Xusain Voiz Koshifiyning axloqiy qarashlari
Оценка 4.9

Xusain Voiz Koshifiyning axloqiy qarashlari

Оценка 4.9
docx
24.04.2020
Xusain Voiz Koshifiyning axloqiy qarashlari
XUSAYIN VOIZ KOSHIFIYNING AXLOQIY QARASHLARI.docx

XUSAYIN VOIZ KOSHIFIYNING AXLOQIY QARASHLARI.

XV asrning ikkinchi yarmida Xurosonda Alisher Navoiy atrofida to’plangan alloma, shoir va donishmandlar orasida mashhur va qomusiy talant egalaridan biri Voiz Koshifiydir. Kamoliddan Husayn Voiz Koshifiy tahminan 1440 yillarda Xuroson viloyatidagi Sabzavor shahrining Bayhaq kentida tug‘ilgan, uning ota-onasi, bolaligi haqida hozircha hech qanday aniq ma’lumot yo‘q.

Bizningcha, u boshlang’ich ma’lumotni Sabzavorda olgan. U arab, fors, turkiy tili, matematika, astronomiya, kimyo, musiqa, adabiyot, fiqhdan to‘liq ma’lumotga ega bo‘lgan. Yoshligidanoq voizlik - so‘z san’ati bilan shug‘ullangan. Koshifiy Sabzavorda tez orada ko‘zga ko‘ringan voiz - notiq bo‘lib tanilgan. Keyinchalik Nishopurda 1455-1468 yillarda esa Mashhadda yashab, voizlik qilgan. 1468 yilning oxirlarida Abdurahmon Jomiyning tavsiyasi bilan Husayn Voiz Koshifiy Xirotga keladi va qolgan umrini asosan Xirotda Temuriylar rahnamoligida o‘tkazadi.Ma’lumki, XV asrning ikkinchi yarmida Temuriylar, xususan Husayn Boyqaro davrida Xirot Sharqning madaniyat markazi edi. Tarixchi olim Sayyid Nafisiyning aytishicha, Koshifiy umrining oxirida Hindistonga qilgan safari haqida ham deyarli ma’lumot yo‘q. Husayn Voiz Koshifiyning ikki qizi va bir o‘g‘li bo‘lib, o‘g‘li Fahriddin Ali as-Safiy o‘z davrining katta shoiri, yozuvchisi va olimi ("Rashohoti ayn al-hayot" asari bilan mashhur) bo‘lib yetishgan. Ali as-Safiyning islom tarixiga, payg‘ambarlar hayotiga, adabiyotga, Xo‘ja Ahrorga, axloqda, kimyoga bag‘ishlangan o‘ndan ortiq ilmiy va badiiy asarlari bor. Husayn Voiz Koshifiy 1505 yilda Xirotda vafot etadi.

Kamoliddin Husayn - allomaning ism-sharifi, voiz (notiq) - laqabi, Koshifiy (kashf qilmoq, yaratmoq) - adabiy taxallusidir. Husayn Voiz Koshifiy asarlarini o‘z davrining ilmiy tili - fors tilida yozgan bo‘lib, undan ko‘pgina ilmiy, badiiy tarjima asarlari ham meros qolgan. U falsafa, axloq, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, siyosat, tarix, kimyo, astronomiya, matematika, musiqa, voizlik, she’r san’ati, din tarixi, fiqh, tibbiyot kabi fanlarga oid 200 dan ortiq asar yozganligi manbalardan ma’lum. Ko¬shifiyning O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik va H Sulaymonov nomidagi Qo‘lyozmalar institutlarida 45 nomdagi asarlarining 197 qo‘lyozma va 75 toshbosma nusxalari saqlanmoqda.

Bundan tashqari u o‘z davrining ko‘zga ko‘ringan iloxiyotchi olimi bo‘lib, hadisni, Qur’oni Karimni yoddan bilgan, hatto Qur’onga to‘rt kitobdan iborat sharh ham yozgan. Koshifiyning "Axloqi Muhsiniy", "Risolai Xotamiya", "Anvori Suxayliy", "Futuvvatnomai Sultoniy", "Tavsiri Husayniy", "Javohirnoma" kabi undan ortiq asari arab, tatar, eski o‘zbek, o‘rdu, turk, nemis, ingliz, fransuz va boshqa tillarga tarjima qilingan. Hozirgi kunda Koshifiy asarlari Parij, London, Berlin, Sankt-Peterburg, Moskva kabi shaharlarda, Iroq, Turkiya, Eron, Afg‘oniston, Hindiston, Bangladesh va boshqa sharq mamlakatlarining kutubxonalarida saqlanmoqda. Chet mamlakatlarda Koshifiy asarlariga qiziqish XVIII-XIX asrlardayoq kuchli bo‘lib, G‘arbiy Ovro‘paning X. G. Kin, M. Duayt, D. D. Donalson, E. Braun, A. A. Arberri, E. S. Kennedi, E. Rozental, X. Masse, K. S. Lambton, R. Levi, A. M. Shasteri kabi mashhur olimlari Markaziy Osiyo va Eronning XIV-XV asrlardagi madaniyati tarixini atroflicha o‘rganishga harakat qilganlar va Koshifiyning ijodi, merosiga yuqori baho berganlar.

Koshifiy ijodini o‘z davrining yirik tarixchisi Xondamir "Xulosat ul-axbor" asarida: "Ul janob nujum ilmida ham zo‘r mahoratga ega edi, chunonchi uning ta’birlari Qazo o‘qi singari bexatar bo‘lardi. Uning balog‘atoyotlik hamda fasohatsifatlik kitoblari ko‘p va behisob bo‘lib, ularning ko‘pi oliymaqom amir Alisherning atoqli nomi bilan ziynatlangan. Amir Alisherning inoyati va iltifoti ul janobning hol sahifasiga hamma vaqt tushib turardi..." - deb ta’riflaydi. Alisher Navoiy "Majolis un-nafois" asarining to‘rtinchi majlisida: "Mavlono "Husayn Voiz - "Koshifiy" taxallus qilur, Savzavorlikdur. Yigirma yilga yaqin borkim, shahardadur va Mavlono zufunun va rangin va purkor voqe’ bulubtur. On fan bulg‘aykim, dahli bo‘lmagay. Xususan va’z, insho va nujumki, aning haqidadur va har qaysida muttayyin va mashhur ishlari bor..." - deb yuksak baholagan.

Husayn Voiz Koshifiy Xirot madrasalarida talabalarga ta’lim-tarbiya bergan, Xuroson shaharlarida axloq-odobdan va’z aytgan. Koshifiy o‘z asarlarida ijtimoiy-axloqiy hayot, ma’naviyat masalalariga katta o‘rin ajratadi, siyosat, davlatni boshqarish, shoh bilan fuqarolar o‘rtasidagi munosabat, jamoani idora etish, yetuk insonni tarbiyalash muammolari uning ijodida katta o‘rin egallaydi. Ularda insonparvarlik, xalqparvarlik, yuqori ma’naviyatga ega bo‘lish, madaniy yuksalish g‘oyalarini ilgari suradi. Uning "Axloqi Muhsiniy", "Risolai Hotamiya", "Anvori Sixayliy", "Axloqi Karim", "Javohirnoma", "Lubbo ul-ma’naviy fi-intixobi masna’viy", "Iskandar oynasi", "Tafsiri Husayniy", "Futuvvatnomai Sultoniy" kabi asarlari shular jumlasidandir. Bu asarlardan Xuroson mamlakatida, Xirotda va boshqa shaharlardagi madrasalarda talabalar uchun darslik sifatida foydalanilgan. Mutafakkir bu asarlarida o‘zining hayotdan olgan soboqlari, tajribalari asosida xalqchillik, insonparvarlik, ijtimoiy hayot, adolat, xalollik, sofdillik, poklik, to‘g‘rilik, rostguylik haqidagi fikrlarini o‘qimishli, qiziqarli hikoyatlar, rivoyatlar yordamida bayon etadi. Bu asarlar Koshifiy tili bilan aytganda "Xikmati amaliy" asosida yozilganligidan bugungi kunda ham juda katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir.

Husayn Voiz Koshifiy insonni dunyodagi eng yuksak olijanob mavjudot deb biladi.

“Odam nomi yaxshilik bilan eslash tufayli boqiydir, Xayotlik ayyomining hosili yaxshi nom orttirishdir”- deydi.

Bu Voiz Koshifiy axloqiy ta’limotining yetakchi g‘oyasidir. U salbiy axloqiy xislatlarni qoralaydi va ularning inson hayotida va jamiyat uchun katta zarar olib kelishini kator hikoyat va rivoyatlar bilan ko‘rsatadi.

Husayn Voiz Koshifiy yaxshilik va yomonlik, adolat, vijdon, burch tushunchalari haqida ham atroflicha fikr yuritadi. Axloq normasi - insonlarning xulq, fe’l-atvorlarini tartibga solib turuvchi axloqiy talablardir. Koshifiy ijobiy xislatlarni kishilarda bo‘lishi shart bo’lgan insoniy fazilat deb tushunadi va sabr, hayo, iffat, pokizalik, sobiqqadamlik, saxiylik, sahovat, rostguylik, shijoat, kamtarlik, hushyorlik, baland himmatlik, diyonatlilik, ahdiga vafolik, andishalilik, izzat-hurmatni bilish, sir yashira olish kabi fazilatlarni birma-bir ta’riflab o‘tadi. Ko¬shifiy axloqli inson deganda, ilm-ma’rifatga intiluvchi, haqiqat va adolatni sevuvchi, adolatsizlikka qarshi kurashuvchi, mard, harakatchan, olijanob, sahiy, ochiq qalb insonni tushungan.

Axloq masalalarini yoritishda Koshifiyning "Axloqi Muxsiniy" (Husayn Boyqaroning o‘g‘li - Abdulmuhsin Mirzoga bag’ishlangan) asari eng mashhur va muhim ahamiyat kasb etadi. Koshifiy o‘z asarlarida siyosat, davlatni boshqarish masalalari bo‘yicha ham o‘z davri uchun muhim fikrlarni olg‘a suradi. U-“Davlatni odilona boqarishda siyosatdan foydalanish kerakligini alohida ta’kidlaydi:
Jahonda pok suv ichmakka bo’lmas hech kim qodir. Agar shohlar siyosat tig’in eliga qilmasa zohir”- deydi.

Siyosat mamlakatni boshqarish uchun zarur, u shaxsiy ish emas, balki ijtimoiy ishdir. Siyosat adolatli bolsa, mamlakat, jamiyat rivoj topadi, xalqi farovon yashaydi. Siyosatni odil podshohlar adolat bilan boshqarishlari kerak:

Mamlakat tobqoy siyosatdin nizom,

Gar siyosat bo‘lmasa yetgay xalal,

Topmagay olam ishi aslo tuzut.

Besiyosat hech vaqtu hech mahal.


Yoki:

"... Adl (adolat - R. M.) siyosatsiz mavjud bolmas. Siyosat yoq bolsa, sardorlik zaif. Na uchunkim mulku-millat ziynati, dinu davlati musallahi siyosatdur", - deb mamlakat taraqqiyotini, adolat qaror topishini ham Koshifiy siyosatga boglaydi.

Demak, Husayn Voiz Koshifiy shoir, yozuvchi, olimgina emas, balki dono siyosatchi ham bo‘lgan. Uning jamiyat, davlat, tinchlik, ixtiloflarni osoyishtalik bilan xal etish zarurligi to‘g‘risidagi fikrlari hozir ham o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda.

Voiz Koshifiy Alisher Navoiyning ma’naviy davrasida bo’lgan XV asr Xuroson va Movarounnahr madaniyatining rivojiga katta hissa qo‘shgan hamda o‘z asarlari bilan so‘nggi avlodlarga katta ta’sir ko‘rsatgan mashhur allomalardan bo‘lib tarixda qoldi. U qomusiy ijodi bilan o‘z davri ma’naviy yuksalishi yo‘lida faol xizmat qildi va nafaqat Markaziy Osiyo, balki bugun Sharq umuminsoniy, madaniy boyliklarini kuchaytirishga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi.

 

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.      OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


 

Скачано с www.znanio.ru

XUSAYIN VOIZ KOSHIFIYNING AXLOQIY

XUSAYIN VOIZ KOSHIFIYNING AXLOQIY

Sharqshunoslik va H Sulaymonov nomidagi

Sharqshunoslik va H Sulaymonov nomidagi

Ularda insonparvarlik, xalqparvarlik, yuqori ma’naviyatga ega bo‘lish, madaniy yuksalish g‘oyalarini ilgari suradi

Ularda insonparvarlik, xalqparvarlik, yuqori ma’naviyatga ega bo‘lish, madaniy yuksalish g‘oyalarini ilgari suradi

Axloq masalalarini yoritishda Koshifiyning "Axloqi

Axloq masalalarini yoritishda Koshifiyning "Axloqi

Markaziy Osiyo, balki bugun Sharq umuminsoniy, madaniy boyliklarini kuchaytirishga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi

Markaziy Osiyo, balki bugun Sharq umuminsoniy, madaniy boyliklarini kuchaytirishga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
24.04.2020