XX-ASR YEVROPA MUSIQASINING TURFALIGI

  • Презентации учебные
  • pptx
  • 20.02.2022
Публикация в СМИ для учителей

Публикация в СМИ для учителей

Бесплатное участие. Свидетельство СМИ сразу.
Мгновенные 10 документов в портфолио.

XX asrning I-yarmida Gʻarbiy Yevropada yuz bergan ijtimoiy va madaniy inqiroz Ya.Yangi vena maktabi kompozitorlari ijodida oʻz aksini topib, asarlarida "kichik odam"ning fojiasi, insonga achinish hissi, fashizmga qarshi norozilik kabi badiiy mavzu va obrazlar, musiqiy ekspressionizm tamoyillari orqali namoyon boʻldi.
Иконка файла материала QADIMGI YUNONISTONNING MUSIQA MADANIYATI.pptx

5-MAVZU: 20-ASRNING YEVROPA MUSIQASINING TURFALIGI.

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi Andijon davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti Musiqiy ta’lim kafedrasi

5-MAVZU: 20-ASRNING YEVROPA MUSIQASINING TURFALIGI

dotsent Botirova Xilola Tursunbaevnaning Jaxon musiqa tarixi fanidan taqdimoti.

Mashg’ulot turi: Seminar 5-mavzu: 20-asrning Yevropa musiqasining turfaligi.

Mavzu rejasi:
1.Musiqiy janrlarning xilma-xilligi.
2.Kompozitorlik texnikasining yangi tizimlari.
3.Kompozitorlik maktablari va guruhlari ("Yangi vena maktabi", "Olti" guruhi, Amerikalik minimalistlar).

Аdabiyotlar:

1.Галущенко И.Г. История музыки народов мира. Вып.3. Т., “Мусиқа”. 2008.
2.История зарубежной музыки. Выпуск 1-6, М.-СПб., 1986-2001. И т.-535 б., II т. –277 б., III т. – 533 б., ИВ т. – 529 б., В т. – 448 б.
3.История русской музыки. Выпуск 1-4, М., 1981-1987. Iт.-623 б., II т.- 580 б., III т.-486 б., IVт.-525 б.
Internet saytlari:
www.ziyonet.uz O‘zbekiston ta’lim portali
http://www.uzbeknavo.uz
http://www.uzbekteatrskm.uz
http://www.muz-urok.ru/ Noti,knigi

Klod Ashil’ Debyussi (1862-1918)

Impressionizm oqimining musiqadagi asoschilaridan biri, Frantsuz kompozitori Debyussi 1862 yili Parij yaqinidagi Sen-Jermen-an Le shahrida tug’ilgan. 1918 yili Parijda vafot etgan. Debyussi Parij konservatoriyasida A.Marmontel qo’l ostida ta`lim olgan. U dastlab fortepiano ijrochisi sifatida, so’ng esa kompozitor sifatida tanildi. U Italiya, Angliya, Avstriya, Gollandiya, Rossiya va boshqa mamlakatlarda bo’lib kontsertlar bergan.

Uning ijodi yorqin, o’ziga xos, falsafiy shoirona tuyg’ularga boy, har bir lahzalarda his etilgan kayfiyatlarni aks ettiradigan asarlardan iboratdir.

Uning ijodiy merosi:

Uning ijodiy merosi: «Pelleas va Melizanda» operasi, bir nechta adabiyotlar («Oyinlar», «Oyinchoqlar», bolalar baleti, «Kamma»), «Adashgan o’g’il» kantatasi, noktyurnlar, «Bulutlar», «Bayramlar», «Sirenlar» (gullar), «Degniz» skripka, violenchel va boshqa asboblar uchun sonatalar, 50 dan ziyod romans va qo’shiqlar.

Moris Ravel’ (1875-1937).

Taniqli Frantsuz kompozitori Ravel 1875 yilda Frantsiyaning Sibur shahrida tavallud topib, 1937 yilda Parijda vafot etgan. Parij konservatoriyasida o’qigan. Uning ustozlari Sh.Berio, A.Jedalj va G.Fore bo’lganlar. Ko’pincha Parij va uning atroflarida yashagan.

Yevropa mamlakatlari va AQShda kontsertlar bergan. U ko’pincha pianist va o’z asarlari dirijeri sifatida kontsert gastrollarida bo’lgan.

1929 yili Oksford universiteti

1929 yili Oksford universitetining faxriy doqtori etib saylangan. Ijodi: «Ispan vaqti bilan» operasi, «Bola va jodular» opera baleti, «Dafnis va Xloya» raqslari, «Bolero», «Pavana», «Oynalar», qaytadan ishlangan turli xalqlar qo’shiqlari va boshqalar.
Ikkinchi Vena maktabi — A. Shyonberg va uning shogirdlari A.Berg, A.Vebern, E.Velles, X.Eysler va boshqalarning hamkorligi natijasida Venada qaror topgan ijodiy yoʻnalish, musiqiy modernizm koʻrinishlaridan biri. 20-asrning 1-yarmida Gʻarbiy Yevropada yuz bergan ijtimoiy va madaniy inqiroz (1 va 2-jahon urushlari, fashizm, maʼnaviymadaniy qiymatlarning qadrsizlanishi va boshqalar) Ya.Yangi vena maktabi kompozitorlari ijodida oʻz aksini topib, asarlarida "kichik odam"ning fojiasi, insonga achinish hissi, fashizmga qarshi norozilik kabi badiiy mavzu va obrazlar, musiqiy ekspressionizm tamoyillari orqali namoyon boʻldi.

Ikkinchi Vena maktabi — A. Shyonberg va uning shogirdlari A.Berg, A.Vebern.

BADIIY YANGILANISH

Badiiy yangilanish, oʻz navbatida, yangi vena maktabi vakillari ijodidagi musiqiy uslub, ifoda vositalarining tubdan oʻzgarishiga, atonallik, dodekafonsh kabi musiqa tizimlarining qaror topishiga olib keldi. 20-asrning qator (I.Stravinskiy, D.Shostakovich, Q.Qorayev va boshqalar) yirik kompozitorlari mazkur maktab anʼanalaridan foydalangan.

Xulosa qilib aytganda, XX asrning I-yarmida Gʻarbiy Yevropada yuz bergan ijtimoiy va madaniy inqiroz Ya.Yangi vena maktabi kompozitorlari ijodida oʻz aksini topib, asarlarida "kichik odam"ning fojiasi, insonga achinish hissi, fashizmga qarshi norozilik kabi badiiy mavzu va obrazlar, musiqiy ekspressionizm tamoyillari orqali namoyon boʻldi.