ЭТО ПРЕЗЕНТАЦИЯ ПО ПРЕДМЕТУ ИНФОРМАТИКЕ С ЭТОЙ ПРЕЗЕНТАЦИИ МОЖНО ИСПОЛБЗОВАТСА В УРОКАХ ИНФОРМАТИКИ К ШКОЛАМ С УЗБЕКСКИМ ОБУЧЕНИЕМ ДЛЯ УЧЕНИКАМ 8 КЛАССА И МОЖНО ПОЛЬЗОВАТСА В УРОКАХ ЕСЛИ ТЕМА УРОКА СОВПОДАЕТ С ЭТОЙ ТЕМОЙ Я РАДА ЧТО ВЫ ЧИТАЛИ И ПОСМОТРЕЛИ МОЮ РАБОТУ
Zarafshon shahar 3umumta’lim maktabining
matematiainformatika fani o’qituvchisi
SIDDIQOVA ZUBAYDA QO’YSINOVNANING
“MS Excelda dasturida matematik amallar va
funksiyalarni qo'llash usullari “
mavzusida tayyorlagan
ma’ruzasi.20172018o’quv yili.
Informatika fanidan umumta'lim maktablarining 810sinf dasturidagi MS EXCEL dasturi yordamida,
matematik va mantiqiy funksiyalarga doir masalalarni yechishda o‘quvchi va o’qituvchilar biq qator qiyinchiliklarga
duch kelmoqdalar.
Ushbu metodik tavsiyada MS EXCEL dasturi yordamida, matematik va mantiqiy funksiyalarga doir
masalalarni yechish usullariga to‘xtalib o‘tamiz.
O'quvchilarni turli xil matematik, iqtisodiy, mantiqiy va algoritmik masalalarni yechishga yo'naltirishda MS
Excel dasturidan foydalanish o'ziga xos tomonlarga ega bo'lib, u quyidagilarda ko'rinadi:
1. Masalani kompyuterda yechishning barcha bosqichlari ko'rib o'tiladi. Bunda, avvalo, o'quvchidan biror
yo'nalishdagi masalani hal etish uchun kerakli bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarni qo'llash talab qilinadi.
Ikkinchidan, o'quvchiga kompyuterda masala yechish uchun zarur bo'lgan bilim va ko'nikmalar singdirib boriladi.
2. MS Excel dasturi masalaga mos boshlang'ich qiymatlarning o'zgarishini o'sha ondayoq natijaviy
qiymatlarni o'zgarishi orqali aks ettiradi. Bu, bir tomondan, o'quvchini murakkab hisobkitoblardan ozod qilib, ularda
masala yechish maroqli ekanligi haqida tasavvur hosil qilsa, ikkinchi tomondan, o'quvchiga masala mos echimni
ko'rib turib xulosa chiqarish imkonini beradi.
3. MS Excel dasturida yechilayotgan masalalar, ko'pincha, hisobkitoblarni bajarish, ma'lumotlar omborini
tashkil etish va tayyorlangan ma'lumotlar ustida turli amallar bajarish, ma'lumotlarni ko'rgazmali taqdim etish bilan
bog'liq. Bu o'quvchilarning axborot texnologiyalarining imkoniyatlari haqidagi tasavvurini kengaytiradi hamda yangi
dasturlarni o'rganishga qiziqishini orttiradi.
O'quvchilarni MS Excelda masala yechishga o'rgatish uchun ularga yaxshi tanish bo'lgan masalalarni ko'rib
chiqishdan boshlash maqsadga muvofiq. Biror masalani hal etishda esa aniq reja (masala yechish bosqichlari) asosida
ishashga o'rgatish muhim o'rin tutadi. Masalan, bu tavsiyalarni quyidagi masalani hal etishni tashkil etish orqali ko'rib
chiqamiz.
Formula va Funksiyalar
Formula – bu bir katakning qiymatini hisoblaydigan ifodadir. Funksiyalar esa, oldindan
belgilangan formulalar va ular Excelda allaqachon mavjud.
Exceldagi
Nomi
ABS(son)
ЗНАК(son)
КОРЕНЬ(son)
ОСТАТ(son; bo’luvchi)
Matematik funksiyalar
Bajaradigan vazifasi
Misollar
Sonning absolyut qiymatini
hisoblaydi
Son manfiy bo’lsa –1, 0
bo’lsa 0, musbat bo’lsa 1
qiymatga teng
Sonning kvadrat ildizini
hisoblaydi
Sonni bo‘luvchiga
bo’lgandagi qoldiqni
ABS(–274)=274; ABS(48)=48;
ABS(–1,23)=1,23; ABS(0)=0
ЗНАК(–7,5)= –1;
ЗНАК(0)= 0;
ЗНАК(2011)= 1
КОРЕНЬ(4)=2;
КОРЕНЬ(81)=9; КОРЕНЬ(0,04)=0,2
ОСТАТ(45;7)=3; ОСТАТ(15;3)=0;
ОСТАТ(191;10)=9СТЕПЕНЬ(son; daraja
ko‘rsatkichi)
СУММ(son1; son2; …)
hisoblaydi
Sonni darajaga ko‘taradi
Katakchalar blokidagi
qiymatlarning yig‘indisini
hisoblaydi
СТЕПЕНЬ(3;4)=81; СТЕПЕНЬ(2;10)=1024;
СТЕПЕНЬ(1,7; 5)= – 14,1986
СУММ(G4:G13)=330;
СУММ(C4:C13; E4:E13)= 115
ЦЕЛОЕ(son)
Kichik butun songacha
yaxlitlaydi
ЦЕЛОЕ(5,5)=5;
ЦЕЛОЕ(–5,5)=–6
Misol uchun, quyidagi A3 katak A2 va A1 kataklarning qiymatlarini qo’shadigan formulani o’z
ichiga olgan.
Misol uchun, quyidagi A3 katak A1:A2 sohaning yig’indisini hisoblaydigan SUM funksiyasini o’z
ichiga olgan.
Formula kiritish
Formula kiritish uchun quyidagilarni ketma-ket bajaring.
1. Bir katakni belgilang.
2. Excel siz formula kiritmoqchi ekanligingizni bilishi uchun barobar (=) belgisini kiriting.
3. Misol uchun, A1+A2 formulani yozing.
Maslahat: A1 va A2 deb yozish o’rniga, oddiygina A1 va A2 kataklarni tanlang.
4. A1 katakning qiymatini 3 ga o’zgartiring.Excel avtomatik tarzda A3 katakning qiymatini qayta hisoblaydi. Bu Excelning eng kuchli
xususiyatlaridan biri!
Formulani tahrirlash
Siz bir katakni tanlaganingizda, Excel o’sha katakning qiymati yoki formulasini formulalar
qatorida ko’rsatadi.
1. Formulani tahrirlash uchun, formulalar qatoriga bosing va formulani o’zgartiring.
2. Enter tugmasini bosing.
Amallar tartibi
Excel odatdagi standart tartib bo’yicha hisob-kitoblarni amalga oshiradi. Agar formulaning
biror qismi qavs ichida bo’lsa, o’sha qism avval hisoblanadi. Keyin ko’paytirish va bo’lish
amallarini bajaradi. Ular tugagandan so’ng, formuladagi qo’shish va ayirishni bajaradi.
Quyidagi misolga qarang.Dastlab, Excel ko’paytirishni bajaradi (A1 * A2). Keyin, A3 ning qiymatini chiqqan natijaga
qo’shadi.
Boshqa bir misol:
Excel avval, qavs ichidagilarni hisoblaydi. Keyin, chiqqan natijani A1 katakning qiymatiga
ko’paytiradi.
Formuladan Nusxa olish/Qo’yish
Siz formuladan nusxa ko’chirganingizda, Excel katak raqamlarini nusxa ko’chirilgan katakka
mos yangi katak raqamlariga avtomatik tarzda o’zgartirib chiqadi. Buni tushunish uchun
quyidagilarni bajaring.
1. Quyida ko’rsatilgan formulani A4 katakka kiriting.
2a. A4 katakni belgilang, o’ng tomonni bosing, va Copy (Копировать) (yoki CTRL + c)ni
bosing……so’ng, B4 katakni belgilang, o’ng tomonni bosing va ‘Paste Options:’ (Параметры
вставки)ni tagidagi “Paste” (Вставить)ni (yoki CTRL + v ni) bosing.
2b. Shuningdek, siz formulani B4 katakka sudray olasiz. A4 katakni tanlang, uning pastki o’ng
burchagiga bosing va uni B4 katakka sudrang. Bu ancha oson va aynan bir xil natijani beradi!
Natija. B4 katakdagi formula B ustundagi qiymatlar bo’yicha hisoblaydi.
Funksiya kiritish
Har bir funksiya bir xil tuzilishga ega. Misol uchun, SUM(A1:A4). Bu funksiyaning nomi SUM
(yig’indi). Qavs ichidagi qism (argument) shuni anglatadiki, biz Excelga qiymat kiritiladigan
A1:A4 sohani beramiz. Bu funksiya A1, A2, A3 va A4 kataklardagi qiymatlarni qo’shadi. Har bir
ish uchun qaysi funksiya va qaysi argumentlarni ishlatishni eslab qolish oson emas.
Hayriyatki, Exceldagi Formula kiritish funksiyasi bu borada sizga yordam beradi.
Funksiya kiritish uchun quyidagi qadamlarni bajaring.
1. Bir katakni tanlang.
2. Funksiya Kiritish tugmasini bosing.
“Funksiya Kiritish” muloqot oynasi ko’rinadi.3. Biror bir funksiyani qidiring yoki mavjud kategoriyalardan biror funksiyani tanlang. Masalan,
“Statistical” kategoriyasidan COUNTIF ni tanlang.
4. OK tugmasini bosing.
‘Function Arguments’ (Funksiya Argumentlari) muloqot oynasi ko’rinadi.
5. Range (Soha) katakchasi ichiga bosing va A1:C2 sohani tanlang.
6. “Criteria” katakchasi ichiga bosing va >5 ni kiriting.
7. OK tugmasini bosing.
Natija. Excel qiymati 5 dan kattaroq bo’lgan kataklar sonini sanaydi.Funksiya Kiritish
Eslatma:
oddiygina
=COUNTIF(A1:C2,”>5″)ni yozing. Qachonki =COUNTIF( ga yetib kelganingizda A1:C2 ni yozish
o’rniga A1:C2 sohani tanlang.
o’rniga,
imkoniyatidan
foydalanish
Ichma-ich shartlar
Excelda bir nechta shartlarni tekshirishga to’g’ri kelib qolsa, ЕСЛИ (IF) funksiyasi ichma-ich
bo’lishi mumkin. Testni davom ettirish uchun, yolg’on (FALSE, ЛОЖЬ) qiymat boshqa bir ЕСЛИ
(IF) funksiya bilan almashtiriladi.
Izoh: agar sizda Excel 2016 bo’lsa, osongina (УСЛОВИЯ) IFS funksiyasidan foydalaning.
1a. Agar A1 katak 1 ga teng bo’lsa, formula “Yomon” degan qiymat qaytaradi.
= IF(A1=1,”Yomon”, IF(A1=2,”Yaxshi”, IF (A1=3,”A’lo”,” Yaroqli Ball Yo’q”))) yoki
=ЕСЛИ(A1=1,”Yomon”,ЕСЛИ(A1=2,”Yaxshi”,ЕСЛИ(A1=3,”A’lo”,” Yaroqli Ball Yo’q”)))
1b. Agar A1 katakni qiymati 2 ga teng bo’lsa, formula “Yaxshi” degan qiymat qaytaradi.
1c. Agar A1 katakni qiymati 3 ga teng bo’lsa, formula “A’lo” degan qiymat qaytaradi.1d. Agar A1 katak boshqa qiymatga teng bo’lsa, formula “Yaroqli Ball Yo’q”.
Bu yerda yana boshqa bir misol.
2a. Agar A1 katak 10 dan kichik yoki teng bo’lsa, formula 350 qaytaradi.
=IF(A1<=10,350,IF(A1<=20,700,IF(A1<=30,1400,2000)))
= ЕСЛИ (A1<=10,350, ЕСЛИ (A1<=20,700, ЕСЛИ (A1<=30,1400,2000)))
2b. Agar A1 katak 10 dan katta va 20 dan kichik yoki teng bo’lsa, formula 700 qaytaradi.2c. Agar A1 katak 20 dan kattaroq va 30 dan kichik yoki teng bo’lsa, formula 1400 qaytaradi.
2d. Agar A1 katak 30 dan kattaroq bo’lsa, formula 2000 qaytaradi.
Izoh: O’zingizning formulangizda chegaral
MUSTAHKAMLASH UCHUN BA’ZI MASALALAR.
3masala. A5 katakchada qiymati 50 dan oshmaydigan M musbat butun songa mos P=1∙2∙3∙…∙M ko'paytma
qiymatini barcha raqamlari bilan B1 katakchada aniqlang.
Yechish. Masalada hisobkitob ishlarini bajarish talab qilingan. MS Excel aniq hisoblanadigan eng katta butun
son 264=18446744073709551616 bo'lib, hisobkitob natijalarida hosil bo'ladigan bu sondan katta butun sonlar
qiymati xatolikka ega bo'ladi. Quyidagicha reja asosida jadval tashkil etamiz:
1. A4 katakchaga “M ning qiymati” matnini yozamiz va Enter klavishini bosamiz.
2. A4 katakchadagi matn katakchada to'liq aks etishi uchun ustun kengligini kerakli o'lchamga quyidagi
usullar yordamida keltirish mumkin:
a) A4 katakchani belgilab Формат menyusidagi Столбец bo'limidan Aвтоподбор ширины bandini
tanlaymiz;
b) sichqoncha ko'rsatkichini A ustun o'ng chegarasiga yo'naltirib sichqoncha chap tugmasini 2 marta tezkor
bosamiz;D) A ustun o'ng chegarasini o'ng tomonga sichqoncha yordamida so'raymiz.
1. A5 katakchaga M soni qiymati sifatida eng katta qiymat 50 ni yozamiz.
2. A1 katakchaga “P=1*2*…*M=” matnini yozamiz.
3. B katakcha formatini sonning barcha raqamlarini aks ettirish uchun Формат menyusidagi Формат ячеек
muloqot oynasidan Число bo'limini tanlab, so'ng Числовой bandidagi Число десятичных знаков tanlov katagidan
0 ni tanlaymiz.
4. B1 katakchaga (Вставка menyusining Функция bandi yoki formulalar satridagi Вставка menyusi
yordamida Математические funksiyalar bo'limidan 1 dan M gacha bo'lgan musbat butun sonlar ko'paymasini
hisoblaydigan) “=ФAКТР(A5)” funksiyani joylashtiramiz
5. Hisoblash natijasi bo'lgan ko'paytma qiymati ko'p xonali bo'lgani uchun B1 katakchaga sig'maydi va
katakchada “#########” ko'rinish aks etadi.
6. Ustun kengligini kerakli o'lchamga keltirish uchun 2banddagi usulllardan birini qo'llaymiz.
7. Jadvaldagi ma'lumotlarni ko'rish qulay va ko'rgazmali bo'lishi uchun katakchalarga turli formatlash
imkoniyatlarini qo'llaymiz.
Natijada quyidagicha jadval hosil bo'ladi:
Endi A5 katakchadagi qiymatni o'zgartirib kerakli natijalarni olish mumkin.
4masala. A1 katakchada qiymati 100 dan oshmaydigan K musbat butun songa mos P=1∙2+2∙3+3∙4+…+(K–
1)∙K yig'indini qiymatini B1 katakchada aniqlang.
Yechish. Masalada hisobkitob ishlarini bajarish talab qilingan. Masala shartidan K ning qiymati 2 kam
bo'lmasligi kelib chiqadi. Masalani quyidagi 1usulda hal etamiz.
1. A1 katakchaga K soni qiymati sifatida eng katta qiymat 100 ni yozamiz.
2. A2 katakchaga “K ning qiymati” matnini yozamiz va Enter klavishini bosamiz.
3. B2 katakchaga “P=1*2+2*3+3*4+…(K–1)*K” matnini yozamiz.
4. A2 va B2 katakchalardagi matnlarni katakchalarda to'liq aks etishi uchun ustunlar kengligini kerakli
o'lchamga keltiramiz.
5. D1 katakchaga 1 sonini yozib Enter klavishini bosamiz.
6. D1 katakchani belgilab Правка menyusidagi Заполнить bo'limidan Прогрессия bandini tanlaymiz.
7. Ekranda aks etgan Прогрессия muloqot oynasining Расположение qismidan postolbsam bandini
tanlab, Пределное значение katagiga 99 qiymatini kiritgach Enter klavishi bosilganda D ustunning 1 satridan 99
satrigacha 1 dan 99 gacha bo'lgan sonlar bilan avtomatik to'ldiriladi.
8. E1 katakchaga 2 sonini yozib 7banddagi kabi amallarni bajarilganda E ustunning 1 satridan 99 satrigacha
2 dan 100 gacha bo'lgan sonlar bilan avtomatik to'ldiriladi.
9. F1 katakchag “=D1*E1” formulani kiritib F2 dan F99 katagigacha nusxalaymiz.10. B1 katakchaga “=СУММ(F1:CМЕЩ(F1;0;0;A1–1;1))” formulani kiritsak (katakchalar blokini
boshlang'ich katakcha adresi F1 deb olinadi, CМЕЩ(F1;0;0;A1–1;1) funksiyasi esa oxirgi katakcha adresini shu
ustunda F1 katakchadan satr bo'yicha (A1–1) songa suradi), F ustunning 1satridan A1 katakchada ko'rsatilgan sondan
bitta kam satrdagi sonlar yig'indisini, ya'ni talab etilgan sonlar ko'paytmasi yig'indisini hisoblaymiz.
11. Jadvaldagi ma'lumotlarni ko'rish qulay va ko'rgazmali bo'lishi uchun katakchalarga turli formatlash
imkoniyatlarini qo'llaymiz.
Natijada quyidagicha jadval hosil bo'ladi:
JadvalningA1 katakchasidagi sonni o'zgartirib istalgan son uchun talab etilgan yig'indini hosil qilish
mumkin.
Masalani 2usulda hal etish uchun quyidagi ayniyatdan foydalanish kifoya:
P=1∙2+2∙3+3∙4+…+(K–1)∙K=(K–1)∙K∙(K+1).
5masala. Burgutning tezligi A m/s, gepardning tezligi V km/soat. Ularning tezliklarini taqqoslab A7
katakchada «Burgutning tezligi katta» yoki «Gepardning tezligi katta» yozuvini aks ettiring.
Yechish. Masalada hisobkitob ishlarini bajarish talab qilingan. Masala shartidagi tezliklar ikki xil o'lchov
birligida berilganini hisobga olib quyidagi rejaga ko'ra hal etamiz.
1. A1 katakchaga “Burgutning tezligi A m/s da”, A2 katakchaga “Burgutning tezligi km/soat da”, A3
katakchaga “Gepardning tezligi B km/soat da”, A4 katakchaga “Taqqoslash natijasi” matnlarini kiritib, matnlar
katakchalarda to'liq aks etishi uchun ustunlar kengligini kerakli o'lchamga keltiramiz.
2. B1 katakchaga burgut tezligning m/s o'lchov birligidagi qiymatini kiritib, B2 katakchada
“=(B1*3600)/1000” formula yordamida burgut tezligining km/soat o'lchov birligidagi qiymatini hosil qilamiz.
3. B3 katakchaga gepard tezligining km/soat o'lchov birligidagi qiymatini kiritamiz.
4. B4 katakchaga “=ЕСЛИ(B2>B3; "Burgutning tezligi katta"; ЕСЛИ (B2=B3; "Burgut va Gepardning
tezligi teng";"Gepardning tezligi katta"))” formulasini joylashtirib kerakli natijaga ega bo'lamiz.
5. Jadvaldagi ma'lumotlarni ko'rish qulay va ko'rgazmali bo'lishi uchun katakchalarga turli formatlash
imkoniyatlarini qo'llaymiz.
Natijada quyidagicha jadval hosil bo'ladi:
6masala.C1:D6 katakchalarga sonlar kiritib ulardan eng kattasini 1 va 2raqamlari ko'paytmasini A2katakchada aniqlang.
Yеchish. Masalada hisobkitob ishlarini bajarish talab qilingan. Masala echimini quyidagi ko'rinishda
keltiramiz.
А
Javob
40
Б
1raqam
8
Engkattasi
2raqam
8568
5
1
2
3
4
5
6
C
2223
345
567
4456
256
45
Д
А
Б
99999
12raqam ko'paymasi
1raqam formulasi:
=B2*B4
=ЛЕВСИМВ(А4;1)
Eng kattasi formulasi
2raqam formulasi:
=МАКС(C1:Д6)
=ПСТР (А4;2;1)
4977
8568
21
7
1963
7masala. B1:B5 katakchalar blokida sonlar berilgan. Shu sonlardan nechtasi 0 dan farqliligini C3
katakchada aniqlang.
Yechish. Masalada hisobkitob ishlarini bajarish talab qilingan. Masala echimini quyidagi ko'rinishda
keltiramiz.
1
2
3
4
5
B
0,23
22
17,5
0
5,5
C
C
B ustundagi 0 dan farqli sonlar soni:
4
=СЧЁТЕСЛИ(B1:B5;"<>0")