkin.

Men konsepsiyasi — o‘z-o‘zini anglashning yangi darajasi sifatida katta o‘smirlik davrida yangi markaziy tuzilma hisoblanadi. 0 ‘z-o‘zini anglashning yangi darajasini shakllanishi (o‘zi haqidagi tasavvur, Men konsepsiyasi) o‘z imkoniyatlari va xususiyatlarini, o‘zining boshqalarga o‘xshashligi va betakrorligini, o‘zini shaxs sifatida bilish ehtiyojidan kelib chiqadi. 0 ‘smirlar- ning o‘zi bilan bog‘liq kechinmalari ko‘pincha salbiy bo‘ladi. Bu o‘smirning o‘ziga «tashqaridan» qarashiga, kattalarning bahosi va tasavvurlari interiorizatsiyasi qilinishiga bog‘liq.

Ko‘pincha o‘smirlar o‘zlariga salbiy baho beradilar, kamchi- liklarining uzun ro‘yxatiga faqat bitta ijobiy xislat qo‘shiladi. Bu o‘smirning o‘ziga «tashqaridan» qarashiga bog‘liq, kattalarning salbiy bahosi ortib boradigan va ijobiy baho kamdan kam ko‘rsa- tiladigan tasavvurlari interiorizatsiya qilinadi.

0 ‘smirga o‘zini baholashning shaxsiy mezonlarini ishlab chi- qishga, o‘zini «ichdan» ko‘rishga va o‘z yutuqlarini baholash- ga, shaxsining kuchli tomonlariga suyanishga o‘rgatmoq lozim. 0 ‘smirlik davrining oxiriga kelib kuchli o‘z-o‘zini anglash ro‘y beradi. Kattalarning bahosiga taqlid qilish yo‘qolib, o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘zini ko‘rsatish, o‘z-o‘zini tasdiqlatish, o‘z-o‘zini namoyon qilishga intilish kuchayadi.

0 ‘z oldiga kelajakda bajariladigan topshiriqlarni qo‘yishi o‘smirning o‘qish faoliyatiga yangicha ma’no beradi, o‘z-o‘zini


namoyon qilish, o‘z-o‘zini takomillashtirish, o‘z-o‘zini rivojlan­

tirishga o‘tiladi. Ilk o‘spirinlik davriga (15—18) o‘tishdagi inqiroz insonning shaxsiy taraqqiyot subyekti sifatida shakllanishi muammosi bilan bogMiq1. 18—21 yoshlarda ijtimoiy-psixologik va shaxsiy o‘z-o‘zini belgilash tugallanadi.

0 ‘zbekistonlik psixologlarning o‘smirlik davri xususiyatlari borasidagi tadqiqotlariga e’tiboringizni qaratamiz.

G.B.Shoumarovning shogirdi D.R.Rahmonovaning «0‘smir- larda qo‘rqinch determinatsiyasi xususiy holatlarining turli vaziyatlarda rivojlanishi» mavzusidagi ilmiy ishida mehribon- lik uylarida, oilada va mehnat tuzatish koloniyalarida yashovchi o‘smirlarda tadqiqot olib borgan bolib, psixik og‘ishish che-

garaviy zonasining uchta, ya’ni dezintegratsiyalashgan, biologik va ijtimoiy tarkibiy qismlarini aniqlashga imkon beradi- gan qo‘rqinch determ inatsiyasi mexanizmlarini yoritib bergan va o‘z ilmiy izlanishlariga tayangan holda shaxslararo munosabatlar jarayonida emotsional zo‘riqish tufayli yuzaga keladigan qo‘rqinchning o‘smirlar psixik holatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlab o‘tgan. Uning fikricha, qo‘rquv fenomenologiyasi uni tashkil etuvchi biologik, ijtimoiy va dezintegratsion komponent- larga bog‘liqdir. Muallif dezintegratsion qo‘rquv deganda o‘smir emotsional sohasiga jiddiy rezonans olib keluvchi xayoliy sub- yektiv idrok etilgan xavf-xatarning shaxsda mavjudligini nazarda tutib, ushbu qo‘rquv biologik hamda ijtimoiy qo‘rquv xususiyatlarini va uning darajalarini aniqlashda sababiy omil hisoblanishi- ni ta’kidlaydi2. D.R.Rahmonova qo‘rquvning ijtimoiy-psixologik

xususiyatlarini yoritib berar ekan, oiladan tashqaridagi o‘smirlar- da emotsional namoyon bo‘lishiga hamda shaxsning psixik ho- latlari ko‘rsatkichlariga ko‘ra oilada tarbiyalanayotgan o‘smir-

1                   Поливанова K.H. Психологический анализ кризисов возрастного развития.// Вопросы психологии. 1994.№1. С.61-69.

2                   Рахманова Д.Р. Особенности детерминации страха у подростков с различной ситуацией развития (на примере мальчиков): Дис. ... канд. психол. наук. — Т.: НУУз , 2006. — 152 с.


lardagidan farq qilishini aytib o‘tadi. Tadqiqotchi tomonidan dezintegratsion qo‘rquv pubertat davridagi yosh xususiyati sifatida ko‘rilib, o‘smirda ijtimoiy vaziyat malakasining rivojlanishi psixik holatlar xarakteri va psixotravmatik holatlarni yengib o‘tishni bel- gilab berishi e’tirof etilgan.

D.R.Rahmonova tadqiqotining ijobiy tomonlari shundaki, u bu davr xususiyatlarini turli muhitda tarbiyalanayotgan o‘smirlar misolida olrganadi. Ya’ni ularning natijalarini o‘zaro solishtirish

orqali xulosa chiqaradi.

0 ‘smirlarda stress holatidan keyingi psixologik xususiyatlarni tadqiq etgan G.V.Xrulnova jarohatdan keyingi stress holati belgi- lari, jarohatdan so‘nggi stress holatining tarqalganligi, psixologik

jarohatni boshidan o‘tkazgan o‘smirlardagi boshqa psixik buzil- ish va shaxsiy og‘ishishning ifodalanishiga e’tiborini qaratib, jinsiy

belgilar bo‘yicha stressli holat dinamikasining psixologik xususiyatlarini yoritib beradi1. G.V.Xrulnovaning fikricha, olsmirlarning stressli vaziyatlardan chiqish malakalarining mavjud emasligi so- matik, emotsional, xulq-atvor, kognitiv, shaxsiy bosqichda ma’lum darajada stressdan keyingi buzilishlarni vujudga keltiradi. U o‘smirlarda stress reaksiyalarini vujudga kelishiga oiladagi, teng- doshlari va kattalar bilan shaxslararo munosabatlar jarayonidagi muammolar, travmatik malaka sabab bo‘ladi, deb hisoblaydi.

0              ‘quvchilarda emotsional barqarorlik va uning shakllanish masalalariga e’tiborini qaratgan M.G.Davletshinning shogir- di G.A.Bogdalova emotsional barqarorlik xususiyatlari tarkibi, mexanizmlarini hamda uning o‘smirlik yoshidayoq shakllanish imkoniyatlari va prinsiplarini o‘rgangan. G.A.Bogdalova tadqiqot natijalariga asoslanib, emotsional barqarorlikni quyidagi jarayon- larning natijasi sifatida ko‘rsatadi2:

1              Хрульнова Г. В. Психологические особенности постстрессовых состояний у подростков: Дис. ... канд. психол. наук. — Т.: НУУз, 2006. —160 с. 2 Богданова Г.А. Эмоциональная устойчивость и её формирование у учащихся раннего подросткового возраста: Дис. ... канд. психол. наук. -Т.: НУУз, 2000. - 175 с.

358

a)        xulq-atvorda barcha emotsiyalarning e’tiborsiz namoyon etilishi;

b)       emotsiyalarning osonlik bilan, silliqqina bir holatdan ik-

kinchi holatga ko‘chirilishi;

d) kishining o‘z xulq-atvoriga mustaqil baho berishi.

0 ‘smirlik davri xususiyatlari va emotsional o‘zgarishlarni tad- qiq etish B.M.Umarov ishlarida ham ko‘rinadi'. U bolalar hamda o‘smirlar suitsidining yosh va ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini yoritib bergan bo‘lib, olimning fikricha, o‘qituvchi, o‘quvchi hamda oila a’zolari o‘rtasidagi shaxslararo nizolar, «sevgi-mu- habbatga bog‘liq bo‘lgan nizolar», «qo‘rquv», «his-hayajon», «g‘am-g‘ussa» va yosh davri «inqirozlari» bolalar, o‘smirlar suitsidining asosiy sabablari bo‘lib hisoblanadi. Muallif qo‘rquv hola- tiga suitsidni yuzaga keltiruvchi omil sifatida qaraydi.

0 ‘smirlar guruhida o‘zini-o‘zi psixologik muhofaza qilish jarayoniga e’tiborini qaratar ekan, Sh.R.Baratovning shogir- di E.M.Muxtorov o‘smirlardagi o‘zini-o‘zi psixologik muhofaza qilish haqidagi tasavvurlarning shakllanishi eng avvalo ularda- gi maktab hayotiga, o‘zini o‘zi baholashga, shaxslararo umumiy muloqotga bog‘liq bezovtalik me’yorlariga, shuningdek, 0‘smir- lar faolligini ta’minlovchi xotirjamlik, g‘ayrat-shijoatlilik, hissiy ko‘tarinkilik, o‘z-o‘ziga ishonchlilik sifatlariga mutanosiblilik yoki nomutanosiblik ko‘rsatkichlarining namoyon etilishi bilan bogiiqligini ko‘rsatadi2. Muallif o‘smirlardagi o‘zini o‘zi adekvat hissiy baholash va ijtimoiy vaziyatga bog‘liq me’yoriy bezovtalik motivatsiyasi ko‘rsatkichlariga psixologik muhofaza mezonlari si­

fatida qaraydi.

0                   ‘smir shaxsi xususiyati, bu davrdagi o‘ziga xos jihatlar va xulqiy buzilishlar bilan bog‘liq muammolar G.K.Tulyaganova,

1                   Umarov B.M. Bolalar va o‘smirlar suitsidining yosh va ijtimoiy psixologik xususiyatlari: Psixol. fan. nomz. ... dis. — Т.: TDPU, 1993. - 154 b.

2                   Muxtorov E.M. 0 ‘smirlar guruhida o'zini o‘zi psixologik muhofaza qilishning o‘ziga xos xususiyatlari: Psixol. fan. nomz. ... dis. avtoref. —Т.: TDPU, 2009. - 24 b.

359

N.G.Kamilova, E.I.Ganeyeva, Z.F.Kamaletdinova ishlarida yori- tilgan. G.K.Tulyaganova «Tarbiyasi qiyin» o‘smirlarning motivat- sion ehtiyoj doirasidagi qiziqishlarining psixologik xususiyatlarini tadqiq etar ekan, uning ta’kidlashicha, tarbiyasi «qiyin» 0‘smirlar qiziqish sistemasi ko‘p jihatdan ularni qurshagan «muhit» yetakchi ehtiyojiga, yosh xususiyatiga, muomala doirasiga bog‘liq- dir, mo‘tadil o‘smirlar tarbiyasi «qiyin»lardan farqli o‘laroq o‘z qiziqishlarini boshqarish imkoniyatiga egadirlar. Yosh xususiyati­

ga ko‘ra qiziqishning o‘zgaruvchanligi kichik maktab yoshidan boshlanadi, ularda qiziqishning zaif ifodalanganligi oldingi taraqqiyot bosqichi hosilasidir. G.K.Tulyaganovaning fikricha, 6-sinf- dan boshlab tarbiyasi «og‘ir» o‘smirlarda o‘quv jarayoniga nisba­

tan qiziqish va motivatsiya susayadi, ammo ayrim tarbiyasi og‘ir o‘smirlar o‘quv motivatsiyasi yuksakligi bilan ajralib turadilar1.

Deviant xulq-atvorli o‘smirlarda o‘z-o‘ziga baho berish- ning o‘ziga xos xususiyatlari masalalari N.G.Kamilova ishlarida yoritilgan bo‘lib, ijtimoiy maqbul xulq-atvorni ta’minlashda yordam beradigan o‘z-o‘ziga baho berishning asosiy xususiya- ti o‘ziga bo‘lgan emotsional-qadriyatli munosabatni belgilovchi, kongruentlik va o‘z-o‘zini anglash bilan xarakterlanuvchi kons- truktivlik ekani ta’kidlanadi. Deviant xulq-atvorli o‘smirlarda esa destruktiv o‘z-o‘ziga baho berish xos bolib, bu holat ularning shaxslararo munosabatlar jarayonida o‘z o‘rnini topishiga to‘sqin- lik qiladi, turli nizolarni vujudga keltiradi va shaxsdagi xulqiy bu- zilishlarga sabab bo‘ladi2.

0                   ‘smirlarda integral individuallik va uning rivojlanishida individual uslubning o‘rni masalalariga e’tiborini qaratgan E.I. Ganeyeva ta’lim-tarbiyaviy jarayonida o‘quvchilarda muomala individual uslubi shakllanishining o‘ziga xos xususiyatlarini izohlab

1                   Туляганова Г.К. Интересы «трудных» подростков как отражение их мотивационно-потребностной сферы: Автореф. дис. ... канд. психол. наук. - Т.: ТГПИ, 1993. - 22 с.

2                   Камилова Н.Г. Особенности самооценки подростков с девиантным поведением: Автореф. дис. ... канд. психол. наук.— Т.: НУУз, 2000.— 22 с.

360

bergan1. Olimaning tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, individual muomala uslubi o‘smir integral individualligi strukturasi- ning o‘ziga xosligini belgilaydi, ya’ni turli ierarxik bosqichla- rining xossalari aloqadorligini determinatsiya qilishda vositachi

bo‘g‘in sifatida namoyon boladi.

0 ‘smir xulq-atvoridagi salbiy o‘zgarishlar sabablarini ijtimoiy omillar bilan boglagan V.M. Karimovaning shogirdi A.T.Kadi- rova o‘smirlarda oilaviy nizolar to‘g‘risidagi ijtimoiy tasavvur- larning shakllanishida oila muhitining, xususan, ota-onalarning o‘zaro munosabatlari, ularning farzand tarbiyasidagi mas’uliya- ti hamda har bir oila a’zosining ijtimoiy psixologik mavqeyi, oilaviy munosabatlarga tayyorlik xususiyatlari muhim ahamiyat kasb etishini e’tirof etadi. Shuningdek, o£smirlarda aniqlangan nizo- kashlik to‘g‘risidagi tasavvurlar mohiyatan oiladagi o‘zaro munosabatlarga, nafaqat ota-ona bilan, balki aka-ukalar, opa-singillar o‘rtasidagi muomala xarakteriga ham bog‘liq ekanligini ta’kidlaydi2.

V.M. Karimovaning yana bir shogirdi O.A.Abdusattorova tomonidan o‘smirlarda jinsiy identifikatsiya jarayonlarida namoyon boladigan sifatlar, oila muhitida er-xotin va ota-onalik maqomla- ridan kelib chiqadigan gender munosabatlar, jumladan liderlikka oid tasavvurlar, ushbu holatlarga ta’sir etuvchi oilaviy rollar taqsi- moti, gender ustanovkalar, ekspektatsiya va refleksiv jarayonlar o‘rganilgan bo‘lib, u oila muhitida ustuvor bo‘lgan munosabatlar uslubi va er-xotin munosabatlari o‘smir yoshlarning jinsiy identifikatsiya jarayoniga bevosita ta’sir qiladi, deb hisoblaydi3. Muallif-

1                   Ганеева Э.И. Формирование индивидуального стиля общения у подростков в учебно-воспитательном процессе: Дис. ... канд. психол. наук. - Т.: УзНУ, 2002. - 159 с.

2                   Kadirova А.Т. 0 ‘smirlarda oilaviy nizolar to"g‘risida ijtimoiy tasawurlarning shakllanishi: Psixol. fan. nomz. ... dis. —Т.: 0 ‘zM U, 2007. — 146 b.

3                   Abdusattorova O.A. Oila muhitida o'smirlarda shakllanadigan jinsiy identifikatsiyaning gender xususiyatlari: Psixol. fan. nomz. ... dis. — Т.: 0 ‘zMU, 2007. - 155 b.

361


ning fikricha, o‘smirning jinsiy identifikatsiyasida gender stereoti-

plarning ham o‘rni bor, lekin bunday stereotip ustanovkalar ko‘proq o‘g‘il bolalarga xos bolib, bu otaning sifatlari va gender munosa- batlariga bog‘liq; qizlardagi muskulinlikka moyillik va androgin- likning kuchli namoyon bo‘lishi esa ulardagi yangicha fikrlash va

onalarining oilaviy munosabatlar tizimidagi faol o‘rni va jinslara- ro munosabatlarga nisbatan liderlik ustanovkasidan kelib chiqadi.

Xavotirlanishning tafakkur xususiyatlari bilan bogliqlik masalalari R.I.Sunnatova ishlarida yoritib berilgan1. U maktab- gacha yoshdagi bolalar, o‘quvchilar va kattalarda masalalarni hal etishdagi fikrlash faoliyatining individual tipologik xususiyatlarini tadqiq etgan bo‘lib, uning fikricha o‘ziga nisbatan hissiy-qadri- yatli munosabat, ya’ni kongruentlik o‘z-o‘zini baholash darajasi, shaxsning intilishi, mustaqil rivojlanishga ko‘maklashadigan kon- struktiv o‘z-o‘zini baholash, o‘zini yoqtirmaslik, ichki nokongru- entlik, o‘z-o‘ziga konformlilik holatlari bilan ifodalanadi hamda o‘z-o‘zini realizatsiyalashda ichki to‘siq bolib qoladi va mustaqil rivojlanish deformatsiyasiga olib keladi, ya’ni shaxs rivojlanishi umumiy yo‘nalishiga destruktiv ta’sir etadi. Muallif himoyasiz- lik va keraksizlik hissi ko‘rinishida namoyon boiuvchi bolalarda-

gi yuqori darajadagi xavotirlilik destruktiv o‘z-o‘ziga baho berish bilan bog‘liqdir, deb ta’kidlaydi. R.I.Sunnatova fikrlash faoliyatining individual-tipologik xususiyatlarini o‘rganib, bu xususiyatlar qatoriga mustaqil yoki mustaqil emaslik, o‘zini o‘zi baholashda konstruktivlik-destruktivlik, fikrlash faoliyatida qaror qabul qilish bo‘yicha shaxslararo ta’sir o‘tkazish holatlarida konfliktlik-kon- formlik kabilar kirishini ta’kidlagan.

E.G‘.G‘oziyev tomonidan shaxsda mustaqil ijodiy fikrlashni rivojlantirish masalalari o‘rganilgan bolib, muallifning fikricha, ijodiy fikrlash quyidagi xususiyatlari bilan boshqa fikr yuritish

jarayonlaridan muayyan darajada ajralib turadi: mazmundorligi,

1 Суннатова P.И. Индивидульно-типологические особенности мыслительной деятельности: Дис. ... докт. психол. наук. — Т., НУУз, 2001. — 311 с.

362

mantiqiyligi, umumiyligi, dinamikligi, qamrovliligi, noma’lum- ga intiluvchanligi, yechimda nostandartligi, yig‘iqligi, yoyiqli- gi, originalligi, haqchilligi, izchilligi, bosqichma-bosqichligi, to‘g‘ri va teskari yo‘nalganligi, uzluksizligi va h.k.1 Z.Nishanova o‘z izlanishlarida ijodiy tafakkurning ijtimoiy tabiatini, ijodiy tafakkurga ta’sir etuvchi ijtimoiy psixologik omillarni o‘rgana- di. Z.T.Nishanovaning ta’kidlashicha, mustaqil ijodiy fikrlash darajasi yuqori shaxslar o‘zlarini noadekvat baholaydilar. Gu- ruh muhitida tan olingan a’zolari o‘zlariga guruhiy baholashga nisbatan quyi baho beradilar, lekin ularda mustaqil ijodiy fikr

yuqori ko‘rsatkichga ega. Guruhdan ajralib qolgan a’zolar esa guruhiy baholashga nisbatan o‘zlarini yuqori baholaydilar, biroq ularda mustaqil, ijodiy fikr ko‘rsatkichi quyi rivojlangan2.

0 ‘smir o‘quvchilarning aqliy rivojlanish xususiyatlarini tadqiq etgan T.S.Jo‘rayev aqliy taraqqiyotni ro‘yobga chiqaruvchi asosiy omil sifatida o‘quv faoliyatining umumlashgan usullarini ko‘rsata- di3. Muallifning fikricha, o‘quvchilarning yoshi va saviyasi orta borishi bilan murakkab usullarni yangi sharoitga ko‘chirish uquvi ularda takomillashadi, usullarning ko‘chish ko‘lami kengayadi va fanlararo xususiyat kasb etadi, bu aqliy faoliyatning muhim omi- li sanaladi. T.S.Jo‘rayev o‘quvchilar aqliy faoliyatining ko‘rsat- kichi bir xil emasligini ta’kidlab, bu xususiyat ularning saviyasi- ga, topshiriqni yechish motivatsiyasiga bog‘liqligini aytib o‘tadi. Muallif ta’lim jarayonida o‘smir o‘quvchilarda aqliy faoliyat usullarini shakllantirish shaxs aqliy kamolotini ta’minlashning muhim mezoni deb hisoblaydi.

X.G.Sharafutdinova tomonidan uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida aqliy qobiliyatlar tadqiq etilib, uning uzluk-

1 G ‘oziyev E. Umumiy psixologiya. -Т.: 0 ‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati.

2010. - 548 6.

2                   Nishonova Z.T. Mustaqil ijodiy fikrlashni rivojlantirishning psixologik asoslari: Psixol. fan. dok. ... dis. — Т.: 0 ‘zMU, 2005. — 391 b.

3                   Jo‘rayev T.S. Olsmir o‘quvchilar aqliy rivojlanishining psixologik xususiyatlari:

Psixol. fan. nomz. ... dis. — Т.: 0 ‘zMU, 2005. — 171 b.

363

sizligini xarakterlovchi, unda mavjud kamchiliklarning psixologik tavsifini beruvchi ma’lum sabablar mavjudligi kuzatilgan. Muallif o‘zining izlanishlari natijasida umumta’lim maktabi o‘quvchilari, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishi o‘quvchilari hamda oliy o‘quv yur-

ti talabalari intellektual imkoniyatlari xususiyatlarida dinamik o‘sishdan ko‘ra anchagina notekis o‘sish mavjud, degan xulosaga keladi1. Muallif tomonidan aqliy qobiliyatni psixodiagnostika qilish metodikasi modifikatsiya qilinib, aqliy qobiliyati past bo‘lgan o‘quvchilar bilan olib boriladigan psixokorreksion mashqlar maj- muasi ishlab chiqilgan.

                M.G.Davletshin      rahbarligida      M.P.Babaxanova      tomonidan

«0‘smirlarda kitobxonlik qiziqishlarini shakllantirish» mavzui- da ilmiy tadqiqot olib borilgan2. 0 ‘tkazilgan tadqiqot natijalari- dan ma’lum bo‘lishicha, o‘quvchilarda kitobxonlik qiziqishlarini rivojlantirishda oila, atrofdagi kattalar va tengdoshlari ta’sir ko‘rsatadi. 0 ‘quvchilarda kitobxonlik qiziqishlarining rivojla- nishiga maxsus ishlab chiqilgan sinfdan tashqari mashgkulotlar

tizimi ham ta’sir etadi, ular o‘quvchilarning dunyoqarashini ken- gaytiradi, bilimlarini chuqurlashtiradi, o‘quv materialini yaxshi- roq o‘zlashtirishga imkon beradi, kitob o‘qishga qiziqishni rivoj-

lantiradi. Tadqiqotda kitobxonlik qiziqishlari hayotiy qiziqishlar bilan bog‘liqligi isbotlandi.

0              ‘zbekistonda olib borilgan o‘smirlik davridagi bolalarni o‘rga- nishga bag‘ishlangan tadqiqotlardan biri G.Q.To‘laganova rahbarligida N.M.Dalimova tomonidan olib borilgan «Kompyuter o‘yinlariga tobe o‘smirlarning psixologik diagnostikasi va korrek- siyasi xususiyatlari» mavzuidagi tadqiqot ham qiziqish uyg‘otadi3. N.M.Dalimovaning ta’kidlashicha, kompyuter o‘yinlariga tobe

1              Sharafutdinova X.G. Uzluksiz ta’lim tizimida aqliy qobiliyat diagnostikasi va psixokorreksiyasi: Psixol. fan. nomz. ... dis. — Т.: TDPU, 2009. - 198 b. 2 Бабаханова М.П. Формирование читательских интересов у подростков,- Тибилиси. 1987.-18 с.

3 Dalimova N.M. Kompyuter o‘yinlariga tobe o‘smirlaming psixologik diagnostikasi va korreksiyasi xususiyatlari. Avtoref.... ps.f.n. —Т., 2010.-24 b.

364

0‘smirlar oilada, shaxslararo munosabatlarda, ijtimoiy muhitga moslashishda, maktabda birmuncha qiyinchiliklarga duch kela­

di. Shuningdek, muallif bolalar kompyuterdan oddiy kunlari 2 soatdan ortiq, dam olish kunlari 3 soatdan ortiq foydalanmasligi zarurligini ta’kidlagan. 0 ‘smir o‘ynayotgan o‘yinlarda aqliy rivoj- lantiruvchi va mantiqiy o‘yinlarning ko‘proq bo‘lishi maqsadga muvofiq.

F.I.Haydarov rahbarligida N.I.Xalilova tomonidan «0‘smirlik davrida o‘zini o‘zi nazorat qilish shakllanishining psixologik xususiyatlari» mavzuidagi ilmiy tadqiqoti ham e’tiborga molik1. Tadqiotlarda aniqlanishicha, o‘smirlik davrida mustaiql fikr, mustahkam e’tiqod va dunyoqarash shakllanganligi ularda axloq sohasida o‘zini o‘zi nazorat qilishning rivojlanishiga olib keladi va bu ko‘proq ijtimoiy xulq-atvorlar, munosabatlarda, o‘zini tuta bilish hamda javobgarlikni his qilish, mustaqillikka intilish, axloqiy qarashlarning kengayishida yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Z.Nishanovaning shogirdi Sh.T.Alimbayeva tadqiqotlari- da o‘smirlik davrida xavotirlanishning ijodiy tafakkurga ta’siri o‘rganilgan2. Xavotirlanish namoyon bo‘lishining psixologik xu- susiyatlaridan biri ushbu hissiy holatning ijodiy tafakkur namoyon bo‘lishi va uning taqdimotiga ta’sirida ifodalanadi. Ammo xavotirlanishning ijodiy tafakkur namoyon bolishiga ta’siri bil- vosita amalga oshsa, ijodiy tafakkur mahsullarini taqdim etish

jarayoniga ta’siri bevositalik xarakterini kasb etadi.

Xavotirlanishning ijodiy tafakkurga ta’sirida o‘quv motivat- siyasining bilvositalovchi roli mavjud. Ichki o‘quv motivatsiyasi ustun bo‘lganda xavotirlanish ijodiy tafakkurning namoyon bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatmasligi, tashqi motivatsiya ustun o‘quvchilarda esa ushbu ta’sir ma’lum darajagacha stimul va-

1                   Xalilova N.I. 0 ‘smirlik davrida o‘zini-o‘zi nazorat qilish shakllanishining psixologik xususiyatlari. —Т.: TDPU.2010.-24 b.

2                   Alimbayeva Sh.T. 0 ‘smirlar o‘quv faoliyatida xavotirlanish namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlari. Ps.f.n.... dis. —Т., 2011. -148 b.

365


zifasini bajarib, xavotirlanishning yuqori darajasida esa ijodiy tafakkurning susayishiga sabab bolishi aniqlandi. Shuningdek, o‘quvchilardagi ichki o‘quv motivatsiyasining yuqori boii- shi shaxs bilan bog‘liq xavotirlanishning pasayishiga olib kelsa, tashqi o‘quv motivatsiyasining ustunligi shaxs bilan bogMiq xavotirlanishning ortishiga sabab bo‘ladi. Ichki motivatsiya ustun bo‘lganda taqdimot natijalarining past bo‘lishini, tashqi motivatsiya ustun boiganda esa aksincha, ijodiy tafakkur mahsullari- ni taqdim etish darajasining yuqori bo‘lishini ko‘rish mumkin.

Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari:

1.                    0 ‘smirlik davrining asosiy psixik xususiyatlari.

2.                    0 ‘smirlik davridagi yetakchi faoliyat turi.

3.                    0 ‘quv faoliyatining qayta tuzilishi hamda o‘smirdagi bilish jarayonlari ning rivojlanishi.

4.                    0 ‘smirlik davri krizisi, sabablari va namoyon bolishi.

5.                    «Tarbiyasi qiyin» o‘smir xulq-atvoridagi salbiy xususiyatlar va ularga psixologik yondashuv.

6.                    0 ‘smirlik yoshida individual yondashuv.

Mavzuni mustahkamlash uchun test savollari:

1.      0 ‘smirlik yoshiga o‘tishda yuzaga keladigan asosiy qayta shakllanish nimalardan iborat?

a)     bolaning tasavvurlari o‘z bolaligi haqida emas, balki o‘zi-

ning katta bo‘lganligini his etishidan;

b)    begativizm, janjallik holatlari, o‘zini bola deb hisoblashni

istamasligida;

*c) mustaqillikka intilish, tevarak-atrofdagilarga nisbatan tan- qidiy munosabatlarda boMishida;

d) bilish jarayonlari rivojlanishining sekinlashishida.

2.      0 ‘smirlar bilan kattalar o‘rtasidagi nizolarning kelib chiqish sabablari nimalarda aks etadi?

a) ota-onalarning o‘smirlarni «kattalashish» darajasini og‘ir kechirishlarida;

366

*b) kattalarda o‘smirlarga nisbatan bo‘ladigan munosabatlar kichkina bolaga bo‘lgan munosabatdek saqlanib qolishida;

c)    o‘smirlarning moddiy tomondan kattalarga butunlay bogliq

boiib turishida;

d)    bilish jarayonlari rivojlanishining sekinlashishida.

3.      0 ‘smirlik yoshida o‘zaro munosabatlarning xususiyatlari va «tanglik» davrining kechishi nima bilan aniqlanadi?

*a) o‘smirning ijtimoiy mavqeyi kattalar olamiga o‘tishi bilan;

b)      o‘smir organizmida anatomik-fiziologik o‘zgarishlarning

xarakteri bilan;

c)      o‘smirda o‘qish motivlarining asta-sekin tarkib topishi bi­

lan;

d)      bilish jarayonlari rivojlanishining sekinlashishida.

4.      0 ‘smirlik davrida aqliy rivojlanish nimalarda aks etadi?

a)   nutqning faollashuvi, dunyoqarashning o‘sishida;

b)   bilish jarayonlari rivojlanishining jadallashishida;

*c) barcha javoblar to‘g‘ri;

d) bilish jarayonlari rivojlanishining sekinlashishida.

5.      «Tarbiyasi qiyin» o‘smirlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlang.

a) shaxsning psixik o‘sishidagi kamchiliklar, irodaning bo‘shligi;

*b) shaxsning biologik nuqsonlari, shaxs tarbiyasidagi nuqson- lar, psixik kamolotidagi, maktab ta’limi va tarbiyasidagi kamchiliklar, maktabdan tashqari muhitdagi nuqsonlar;

c)      silaviy nizolar, oilada pedagogik-psixologik bilimlarning

yetishmasligi va tengqurlarining ta’siri;

d)     bilish jarayonlari rivojlanishining jadallashishida.

367

XVII BOB. 0 ‘SPIRINLIK DAVRI

Reja:

1.                    0 ‘spirinlik psixologik yosh sifatida rivojlanishning ijtimoiy shart-sharoitlari.

2.                    0 ‘spirinlik davrida yetakchi faoliyat.

3.                    0 ‘spirinlik davrida intellektual rivojlanish.

4.                    Shaxs rivojlanishi.

5.                    0 ‘spirinlik davrida muloqot.

Mavzuning o‘quv maqsadi:

Ta’limiy: Talabalarga o‘spirinlik davrining psixik xususiyatlari, bu davrdagi aqliy va emotsional rivojlanish, shaxs xususiyatlari haqida tushuntirish va anglatishdan iborat.

Tarbiyaviy: 0 ‘spirinlik davrining psixik xususiyatlari bilan tanishtirish orqali shaxsda o‘z-o‘zini boshqarishni, irodaviy va shaxsiy sifatlarni tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi: Talabalarda o‘spirinlik davrining psixik xususiyatlari to‘g‘risidagi bilimlarini rivojlantirish.

Tayanch tushunchalar: ilk o‘spirinlik, o‘spirinlik, intellektual rivojlanish, yetakchi faoliyat, muloqot, emotsional rivojlanish,

yangi psixologik tuzilma.

17.1. 0 ‘spirinlik psixologik yosh sifatida rivojlanishning ijtimoiy

shart-sharoitlari

Ilk o‘spirinlik davri «kamolot bo‘sag‘asi» deb ta’riflanadi. Bu kamolot bosqichi fiziologik, psixologik va ijtimoiy chegaralarni o‘z ichiga oladi. Psixologiya fani o‘spirinlik muammosini kompleks o‘rganishni da’vat etadi.

Bu juda qiyin masala, chunki psixofiziologik taraqqiyot sur’ati bilan uning bosqichlari ijtimoiy yetilish muddati bilan hamma vaqt ham to‘g‘ri kelavermaydi. Akseleratsiya natijasida bugungi ilk o‘spirinlarning taraqqiyoti avvalgi avlodlarga nisbatan o‘rta- cha ikki-uch yil avval yetilmoqda. Fiziologlar bu jarayonni 2-da- rajali jinsiy belgilarning paydo bo‘lishiga qarab, 3 ta bosqichga ajratadilar:

368


I                bosqich — prepubertat СГ pubertat

II              bosqich —

С

III bosqich — postpubertat

Akseleratsiya munosabati bilan o‘spirinlik yoshining chegara- si endi 15—16 dan 23 yoshgacha bo‘lmoqda. Bunda ilk o‘spirinlik

15—18 yosh, o‘spirinlik 18—23 yoshdagi yigit va qizlarni o‘z ichiga oladi. Demak, o‘spirinlik ham oldin boshlanadi. Lekin, bu taraqqiyot davrining konkret mazmuni birinchi navbatda ijtimoiy sharoitlar bilan belgilanadi. Yoshlarning jamiyatda tutgan o‘rni, ularning mavqei, ular egallaydigan bilimlarning hajmi va bir qator boshqa omillar ijtimoiy sharoitlarga bogiiqdir.

Ilk o‘spirinlik yoshidagi bolalar bu 15 yoshdan 17-18 yoshgacha bo‘lgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchi- laridir. 0 ‘spirinlik — bu odamning fuqaro sifatida shakllanishi, uning ijtimoiy jihatdan yetilishi, o‘z taqdirini o‘zi hal qilishi, ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishi davri, fuqaro va vatanparvarning ma’naviy sifatlari tarkib topadigan davrdir. Faol ijtimoiy hayot, o‘qishning yangi xarakteri (mustaqil bilim olish) yigit va qizlar- da dunyoqarash ning shakllanishiga, ularda mustaqillik va burch hissining tarkib topishiga, bilimning turli sohalarida ularning ijodiy qobiliyatini avj oldirishga katta ta’sir ko‘rsatadi.

Rus psixologi L.I.Bojovich ilk o‘spirinlik davrida shaxs mo- tivatsion sohasining rivojlanishiga urg‘u beradi: o‘quvchilarning hayotda o‘z o‘rnini va ichki pozitsiyasini aniqlashi, dunyoqarash- ning shakllanishi va uning bilish faoliyatiga, o‘z-o‘zini anglashga

va axloqiy ongga ta’siri nazarda tutiladi.

Ilk o‘spirinlar mustaqil hayot sohasida yaqin istiqbolga ega bo‘lar ekanlar, o‘zlarining hayot yo‘llarini belgilab olishga, bun- dan buyongi mehnat faoliyatlarining aniq istiqbollarini aniqlab olishga, o‘zlarining kelgusi ixtisoslarini tanlashga intiladilar. Shu

369


munosabat bilan kasb-hunarga oid qiziqishlar tarkib topadi va yanada barqarorroq boiib qoladi, yigit va qizlar o‘z kelajaklari haqida jiddiyroq o‘ylay boshlaydilar.

Ilk o‘spirinlik davridagi jismoniy rivojlanish ustida to‘xta- lib o‘tamiz, bu narsa quyidagi sabablarga ko‘ra muhimdir. Jismoniy rivojlanishning ayrim xususiyatlari ilk o‘spirin shaxsining ayrim sifatlari rivojlanishiga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi va uning bundan keyingi hayot faoliyati sohasidagi imkoniyatlarini bir qadar belgilab beradi. Birinchidan bu o‘rinda kasb tanlash nazarda tutiladi, bu esa ma’lum darajada yigit va qizlarning indi­

vidual jismoniy tuzilishi xususiyatlariga ham bogliqdir. Ikkinchi- dan, jinslarning o‘zaro mayli ta’sir ko‘rsatadiki, bunda jismoniy rivojlanish xususiyatlari ancha muhim rol o‘ynaydi. 0 ‘zining jismoniy kuchini va jozibadorligini, sogiomligi va mukammalligini his etish yigit va qizlarda o‘ziga ishonch, dadillik, tetiklik, op- timizm va xushchaqchaqlik singari sifatlarning tarkib topishiga ta’sir ko‘rsatadi.

Bo‘yning o‘sishi o‘spirin qizlarda 15—16 yoshgacha, o‘g‘il bola- larda 17—18 yoshgacha davom etadi. Bu yoshda muskullar kuchi tez o‘sadi. Masalan, 18 yoshli bola muskul kuchi 12 yoshli bola- ga nisbatan 2 baravar ko‘p boiadi. Jismoniy taraqqiyot, asosan, to‘g‘ri ovqatlanish rejimiga va jismoniy tarbiya bilan shug‘ulla- nishiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Jinsiy taraqqiyot jihatdan bu yosh- dagi ko‘pchilik yigit va qizlar postpubertat (tugallanuvchi) davrda boMadilar. Bularning jismoniy rivojlanishi katta yoshdagi odamning jismoniy rivojlanishidan kam farq qiladi. Bo‘yning va or- ganizmning notekis o‘sishi va rivojlanish davri tugallanadi hamda

jismoniy rivojlanishning nisbatan birmuncha tekis davri boshla- nadi. 0 ‘spirinlik yoshida jismoniy sifatlar (bo‘y, og‘irlik) nisbatan barqaror darajaga yetgan boiadi. Shuningdek, muskul kuchi va ishchanlik qobiliyati sezilarli darajada ortadi.

Ko‘krak qafasining hajmi kengayadi, skelet, naychasimon suyaklar qattiqlashadi, to‘qimalar va a’zolarning shakllanishi va funksional taraqqiyoti tugallanadi. Odatda bu yoshda yurak va

370

qon tomirlarning rivojlanishida o‘smirlarga xos boigan notekis- lik endi tekislashadi, qon bosimi baravarlashadi, ichki sekretsi- ya bezlari bir me’yorda ishlay boshlaydi. Nerv sistemasining va xususan, miya rivojlanishidagi o‘zgarishlar ma’lum bo‘lib qoladi. Lekin, bu o‘zgarishlar miya massasining ortishi hisobiga emas, balki miyaning ichki hujayralari tuzilishining murakkablashuvi hisobiga ro‘y beradi.

Katta yarim sharlar qatlamidagi hujayralarning tuzilishi se- kin-asta katta yoshdagi kishi miyasining hujayralariga xos boigan xususiyatlarga ega bo‘ladi. Bosh miya po‘stining qismlarida as- sotsiativ to‘qimalarning miqdori ko‘payadi. Natijada o‘qish va mehnat jarayonida katta (yarim sharlar) qatlamining analitik-sin- tetik faoliyati murakkablashadi. Ba’zan bu yoshdagi olquvchilar- da nerv qo‘zg‘aluvchanligining ortishi, nerv sistemasi normal ish- lashining buzilishi ko‘pincha noto‘g‘ri yashash rejimining: tungi mashg‘ulotlar, to‘yib uxlamaslik, toliqish, chekish, noratsional ovqatlanish, zararli odatlar va boshqa ayrim sabablarning nati­

jasida ro‘y beradi.

Ilk 0‘spirlik yoshining boshlanishida odatda jinsiy yetilish tu- gallanadi, ikkilamchi jinsiy belgilar rivojlanadi, bu hoi yigit va qizlarning tashqi ko‘rinishida ham sezilarli o‘zgarish hosil qiladi. Jinsiy yetilish davrining tugallanishi hali jismoniy yetuklikni ham, buning ustiga psixik va ma’naviy yetuklikni ham anglat- maydi. Faqat 18 yoshga borib, nikohdan o‘tishga ruxsat beriladigan davrda, shu yosh uchun minimal darajada zarur boigan jismoniy, ma’naviy, fuqarolik yetuklik darajasi boshlanadi. 18 yoshli yigit va qizlar jamiyat tomonidan katta yoshli kishilar deb e’ti- rof etiladi.

Ilk o‘spirinlik davrini ikkinchi o‘tish davri deb hisoblash mumkin. Agar birinchi o‘tish davri ko‘proq bolalikka yaqin bo‘lsa, ikkinchi o‘tish davrida bo‘lgan o‘spirin ko‘proq yoshlik davriga yaqindir va shu jihatidan o‘rganiladi hamda tadqiq etiladi. Ilk o‘spirinlik davri, asosan, unda mustaqil hayotning boshlani- shi (o‘rta maktabni tamomlab, litsey, kollejlarga kirishi) bilan xa-

371


rakterlanadi. Hayotdagi bu o‘zgarishlar ilk o‘spirinning shaxsiga,

o‘z-o‘zini anglashiga ta’sir ko‘rsatadi. 0 ‘smirlardan farqli o‘laroq ilk o‘spirinlar katta hayotni tasavvur etmaydilar, balki unda ishtirok etadilar.

Ilk o‘spirinlarning mustaqilligi ortishi bilan kattalarning unga munosabatlari ham o‘zgaradi. Kattalar o‘smirga ko‘proq bola deb qarasalar, ilk o‘spirin yoshdagilarga katta odamdek munosa- batda boladilar. Ilk o‘spirinlar hayotda o‘z o‘rnini topishga nisbatan intilishi anglangan holatda bo‘ladi. U o‘z hayotiy rejala- rini amalga oshirish uchun harakat qila boshlaydi va ma’lum bir kasbni egallay boshlaydi yoki shu soha bo‘yicha akademik litsey- larda o‘qishini davom ettiradi. 0 ‘spirinlar tanlagan sohalari yoki kasblarida juda katta yangiliklar, kashfiyotlar qilgilari keladi, lekin asta-sekinlik bilan yangilik va kashfiyotlar qilish uchun ularda bilim va tajriba yetishmayotganligini, buning uchun ko‘proq o‘qish va o‘rganishlari kerakligini anglay boshlaydilar.

Hayot faoliyati kengaygan sari, o‘spirinlarda ijtimoiy rollar kengligi faqat miqdor tomondangina kengayib qolmay, balki sifat

tomonidan ham o‘zgarib boradi. Masalan: 16 yoshda pasport oladi; 18 yoshidan faol saylash huquqiga va oila qurish imkoniyatiga ega boladi. 0 ‘spirin jinoiy ishlar uchun javobgar bo‘ladi. Ba’zi o‘spirinlar bu yoshdan boshlab ishlay boshlaydilar. Kasb tanlash haqida o‘ylay boshlaydilar. Lekin, shunga qaramay o‘spirinlarda kattalarga qaramlik xususiyatlari saqlanib qoladi.

0 ‘spirinlar (16—18 yoshlar) o‘zlarining psixologik xususiyatlari bilan boshqa yosh davrdagi bolalardan keskin farq qiladilar. Jismoniy hamda aqliy jihatdan voyaga yetgan, kamolotga erishgan, dunyoqarashi, o‘z-o‘zini boshqarishi kabi yetuk insoniy xususiyatlari tarkib topgan bo‘ladi. Ular vazmin, mulohazali boladilar, katta yoshdagilarga hurmat-ehtirom bilan qaraydilar. Ular uzoqni ko‘zlaydigan, kelajak uchun qayg‘uradigan, ota-onalarining ya- qin yordamchisiga aylanadilar. 0 ‘quv faoliyati o‘spirinning asosiy faoliyati bo‘lib qolaveradi, o‘qishga nisbatan o‘smirlik yoshiga qaraganda o‘spirinlikda birmuncha yuqoriroq boladi. Mustaqil

372


hayotga tayyorgarligini o‘z-o‘zini anglashi bilan bog‘liq motiv- lar bu davrda yetakchi o‘rinni egallaydi. Motivlar tizimida jami- yatning toklaqonli a’zosi boiishga intilish, insonlarga naf keltirish kabi ijtimoiy motivlar ustunlik qiladi. Bu davrda o‘spirinlarning kelgusi hayoti va tanlayotgan kasbiy rejalariga kokra fanlarga nis­

batan qiziqishlari o‘zgaradi. 0 ‘spirinning fanlarga hamda shu fan o‘qituvchilariga nisbatan munosabati o‘zgaradi. 0 ‘spirinlik davrida o‘zi ko‘zlagan maqsadlariga erishishga asoslangan motivlar birinchi o‘ringa ko‘tariladi. 0 ‘smirlar o‘zlarining o‘qish- ga bo‘lgan munosabatlari va ularning o‘qish-o‘rganishga undovchi sabablarni yaxshi anglaydilar. 0 ‘spirinlik yoshida boshdan kechiriladigan his-tuyg‘ularning boyligi, xilma-xilligi bilan, ha- yotning turli tomonlariga emotsional munosabatda bo‘lishi bilan ajralib turadi.

Rus psixologi L.S.Vigotskiy 1920-yillardayoq ilk o‘spirinlar haqida nazariyalar ko'pligini ta’kidlagan edi. Ilk o‘spirinlar haqi­

da 3ta yirik yo‘nalishlarni ajratib ko‘rsatish mumkin.

Birinchi yo‘nalish biogenetik yo‘nalish deb ataladi, uning asosida yetilishning biologik jarayonlari yotadi. Ikkinchi yo‘nalish sotsiogenetik yo‘nalish deb ataladi, unda asosiy e’tibor ijtimo- iylashuvga qaratiladi. Uchinchi yo‘nalish psixogenetik deb ata- lib, uning asosida psixik jarayonlar va funksiyalarning rivojlanishi yotadi.

373


Taraqqiyotning biogenetik nazariyalarida rivojlanishning biologik determinantlariga asosiy urg‘u beriladi. Rivojlanish ja- rayonining o‘zi bosqichlari universal boigan yetilish sifatida talqin etiladi. Bu yo‘nalishning yorqin namoyandalaridan bi- ri XX asr amerikalik psixolog S.Xolldir. Uning ta’kidlashicha, rivojlanish psixologiyasining asosiy qonuni biogenetik «reka- pitulyatsiya qonuni» hisoblanadi, unga ko‘ra individual rivojlanish, ontogenez filogenezning asosiy bosqichlarini takrorlay- di. Go‘daklik rivojlanishning hayvonot fazalarini takrorlaydi. Bolalik qadimgi odamlarning asosiy mashg‘ulotlari ovchilik va baliq ovlash boigan davrga to‘g‘ri keladi. 8 dan 12 yoshgacha boigan davr o‘smirlikdan oldingi davr deb ataladi, yovvoyi- lik tugallanib, madaniyatning boshlanishi deb ta’riflaydi. 12— 13 yoshdan 22—25 yoshgacha boigan davrni o‘spirinlik deb ataladi, kattalikning boshlanishi, romantizm davri deb ataladi. Bu davrda tashqi va ichki nizolar avj olib, insonda «individu- allik hissi» paydo boladi. Holning bu nazariyasi psixologlar tomonidan tanqid qilinadi.

Biogenetik nazariyaning boshqa varianti nemis «konstitutsio- nal psixologiya» vakillari tomonidan ishlab chiqildi. E.Krechmer va E.Yensh ba’zi biologik omillar asosida (tana tuzilishi tiplari va boshqalar) shaxs tipologiyalari muammolarini ishlab chiqib, insonning jismoniy tiplari va uning rivojlanish xususiyatlari orasida qandaydir boglanish mavjud bolsa kerak, deb taxmin qiladilar.

E.Krechmer barcha insonlarni ikki tomonga joylashtirish mumkin, bir tomonda sikloid (oson qo‘zg‘aluvchan, kayfiyati o‘zgaruv- chan) ikkinchi tomonda shizoid (kamgap, hissiyotlari yorqin bolmagan) tiplarni joylashtirish mumkin. Krechmerning shogir- di K.Konradning ta’kidlashicha, bu tavsiflarni yosh bosqichlari- ga ham qollasa boladi: 0 ‘smirlikdan oldingi davr «sikloid», ilk o‘spirinlik esa «shizoid» davrga to‘g‘ri keladi. Shizoid shaxsning o‘spirinligi murakkab va oglr kechadi, uning xislatlari indivi- dual-tipologik xususiyatlar bilan yanada chuqurlashadi. Sikloid shaxs ilk o‘spirinlik xavotirlanishlarini yengil shaklda boshidan

374


kechiradi, bu yoshning xususiyatlari uning tipologik xususiyatlari bilan muvozanatlashadi.

Nemis olimi V.Seller «Konstitutsiya va rivojlanish» asari- da (1952) ta’kidlashicha, psixik va somatik rivojlanish orasidagi bog‘lovchi zveno bola tana tuzilishining o‘zgarishi va uni anglash hisoblanadi.

Biogenetik yo‘nalish namoyandalari olimlar e’tiborini taraq- qiyotning psixik va jismoniy o‘zaro bog‘liqligini o‘rganishga qa- ratdilar. Bu psixofiziologiya uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Psixika taraqqiyotini faqat biologik qonunlar asosida tushunish muvaffaqiyatga erishmadi. Ular taraqqiyotning ijtimoiy omil- larining rolini yo‘qqa chiqarib, faqat biologik omillarning rolini

bo‘rttirmoqchi boMdilar. Shunday nazariyalardan biri mashhur amerikalik psixolog A.Gezell nazariyasidir. U taraqqiyotda biologik omillarga urg‘u beradi. Gezellning fikricha, ilk o‘spirinlik yoshi 11 dan 21 yoshgacha davom etadi, ulardan birinchi besh yil (lldan 16 yoshgacha) bo‘lgan davr juda muhimdir. Uning ta’kidlashicha, o‘n yil, oltin davr bo‘lib bola muvozanatli, hayotni oson idrok etadi, ota-onasi bilan muomalasi yaxshi, tashqi ko‘rinishi haqida qayg‘urmaydi. 11 yoshdan organizmda qayta qurish bosh- lanadi; bola ta’sirchan bo‘lib qoladi, qarshilik ko‘rsatish (nega- tivizm), kayfiyatning tez o‘zgarishi, tengdoshlari bilan janjallar, ota-onaga qarshi isyon paydo bo‘ladi. 12 yoshda hayotga munosabat ijobiylasha boshlaydi, o‘smirning oiladan uzoqlashishi hamda tengdoshlarining ta’siri kuchaya boradi. Bu yoshdagi asosiy xislatlar: aqllilik, chidamlilik va hazil; o‘smir bajon-u dil tashab- bus bilan chiqadi, tashqi ko‘rinishi haqida qayg‘ura boshlaydi va qarama-qarshi jins vakillariga qiziqishi ortadi. 13 yoshlilarning asosiy xislatlari - o‘smir o‘zi bilan o‘zi bo‘lib, introvertlik xislatlari kuchayadi; o‘z-o‘zini tanqid qiladi, tanqiddan tez xafa bola- di, psixologiya bilan qiziqa boshlaydi, ota-onaga ham tanqidiy munosabatda bo‘la boshlaydi, do‘st tanlashi ham o‘zgarib boradi, somatik o‘zgarishlar kuchayganligi sababli kayfiyatning tez o‘zga- rishi namoyon bo‘ladi.

375

14 yoshda introversiya ekstroversiya bilan almashadi, o‘smir muloqotchan, kuch-quvvatga to‘la, o‘ziga ishonchi ortgan, in- sonlarga va ular orasidagi farqqa qiziqish ortadi. U o‘zini bosh- qalar bilan solishtirishni, kino va adabiy qahramonlarga o‘zini o‘xshatib, muhokama qilishni yoqtiradi. Gezellning ta’kidlashi- cha, 15 yoshlilarning xususiyatlarini yagona shaklda ifodalash qiyin, chunki individual farqlar ortib boradi. Bu yoshdagi yangi psixologik tuzilma — mustaqillik ruhining ortishi bo‘lib, bunda o‘smirning maktab va oilaga munosabati kuchayadi, tashqi na- zoratdan qochish o‘z-o‘zini nazorat qilish va ongli o‘z-o‘zini tarbiyalash bilan uyg‘unlashadi. Bularning barchasi o‘smirning salbiy ta’sirlarni idrok qilish va tez xafa bo‘lishini orttiradi.

16 yoshda yana osoyishtalik boshlanadi: isyonchilik xushchaq- chaqlikka aylanadi, ichki mustaqillik, hissiy barqarorlik, mulo- qotchanlik, kelajakka intilish kuchayadi. Shunday qilib, Gezellda biogenetik konsepsiya taraqqiyotning turli jihatlarini, xronologik birlashtirilgan tavsiflashga aylanadi.

Sotsiogenetik nazariyalarda ilk o‘spirinlik xususiyatlari ja- miyatning tuzilishidan, ijtimoiylashuv usullaridan, boshqalar bilan o‘zaro ta’sir xususiyatlaridan kelib chiqadi. Ilk o‘spirinlikni o‘rganishda sotsiogenetik yo‘nalish ijtimoiy psixologiyaning ta’siri bilan bogliq. Nemis psixologi K.Levinning «maydon nazariyasi» bo‘yicha insonning xulq-atvori, bir tomondan shaxsning, ikkinchi tomondan uni o‘rab turgan muhitning funksiyasidir. Lekin shaxs xususiyatlari va muhit xislatlari o‘zaro bogiiq. Bola oi- ladan, maktabdan tashqarida mavjud bo‘la olmaydi, chunki bu ijtimoiy institutlar alohida olingan individlarsiz bo‘lishi mumkin emas. Levin shaxsiy va muhit tarkibiy qismlarining birligi va o‘zaro ta’sirini hayotiy yoki psixologik fazo deb ataydi. 0 ‘tish davrining muhim jarayonlari sifatida Levin shaxs hayotiy dunyo- sining, muloqot doirasining kengayishi deb hisoblaydi. Ilk o‘spi- rinning xulq-atvori o‘zgaruvchandir. Bolalikdan kattalikka o‘tgan okspirin, to‘liq unisiga ham, bunisiga ham kirmaydi. Uning hayotiy dunyosi va ijtimoiy vaziyatdagi bu xususiyati intilish dara-

376

jasining noaniqligi, ichki qarama-qarshilik, kuchli tortinchoq- lik va agressivlik kabi psixikasining holatlarida namoyon bo‘ladi. Bunday nizolar qanchalik ko‘p bo‘lsa, bolalar dunyosi va kattalar dunyosi orasida farq shunchalik ko‘p bo‘ladi.

Levin konsepsiyasining yutug‘i shundaki, u o‘spirinlikni ijti- moiy-psixologik hodisa sifatida qaraydi, shaxsning psixik taraqqi-

yotini uning ijtimoiy holatining o‘zgarishi bilan bog‘laydi.

Ilk o‘spirinlik biogenetik va sotsiogenetik yo‘nalishlarining umumiy xususiyati shundaki, taraqqiyotning manbaalari va hara- katga keltiruvchi kuchlarini ular psixik omillardan tashqarida izlaydilar. Birinchi holda organizmda ro‘y beradigan biologik ja- rayonlarga urg‘u beriladi, ikkinchisida shaxs ishtirok etadigan ijtimoiy jarayonlarga urg‘u beriladi.

Psixogenetik yo‘nalish har ikkala yo‘nalishning ahamiyati- ni kamaytirmagan holda, psixik jarayonlaming rivojlanishini birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bu yobnalishni uchga bo‘lib okrganish mumkin. Ular:

Xulq-atvorni hissiyot, mayl va boshqa psixikaning ratsional bo£lmagan tarkibiy qismlari bilan tushuntiruvchi nazariya psi- xodinamik nazariya deb ataladi. Bilish qobiliyatlari va intellekt- ning rivojlanishiga urg‘u beriladigan konsepsiya kognitiv yoki kognitiv-genetik konsepsiya deb ataladi. Shaxsning rivojlanishiga urg‘u beriladigan konsepsiyalar personologik konsepsiyalar deb

ataladi.

377

Ilk o‘spirinlik haqida psixodinamik nazariyaning yirik namo- yandasi mashhur amerikalik psixolog E.Erikson hisoblanadi. Uning falsafiy-metodologik qarashlari freydistik-psixoanalizning davomi hisoblanadi. Z.Freyd shaxs taraqqiyoti ning asosiy hara- katlantiruvchi kuchi biologik jinsiy mayl («libido») deb hisoblaydi. Eriksonning ta’kidlashicha, insonning rivojlanishi, o‘zaro bog‘liq uch jarayondan iborat: biologiya o‘rganadigan jismoniy taraqqi­

yot, psixologiya o‘rganadigan ongli «Men»ning rivojlanishi, ijti- mioy fanlar o‘rganadigan ijtimoiy rivojlanish. Taraqqiyotning aso­

siy qonuni — «epigenetik prinsip» bo‘lib, rivojlanishning har bir yangi bosqichida oldingi bosqichlarda bo‘lmagan yangi hodisa va xislatlar paydo bo‘ladi. Taraqqiyotning yangi fazasiga o‘tish «nor- mativ inqiroz» shaklida o‘tadi, u tashqaridan patologik hodisa-

ga o‘xshaydi, lekin o‘sishning normal qiyinchiliklarini ifodalaydi.

Taraqqiyotning yangi bosqichiga o‘tish oldingi bosqichga xos bo‘lgan asosiy qarama-qarshilikni hal qilish asosida mumkin bo‘ladi. Agar qarama-qarshilik hal qilinmasa u albatta keyin namoyon boladi.

Erikson hayotiy siklni sakkiz bosqich (faza)ga boMadi.

Birinchi bosqich — go‘daklik. Uning asosiy maqsadi — tashqi dunyoga «ishonish» hissini hosil qilishdir. Uning asosiy vositasi ota-onaning muhabbati va g‘amxo‘rligidir. Agar go‘dakda «asos- li ishonish» vujudga kelmasa, unda dunyoga «asosli ishonmaslik»,

xavotirlanish hissi paydo boladi.

Ikkinchi bosqich — ilk bolalik — bolada uyat va shubhalanish kabi hislar paydo bo‘ladi. Bolada mustaqillik, mas’uliyat, tartib va intizomni hurmatlash kabi xislatlar paydo boMadi.

Uchinchi bosqich — o‘yin yoshi (5—7 yosh) tashabbus hissi, nimadir qilish hissi paydo boladi. Bu yoshda guruhiy o‘yinlar,

tengdoshlari bilan muloqot, xayolning rivojlanishi muhim hisoblanadi. Bu yoshda adolat, qoidaga mosligini tushunish hissi paydo bo‘ladi.

To‘rtinchi bosqich - maktab yoshidagi yangi psixologik tuzil- ma — maqsadga erishish qobiliyati, tashabbuskorlik hissidir.

378

Beshinchi bosqich — o‘spirinlik bo‘lib, boshqalarga o‘xshamaslik, individuallik hissining paydo bo‘lishi bilan xarak- terlanadi. Erikson o‘z-o‘zini anglash, vaqtni yangicha his qilish,

jinsiy qiziqishlar shakllanishi mexanizmlarini to‘liq tavsiflaydi.

Oltinchi bosqich — yoshlik — boshqalar bilan intim psixologik yaqinlik, jumladan, jinsiy yaqinlik ehtiyoji va qobiliyati paydo boiadi.

Yettinchi bosqich — yetuklik davrida hayotiy faoliyatning barcha sohalarida (mehnatda, ijodiyotda, g‘amxo‘rlikda, pusht qoldirishda, tajriba uzatish va boshqalarda) mahsuldorlik tuyg‘usi uzluksiz hamroh bo‘ladi va ezgu niyatlarning amalga oshishida turtki vazifasini bajaradi.

Sakkizinchi bosqich, ya’ni qarilik — inson sifatida o‘z burchi- ni uddalay olganligidan, turmushning keng qamrovliligidan qa- noatlanish tuyg‘ulari bilan xarakterlanadi.

Personologik yo‘nalish vakillari, jumladan E.Shprangerning ta’kidlashicha, bu davrdagi asosiy o‘zgarishlar: shaxsiy «Men»ni kashf qilish, refleksiyaning o‘sishi, o‘zining individualligini anglash va shaxsiy xususiyatlarini e’tirof etish, hayotiy ezgu rejalarning paydo bo‘lishi, o‘z shaxsiy turmushini ongli holda qurishga intilish va hokazolardir. Shpranger o‘spirinlikni ikki davrga bo‘ladi. Birinchi davr 14—17 yoshlarda vujudga keladigan inqiroz o‘spiri- nlarda o‘zlarini kattalarning bolalarcha munosabati doirasidan qutulish tuyg‘usi paydo bo‘lishidan iboratdir. 17—21 yoshlilarning asosiy xususiyati ularda tengqurlaridan «ajralish» inqirozi va tan- holik istagining paydo bo‘lishidir. Bu holat tarixiy shart-sharoit- lardan kelib chiqadi. Shpranger ilk o‘spirinlarda o‘z-o‘zini anglash va qadriyatlar yo‘nalganligiga asos solgan. Bu yo‘nalishni ke- yinchalik K.Byuler, A.Maslou va boshqalar davom ettirganlar.

Kognitivistik yo‘nalishning asoschilari qatoriga J.Piaje, Dj.Kelli, L.Kolberg, D.Bromley, Dj.Birrer, A.Vallon, G.Grimm va boshqalarni kiritish mumkin. J.Piajening intellekt nazariyasi aql-idrok funksiyalari hamda uning davrlari haqidagi ta’limotni o‘z ichiga oladi. Intellektning asosiy funksiyalari uyushqoqlik va

379




o‘zini belgilash haqida gapirish erta, chunki unda faqat istak, ha- qiqatda amalga oshmagan kelajak rejalar mavjud bo‘ladi.

Ilk o‘spirinlar shaxsining taraqqiyotida ijtimoiy foydali mehnatning roli katta. Ilk o‘spirinlar mehnati faqat o‘zi- ning moddiy natija berishi tomoni bilangina muhim emas. Bu yoshdagilarning mehnatini to‘g‘ri tashkil etish shaxsning kollek- tivizm, umum foydasi uchun qilinadigan mehnatga muhabbat, tashabbuskorlik, maqsadga intiluvchanlik, intizomlilik, qat’iyatli- lik singari sifatlarini tarkib toptirishga yordam beradi. 0 ‘quvchi- lar umumiy mehnatda qatnashar ekanlar, mehnatni va mehnat kishilarini hurmatlash tuyg‘usini hosil qiladilar, ularda mehnat qilish ehtiyoji va istagi paydo bo‘ladi.

Mehnat jarayonida o‘quvchilarda yangi tuyg‘ular — o‘z mehnatidan quvonish, yaratilgan narsa bilan faxrlanish tuyg‘usi, ko‘p kuch-g‘ayrat sarflagandan keyin erishilgan g‘alabadan qa- noat hosil qilish tuyg‘usi vujudga keladi. Ana shu yangi quvonch- li emotsiya o‘quvchini yana bir marta bu tuyg‘ularni boshdan ke- chirish uchun tag‘in mehnat vaziyatiga jalb qiladi. Mehnatning ijtimoiy ahamiyati va uning natijalariga ijtimoiy baho berish —

o‘quvchini mehnatga psixologik jihatdan tayyorlashning zarur to- monlaridan biridir.

Jamoada mehnat qilishda uning tarbiyaviy ahamiyati kuchli bo‘ladi. Jamoaviy mehnat, o‘zaro mehnat mas’uliyati ilk o‘spi- rin shaxsini tarkib toptirishda katta rol o‘ynaydi. Jamoa bo‘lib mehnat qilish o‘quvchilarning mehnatda hamkorlik va o‘zaro yordam ko‘rsatish tajribasini, bir-birlarini nazorat qilish tajribasi- ni hosil qilishlariga imkon beradi, mehnatning umumiy natijala- ridan shaxsiy manfaatdorlikni, o‘z xatti-harakatlarini jamoa man- faatlariga bo‘ysundirish odatini tarkib toptiradi. Ilk o‘spirinlik

yoshi — mehnat hayotida o‘z-o‘zini aniqlab olish yoshi bo‘lib, bu vaqtda o‘quvchi o‘zining mehnatdagi iste’dodini jiddiy ravishda izlay boshlaydi, unda o‘zining kelajakdagi kasbini belgilab olish intilishi paydo bo‘ladi. Olsmirlardan farqli ravishda ilk o‘spirinlar kasbni o‘ylab tanlaydilar, nima uchun shu kasbni tanlaganlikla-


rini asoslab beradilar. Ularning ko‘plari o‘zlarining individual jismoniy va psixik xususiyatlarini biror kasb kishisiga qo‘yiladi- gan talablar bilan taqqoslamoqchi bo‘ladilar. Buning natijasida ilk o‘spirinlar amaliy jihatdan masalaga yaqinlashib qoladilar va o‘z qiziqishlari hamda imkoniyatlarini hisobga olib, haqiqiy kasb- larni tilga ola boshlaydilar.

Ming-minglab kasblar bor, lekin muayyan mehnat turiga individual moyillik bilan unga bolgan qobiliyat va uning ijtimoiy ahamiyatiga yuqori baho berish birga qo‘shilib ketgan vaqtdagina chin yurakdan tanlangan kasbgina kishiga ma’naviy qoniqish va jamiyatga foyda keltiradi. Ilk o‘spirinlar uchun xarakterli xususi- yat — kasblarga keskin tanlab munosabatda bo‘lishdir. Ular ayrim kasblarni yuksak baholaydilar, o‘quvchilarning ko‘z o‘ngida bu kasblarning ijtimoiy mavqei ulug‘dir. Boshqa kasblarning ijtimoiy mavqei juda past.

        Kasbiy      niyatlarning       barqarorligini      o‘rganish      yuzasidan

N.I.Krilov o‘tkazgan tekshirish shuni ko‘rsatdiki, hatto o‘z ni- yatlarini amalga oshirib, oliy o‘quv yurtiga kirgan talabalar orasi- da ham ko‘plari o‘zlarining kim bo‘lishlarini oxirigacha hal qil- maganlar. Bunga sabab yoshlarni mazkur oliy o‘quv yurtiga olib kelgan kasb haqidagi tasavvur bilan bu kasbning haqiqiy, amaliy mazmuni okrtasidagi nomuvofiqlikdir. 0 ‘zining kasb tanlash bo‘yicha taqdirini tasodifan hal etish murakkab kechinmalarga, tanlagan kasbi sohasida ikkilanishlarga, og‘ir ichki nizolarga olib kelishi mumkin. Bu esa yigit va qizlar uchun ham, jamiyat uchun ham katta zarar keltiradi.

Kasb tanlash nimaning ta’siri ostida ro‘y beradi? Bunday tan- lashning motivlari nima?

Ko‘pdan ko‘p materiallar maktab o‘quvchilarida o‘zlarining kelajakdagi kasblariga qiziqishni tarbiyalashda maktab va o‘qituv- chilarning ma’lum darajada rol 0‘ynashini ko‘rsatadi. Bir qancha tadqiqotlarning bergan ma’lumotlariga qaraganda, so‘rab chiqilgan o‘quvchilarning 40—50% kelajakdagi kasbni tanlashga biror o‘quv predmetiga bolgan qiziqishlari sabab bo‘lganligini ayta-


di. Ko"pgina o‘quvchilar xalq xo‘jaligi uchun zarur boigan kasb- larni tanlaydilar, bunga Vatanga foyda keltirish istagini sabab qilib ko‘rsatadilar, lekin bu kasblarni o‘zlarining individual xu- susiyatlariga, qobiliyatlariga muvofiq keladi, deb hisoblamaydilar. Ilk o‘spirinlarning ko‘pchiligi kasb tanlashga motiv qilib o‘z qo- biliyatlarini ko‘rsatadilar. Ko‘p o‘quvchilar esa oilaviy an’ana- larning mavjudligini, moddiy-maishiy ta’minlanganlik sababini, do‘stlar va o‘rtoqlaridan namuna olganligini motiv qilib ko‘rsa- tib o‘tadilar. Ayrim hollarda ish joyi yoki oliy o‘quv yurtining ya- shash joyiga yaqinligi va boshqalar motiv boigan.

Ilk o‘spirinlarning qiziqishlarini xarakterlaganda avvalo shuni aytish kerakki, yigit va qizlar odatda xuddi shu yoshda biror fanga, bilim tarmoglga, faoliyat sohasiga boigan o‘zlarining qat’iy spet- sifik qiziqishlarini belgilab oladilar. Ilk o‘spirin yoshidagi bunday qiziqish shaxsning bilish-professional yo‘nalishining tarkib topishiga olib keladi, yigit yoki qizning maktabni tamomlagan- dan keyin qanday kasb tanlashini, hayot yolini belgilab beradi. Ana shunday maxsus qiziqishning mavjudligi muayyan sohada- gi bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirishga doimiy intilishni rag‘batlantiradi: katta maktab yoshidagi o‘quvchi zarur adabiyot bilan aktiv ravishda tanishib boradi, tegishli to‘garaklarda ba-

jon-u dil shug‘ullanadi.

Ilk o‘spirinlik yoshida bilishga oid qiziqishlar tobora keng, qat’iy va amaliy xarakter kasb etadi. 0 ‘quvchilarning qiziqishlari keng va xilma-xil bolib boradi: texnikaga, tabiyotga, ijtimoiy-si- yosiy masalalarga, falsafiy-axloqiy masalalarga, sportga qiziqish ortadi.

Insonning hayot yoli turli-tumandir. Ilk o‘spirinlikda inson hayot yolini o‘zi tanlaydigandek tuyuladi, lekin uning kasb tan- lashiga tarbiya, muhit va boshqalar ham ta’sir qiladi. Kasb-hu- nar kolleji yoki litseyni bitirgandan so‘ng shaxsiy bolmagan tashqi omillarning ta’siri yanada kuchli boladi. V.N.Shubkinning ta’kid- lashicha, biz tanlaydigan yollardan boshqa bizlarni tanlaydigan yollar ham mavjud. Oliy o‘quv yurtini tugallagan yoshlar ta’limni


hayotni mazmunli va qiziqarli qilish vositasi sifatida hamma nar- sadan ustun qo‘yishadi. Ishlaydigan yoshlar esa ta’limning mohi- yatini jamiyatga ko‘proq foyda keltirishda degan fikrdalar.

0 ‘spirinlar turli kasblarni turlicha baholaydilar. 17 yoshlilar kasblarni kontrast «oq-qora», mavhum deb baholasalar, 25 yoshlilar o‘zlarining hayot yo‘llari bilan baholaydilar. Muvaffaqiyatli kasbga yo‘naltirishning muhim shartlaridan biri o‘quvchilarning mehnatga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishi va ularning faolligidir.

Kasbga yo‘naltirish — shaxsning ijtimoiy taqdirini belgilash- ning tarkibiy qismidir. Kasb tanlash hayot mazmuni haqidagi o‘ylari va shaxsiy «Men» tabiati bilan mos kelganda muvaffaqiyatli hisoblanadi.

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talabalari- da Z.T.Nishanova rahbarligida o‘tkazilgan D.Xodjakulova tad- qiqotlarida so‘ralganlarning yarmisi yana shu kasbni tanlashlarini ta’kidlab, tasdiq javobini berishgan, uchdan bir qism talabalar esa ikkilanishlarini bayon etishgan1. Talabalarda kasbiy yo‘nalganlik- ning shakllanishi va rivojlanishi jarayoniga faol maqsadga mu-

vofiq ta’sir ko‘rsatish uchun quyidagilarni tavsiya etish mumkin:

1.       Oliy o‘quv yurtidagi ta’lim jarayonida har bir talabaning barqaror kasbiy yo‘nalganligi shakllanishiga yordam berish uchun ta’limning muvaffaqiyatini ta’minlaydigan psixologik fenomenlar majmuyini hisobga olish zarur.

2.       Oliy ta’lim davomida har bir talabaga individual yondashuv- ni amalga oshirmoq, kasbiy yo‘nalganlik imkoniyatlaridan keng- roq foydalanish lozim.

3.       Talabalarning anchagina qismi kasbni anglamay tasodi- fan tanlaganliklarini hisobga olib, oliy o‘quv yurtidagi ta’lim jarayonida talabalarda dunyoni kasb nuqtayi nazaridan ko‘rish- ni shakllantirishga yo‘naltirilgan tadbirlar tizimini tavsiya etish mumkin.

1 Xodjakulova D.I. Talaba shaxsi kasbiy yo‘nalganligining psixologik xususiyatlari. Ps.f.n....avtoref. —Т., 2011-24 b.

4.       Ko‘pchilik talabalar hozirgi zamon masalalari bilan aloqa- si borligi, ilmiylik, muammolilik, bilimining chuqurligi, ta’lim- da ko‘rsatmalilik va texnika vositalari ning qo‘llanilishini muta- xassislik fanlarini o‘qitishdagi ijobiy jihatlar sifatida ta’kidlangani bois, darslarni jonli, yangi pedagogik texnologiyalarga asoslan- gan holda qiziqarli qilib o‘tishlarini o‘qituvchilarga tavsiya etgan.

5.       Talabalarda kasbiy yo‘nalganlikni shakllantirish uchun kasb professiogrammasi va psixogrammasi bilan tanishtirish hamda kasbiy muhim xislatlarni psixologiya darslarida amaliy mashg‘ulotlarda hamda tarbiyaviy soatlarda guruh murabbiylari

yordamida rivojlantirishni tavsiya etilgan.

E.N.Sattarov rahbarligida S.N.Jo‘rayeva tomonidan talaba shaxsiga kasbiy shakllanish ta’sirining psixologik jihatlari o‘rga- nildi1. Tadqiqotda shaxsning kasbiy faoliyatga mutanosibligini belgilovchi psixologik xususiyatlar va omillar aniqlandi, talabalar- ning oliy o‘quv yurtiga kirishida ta’lim yo‘nalishlarini tanlashla- riga sabab boiuvchi psixologik omillarning roli aniqlandi, shaxs xususiyatlarining kasbiy faoliyatga mutanosibligini ta’minlashga xizmat qiluvchi kasbiy motivlar, ustanovkalar va yo‘nalganlikning o‘rni aniqlangan.

A.X.Ubaydullayev tomonidan «Yoshlarni kasbga yollashda aksidental qobiliyatlarni diagnostikasi» nomli ilmiy tadqiqoti- da «xavf-xatar hissi» va «xavfsiz psixomotorika» kabi tizimlarni o‘z ichiga olgan aksidental qobiliyatlar konsepsiyasining nazariy va amaliy ahamiyatliligi ko‘rsatilgan2. Aksidental qobiliyatlar individual me’yorda ifodalangan, faoliyat xavfizligini ta’minlash- da o‘ziga xos namoyon bo‘luvchi bilish va psixomotor jarayon- lar faoliyatini ta’minlovchi funksional sistemalar xususiyatlari tu-

shuniladi.

1                   Jo‘rayeva S.N. Talaba shaxsiga kasbiy shakllanish ta’sirining psixologik jihatlari. Psixol.f.n....dis.. - Т.: TDPU, 2010. - 133 b.

2                   Убайдуллаев A.X. Диагносика аксидентальных способностей в профориента18ионной работе среди молодежи. — Т. Автореф...

..к.пс.н.1994,-19 с.


CTzbekiston psixologlari tadqiqotlarida yuqori sinf o‘quvchi- larida olquv faoliyatini boshqarish masalalariga ham e’tibor qa- ratilgan bo‘lib, jumladan Sh.V.Azizova o‘quv faoliyatini yuqori sinf o‘quvchisi tomonidan boshqarish imkoniyati bir necha omilga bog‘liq ekanini ta’kidlaydi1:

a)    o‘quvchilar tomonidan egallangan, umumlashgan ta’limiy

usullar tizimi va xususiyatiga;

b)    o‘quvchilar o‘quv faoliyati individual uslubining mavjudligiga;

d)    ijtimoiy va shaxsiy-amaliy tajribaning kolamiga;

e)    har qaysi ta’limiy usulning anglanganlik darajasiga.

Muallifning e’tirof etishicha, bu tarkibiy qismlarning muayyan tizim shakliga kelganligi ta’limni optimallashtirishning puxta ne-

gizini va shart-sharoitini yaratadi.

17.3. 0 ‘spirinlik davrida intellektual rivojlanish

Ilk o£spirinlarning bilish jarayonlari shunday darajaga yetadi- ki, kattalar bajaradigan barcha aqliy ishlarni bajarishga amaliy ji- hatdan tayyor bo‘ladilar. Ularning bilish jarayonlari murakkab va egiluvchan bo‘lib boradi. Ular bu yoshga kelib jiddiy ishlar- ga ko‘p vaqtlarini ajrata boshlaydilar, dam olish va o‘yin-kulgu- ga juda kam vaqt ajratadilar. Ularning barcha bilish jarayonlari,

jumladan, xayol, xotira, nutq, tafakkur rivojlanadi. Ilk o‘spirinlik yoshidagi o‘quvchilarning bilish jarayonlari turli nuqtayi nazar- larni tahlil etishga va bu masala bo‘yicha har tomonlama fikr

yuritishga yordam bera oladi. Bilishga qiziqishning rivojlanishi, o‘qishga ongli munosabatda bo‘lishning o‘sishi bilish jarayon- larining ixtiyoriyligini, ularni boshqara olish mahoratini yanada rivojlantirishga undaydi.

Bu yosh davrining oxiriga borib, o‘quvchilar o‘zlarining bilish jarayonlarini to‘la-to‘kis egallab oladilar, ularni hayot va faoliyatning muayyan vazifalariga bo‘ysundiradilar. Ular axloqiy va si-

1 Азизова Ш. В. Психологические особенности управления учебной деятельности старшеклассников. Автореф....к. пс. н. —Т .,1998.-21 с.

yosiy va boshqa mavzular bo‘yicha erkin fikrlaydilar. Ilk o‘spi- rinlarga umumiydan xususiyga, xususiydan umumiyga xulosa

chiqarish, ya’ni induksiya va deduksiya xosdir.

Ilk o‘spirinlar ko‘pchilik ilmiy tushunchalarni o‘zlashtiradilar, turli masalalarni yechish jarayonida ulardan foydalanishni o‘rga- nadilar. Bu esa ularda nazariy yoki so‘z-mantiq tafakkurning rivojlanganligini bildiradi. Kuzatish aniq maqsadga qaratilgan va

yanada sistemali bo‘lib boradi. Shaxsning kuzatuvchanlik xususi- yati rivoj topadi. Shu bilan birga N.D.Levitov ko‘rsatib o‘tgani- dek, o‘spirinlar o‘z kuzatishlarida parishonxotir bo‘lmasliklarini, kuzatishni o‘z oldilariga qo‘yilgan vazifalarga bo‘ysundirishlari- ni, yetarli darajada to‘plangan faktlar to‘planmaguncha xulosa chiqarishga shoshilmasliklarini nazorat qilib borish zarur. Ilk o‘spirinlarning o‘quv faoliyati ularning faolligi va mustaqilligi- ga ancha yuqori talablar qo‘yadi. Akademik litsey va kasb-hu- nar kolleji dasturida belgilangan materiallarni o‘zlashtirish uchun nazariy tafakkur rivojlangan bo‘lishi hamda mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini egallash zarur.

Xotirani rivojlantirishda mavhum so‘z-mantiq xotira, ma’no- siga tushunib esda olib qolishning roli sezilarli darajada ortadi. Garchi ixtiyoriy xotira ustunlik qilsa-da, ixtiyorsiz esda olib qolish ham ilk o‘spirinlar tajribasidan chiqib ketmaydi. U faqat o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi, ilk o‘spirinlarning qiziqishlari, xususan ularning bilishga oid va kasb tanlashga oid qiziqishlari bilan ko‘proq boglanadi. Shu bilan birga faol ravishda bilim egallash, o‘qish va jamoat faoliyatida har holda ixtiyoriy xotira yetakchi rol o‘ynaydi.

So‘zma-so‘z yodlab olish alohida hollarda zarur ekanligini o‘quvchilar yaxshi tushunadilar. Ilk o‘spirinlar esda olib qolish usullaridan — rejalarni va tekstning sxemalarini, konspekt- larni tuzish, asosiy fikrlarni ajratib ko‘rsatish va ostiga chizish, ilgari ma’lum bo‘lgan fikrlarga taqqoslash, solishtirish usullaridan o‘smirlarga qaraganda beqiyos darajada keng suratda foyda- lanadilar. Ular esda olib qolishga alohida-alohida yondashadilar.

Qiziqishlarning differensiyalashganligi diqqatning tanlovchan- ligini, ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqatning roli ancha ortishi- ni belgilab beradi. Ilk o‘spirinlarda ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat bilan bir qatorda ixtiyoriy diqqatning ham ahamiyati orta- diki, ular o‘quv materiali bilan bevosita qiziqmasdan, o‘rganila- yotgan hodisalarning hayotiy ahamiyatini tushunib, unga diqqat- larini qaratadilar.

Diqqatni ko‘chirish va taqsimlash qobiliyati sezilarli ravishda rivojlanib, takomillashib boradi. Xususan, diqqatni taqsimlash bir vaqtning o‘zida o‘qituvchining tushuntirgan narsalarini ham tinglash, ham yozib borish, o‘z javobining mazmunini kuzatib borish mahoratining shakllanishida o‘z aksini topadi. Ilk o‘spi- rinlar o‘quv ishlari jarayonida o‘zlariga ta’sir qiladigan chalg‘ituv- chi narsalarga o‘smirlardan ko‘ra ko‘proq qarshi turishga, bar- dosh berib yengishga qobildirlar.

Ilk o‘spirinlarning ayrimlarida diqqatning tanlovchanligi shu narsada ham ko‘rinadiki, ular o‘quv materialini idrok qilar eka- nlar, hamma vaqt uning ahamiyatiga baho berishga, uni amaliy jihatdan ahamiyatliligi nuqtayi nazaridan idrok qilishga harakat qiladilar. Agar unga material muhim boiib tuyulmasa, u o‘z diqqatini susaytiradi. Shunisi qiziqki, diqqatning bu o‘ziga xos harakati ko‘pincha atayin ro‘y bermaydi. Odatda ilk o‘spirinning diqqati shu sohadagi muayyan bilimlarni amalda tatbiq etish haqida gap borgan vaqtdagina ixtiyorsiz ana shu predmetga qaratiladi.

Bu yoshdagi o‘spirinlar atrofdagi turli voqea-hodisalardagi ha- qiqatni bilishga intiladi. Ularni tayyor yechimlar, ma’lumotlar emas, balki shu yechim va ma’lumotlarni o‘zlari mulohaza yur- gizib, qidirish jarayonining o‘zi ko‘proq qiziqtiradi. Bu borada turli masalalar bo‘yicha bahs va munozaralar yuritishga va o‘zlarining fikrlarini isbotlashga juda qiziqadilar. Bu davrda bilish jarayonla- rining rivoji faol ravishda davom etadi. Bu rivojlanish o‘spirinning o‘ziga va uning atrofidagi kuzatuvchilarga kam seziladi. Bu davrga kelib, o‘spirinlar to‘la ravishda mantiqiy tafakkurga ega bo‘ladilar, nazariy fikr yuritib, о1г1апт-о‘г1ап tahlil eta oladilar. Ular en-

388


di bemalol axloqiy, siyosiy va boshqa mavzularda bahslasha olib, o‘z munosabatlarini bildira oladilar. 0 ‘spirinlik davrida bolalar

juda ko‘p ilmiy tushunchalarni o‘zlashtirib, ulardan turli masa- la va muammolarni yechishda foydalana oladilar. 0 ‘spirinning o‘z-o‘zini anglashi o‘quv, mehnat va muloqot motivatsiyalarining o‘zgarishida o‘z aksini topadi. Bu davrda, bolada yangi faoliyatlar yuzaga kelib, psixik rivojlanishida yangi bosqich boshlanadi.

0 ‘spirinlik yoshi o‘qish, mehnat, muloqot singari yetakchi faoliyatlar asosida umumiy va maxsus layoqatlarning rivojlana- yotganligi bilan xarakterlanadi. Lekin, bu rivojlanish 0‘spirin- ning o‘ziga va uning atrofidagi kuzatuvchilarga kam seziladi. 0 ‘spirinlik davriga kelib, juda ko‘p bolalarda o‘z faoliyatlarini oldindan rejalashtirish layoqati yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Shuningdek, o‘z-o‘zini boshqarish ham o‘spirinlik yoshidagi bolalar­

da yaqqol ko‘zga tashlanadi.

0 ‘spirinning o‘quv mashg‘ulotiga munosabati o‘z xususiyati va mazmuni jihatidan boshqa yoshdagi o‘quvchilarning ta’lim jarayonidagi munosabatidan tubdan farq qiladi. Ular voyaga yetib bo- radilar, ularning tajribasi ortadi; ular mustaqil hayot bo‘sag‘asida turganliklarini anglaydilar. 0 ‘quvchilarning o‘qishga ongli qa- rashi kuchayadi, bu qarash bevosita hayotiy ma’no kasb etadi. Ilk o‘spirinlar jamiyatning kelajakdagi mehnat hayotida toMaqon- li ishtirok etishning zaruriy sharti bilim, ko‘nikma va malaka- larning mavjud fondi ekanligini, hosil qilingan mustaqil bilim egallash ko‘nikmalari ekanligini aniq ravshan his qiladilar. Bi- limlarga ehtiyoj sezish hozirgi vaqtda ilk o‘spirinlarning xarak- terli xususiyatlaridan biridir. 0 ‘quv rejasi va dasturning murak- kablashuvi, yangi fan va mavzularning kiritilishi, o‘zlashtirilishi nazariy tafakkur yordamida amalga oshirishni taqozo etadi. Ana shundan kelib chiqqan holda, o‘quvchilarning o‘qishga munosabati ham o‘zgaradi, ular ayrim fanlarga tanlab munosabatda bo‘la boshlaydilar.

0 ‘spirinlik davrida bilishga oid qiziqish ko‘lami tobora amaliy xususiyat kasb eta boshlaydi. Jumladan, ijtimoiy-siyosiy masala-

389


larga, texnika, tabiatga, osmon jismlariga, sport va hokazolar- ga qiziqishi kuchayadi. 0 ‘spirinlarda sezgirlik, kuzatuvchanlik yanada takomillashib boradi, mantiqiy xotirasi, esda olib qo- lishining oqilona yo‘li sifatida ta’lim jarayonida yetakchi vazi- fani ado eta boshlaydi. Mazkur pallada o‘spirinlarning tafakkuri tobora mantiqiy, faol, mustaqil va ijodiy xususiyat kasb eta boshlaydi. Tafakkur rivojlanishi bilan birgalikda o‘quvchilarning nutq madaniyati rivojlanadi. 0 ‘spirin turli janrdagi adabiy asarlarni o‘qishi, tushunishi orqali mustaqil fikr yuritish, mulohaza qilish va munozaraga kirishish, nazariy fikrlash hamda o‘z-o‘zini tahlil qilishga o‘rganib boradi. 0 ‘spirinlik tafakkurining sifatiga uning mazmundorligi, chuqurligi, kengligi, mustaqilligi, samaradorli-

gi, tezligi kabilar kiradi. Tafakkurning mazmundorligi deganda, o‘spirin ongida tevarak-atrofdagi voqelik to‘g‘risida qancha miq- dorda mulohazalar, muhokamalar va tushunchalar joy olganligi nazarda tutiladi.

Tafakkurning chuqurligi deganda esa, moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning asosiy qonunlari, xossalari, sifatlari, ularning o‘zaro bog‘lanish va munosabatlari o‘spirinning fikrlash faoliya­

tida toiiq aks etganligi tushuniladi. Tafakkurning kengligi o‘zi- ning mazmundorligi va chuqurligi sifatlari bilan bog‘liq boladi. Tafakkurning mustaqilligi deganda o‘spirinning shaxsiy tashab- busi bilan o‘z oldiga yangi vazifalar qo‘ya bilishi, bu vazifalarni hech kimning yordamisiz, oqilona usullar bilan mustaqil hal qilish xususiyatini tushunish kerak. Tafakkurning tezligi qo‘yilgan savolga to‘liq javob olingan vaqt bilan belgilanadi.

Ayrim qiz va yigitlar aqliy rivojlanishdan orqada bo‘lib, o‘quv materiallarini o‘zlashtirishga ulgurmaydilar yoki qiynaladilar, ular tevarak-atrofdagi voqelikni bilib olish maqsadida umumlashti- ruvchi tushunchalardan foydalanishni bilmaydilar, chunki bu tushunchalar, xulosalar, fikrlar, hodisa va faktlarni yod- lab oladilar. Bolalarni aqliy jihatdan rivojlantirish uchun o‘qish faoliyatlarida faollashtirish va ularning bilimlarini ongli ravishda o‘stirib borish kerak.

390

Ta’limda onglilik o‘quvchining yuqori darajadagi faolligi bilan ta’minlanadi. Bilimlarini faol faoliyat ko‘rsatib o‘zlashtirgan- da, o‘quvchilar bu bilimlarni yaxshi tushunibgina qolmay, ularni amaliy faoliyatda qoMlashga ham o‘rganadilar. 0 ‘quvchilarga ijtimoiy masalalar, iqtisodiy hamda ijtimoiy faktlar va hodisalarni mustaqil ravishda ilmiy tahlil qilish va ularga baho berish usul- larini maxsus o‘rgatish muhim va zarurdir. Bu o‘rinda o‘quvchi- larning mustaqil fikrlashlarini faollashtirishga, to‘g‘ri rahbarlik

qilgan holda rivojlantirish lozim. 0 ‘spirinlarning aqliy jihatdan rivojlanishida nazariy tafakkurning roli kattadir.

0 ‘spirin adabiy asarlarni o‘qish va tushuntirish orqali mustaqil fikrlash, mulohaza yuritish va munozaralarga kirishishga o‘rgana

boradi. Unda asta-sekin tabiat va jamiyat haqida o‘zining nuqtayi nazari, e’tiqodi, qarashi shakllanadi. Ma’lumki, shaxsning ana shu fazilatlari uning fikrlashi, mustaqil o‘ylashi, to‘g‘ri hukm va xulosalar chiqarishi, qat’iy qarorga kela olishi natijasidir.

0 ‘spirinlarning adabiy asarni baholashi, u haqda shaxsiy fikr- larni bildirishi, muammo yuzasidan bahslashuvi insoniy xislat- larning muayyan darajada ishtirok etishi tanqidiy tafakkurning

aynan o‘zginasidir. Turmushda uchraydigan noo‘rin tanqidiy- lik esa o‘spirinning badiiy didi va hayotiy tajribasi zaifligidir. 0 ‘qituvchining asosiy vazifasi o‘quvchilar tafakkuridagi tan- qidiylikni haqqoniylik darajasiga ko‘tarishdan, ularga voqelikka odilona, oqilona, tanqidiy nuqtayi nazardan qarashni o‘rgatish- dan iborat. 0 ‘spirinlarda moddiy dunyo to‘g‘risida shaxsiy fikr- lar, mulohazalar, ilmiy dunyoqarash tarkib topganidan keyingina tafakkurning tanqidiylik xususiyati rivojlana boshlaydi. Tanqidiy tafakkurning rivojlanishi o‘quv materiallarini puxta o‘zlash- tirishga, ta’lim jarayonida tashabbuskorlikka, voqelikni isbot- lash va asoslash ko‘nikmalari tarkib topishiga imkon yaratadi. Hodisalar to‘g‘risida hukm va xulosa chiqarish, tasdiqlash yoki inkor qilish qobiliyatini rivojlantiradi. 0 ‘spirinning qobiliyati va iste’dodi ta’lim jarayonida, mehnat faoliyatida rivojlanadi. Qo- biliyatning o‘sishi bilimlar, ko‘nikmalar, malakalarning sifatiga

391

bog‘liq bo‘lib, shaxsning kamol topish jarayoniga qo‘shilib ke- tadi. Demak, maktabda o‘tiladigan, darslar, laboratoriya ishlari, amaliy mashg‘ulotlar, referat, konspekt yozish kabi faoliyat turlari o‘spirinlar o‘zlashtirish uchun zarur materiallarni mustaqil holda tushunishga olib keladi.

Shaxsning bilish jarayonlari uning emotsiyalari bilan bog‘liq. 0 ‘smirlik davridagi kuchli emotsional reaksiyalar garmonal va fiziologik jarayonlarga bog‘liq. Bolgariyalik psixologlar G.D.Pirov va boshqalar 5 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarni ko‘ndalang kesim metodi orqali o‘rganib, nerv faoliyatining eng qo‘zg‘aluv-

chan tipi 5 yoshlilar orasida uchrashini aniqlashgan. Bola katta boigan sayin qo‘zg‘aluvchanlik kamayib, muvozanatlilarning so- ni ortgan. Pubertat yoshda (11—13 yosh qizlarda va 13-15 yosh o‘g‘il bolalarda) qo‘zg‘aluvchanlarning miqdori ortadi, bu davr- ning oxiriga borib qo‘zg‘aluvchanlik yana kamayadi.

Emotsional zo‘riqishning fiziologik manbalari qizlarda aniq payqaladi, ularda depressiya, jizzakilik, xavotirlanish va o‘z- o‘zini hurmat qilishning pasayishi hayz ko‘rishning ma’lum davrlariga bog‘liq. Bunga o‘z vaqtida Sh.Byuller ham e’tibor bergan edi.

0 ‘g‘il bolalarda aniq fiziologik bog‘liqlik ko‘zga tashlanmay- di, lekin pubertat davr ular uchun ham qiyin kechadi. Rus psixo- logi P.M.Yakobson kattalar va tengdoshlariga salbiy reaksiyalar 12,5—13, 5 yoshda eng ko‘p uchraydi, deb ta’kidlagan edi. 0 ‘smir va o‘spirinlardagi emotsional reaksiyalar faqat garmonal o‘zga- rishlarga bog‘liq bo‘lib qolmay, balki ijtimoiy omillar va tarbiya sharoitlari, individual-tipologik farqlarga ham bog‘liq. Katta bo‘lishdagi psixologik qiyinchiliklar, «Men» obrazi va intilish darajasi orasidagi qarama-qarshilik kabi o‘smirga xos boigan emotsional zo‘riqish, ilk o‘spirinlik davrida ham saqlanib qoladi.

Psixolog V.R.Kitlovskaya proyektiv testlar yordamida xavotirlanishning yosh dinamikasini o‘rganib, bog‘cha yoshidagi bolalar tarbiyachilar bilan muloqotda eng ko‘p xavotirlanishlarini, ota-onalar bilan kamroq xavotirlanishlarini aniqlagan. Kichik

392

maktab yoshidagi bolalar tengdoshlari bilan kamroq, begona katta odamlar bilan muloqotda ko‘proq xavotirlanishi ma’lum bo‘lgan. 0 ‘smirlar bo‘lsa begona katta odamlar va o‘qituvchilar bilan kamroq, ota-onalari va tengdoshlari bilan muloqotda ko‘proq xavotirlanishi aniqlangan. Ilk o‘spirinlar esa barcha sohadagi muloqotda eng yuqori xavotirlanish namoyon bo‘lgan, ayniqsa ota-onalar va ular bog‘liq boigan kattalar bilan muloqotda kuchli xavotirlanish namoyon bo‘lgan. A.E.Lichkoning ta’kidlashicha, 14—18 yoshda xarakterning ba’zi xususiyatlariga ortiqcha urg‘u beriladi. Ilk o‘spirinlikdagi tipologik o‘zi bilan o‘zi bo‘lib qolish, ba’zan in- sondagi to‘liq emaslik hissi bilan birga kechadigan yakkalanib qolishga olib keladi.

Yosh ulg‘aygan sayin insonda emotsional qo‘zg‘alish hosil qi- luvchi omillar ko‘payib boradi. Agar katta odam yosh bolalar- ga o‘xshab har bir qo‘zg‘atuvchiga javob qaytaraversa, u ko‘p qo‘zg‘alish va emotsional beqarorlikdan olamdan o‘tgan bo‘lar edi. Kattalarni xavotirlanishdan tashqi ta’sirlarga tanlab javob qaytarish hamda ichki tormozlanish va o‘z-o‘zini nazorat qilishning mahsuldor ichki mexanizmlari qutqaradi.

Amerikalik olim G.Djons 12 yoshli o‘smirlar va 17 yoshli ilk o‘spirinlarning emotsional reaksiyalarini (teri-galvanik reaksi- yalari) solishtirdi. U so‘zli qo‘zg‘atuvchilarni yoqimli, yoqimsiz va befarqlarga ajratgan. Tajriba natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, umumiy emotsional reaksiya o‘smirlarga nisbatan ilk o‘spirinlarda yuqori bo‘lgan. Lekin ular orasidagi asosiy farq tanlash darajasida kuzatilgan: ilk o‘spirinlar o‘smirlarga nisbatan befarq va yoqim­

siz so‘zlarga javob qaytarganlar. Shunday qilib, ilk o‘spirinlarning emotsiyalari, intellekt singari aniq qo‘zg‘atuvchi bu sinaluvchi uchun qanday ahamiyatga egaligini hisobga olmasdan o‘lchash

mumkin emas. Ilk o‘spirinlik davridagi emotsional qiyinchilik va muammolarni aniq qarab chiqish lozim, chunki ularning kelib chiqish sabablari har xil. 0 ‘smirlik davridagi dismorfofobiya — o‘z tanasi va tashqi ko‘rinishidan tashvishlanish ilk o‘spirinlik davrida o‘tib ketadi. Ilk o‘spirinlarda namoyon bo‘ladigan xavotirlanish

393


belgilari bu yoshdagi maxsus qiyinchiliklarga reaksiya emas, balki ilgari olingan ruhiy jarohatlanishning keyin namoyon bo‘lishidir.

Ko‘pchilikda o‘smirlikdan ilk o‘spirinlikka o‘tishda mu- loqotchanlik va umumiy emotsional kayfiyat yaxshilanadi. Ye.A.Silinaning longityud tadqiqotlaridan ma’lum bolishicha, u bolalarni 7 va 9-sinflarda kuzatib, o‘smirlarga nisbatan ilk o‘spirinlarda kamroq impulsivlik va emotsional qo‘zg‘aluvchan- lik, ko‘proq ekstravertlik va emotsional barqarorlik kuzatilishini aniqlagan. A.V.Kuchmenko tadqiqotlarida ham 16—18 yoshli ilk o‘spirinlar o‘smirlarga qaraganda, o‘zlarining nerv sistemasi ti- piga bogliq bolmagan holda bosiqlik va barqarorlik kuzatilgan.

Amerikalik psixolog R.Kettel tadqiqotlarida ham ilk o‘spi- rinlarda o^smirlarga nisbatan muloqotchanlik, odamlar bilan kirishimlilik, boshqaruvchanlik kabi xislatlar ortishini, umumiy qo‘zg‘aluvchanlik kamayishini aniqlangan.

Shunday qilib, ilk o‘spirinlik yoshi emotsional holatlarni ifo- dalash usullari va emotsional reaksiyalarning differensiallashi- shini hamda o‘z-o‘zini nazorat qilish va o‘z-o‘zini boshqarish- ning ortishini kuzatish mumkin. Ilk o‘spirinlarning kayfiyati o‘smirlarga nisbatan barqaror va anglangan hamda ijtimoiy sha- roitning keng doirasiga mos boiadi.

Doimo hissiyot vujudga keltiradigan shaxsiy muhim munosabatlar doirasining kengayishi oliy hislarning rivojlanishida namoyon bo‘ladi. Axloqiy norma va tamoyillarning ma’lum tizimini o‘zlashtirish jamiyat va boshqa odamlar oldida mas’uliyat hissi, hamdardlik qobiliyati, do‘stlik va muhabbat ehtiyoji, o‘rtoqlik hissi va axloqiy-siyosiy hislar kabi yuksak axloqiy hislarga aylanadi.

Ilk o‘spirin tomonidan qabul qilingan xulq-atvor normalari- ning buzilishi unda aybdorlik hissini vujudga keltiradi. Shu bilan birga unda estetik hislar doirasi ham kengayadi. Ilk o‘spirinlar- da intellektning rivojlanishi bilan birga hazil-mutoyiba hissining ham rivojlanishini ta’kidlash joiz. Intellektual va praksis hislar ham sezilarli rivojlanadi. Sodda bolalarcha qiziquvchanlik ta-

394

fakkur jarayonidan ongli zavqlanish, qiyinchiliklarni yengishdan quvonish, ijodga ongli intilish va boshqalarga aylanadi.

Shunga ko‘ra har kim qobiliyatiga yarasha kasb-hunar tan- lasa, bu sohada muvaffaqiyatli mehnat qilsa, ijtimoiy turmush taraqqiyotiga muhim hissa qo‘shgan bo‘ladi. 0 ‘spirinlar u yoki bu kasbni o‘z ixtiyorlari bilan ongli ravishda tanlashlari uchun ular mustaqillik, dadillik, qat’iylik, o‘zini tuta bilish, chidamlilik, sabr-toqat kabi irodaviy xislatlarga ega bo‘lishlari kerak. Mehnat qilishda muqaddas burchni bajarish istagi, maqsadning aniqligi, hunar o‘rganishga ishtiyoqmandlik mazkur fazilatlarning shakl- lanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

0 ‘spirinlar aqliy rivojlanishida tasavvurning ahamiyati juda katta, chunki inson biron-bir ishni qilishga kirishar ekan, albatta uning natijasini tasavvur eta olishi kerak. Tasavvursiz hech qanday ishni to‘g‘ri rejalashtirish mumkin emas. 0 ‘spirinda tasavvur qila olish layoqati yaxshi rivojlangan bo‘lsagina, u o‘z hayotida- gi idealni tasavvur eta oladi, shunga ko‘ra uzoq va yaqin rejala- rini tuzadi.

Hozirgi yigit va qizlarni 30—40 yil avvalgi tengqurlari bilan solishtirganda, ularning umumiy saviyalari naqadar o‘sgan- ligini ko‘rish mumkin. 0 ‘spirinlarning intellektual qiziqishlari doirasi keng va ko‘p qirralidir. 0 ‘spirinlarning qiziqishlari ak- sariyat hollarda o‘zi tanlagan kasb va yo‘nalish, shuningdek, ha- yotiy rejalariga asoslangandir. 0 ‘spirinlik yoshiga kelib, yigit va qizlarning dunyoqarashlari yuksak pog‘onaga ko‘tarila boshlaydi. Bu esa o‘spirinning tashqi olamni tushunishiga, baholashiga boigan munosabatlarini aniqlashga yordam beradi. 0 ‘spirinlar- ning dunyoqarashi endi ularning ilmiy, falsafiy, siyosiy va diniy qarashlari tizimidan iboratdir.

Ma’lum bir kasbda faoliyat ko‘rsatishni boshlayotgan o‘spi- rin unga intellektual, ijtimoiy-psixologik hamda axloqiy jihatdan

tayyor bo‘lishi kerak. 0 ‘smirlik davrining oxirlari va o‘spirinlik yoshiga kelib, ularda mehnat ko‘nikma va malakalari rivojlana- di. Bu ko‘nikma va malakalari ularning kelgusidagi kasbiy faoliyatlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq. Har qanday kasbiy ko‘nikma va malakalarning o‘sishi, avvalo, o‘spirin intellektining umumiy rivojlanganlik darajasiga bog‘liq. Shuning uchun ham bu davrdagi

o‘spirinlar intellektining rivojlanishiga alohida e’tibor berish lozim.

0 ‘zbekistonda E.G‘.G‘oziyev rahbarligida J.S.Iskenderov tomonidan pedagogika kolleji o‘quvchilarida xarakterning intellektual va irodaviy xususiyatlari shakllanishini baholashda test-rey- ting tizimidan foydalanishning samarali yo‘llari ishlab chiqildi1. Pedagogika kolleji o‘quvchilarida xarakterning intellektual va irodaviy xususiyatlarining shakllanish jarayoni shaxsning umumiy yo‘nalganligi, kasbiy ustanovkalari, kasbiy tasavvurlari va im- koniyatlari mutanosibligi omillar asosiga qurilishi tadqiqot davo- mida dalillandi.

0                   ‘spirinlar xulq-atvori buzilishiga olib keladigan sabablarning psixologik xususiyatlari Z.F.Kamaletdinova ishlarida yoritilgan2.

Muallif olib borgan tadqiqotlari natijasida deviant xulqning vujudga kelishi g‘oyaviy-mazmuniy xarakterga ega ekanligini ta’kid- lab, uning vujudga kelishiga sabab bo‘luvchi ikki omilni ko‘rsatib o‘tadi: birinchisi, o‘quvchining doimiy ravishda qoniqarsiz baho olishi natijasida diqqati, intellektual tushuncha bilan bogliq- lik harakatlari pasayib ketadi. Ikkinchi holatda esa ota-onalari- ning o‘z bolalariga nisbatan mehrsiz va shafqatsizligi oqibatida

talablarga nisbatan tushunmaslik mexanizmi kuchga kiradi.

Bu yoshdagi bolalar uchun muloqotga kirishish ehtiyojining mavjudligi ham juda muhim, lekin u yetakchi emas, faqat tan- lagan kasb va yo‘nalishlari bo‘yicha mashg‘ul boMmagan o‘spi- rinlargina ko‘proq tengdoshlari bilan muloqotda boMishga ehtiyoj sezadilar. Bu yoshdagi bolalar mehnat faoliyati bilan xuddi kat- talardek shug‘ullana oladilar. Ilk o‘spirinlik davrini kasbiy bilim,

1                   Iskenderov J.S. Pedagogika kolleji o’quvchilarida xarakterning intellektual va irodaviy xususiyatlarini shakllantirish. Ps.f.n. ...avtoref. —T. 2009.-26 b.

2                   Камалетдинова З.Ф. Психологические особенности мотивационносмысловой сферы старшеклассников с отклоняющимся поведением.

Автореф.....к. пс. н. — Т. 1993.-19 с.

396

ko‘nikma va malakalarning shakllanishi uchun senzitiv davr deb hisoblash mumkin. 0 ‘zining kasbiy taqdirini tasodifan yoki no- to‘g‘ri hal etilishi murakkab ichki kechinmalarga, ikkilanishlar- ga, ziddiyatlarga olib kelishi mumkin. Bu esa yigit va qiz hayoti uchun ham, jamiyat uchun ham katta zarar keltiradi. Kasb tanlash vaqtida ilk o‘spirinlar o‘z moyilligi va qobiliyatlarini shaxsiy sifatlar, xususan, nerv sistemasining tipi, analizatorlar xususiyati emotsional-irodaviy sifatlarini ham hisobga olishlari zarur.

17.4. Shaxs rivojlanishi

Kelajakka intilish ilk o‘spirinlarning psixologik xususiyati hisoblanadi. Ilk o‘spirinlik davrida shaxs rivojlanishining muhim omili hayotiy rejalar qurish, hayotiy istiqbollarni anglash hisoblanadi. Hayotiy reja keng tushuncha boiib, shaxsiy o‘z-o‘zini belgi- lashning barcha sohasini qamrab oladi. Kelajakka hayotiy rejalar qurish, kasbiy o‘z-o‘zini belgilash — o‘spirinlik davridagi marka- ziy psixologik yangilikdir.

G‘arb psixologiyasida o‘z-o‘zini belgilash jarayoni identiklik- ning shakllanish jarayoni ham deb ataladi. Erikson shaxsiy iden-

tiklikni izlashni kattalik davrida markaziy vazifa sifatida qaragan.

Eriksonning ta’kidlashicha, identiklik inqirozi bir necha qa- rama-qarshiliklarni o‘z ichiga oladi:

— vaqtinchalik istiqbol;

— o‘ziga ishonish yoki tortinchoqlik;

— turli rollarni sinab ko‘rish yoki bir rolda qotib qolish;

— shogird tushish;

— lider munosabati (avtoritetning noaniqligi yoki davom- chisi);

— g‘oyaviy e’tiqod yoki qadriyatlar tizimining aralashib ke- tishi.

Bu murakkab yo‘lda muvaffaqiyatsizliklar ham bolishi mumkin. Identiklik diffuziyasi (yoki rollarning aralashib ketishi) o‘spirin ancha uzoq vaqtgacha psixoijtimoiy o‘z-o‘zini belgilash- ni amalga oshira olmay qiynaladi.

Shunday qilib, hayotiy rejalarni tuzish o‘tmish, kelajak va hozirgi «Men»ning qulay birikuvi asosida quriladi. 0 ‘spirinlik davrida shakllangan ijobiy «Men» konsepsiyasi, o‘z-o‘zini hurmat qilish, o‘z-o‘zini qadrlash hissi istiqbol maqsadlarni qurishga va ularga erishish uchun faol intilishga undaydi.

0 ‘spirinlarda qadriyatlar shakllanadi, dunyoga umumlashtiril- gan qarashlar tizimi sifatida dunyoqarash shakllanadi, hayotga anglangan umumlashgan munosabat inson hayotining mazmuni shakllanadi.

0 ‘spirinlarni hali to‘la katta deb hisoblab bo‘lmaydi, chunki ularning shaxs xususiyatlarida hali bolalikni kuzatish mumkin. Bu ularning fikrlarida, berayotgan baholarida, hayotga va o‘z ke- lajaklariga munosabatlarida ko‘zga tashlanadi. Ko‘pchilik 0‘spi- rinlar maktabni tugatish vaqtiga kelib ham kasb tanlashga nis­

batan mas’uliyatsiz yondashadilar. Bu davr o‘spirinning axloqan o‘z-o‘zini anglashi va barqaror «Men» obrazining shakllanishi, shuningdek, axloqning yangi bosqichiga o‘tishi bilan xarakterla- nadi. Bu anglash oddiygina o‘sishdan iborat bo‘lib qolmasdan, u

sifat jihatdan o‘ziga xos xarakterga ega bo‘ladi, bu hoi o‘z shaxsining ma’naviy-psixologik xususiyatlarini konkret hayotiy maqsadlar va intilishlar nuqtayi nazaridan anglash va ularga baho berish ehtiyoji bilan bog‘langandir.

Ilk o‘spirinning o‘zini o‘zi anglashi o‘smirning o‘zini o‘zi anglashidan xuddi shu tomonlari bilan farq qiladi. Xuddi ana shu narsa ilk o‘spirinlarda o‘zining psixik hayotiga, o‘z shaxsining sifatlariga, o‘z qobiliyatlariga chuqur qiziqish uyg‘otadi, xuddi shuning uchun ham o‘z xatti-harakatlariga nazar tashlash, o‘z his-tuyg‘ularini va kechinmalarini bilib olish ehtiyoji paydo boladi.

0 ‘z-o‘zini anglash o‘quvchining ichki kechinmalar dunyosiga kirishi bilan bog‘liq emas va foydasiz, maqsadsiz o‘z-o‘zini tahlil qilishdan ham iborat emas. 0 ‘z-o‘zini anglash hayot va faoliyat talablaridan kelib chiqadi. Jamoadagi yangi vaziyat, tevarak-at-

rofdagilar bilan bo‘ladigan yangicha munosabatlar o‘quvchini o‘z

398

imkoniyatlarini baholashga, o‘zining shaxsiy xususiyatlarini, o‘zi- ga nisbatan qo‘yilayotgan talablarga javob bera olishi yoki javob bera olmasligi nuqtayi nazaridan anglashga majbur qiladi.

Ilk o‘spirinning o‘z-o‘zini anglashiga oid bu qiziqarli xususiyat quyidagilardan iborat. Ilk o‘spirin o‘zining kuchli va ojiz tomon- larini, o‘zining ustunligi va kamchiliklarini o‘smirga qaragan- da yaxshiroq va chuqurroq baholay oladi. Biroq o‘smir ko‘pincha ilk o‘spiringa qaraganda o‘ziga to‘g‘riroq baho beradi. 0 ‘smirda o‘z-o‘zini anglashning rivojlanish iga boshqa kishilarning fikrlari ta’sir qiladi. 0 ‘smir go‘yo o‘ziga tevarak-atrofdagilar ko‘zi bilan qaraydi, uning aynan o‘zi haqidagi fikrlari ko‘pincha ota-ona- lari, okqituvchilari va o‘rtoqlarining fikrlarini takrorlaydi. Tabiiy- ki, uning o‘z-o‘ziga baho berishi ham ancha obyektiv bo‘ladi, chunki u tevarak-atrofdagilarning obyektiv bahosini takrorlaydi. Bu hoi akademik litsey va kollej o‘quvchilarida boshqacha bo‘ladi.

Yoshining ortishi bilan unda o‘z shaxsini, o‘z xatti-harakat- lari va faoliyatini mustaqil tahlil qilish va baho berish tendensi-

yasi kuchayadi. 0 ‘z-o‘ziga baho berish esa hamisha tashqaridan berilgan bahoga qaraganda qiyinroqdir. Shuning uchun ilk o‘spi- rin o‘zining shaxsiy xususiyatlarini va xatti-harakatlarini o‘smir- ga qaraganda yaxshiroq tahlil qila olmasa ham, o‘ziga ayrim hol- larda obyektiv baho bera olmaydi. Shuning uchun ular ko‘pincha o‘z shaxslariga ortiqcha baho beradilar, g‘ayritabiiy manmanlik, kekkayish, takabburlik, kibrlanish hollariga yo‘l qo‘yadilar, te- varak-atrofdagi kishilarga mensimasdan munosabatda bo‘ladilar; boshqalar esa o‘zlariga g‘ayritabiiy ravishda yetarli baho bermay- dilar, o‘zlarini «o^tamiyona», «arzimas», «oddiy va ko‘zga tash- lanmaydigan odam» deb hisoblaydilar.

Intellekti yaxshi rivojlangan o‘spirinlar kattalarni tashvish- ga solayotgan muammolarni tushuna oladilar va ularni muhoka- ma eta oladilar. 0 ‘spirinlar juda ko‘p muammoli savollarga javob o‘ylaydilar. Ularning diqqatini ko‘proq axloqiy masalalar tor- tadi. Ilk o‘spirinning o‘z-o‘zini anglashi o‘smirning o‘z-o‘zini anglashidan shu jihatlari bilan farqlanadi. Xuddi ana shu narsa


ilk o‘spirinni o‘zining psixik hayotiga, o‘z shaxsining sifatlari-

ga, o‘z qobiliyatlariga chuqur qiziqish uyg‘otadi, xuddi shuning uchun ham o‘z xatti-harakatlariga nazar tashlash, o‘z his-tuyg‘u- larini va kechinmalarini bilib olish ehtiyoji paydo bo‘ladi. Agar o‘smirning tushunchasida sezgir kishi hamisha boshqalarga yordam ko‘rsatsa, ilk o‘spirin yoshidagi o‘quvchilar esa bunda an- cha nozik tafsilotlarning ham farqiga boradilar, ular sezgirlik — ayniqsa qanday yordam zarurligini his qila bilish va u ana shu yordamni ustalik bilan kishini xafa qilmasdan, ko‘rsata olishdan iborat deb hisoblaydilar.

0 ‘smir o‘zining hozirgi ahvoliga muvofiq ravishda o‘ziga baho beradi, katta maktab yoshidagi o‘quvchi o‘zining kelajagiga muvofiq ravishda o‘ziga baho beradi. 0 ‘smir o‘zicha: «Men mak­

tab jamoasining a’zosi sifatida qandayman?» deb savol beradi. Ilk o‘spirin esa o‘ziga: «Men kelgusi mustaqil hayot uchun qandayman? Men unga yaroqlimanmi?» — deb savol beradi.

Ilk o‘spirin shaxsga, umuman uning barcha xususiyatlarini hisobga olgan holda baho bera bilsa, o‘smir o‘zining shaxsiga ayrim ishlar, xatti-harakatlarga qarab baho beradi va bu bahoni umuman shaxsga tatbiq etadi.

Ilk o‘spirinda o‘zi, o‘z shaxsi to‘g‘risida to‘g‘ri, obyektiv tasav- vur hosil bo‘lishi uchun unga ko‘p o‘ylab, ustalik bilan yordam ko‘rsatish kerak. Agar o‘qituvchining bergan bahosi do‘stona va to‘g‘ri bo‘lsa, uning fikrlari ilk o‘spirinning imkoniyatlariga chuqur ishonch bilan, uning shaxsini chuqur hurmat qilish bilan aytilgan bolsa, hatto o‘qituvchining bildirgan keskin tanqidiy mulohazalari ham odatda yetarli darajada diqqat-e’tibor va min- natdorchilik bilan qabul qilinadi.

Agar kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar uchun axloqiy masalalarni yechish manbayi o‘qituvchilar bo‘lsa, o‘smirlar bu savollarga javobni ko‘proq tengdoshlari davrasidan qidiradilar. 0 ‘spirin yoshdagilar esa savollarga to‘g‘ri javobni topishda ko‘proq katta kishilar foydalanadigan manbalarga murojaat etadilar. Bunday manbalar asosan real, ko‘pqirrali, murakkab insoniy munosabatlar va ilmiy-ommabop, badiiy, publitsistik adabiyotlar, san’at asarlari, matbuot, radio, televideniye bolib hisoblanadi. Bugun- gi o‘spirinlarga hayotga nisbatan hushyor, aqliy-amaliy qarash, erkinlik va mustaqillik xos. Ular haqqoniy bo‘lish tushunchasiga ham real tarzda yondashadilar. Litsey va kollejni tugallash vaqtiga kelib, juda ko‘p o‘spirinlar axloqiy jihatdan shakllangan va ma’lum axloq normalari qat’iylashgan xususiyatlarga ega bo‘ladilar.

0 ‘spirinlarda axloqiy dunyoqarash bilan bir qatorda ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, madaniy, diniy va boshqa sohalar bo‘yi- cha ma’lum bir qarashlar vujudga keladi. Juda ko‘p yillardan beri o‘spirinlarni yaxshilik va yomonlik, haqiqat va noqonuniy- lik, axloqiylik va axloqsizlik masalalari tashvishlantirib keladi. Hozirgi davr o‘spirinlari har bir narsaga ishonuvchan yoki salbiy munosabatlar boMmay, balki hayotga real, aqliy, amaliy qaray- digan, ko‘proq erkin va mustaqil bo‘lishga intiluvchi yoshlardir.

0 ‘spirinlar ongli ravishda egallangan axloq normalari asosida o‘z xatti-harakatlarini yo‘lga solishga intiladilar. Bu esa, avvalo o‘spirin o‘zini anglashining o‘sishida namoyon boladi. Bu narsa ularning alohida shaxs ekanligini tan olishga intilishida o‘z ifo- dasini topadi. Buning uchun ayrim yoshlar turli modalarga mayl qo‘yish, tasviriy san’atga, musiqaga, kasb-hunarga, tabiatga maf- tunkor qiziqishlarini namoyish qilishga harakat qiladilar. 0 ‘quv va mehnat jamoalari ta’sirida matonat, jasurlik, sabr-toqat, kamtarlik, intizomlilik, halollik kabi insoniy fazilatlar takomillashadi. Xud- binlik, loqaydlik, munofiqlik, laganbardorlik, dangasalik, qo‘rqoq- lik, g‘ayirlik singari illatlarning barham topishi tezlashadi.

0 ‘spirinlar shaxsining shakllanishi jarayonida jamoat tash- kilotlarining roli alohida ahamiyat kasb etadi. Ularda faollik, ta- shabbuskorlik, mustaqillik, qat’iyatlilik, mas’uliyatlilik, o‘z hara- katlarini tanqidiy baholash singari fazilatlari barqaror xususiyat kasb etib boradi. 0 ‘spirin yigit va qizlarning jamoatchilikda faol ishtirok etishi orqali muayyan tashkilotchilik qobiliyati namoyon boladi. 0 ‘zining kimligi, qandayligi, qobiliyatlari, o‘zini nimaga hurmat qilishini aniqlashga intiladilar. Do‘st va dushmanlarining kimligi, o‘z istaklari, o‘zini va tevarak-atrofni, olamni yaxshi bilishi uchun nima qilish kerakligini anglashga harakat qiladi. Ma’lumki, o‘spirinlarning hamma savollari anglangan bo‘lmaydi. Ba’zan o‘spirinlar o‘zlaridan hech qanoatlanmaydigan, o‘z oldi- lariga haddan tashqari ko‘p vazifalar qo‘yadigan, lekin uning ud- dasidan chiqa olmaydigan bo‘ladi. Mana bulardan ko‘rinib tu- ribdiki, o‘spirinlar o‘z-o‘zini analiz qilish teranligi va yuksak talablarni bajarish kerakligini o‘zida aks ettira boradilar. Bu esa o‘spirinlarning kelgusi yutuqlari shartlaridan biridir.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, shaxsning ilk o‘spirinlikda- gi eng muhim xislatlaridan biri o‘z-o‘zini hurmatlash, o‘z-o‘ziga baho berish hamda o‘zini shaxs deb tan olish yoki olmaslik dara- jasidir. 0 ‘spirinlar o‘zlarida shaxsning muayyan kompleks sifatla- rini hosil qilishga intiladilar. Ularni o‘z-o‘zini tarbiyalash borasi- da bir butun ma’naviy psixologik qiyofani shakllantirish masalasi qiziqtiradi. Bunda shaxs ideali va namunaning mavjudligi katta ahamiyatga ega. Masalan: o‘g‘il bolalar — qahramonlik, yaxshi ota, tadbirkor, o‘qituvchi, vrach yoki badiiy asar hamda kinofilm- dagi obrazlarni o‘zlariga ideal deb bilsalar; qizlarimiz mehnat- kash ayol, jozibali jamoat arbobi, nazokatli uy bekasi yoki ilmiy xodim va boshqalarni ideal deb biladilar. 0 ‘zaro munosabat va emotsional hayot o‘z mavqeini belgilashning murakkab muam- molarini o‘spirinning o‘zi hal qila olmaydi. Bu masalani 0‘spi- rinning ota-onasi, o‘z tengqurlari, o‘qituvchilar ishtirokida ularning qo‘llab-quvvatlashida hal qilishi mumkin.

0 ‘spirinlarni ming yillab tashvishlantirayotgan axloqiy muam- molar bu — yaxshilik va yomonlik, adolat va qonunga xiloflik, tartiblilik va mas’uliyatsizlik va hokazo. Hozirgi ilk 0‘spirin- lar ko‘p asrlar oldin yashagan yigit va qizlardan farq qilmasalar- da, ularga hayotga amaliy nuqtayi nazardan qarash xos bo‘lib, ko‘proq mustaqillik va erkinlik xos.

Dunyoda va mamlakatimizda ro‘y berayotgan jo‘shqin ijtimoiy hodisalar, o‘zgarishlar yosh avlodga mustaqil tanlash, barcha nar- sada shaxsiy yo‘nalganlik, mustaqil qaror qabul qilish imkonini bermoqda. Zamonaviy yigit va qizlarning psixologiyasini hayot- ning o‘zi bir necha o‘n yillar ilgari yashagan tengdoshlaridan farq qiladigan qilib shakllantirmoqda. Bu xislatlar quyidagilar: axloqiy xarakterga ega bo‘lgan ko‘p muammolarni qo‘yish va hal qilish, mustaqillik, fikrlarning har doim to‘g‘ri emasligi, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va diniy muammolarni hal qilish.

Respublikamiz psixologlari tomonidan ilk o‘spirinlar shax- sining psixologik xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlagan qator tadqiqotlar o‘tkazilgan. Jumladan, M.G.Davletshin rahbarligi- da M.T.Isakova tomonidan o‘tkazilgan «Yuqori sinf o‘quvchilari xarakter xislatlarining shakllanishida milliy an’analarning ta’siri» mavzusida ilmiy izlanish olib borilgan1. Tadqiqotda o‘zbek etnik

guruhiga xos boMgan yuqori sinf o‘quvchilari xarakter xislatlarining etnopsixologik xususiyatlari, ya’ni Vatanga muhabbat, kat- talarga hurmat, mehnatsevarlik, rostgo‘ylik, uyatchanlik, kamtar- lik kabi xislatlarning shakllanishiga milliy an’analarning ta’siri o‘rganilgan.

Shunday tadqiqotlar sirasiga A.Jabborov rahbarligida o‘tka- zilgan O.U.Avlayevning tayanch-harakat a’zolari buzilgan ilk o‘spirinlarning shaxs xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotini keltirish mumkin2. Tadqiqot natijasida muallif qu- yidagilarni aniqlagan: tayanch-harakat a’zolari buzilgan kon- tingentlar shaxsining motivatsiyalari mazkur yoshdagi sogiom tengdoshlari singari bir xildagi munosabatni namoyon qilganiga qaramay ularning imkoniyatlari shaxslilik pozitsiyasidan chek- lanib qoladi. Ichki motiv, bilish motivi, musobaqalashuv motiv- laridagi natijalar nisbiy ma’noda tenglikni ifodalasa-da, ammo

ularninng o‘zini o‘zi hurmatlashi sog‘lom tengdoshlariga qaraganda ancha past ko‘rsatkichli motiv darajasini namoyon etadi.

1                   Исакова M.T. Влиуание национальных традиций на формирование черт характера у старшеклассников. Автореф....к..пс.н. —Т.1997.-17 с

2                   Avlayev O.U. Tayanch harakat a’zolari buzilgan ilk o’spirinlar shaxsining psixologik xususiyatlari. Ps.f.n...avtoref.-T.2006.-23b.


Demak, ilk o‘spirinlik davri katta mustaqil hayotga qadam qo‘yish bo‘sag‘asidir.

17.5. 0 ‘spirinlik davrida muloqot

0 £spirinlarda qadriyatli ma’noli muloqot dominantlik qiladi. Yigit va qizlarning kattalar va ota-onalar bilan muloqoti demokratik xarakter kasb eta boshlaydi. 0 ‘spirinning kattalar bilan muloqotining mazmuni hayot mazmunini izlash, o‘zini bilish, hayotiy rejalar va ularni amalga oshirish yo‘llari, insonlar orasidagi shaxslararo munosabatlar, kasb egalari haqidagi muam- molarni qamrab oladi.

Kattalar bilan muloqot bir xil davom etmaydi, o‘zini qiziqtir- gan muammoni hal qilgach, keyingi muammo bo‘yicha savol- lar tug‘ilguncha kamroq muloqot qilishi mumkin. Yigit va qizlar o‘ziga yaqin kattalar bilan muloqot qilishga kasb tanlash muam- molariga duch kelganlarida hayotiy tajribalarini o‘rganish uchun ehtiyoj sezadilar. Bir-birini tushunish, bir-birini qo‘llab-quv- vatlashga asoslangan hamkorlik sharoitida muloqot samarali kechadi. 0 ‘spirin uchun kattalar bilan ishonchli muloqotning mazmuni shundan iboratki, uning muammolarini tushunish,

hamdardlik bildirish va uni hal qilish uchun yordamlashishdan iboratdir. Muloqotdagi o‘zaro ishonch o‘spirin shaxsiga hurmat, hayotiy qiyinchiliklarni yenga olishiga ishonch bildirish — ota-ona va farzand munosabatlarida uyg‘unlikni ta’minlashning muhim asosidir. 0 ‘spirinlik davrida muloqotga ehtiyoj kuchayadi, muloqot vaqti ortadi, muloqot doirasi kengayadi. Muloqot doirasining kengayishi bilan muloqot chuqurlashadi va indivi- duallashadi.

Axloqiy va ijtimoiy, siyosiy hislarning rivojlanishi ayniqsa xa- rakterlidir. Ular odatda muayyan axloqiy talablar bilan o‘zaro

to‘g‘ri munosabatda bo‘ladilar. Boshdan kechirgan his-tuyg‘ular- ni anglab yetish mahorati ham rivojlanadi.

Ilk o‘spirinlik davrida do‘stlashish muammosi. Axloqiy va ijtimoiy, siyosiy hislarning rivojlanishi ayniqsa xarakterlidir. Ular

404

odatda muayyan axloqiy talablar bilan o‘zaro to‘g‘ri munosabatda bo‘ladilar. Boshdan kechirgan his-tuyg‘ularni anglab yetish ma- horati ham rivojlanadi.

Do‘stlik — ilk o‘spirinlik davridagi shaxslararo munosabat va hissiy bog‘lanishning muhim turidir. 0 ‘spirinlik yoshida o‘quvchilarda o‘rtoqlik hissining rivoj topishi xarakterlidir. Rossi- ya psixologlari I.V.Straxov bilan A.L.Shnirman tadqiqotlarining ko‘rsatishicha, o‘spirinlik yoshidagi do‘stlik, o‘smirlik yoshidagi do‘stlikdan ba’zi bir xususiyatlari bilan farq qiladi.

Birinchidan, o‘spirinlarda do‘stlik motivlari ancha chuqurroq bo‘ladi. Do‘stlikning o‘ziga yuqori talablar qo‘yiladi, bular: osh- koralik, o‘zaro ishonch, talabchanlik, sadoqat, birgalikda doimiy yordam ko‘rsatish, kamchiliklarni tugatish, do‘stiga yordam berish, o‘zaro hurmat, bir-birini tushunish va hokazo.

Ikkinchidan, do‘stlik hislari ancha sermazmun bo‘lib, qiziqish- lar faoliyatning keng doirasini qamrab oladi.

Uchinchidan, do‘stlik emotsional bo‘lib, do‘sti kechirayotgan hislarga javob bera olish qobiliyatiga ega bo‘ladi.

0 ‘spirinlik yoshidagi do‘stlik ko‘pincha butun umr bo‘yi da- vom etadi. Ilk o‘spirinlik davridagi do‘stlikning psixologik qonuniyatlari o‘zining barqarorligi bilan ajralib turadi. Har xil insonlarning do‘stligi bir xil bo‘lmaydi, yosh, jins va individu- al-tipologik xususiyatlarga ega bo‘ladi. 0 ‘rtoqlik munosabatlari

jamoani jipslashtirishga yordam beradi, uning hayotiy faoliyatini oshiradi. Yoningda o‘rtog‘ing borligini his qilishning o‘ziyoq qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi. 0 ‘spirinlar do‘stlik, samimiylik, emotsional sofdillik kabi xislatlarni birinchi o‘rin- ga qo‘yishadi. Do‘stlar bir-birlari bilan yuraklarini bo‘shatadilar. Do‘stlarga samimiy mehribonlik shaxsining reflektivlik darajasiga hamda uning emotsional hayot xususiyatlariga bog‘liqdir. 0 ‘spi- rin hamma vaqt rostgo‘y, samimiy bo‘lishni istaydi.

Ilk o‘spirinlik davridagi do‘stlikning mezonlarini aniqlash uchun ularga quyidagi bir necha tugallanmagan gaplar taklif eti- ladi: «Do‘st — bu...», «Do‘stim bilan men ko‘pincha....», «Do‘st va

405

o‘rtoq bir emas, chunki ular ...». Bunda do‘stlikning ikkita bosh mezoni aniqlandi: birinchisi o‘zaro yordam ko‘rsatish va sodiqlik; ikkinchisi — psixologik yaqinlik («...meni tushunadigan»; « ...meni yaxshi ko‘radigan», «...hamma narsa haqida gaplashish mumkin» va h.k.). Birinchi tipdagi javoblar ko‘p uchrasa-da, yosh ulg‘ayishi bilan, ayniqsa 18—19 yoshlilarda psixologik yaqinlik ehtiyoji or- tadi. Bu ehtiyoj qizlarda o‘g‘il bolalarga nisbatan, shahardagi ilk o‘spirinlarda qishloqdagi tengdoshlariga nisabatn kuchli namoyon boiadi.

Ilk o‘spirinlarning do‘stlashishi o‘z tabiatiga ko‘ra ko‘p funk- siyalidir, bu esa uning ko‘p shakllari mavjudligini: oddiy birgalik- da vaqt o‘tkazishdan, to bir-birlariga sirlarini ochiq aytishgacha kuzatish mumkin. Aslida birgalikdagi faoliyat yotadigan guru- hiy munosabatlardan farqli ravishda do‘stlik bu eng avvalo hissiy boglanishdir. Do‘st uchun shaxsiy yaqinlik muhimdir.

Ilk 0‘spirinlik davridagi do‘stlikning psixologik ahamiya- ti shundaki, u bir vaqtning o‘zida o‘z-o‘zini ochish maktabi va boshqa insonni tushunish maktabidir. Shuning uchun ilk o‘spi- rinlar alter ego (ikkinchi «Men»)ning qanday tipini tanlashlari qiziqish uyg‘otadi. 15—16 yoshli yigit va qizlar o‘zlaridan katta- larni do‘st sifatida tanlashadi, ularning gaplarini jon deb eshi- tishadi, ularning xulq-atvorini kuzatishadi. Kattalar bilan do‘st- lashish ular uchun qadrlidir. Kattalar bilan emotsional aloqaga kirish ehtiyoji ba’zan o‘z hayotiy ideallarini topgandek, ularga berilib ketishga ham olib kelishi mumkin.

Lekin tengdoshlari bilan do‘stlashish ehtiyoji undan-da kuchli namoyon boiadi. «Kim bilan do‘stlashishni xohlarding, o‘zing- dan kattalar bilanmi, tengdoshlaring bilanmi, yoki o‘zingdan ki- chiklar bilanmi?» degan savolga ilk o‘spirinlarning ko‘pchiligi (75—85%) tengdoshlarini tanlashgan, kattalarni (11—20%), hamda kichiklarni juda kam (1—4%) tanlashgan. Qizlar ham ko‘pin- cha tengdoshlarini tanlashgan, lekin ko‘pincha kattalarni ham tanlashgan (39—50%), o‘zlaridan kichiklarni hech tanlashmagan (I.S.Kon va V.A.Losenkov tadqiqotlari natijalari).

406

Do‘st tanlashdagi bunday farqlarning psixologik mohiyati ni- mada? Fransuz psixologi B.Zazzo ham o‘z tadqiqotlarida yuqo- ridagidek natijalarni qo‘lga kiritgan. «Ideal do‘st» yoshi ba’zi har doim anglanmaydigan psixologik ehtiyojlarni ochadi. Bu- ning uchun tengdoshlarni tanlash teng munosabatlarga intilishni bildiradi. Tengdoshi bilan do‘stlashish o‘xshashlik va tenglik ta- moyillariga asoslanadi: «Men bilan teng yigit bilan muloqot qilish oson», «Ustimdan kuladi, deb qo‘rqmasdan unga hamma narsani aytish mumkin», «0‘zimni aqlli ko‘rsatishga intilmasdan, qanday bo‘lsa shunday o‘zimni ko‘rsatishim mumkin, u bilan o‘zimni erkin tutaman». 0 ‘zidan kattaroq do‘stni tanlash g‘amxolrlik, rah- barlik ehtiyojini bildiradi: «Men bilmaydigan narsalarni aytib berishi mumkin».

Do‘stlarcha yaqinlik ba’zi do‘stlarning o‘xshashligini bildiradi.

Lekin bunday o‘xshashlik har doim hamma narsada ko‘rinmay- di. Amerikalik psixolog D.Kendel 1900 nafar do‘stlarni o‘rganib, ba’zi obyektiv xarakteristikalarida (ijtimoiy kelib chiqish, jins, yosh va boshqalarda) o‘xshashlikni aniqlagan; do‘stlarning psixologik xususiyatlarida va ijtimoiy ustanovkalaridagi o‘xshashlik ahamiyatsiz bo‘lgan.

Ilk o‘spirinlik davridagi do‘stlik psixologiyasi shaxs xususiyatlari bilan chambarchas bogMiq. Bunda avvalo jins farqlari kuza­

tiladi. Qizlarda o‘g‘il bolalarga nisbatan 1,5—2 yil oldin yaqin do‘stlikka ehtiyoj paydo bo‘ladi, ularda do‘stlik hissiyotlarga boy. Qizlarda do‘stlikning mezonlari yigitlarga nisbatan psixologik motivlarga boy boklib, ular yozilib gaplashib, bir-birlariga sirlarini aytishga ehtiyoj sezishadi.

Do‘stlikning individual-psixologik xususiyatlari kam o‘rganil- gan. 0 ‘spirinning emotsional hayotida yangi bir holat sevgi paydo bo‘ladi. 0 ‘spirinlik sevgisi sof, pokiza, beg‘ubor, xilma-xil kechinmalarga boy, yoqimli, xayolga berilish va samimiyat belgi- lariga ega boladi. Yigit va qizlarning sevgini boshdan kechirishi- da bir-birlarini hurmat qilish, do‘stlik, o‘zaro yordam, bir-birini tushunish kabi xislatlar xarakterli bo‘lib, ular bir-birlaridagi yuk-

407

sak ma’naviy sifatlarni qadrlaydilar. Yigit va qiz bolalar o‘rtasidagi munosabatlar o‘spirinlik yoshida faollashgan bo‘ladi. 0 ‘rtoqlariga nisbatan munosabatlar doirasi kengayadi, Ayniqsa, qizlarda ara- lash do‘stlik ehtiyojlari kengayadi. Bolalarga xos 16—17 yoshlarda birinchi jinsiy moyillik va sevgi ehtiyojlari ko‘rina boshlaydi. Ikki jins o‘rtasidagi o‘zaro munosabat masalasi asosiy muammolardan biri bo‘lib hisoblanadi.

Ilk o‘spirinlarda kuchli va chuqur his bo‘lgan sevgi hissi aks et- tirilgan, kishiga yaxshi ta’sir ko‘rsatadigan badiiy adabiyot, kino- film va teatrlarga zo‘r qiziqish paydo bo‘ladi. 0 ‘z hissiyotlarini o‘zi ham qog‘ozda bayon qilish, ko‘pincha she’riy shaklda izhor etish ehtiyoji tug‘iladi.

Mabodo ana shunday hislar akademik litsey va kasb-hu- nar kolleji o‘quvchilarida paydo bolsa, unga qanday munosa-

batda bo‘lish kerak? Ayrim o‘qituvchilar o‘quvchilarda ana shu hisning paydo bo‘lishidan ko‘pincha cho‘chiydilar va asabiyla- shadilar. Ular bu tuyg‘uda «yomon berilib ketishlik»ni, «bemavrid va zararli sevgini» ko‘radilar, bu o‘qishga va jamoat faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, deb hisoblaydilar. Ta’nalar, boshqacha na- zar bilan qarash va masxara qilishlar, «baloning oldini olish», «ta- qiq etilgan munosabatlarga chek qo‘yish», «yo‘l qo‘ymaslik» kabi nojo‘ya urinishlar boshlanadi. Bu hisga ko‘pincha salbiy muno- sabatda boladilar.

Vaholanki, 16—17 yoshda boshqa jinsdagi kishiga mayl qo‘yish va qiziqish bilan qarash normal hodisadir. 18 yoshda yigit va qizlar nikohdan o‘tish huquqiga ega bo‘ladilar. 0 ‘spirin sevgisi o‘z asos e’tibori bilan sog‘lom sevgi bo‘la oladi. Samimiy kechin- malar olamiga qo‘pollik bilan bostirib kirish sira ham mumkin emas, buning ustiga yigit yoki qizning ana shu tuyg‘uga berilgani uchun uning ustidan kulish, haqorat qilish va koyishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Birinchi sevgi alomatlarini avaylash, ularga sezgirlik va ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish kerak. Lekin bu ana shu tuyg‘ularga beparvo va befarq qarash kerak, degan ma’noni bildirmaydi.

408

Bu tuyg‘ularning qanday xarakter kasb etishi, yigit va qiz o‘rtasida qanday munosabatlarni keltirib chiqarishi 0‘quvchi- lar shaxsining ma’naviy darajasiga bog‘liq. Ko‘p hollarda sevgi

tuyg‘usi yigit va qizlarga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. U yigit va qizlar- ga o‘z kamchiliklariga barham berishga, shaxsning ijobiy fazi- latlarini hosil qilishga intilishni vujudga keltiradi, o‘qib-o‘rga- nishga, qiyinchiliklarga qarshi kurashga o‘rgatadi. Bu tuyg‘u ilk o‘spirinlarni pokiza, muloyim qiladi, ularda oliyjanob tuyg‘ular va intilishlarni tarbiyalaydi. Unday bo‘lsa, nega bu tuyg‘uga chek qo‘yish kerak? Aksincha, tarbiyachi bunday tuyg‘uni qadrlashi va hurmat qilishi, uning vujudga kelishidagi soflikni avaylashi, bu tuyg‘uning kelgusida ham har ikkala tomonga yaxshi ta’sir ko‘rsatishi uchun qo‘lidan kelgan hamma chorani ko‘rishi (hech

bo‘lmaganda, xalaqit bermasligi) kerak.

0 ‘spirinlarda sevgi hissi bir qancha holatlarga bog‘liq. Bi- rinchidan — jinsiy yetilish; ikkinchidan — ishonadigan, suyana-

digan va har qanday nozik masalalar bo‘yicha gaplashish mumkin bo‘lgan do‘stga ehtiyoj; uchinchidan — bu tabiiy insoniy ehtiyoj hisoblanib, inson ko‘pincha o‘zini yolg‘iz his qilganida kuchli emotsional bog‘liqlikka intiladi. Tadqiqotlarning ko‘rsa- tishicha bunday tuyg‘u kuchaygan shaklda birinchi bor ilk 0‘spi- rinlik davrida yuzaga keladi. Ilk o‘spirinlar yolg‘iz bo‘lishni is- tamaganliklari uchun o‘zlari faol ravishda o‘zaro yaqin muloqot, bir-birlari bilan intim munosabatni izlaydilar. Ba’zan o‘spirinlar bu hislarga shunchalik berilib ketadilarki, boshqa narsalar mav- judligi haqida mutlaqo unutib qo‘yadilar. Bu davrda 0‘spirinlar- da sevish mumkin bo‘lgan qiz yoki yigit ideali paydo boladi va ko‘p yillar davrida bu ideal saqlanib turadi. 0 ‘spirinlar tasavvu- ridagi ideal kimnidir yoqtirishiga, sevishiga turtki boiadi. 0 ‘spi- rinlarning ideal obrazlari ba’zan real bo‘lmaydi, ya’ni ular hech kimni «unga» o‘xshatmaydilar. Bu esa ularda ishonchsizlik hamda yolg‘izlik hissini ham yuzaga keltirishi mumkin. Ilk o‘spirin- larga shu mavzuda badiiy adabiyotlar o‘qish, kinofilmlar, teatrlar tomosha qilishni tavsiya etish hamda yoshi ulug‘ kishilar bilan

409

suhbatlar o‘tkazish, ularga o‘zlarini kelgusi hayotlarini o‘zlariga mos turmush o‘rtoqlar topish masalasiga jiddiyroq yondashish- lariga yordam beradi.

Respublikamizda ilk o‘spirinlik davrida do‘stlikning psixologik xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlagan tadqiqotlarni prof. G‘.B.Shoumarov rahbarligida F.A.Akromova o‘tkazgan. Uning tadqiqotlarida ham do‘stlikka doir yuqoridagi natijalar olingan.

Shunday qilib, o‘spirinlik davri 16—23 yoshni o‘z ichiga ola- di. Bunda 16—18 yosh ilk o‘spirinlik, 18—23 yosh esa o‘spirinlik deb ataladi. Bu davrda kasbiy o‘z-o‘zini belgilash yetakchi faoliyat hisoblanadi. E’tiqod va dunyoqarash bilan bir qatorda, axloqiy ideallar bu davrda paydo bo‘lgan yangi psixologik tuzilmalardir.

Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari:

1.       0 ‘spirinlik davrida psixologik jarayonlarning shakllanish xususiyatlari.

2.       0 ‘spirinlikdagi aqliy rivojlanish bilan yetakchi faoliyatlar o‘rtasidagi bog‘liqlik.

3.       Umumiy va maxsus layoqatlarning rivojlanishi.

4.       0 ‘spirinlik davrida kasb tanlashning o‘ziga xos xususiyat­lari.

Mavzuni mustahkamlash uchun test savollari:

1. Ilk o‘spirinlik davri qanday ta’riflanadi?

a) yetuklik davri; *b) «kamolot bo‘sag‘asi»; c) ilk balog‘at davri;

d) qiyin davr.

2. Ijtimoiy psixologik holat bo‘lgan o‘spirinlik qanday ifoda- lanadi?

        a)                    o‘spirinlik o‘z xulq-atvorida amal qiladigan axloqiy prin-

siplar, e’tiqod, tushunchalar tez sur’atlar bilan shakllanish davri;

*b) bu o‘spirinning kattalar jamoasining to‘liq a’zosi bo‘lish- ga tayyorgarligini subyektiv boshdan kechirishi sifatida kattalik hissining yuzaga kelishi davri;

410





Yetuklik tushunchasi va yetuklikka erishish mezonlari. Rivojlanish jarayonining ko‘p qirraliligini hisobga olgan holda yetuk- likning ko‘pgina belgilarini ajratish mumkin1:

— jismoniy o‘sish bilan kamroq, ko‘proq kognitiv takomilla- shish bilan boglangan rivojlanishning yangi xarakteri;

— yangi sharoitlarga muvaffaqiyatli moslashish, qarama-qar- shilik va qiyinchiliklarni ijobiy hal qilish, vaziyatga tez moslashish;

— tobelikni bartaraf etish va boshqalar va o‘zi uchun mas’u- liyatni his qilish;

— xarakterning ayrim xislatlari (qat’iylik, umidvorlik, vijdon- lilik, hamdardlik bildirish va boshqalar).

«Kattalik» va «yetuklik» tushunchalari aynan bir xil tu- shunchalar emas. Yetuklik — hayot faoliyatining eng ijtimoiy faol va mahsuldor davridir, u kattalikning shunday davriki, unda shaxs va intellekt rivojlanishining eng yuksak darajasiga eri- shiladi. Qadimgi greklar bu yoshni va ruh holatini «акте» deb atashgan, «cho‘qqi», oliy bosqich, gullagan davr degan ma’no- larni anglatadi.

Gumanistik psixologiyada (A.Maslou, G.Olport, K.Rodjers va b.) yetuk shaxsning o‘z-o‘zini namoyon qilishi jarayoniga katta ahamiyat berilgan. Maslouning fikricha, o‘z-o‘zini namoyon qiladigan shaxslar elementar ehtiyojlarini qondirish bilan chegarala- nib qolmaydi, haqiqat, go‘zallik, yaxshilik kabi oliy qadriyatlar- ga intiladi. Ular o‘z faoliyatlarida yuksak cho‘qqilarga intiladilar. 0 ‘z-o‘zini namoyon qilish uchun o‘z ustida tinmay ishlashni ta- lab qiladigan jarayondir.

G.Olportning ta’kidlashicha, shaxsning yetukligi motivatsiyasi- ning funksional avtonomligi bilan belgilanadi. Olportning fikricha, o‘z-o‘zini namoyon qiladigan shaxs quyidagi xislatlarga ega

bo‘ladi:

A) tashqi dunyoga qiziqish, Men hissi kengaygan;

1 Крайг Г. Психология развития. С.647—653.

413

В) boshqalarga nisbatan g‘amxo‘rlik (hamdardlik, hurmat, chidamlilik);

D)     emotsional xavfsizlikni fundamental his qilish (o‘zini na­zorat qilish, o‘zini qabul qilish);

E)      borliqni real idrok qilish va harakatlardagi faollik;

F)      o‘z-o‘zini tushunish, ichki tajribasini vaziyatga ko‘chirish;

G)     «hayot falsafasi», tajribani tartibga soladi, tizimlashtiradi va individual xatti-harakatlarga ma’no beradi.

18.2. Yetuklikni davrlashtirish muammosi

Yetuklikning bosqichlari turli olimlar tomonidan turlicha tal- qin qilingan. Yetuklik davrini birinchilardan bo‘lib davrlashtir- gan Sh.Byuler o‘z-o‘zini aniqlashni asos qilib, yetuklikning besh- ta bosqichini ajratgan:

Birinchi bosqich (16—20 yosh) shaxsiy o‘z-o‘zini belgilashdan oldin keladi.

Ikkinchi bosqich (16—20 yoshdan 25—30 yoshgacha) — urinib ko‘rish va izlash bosqichidir (kasb, umr yoldosh va b.). Bu davr- da hayotiy maqsadlar noreal bo‘lib, o‘zgarib turadi.

Uchinchi bosqich (25—30 yoshdan 45—50 yoshgacha) — yetuklik davri: inson hayotda o‘z o‘rnini topadi, oila quradi. 40 yosh- larda shaxs o‘zining hayotda erishgan natijalariga qarab o‘zini ba- holay boshlaydi.

To‘rtinchi bosqich (45—50 yoshdan 65—70 yoshgacha) — qar- tayayotgan inson, kasbiy faoliyatning tugashi, maqsadlar qo‘yish va faol o‘z-okzini belgilashning yo‘qolishi.

Beshinchi bosqich (70 yoshdan keyin) — qari inson: o‘tmishni eslash va tinchlikni xohlash.

Mashhur gollandiyalik psixolog va psixoterapevt B.Divexud kattalar hayotidagi 7 yillik bosqichlarni ajratgan Uotering davr- lashtirishini misol sifatida keltiradi1.

1 Дивухуд Б. Кризисы жизни — шансы жизни. Развитие человека между детством и старсотью. Калуга 1994.

414

21—28 yosh — hayotiy bazisni egallash;

28—35 yosh — topilgan hayot asoslarini tasdiqlash;

35—42 yosh — ikkinchi jinsiy yetilish, kasbiy maqsadlarga yo‘nalganlik;

42-49 yosh - maniakal-depressiv davr;

49—56 yosh — shaxsiy qartayish bilan kurash;

56—63 yosh — donolik;

63—70 yosh — o‘z hayotida yana muvaffaqqiyatga erishish mumkinligini anglash, «ikkinchi yoshlik» imkoniyati.

Lekin inson hayot yo‘lini bunday davrlashtirish tavsiflovchi xarakterga ega bo‘lib, jiddiy empirik asoslarga ega emas.

Antropologlar va fiziologlar tomonidan yetuklikning quyi chegarasini 17 yoshdan (D.Birren), 21 yoshdan (D.B.Bromley), 20 yoshdan ayollar, 21 yoshdan erkaklar (xalqaro klassifikatsiya bo‘yicha), 25 yoshdan (W.Bunak) boshlanadi, deb hisoblashgan. 0 ‘rta yetuklik chegaralari ham turli olimlar tomonidan turlicha ko‘rsatilgan: 20 yoshdan 35 yoshgacha (D.Veksler), 25 yoshdan

40 yoshgacha (D.Bromley), 25 yoshdan 50 yoshgacha (D.Birren), 36—60 yoshgacha (yoshning xalqaro klassifikatsiyasi bo‘yicha).

Yetuklikning yuqori chegarasi va keksalikning boshlanishi haqida ham turlicha qarashlar mavjud: 55 yoshdan (V.V.Bunak, V.V.Ginzburg, D.Bromley, D.Veksler), 60 yoshdan (G.Grim va ko‘pchilik demograflar), 75 yoshdan (D.Birren).

Ilk yetuklik (yoshlik) bosqichi saylov huquqiga ega bo‘lish, to‘liq huquqiy va iqtisodiy javobgarlik, ijtimoiy faollikning barcha turlari bilan shug‘ullanish imkoniyati bilan tavsiflanadi. Bu bos- qichda hayotiy muhim qarorlar qabul qilinadi, kasbiy ta’lim olish tugallanadi, kasbiy rollar egallanadi, ma’lum muloqot doirasi shakllanadi. Ko‘pchilik oila qurgan va birinchi farzandli bo‘li- shadi, er-xotin va ota-ona rollari egallanadi va amalga oshiriladi.

0 ‘rta yetuklik davridagi insonlar keksalik davriga o‘tayot- gan ota-onalari va ota-ona uyidan alohida chiqib mustaqil hayot boshlayotganlar orasidagi holatni egallaydi. Odatda, ular ijtimoiy tomondan moddiy mustaqil emaslik, kasbiy faoliyatda yuqori da-

415

rajaga erishganligi tufayli oila boshlig‘i, boquvchisi, jamiyatni boshqaruvchi bo‘ladilar.

18.3. Yetuklik davrining yetakchi faoliyati va rivojlanishning ijtimoiy shart-sharoitlari

Bu yosh davrida rivojlanishning ijtimoiy vaziyati insondan ishlab chiqarish sohasiga, mehnat faoliyati sohasiga, o‘z oilasi- ni qurish va farzandlar tarbiyalashga faol kirishishni talab etadi. Yetuklik davrida rivojlanishning ijtimoiy vaziyati ichki tomondan mustaqillikka intilish, mas’uliyat hissining kuchayishida ifodalanadi. 0 ‘z hayoti va yaqinlarining hayoti uchun shaxsiy

mas’uliyatni anglash, bu mas’uliyatni qabul qilishga tayyorlik — yetuklik davridagi rivojlanish ijtimoiy vaziyatning asosiy ke- chinmasidir.

A.N.Leontev, D.B.Elkonin tomonidan bolalik davri uchun ishlab chiqilgan yetakchi faoliyat haqidagi tasavvurlar yetuklik davrida uning ma’nosini chuqurroq tushunishni talab qiladi.

Yetuklik davrida faoliyatning yetakchi tipi mehnat hisoblanadi. Akmeologiya nuqtayi nazaridan aniqlanishicha, nafaqat jami- yatning ishlab chiqarish faoliyatiga kirishish, bunday faoliyatda insonning kuchlarini maksimal darajada foydalanish nazarda tu-

tiladi1. Shunday qilib, insonning turli faoliyat sohalarida — jismoniy, axloqiy, intellektual, kasbiy sohalarida yuksak yutuqlarga erishishga intilishi nazarda tutiladi.

18.4. Yetuklik davrida shaxs rivojlanishi

Yetuklik davrida shaxsning rivojlanishi psixologiyadagi kam o‘rganilgan muammolardan biridir. Masalan, psixoanalitik na- zariyalar shaxs anomaliyalariga, patologik variantlariga e’tibor qaratadi. Norma kasallik belgilarining yo‘qligi sifatida qarala- di. Boshqa yo‘nalish, gumanistik psixologiya vakillari o‘zligini namoyon qilgan mashhur shaxslarni absolutlashtiradi.

1 Бодалев A.A.    BepshHHa в развитии лисИности взрослого сИеловека.— М.:1998.С.17.

416

N.A.Ribnikov 1920-yillarda katta odamlarning rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadigan yosh psixologiyasi sohasini akme- ologiya deb atagan. Bu g‘oya so‘nggi 10 yillikda akmeologiyaning insonni yetuklik davridagi rivojlanish mexanizmlari, qonuniyat- lari va mexanizmlarini o‘rganadigan mustaqil ilmiy fanga aylani- shiga sabab bo‘ldi. Akmeologiya insonning individ sifatida, shaxs sifatida faoliyatning talantli subyekti sifatida, individuallik sifatida ota-ona, fuqaro, turmush o‘rtoq, do‘st sifatida shakllanish sharoitlari, yo‘llari va usullarini o‘rganadi.

A.A.Bodalevning ta’kidlashicha, yetuk inson «rivojlanishida- gi cho‘qqi», yetuklik cho‘qqisi sifatida акте fenomeni — ko‘p oichamli holat bo‘lib, variativ va o‘zgaruvchandir turli yosh davrlarida cho‘qqiga turlicha erishiladi1. Inson hayot yo‘lini kuzatish cho‘qqiga erishishda har bir yosh davrining (go‘daklik, ilk bolalik, maktab yoshidagi davri va h.k.) inson bo‘lg‘usi mak- roakmesining namoyon boiish shakllari va mazmuniga tayyor- lanishda katta ahamiyatga ega. Fan va madaniyatda buyuk iz qoldirgan mashhur insonlarning hayotini o‘rganish hayotining har bir bosqichida mikroakmelar namoyon bo‘lganligini kuzatish mumkin.

Turli insonlardagi akmelarni solishtirishdan shu narsa aniqlandiki, uning namoyon boiishi lokal (bir faoliyat doirasida)

va keng (ko‘p sohalarda) bo‘lishi mumkin (misol sifatida Leonardo da Vinchi va M.V.Lomonosovni olim-ensiklopedist va san’at arbobi sifatida keltirish mumkin). Inson tomonidan akmega eri- shishga yordamlashuvchi yoki unga xalaqit beruvchi bir necha omillarni ko‘rsatish mumkin:

— Ijtimoiy makroomillar (jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy omil- lar, shaxs yashagan tarixiy davr, ijtimoiy kelib chiqishi, aniq ijtimoiy vaziyat, insonning yoshi, jinsi);

1 Бодалев A.A. О феномене “акме” и некоторых закономерностуах его формированиуа и развитиуа.// Мир психологии и психологиуа в мире. 1995.№ 3.C.113-119.

417

— Ijtimoiy mikroomillar (maktab, oila, ta’lim muassasalari, ishlab chiqarish jamoasi, oilaning boshqa a’zolarining, o‘qituv- chilar, muloqot doirasining ta’siri);

— 0 ‘z-o‘zidan rivojlanish omili, shaxsning o‘z ustida ishlashi, ichki dunyosining uzluksiz faolligi.

18.5. Yetuklik davrining inqirozlari

G ‘arb psixologiyasida yetuklik davridagi inqirozlarni o‘rganish bu yosh davridagi rivojlanishni tahlil qilishning asosiy yondashu- vlaridan biridir1. Ko‘proq shaxsiy o‘sishlar ro‘y beradigan yosh davrlarini ajratish mumkin: 20 yoshlar atrofida, 30 yoshlar atro- fida (28—34), 40—45, 55—60 yoshlarda va nihoyat keksalik davrida. Yetuklik davrida inqirozlarning kechishi, davomiyligi shaxsiy hayotdagi sharoitlarga bog‘liqdir. Bu yosh davrida rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchi o‘sishga va o‘z-o‘zini takomillashtirish- ga ichki intilish hisoblanadi. Inqirozni keskinlashtiradigan sha- roitlar sirasiga sog‘liqning to‘satdan o‘zgarishi (kutilmagan kasal- lik, uzoq kasallanish, garmonal o‘zgarishlar), ijtimoiy va siyosiy hodisalar, talablarning, sharoitning va ijtimoiy kutilmalarning o‘zgarishi va b.) kirishi mumkin. Kritik davrning kechishi turli shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin. Bu davrning «inqirozliligi» haqidagi tasavvurga barcha tadqiqotchilar ham qo‘shilmaydilar.

Inson hayotining «ikkinchi yarmiga» K.Yung ham juda qiziqqan. Hayotning o‘rtasini u «ruhning chuqur va qiziqarli o‘zgarishlari» ro‘y beradigan kritik davr sifatida qaragan2. Yetuklik davrida inson ichki o‘z-o‘zini anglashi, K.Yungning ta’bi- ri bilan aytganda «individualizatsiyani» amalga oshirishi zarur. Hayotining ikkinchi yarmida inson shaxs turli elementlarining muvozanati va integratsiyasi yordamida o‘z shaxsi ning yuksak rivojlanishiga erishishi mumkin. K.Yungning fikricha, shaxsining

yuksak darajasiga hamma ham erishmaydi.

1  Шихи Г. Возрастные кризисы. Ступени личностного роста. СПб. 1999.

2  Юнг К. Проблема души нашего времени. —М.: 1993.С.467.

418


D.Levinsonning kattalar hayotini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlari qiziqish uyg‘otadi. U 35—45 yoshdagi 40 nafar ameri- kalik erkaklarni o‘rgangan, ularning har biri bilan 15 soatlik bio- grafik intervyu o‘tkazgan hamda mashhur shaxslarning biografi- yalarini o‘rgangan. Natijada erkaklarning hayot siklida har bir 20 yil davom etadigan uch asosiy eralarni aniqlagan. Har bir era davomida individuum hayot strukturasini qayta quradi. Levinson

quyidagi o‘tish davrlarini ajratgan:

— ilk yetuklik — 17—22 yosh;

— 30 yoshlarga o‘tish — 28—33 yosh;

— o‘rta yetuklik — 40—45 yosh;

— 50 yoshlarga o‘tish — 50—55 yosh;

— kechki yetuklikka o‘tish — 60—65 yosh;

— yetuklik davriga kirishning boshlanishi — 17—33 yoshlarga to‘g‘ri keladi. Toiiq yetuk bo4ish uchun yosh erkak rivojlanish jarayonida vujudga keladigan 4 vazifani uddalashi kerak:

1)       orzuga erishish va reallik haqida o‘ylab ko‘rish: asossiz fantaziyalar va umuman erishib boimaydigan maqsadlar, shuningdek, orzuning umuman yo‘qligi o‘sishga imkon bermaydi;

2)       ota-ona bola munosabatlaridan yetuk tengdoshlar dunyosi munosabatiga o‘tishni amalga oshirish uchun ustoz topish;

3)       o‘zining karyerasini qurish;

4)       «o‘ziga xos ayol» bilan intim aloqalarni olrnatish, bu ayol unga kattalar dunyosiga kirishga yordamlashadi, uning umidlarini oqlaydi, uning bog‘liq xulq-atvori va boshqa kamchiliklariga chi- daydi, orzulari amalga oshishida uni qahramon deb qabul qiladi.

Levinsonning fikricha, o‘tish davrlarida inson stresslarni bosh- dan kechiradi, chunki bu davrda maqsadlar, qadriyatlar, hayot tarzi qayta quriladi va qayta baholanadi.

Amerikalik olima G.Shixi, Levinsonning tadqiotlaridan il- homlanib, shunday izlanishlarni ayollarda 0‘tkazadi1. Uning tad­

qiqotlari ham Levinson natijalarini tasdiqladi.

1 Шихи Г. Возрастные кризисы. Ступени личностного роста.

419

Dastlabki inqiroz ilk yetuklikka o‘tishda, 20—22 yoshda namoyon bo‘lib, «ota-ona ildizlaridan bo‘linish» inqirozi deb ataladi. Yoshlikning asosiy vazifalari va muammolari: hayotiy rejalarni aniqlashtirish va ularni amalga oshirishga kirishish; o‘zligini topish individuallikni ishlab chiqish; o‘zining huquq va majburiyatlarini bilgan yetuk inson deb anglash; turmush o‘rtoq tanlash va o‘z oila- sini qurish; kasbiy faoliyatda ixtisoslashish va mahoratni egallash.

30 yoshlar - o‘rta yetuklik, «oltin yoshga» o‘tish yuqori darajada ishchanlik davri. 30 yosh inqirozi — to‘plangan tajriba asosida hayotiy rejalarni korreksiya qilish vazifalari bilan bog‘liq, kasbiy faoliyat va oilada tartibli va oqilona hayot strukturasini yaratish bilan bogiiqdir. Yoqimsiz hislarni bartaraf etishga intilgan inson ilgarigi tanlovlari — turmush o‘rtoq, karyera, hayotiy maqsadlari- ni qayta baholaydi. Ko‘pincha hayot tarzini tubdan o‘zgartirish kuzatiladi; erta qurilgan oilaning buzilishi; kasbiy qayta yo‘llash.

30 yoshdan keyin — «ildizlar va kengayish» — moddiy va ya- shash muammolarini hal qilish bilan bog‘liq, xizmat pog‘onasida ko‘tarilish, ijtimoiy aloqalarning kengayishi, o‘z kelib chiqishini

tahlil qilish, ilgari rad etilgan o‘z Menini asta-sekin qabul qilish.

40 yosh inqirozi - hayot o‘rtasining inqirozi bo‘lib, keng tarqal- gandir. Bu yosh davridagi inqirozning dastlabki belgilari ichki dunyoning o‘zgarishi — ilgari muhim, qiziqarli deb hisoblangan narsalarga befarq munosabat namoyon bo‘ladi. Identiklik inqirozi — o‘ziga o‘xshamaslik, boshqacha bolib qolganini his qilish- da ko‘rinadi. Inqiroz jismoniy kuchlari va yoqimtoyligining ka- mayayotganini his qilish bilan bog‘liqdir. Hayotiy kuchlarining kamayayotganligini anglash — o‘z-o‘zini baholashga va Men kon- sepsiyasiga qattiq ta’sir qiladi. Ayniqsa bu yoshdagi inqiroz ijod bilan shug‘ullanuvchi kasb egalarida qiyin kechadi.

40 yosh inqirozi xavfli va katta imkoniyatlar davri sifatida ang- lanadi. Yoshligi tugaganini anglash, jismoniy quvvatining kamay- ganligi, rollar va kutilmalarning o‘zgarishi, xavotirlanish, chuqur o‘z-o‘zini tahlil qilish, kayfiyatning keskin tushishi bilan kechadi. Hayotini to‘g‘ri yashaganiga shubhalanish bu yosh davridagi

420

yetakchi muammodir. Bundan tashqari G.Spixi ayollardagi yosh inqirozlarining erkaklardan farqlarini ko‘rsatib bergan. Ayollar- ning hayot yo‘li bosqichlari ko‘proq oilaviy sikl hodisalari bilan bogliq: turmush qurish, farzandlar tug‘ilishi, bolalarning ulg‘ayi- shi, «bo‘sh uya» (ulg‘aygan bolalar ota-ona uyini tark etishi).

Eriksonning ta’kidlashicha, o‘rta yetuklik davrida avlodi- ni saqlash hissi kuchayadi, kelgusi avlod va uning tarbiyasiga

qiziqish ortadi. Hayotning bu davri turli sohalarda yaratuvchan- lik va mahsuldorlik bilan ajralib turadi.

R.Pek Eriksonning g‘oyalarini davom ettirib, bu yosh davrida 4 inqirozning kuzatilishini va ularning hal qilinishi navbatda- gi shaxsiy rivojlanish uchun zarur sharoit hisoblanadi:

— insonda donolikni hurmat qilish rivojlanadi (jismoniy kuch- ga nisbatan);

— jinsiy munosabatlarning ijtimoiy munosabatlarga almashi- nuvi (jinsiy rollarning susayishi);

— emotsional egiluvchanlikni saqlash;

— ruhiy egiluvchanlikka intilish (psixik rigidlikni bartaraf etish), xulq-atvorning yangi shakllarini izlash1.

Inson inqirozli kechinmalarni muvaffaqiyatli bartaraf etish uchun o‘zida emotsional egiluvchanlikni, o‘sayotgan bolalar va keksayayot- gan ota-onalarga nisbatan hissiy barqarorlikni rivojlantirishi zarur. 0 ‘rta yosh inqirozini hal qilish — hayotiy maqsadlami qayta ko‘rib chiqish, insonga berilgan umming qisqaligini anglash, hayot sharoit- larini tuzatish, yangi Men obrazini ishlab chiqish, turmush o‘rtog‘iga, do‘stlariga, farzandlariga ko‘proq e’tibor qaratish, yangi holatini to‘g‘ri idrok etish yangi barqaror davrga olib keladi. Inqirozlarni muaffaqi- yatli bartaraf etgan insonlarda 50—60 dan keyin kundalik muam- molar chetga chiqadi, yanada mahsuldor ishlash uchun sharoit yara- tiladi. Hayotiy tajribani umumlashtirish asosida ikkilamchi ijodiy cho‘qqilarga erishish mumkinligi, o‘z tajribasini tizimlashtirish, ish- xonadagi yoshlarga o‘rgatish shaxsga quvonch bag‘ishlaydi.

1 Grase J.Craig Human development.Prentice- Hall. 1996.P.787—788

421

Inqirozli kechinmalarning hal qilinmasligi 50 yoshlarda uning yanada kuchayishiga olib keladi. Inson o‘zidagi o‘zgarishlarni rad etib, lavozim kreslosiga yanada yopishib oladi: «Men hali shu yer- da ekanman, men bilan hisoblashish kerak, menga yana ishingiz tushadi». So‘nggi vaqtlarda jamiyatning tez rivojlanishi, axborot- lashuv asrida yetuklik davri inqirozlarining yanada yasharganligi- ni kuzatish mumkin. 60 yoshga yaqinlashganda nafaqaga chiqish- ga tayyorlanish munosabati bilan barcha motivatsiyada o‘zgarish kuzatiladi.

Yetuklik davridagi inqirozlarning bolalik davridagi inqiroz- lardan farqlari quyidagilarda kuzatiladi:

— yetuklik davrida asosiy faoliyat turi doimiy bo‘ladi (mehnat, ishlab chiqarish, oila, muloqot va b.), bolalik davrida esa yetakchi faoliyat doimiy ravishda o‘zgarib turadi;

— yetuk shaxs asosiy faoliyat turining ichida chuqur o‘zgarish- lar ro‘y beradi;

— yetuklik davri inqirozlari uzoqroq vaqtda (7—10 yosh) paydo boladi, ma’lum bir xronologik yoshga bogManmagan, ko‘proq ijtimoiy vaziyatga, hayotning shaxsiy sharoitlariga bogliq;

— inqirozlar orasidagi intervallarda rivojlanish tekis kechadi, xronologik chegaralar shartlidir;

— yetuklik davridagi inqiroz anglangan holda, yopiq kechadi, atrofdagilarga keskin namoyon qilinmaydi;

— inqirozdan chiqish, uni bartaraf etish shaxsning ichki faol- ligiga, uning o‘zigagina bog‘liq.

Normal inqirozlardan farqli ravishda anomal rivojlanishda ichki qarama-qarshiliklarni hal qilish uchun nuqsonli shakl- lardan foydalaniladi. Masalan, spirtli ichimliklarga berilish mo-

tivatsion va mazmunli intilishlarning o‘zgarishiga olib keladi.

18.6. Yetuklik davrida psixofiziologik va bilish jarayonlarining

rivojlanishi

Psixik funksiyalar rivojlanish mexanizmlarida quyidagi xu- susiyatlar aniqlandi:

422

— Psixofiziologik funksiyalar rivojlanishi ikki fazali xarakterga ega. Birinchi bosqich — funksiyalar taraqqiyotida frontal rivojlanish bo‘lib — tug‘ilgandan ilk yoki o‘rta yetuklikkacha kuzatiladi. Ikkinchi bosqich — psixofiziologik funksiyalarning ixtisoslashu- vi — 26 yoshdan keyin faolroq namoyon bo‘la boshlaydi. 30 yosh- da ixtisoslashuv hayotiy tajribaning egallanishi va kasbiy mahorat evaziga ustunlik qiladi.

— Yetuk insonning psixologik va psixofiziologik rivojlanishi qarama-qarshi va murakkab strukturaga ega bolib, bilish qobiliyati va alohida funksiyalar funksional darajasining susayishi, barqarorlashishi va kuchayishi jarayonlarining almashishini (bir- galikda kelishini) kuzatish mumkin. Aniqlangan qonuniyat ney- rodinamik, psixomotor xarakteristikalarga verbal va noverbal in-

tellekt, xotira kabi oliy psixik funksiyalarga xosdir.

— Rivojlanishning geteroxronligi (bir xilda kechmasligi) — insonning individ, shaxs va faoliyat subyekti sifatida yutuqlari va rivojlanish darajasi mos kelmaydi.

Bilish funksiyalarining dinamikasi. 17 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan davrda verbal va noverbal intellekt rivojlanishi bir xilda kechmaydi.

Ilk yetuklik davrida (18—25 yosh) psixik funksiyalarning kuchli rivojlanishi xos. Xotira, diqqat tafakkur konstruktiv, ijobiy siljishlar, cho‘qqilar kuzatiladi. Barqarorlashuv 33—35 yoshda kuzatiladi. 35 yoshgacha inson intellektual faoliyati funksion­

al asoslarining bir butunligi davom etadi. 30—33 yoshda diqqat, xotira, tafakkur kuchli rivojlanadi, 40 yoshlarda ular birmuncha susayadi. 41—50 yoshda 36—40 yoshga nisbatan tafakkur ham birmuncha susayadi.

Ko‘pchilik soha vakil lari uchun 35—39 yosh ijodiy faollik uchun o‘rtacha maksimum yosh hisoblanadi. Aniqroq to‘xtala- digan bo‘lsak, matematik, fizik, ximik kabi aniq fanlarda ijodiy cho‘qqiga erishish 30—34 yosh, geolog, vrachlarda 35—39 yosh, psixolog, faylasuf va siyosatchilarda birmuncha kechroq 40—55 yoshlarda kuzatiladi.

423


Kattalarda bilish funksiyalarining saqlanishiga qadriyatlar yo‘nalganligi katta ta’sir ko'rsatadi1. Hayotning turli sohalarida yangilikka faol intilish, ma’lumotlarni izlash, erishilgan natija bilan cheklanmaslik, obrazli tafakkur rivojlanish darajasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 0 ‘z kasbiy mahoratini takomillashtirish, maxsus adabiyotlarga doimiy murojaat qilish verbal-mantiqiy, amaliy va obrazli tafakkurning rivojlanishiga olib keladi.

51—55 yoshda ham tafakkurning har xil turlarining, diqqat va xotiraning rivojlanish iga kasbiy faoliyatdagi bilishga faol intilish, bo‘sh vaqtda ham nimalarnidir o‘rganishga intilish ijobiy ta’sir qiladi.

Kattalarning intellektual potensialini optimallashtirishning muhim omillari quyidagilardir: ma’lumoti darajasi (oliy, texnik,

gumanitar, o‘rta maxsus va h.k.); ta’lim — individual va tashkiliy bilish jarayoni sifatida; kasbiy faoliyat turi; mehnat faoliyati xa- rakteri (aqliy zo‘riqishga ehtiyoj, ijodiylikning mavjudligi) va b.

Yetuk insonlar intellekti saqlanishi bilan bir qatorda uning strukturasida sifat jihatidan qayta o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. So‘zli matnlarni umumlashtirish ustunlik qiladi. Intellekt rivojlanishida yangi boiishi mumkin bo‘lgan bosqich — muammoni o‘zi qo‘ya olish idadir.

Uzoq muddatli xotirada verbal esga tushirish keksalik davri- gacha o‘zgarmaydi, reaksiya tezligi, qisqa muddatli xotira, qayta esga tushirish birmuncha susayadi. Shunga qarmay kasbiy xotiraning takomillashishi mnemik funksiyalarning umumiy susayi- shi bilan mos kelmasligi mumkin.

So‘nggi zamonaviy longityud tadqiqotlarda aniqlanishicha, yetuklik davridagi insonlarning kognitiv rivojlanishi tugallan- maydi, lekin kattalarning aynan qanday qobiliyatlari qanday qilib o‘zgarishi haqida umumiy fikrga kelinmagan. Bunda ayrim olim- lar «dialektik tafakkur va mustaqil tanlangan pozitsiya va mas’u-

1 Канатов А.К. Обучаемость взрослых в различные периоды зрелости / / Психология развития .Хрестоматия .2001.СПб., С.329-335.



XIX BOB. KEKSAYISH YA KEKSALIK

Reja:

1.                     Keksalik bioijtimoiy hodisa sifatida.

2.                     Gerontopsixologiya muammolariga doir dolzarb tadqiqot­lar.

3.                     Keksalik va keksayish nazariyalari.

4.                     Keksalikning yosh chegaralari muammosi.

5.                     Keksalik davrida shaxsiy inqiroz va yoshning psixologik va­zifalari.

6.                     Keksalik davrida yetakchi faoliyat va rivojlanishning ijti­moiy shart-sharoitlari.

7.                     Keksalik davrining shaxsiy xususiyatlari.

8.                     Keksayish davrida bilish jarayonlari.

Mavzu o‘quv maqsadi:

Ta’limiy: bo‘lajak psixologlar tomonidan keksalik va keksayish nazariyalari, keksalikning yosh chegaralari muammosi, keksalik davrida shaxsiy inqiroz va yoshning psixologik vazifalari, keksalik davrida yetakchi faoliyat va rivojlanishning ijtimoiy shart-sharoit- lari, keksalik davrining shaxsiy xususiyatlari, keksayish davrida bilish jarayonlari haqida ma’lumotlar berish.

Tarbiyaviy: bo‘lajak psixologlar tomonidan keksalik davrining shaxsiy xususiyatlari, keksayish davrida bilish jarayonlari haqida bilim, malaka va ko‘nikmalar asosida dunyoqarashni kengay- tirish.

Rivojlantiruvchi: mavzuning ta’limiy va tarbiyaviy o‘quv maqsadlari asosida talaba shaxsini rivojlantirish.

Tayanch tushunchalar: gerontologiya, oliy psixik jarayonlar, skleroz, demensiya, altsgeymer.

19.1. Keksalik bioijtimoiy hodisa sifatida

Qarilikning birinchi davri gerontogenez yoki keksayish davri deb ataladi. Ko‘pchilik olimlarning fikriga ko‘ra, bu davr 60 dan keyin boshlanadi. Ba’zi olimlar esa bu davrni ayollarda 55 yosh- dan, erkaklarda 60 yoshdan keyin boshlanadi, deya ta’kidlashgan.

Bu yoshdagi insonlarni uch guruhga bo‘lish mumkin: qariyalar, keksalar, uzoq umr ko‘ruvchilar.

Xorij olimi Bernsayd bu davrni to‘rt guruhga ajratgan: 60—69 yoshgacha qarilikdan oldingi davr, 70—79 yoshgacha qarilik, 80— 89 yoshgacha keksalik, 90—99 yoshgacha munkillagan qarilik.

Bu yoshning eng muhim xususiyatlaridan biri yosh o‘zgarishi bilan kechadigan genetik programmalashtirilgan jarayonning qarishini

bildiradi. Qarilik murakkab bioijtimoiy psixologik hodisadir. Biologik jarayon sifatida qarilik organizmning keksayishi, o‘lim ehtimolining ortishi bilan bogiiq. Ijtimoiy hodisa sifatida keksalik nafaqaga chi- qish, ijtimoiy statusning o‘zgarishi, muhim ijtimoiy rollarning yo‘qoli- shi bilan bog‘lanadi. Psixologik darajada bu ro‘y bergan o‘zgarishlarni anglash va unga muvaffaqiyatii moslashishdan iborat.

Bu yosh o‘zgarishlari nimalarda ko‘rinadi, degan o‘rinli sa- vol tug‘iladi?

Dastlab organizm faoliyatining sekin-asta susayishida kuzatiladi. Bu yoshdagi insonlarning jismoniy kuchi, energiyaning umumiy zaxirasi yoshlik davriga nisbatan ancha kamayganligini kuzatish mumkin. Insonning qon aylanish va immun tizimi ham susayadi.

Qarish jarayoni insonning nerv sistemasiga ham ta’sir qiladi. Dastlab uning sezgirligi kamayadi, tashqi ta’sirlarga organizmning sekin reaksiya bildirishi, turli sezgi organlari sezgirligining pasayi- shi kuzatiladi. Qarilik davrida ko‘pchilik insonlar u yoki bu ma’lu- motni olish uchun ko‘proq vaqt sarflayotganligini his qilishadi.

Qarish jarayonining natijalari insonning eshitish sezgirligining susayishida kuzatiladi. Fozard (1990)ning tadqiqotlaridan ma’lum boiishicha, bu yoshdagi insonlarda eshitishning susayishi qari- yalarning uchdan bir qismida, ko‘proq erkaklarda kuzatiladi.

Bu yoshdagi insonlarning ko‘pchiligida ko‘rishning turli- cha buzilishlari kuzatilishi mumkin. Ko‘z gavhari elastikligi- ning yo‘qotilishi hisobiga predmetlarga nazar tashlash qobiliyati- ning susayishini payqash mumkin. Ko‘z gavhari strukturasining o‘zgarishi aniq ko‘rmaslikka, keyinchalik kataraktaga olib keli-

427

shi mumkin. Qariyalardagi o‘zgarishlardan biri sifatida ko‘rish o‘tkirligining susayishida, mayda detallarni farqlashning qiyin- chiligida namoyon bo‘ladi. Bunday o‘zgarishlar bifokal va trifokal ko‘zoynaklar bilan to‘ldirilishi mumkin. Qariyalarda ko‘rish sez- girligining o‘zgarishi ko‘p jihatdan psixofizik funksiyalar dina- mikasi bilan ko‘p jihatdan bog‘liq. Qariyalarda ranglarni ajratish ham birmuncha susayadi, faqat sariq rangni ajratish 50 yoshdan keyin ham o‘zgarmaydi.

Ta’m bilish sezgilari ham qariyalarda qariyb o‘zgarmaydi. Bar- toshukning (1990) tadqiqotlaridan ma’lum boiishicha, shirinni sezish qobiliyati o‘zgarmaydi. M. Spitzer (1988)ning tadqiqotlaridan ma’lum bo‘lishicha, achchiqni sezish biroz kamayadi. Ta’m bilish sezgilaridagi qator o‘zgarishlar ba’zan insonning individual xususiyatlariga ham bog‘liq boladi. Qariyalar ovqatdagi ba’zi komponentlarning ta’mini sezishda qiyinchilikni boshdan kechi- radi, bu esa ta’m bilish analizatori emas, balki hid bilish sez-

girligining susayishi evaziga sodir bo‘ladi.

Hid sezgirligining o‘zgarishiga asosiy sabab nerv uchlari va tolalarida karaxtlikning boshlanishidir. Bundan tashqari, hid bilish sezgirligi kamayishining sabablari havoning ifloslanishi, zaharli va qo‘lansa hidli moddalar bilan nafas olish, chekish, oziq-ovqatda A vitamini yetishmasligidir.

Shunday qilib, keksayish davrida ko‘pchilik sensor funksiyalar susayadi. Lekin shuni ta’kidlash joizki, biz yuqorida ko‘rib o‘tgan sensor sezgirlik tiplarining ko‘pchilikda susayishi kuzatilsa-da, bu hammada bir xil emas. Sensor funksiyalarning susayishi, shaxs shug‘ullangan faoliyat turiga bogliq ravishda o‘zgarish kuzatila- di. Masalan, butun hayoti davomida musiqa bilan shug‘ullangan insonlarda eshitish sezgirligining unchalik o‘zgarmaganligini ku- zatish mumkin.

19.2. Gerontopsixologiya muammolariga doir dolzarb tadqiqotlar

Qarilik ijtimoiy kategoriya sifatida XX asrda ajratildi. Bu oxirgi yuz yilda Yer planetasidagi demografik o‘zgarishlar bilan bog‘liq.


Dunyo aholisining keksayishi ro‘y bermoqda, ya’ni rivojlangan davlatlarda keksa insonlar soni ortib bormoqda. Aholi keksayishi- ning sabablaridan biri tug‘ilishning kamayishi, salomatlikning

yaxshilanishi, kichik va katta yoshdagilarda o‘lim sonining kamayishi, hayotning individual davomiyligining ortishidir. Bron-

za davrida hayotning o‘rtacha davomiyligi 18—20 yil bo‘lsa, o‘rta asrlarda 35 yil, XIX asrda 44 yil bo‘lsa, XX asrda 68—72 yilni tashkil etadi.

Aholining keksayishi fenomeni iqtisodiy, tibbiy, huquqiy, si- yosiy va boshqa muammolarni tug‘diradi. Saylovchilar va tovar iste’molchilarining ko‘pchilik qismi keksalar bo‘lganligi uchun barcha tizimlarni qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi. Rivojlangan Yevropa va Amerika mamlakatlarida ham keksalar muammolar- ini hal qilish borgan sayin qiyinlashib bormoqda (hatto uni «se- kin ta’sir qiladigan demografik bomba, deb atashmoqda)1. Ay- rim mamlakatlarda nafaqa yoshini qayta ko‘rib chiqish masalasi qo‘yilgan (masalan, Buyuk Britaniyada 2010-yildan keyin ayollar uchun nafaqa yoshi 65 yosh deb belgilab qo‘yildi).

Gerontopsixologiya — yosh psixologiyasining bolim i bo‘lib, keksalik muammolarini o‘rganuvchi psixologiya tarmog‘i sifatida so‘nggi vaqtlarda ko‘p tadqiqotchilar e’tiborini o‘ziga tortmoqda.

Qariyalarda bilish jarayonlaridagi farqlar bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, xotirani tekshirishda standart topshiriqlarni ba- jarishda 30 yoshli va 70 yoshli kishilar turli tezlikda bajaradi. Sod- da kognitiv topshiriqlar, ya’ni turli predmetlarni kattaligi bo‘yicha xotirada taqqoslashda qariyalarga yoshlarga qaraganda 50% ko‘p vaqt talab etilgan. Topshiriq murakkablashtirilganda yoshlarga qaraganda qariyalarga 2 barobar ko‘p vaqt talab etilgan (Baltes, 1993).

Qariyalarda kognitiv jarayonlar o‘zgarishiga bag‘ishlangan tad- qiqotlarda operatsiyalarning bajarish tezligini yo‘qotishni kom- pensatsiya qilish mumkin. 1985-yilda S. Salthouse tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarda qari mashinistkalar yoshlardan qolish-

1 Стьюарт— Гамильтон Я. Психология старения,—М., 2002. С. 14.

429

may ishni bajarishgan, ularda reaksiya vaqti va barmoqlarning se- kin harakatlanishini kuzatish mumkin. Tadqiqotchi eksperiment o‘tkazish tartibini murakkablashtirib, mashinistka oldindan o‘qib olishi mumkin boMgan so‘zlar sonini chegaralaganda, qari mashi- nistkalarning ish tezligi keskin pasayib ketgan, bu yosh mashi- nistkalarning ish tezligiga umuman ta’sir qilmagan. Qari mashi- nistkalar yozish tezligini saqlash uchun tekstni oldindan o‘qib

olib uni xotirada saqlashga harakat qilishgan.

Uzoq muddatli xotirani o‘rganishga bagcishlangan test nati- jalarida yosh farqlari kuzatiladi. Qator tadqiqotlarda qariyalar so‘zlar qatorini qayta esga tushirishga qaraganda tanishga bo‘lgan topshiriqlarni yaxshiroq bajarishi aniqlandi (Craik & McDowd, 1987). Ular materialni xotirada saqlash uchun ko‘proq tanlovchan- likni namoyon qiladi. Qariyalarda foydasiz so‘zlar ro‘yxatini eslab qolish ichki isyonni keltirib chiqaradi. Shu bilan bogiiq ravishda ma’nosiz so‘zlarni eslab qolishga bag‘ishlangan tadqiqotlarda ular quyi natijalarni namoyon etishgan, ma’noli so‘zlarni, qiziqarli iboralarni eslashda keksalar yoshlarga qaraganda yaxshi natija ko^rsatishgan (Meyer, 1987).

Shunday qilib, qator olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot- lardan ma’lum bo‘lishicha, qariyalar ular uchun muhim hisoblan- gan va hayotda kerak bo‘ladi, deb o‘ylangan materialni yaxshiroq eslab qoladilar.

Uchlamchi xotira bu ilgari boiib o‘tgan voqeani eslashdir. Xotiraning bu turi keksalarda to‘liq eslab qolinadi.

19.3. Keksalik va keksayish nazariyalari

Keksalikni olrganish bo‘yicha bir necha nazariyalar mavjud.

Har bir nazariya asosida keksalikni qanday tushunish yotadi.

Keksalik biologik muammo sifatida. Har bir nazariya organizmning qarish mexanizmi bo‘yicha o‘z modeliga tayanadi. Bi­

ologik nazariyalarga rus gerontologiyasining asoschisi A.A.Bo- gomolsning organizm fiziologik jarayonlari uyg‘unligining buzilishini keksayishda asosiy omil deb hisoblagan nazariyasi-

430


ni hamda keksayishni intoksifikatsiya sifatida qaragan I.I.Mech- nikov nazariyasini kiritish mumkin.

Gerontolog VV.Frolkis keksalikni organizm moslashuv imkoni- yatlarining qisqarishi sifatida qaraydi. Antiqarish yoki vitaukta tu- shunchasi (lot. Vita — hayot, auktum — cho‘zmoq) olim tomonidan taklif etilgan moslashuv-boshqaruv nazariyasining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Keksayish evolutsion jihatdan dasturlashtirilib genetik kodga kiritilishi haqidagi tasavvur, hujayralarning buzilishi bilan bogliq g‘oyalar biologik nazariyalarga misol bo‘la oladi.

Keksalik ijtimoiy muammo sifatida. Ijtimoiy nazariyalarga

«erkinlik» hamda «o‘yindan chiqish» nazariyalari misol boia oladi. Jamiyatdan uzoqlashuv, motivatsiyaning o‘zgarishi, kom- munikativlikning pasayishi, o‘z ichki dunyosiga o‘ralashib qo- lish kabilarda kuzatiladi. Jamiyatdan uzoqlashish ilgarigi ijtimoiy rollarning yo‘qotilishi, sog‘liqning yomonlashuvi, topish-tu- tishning kamayishi, yaqin kishilarning yo‘qotilishi yoki uzoqla- shishida namoyon bo‘ladi. Subyektiv ravishda bu kerak emaslik tuyg‘usi, qiziqishlar doirasining pasayishi, uning o‘ziga qarati- lishida namoyon bolladi. Bu jarayon insonning nafaqaga chiqi- shi bilan boshlanadi, lekin qari inson ishxonada nimalar bo‘la- yotgani bilan qiziqib turadi, lekin bu sekin-asta sun’iy xarakterga ega bo‘la boradi, sekinlik bilan bu ham to‘xtaydi. Insonga kela- digan ma’lumotlar kamayib boradi, qiziqishlar doirasi torayadi, faolligi pasayadi, qarish jarayoni tezlashadi1.

Faollik nazariyasi («Yangi bandlik») jamiyatdan uzoqlashish nazariyasiga qarama-qarshidir. Faollik nazariyasi keksalarni jamiyat hayotiga tortish, ular qanchalik faol boisa, ularning ha- yotdan qoniqqanlik darajasi yuqori bo‘ladi, degan g‘oyaga asos- lanadi. Uzluksiz hayot yo‘li konsepsiyasi qarilikni ilgarigi hayot uslubini saqlab qolish uchun kurash maydoni sifatida talqin etadi.

1 Краснова О.В. Социальная психология старения как основная составлуающая социальной геронтологии.// Мир психологии. 1999. № 2. С.96-106.

431

Qarilik kognitiv muammo sifatida. Bu yondashuv asosida kek- salarda intellektual va emotsional qobiliyatlarning pasayishi yoki yo‘qotilishi jarayoni yotadi. «Foydalanmaslik» nazariyasiga ko‘ra intellektual ko‘nikmalar yetarlicha foydalanmaslik natijasida kek- salarda yomonlashadi. Kognitiv nazariyaning boshqa variantida keksa inson o‘zidagi o‘zgarishlarni qanday talqin qilishiga bog‘liq- ligi nazarda tutiladi. Bunda uch soha asosiy rol o‘ynaydi: shaxsiy kechinmalar (sogMiqning yomonlashuvi, jozibadorlikning ka- mayishi), ijtimoiy mavqe xususiyatlari (kirishimlilik, integratsiya

yoki ajralib qolish), shaxsiy hayotining tugayotganligini anglash.

Keksayishning kompleks nazariyalari. Kompleks nazariyalar keksayishning biron jihatiga urg‘u beradigan nazariyalarga qarshi chiqadi. Keksayish ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, u o‘zaro biologik, ijtimoiy va psixologik jarayonlar bilan bogMiqdir. Har bir inson-

ga o‘ziga xos keksayish yo‘li xos. Dj.Terner, D.Xelms1 uch o‘zaro bogiiq jarayonni ajratib ko‘rsatadilar:

Psixologik keksayish — individ o‘zi keksayish jarayonini qanday tasavvur qiladi va his qiladi, boshqalarning keksayishi bilan o‘zini taqqoslab keksayish jarayoniga qanday munosabatda boladi.

Biologik keksayish — yosh o‘tishi bilan organizmda o‘zgarish- larning sodir boiishi.

Ijtimoiy keksayish - individ keksayishni jamiyat bilan, ijtimoiy rollarni bajarish bilan qanday bogiaydi?

19.4. Keksalikning yosh chegaralari muammosi

Qarilikning yosh chegaralarini turli olimlar turlicha tavsifla- shadi, lekin ko‘pchilik 60—65 yoshni qarilikning boshlanishi sifatida e’tirof etishadi. Misol sifatida bir necha olimlarning qa- rashlarini keltiramiz:

Chexiyalik professor B.Prijigoda: 60—75 — qarilik, 75—100 yosh keksalik.

1 Краснова О. В. Социальная психология старения как основная составляющая социальной геронтологии.// Мир психологии. 1999. № 2. С. 133-141.

432

Dj.Birren: 50—75 yosh so‘nggi yetuklik, 75 yoshdan keyin qarilik.

D.B. Bromley qarilikning 3 bosqichini ko‘rsatib o‘tadi: 65—70 yosh sevimli ishdan uzoqlashish; 70 yoshdan keyin keksalik; 110 yoshgacha — munkillaganlik, qarib kasalga chalinish va o‘lim.

Rossiya gerontologiyasi asoschilaridan biri I.V.Davidovskiy keksalik boshlanishining aniq sanasi mavjud emas, degan fikrni bildir- gan1. Boshqa mashhur gerontolog N.F.Shaxmatov keksayish muam- molariga biologik nuqtayi nazardan yondashib, psixik keksayishni markaziy nerv sistemasining oliy boMimlarida yoshga oid destruktiv

o‘zgarishlar natijasi sifatida qaraydi2. Keksayish yoshga oid muqa- rrar jarayon bo‘lishiga qarab har kimda har xil individual kechadi.

Butunjahon sog‘liqni saqlash Yevropa byurosining klassifikat- siyasiga muvofiq, erkaklarda qarilik 61—74 yosh, ayollarda 55—74 yosh, 75 dan keyin keksalik boshlanadi, 90 yoshdan keyin uzoq umr ko‘ruvchilar deb ataladi.

Qarilikning boshlanishi ijtimoiy mezon sifatida insonning na- faqaga chiqishi bilan belgilanadi. Lekin turli mamlakatlarda turli kasb egalarida ayollar va erkaklarda nafaqa yoshi turlichadir (55 dan 65 yoshgacha davom etadi). Qarilik davriga oltishning boshqa ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari — bu asosiy daromad man- bayining o‘zgarishi, ijtimoiy mavqening o‘zgarishi, ijtimoiy rollar doirasining o‘zgarishi hisoblanadi.

Odatda yosh qariyalar 75 yoshgacha hamda keksa qariyalar 75 yoshdan keyin farqlanadi. Bunda faol va mustaqil hayot tarzini kechiradigan qariyalar hamda doimiy mehribonlikni, e’tiborni

talab qiladigan imkoniyatlar funksional mezon bo‘lishi mumkin.

19.5. Keksalik davrida shaxsiy inqiroz va yoshning psixologik

vazifalari

Yetuklik va keksalik orasidagi inqiroz 55—65 yoshlarga to‘g‘ri keladi. Keksalik davridagi inqirozni nafaqadan oldingi inqiroz

1                   Давидовский И.В. Геронтологиуа. —М., 1966.

2                   Шахматов Н.Ф. Психическое старение: счастливое и болезненное.— М., 1996. С.31-36.

433

deb ataladi, bunda asosiy determinant sifatida ijtimoiy omil na- faqa yoshiga yetish omili ko‘rsatiladi. Darhaqiqat nafaqaga chiqish inson hayotini tubdan o‘zgartirib yuboradi, jamiyatdagi muhim ijtimoiy rolining yo‘qotilishi, insonning o‘z referent gu- ruhidan ajralishi, muloqot doirasining torayishi, moddiy ahvo- lining yomonlashuvi, ba’zan «iste’fo shoki» holatining o‘tkir ke- chishida namoyon bo‘ladi.

Bu holat ko‘pchilik qartayayotgan insonlarda qiyin kecha- di, salbiy hissiy holatlarni vujudga keltiradi. L.I.Ansifirovaning ta’kidlashicha, qariyalarning uch xil asosiy shaxs tiplarini ajratish mumkin1. Birinchi tipdagi qariyalar nafaqaga chiqishni yaxshi boshdan kechiradi, yangi qiziqarli mashg‘ulotga jon deb ko‘cha- dilar, yangi do‘stona munosabatlarni o‘rnatishga layoqatli. Bu- larning bari ularning hayotdan qoniqqanlik darajasining yuqori bo‘lishiga hamda umrining uzun bo‘lishiga ham ta’sir etadi. Ikkinchi tipdagi qariyalar hayotga passiv munosabatda boladi. Ularda qiziqishlar doirasining pasayishi, o‘z-o‘ziga hurmatning yo‘qolishi, kerak emaslik va mos emaslik hissi kuzatiladi.

Ushbu yosh davridagi inqirozni yumshatish strategiyalaridan biri «hayotga yangicha qarash» texnikasidir. Bu texnika o‘z ichiga yangi ijtimoiy yondashuvga psixologik tayyorgarlik, bo‘sh vaqtni oldindan rejalashtirish, yangi hayot tarzini, jamiyatga kirishish- ning yangi usullarini izlash, salbiy holat va hodisalarni oldindan his qilish, nafaqaga chiqishni qat’iy kun tartibi va qat’iy chek- lovlardan ozod bo‘lish hamda insonning yangi qobiliyatlarini namoyon etadigan erkin fazo sifatida ijobiy idrok etish kabilarni o‘z ichiga oladi.

Keksalik davriga o‘tishdagi inqirozlar bo‘yicha boshqa bir yon- dashuv shaxs ichidagi, identiklik inqirozidir. Bunda qarilik alo- matlari subyekt tomonidan emas, balki atrofdagilar tomonidan seziladi. Fiziologik qartayish jarayonlari doimiyligi tufayli uzoq

1 Л.И.Анцифирова Новые стадии поздней жизни: Время теплой осени или суровой зимы.// Психологический журнал. 1994 № 3. С.99-105.

434

vaqt subyekt tomonidan anglanmaydi, o‘zining «o‘zgarmasligi» haqida illyuziya paydo boiadi. Keksalikni anglash kutilmaganda sodir boiadi (masalan, sinfdoshlari bilan uchrashganda) hamda ichki nizolarga olib keladi. Ba’zan qarilikni anglash bilan bog‘liq inqiroz o‘smirlik davridagi inqiroz bilan tenglashtiriladi (bunda ham o‘zining o‘zgargan tanasiga yangicha munosabatni ishlab chiqishdan iborat), lekin qarilik inqirozi og‘irroq kechadi.

E.Erikson konsepsiyasida qarilik ilgarigi hayot yolining tu- gashi sifatida talqin etiladi1. Keksalik psixosotsial inqirozining mohiyati shundan iboratki, Egoning yaxlitlikka erishishidir. Kek- sa psixologik yoshga o‘tish muvaffaqiyatini E.Erikson oldingi yosh inqirozlarini ijobiy hal qilish bilan bog‘laydi. Eriksonning ta’kidlashicha, donishmandlik ruhning ma’lum holati bolib, bunda o‘tmish, hozir va kelajakka bir vaqtda boqish, hayot tarix- ini tasodiflardan xalos etish hamda avlodlar bilan aloqa o‘rnat- ish sifatida talqin etiladi. Donishmandlik keksalik davrining eng

yuksak yutug‘idir.

Qarilik davrida rivojlanishning yosh vazifalari quyidagilarda boiishi mumkin:

— yosh o‘zgarishlariga moslashish, tana, psixofiziologik;

— keksalikni adekvat idrok etish (salbiy stereotiplarga qarshi turish);

— vaqtni aql bilan taqsimlash, qolgan hayotini maqsadga yo‘naltirib foydalanish;

— rollarni qayta yo‘naltirish, eski rollar pozitsiyasidan voz ke- chish va yangilarini shakllantirish;

— yaqin insonlarning yo‘qotilishi va farzandlarning uzoqla- shishi munosabati bilan boladigan affektiv holatlarga qarshi kurashish, emotsional egiluvchanlikni saqlash;

— ruhiy egiluvchanlikka intilish (psixik rigidlikni yengib o‘tish), xulq-atvorning yangi shakllarini izlash;

— ichki yaxlitlikka intilish va o‘tgan umrni anglash.

1 Э.Эриксон. Детство и общество

435

19.6. Keksalik davrida yetakchi faoliyat va rivojlanishning

ijtimoiy shart-sharoitlari

Keksalik davri ishlab chiqarishda faol ishtirok etishdan uzoq- lashish, nafaqaga chiqish bilan ijtimoiy pozitsiyaning o‘zgarishi taraqqiyotning ijtimoiy vaziyatidagi muhim o‘zgarishlardir. Kek- salarga nisbatan ijtimoiy vaziyatning noaniqligi ular hayotining ijtimoiy vaziyatini to‘liq deb bo‘lmaydi. Keksalik davrida inson quyidagi savolni hal qiladi: eski ijtimoiy aloqalarini saqlab qo- lish hamda yangi ijtimoiy aloqalarni o‘rnatish yoki yaqinlarining

qiziqishlari bo‘yicha ularga qo‘shilish yoki o‘z muammolarini hal qilish uchun individual hayotga kirish. Bu tanlov u yoki bu mos- lashuv strategiyasini — o‘zini shaxs sifatida yoki individ sifatida saqlab qolishni belgilaydi. Ana shu tanlovga, moslashuvning strategiyasiga bog‘liq ravishda yetakchi faoliyat o‘zini shaxs sifatida saqlab qolishga, yoki individ sifatida saqlab qolishga yo‘nal- tirilishi mumkin.

«Yopiq kontur tipi» bo‘yicha adaptatsiya strategiyasida tashqi dunyoga qiziqishlar va intilishlar darajasining pasayishida, egotsentrizm, emotsional nazoratning susayishi, to‘liqmaslik kompleksi, qo‘zg‘aluvchanlik ba’zan atrofdagilarga befarqlikda namoyon bo‘ladi. Ba’zan ushbu keksayish modelini «passiv keksayish» yoki ijtimoiy qiziqishlarning yo‘qolishi ham deb ata- shadi. Bunga alternativ ravishda yana bir model mavjud, ya’ni

jamiyat bilan aloqalar saqlab qolinadi, yanada rivojlantiriladi. Yetakchi faoliyat ijtimoiy tajribani tizimlashtirish va uzatishdan iborat bo‘ladi. Bu yoshda keksalar kasbiy faoliyatlarini davom ettirishlari, memuarlar yozishlari, o‘qitishlari, ustozlik qilish- lari, nabiralarni tarbiyalashlari va jamoat ishlari bilan shug‘ul- lanishlari mumkin.

0 ‘zini shaxs sifatida saqlab qolish uchun kuchi yetadigan mehnat bilan shug‘ullanish, turli qiziqishlarga ega boiish, ya- qinlarga kerakli inson bo‘lishga intilish, hayotga qiziquvchanlik- ni his qilish zarur.

436

N.S.Pryajnikov keksalikni turli davrlarga bo‘lgan va bu davr- larning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatib 0‘tgan1.

I. Nafaqadan oldingi keksalik (55 yoshdan nafaqaga chiqqun- cha) — nafaqaga tayyorlanish.

1. Rivojlanishning ijtimoiy vaziyati:

— nafaqani kutish: kim uchundir nafaqaga chiqish bu «tezroq dam olishni boshlash», kim uchundir faol mehnat faoliyatining to‘xtatilishi hamda qolgan energiyasini va tajribasini nima qilishni bilmaslik, noaniqlik;

— asosiy aloqalar ish joyidagilar bilan bo‘lib, hamkasblari uning tezroq nafaqaga ketishini xohlashadi, inson esa buni seza- di, boshqa tomondan inson uni nafaqaga boshqalarga nisbatan kechroq chiqazishlariga umid qiladi;

— yaqinlari bilan munosabatlarda keksa inson oilasini, nabi- ralarini ham ta’minlashi mumkin boigani uchun «foydali», ikkinchi tomondan yaqinda o‘zining ishlamaganida, nafaqasiga qa- rab qolganida «kerak emasligini» his qilish;

— ishda o‘ziga «munosib shogird» tayyorlash, trabiyalashga intilish.

2. Yetakchi faoliyat:

— ulgurmaganlarini bajarishga intilish, ishda o‘zidan keyin

«Yaxshi nom» qoldirishga intilish;

— o‘z tajribasini shogirdlariga, o‘quvchilariga uzatishga intilish;

— nabiralar tug‘ilganda nafaqa yoshidagi insonlar o‘zini mak- simal darajada namoyon qilishda nabiralar tarbiyasi bilan ham shug‘ullanib, «bo‘linishlari» mumkin;

— nafaqaga chiqish aniq bo‘lganda o‘zining keyingi hayotini rejalashtirish, nafaqada nima bilan shug‘ullanish haqida o‘ylaydi.

II. Nafaqaga chiqqan davr (nafaqaga chiqqan birinchi yil) — bu yangi ijtimoiy status, yangi rolni egallash. Bu davr quyidagilar- da namoyon bo‘ladi:

1. Rivojlanishning ijtimoiy vaziyati:

1 Пряжников H.C. Личностное самоопредение в преклонном возрасте// Мир психологии. 1999. №2. С. 111-123.

437

— eski aloqalar birinchi davrda saqlanib qoladi, ular sekin-as- ta kamayib boradi;

— asosan aloqalar qarindoshlar va yaqinlari bilan bo‘ladi («taj- ribasiz nafaqaxo‘rlar bilan juda ehtiyot bo‘lib muloqotda bo‘lish lozim);

— sekin-asta nafaqaxo‘r do‘stlari paydo boiadi;

— yaqinlari va do‘stlari bo‘sh vaqti ko‘p nafaqaxo‘rning nabi- ralar tarbiyasi bilan shug‘ullanishini istashadi, shuning uchun bolalar va nabiralar bilan muloqot ham nafaqaxo‘r ijtimoiy vazi- yatining bir qismi hisoblanadi.

2. Yetakchi faoliyat:

— bu birinchi navbatda yangi rol sifatida «o‘zini izlash», turli faoliyatlarda o‘z kuchini sinab ko‘rishdir, bu «sinab ko‘rish va xa- to qilish» metodi orqali o‘z-o‘zini aniqlashdir (bunda u kundan kunga hayot qisqaligini his qiladi);

— ayrim nafaqaxo‘rlar nafaqani rasmiylashtirib kasbiy faoliyati bo‘yicha mehnat faoliyatini ham davom ettirishadi. Bunda ishla- yotgan nafaqadagilarda shaxsiy muhimlik hissi ortad;

— yoshroq insonlarni uyaltirish, o‘rgatish hissi borgan sari kuchayadi;

— ayrim nafaqaxo‘rlar xotirjam o‘tgan umrini sarhisob qilishga harakat qiladi, ayrimlar «memuarlar» yozib o‘z tajribasi va ke-

chinmalari bilan bo‘lishishga harakat qiladi.

III. Keksalik davri (nafaqaga chiqqandan so‘ng bir necha yildan keyin sog‘liqning jiddiy yomonlashuvigacha bolgan davr) bunda inson yangi ijtimoiy statusni egallab olgan bo‘ladi va qu- yidagilar bilan tavsiflanadi:

1.   Rivojlanishning ijtimoiy vaziyati:

— o‘ziga o‘xshagan keksalar bilan muloqot;

— keksa insonning bo‘sh vaqtidan foydalanayotgan, yoki unga

«g‘amxo‘rlik» qilayotgan oila a’zolari bilan muloqot;

— ayrim nafaqadagilar jamoat ishlari bilan mashg‘ul bo‘ladilar;

— ayrim nafaqadagilar uchun boshqalar bilan munosabat o‘zgaradi, ayrim keksalarning ilgarigi yaqin munosabatlari as- ta-sekin uzoqlasha boradi.

438

2.   Yetakchi faoliyat:

— bo‘sh vaqtdagi qiziqishlar (ayrim keksalar har xil faoliyat bilan shug‘ullanib, o‘zlarini sinab ko‘radilar;

— har xil usullar bilan shaxsining nimalarga qodirligini ko‘rsatishga intilish;

— ayrim keksalar (sog‘liqlari yaxshi bo‘lsa-da) uchun o‘limga tayyorlanish yetakchi faoliyat bo‘lib qoladi, bu dinga berilish, tez- tez qabristonga borish, yaqinlariga «vasiyatlar» qilishda namoyon bo‘ladi.

IV. SogMiqning birdan yomonlashishi sharoitidagi uzoq umr ko‘rish sog‘lig‘ida jiddiy muammolari yo‘q keksalarning holati

bir-biridan farq qiladi.

1.   Ijtimoiy vaziyat:

— yaqinlar, qarindoshlar, vrachlar va palatadagi sheriklar bilan asosan muloqot amalga oshiriladi;

— qariyalar uyida palatadoshlari bilan muloqot (xorijda hech kimi yo‘q qariyalarni bunday uylarga joylashtiriladi).

2.   Yetakchi faoliyat:

— davolanish, qandaydir usullar bilan bo‘lsa-da, kasallikka qarshi kurashish;

— o‘z hayoti mazmunini anglashga intilish. 0 ‘z hayotini be- zashga, hayotidagi yaxshi narsalarga intilish. Bunda inson «bekor-

ga yashamaganligini ko‘rsatish uchun» o‘zidan yaxshiroq narsa

qoldirgisi keladi.

IV. Nisbatan mustahkam sog‘liq bilan uzoq umr ko‘rish (75— 80 yosh va undan kattalar).

1.   Ijtimoiy vaziyat:

— yaqinlar va qarindoshlar bilan muloqot, ularning oilasida uzoq umr ko‘ruvchi shaxs yashayotganligidan faxrlanish;

— uzoq umr ko‘ruvchi qariyada yangi do‘stlar va tanishlar paydo bo‘ladi;

— uzoq umr kechirish noyob hodisa bo‘lganligi uchun u bilan gaplashishga hamma, hattoki OAV xodimlari ham intiladi.

2.   Yetakchi faoliyat:

439

— insonning layoqatiga bog‘liq bo‘lib, ko‘proq faol hayot tarzini kechirish, sog‘liqni saqlash uchun faqat vrachlarning aytgan- larini qilish emas, balki o‘z sog‘lig‘ini his qilish ham muhim.

19.7. Keksalik davrining shaxsiy xususiyatlari

Keksalik davridagi insonlarga emotsional sohada ham maxsus o‘zgarishlar xos. Bu affektiv reaksiyalarning kuchayishi (kuchli asab qo‘zg‘alishi), sababsiz xafa bo‘lish, yiglash va boshqalarda namoyon bo‘ladi. Qariyalarda o‘tmish qadriyat hisoblanadi. Kaliforniya universiteti olimlarining 40 yillik longityud tadqiqot natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, 30 yoshda emotsional va psixologik barqaror faol shaxslar 70 yoshda ham o‘z faolliklarini saqlab qoladi.

Qariyalarning ijtimoiy va psixologik mavqesini belgilaydigan muhim omillardan biri jismoniy sog‘liq, jismoniy faollikdir. Jismoniy noxushliklar — keksalik davrida hayotdan qoniqmaslik- ning muhim sababidir. Buning xususiy oqibatlari atrofdagilarga qiziqishning pasayishi, yaqinlar bilan munosabatlarning o‘zgari- shi, o‘z-o‘zini baholashning pasayishida ko‘rinadi.

Biroq shaxsiy keksayishga munosabat — keksalar psixik hayotining faol elementidir. Jismoniy va psixik o‘zgarishlarni anglash, o‘zining jismonan nosog‘lomligini his qilish keksalik davrida 0‘z- o‘zini anglashning yangi darajasini tashkil etadi. Keksalarning jismoniy kuch va imkoniyatlarining chegaralanganligiga chidamlili-

gi yoki chidamsizligi shaxsiy qartayishiga munosabatini bildiradi.

K.Roshakning ta’kidlashicha, ehtiyojlar ierarxiyasi, tuzilishi o‘zgaradi: qiynalishdan qochish, xavfsizlik ehtiyoji, avtonomiya va mustaqillik ehtiyoji1. Shu bilan birga keksalik davrida vaqtincha- lik hayotiy rejalarning umumiy o‘zgarishi ro‘y beradi. Hozirgi hayot va o‘tgan umr haqida tasavvurlar kelajak hayotga nisbatan muhim ahamiyatga ega. Keksalarning o‘tmish xotiralarga qaratil-

ganligi fenomeni ular psixik hayotining muhim qismidir.

1 Розак К.Психологические особенности личности в пожилом возрасте.

Автореф. дис. —.1990.

440


Shuningdek, bu davrda hayotdan qoniqish hamda o‘z-o‘zini ba- holashning susayishi kuzatiladi. Amerika psixologlari tadqiqotlarida nafaqaga chiqqan erkaklar o‘rganilib, 5 xil shaxs tiplari 0‘rganilgan1.

1.       Konstruktiv tip — ichki muvozanat, ijobiy emotsional kayfi- yat, o‘ziga nisbatan tanqidiylik va boshqalarga nisbatan chidam- lilik bilan tavsiflanadi. Kasbiy faoliyatni to‘xtatgandan so‘ng ham hayotga nisbatan optimistik ustanovka saqlanib qoladi. Bunday keksalarning o‘z-o‘zini baholashi yuqori bo‘lib, atrofdagilarning yordamiga tayangan holda kelajak uchun reja tuzadi.

2.       Bogliq tip — ijtimoiy qabul qilingan va yaxshi moslash- gan tip. Yuksak hayotiy va kasbiy intilishlar boimaganida turmush o‘rtog‘iga yoki farzandiga bo‘ysunadi. Oilaviy vaziyat tufay- li hissiy muvozanat saqlab turiladi.

3.       Himoyalanuvchi tip — zo‘r berib doimiy faollik orqali o‘z- o‘zini ta’minlashga intilish. Nevrotik tip sifatida baholanadi.

4.       Agressiv-ayblovchi tip — bunday keksalar shaxsiy muvaffa- qiyatsizliklari uchun aybni boshqalarga to‘nkaydi, shubhalanuv- chan va birdan tutoqib ketadi. Ular o‘zlarining keksaligi, nafaqaga chiqqanligi haqidagi fikrni qabul qilishni istamaydi, kuchi tugayotgani va o‘lim haqida o‘ylab, yoshlarga nisbatan dushman- larcha munosabatda boladi.

5.       0 ‘z-o‘zini ayblovchi tip — passivlik, depressiyaga beriluv- chanlik, tashabbussizlik, yolg‘izlik, hayotga pessimistik munosa- bat, o‘lim baxtsizlikdan qutulish yo‘li sifatida qabul qilinadi.

I.S.Kon keksalikdagi ijtimoiy-psixologik tiplarni ajratishda mezon sifatida faoliyatning yo‘nalganligidan foydalanadi.

Ijobiy psixologik qulay tiplar:

1)       nafaqaga chiqqandan so‘ng jamoat ishlarini davom ettirish, faol va ijodiy munosabatda bo‘lish;

2)       shaxsiy hayoti bilan shug‘ullanish — moddiy ta’minlangan- lik, xobbi, qiziqishlar, mustaqil ta’lim olish, yaxshi ijtimoiy va psixologik ta’minlanganlik;

1 Стюарт-Гамилтон Я. Психология старения. С. 131-132.

441


3)       oilaning boshqa a’zolariga qulay bo4ish uchun ularga yor­damlashish, bular ko‘proq ayollardir. Zerikish yo‘q, lekin birinchi

va ikkinchi guruhdagilarga nisbatan hayotdan qoniqqanlik quyiroq;

4)       hayotning mazmuni sog‘liqni mustahkamlash bilan bog‘la- nadi, bu ko‘proq erkaklarga xos. Hayotni bunday tashkil etish ma’lum ma’noda axloqiy qoniqish hosil qiladi, ba’zan sogiiqqa nisbatan xavotirlanish kuzatiladi. Keksalarning salbiy tiplari:

1)   agressiv, maxmadonalar;

2)   o‘z hayotidan norozi, baxtsiz, muvaffaqiyatsiz keksalar.

Keksalik davrida paydo bo‘lgan yangi psixologik tuzilma — bu hayotiy donishmandlik hamda ruhning chuqur qatlamlari bilan yashash qobiliyatidir.

19.8. Keksayish davrida bilish jarayonlari

Kundalik hayotda ko‘pchilik qariyalarning aqli ham susayadi, deb hisoblaydi. Masalan, yosh yigit qo‘ygan narsasini eslay olma- sa, hech kim bunda hech qanday qo‘rqinchli narsani ko‘rmaydi, lekin bunday e’tiborsizlik qariyalar tomonidan amalga oshirilsa, bunday o‘zgarishlarni qarilik o‘zgarishlarining namoyon bo‘lishi — skleroz deb baholaydi.

Solnggi vaqtlarda ilmiy adabiyotlarda normal qarilikda intelle- ktual faoliyatning susayishi haqidagi qarama-qarshi fikrlar uchray- di. Qarilik davrida kognitiv jarayonlarning o‘zgarishi muammo- sini o‘rgangan tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, ko‘pgina aqliy kolnikmalar nisbatan saqlanib qoladi. Bu yosh davrida xotira- ni keng doirada o‘rganish natijalariga ko‘ra (Perlmutter, Adams, Barry, Kaplan, Person & Verdonik, 1987) xotiraning susayishi faqat qarilik oqibati emas, balki boshqa omillar, depressiya, faol faoliyatning to‘xtatilishi va dorilarning salbiy ta’siri natijasidir.

Qarilik davrida kognitiv rivojlanish darajasida ma’lum susa- yish ro‘y beradi. Masalan, bilish jarayonida ma’lumotlarni qayta ishlash, mexanik eslab qolish tezligining pasayishi kuzatiladi. Lekin bunga mos ravishda kompensatsiyalar ham ro‘y beradi. Natijada ma’lum kognitiv xarakteristikalarning yo‘qotilishi kundalik hayotga ta’sir qilmaydi (Perlmutter et al., 1987; Salthouse, 1985).

Qarilik davridagi inson bilish qobiliyatidagi muhim o‘zgarish- lardan biri — bu jismoniy va aqliy operatsiyalar bajarish tezligi- ning susayishida namoyon bo‘ladi. Bu yoshga yetgan insonlarda reaksiya vaqti ortadi, perseptiv ma’lumotlarni qayta ishlash se- kinlashadi, kognitiv jarayonlar tezligi susayadi.

Qariyalarda kognitiv qobiliyatlarning susayishi muammosi xotira funksiyalarining o‘zgarishi doirasida ko‘proq o‘rganilgan.

Informatsion nuqtayi nazardan yondashuvchi xorij psixologlari sensor, birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi xotira mavjudligini ta’kidlaydi. Ularning fikricha, sensor xotira — juda qisqa muddatli ko‘rish yoki eshitish xotirasidir, bunda informatsiya qayta ishlanguncha 250 millisekund vaqt oralig‘ida xotirada saqlab tu- riladi. 04kazilgan tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, qariyalar

yoshlarga qaraganda kamroq ma’lumotni xotirada saqlab qoladi. Birlamchi xotira xorijlik tadqiqotchilar tomonidan cheklangan ma’lumotlar hajmini saqlash sifatida tavsiflanadi. Masalan, sotib olinayotgan tovarning narxini eslab qolishni misol sifatida kelti- rish mumkin. Bu xotira turini ishchi xotira, yoki operativ xotira ham deb atash mumkin. Tadqiqotlarda yoshlar keksalarning birlamchi xotirasida farqlar aniqlanmagan.

Ikkilamchi xotira uzoq muddatli xotira turi bo‘lib, unda yosh xususiyatlari yaqqol namoyon bo‘ladi. Yodlash va qayta esga tushirishni o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlarda qariyalar berilgan ro‘yxatdagi kam so‘zlarni, rasm detallarining oz qismini

eslab qolishi aniqlandi.

Uchlamchi xotira bu ilgari bo‘lib o‘tgan voqeani eslashdir. Xoti- raning bu turi keksalarda toiiq eslab qolinadi. Keksalar ilgari boiib o‘tgan tarixiy voqealarni batafsil eslab qoladi, agar bu voqeada o‘zi ishtirok etgan bo‘lsa, yanada yaxshiroq xotirada saqlanadi.

Shu bilan birga keksalik davridagi insonlarda xotira saqlani- shida individual farqlar kuzatiladi. Masalan, oliy ma’lumotli keksalar o‘rta ma’lumotli tengdoshlariga nisbatan xotira testlarini yaxshiroq eslab qoladi. Intellektual faoliyat bilan faol shug‘ulla- nadiganlar bu testlarda yaxshi natija ko‘rsatishadi.

Rus psixologlari tomonidan xotiraning yosh funksiyalari o‘zga- rishini kuzatilgan tadqiqotlarda aniqlanishicha, yosh o‘tishi bilan mexanik esda olib qolish yomonlashadi, mantiqiy xotira esa saqlanib qoladi. Obrazli xotira so‘z-mantiq xotiraga nisbatan kamroq esda qoladi. Shunday qilib, keksalik davrida xotira asosida mantiqiy bogla- nish yotadi, mantiqiy xotira tafakkur bilan chambarchas bog‘langani uchun keksalarda tafakkur yaxshi rivojlangan deyish mumkin.

Yoshlar xotira jihatdan keksalardan ustun bo‘lsalar-da donolik jihatidan ustun emas. Donolik — bu inson bilimlarining ekspert tizimi bo‘lib, hayotning amaliy jihatlariga yo‘naltirilgan, hayotiy muhim muammolar bo‘yicha foydali maslahatlar berishdir.

Pol B.Bal hamkasblari bilan birga donolikni o‘rganib, uning bir necha kognitiv xususiyatlarini aniqlagan. Birinchidan donolik, insonlarning hayot mazmuniga aloqador muhim va murakkab muammolarni yechish bilan bog‘liqdir. Ikkinchidan, donolik bilimlar, fikrlar va maslahatlarning yuksak darajasi bilan ajralib turadi. Uchinchidan, donolik bilan bogiiq bilimlar shunchalik keng va chuqurki, ularni maxsus vaziyatlarda qollash mumkin. To‘rtinchidan, donolik shunday aqlni o‘z ichiga oladiki, undan shaxsiy foydaga hamda insoniyat foydasiga foydalanish mumkin. Beshinchidan, donolikka erishish qiyin, lekin ko‘pchilik insonlar uni osongina anglaydi.

Intellektual funksiyalar pasayishining sabablari. Keksalarda intellektual funksiyalarning pasayishiga turli sabablar: bevosita va bavosita sabablar bolishi mumkin. Intellektual funksiyalar pasayishining bevosita sabablariga miya kasalligi, masalan, Alsgeymer kasalligi va miya qon-tomirlarining kasallanishini keltirish mumkin. Bavosita sabablariga esa bosh miya funksiyalari bilan bogiiq

emas, lekin intellektual funksiyalarni amalga oshirish uchun ta’sir ko‘rsatadigan sabablar kiradi. Ularga: inson sog‘lig‘ining umumiy yomonlashuvi, ma’lumot darajasining quyinligi, bilish faoliyati motivatsiyasining mavjud emasligi va boshqalar kiradi.


Demensiya — keksalik boshlanishi bilan bog‘liq shaxs o‘zga- rishlari, amneziya, bilish nuqsonlarini o‘z ichiga olgan buzilish- larning bir butun kompleksidir. Senil demensiya — inson tafak- kurining adekvatligida namoyon bo‘ladigan miyaning organik kasalligidir. Amerikalik olimlar tadqiqotlarida aniqlanishicha, qariyalar uyida yashovchi 75—84 yoshli keksalarning 20% demensiya kasalligining bir turi hisoblangan Alsgeymer kasalligiga cha- linishgan. 85 yoshdan keyin qariyalar uyida yashovchi keksalarning 47% ida senil demensiya kuzatilgan (Evans et al., 1989). 0 ‘z oilalarida va faol hayot tarzini olib borayotgan keksalarda demensiya kamroq kuzatilgan.

Alsgeymer kasalligi. Ushbu kasallikda keksalarda bosh miya po‘stlog‘i hujayralarining buzilishi kuzatiladi. Kasallikning dastlabki belgilari mayda-chuydalarni esdan chiqarib qo‘yishda namoyon boladi. Keyinchalik qayerda bo‘lganligini, kundalik ishlarni ham esdan chiqarib qo‘yadi, o‘ziga ovqat ham tayyorlay olmaydi, yaqin kishilarini ham tanimaydi. Demensiyaning boshqa bevosita sababi mikroinsultdir. Mikroinsult — miya qon bilan ta’minlanishining o‘tkir buzilishidir.

Keksalarda intellektual funksiyalarning buzilishi barchada bir xil emas. Ayrim olimlar 70 yoshdan keyin ham ishchanlik qobili- yatlarini saqlab qolgan: P.La-mark, M.Eyler, K.Laplas, lm.Kant, I.P.Pavlov «Yigirma yillik tajriba» asarini 73 yoshda yaratgan.

E.Gloziyevning shogirdi A.B.Sabirova ontogenezning kech- ki bosqichlarida insondagi subyektlilik va emotsional sohaning o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etgan bo‘lib, bu davrda o‘z-o‘zi- ning emotsional holatini quyi baholash shaxsiy xavotirlanishning oshishiga sabab bo‘lishini, shuningdek, o‘z-o‘zining emotsiyalari quyi baholanganda esa vaziyat bilan bogliq xavotirlanish dara-

jasi ortishini ta’kidlab 0‘tadi1. Bu qonuniyat emotsional nazorat

1 Сабирова А.Б. Особенности субъективности и эмоциональной сферы человека на поздних этапах онтогенеза: Автореф. дис. ... канд. психол. наук. - Т., ТГПУ. 2009. - 22 с.

445

hissiy o‘z-o‘zini boshqarishning obyektiv indikatori ekanidan dalolat beradi. A.B.Sabirova o‘z tadqiqoti natijasida qarilik va keksalik davrida shaxsiy xavotirlanish o‘rtasida ahamiyatli dara-

jadagi farq namoyon bo‘lganini ko‘rsatib, bu holatni quyidagicha izohlaydi: qarilik davrida insonlar kuchli emotsional zo‘riqishni

boshdan kechiradilar va bu holat ulardagi normal hayotiy tuzil- malarning buzilishiga olib keladi. Keksalik davrida esa shaxs bilan bog‘liq xavotirlanishning susayishi qarilik davriga nisbatan xulq-atvor strategiyasining ishlab chiqilganligiga asoslanadi va bu holat ulardagi emotsional hayajon reaksiyasini susaytiradi.

Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari:

1.                    Gerontopsixologiya nimani o‘rganadi?

2.                    Keksalik haqida qanday nazariyalarni bilasiz?

3.                    Keksalik davrida shaxsiy inqiroz nimalarda namoyon bo‘ladi?

4.                    Keksalik davrida yetakchi faoliyat.

5.                    Keksalikning qanday tiplarini bilasiz?

6.                    Keksalik davrida bilish jarayonlaridagi o‘zgarishlar.

Mavzuni mustahkamlash uchun test savollari:

1. Keksalik davrini o‘rganadigan psixologiya sohasini belgilang.

a)       zoopsixologiya;

b)      differensial psixologiya;

c)       patopsixologiya;*d) gerontopsixologiya.

2. Demensiya — bu....

         a)                    qarilik va keksalik davrida shaxsiy xavotirlanish olrtasida

ahamiyatli darajadagi farq;

*b) keksalik boshlanishi bilan bog‘liq shaxs o‘zgarishlari, am- neziya, bilish nuqsonlarini o‘z ichiga olgan buzilishlarning bir

butun kompleksidir;

c) keksalik davrida esa shaxs bilan bogliq xavotirlanishning susayishi;

446



XX BOB. PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA FANINING MAQSAD YA VAZIFALARI

Reja:

1.                     Pedagogik psixologiya fanining vazifalari, muammolari.

2.                     Pedagogik psixologiyaning rivojlanish tarixi.

3.                     Pedagogik psixologiya fanining tamoyillari.

4.                     Pedagogik psixologiya fanining metodlari.

5.                     Pedagogik jarayon konsepsiyalari va uning psixologik asoslari.

6.                     Hozirgi zamon ta’limi: kognitiv-oriyentirovkadan shaxsiy oriyentirovkali ta’lim paradigmalari.

Mavzu o‘quv maqsadi:

Ta’limiy: bo‘lajak psixologlar tomonidan pedagogik psixologiya fanining predmeti, vazifalari, bo‘limlari, tadqiqot metodlari ha- qidagi bilimlarning o‘zlashtirilishini tashkil etish.

Tarbiyaviy: bo‘lajak psixologlar tomonidan pedagogik psixologiya fanining predmeti, vazifalari, bolimlari, tadqiqot metodlari haqida bilim, malaka va ko‘nikmalari asosida dunyoqarash- ni kengaytirish.

Rivojlantiruvchi: mavzuning ta’limiy va tarbiyaviy o‘quv maqsadlari asosida talaba shaxsini rivojlantirish.

Tayanch tushunchalar: pedagogik psixologiya, predmeti, vazifalari, bo‘limlari, tadqiqot metodlari.

20.1. Pedagogik psixologiya fanining vazifalari,

muammolari

Pedagogik psixologiya — psixologiya fanining tarmogi sifatida ta’lim va tarbiyaning shaxsga samarali ta’sir etuvchi omillari, qonuniyatlari va mexanizmlarini o‘rganuvchi fandir. Pedagogik psixologiyaning predmeti o‘quvchilarni maktabda bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash qonuniyatlarini, bu jarayonlarda sodir bo‘- ladigan individual tafovutlarni, ularda mustaqil va ijodiy tafak- kurni tarkib toptirish qonuniyatlarini tadqiq etishdir. Pedagogik psixologiyaning muhim vazifalaridan biri — maktabdagi ta’lim-tar- biya jarayonini yanada takomillashtirishning psixologik asoslarini

448


ishlab chiqishdan iborat bo‘lib, bu hoi yangi ta’lim dasturiga o‘tish bilan bog‘liqdir. Pedagogik psixologiya uch bo‘limdan iborat: ta’lim

psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi va o‘qituvchi psixologiyasi.

1-rasm. Pedagogik psixologiya bo'limlari

Pedagogik psixologiyaning vazifalari:

1)       ta’lim jarayonlarini boshqarishning psixologik masalalarini o‘rganish;

2)       bilish jarayonlarining shakllanishini tadqiq qilish;

3)       aqliy taraqqiyotning ishonchli ko‘rsatkichlarini aniqlash;

4)       ta’lim jarayonida aqliy taraqqiyotning samarali bo‘lish sha- roitlarini o‘rganish;

5)       pedagog va o‘quvchilar o‘rtasidagi, o‘quvchilar va o‘quvchi- lar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat xususiyatlarini o‘rganish;

6)       o‘quvchilarga individual yondashish bilan bog‘liq boMgan masalalarni o‘rganish.

7)       pedagogik faoliyatni amalga oshirishning psixologik qo- nuniyatlarini o‘rganish.

Pedagogik psixologiyaning muammolari quyidagilar:

1.       Bolaning rivojlanishida uning hayotidagi har bir senzitiv davrni topish va undan iloji boricha ko‘proq foydalanish muammosi. Bu masalaning muammoliligi shundaki, birinchidan, bola shaxsi va intellekti rivojlanishining barcha senzitiv davrlari ma’lum emas, uning qachon boshlanishi, qancha davom etishi va

qachon tugashi noma’lum. Ikkinchidan, har bir bolaning hayoti o‘ziga xos individual bo‘lib, turli davrda har xil kechadi.

449

2.       Bolaga ongli tashkil etilgan pedagogik ta’sir va uning psi­xologik taraqqiyoti orasidagi bog‘lanish muammosi. Ta’lim va tarbiya bolaning rivojlanishiga ta’sir etadimi, yoki u ta’lim va tarbiya natijasida faqat bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lib, uning intellektual va axloqiy rivojlanishga ta’sir qilmaydimi? Har qanday ta’lim bolaning rivojlanishiga ta’sir qiladimi yoki faqat muammoli va rivojlantiruvchi ta’lim-mi?

3.       Ta’lim va tarbiyaning umumiy va yosh muammolari. Bola hayotining har bir aniq davrida ta’limga yoki tarbiyaga urg‘u berish kerakmi? Bola hayotining ayni davrida nimaga ko‘proq ehti-

yoj sezadi: kognitiv-intellektual yoki shaxs sifatida rivojlanishgami?

4.       Pedagogik ta’sirlarning kompleksligi va bola taraqqiyotining sistemaliligi xarakteri muammosi. Bola taraqqiyotini kognitiv va shaxsiy xislatlarning o‘zgarishi sifatida tasavvur qilsak, ularning har biri alohida rivojlanishi mumkin, har birining rivojlanishi

boshqa xususiyatlarga bog‘liq.

5.       Bola xulq-atvori va psixologik xarakteristikalarining rivoj­lanishi ta’lim va yetilishga, layoqat va qobiliyatlar, genotip va mu- hitga bog‘liqligi muammosi. Ta’limni bola organizmida ma’lum neyrofiziologik tuzilmalar yetilmasdan boshlash mumkin-mi? Ta’lim bolaning organik rivojlanishiga ta’sir qiladimi? Agar ta’sir qilsa, qanday darajagacha ta’sir qiladi? Genotip hamda muhit bolaning psixologik va xulq-atvori rivojlanishiga alohida, birga- likda qanday ta’sir qiladi?

6.       Bolaning ongli ta’lim va tarbiyaga psixologik tayyorligi muam­mosi. Bu muammoni hal qilishda ta’lim va tarbiyaga psixologik tayyorlik deganda nima nazarda tutilishi: bolada layoqatlarning mavjudligi ma’nosidami yoki ta’lim va tarbiyaga qobiliyatning rivoj- langanligi ma’nosidami, bolada yaqin taraqqiyot zonasi va rivojlanish darajasi mavjudligi ma’nosidami, intellektual va shaxsiy yetuklikning ma’lum darajasiga erishilganligi ma’nosidami?

7.       Bolaning pedagogik qarovsizligi muammosi. Bolaning pe­dagogik ta’sirlarni o‘zlashtira olmasligi unga bolaligida yomon ta’lim va tarbiya berilganligi.

450

8.       Ta’limni individuallashtirishni ta’minlash muammosi. Bolalarning layoqat va qobiliyatlari asosida guruhlarga boMib o‘qitish, har bir bolaning individual xususiyatlarga mos ta’lim va tarbiya metodlarini tanlash tushuniladi.

Yuqorida keltirilgan psixologik-pedagogik muammolarni hal qilish o‘qituvchiIardan yuqori kasbiy mahoratni, psixologik bilim, ko‘nikma va malakalarni talab qiladi.

20.2. Pedagogik psixologiyaning rivojlanish tarixi

Pedagogik psixologiya fan sifatida XIX asrning ikkinchi yar- mida tarkib topadi. XIX asrning 60-yillarida xalq ommasi orasida bilimlarni tarqatishga qaratilgan tashkilotlar paydo bo‘la boshladi. Bu davrda talabalarning tashabbusi bilan dehqon va hunar- mandlarga ta’lim beradigan kattalarning yakshanbalik maktablari paydo bo‘la boshladi. Shuningdek, dastlabki xalq kutubxonalari va o‘quv zallari (qiroatxonalar), mehnatkashlar uchun tekin ku- tubxonalar tashkil etildi; umumta’lim, amaliy va kasbiy bilimlarni ommalashtirishning keng tarqalgan shakllaridan biri xalq o‘qishlari o‘tkazila boshlandi.

Bilimlarni ommalashtirishda bilim jamiyatlari va komitet- lari muhim rol o‘ynadi. Bunday muassasa a’zolari xorij va rus

yozuvchilarining eng yaxshi asarlarini chop etish, yozgi pedagogik kurslarni tashkil etish, xalq maktablari va kutubxonala- rini yaratish kabi ishlar bilan shug‘ullanishgan. Sankt-Peterburg- da 1861-yilda tashkil etilgan bilim jamiyatiga L.N.Tolstoy, I.S.

Turgenev kabi mashhur yozuvchilar a’zo boiishgan.

Xalq ta’limining rivojlanishida pedagogik muzeylarning tashkil etilishi katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Bunday muzey nafaqat Rossiyada, balki butun dunyoda dastlab 1864-yilda Peterburg- da harbiy-o‘quv yurtlarining Pedagogik muzeyi tashkil etilgan. Dastlab muzey faqat xorijda nashr etiladigan o‘quv qo‘llanma- larni tizimlashtirish, mamlakatimizda yaratiladigan o‘quv qo‘l~ lanmalarni ishlab chiqish, o‘qitishning ilg‘or metodlarini om- malashtirish bilan shug‘ullangan. Keyinchalik muzeyda katta


ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan, pedagogika fanining dolzarb muammolarini ishlab chiqadigan jamoatchilik ilmiy markaziga aylantirildi. Bu yerda pedagogik psixologiya bo‘yicha Rossiyada birinchi eksperimental laboratoriya tashkil etildi.

Keyinchalik ta’lim va tarbiyaga oid kitob, dastlabki pedagogik jurnallar nashr etila boshladi. Ular sirasiga «Tarbiya jurnali», «Okqituvchi», «Rus pedagogik xabarnomasi», «Maktab va oila», «Ta’lim va tarbiya» va boshqalarni kiritish mumkin.

1848-yilgi fransuz revolutsiyasidan so‘ng rus olimlarining xorij- ga safarbarliklari to‘xtatildi. 1860-yillarda rus olimlarining Yev- ropa ilmiy hayoti bilan bevosita aloqasi yana tiklandi. 60 dan ortiq

olimlar xorijga malaka oshirishga jo‘natildi. Ular orasida faylasuf va psixolog M.M.Troitskiy, K.D.Ushinskiy hamda I.M.Sechenov- lar bor edi. K.D.Ushinskiy Shveysariya, Germaniya, Fransiya, Belgiyadagi ayollar ta’limining yo‘lga qo‘yilishini o‘rgandi. Bunda taniqli rus pedagogi K.D.Ushinskiyning asarlari, ayniqsa uning «Inson tarbiya predmeti sifatida» nomli asari katta rol o‘ynaydi.

Bundan tashqari Ch.Darvinning evolutsion g‘oyalari ham yosh psixologiyasining taraqqiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Evolutsion ta’limot psixik taraqqiyot manbalari muammosiga e’tiborini qa- ratishga olib keladi.

XX asrning boshlariga kelib, umumiy psixologiyada o‘tkazi- ladigan eksperimental tadqiqotlarni pedagogika sohasiga shun- dayligicha o‘tkazish mumkin deb qaraldi. Ammo o‘sha davrning umumiy psixologiya fani pedagogika uchun yetarli bilimlar boyli-

gini bera olmas edi. Shved yozuvchisi E.Key tomonidan «Bolalar asri» nomli kitobi keng tarqaldi. Uning ta’kidlashicha, XX asr bolalar asri bo‘ladi. Bunda kattalar bolalar ruhiyatini tushu- na boshlaydilar, o‘zlari ham bolalardek bo‘ladilar. Shundagina ij­

timoiy tuzum yangilanadi».

Turli mamlakatlarda bolalar va pedagogik psixologiya muammolarini o‘rganish bo‘yicha laboratoriyalar, jurnallar tashkil etildi. 1896-yilda Leypsigda «Bolani tadqiq qilish» jurnali, 1899-yilda

Leypsigda «Pedagogik psixologiya, gigiyena va patologiya» ju-

452


rnali, 1905-yilda Leypsigda «Eksperimental pedagogika» jurna- li (1911-yildan «Pedagogik psixologiya jurnali» sifatida nashr eti- la boshladi).

1901-yilda Rossiyada birinchi eksperimental pedagogik labo- ratoriya Peterburgda A.P.Nechayev rahbarligida tashkil etildi.

1906-yilda Peterburgda pedagogik psixologiya bo‘yicha I syezd chaqirildi. Pedagogik psixologiya namoyandalari — A.P.Nechayev, N.E. Rumyansev va boshqalar pedagogik adabiyotlarni keskin tanqid qilib chiqdilar. Psixologiyani pedagogik amaliyot bilan yaqinlashtirish eksperimental tadqiqotlarni ta’lim-tarbiya jarayonining o‘zida o‘tkazish orqaligina mumkin degan muhim xulosa chiqarildi. Ya’ni eksperimental ma’lumotlar tashqaridan emas, balki psixologik-pedagogik tadqiqotning o‘zidan olinishi kerak, degan xulosaga kelinadi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun esa yosh va pedagogik psixologiyaning muhim nazariy, metodologik masalalarini hal qilishning to‘g‘ri yo41arini izlab topish lozim edi. Shu tufayli psixik taraqqiyotning manbalari va uning ta’lim jarayoniga munosabati masalasi yosh va pedagogik psixologiyaning markaziy muammosi boiib qoladi. 1879-yilda I.A.Sikorskiy tomonidan ta’lim jarayonida eksperimentdan foydalanish g‘oyasi ko‘pchilik olimlar tomonidan tan olinmadi. Lekin 80-yillarda psixologik laboratoriyalarning tashkil etilishi bilan, eksperimentlarni pedagogik jarayon bilan bog‘lash, ta’lim va tarbiya haqida yangicha fanni yaratishga intilish vujudga keldi.

XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida AQSHda pedologiya deb ataluvchi yangi fan vujudga keladi. Uning namoyandalari — S.Xoll, E.Meyman, V.Preyer. Bu oqim namoyandalari bola rivojlanishining biologik, fiziologik va psixologik nazariyalarini me- xanik ravishda qo‘shadilar.

20—30-yillarda pedologiya «Bola haqidagi yagona marksis- tik fan» rolini da’vo qila boshlaydi va pedagogika hamda bolalar fiziologiyasini siqib chiqarishga harakat qiladi.

Pedologlarning qarashlari idealistik va mexanistik xarakter- da edi. Ularning o‘quvchilarni «aqliy qobiliyat koeffitsienti»ni


aniqlashga oid testlari asossiz bo‘lib, psixologiya va pedagogika- ga salbiy ta’sir ko‘rsatdi hamda maktabga katta ziyon yetkazdi. Shuning uchun 30-yillarning boshlarida pedologiyani keskin tanqid qilish boshlandi. 1936-yil 4-iyulda BKP MKining «Xalq mao- rifi komissarligi sistemasidagi pedologik buzg‘unliklar haqida»gi qarori chiqdi. Bu qarorda pedologiya fani marksistik nuqtayi na- zarga zid ekanligi ta’kidlanib, katta tanqid ostiga olindi. Shu tari- qa pedologiya faniga barham berildi.

20—30-yillarda pedagogik psixologiyada juda ko‘p ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi, hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan bir qancha psixologik-pedagogik konsepsiyalar vujudga keldi. Ayniqsa, A.S.Makarenkoning bola shaxsi va bolalar jamoasiga bo‘lgan ilmiy qarashlari, L.S.Vigotskiyning oliy psixik funksiyalarning rivojlanish nazariyasi katta ilmiy qimmat kasb etadi.

Hozirgi kunda yosh va pedagogik psixologiya psixologiya fanining eng rivojlangan sohasi hisoblanadi. Yosh va pedagogik psixologiya masalalari bilan bir qator ko‘zga ko‘rinarli psixologlar shug‘ullan- ganlar va shug‘ullanmoqdalar. Ulardan: B.G. Ananyev, L.l.Bo- jovich, P.Ya.Galperin, W.Davidov, A.V.Zaporojets, L.V.Zank- ov, G.S.Kostyuk, A.N.Leontev, N.A.Menchinskaya, N.F.Talizina, D.B.Elkonin va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Bolalar psixologiyasi muammolari bilan shug‘ullangan o‘zbek olimlaridan: profes- sorlarM.G. Davletshin, E.G‘.G‘oziyev, M.Vohidov; R.I.Sunnatova, Z.T.Nishonova, dotsent S.A.Axunjanova, Sh-A.Do^stmuhamedova,

S.X.Jalilova kabi psixologlarni keltirishimiz mumkin.

Sharq allomalari asarlarida ta’lim-tarbiya jarayoni hamda bi- lishga qiziqish masalalarining yoritilishi. Yuksak tafakkur namo- yandalarining asarlarida bilim olishga keng o‘rin berilgan bo‘lib, o‘tmishda ham, hozirda ham, qayerda ta’lim sohasiga e’tibor yuqori bo‘lsa, o‘sha yerda taraqqiyot doimo ilgarilab borganligi yaqqol ko‘rinadi.

Sharqning qomusiy olimlari asarlarida ta’lim-tarbiya, shaxs kamoloti borasidagi fikrlari bilan birga bilim egallash, ilm olish yo‘llari xususida qator ilmiy ma’lumotlar keltiriladi. Jumladan, Imom al-Buxoriy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Ray- hon Beruniy, Burhoniddin Zarnujiy, Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Umar Xayyom, Abu Hamid Fazzoliy, Alisher Navoiy,

Muhammad Rizo Ogahiy, Abdulla Avloniy kabi olim va muta- fakkirlarning asarlarida yuqoridagi muammolar yuzasidan atrof- licha ma’lumotlar keltiriladi.

Qomusiy olim Imom al-Buxoriy ham ilm o‘rganishni yuqori darajaga qo‘yib, o‘z asarlarida quyidagi fikrlarni ilgari suradilar: «Kishi ilm bobida nafaqat o‘zidan yuqori yoki tengdoshlaridan, balki o‘zidan past bo‘lganlardan hadis olmaguncha, yetuk mu- haddis boia olmaydi». Imom Buxoriy ushbu fikri bilan o‘quv faoliyatining ijobiy motivlari ustoz-muallim tomonidan shakllan- tirilishiga urg‘u beradi.

Abu Nasr Forobiy esa ko‘plab asarlarida bilish masalasiga katta e’tibor beradi. U bilishda ikki bosqichni — hissiy va aqliy bilish- ni farqlaydi hamda bilishda inson aqlining roliga ahamiyat beradi. Forobiy insonlarni ilmli bo‘lishga chaqirib, o‘quvchining ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni va uning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risi- da ibratli g‘oyalarni ilgari surgan. U o‘quvchiga ta’lim berish, uni ilmli qilish uchun o‘qituvchi tinmasdan mashaqqatli mehnat qil- sagina o‘quvchi o‘qishga, ta’lim olishga, bilimli boiishga intilishi mumkinligini ta’kidlaydi. 0 ‘qituvchi o‘quvchiga bilim beraman desa, o‘quvchi oldida haqiqatgo‘y bolishi kerak, o‘zi fahm-faro- satli bo‘lib, or-nomusini qadrlashi lozim, shogirdlariga nisbatan adolatli bo‘lishi, ko‘zlagan maqsadiga erishishida qat’iylik ko‘rsata bilishi va o‘rnak boimog‘i joiz, deya ta’kidlaydi mutafakkir. Forobiy tushunishni, bilimning mohiyatini uqib, anglab olishni quruq yodlashdan ustun qo‘yadi, o‘quvchiga umumiy qonun-qoidalarni o‘zlashtirishni tavsiya etadi, chunki qonun-qoidalarni anglash, uning e’tirofiga ko‘ra, juda katta ahamiyatga ega. Allomaning mu- lohazasiga binoan, har qanday o‘quvchi o‘z xatti-harakatidan xa-

bardor bo‘lmog‘i, ya’ni o‘zini anglagani, zamonaviy psixologiya fani terminologiyasiga ko‘ra, o‘zini refleksiya qilish ko‘nikmalar- iga ega bo‘lishi va shu sa’y-harakatlari tufayli baxtga erisha oluvchi insonligini anglamog‘i lozimdir. Forobiy o‘quvchining shaxsi- ga xos qator fazilatlarga xolisona sharh bergan olimdir.

Qomusiy olim Abu Ali ibn Sinoning fikricha, inson tafakkuri, aqlining kuchi bir necha bosqichdan iborat. Aqliy kuchlar dastlab mutlaq tinch, sokin holatda boladi. Bolalardagi yozishni, o‘qishni o‘rganishdagi potensial kuchlar shunga misol bo‘la oladi. Abu Ali ibn Sino bu kuchlarni moddiy kuchlar deb nomlagan, ya’ni maz- kur kuchlarni tashqi motivlar deb tushunsa bo‘ladi. Sekin-astalik bilan bu kuchlar harakatga aylanadi, bular mehnat quroli samara- sidir, ya’ni mehnat quroli orqali harakatga keladi va namoyon bo‘la- di. Bu holatni bola yozishni xohlab turibdi-yu, ammo yozish quroli bo‘lgan qalamning yo‘qligi bilan izohlash mumkin. Bu ikki kuchni Ibn Sino ro‘yobga chiqishi mumkin bolgan kuch deb atagan. Ni- hoyat, uchinchi kuch esa irodaning yetishmasligi bilan tushuntirib beriladi. Ya’ni shunday holatning kuchi bor, ammo uni ishlatishga, ro‘yobga chiqarishga bolada iroda yetishmaydi. Alloma nazarida,

shu kabi uch holat bilan aql, bilim olish izohlanadi. «Тауг» asarida esa insonlarni do‘stlikka, bilim olrganishga chaqiradi.

Ibn Sino «Xayy ibn Yaqzon» qissasida inson fe’l-atvorini, ru- hiyatini tushunish uchun mantiq ilmini o‘rganishga chorlaydi. Bu fan inson tafakkur doirasining kengayishiga katta yordam beradi. Insonlarning fe’l-atvorini bilish uchun o‘qish, o‘tkir bo‘lish uchun farosat ilmidan xabardor bo‘lish kerak. Darhaqiqat, ilm o‘rganishga Forobiy musiqiy, falsafiy ilm bilan da’vat etgan bo‘lsa, ibn Sino mantiq ilmi orqali da’vat etgan.

Abu Ali ibn Sino bolalarning o‘qish, ta’lim olishlariga mas’uli- yat bilan qarash tarafdorlaridan bo4gan. U bola 6 yoshga yetgach muallimga bilim olish uchun topshirilishini aytib o‘tadi. Hozirda ham bolalarning 6—7 yoshdan boshlang‘ich sinflarga qabul qili- nishi ibn Sinoning o‘sha davrdagi g‘oyalarining naqadar ahami- yatli ekanligidan dalolat beradi, zotan ushbu hoi bolaning o‘qish- ga bo‘lgan muhabbatini kuchaytirishi mumkin. Uning fikricha, bolaga ta’lim asta-sekinlik bilan berilishi joiz. Uni birdaniga ki- tobga bog‘lab qo‘ymaslik lozim, deydi alloma. Ibn Sino kishilar-


ning yashashga qobil bo‘lishi va bekorga jabr ko‘rmasligi uchun ularga ehtiyot bo‘lib ta’lim berish kerakligini uqtiradi. Ya’ni ularning o‘qishga boigan ijobiy motivlarini so‘ndirmaslikka undaydi.

0 ‘quvchilarning o‘qish faoliyatiga oid fikrlar qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy asarlarida ham o‘z aksini topgan. Uning fikriga ko‘ra, bilim olish uchun o‘quvchilarda avvalo intilish va qiziqish bolishi kerak. Darhaqiqat, nimanidir o‘rganish, tadqiq qilish uchun insonda intilish, harakat va qiziqish bolmasa, u hech narsaga erisha olmaydi. Ilm olishning muhim yollaridan biri inson hammani o‘ziga do‘st tutishi va boshqa insonlarga ham yaxshilik qila olishi lozim. Olimning mazkur fikrlarini fan tili- da o‘quv faoliyatiga nisbatan ehtiyoj tug‘ilsagina o‘quv motivlari shakllantirilishi mumkin, deya talqin qilsa bo‘ladi.

Beruniy ilm olishda axloqiy poklikni yuqori o‘ringa qo‘yib, ta’lim va tarbiyani bir xil izchillikda olib borganlar komil inson darajasiga erishadilar, deydi. Beruniy o‘qitish uchun muallim o‘z malaka va bilimlarini doimo orttirib, zamonga moslashib bori- shi lozimligini uqtiradi. U kitob o‘qish usullariga alohida e’tibor qaratadi. Kitoblarni shunchaki emas, fikrlab, kichik-kichik bo‘limlarga bo‘lib o‘qish va umumlashtirib borish kerakligi haqida ma’lumotlar beradi. Beruniy o‘qitishda faqat induktiv (umumiy xulosa) yo‘li bilangina emas, balki deduktiv (juz’iy xulosa)

yo‘li bilan ham ish tutish lozimligini ta’kidlaydi, zotan bunday o‘qishda tafakkur kengayib, bilimlar ortib boradi.

Abu Rayhon Beruniy o‘qituvchilar o‘quvchining e’tiborini taqqoslash, qiyoslash kabi operatsiyalarga qaratishlari lozimligiga alohida ahamiyat beradi. Zotan, bugungi kunda ham ongli, ifo- dali, to‘g‘ri va tez o‘qish hozirgi zamon o‘quvchilarining savodli bo‘lishlarini ta’minlovchi asosiy tarkibiy qismlardandir.

Abu Rayhon Beruniy ilm olishda takrorlashga zo‘r berib, yosh o‘quvchilarni toliqtirib va zeriktirib qo‘ymasdan, turli psixologik usullarni qollashni, shu orqali ularning tafakkurini boyitib, bilimlarini chuqurlashtira borishni ilgari surgan buyuk zotdir. Ya’ni o‘qishga nisbatan boigan qiziqishni so‘ndirmaslik uchun bola-

457

laming yoshiga xos psixologik xususiyatlar albatta inobatga oli- nishi kerakligini e’tirof etadi.

Beruniyning tafakkur operatsiyalari — analiz, taqqoslash, umumlashtirish kabilarni shakllantirish orqali o‘qishga qiziqish uyg‘otish haqidagi fikrlari to hozirgi kungacha o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.

Sharqning boshqa bir yirik olimi Burhoniddin Zarnujiy o‘zi- ning «0‘quvchiga ta’lim yo‘lida qoilanma» kitobida: «0‘qib o‘rga- nish uchun eng yaxshi vaqt yoshlik davri, erta tong va qosh qoray-

gan payt. Bilim oluvchi ana shu vaqtni samarali tashkil etishga odatlansin, bordi-yu, unga bir fan zerikarli bo‘lsa, boshqasi bilan mashg‘ul bo‘lsin», — deya ta’lim beradi. «Ta’limul — mutaallim» nomli kitobida bo‘lsa ta’limning uzviylik prinsipini e’tirof etadi.

XI asrda yashab ijod etgan Mahmud Qoshg‘ariy ham o‘zining «Devonu lug‘atit turk» asarida bilim olishga da’vat etgan. Asar- dagi: «Ey o‘g‘lim, mendan o‘git, nasihat ol, odobli va tarbiyali bo‘lishga tirish, toki el ichida zo‘r olim bo‘lib tanil va ular orasida odob va ilm tarqat» yoki «Ilm, hikmat o‘rgan, okrganishda havo- yilik va takabburlik qilma, hech narsa o‘rganmasdan, o‘zini bi- limdon ko‘rsatib maqtangan kishi imtihon vaqtida uyaladi, achi- nadi» kabi fikrlari buning yorqin misolidir.

0 ‘rta Osiyoning yana bir buyuk mutafakkiri Yusuf Xos Hojib ham o‘z ijodida bilimni yuksak baholaydi. Alloma bilimni boy- lik, kiyim, yemish kabi narsa-hodisalarga qiyoslaydi. Bilim va bi- limdonlikni his eta olmoq, uni tushunmoq darkorligi, bilimdon bolishning tarbiya bilan chambarchas bogliqligi, bola qanchalik erta tarbiya qilinsa, bilim olishga ishtiyoqi ortishi haqida yozadi.

0 ‘quvchining psixologik xususiyatlari va shaxsiy fazilatlari- ga oid mulohazalar qomusiy olim Umar Xayyom asarlarida chuqur yoritib berilgan. Umar Xayyomning fikricha, o‘quvchilar o‘qituvchidan olgan bilimlari bilan cheklanib qolmasdan, hayotda bolayotgan voqea-hodisalarni o‘rganish va kuzatish, amali- yot davomida bilim, malaka hamda ko‘nikmalarini har xil usul- larda ko‘p martalab takrorlab borish jarayonida egallaydilar, ya’ni


olim ta’limdagi predmet bilan hayot uzviy aloqadorligi prinsi- pini ilgari suradi. Uning fikricha, bilim olishni, ta’limni ama- liyot bilan uzviy ravishda boglagan holda o‘quvchilarda mustaqil tafakkurni shakllantirib borish zarur. Buning uchun u «Sen osongina o‘ylayapsan», «Ko‘p o‘ylab, maqsadga erishish mumkin», «Biroz o‘ylagandan keyin, tushunib olasan» kabi so‘zlarni ishlatib, o‘quvchilarni mulohaza qilishga undab, sekin-astalik bilan o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqlarini oshirishga harakat qiladi.

Inson hayotida ilm va amaliyotning birligi haqida Abu Hamid Fazzoliy ham fikr bildirgan edi. Darhaqiqat, inson olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay borishi kerak deb o‘ylaymiz, chunki bilim va ilmgina emas, balki fan va tajriba yutuqlarini amalda

qo‘llay bilish ham insoniy xislatlardan biridir.

Buyuk mutafakkir va alloma Alisher Navoiy inson tafakkuri, aqli-farosati hamda ilmini yuksak qadrlagan. U: «Bilim va do- nishmandlik insonning bezagidir», — deb yozadi. Alisher Navoiy bolalarga kichik yoshligidanoq bilim, ma’lumot va tarbiya berish kerakligini aytib, ibn Sino kabi, 6 yoshdan muallim qo‘liga top- shirish kerakligini ta’kidlaydi.

Iste’dodli shoir va tarjimon, tarixchi Muhammad Rizo Oga- hiy asarlarida inson bekamu ko‘st kamolga yetishishi uchun yosh- likdan ilm va kasb-hunar egallashi shart ekanligini aytib o‘tadi.

Uning fikricha, ilm-ma’rifat insonning ma’naviy kamolotida va jamiyat taraqqiyotida kuchli vositadir. Ilm inson aqlini boyitadi. Ogahiy ilmni ko‘proq xalq o‘yinlari orqali yetkazib berish uchun harakat qiladi, chunki bu narsa ijobiy o‘quv motivini shakllan-

tirishga xizmat qiladi. Xalq o‘yinlari, aslida psixologik o‘yinlar hisoblanadi. Bu vaqtda bola ham ta’lim oladi, ham shakllanadi.

XX asr boshlarida 0 ‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotida pedagogik fikrlar rivojida yetakchi rol o‘ynagan olimlardan biri Abdulla Avloniydir. Abdulla Avloniyning fikriga ko‘ra, ilm in- sonlarning madori, hayoti, rahbari, ne’matidir. Ilm o‘rganmoq, olim bo‘lmoq uchun maktabga kirmoq, muallimdan ta’lim ol-

moq lozimligini u qayta-qayta ta’kidlaydi.

459


Ma’rifatparvar alloma Avloniy inson ma’naviy kamolotining yo‘llari ustida to‘xtalib o‘tadi. 11m dunyoning izzati, oxiratning sharofatidir. Ilm inson uchun gloyat muqaddas bir fazilatdir. Ze- roki, ilm bizga o‘z ahvolimizni, harakatimizni oyna kabi ko‘rsa- tur, zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o‘tkir qilur, ilmsiz odam mevasiz daraxt kabidir, deb ta’kidlab o‘tadi.

U ilmning nazariy ahamiyatini ko‘rsatibgina qolmasdan, balki uning amaliy faoliyat uchun hayotiy zaruriyat ekanligini ham ta’kidlab o‘tadi. Ilm bizni jaholat qorong‘usidan qutqari- shi, madaniyat, ma’rifat dunyosiga chiqarishi, yomon fe’llardan, buzuq ishlardan qaytarishi, yaxshi xulq, odob sohibi qilishini ta’kidlaydi. Shu bilan birga, u bugun hayotimiz, salomatligimiz, saodatimiz, rohatimiz, g‘ayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilmga bog‘liqligini qayta-qayta takrorlaydi.

Ilm kishi zehnini, fikrini qilich kabi o‘tkir qiladi. Ilmsiz inson mevasiz daraxtga o‘xshaydi. Ilm daraxt mevalaridek har shaxs­

ga ozuqa berib, madaniyat, ma’naviyat, ma’rifat dunyosiga olib kiradi. Yomon odamlardan, buzuq ishlardan qaytaradi. Yaxshi xulqli va odobli boMishga xizmat qiladi. Natijada, ilm kishilari har yerda aziz va hurmatli bo‘ladilar. Kishi hayotini haqiqiy va to‘g‘ri yo‘lga soladigan vosita — bu ilmdir. Shuning uchun ham ilm orqali oliy fazilatlarga ega bolgan, ulugMikka va orzu-istak- lariga erishgan buyuk kishilar xalq orasida yuksak qadrlanadilar.

Ilm kasb va fazilatlarning eng afzalidir. Ilm orqali inson yax- shi-yomonni tanishi, halol-haromning farqiga borishi, do‘stlik va qarindosh-urug‘ning fazilatlarini anglashi, olz haq-huquqlarini bilishi mumkin.

Kishilarning bilimi, ilmi, amaliy malakalari rivojisiz jamiyat taraqqiyotini tasavvur etib bo4maydi. Muayyan ma’naviy eh- tiyojlarga, yuksak axloqiy fazilatlarga ega bolmagan kishilarda ilm-fanni o‘rganishga, halol mehnat qilib, kasb-hunar egallash-

ga, malaka oshirishga ishtiyoq ham bo‘lmaydi. Shu sababli jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida avval yoshlarni tarbiya-

lab, keyin ularga ta’lim berganlar.

460

Haqiqatdan ham, bilimga, ilmga ehtiyoj anglangan motiv- lar tizimidir. Biror muammoni hal etish imkoniyatlarini inson o‘z aql-zakovati, bilimi, kuchi va irodasi bilan aniqlaydi. Bilim maz- mun jihatidan kengroq bo‘lib, insonning hayot tajribasi orqali ort-

tirgan barcha tushunchalar, fikrlar, amaliy malakalarni o‘z ichiga oladi. Ilm bilimning cho‘qqisidir. Bilimlar tabiat, jamiyat, inson ru- hiyati qonunlarini chuqur o‘rganish natijasidagina ilmga aylanadi.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, Sharq mutafakkir- lari o‘quv motivlarini ehtiyojlar nuqtayi nazaridan tahlil qilishga harakat qilganlar. Mazkur ehtiyojlarni hosil qilishga, oshirishga, asosan o‘qituvchilar tomonidan ta’lim jarayonining psixologik xususiyatlarini e’tiborga olish, ya’ni o‘qish jarayonida bolalar- ning fiziologik va psixologik xususiyatlarini inobatga olish, ular­

ga imkon qadar individual yondashish orqali erishish mumkin- ligini e’tirof etishgan. Shu bilan birga, Sharq mutafakkirlarining buyuk xazinasi, bolalarga ta’lim, tarbiya berishdagi ilg‘or fikrlari

hozirgi kungacha o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.

20.3. Pedagogik psixologiya fanining tamoyillari

30-yillarning o‘rtalariga kelib psixologiya fanining asosiy tamoyillari: determinizm tamoyili, ong va faoliyatning birligi tamoyi- li, psixikaning faoliyatda rivojlanishi tamoyili aniq ifodalab berildi.

Determinizm tamoyili psixikaning turmush tarzi bilan belgi- lanishini va turmush tarzi o‘zgarishiga qarab o‘zgarishini angla- tadi. Agar hayvonlar psixikasi haqida gapiriladigan bo‘lsa, u holda bu psixikaning rivojlanishi biologik qonun tarzidagi tabiiy tanlash bilan belgilanadi. Agar odamning psixikasi haqida gapiriladigan boisa, u holda kishida ong shakllarining paydo bo‘li- shi va rivojlanishi pirovard natijada tirikchilikning moddiy vo- sitalarini ishlab chiqarish usullarini rivojlanish qonunlari bilan belgilanadi. Kishi ongining ijtimoiy-tarixiy xarakterga ega ekan- ligini tushunish kishi ongining ijtimoiy borliqqa bog‘liqligi ha- qidagi umumiy materialistik tamoyilidan kelib chiqadigan eng muhim xulosadir.

461

Ong va faoliyat birligining psixologiyada qabul qilingan ta- moyili ong bilan faoliyat bir-biriga qarama-qarshi emas, lekin ular bir-biriga aynan o‘xshash ham emas, ammo birlikni tashkil etishini bildiradi. Ong faoliyatning ichki rejasini, uning pro-

grammasini tashkil etadi. Voqelikning o‘zgaruvchan modeli aynan ongda hosil bo‘ladiki, odam o‘zini qurshab turgan muhitda

shuning yordamida mo‘ljal oladi.

Ong va faoliyatning birligi tamoyili psixologlarga xulq-atvorni, faoliyatni o‘rganayotib, harakatning maqsadlariga erishishning mu- vaffaqiyatini ta’minlovchi ichki psixologik mexanizmlarni aniqlash, ya’ni psixikaning obyektiv qonuniyatlarini ochish imkonini berdi.

Psixika va ongning faoliyatda rivojlanishi tamoyili shuni anglatadiki, psixika agar faoliyat samarasi va rivojlanish mahsuli sifatida qaraladigan boisagina, u to‘g‘ri tushunilishi va aynan bir xil tarzda izohlab berilishi mumkin. Bu tamoyil psixologlardan P.P.Blonskiy, L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, S.L.Rubinshteyn,

B.M.Teplov va boshqalarning ilmiy ishlarida o‘z aksini topdi.

XIX asrning o‘rtalarida ilmiy fikrlar taraqqiyotida rivojlanish tamoyilining keng tarqalganligini kuzatish mumkin. G.Gegel bilishni dialektik metodlarining asosiy holatlarini bayon etib, o‘rganilayotgan hodisalarga rivojlanish va tarixiylik tamoyili nuqtayi nazaridan yondashib, o‘z nuqtayi nazarini psixologiya- ga ham tatbiq etdi. Uning ta’kidlashicha, psixikani ruhiy hayot- ning alohida hodisalari va faktlari majmuasi sifatida emas, balki ma’lum qonuniyatlarga bo‘ysunadigan rivojlanishni bir butun ja- rayon sifatida o‘rganish lozim. Dialektik metod nuqtayi nazaridan psixik rivojlanishni olrganish turli yosh bosqichlarida psixikaning o‘ziga xosligini hisobga olishni talab etadi.

Psixikaning taraqqiyotini dialektik nuqtayi nazardan tushu- nish psixik taraqqiyot odamning mehnat faoliyatiga, ta’lim-

ga, o‘yin faoliyatiga bog‘liq ekanligini aniqlab berdi. Bunda ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishning yuz berishi odam uchun aynan xos bo‘lgan psixik taraqqiyotning shakli sifatida xizmat qiladi.

L.S.Vigotskiy ta’lim psixikaning rivojlanishini yo‘naltiradi, degan

462

fikrni aytib, shu bilan birga bu jarayonda ongli faoliyatning yangi, mutlaqo boshqacha shakllari yaratiladi, deb ta’kidlaydi.

P.P.Blonskiy tafakkurning kichik maktab yoshida o‘yinlar bilan, o‘spirinlik yoshida o‘qish bilan bog‘liq tarzda rivojlanishini tahlil qildi. S.L.Rubinshteyn ong faoliyatda paydo bo‘lib, ana shu faoliyatda shakllanadi, deb yozgan edi. B.M.Teplov odamning eng muhim individual-psixologik fazilatlaridan bo‘lgan qobiliyatni tadqiq qilarkan, qobiliyat faqat rivojlanishda mavjud bo4gan, deb ta’kidlaydi. Lekin rivojlanish faoliyat jarayonidan bo‘lak boshqacha muhitda yuz bermaganidek, «qobiliyat tegishli konkret faoli- yatdan ajralgan holda paydo bo‘la olmaydi».

Gumanizm tamoyili pedagogikada 60-yillarda paydo bo‘lgan bo‘lib, bolalarga e’tibor va muhabbat bilan munosabatda bo‘lish- ni anglatadi. Tarbiyaviy ta’sir tarbiyachining bola shaxsini ta’qib qilish va jazolashga emas, balki aqliy va axloqiy ustunligiga asos- lanishi lozim. Bolalar qo‘rqqani uchun emas, hurmat qilgani uchun jim o‘tirishsin. Gumanistik tamoyillarga asoslangan mu- nosabatlar tizimi tarbiyachidan o‘z ustida ishlashni, o‘z tarbi- yachilarini chuqur o‘rganishni va ularning har biriga individual yondashuvni talab etadi.

20.4. Pedagogik psixologiya fanining metodlari

Pedagogik psixologiyada umumiy va yosh psixologiyada foyda- lanilgan metodlar qo‘llaniladi. Ular: kuzatish, yozma va og‘zaki savolnomalar, eksperiment va boshqalar. Lekin ular bolalarning yoshi, psixologik va pedagogik muammolariga bog‘liq ravishda qo‘llaniladi.

Umumiy metodlardan tashqari, pedagogik psixologiyaning maxsus metodlari ham mavjud. Masalan, ularga psixologik-peda- gogik eksperiment, maxsus psixologik-pedagogik testlar kiradi. Psixologik-pedagogik eksperiment bolaga u yoki bu pedagogik ta’sirning mahsuldorlik darajasini aniqlash uchun maxsus rivoj- lantiruvchi maqsadni ko‘zlab o‘tkaziladi. Psixologik-pedagogik eksperiment uch bosqichdan iborat:

463

1.   Aniqlovchi eksperiment.

2.   Shakllantiruvchi eksperiment.

3.   Nazorat eksperimentlari.

(2.1, 2.2-bo‘limlarga qarang).

20.5. Pedagogik jarayon konsepsiyalari va uning psixologik asoslari

Ta’lim va ta’lim jarayonida bolaning rivojlanishi muammosi yosh davrlari va pedagogik psixologiya fanining asosiy masalalari- dan biridir. Ta’lim va rivojlanish muammosiga doir qator nazari-

yalar ishlab chiqilgan bolib, ulardan biri:

1. Aqliy xatti-harakatlar, bilim, ko‘nikma va malakalarni bosqich ma-bosqich rivojlantirish nazariyasi (PYa.Galperin).

P.Ya.Galperin nazariyasi bo‘yicha bilimlarni o‘zlashtirish ja- rayoni olti bosqichni boshidan kechirib, ularga:

1.                     Motivatsiya.

2.                     Tushuntirish.

3.                     Moddiy formadagi xatti-harakatlarni bajarish.

4.                     Baland ovozda xatti-harakatlar va vazifalarni bajarish.

5.                     Bajariladigan xatti-harakatlarni ichki rejada ovoz chiqar- may bajarish.

6.                     Faoliyatni fikran bajarish kiradi.

Ushbu nazariyada ta’limning uchta asosiy turi ajratiladi:

— birinchi turda — xatti-harakatlarni o‘zlashtirish xatolar bilan kechadi, berilayotgan material yetarli darajada anglanilmay- di, ta’lim oluvchi ta’limning asl mohiyatini tushunib yetmaydi;

— ikkinchi turda — materialni nisbatan dadil va to‘la tushuni- lishi va material bilan bogiiq tushunchalarni ajratilishi bilan xa- rakterlanadi;

— uch inchi tur — tez, samarador va bexato xatti-harakatlarni o‘zlashtirilishini ta’minlab beradi.

2. V.VDavidov nazariyasi. Ushbu nazariya mazmunini kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ilmiy tushunchalarni o‘zlashtirishi tashkil qiladi. Ushbu nazariyaga ko‘ra ta’lim jarayonida o‘quvchilar

464

tomonidan nazariy tushunchalar tizimi o‘zlashtirilishi lozim bo‘lib, bu o‘z o‘rnida xususiydan umumiy bilimlarga o‘tilishni ta’minlaydi.

V.V.Davidovning ta’kidlashicha, o‘quv materialini induk- tiv usul bilan bayon etish, o‘quvchilarda fikrlash jarayonining faqat bir tomonini ya’ni, konkretdan mavhumlashtirishga tomon

yo‘nalgan mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan. Bunday mantiq natijasida bola tafakkuri bir tomonlama rivojlanadi, ilmiy tushunchalar va qoidalar bir tomonlama o‘zlashtiriladi.

3. Qator nazariyalar muammoli ta’lim bilan bogliq boiib, L.V.Zankov va A.M.Matyushkin tomonidan olib borilgan tad- qiqotlar ta’limda muammoli darslarni tashkil etishga qaratilgandir.

Ta’limning psixologik asoslari muammosi ko‘pgina masalalarni qamrab oladi. Ta’limning muvaffaqiyati qator psixologik omillar- ga bogliq bo‘ladi. Asosiy omillardan biri o‘quvchining o‘qish- ga bo‘lgan munosabatidir. Bu munosabat o‘quvchining diqqati, his-tuyg‘ulari, qiziqishlari va irodasida, shuningdek, shaxsning tutgan yo‘lida namoyon bo‘ladi.

Ta’lim jarayoni avvalo o‘quvchilar diqqatini rivojlantirish- ni talab etadi. Darslarda ko‘rgazmali qurollardan, axborot tex- nologiyalari vositalaridan foydalanish ta’lim oluvchining diqqatini rivojlantiradigan omillardan hisoblanadi. Ta’lim jarayonida ta’lim beruvchining vazifasi darsda o‘quvchilarning faolligini yuzaga keltirishgina emas, balki o‘quvchilarning darsda o‘tiladi- gan materialni idrok etishga tayyor turishlarini kuzatish hamdir.

Dars jarayonida o‘quvchilarning diqqati o‘zgarib turadi. 0 ‘qitish jarayonida bu qonuniyatlarni nazarda tutish, o‘quvchilar diqqatini materialning asosiy jihatlariga hamda o‘zlashtirilgan materialni takrorlashga jalb etish kerak.

Ta’lim jarayonining samaradorligi ko‘p jihatdan o‘qituvchi tomonidan beriladigan ko‘rsatmalarga ham bog‘liq. 0 ‘qituvchining roli shundan iboratki, u o‘quvchilarda tegishli ustanovkani hosil qilishi, nimani vaqtincha, nimani umrbod esda olib qolish kerakligini, nimani esda olib qolmasdan, faqat tushunib olish ki- foya qilishini, nimani so‘zma-so‘z esda olib qolish kerakligini,

465

nimaning ma’nosini o‘z so‘zlari bilan aytib berish uchun esda olib qolish zarurligini tushuntirib o‘tishi lozim. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, o‘qituvchi tomonidan bunday ko‘rsatmalar berilma- ganda, o‘quvchilarda ko‘pincha bilish va o‘rganishga nisbatan no- to‘g‘ri tasavvurlar vujudga keladi.

0 ‘qitishning emotsionalligi ta’limning muvaffaqiyatliligini ta’minlovchi omillardan biridir. Ta’lim berish jarayoni emotsional jarayon. Agar o‘quvchilarga berilayotgan axborot ularda hech qanday his-tuyg‘u uyg‘otmasa, bunday ma’lumotni 0‘quvchi- lar yaxshilab esda olib qolmaydilar. 0 ‘quvchilarning ijobiy psixik holatlari, ularning muayyan bir paytdagi kechinmalari haqida ham borishi kerak, albatta. Ulardagi quvonchli, optimistik kayfi- yat o‘quv faoliyatini juda samarali qiladi. 0 ‘quvchilar emotsional ruhdagi materialni yaxshiroq o‘zlashtirib oladilar.

0 ‘tkazilgan tajribalar hech qanday his-tuyg‘u uyg‘otmaydigan materialga qaraganda, emotsional ruhdagi materialni o‘quvchilar yaxshiroq eslab qolishlarini ko‘rsatadi. 0 ‘qituvchi o‘quv jarayoni- ning emotsional tomoni haqida ham qayg‘urishi kerak. Bu muam- mo juda muhim ahamiyatga ega. Chunki, birinchidan, ta’limning mazmuni nihoyatda murakkablashib, hajmi esa g‘oyat kattalashib ketgan. Uning muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishiga erishish uchun o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini kuchaytirish lozim. Ijobiy tuyg‘u- lar o‘quv mehnatining samaradorligiga kuchli ta’sir etadi. Hafsala bilan bajarilgan faoliyat yuzasidan beg‘araz munozara paydo bo‘la- di, bahslashiladi, befarq qaralgan yoki salbiy munosabatda bo‘lin- gan ishga esa, hech qanday hafsala bo‘lmaydi. Jamiyatimizdagi mehnat — haqiqiy ijod, quvonch manbayi. 0 ‘qituvchi o‘quvchilar- ida o‘quv mehnatiga ijobiy munosabatni uyg‘otib, mehnatning haqiqiy ijodga, quvonch manbayiga aylanishiga ko‘maklashishi kerak.

20.6. Hozirgi zamon ta’limi: kognitiv-oriyentirovkadan shaxsiy

oriyentirovkali ta’lim paradigmalari

Ta’limda individual yondashuv deganda har bir o‘quvchi individual, boshqalarga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘qitiladi, degan

466

ma’noni bildirmaydi. Ta’limni individuallashtirishning ma’nosi shuki, u o‘quvchining individual-psixologik xususiyatlariga taya- nadi, ana shu xususiyatlarni hisobga olgan holda quriladi. Sinf rivojlanishi va tayyorgarlik darajasi bir xil bolmagan, o‘zlash- tirishi turlicha va o‘qishga munosabati har xil bo‘lgan o‘quvchi- lardan tashkil topadi. 0 ‘qituvchi an’anaviy tashkil etilgan ta’lim jarayonida hammaga bir xil holda baravar e’tibor qarata olmay- di. Shuning uchun u ta’limni o‘rtacha darajaga — o‘rtacha rivoj- lanishga, o‘rtacha tayyorgarlikka, o‘rtacha o‘zlashtirishga tatbiq qilgan holda olib borishga majbur bo‘ladi. Boshqacha aytganda, u ta’limni qandaydir afsonaviy «o‘rta» o‘quvchini ko‘zda tutgan holda tashkil etadi. Bu narsa shunga olib keladiki, «kuchli» o‘quvchi- lar sun’iy ravishda o‘z rivojlanishida ushlab turiladi. Bunday holda o‘quvchilarning o‘qishga qiziqishlari qolmaydi, chunki o‘qish ular- da ko‘p aqliy kuch sarflashni talab qilmaydi. «Kuchsiz» o‘quvchi- lar esa surunkasiga orqada qolishga mubtalo bo‘lganlar, ular ham o‘qishga qiziqmay qo‘yadilar, chunki o‘qish ulardan ko‘proq aqliy kuch sarflashni talab qiladi. «0‘rtacha» darajaga kiruvchilar ham

juda har xil bo‘ladilar, qiziqish va mayllari turlicha, idrok, xotira, xayol va tafakkur xususiyatlari xilma-xil bo‘ladi. Bir o‘quvchi ko‘rgazmali obrazlar va tasavvurlarga asosli ravishda tayanmog‘i zarur, ikkinchisi bunga kamroq ehtiyoj sezadi; biri sekin fikrlaydi, ikkinchisining aqliy mo‘ljali nisbatan tezligi bilan ajralib turadi; biri tez esda olib qolsa-da, mustahkam emas; ikkinchisi — sekin esda olib qolsa-da, ko‘p narsani yodida saqlaydi; biri uyushgan holda ishlashga o‘rgangan, boshqasi kayfiyatiga qarab, asabiylashib va notekis ishlaydi; biri astoydil, ikkinchisi majburan shug‘ullanadi.

Ta’limni individuallashtirish tamoyili o‘qitishda 0‘quvchi- larning real tiplariga tayanish zarurligiga asoslanadi. Bu tamo- yilni programmalashtirilgan ta’lim juda yaxshi amalga oshira- di. 0 ‘quvchilarning individual psixologik xususiyatlari ta’limning ayrim metodlari va usullarini tanlash hamda qo‘llanish vaqtida, uyga berilgan topshiriqlarni qismlarga bo‘lishda, sinf va nazorat ishlarining variantlarini aniqlashda hisobga olinadi.

467

Sinf bilan olib boriladigan ishni ayrim o‘quvchilar bilan olib boriladigan individual ish bilan birga qo‘shish mumkin. Shu bilan birga dasturning xuddi shu masalalarini o‘quvchilar qanday tayyorgarlik ko‘rganliklari, individual moyilliklari, qiziqish va qo- biliyatlari hamda individual ish sur’atlariga qarab turlicha to‘lalik va teranlik bilan, har kim darsda optimal darajada band bo‘ladi- gan qilib o‘rganadilar.

Ta’lim metodlari turlicha bo‘lishi, o‘quvchining individual xususiyatlariga qarab o‘zgartirilishi kerak. Lekin bu 40 o‘quvchi bor bo‘lgan sinfda 40 xil individual yondashishni, ta’lim meto- dikasining 40 xil individual variantini amalga oshirish zarur de- gan ma’noni anglatmaydi. Odatdagi maktab ta’lim sharoitida bunday haddan tashqari individuallashtirish mumkin ham emas, kerak ham emas. 0 ‘quvchilarning fikrlash faoliyatining asosiy tiplarini hisobga olish kifoya.

Ta’limda individual yondashish kamchiliklarga barham berish- nigina emas, balki o‘quvchilar tafakkurini rivojlantirish, o‘qishga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishni, bilishga oid qiziqishlarni tarkib top- tirish ishlarini olib borishni ham anglatadi. 0 ‘qishga salbiy munosabatda bo‘lish hollarida bunday munosabatni keltirib chiqargan sabablarga qarab, tarbiyaviy chora-tadbirlar ko‘rish kerak boladi. Bunday sabablar orasida olqituvchi bilan bolgan kelishmovchi- lik, o‘quvchi duch kelgan qiyinchiliklar, bilimdagi nuqsonlar, o‘z kuchiga ishonmaslik va hokazolar bolishi mumkin.

Rus psixologlari yakdillik bilan: barcha bolalar o‘qishga qo- biliyatlidirlar, har bir normal va psixik jihatdan sog‘lom o‘quvchi o‘rta ma’lumot olishga qodirdir. Maktab o‘quvchilari davlat ta’lim standartlari doirasida o‘quv materialini ma’lum darajada muvaffaqiyatli egallashga qodirdir, binobarin o‘qituvchi hamma o‘quvchilarning ham shunday bo‘lishiga erishmog‘i lozim, degan nuqtayi nazarda turadilar. Lekin bundan hamma o‘quvchilarga ham ta’lim berish bir xilda oson, deb aslo o‘ylab boimaydi. Har qanday ta’lim metodikasi sharoitida, bu ta’lim juda yaxshi tashkil etilgan sharoitda bir xil o‘quvchilar yaxshiroq harakat qilib, bosh-

468


qalardan ko‘ra yuqori natijalarga erishadilar. Bir o‘quvchi alohi- da ko‘p kuch va mehnat sarf qilmasdan nisbatan qisqa muddat ichida yuksak natijalarni, katta muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritadi, boshqa o‘quvchi bo‘lsa qanchalik intilmasin va harakat qilmasin, o‘sha darajaga shunchalik tez va osonlikcha ko‘tarila olmaydi.

Bugungi kunda hech kim: «Yomon o‘quvchilar yo‘q, yomon o‘qituvchilar bor» degan formulani hech so‘zsiz qabul qilavermay- di, o‘quvchilarning o‘zlashtirmasligida hech kim o‘qituvchilarni yoppasiga ayblab o‘tirmaydi. Albatta, ta’limning muvaffaqiyatli bo‘lishi bilimlar, ko‘nikma va malakalarning juda yuqori darajasi asosan ta’limning mazmuni bilan, ta’lim metodikasining takomil- lashuvi, o‘qituvchining mahorati bilan ta’min etiladi, lekin ham- ma narsa faqat ana shunga bog‘liq deb o‘ylab bo‘lmaydi. Muvaffa- qiyat ichki shart-sharoitlarga — o‘quvchining individual-psixologik xususiyatlariga ham bogliqdir. Har gal teng sharoitlarda bir xil mashqlar, bir xil ta’lim metodikasi g‘oyat har xil natijalar beradi,

bunda o‘quvchilarning turli xususiyatlari haqida gapirish mumkin.

Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari:

1.  Pedagogik psixologiya predmeti, vazifalari, muammolari haqida nimalarni bilasiz?

2.  Pedagogik psixologiya fan sifatida qachondan rivojlana boshladi?

3.  Pedagogik psixologiya fanining tamoyillarini ko‘rsating.

4.  Pedagogik psixologiya fanining metodlari.

Mavzuni mustahkamlash uchun test savollari:

1. Pedagogik psixologiya —....

         a)                psixologiya fanining tarmog‘i sifatida shaxsga samarali ta’sir

etuvchi umumpsixologik omillari, qonuniyatlari va mexanizmla- rini o‘rganuvchi fandir;

*b) psixologiya fanining tarmog‘i sifatida ta’lim va tarbiyaning shaxsga samarali ta’sir etuvchi omillari, qonuniyatlari va mexanizmlarini o‘rganuvchi fandir;

c)       psixologiya fanining tarmog‘i sifatida turli yosh davrlaridagi shaxslarga samarali ta’sir etuvchi omillari, qonuniyatlari va me- xanizmlarini o‘rganuvchi fandir;

d)       psixologiya fanining tarmog‘i sifatida individual psixologik qonuniyatlarni va mexanizmlarini, hayvon va inson psixikasini qiyoslab o‘rganuvchi fandir.

2. Pedagogik psixologiya bo‘limlari —....

a)   psixika, ta’lim, ong psixologiyasi;

b)   tarbiya, ta’lim, bola psixologiyasi;*c) ta’lim, tarbiya, o‘qituvchi psixologiyasi; d) ) ta’lim, ijod, o‘qituvchi psixologiyasi.

3. Pedagogik psixologiya fan sifatida qachondan boshlab rivoj- lana boshlagan?

a)   XVIII asrning boshlarida;

b)   XVIII asrning o‘rtalarida;*c) XIX asrning o‘rtalarida; d) XIX asrning boshlarida.

4. Psixologik-pedagogik eksperiment qismlari....

a)       tabiiy, laboratoriya, psixologik eksperiment;

b)       aniqlovchi, laboratoriya, psixologik eksperiment;*c) aniqlovchi, shakllantiruvchi, nazorat eksperiment; d) shakllantiruvchi, pedagogik, nazorat eksperiment.

5. Shakllantiruvchi eksperimentda......

           a)                  sinaluvchilardagi biror psixik jarayonning rivojlanish dara-

jasi aniqlanadi;

*b) aniqlangan psixik jarayon me’yordan orqada bo‘lsa, uni rivojlantirish bo‘yicha maxsus mashg‘ulotlar o‘tkaziladi;

c)    shakllantiruvchi ta’sirning samaradorligini aniqlash uchun

diagnostik metod yana bir marta takroran o‘tkaziladi;

d)    o‘qituvchi va ota-ona bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.

470

XXI BOB. TA’LIM PSIXOLOGIYASI

Reja:

1.                     0 ‘quv faoliyati.

2.                     0 ‘quv motivlari.

3.                     Rivojlantiruvchi ta’limning psixologik asoslari.

4.                     Dars jarayonida o‘quvchilarni boshqarish texnikasi va usul­lari.

5.                     Kompyuterlashtirilgan ta’limning psixologik jihatlari.

Mavzuning o‘quv maqsadi:

Ta’limiy: Talabalarga ta’lim tushunchasining mohiyatini, o‘quv faoliyati va o‘quv motivlari, rivojlantiruvchi ta’limning psixologik asoslari, dars jarayonida o‘quvchilarni boshqarish texnikasi va usullari, kompyuterlashtirilgan ta’limning psixologik jihatlari to‘g‘risidagi bilimlarini rivojlantirish, ularga jamiyatning kelgu- si rivoji va ta’limning o‘zaro bog‘liqligini tushuntirish va angla- tishdan iborat.

Tarbiyaviy: ta’limning shaxs rivojlanishidagi rolini yoshlar on- giga singdirish orqali ularni jamiyatimiz uchun fidokor, bilimdon inson qilib tarbiyalash asos bo‘la olishini uqtirish, talabalarda o‘qituvchi va tarbiyachiga xos kasbiy va shaxsiy sifatlarni tarbi- yalashdir.

Rivojlantiruvchi: Talabalarda ta’limning samarador usullarini egallash va undan oqilona foydalana olish ko‘nikma, malakala- rini shakllantirish orqali shaxsini rivojlantirish.

Tayanch tushunchalar: ta’lim, o‘qish, o‘rganish, rivojlantiruvchi ta’lim, kompyuterlashtirilgan ta’lim.

21.1. 0 ‘quv faoliyati

Insonning hayotiy tajribalarni bilimlar, ko‘nikmalar va malaka- lar tariqasida o‘zlashtirishiga aloqador bo‘lgan bir necha tushunchalar mavjud. Bu o‘quv faoliyati, ta’lim, o‘qish va o‘rganishdir.

Bunday faoliyat kishiga shu jumladan bolaga ham atrof-muhit- ga moslashish, o‘zining asosiy ehtiyojlari, shuningdek, aqliy o‘sish va shaxsiy rivojlanish ehtiyojlarini qondirish imkonini beradi.

0 ‘quv faoliyati inson yangi bilim , ko‘nikm a va malakalar egal- laydigan, yoki mavjudlarini o ‘zgartiradigan, o ‘z qobiliyatlarini rivoj- lantiradigan, takom illashtiradigan jarayondir.

0 ‘quv faoliyati shunday faoliyatki, unda shaxsning psixik jarayonlari shakllanadi va rivojlanadi, uning asosida yangi faoliyat- lar yuzaga keladi. 0 ‘quv faoliyati insonning butun hayoti davomida namoyon bo‘luvchi uzluksiz jarayondir.

Ta’lim o‘qituvchi va o ‘quvchining birgalikdagi o ‘quv faoliyatidan iborat bo‘lib, bilim , ko‘nikm a va m alakalarni uzatish jarayonidir, ha-

yotiy tajribani o ‘qituvchidan o ‘quvchiga uzatishdir.

Ta’lim haqida gapirilganda o‘qituvchining ta’lim jarayonidagi maxsus funksiyalariga e’tibor qaratiladi. Obqish ham o‘quv faoli­

yatiga taalluqli bo‘lib, lekin ko‘proq bu tushuncha ishlatilganda o‘quv faoliyatida o‘quvchiga tegishli faoliyat nazarda tutiladi

0 ‘qish — bunda bilim , ko‘nikm a va malakalarni egallash uchun qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan o ‘quvchi tom onidan amalga oshiriladigan o ‘quv harakatlari nazarda tutiladi.

Yuqorida ko‘rib o‘tilgan uch tushuncha ham o‘quv faoliyati mazmuniga taalluqlidir. 0 ‘qishning natijasi haqida gapirilganda o‘rganish tushunchasidan foydalaniladi.

0 ‘rganish insonning o ‘quv faoliyati natijasida yangi psixologik sifat va xususiyatlarni o‘zlashtirganligini bildiradi. Etim iologik jihatdan bu tushuncha «o‘rganmoq» tushunchasidan kelib chiqqan bo‘lib, indi- vidning ta’lim va o ‘qish natijasida o ‘rganishi m um kin bo‘lgan barcha narsalarni o ‘z ichiga oladi.

0 ‘quv faoliyatini o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro ta’siriga asoslangan o‘quv-bilish jarayoni sifatida turli tomondan tav- siflaganda, biz to‘rt tushunchadan ham foydalanamiz, 0‘qituvchi va o‘quvchi ta’sirining qaysi jihati nazarda tutilayotganligiga bog‘liq ravishda biriga urg‘u beramiz. Dastlab o‘rganish haqidagi

masalasiga to‘xtalamiz.

472

Rivojlanish bilan bog‘liq barcha narsani o‘rganish deb ay- tish mumkin emasligini ta’kidlash joiz. Masalan, unga organizmning biologik jihatdan yetilish jarayonlarini kiritish mumkin emas. Chunki organizmning biologik jihatdan yetilishi ta’lim va o‘rganishga bog‘liq emas. Lekin o‘rganish deb ataladigan barcha jarayonlar yetilishga umuman bog‘liq emas deb boMmaydi. Bu barcha olimlar tomonidan tan olingan. Lekin rivojlanish qay darajada yetilish bilan bog‘liqligini aniqlash muhim. 0 ‘rganish doimo ma’lum darajada organizmning biologik yetilishiga taya- nadi. Masalan, bolaga bosh miyadagi nutq uchun javob beradi- gan bo‘limlar yetilmaguncha gapirishni o‘rgatib bo‘lmaydi. Bu ikki jarayon o‘rtasida teskari aloqa ham mavjud: ta’lim va o‘qish

organizmning yetilishiga ham ma’lum ma’noda ta’sir ko‘rsatadi.

Insonda bir necha o‘rganish turlari mavjud.

Ulardan birinchisi — imprinting mexanizmi bo‘yicha 0‘rga- nish, ya’ni tez, avtomatik ravishda o‘rganishdir. 0 ‘rganishning bu

turi markaziy nerv sistemasi rivojlangan hayvonlarda ham mav­

jud. Masalan, o‘rdakchalar tug‘ilishi bilan ona o‘rdakning yu- rishini ko‘rib orqasidan ergashib yura boshlaydilar. Chaqaloq- larda so‘rish reflekslari mavjud bo‘ladi. I. P. Pavlov davridan beri xulq-atvorning bunday shakllari shartsiz reflekslar deb atalgan, ularni ko‘proq «instinkt» deb atash to‘g‘riroq bo‘lur edi.

0 ‘rganishning ikkinchi turi — shartli reflektor o‘rganish. Bu bo‘yicha ham tadqiqotlarni dastlab I.PPavlov olib borgan. 0 ‘rganishning bu turi dastlabki neytral qo‘zg‘atuvchiga shartli reaksiyalar sifatida xulq-atvorning yangi shakllari vujudga kelishi- ni nazarda tutadi. Organizmning shartli reflektor reaksiyalarini tug‘diradigan stimullar qabul qilinishi lozim. Masalan, «limon» so‘zini aytishimiz bilan ko‘z oldimizga sariq rangli, nordon ta’mli meva keladi.

0 ‘rganishning uchinchi turi operant o‘rganishdir. Bunday o‘rganish turida bilim, ko‘nikma va malakalar «Sinab ko‘rish va xato qilish» metodi orqali o‘rganiladi. Individ duch keladi- gan vaziyatlar unda turli instinktiv, shartsiz, shartli reaksiyalarni


vujudga keltiradi. Organizm ketma-ket amalda masalani yechish uchun har birini sinab ko‘radi va bunda avtomatik ravishda eri- shilgan natijani baholaydi. Eng yaxshi natijaga olib kelgan reaksiya, vujudga kelgan vaziyatda organizmning qulay moslashishini ta’minlagani boshqalaridan ajralib chiqadi va tajribada mustah- kamlanadi. Mana shu «Sinab ko‘rish va xato qilish» metodi orqa- li o‘rganishdir.

Yuqorida tavsiflangan o‘rganish turlari hayvonlarda ham, in- sonlarda ham uchraydi. Lekin insonlarda o‘rganishning maxsus, oliy turlari mavjud.

Bu birinchidan, boshqa odamlar xulq-atvorini to‘g‘ridan to‘g‘ri kuzatish orqali o‘rganish bo‘lib, unda inson kuzatilayot- gan xulq-atvor shakllarini o‘zlashtiradi. Bu vikar o‘rganish deb ataladi.

Ikkinchi — verbal o‘rganish, ya’ni insonning yangi tajriba- ni til orqali o‘zlashtirishidir. Bunday o‘rganish natijasida inson nutqni egallagan boshqa odamlarga, bilim, ko‘nikma va malakalarni uzatishi mumkin.

CVrganish va ta’lim orasidagi ikki muhim qo‘shimcha farqlarni ta’kidlab o‘tamiz. Ta’lim o‘rganishdan farqli ravishda rejali va ongli boshqariladigan tashkiliy jarayondir. 0 ‘rganish esa stixi- yali ravishda ro‘y beradi. 0 ‘qish o‘quv faoliyatining tarkibiy qis- mi, o‘quvchilarning faoliyati bilan bog‘liq ravishdagi tashkiliy ja- rayon sifatida namoyon boladi. Birinchi holda o‘qish ta’limning

bir tomoni hisoblanadi, ikkinchi holda ijtimoiylashuvning nati-

jasidir. 0 ‘rganish har qanday faoliyatning natijasi boiishi mumkin, ta’lim va o‘qish tushunchalari esa maxsus o‘quv faoliyati bilan bog‘liqdir.

Agar faoliyatning asosiy motivi sifatida bilishga qiziqish yoki individning psixologik taraqqiyoti nazarda tutilsa, o‘quv faoliya­

ti haqida gapiriladi. Agar motiv individning u yoki bu ehtiyoj- larini qondirishga qaratilgan bo‘lsa, «olrganish» tushunchasidan foydalaniladi. Bunday yo‘l-yo‘lakay o‘rganishga misol sifatida ma’lumotlarni ixtiyorsiz ravishda eslab qolish, o‘quv maqsad-

474



4.        Insayt (taxmin). Inson tomonidan qandaydir yangi infor- matsiyani qarab chiqish, o‘tmish tajribadan ma’lum narsada no- ma’lumni ko‘rishdir. Insayt bolaning intellekti rivojlanishi uchun kognitiv baza hisoblanadi.

5.        Ijod. Yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni yaratish uchun asos hisoblanadi.

0 ‘rganishning muvaffaqiyati turli xil omillarga bogMiq, ular ichida quyidagi psixologik omillar muhim: o‘quv faoliyati moti- vatsiyasi, bilish jarayonlari — idrok, diqqat, xayol, xotira, tafakkur va nutqning ixtiyoriyligi, o‘quvchilarda irodaviy va boshqa shaxs xislatlari: mas’uliyat, tirishqoqlik, maqsadga intiluvchanlik, inti- zomlilik, onglilik, tartiblilik va boshqalarning mavjudligi. 0 ‘quv faoliyati samaradorligining psixologik omillariga hamkorlik faoli- yatidagi insonlar — o‘qituvchilar va sinfdoshlari bilan o‘zaro ta’sir qila olish ko‘nikmasi, intellektual rivojlanganlik va boshqalar kiradi. Bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida o‘rganishga boMgan tayyor- lik (ustanovka) muhim hisoblanadi, bunda o‘quv vazifalarining o‘qituvchi tomonidan qo‘yilishi, o‘quvchi tomonidan qabul qilini- shi muhim bo‘lib, bunda o‘qituvchi o‘rgatadi, o‘quvchi o‘rganadi.

Rus psixologi A.N.Leontev inson faoliyatining psixik va amaliy shakllari mavjudligini, bola ongi aynan o‘quv faoliyatida o‘si- shini ta’kidlaydi. D.B.Elkonin esa o‘quv faoliyatining xususiyat- larini ko‘rsatib, uni mohiyatiga, mazmuniga va o‘zini namoyon etish shakliga ko‘ra ijtimoiyligini ta’kidlaydi. 0 ‘quv faoliyati bu shunday faoliyatki, uning natijasida avvalo o‘quvchida o‘zgarish yuz beradi. Uning mahsuli turli motivlar asosida qurilgan bo‘lishi darkor. Bu motivlar bevosita o‘quvchi shaxsining o‘sishi va rivojlanishi bilan bogliq bolishi kerak. 0 ‘quv faoliyati ta’lim, o‘qish va o‘rganish degan tushunchalar bilan bevosita bog‘liqdir.

Ta’lim o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligidagi o‘quv faoliyati, o‘qituvchining bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘quvchilarga o‘rgatish jarayonidir.

Ta’lim jarayoni bevosita muayyan axborotni, harakatlarni, xulq-atvorning shakllarini o‘zlashtirishga qaratilgandir. 0 ‘qish va

476



«nimaga?», «qanday maqsad bilan?» kabi savollar asosida yuzaga keladi. Motivlar birinchidan, o‘quv faoliyatiga undasa, ikkinchi- dan, maqsadga erishish uchun zarur yo‘l va usullar tanlashga yordam beradi. 0 ‘quv faoliyatida o‘quv motivlari o‘quvchilar to- monidan tanlanib, ular o‘quvchining maqsadi, qiziqishi, kelajak rejalari bilan bevosita bog‘liq boladi. Yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘quv motivlari turli yosh davrlarida turlicha bo‘ladi.

Obquv faoliyati motivatsiyasining manbalari mavjud bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi:

1.       Ichki manbalar. Ular insonning tug‘ma yoki orttirilgan eh- tiyojlari bilan belgilanadi. Ulardan eng muhimi tug‘ma axborot olishga bolgan ehtiyojdir. Orttirilgan ehtiyojlar esa gnostik va ijtimoiy ijobiy ehtiyojlar hisoblanadi.

2.       Tashqi manbalar. Ular shaxsning ijtimoiy hayot shart-sha­roitlari bilan belgilanadi.

Talablar ularning birinchisi bo‘lib, jamiyatning shaxsdan talab qiladigan doimiy xulq-atvorini bildiradi. Bog‘cha, maktab, oila boladan juda ko‘p ishlarni amalga oshirishni talab qiladi.

Ijtimoiy kutish jamiyatning har birimizdan ma’lum bilimlar, ko‘nikmalar darajasining boMishi zarurligini bildiradi. Masalan, bir yoshli bola yurishi kerak, 7 yoshdan u o‘qishi kerak, 15 yosh- dan u kasb tanlashi kerak, deb hisoblaymiz. Imkoniyatlar - shaxs faoliyatini belgilovchi obyektiv shart-sharoitlardir. Masalan, boy kutubxona bolani ko‘p kitob o‘qishga undaydi.

3.       Shaxsiy manbalar: bu shaxsning qadriyatlari tizimi ustanov- kalari, g‘oyalaridir. Bu manbalar har bir shaxs faoliyatida u yoki bu darajada mavjud. Ularning barchasi faoliyatning kechishi- ga ta’sir etib ta’lim jarayonining motivatsiyasini tashkil etadi.

V.A.Krutetskiy o‘spirinlarda uchraydigan motivlarning quyi- dagilarini alohida ifodalaydi:

a)    biror o‘quv faniga qiziqish;

b)   Vatanga foyda keltirish istagi;

d)    shaxsiy qobiliyatini ro‘kach qilish;

e)    oilaviy an’analarga rioya qilish;

0 do‘st-birodarlarga ergashish;

g) moddiy ta’minlash va hokazolar.

Respublikamizda professor M.G.Davletshin rahbarligi- da o‘tkazilgan F.I.Haydarovning tadqiqotlarida qishloq makta- bi o‘quvchilarining o‘qish motivlari, N.S.Jo‘rayevning tadqiqotlarida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda o‘qish motivlarini shakllantirishning psixologik xususiyatlari okrganildi. Ushbu tad- qiqotlarda kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning o‘quv motivlarini psixologik o‘yinlar yordamida shakllantirishga mahalliy sharoitda ilk bor kompleks yondashildi. 0 ‘quv jarayonida foyda- lanilgan psixologik o‘yinlar o‘quvchilarning o‘qishga ijodiy yon- dashuviga, psixik taraqqiyotiga va psixik jarayonlariga ta’sir etishi mumkinligi ko‘rsatib berildi. Shu bilan birga baho olishga yo‘nal- ganlik motivlari tashqi motivlar sirasiga kirsa-da, ichki motivlarni

muayyan darajada rivoj topishiga ko‘mak berishi ko‘rsatib berildi.

21.3. Rivojlantiruvchi ta’limning psixologik asoslari

Ta’lim jarayoni alohida tashkil etiladigan hamda boshqarila- digan faoliyat bo‘lib, u o^quvchi laming o‘quv faoliyatlarini tashkil etadi va ularni boshqaradi. Ta’lim jarayoni besh elementdan iborat:

1.    Ta’limning maqsadi — nima uchun o‘qitish kerak?

2.    Ta’limning mazmuni — nimaga o‘qitish kerak?

3.    Ta’limning metodlari, usullari va pedagogik muloqot yo‘llari.

4.    Ta’lim beruvchi.

5.    0 ‘quvchi.

Ta’lim jarayonini tashkil etish ideal va amaliy faoliyatning u yoki bu turini muvaffaqiyatli tashkil etish uchun zarur bo‘lgan tashqi olamning muhim ahamiyatli xossalari xususidagi axborot- ning oczlashtirilishi;

— faoliyatning barcha turlari tarkib topgan usullar va jarayon- larning o‘zlashtirilishiga;

— maqsadga muvofiq keladigan usullar va jarayonlarni to‘g‘ri tanlash va foydalanishga bog‘liq.

479

Ta’lim jarayoni muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun o‘quv faoliyati quyidagi talablarga javob berishi lozim:

1.       Motivatsiya, ya’ni o‘qituvchi yaxshiroq o‘qitishga, o‘quvchi esa yaxshiroq o‘qishga harakat qilishi.

2.       Ta’limning rivojlangan va egiluvchan tuzilishga egaligi.

3.       Ta’limning turli shakllarda amalga oshirilishi. 0 ‘qituvchi- ga o‘z ijodiy pedagogik imkoniyatlarini to‘liq amalga oshiri- shi, o‘quvchilarga bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish uchun o‘z individual xususiyatlari va imkoniyatlaridan foydala- nish uchun faoliyatni turli shakllarda amalga oshirilishi.

Ta’limning zamonaviy texnik vositalar yordamida bajarilishi

Yuqorida keltirilgan ta’lim va o‘qishga qo‘yilgan talablarni o‘quv faoliyatining o‘zaro bog‘liq ikki jihati bo‘yicha alohida ko‘rib chiqamiz.

Ta’lim motivatsiyasi o‘quvchilarning o‘quv materialini yaxshiroq o‘zlashtirishiga shaxsiy qiziqishini anglatadi. 0 ‘qituvchining faqat moddiy qiziqishlarini qondirish, yoki ishsiz qolmaslik, qis- qarishga tushmaslik uchungina ta’lim berishi, muvaffaqiyatsiz- likdan qochish motivatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lib, bunda pedagogik faoliyatda yaxshi natijalarga erishish mumkin emas. Ta’lim mahsuldorligini oshirishdagi dastlabki vazifa uni chuqur va ko‘p motivatsiyali jarayonga aylantirishdir. 0 ‘qituvchi o‘quvchilarni o‘qitish jarayonida o‘z hayotining asosiy mazmuni va maqsadini ko‘ra boshlaganida ta’lim samarali bo‘ladi.

21.4. Dars jarayonida o‘quvchilarni boshqarish texnikasi

va usullari

0 ‘quv faoliyatini boshqarish o‘z-o‘zini boshqarishning tarkibiy qismi bo‘lib, o‘quvchilarni mustaqil bilim olish, ijodiy fikrlash sari yetaklaydi. 0 ‘quv faoliyatini boshqarishning tarkibiy qismla- rini rejalashtirish, o‘zini nazorat qilish, bilishga qiziqishdan ibo- rat bo‘lib, o‘zaro jips bir-biri bilan aloqada hukm suradi. 0 ‘quv faoliyatini boshqarishning tarkiblari umumlashgan ta’limiy usul- lar yordami bilan o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtiriladi. Ular o‘ziga xos xususiyatlari, faolligi, ko‘lami, samaradorligi, sur’ati bilan tafovutlanishiga qaramay, bir-birlarini taqozo qiladi. Bosh- qaruv bu shunday yo‘naltiruvchi kuchki, u insonlardagi ijodiy po- tensial imkoniyatlarini oladigan sharoitlarni yuzaga chiqarishni maqsad qilib qo‘yadi. Shunday ekan, o‘qituvchining ta’lim-tar-

biya jarayonini to‘g‘ri va oqilona boshqara olishi o‘quvchi shaxsi kamolotida nihoyatda katta ahamiyatga egadir.

Faoliyatdan kutiladigan natija psixologiyada maqsad deyiladi. 0 ‘quv jarayonining boshqarilishi ikkita asosiy maqsadni ko‘zda tutadi. Ulardan birinchisi, o‘quv jarayonini to‘g‘ri tashkil eta olish, ikkinchisi esa o‘quvchilarning shaxsiy qiziqish va ehtiyoj- larini qondirishdir. Ana shu maqsadlar boshqarishning vazifalari- ni belgilab beradi. Demak, o‘quv jarayonini boshqarishning:

          birinchi vazifasi tashkiliy bolib, o‘quvchilarning ta’lim va tarbiyasi bo‘yicha ijtimoiy buyurtmalarni qondirish;

          ikkinchi vazifasi — bevosita o‘quvchining qiziqish va talabla- rini qondirishga yo‘naltirilgan holatdagi ijtimoiy vazifadir. Shuningdek, bu vazifa o‘quvchilarni ko‘tarinkilik, yaxshi kayfiyat va o‘quv jarayonidagi ishchanlikni yuzaga keltirishni ham o‘z ichiga oladi. Afsuski, ko‘p yillar davomida boshqarishning shu ijtimoiy

vazifasiga juda kam e’tibor berilgan.

Boshqaruvning ikkinchi vazifasi bu ijtimoiy-psixologikdir. Bu vazifa o‘quvchilarda samarali faoliyat uchun zarur bolgan ijti- moiy-psixologik holat va xususiyatlarni rivojlantirishga qaratil- gandir. Bu holat va xususiyatlar o‘quvchilarni o‘zaro jipslashti- rish, nazorat, o‘z-o‘zini boshqarish, shuningdek, mustaqil ta’lim olishlarini rivojlantirishdan iboratdir.

Okqitishning ikkita usuli mavjud. Biri an’anaviy o‘qitish usu- li — bunda o‘qituvchi muammoni belgilaydi, vazifalarni aniqlay- di va muammoni yechib beradi. 0 ‘quvchi esa masalani yechish yo‘llarini eslab qoladi va uni yechishni mashq qiladi. Bunda o‘quvchilarda reproduktiv tafakkur shakllanadi. Rivojlantiruvchi ta’lim o‘qitishning muammoli usulida o‘qituvchi o‘quvchilarning bilish jarayonlarini boshqaradi, uni tashkil etadi va nazorat qila-

481

di. 0 ‘quvchi esa muammoni tushunadi, uni yechish yo‘llarini qidiradi va uni yechadi. Bunday hollarda o‘quvchi tafakkurining mahsuldorligi oshadi va uning mustaqilligi rivojlanadi.

0         ‘quvchining o‘qishga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish uchun o‘qituvchi quyidagi qoidalarga tayanishi lozim:

1         0 ‘quv jarayonini shunday tashkil etish lozimki, bunda o‘quvchi faol harakat qilishi, mustaqil izlanishi, yangi bilimlarni o‘zi kashf etishi va muammoli xarakterdagi masalalarni yechish uchun sharoit izlashi kerak.

2.       0 ‘quvchilarga bir xil o‘qitish usullari va bir turdagi ma’lu- motlarni berishdan qochish kerak.

3.       0 ‘rgatilayotgan fanga nisbatan qiziqishning namoyon bo‘li- shi uchun ayni shu fan yoki bilim, o‘quvchining o‘zi uchun qan- chalik ahamiyatli va muhim ekanligini bilishi kerak.

4.       Yangi material qanchalar o‘quvchi tomonidan avval o‘zlashtirilgan bilimlar bilan bog‘liq bo‘lsa, u o‘quvchi uchun shunchalik qiziqarli bo‘ladi.

5.       Haddan ziyod qiyin material o‘quvchida qiziqish uyg‘otmaydi. Berilayotgan bilimlar o‘quvchining kuchi yetadigan darajada bo‘lishi lozim.

0         ‘qituvchi o‘rganilayotgan mavzu yoki bilimining ahamiyatini ko‘rsatish, o‘quvchining o‘quv faolligini oshirish uchun qiziqarli misollar, aqliy o‘yinlardan keng foydalanishi lozim. Lekin, ta’limdagi har bir beriladigan bilim yorqin, qiziqarli bolavermay- di, shuning uchun o‘quvchilarda iroda, qat’iylik, mehnatsevarlik kabi xislatlarning kamol toptirilishi nihoyatda zarurdir. Ana shu xislatlar o‘quvchining kelgusida o‘z-o‘zini nazorat qilishga, o‘z- o‘zini baholashga va mustaqil ta’lim olishga asos bo‘lishi kerak.

E.G‘.G‘oziyev o‘quv faoliyatini boshqarishning psixologik asoslari1, tafakkur psixologiyasi asoslari2 bilish nazariyasining

1         Газиев    Э.Г.Управление учебной деятельностью школьников. —Т.:

Фан. 1986.

2         G ‘oziyev E.G‘.Tafakkur psixologiyasi. —Т.: 0 ‘qituvchi. 1990.

psixologik muammolari, komil insonning psixologik nazariya- si yo‘nalishlarda ilmiy izlanishlar olib borgan serqirra ijodkor olim. Respublikamizda o‘quv faoliyatini boshqarish muammosi E.G‘.G‘oziyev va uning shogirdlari X.Ruxiyeva, Sh.V.Azizovalar tomonidan o‘rganilgan. Sh.Azizova tadqiqotida yuqori sinf o‘quvchilarida o‘quv faoliyatini boshqarishning psixologik xususiyatlari tadqiq etilgan. Muallifning ta’kidlashicha, o‘quv faoliyatini boshqarish tarkiblarini egallash muayyan bosqichma-bos- qich amalga oshadi, turli xususiyatli materiallarni o‘zlashtirish negiziga quriladi. Egallangan usullar va tarkiblarni yangi vaziyat-

ga ko‘chirish boshqarish jarayoni vujudga kelganligini bildiradi.

21.5. Kompyuterlashtirilgan ta’limning psixologik jihatlari

Ta’lim jarayoni avvalo o‘quvchilar diqqatini rivojlantirish- ni talab etadi. Darslarda ko‘rgazmali qurollardan, axborot tex- nologiyalari vositalaridan foydalanish ta’lim oluvchining diqqatini rivojlantiradigan omillardan hisoblanadi. Ta’lim jarayonida ta’lim beruvchining vazifasi darsda o‘quvchilarning faolligini yuzaga keltirishgina emas, balki o‘quvchilarning darsda o‘tiladi- gan materialni idrok etishga tayyor turishlarini kuzatish hamdir.

Dars jarayonida o‘quvchilarning diqqati o‘zgarib turadi. 0 ‘qitish jarayonida bu qonuniyatlarni nazarda tutish, o‘quvchilar diqqatini materialning asosiy jihatlariga hamda o‘zlashtirilgan materialni takrorlashga jalb etish kerak.

Ta’limni avtomatlashtirish pedagogik muammosi o‘qituvchi- larning faoliyati takrorlanadigan tarkibiy qismlardan iboratligini anglab ularni yordamchi xodimga yoki texnik qurilmaga ham topshirilsa bo‘lishini anglaganlaridan so‘ng vujudga keldi.

Ta’lim jarayonining samaradorligi ko‘p jihatdan o'qituvchi tomonidan beriladigan ko‘rsatmalarga ham bog‘liq. 0 ‘qituvchining roli shundan iboratki, u o‘quvchilarda tegishli ustanovkani hosil qilishi, nimani vaqtincha, nimani umrbod esda olib qolish ke- rakligini, nimani esda olib qolmasdan, faqat tushunib olish ki- foya qilishini, nimani so‘zma-so‘z esda olib qolish kerakligini,

483

nimaning ma’nosini o‘z so‘zlari bilan aytib berish uchun esda olib qolish zarurligini tushuntirib o‘tishi lozim. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, o‘qituvchi tomonidan bunday ko‘rsatmalar berilma- ganda, o‘quvchilarda ko‘pincha bilish va o‘rganishga nisbatan no- to‘g‘ri tasavvurlar vujudga keladi.

0 ‘qitishning emotsionalligi ta’limning muvaffaqiyatliligini ta’minlovchi omillardan biridir. Ta’lim berish jarayoni emotsio- nal jarayon. Agar o‘quvchilarga berilayotgan axborot ularda hech qanday his-tuyg‘u uyg‘otmasa, bunday ma’lumotni o‘quvchilar yaxshilab esda olib qolmaydilar. 0 ‘quvchilarning ijobiy psixik ho- latlari, ya’ni ularning muayyan bir paytdagi kechinmalari haqida ham bilib borishi kerak, albatta. Ulardagi quvonchli, optimistik kayfiyat o‘quv faoliyatini juda samarali qiladi. 0 ‘quvchilar emot- sional ruhdagi materialni yaxshiroq o‘zlashtirib oladilar.

0 ‘tkazilgan tajribalar hech qanday his-tuyg‘u uyg‘otmaydigan materialga qaraganda, emotsional ruhdagi materialni 0‘quvchi- lar yaxshiroq eslab qolishlarini ko‘rsatadi. 0 ‘qituvchi o‘quv ja- rayonining emotsional tomoni haqida ham qayg‘urishi kerak. Bu muammo juda muhim ahamiyatga ega. Chunki, birinchidan, ta’limning mazmuni nihoyatda murakkablashib, hajmi esa g‘oyat kattalashib ketgan. Uning muvaffaqiyatii o‘zlashtirilishiga erishish uchun o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini kuchaytirish lozim. Ijobiy tuyg‘ular o‘quv mehnatining samaradorligiga kuchli ta’sir etadi. Hafsala bilan bajarilgan faoliyat yuzasidan beg‘araz mu- nozara paydo bo‘ladi, bahslashiladi, befarq qaralgan yoki salbiy munosabatda bo‘lingan ishga esa, hech qanday hafsala bo‘lmay- di. Jamiyatimizdagi mehnat — haqiqiy ijod, quvonch manbayi. 0 ‘qituvchi o‘quvchilarida o‘quv mehnatiga ijobiy munosabatni uyg‘otib, mehnatning haqiqiy ijodga, quvonch manbayiga ayla- nishiga ko‘maklashishi kerak.

Qadimda greklar juda ajoyib iborani qo‘llaganlar: «Talaba — to‘ldirilib turilishi kerak bo‘lgan idish emas, balki yoqib turili- shi lozim boigan mash’aldir». Bu fikrning tagida chuqur ma’no bor. Ta’lim jarayonining bugungi kundagi asosiy talablaridan biri


erkin fikrlovchi, mustaqil tafakkurga ega bo‘lgan shaxsni shakllantirish bo‘lib, yuqorida aytib o‘tilgan metodlardan foydalanish uchqunlardan katta mash’allar paydo bo‘lishini ta’minlab beradi.

Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning bilishga qiziqishlari g‘oyat katta rol o‘ynaydi. Ma’lumki, qiziqish o‘quvchilarning emotsio- nal bezagi, biror buyumni, biror faoliyatni tanlash munosabati va

yo‘nalishidir.

Ma’lumki, psixologiyada o‘quvchilarning ta’lim jarayonidagi qiziqishining ikki turi aniqlanadi. Birinchisi, bevosita, ikkinchisi bilvosita qiziqish. Har bir o‘qituvchi o‘z o‘quvchilarida o‘z fani- ga nisbatan bilvosita qiziqishni tarkib toptirishga harakat qiladi. Qiziqishlar orqali o‘quvchilarda ta’limga faol munosabat namoyon bo‘ladi. Psixologiyada qiziqish — bu shaxsning o‘zi uchun qimmatli yoki yoqimli bo‘lgan muayyan narsa yoki hodisalarga munosabatidir. Qiziqishlar shaxsning muhim va individual xu- susiyatlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Qiziqishlar o‘quvchilar ha- yotida katta rol o‘ynaydi. Ular o‘quv faoliyatini faollashtiruvchi asosiy turtkilar — motivlardir. Qiziqishlar maktab o‘quvchisiga fan asoslarini yaxshiroq o‘zlashtirib olishlariga, aqliy qobiliyat- larning o‘sishiga, bilim doirasining kengayishiga imkon beradi. 0 ‘qituvchilarning vazifasi o‘quvchini qiziqtirib qolgan ishning o‘zi bilan shug‘ullanishga imkon yaratishgina emas, balki unda- gi qiziqishlarni chuqurlashtirish va kengaytirish, ta’sirchan qilish, shuningdek, qiziqishlarining markaziga aylanib qolgan faoliyat bilan shug‘ullanish istagini, maylini shakllantirishdir.

0 ‘quvchilarning muayyan maqsadni ko‘zlab ish tutishida, qi- yinchiliklarni yenga olishida, ishdan chalg‘itadigan narsalar bilan shug‘ullanishdan o‘zini tiya olishida, unda o‘qishga ishtiyoq tarkib toptirishda namoyon boMadigan iroda, ta’lim jarayonida alohida ahamiyat kasb etadi.

Umumiy psixologiya kursidan ma’lumki, iroda bu shaxsning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadining aniqligi, uni amalga oshirish uchun intilishi, maqsad yo‘lida ma’lum bir qarorga kelish tez-

ligi va uni o‘z vaqtida ijro etishi bilan belgilanadigan sifatidir.

485

Ta’lim jarayonidagi o‘quv materialiga bo‘lgan diqqatning barqa- ror bo‘lishida irodaviy zo‘r berishning ahamiyati nihoyatda kat- tadir. Ta’lim jarayonidagi iroda o‘quvchining maktab va uyda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarga tayyor turishida namoyon bo‘la- di. 0 ‘quv materialini o‘rganish, eslab qolish o‘quvchining irodaviy zo‘r berishiga bog‘liq. Iroda o‘quvchilarning fikrlash faoli- yatlarida — masalani yechishga, qo‘yilgan savolga javob topishga va hokazolarga intilishida namoyon boladi. Ular o‘quvchilarda ko‘nikma va malakalarni hosil qilishda ham tarkib topadi.

Psixologlar olib borgan tadqiqotlarda o‘quvchilar tomonidan berilgan materialning o‘zlashtirilishi ko‘p jihatdan irodaning tarbiyalanishiga bog‘liqligi ta’kidlanadi. Irodaviy faollik ta’limning zarur shartidir. 0 ‘quv muassasasidagi ta’lim jarayonining o‘zi o‘quvchilardagi irodani o‘stirish omillaridan biridir. Bunda o‘quvchilarning kun tartibi, o‘qish va oqilona dam olishni bir-bi- ri bilan to‘g‘ri almashtirib turish katta rol o‘ynaydi.

Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning bilish jarayonlarini shakl- lantirishga alohida e’tibor berish lozim. Zero, bilish jarayon- lari juda murakkab faoliyat bo‘lib, unda jonli mushohadadan mavhum tafakkurga, mavhum tafakkurdan esa amaliyotga o‘tila- di, ana shundan so‘ng obyektiv haqiqat bilib olinadi. Binobarin, ta’lim jarayonida o‘quv materalini idrok qilishning ahamiyati katta. Umumiy psixologiya kursidan ma’lumki, idrok bu narsa va hodisalarni sezgi organlariga ta’sir etishi natijasida ularning ki- shi psixikasida yaxlit obrazini paydo bo‘lishidir. Idrok etish jarayoni ta’limning turli shakllarida, ya’ni o‘qituvchining og‘zaki hikoya qilishida, suhbat o‘tkazishda, ma’ruza o‘qishida, kino- dars, televizion parcha, sxemalar va ko‘rgazmali qurollar ko‘rsa- tish, ekskursiyalar o‘tkazish, o‘quvchining o‘ziga darsliklar hamda boshqa qo‘llanmalarni o‘qitish jarayonida rivojlanadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, idrokni tarkib toptirishda o‘quvchi- larning yosh xususiyatlarini hisobga olish nihoyatda muhimdir. Chunki, fazoni, vaqtni va harakatlarni idrok etishda ham yosh xususiyatlarda turli farqlar mavjud bo‘ladi.

Ta’lim jarayonining natijasi o‘zlashtirish, ichki va tashqi faoli- yatni maqsadga muvofiq ravishda o‘zgartirishdir. Ta’lim bir odam- ning boshqasiga bilim va ko‘nikmalar berishidir. Bilim, ko‘nikma

va malakalar ta’lim jarayonining natijasidir. Bilimlarni o‘zlashti- rish jarayoni muammosi P.Ya.Galperin va N. F. Talizina kabi psi- xolog olimlar tomonidan o‘rganilgan. Ular aqliy xatti-harakatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish nazariyasini ishlab chiqqanlar. Mualliflar aqliy xatti-harakatlarni moddiy holda tashqi nutq yor- damida hamda aqliy shaklda, fikrda namoyon bo‘lishini izohlab berdilar. Aqliy xatti-harakatlarning birinchi bosqichi rasm, sxema, diagramma va shartli belgilar tarzida o‘z ifodasini topadi. Aqliy xatti-harakatlarning ikkinchi bosqichi ko‘rgazmalardan olgan tasav- vurlari to‘g‘risida o‘quvchilarning ovoz chiqarib, fikr yuritishidan iboratdir. Uchinchi bosqich esa, subyekt ongida tasavvur, tushun- cha, qonuniyat, xossa, xususiyat, operatsiya, usul tariqasida namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, o‘quvchilarga taklif etiladigan axborotlar aql bovar qilmaydigan darajada tezlik bilan ko‘payib bormoqda. Shuningdek, ularning juda tez eskirib qolib, yangilashni taqozo eti- shi ham o‘z-o‘zidan ma’lum boMmoqda. To‘rtinchi bosqichda ba- jarilgan xatti-harakatlar ichki rejada ovoz chiqarilmay bajariladi. Beshinchi bosqichda esa faoliyatni fikran bajarishga o‘tiladi. Bun- dan ravshan ko‘rinib turibdiki, materialni asosan yodlab olish va xotirada saqlab qolishga asoslanadigan ta’lim hozirgi talablarga qis- man javob bermoqda. 0 ‘quvchilarning hamisha yangilanib turadi- gan axborotlarni mustaqil ravishda o‘zlashtirib borishi va o‘qishni bitirib ketganidan keyin, kishiga jadal sur’atlar bilan o‘sib borayot- gan fan-texnika taraqqiyotidan orqada qolib ketmaslik imkoniyati- ni beradigan qobiliyatlar taraqqiyotini beruvchi tafakkur sifatlarini

tarkib toptirish muammosi birinchi o‘ringa chiqib bormoqda.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, turli individual tipologik xu- susiyatlarga ega bo‘lgan o‘quvchilar uchun ta’limning yago- na qulay, optimal sharoitlarini yaratish mumkin emas. Ammo o‘zlashtirishning samaradorligini oshirishda muammoli ta’lim, noan’anaviy ta’lim usullarini qollash muhim ahamiyatga egadir.

487




Qisman izlanish metodi — o‘qituvchi nazorati ostida tashkil etiladigan metod bo‘lib, u produktiv xarakterga ega, bunda o‘quvchi ijod qiladi.

Tadqiqot metodi — o‘qituvchi yordamisiz tashkil etiladigan ta’lim metodi bo‘lib, u o‘quvchining mustaqil izlanishi, fikrlashi va bilimlar transformatsiyasini talab etadi. Ta’lim jarayoni tashkil etishning o‘ziga xos metodlaridan biri ishchan o‘yinlardir. Ish- chan o‘yinlar munosabatlar tizimini modellashtirish, faoliyat xa- rakteristikasini tashkil etishga yordam beradi.

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta’lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni kiritish ta’kidlanadi. Pedagogik tex- nologiya - bu ta’lim jarayoniga tizimli yondashuv bo‘lib, unda ta’lim jarayonini tashkil etishda texnika va inson imkoniyatlari hisobga olinadi va ularning o‘zaro munosabati ta’limning optimal shakllari yaratilishiga zamin bo‘ladi.

Pedagogik texnologiyalarni quyidagi tarkibiy qismlarga bo‘lish mumkin:

— ta’lim-tarbiya ishtirokchilari shaxsiga qo‘yiladigan ijtimoiy talablar;

— hamkorlik faoliyati a’zolarining kasbiy tayyorgarligi;

— ta’lim jarayonining maqsadi, mazmuni, mohiyati, amalga oshirish vositalari;

— ta’lim jarayonini differensiatsiyalashtirish; — ijodiylik.

Ta’lim texnologiyasi insoniylik tamoyillariga tayanadi. Psi- xologiyada bu yo‘nalishning o‘ziga xosligi talabaning indivi- dualligiga alohida e’tibor berish orqali namoyon boladi. Ta’lim texnologiyalarini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondashuvlarga e’tibor berish kerak:

— ta’limning shaxsga yo‘naltirilganligi. 0 ‘z mohiyatiga ko‘ra bu yo‘nalish ta’lim jarayonidagi barcha ishtirokchilar- ning tolaqonli rivojlanishini ko‘zda tutadi. Bu esa Davlat ta’lim standarti talablariga rioya qilgan holda o‘quvchining

intellektual rivojlanishi darajasiga yo‘naltirilib qolmay, uning

489


ruhiy-kasbiy va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishni ham anglatadi;

— tizimli yondashuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‘zida mujassam qilishi zarur, jarayonning mantiqiyli- gi, undagi qismlarning o‘zaro aloqadorligi, yaxlitligi;

— amaliy yondashuv. Shaxsda ish yuritish xususiyatlarini shakllantirishga ta’lim jarayonini yo‘naltirish, o‘quvchi faoliyatini faollashtirish va intensivlashtirish, o‘quv jarayonida uning barcha layoqati va imkoniyatlarini, sinchkovligi va tashabbuskorli- gini ishga solishni shart qilib qo‘yadi;

— dialogik yondashuv. Ta’lim jarayonidagi ishtirokchi subyekt- larning psixologik birligi va o‘zaro hamkorligini yaratish zarurati-

ni belgilaydi. Natijada esa, shaxsning ijodiy faolligi va taqdimot

eta olishi kuchayadi;

— hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratiya, teng- lik, subyektlar munosabatida o‘qituvchi va o‘quvchining tengli-

gi, maqsadini va faoliyat mazmunini birgalikda aniqlashni ko‘zda tutadi;

— muammoli yondashuv. Ta’lim jarayonini muammoli ho- latlar orqali namoyish qilish asosida o‘quvchi bilan birgalikdagi hamkorlikni faollashtirish usullaridan biridir. Bu jarayonda ilmiy bilishning obyektiv ziddiyatlarini aniqlash va ularni hal qilishning dialektik tafakkurni rivojlantirish va ularni amaliy faoliyat- da ijodiy ravishda qo‘llash ta’minlanadi. Ta’lim texnologiyalarini qollashda:

— axborot berishning eng yangi vosita va usullaridan foydala- nish, ya’ni o‘quv jarayoniga kompyuter va axborot texnologiyalarini jalb qilish;

— o‘qitish usullari va texnikasi: muloqot, keys stadi, muammoli usul, o‘rgatuvchi o‘yinlar, «aqliy hujum», insert, «Birga­

likda o‘rganamiz», pinbord, ma’ruza (kirish ma’ruzasi, vizual ma’ruza, tematik, ma’ruza-konferensiya, aniq holatlarni yechish, avvaldan rejalashtirilgan xatoli, sharhlovchi, yakuniy)lardan foy- dalanish;

490

— o‘qitishni tashkil qilish shakllari: frontal, kollektiv, guruhiy, dialog, polilog va o‘zaro hamkorlikka asoslanish;

— o‘qitish vositalari: odatdagi o‘qitish vositalari (darslik, ma’ru- za matni, tayanch konspekti, kodoskop)dan tashqari grafik or- ganayzerlar, kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish;

— o‘zaro aloqa vositalari: nazorat natijalarining tahlili asosida o‘qitishning diagnostik (tashxis) usullarini qo‘llash;

— o‘quv mashg‘ulotini texnologik karta ko‘rinishida rejalash- tirish o‘quv mashg‘ulotining bosqichlarini belgilab, qo‘yilgan maqsadga erishishda o‘quvchi va o‘qituvchining hamkorlikdagi faoliyatini talabalarning auditoriyadan tashqari mustaqil ishla- rini aniqlab beradi. Shunga ko‘ra boshqarishning samarali usuli

va vositalaridan foydalanish;

— monitoring va baholash. 0 ‘quv mashg‘uloti va butun kurs davomida o‘qitish natijalarini kuzatib borish, o‘quvchi faoliyatini har bir mashg‘ulot va yil davomida reyting asosida baholash muhim sanaladi.

Pedagogik baho psixologiyasi. Bolalar ta’limi va tarbiyasi- ning muvaffaqiyati motivatsiyaga, ya’ni bilimlarni o‘zlashtirish ko‘nikma va malakalarni shakllantirish uchun stimullar mavjud- ligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bogliq bo‘ladi. Bolalar ta’limi va tarbiya- sida namoyon boiadigan motivlar va qiziqishlar rag‘batlantirish va jazolash tizimiga olib keladi. Rag‘batlantirish ijobiy xislatlarni vujudga keltirsa, jazolash salbiy xislatlarning paydo boiishiga to‘sqinlik qiladi. Bunday holat rag‘batlantirish va jazolash to‘g‘ri amalga oshirilgan taqdirdagina amalga oshadi.

Baho o‘zida rag‘batlantirish va jazolashni birlashtirgan pedagogik stimul hisoblanadi: yaxshi baho rag‘batlantiradi, yomon baho jazolash uchun xizmat qiladi. Shuni esda tutish lozim-ki, eng quyi baho ham, eng yuqori baho ham undovchi vazifani bajarmay- di. Masalan, muvaffaqiyatga undovchi eng yaxshi stimul 5 emas, 4 baho, 2, 1 emas, 3 baho hisoblanadi. 5 baho olgan o‘quvchi yanada yaxshiroq o‘qishga harakat qilmay qo‘yadi. Ijobiy yoki salbiy baho- ni doimiy qo‘yish ham undovchi funksiyasini yo‘qotadi.

Predmetga qaratilgan baholar bolaning shaxsiga emas, u bajar- gan ish uchun qo‘yiladi. Bunda subyekt emas, faoliyatning maz- muni, predmeti, jarayoni, natijasi baholanadi. Shaxsiy pedagogik

baholar, aksincha, faoliyat subyektiga tegishli bo‘ladi, faoliyatda namoyon bo‘ladigan shaxsning individual xislatlari, uning inti- lishlari, ko‘nikmalari baholanadi.

Moddiy pedagogik baholar bolalarni o‘quv-tarbiya ishidagi muvafaqqiyatlari uchun turli usullar bilan moddiy rag‘batlanti- rishni nazarda tutadi. Moddiy stimul sifatida bolalar uchun pul, qiziqarli narsalar va boshqa ularning moddiy ehtiyojlarini qondi- ruvchi narsalardan foydalanilishi mumkin. Ma’naviy pedagogik

baho maqtov yoki faxriy yorliqni o‘z ichiga olib, bola harakat- larining axloq normalariga mosligi xarakterlanadi. Natijali peda­

gogik baholar faoliyatning so‘nggi natijasiga tegishli bo‘lib, aso- san unga urg‘u beriladi. Bunda qanday yo‘l bilan erishilganligiga qaramasdan so‘nggi natijaga e’tibor beriladi. Jarayonli pedagogik baholar, natijaga emas, jarayonga tegishlidir. Bunda oxirgi natijaga qanday erishilganligiga emas, natijaga erishishga nima unda- ganligiga urg‘u beriladi. Miqdoriy pedagogik baholar bajarilgan ishning hajmiga tegishli boladi, masalan, yechilgan misollar so- niga e’tibor beriladi. Sifatiy pedagogik baholarda bajarilgan ishning sifatiga e’tibor beriladi.

Pedagogik baho turlari bilan birga bolalarni o‘quv-tarbiya jarayoniga undashning bir necha usullari mavjud. Ular: e’tibor, qo‘llab-quvvatlash, baho, tan olish, maqtov, mukofot, ijtimoiy ro- lini, obro‘sini oshirish.

Pedagogik bahoning mahsuldorligi deganda uning bolalar ta’lim va tarbiyasidagi undovchi roli tushuniladi. Bolada o‘zini o‘zi takomillashtirishga, bilim, ko‘nikma va malakalar egal- lashga, shaxsning ijobiy xislatlarini shakllantirishga, xulq-at- vorning ijtimoiy foydali shakllariga intilishni kuchaytiradigan baho mahsuldor hisoblanadi. Bola shaxsiy-xulq-atvor va intel- lektual taraqqiyotida motivatsiya tashqi va ichki bolishi mumkin. 0 ‘quv-tarbiyaviy faoliyatning tashqi motivatsiyasi dey-

492

Uganda bolaning faolligini tashqi tomondan yollab turuvchi stimullar nazarda tutiladi, ya’ni ular bolani o‘rab turgan at- rof-muhitdan kelib chiqadi va u bolani ma’lum tarzda tutish- ga majburlaydi. Bunday qo‘g‘atuvchilarning ta’siri yo‘qotilsa, o‘quv faolligi ham susayib, yo‘qoladi. Tashqi stimullardan farq- li ravishda ichki stimullar bunday faollikni vujudga keltirishi va yo‘llab turishi mumkin. 0 ‘quv tarbiyaviy faoliyatning ichki motivatsiyasi, tashqi motivatsiyaga qaraganda kuchli boiib, mahsuldor pedagogik baho deganda bolada ta’lim va tarbiyan- ing ichki motivatsiyasini vujudga keltiradigan baho nazarda tutiladi.

Pedagogik baho bolaning yoshiga mos tanlanishi zarur. Pedagogik baho yoshga qarab o‘zgarishi tendensiyalari quyidagilar: Birinchidan, yosh ulg‘ayishi bilan yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash zarurligini tushunish ortadi. Ikkinchidan, bolalikda yillar o‘tgan sayin shaxsning ma’lum xislatlarini egal- lashning ahamiyati ortadi. Uchinchidan, katta bo‘lgan sayin, ayniqsa, maktab davrida ijtimoiy-psixologik stimullarning roli ortadi. To‘rtinchidan, tashqi stimullarga qaraganda ichki stimullarning roli ortib boradi. Turli yosh davrlarida pedagogik baho- ning qulay usullari va sharoitlarini ko‘rib chiqamiz.

Sh.A.Dustmuxamedova tomonidan «Olti yoshli bolalar- ga ta’lim berishda pedagogik bahoning psixologik xususiyatlari» mavzuida ilmiy izlanishlar olib borilgan1. Olimaning ta’kidlashi- cha, pedagogik baholarni formal va mazmunli baholarga ajra- tish mumkin. Olimaning ta’kidlashicha, pedagogik baho 0‘qituv- chining bola bilan munosabat uslubiga, xususan o‘qituvchi tomonidan baholovchi ta’sirning ma’lum tur va vositalarini tan- lashiga bog‘liq. Bunda qattiqqoilik bilan, formal tipdagi baholovchi ta’sirdan ko‘proq avtoritar pedagogik ustanovkalari mavjud o‘qituvchilar tomonidan, yumshoq ko‘ngillik bilan mazmunli

1 Дусмухамедова Ш.А. Психологические особенности педагогической оценки в обучении детей шестилетнего возраста..-М. 1987.-24 с.

motivatsion baho esa demokratik uslubdan foydalanuvchi o‘qituv- chilar tomonidan foydalanishi aniqlangan.

Bolalarni go‘daklik davrida imo-ishora, mimika va pantomi- mika orqali bildiriladigan hissiy-ekspressiv baholash qoilaniladi. Ilk bolalik davrida «yaxshi», «yomon» kabi so‘zlar bilan baholash mumkin. Maktabgacha yosh davrida xulq-atvor qoidalariga rioya qilish, bilim, malaka va ko‘nikmalarni namoyon qilish bilan bog‘liq pedagogik baholar paydo bo‘ladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarni ta’lim va tarbiyaga undashda hamma tomonidan berilgan baho emas, balki bu bolalar qadrlaydigan kattalar, o‘qituvchilar va ota-onalar tomonidan berilgan baho mahsuldor bo‘ladi. 0 ‘smirlar esa kattalar emas, balki tengdoshlari, do‘stlari tomonidan berilgan bahoni ahamiyatli deb biladilar. Ilk o‘spirinlik davrida kattalar tomonidan beriladigan bahoning ahamiyati yanada ortadi.

Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari:

1.                     0 ‘quv faoliyati va uning elementlari nimalardan iborat?

2.                     Ta’lim jarayonida bilimlarni o‘zlashtirish nimaga bog‘liq?

3.                     0 ‘qish motivlari va motivatsiyaga izoh bering.

4.                     0 ‘quv faoliyati motivatsiyasining manbalariga nimalar kiradi?

5.                     Rivojlantiruvchi ta’limning psixologik asoslari nimalardan iborat?

6.                     Dars jarayonida o‘quvchilarni boshqarish texnikasi va usullari.

7.                     Kompyuterlashtirilgan ta’limning psixologik jihatlari.

8.                     Pedagogik baho turlari.

9.                     Ta’limni individuallashtirish deganda nimani tushunasiz?

Mavzuni mustahkamlash uchun test savollari:

1.                     Ta’limga psixologik tayyorgarlik deganda nima nazarda tu- tiladi?

a)    ta’lim beruvchi, ma’lumot usullari, o‘quv motivlari, 0‘qituv-

chining baholashi;

b)    ta’limning maqsadi — nima uchun o‘qitish kerak? Ta’lim­

ning mazmuni — nimaga o‘qitish kerak? Ta’limning metodlari, usullari va pedagogik muloqot yo‘llari, ta’lim beruvchi, o‘quvchi; *c) bolaning obyektiv va subyektiv jihatdan maktab talabiga munosibligi;

d) bola o‘qishni, sanashni bilib olsa.

2.                     Ta’lim jarayonining muvaffaqiyati nimalarga bog‘liq?

a)    ta’limning maqsadi — nima uchun o‘qitish kerak? Ta’lim­

ning mazmuni — nimaga o‘qitish kerak? Ta’limning metodlari,

usullari va pedagogik muloqot yo‘llari, ta’lim beruvchi, o‘quvchi;

b)   motivatsiya, ma’lumot usullari, ma’lumotning tushunarlili-

gi, ma’lumotlarni qo‘llash;

c)    ta’lim beruvchi, ma’lumot usullari, o‘quv motivlari, 0‘qituv-

chining baholash i;

*d) o‘quvchilarga, o‘qituvchining qanday o‘qitishiga.

3.                     0 ‘quv faoliyatining elementlarini to‘g‘ri belgilang.

a)     motivatsiya, xotira, o‘quv topshiriqlari, o‘qituvchining na-

zorati, pedagogik muloqot yo‘llari;

b)    ta’lim beruvchi, ma’lumot usullari, o‘quv motivlari, 0‘qituv-

chining baholashi, pedagogik muloqot yo‘llari;

*c) o‘quv motivlari, o‘quv topshiriqlari, o‘quv harakatlari, o‘qituvchining nazorati, o‘qituvchining baholashi;

d) ta’limning maqsadi — nima uchun o‘qitish kerak? Ta’lim­

ning mazmuni — nimaga o‘qitish kerak? Ta’limning metodlari, usullari va pedagogik muloqot yo‘llari, ta’lim beruvchi, o‘quvchi.

4.                     0 ‘quv faoliyati motivatsiyasining manbalari qaysilar?*a) ichki, tashqi, shaxsiy motivlar; b) bilim, ko‘nikma va malakalar;

c)    ustanovka, qadriyatlar, orttirilgan qobiliyatlar;

d)    intellektual malakalar.

5.                     0 ‘qish jarayonida harflar shaklini farqlash qanday malaka- ga misol bo‘la oladi?

a)    sensor malaka;

b)   motor malaka;*c) intellektual malaka; d) sensomotor malaka.

XXII BOB. TARBIYA PSIXOLOGIYASI

Reja:

1.    Tarbiyaviy texnologiyalarning psixologik jihatlari.

2.    Turli yosh bosqichlarida tarbiya xususiyatlari.

3.    Shaxs shakllanishiga oilaning ta’siri.

4.    Shaxs tarbiyasida madaniyat.

Mavzuning o‘quv maqsadi:

Ta’limiy: Talabalarga tarbiya tushunchasining mohiyatini, uning shaxs kamolotidagi o‘rnini, tarbiyaviy texnologiyalarning psixologik jihatlari, turli yosh bosqichlarida tarbiya xususiyatlari, shaxs shakllanishiga oilaning, madaniyatning ta’sirini tushun- tirish, ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligi va unga ta’sir etuvchi omillar to‘g‘risidagi bilimlarini rivojlantirishdan iborat.

Tarbiyaviy: Milliy an’analar, urf-odatlarimizning tiklanishi, milliy, umumbashariy va umumma’naviy qadriyatlarga asoslan-

gan axloq normalarini yaratish va ularni bolalarimiz, yoshlarimiz ongiga singdirish orqali ularni jamiyatimiz uchun fidokor, bilim- don inson qilib tarbiyalash asos bo‘la olishini uqtirish, talabalar- da o‘qituvchi va tarbiyachiga xos kasbiy va shaxsiy sifatlarni tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi: Talabalarda tarbiya usullarini egallash va un- dan oqilona foydalana olish malakalarini shakllantirish.

Tayanch tushunchalar: shaxs, guruh, axloq, tarbiya, xulq-atvor motivlari, shaxsning yo‘nalganligi, e’tiqod, shaxsiy namuna, o‘z-

o‘zini tarbiyalash.

22.1. Tarbiyaviy texnologiyalarning psixologik jihatlari

Jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida ham davr talabi- ga munosib boigan yosh avlodni tarbiyalash muammosi hamisha dolzarb ahamiyatga molik bolib kelgan.

Tarbiya tarbiyachi tomonidan tarbiyalanuvchida barqaror ax- loqiy xislat va xulqiy fazilatlarni tarkib toptirish, shakllantirish maqsadida tarbiyalanuvchining ongiga aniq maqsad yo‘lida tarbiyaviy ta’sir etish jarayonidir.

496


Tarbiya — bu shaxsning ijtimoiy, ma’naviy va ishlab chiqarish faoliyatiga tayyorlash maqsadida uning ma’naviy, jismoniy kamolotiga muntazam ravishda ta’sir ko‘rsatish jarayonidir.

Tarbiya — bolaning ijtimoiy muhitda o‘z o‘rnini topishni o‘rganishi hamda insonning hayotiy ko‘nikma va malakalarga ega bolishidir. Ta’lim jarayonining markazida shaxsning bilish va anglash jarayoni, uning qobiliyati, ilm o‘rganishi yotsa, un- dan farqli o‘laroq tarbiya insonni shaxs sifatida shakllanishiga, uning dunyoqarashi va jamiyatga munosabatiga qaratiladi. Tarbiya — bu alohida jarayon emas, balki o‘qitishning bir tomo- ni bo‘lib, u bilan umumiy va farqli tomonlarga egadir. Bilim berish va tarbiyaga, asosan, insonning ijtimoiy ko‘nikma olish mexanizmining o‘ziga xos jihatlarini kiritish mumkin. Tarbiya jarayonida shaxsning sifat va xossasi, ijtimoiy xulq-atvori va shakllari nazarda tutilsa, o‘qitishda bilim, ko‘nikma va malaka- lar inobatga olinadi.

Tarbiya jarayonining ilmiy asoslari bilan, psixologiyadan tashqari falsafa, sotsiologiya va pedagogika fan lari shug‘ullana- di. Holbuki, psixologiya fanisiz tarbiyaning asosiy muammolari hal qilinib boimagan holda to‘g‘ri qo‘yilishi ham mumkin emas, chunki ularni anglash negizida shaxs psixologiyasi, insoniy munosabatlar, har xil ijtimoiy jamoalar psixologiyasini bilish yotadi.

Barcha uchun umumiy bo‘lgan yoki o‘quvchilarga individual tavsiyalar berishda umumiy psixologiya va yosh davrlar psixologiya- siga tayaniladi.

Tarbiya uning maqsadlarini aniqlashdan boshlanadi.

Tarbiyaning bosh vazifasi - jamiyat hayotida zarur bo‘lgan kerakli sifatlarni o‘zida mujassamlashtirgan shaxsni shakllantirish va rivojlan- tirishdan iborat.

Tarbiya jarayonida doimiy va o‘zgarmas maqsad qo‘yilmay- di, chunki o‘zgarmas maqsad har qanday jamiyatga ham mos bo‘lavermaydi. Jamiyat tuzilishi va ijtimoiy munosabatlar o‘zga- rishi bilan tarbiya maqsadi o‘zgaradi.

Tarbiya turli xil davrlarda va turli xil jamiyatlarda o‘zgar- mas jarayon bo‘lib qolmaydi. Tarbiyaning maqsadlari, mazmuni, shakl va metodlari har bir tarixiy davrda o‘ziga xos xususi-

yatlarga ega bo‘ladi. Inson shaxsini shakllantirish bo‘yicha har bir ijtimoiy tuzum yo‘nalishiga mos ravishda talablar qo‘yiladi. Tarbiyaning barcha tarixiy davrlar uchun xos bo‘lgan ba’zi bir umumiy belgilari ham mavjud. Pedagogik g‘oyalar va tarbiyaviy ishni rivojlantirishda muayyan darajadagi aloqa va ma’lum bir davomiylik mavjud. Jumladan, asrlar davomida dars maktabda o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishning asosiy shakli bo‘lib kel- di va shunday bo‘lib qolmoqda. Qator o‘quv predmetlari mazmuni ma’lum darajada saqlanib qolayapti. Ayni chog‘da tarbiyada

va ta’lim berishda g‘oyaviy tomondan betaraf qoladigan jihatlar borligini ham unutmaslik lozim. Tarbiya va ta’limning tashkiliy shakllarini aniq to‘ldirish, maktab ishining u yoki bu masala- larini izohlashda turli davrlarda turlicha yondashuvlar mavjud bo‘lgan.

Tarbiya jarayonining texnologiyasini quyidagicha sharhlash mumkin:

Agar jamiyat o‘z taraqqiyot davrida ma’lum bir rivojlanishga, madaniyatga va ma’naviyatga erishgan bo‘lsa va uni saqlab qo- lishni hamda yuksaltirishni istasa, uning tarixida turli xil o‘zga-

498




boshqa xususiyatlaridan qat’i nazar, uning huquqlari albatta to‘la- to‘kis tan olinishi lozimdir.

Majburiyat yoki javobgarlikni his qilish — erkinlikning qara- ma-qarshi jihati bo‘lib, bu shaxsning manfaatlariga xizmat qiladi. Majburiyatsiz erkinlik — bu o‘zboshimchalik, pala-partishlik hisoblanadi. Erkinliksiz majburiyat esa — bu qullikdir. Unisi yoki bunisi o‘zaro bir-birini to‘ldirganda yoki boglanganda mustaqil- lik mavjud bo‘lishi mumkin. Majburiyatni yana boshqacha tal- qin qilinsa, insonning o‘z ixtiyori bilan jamiyat hayoti va boshqa insonlar taqdiri uchun javobgarlikni o‘z ustiga olishi tushunila- di. Hozirgi zamon tarbiyasining umumiy maqsadi bolani yuk- sak axloqli, ruhiy jihatdan boy, qalban ozod, erkin, burch va majburiyatni his qila oladigan shaxs sifatida shakllantira olish- dir. Tarbiyaning umumiy maqsadi bilan bir qatorda maxsus ij­

timoiy maqsadlari ham kelib chiqishi mumkin. Ular tarixning ma’lum davrida o‘zgaruvchan talablar bilan jamiyat taraqqiyo-

tining dolzarb muammolarini bayon etishi va rivojlanishiga hissa qo‘shishi lozim. Ma’lum vaqtdan so‘ng jamiyat taraqqiyoti o‘zi- ning ma’lum bir bosqichidan o‘tgandan keyin rivojlanish yana da- vom etadi va talablar ham o‘zgaradi. Tarbiyaning maqsad va va- zifalaridan biri bu jamiyat taraqqiyotining zamonaviy rivojlanish bosqichlariga javob bera oladigan maxsus tashabbuskor o‘quvchi- larni yetishtirish, shaxsni o‘z-o‘zini hurmat qiladigan va intiluv- chan qilib tarbiyalashdan iboratdir.

Yuksak tafakkur namoyandalarining, xususan faylasuflar- ning risolalarida hamda badiiy adabiyotning yirik vakillari asar- larida ijtimoiy-siyosiy va axloqiy ta’limotlarga, ayniqsa, keng o‘rin berilgan. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, o‘tmishda ax- loqshunoslik sohasida ijod qilib, shu fan taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shgan mutafakkirlarimiz talaygina.

Abu Nasr Forobiy bolalarni axloqli, nazokatli qilib tarbiyalash- da musiqa bilimining ahamiyati haqida bunday deydi: «Bu fan shu ma’noda foydaliki, kimning fe’l-atvori muvozanatni yo‘qot- gan bo‘lsa, u tartibga keltiradi, kamol topmaganlarni kamolga

500


yetkazadi va muvozanatli boMganlarni muvozanatini uzoq mud- datga saqlaydi. Musiqa ruhni davolaydi, uning so‘zlarining ta’siri bilan ruhiy quvvatlar o‘z substansiyasiga uyg‘unlashadi va tartib- ga, muvozanatga keladi».

Forobiy o‘zining «Iso-al-ulum» kitobining oxirgi bo‘limida:

«Inson aqli faqat bilim bilan cheklanmaydi, balki odat va qa- rashlarni o‘zining maqsadlariga bo‘ysundira olishi va yo‘naltiri- shi, o‘zgartirishi ham mumkin», — deb yozadi. Uning fikricha, har bir kishi bilimlarni yaxshi egallamog‘i, yaxshi va barkamol

tarbiya olmog‘i, eng yaxshi fazilatlarga ega bo‘lmogi kerak. Forobiy fikricha, kishidagi tub g‘oya — saodatdir. Tarbiya vositasi bilan bolalarda hosil qilinadigan barcha insoniy, axloqiy fazilatlar shunga qaratilmog‘i kerak.

Insonning tabiatini o‘zgartiradigan, uning shaxsini tarkib to- pishiga ta’sir qiladigan kuch ijtimoiy omillar yoki boshqacha qilib aytganda, jamiyat ishlab chiqarish kuchlari hamda ishlab chiqa- rish munosabatlarining o‘sishi va o‘zgarishidir. Bundan tashqari inson shaxsining tarkib topishiga ta’sir qiluvchi yana bir kuch- li omil — inson orttirgan tajribalarining tarbiya vositasi orqali bolalarga berilishidir. Shunday qilib, inson shaxsi juda murakkab psixologik kategoriya bo‘lib, u kishining individual hayoti davomida ma’lum konkret omillarning ta’siri ostida sekin-asta tarkib

topadi. Ilmiy manbalarga qaraganda inson shaxsi uchta omillar ta’sirida tarkib topadi. Ulardan birinchisi, odam tug‘ilib o‘sa- digan tashqi ijtimoiy muhitning ta’siri bo‘lsa, ikkinchisi, odam- ga uzoq muddat davomida tizimli ravishda beriladigan ijtimoiy ta’lim-tarbiyaning ta’siridir va nihoyat, uchinchisi odarnga nasliy yo‘l bilan beriladigan irsiy omillarning ta’siridir.

Insonning psixik taraqqiyotida va shaxsiy sifatlarining tarkib topishida tashqi, ijtimoiy muhit va tarbiyaning roli hal etuvchi ahamiyatga egadir. Lekin, inson shaxsining tarkib topishi, yuqo- rida aytib o‘tganimizdek, faqat shu ikkita omilga emas, balki uchinchi bir omilga ham bogiiqdir. Bu omil nasliy yo‘l bilan ayrim anatomik va biologik xususiyatlarning ta’siridir. Masalan:




biri murakkab qurilmadan iborat bo‘lgan hamda shartli ravishda to‘rtta o‘zaro mustahkam bogiangan funksional bosqichlarga bir- lashtiriladi:

Shaxsning ana shu ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan barcha si- fatlari ijtimoiy taraqqiyotning yuksak ongli faoliyatchisi sifatidagi shaxsning xulq-atvori va xatti-harakatlarini belgilaydi.

Birinchi tizimning hosil bo‘lishida analizatorlar o‘rtasidagi doimiy tabiiy aloqani aks ettiruvchi filogenetik mexanizmlar katta rol o‘ynaydi. Biroq, bu ilgari yuqorida ta’kidlab o4ganimizdek, ontogenez jarayonida filogenetik analizatorlar o‘rtasidagi aloqa vaqtli aloqalar bilan organik jihatdan qo‘shilib keladilar. Bunda mazkur tizimning ichida perseptiv tizimga o‘tib ketadigan yuksak

darajada integratsiyalangan ma’lum ichki sensor komplekslarni hosil qiladi. Bunday komplekslar qatoriga nutq, eshitish, ko‘rish hamda sensomotor komplekslarni kiritish mumkin. Mana shu komplekslarning hammasi odamning hayot-faoliyati jarayonida o‘zaro bir-biri bilan doimiy aloqaga kirishib, sensor-perseptiv uyushishning yagona funksional dinamik tizimini yaratadi. Insonning sensor-perseptiv jihatlari doimo takomillashib boradi.

Ikkinchi tizim barqaror psixik holatlarni o‘z ichiga oladi. Bu holatlar bolaning aniq maqsadni ko‘zlovchi va foydali faoliyatining ongli subyekti sifatida boshlagan harakatlarining dastlabki yillaridayoq shakllana boshlaydi. Temperament, intellekt, bilim va munosabat ana shunday xususiyatlar jumlasiga kiradi.

Uchinchi tizim — shaxsni arbob sifatida stabilizatsiya tizimidir. Yo‘naltirilganlik, qobiliyat, mustaqillik va xarakter uning tarkibiy qismini tashkil etadi.

Yo‘naltirilganlik — shaxsning integral va generalizatsiya qilin- gan xususiyatidir.

Yo‘naltirilganlik bilim, munosabatlarning hamda shaxsning xulq-atvori va xatti-harakatlarida ijtimoiy ahamiyat yetakchilik qilgan motivlarning bir butun ekanligida o‘z ifodasini topadi. Bu xususiyat odamning dunyoqarashi, qiziqishlari va ma’naviy ehti- yojlarida namoyon bo‘ladi.

Yo‘naltirilganlik strukturasida g‘oyaviy e’tiqod katta rol o‘ynay- di. G ‘oyaviy e’tiqod — bu bilimning, o‘sha shaxsga xos boigan intellektual, emotsional va iroda sifatlarining sintezi, g‘oyalar va xatti-harakatlar bir butunligining negizidir.

To‘rtinchi tizim o‘z ichiga shunday xususiyatlar, munosabat- lar va xatti-harakatlarni oladi-ki, ularda real shaxslarning ijtimoiy «o‘y fikrlari va his-tuyg‘ulari» aks ettiriladi. Ular bu shaxslarning siyosiy jihatdan ongli, ijtimoiy taraqqiyotning mas’ul arboblari sifatida xulq-atvorini belgilab beradi. Bunga gumanizm, optimizm va mehnatsevarlik fazilatlari kiradi.

Shaxs shakllanishida u yashayotgan muhit, kishilar, jamiyat- ning roli juda kattadir. Masalan, biron mahallada inson shaxsining tarkib topishiga faol ta’sir ko‘rsatuvchi yuzta o‘ziga xos ij­

timoiy muhit bor degan ma’noni bildiradi. Bu yerda shunday bir savol tug‘iladi: «Tashqi muhit inson shaxsining tarkib topishiga qanday ta’sir qiladi?»

Birinchidan, ijtimoiy muhitdagi turli hodisalar odamning on- giga bevosita ta’sir qilib, unda chuqur iz qoldiradi.

Ikkinchidan, tashqi ijtimoiy muhit ta’sirining chuqurroq va mustahkamroq bo‘lishiga odamning o‘zi yordam beradi. Ma’lum- ki, bolalar o‘z tabiatlariga ko‘ra, ilk bolalik chog‘laridan boshlab, nihoyat darajada taqlidchan bo‘ladilar. Bolalar katta odamlarning

barcha xatti-harakatlariga bevosita taqlid qilish orqali bu xat- ti-harakatlarni, yaxshi-yomon fazilatlarni o‘zlariga singdirib bo- radilar. Bolalar oilada, ko‘cha-ko‘yda, katta odamlarning har bir harakatlarini, o‘zaro munosabatlarini zimdan kuzatib turadilar.

Inson shaxsining tarkib topishida tashqi ijtimoiy muhitning roli haqida gap borar ekan, shuni ham ta’kidlab o‘tish zarurki, ay- rim g‘ayritabiiy hodisalar inson shaxsining tarkib topishida tashqi muhit ta’sirining hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini to‘la tas- diqlaydi. Biz ayrim tasodifiy hollarda odam bolalarining yovvoyi hayvonlar muhitiga tushib qolish hodisasini nazarda tutayapmiz. Hayotda bunday hodisalar juda siyrak bo‘lsa ham har holda uch- rab turadi. Masalan, hindistonlik doktor Sing Kalkutta yaqinida-

504

gi o‘rmonzorda bo‘ri bolalari bilan birga ikkita odam bolasining ham to‘rt oyoqlab yugurib yurganini ko‘rib qoladi. Keyin ularni poylab, qarorgohlarini topib, bolalarni olib ketadi. Ulardan bi- riga Amala, ikkinchisiga Kamala deb nom qo‘yadi. Shu narsa

xarakterliki, bolalar yoshlikdan bo‘rilar muhitiga tushib qolgan- liklari tufayli, fe’l-atvorlari, xatti-harakatlari jihatidan bo‘rilardan farq qilmas edilar. Nutq yo‘q, demak tafakkur ham nihoyat dara- jada cheklangan edi. Juda katta qiyinchiliklar bilan qayta tarbi- yalanayotgan bo‘ri muhitidagi bolalar shamollash natijasida o‘lib qoladilar. Bu hodisa odamning shaxs sifatida rivojlanishi uchun eng avval insoniy muhit, ya’ni ijtimoiy muhit bo‘lishi kerakligini to‘la tasdiqlaydi. Shaxs va uning psixologiyasiga ta’sir etuvchi ikkinchi omil ta’lim-tarbiyaning ta’siridir. Ma’lumki, ta’lim-tar- biya inson ongini shakllantiradi, uning dunyoqarashi, e’tiqodi, hayotga bo‘lgan munosabatini tarkib toptiradi. Agar bolalarning ruhiy taraqqiyotlari va shaxsiy xususiyatlarining tarkib topishi

faqat tashqi ijtimoiy muhit bilan, ta’lim-tarbiyaning o‘zigagina bogiiq bo‘lganda edi, unday paytda biz bir xilda sun’iy va aynan bir xil ta’lim-tarbiya sistemasini tashkil qilib, har tomondan

bab-baravar taraqqiy etgan va deyarli bir xil shaxsiy xususiyat- larga ega shaxslarni yetishtirib chiqarar edik. Vaholanki, bunday bo‘lishi mumkin emas. Shuni aytib o‘tish kerakki, bola shaxsi- ning tarkib topishiga ta’lim-tarbiyaning ta’siri deganda, albatta, birinchi navbatda tarbiya muassasalarida, ya’ni bog‘cha, maktab, internat, litsey va kollejlarda beriladigan ta’lim-tarbiya tushuni- ladi. Biroq, bundan oilada bolaga beriladigan ta’lim-tarbiya mut- laqo mustasno emas. Oiladagi umumiy ijtimoiy muhitdan tash- qari, oilada beriladigan ta’lim-tarbiyaning ham roli kattadir. Bola tarbiyasi bilan sistemali shug‘ullanadigan va umuman shug‘ullan- maydigan oilalarga misollar keltirish mumkin.

Odamning ruhiy taraqqiyoti va shaxsiy xususiyatlarining tarkib topishi haqida gapirar ekanmiz, yana bir muhim narsa ustida to'xtab o‘tish kerak. Hozirgi kunda tez-tez akseleratsiya terminini ishlatayapmiz. Xo‘sh akseleratsiya bu nima? Akselerat-


siya «tezlatish» degan ma’noni anglatadi. Hozirgi kunda bolalarni ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan juda jadallik bilan rivojlana- yotganliklarining guvohi bo‘lib turibmiz. Xo‘sh, buning sababi nima bo‘lishi mumkin? Albatta, bunga turli fikrlar bor. Ayrim olimlar akseleratsiyaning sababini ilmiy-texnika taraqqiyoti bilan boglab tushuntirishga intilmoqdalar. Ularning fikricha, ilmiy- texnikaning juda jadal temp bilan rivojlanishi insoniyatning ol- diga mislsiz ko‘p axborotlarni idrok qilish va fikrda qayta ishlash talablarini qo‘yadi. Bu talab o‘z navbatida insonni har tomonla- ma, ya’ni ham jismoniy, ham psixik jihatdan tez rivojlanishiga olib keldi. Yuqorida aytib o‘tilgan olimlarning fikricha, aksele- ratsiya — bu XX asrning ikkinchi yarmiga xos bo‘lgan hodisadir.

Tarbiyali bo‘lish — bu xulq-atvorini nazorat qilishdan iborat- dir. Bunday nazorat insonga yomon xatti-harakatlarni bajarmas- lik imkoniyatini beradi. Agar shaxs xulq-atvorini axloqiyligi haqida qayg‘ursa, u ijtimoiylashuvga erishgan boiadi.

Tarbiyalanganlik ijtimoiylashuvni o‘rganish jarayoni sifatida qaraladigan yosh psixologiyasida olingan natijalarga asosla- nadi. Bola o‘zini egotsentrik emas, balki tarbiyali tutishi uchun tarbiyalanganlik qanday rag^batlantirilishi kerak? Tarbiya o‘z mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy jihatdan ijobiy ehtiyojlarni hosil qi- lishidir. Agar ta’lim shaxsning ongini shakllantirish bo‘lsa, tarbiya uning ongsizlik sohasiga ta’sir etishdir. Bolalarga ularni tarbi- yalaydiganlarga hissiy yaqinlik xos. Odatda 6 oylik bolalar unga g‘amxo‘rlik qiladigan ota-onasiga bog‘lanib qoladilar. Ota-ona- ning oldida, ular bilan muloqotda bo‘lish bolalarga juda yoqa- di, ularning yo‘qligi bolaga yoqmaydi. Ota-onaning glamxo‘rli- gini bildiradigan so‘zlar, xatti-harakatlar bola uchun juda katta ahamiyatga ega, uni erkalamaslik, suymaslik salbiy ahamiyatga ega bo‘ladi. Xulq-atvorning dastlabki ijtimoiylashuvi xuddi shu o‘rganish jarayoni orqali sodir bolishi mumkin: xulq-atvorning istalgan shakllari g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan taqdirlanadi, ku- tilmagan shakllari esa qollab-quvvatlanmaydi. Lekin, yaxshi xulq-atvorni rag‘batlantirish va yomon xulq-atvor uchun jazolash

506


axloqiy ijtimoiylashuvning kichik bir qismidir. Biz ko‘rib chiqqan xulq-atvor hamma bolalarga ham taalluqli emas.

Bolalarni tarbiyalash samaradorligini oshirishda an’ana va urf-odatlarning roli katta. Xalq urf-odatlari, an’analari va maro- simlari katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Ular odamlarni bir-bi- riga yaqinlashtiradi, do‘stlik-birodarlik his-tuyg‘ularini rivojlanti- radi. Bular o‘z navbatida yoshlar uchun ibrat namunasini o‘taydi.

Tarbiya jarayonida g‘amxo‘rlikning funksiyasi kattadir. Bolalar befarq ota-onalarga nisbatan g‘amxo‘r ota-onaga ko‘proq taqlid qiladilar. G ‘amxo‘r ota-onalar bolaning salbiy xulq-atvorini qo‘llab-quvvatlamaganda, bola o‘z xatti-harakatlarining oqibati- ni ertaroq anglaydi.

Tarbiyaviyjarayonni amalga oshirishda g‘amxo‘rlik bilan bir qa- torda yaxshi ko‘rishga asoslangan intizomga rioya qilish zarurdir. Bu bola bilan doimiy muloqotni, tushuntirishni, muhokama qi- lishni, agar bolaning xulq-atvori shuni talab qilsa, og‘zaki tanbeh

berishni, yaxshi xulq-atvor uchun taqdirlashni nazarda tutadi.

Bola shaxsi rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini uning ilk davrlardagi rivojlanish ini aniqlamasdan turib tushunish qiyin. Axloqiy rivojlanish ilk bor shaxsning umumiy xususiyatlari va xislatlari shaklida shakllanishi haqidagi g‘oyalar ilk bor X.Xart- shorn va M.Meylar tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, ularning fikricha, axloqiy xulq-atvorni keltirib chiqaruvchi va faoliyat- ga undovchi fenomenlar aniqlanmaguncha axloqiy rivojlanishni o‘rganib bo‘lmaydi. X.Xartshorn va M.Meylar olib borgan tad- qiqotlarning asosiy maqsadi axloq normalariga rioya qilishda bola shaxsining umumlashgan xislatlarini shakllantirish muhim rol o‘ynaydimi yoki xususiy axloqiy odatlar ahamiyatliroqmi, degan savolga javob topish bo‘lib, tadqiqotlardan shu narsa aniqlanadi- ki, axloqiy normalarni bola ongiga singdirilishida xususiy odat- larni yuzaga keltirish va o‘ziga xos ta’lim nazariyasiga asoslanish ustunligi yaqqol namoyon bo‘ladi.

0 ‘quvchilar tomonidan ba’zi bir axloqiy tushunchalar va tasav- vurlarning o‘zlashtirilishi va ularning bola shaxsiga bo‘lgan ta’si-


rini psixologik nuqtayi nazardan o‘rgangan V.A.Krutetskiy o‘z tadqiqotida 10 ta asosiy tushunchani tanlab oladi. Bular: qat’iylik, sezgirlik, faxrlanish, haqgo‘ylik, mardlik, bir so‘zlilik, kam- suqumlik, qo‘rqmaslik, faxrlanish, burch kabilardir. Olim o‘tkaz- gan tadqiqotidan shunday xulosaga keladiki, o‘quvchilar ushbu tushunchalarni mukammal tushunishlari va hayotga tatbiq etish- lari uchun:

o‘quvchilar faolligini oshirish;

ularda emotsional qo‘zg‘alishni vujudga keltirish;^j

hayotiy faoliyatdan keng foydalanish;

bir-biriga qarama-qarshi tushunchalarni chuqur

tahlil qilish zarur ekan.

0 ‘quvchilarda o‘z-o‘zini anglashda shaxs axloqiy hislarining ba’zi bir jihatlari masalalari P.I.Razmislov, jamoa oldida burchni rivojlantirish xususiyatlari A.L.Shnirman, burch hissini tushunish muammolari A.S.Alyakrinskaya, axloqiy jihatdan o‘zini aniqlash muammolari V.I.Shardakovlar tomonidan o‘rganilgan.

22.2. Turli yosh bosqichlarida tarbiya xususiyatlari

Bolada shaxs xislatlari uch yoshda namoyon bo‘la boshlaydi. Bu esa uni uch yoshdan boshlab tarbiyalash zarurligini bildir- maydi. Bolani hayotining birinchi oylaridan boshlab tarbiyalash zarur, faqat uning tashqi ko‘rinishlari maktabgacha yosh davri- ning boshida namoyon bo‘ladi. Ilk bolalik davrida berilgan tar­

biya butun bolalik davrida namoyon boiadi. Tarbiya ona bilan bolaning muloqotidan boshlanadi, bu esa bolaning keyingi shaxsiy rivojlanishini belgilab beradi. Zamonaviy psixologiyadagi so‘nggi tadqiqotlarda aniqlanishicha, onadan bolaga yoki chaqa-

508


loqlik davrida onaning o‘rnini bosuvchi shaxsdan insoniy emot- sional o‘zaro munosabatlar bilan bog‘liq ko‘pchilik sifatlar o‘tadi.

Bola ikki yoshga to‘lganda muhim shaxs xislati hisoblangan va keyingi hayoti davomida butun umr saqlanib qoladigan — inson- larga bog‘lanib qolish xislati shakllanadi. Bolada kimgadir sim- patiya paydo bo‘ladi, ana shu yoqtirgan insonning oldida ko‘proq bo‘lishga harakat qiladi, unga ko‘proq yordam so‘rab murojaat qiladi. Bola bog‘lanib qolgan shaxs boshqalarga nisbatan ko‘proq unga kuchli tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishi mumkin.

Ilk bolalik davrida bolada axloqiy ongni emas, balki axlo- qiy hislarni tarbiyalash haqida so‘z yuritish mumkin. Bolalarni axloqiy tarbiyalash masalalari bilan bir qancha xorij olimlari shug‘ullanishgan. Ulardan J.Piaje, L.Kolberglarning ta’kidlashi- cha, bolalar maktabga o‘qishga borguncha axloqiy ong darajalari konvensial axloqqacha bo‘lgan davrda bo‘ladi. Ushbu axloq turi

shu bilan tavsiflanadiki, kattalar bola uchun axloqiy fikrlar man- bayi va axloqiy darajada taqlid qilish namunasi hisoblanadi. Le- kin Piaje va Kolberg ishlarida ham qachon va qanday qilib bolani axloqiy tarbiyalash jarayonini boshlash kerakligi haqida tavsiyalar keltirilmagan.

Ilk bolalik davrida axloqiy tarbiya bilan bir qatorda intizom- ni, jismoniy va gigiyenik tarbiyalash muhim ahamiyatga ega. Tar- tib intizomni tarbiyalash bolada o‘z xohish, istaklarini boshqarish, vaziyatli motivatsion ehtiyojlarni jiddiy muhim maqsadlarga erishishga bo‘ysundirishni nazarda tutadi. Ilk bolalik davrida jismoniy tarbiya nafaqat sog‘liqni mustahkamlash, bolalarning kuchi va chidamliligini shakllantirish, balki intellektual rivojlani­

shi uchun ham zarurdir. Shuningdek, ilk bolalik davri elementar gigiyenik malakalarning shakllanishi uchun senzitiv davr hisoblanadi. Elementar gigiyenik malakalarni shakllantirish bolani inti-

zomga o‘rgatadi, bu esa unda boshqa ijobiy shaxs xislatlari, jum- ladan saranjom-sarishtalik, batartiblikka o‘rgatadi.

Maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarni tarbi- yalashda ularning uy mehnatida ishtirok etishi muhim ahami-

509


yatga ega. 4—5 yoshligidan boshlab bolaning uyda doimiy baja- radigan majburiyatlari bo‘lishi maqsadga muvofiq. Uy mehnatida ishtirok etish tufayli bolada saranjom-sarishtalik, mas’uliyatlilik, mehnatsevarlik va boshqa foydali xislatlar shakllanadi. Bolaning shaxs sifatida shakllanishi va tarbiyalashda asosiy mehnat turlari — bu uy ishlariga yordamlashish, ota-onalar bilan birgalikda iqtisodiy masalalarni hal qilishda ishtirok etish, ovqat pishirishda yordamlashish, o‘simliklar va gullarni parvarishlash va hayvon- larga qarash va b. Maktabgacha yoshdagi bolalar o‘zlari o‘ynay- digan, dam oladigan joylarini yig‘ishtirishda, bezashda ishtirok etishlari muhim, kichik maktab yoshidagi bolalar dars tayyorla- gan joyini yig‘ishtirishi lozim. Har bir bolaning uyda kichik, ish burchagi bolishi lozim.

Uy ishlariga yordamlashish bolada batartiblik va tozalikni rivojlantiradi. Uy mehnati orqali tarbiyalashning boshqa jihati — iqtisodiy jihat bolib, bunda bola oila budjetini tejab-tergab foyda- lanish haqida tasavvurlari va malakalari shakllanadi.

Uy mehnatining turlaridan biri o‘z-o‘ziga xizmat qilishdir.

Bunda bolada mustaqillik, o‘z-o‘ziga xizmat qilish qobiliyati shakllanadi. Bolalarning qishloq xo‘jalik ishlarida, o‘simliklar va hayvonlarni parvarishlashda ishtirok etishi — ekologik va axloqiy tarbiyaning kuchli qurolidir.

Maktabgacha yosh davrida o‘yin yetakchi faoliyat bo‘lgani bois, u katta tarbiyaviy ahamiyatga ham ega. Obyinning tarbiyaviy funksiyalaridan biri shundan iboratki, u bolaning turli eh- tiyojlarini qondirish va uning motivatsion sohasini rivojlantirish vositasi hisoblanadi1.

0         ‘qish faoliyatida bola nafaqat o‘rganadi, bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallaydi, balki tarbiyalanadi ham, ya’ni ma’lum shaxs xislatlari layoqatlar, qobiliyatlar, qiziqishlar, ehtiyojlar, xa- rakter xislatlari ham shakllanadi. Kichik maktab yoshining oxi-

1         Немов P.C. Психология. Книга 2. Психология образования. -М .:

ВЛАДОС. 2003. С.436.

510

riga kelib bolada muvaffaqiyatga erishish yoki muvaffaqiyatsizlik- dan qochish ehtiyoji shakllanadi. Boladagi muvaffaqiyatga erishish intilishini to‘g‘ri tarbiyalash ko‘proq kattalar va bolalarning muloqot uslubiga bog‘liq. Boshlang‘ich sinflarda o‘qish davrida mu- vaffaqiyatsizlikdan qochadigan va aksincha muvaffaqiyatga in- tilishga harakat qiladigan o‘quvchilarning onalari farzandlariga turlicha munosabatda bo‘lishi aniqlandi:

1.       Farzandlarining yutuqlarini baholashda individual norma- larga yoki erishilgan natijalarga emas, o‘rtacha ijtimoiy normalar- ga mosligi e’tiborga olingan. Ular uchun farzandlarining yutuqlari shu yoshdagi boshqa bolalarning yutuqlariga mosligi muhim.

2.       Bunday onalar farzandlarining xohishlarini kamroq e’tibor­ga olishadi, uy vazifalarini bajarish jarayonini qattiq nazorat qili- shadi, bolani mustaqil ishlashga yoki mustaqil qaror qabul qilish- ga undashmaydi. Bolaga yordam ham maslahatlar tarzida emas, balki uning faoliyatiga bevosita aralashish, bolaga o‘z fikrini o‘tkazish tarzida amalga oshiriladi.

3.       Bunday onalar ko‘pincha farzandlarida qobiliyatlar yo‘q- ligidan noliydi. Nafaqat qobiliyat, balki intilishning yetishmasligi- da ham farzandlarini ayblaydilar, farzandlarining muvaffaqiyat- larini oson topshiriqlarni bajarish sifatida baholaydilar.

4.       Bunday onalar farzandlarining muvaffaqiyatlari uchun kam- dan kam maqtaydi. Farzandlarining muvaffaqiyatsizligi uchun kolproq koyib, qoniqmaslik hissini namoyon etishadi.

Bolalik va maktab yoshida shaxs tarbiyaning hal qiluvchi ta’siri ostida tarkib topadi. Tarbiya maxsus faoliyat sifatida muayyan das- turning, anglab olingan maqsadning mavjudligi bilan ta’sir ko‘rsa- tishning maxsus ishlab chiqilgan va asoslab berilgan vositalari, shakllari hamda metodlarining tasodifiy yoki stixiyali ta’sirlaridan ajralib turadi. Ma’lumki, tarbiyaning eng muhim vazifasi yosh av- lodda mustahkam e’tiqod va his-tuyg‘ular hamda ularga asoslan- gan ma’naviy xulq-atvorni hosil qilishdir. Bu vazifani shaxsni faol va muayyan maqsadni ko‘zlagan holda, shuningdek, bolaning individual xususiyatlarini hisobga olgan taqdirdagina hal etish mumkin.

Mashhur olim Gerbart tarbiya maqsadini belgilab olishga katta ahamiyat bergan. U tarbiyaning maqsad va vazifalarini yaxshi fazilatli kishini tarkib toptirishdan iborat, deb hisoblay- di. Gerbart tarbiya ishida aqliy ta’limni tarbiyaning eng katta va asosiy vositasi deb bilib, ta’limsiz tarbiya bolmaydi, deb hi- soblagan.

0 ‘smirlik davri bilan bog‘liq bolgan yorqin jihatlardan biri — bu o‘z-o‘zini tarbiyalashga bo‘lgan kuchli intilishdir. 0 ‘z-o‘zini tarbiyalashning faol kechishi aynan shu yoshdan boshlanib, odat- da u yoki bu shaklda insonning butun umri bo‘yi davom eta- di. CTsmirlik davrida o‘z-o‘zini tarbiyalash haqida gap ketgan- da, shuni nazarda tutish lozimki, bola 12—13 yoshga yetgandan so‘ng birinchi marotaba o‘zining aqliy shaxsiy qobiliyatlarining imkoniyati haqida o‘ylab qoladi va bularni rivojlantirish uchun ongli ravishda maqsad sari intiladi.

0 ‘z-o‘zini tarbiyalash ma’lum bir aniq rivojlanish yo‘lini bosib o‘tadi. Agar uni asosiy yosh pog‘onalari bo‘yicha qamrab oladigan bo‘lsak, inson ontogenezidagi rivojlanish quyidagicha namoyon boiadi:

Birinchi bosqich o‘z-o‘zini jismoniy va irodaviy tarbiyalash- dir. Bu o‘smirlik davriga to‘g‘ri keladi. Insonning bu davrga xos bo‘lgan o‘z-o‘zini tarbiyalashdan maqsad iroda va jismoniy im- koniyatlarni rivojlantirish boiib, jasurlik, chidamlilik, o‘z-o‘zini boshqara olish, matonat, okz-o‘ziga ishonch kabi irodaviy sifat- larni maxsus vosita va mashqlar orqali rivojlantirishdan iborat- dir. Bu holat jismoniy rivojlanishga ham taalluqli bo‘lib, shu sa- babli ko‘pgina bolalar bu yoshda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishni boshlaydi.

Ikkinchi bosqich — o‘zini xulqiy-axloqiy rivojlantirish bo‘lib, ilk 0‘spirinlik davriga to‘g‘ri keladi. Bu davrda o‘z-o‘zini tarbiyalash bo‘yicha ko‘proq kuzatiladigan maqsadlar — ruhiy, ma’naviy rivojlanish, shaxsning to‘g‘rilik, yaxshilik, saxiylik, do‘stga sodiq- lik, sadoqat, muruvvat kabi oliyjanob sifatlarni o‘zida mujassam- lashtirishga intilishdir.

512

Uchinchi bosqich kasbiy o‘z-o‘zini tarbiyalash o‘spirinlik davriga to‘g‘ri keladi. Inson hayotining bu davrini ishga bo‘lgan ishtiyoqni o‘stirish deb qarash mumkin, unda kishining kasbiy zarur bo‘lgan kompleks sifatlarni rivojlantirish, qobiliyat, malaka, ko‘nikma, tan- lagan kasbi bo‘yicha mahorat bilan ishlash uchun zarur bo‘lgan xislatlari shakllanadi. 0 ‘z-o‘zini kasbiy rivojlantirish maqsadi bu davrda boshlanib, kokpgina kishilarda mustahkamlanib boradi va uning hayoti davomida asosiy maqsadlardan biri bo‘lib qoladi.

To‘rtinchi bosqich — ijtimoiy-dunyoviy qarashlarda o‘z-o‘zini tarbiyalashdir. Bu inson hayotining 40—45 yoshidan keyingi davri hisoblanadi. Bu yerda o‘z-o‘zini rivojlantirish vazifasi ijtimoiy holat, dunyoqarash, hayotga ma’lum nazar bilan qarash hisoblanadi.

Ba’zi hollarda beshinchi pog‘ona ham uchrab turadi, bunda o‘z-o‘zini aktuallashtirish masalasi qo‘yiladi va hal etiladi.

Besh bosqichdan ikkitasi insonni o‘z-o‘zini tarbiyalashdagi rivojlanishi o‘smirlik va yoshlikning ilk davriga to‘g‘ri keladi. Bu

davrlarda o‘z-o‘zini tarbiyalash inson xarakterini belgilab beradi.

0 ‘smir va o‘spirinlarga ularning jismoniy, ruhiy va axloqiy o‘z-o‘zini tarbiyalashida qanday ko‘maklashish mumkin? Bu sa- volga quyidagicha javob bersa boladi: birinchidan, o^z-o^zini tar- biyalashning birinchi belgilari paydo bo‘lishi bilan ularning in- tilishlarini faol qoilab-quvvatlash va rag‘batlantirish lozim. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish, albatta, o‘smirga jismoniy o‘z-o‘zini tarbiyalashda katta yordam beradi. Bolalar uchun ayniqsa, sportning o‘yin tariqasida o‘tkaziladigan turlari foydali, shuningdek, yengil atletika, suzish, kompleks jismoniy tarbiya mashqlari organizmning har taraflama va barkamol rivoj- lanishiga yordam beradi. Bunday mashqlar jarayonida shaxsning iroda kuchi ham tarbiyalanadi.

Jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullana borish, albatta shu sohada yuqori cho‘qqini zabt etishni maqsad qilib olish kerak degani emas. Asosiysi ular bolaga quvonch keltirishi, sog‘lig‘ini mustahkamlashiga yordam berishidir. Ayniqsa, bu jis- monan nimjon bolalar uchun foydali bo‘lib, bunday o‘smirlar biIan ota-onalar, o‘qituvchilar yoki biror katta odam shug‘ullansa samaraliroq bo‘ladi. Bu narsalar albatta kelgusida malakali mu- taxassis — trener rahbarligi ostida sport bilan shug‘ullanish imkoniyatini yo‘qqa chiqarmaydi, u holatda tarbiya vazifasi o‘zga- cha tus oladi, oddiy jismoniy yoki irodaviy o‘z-o‘zini tarbiyalash, rivojlantirishdan farq qilib, uning chegara doirasidan oshadi.

Shaxs kamol topishida o‘smirlarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi yaxshi maktab rolini o‘taydi. Holbuki bu vo- sita yagona emas, u doim ham har tomonlama iroda kuchini o‘sti- rishni ta’minlab bera olmaydi. Jismoniy tarbiya natijasida olingan ma’lum iroda kuchi intellektual va boshqa turdagi faoliyatlarda har doim ham o‘zini namoyon qila olmaydi. Ayniqsa, hayotning axloqiy tomonlarida avtomatik tarzda iroda o‘z kuchini ko‘rsa- ta olmaydi. Bunda quyidagi qoida amal qiladi: shaxs iroda kuchini birinchi navbatda ular to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qiladigan va amaliyotda ko‘rinadigan faoliyatlarda chiniqtirib borish zarur.

Manfaatdor, ezgu niyatli va aql-idrokli kattalarning o‘smirlar o‘z-o‘zini tarbiyalashdagi ishtiroki odatda ularning o‘z kuchlariga ishonishga, shu yoshdagi o‘smirlar xarakteriga xos boigan kom- plekslar va krizis holatlarini bartaraf etishlariga katta yordam beradi. 0 ‘smirlar va o‘spirinlarning o‘z-o‘zini tarbiyalashda katta- larni namuna ko‘rsatishi katta rol o‘ynaydi. Bu yoshdagi insonlar ko‘pincha kattalarga, ayniqsa obro‘li kishilarga taqlid qiladilar, ularning yaxshi sifatlarini o‘zlarida jam qilishga intiladilar.

Yuqori sinf o‘quvchilari xulq-atvori o‘z-o‘zini rivojlantirish muammolari bilan to‘qnashganda, o‘z-o‘zini tarbiyalash bilan bogiiq murakkab psixologik-pedagogik vaziyat vujudga keladi. Bu jarayonda ular ko‘pdan ko‘p muammolar va ziddiyatlar bilan to‘qnashishlariga tolg‘ri keladi. Bulardan biri bu yoshdagi bolalarning romantika va sarguzashtlarga intilishidir. Hozirgi zamon sharoitida bunday intilish ko‘pincha hayotning iqtisodiy omillari sababli paydo bo‘lgan pragmatik yo‘nalish bilan to‘qnash keladi.

Agar romantik ideal shaxsdan zohidlik va kamtarlikni talab qilsa, pragmatik dunyoqarash, aksincha, moddiy to‘kin-sochinlik-

514

ka va mol-dunyoga intilishga olib keladi. Romantik yo‘nalganlik yolg‘izlikka intilishni qayd etsa, pragmatik yo‘nalganlik faol mu- loqotni nazarda tutadi. Birinchisiga taqdirga tan berish, bo‘ysu- nish xos bo‘lsa, ikkinchisiga kurashish xosdir. Romantik dunyo- qarash real hayotda sof axloqiy xulqiy tomondan duch kelishi mumkin bo‘lgan ziddiyatlarni davom ettirishi mumkin. 0 ‘z-o‘zini tarbiyalashda o‘spirinlar uchun asosiy qiyinchilik bu ikkala yo‘na- lishning biridan voz kechib ikkinchisini tanlash. Ammo bu ikki- sini birlashtirish mumkinmi, agar mumkin bo‘lsa, qanday qilib?

0 ‘spirinlik davridagi bolalar bilan tarbiyachining birinchi galdagi vazifasi shundan iboratki, ularga haqiqiy hayotda romantik va pragmatik yo‘nalishlar va boyliklar o‘zaro uyg‘unlikda ke- chishini, birining foydasi uchun boshqasidan butkul voz kechishi shart emasligini, romantika va pragmatikani yuqori ruhiy va iqtisodiy insoniy boyliklar sifatida birlashtirish, uyg‘unlashtirish mumkinligini tushuntirish lozim. Masalan, yetarli darajada pragmatik, kirishuvchan, ishbilarmon va hisob-kitobli inson bo‘lish bilan birga xulq-atvor bobida to‘g‘ri, yaxshilik qiluvchi, insonlar- ga, shu bilan birga o‘z raqobatdoshlariga ham hamdard bolishi mumkin. Biznes tarixi ko‘rsatishicha, bunday sifatlar haqiqatdan ham eng yaxshi ishbilarmonlarga xosdir.

Hozirgi zamon o‘spirinlarini bunday tarbiyalash uchun romantik, qahramonlik, sarguzasht singari yo‘nalishdagi adabiyot- lar bilan bir qatorda ishbilarmonlik, tadbirkorlik haqidagi adabi- yotlar, ayniqsa, bu sohada taniqli buyuk insonlar hayoti yoritilgan asarlar bilan tanishtirish lozim. Pragmatik tomonga yo‘nalgan o‘spirinlarga namunali xulqiy va romantik tomonlari yoritilgan va aksincha, romantiklar foydali ishbilarmonlik taraflari aks et- gan adabiyotlar bilan ko‘proq tanishishlari lozim.

Xulq-atvor va odatni shakllantirish ma’lumki, odam ongi- ning yuksak belgilaridan biri uning o‘zini anglashidir. Odamning

o‘zini anglashi o‘z navbatida shaxsning muhim belgisi hisoblanadi. Odam o‘z tevarak-atrofidagi olamni biluvchi va shu olam- ga ta’sir etuvchi subyektdir. Odamning idrok etadigan, tasavvur qiladigan narsalari uning uchun obyektdir. Ana shu nuqtayi nazardan olganda, odamning o‘zini anglashi subyektiv ravishda o‘zini «men» deb his qilishida ifodalanadi.

Odam ijtimoiy zot bo‘lganligidan unga o‘zligini anglash qobiliyati xosdir. Faqat ijtimoiy hayotda, o‘zga kishilar bilan qiladigan har turli munosabatlarda odamning o‘zini anglashi, o‘zini «men» deb bilishi vujudga keladi va taraqqiy etadi. Odam o‘zini alohi- da shaxs sifatida kim deb bilishi, o‘zining o‘tmishi va kelajagini anglashi, o‘z huquq va burchini anglashi va nihoyat o‘zining fazi- lat hamda kamchiliklarini anglashi o‘zini anglashiga kiradi.

Tarbiya uzluksiz ravishda ta’lim bilan birgalikda avvalo oilada, keyinchalik ta’lim-tarbiya muassasalarida berib boriladi. Shaxsning qaror topishini eng muhim vazifasi o‘quvchida axloq talablariga javob beradigan e’tiqod va ideallarni tarkib toptirish- dir. 0 ‘quvchi shaxsining shakllanishidagi jarayonda yuzaga kelgan axloqiy e’tiqod va ideallar sistemasi, ya’ni uning ma’naviy on- gi hukmronlik qiluvchi, uning ijtimoiy faolligini belgilab beruvchi omilga aylanadi.

Shaxsning ijobiy yo‘nalishini tarkib toptirish uchun maktab o‘quvchilarini barcha vaziyat va holatlarda to‘g‘ri yo‘l tutishini istashi hamda to‘g‘ri yo‘ldan borishi uchun uning nima qilishini bilishi, o‘zi ham to‘g‘ri xulq-atvorli boiishni mashq qilishi zarur.

0 ‘quvchilarning ongiga singdirilgan qoidalarni yaxshilab asoslab berilishi, isbotlangan boiishi muhim ahamiyatga ega. Bu hamma narsani tushunib olishga va buning asoslanganligi- ga ishonch hosil qilishga, oqilona isbotlarga rozi bo‘lishga qodir bo‘lgan o‘smirlar va katta yoshdagi o‘quvchilar uchun juda mu- himdir.

0 ‘quvchilarda maksimal faollikni yuzaga keltirish yoki jon- li ravishda fikr almashish istagini uyg‘otish, ularning fikrini avj oldirish va o‘zlarini axloq masalalari ustida o‘ylab ko‘rishga maj- bur qilish zarur. 0 ‘quvchilarga tayyor haqiqatni zo‘rlab qabul qildirish yaramaydi, axloq normalari haqidagi xulosalarni chiqar- tirish ularning faol ishtirokida amalga oshirilishi lozim. Buning

516


uchun suhbat jarayonida muhokamaga qo‘yilishi kerak bo‘lgan masalalarni oldindan tayyorlab qo‘yish tavsiya etiladi.

0 ‘quvchilarda chuqur va ta’sirchan emotsiyalarni uyg‘otishga intilish lozim. Bunda o‘qituvchi suhbatni befarq, shavq va zavq- siz emas, balki emotsional tarzda jonli qilib o‘tkazilgandagina erishish mumkin. 0 ‘qituvchining ehtirosli e’tiqodi o‘quvchilarga o‘tishini unutmaslik darkor.

Yuqorida aytilgan fikrlardan o‘qituvchilar va ota-onalar o‘zla- riga hamda o‘z xulq-atvorlariga nisbatan juda qattiq talablar qo‘yishi, o‘nlab bolalarning sinovchan ko‘zlari, ularning kuzatib turganliklarini hech qachon unutmasliklari kerak.

Konfutsiy: «Eskini o‘zlashtirgan va yangini tushunishga qodir insongina tarbiyachi bo‘la oladi», — degan edi. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta’lim-tarbiya, ilm-fan, kasb-hunarga o‘rgatish sohalarini isloh qilishga nihoyatda katta zarurat sezila boshladi. Bugungi kunda tarbiya jarayonida ham qator o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Shuni ta’kidlash lozimki, ma’rifat xalqimiz, millatimiz qonidadir. An’anaviy shar- qona qarashga ko‘ra, ma’rifatlilik faqat bilim va malaka emas, ayni paytda chuqur ma’naviyat va go‘zal axloq degani hamdir.

Bir ijtimoiy jamiyatning ikkinchisiga almashishi, shuningdek, milliy mustaqillik va uning ne’matlari, respublikamiz fuqaro- larida tub o‘zgarishlarni vujudga keltirmoqda. Milliy tuyg‘u, qi- yofa, xarakter, ta’b, kuy, raqs, ma’naviyat, qadriyat hamda ru- hiyat ta’siri ostida o‘zining tub mohiyatini aks ettira boshladi. 0 ‘tmishning boy merosi, uning an’analari milliy istiqlol tufay- li o‘z egalariga qaytarib berildi. Fuqarolarning ijtimoiy ongi as- ta-sekin o‘zgarib borishi natijasida etnopsixologik xususiyatlar tiklana boshladi, milliy, umumbashariylik xislatlari o‘rtasida ado- latlilik, teng huquqlilik aloqalari o‘rnatilmoqda.

XXI asrda shaxs shakllanishida, uning tarbiyalanganlik da- rajasini ortishida dinning, xususan «Hadis» ilmining ahamiyati kattadir. Shaxslararo munosabatda tenglik, g‘amxo‘rlik, samimiy- lik, o‘zaro yordam, simpatiya, antipatiya, hamdardlik, sevgi-mu-

517




22.3. Shaxs shakllanishida oilaning ta’siri

Shaxs tarbiyasida muhim rol o‘ynaydigan o‘ziga xos mikroja- moalardan biri oiladir. Ishonch va qo‘rquv, xotirjamlik va xavotir- lanish, muloqotdagi samimiylik va kirishimlilik yoki aksincha, kirisha olmaslik va sovuqlik — bu xislatlarning barini shaxs oilada egallaydi. Bu xislatlar bola maktabga chiqquncha shakllanadi va bolaning rivojlanishiga uzoq vaqt ta’sir etadi. Xavotirlanuvchan onalarda xavotirlanuvchan bolalar shakllanadi.

Rus psixologi R.S.Nemov oila a’zolari orasidagi munosabat- larni to‘rtga ajratadi. Ular psixofiziologik, psixologik, ijtimoiy va madaniy1. Psixofiziologik munosabatlarga — biologik qarindoshlik

va jinsiy munosabatlar kiradi. Psixologik munosabatlar — ochiq- lik, ishonch, bir-biri to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish, o‘zaro axloqiy va hissiy qo‘llab-quvvatlash. Ijtimoiy munosabatlar, rollarning taqsimlanishi, oilaning moddiy tomondan bogliqligi, shuningdek, mavqeli munosabatlarni — avtoritet, rahbar, bo‘ysunishni o‘z ichiga oladi. Madaniy munosabatlar — urf-odat va an’analar bilan bog‘liq oila ichidagi bog‘lanish va munosabatlarni o‘z ichiga oladi. Bu murakkab munosabatlar tizimi farzandlarning oiladagi tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatadi.

Tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan oiladagi ijtimoiy-psixo- logik omillarga to‘xtalib o‘tamiz. Birgalikdagi hayot turmush o‘rtoqlardan doimiy kelishuvga tayyorlikni talab etadi, bunda turmush o‘rtog‘ining qiziqishlari va ehtiyojlari bilan hisoblashish, bir-birini hurmat qilish, bir-biriga ishonish, bir-birini tushunish- ga harakat qilish lozim bo‘ladi.

Bolani tarbiyalashga ta’sir etuvchi salbiy omillar qatoriga oila ichidagi munosabatlar odobining er-xotinlar tomonidan doimiy buzilishi, o‘zaro ishonch, e’tibor, g‘amxo‘rlik, hurmat, psixologik qo‘llab-quvvatlash va qo‘llab-quvvatlashning mavjud emasligini ko‘rsatish mumkin. Ko‘pincha bunday salbiy anomaliyalarga er,

1 Немов P.C. Психология. Книга 2. Психология образования. —М.:

ВЛАДОС. 2003. С.403.

519

xotin, beka, oila boshligi kabi oilaviy rollarning bir xil tushunil- masligi, er-xotinlarning bir-biriga yuqori talablar qo‘yishi sabab

boMishi mumkin.

Bola tarbiyasiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni amalda bartaraf etish uchun er-xotin orasidagi o‘zaro munosabatlar quyidagi asosiy tamoyillar asosida qurilishi lozim:

1.       Turmush o‘rtog‘ingizni o‘zingizga yoqadigan qilib qayta o£zgartirish vazifasini qo‘ymang. Uni shaxs sifatida tushunishga, voqelikka uning ko‘zi bilan qarashga, odatiy bo‘lmagan, o‘rganil- magan, lekin bola tarbiyasida muhim boimagan jihatlar bo‘yicha

aqlli kelishuvni amalga oshiring.

2.       Fikrlarda, qarashlarda, ayniqsa tarbiya masalalari bo‘yicha umumiylikni barcha iloji bor usullar bilan mustahkamlashga ha- rakat qiling.

3.       Oila qurgan insonlar shaxs sifatida shakllanib boMganligi uchun qarashlarda farqlar yuzaga kelganda nizolashishgacha olib

bormaslik lozim.

4.       0 ‘z xatolaringizni ochiq tan olishga, haqligingizdan shub- halanishga uyalmang.

5.       Turmush o‘rtog‘ingizga tanqidiy munosabatda bo‘lishdan ol- din, o‘zingizga ham tanqidiy munosabatda boling. Buning uchun har doim ko‘p asoslar topilishi mumkin.

6.       Turmush o‘rtog‘ingizda ayrim kamchiliklar, masalan, sal­biy xarakter xislatlari paydo bolsa, normal holat deb qabul qilish lozim. Barchada kamchilik bor, beayb parvardigor.

Oilada tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish uchun ota-ona- lar turli tarbiya vositalaridan fodalanishadi: bolani rag‘batlantiri- shadi, jazolashadi, uning uchun namuna boiishga harakat qili- shadi. Do‘stona munosabatda bildirilgan maqtov, befarq va sovuq ota-onalardan olingan maqtovga qaraganda ta’siriiroqdir. Jazolash va taqiqlashga nisbatan maqtovdan aql bilan foydalanish hisobiga bolani shaxs sifatida shakllanishiga ijobiy ta’sir qilish mumkin.

Bolani boshqa yo‘l bilan amalda o‘zgartirib bo‘lmaganida ja- zolashdan ham foydalanish mumkin. Agar jazolash uchun ehti-

520

yoj tug‘ilsa, uning tarbiyaviy ta’sirini oshirish uchun iloji bori- cha qilgan xatti-harakati uchun jazolashga intilish kerak. Jazolash adolatli, lekin juda shafqatsiz bo‘lmasligi lozim. Juda qattiq jazolash bolada qo‘rquv paydo qilishi mumkin. Bolaning qilgan xatosi unga yaxshilab tushuntirilsa, jazolash samarali bo‘ladi. Ko‘proq jazolanadigan, baqiriladigan bolalar, ota-onadan uzoq- lashadi, emotsional befarq bo‘lib qoladi hamda yuqori agressivlik- ni namoyon etadi.

22.4. Shaxs tarbiyasida madaniyat

Yoshlarni hamjihat jamoa qilib jipslashtirishda avlod-ajdodla- rimiz, ota-bobolarimiz meros qilib qoldirgan bilimlarni egallash, san’atimizning, madaniyatimizning sirlarini o‘rganish, o‘zbek xalqining ajoyib an’analaridan foydalanish hamda ularni yoshlar ongiga singdirish katta ahamiyatga egadir.

0 ‘smirlik davridan boshlab shaxs shakllanishiga ommaviy ax- borot vositalari va madaniyat ko‘proq ta’sir ko‘rsata boshlaydi. 0 ‘smirlik va ilk o‘spirinlik davrida oila va maktab ta’siriga nisbatan ommaviy axborot vositalarining ta’sirini boshqarish qiyin. Lekin shunga qaramay tarbiyaviy ta’sirni maqsadli boshqarish uchun ma’lum imkoniyatlar mavjud. Bu imkoniyatlar ommaviy axborot

vositalaridagi axborotlarni tanlashga yordamlashish, radio va tele- ko‘rsatuvlar mazmuni va ularni sharhlash bilan bog‘liqdir. 0 ‘smir- lik davridan boshlab kattalar uchun mo‘ljallangan gazeta va jur- nallarga qiziqa boshalaydi. Agar bu jarayon boshqarilmasa, doimiy emaslik, tasodifiylik ta’sirida o‘qishga qiziqish so‘nishi mumkin.

Bolalarga ta’sir etadigan ommaviy axborot vositalarini boshqarish haqida gapirganda zamonaviy axborot va madaniyat man- balari bilan munosabatga kirishishni sun’iy cheklash haqida so‘z ketadi. Bunda bolalarda ijtimoiy qarashlar va madaniyat, ma’lum estetik didni shakllantirish lozim. Bolaning atrofidagi kattalar, ota-onalar, oilaning boshqa a’zolari unga katta yordam ko‘rsa- tishlari mumkin. Ularning har biri har kuni nimadir o‘qiydi, es- hitadi, ko‘radi, o‘smirga nimadir o‘qishni tavsiya etishi mumkin.

Ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy voqealarni oilada va maktabda doimiy va o‘zaro bo‘lishi va buni kattalar bolalar- ga tushuntirishi zarur. Bu doimiylik va tizimlilik bilan nafaqat ota-onalar va o‘qituvchilar, balki bolalarning o‘zi ham shug‘ul- lanishi lozim. Shundagina bolalarda ommaviy axborot vosita- lari va madaniyatga murojaat qilish ehtiyoji paydo bo‘ladi, tu- shunishga tayyorlik (ustanovka), bilish, eshitganini, olqiganini, ko‘rganini eslab qolish, ma’lumotlarni idrok qilishda tanlovchan- lik didi shakllanadi. Ota-onalar va o‘qituvchilar bolaga nimanidir o‘qishni tavsiya qilganida ommaviy axborot vositalarining shaxs rivojlanishiga tarbiyaviy ta’sirini doimo yodda tutish lozim.

Ommaviy madaniyat va moda ham bolalarga chuqur tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadigandek tuyuladi. Lekin bunday qiziqishlar vaqtinchalik va yuzaki bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan o‘tib ketadi. Lekin bunda bolalarning vaqtinchalik qiziqishlari emas, balki ularning uzoq vaqt ta’sir etuvchi oqibatlaridan xavotirlanish kerak, ya’ni o‘smir va o‘spirinlarni shaxsiy rivojlanishning jiddiy man- balaridan uzoq vaqt chalg‘itishidan xavotirlanish zarur.

Ommaviy madaniyat va modaning vaqtinchaligi va o‘tkin- chiligidan ular o‘smir va o‘spirin shaxsi shakllanishiga umuman ta’sir qilmaydi, degan fikrdan yiroqmiz. Bunday ta’sir albatta mavjud, lekin bu ta’sir shunday qiziqishlari mavjud tengdosh- lari bilan muloqot orqali amalga oshadi. Ommaviy madaniyat- ning bir turiga qiziqadigan, bir narsani moda deb taqlid qiladi­

gan insonlarda umumiy qarashlar paydo bo‘ladi. Bu esa o‘smir va o‘spirinlarda do‘st tanlashda, muloqot sherigini tanlashda asos boiadi. 0 ‘smir va o‘spirinlarda bir xil didning shakllanishi, teng- doshlarida ham bir xil shaxsiy muammolar mavjudligidan dalo- lat beradi. Bu esa muloqotdagi tanlovchanlikni amalga oshiradi hamda o‘z navbatida ma’lum insonlar guruhi bilan chegaralan-

gani uchun tarbiyani ham yo‘naltiradi.

Tarbiya metodlari va vositalarining psixologik mazmuni

Tarbiya vositalari sifatida tashkil etilgan va tashkil etilma- gan ta’sirlar tushunilib, ular yordamida bir guruh insonlar —

522

tarbiyachilar boshqa guruh odamlariga — tarbiyalanuvchilarga ma’lum psixologik sifatlar va xulq-atvor hosil qilish maqsadida ta’sir o‘tkazadilar. Aniq qilib aytganda, shaxsga psixologik ta’sir vositasida tarbiyachi tomonidan tarbiyalanuvchining shaxsiyati- ni o‘zgartirish uchun qo‘llanilgan harakatlar tushuniladi. Ular qatoriga ta’limning barcha turlarida ishontirish, majburlash, ijtimoiy talablar, tashqi ta’sirlarni va inson harakatlari shaklini o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lgan holatlar kiradi. Tarbiya vositalari sifatida o‘ziga xos o‘rinni kompleks, global va har taraflama o‘tkaziladigan ta’sirlar egallaydi. Ular qatoriga, masalan, psixo- terapiyani, ijtimoiy-psixologik treningni va boshqa psixokorreksi- ya turlarini ko‘rsatish mumkin.

Tarbiya vositasi boiib, tarbiyachining shaxsiy namuna bo‘li- shi, atrofdagi odamlarning ko‘rsatayotgan xulq-atvori, xatti-ha- rakati, pedagogik, badiiy, ommaviy va boshqa adabiyotlarda kel- tirilgan va yuqori baholangan lavhalar ham hisoblanadi. Insonga ta’sir etib, uning psixologiyasi va xulq-atvorini o‘zgartirishi mumkin boigan har qanday narsa tarbiyaviy ta’sir ko‘rsata oladi.

Tarbiya vositalarini odamga ta’sir etish xarakteriga ko‘ra ik- ki guruhga: bevosita va bilvosita ta’sirlarga ajratish mumkin. Bu- lardan birinchisi bir odamning boshqasiga bevosita ta’siri, ya’ni bir-biri bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilishi hisoblansa, ikkin- chisi, qandaydir vositalar orqali o‘tkaziladigan ta’sir, ya’ni bunda tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o‘zaro aloqa qilmaydi (masalan, ki- tob o‘qish va b.).

Tarbiyachi va tarbiyalanuvchining anglashi nuqtayi nazari- dan kelib chiqilsa, tarbiya jarayonida uning vositalarini aniq va mavhum turlarga bo‘lish mumkin.

Anglangan tarbiya vositasi qo‘llangan taqdirda tarbiyachi anglagan holda o‘z oldiga aniq, anglangan maqsad qo‘yadi, tarbiyalanuvchi u haqida biladi va uni qabul qiladi. Agar mavhum vositalar ta’siri qo‘llanilganda sinovdagi tarbiya ta’siri anglanmagan holda kechadi, tarbiyachi anglab nazorat olib bora olmaydi hamda oldindan o‘ylangan yanglish ta’sir kelib chiqadi.

Tarbiya ta’siri qanday tarbiya obyektiga qaratilganligiga ko‘ra uning vositalari quyidagicha bo‘linadi: emotsional, kognitiv va

xulqiy. Tajribada ko‘proq ular kompleks tarzda uchraydi.

Har bir ko‘rsatilgan tarbiya vositalari o‘zining kuchli va ojiz to- monlariga ega. Masalan, bir odamning ikkinchi bir odamga tarbiyaviy ta’sirining o‘ziga xosligi va yutuqlari shundan iboratki, bunda tarbiyaning quyidagi turlari ishlatiladi: uqtirish, taqlid qilish va maj- burlash, o‘z navbatida bu usullar asosida ta’limning effektiv mexa- nizmi yotadi. Bu usul qo‘llanilganda tarbiyachi so‘z vositalaridan foydalanmasligi ham mumkin, tarbiyalanuvchiga to‘g‘ri va kerak- li xulq-atvorni namuna sifatida ko‘rsatishi va olrnak bo‘lishi lozim.

Tarbiyachi doimo o‘zi istaganidek, barcha narsani so‘z bilan ifodalab bera olmaydi. Shuning uchun ham to‘g‘ridan to‘g‘ri tarbiya ta’siri tarbiya imkoniyatlarini kengaytiradi. Bundan tashqari, bu vosita bola rivojlanishining ilk bosqichida mumkin boigan

yagona usuldir, holbuki bola hali unga qarata aytilgan so‘zlarni tushunmaydi. Bu holat bolalarning yoshidan qat’i nazar katta ahamiyatga egadir. Pedagogikada bu usul shaxsiy namuna deb nomlanadi. Ushbu tarbiya vositasining kamchiligi shaxsiy va vaqt

bo‘yicha qo‘llanilishining chegaralanganligidir.

Tarbiyalovchi tarbiyalanuvchiga faqat o‘zi ega boMgan bilim- larni bera olishi mumkin. Bundan tashqari tarbiyachi har doim ham tarbiyalanuvchi bilan muloqotda bo‘la olmaydi.

To‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘lmagan yoki bilvosita tarbiya vositasi- da kitob orqali, ommaviy axborot vositalari va kodlashgan tizim orqali bir odamdan boshqa odamga axborot uzatiladi. Bunday ax- borotlarni saqlash va bir necha marotaba qo‘llash mumkin. Bunday inson takror va takror material manbayiga murojaat eta oladi. Ammo bunday tarbiya odatda insonga xos bo‘lgan jonli hayotiy kuchlardan mahrumdir. Bundan tashqari ushbu vosita ta’siri yosh bo‘yicha ham chegaralangan. Ushbu usul so‘zlab berilgan mavzu- ning axloqiy mazmunini anglatadigan bo‘lishi lozim.

Bevosita tarbiyaviy ta’sirning yutuqlari shundan iboratki, u boshqariladigan, avval o‘ylab rejalashtirilgan va nazorat qilib tu-

524

rish mumkin bo‘lgan natijalar beradi. Bilvosita tarbiya jarayonida ko‘rilgan, kuzatilgan kamchiliklar bunda ham mavjuddir. Mavhum anglanmagan tarbiya vositasi anglangan tarbiya vosita- laridan ko‘ra ko‘proq uchraydi, lekin uning yutuqlari va kamchi- liklarini amaliy jihatdan baholash qiyin. Bunga sabab uni ongli ravishda nazorat etib bo‘lmasligidir.

Kognitiv tarbiya ta’siri kishining bilim tizimlariga yo‘naltiril- gan bo‘lib, uni o‘zgartirish, mukammallashtirishni maqsad qilib qo‘yadi. Hozirgi zamon olimlarining fikriga ko‘ra, insonning dunyo haqidagi bilimlari uni shaxs sifatida namoyon etib qol- may, balki uning xulq-atvoriga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Tarbiya ta’sirining bu sohadagi yutuqlari sezilarli darajada ortib, hozirgi davrda bu soha asosiy o‘rinni egallab bormoqda.

Emotsional tarbiya ta’siri tarbiyalanuvchida ma’lum affektiv holatni vujudga keltirishga va uni saqlab turishga mo‘ljallangan boiib, ularning psixologik ta’sirlarni qabul qilishini yengillashti- radi yoki qiyinlashtiradi.

Ijobiy emotsiyalar tarbiyalanuvchini tarbiya ta’siri subyektiga nisbatan ochiq nazorat hosil qiladi. Salbiy emotsiyalar esa aksin- cha, tarbiyalanuvchiga ko‘rsatilayotgan tarbiya ta’sirini kamayti- radi.

Xulqiy-axloqiy tarbiya ta’siri bevosita odamning xulq-atvori, uning faoliyati va o‘zini boshqara olishiga yo‘naltirilgan. Uni turli ta’sirlar vositasida ma’lum bir yo‘nalishda yo‘naltirilsa, ular bilvosita shaxs holatiga, uning shakllanishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Bunday holatda tarbiyalanuvchi avval qandaydir ma’lum xat- ti-harakatni amalga oshiradi, so‘ngra esa shu yoining foydali yoki zararliligini tushunadi. Berilgan ta’sir avval shaxsning ichki dunyosida o‘zgarishni vujudga keltirsa, bu o‘zgarish keyin uning xulq-atvorida namoyon bo‘ladi.

Bilim, emotsiya va xulq-atvor o‘zaro bog‘liq ekan, ularning har biri orqali shaxsga ta’sir kolrsatish mumkin. Bu holat tarbi- yachining imkoniyatlari cheklanganda biror-bir tanlangan tarbiya ta’siriga urg‘u berishda hamda kerakli natijaga erishishda yordam beradi. Ammo mukammal tarbiyaviy ta’sirga ular birgalikda shaxsga har taraflama ta’sir ettirilgandagina erishiladi.

So‘nggi paytlarda shaxsga psixoterapevtik va psixokorreksion ta’sir vositalari va uslublarini qo‘llash keng tarqalmoqda. Odatda, psixoterapiya pedagogik psixologiyaning bir bo‘limi emas, balki tola psixogen tabiatga ega boigan, insonning psixologik holati- ga bogliq kasalliklarni davolash yoki ularni oldini olish vositasi deb tushunilgan. Hozirgi paytda dunyoning qator mamlakat- larida psixoterapiya ta’siri tibbiyot amaliyoti chegarasidan chiqib, psixokorreksion va psixoprofilaktik maqsadlar sohasida shaxsni

tarbiyalashda, uni real ijtimoiy sharoitga moslashtirishda keng qo‘llanilmoqda. Bunday uslublar qatoriga ijtimiy psixologik tre- ningni kiritish mumkin. U o‘zida ko‘pdan ko‘p metodlarni jam-

lagan bo‘lib, ularning ko‘p qismi insondagi hayotiy muammolarni va ta’sirli voqealarni ziddiyatlarsiz, atrofdagi odamlar bilan qulay munosabatlar o‘rnatgan holda hal qilishga o‘rgatadi.

Psixokorreksion uslublarni qo‘llash deb, psixolog-psixoterapevt va mijoz muloqotiga aytiladi. Bunday muloqot vaqtida mijoz mu- taxassisga o‘z muammolarini so‘zlab beradi, psixolog yoki psixo- terapevt ularni mushohada qilib, o‘z vositalaridan foydalanib mi-

jozga ushbu muammolarni hal qilishga yordam beradi.

Hozirgi zamon tibbiyotida va tibbiyot psixologiyasida psixote- rapiyaning ancha keng tarqalgan shakli psixoanalizdir. U Z. Freyd nazariyasiga asoslangan bo‘lib, uning negizida inson shaxsi rivojlanish shartlari, turli muammolarning kelib chiqishi va ularni yechish usullari yotadi. Psixoterapevtning vazifasi shundan ibo- ratki, u psixoanalitik uslubdan foydalanib, mijozning anglab yetilmagan mayllarini uning ongiga yetkazish orqali ular bilan bog‘liq bo‘lgan ziddiyatlarni bartaraf etishga ko‘maklashadi. Bu oqim namoyandalarining ta’kidlashicha, faqatgina anglanmagan motiv va ichki ziddiyatlargina anglab yetiladi, natijada ularni aqlan idrok etish orqali muammolarni osongina hal qilish mumkin. Psixoanalitik tomonidan mijozdagi anglab yetilmagan ziddiyatlarni aniqlashda erkin assotsiatsiya metodi ham qoilaniladi.

526


Bu metodning mohiyati shundan iboratki, psixolog o‘zi egal- lagan barcha usullardan foydalanib, mijozni jo‘shqin gapirish- ga undaydi, bu o‘zini xavotirga solgan axborot tariqasida bo‘ladi (odatda bu gipnoz holatida qilinadi yoki mijozning o‘ta kirishuv- chan holatida o‘tkaziladi).

Shaxsga psixoterapevtik ta’sir vositalari va uslublari juda ham ko‘p, ular bilan tanishish maxsus psixologiya kursining vazifasidir.

Shaxs odam ishtirok etadigan ijtimoiy munosabatlar sistema- sining ta’siri ostida va unda o‘zi bajaradigan faoliyat ta’siri osti- da tarkib topadi. Ijtimoiy muhitning, jamoaning shaxsga ta’siri to‘g‘risida gapirilar ekan, ijtimoiy psixologiya ishlab chiqayot- gan referent guruh tushunchasiga asoslanish zarur. Gap shun- daki, hamma odamlar ham, hatto eng yaqin tevarak-atrofdagi odamlar ham maktab o‘quvchisining shaxsiga ta’sir qilavermay- di, ko‘plarning fikrlariga u befarq qaraydi. Har bir odam uchun bolganidek, har bir maktab o‘quvchisi uchun ham ayrim guruhlar (ba’zan bunday guruh bir kishidan tarkib topgan bo‘lishi ham mumkin) mavjud bo‘ladi, u shaxs sifatida bu guruhlarning fikr- lari, o‘zi uchun nihoyatda ahamiyatli bo‘lgan mulohazalari bilan hisoblashadi. Oila, sinf, sinfdagi ayrim o‘quvchilar, ba’zi o‘qituv- chilar, hovlidagi ulfatlar, yaqin do‘st va hokazolar muayyan maktab o‘quvchisi uchun ana shunday referent guruhlar bo‘lishi mumkin. Maktab o‘quvchisining tez-tez uchrab turadigan tarbiyaviy

ta’sirlariga befarq yoki hatto salbiy munosabatda bo‘lish hollari- ga ko‘pincha o‘quvchining tarbiyachiga ma’lum bolmagan referent guruh pozitsiyasida turishi sabab boiadi. A.V. Petrovskiy ning oqilona fikriga ko‘ra, agar tarbiyachi, maktab o‘quvchisiga hech narsa va hech kim ta’sir qila olmaydi, deb da’vo qiladigan bo‘lsa,

bu narsa odatda tarbiyachining maktab o‘quvchisining axloqiy pozitsiyasini belgilab beradigan ta’sirli referent guruhlardan mut- laqo xabarsiz ekanligini bildiradi.

Bolalik va maktab yoshida shaxs tarbiyaning hal qiluvchi ta’siri ostida tarkib topadi. Tarbiya maxsus faoliyat sifatida muayyan dasturning, anglab olingan maqsadning mavjudligi bilan ta’sir

527

ko‘rsatishning maxsus ishlab chiqilgan va asoslab berilgan vosi- talari, shakllari hamda metodlarining qoilanilishi bilan tasodifiy va stixiyali ta’sirlardan ajralib turadi.

Maktab o‘quvchisining muayyan qoidalar va normalarni bilishi ma’naviy xulq-atvorning zarur shartidir. Biroq axloq nor- malarini shu tariqa bilish o‘z-o‘zidan axloqiy xulq-atvorni te-

gishli darajaga erishtirmaydi. Buning ustiga, bilimlarni ma’naviy xulq-atvorni amaliyotsiz o‘zlashtirib olish ma’naviy bilimlar bilan ma’naviy xulq-atvor o‘rtasidagi ajralishda ifodalanadigan «axloqiy rasmiyatchilik» deb ataluvchi holatning yuzaga kelishiga

olib boradi. Shuning uchun maktabgacha tarbiya muassasasi tar- biyalanuvchisi, maktab o‘quvchisining hayoti va faoliyatini to‘g‘ri tashkil qilish, ijodiy axloqiy, ijtimoiy xulq-atvor tajribasi uning shaxsini tarkib toptirishda asosiy narsa bolishi kerak. 0 ‘quvchida bu narsa tarbiyachi rahbarligida hosil bo‘ladi. Bu narsa o‘quvchi- larda tabiiy, axloqiy va g‘oyaviy-siyosiy bilimlar majmuasini (bu bilimlar muayyan darajada yetakchi rol o‘ynagan paytda) tarkib toptirish bilan yuz berishi kerak.

Psixologlar (avvalo L.I.Bojovich va uning xodimlari) bola va maktab o‘quvchisining shaxsini tarkib toptirishda uning faoliyatini

to‘g‘ri tashkil qilish, uning to‘g‘ri xulq-atvor tajribasini orttirishigi- na emas, balki uning xulq-atvorining (ma’lum harakatga undovchi fikrlari, his-tuyg‘ulari, maqsadlari sistemasini) to‘g‘ri motivlarini tarbiyalash ham hal qiluvchi narsa ekanligini ko‘rsatib beradilar.

Psixologlarning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, birgina faoliyatning o‘zida (bu faoliyatning bola uchun nima sababdan yuz berishiga ham qarab) shaxsning har xil (va hatto bir-biriga qa- rama-qarshi bolgan) sifatlari tarkib topishi mumkin. Masalan, biz tarbiyalanuvchilarni boshqalarni ochiqdan ochiq va dadil tan- qid qilishga o‘rgatamiz. Ana shunday qilish bilan bolada jasurlik, sof dillik, tanqidiy ko‘z bilan qarash fazilatlari tarkib topadi, deb hisoblaydilar. Ammo biz aytilganlarni hisobga olmasak, hami- sha ham o‘zimiz ko‘zlagan maqsadga erishavermaymiz. Chunki xulq-atvorning ana shu to‘g‘ri shakli negizida maktab o‘quvchisi

528

amal qiladigan motivlar yotadi. Bu xulq-atvor shaxsan 0‘quvchi- ning o‘zi uchun qanday ma’noga ega bo‘lishiga qarab, unda har xil sifatlar tarkib topishi mumkin. Agar o‘quvchi o‘z o‘rtog‘ini qat’iy motivlar asosida tanqid qiladigan bo‘lsa, bu tanqid uning o‘rtog‘ida xarakterning prinsipiallik, qat’iylik, halollik singari sifatlarini tarkib toptirishga yordam beradi; bordi-yu, o‘z aybini o‘rtog‘ining bo‘yniga qo‘yish istagi bilan tanqid qiladigan bo‘lsa, bu xudbin- lik, individualizmning tarkib topishiga yordam beradi. Agar shaxsiy g‘araz bilan tanqid qilinadigan bo‘lsa, unda shu asosda qasos- korlik, makkorlik, insofsizlik xislatlari tarkib topadi. Agar bunday tanqid qilishga, nihoyat, o‘qituvchidan qo‘rqish va unga yoqish istagi yoki mag‘rurlik istagi sabab bo‘lsa, unda laganbardorlik, ikki yuzlamachilik singari xislatlar tarkib topishi mumkin. Binobarin, to‘g‘ri xulq-atvor tajribasi bu xatti-harakat muayyan motivlar asosida amalga oshirilgan vaqtdagina ko‘zlangan maqsadga olib keladi. Shuning uchun xulq-atvorning to‘g‘ri motivlarini tajribada tarbiyalash va mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi. Maktab o‘quvchilarida muayyan vaziyatlarda tarbiyaviy ta’sirlar vositasida yuzaga keladigan ijobiy motivlar ularning tajribasida mustahkam- lanishi va barcha boshlang‘ich vaziyatlarga tarqalishi kerak.

Boshqacha qilib aytganda, shaxsning har bir sifat struktura- siga, binobarin, maktab o‘quvchisining tegishli xatti-harakatiga ijobiy munosabatda boiishiga imkon beradigan motiv, ikkinchi- dan, xatti-harakatlarning mustahkamlangan usuli kiradi. Shunday qilib, shaxsning xislati olimlar fikriga ko‘ra, xatti-harakat motivlari va bu motivlar tegishli shakllarining o‘ziga xos birik- masidir. Xatti-harakat barqaror, hukmron (asosiy) motivlarning sistemasini ba’zi psixologlar shaxsning yo‘nalishi deb ta’riflay- dilar. M.S.Neymark maktab o‘quvchilarining yo‘nalishini tadqiq qildi va bu yo‘nalishning uchta asosiy turini - jamoa, shaxsiy va ishchanlik yo‘nalishlarini (ishga, faoliyat jarayoniga bo‘lgan yo‘nalishni, ijodiy faoliyatga qiziqishni) alohida ajratib ko‘rsat- di. Yo‘nalishning jamoa, shaxsiy turlari bir xil, to‘g‘ri xarakte-

ristikasiga ega bo‘lmasligi kerak. Haqiqiy jamoa yo‘nalishidan

529

tashqari «xudbinlik guruhi» deb atalgan yo‘nalish — boshqa ja- moalarning qiziqishlarini mutlaqo mensimagan holda faqat bitta

jamoaning (guruh, sinf) qiziqishlarinigina e’tirof etadigan yo‘na- lish ham bor. Shaxsiy yolnalish shaxsiy yutuqlarga erishishga qa- ratilgan yo‘nalish sifatida hamma vaqt ham jamoa yo‘nalishiga

qarama-qarshi bo‘lavermaydi.

Psixologlar tarbiyaviy ish metodlarining psixologik asoslarini ishlab chiqayotganlarida, tarbiyaning har qanday metodiga abstrakt tarzda qarab va uni baholab bolmaydi, degan fikrga asoslangan- lar. Bu metodlar qo‘llanilayotganda, birinchidan, tarbiyalanayot-

gan o‘quvchining yosh va individual xususiyatlarini, ikkinchidan, shu o‘quvchi a’zo bo‘lgan bolalar jamoasining xususiyatlarini, ni- hoyat, tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatiladigan muayyan konkret sharoit- larni hisobga olish zarur. Shaxsning ijobiy yo‘nalishini tarkib top- tirish uchun, maktab o‘quvchisining barcha vaziyat va holatlarida to‘g‘ri yo‘l tutishi uchun uning nima qilishni bilishi, o‘zi hurmat qiladigan kishilarning nima qilayotganlarini ko‘rishi va o‘zi ham tokg‘ri xulq-atvorli bolishni mashq qilishi zarur.

Bilimlar, axloqiy tasavvurlar va tushunchalarning muayyan sistemasini egallamasdan turib haqiqiy e’tiqodlarni tarkib topti- rib bo‘lmaydi. 0 ‘z-o‘zidan bu bilimlar axloqiy xulq-atvorni bel-

gilamasdan turib, unga muhim ta’sir ko‘rsata olmaydi. Psixologik tadqiqotlarda shu narsa aniqlanganki, axloqiy tushunchalarni o‘zlashtirish jarayoni juda murakkab jarayon bo‘lib, unga maxsus rahbarlik qilishni talab etadi. 0 ‘quvchilarning tasodifiy hollar, ko‘chadagilarning bema’ni ta’siri, kattalarning yaramas xatti-harakatlari ta’sirida tarkib topadigan axloqiy tushunchalari tarbiyachilar va jamoa tomonidan to‘g‘ri g‘oyaviy rahbarlik qilin- masa, xato, noto‘g‘ri, buzuq tushunchalarga aylanib qolishi mumkin. Ba’zan o‘quvchi turmushdagi biror fakt yoki voqeani, adabiy asarlardagi mazmunni, kinokartinalarni o‘zi mustaqil tushuna olmay, noto‘g‘ri xulosalarga kelib qoladi. Juda og‘ir sharoitlar- da o‘quvchida xato fikrlargina emas, balki ma’naviy tamoyillar va ustanovkalar ruhiga ko‘ra bizga yot bo‘lgan xatolar ham yuza-

530

ga kelishi mumkin. Ko‘pchilik noto‘g‘ri xatti-harakatlarning yuz berishiga ana shular sabab bo‘ladi.

Axloqiy ongni tarkib toptirishning eng muhim yo‘li o‘quvchi- larning o‘zlarida to‘g‘ri xulq-atvorni yuzaga keltirish bilan axloqiy tajribani boyitish va umumlashtirish yo‘lidir, albatta. 0 ‘quvchi- lardagi axloqiy bilimning turli-tuman shakllari, ularning on- gi va his-tuyg‘ulariga jonli, yorqin, otashin so‘zning (jamoalar- da uyushtiriladigan suhbatlar, ma’ruzalar, munozaralar) ta’siri bu ishni ancha to‘ldirishi mumkin.

Birinchi vazifa — o‘quvchida o‘zida shaxsning ijobiy xislatla- rini taraqqiy ettirishga va o‘z xulq-atvoridagi yomon tomon- lardan xalos bo4ishga intilish istagini uyg‘otish.

Ikkinchi vazifa — o‘quvchiga o‘z shaxsiga tanqidiy munosabatda bo‘lishda, o‘z xulq-atvoridagi xususiyatlarni diqqat bilan va odilona tushunib olishida, o‘z kamchiliklarini yaqqol ko‘rishda, o‘z nuqsonlarini fahmlab olishda yordamlashish vazifasi kelib chiqadi.

Uchinchi vazifa — o‘qituvchi tarbiyachi o‘z-o‘zini tarbiyalash dasturini tuzishda, shaxs xulq-atvori xislatlarining qaysi xu- susiyatlarini (masalan, o‘zini ushlay bilish, qat’iylik va shu singarilarni) taraqqiy ettirish, qaysilarga (masalan, o‘jarlik, yalqovlik, qo‘pollikka) barham berish kerakligini belgilab, hal qilib olishda o‘quvchiga yordam beradilar. Xuddi shu yerda shaxs sifatlarini to‘g‘ri va obyektiv baholashda, ularni kelib chiqish sabablari hamda mazmuni jihatidan baholashda ham o‘quvchilarga ko‘maklashish muhimdir.

Nihoyat, to‘rtinchi vazifa — o‘qituvchi, tarbiyachi o‘z- o‘zini tarbiyalashning oqilona yolllarini ko‘rsatib beradilar, o‘quvchini shaxsning ijobiy hislatlarini tarkib toptirish va kamchiliklarga barham berishga oid eng maqsadga muvofiq va samarali yo‘llarini ko‘rsatadilar.

0 ‘smirlik yoshidan boshlab, tarbiyaning yangi omili — o‘z- o‘zini tarbiyalash vujudga keladi. 0 ‘quvchilar o‘zlaridan ijtimoiy

531


ahamiyatga ega bo‘lgan shaxs xislatlarini tarkib toptirish sohasi- da xulq-atvordagi kamchiliklarga salbiy xislat va sifatlarga bar- ham berish sohasida ongli ravishda muntazam ishlay boshlay- dilar. Odam yuksak darajada o‘z-o‘zini idora qiluvchi, o‘z-o‘zini kamol toptiruvchi birdan-bir sistemadir, — degan edi I.P.Pavlov.

Agar o‘z-o‘zini tarbiyalashga boigan intilishni kattalar, jamoa yetarli darajada boshqarib va tashkil qilib turmasalar, unda o‘quvchi o‘z-o‘zini tarbiyalash mazmunida (nimani tarbiyalash- da) hamda uning shaklida (qanday tarbiyalashda) jiddiy xatolar qilishi mumkin.

0 ‘qituvchi, tarbiyachi o‘quvchilarning o‘z-o‘zini tarbiyalashi- ga rahbarlik qilishda 4 ta vazifani ko‘zda tutishi kerak.

Tarbiya uch narsaga ehtiyoj sezadi: iste’dodga, ilmga va mashq- qa degan edi ulug‘ olim Arastu. Ana shu g‘oyalarga asoslangan holda tarbiyachilar quyidagilarga amal qilishlari lozimdir:

-          tarbiyada ulg‘ayayotgan inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir talaba, o‘smir va yosh yigitning betakror va o‘ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy huquqiy va erkinligi- ning e’tiborga tutilishi:

— milliylikning o‘ziga xos an’ana vositalariga tayanish, jahon- madaniyatining ilg‘or tajribalariga asoslanish;

-          talabalar faoliyatida tarbiyaviy jarayonning asosini tashkil qilish,

— qiziqarli, to‘laqonli talabalar yosh jihatlariga mos hayot iqli- mini yaratish, mehnat, xayriya, ijtimoiy foydali, ijtimoiy ko‘ngil- ochar va shunga o‘xshash tadbirlar tashkil etish lozimki, natijada talabalar o‘zlari xohlagan ishga qo‘l ursinlar, muvaffaqiyat hissini tushunib o‘zlariga ishonchlari ortsin, axloqan barqaror bo‘lsin.

Xulosa qilib aytganda, mustaqil jamiyatning baxt-saodati yo‘lida halol mehnat qilish; jamiyat boyligini saqlash va ko‘payti- rish yo‘lida har bir kishining tinmay g‘amxo‘rlik qilishi, ijtimoiy burchni yaxshi anglash; jamiyat hayotida va shaxsiy hayotda halollik va rostgo‘ylik, axloqiy sofdillik, odamiylik va kamtar- lik, milliy va irqiy adovatlarga aslo yo‘l qo‘ymaslik va doimo

532

o‘z-o‘zini tarbiyalab borish kabilar tarbiya jarayonining muhim xislatlaridir.

Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari:

1.                     Tarbiya tushunchasini qanday ta’riflash mumkin?

2.                     Tarbiya vositalari deganda nimani tushunasiz va ularga mi- sol keltiring.

3.                     Shaxs shakllanishida tarbiyaning o‘rni qanday?

4.                     0 ‘z-o‘zini tarbiyalash deganda nima tushuniladi?

5.                     0 ‘z-o‘zini tarbiyalash inson ontogenezining qaysi davridan boshlanadi?

Mavzuni mustahkamlash uchun test savollari:

1. Quyidagi javoblardan qay birida tarbiya tushunchasiga to‘g‘ri ta’rif berilgan?

a)                     Tarbiya — bu shaxsning ijtimoiy, ma’naviy va ishlab chiqa-

rish faoliyatiga tayyorlash maqsadida uning ma’naviy, jismoniy kamolotiga muntazam ravishda ta’sir ko‘rsatish jarayonidir.

b)                     Tarbiyachi tomonidan tarbiyalanuvchida barqaror axloqiy

xislat va xulqiy fazilatlarni tarkib toptirish, shakllantirish maqsadida tarbiyalanuvchining ongiga aniq maqsad yo‘lida tarbiyaviy ta’sir etish jarayonidir.

c)                     Bolaning ijtimoiy muhitda o‘z o‘rnini topishni o‘rganish- dan keyingi ikkinchi insonning hayotiy ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishidir.

*d) a,b,c javoblar to‘g‘ri.

2. 0 ‘quvchilar tomonidan ba’zi bir axloqiy tushunchalar va tasavvurlarning o‘zlashtirilishi va ularning bola shaxsiga bo‘lgan ta’siri kim tomonidan tadqiq etilgan? *a) V.A.Krutetskiy; b) P.I.Razmislov;

c)    A.L.Shnirman;

d)    A.S.Alyakrinskaya.

3. Shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarni belgilang.

533



XXIII BOB. 0 ‘QITUVCHI PSIXOLOGIYASI

Reja:

1.    Pedagog faoliyatida psixologiyaning o‘rni.

2.    Pedagogik muloqot.

3.    Pedagogik o‘zaro harakatlar psixologiyasi.

4.    Pedagogik qobiliyatlar.

5.    Pedagogik faoliyatning individual uslubi.

6.    Pedagog bilan psixolog faoliyatining modeli.

7.    Pedagogik jamoa psixologiyasi.

Mavzuning o‘quv maqsadi:

Ta’limiy: Talabalarni ta’lim jarayonida o‘qituvchining shaxsi- ga, kasbiy bilimdonligiga qo‘yiladigan mezon va talablar bilan tanishtirish, ta’lim samaradorligini ta’minlashda o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligining o‘rnini anglatish.

Tarbiyaviy: Pedagogik faoliyatda, shaxslararo munosabat- lar jarayonidagi muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish. Bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik mahorat, pedagogik nazokat kabi sifat- larni tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi: Talabalarning pedagogik faoliyat subyekti bo‘lgan o‘qituvchi shaxsiga xos psixologik xususiyatlar, ta’lim ja- rayonining samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar to‘g‘risidagi bi- limlarini rivojlantirish.

Tayanch tushunchalari kasbiy xislatlar, o‘qituvchi qobiliyat lari; perseptiv qobiliyatlar; akademik qobiliyatlar; avtoritar qobiliyatlar; gnostik malakalar.

23.1. Pedagog faoliyatida psixologiyaning o‘rni

Muhim davlat vazifasini - «Kadrlar tayyorlash Milliy das- turi»ni amalga oshirayotgan zamonaviy maktab o‘qituvchisi- ning xislatlari, uning ijodiy faoliyati XXI asrda shakllanib, aso- san amaliy ishda, pedagogik tajribalarni egallash jarayonida o‘sib rivojlana boradi.

Pedagog faoliyatida psixologiyaning o‘rni beqiyosdir. Chunki har bir pedagog dars o‘tish jarayonida o‘quvchilarining individu-

535


al psixologik xususiyatlarini bilishi, yangi mavzuni tushuntirayot-

ganda ham umumpsixologik qonuniyatlarni hisobga olgan holda darsni tashkil etishi ta’limning sifatiga ijobiy ta’sir etadi.

Hozirgi jamiyatimizda o‘qituvchining mustaqil ravishda bi- limlarni egallab, o‘z malakasini oshirib borishi bir tomondan o‘qituvchilik faoliyatining borgan sari naqadar muvaffaqiyatli bo- rayotganligini ko‘rsatsa, ikkinchi tomondan muhim vazifa ekan- ligidan dalolat beradi. Chunki bu kechiktirib bo‘lmas jarayon shaxsni intellektual qashshoqlikdan qutqarib qoladi.

Psixologik nuqtayi nazardan o‘qituvchi doimiy ravishda o‘z bilimlarini oshirish bilan shug‘ullanishi zarurdir. Chunki o‘qituv- chilik mehnatining asosiy xususiyati ham shudir. Pedagog har doim odamlar orasida ЬоЧагкап, u birinchidan, odamlarni ko‘pdan beri qiziqtirib kelayotgan haqiqatni o‘z qarashlari bo‘yi- cha to‘g‘ri tushuntirib berishi lozim. Albatta, o‘qituvchidagi bu tariqa qarashlar ko‘p yillar davomidagi mehnat va hayot faoliyati jarayonida shakllanadi; ikkinchidan, o‘qituvchining o‘zi axborot- lar olish uchun o‘quvchilarga nisbatan cheklangan vaqt imkoni- yatiga ega; uchinchidan, u o‘ta tor doiradagi tengqurlari bilan- gina muloqotda bo‘lish imkoniyatiga ega boiib, ko‘pincha o‘z kasbiga xos qiziqishlar bilangina cheklanib qoladi.

Ta’limning barcha ko‘rsatkichlari, Z.I.Kalmikovaning ta’kid- lashicha, anglash tezligi, yangi vazifalar hal qilinishiga erishish mumkin bo‘lgan aniq ma’lumotlar hajmi, uni bevosita hal qilish- dagi bosqichlar soni, natijaga erishishga yordam beruvchi ma’lumotlar miqdori, shuningdek, masalani hal qilish uchun sarf- langan vaqt miqdori, o‘z-o‘zining bilimini oshirish qobiliyati, ishchanlik va chiniqqanlik darajasiga bogliq.

Obqituvchining mustaqil bilim egallashi deganda, uning o‘z bilimlarini doimiy ravishda kasbiy va umummadaniy axborotlar bilan toldirib, o‘zining individual ijtimoiy tajribasini keng miq- yosda doimo yangilab borishi tushuniladi.

Odatda aksariyat o‘qituvchilar mustaqil bilim egallash zarurligini tushungan holda, undan muvaffaqiyatli foydalanadilar. Buning mo-

536


tivlari odatda pedagogik faoliyat jarayonida o‘qituvchi oldida yuzaga keladigan muammolarni anglab olish natijasida shakllanadi. Ko‘p hollarda bunday motivlar «o‘qituvchilarni qanday o‘qitib va qanday

tarbiyalash kerak?» degan xohish-istaklar tariqasida, fanning oxir- gi yutuqlari, o‘zining pedagogik mahoratini takomillashtirish ehti- yoji tug‘ilishi munosabati bilan shakllana boradi.

Shu bilan birga yaqqol ko‘zga tashlanib turgan ayrim hol- lardan ko‘z yuma olmaymiz. Masalan, o‘qituvchilar ommasi- ning ma’lum qismi mustaqil izlanishda bo‘lib, o‘z bilim saviyasini oshirish bilan faol shug‘ullanmaydi, malakasini oshirishga intil- maydi, ba’zilar muayyan bilimlar sohasida taraqqiyotdan butun- lay ortda qolmoqdalar. Bunday o‘qituvchilar o‘sib kelayotgan yosh avlodning ta’lim va tarbiya taraqqiyotiga jiddiy zarar keltiradilar.

Bu muammoni hal etishda asosiy vazifa malaka oshirish tizimi zimmasiga tushadi. Respublikamizda xalq ta’limi xodimlari- ning malakasini oshirish institutlarining tarmoqlari joriy etilgan, bular Avloniy nomidagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyor- lash va malakasini oshirish Markaziy instituti, Toshkent sha- har, viloyatlardagi xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish institutlaridir. Xalq ta’limidagi bu tizimning asosiy vazifasi doimiy ravishda o‘qituvchi kadrlarning malakasini oshirish, 0‘qituvchi kadrlarni o‘zlarining kasbiga xos bilim saviyasini, ko‘nikma, malakalarini, ma’naviyat va ma’rifatini, shu bilan bir qatorda iqtisodiy, ekologik va huquqiy ma’lumotini oshirishga da’vat etuvchi ijtimoiy psixologik sohalarni rivojlantirib borishdan iboratdir.

0 ‘qituvchining mustaqil bilim egallashi va malakasini oshirish pedagogik faoliyatning samaradorligini oshirishda zaruriy shart- lardandir.

Shu bilan birga o‘qituvchi doimiy ravishda o‘z malakasini oshirib, o‘z ishining muvaffaqiyatini yuqori darajada ta’minlash- ga yordam beradigan shaxsiy xislatlarini tarbiyalab borishi zarur.

Bu borada hazrati Bahouddin Naqshband «Chaqmoq tosh qo‘limizga berilgan, faqat harakat qilish kerak, toki natija hosil bo‘lsin» deb ta’kidlaganlar. Bu fikr bilan u ijtimoiy tarbiyaning

537



4) yoqimli ovozli, umumiy yoqimtoylik qiyofasidagi o‘qituvchi.

V.Kessel tadqiqotlarida o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga bog‘liq holda o‘qituvchilarning mashhurlik va mashhur emaslik motivlari o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘qituvchining mashhurligi ko‘p jihatdan uning materiallarni ko‘rgazmali, jon- li va muammoli tarzda yetkaza olish qobiliyatiga bog‘liq ekan.

V.S.Abramova, S.M.Illyusizova, V.A.Kan-Kalik va boshqalar «o‘qituvchi-o‘quvchi» munosabati bo‘yicha izlanishlar olib bor- ganlar. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘qituvchining muloqotda do‘st sifatida o‘z o‘rnini o‘quvchilarning tengdoshlari va ularning ota-onalariga berganligi ko‘rindi.

Ko‘pchilik psixologlar, shu bilan birga o‘zbekistonlik psixolog olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar zamonaviy o‘qituv- chilar uchun eng zarur xislatlarni aniqlab olish imkoniyatini bera- di. Rossiya psixologlaridan N.Kuzmina, V.Slastenin, F. Gonobo- lin, o‘zbekistonlik psixologlardan R.Gaynutdinov, M.Davletshin, Sh.Do‘stmuxamedova, S.Jalilova, A.Jabborov, M.Kaplanova va boshqalar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarida ham o‘qituvchilik kasbi va ta’lim jarayoniga doir muammolar keng tadqiq etilgan. Bunda o‘qituvchilik kasbiga muvofiq yaratilgan professiogrammani ko‘rish mumkin.

0 ‘qituvchi professiogrammasi muayyan fan tomonidan o‘qituvchiga qo‘yiladigan maxsus talablarni o‘z ichiga qamrab olishi lozim. Psixologik tadqiqot ishlarini olib borgan M.Abdul- lajonova, Ye.Gladkova, A.Mashkurov, T.Hamrokulov, E.Xidirov va boshqalarning ilmiy izlanishlari o‘zbek maktablarida rus tili va maktabgacha tarbiya muassasalarining tarbiyachilari kabi qator mutaxassisliklar bo‘yicha o£qituvchi professiogrammasining tax- miniy modelini (namunasini) aniqlab olish imkoniyatini berdi.

0 ‘qituvchining o‘rni va uning vazifalari o‘sib kelayotgan yosh av- lodni tarbiyalash ishiga jamiyat va jamoatchilik tomonidan e’tibor qaratilishining naqadar muhim ahamiyatga egaligi bilan aniqlanadi.

«...0‘qituvchi, — deydi A1 Forobiy, — aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega bo‘lishi va o‘quvchilarga aytmoqchi bo‘lgan fikrlarini




larni yo‘lga sola olishi, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik me- xanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir.

Ma’lumki, pedagogik faoliyat — kishi mehnatining eng murak- kab sohalaridan biridir. 0 ‘qituvchi jamiyat tomonidan qo‘yilgan talablar bilan bir qatorda o‘z faoliyatida, tevarak-atrofidagi kishilar, maktab ma’muriyati, hamkasblari, o‘quvchilar va ularning ota- onalari undan nimalarni kutishini ham esdan chiqarmasligi lozim.

0 ‘qituvchining o‘z ishidan nimanidir kutayotganligini bilishining o‘ziyoq muhim ahamiyatga egadir, mana shu tariqa kutishlar, gar- chand jamiyat tomonidan o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablarga mos kelsa-da, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Lekin bu talablar hamma vaqt ham bir-biriga mos kelmasligi mumkin. Psixologlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, xalq ta’li- mi bo‘limlari va maktab direktorlari o‘qituvchining ayrim xislatlari naqadar muhimligini har xil baholaydilar. Jumladan, xalq ta’limi bo‘limlarining mudirlari o‘qituvchidan birinchi navbatda o‘z fanini yaxshi bilishini va dars berish metodikasini mukammal o‘zlash- tirishini talab qilsalar, maktab direktorlari o‘qituvchiga qo‘yiladi- gan bunday talablami uchinchi o‘ringa qo‘yadilar. Shu bilan birga xalq ta’limi bolimlarining mudirlari o‘qituvchilarning o‘quvchilar va ota-onalar, maktab jamoasi bilan qanday muloqotda bo‘lishni bilishini naqadar ahamiyatga ega ekanligiga unchalik e’tibor bermay- dilar. Maktab direktorlari esa, bunday xislatlarni o‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan talablar ichida birinchi o‘ringa qo‘yadilar.

Bo‘lajak pedagog shaxsiga bir qator jiddiy talablar qo‘yila- di. Ularni asosiy, ya’ni uni egallamasdan turib, yuqori malakali o‘qituvchi yoki tarbiyachi bo‘lib yetishish mumkin bo‘lmagan va ikkinchi darajali, ya’ni bevosita pedagogik faoliyati uchun emas, balki uning shaxs sifatida shakllanishi va shaxsga ta’lim-tarbiya berishida muhim bo‘lgan talablarga ajratish mumkin.

Bosh, asosiy talablar singari, ikkinchi darajali talablar ham pedagogning faoliyati psixologiyasiga ya’ni, uning muloqoti, qo- biliyati, bilimi, malaka va ko‘nikmasi, mahorati, bolalarni tar- biyalash va ta’lim berish uchun zarur bo‘lgan sifatlarga bog‘liq-



qo‘shimcha, lekin nisbatan turg‘un talablar qatoriga kirishuv- chanlik, artistlik, shodon xulq, yaxshi did-farosat va boshqalarni kiritish mumkin. Bu xususiyatlar eng asosiy o‘rinda turmasa-da, ammo o‘qituvchi faoliyati uchun katta yordam beradi.

Bu hamma xossalar tug‘ma qobiliyat emas. Ular pedagogning muntazam mehnati, shuningdek, o‘z ustida tinmay ishlashi nati-

jasida egallanadi.

Bosh va ikkilamchi pedagogik xossalar jamlanib, pedagogning shaxsiyatini aniqlaydi, shu jihatlar kuchi bilan har bir o‘qituvchi qaytarilmas va o‘ziga xos shaxs sifatida namoyon bo‘ladi.

Jamiyat tomonidan qo‘yiladigan talablardan eng muhimi o‘qituvchining shaxsi va uning kasbi bilan bog‘liq xislatlariga qa- ratilgan.

Jamiyatning o‘qituvchilik kasbiga qo‘yadigan asosiy talablari quyidagichadir:

— shaxsni ma’naviy va ma’rifiy tomondan tarbiyalashning, milliy uyg‘onish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklar- ning mohiyatini, bolalarni mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashni bilishi, o‘z Vatani, tabiatga va oilasiga bo‘lgan mu- habbati;

— keng bilim saviyasiga ega boiishi, turli bilimlardan xabar- dor boiishi;

— yosh, pedagogik-psixologiya, ijtimoiy psixologiya va pe- dagogika, yosh fiziologiyasi hamda maktab gigiyenasidan chuqur bilimlarga ega bolishi;

— o‘zi dars beradigan fan bo‘yicha mustahkam bilimga ega bo‘lib, o‘z kasbi, sohasida jahon fanida erishilgan yangi yutuq va

kamchiliklardan xabardor bo‘lishi;

— ta’lim va tarbiya metodikasini egallashi;

— o‘z ishiga ijodiy yondashishi;

— bola psixik taraqqiyotini, uning ichki dunyosini tushuna olishi;

— pedagogik texnikani (mantiq, nutq, ta’limning ifodali vosi- talari) va pedagogik taktga ega bo‘lishi;

— o‘qituvchining o‘z bilim va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi.

Наг bir o‘qituvchi ana shu talablarga eng yuqori darajada mos keladigan bo‘lishga intilishi kerak.

0 ‘qituvchiga jamiyat tomonidan qo‘yiladigan talablar, tur- li xildagi ijtimoiy kutishlar, pedagogning individualligi, uning shu tariqa talablarga javob berishga subyektiv tayyorligi muayyan o‘qituvchining pedagogik faoliyatga naqadar tayyorligidan dalo- lat beradi. Jamiyatning muayyan tarixiy davrida, belgilangan

vaqt va belgilangan ish joyiga xos bo‘lgan pedagogning asosiy va ikkinchi darajali o‘zgaruvchan xususiyatlari haqidagi masala- ni hal qilish birmuncha murakkabdir. Jamiyatda ro‘y berayotgan yangi shart-sharoitlar, ta’lim va tarbiya sohasida yangi maqsad va vazifalarni qo‘yadi. Ular o‘z navbatida o‘qituvchi va tarbiyachi shaxsiga qo‘yiladigan talablarni belgilab beradi. Bu talablarni o‘z

vaqtida va aniqroq aniqlash uchun quyidagilarni bajarish lozim:

0 ‘quvchini hozirgi zamon talabiga javob beradigan, erkin fikrlovchi shaxs sifatida shakllantirish uchun pedagogning o‘zi mustaqil fikrlovchi, yuqori saviyadagi bilimli, dunyoqarashi keng

bo‘lmog‘i va okzida bu xususiyatlarni muntazam rivojlantirib bor- mog‘i lozim.

                           f                 Jamiyat rivojlanishining siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy j

                             '4yo‘nalishlarini to‘g‘ri baholash.                                                           J

Jamiyat muntazam rivojlanib borishi uchun bu jamiyatda inson qanday sifatlarga ega boMishi kerak ekanligini V^aniqlab olish.___________________________________________ /

0 ‘rta ta’limni tamomlagan hozirgi zamon kishisi qanday xislatlarga ega bo‘lishi, qanday kamchiliklardan qutuli-

                              4shi kerakligini aniqlash.                                                                       y

                             if                                                                                                                                                                              N

Hozirgi zamon pedagogi qanday bo‘lishi lozimligi, qanday qilib jamiyatga kerakli shaxsni shakllantira olishini

aniqlash.

544

Ota-onalar o‘qituvchining ish staji va yoshi qanday bo‘lishi- dan qat’i nazar undan farzandlarini tarbiyalash va o‘qitish maho- ratini kutadilar. 0 ‘quvchilar esa o‘qituvchilarni uch xil xislatlari bo‘yicha xarakterlab beradilar. Jumladan, birinchidan, o‘qituvchi- ning odamgarchiligi, adolatliligi, sof vijdonliligi, bolalarni yaxshi ko‘rish xislatlari; ikkinchidan, o‘qituvchining sezgirligi, talabchan- ligi bilan bog‘liq tashqi xislatlari va xulq-atvoriga qarab; uchinchi- dan, o‘qituvchining o‘z fanini bilishi, uni tushuntira olishi kabi ta’lim jarayoni bilan bog‘liq xislatlariga qarab xarakterlab beradilar.

Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, tarbiya jarayonining samara- dorligini oshirishga qo‘yiladigan talablar bilan birga, o‘qituvchi shaxsi va uning faoliyatiga nisbatan qo‘yiladigan ijtimoiy talablar ham o‘sib bormoqda.

Obqituvchiga jamiyat tomonidan qo‘yiladigan talablar, turli xil- da ijtimoiy kutishlar, pedagogning individualligi, uning shu tari- qa talablarga javob berishga subyektiv tayyorligi muayyan o‘qituv- chining pedagogik faoliyatga naqadar tayyorligidan dalolat beradi.

23.2. Pedagogik muloqot

Maxsus pedagoglik qobiliyatlari ichida shundaylari ham bor- ki, ularni aniq olqituvchilik yoki tarbiyachilik faoliyatiga man- sub deb ajratib bo‘lmaydi. Negaki, ular har ikkalasi uchun ham bir xilda zarurdir. Ushbu jihat — pedagogik muloqot, muomala- dir. Psixolog olim V.A.Kan-Kalik bunday qobiliyatni tadqiq qilib shunday fikrlarni bergan edi. Pedagoglik ishi o‘z tuzilishida ikki yuzdan ortiq tuzilmani tashkil qiladi. Muloqot uning eng murak- kab tomonlaridan biridir, negaki u orqali pedagogik faoliyatning eng asosiy maqsadi — o‘qituvchi shaxsining o‘quvchi shaxsiga ta’siri amalga oshiriladi. Pedagogning muhim mahoratlaridan ya- na biri o‘quvchilar bilan uzoq va samarali ta’sir o‘tkazishni tashkil etishidir. Odatda, bu mahoratni pedagogning kommunikativ qobiliyati bilan boglaydilar. Kasbiy pedagoglik muloqotiga ega bo‘lish — shaxslararo muloqotga tegishli bo‘lgan pedagog shaxsining muhim tomonidir.


Aytib o‘tish joizki, pedagogik muloqot chog‘ida namoyon bo‘ladigan kommunikativ qobiliyat — bu bolalar ta’lim va tar- biyasi bilan bog‘liq pedagogik ta’sir doirasida o‘ziga xos ravish- da namoyon bo‘luvchi muomala qobiliyatidir. Shulardan kelib chiqqan holda, shunday xulosa qilish mumkin:

Inson muloqotining ma’lum bir sohasidagi umumiy kommunikativ qobiliyatni muhokama qilmay turib, pedagogik muloqot qobiliyati haqida alohida fikr yuritish mumkin emas.

So‘z pedagogik muloqot haqida borar ekan, bunda umumiy kommunikativ qobiliyatlar haqida gapirish bilan chegaralanib qolish mumkin emas.

Birinchidan, insonning barcha kommunikativ qobiliyatlari ham birdek namoyon bo‘lavermaydi va pedagog uchun birdek zarur bo‘lmaydi. Ikkinchidan, pedagog egallashi lozim bo‘lgan

bir qator kommunikativ malaka va ko‘nikmalar borki, ular boshqa kasbdagi kishilar uchun muhim ahamiyatga ega emas. Jumladan, insonning boshqa kishilarni tushuna olishi, o‘z-o‘zini anglashi, muloqot jarayonini to‘g‘ri baholashi, to‘g‘ri qabul qilishi, boshqa odamlar bilan to‘g‘ri munosabatga kirisha olishi, o‘z-o‘ziga nis- batan talabchan boiishidir.

Har bir ajratilgan kommunikativ qobiliyatlar guruhini bataf- sil ko‘rib chiqib, shu bilan birga pedagogik muloqot davrida bu qobiliyatlarning yaxshi rivojlanmaganligi sababli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni ko‘rsatib o‘tamiz.

Insonni inson tomonidan bilish insonni shaxs sifatida umumiy baholashdir. U odatda bir ko‘rishda olingan taassurotlar natijasi- da jamlanib, uning shaxsini ayrim tomonlari, motivlari va kelgusi

546

rejalarini baholash; tashqi ko‘rinish va odamning ichki hissiyot- lari o‘zaro bog‘liqligini ko‘ra olish; jestlari, imo-ishoralari, mimi- ka va pantomimikalarni o‘qib bilishda namoyon bo‘ladi.

Odamni o‘z-o‘zini anglashi o‘z bilimlari, qobiliyatlari, xarak- terini va boshqa shaxsning xususiyatlarini baholashi; sirtdan qa- raganda odam qanday qabul qilinadi va u boshqa odamlar ko‘zi- da qanday namoyon bo‘lishini bila olishidir.

Muloqot jarayonidagi holatni to‘g‘ri baholash — bu holatni ku- zata bilish, undan foydali axborot belgilarini ajratib olish va ular- ga e’tiborni qaratish, vujudga kelgan holatning ijtimoiy va psixo- logik mazmunini to‘g‘ri aniqlash va qabul qilish qobiliyatidir.

0 ‘qituvchilik faoliyatining pedagogik nuqtayi nazardan qiziqarli bo‘lgan, lekin kam o‘rganilgan va amaliyotda ko‘pdan ko‘p muam- molar keltirib chiqaradigan turi pedagogik muloqotning noverbal shakli deb nomlanadi. Bu bilan bog‘liq kommunikativ qobiliyat quyidagilarni o‘z ichiga oladi: notanish odamlar bilan muomala- ga kirisha bilish, ziddiyatlarni oldini olish, yuzaga kelgan tushun- movchilik va ziddiyatlarni o‘z vaqtida yecha olish, boshqa odam tomonidan o‘zini to‘g‘ri tushunishni va qabul qilishni ta’minlay- digan tarzda o‘zini tutish, boshqa odamga o‘zining qiziqishlari va hissiyotlarini bayon etishga imkon berish, muloqotdan o‘zi uchun yuqori darajada foyda ola bilish qobiliyati.

Insonning o‘z-o‘ziga nisbatan qilgan harakatlarida namoyon boigan qobiliyati, o‘zining xulq-atvoridagi faoliyatini boshqa- rishni bilishi, atrof-muhitdagi odamlar bilan o‘zaro muloqot qil-

ganda zarur bo‘lgan qobiliyatdir. Bu narsa bizni boshqa odamlar tomonidan to‘g‘ri qabul qilinishimiz va to‘g‘ri tushunishimizni ta’minlaydi. Bunga yana insonni odatlaridan va kamchiliklari- dan qutulishga bo‘lgan layoqati, ya’ni muloqotga to‘siq bo‘ladi- gan, muloqot uchun zarur bo‘lgan foydali malaka va ko‘nikma- larni shakllantirishga bo‘lgan qobiliyatini ko‘rsatish mumkin.

Insonning kommunikativ qobiliyati rivojlantirish mumkin bo‘lgan jarayondir. Ularni shakllantirishda ijtimoiy-psixologik trening yaxshi natija beradi.


Alisher Navoiy muomala qiluvchi shaxsning mahorati haqida shunday deydi: «Shirin so‘z ko‘ngillar uchun bamisoli asaldir».

Shuning uchun ham pedagog har on nutq madaniyatiga kuch- li e’tibor berishi, o‘zining psixologik, estetik, jismoniy, axlo- qiy jihatlarini namuna holatda namoyon etishi muhim. Yuksak tuyg‘u madaniyatiga ega bo‘lgan pedagog talabalarning kayfiyati, noxushligini darrov fahmlaydi.

Qo‘pol, odobsiz gaplarga o‘rin qoldirmaslik, talaba shaxsiga te- gadigan qo‘pol muomala qilish pedagogning faoliyatiga putur yet- kazadi. Talaba ahvolini tushunish, unga hamdard bo‘lish, madad berish kerak. Pedagog o‘zining pedagogik faoliyatida awalo to‘g‘ri so‘z bo‘lishi, ishlarini adolat bilan olib borishi kerak. Bu xislat tar- biyachi bilan talaba o‘rtasida yaqinlikni oshiradi, chunki adolat in- sonlar xulqini baholovchi muhim mezondir. Zamonaviy pedagogga birgina umumiy madaniyatning o‘zi kifoya qilmaydi. Shuningdek, maxsus bilimlar va malakalar asosida talabalarni kuzatish, ularning o‘sishidagi muhim jihatlarni jamiyatda vujudga kelgan asosiy ijti- moiy g‘oyalar bilan taqqoslash, ta’lim-tarbiya jarayonini rivojlanti- rish yo‘llari va usullarini aniqlash, turli vositalar bilan tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish, tahlil qilish, pedagogik izlanishlar va yutuqlarni il- miy jihatdan bir tizimga solish maqsadga muvofiqdir. Albatta, bun- da pedagog talabchan, yaxshi, mehribon, sabrli, bosiq va o‘z kasbiga nisbatan e’tiqodli bo‘lishi lozim. Talabani butun qalbi bilan sevadi- gan pedagog ko‘proq tabassum qiladi, kamroq qovoq soladi. Tala- balarga bilim berish bilan birgalikda ayni vaqtda ularga o‘z xarak- terini o‘tkaza oladi, ularga odamiylik namunasi bo‘lib ko‘rinadi.

23.3. Pedagogik o‘zaro harakatlar psixologiyasi

Pedagogik muloqot maxsus jihatining namoyon bolishi pedagog tomonidan rag‘batlantirish va jazolash usulining qo41a- nilishidir. Agar rag‘batlantirish yoki jazolash xizmatga yarasha odilona bo‘lsa, ular o‘quvchilarning yutuqlarini mustahkamlaydi, qollaydi. Rag‘batlantirish va jazolash usullarining mustahkam- lash roli pedagogik adolatga bog‘liq bo‘ladi. Pedagogik nuqtayi

548



0 ‘quvchining motivatsiya- siga ta’sir etish, ichki stimul- Tashqi stimullarga suyanish: lariga suyanish, qiziqish, o‘z- maqtov, musobaqada faqat

10.                                                                                                     10.

o‘zini rivojlantirish maqsadi, g‘alabani mo‘ljallash, muko- o‘qishdan qoniqish va boshqa- fot olish va boshqalar. lar.

0 ‘quvchining e’tiborini 0 ‘quvchi e’tiborini uning yu-       uning o‘qishdagi yutuqlariga tuqlariga qaratib, bu uning             qaratib, bu           o‘qituvchining

11.                                                                                                     11.

qobiliyati va imkoniyati tufay- yoki boshqa biror inson- li yuzaga kelganini ko‘rsatish. ning sa’y-harakati ekanligini ta’kidlash.

                                                                                    0 ‘quvchi     avvalgi     vazifalar­

Avvalgi                                                           vazifalar          baja- ni bajarmasdan turib, yana

          rib         boiinganidan           so‘ng,

12.                                                                                                     12. yangi vazifalarni yuklash, o‘quvchida yangi vazifalarni

                                                                                   bu       o‘quvchi             e’tiborining

bajarishga qiziqish uyg‘otish.

chalg‘ishiga olib keladi.

0 ‘qituvchi o‘quvchilarning ko‘pgina sa’y-harakatlariga e’tibor qaratib, ularni yaxshi ishlari uchun rag‘batlantirib, qilgan xato- larini doimo eslatmasa, buning uchun jazolamasa, ijobiy ta’sir o‘tkazishi mumkin. Xulosa qilib shuni aytish joizki, o‘qituvchi- ning barcha ijobiy, umuminsoniy axloq m e’yorlariga mos keluv- chi xislatlari ta’lim faoliyatining samaradorligini oshirishda kat- ta ahamiyatga ega.

23.4. Pedagogik qobiliyatlar

Pedagogik faoliyatdagi muhim jihatlardan biri bu pedagogik qobiliyatdir.

Pedagogik qobiliyat — bu qobiliyat turlaridan biri bo‘lib, ki- shining pedagogik faoliyatga yaroqliligini va shu faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug‘ullana olishini aniqlab beradi.

Uzoq yillar davomida olib borilgan tadqiqotlar pedagogik qobiliyatlar murakkab va ko‘pqirrali psixologik bilimlardan iborat- ligini ko‘rsatib berdi. Ana shu tadqiqot ma’lumotlaridan foydala- nib, pedagogik qobiliyatlar tuzilishida muhim o‘rin egallaydigan qator komponentlarni ajratib ko‘rsatish mumkin:

550


Didaktik qobiliyatlar.

A •Akademik qobiliyatlar.

•Perseptiv qobiliyatlar.

•Nutq qobiliyati

•Tashkilotchilik qobiliyati

•Avtoritar qobiliyat

PEDAGOGIK •Kommunikativ qobiliyatlar.

•Pedagogik xayol. QOBILIYATLAR • Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati

1.       Didaktik qobiliyatlar. Bu bolaga o‘quv materialini aniq va ravshan tushuntirib, oson qilib yetkazib berish, bolalarda fanga qiziqish uyg‘otib, ularda mustaqil faol fikrlashni rivojlantira ola- digan qobiliyatdir.

Didaktik qobiliyatga ega bo‘lgan o‘qituvchi zarurat tug‘il- ganda qiyin o‘quv materialini osonroq, murakkabrog‘ini sodda- roq, tushunish qiyin boMganini tushunarliroq qilib, o‘quvchilarga moslashtirib yetkazib bera oladi.

Ana shunday pedagogik qobiliyatni aniqlash uchun psixolog N.Gonobolin juda qulay test tavsiya etadi. Bu testga ko‘ra bi- lish xarakteridagi matnda o‘qituvchining fikri bo‘yicha ayrim sinf o‘quvchilari uchun qiyin deb hisoblangan qismlarni alohi- da ko‘rsatib, nima uchun bu qismlarning qiyinligini tushuntirib berish, shundan so‘ng esa matnni o‘quvchilarga yengil va ular- ning o‘zlashtirishlari uchun qulay qilib qayta tuzish tavsiya eti- ladi.

Qobiliyatli o‘qituvchi shu bilan bir qatorda materialni o‘zlash- tirish, o‘quvchilarni diqqat-e’tiborini jalb qilishni ham nazarda tutadi. Bunday o‘qituvchi zarur sharoit yaratilmaguncha dars- ni boshlamaydi. Haddan tashqari shiddat bilan boshlangan dars o‘quvchilarda himoya qiluvchi tormozlanishni vujudga keltirib, miya faoliyatini tormozlaydi va o‘qituvchining so‘zlari yetarlicha idrok qilinmaydi.

2.       Akademik qobiliyatlar — o‘qituvchining o‘zi o‘qitadigan fani, shuningdek, boshqa fanlar sohasiga xos boigan chuqur va keng bilimlarga ega bo£lish qobiliyatidir.

Akademik qobiliyatli o‘qituvchi faqat o‘z fani doirasidagina emas, balki atroflicha keng, chuqur bilimlarga ega bo‘lib, bu so- halarda erishilgan yutuqlar va kashfiyotlarni doimiy ravishda ku- zata borib, ularni dars jarayonida o‘quv materiali sifatida qoilay oladi, hamda kichik tadqiqot ishlarini olib boradi. Ko‘pchilik tajribali pedagoglarning aytishlaricha, o‘qituvchi o‘z fani bo‘yi- cha bunday yuksak bilim saviyasiga erishishi, boshqalarni qoyil qilib hayratda qoldirishi, o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘ota oli- shi uchun yuksak madaniyatli, har tomonlama mazmunli keng dunyoqarashli odam bo‘lmog‘i lozim.

3.       Perseptiv qobiliyatlar — bu psixologik kuzatuvchanlik, o‘quvchi shaxsining individual psixologik xususiyatlarini inobat- ga olgan holda yondashish, o‘quvchining vaqtinchalik psixik ho- latlarini tushuna bilishdan iborat qobiliyatdir.

4.       Nutq qobiliyati — o‘qituvchining o‘z his-tuyg‘ularini nutq yordamida, shu bilan birga mimika va pantomimika yordami- da aniq va ravshan qilib ifodalab berish qobiliyatidir. Bu o‘qituv- chilik kasbidagi muhim xislatlardan biri hisoblanadi. Chunki o‘qituvchidan o‘quvchilarga uzatiladigan axborot asosan ikkinchi signal tizimi — nutq orqali beriladi. Bunda mazmun jihatidan uning ichki va tashqi xususiyatlari nazarda tutiladi. 0 ‘qituvchi nutqi, uning talaffuzi aniq-ravshan, oddiy va o‘quvchilar uchun tushunarli bo‘lishi kerak. Beriladigan axborotlar shunday tuzi- lishi kerakki, bunda o‘quvchilarning diqqat-e’tibori yuqori dara-

jada faollashtirilishi lozim. Qobiliyatli o‘qituvchining nutqi jonli, obrazli, intonatsiyali va ifodali, emotsiyaga boy bo‘lib, bunda stilistik va grammatik xatolar mutlaqo boimasligi lozim. Bir xil ohangdagi nutq o‘quvchilarni juda tez toliqtiradi. Shu bilan birga bunday nutq I.P. Pavlovning fiziologik ta’limotiga ko‘ra, do-

552

imiy ta’sir etuvchi qo‘zg‘atuvchiga aylanib, bosh miya katta ya- rim sharlar po‘stlog‘ida tormozlanish jarayonini yuzaga keltiradi.

Nutq tezligi ko‘p jihatdan o‘qituvchining individual psixologik xususiyatlariga bog‘liq.

Shoshqaloq nutq bilim o‘zlashtirishga xalaqit berib, bolalarni tez toliqtiradi va muhofaza qiluvchi tormozlanishni yuzaga keltiradi. 04a sekin nutq lanjlik va zerikishga sabab boMadi. Nutqning

balandligi qattiq gapirish ham xuddi shu singari hollarga olib ke- ladi. Haddan tashqari qattiq, keskin, baqirib gapirish o‘quvchi- larning asabiga tegib, ularni tez toliqtiradi.

5. Tashkilotchilik qobiliyati — bu dars jarayoni va darsdan tashqari faoliyatlarni tashkil eta bilish, okquvchilar jamoasini uyushtira bilish va jipslashtira olish, shuningdek, o‘z shaxsiy ish- larini to‘g‘ri tashkil qila olish qobiliyatidir.

0 ‘qituvchining o‘z ishini tashkil qila bilishi deganda, uning o‘z ishini to‘g‘ri rejalashtirib, uni nazorat qila olishi nazarda tu- tiladi. Tajribali o‘qituvchilarda vaqtga nisbatan o‘ziga xos sezuv- chanlik — ishni vaqt bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlab, moljallangan vaqtdan to‘g‘ri foydalana olish ko‘nikmasi paydo boladi. Dars davomida, albatta, ko‘p hollarda vaqtni behuda yo‘qotish ham mumkin. Lekin bu yo‘qolgan dars rejasini tuzatish zaruriyati tu- zilgan hollarda boMishi mumkin. Tajribali o‘qituvchilar vaqtni seza bilishni o‘rganish uchun dars rejasini yoki matnda vaqtni nazorat qilish uchun belgilar olib borishni tavsiya etadilar. Jum- ladan: darsning 10, 20, 30 va boshqa daqiqalari davomida ma-

bodo, ko‘zda tutilmagan vaqt ortib qolgan taqdirda foydalanish uchun qanday qo‘shimcha materiallarni tayyorlash yoki vaqt yet- may qolgan taqdirda qanday materialni keyingi darsga qoldirish mumkinligi haqida maslahat beradilar.

6.       Avtoritar qobiliyati — bu olquvchilarga bevosita emotsio- nal-irodaviy ta’sir etib, ular o‘rtasida obro‘ orttira bilishdan ibo- rat qobiliyatdir.

Avtoritar qobiliyat o‘qituvchining rostgo‘yligi, irodaviy ud- daburonligi, o‘zini tuta bilishi, farosatliligi, talabchanligi ka-

553


bi irodaviy xislatlar hamda qator shaxsiy fazilatlarga, shu bilan birga o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasida javobgarlikni his etish, uning e’tiqodi, o‘quvchilarga ma’naviy va ma’rifiy e’tiqodni sing- dira olish kabi xislatlarga ham bogiiqdir.

7.       Kommunikativ qobiliyati — bu bolalar bilan muloqotda bo‘lishga, o‘quvchilarga bo‘lgan munosabatda to‘g‘ri yo‘l topa bi- lishga, ular bilan pedagogik nuqtayi nazardan maqsadga muvofiq o‘zaro aloqa bog‘lashda pedagogik taktning mavjudligiga qaratil- gan qobiliyatdir.

Pedagogik takt psixologiyasini o‘rganishda psixolog I.V.Stra- xov benihoyat katta hissa qo‘shgan. Uning fikricha, bunda mu- himi — o‘quvchilarga ta’sir etishning eng qulay usullarini topa bilish, tarbiyaviy ta’sirni qo‘llashda maqsadga muvofiq pedagogik choralarga e’tibor berish, aniq pedagogik vazifalarni hisobga olish, o‘quvchi shaxsining psixologik xususiyatlari va uning im- koniyatlari hamda mazkur pedagogik holatlarni hisobga olish zarurdir.

Pedagogik taktning yaqqol ifodalaridan biri — har qanday pedagogik ta’sirga nisbatan qo‘llaniladigan chora-tadbirlarni (rag‘batlantirish, jazolash, pand-nasihat) his eta bilishdan iborat- dir. Mahoratli o‘qituvchi bolalarga e’tibor berib, ziyraklik bilan qaraydi, ularning individual psixologik xususiyatlari bilan hisob- lashadi.

Pedagogik taktning yolqligi ko‘pincha og‘ir oqibatlarga olib keladi. CTqituvchining pedagogik takti masalasi haqida so‘z ket-

ganda shuni ham aytish joizki, qachon okquvchilar olqituvchining ijobiy xislatlari to‘g‘risida gapirar ekanlar, ular hamisha o‘qituv-

chining adolatliligi kabi xislatlarini birinchi o‘ringa qo‘yadilar.

8.       Pedagogik xayol — bu kishining o‘quvchilar shaxsini tar­biyaviy tomondan loyihalashtirishda o‘z ish-harakatlarining natijasini oldindan ko‘ra bilishda namoyon bo‘ladigan qobiliyatdir. Bu qobiliyat o‘qituvchi ma’lum o‘quvchidan kelgusida kim chiqishini ko‘z oldiga keltirishida, tarbiyalanuvchilarda u yoki bu xildagi xislatlarning rivojlanishini oldindan ko‘ra bilishida namoyon bo‘ladi. Bu qobiliyat pedagogik optimizm, tarbiya- ning kuchiga, o‘quvchilarga bo‘lgan ishonch bilan bog‘liqdir.

9.       Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati — bu qobiliyat bir vaqt- ning o‘zida diqqatni bir qancha faoliyatga qarata olishda namoyon bo‘lib, o‘qituvchi ishida g‘oyat muhim ahamiyatga egadir.

Qobiliyatli, tajribali o‘qituvchi bir vaqtning o‘zida o‘z diqqat-e’tiborini o‘quv materialining mazmuniga, uning qanday bayon etilishiga, o‘quvchi fikriga qaratadi va shu bilan bir qatorda barcha o‘quvchilarni kuzatib, ularning hissiy-emotsional holatlari- ga, e’tiborli yoki e’tiborsizligiga, darsni tushunish-tushunmasligiga ahamiyat berib, o‘quvchilarning intizomini kuzatadi hamda oqi- bat natijada o‘zining shaxsiy xulq-atvoriga ham (yurish-turishiga, o‘zini tutishiga, mimika va pantomimikasiga) e’tibor beradi. Taj- ribasiz o‘qituvchi, ko‘pincha o‘quv materialini bayon etishga be- rilib ketib, o‘quvchilarning nima qilayotganliklarini sezmay qola- di va nazoratdan chiqarib qo‘yadi, agar, bordi-yu, o‘quvchilarni diqqat-e’tibor bilan kuzatishga harakat qilsa, bunday hollarda o‘z bayonotining izchilligini yo‘qotib qo‘yadi.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qobiliyatlardan tashqari, o‘qituvchi inson shaxsining maqsad sari intilishi, uddaburonlik, mehnat-

sevarlik, kamtarlik kabi qator ijobiy xislatlariga ega bolishi lozim.

U o‘quvchilarni tarbiyalar ekan, o‘zining xulq-atvori, yu- rish-turishi, xullas, butun o‘qituvchilik shaxsi bilan o‘quvchilar- ga o‘rnak boiishi kerak.

0 ‘qituvchining o‘zini qo‘lga ola bilishi muhim ahamiyatga egadir.

Xulosa qilib, shuni aytish joizki, o‘qituvchining barcha ijobiy, umuminsoniy axloq m e’yorlariga mos keluvchi xislatlari o‘quv- tarbiyaviy jarayonda katta ahamiyatga ega.

N.V.Kuzmina o‘qituvchi faoliyatidagi ba’zi qobiliyatlarga mu- vofiq keluvchi asosiy tarkibiy qismlarga konstruktivlik (pedagogik maqsadga mos keluvchi materialni tanlay olish va uni namoyon etish vositalarida aks etadi), tashkillashtirish, kommunikativ-

lik (tarbiyalanuvchilar bilan muloqot o‘rnata olish qobiliyati) va

555

gnostik (bilimlardan foydalanish va qoilay olish qobiliyati) qo- biliyatlarini kiritadi. Bundan tashqari, N.V.Kuzmina pedagogik qobiliyatlarga pedagogik kuzatuvchanlik, pedagogik tasavvur, pedagogik takt, diqqatning taqsimlanishi, talabchanlikni ham kiritadi.

0 ‘z ishini muvaffaqiyat bilan olib borishi uchun pedagog bir qator zarur bo‘lgan umumiy va maxsus qobiliyatlarga ega bo‘li- shi kerak. Umumiy qobiliyat deganda, har qanday inson faoliya- tida yuqori natijalarga erishish mumkin bo‘lgan, maxsus qobiliyat esa bolalarga ta’lim va tarbiya berishda yutuqlarga erishish mumkin bo‘lgan pedagog faoliyati davomidagi kerakli qobiliyat tu- shuniladi. Umumiy qobiliyatlar faqatgina pedagogik faoliyat bilan bog‘liq bo‘lib qolmaydi, maxsus qobiliyatlar esa pedagogik faoliyat samaradorligiga bevosita to‘liq ta’sir ko‘rsatadi.

Bu barcha maxsus qobiliyatlar — ta’lim berish, o‘qitish, o‘rgatish uchta o‘zaro bogiangan bilim olish, malaka oshirish va ko‘nikma hosil qilishning jihatlaridir. Ular ontogenezda qachon va qanday shakllana boshlanishini, shuningdek, qanday qonuni- yatlar bo‘yicha rivojlanishini aniq aytish qiyin. Ulardan qaysi- laridir tug‘ma hisoblanib, zehn ko‘rinishida mavjud boiadi, hol- buki hozirgacha ilm-fan bu narsalar to‘g‘risida aniq ma’lumot bera olmaydi. Boshqa qobiliyatlar kabi pedagogik qobiliyat ham tarbiyalanadi va ularni ongli ravishda bolalarda shakllantirish hamda rivojlantirish mumkin.

Maxsus pedagogik qobiliyatlar ichida bolalarni tarbiyalash qobiliyati o‘ziga xos sinfni tashkil etadi. Ular ichida asosiylari deb quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

1.       Boshqa odamning ichki kechinmalarini to‘g‘ri baholay olish, hamdardlik, hamfikrlik (empatiya) qobiliyati.

2.       Bolalar uchun qilayotgan ishlarida namuna va o‘rnak bo‘la olish qobiliyati.

3.       Bolalarda oliyjanoblik hissini, yaxshi inson bolishga xohish va intilishni, yuqori axloqiy maqsadlarga erishishni shakllantirish qobiliyati.

4.       Tarbiyalanuvchi bolaning o‘ziga xos xususiyatlariga tarbiya ta’sirlarini moslashtira olish qobiliyati.

5.       Odamda ishonch hissini uyg‘ota olish, uni tinchlantira olish, o‘z-o‘zini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash qobiliyati.

6.       Наг bir bola bilan muomala qilishning kerakli usulini topa bilishi, o‘zaro tushunishga erisha olish qobiliyati.

7.       Tarbiyalanuvchi tomonidan o‘ziga nisbatan hurmat uyg‘ota olish, bolalar orasida hurmat qozona olish qobiliyati.

Pedagogning tarbiyachi sifatidagi qobiliyati ham uning o‘qituv- chilik qobiliyatiga muvofiqdir. Ammo shuni ta’kidlash lozimki, yaxshi o‘qituvchi bo‘lishdan ko‘ra yaxshi tarbiyachi bo‘lish bir- muncha murakkabroqdir.

Ba’zan yaxshi o‘qituvchi bo‘lib, nisbatan kuchsiz tarbiyachi bo‘lish mumkin. Ba’zan esa yaxshi tarbiyachi bo‘lib, yaxshi o‘qituvchi boiish murakkablik qiladi. Bu holat ayrimlarda o‘qituvchilik, ayrimlarda esa tarbiyachilik faoliyat doirasining asosiy ekanligini anglatadi.

23.5. Pedagogik faoliyatning individual uslubi

0 ‘qituvchilik — inson jamiyati tarixi boshlangandan e’tiboran davom etib, shu bilan birga hamma vaqt jamiyat va jamoatchilik tomonidan e’tiborga loyiq deb hisoblanib, e’zozlab kelingan kasbdir.

Nasiriddin Tusiy o‘zining «0‘qituvchilarni tarbiyalash to‘g‘ri- sida» degan asarida shunday deydi: «...0‘qituvchi munozaralarni olib borishni, rad etib bo‘lmaydigan darajadagi isbot qilishni bilishi, o‘z fikrlarining to‘g‘riligiga ishonishi, nutqi esa mutlaqo to- za, jumlalari mantiqiy ifodalanadigan boiishi lozim... 0 ‘qituvchi nutqi hech qachon va hech qayerda zaharxandali, qo‘pol yoki qat- tiq bo‘lishi mumkin emas. Dars paytida o‘qituvchining o‘zini tu- ta olmasligi ishni buzishi mumkin...»

Qobiliyatli, ijodkor inson — u har doim o‘ziga xos shaxsdir. Pedagogda individuallikning shakllanishi bolani ijodiy shaxs si- fatida tarbiyalashga yordam beradi. Har qanday katta odam ongli

ravishda pedagoglik kasbini tanlar ekan, u tanlagan yo‘lini amalga

557


oshirish chog‘ida allaqachon shaxs bo‘lib shakllanadi va shak-shub- hasiz individualdir. 0 ‘qituvchi va tarbiyachilar ichida turli-tuman shaxslar qancha ko‘p bo‘lsa, ular bolalarni o‘qitib tarbiyalaganlari- da bu bolalar ko‘pdan ko‘p, shu bilan birga foydali individual xu- susiyatga ega bo‘lishlarining ehtimoli shuncha yuqoridir.

Yuqorida ko‘rib o‘tilgan, har bir o‘qituvchi va tarbiyachi ega bolishi lozim boklgan pedagogik faoliyatning umumiy talablari, pedagogik qobiliyatning ko‘pdan ko‘p jihatlari bilan ularning in- dividuallikka intilishlarini qanday bog‘lash mumkin? Pedagogik faoliyatning individual uslublarini ko‘rib o‘tamiz. Ular quyida- gicha namoyon bo‘ladi:

1)                    temperamentda (vaqtda va reaksiya tezligida, kirishuvchan- likda;

2)                    pedagogik holatlarga bo‘lgan reaksiya xarakterida;

3)                    o‘qitish uslublarini tanlashda;

4)                    tarbiya vositalarini tanlashda;

5)                    pedagogik muloqot ko‘rinishida;

6)                    bolalar xatti-harakatlariga bo‘lgan munosabatda;

7)                    o‘zini tuta bilish va yurish-turishida;

8)                    u yoki bu turdagi rag‘batlantirish yoki jazolash usulini qoMlashda;

9)                    psixologik-pedagogik ta’sir vositalarini qoMlashda.

Pedagogik faoliyatning individual yo‘nalishi haqida gapirganda, odatda shu nazarda tutiladiki, u yoki bu pedagogik ta’sir vo- sitalari va o‘zini tutish shakllarini tanlashda pedagog o‘zining individual imkoniyatlaridan kelib chiqadi. Har xil individuallikka ega bolgan pedagoglar ko‘pdan ko‘p o‘quv va tarbiyaviy misol- lar ichidan aynan bir xilini tanlashi mumkin, lekin ulardan har xil foydalaniladi.

Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, bu yuqori pedagogik tajribani qabul qilinishi va uni keng tarqatilishiga taalluqlidir. Uni tah- lil qila turib pedagog doimo shuni yodda tutishi lozimki, bunday

tajriba, malaka amaliy jihatdan olib qaralganda uning muallifi shaxsidan ajralmas boladi va o‘qituvchining individualligi hamda umumahamiyatga ega bo‘lgan pedagogik topilmalar birlash- masidan tashkil topadi.

Shu sababli pedagogik tajribalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri boshqa okqituvchilar yoki tarbiyachilar tomonidan ko‘chirib olishning kelajagi yo‘q hamda bu hoi yomon natijalar beradi. Buning yuzaga kelish sababi shundaki, pedagogning psixologik individu- alligini aynan qaytarish qiyin, ularsiz natijalar o‘z-o‘zidan bosh- qacha bo‘lib chiqadi. Bu holatdan chiqib ketish uchun pedagogik tajribaning muhim qismini ajratib olib, ongli ravishda muam- mo qo‘yish va uni ijodiy individual qayta ishlab, hal etish lozim. Boshqacha qilib aytganda, har qanday pedagogik tajribani shun- dayligicha ko‘chirib olmaslik kerak: undagi asosiy g‘oyani aniqlab, doimo o‘zligicha qolmog‘i, ya’ni yorqin individual xislatlarga ega bo‘lmog‘i lozim. Bu holat bolalarni o‘qitish va tarbiyalash sa- marasini kamaytirmaydi, balki sezilarli darajada oshiradi, unga yuqori pedagogik tajribani o‘rganish orqali erishiladi.

0 ‘qituvchi tomonidan tashkil etilgan o‘quv jarayonida subyekt- ning ta’lim olishi uning o‘ziga xosligi va xarakterida namoyon bo‘ladi, bu uning o‘quv usuliga ta’sir ko‘rsatadi. Shakllangan individual o‘quv usullari sxematik ravishda ikki qutb bilan ko‘rsatili- shi mumkin: «ijobiy» — «salbiy». Quyida keltirilgan jadval o‘quv

jarayonida bunday usullarni ko‘rsatib beradi. 0 ‘qituvchi dars jarayonida buni inobatga olgan holda yondashishi maqsadga mu- vofiqdir.

Yu.A.Samarin fikricha, o‘quv faoliyati samaradorligining ko‘rsatkichi o‘quvchilarda tafakkurning tizimliligi bilan dina- mikligining kengayishidan iboratdir. Shunday ekan, pedagog doimo ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarishda bu jihatlarni inobatga olishi kerak.

D.B.Elkonin boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv faoli- yatini boshqarishga oid o‘z nazariyasini ishlab chiqqan bolib, uning fikricha, o‘quv faoliyatini boshqarish uchun quyidagi tarkibiy qismlarni o‘quvchilar egallab olishlari zarur:

1)                     berilgan o‘quv topshirig‘ini yechish uchun vositalar tanlash;

559


2)                     topshiriqlarni yechish jarayonida o‘z-o‘zini nazorat qilish;

3)                     o‘zlashtirilgan bilimlar, ko‘nikmalar sifatini baholash;

4)                     o‘z-o‘zini va topshiriq yechimini tekshirish;

5)                     o‘z oldiga maqsad qo‘ya olish;

6)                     simvollar (alomatlar, belgilar) bilan predmetning ichki mu- nosabatlari mavjudligini tushunish kabilar.

N.D.Levitov mazkur muammo bilan bevosita shug‘ullanma- gan bo‘lsa-da, lekin o'qituvchi tomonidan o‘quv faoliyatini bosh- qarish imkoniyati va uning mezonlari to‘gkrisida muhim fikrlarni ilgari suradi. 0 ‘quv faoliyatini idora qilish uchun quyidagi jab-

halar ishtirok etishi shart:

1)                    tafakkurning mustaqilligi;

2)                    o‘quv materialining tez va puxta o‘zlashtirilishi;

3)                    obquvchilardagi aqliy topqirlik;

4)                    ta’lim jarayonida vujudga keltirilgan muammoli vaziyat mo- hiyatiga chuqur kirib borish, ya’ni muhim alomatni nomuhimdan ajrata bilish;

5)                    fikrlashda tanqidiylik, ijodiylik va boshqalar.

Bularning muayyan tizim shakliga kelganligi ta’limni opti- mallashtirishning puxta negizini va shart-sharoitini yaratadi.

23.6. Pedagog bilan psixolog faoliyatining modeli

Bo‘lajak pedagoglarning oliy o‘quv yurtida olgan psixologik bilimlari unchalik yoqimli bo‘lmagan xossaga ega. Ular, birinchi- dan, pedagogga amaliyotda zarur bo‘lgan barcha bilimlarni o‘z ichiga qamrab olmagan, bunga sabab pedagogik oliy o‘quv yurt- larida psixologik fanlarni okqitish uchun ajratilgan dars soatlari hajmining chegaralanganligidir. Ikkinchidan, bu olingan bilimlar tezda eskirib qoladi va hech bo‘lmaganda besh yilda bir mar- ta yangilab turishni talab etadi, buni o‘z-o‘ziga ta’lim berish yoki malaka oshirishda amalga oshirsa boMadi.

Pedagogning psixologik jihatdan o‘z ustida ishlashi deyilgan- da, uni muntazam ravishda psixologiya fanining turli yo‘nalish- laridagi eng yangi yutuqlar bilan tanishib borishini nazarda tuta-

560


di, ular tarbiya va ta’lim bilan bevosita va bilvosita bogliqdir. Bu ta’lim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi, yosh davrlari psixologi- yasi, differensial psixologiya, ijtimoiy psixologiya, shaxs psixologiyasi, shuningdek, boshqa fanlar chegarasidagi tibbiyot, patopsi- xologiya, psixofiziologiya va psixoterapiya.

Pedagogning amaliy faoliyatida psixologik ma’lumotlar olishi mumkin bolgan adabiyotlar ro‘yxati yetarli darajada salmoqlidir. Holbuki, pedagogga muntazam ravishda ilmiy kitoblarni va jur- nallarni o‘qishga hojat yo‘q, asosiy psixologik bilimlar jamlan-

gan holda keltirilgan, pedagogik faoliyat uchun foydali bo‘lgan bo‘limlarga murojaat qilishning o‘zi yetarlidir.

Pedagogning kasbiy faoliyati davomida juda zarur jiddiy jihat — bu o‘z-o‘zini boshqarishdir, ya’ni o‘z psixik holati va xulq-at- vorini boshqara olish qobiliyati, murakkab pedagogik holatlar- da muqobil harakatlana olishidir. 0 ‘z-o‘zini boshqarishning psixologik asoslari bilish jarayonini o‘z ichiga oladi: sezgi, idrok, diqqat, xayol, tafakkur, xotira, nutq, shuningdek, shaxs xislatlari — xulq atvori, emotsional holati, vaziyatga munosabati. Yuqorida qayd etib o‘tilgan psixik jarayonlarda o‘z-o‘zini boshqarish odam xususiyatlari va holatlari, uning irodasi va ichki tuyglulari bilan bog‘liqdir. Ma’lumki, ichki tuyg‘u barcha psixik holatlarni bosh- qarishda erkinlik asosi boMib xizmat qiladi, iroda bolsa xatti-ha- rakatlar quvvati va yo‘nalishlarini ta’minlaydi.

Qabul qilish o‘z-o‘zidan boshqaruvni aniq qabul qilish vazi- falarini qo‘yadi — obrazni tuzish, qo‘yilgan savollarga — Nima- ni kuzatish kerak? Nima uchun kuzatish? Qanday qilib kuzatish? — kabi aniq javob topish kerak. Kuzatuvni boshlashdan avval biz o‘zimiz uchun bu savollarga javob berishimiz lozim boiadi.

Murakkab pedagogik sharoitlarda (vaziyatda) bunday savollarga aniq javob topishni iloji bo‘lmaydi, bu vaziyatda aniq javob topish uchun birmuncha aqliy va jismoniy kuch sarf qilishga to‘g‘ri keladi. Bunday savollarni avvaldan o‘ylab ko‘rish va ularga amal qilishni talab qiladi, natijada o‘z-o‘zini boshqarishni nazarda tu- tadi.

561

Diqqat-e’tiborni boshqarish birmuncha boshqa narsalarga asoslanadi. Ixtiyoriy bo‘lmagan diqqat-e’tiborni boshqarish ular bilan bogiiq bo‘lgan holatlar, ya’ni organizmning psixofiziologik holatlarini boshqarish orqali bevosita amalga oshirish mumkin. Charchoq oqibatida ixtiyoriy boimagan diqqat-e’tibor yo- mon boshqariladigan bo‘lib qoladi. Xuddi shunday holat kasallik

davrida, haddan tashqari emotsional junbushga kelgan holatda, affekt yoki stress holatlarida ro‘y beradi. Birmuncha ta’sir qila- digan vositalar — dam olish, davolash, psixofizik autotrening bu tarzdagi diqqatni boshqarishda yaxshi samara beradi.

Ixtiyoriy diqqatni qiziqish uyg‘otadigan so‘z yordamida yoki qo‘llab-quvvatlash orqali boshqarish mumkin. Odamning diqqa- tini biror narsaga qaratish uchun uning qiziqishini qo‘llab-quv- vatlash kifoya qiladi. So‘z orqali o‘z-o‘zini yo‘naltirish yoki verbal o‘zi-o‘zini boshqarish har doim to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bevosita qiziqishga asoslanadi. Ayrim hollarda o‘zini majbur qilib qanday- dir obyekt, holat yoki voqelikning qiziqarli tomonlariga e’tiborni qaratish, diqqatni uzoq bolmagan vaqt oraligida jalb qilish uchun yetarli bo‘ladi. Qabul qilish orqali ham ularni ma’lum darajada boshqarish mumkin. Pedagog uchun eslash qobiliyatini boshqarish birmuncha qiyinroq va zarurroqdir. Uchtadan ikkita bizga ma’lum eslash jarayoni — eslab qolish va olingan axborotni qay- ta tiklashni — o‘z-o‘zini boshqarish bilan rivojlantirish mumkin. Eslab qolish jarayonining uchinchisi — axborotni saqlab qolish- ni boshqarish mushkulroqdir, chunki u ong osti holati (shaxs tomonidan anglab olinmaydigan psixik holatlar yig‘indisi) darajasi- da ishlaydi, holbuki yodlashni anglab tashkil etib, bevosita ularni ham boshqarish mumkin. Mnemik jarayonlarda o‘z-o‘zini boshqarish har xil usullarga asoslanadi, tasavvur assotsiatsiyalanib, bir butunga bog‘lab, ongli ravishda ko‘rib chiqiladi. Eslab qolish zarur bo‘lgan narsalar ko‘z orqali ko‘rilsa, yoki biror narsa boglab tasavvur qilinsa yodda qolishi kuchayadi. Eslab qolishni tezlatish uchun sun’iy ravishda yodda bo‘lgan perseptiv obrazlarni va tashqi nar- salarni tafakkurda uyg‘otib, ong orqali ularni yangi eslab qolishi

562


kerak bo‘lgan narsalar bilan bog‘lash lozim. Ongli ravishda fikr- lashni ham boshqarish, uni yanada samaraliroq qilish mumkin.

Tafakkurni o‘z-o‘zida boshqarishning asosiy usullari quyi- dagilardir:

— hal qilinishi kerak bo‘lgan vazifa shartlarni diqqat bilan tahlil qilish;

— talab qilingan natijani berilgan shartlar bilan solishtirish, bunday maqsad kerakli natijani olish uchun yetishmagan narsani aniqlash;

— doimiy ravishda mashq o‘tkazib borib, tafakkurni chiniqtirish;

— tafakkurni aniq yo‘nalishdagi mashqlar bilan chiniqtirish, ya’ni ketma-ket izlanish va yetarli darajada hal qilinishning alternate yo‘llarini ko‘rib chiqish (bu — vosita anglash jarayoni «sikllanish» deb nomlanadi) vazifani hal qilishning yo‘llari bilan bog‘liq bo‘lgan aniq farazlarni o‘z ichida yoki ovoz chiqarib so‘zlash (gapirish).

— bajarib bo‘lingan xatti-harakatlar natijalarini va faraz (g‘oya) larni doimiy ravishda yozib borish;

— o‘z-o‘zini emotsional boshqarish organizmning muskul to‘qimalari tizimini boshqara bilish qobiliyatiga asoslangan emotsi- ogen holatlarni tahlil qilib, tafakkurni ongli ravishda faol jalb etish.

Hozirgi zamon maktabi muallimlik shaxsi va kasbiy faoliyati uchun zarur bo‘lgan sifat va fazilatlarni egallagan, yangicha fikr- laydigan, ijtimoiy faol pedagoglarni talab qilmoqda.

Ana shunday qator muammolarni oqilona hal qilishning eng muhim omillaridan biri o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi ja- rayonini maqsadga muvofiq tashkil etishdir. Shunga binoan mam- lakatimiz ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri ham kadrlar tayyorlash sifatini jahon talablari darajasiga yetkazishdir. Endilikda oliy ta’lim muassasa- lari oldiga faqatgina o‘qimishli insonni emas, balki voqealarni oldindan ko‘ra biladigan, to‘g‘ri qaror qabul qila olish mahoratiga ega, o‘zini o‘zi rivojlantirish zaruriyatini tushunib yetadigan oqil va barkamol shaxsni tarbiyalash muammosi qo‘yilmoqda.

563


0 ‘qituvchining shaxsiy va kasbiy tayyorgarlik darajasi qancha- lik yuqori bo‘lsa, o‘quvchilar bilan ta’lim va tarbiyaviy muno- sabatlarni yaxshi yo‘lga qo‘ya oladi. 0 ‘qituvchining shaxsiy na- munasi va obro‘-e’tibori ta’lim-tarbiya jarayonida bolada qat’iy nuqtayi nazar shakllanishida asosiy rol o‘ynaydi.

23.7. Pedagogik jamoa psixologiyasi

Pedagogik jamoa o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi bog‘liqlik, ta’limning tuzilishi, o‘quvchilarning o‘qish va bilish faoliyati- ni shakllantirish hamda tarbiya psixologiyasining ta’lim-tarbi- ya jarayonida o‘quvchi shaxsini barkamol inson sifatida shakllantirish kabi muhim muammolarni tadqiq etadi. Pedagogik

jamoada o‘quv-tarbiya jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlari, zamonaviy ta’lim-tarbiya nazariyasining vazifalarini tatbiq etish bilan shug‘ullanadi.

Pedagogik faoliyat doimo o‘qituvchilar jamoasi doirasida olib boriladi. Shu munosabat bilan rahbar pedagogik jamoaning ichki hayotiga oid o‘ziga xos qonun, qoida va xususiyatlar haqida- gi bilimlarga ega bolishi lozim. Maktab direktori yoki o‘qituv- chi qanchalik o‘zini yolg‘iz his qilmasin, baribir biron sinf yoki pedagogik jamoa manfaatlari doirasida bo‘ladi. Umuman har bir kishining mehnat faoliyati biron jamoa ichki qoidalari, norma- lari asosida boshqariladi. Hatto, yakka tartibda ishlaydigan mu- taxassis ham, biron uyushma yoki jamiyat ichida qabul qilingan qadriyatlar va qoidalarga suyanib faoliyat yuritadi. Shu ma’no- da alohida shaxsni boshqarish imkoniyati ko‘p hollarda jamoani boshqarish uslublari bilan uyg‘unlashadi.

Pedagogik jamoa — bu birgalikda mehnat qiladigan shaxslar guruhi bo‘lib, unda kishilar bir-birlari bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladilar, har bir xodim hamkasbiga murojaat qiladi, ayni vaqt- da uning ta’sirini ham his etadi.

Pedagogik jamoalar kichik va ko‘p ming kishilik bo‘lishi ham mumkin. Har qanday holda ham jamoa ayrim shaxsga nisbatan muayyan funksiyalarni bajaradi.

564

Pedagogik jamoa rahbarining ishida bolalarning ta’lim-tarbiya sifatini oshirishga yo‘naltirilgan kasbiy-pedagogik ishga undash, o‘qituvchi va tarbiyachilar faoliyatini motivlashtirish muhim hi- soblanadi. 0 ‘qituvchi faoliyati motivatsiyasini kuchaytirishning bir necha usullari mavjud.

A.      0 ‘qituvchilarning muhim moddiy ehtiyojlarini qondirish uchun sharoit yaratish.

B.      Muhim ijtimoiy ehtiyojlarni qondirilishini ta’minlash: mu­loqot, e’tibor, tan olinish, muvaffaqiyatlarga erishish.

C.      0 ‘qituvchining takrorlanmas individuallik sifatida shaxsiy o‘sishi, ijodi va o‘z-o‘zini namoyon qilishi uchun sharoit yaratish.

Pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tashkil etilgan jamoa faoliyati natijasida jamoa a’zolari o‘rtasida ishchanlik, bir-biri uchun g‘amxo‘rlik, o‘zaro yordam, jamoa manfaati uchun javob- garlik hissi qaror topadi. Birgalikdagi faoliyat umumjamiyat ishi uchun mas’uliyat hissini uyg‘ota borib, jamoa a’zolarini bir-bi- riga yaqinlashtiradi, jamoaga hurmat hissini paydo bo‘lishiga ko‘maklashadi, jamoa bilan munosabatda bo‘lish ehtiyojini oshi- radi, jamoa a’zolari o‘rtasida o‘zaro ruhiy yaqinlik, hissiy birlik (bir-birini yoqtirish) yuzaga keladi. Ushbu munosabat ko‘pincha o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladi hamda ular pedagogik ta’sir ko‘rsatish uchun qo‘l keladi. Ruhiy va hissiy birlik jamoa a’zolarning birgalikdagi faoliyatining mazmuniga, ular orasidagi hosil bo‘lgan ishchanlik faoliyatining xarakteriga bevosita bog‘liqdir.

Jamoaning rasmiy (ishchanlik) va norasmiy (hissiy) tuzilishi- ni bir-biridan farqlash lozim. Jamoaning rasmiy tuzilishi degan- da jamoa faoliyatining turli ko‘rinishlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan tashkiliy jihatlari ko‘zda tutiladi. Mazkur tuzil- ma, bir tomondan, jamoa a’zolari qo‘yilgan ishchanlik munosa- batlarini ifoda etsa, ikkinchi tomondan, rahbarlik vazifasini ba- jaruvchi tarbiyachilar hamda jamoa a’zolari o‘rtasidagi mavjud boshqarish munosabatlari mazmunini ifoda etadi.

Norasmiy tuzilma jamoaning barcha a’zolari o‘rtasidagi shaxs- lararo ma’naviy, psixologik munosabatlarning umumiy tizimi va

565


mikroguruhni tashkil etuvchi ayrim a’zolar o‘rtasidagi tanlash munosabatlari mazmunini ifodalaydi. Jamoaning har bir a’zosi mavjud munosabatlar tizimida u yoki bu o‘rinni egallaydi. Tar­

biyalanuvchi shaxsning jamoadagi o‘rni uning shakllanish jara- yoniga ta’sir ko‘rsatadi. Maktab yoki sinfdagi rasmiy va norasmiy tuzilmalar bir-biriga muvofiq bo‘lganda jamoaning rasmiy yetak- chilari norasmiy munosabatlar tizimida ko‘zga tashlangan o‘rinni egallagan holdagina u chinakam jamoa bo‘la oladi. Shuningdek, norasmiy guruhlar (mikroguruhlar) umumjamoa ijtimoiy man- faatlari uchun kurashuvchi guruhlar bo‘lganda jamoa o‘zining chinakam jamoa tarzida namoyon etishi mumkin.

Yashash joylarida o‘zaro birikkan bolalar guruhlari qanchalik ahil va inoq munosabat zaminida tashkil topgan bo‘lmasin, ha- qiqiy jamoa bo‘la olmaydi. Chinakam jamoa ijtimoiy ahamiyatga moyillik faoliyatini tashkil eta olishi, jamoa a’zolari o‘rtasida ijtimoiy ahamiyatli faoliyat, maqsad, ishchanlik xarakteridagi alo- qa va munosabatlarni o‘rnata olishi lozim. Jamoaning majburiy- lik belgisi unda pedagogik rahbarlikning bolishidir.

Shunday qilib, jamoa kishilarning shunday muayyan guruhi boiib, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan umumiy maqsad hamda mazkur maqsadni amalga oshirish uchun yo‘naltirilgan faoliyat- ni tashkil etadi. Ushbu guruh a’zolari o‘zaro birlik, a’zolarning munosabatlar jarayonidagi tengligi asosida unga rahbarlik qilish va bir-biriga bo‘ysunish, shuningdek, jamoa oldidagi javobgarligi asosida muayyan faoliyatni olib boradi.

Jamoa va uni shakllantirish pedagogik faoliyatning maqsa- di hisoblanadi. Namuna ko‘rsatish uni shakllantirish vositasi boiib, uning yordamida jamoaning barcha yoki har bir a’zo- sini tarbiyalash yaxshi samara beradi. Jamoaning yetakchi tar- biyaviy vazifasi shaxsni har tomonlama tarbiyalash, unda ijobiy sifatlarni hosil qilish mustahkam hayotiy pozitsiyani qaror top- tirishdan iboratdir. Umumiy o‘rta ta’lim hamda yangi turdagi ta’lim muassasalarida jamoani shakllantirish mas’uliyatli vazi- fa sanaladi.

566




tahlil qiladi, ular asosida xulosalar chiqaradi. U shu xulosalardan o‘zining amaliy faoliyatida foydalanish jarayonida hozirgi zamon pedagogi uchun zarur boigan juda muhim bilimlarni egallaydi.

Pedagogik mahoratni takomillashtirishda shaxsiy pedagogik izlanishning ahamiyati kattadir. Pedagog ishidagi muvaffaqi- yat kunlik faoliyatda kattalar va talabalar, ayrim guruh va yakka shaxslar bilan aloqaga kirisha olish qobiliyatini ta’minlaydi.

Faoliyatda duch keladigan turli xil voqealarga pedagogik qoi- dalar nuqtayi nazaridan qarab emas, balki sharoitni hisobga ol-

gan holda ijobiy hal etish talab etiladi.

Keng ilmiy saviyaga ega boiish, intellektual qiziqish, yangilik- ni his qila bilish, pedagogik mahoratni oshirishga intilish peda-

gogga xos xususiyatlardan hisoblanadi.

Ta’lim sifati davlat ta’lim standartlariga muvofiq bo‘lishi uchun amaliy va nazariy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Bu sohada ilmiy tad- qiqot ishlari amalga oshiriladi.

Shaxsiy izlanishlar va ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish pedagogning pedagogik mahoratini takomillashtirishning muhim omili boiib hisoblanadi. Shuningdek, nazariy, milliy madaniy va umuminsoniy qadriyatlardan, dunyoviy, diniy ilmlardan ham xabardor ma’naviy barkamol inson bo‘lmog‘i lozim.

Ilmiy pedagogik izlanishlarni baholash mezonlari tolg‘risida fikr yuritilganda, avvalo tadqiqotning zamonaviyligi, dolzarbligi, undan ko‘zlangan maqsad hamda natijalar nazarda tutiladi.

Pedagog shaxsining kasb sohasidagi xususiyatlari — bu tala- balarni sevish, ular bilan ishlashga qiziqish, o‘z kasbiga mu- habbat, pedagogik nazokat, pedagogik tasavvur, tashkilotchi- lik qobiliyati, haqqoniylik, dilkashlik, talabchanlik, qat’iylik va maqsadga intilish, vazminlik, o‘zini tuta bilish, kasbiy layoqat- lilik va boshqalar.

Samarali pedagogik ta’sir ko‘rsatishni to‘g‘ri tashkil etish talabalar bilan muomala qilishda samimiy munosabatda bolishga yor- dam beradi. Amaliy pedagogik faoliyatda ilmiy g‘oyalar va pedagogik tarbiyani qo‘llash pedagog mehnatiga ko‘p jihatdan bog‘liq.

568


Lekin bu mehnat natijalari darhol ko‘rinmaydi. Uning mahsulini ko‘rish uchun yillab mehnat qilish kerak. Pedagog faoliyatini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, bu faoliyat o‘zining sifat ko‘rsat- kichlari bo‘yicha ham turlicha bo‘ladi. Haqiqiy fidoyi pedagoglar o‘z faoliyatida eng yaxshi natijalarga erishadilar. Tajribali novator pedagoglar talabalarga samarali ta’lim-tarbiya berish bilan bir qa- torda pedagogika fanidan yangi yo‘l ham ochmoqdalar.

Pedagogning ijodkorligi talabaning ijodkorligini uyg‘otadi.

Ular o‘z talabalarini vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash bilan bir- ga ularning qalbida oliyjanob fazilatlarni qaror toptiradilar.

Respublikamizda o‘qituvchi kasbiga yo‘llash, o‘qituvchiga xos xislatlar, qobiliyatlarni, professiogrammasini o‘rganish bo‘yicha atoqli psixologlar M.G.Davletshin, R.Z.Gaynutdinov, E.G‘.G‘ozi- yevlar rahbarligida ularning shogirdlari tomonidan bir qator tad- qiqotlar o‘tkazilgan. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng professor M.G.Davletshinning tashabbusi bilan 1991-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutida ilmiy darajalar beruvchi Ixtisoslashgan Kengash o‘z faoliyatini boshla- di. Ana shu Kengashda birinchilardan himoya qilgan tadqiqotchi M.G.Davletshinning shogirdi N.M.Majidov bo‘lgan. U «0‘qituv- chilik kasbiga yo‘llashning psixologik jihatlari» mavzuida ilmiy tadqiqotini himoya qilgan. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, o‘qituv- chi quyidagi sifatlarga ega bo‘lishi kerak: bolalarni sevish, bolalar bilan chiqishib ketish, ularni tushunish, mehnatsevarlik, insoniy- lik, prinsipiallik, talabchanlik, axloqiy barqarorlik va b.1

R.Z. Gaynutdinov tomonidan o‘qituvchilik kasbiga yo‘nalti- rishning psixologik jihatlari yoritilgan. Muallif keyinchalik ushbu muammoni o‘rganishni shogirdlari bilan hamkorlikda davom ettir-

gan2. Shogirdlaridan biri S.X.Jalilovaning «Pedagogika instituti ta-

1 Мажидов Н.И. Психологические аспекты профориентационной работ на профессию учителя. Автореф. дисс.к.п.н. — Т.: ТГПИ, 1991.- 22 с. 2 Гайнутдинов Р.З. Психодиагностика в работе учителя: методические рекомендации. - Т.: УзНИИПК, 1987. -27 с.

labalarida shaxsiy sifatlar shakllanishining psixologik xususiyatlari» mavzuidagi nomzodlik dissertatsiyasida talabalarda shaxsiy sifatlar shakllanishining dinamikasi aniqlangan1. Pedagogika institutida- gi ta’lim jarayonida talabalarni tizimli o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, «retrospektiv», «real», «ideal» va «refleksiv — Men» ni bir-biri bilan taqqoslash talabalarning shaxsiy ehtiyoj sohasiga hamda ularning shaxsiy professionallashuv jarayoniga ta’sir qiladi. Tadqiqotlardan olingan ma’lumotlar asosida pedagogika instituti talabalarini psi- xologik-pedagogik tayyorlashni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, bu xususiyatlar milliy psixologiya va peda-

gogikaning eng yaxshi an’analarini hisobga olgan holda tuzilgan.

Shunday qilib, xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, pedagoglar- ning pedagogik mahoratida shaxsiy faoliyat tizimini ishlab chi-

qish muhimdir. Hayot — kashfiyotlar olami. Tajriba, uslub, fikrlar rang-barang. U samarali mehnat natijasida isbot va dalillar orqa- li talabalar qalbiga ko‘chadi. Ularning tuyg‘ulariga ta’sir ko‘rsata- di. 0 ‘quvchilar, talabalar muallimning faxri, kelajagidir. Shu bois ularning niyati olquvchilarni, talabalarni mustaqil yurt quruvchi- lari, muhandislari, ilmu ma’rifat fidoyilari safida ko‘rishdir.

Har bir pedagognig o‘z faoliyat tizimini ishlab chiqishi va un- ga qat’iy amal qilishi uning ta’lim sohasidagi muvaffaqiyatla- rining muhim omillaridan biridir. Pedagog bir xil metodlarda dars o‘tish bilan cheklanib qolmasligi lozim. Aksincha, u o‘qi- tish metodlarini takomillashtirish ustida tinimsiz ishlashi zarur.

Xalqimizning kelajagi mustaqil 0 ‘zbekistonning istiqboli ko‘p jihatdan pedagogga, uning saviyasiga, yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash ishiga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq.

Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari:

1. Pedagog faoliyatida psixologiyaning o‘rni qanday?

1 Джалилова C.X. Психологические особенности личностной профессионализации студентов педагогического вуза: Автореф.дис... канд. психол.наук. — Т.: ТГПИ, 1994.-18 с.

570


2.        Zamonaviy o‘qituvchi shaxsiga qanday talablar qo‘yiladi?

3.        Pedagogik qobiliyatlarga nimalar kiradi?

4.        Pedagogik faoliyatning individual uslubi nimalarda namo­yon bo‘ladi?

5.        Pedagogik jamoa psixologiyasi boshqa jamoalardan nima- si bilan farq qiladi?

6.        0 ‘qituvchi kasbiy moslashuv jarayonida qanday muammo- larga duch keladi?

Mavzuni mustahkamlash uchun test savollari:

1.                    0 ‘qituvchining shaxsiy xislatlariga nimalar kiradi?

a) o‘ziga tanqidiy munosabatda boiishi, pedagogik takt, nutq-

ning emotsional ifodalanishi, o‘zini yuqori baholash, empatiya;

*b) bolalarni yaxshi ko‘rishi, mehnatsevarlik, mehribonlik, kamtarlik, odamiylik, uddaburonlik, jamoat ishlarida faollik;

c)    bolalar jamoasini uyushtira bilishi, turli sharoitlarda bolalar

jamoasini boshqara olish;

d)    kuzatuvchanligi, diqqat-e’tiborini taqsimlay olishi.

2.                    0 ‘qituvchining kasbiy xislatlariga nimalarni kiritish mum­kin?

*a) o‘ziga tanqidiy munosabatda bo‘lishi, pedagogik takt, nutqning emotsional ifodalanishi, pedagogik fantaziya (xayol) ning rivojlanishi;

b)      bolalarni yaxshi ko‘rishi, mehribonlik, kamtarlik, oda­

miylik, uddaburonlik, jamoat ishlarida faollik, kuzatuvchanligi, diqqat-e’tiborini taqsimlay olishi;

c)      bolalar jamoasini uyushtira bilishi, turli sharoitlarda bolalar

jamoasini boshqara olish;

d)      jamoat ishlarida faollik, amaliy-psixologik aql, mehnat­

sevarlik.

3.                    0 ‘qituvchining gnostik malakalari tarkibiga nimalar kiradi?

       a)                   bolalarning asab psixik taraqqiyoti darajasini aniqlay bili­

shi; o‘quvchilarni to‘g‘ri tushunib, ularning xulq-atvori sababla-

rini tushuntirishni bilishi;




XXIV BOB. PEDAGOGIK FAOLIYATNING PSIXOLOGIK

ASOSLARI

Reja:

1.    Pedagogik faoliyatning psixologik xususiyatlari.

2.    Pedagog shaxsi va unga qo‘yiladigan talablar.

3.    Pedagogning o‘zini-o‘zi boshqarish muammosi.

Mavzuning o‘quv maqsadi:

Ta’limiy: Talabalarni ta’lim jarayonida o‘qituvchining shaxsi- ga, kasbiy bilimdonligiga qo‘yiladigan mezon va talablar bilan tanishtirish, ta’lim samaradorligini ta’minlashda o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligining o‘rnini anglatish.

Tarbiyaviy: Pedagogik faoliyatda, shaxslararo munosabat- lar jarayonidagi muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish. Bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik mahorat, pedagogik nazokat kabi sifat- larini tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi: Talabalarning pedagogik faoliyat subyekti bo‘lgan o‘qituvchi shaxsiga xos psixologik xususiyatlar, ta’lim ja- rayonining samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar to‘g‘risidagi bi- limlarini rivojlantirish.

24.1. Pedagogik faoliyatning psixologik xususiyatlari

Pedagogik faoliyat o‘qituvchining o‘quvchiga uni shaxs va in- tellektual jihatdan rivojlanishiga yordam beruvchi ta’limiy va tarbiyaviy ta’sirini o‘z ichiga qamrab oladi.

Pedagogik faoliyat ham inson faoliyatining boshqa jabhalari kabi tavsiflanadi. Bu eng avvalo maqsadga yo‘nalganlik, motiv- lashganlik, predmetlilikdir. N.V. Kuzmina ta’rifiga ko‘ra, peda­

gogik faoliyatning muhim jihati — bu uning mahsuldorligidir. Pedagogik faoliyat mahsuldorligining 5 ta darajasi ajratib ko‘rsa- tiladi:

I          — (minimal) reproduktiv: pedagog o‘zi bilgan narsalarni boshqalarga yetkazib bera oladi;

II        — (quyi) moslashgan: pedagog o‘z fikrlarini auditoriyaga o‘ziga xos jihatlari bilan ma’lum qila oladi.


III     — (o‘rta) lokal modellashtirilish: o‘qituvchi fanning ma’lum bir bo‘limi bo‘yicha o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalar- ning strategiyasini egallaydi.

IV     — (yuqori) o‘quvchilar bilimini sistemali modellashti- rish; o‘qituvchi o‘quvchilarda fan malakalarini shakllantirishning

yo‘l-yo‘riqlarini biladi.

V       — (eng yuqori) modellashtirilgan tizimli faoliyat va 0‘quvchi- lar xulq-atvori. Bunda pedagog o‘z fanini o‘rgatishdagi yo‘l- yo‘riqlarni shunday egallaydiki, natijada u o‘quvchi ehtiyojlarida o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘ziga ta’lim berish, o‘z-o‘zini rivojlan- tirish vositasi sifatida xizmat qiladi.

Pedagogik faoliyat borasida so‘z yuritilganda yuqori mahsuldor- lik tushunchasi asosiy o‘rinni ifodalaydi.

Pedagogik faoliyat boshqa faoliyat turlari kabi o‘z motivatsi- yasi, maqsadi, predmeti, vositalari, usullari, mahsuli va natijasini aks ettiruvchi psixologik mazmunni ifodalaydi.

Pedagogik faoliyatning predmeti bo‘lib, shaxs rivojlanishining sharti va asosi bo‘lmish ijtimoiy madaniyatni singdirishga qaratil-

gan o‘quv faoliyatining manbayi hisoblanadi. Pedagogik faoliyatning vositalari sifatida ilmiy (nazariy va empirik) bilimlarni ko‘rish mumkin. Yordamchi vositalarga esa texnik, kompyuter,

grafik vositalarni kiritish mumkin.

Pedagog faoliyatidagi ijtimoiy-madaniy malakani yetkazish bu tushuntirish, ko‘rsatish (illyustratsiya), darslik mashqlarini tahsil oluvchilar bilan birga ishlash, tahsil oluvchini bevosita amaliyo-

574




0 ‘zaro munosabat doirasida o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasida- gi ta’sirlashuvning emotsional darajasini tadqiqot predmeti tar- zida qo‘yilishi, xususan, tarbiyachilik faoliyatining yo‘nalishida kam uchraydi. Bu muammoga oid ishlar jumlasiga G.S.Abramova, A.A.Beknazarov, R.Berns, I.B.Shuvanov va boshqalarning tadqiqotlarini kiritish mumkin. Aynan ushbu muammoga alo- qador o‘zbek o‘qituvchisiga bag‘ishlangan ilmiy izlanishlar ni- hoyatda kamchilikni tashkil etadi. Bu sohada A.A.Beknazarov, F.S.Ismagilova, E.G‘.G‘oziyev va boshqalarning ishlarini namuna sifatida sanab o4ish joiz.

L.Ya.Kolominskiy o‘z tadqiqotida o‘qituvchining o‘quvchilarga munosabati solzsiz muallim mehnati muvaffaqiyatlarida hal qiluv- chi rol o‘ynashini ta’kidlagan edi. Uning fikricha, bu pedagogik mahoratning muhim tomoni bo‘lib, o‘qituvchi bilan o'quvchi- larning o‘zaro munosabati ko‘p jihatdan aynan mana shu jara- yonga bog‘liqdir. Muallifning ko‘rsatishicha, o‘zaro munosabat- ni o‘qituvchi shaxsining faolligi va jamoadagi ta’sirlashuv nuqtayi nazaridan yondashgan holda o‘rganish ham mumkin ekan.

Yuqoridagi fikrlarga tayangan holda pedagogning bolalarga nisbatan munosabatidagi emotsional-qadriyatli yondashuvi uning munosabat uslubidagi motivatsion jihatlari, shuningdek, bir vaqt- ning o‘zida uning o‘quvchilarga bo‘lgan munosabati jarayonida

xulqiga ta’sir ko‘rsatuvchi operatsional jihat bilan belgilanishini qayd qilish mumkin.

Qator tadqiqotlarda esa o‘qituvchi va o‘quvchilarning pedagogik muomaladagi turli xil jihatlarini baholash holati ham o‘rganilgan.

CTqituvchiga nisbatan o‘smirlarning talab va umidlari chet el psixologlari tomonidan tadqiq qilingan bo‘lib, A.Djersildning izlanishlariga binoan bolalar quyida qayd qilingan xarakterga ega

bolgan o‘qituvchilarni afzal hisoblar ekanlar:

1)       mehribon, quvnoq, javobgarlikni his qiluvchi, barqaror in- soniy sifatli;

2)       haqiqatgo‘y, batartib, halol, boshqalarni hurmatlovchi, tash- kilotchilik sifatidagi;

576

3)       boshqalar manfaatini o‘ylaydigan, xalqparvar, sinf ishlari­da o‘quvchilarga erkinlik huquqini beruvchi, qiziquvchan, ishti- yoqli va ishchan;

4)       yoqimli ovozli, umumiy yoqimtoylik qiyofasidagi o‘qituvchi.

V.Kessel tadqiqotlarida o‘quvchi laming yosh xususiyatiga bog‘liq holda o‘qituvchilarning mashhurlik va mashhur emaslik motivlari o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘qituvchining mashhurli- gi kolp jihatdan uning materiallarni ko‘rgazmali, jonli va muam- moli tarzda yetkaza olish qobiliyatiga bog‘liq ekan. V.S.Abramova, S.M.Illyusizova, V.A.Kan-Kalik va boshqalar «o‘qituvchi-o‘quvchi» munosabati bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazganlar. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘qituvchining muloqotda do‘st sifatida o‘z o‘rnini o‘quvchi- larning tengdoshlari va ularning ota-onalariga berganligi ko‘rindi.

Ko‘pchilik psixologlar, shu bilan birga o‘zbekistonlik psixolog olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar zamonaviy o‘qituvchilar uchun eng zarur xislatlarni aniqlab olish imkoniyatini beradi. Rossi- ya psixologlaridan N.V. Kuzmina, V. Slastenin, F.N. Gonobolin, o‘zbekistonlik psixologlardan R.Z.Gaynutdinov, M.G.Davletshin, S. Jalilova, A. Jabborov, M. Kaplanova va boshqalar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarida ham o‘qituvchilik kasbi va ta’lim

jarayoniga doir muammolar keng tadqiq etilgan. Bunda o‘qituvchi- lik kasbiga muvofiq yaratilgan professiogrammani ko‘rish mumkin.

0 ‘qituvchi professiogrammasi muayyan fan tomonidan okqituv- chiga qo‘yiladigan maxsus talablarni o‘z ichiga qamrab olishi lozim.

Bolajak o‘qituvchi u yoki bu xildagi fan tomonidan qanday talablar qo‘yilishini bilish va shu asnoda okquv-tarbiya jarayonini tashkil qilish uchun pedagogik oliy o‘quv yurtlarida muayyan mutaxassislik bo‘yicha o‘qituvchi professiogrammasining ishlab chiqilishi zarurdir.

Psixologik tadqiqot ishlarini olib borgan M.Abdullajonova,

Ye.Gladkova, A.Mashkurov, T.Hamrokulov, E.Xidirov va bosh- qalarning ilmiy izlanishlari o‘zbek maktablarida rus tili va mak- tabgacha tarbiya muassasalarining tarbiyachilari kabi qator mu- taxassisliklar bo‘yicha o‘qituvchi professiogrammasining taxminiy modelini (namunasini) aniqlab olish imkoniyatini berdi.

Professiogrammada muhim xislatlarning borgan sari birmun- cha ortib borishini hisobga olgan holda o‘qituvchining quyidagi xislatlari ko‘rsatib berilishi lozim:

1.       0 ‘qituvchining shaxsiy xislatlari: bolalarni yaxshi ko‘rish, ularni sevish; aql-farosatlilik; mehnatsevarlik; jamoat ishlari- da faollik; kamtarinlik; odamiylik, dilkashlik; uddaburonlik; o‘z bilimini oshirishga intilish.

2.       Kasbiga xos bilimi: ta’lim va tarbiya jarayoni mohiyati bi­lan uning maqsad va vazifalarini tushunishi; psixologiya asos- larini, ayniqsa yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya asos- larini bilishi, etnopsixologik bilimlarni egallashi; hozirgi zamon pedagogikasi asoslarini bilishi; hozirgi zamon pedagogikasining metodologik asoslarini egallaganligi; maktab yoshidagi bolalar- ning psixologik-pedagogik xususiyatlarini tushunishi; o‘z fanini o‘qitish metodikasini bilishi; o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir etish- ning samaradorligini bilishi; ota-onalar va jamoatchilik bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning mazmunini bilishi.

3.       0 ‘z kasbiga xos xislatlari: o‘qituvchining kuzatuvchanligi; o‘z diqqat-e’tiborini taqsimlay olishi; pedagogik fantaziya (xa- yol)ning rivojlanishi; o‘ziga tanqidiy munosabatda bo‘lishi; o‘zini qo‘lga ola bilishi, o‘zini tuta olishi; pedagogik takt; nutqning emotsional ifodalanishi;

4.       Shaxsiy pedagogik uddaburonligi: dars mashg‘ulotlari uchun zarur materiallarni tanlay bilishi; o‘quvchilarning bilish faoliyatini boshqara olishi; a’lim va tarbiya jarayonida o‘quvchi- larning bilimi o‘sishini istiqbolli ravishda rejalashtira olishi; pedagogik vazifalarni shakllantirish va tarbiyaviy ishlarni rejalashtira olish; bolalar jamoasiga rahbarlik qilishda o‘z faoliyatini rejalashtirishni bilishi; o‘quv maqsadlarini rejalashtira olishi; o‘zining ta’lim-tarbiya ishlariga tayyorlanish tizimini re­

jalashtira olishi.

5.       Tashkilotchilik malakalari: bolalar jamoasini uyushti- ra bilishi; turli sharoitlarda bolalar jamoasini boshqara olishi; bolalarni nimalar bilandir qiziqtirib, ularni faollashtira

578


olishi; amaliy masalalarni hal etishda o‘zining bilim va tajribala- rini ustalik bilan tez qollay olishi.

6.       Kommunikativ malakalari: bolalarni o‘ziga jalb etishni bili- shi; bolalar va ota-onalar bilan maqsadga muvofiq pedagogik mu- nosabatlarni tiklashni bilishi; bolalarning jamoalararo va jamoa ichidagi o‘zaro munosabatlarini tartibga solishni bilishi; bolalar va ota-onalar bilan tashqaridan aloqa boglashni bilishi.

7.       Gnostik malakalari: bolalarning asab psixik taraqqiyoti da- rajasini aniqlay bilishi; o‘zining tajribasi va pedagogik faoliya-

ti natijalarini tanqidiy tahlil qila olishi; boshqa o‘qituvchilarning tajribalarni o‘rganib, undan (nazariy va amaliy tomondan) to‘g‘ri xulosa chiqara olishi; psixologik-pedagogik adabiyotlardan foyda- lanishni bilishi; o‘quvchilarni to‘g‘ri tushunib, ularninig xulq-at-

vori sabablarini tushuntirishni bilishi.

8.       Ijodiy xislatlari: pedagogik mahoratini takomillashtirish- ga intilishi; o‘quvchilarni tarbiyalash dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshira olish qobiliyati; o‘zini o‘quvchi o‘rniga qo‘yib, bo‘lib o‘tgan hodisalarga uning nazari bilan qaray olishi; avval­

gi voqealar, hodisalar va tarbiyalanuvchi shaxsiga yangicha qaray olish qobiliyati; o‘zining o‘quvchiga pedagogik ta’siri natijalarini oldindan ko‘ra bilishga intilishi.

Shunday qilib, ko‘rsatib o‘tilgan modelning asosiy tuzilishi tariqasida quyidagilar keltiriladi: shaxsning jamoatchilik va kas- biy yo‘nalishi; pedagogik mahorat va qobiliyati; xarakterining psixologik xususiyatlari; bilish faoliyati; o‘qituvchi shaxsining bolalarni kasbga tayyorlash ishlari darajasidagi umumiy taraqqiyoti.

Professiogramma yoshlarga o‘zlarining kelgusida o‘qituvchilik kasbini to‘g‘ri va ongli ravishda tanlab olishlariga yordam beradi.

Professiogrammani kasbga xos ravishda o‘qitishni tashkil qi- lishda ta’limning samaradorligi va uning muvaffaqiyati qanday bilim va ko‘nikmalarga, ayniqsa, shaxsning qanday qobiliyati va shaxsiy xislatlariga bog‘liq ekanligini albatta ko‘rsatish zarurdir.

Pedagogik faoliyat tezligi va muvaffaqiyati asosida N.V.Kuzmina o‘qituvchilarni uch guruhga boladi:

579

1.       Kasbiy malakalarni tez o‘zlashtiradi, o‘z faoliyatida tezda muvaffaqiyatga erishadi, dars qoldirmaydi.

2.       Kasbiy sifatlarni sekin o‘zlashtiradi, ba’zan dars qoldiradi, am­mo pedagogik xususiyatlarni sekin-asta bo‘lsa-da o‘zlashtirib oladi.

3.       Ko‘p yillik faoliyati davomida ham o‘qituvchilik qobiliyati- ni egallamaydi.

N.V.Kuzmina pedagogik faoliyatga murakkab dinamik siste- ma sifatida qaraydi.

A.I.Sherbakov ishlarida esa pedagogik ta’lim muammolari ko‘zga tashlanadi. 0 ‘qituvchi shaxsi yo‘nalganligining shakllanishi masalasida to‘xtalar ekan, muallif o‘qituvchilarni tayyorlash va o‘qitish jarayonida e’tiborga olish zarur bo‘lgan vaziyatlar xususida o‘z tavsiyalarini beradi. Ayniqsa, olim bo‘lajak o‘qituvchi xulq-at- vor xususiyatlarining shakllanishiga asosiy e’tiborni qaratadi.

24.2. Pedagog shaxsi va unga qo‘yi!adigan talablar

Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tatbiq etish jarayonida o‘qituvchining yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishida jamiyat oldidagi javobgarligi yanada ortib boraveradi.

Pedagog uchun qo‘shimcha, lekin nisbatan turgkun talablar qatoriga kirishuvchanlik, artistlik, shodon xulq, yaxshi did-faro- sat va boshqalarni kiritish mumkin. Bu xususiyatlar eng asosiy o‘rinda turmasa-da, ammo o‘qituvchi faoliyati uchun katta yor- dam beradi.

Bosh va ikkilamchi pedagogik xossalar jamlanib, pedagogning shaxsiyatini aniqlaydi, shu jihatlar kuchi bilan har bir o‘qituvchi ajoyib va o‘ziga xos shaxs sifatida namoyon bo‘ladi.

Jamiyat tomonidan qo‘yiladigan talablardan eng muhimi o‘qituv- chining shaxsi va uning kasbi bilan bog‘lik xislatlariga qaratilgan.

24.3. Pedagogning o‘zini-o‘zi boshqarish muammosi

Bo‘lajak pedagoglarning oliy o‘quv yurtida olgan psixologik bilimlari ikki unchalik yoqimli boimagan xossaga ega. Ular, bi- rinchidan, pedagogga amaliyotda zarur bo‘lgan barcha bilimlarni

580


o‘z ichiga qamrab olmagan, bunga sabab pedagogik oliy o‘quv yurtlarida psixologik fanlarni o‘qitish uchun ajratilgan dars soat- lari hajmining chegaralanganligidir. Ikkinchidan, bu olingan bi- limlar tezda eskirib qoladi va hech bo‘lmaganda besh yilda bir marta yangilab turishni talab etadi, buni o‘z-o‘ziga ta’lim berish

yoki malaka oshirishda amalga oshirsa bo‘ladi.

Pedagogning psixologik jihatdan o‘z ustida ishlash deyilganda, uni muntazam ravishda psixologiya fanining turli yo‘nalishlarida-

gi eng yangi yutuqlar bilan tanishib borishini nazarda tutadi, ular tarbiya va ta’lim bilan bevosita va bilvosita bog‘liqdir. Bu ta’lim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi, yosh davrlari psixologiyasi, differensial psixologiya, ijtimoiy psixologiya, shaxs psixologiyasi shuningdek, psixologiya va boshqa fanlar chegarasidagi tibbiyot, patopsixologiya, psixofiziologiya va psixoterapiya.

Pedagogning amaliy faoliyatida psixologik ma’lumotlar olishi mumkin bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxati yetarli darajada salmoqlidir. Holbuki, pedagogga muntazam ravishda ilmiy kitoblarni va jur- nallarni o‘qishga hojat yo‘q, asosiy psixologik bilimlar jamlan-

gan holda keltirilgan, pedagogik faoliyat uchun foydali boigan bo‘limlarga murojaat qilishning o‘zi yetarlidir.

Pedagogning kasbiy faoliyati davomida juda zarur jiddiy jihat - bu o‘z-o‘zini boshqarishdir, ya’ni o‘z psixik holati va xulq-at- vorini boshqara olish qobiliyati, murakkab pedagogik holatlarda muqobil harakatlana olishidir.

0 ‘z-o‘zini boshqarishning psixologik asoslari bilish jarayonini o‘z ichiga oladi: Sezgi, idrok, diqqat, xayol, tafakkur, xotira, nutq shuningdek shaxs xislatlari - xulq atvori, emotsional holati, vazi- yatga munosabati. Yuqorida qayd etib o‘tilgan psixik jarayonlarda o‘z-o‘zini boshqarish odam xususiyatlari va holatlari, uning irodasi va ichki tuyg‘ulari bilan bog‘liqdir. Ma’lumki, ichki tuyg‘u barcha psixik holatlarni boshqarishda erkinlik asosi bo‘lib xizmat qiladi, iroda bo‘lsa xatti-harakatlar quvvati va yo‘nalishlarini ta’minlaydi.

Ongli ravishda fikrlashni ham boshqarish, uni yanada sa- maraliroq qilish mumkin.

581


Tafakkurni o‘z-o‘zida boshqarishning asosiy usullari quyi- dagilardir.

— hal qilinishi kerak bo‘lgan vazifa shartlarni diqqat bilan tahlil qilish;

— talab qilingan natijani berilgan shartlar bilan solishtirish, bunday maqsad kerakli natijani olish uchun yetishmagan narsani aniqlash;

— doimiy ravishda mashq o‘tkazib borib, tafakkurni chiniq- tirish;

— tafakkurni aniq yo‘nalishdagi mashqlar bilan chiniqtirish, ya’ni ketma-ket izlanish va yetarli darajada hal qilinishning alter­

nate yo‘llarni ko‘rib chiqish (bu - vosita anglash jarayoni «sikl- lanish» deb nomlanadi);

— vazifani hal qilishning yo‘llari bilan bog‘liq bolgan aniq farazlarni o‘z ichida yoki ovoz chiqarib so‘zlash (gapirish);

— bajarib bo‘lingan xatti-harakatlar natijalarini va faraz (g‘oya) larni doimiy ravishda yozib borish;

— o‘z-o‘zini emotsional boshqarish organizmning muskul to‘qimalari tizimi boshqara bilish qobiliyatiga asoslangan, emot- siogen holatlardan tahlil qilib tafakkurni ongli ravishda faol jalb etish.

Hozirgi zamon maktabi muallimlik shaxsi va kasbiy faoliyati uchun zarur bo‘lgan sifat va fazilatlarni egallagan, yangicha fikr- laydigan, ijtimoiy faol pedagoglarni talab qilmoqda.

Ana shunday qator muammolarni oqilona hal qilishning eng muhim omillaridan biri o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi ja- rayonini maqsadga muvofiq tashkil etishdir. Shunga binoan mam- lakatimiz ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri ham kadrlar tayyorlash sifatini jahon talablari darajasiga yetkazishdir. Endilikda oliy ta’lim muassasa- lari oldiga faqatgina o‘qimishli insonni emas, balki voqealarni oldindan ko‘ra biladigan, to‘g‘ri qaror qabul qila olish mahoratiga ega, o‘zini-o‘zi rivojlantirish zaruriyatini tushunib yetadigan oqil va barkamol shaxsni tarbiyalash muammosi qo‘yilmoqda.

582


0 ‘qituvchining shaxsiy va kasbiy tayyorgarlik darajasi qancha- lik yuqori bo‘lsa, o‘quvchilar bilan ta’lim va tarbiyaviy muno- sabatlarni yaxshi yo‘lga qo‘ya oladi. 0 ‘qituvchining shaxsiy na- munasi va obro‘-e’tibori ta’lim-tarbiya jarayonida bolada qat’iy nuqtayi nazarning shakllanishida asosiy rol o‘ynaydi.

Kanadalik psixolog olim Djeyms Marsha yigit-qizlarning kasbiy tayyorgarlik davrini to‘rt bosqichga ajratadi:

1.       Yoshlarda kasb haqidagi tasavvur va bilimlarning kamli- gi, hali noaniqligi bosqichi. Bu bosqich hali shaxsning e’tiqodlari aniq emasligi, kasbni tanlamaganligi, kim bo‘lishi noaniqligi bilan tavsiflanadi.

2.       Muddatidan oldin aynan o‘xshashligini topish bosqichi. Shaxs o‘z kuchi, xohishi bilan emas, boshqaning fikri bilan, boshqa kishiga ergashib, tegishli munosabatlar tizimiga qo‘shili- shi bilan xarakterlanadi.

3.       Moratoriya bosqichi — shaxs o‘zligini aniqlashning krizisi jarayonidaligi bilan, rivojlanishning ko‘p variantlari orasidan o‘zi uchun eng maqbulini tanlashi bilan tavsiflanadi.

4.       Erishilgan yutuqning aynanligi bosqichi. Tanlash mojarosi hal etilganligi, shaxs o‘zligini namoyon etishga amalda kirish- ganligi bilan belgilanadi. 0 ‘qituvchi eng avvalo o‘quv-tarbiya

jarayonida o‘quvchilar faolligini oshirishni esdan chiqarmasli- gi, yuzaga kelgan muammolarni mustaqil yechishga o‘rgatishi, o‘quvchi tashabbuskorligi va ijodkorligi asosida o‘zining kim- ligini namoyish etishiga yordamlashishi zarur. Buning uchun o‘qituvchi shaxsiy hamda kasbiy sifat va fazilatlarni to‘liq egal- lagan bo‘lishi lozim, bunday o‘qituvchilar o‘quvchilar bilan ko‘proq do‘stona muloqotda bo‘ladilar, o‘zaro fikr almashadi- lar, mavzuga doir muammoni tahlil qiladilar va bir qarorga ke- ladilar. 0 ‘qituvchi bu o‘rinda butun e’tiborini mavzu mohiyatini o‘quvchilarga singdirishga qaratib, o‘quvchilar e’tiborini kechin- malarini va o‘zlashtirish imkoniyatlarini alohida e’tiborga oladi. 0 ‘qituvchi shaxsiga xos bo‘lgan bilimdonlik, ijodkorlik, musta- qillik hamda pedagogik faoliyati uchun mas’uliyat va javobgar-

583


likni chuqur his etish o‘quv-tarbiya jarayoni samaradorligini ta’minlashning eng muhim omillaridir.

Talabalarda kasbni egallashning shakllanishi ularda majburiyat va javobgarlik hissining tarkib topishi bilan bog‘liqdir. Ularda ana shunday sifat va kechinmalar to‘la shakllangan bo‘lsa, bilimlarni egallash yoki kasbiy kamoloti uchun hech narsa to‘siq bo‘la olmaydi.

Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari:

1. Andragogika...

*a) o‘qitish nazariyasining bir qismi bolib, o‘quv faoliyatining katta odam sifatidagi subyektini yangi bilim va ko‘nikmalarni egallashining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishi bilan birga, bu yangiliklardan o‘z kasbiy faoliyatlarida foydalanish yoMlari bilan ham qurollantiradi;

b)                    doimiy ravishda hamkasblari, ota-onalar bilan hamkorlik-

da faoliyat olib borgan, zarur bo‘lgan damlarda ularni ma’lum bir bilimlar bilan qurollantira olgan, ularda pedagogik-psixologik bilimlarni egallashga nisbatan ehtiyojni vujudga keltira olgan pedagog va rahbarnigina faoliyatini o‘rganadi;

c)                     0‘qituvchilar ommasining ma’lum qismi mustaqil izlanish- da bo‘lib, o‘z bilim saviyasini oshirish bilan faol shug‘ullanmaydi, malakasini oshirishga intilmaydi, ba’zilar muayyan bilimlar so- hasida taraqqiyotdan butunlay ortda qolmoqdalar;

d)                    har bir pedagognig o‘z faoliyat tizimini ishlab chiqish va

unga qat’iy amal qilish uning ta’lim sohasidagi muvaffaqiyatla- rining muhim omillaridan biridir.

2. Andragogika tushunchasi qachon kim tomonidan fanga ki- ritilgan?

a)  1833-yilda nemis mutaxassisi A.Kann tomonidan fanga ki- ritilgan;

b)  1866-yilda ingliz olimi J.Piaje tomonidan fanga kiritilgan;

c)  1977-yilda yapon olimi K.Levin tomonidan fanga kiritilgan;

d)  1922-yilda amerikalik olim Raven tomonidan fanga kiri­tilgan.

584

3. Kattalar ta’limning asosiy mazmuni...

*a) siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy o‘zgarishlar sharoitida o‘z oldiga mustaqil ravishda ta’lim maqsadlarini qo‘ya oladigan, unga eri- sha oladigan faoliyat subyektini shakllantirishdir;

b)                     o‘qituvchidagi bu tariqa qarashlar ko‘p yillar davomidagi

mehnat va hayot faoliyati jarayonida shakllanadi; ikkinchidan, o‘qituvchining o‘zi axborotlar olish uchun o‘quvchilarga nisbatan cheklangan vaqt imkoniyatiga ega; uchinchidan, u o‘ta tor doi- radagi tengqurlari bilangina muloqotda bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lib, ko‘pincha o‘z kasbiga xos qiziqishlar bilangina cheklanib qoladi;

c)                     anglash tezligiga, yangi vazifalar hal qilinishiga erishish mumkin bo‘lgan aniq ma’lumotlar hajmiga, uni bevosita hal qi- lishdagi bosqichlar soniga natijaga erishishga yordam beruvchi ma’lumotlar miqdori, shuningdek, masalani hal qilish uchun

sarflangan vaqt miqdori, o‘z-o‘zining bilimini oshirish qobiliyati, ishchanlik va chiniqqanlik darajasiga bog‘liq;

d)                     o‘qituvchidagi bu tariqa qarashlar ko‘p yillar davomidagi

mehnat va hayot faoliyati jarayonida shakllanadi.

4. Kattalar ta’limining asosiy funksiyalari...

*a) rivojlantiruvchi, kompensatsiyalovchi, adaptatsiya mos- lashuv, qayta ijtimoiylashuv;

b)       rivojlantiruvchi, kompensatsiyalovchi, akkamodatsiyalovchi,

undovchi;

c)       rivojlantiruvchi, kompensatsiyalovchi, adaptatsiya mos-

lashuv, fikrlovchi, tanqid qiluvchi;

d)       rivojlantiruvchi, kompensatsiyalovchi, adaptatsiya mos-

lashuv, kuzatuvchi, uzatuvchi.

5. Kattalar ta’limining prinsiplariga kirmaydigan javobni toping:

*a) determinizm prinsipi;

b)    mustaqil ta’limning ustuvor bo‘lishi;

c)    hamkorlik faoliyati prinsipi;

d)    katta o‘quvchining o‘z tajribasiga tayanish prinsipi.

585


GLOSSARIY

Avtoritarizm — buyruq asosidagi talablarga o‘ylamasdan ko‘r-ko‘ro- na bo‘ysunish.

Akseleratsiya — bolalar va o‘smirlarda oldingi avlodga nisbatan bo‘y nisbati va jinsiy taraqqiyotning tezlanishi, jadallashishi.

Andragogika — kattalar ta’limini tashkil etish masalalari bilan shug‘ullanadi.

Asab tizimi — hayvon va odam organizmining barcha funksiyala- rini o‘zaro hamda tashqi muhit bilan to‘g‘rilab, uyg‘unlashtirib turuvchi a’zolar tizimi. U organizmning ichki muhitida ro‘y beradigan o‘zga- rishlar va tashqi muhit ta’sirida qo‘zg‘alib, turli a’zolarga ta’sir etgan holda ularning faoliyatini kuchaytirib yoki susaytirib turadi.

Aqliy harakatlarning bosqichma-bosqich shakllanishi nazariyasi — rus psixologi P.Ya.Galperin tomonidan ishlab chiqilgan va uning sho-

girdlari tomonidan rivojlantirilgan ta’limot boiib, bilim, ko‘nikma va malakalar shakllanishining umumiy psixologik asoslari bosqichma-bosqich ma’lum dastur asosida rivojlanadi.

Axloq — shaxsning jamiyatga va boshqa kishilarga nisbatan burchini belgilab beruvchi me’yorlar tizimi, ma’naviy xulq qoidalari.

Bilish — psixik aks ettirish jarayoni, bilimlarni egallash va uni o‘zgartirishni ta’minlaydi.

Bine - Simon testi — bolalar aqliy rivojlanish usuli. Fransuz psi- xologlari Bine va Simon tomonidan ishlab chiqilgan. Ular ilk bor eks- perimental psixologiyaga asos solishgan.

Biografik metod — odamni uning tarjimayi holi bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlar orqali o‘rganish usuli.

Birinchi signal tizimi — narsa va hodisalarning sezgi a’zolariga bevosita ta’sir etishi natijasida bosh miya yarim sharlari qobiglida hosil bo‘ladigan shartli muvaqqat nerv bog‘lanishlari. U sezgi va idrok tur- larida namoyon bo‘ladi.

Borliq — obyektiv olamning ongdan xoli bolgan holda mavjudligini bildiruvchi falsafiy tushuncha.

Bosh miya — markaziy nerv tizimining old qismi bo‘lib, u bosh miya qobig‘ida joylashgan oliy nerv tizimining moddiy asosi. Bosh miya- ning o‘rtacha og‘irligi 1470 g.

Bosh miya katta yarim sharlari — bosh miyaning ikki pallasi. Uning ustki qismi uchun chuqur bo‘lmagan o‘nqir-cho‘nqirlardan iborat.

586


Bosh miya katta yarim shar orqa, old, yon, orolcha, orqa umurtqalar- ga bo‘linadi. Miya nerv kataklari neyronlardan iborat bo‘lib, ikki katta yarim sharlar po‘stlog‘ini tashkil etadi. Miyadagi oq suyuqlik neyron o‘simtalaridan tarkib topib, miya yo‘llarini ko‘rsatib turadi.

Boshqarish — tabiatning turlicha bo‘lgan (biologik, ijtimoiy va tex- nik, tizimlari) funksiyalarini, ularning ishini tashkil qilish, maqsad va dasturlarini amalga oshirishga qaratilgan jarayon.

Verbal o‘rganish — insonning yangi tajribani til orqali o‘zlash- tirishidir. Bunday o‘rganish natijasida inson nutqni egallagan boshqa odamlarga, bilim, ko‘nikma va malakalarni uzatishi mumkin.

Vikar o‘rganish — boshqa odamlar xulq-atvorini to‘g‘ridan to‘g‘ri ku- zatish orqali o‘rganish bo‘lib, unda inson kuzatilayotgan xulq-atvor shakl- larini o‘zlashtiradi. Vegetativ nerv tizimi — nerv tizimining organizm ichki

a’zolari faoliyatini va modda almashinuvini boshqarib turadigan bir qismi. Vegetativ nerv tizimi markaziy nerv tizimi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bu bosh miya qobig‘i tomonidan boshqariladi. Vegetativ nerv tizimi simpatik va parasimpatik nervlar deb ataluvchi ikki qismga bo‘linadi.

Genezis — biror-bir hodisa yoki narsa rivojlanishi jarayonining qo- nuniyatlarini aks ettiruvchi tushuncha.

Genetik metod — psixik holatlarning paydo bo‘lishi va ularning qu- yidan yuqoriga qarab rivojlanishi jarayonini o‘rganish usullari.

Genotip — ota-onadan farzandga o‘tadigan genlar majmuyi, irsiy asosi.

Gerontopsixologiya — psixologiya tarmog‘i, qarilik davri psixologi- yasini o‘rganadi.

Geshtaltpsixologiya — hozirgi zamon chet el psixologiya maktablaridan biri bo‘lib, XX asrning 30-yillarida Olmoniyada bunyodga kelgan. Bular murakkab psixik voqelikni tushuntirish uchun hodisalarning bir butun- ligini asos qilib oladilar. Asoschilar M.Vertxeymer, V.Kyoler, N. Koffka.

Yetakchi faoliyat — faoliyat turlaridan biri bo‘lib, bunda ma’lum davr ichida shaxs sifat jihatidan o‘zgarib shakllanadi. Masalan, bog‘cha yoshi

davridagi o‘yin faoliyati.

Zehn — nerv tizimining ba’zi genetik nazariyalari anatomik- fiziologik xususiyati bo‘lib, u kishida qobiliyatlar tarkib topishi va rivoj- lanishining dastlabki individual tug‘ma tabiiy zaminidir.

Ideal — biror narsaning namunasi, ayrim odam yoki guruh xatti-harakatlari va intilishini belgilovchn oliy maqsad.

Ijtimoiy o‘rganish nazariyasi - inson tomonidan hayotiy tajriba- ni egallash jarayoni ijtimoiy ta’sirlar va ular bilan bog‘liq mustahkam- lash va jazolash asosida amalga oshadi deb tushuntiruvchi ijtimoiy psixologik nazariya.

Imprinting — qandaydir xulq-atvor shaklini maxsus o‘rgatilmasdan, tug‘ilishi bilanoq o‘zlashtirish.

Interferensiya — malakalardagi salbiy ta’sir bo‘lib, bunda eski mala- ka yangisining shakllanishiga xalaqit beradi.

Iste’dod — shaxs qobiliyati rivojining yuqori darajasi.

Identifikatsiya — shaxsning o‘zini o‘zga odam bilan emotsional va boshqa tomondan tenglashtirishi.

Konformlik — individning guruh fikrlariga tashqi tomondangina qo‘shilib, ichki tomondan esa qo‘shilmay o‘z fikrida qolishi, guruhga ongli ravishda moslashishi.

Kuzatish — psixik xususiyatlarni uzoq vaqt davomida, planli, biror maqsad asosida o‘rganish.

Kuzatuvchanlik — shaxs xususiyatlaridan biri, u kishining idrok qilish jarayonida narsalarni kamdan kam uchraydigan, ammo muhim to- monlarini payqay olishida namoyon bo‘ladi.

Ko'nikma — oldinga qo‘yilgan maqsad va xatti-harakat sharoitidan kelib chiqadigan muvaffaqiyatii harakatlar usullarini tanlash va amal­

ga oshirish uchun mavjud bilimlar va malakalardan foydalanishdir. Ko‘nikma eksteriorizatsiya qilishni — bilimlarning jismoniy harakatga mujassamlashuvini taqozo etadi.

Layoqat — nerv tizimining ba’zi irsiy determinlashgan anato- mik-fiziologik xususiyati. Odamda qobiliyatlar tarkib topishi va rivoj- lanishining dastlabki yakka, tug‘ma, tabiiy zaminidir.

Longityud tadqiqot — tekshiriluvchilarni uzoq muddat va doimiy ravishda o‘rganish. Longityud tadqiqot odamdagi individual va yosh

davrlardagi o‘zgarishlarni qayd qiladi.

Malaka — mashq qilish jarayonida ish harakatlar bajarishning avtomatlashgan usullari.

Majburiyat yoki javobgarlikni his qilish — erkinlikning qarama-qar- shi jihati bo‘lib, bu shaxsning manfaatlariga xizmat qiladi.

Mayl — shaxs qiziqishlari va fikrlarining biror faoliyat bilan shug‘ul- lanishiga jalb etilganligi. Mayl shaxsda kuchli istak, xohish tarzida namoyon bolib, bajo keltirilganda odamga mamnuniyat baxsh etadi.

Mahorat madaniyati — har bir tadbirni zo‘r quvonchli qalbdan tashkil qilish.

Ma’naviy madaniyat — talabalarning ijodiy, ma’naviy, badiiy faoli- yatini tashkil qilishdir.

Metod - bilishning nazariy va amaliy o‘zlashtirish usullari yig‘in- disi.

Miqdoriy tahlil — moddalar xususiyatining tuzilishini miqdoriy ji- hatdan aniqlash metodlarining yig‘indisi.

Motiv — inson xulq-atvorining ichki barqarorligi, harakatga undov- chi kuch, sababdir.

Motivatsiya esa xulq-atvorni psixologik va fiziologik boshqarishning dinamik jarayoni, motivlar yig‘indisi bo‘lib, unga tashabbus, yo‘nalgan- lik, tashkilotchilik, qoMlab-quvvatlash kiradi.

Muammoli vaziyat — bilish ehtiyojini qondirishda tafakkur qilish sharti bo‘lgan psixologik vaziyat.

Muammoli ta’lim — o‘quvchining faolligini oshirishga qaratilgan va o‘qituvchi tomonidan tashkil qilinadigan o‘qitish usuli.

Muhit - organizm tug‘ilgan, rivojlanadigan va yashaydigan tashqi omillar, sharoitlar va obyektlar majmuasi.

Negativizm - bolalar psixologiyasida atrofdagi kishilarga nisbatan bolaning sababsiz qarshilik ko‘rsatishi. Negativizm ikki xil bo‘lib, pas- siv - taklif qilingan faoliyatning bola tomonidan bajarilmasligi. Faol — shaxsiy negativizm — bolalarning qarama-qarshi xarakterga ega bo‘lgan faoliyatni bajarishi.

Nutq — odamlarning til vositasi bilan aloqa qilishining tarixan tarkib topgan shakli.

Odatlar — bu kundalik faoliyatda ko‘p takrorlanishi natijasida avtomatlashgan va bajarilishi shaxsning funksional ehtiyojiga aylanib ketgan harakatlardan iborat individual xislat.

Ong va faoliyat birligi — psixologiyaning ong bilan faoliyatning birli- gi, uning o‘zaro bog‘liqligini e’tirof etuvchi g‘oya.

Ontogenez — organizmning individual rivojlanishi. Tirik mavjudot- ning paydo bo‘lgan davridan to oxirigacha bo‘lgan davrdagi o‘zgarish- lar majmuyi.

Operant o‘rganish — bilim, ko‘nikma va malakalar sinab ko‘rish va xato qilish metodi orqali o‘rganiladi. Individ duch keladigan vaziyatlar unda turli instinktiv, shartsiz, shartli reaksiyalarni vujudga keltira-


di. Organizm ketma-ket amalda masalani yechish uchun har birini si- nab ko‘radi va bunda avtomatik ravishda erishilgan natijani baholaydi.

Pedagogik psixologiya — ta’lim va tarbiya jarayonlarining psixologik qonuniyatlari hamda pedagogik faoliyatning psixologik xususiyatlarini o‘rganuvchi psixologiya fani sohalaridan biridir.

Psixik taraqqiyot qonuniyatlari — bir yosh davridan boshqa davrga o‘tishda inson psixikasi va xulq-atvorida yuzaga keluvchi o‘zgarishlar va ularning sabablarini tavsiflab beruvchi qonundir.

Psixik rivojlanishning revolutsion o‘zgarishlari — bir yosh davridan ikkinchi yosh davriga o‘tishda inson xulq-atvori va psixikasida yuzaga keluvchi jadal hamda chuqur qayta qurishdir.

Psixik rivojlanishning situativ o‘zgarishlari — inson xulq-atvori va psixikasida tashkil etilgan yoki maxsus tashkil etilmagan ta’lim-tarbiya ta’si- ri ostida yuzaga keluvchi, ya’ni vaziyat bilan bogliq bo‘lgan o‘zgarishlar.

Psixik rivojlanishning evolutsion o‘zgarishlari — bir yosh davridan ikkinchi yosh davriga o‘tishda inson xulq-atvori va psixikasida sekinlik bilan amalga oshadigan, barqaror o‘zgarishlar.

Reprezentativlik — tanlov guruhining o‘rganilayotgan sifatlar maj- muyini ishonchliligini va to‘g‘riligini ifodalovchi mezon.

Rivojlanishning senzitiv davri — bir yosh davrida psixikaning muayyan tomonlari samarali rivojlanishi uchun optimal imkoniyatlar davri.

Rivojlanishning omillari — bolaning psixikasi va xulq-atvori rivojla- nishini belgilovchi omillar tizimi.

Rivojlanish sharoitlari — shaxsning shakllanishi bogMiq bo‘lgan omillar. Rivojlanish sharoitlariga inson atrofidagi kishilar, ular orasida- gi shaxslararo munosabat, moddiy va madaniy madaniyat predmetlari va boshqalar kiradi.

Rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchlari — insonda yuzaga keluvchi yangi ehtiyojlar bilan uni qondirish imkoniyatlari o‘rtasidagi zid- diyat.

Ruhiyat madaniyati — talabalarning ma’naviy ehtiyojlariga tokg‘ri ta’sir ko‘rsatish.

Rivojlanishning eng yaqin zonasi — murakkab vaziyatni hal etish- da bolaning mustaqilligini hamda kattalar rahbarligida bajarilgan vazi- fa orasidagi farq.

Senzitivlik — turli ta’sirga nisbatan sezgilarning tez va kuchli qo‘zg‘alishi.

Senzitiv yosh davrlari — yoshning o‘sish davrlari. Bunda ma’lum yosh davriga xos psixik xususiyat va jarayonlar, yuqori darajada yaxshi rivoj- langan. Oldindan yoki kechikib kelgan senzitiv yosh davri ta’lim jara- yonining samaradorligiga salbiy ta’sir etadi.

Suhbat — psixologiya metodlaridan biri, nutq muloqoti yordamida bevosita yoki bavosita ma’lumot olinadi.

Siyosiy madaniyat — davr talabiga mos iqtisodiy, ijtimoiy bilimga ega bo‘lish.

Tabiiy eksperiment — tekshiriluvchini o‘ziga bildirmagan holda uni o‘yin, o‘qish yoki mehnat faoliyatida o‘rganishdan iborat psixologik taj- riba.

Tarbiya — tarbiyachi tomonidan tarbiyalanuvchida barqaror axlo- qiy xislat va xulqiy fazilatlarni tarkib toptirish, shakllantirish maqsa- dida tarbiyalanuvchining ongiga aniq maqsad yo‘lida tarbiyaviy ta’sir etish jarayonidir.

Ta’lim — u o‘qituvchi va o‘quvchining birgalikdagi o‘quv faoli- yatidan iborat bo‘lib, bilim, ko‘nikma va malakalarni uzatish jarayonidir, hayotiy tajribani o‘qituvchidan o‘quvchiga uzatishdir.

Taraqqiyot omillari — bolaning psixik va xulq-atvor rivojlanishi- ni belgilaydigan omillar tizimi. Taraqqiyot omillari, ta’lim va tarbiya mazmunini, o‘qituvchi va tarbiyachilarning pedagogik tayyorgarligini,

ta’lim va tarbiyaning usul, vositalari va boshqa ko‘pgina bolaning psixologik taraqqiyotiga bog‘liq narsalarni o‘z ichiga oladi.

Taqlidchanlik — namuna boiib hisoblanadigan obyekt xulq-atvori- dan tezda nusxa olish natijasida ro‘y beradigan o‘rganish turi.

Test — inson psixologiyasi va xulq-atvorini miqdor hamda sifat ji- hatdan baholashga mo‘ljallangan psixologik tadqiqotning standart- lashtirilgan metodi.

Shaxs — ijtimoiy munosabatlarga kiruvchi va ongli faoliyat bilan shug‘ullanuvchi betakror odam.

Shartli reflektor o'rganish — shartli refleks mexanizmi bo‘yicha yangi qo‘zg‘atuvchilarga reaksiyalarni o‘zlashtirish.

0 ‘zlashtirish — bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash.

0 ‘z-o‘zini tuta bilish — shaxsning muayyan sharoitlarda ortiqcha fikr, his-tuyg‘u, xatti-harakatlarni ongli ravishda tiyib turish, o‘z fikr, hissiyot va harakatlarini maqsadga muvofiq yo‘naltira olishdan iborat irodaviy xarakter xislati.


0 ‘rganish — insonning o‘quv faoliyati natijasida yangi psixologik si- fat va xususiyatlarni o‘zlashtirganligini bildiradi.

0 ‘qish — bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash uchun qobiliyat- larni rivojlantirishga qaratilgan o‘quvchi tomonidan amalga oshiriladi-

gan o‘quv harakatlaridir.

0 ‘quv faoliyati natijasida inson yangi bilim, ko‘nikma va malakalar egallaydi, yoki mavjudlarini o‘zgartiradi, o‘z qobiliyatlarini rivojlanti- radigan, takomillashtiradigan jarayondir.

Qobiiiyatlar — shaxsga ma’lum faoliyatni muvaffaqiyatli bajarish, bilimlarni tez va osonlik bilan o‘zlashtirishga yordam beruvchi individual psixologik xususiyat.

G‘oyaviy e’tiqod — bu bilimning, o‘sha shaxsga xos bo‘lgan intellek- tual, emotsional va iroda sifatlarining sintezi, g‘oyalar va xatti-harakat- lar bir butunligining negizidir.

Harakatning oriyentirlash asosi — aqliy harakatlarning bosqich- ma-bosqich rivojlanish nazariyasida kiritilgan tushuncha. Harakatning oriyentirlash asosi bolaning shakllantirilayotgan harakat va uni to‘g‘ri, muvaffaqiyatli bajarish sharoitlari va sifatlari bilan dastlabki tanishish

jarayoni va natijasidir.

Yosh — individning ma’lum aniq vaqtda belgilangan psixik taraqqi- yotining bosqichi. Ushbu bosqichda uning shaxs sifatidagi fiziologik va psixologik o‘zgarishlari kuzatiladi.

Yosh davri nizolari — o‘ziga xos, uncha uzoqqa cho‘zilmaydigan on- togenez davrlari bo‘lib, bu vaqtda keskin psixik o‘zgarishlar ro‘y beradi.

Yosh psixologiyasi — inson psixikasining yosh jihatdan taraqqiyoti, psixik jarayonlar hamda inson shaxsi xislatlarining ontogenezini o‘rga- nuvchi fan.

Empatiya — insonning boshqalarga hamdard bolishi, ularning hola- tini tushunishi, ularga beg‘araz yordam ko‘rsatishga tayyorligi.

Eksperiment — tajriba — psixologiyaning asosiy metodlaridan, o‘zgaruvchan mustaqil psixologik holatlarning boshqa nomustaqil

holatlariga ta’sir etishdagi aniq ma’lumotlarga tayanadi.

592

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.       Амонашвили Ш.А. Обучение. Оценка. Отметка. — М.,

1980.

2.       Ананьев Б.Г. Избранные психологические труды. В 2 т.- М., 1980. Т 2.

3.       Бернс Р.В. Развитие Я — концепции и воспитание. — М., 1986. (Я концепция учителя). С. 169—224. С.302—332.

4.       Братусь Б.С. Психологические аспекты нравственного развития личности. — М., 1977. С.21—64.

5.       Выготский Л.С. Педагогическая психология. — М., 1991. (Психология и учитель: С.358—372).

6.       Davletshin M.G. va boshqalar. «Yosh davrlar va va peda­gogik psixologiya». — Т.: TDPU. 2009.

7.       Davletshin M.G. Zamonaviy maktab o‘qituvchisining psi- xologiyasi. «Pedagogika va psixologiya» (ilmiy ommabop seriya).

- Т., Nizomiy nomidagi TDPU, 1999/1.

8.       Зимняя И.А. Педагогическая психология: Учебник для вузов. Изд. второе, доп., испр. и перераб. — М.: Логос, 2002. - 384 с.

9.       Кан-Калик В.А. Учителю о педагогическом общении.- М., 1987. С.155—176.

10.    Karimova V.M., Sunnatova R.I., Tojibayeva R.N. Mustaqil fikrlash. — Т.: Sharq. 2000. — 111 b.

11.    Кон И.С. Психология ранней юности. — М., 1989.

12.    Кон И.С. Психология юношеского возраста. — М., Просвещение. 1979. —173 с.

13.    Krutetskiy V.A. «Pedagogik psixologiya asoslari». — Т.:

0 ‘qituvchi. 1976

14.   Кузмина H.B. Способности, одаренность, талант учителя. — JL, 1985. С. 14—17.

15.   Немов PC. Психология: Учеб. для студ. высщ. пед. учеб. заведений: В 3 кн. — 4-е изд. — М.: Гуманит.изд. центр ВЛАДОС, 2003. — Кн.2: Психология образования.

593




MUNDARIJA

K IR ISH ................................................................................................................. 3

I      BOB. YOSH PSIXOLOGIYASINING PREDMETI,

VAZIFALARI......................................................................................................4

1.1.              Yosh psixologiyasining predm eti............................................................4

1.2.              Yosh psixologiyasining nazariy va amaliy vazifalari........................ 9

1.3.              Psixik rivojlanish determinatsiyasi m uam m osi..............................13 1.4. Yosh psixologiyasining asosiy tushunchalari...................................16

II   BOB. YOSH PSIXOLOGIYASINING TADQIQOT

M ETODLARI................................................................................................... 21

2.1. Kuzatish va eksperiment yosh psixologiyasining asosiy

metodi sifatida.....................................................................................................21

2.2. Tasdiqlovchi va shakllantiruvchi tadqiqot strategiyalari..............26

2.3. Tadqiqotning yordamchi metodlari....................................................27 2.4. Empirik tadqiqotlarni tashkil qilish sxemasi................................... 48

III BOB. YOSH PSIXOLOGIYASINING SHAKLLANISH

T A R IX I...............................................................................................................52

3.1. Psixologiya fanlarining mustaqil sohasi sifatida yosh

psixologiyasining shakllanishi.......................................................................52

3.2. Bolalar psixologiyasini tizimli o‘rganishning boshlanishi...........55 3.3. XIX asr o‘rtalari va XX asr boshlarida Rossiyada yosh

psixologiyasining shakllanish tarixi............................................................57

IV BOB. XX ASRNING BOSHLARIDA BOLA

RIVOJLANISH NAZARIYALARI             .........................................................69

4.1. Psixik rivojlanish omillari muammolarining qo‘yilishi................ 69

4.2. Bolalar psixologiyasi predmeti...............................................................72

4.3. Bola psixik rivojlanishining ijtimoiy va biologik om illari...........79

V.BOB. SHAXS RIVOJLANISHI SIFATIDA PSIXIK

RIVOJLANISHNING PSIXOANALITIK YO‘NALISH I.................88

5.1. Z.Freydning klassik psixoanalizida

psixik rivojlanish m asalasi............................................................................ 88

5.2. Bolalik psixoanalizi..................................................................................99

5.3. Hozirgi zamon psixoanalitikasi bolalarni tarbiyalash va

rivojlanishi haqida..........................................................................................100

VI                BOB. ERIKSONNING SHAXS RIVOJLANISHINI

PSIXOIJTIMOIY NAZARIYASI............................................................103

6.1.    Eriksonning ego-psixologiyasi............................................................103

6.2.    Erikson ishlarida tadqiqot metodlari..............................................105

6.3.    Erikson nazariyasining asosiy tushunchalari.................................107

6.4.    Shaxs rivojlanishining psixoijtimoiy bosqichlari.........................108

VII              BOB. BOLANING PSIXIK RIVOJLANISHI

XULQ-ATVOR QOIDALARINI 0 ‘RGANISH MUAMMOSI

SIFATIDA: BIXEVIORIZM .................................................................... 128

7.1.    Dj.Uotsonning bixevioristik nazariyasi............................................128

7.2.    Operant o‘rganish..................................................................................131

7.3.    B.Skinnerning radikal bixeviorizmi.................................................133

VIII           BOB. IJTIMOIYLASHUV MUAMMOSI SIFATIDA BOLA PSIXIK RIVOJLANISHINING IJTIMOIY

0 ‘RGANISH NAZARIYASI.................................................................... 139

8.1. Ijtimoiy o‘rganish ta’limotining markaziy muammosi

sifatida ijtimoiylashuv.....................................................................................139

8.2. Ijtimoiy o‘qitish nazariyasining evolutsiyasi.................................140

8.3. Kuzatish, taqlid qilish orqali o‘rgatish fenomeni.........................141 8.4. Bolalar rivojlanish taraqqiyotini o‘rganishning

diadik tam oyili................................................................................................146

IX.BOB. PSIXIK RIVOJLANISH INTELLEKT

SHAKLLANISHI SIFATIDA: J.PIAJE KONSEPSIYASI............153

9.1. J.Piajening bola intellektual rivojlanishini tadqiq qilishning

asosiy yo‘nalishlari..........................................................................................153 9.2. J.Piajening intellekt operatsional ta’lim o ti....................................161

9.3. J.Piaje nazariyasining asosiy fikrlari tanqidi.................................169

X BOB. PSIXIK RIVOJLANISHNI TUSHUNISHNING MADANIY-TARIXIY KONSEPSIYASI. L.S.VIGOTSKIY

VA UNING MAKTABI................................................................................172

10.1. Oliy psixik funksiyalarning yuzaga kelishi va

rivojlanishi........................................................................................................172

10.2. Inson psixik rivojlanishining o£ziga xos muammolari..............177 10.3. Inson psixik rivojlanishini o‘rganish metodlari

m uammosi......................................... ............................................................179

10.4. Ta’lim va rivojlanish muammolari.................................................180 10.5. L.S.Vigotskiyning psixik taraqqiyotni

madaniy-tarixiy nazariyasi..........................................................................183

10.6. Psixik rivojlanish taraqqiyotini o‘rganishdagi

ikkita paradigmalar....................................................................................... 185

XI BOB. INSON PSIXIK RIVOJLANISHINING

BOSQICHLARI: ONTOGENEZDA RIVOJLANISHNI

DAVRLASHTIRISH M UAM M OSI......................................................188

11.1. Yoshga oid davrlarning tarixiy kelib chiqish muammosi. . . . 188


11.2. «Psixologik yosh» kategoriyasi va L.S. Vigotskiy ishlarida bolalar rivojlanishini davrlashtirish muammosi...................................193

11.3. D.B.Elkoninning rivojlanishini davrlashtirish va yoshga oid

dinamikasi haqidagi tasavvurlari.............................................................. 196

11.4. Psixik rivojlanishni davrlashtirish muammosini hal

etishdagi zamonaviy yondashuvlar............................................................201 XII BOB. GO‘DAKLIK DAVRI.............................................................. 206

12.1. Prenatal va chaqaloqlik davridagi psixofiziologik

xususiyatlar....................................................................................................... 206

12.2. Inqirozli davr sifatida go‘daklik davri........................................... 219 12.3. Hayotining birinchi yilida psixik rivojlanish..............................221

12.4. Go‘daklik davrining psixologik yangiligi.

Bir yoshdagi inqiroz.......................................................................................223

XIII    BOB. ILK BOLALIK DAVRI.........................................................226

13.1.    Ilk bolalik davrida fiziologik va jismoniy rivojlanish,

harakat malakalari, kognitiv rivojlanishi.................................................226

13.2.    Bola tafakkurida egotsentirizmning yuzaga kelishi predmetli

harakat faoliyatlarining rivojlanishi.........................................................231

13.3.    Ilk bolalik davrida nutqning o‘sish i.............................................. 234

13.4.    Aqliy rivojlanish, predmetli faoliyat ilk bolalik davrida

yetakchi faoliyat sifatida...............................................................................239

13.5.    Ilk bolalik davrida o‘z-o‘zini anglash............................................242

XIV     BOB. MAKTABGACHA TARBIYA YOSHI............................... 247

1.1.   Maktabgacha tarbiya yoshida rivojlanishning ijtimoiy

shart-sharoitlari............................................................................................... 247

1.2.   Olyin maktabgacha tarbiya yoshida yetakchi faoliyat

sifatida................................................................................................................250 14.3. Bilish jarayonlarining rivojlanishi.................................................259

14.4.   Kattalar va tengdoshlari bilan muloqot.........................................262

14.5.   Asosiy psixologik yangilik................................................................. 264

14.6.   Maktabgacha tarbiya yoshidagi inqirozning

tavsifnomasi.....................................................................................................268

XV.BOB. KICHIK MAKTAB YOSHI................................................... 272

15.1. Maktab ta’limiga psixologik tayyorgarlik va rivojlanishning

ijtimoiy shart-sharoitlari...............................................................................272 15.2. Maktabga moslashish..........................................................................280

15.3.           Kichik maktab yoshida yetakchi faoliyat................................... 294

15.4.           Kichik maktab yoshida asosiy psixologik yangilik...................300

15.5.           0 ‘smirlik davriga o‘tishdagi inqiroz.............................................. 317 XVI BOB. 0 ‘SMIRLIK DAVRI...............................................................322

1.1. 0 ‘smirlik yoshida rivojlanishning ijtimoiy

shart-sharoitlari................................................................................................322

16.2.           0 ‘smirlik davrida yetakchi faoliyat.................................................330

16.3.           0 ‘smir psixikasi va xulq-atvorining o‘ziga

xos xususiyatlari.............................................................................................333

16.4.           Kattalar bilan muloqotning xususiyatlari................................... 343

16.5.           0 ‘smirlik davrida psixologik yangilik............................................346 16.6. Shaxs rivojlanishi va o‘spirinlik davriga o‘tishdagi

inqiroz................................................................................................................354

XVII       BOB. 0 ‘SPIRINLIK DAVRI.........................................................368

17.1.   0 ‘spirinlik psixologik yosh sifatida rivojlanishning ijtimoiy

shart-sharoitlari................................................................................................368

17.2.   0 ‘spirinlik davrida yetakchi faoliyat.............................................. 380

17.3.   0 ‘spirinlik davrida intellektual rivojlanish.................................386

17.4.   Shaxs rivojlanishi..................................................................................397

17.5.   0 ‘spirinlik davrida m u loqot............................................................404

XVIII     BOB. YETUKLIK.............................................................................412

18.1.   Yetuklik psixologik bosqich sifatida.............................................. 412

18.2.   Yetuklikni davrlashtirish m uam m osi............................................414

18.3.   Yetuklik davrining yetakchi faoliyati va rivojlanishning

ijtimoiy shart-sharoitlari............................................................................... 416 18.4. Yetuklik davrida shaxs rivojlanishi.................................................416

18.5.   Yetuklik davrining inqirozlari......................................................... 418

18.6.   Yetuklik davrida psixofiziologik va bilish jarayonlarining

rivojlanishi........................................................................................................422

XIX.BOB. KEKSAYISH VA KEKSALIK..............................................426

19.1.    Keksalik bioijtimoiy hodisa sifatida.............................................. 426

19.2.    Gerontopsixologiya muammolariga doir dolzarb

tadqiqotlar........................................................................................................428

19.3.    Keksalik va keksayish nazariyalari.................................................430

19.4.    Keksalikning yosh chegaralari m uam m osi.................................432

19.5.    Keksalik davrida shaxsiy inqiroz va yoshning psixologik

vazifalari.............................................................................................................433

19.6.    Keksalik davrida yetakchi faoliyat va rivojlanishning

ijtimoiy shart-sharoitlari...............................................................................436

19.7.    Keksalik davrining shaxsiy xususiyatlari......................................440

19.8.    Keksayish davrida bilish jarayonlari.............................................. 442


XX BOB. PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA FANINING,

MAQSAD VA VAZIFALARI....................................................................448

20.1. Pedagogik psixologiya fanining vazifalari,

muammolari.................................................................................................... 448

20.2. Pedagogik psixologiyaning rivojlanish tarixi..............................451

20.3. Pedagogik psixologiya fanining tamoyillari................................ 461

20.4. Pedagogik psixologiya fanining metodlari...................................463 20.5. Pedagogik jarayon konsepsiyalari va uning psixologik

asoslari...............................................................................................................464

20.6. Hozirgi zamon ta’limi: kognitiv-oriyentirovkadan shaxsiy

oriyentirovkali ta’lim paradigmalari.........................................................466 XXI BOB. TA’LIM PSIXOLOGIYASI................................................471

21.1. 0 ‘quv faoliyati.......................................................................................471

21.2. 0 ‘quv motivlari....................................................................................477

21.3. Rivojlantiruvchi ta’limning psixologik asoslari........................ 479 21.4. Dars jarayonida o‘quvchilarni boshqarish texnikasi

va usullari..........................................................................................................480

21.5. Kompyuterlashtirilgan ta’limning psixologik jihatlar..............483

XXII       BOB. TARBIYA PSIXOLOGIYASI...........................................496

22.1.     Tarbiyaviy texnologiyalarning psixologik jihatlari......................496

22.2.     Turli yosh bosqichlarida tarbiya xususiyatlari...........................508

22.3.     Shaxs shakllanishida oilaning ta’s ir i............................................519

22.4.     Shaxs tarbiyasida madaniyat............................................................521

XXIII     BOB. 0 ‘QITUVCHI PSIXOLOGIYASI..................................535

23.1.     Pedagog faoliyatida psixologiyaning o‘rn i................................... 535

23.2.     Pedagogik m uloqot............................................................................545

23.3.     Pedagogik o‘zaro harakatlar psixologiyasi................................... 548

23.4.     Pedagogik qobiliyatlar.......................................................................550

23.5.     Pedagogik faoliyatning individual uslubi......................................557

23.6.     Pedagog bilan psixolog faoliyatining m odeli..............................560

23.7.     Pedagogik jamoa psixologiyasi.........................................................564

XXIV     BOB. PEDAGOGIK FAOLIYATNING PSIXOLOGIK

ASOSLARI......................................................................................................573

24.1.           Pedagogik faoliyatning psixologik xususiyatlari........................ 573

24.2.           Pedagog shaxsi va unga qo‘yiladigan talablar...........................580 24.3. Pedagogning o‘zini-o‘zi boshqarish muammosi.........................580

GLOSSARIY................................................................................................... 586

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR................................................... 593





Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya

Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya

Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya

Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya

Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya

Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya

K IRISH 0 ‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini jahon miqyosida yil sa- yin barqarorlashtirib borar ekan, uning istiqboli bugungi avlodni tar- biyalaydigan o'qituvchilarga, ertaga o'rnimizga keladigan…

K IRISH 0 ‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini jahon miqyosida yil sa- yin barqarorlashtirib borar ekan, uning istiqboli bugungi avlodni tar- biyalaydigan o'qituvchilarga, ertaga o'rnimizga keladigan…

3

3

I BOB. YOSH PSIXOLOGIYASINING

I BOB. YOSH PSIXOLOGIYASINING

Наг bir pedagog ma’lum darajada psixolog ham bo‘lishi talab eti- ladi, chunki ular har biri faqat o‘ziga xos bo'lgan, turli yoshda- gi, turli individual xususiyatlarga…

Наг bir pedagog ma’lum darajada psixolog ham bo‘lishi talab eti- ladi, chunki ular har biri faqat o‘ziga xos bo'lgan, turli yoshda- gi, turli individual xususiyatlarga…

Yosh psixologiyasining o‘rganish obyekti — ontogenezda normal, sog'lom insonning o‘zgarishi va rivojlanishidir

Yosh psixologiyasining o‘rganish obyekti — ontogenezda normal, sog'lom insonning o‘zgarishi va rivojlanishidir

Ikkinchi tomondan, organizmning psixik rivojlanishi muhitga ham bog‘liq

Ikkinchi tomondan, organizmning psixik rivojlanishi muhitga ham bog‘liq

Psixika va xulq-atvorda yuzaga keladigan bu turdagi yosh- ga xos o'zgarishlar evolutsion o‘zgarishlar deb ataladi

Psixika va xulq-atvorda yuzaga keladigan bu turdagi yosh- ga xos o'zgarishlar evolutsion o‘zgarishlar deb ataladi

Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya

Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya

Yosh psixologiyasining nazariy vazifalari: — insonning butun hayot yo‘li davomida psixik taraqqiyo- ti manbalari, mexanizmlari va harakatga keltiruvchi kuchlarini o‘rganish; — ontogenezda psixik rivojlanishni davrlashtirish;…

Yosh psixologiyasining nazariy vazifalari: — insonning butun hayot yo‘li davomida psixik taraqqiyo- ti manbalari, mexanizmlari va harakatga keltiruvchi kuchlarini o‘rganish; — ontogenezda psixik rivojlanishni davrlashtirish;…

Shuning bilan birga ko‘rib va eshitib idrok qilish xususiyatlarini hamda ularning o‘zaro muno- sabat xarakterini bilish kerak

Shuning bilan birga ko‘rib va eshitib idrok qilish xususiyatlarini hamda ularning o‘zaro muno- sabat xarakterini bilish kerak

imkonini beradi, chunki bu qonuniyatlar o‘qituvchini ko‘r-ko‘ro- 11

imkonini beradi, chunki bu qonuniyatlar o‘qituvchini ko‘r-ko‘ro- 11

Demak, pedagogik psi- xologiyaning mohiyatini bilish har bir pedagogga ta’lim-tarbiya jarayonini samarali amalga oshirish uchun zarur

Demak, pedagogik psi- xologiyaning mohiyatini bilish har bir pedagogga ta’lim-tarbiya jarayonini samarali amalga oshirish uchun zarur

Psixik rivojlanish determinatsiyasi muammosi

Psixik rivojlanish determinatsiyasi muammosi

Ta’lim-tarbiya va psixik rivojlanish garchi har xil jarayon bo‘lsa-da, bir-biriga qarama-qarshi qo‘yiladigan jarayonlardir, degan uchinchi nazariyaning namoyandasi —

Ta’lim-tarbiya va psixik rivojlanish garchi har xil jarayon bo‘lsa-da, bir-biriga qarama-qarshi qo‘yiladigan jarayonlardir, degan uchinchi nazariyaning namoyandasi —

Birinchi fikrga binoan, ta’lim uchun imkoniyat yetguncha, aqliy jihatdan yetilish jarayoni kelguncha, passiv ravishda kutib turish lozim

Birinchi fikrga binoan, ta’lim uchun imkoniyat yetguncha, aqliy jihatdan yetilish jarayoni kelguncha, passiv ravishda kutib turish lozim

Rivojlanishning o‘sishdan asosiy farqi quyidagicha: o‘sish miqdor o‘zgarishlariga, rivojlanish esa yangi tuzilmalar, mexanizmlar, jarayonlar, strukturalarning paydo bo‘lishida namoyon bo‘ladigan sifat o‘zgarishlariga taal- luqlidir

Rivojlanishning o‘sishdan asosiy farqi quyidagicha: o‘sish miqdor o‘zgarishlariga, rivojlanish esa yangi tuzilmalar, mexanizmlar, jarayonlar, strukturalarning paydo bo‘lishida namoyon bo‘ladigan sifat o‘zgarishlariga taal- luqlidir

Rivojlanish jarayonining psixologiya va pedagogika uchun zarur bo‘lgan xususiyatlari ajratib ko‘rsatilgan

Rivojlanish jarayonining psixologiya va pedagogika uchun zarur bo‘lgan xususiyatlari ajratib ko‘rsatilgan

Psixik rivojlanishning yuqoridagilardan tashqari me’yoriy va individual rivojlanish shakllari ham mavjud

Psixik rivojlanishning yuqoridagilardan tashqari me’yoriy va individual rivojlanish shakllari ham mavjud

Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya

Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya

Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya

Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya

II BOB. YOSH PSIXOLOGIYASINING

II BOB. YOSH PSIXOLOGIYASINING

Har bir fanning o'rganish metodlari bo‘lgani kabi, yosh va pedagogik psixologiya ham psixologiya fanining alohida bo‘limlari sifatida o‘z tadqiqot metodlariga ega

Har bir fanning o'rganish metodlari bo‘lgani kabi, yosh va pedagogik psixologiya ham psixologiya fanining alohida bo‘limlari sifatida o‘z tadqiqot metodlariga ega

22

22

Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya

Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya

Maqsadga yo‘nalganlik. Umuman o‘quvchini emas, balki uning shaxsiy sifatlaii konkret namoyon bo‘lishini turli vaziyat- larda va faoliyatning har xil turlarida — o‘yin, o‘qish, mehnat, muloqot…

Maqsadga yo‘nalganlik. Umuman o‘quvchini emas, balki uning shaxsiy sifatlaii konkret namoyon bo‘lishini turli vaziyat- larda va faoliyatning har xil turlarida — o‘yin, o‘qish, mehnat, muloqot…

Kuzatish metodining ijobiy tomoni shundaki, eksperimental ravishda o'rganish imkoni bo'lmagan faoliyatni analiz qilish, o‘quvchi xulq-atvorini tabiiy sharoitda o'rganish imkoniyati mavjud

Kuzatish metodining ijobiy tomoni shundaki, eksperimental ravishda o'rganish imkoni bo'lmagan faoliyatni analiz qilish, o‘quvchi xulq-atvorini tabiiy sharoitda o'rganish imkoniyati mavjud

Yuksak darajadagi uyg‘unlikni taqozo etadigan murakkab harakatlar qilishi, asboblardagi ko‘rsatkichlarga muno- sabat bildirishi va hokazolar belgilab qo‘yilgan bolishi mumkin

Yuksak darajadagi uyg‘unlikni taqozo etadigan murakkab harakatlar qilishi, asboblardagi ko‘rsatkichlarga muno- sabat bildirishi va hokazolar belgilab qo‘yilgan bolishi mumkin

Misolga qaytsak, xotirani rivojlantirish bo‘yicha mashg‘ulot- lar o‘tkaziladi

Misolga qaytsak, xotirani rivojlantirish bo‘yicha mashg‘ulot- lar o‘tkaziladi

Shakli bo‘yicha anketalar: 27

Shakli bo‘yicha anketalar: 27

Anketa savollariga quyidagi talablar q o ‘y ila d i: 1

Anketa savollariga quyidagi talablar q o ‘y ila d i: 1

Ushbu anketa o quvchilar, tarbiyachilar va ota-onalar uchun mo‘ljallangan

Ushbu anketa o quvchilar, tarbiyachilar va ota-onalar uchun mo‘ljallangan

Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya

Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya

Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya

Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya

Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya

Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya

A) butunlay o'ziga ishonadi;

A) butunlay o'ziga ishonadi;

Suhbat boshlanishida biografik xarakterdagi savollar beril- masligi kerak

Suhbat boshlanishida biografik xarakterdagi savollar beril- masligi kerak

Testning standartlashtirilishi vazifalar bajarilishini baholash va uni o‘tkazishning bir xildagi jarayonlarini hosil qilishdan ibo- rat

Testning standartlashtirilishi vazifalar bajarilishini baholash va uni o‘tkazishning bir xildagi jarayonlarini hosil qilishdan ibo- rat

Sinaluvchi o‘zi va atrofidagilar- da muayyan xislatlarning mavjudligini, shuningdek, o‘zida va sheriklarida boiishini xohlaydigan sifatlarni ko‘rsatadi

Sinaluvchi o‘zi va atrofidagilar- da muayyan xislatlarning mavjudligini, shuningdek, o‘zida va sheriklarida boiishini xohlaydigan sifatlarni ko‘rsatadi

Proyektiv metodikalar turli-tuman

Proyektiv metodikalar turli-tuman

Masalan, «xizmatdoshlaringizdan qaysi biri bilan bitta brigadada ishlashni xohlardingiz?» degan savol bo‘yi- cha aniqlangan ko‘rsatkich kuchli ko‘rsatkich hisoblanadi, chun- ki u uzoq vaqt davom etadigan,…

Masalan, «xizmatdoshlaringizdan qaysi biri bilan bitta brigadada ishlashni xohlardingiz?» degan savol bo‘yi- cha aniqlangan ko‘rsatkich kuchli ko‘rsatkich hisoblanadi, chun- ki u uzoq vaqt davom etadigan,…

Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya

Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya

Matritsa quyidagicha tuziladi

Matritsa quyidagicha tuziladi

39

39

Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya

Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya

Variatsion qator tarkibida tak- rorlanadigan o'lchovlar soni chastota deyiladi

Variatsion qator tarkibida tak- rorlanadigan o'lchovlar soni chastota deyiladi

Tadqiqotdan olingan ma’lumotlarni statistik qayta ishlash uchun o‘rtacha arifmetik qiymat, moda va medianani hisoblash zarur

Tadqiqotdan olingan ma’lumotlarni statistik qayta ishlash uchun o‘rtacha arifmetik qiymat, moda va medianani hisoblash zarur

Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya

Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
06.03.2023