SITOLOGIYA FANINING QISQACHA TARIXI. HUJAYRA NAZARIYASI VA UNING AHAMIYATI
Оценка 5

SITOLOGIYA FANINING QISQACHA TARIXI. HUJAYRA NAZARIYASI VA UNING AHAMIYATI

Оценка 5
Домашнее обучение
docx
биология
СCУЗ, ВУЗ
14.09.2022
SITOLOGIYA FANINING QISQACHA TARIXI. HUJAYRA NAZARIYASI VA UNING AHAMIYATI
Sitologiya fanining mazmuni, vazifasi, rivojlanish tarixi, hujayra nazariyasining yaratilishi va uning mazmuni haqidagi tushunchalar
Цитологияга кириш.docx

KIRISH. SITOLOGIYA FANINING QISQACHA TARIXI. HUJAYRA NAZARIYASI VA UNING AHAMIYATI

 

 

Dars turi: ma’ruza

Ma’ruzani o‘tish hajmi: 2 soat

Darsning ta’limiy maqsadi: talabalarda sitologiya fanining mazmuni, vazifasi, rivojlanish tarixi, hujayra nazariyasining yaratilishi va uning mazmuni haqidagi tushunchalarni mustahkamlash.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: Talabalarda fanga nisbatan qiziqish hosil qilish, fanning tarixiga oid ma’lumotlarni tahlil qilishga o‘rgatish.

Darsning jihozi: Ma‘ruza matni, ko’rgazmali materiallar, Antonio van Levenguk, Robert Guk, Yan Purkine, Matias Shleyden, Teodor Shvann portretlari, Robert Guklarning suratlari va ular yaratgan birinchi mikroskop tasviri, slaydlar.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Ma’ruza-namoyish, “Tushunchalar tahlili”, “Evristik suhbat”.

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism: navbatchi hisoboti, dunyoda va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan yangiliklar bilan talabalarni xabardor qilish (5 min.)

II.  Fanga kirish: “Tushunchalar tahlili” metodi asosida (10 min.)

III. Yangi mavzuning bayoni: Namoyish qilish va ma’ruza, “Evristik suhbat” metodidan foydalangan holda (40 min)

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Berilgan ma’lumotlarni umumlashtirish asosida (20 min.)

V. Auditoriyadan tashqari mustaqil ish topshirig‘i: “Hujayra nazariyasining yaratilish tarixi” mavzusida mustaqil ish bajarish qoidalarini tushuntirish (5 min).

Yangi mavzuning bayoni:

Reja:

 

1.      Sitologiya fanining qisqacha tarixi.

2.      Hujayra nazariyasi va uning biologiya fanidagi ahamiyati.

3.      Hujayraning asosiy biologik faoliyati va tiriklikning elementar birligi.

4.      O‘zbekistonda hujayra biologiyasi fanining bugungi yutuqlari.

 

Tayanch iboralar. Sitologiya, hujayra biologiyasi, o'simlik, hayvon va odam organizmi, fiziologik, patologik jarayonlar.

 

1. Sitologiya fanining qisqacha tarixi. Sitologiya fani - hujayralarning taraqqiyoti, tuzilishi va faoliyatini o'rganadi. Bu fanning predmeti tirik organizmlardagi hujayralardir. Hujayra - barcha tirik organizmlarning takomillashishi, rivojlanishi, tuzilishi va yashash jarayonining asosi bo'lib hisoblanadi.

Hujayra biologiyasining rivojlanishi hujayraning o'rganilishi, mikroskopning kashf etilishi bilan bog’liqdir. Kattalashtiruvchi oynalar XVII- asr oxiriga kelib ilmiy tadqiqot ishlari uchun qo'llanila boshlangan. Keyinchalik eng sodda tuzilishga ega bo'lgan mikroskoplar yaratilgan. Birinchi mikroskop 1590 yilda gollandiyalik ko'zoynak ustalari aka-uka Gans va Zaxarius Yanssenlar tomonidan yig’ilgan. Takomillashtirilgan mikroskop 1609-1610 yillarda italiyalik olim Galileo Galiley tomonidan loyixalashtirildi. Galileyning birinchi mikroskopi uzun naydan iborat bo'lib, uni ishlatish ancha noqulay edi. Bir qancha vaqtlardan keyin esa fizik Kornelius va astrolog Drebbel yana bir mikroskop loyihalashtiradilar. Biroq, bu mikroskoplar ham ilmiy ishlarga xizmat qilmadi.

1624 yilda Galiley o'zining mikroskopini qayta loyihalashtirdi va endi bu mikroskopdan amaliy ishlarda foydalanish mumkin edi.

Mikroskopga Angliyadan ko'ra Italiyada ko'proq, e’tibor berildi. 1624 yilda Galiley o'zi-  ning mikroskopini Rimdagi "Bilimdonlar Akademiyasi"ga hadya etdi. 1625 yilda Stelluti mikroskop yordamida asalari ko'zining fasetkali (mozaika) tuzilishini ifodalab berdi. F.Chezi 1628 yili Galileyning mikroskopidan foydalanib o'simliklarning sporangiyasini o'rgandi. Mikroskop iborasini birinchi bo'lib 1625 yilda Iogan Faber tavsiya qiladi.

Germaniyada mikroskoplar o'yinchoq tayyorlanadigan ustaxonalarda yasalar edi.

Angliyada 20-asr boshlarida sifatliroq mikroskoplar ishlab chiqarila boshlandi, uning tuzilishiga o'zgartirishlar kiritildi. U mikroskoplar buyumlarni 150 martagacha katgalashtirish imkoniyatiga ega bo'lgan.

Mikroskopga qiziquvchilar juda ko'p qiziqarli va muhim yangiliklar yaratdi. Shunday yaratuvchilardan biri Antonio van Levenguk (1632-1723) bo'lib, u aslida sotuvchilik kasbi egasi edi. Uning kuzatuvlari bilan mikroskopik tuzilishga ega organizmlar haqidagi fanga asos solindi.

Levenguk ob'ektni 300 marta kattalashgiradigan mikroskopida suv tomchisidagi mikroorganizmlar, ularning harakatlanishini, qizil qon tanachalarini o'rgandi (1.1-rasm). Uning e’tiborga sazovor bo’lgan ishlaridan biri infuzoriyalarni o'rganish hisoblanadi.

Birinchi mikroskopik tajribalarni ko'pgina sohalar bo'yicha (fizika, geologiya, biologiya) izlanishlar olib borgan olim London Qirollar ilmiy jamiyatining kotibi Robert Guk (1635-1703) olib bordi. R.Gukning mutaxasisligi fizik edi. U mikroskopni texnik jihatdan takomillashtirdi. Uning mikroskopi 3 elementdan: yig’uvchi linza (kollektor), okulyar linza va ob'yektiv linzalardan tuzilgan (1.2-rasm).

R.Guk mikroskop yordamida o'simlik hujayralarini o'rgangan. Po'kakning ko'ndalang kesimini mikroskop ostida tekshirib, uni yopiq pufakchalardan yoki katakchalardan iboratligini ko'radi va uni (lot.- sellula) hujayra so'zi bilan atab o'zining 1665 yildagi "Mikrografiya" nomli kitobida ta’riflaydi.

R.Guk o'simlik to'qimalarini hujayralardan tuzilganligini aniqlaydi. Aynan shu xulosa bu sohadagi keyingi yo'nalishlarni aniqlab berdi.

 

 

 

        Картинки по запросу Antonio van Levenguk

 

1.1-rasm. Antonio van Levenguk yaratgan mikroskop

 

 

Похожее изображение
1.2-rasm.  R.Guk yaratgan mikroskop va u tayyorlagan
po'kak kesimining mikroskopdagi ko'rinishi

 

 

1671 yilda London qirollar jamiyatiga o'simliklarning mikroskopik tuzilishi haqida 2 ta ma'ruza topshiriladi. Bu tadqiqotlar italiyalik Marchello Malpigi va angliyalik Neemiya Gryularga ta'luqli edi. Bittasi ingliz, ikkinchisi lotin tilida yozilgan bu ma'ruzalarning nomi bir xil, ya'ni "O'simliklar anatomiyasi" edi. Ikkala tadqiqotchi ham bir xil xulosaga keladilar, ya'ni o'simlik to'qimasi hujayralardan tashkil topgan. To'qima so'zini ham birinchi bo'lib Gryu ishlatadi. Mikroskop bilan qiziqib qolgan M. Malpigi birinchi bo'lib hayvonlar terisi, talog’i, buyragi va boshqa organlarining mikroskopik tuzilishini o'rganadi. Natijada u tasvirlab bergan organlarning ayrim strukturalari uning nomi bilan ataladigan bo'ldi. Masalan, Malpigi naychalari, buyrak koptokchalari, Malpigi qavati va boshqalar shular jumlasidandir.

Fan sifatida hujayra biologiyasi XIX asrda yuzaga kelgan. Aynan shu vaqtda muhim kashfiyotlar

O'simlik hujayrasiga nisbatan hayvon hujayrasini o'rganish ancha murakkabdir. Atoqli chex olimi Yan Purkine (1787-1869) o'zining shogirdlari bilan hayvon hujayralarini o'rgana boshladi. U birinchi bo'lib bo'yoqlarni va preparatni yorituvchi vositalarni, jumladan kanada balzamini (preparatlarni qotirib qo'yish uchun) foydalanishga kiritdi.

1830 yilda Yan Purkine hujayra ichidagi qovishqoq gelsimon moddani ta'riflab unga protoplazma deb nom beradi ( yunoncha protos –birinchi, plazma – hosila) Purkine hujayra nazariyasini yaratishga yaqin tdi, lekin u hujayra tuzilishiga genetik nuqta'i nazardan qaramadi.

1831- yilda shotland sayyohi va fizigi Robert Broun(1773-1858) o'simlik hujayrasida yadroni topdi va unga "nukleus” yoki "areola" deb nom berdi. Birinchi atama ko'pchilik tomonidan keng qabul qilindi va xozirgacha saqlanib kelinmoqda.

1836yilda Gabriel Valentin yadroda yadrocha borligini aniqlaydi.

2. Hujayra nazariyasi va uning biologiya fanidagi ahamiyati. Matias Shleyden(1804-1881) o'simliklarning turli qismlarining o'sish davrida hujayralar paydo bo'lishini kuzatgan. Shleydenning asosiy xizmati shundaki, 1838 yilda uning “ Fitogenezis haqidagi ma'lumotlar” nomli asari chop etilgan bo'lib, muallif botanikada o'sha paytdagi ma'lum bo'lgan hujayra haqidagi tasavvurlarga tayangan holda rivojlanish nuqta'i nazardan o'simlik hujayralarining bir xilligi haqidagi fikrni ilgari suradi. Shleydenning hujayra paydo bo'lishi nazariyasi keyinchalik sitogenezis deb atala boshlandi.

1839 yilda nemis zoologi Teodor Shvann (1810-1882) hayvon hujayralarinio'rganib hayvon va o'simliklarning hayot faoliyatida va rivojlanishida hujayra tuzilma birligidir degan xulosaga keladi. 1838 – 1839 yillarda nemis olimlari Matias Shleyden va Teodor Shvannlar hujayra nazariyasini shakllantiradilar .

Ular yaratgan nazariya ikkita postulatdan iborat edi:

1. Hayot asosan hujayra shaklida mavjud bo'lib, barcha organizmlar hujayralardan tashkil topgan.

2.Hamma tirik organizmlar hujayralari tuzilishiga va moddalar almashinuvi jarayonlari-ning borishiga ko'ra o'xshash ya'ni gomologikdir

Hayot asosan hujayra shaklida mavjud bo'lib, barcha organizmlar hujayralardan tashkil topgan..Bu tezis barcha tirik mavjudotlarning kelib chiqishi bir ekanligini ifodalaydi. Xar qanday hujayra 3 ta asosiy subtizimdan tuzilgan : tashqi apparat, sitoplazma, yadro apparati. Energetik almashinuv jarayoni hamma hujayralarda glikolizga asoslangan bo'ladi. Hamma hujayralarning hayot faoliyati uchta asosiy va universal jarayonlarga : DNK sintezi, RNK sintezi va oqsil sinteziga bog’liq.

Hujayralar orasidagi farqlar esa ular bajaradigan vazifalarning xususiyligi bilan bog’liq. Masalan: tuzilishi jihatidan bir-biridan tubdan farq qiladigan nerv va mushak hujayralari; nerv hujayrasida boshqa hujayralarda uchramaydigan va nerv impulslarini qabul qiluvchi o'simtalari, mushak hujayrasida esa mikrofilamentlar bo'lishi xarakterlidir.

XIX asrning oxirlarida hujayra biologiyasi mustaqil fan sifatida rivojlana boshladi.

Hujayra nazariyasining rivojlanishida nemis patologi Rudolf Virxovning 1858 yilda chop etilgan "Sellyulyar patologiya" asari katta o'rin egallaydi. Uning "hujayra faqat hujayra dan" – (omnis cellula a cellula) degan iborasi hujayra biologiyasining rivojlanishiga turtki bo'ldi. Bu esa hozirgi vaqtda hujayra - mavjud hujayraning bo'linishi natijasida hosil bo'ladi degan ma'noni anglatadi. Hujayralardan tashqarida hayot yo'q degan ibora hozirgacha o'z qadrini yo'qotgani yo'q. R.Virxovgacha M.Shleyden o'z kuzatuvlarida hujayralarning hosil bo'lishida shu hujayraning o'zida mavjud donador massa ishtirok etadi deb noto'g’ri fikr yuritadi.

Shu tariqa hujayra nazariyasi yangi postulatlar bilan boyitildi

3.Hamma hujayralar mavjud hujayraning bo'linishi orqali hosil bo'ladi. Bu tezis hujayralarning o'z-o'zidan hosil bo'lish usullarini inkor etadi.

4.Ko'p hujayrali organizmning faolligi uning hujayralari faolligi va o'zaro bir-biri bilan munosabatda bo'lishi orqali ta'minlanadi. Bunga asosan organizm - hujayralar to'dasi emas balkim o'zaro muloqotda bo'lgan hujayralar yig’indisi ya'ni tizimidir. Unda har bir hujayraning faolligi qo'shni hujayralar faoliyatiga bog’liqdir. Masalan, eritrositlar organizmdagi barcha hujayralarni kislorod bilan ta'minlaydi. Neyronlar nerv zanjirini hosil qiladi,sekret bezlari hujayralari gormon ishlab chiqaradi.

Hujayralarda yuzaga keladigan bunday differensiatsiyalar negizida genlardagi faollik katta ahamiyatga ega. Zigotadagi hosil bo'layotgan hujayralar hammasi bir xil tabiatlidir. Lekin organogenez bosqichida ularning differensiatsiyasi boshlanadi. DNK da joylashgan genlar o'zlarida turli informatsiyani tutadilar: nafas olish, ovqat hazm qilish, ayirish, eshitish. Embrionda hujayralar hosil bo'layotganda qaysi gen uchastkasi aktiv bo'lsa shu vazifani bajarishga moslashgan hujayra yuzaga keladi.

5. Hujayraviy tuzilish irsiy axborotning saqlanishi, ko'payishi, uzatilishi va amalga oshirilishini ta'minlaydi.

XX- asrning boshlari hujayra biologiyasi fanining rivojlanishida uyg’onish davri bo'ldi.

1876 yilda Eduard Van Beneden bo'linayotgan jinsiy hujayralarda hujayra markazini aniqlaydi.

1890 yilda Rixard Altman mitoxondriyalarni ta'riflab ularni bioblastlar deb ataydi.

1898 yilda Kamillo Golji hujayralarda to'rsimon tuzilma - diktiosomalarni aniqlaydi bu tuzilma keyinchalik uning nomi bilan Golji kompleksi deb atalgan.

1898 yilda Karl Benda xromosomalarni ta'riflaydi.

XX asrning 1932 yilida Maks Knoll va Ernst Ruskalar tomonidan elektron mikroskop yaratalishi sitologik tadqiqotlarning keng ko'lamda olib borilishiga imkon berdi.

1950-yillarga kelib xromosomaning mikroskopik tuzilishi, mitoz va meyoz bo'linishlar-ning xususiyatlari o'rganildi. Ana shu asosda hujayra molekulyar jihatdan o'rganila boshlandi.

1953 yilda Jeyms Uotson va Frensis Kriklar tomonidan jahon fanida mashhur bo'lgan kashfiyot, DNK ning tuzilish modeli yaratildi.

1956-60 yillarda odam hujayrasidagi xromosomalarning o'rganilishi va bir qator sitologik usullarining takomillashi bu fanning taraqqiyoti uchun katta manba bo'ldi.

XXI asrda hujayra biologiyasi molekulyar asosda rivojlanib biologiya fanlarining yangi tarmoqlari taraqqiyoti uchun xizmat qiladi.

Fanda to'plangan ma'lumotlarga asoslangan holda hozirgi kundagi hujayra nazariyasi quyidagi postulatlardan iborat:

1.Hujayra - tiriklikning elementar strukturaviy va funksional  birligi.

2.O'simlik, hayvon va zamburug’ hujayralari tuzilishi, kimyoviy tarkibi va moddalar almashinuvi jarayonlari jihatidan o'xshashdir.

3.Hujayra – tiriklikning strukturaviy va funksional birligi. Tuzilishi va bajaradigan vazifasi jihatidan o'xshash hujayralar to'qimalarga, to'qimalar – a'zo va a'zolar tizimiga birlashib organizmni tashkil etadilar. Bu esa organizmlarning bir butunligini ta'minlaydi.

4.Hujayra – barcha tiriklikning rivojlanish birligi. Har qanday organizm o'z individual rivojlanishini yagona hujayra – zigotadan boshlaydi.

5.Yangi hujayralar ona hujayraning bo'linishidan hosil bo'ladi.

6.Hujayra membranali tuzilish tartibiga ega.

7.Yadro eukariot hujayralarning genetik axborotni saqlovchi va boshqaruvchi mexanizm sifatida faoliyat yurituvchi asosiy komponentidir.

8.O'simlik va hayvon hujayralari o'rtasidagi o'xshashlik ular kelib chiqishining umumiy ligidan darak beradi.

9.Tirik organizmlar tuzilishining murakkablashuvi asosida hujayralar differensiatsiyasi jarayoni yotadi.

 

3.                  Hujayraning asosiy biologik faoliyati va tiriklikning elementar birligi.

Tirik organizmning hayotiy jarayonlari: moddalar almashinuvi va organizmni tashqi muhit bilan bog’lab turish hujayraning asosiy xususiyatidir.

Hujayra biologiyasi fanining asosiy vazifasi - hujayraning tuzilishi, vazifasi, moddalar almashinuvi jarayonini, rivojlanishi, ko'payishi va kelib chiqishini tashqi muhit munosabatiga bog’langan holda o'rganish.

Hujayra biologiyasini o'rganish va sitologik o'rganish usullarning natijalari tibbiyot, qishloq xo'jaligi, biotexnologiya, gen injeneriyasi va veterinariya sohalarida keng ko'lamda qo'llaniladi.

Odam organizmi ham hujayralardan tuzilgan ekan, barcha fiziologik, patologik jarayonlarni o'rganish sitologik asosda olib boriladi. Masalan, kasalliklarni aniqlashda, har bir hujayraning faoliyatini hisobga olish zarur. Qishloq xo'jalik ekinlari va hayvonlarini o'rganishda yoki ulardan samarali foydalanishda, yangi nav va zotlarini yaratishda bevosita hujayralardagi jarayonlar asos bo'lib hisoblanadi. Albatta, bu borada genetika va seleksiya asoslari fanidan foydalaniladi. Umuman olganda hujayra biologiyasi fanini xalq xo'jaligi tarmoqlarini rivojlantirishdaga ahamiyati kattadir. Shu sababli ham bu fan asosida molekulyar biologiya, biotexnologiya, gen injeneriyasi, genomika kabi yangi fanlar taraqqiy etmoqda.

Sitologiya fani o'z oldiga quyidagi asosiy vazifalarni qo'yadi:

1-hujayralarning ultrastrukturasi, vazifasi va rivojlanish qonuniyatlarini o'rganish;

2-o'simlik, hayvon va odam organizmining sitologik tuzilishidagi ekologik sharoitga va yoshga bog’liq o'zgarishlarni o'rganadi;

3- hujayralardagi morfogenez jarayonlarni boshqarishda nerv, endokrin va immun tizimlarining ahamiyatini aniqlashtiradi;

4-turli xil biologik, fizik, kimyoviy va boshqa omillar ta'sirida tirik organizm hujayralarinin moslanishuvini, o’zgarishlarni taxlil qiladi;

5- hujayralarning differentsiyalanish va regeneratsiyasi qo’nuniyatlarini o'rganadi.

Hujayra - yashash jarayonlarini ta'minlovchi hamda irsiy belgilarni o'zida mujassamlashtirgan tuzilmadir. Binobarin, o'simlik yoki hayvonlar bir butun organizm holida hujayralar va hujayralararo tuzilmalar yig’indisidan tarkib topgan. Fiziologik holatiga ko'ra, hujayralar shakli va tarkibi har xilligi bilan bir - biridan farq qiladi, ya'ni hujayralarning vazifasi ularning shaklini belgilaydi. Tarixiy biologik rivojlanish nuqtai nazaridan qaraydigan bo'lsak, hayot еr yuzasidagi jonsiz materiyaning jonli materiyaga aylanishdan, aniqrog’i, hujayralar paydo bo'lishidan kelib chiqqan. Masalan, dastlab yumaloq shakldagi oqsilli eng sodda tanachalar paydo bo'lgan. So'ng ular tanasida moddalar almashinuvi jarayoni paydo bo'lgan. Yillar o'tishi bilan tarixiy biologik rivojlanish davom etib, atrof -muhit o'zgarishi va yashash sharoitining yana ham murakkablashishi oqibatida asta- sekin murakkab tuzilgan yangi organizmlar paydo bo'la boshlagan. Bu esa, albatta, ular tanasidagi oqsillar tuzilishiga ham tarkibiy o’zgarishlar kiritgan, natijada ular turli vazifalarni bajarishga ham moslashib borgan. Ma'lumki, hozirgi fan nuqtai nazaridan qaraganda, tirik organizmlarning rivojlanishida nuklein kislotalar- DNK va RNKlar asosiy vazifani bajaradi. Ular o'zida genetik ma'lumotlarni saqlab keladi va organizm uchun zarur bo'lgan oqsil moddalarni sintezlaydi .

Tiriklikning hujayrasiz va hujayraviy shakllari. Qaysi hujayra va organizmda metabolizm (moddalar almashinuvi), ko'payish, harakatlanish kabi jarayonlar sodir bo'lib tursa u tirik hisoblanadi. Rang - barang organik olamda tiriklikning ikki xil: hujayrasiz va hujayraviy shakllari tafovut etiladi.

Hujayrasiz shaklga viruslar kiradi. Hujayraviy shaklga prokariotlar, eukariotlar mansubdir. Virusning mavjudligi 1892 yilda ilk bor botanik olim D.I. Ivanovskiy tomonidan, tamaki bargining kasalini o'rganish natijasida topilgan. Bu mavjudotlar mayda bo'lib, bakterial filtrdan ham o'tib ketadi. Viruslar o'z tuzilishiga ko'ra o'ta sodda bo'ladi. Ularda oqsil g’ilof (kapsid ) ga o'ralgan bir molekula nuklein kislotasi mavjud. Ko'pgina viruslar ustidan oqsil va lipiddan iborat yana bir parda - adperkapsid bilan o'ralgan. Viruslarning tuzilishi faqatgina elektron mikroskop orqali o'rganiladi.

 

4. O‘zbekistonda hujayra biologiyasi fanining bugungi yutuqlari. O‘zbekistonlik olimlar ham sitologiya fanining rivojlanishiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar. Akademik .T.X. Xamidov rahbarligida endokrin bezlar va neyronlarga radiatsiya ta’sirida bo‘ladigan morfofiziologik o‘zgarishlarini zamonaviy ilmiy usullar yordamida o‘rganilgan. Keyingi yillarda hayvon genlarinini boshqa urug‘langan tuxum hujayraga mikroineksiya usuli bilan o‘tkazish, irsiyat omillaridan foydalanib irsiy kasalliklarni yo‘qotish va hayvon zotlarini tanlash hamda hujayra injeneriyasiga oid ilmiy tadqiqotlar soha- sida elektronmikroskopik, avtoradiografiya va sitokimyo usullar joriy etilib, buyrak, oshqozon-ichak tizimining patologiyasini o‘rganishga doir tadqiqotlar olib borilmoqda. Akademik B. O. Toshmuxamedov hujayra membranasining tuzilishi va funksiyalariga doir tadqiqot ishlarini olib borib bir qator yangi ma’lumotlarni oldi.

G‘o‘za genetikasi va sitologiyasi sohasining rivojlanishi uchun o‘z hissasini qo‘shgan O‘zbekiston olimlaridan akademiklar A.A.Abdullayev, D.A.Musayev, professor S.M. Rizayeva va biologiya fanlari nomzodi V.P. Klyatlar 2011 yilda 1 darajali Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldilar. XXI asrda sitologiya molekulyar asosda rivojlanib biologiya     olimlarining yangi tarmoqlari taraqqiyoti uchun xizmat qiladi.

Hozirgi zamon biologiyasi hujayrani hayotning elementar formasi sifatida qabul qilgan. Demak, biologiyaning fundamental muammolariga sitologik nuqtai nazar bilan qarashni talab etadi. Bular quyidagilar:

·                    Oqsil sintezi.Haligacha odamzod uchun sir bo'lib kelayotgan bu jarayon hujayrada ro'y beradi. Faqatgina hujayraning maxsus strukturaviy va kimyoviy tuzilishi bu jarayonning borishini ta'minlaydi. Ana shu maxsus tuzilmalarning tabiatini o'rganish hujayra biologiyasining asosiy vazifasi. O'zining falsafiy va tarixiy ahamiyatiga ko'ra bu muammo tabiatshunoslik bilimlari ichida birinchi o'rinda turadi.

·                    Bioenergetika muammosi – hujayra noyob kuch stantsiyasiga ega bo'lgan biologik strukturadir.

·                    Saraton(rak) hujayralarining yuzaga kelishi – sitogenetik muammo.

·                    Irsiy xossalarning nasldan naslga uzatilish muammosi.

·                    Bu muammoning hal bo'lishi bilan yuqorida sanab o'tilgan muammolar ham o'z еchimini topadi.

·                    Organizmning tashqi muhitning noqulay sharoitlariga ko'nikish mexanizmlarini o'rganish hozirgi zamonning dolzarb muammolaridan biri (nurlanish, yuqori harorat, kimyoviy moddalar ta'siri)

 

 

Adabiyotlar ro‘yxati:

1.      Gerald Karp. “Cell and Molecular Biology”. United States of America. 2013 page (2-3).

2.      Билич Г.Л. Биология, Цитология, Гистология, Анатомия человека. -Санкт-Петербург, “Союз”, 2001. -444 с.

3.      Абдулов И.А., Қодирова Н.З. Цитология. Услубий қоълланма. Тошкент, 2012. 120б.

 

Qo‘shimcha:

1.      Ченсов Й.С. Цитология. –М.,МГУ, 1984.

2.      Заварзин А.А., Харазова А.А. Основи общей цитологии. –Л., ЛГУ, 1982.

3.      Зенгбуш П. Молекулярная и клеточная биология. –М., “Мир”, 1982. -215 с.

 

Интернет манбалари:

1.                       www.ziyonet.uz

2.                       www.catuzmu

 


 

Скачано с www.znanio.ru

KIRISH. SITOLOGIYA FANINING QISQACHA

KIRISH. SITOLOGIYA FANINING QISQACHA

Mikroskopga Angliyadan ko'ra Italiyada ko'proq, e’tibor berildi

Mikroskopga Angliyadan ko'ra Italiyada ko'proq, e’tibor berildi

R.Guk yaratgan mikroskop va u tayyorlagan po'kak kesimining mikroskopdagi ko'rinishi 1671 yilda

R.Guk yaratgan mikroskop va u tayyorlagan po'kak kesimining mikroskopdagi ko'rinishi 1671 yilda

Matias Shleyden va Teodor Shvannlar hujayra nazariyasini shakllantiradilar

Matias Shleyden va Teodor Shvannlar hujayra nazariyasini shakllantiradilar

Ana shu asosda hujayra molekulyar jihatdan o'rganila boshlandi

Ana shu asosda hujayra molekulyar jihatdan o'rganila boshlandi

Hujayra - yashash jarayonlarini ta'minlovchi hamda irsiy belgilarni o'zida mujassamlashtirgan tuzilmadir

Hujayra - yashash jarayonlarini ta'minlovchi hamda irsiy belgilarni o'zida mujassamlashtirgan tuzilmadir

Bioenergetika muammosi – hujayra noyob kuch stantsiyasiga ega bo'lgan biologik strukturadir

Bioenergetika muammosi – hujayra noyob kuch stantsiyasiga ega bo'lgan biologik strukturadir
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
14.09.2022