So'ngi 20 yil ichida qirilib ketayotgan va qirilib ketgan hayvonlar
Оценка 4.8

So'ngi 20 yil ichida qirilib ketayotgan va qirilib ketgan hayvonlar

Оценка 4.8
Контроль знаний +2
docx
экология
31.12.2022
So'ngi 20 yil ichida qirilib ketayotgan va qirilib ketgan hayvonlar
So‘nggi 20 yil ichida qirilib ketgan hayvonlar.docx

 

ЙУК БУЛИБ КЕТГАН ХАЙВОНЛАРДАН 10 ТА МИСОЛ?

So‘nggi 20 yil ichida qirilib ketgan hayvonlar

Bir necha kun avval Keniyada Sudan laqabli dunyodagi eng so‘nggi erkak shimol oq karkidoni o‘ldi. Dunyoda bu turdagi atigi ikkita urg‘ochi karkidon qoldi. “Vesti Finance” so‘nggi 20 yil ichida qirilib ketgan hayvonlarga e’tibor qaratdi.

 

 

Xitoy daryo delfini

Xitoy daryo delfini 1918-yilda Xitoydagi chuchuk suvli Duntin ko‘lida topilgan. Havorang-kulrang delfinning uzunligi 1,4 — 2,5 metrni, vazni 42 — 167 kilogrammni tashkil qilgan. Urg‘ochisi erkagidan ko‘ra kattaroq bo‘lgan.

2006-yilda ekspeditsiya bu turni topa olmagan. Xitoyning yo‘qolib ketgan hayvonlar bo‘yicha komissiyasi bu turni 2017-yilda qirilib ketgan deb e’lon qildi.

 

 

Tayvan kulrang leopardi

Tayvan kulrang leopardi tashqi ko‘rinishi va jismoniy tuzilishi jihatdan Xitoyning materik qismida yashayotgan qondoshlariga o‘xshagan. U vazni 20 kilogrammni tashkil qiluvchi daraxtlarda yashaydigan yirtqich bo‘lgan.

Kulang leopardni so‘nggi marta 1983-yilda ko‘rishgan, uch yildan so‘ng esa tadqiqotchilar bu yirtqichning izlarini topa olmagan. Sanoatning rivojlanishi va o‘rmonlarning kesilishi sababli leopardlar tog‘larga chiqib ketishga majbur bo‘lgan, u yerda esa brakonerlar ta’qibiga uchragan.

2000-yilda olimlar yirtqichni topish uchun oxirgi marta urinib ko‘rgan, biroq hech qanday izni topa olmagan.

 

 

 

 

 

Okean o‘rdagi

O‘rdak Tinch okeanidagi faqat uchta orolda yashagan. Okean o‘rdaklari Ikkinchi jahon urushidan keyin qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun botqoqlarning quritilishi oqibatida qirilib ketgan.

 

 

Xitoy uzunburun baligi

Xitoy uzunburuni chuchuk suvlarda yashagan eng yirik baliq bolgan. Uning uzunligi uch metrgacha, vazni esa 300 kilogrammgacha yetgan.

 

Xitoylik olimlar 2006—2008-yilda baliqni yovvoyi tabiatda izlab topishga harakat qilgan, biroq turning birorta vakilini topa olmagan.

 

 

 

Pireney echkisi

O‘rta asrlarda yovvoyi echki Pireney yarimorolida juda ko‘p uchragan, biroq ularning populyatsiyasi nazoratsiz ov sababli XIX—XX asrda tezlik bilan qisqargan.

 

XX asrning ikkinchi yarmida bu hududda faqatgina kichik populyatsiya saqlanib qolgan, 2000-yilda esa turning so‘nggi vakili o‘lik holda topilgan.

 

 

Kamerun qora karkidoni

Qachonlardir Afrikaning koplab mamlakatlarida keng tarqalgan Kamerun qora karkidoni ov va brakonerlik oqibatida 2000-yilga kelib qirilib ketish holatiga keldi. 2011-yilda tur yo‘q bo‘lib ketgan deb e’lon qilingan.

 

 

Karib monax-tyuleni

“Dengiz bo‘risi” deb atalgan Karib monax-tyuleni Karib havzasida yashagan eng yirik tyulen turi bo‘lgan. Haddan ortiq ov va ozuqa manbasining yo‘q bo‘lishi turning qirilib ketishida asosiy sabab bo‘lgan. Tur so‘nggi marta 1952-yilda kuzatilgan va 2008-yilda rasman yo‘q bo‘lib ketgan deb tan olingan.

 

Sharq pumasi

Sharq pumasi qachonlardir Shimoliy Amerikaning shimolida yashagan va qirilib ketgan puma turi hisoblanadi. Bu tur AQShning baliq resurslari va yovvoyi tabiatni muhofaza qilish xizmati tomonidan 2011-yilda qirilib ketgan deb tan olingan.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ulkan kaboverd kaltakesagi

Kaltakesaklar oilasining yagona gigant vakili Afrikaning g‘arbiy tomonidagi orollarda yashagan. U hozirgi kunda butunlay irilib ketgan hisoblanadi.

 

 

Kichik poganka

Kichik poganka yoki Madagaskar qizilbo‘yin pogankasi kichik pogankalar oilasiga kiradi. Qushning ovozini so‘nggi marta 1988-yilda eshitishgan. 2010-yilda esa u rasman qirilib ketgan deb tan olingan.

 

 


 

ЙУК БУЛИБ КЕТГАН ХАЙВОНЛАРДАН 10

ЙУК БУЛИБ КЕТГАН ХАЙВОНЛАРДАН 10

Tayvan kulrang leopardi Tayvan kulrang leopardi tashqi ko‘rinishi va jismoniy tuzilishi jihatdan

Tayvan kulrang leopardi Tayvan kulrang leopardi tashqi ko‘rinishi va jismoniy tuzilishi jihatdan

Okean o‘rdagi O‘rdak Tinch okeanidagi faqat uchta orolda yashagan

Okean o‘rdagi O‘rdak Tinch okeanidagi faqat uchta orolda yashagan

Xitoy uzunburuni chuchuk suvlarda yashagan eng yirik baliq bo ‘ lgan

Xitoy uzunburuni chuchuk suvlarda yashagan eng yirik baliq bo ‘ lgan

Kamerun qora karkidoni Qachonlardir

Kamerun qora karkidoni Qachonlardir

Karib monax-tyuleni “Dengiz bo‘risi” deb atalgan

Karib monax-tyuleni “Dengiz bo‘risi” deb atalgan

Ulkan kaboverd kaltakesagi Kaltakesaklar oilasining yagona gigant vakili

Ulkan kaboverd kaltakesagi Kaltakesaklar oilasining yagona gigant vakili

Kichik poganka Kichik poganka yoki

Kichik poganka Kichik poganka yoki

So'ngi 20 yil ichida qirilib ketayotgan va qirilib ketgan hayvonlar

So'ngi 20 yil ichida qirilib ketayotgan va qirilib ketgan hayvonlar
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
31.12.2022