Sana: 13-yanvar
Sinf-2-“V”
Mavzu: Vatan-mehr qo`rg`oni.
Darsning texnologik xaritasi.
Mavzuning qisqacha ta`rifi: Vatan posbonlari haqida tushuncha. |
|||
O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi: Metod: o`yin Shakl: guruh bilan ishlash Jihoz: darslik, rasmlar, test kartochkalar, tarqatma materiallar, AKT. Nazorat: bolalarning dars davomidagi faolligini kuzatilib, hisobga olib boriladi. Baholash: o`quvchilarning reytingi dars oxirida e’lon qilinadi. |
|||
Darsning maqsadi va vazifalari: |
|||
Ta’limiy: Vatan posbonlari haqidagi bilimlarini rivojlantirish. Tarbiyaviy: o`quvchilarda tokkirlik va zukkolik fazilatlarini rivojlantirish. Rivojlantirish: mustaqil fikrlash ko`nikmalarini rivojlantirish. |
|||
Kutilayotgan natija. |
|||
Dars yakunida o`quvchilarda mavzuga oid BKM shakllantiriladi. |
|||
Dars jarayoni va texnologiyasi: |
|||
Ishning nomi. |
Bajariladigan ish mazmuni. |
Metod |
Vaqt |
1-bosqich Tashkiliy qism |
O`quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi. |
Nazorat |
2 daqiqa |
2-bosqich Ehtiyojlarini aniqlash |
O`quvchilarda ixtiyoriy diqqatni tarkib toptirish. Guruhlar tanishtiruvi. |
B.B.B interfaol o`yini |
3 daqiqa |
3-bosqich Darsning borishi. |
O`tgan mavzuni takrorlash. 1. “Vatan” haqida she`rlar. 2. “Vatan” haqida suhbat. Yangi mavzu bayoni. 1. “Vatan-mehr qo`rg`oni” she`rini o`qish. 2. Savol-javob. Harbiylar hayotiga oid. 3. Dam olish daqiqasi. 4. Yangi so`zlar ustida ishlash. 5. Maqol va tez aytish. 6. “Odam bo`laman” she`ri. |
Suhbat
Suhbat AKT AKT Amaliy ish
Suhbat |
3 daqiqa 4 daqiqa
8 daqiqa
7 daqiqa 1 daqiqa 3 daqiqa 3 daqiqa 3daqiqa
|
4-bosqich Mustahkamlash. |
Mavzu yuzasidan test topshirig`i. |
Nazorat |
3 daqiqa |
5-bosqich Baholash. |
Mavzu yuzasidan fikrlar. |
Nazorat |
1daqiqa |
6-bosqich |
Uyga vazifa. 84-betdagi she`rni yod olish. “Inson aziz” slayd. |
Tushintirish AKT |
1 daqiqa 3 daqiqa |
Darsning borishi.
1. Tashkiliy qism. O`quvchilarni darsga tayyorgarligini ko`rib chiqamiz.
2. Navbatchining hisoboti tinglanadi.
Dars shiori: Qachon qayda bo`lsak ham, yurtga fido jonimiz.
Dars maqsadi: Elga xizmat-oliy ne’mat.
Orzuimiz: O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga xizmat qilish.
O`qtuvchi:Bugungi darsimiz interfaol usulida o’tkazamiz. Interfaol usul bilan guruhlarga bo’linib ishlash davomida quyidagi qoidalarga rioya qilinadi:
-intizomli bo’lish;
-bir-birlarini hurmat qilish;
-faollik ko’rsatish;
-hamkorlikda ishlash;
-do’stning fikrlarini qadrlash;
-vaqtdan unumli foydalanish.
O`quvchilarni uch guruhga bo`lamiz. “Amir Temur”, “Jaloliddin Manguberdi”, “Najmiddin Kubro”
Guruhlar tanishtiruvi.
O`qituvchi: Muhtarama yurtboshimiz “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarlarida shunday deb yozganlar-“ biz-boy tarix, yuksak madaniayt, buyuk ma’naviyat vorislarimiz. Ajdorlarimiz yovlarga qarshi kurashga undaganda, harbiy savarlarga ma’rifat mash`alini baland ko`tarib jaholatga qarshi chiqishga chorlagan beqiyos kuch ma’naviy jasorat tuyg`usi.
Shu nuqtayi nazardan qaraganda,Urganchni bosqinchilardan himoya qilishda bayroq tutib jon bergan Najmiddin Kubro qahramonligida, dunyoni to`fondek bosgan Chingizxon qo`shiniga qarshi o`n bir yil mutassil mardona kurash olib brogan Jaloliddin Manguberdining jangovar ruhida, yurtimizni istilolchilardan ozod qilib, buyuk davlat barpo etgan Amir Temur bobomizning bunyodgorlik salohiyatida ham ma’naviy jasorat tuyg`usi buyuk va ustifor ahamiyat kasb etgan” siz ham bugun darsimizda ana shunday jasorat ko`rsatib oldingizda turgan to`siqlarni yengasiz.
O`tgan mavzuni takrorlash.
1. “Vatan” haqida she`rlar. Har qaysi guruhdan bir ishtirokchi chiqib she`r aytadi.
O`quvchi:Vatan madhi.
Kimga dash boshpana , kimgadir gulzor,
Har kimning sig`ingan sajdagohi bor,
Har hovuch tuprog`i ko`zga to`tiyo,
Biz uchun qadrdon shu aziz diyor.
O`ping ko`zingizga suring tuprog`in,
Har so`zin muqaddas, duodek seving,
Qadang yuraklarga millat bayrog`in,
Vatanni Najmiddin Kubrodek seving.
Ko`nglimding gavhari shu aziz maskan,
Fidodir unga hamisha jonu ta,
Otalar himmatin, yodu mash`ali,
Onalar oq suti xurmati-Vatan.
O`ping ko`zingizga suring tuprog`in,
Har so`zin muqaddas, duodek seving,
Qadang yuraklarga millat bayrog`in,
Vatanni Najmiddin Kubrodek seving.
O`quvchi:Ozod vatan-obod vatan. Nurmurod Narzullayev.
Bu dunyoda chamanlar ko`p,
Bu dunyoda vatanlar ko`p.
Barchasida yashnar gullar,
Barchasida yayrar dillar.
Chorlar ezgu yo`llar meni,
Ajdodlarim qo`llar meni.
Bu Vatanda to`kmasman yosh,
Bu Vatanda egmasman bosh.
Sahrolar gul ochar senda,
Samolar nur sochar senda.
Yulduzlaring so`nmasin hech,
Bag`ringa g`am qo`nmasin hech.
Mening uchun aziz bo`ston-
O`zbekiston, O`zbekiston!
O`quvchi:Vatan.
Dilimni ming bitta shodlikka ko`mib,
Beshikda aytilgan allalar Vatan.
Istiqbolni ko`rib hayolga cho`mib,
Ufqda tutashgan dalalar Vatan.
Uyqusiz ko`zlarga otayotgan tong,
Mehnatdan tovlagan qo`llardir Vatan.
Baxtini izlagan umidli yurak,
Chorlayotgan yorqin kunlardir Vatan.
Yulduzdan taralgan shu`layi hilol,
Kechasi porlagan chirpoqlar Vatan.
Kuzguday musaffo, suvlari zilol,
Qo`shig`i tugamas buloqlar Vatan.
Muhabbatga chorlab, vafoga chorlab,
Bahorda ko`kargan yalpizdir Vatan.
Ta`rifin yozmoqda ojizdir qalam,
Quyoshday yagona yolg`izdir Vatan.
2. “Vatan” haqida suhbat. Har qaysi guruhdan bir ishtirokchi chiqin so`zlab beradi.
O`quvchi:Vatan- bu bizga o’tmishda nimalarniki aziz bo’lgan ekan, ularning xotirasi. Vatan- bu barcha zamon kishilari va ularning ishlari. Bu- biz tug’ilgan yashayutgan Eru, cho’qqilari abadiy qorlar qoplagan bulutlardan yuksak tog’lar va poyonsiz cho’lu sahrolar kengliklari. Bu- yashil vodiylar va tezoqar tog’ daryolari. Bu bahorning ilk gullari jildiragan ariq bo’yidagi nozik terak niholiki, u biz bilan birga o’sib katta daraxtga aylandi. U bugungi Mustaqil O`zbekistoning timsoli.
O`quvchi:Vatanimiz O’zbekiston betakror, ko’rkam, uni hech bir davlat bilan tenglashtira olmaymiz. Qadim zamonlardan bu o’lka dunyoga allomalari, buyuk zotlari bilan mashhur bo’lib kelgan. Azaldan ota-bobolarimiz hech kimga tobe bo’lishni istamay, o’z ozodligi, hurriyat uchun kurashib kelgan. Mustaqillikni qo’lga kiritish oson bo’lmagan. Uning uchun o’tmishda ajdodlarimizning qanchadan-qancha qonlari to’kilgan.
O`quvchi: Muhtarama yurtboshimiz Vatanimiz kelajagini bugungi yoshlar yaratadi, deb ishonch bildirib, ularga g`amxo`rlik qilmoqda. O`tgan 2014-yillni “Sog`lom bola yili” deb e’lon qilishlari ham bejis emas. Yoshlar tarbiyasiga katta e’tibor qaratib, ularning barkamol bo`lib etishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratib bermoqdalar. Bir-biridan ko`rkam o`quv binolari teklanib, zamon talablariga mos ravishda jixozlanmoqda. Kirib kelgan 2015-yilni “Keksalarni e`zozlash yili”. Zero keksalari e`zozlangan yurt qudratli bo`lur. Shuni faxr bilan aytishim kerakki, el farovonligi yo’lida olib borilayotgan, amalgam oshirilayotgan xayri va saxovatli ishlarining salmog’i biqiyos. Biz o`z vatanimiz bilan faxrlanamiz.
Yangi mavzu bayoni.
1. “Vatan – mehr qo`rg`oni” Iskandar Raxmon.
El kishining ko`nglida
Egarlangan ot bo`lar.
Ona-Vatan sevgisi
Diliga jo, yod bo`lar.
Vatan-mehr qo`rg`oni,
Iymon uning qalqoni.
El yigitlar Vatanning
Mard-u maydon posboni.
Ona-Vatan ko`rkidir,
Iftixori yigitlar!
El boshiga ish tushsa,
Xaloskori yigitlar!
Har qaysi guruhdan bir o`quvchi chiqib she`rni ifodali o`qib beradi.
2. Savo-javob. Harbiylar hayotiga oid.
-She`r kimlar haqida?
-Vatan posbonlari tinchlik uchun nima ishlar qiladilar?
Har qaysi guruhdan ikki o`quvchi javob beradi.
“Mardlar”
O`quvchi:She`r Vatan himoyachilari haqida. Ona yurtimiz har doim o’zining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan. Yigitlarimiz ota-ona va oilasini, o’zi yashayotgan yurt tuprog’ini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch deb hisoblagan.14-yanvar Vatan himoyachilari kini bayramining nishonlanishi xalqimizning o’z milliy armiyasiga nisbatan cheksiz hurmatini, alp yigitlariga nisbatan iftixorini bildiradi.
O`quvchi: “O`zbekiston Respublikasini himoya qilish –O`z bekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qununda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o`tashga majburdirlar”. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 52-modda.
O`qituvchi: 14 yanvar O’zbekiston Respublikasining suvereniteti, xududiy yaxlitligi, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qiladigan kasb egalari – Vatan himoyachilari kuni va O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari tashkil topgan kun sifatida nishonlanadi. Bayram sanasi O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari tarixidagi quyidagi eng muhim voqealar bilan bog’liqdir:
1991 yilning 31 avgust kuni «O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilindi. Ushbu muhim hujjat yosh respublikamizga o’zining harbiy siyosatini yuritish huquqini berdi. Shu kuni e’lon qilingan «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to’g’risida»gi bayonot esa milliy qurolli Kuchlarimizni tashkil etish uchun huquqiy asos bo’lib xizmat qildi.
1991 yil 6 sentyabrdagi «Mudofaa ishlari vazirligini tashkil etish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni sohaning ilk poydevori sanaladi.
1992 yil 3 iyul kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga aylantirildi.
1992 yilning 14 yanvar kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining «O’zbekiston Respublikasi xududida joylashgan harbiy qismlar va harbiy o’quv muassasalari to’g’risida»gi qarori juda muhim tarixiy ahamiyatga egadir. Mazkur qarorga ko’ra davlatimiz hududidagi harbiy tuzilmalar respublika tasarrufiga olindi.
1993 yil 29 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan «14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni» deb belgilandi.
O`quvchi:Harbiy qasamiyod.
Men Xo`jamberdiyev Shoxjahon O`zbekiston qurolliy kuchlari safiga qirar ekanma vatanimga, ota-onam sodiq bo`lib qolishga qasamiyod qilaman.
O`quvchi: “O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O`zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi.
Qurolliy kuchlarni tuzish va ularni tashkil etish qonun bilan belgilanadi” O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 125-modda.
O`qituvchi: O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga Quruqlikdagi qo`shinlar, Havo Hujumidan mudofaa qo`shinlari va Harbiy Havo Kuchlari, Maxsus qo`shinlar, chegara va ichki qo`shinlar, Milliy xavfsizlik, favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa vazirliklar va muassasalarga qarashli harbiy bo`limlar kiradi.
O`zbekiston Qurolli Kuchlari bayrog`i |
|
Asos solingan |
1991 |
Qismlari |
Quruqlik qo`shinlari |
Qo`mondonlar |
|
O`zbekiston Prezidenti |
Islom Karimov |
Mudofaa vaziri |
Qobul Berdiyev |
Harbiy kuchlar |
|
Chaqiruv yoshi |
18 yosh |
Xizmat muddati |
12 oy |
Xizmatdan ozod qilinganlar |
7 887 292 kishi |
Xizmatga layoqatlilar |
6 566 118 kishi |
Chaqiruv yoshiga yetganlar |
306 404 kishi |
Harbiy kasb bilan mashg`ul bo`lganlar |
65 002 kishi |
2014-yil ma’lumotlariga ko`ra, O`zbekiston armiyasi jahonning 106 mamlakati qurolli kuchlari o`rin olgan jahon armiyalari reytingida 48-o`rinni egallaydi.
O`quvchi:Qurolli Kuchlardagi harbiy unvonlar.
I. Oddiy askarlar tarkibi:
Oddiy askar matros.
II. Serjant va starshinalar tarkibi:
Kichik serjant - 2-darajali starshina
Serjant - 1-darajali starshina
Katta sejant --bosh starshina.
III. Ofitserlar tarkibi:
Kichik ofitserlar tarkibi:
Leytinant - leytenat
Katta leytinant -katta leytinant
Kapitan- kapitan.
Katta ofiserlar tarkibi:
Mayor- 3 darajali kapitan
Podpolkovnik- 2 darjali kapitan.
Kapitan-1-darajali kapitan.
Generallar tarkibi:
Geral-mayyor
General leytinant
General-podpolkovnik
Armiya generali.
O`quvchi: “O`zbekiston Respublikasi o`z xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli darajada Qurolli Kuchga ega”. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 126-modda.
O`qituvchi: Har bir harbiy xizmatchi va harbiy xizmatga majbur fuqaroga tegishli harbiy unvon beriladi. Qurolli Kuchlardagi harbiy unvonlar qo‘shin unvonlari va kema tarkibidagi unvonlarga bo‘linadi.
Birinchi harbiy unvonlar 1827-yilda paydo bo`ldi temirdan quyilgan yulduz ko`rinishida. 1854-yildan boshlab yulduzlar harbiylar kiyimiga tikildi va 1914-yil 20-oktyabrdan boshlab pogonlarga tekila boshlandi.
Har qaysi davlatning yulduzlari har hil.
Rossiya-5 qiralli.
Avstriya-6 qirrali
Gruziya-7qirrali
O`zbekiston-8 qirrali
3. Dam olish daqiqasi. Kompiyuterdan ingiliz musiqa tinglab mashq bajarish
4. Yangi sozlar ustida ishlash.
Har qaysi guruhdan ikki nafar o`quvchisi yangi sozlar ma’nosini tushuntiradi.
Harbiylarga beriladigan 8-qiralli yulduzni qor parchalari qoplashgan. Agar o`quvchilar so`zlar ma’nosini to`g`ri topishsa 8-qiralli yulduzga ega bo`lishadi.
Posbon-
Qalqon-
Mard-
Iftixor-
Xaloskor-
Jasur-
5. Maqol va tez aytish.
Har qaysi guruhdan bir o`quvchi qichib konfertda berilgan so`zlardan bugun mavzuga oid maqolni yozishi kerak.
O`qituvchi: Maqollar xalq og`aki ijodiga kiradi. Odamlar hayotda ko`rgan-kichirganlari asosida maqollar yaratadilar. Maqollar kichik hajmda bo`lib, pand-nasixat mazmunini ifodalaydi.
Maqol: Yigitning zo`ri yurt qo`rir.
Hamma o`quvchi daftariga maqolni daftarlariga yozadi.
Har guruhning o`quvchisi darslikda berilgan tez aytish aytadi.
Tez aytish: Qobil, Qochqorvoy,Qurbon
Qordan qurdilar qo`rg`on.
Tez aytishlar o`quvchilar nutqini o`stiradi. Xotirasini mustahkamlaydi.
6. “Odam bo`laman” she`ri. Anvar Obidjon.
O`quvchilar kelagdagi kasblari haqida.
O`quvchi:Kezaman ko`p joylarni
Moy tomchigan kiymda.
Ba’zan kitob titkilab,
dam olaman uyimda,
Men shofyor bo`laman.
O`quvchi:Halinchakda akamdan
Ancha baland uchaman.
Katta bo`lsaman yaxshisi,
Borib oyni quchaman,
Men fazogir bo`laman.
O`quvchi:Chalg`itaman maydonda
Bolalarning ko`pini.
Kecha bitta tepishda
Teshdim norning to`pini,
Men futbolchi bo`laman.
O`quvchi:Kesvolibdi barg`in
O`tgan kuni Mira`zam.
Qotib qoldi yarasi
Jindekkina tuz sepsam,
Men do`xtir bo`laman.
O`quvchi:Ta`gin o`ylab ko`ramiz,
Hammasi ham yaxshi ish.
Faqat yalqov bo`lmaymiz,
Hech tortmang Siz tashvish,
Biz..... odam bo`lamiz.
Mustahkamlash.
Test topshiriqlari.
1. “Vatan –mehr qo`rg`oni” she`rining muallifi kim?
a) Po`lat Mo`min b) Miraziz A`zam d) Iskandar Rahmon
2. She`r kimlar haqida?
a) Vatan posbonlari b) uchuvchilar d) sportchilar
3. 2015-yil qanday nomlandi?
a) Qariyalarni qadrlash yili b) Keksalarni e’zozlash yili d) Oila yili
4. O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tashkil topganing necha yilligini nishonlayapmiz?
a) 22 yil b) 23 yil d) 24 yil
5. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasida: “O`zbekiston Respublikasi o`z xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli darajada Qurolli Kuchga ega”.
a) 52-modda b) 125-modda d) 126-modda
Dars haqida fikringiz.
Dars menga yoqdi va tushundim.
Dars menga yoqdi lekin tushunmadim.
Dars menga yoqmadi va tushunmadim.
Dars yakuni. Xulosa. “Inson aziz” qo`shig`i.
Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa. She`rni yod olish.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.