Qarshi shahar Xalq ta’limi bo’limiga qarashli
8-sinf o’quvchilari uchun informatika fanidan
“WINDOWS YO’LBOSHLOVCHISI”
mavzusidagi bir soatlik
Qarshi – 2020
MAVZU: “WINDOWS YO’LBOSHLOVCHISI”
Dars maqsadi:
a) Talimiyligi: O’quvchilarga Windovs operatsion tizimining Windows yo’lboshlovchisi ilovasi bilan ishlashga o`rgatish
b) Tarbiyaviyligi: O’quvchilarni dars davomida bilimga chanqoqlik ruhida
tarbiyalsh
c) Rivojlantiruvchi: Windows tizimi haqidagi bilimlarini oshirish
Dars turi: noananaviy, kombinatsiyalashgan aralash dars
Dars jihozi:
1) konspekt va darsliklar ,
2) ko’rgazma, tarqatma va didaktik materiallar
3) Kompyuter tizimlari va texnika vositalari
O’quvchilarga qo’yiladigan talablar:
1. O’quvchi bilishi kerak: Windows tizimining Windows yo’lboshlovchisi ilovasi
2. O’quvchi bajara olishi kerak: Windows tizimidagi Windows yo’lboshlovchisi ilovasi bilan ishlay olish.
Darsning borishi
Windows yo’lboshlovchisi (Проводник) Windowsdan foydalanuvchi uchun grafik qobiq-dastur vazifasini o’taydi.
Windows tarkibida ishga tushadigan bu qobiq-dastur Windows 95 dan boshlab Windows yo’lboshlovchisi deb atala boshlangan. Windows yo’lboshlovchisining ishlashiga Explorer.exe dasturi javob beradi.
Yo’lboshlovchi yordamida fayl va papkalar bilan ishlash(nusxa olish, ko’chirish, o’chirish va hokazo) mumkin. Windows ish stolida yo’lboshchini ishga tushirish usullari ko’p. Masalan:
- sichqoncha yordamida: “Программы” bo’limi, undan “Стандартные” va nihoyat “Проводник” bandi tanlanadi;
- klaviatura yordamida : klavishi bosiladi va ochilgan Bosh menyudan yo’nalish klavishlari yordamida “Программы” bo’limi, undan “Стандартные” va nihoyat “Проводник” bandi tanlanadi;
- + E (ya’ni Winkey+E) klavishlari birgalikda bosiladi. “Пуск” tugmasi yordamida ishga tushirilgan yo’lboshlovchi oynasi papkalarning shajaraviy tuzilmasini quyidagi ko’rinishda aks ettiradi:
Umuman, har qanday papkaning iyrarxik tuzilishini ko’rish uchun sichqoncha yordamida uning kontekst-menyusidagi “Yo’lboshlovchi” bandini tanlash yetarli. Masalan, “Mening hujjatlarim” papkasining shajaraviy tuzilishi quyidagicha:
“Yo’lboshlovchi” oynasi interfeysi quyidagilardan iborat:
Demak, yo’lboshlovchi oynasi interfeysi “Mening kompyuterim” katalogi oynasi interfeysiga o’xshash bo’ladi. Ko’rish mumkinki, yo’lboshlovchi va “Mening kompyuterim” katalogi menyulari va uskunlari bir xildir.
Bu ikkala qobiq dasturlar interfeysi tezkor klavishlar bilan ishlash imkonini beradi, ya’ni:
- Alt + ←: shu oyna ochilgan katalogdan avval ochilgan katalog yoki kataloglarga qaytish;
- Alt + →: shu oyna ochilgan katalogdan keyin ochilgan katalog yoki kataloglarga o’tish;
- Backspase: bir pog’ona yuqori katalogga o’tish;
- Ctrl + F yoki Ctrl + E : joriy katalogdan faylni izlash.
Yo’lboshlovchining Papkalar sohasida kerakli obyekt tanlansa, uning tarkibi yonidagi Obyektlar sohasida ko’rinib turadi. Agar sichqoncha yordamida papka oldida aks etib turgan + belgisi tanlansa, Papkalar sohasida papka tarkibi ochiladi, agar – belgisi tanlansa papka tarkibi yopiladi:
C: katalogida yo’lboshlovchi ko’rinishi
Yo’lboshlovchi oynasida obyektdan klavishlar yordamida nusxa olish uchun Ctrl+C, joylashtirish uchun Ctrl+V klavishlar juftligi bosiladi. Bir nechta fayldan birdaniga nusxa olish uchun esa avval bu fayllarni guruhlash kerak. Fayllarni guruhlash uchun Shift klavishi bosib turgan holda yo’nalish klavishlaridan foydalaniladi.Obyektni qayta nomlash uchun F2 tezkor klavishlaridan foydalanish mumkin. Obyektga mos kontekst-menyuni ochish uchun Shift+ F10 klavishlar juftligi bosiladi.
Yo’lboshlovchining menyulari “Mening kompyuterim” sistema katalogi kabi bo’lgani uchun yodingizga solamiz:
Fayl menyusi quyidagi bo’lim va amallardan iborat:
Uyga vazifa : Savollarga javob yozibg.
1. « Windows yo’lboshlovchisi » dasturi nima uchun xizmat qiladi?
2. « Windows yo’lboshlovchisi » dasturi qanday ishga tushiriladi?
3. « Windows yo’lboshlovchisi » ilovasi mеnyusi bo’limlarini sanab bеring.
4. « Windows yo’lboshlovchisi » ilovasi oynasining tuzilishini aytib bеring.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.