Ўзбекистон Республикаси шахсий ҳуқуқ ва эркинликларнинг ҳуқуқий асослари
Оценка 4.8

Ўзбекистон Республикаси шахсий ҳуқуқ ва эркинликларнинг ҳуқуқий асослари

Оценка 4.8
docx
06.06.2021
Ўзбекистон Республикаси шахсий ҳуқуқ ва эркинликларнинг ҳуқуқий асослари
Шахсий ҳуқуқ ва эркинликлар.docx

24-modda.

Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir.

https://lex.uz/image/favicon.gif LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97 — 1031-moddalari.

25-modda.

Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega.

Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas.

https://lex.uz/image/favicon.gif LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 18242—248 va 558-moddalari.

26-modda.

Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o‘zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta’minlab beriladi.

https://lex.uz/image/favicon.gif LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 23-moddasi.

Hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas.

https://lex.uz/image/favicon.gif LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat protsessual kodeksining 17-moddasi, 601-moddasining uchinchi qismi.

Hech kimda uning roziligisiz tibbiy yoki ilmiy tajribalar o‘tkazilishi mumkin emas.

27-modda.

Har kim o‘z sha’ni va obro‘siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga ega.

https://lex.uz/image/favicon.gif LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat protsessual kodeksining 17-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 100-moddasi.

Hech kim qonun nazarda tutgan hollardan va tartibdan tashqari birovning turar joyiga kirishi, tintuv o‘tkazishi yoki uni ko‘zdan kechirishi, yozishmalar va telefonda so‘zlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin emas.

https://lex.uz/image/favicon.gif LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 161720 va 21-boblari.

28-modda.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarosi Respublika hududida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish, O‘zbekiston Respublikasiga kelish va undan chiqib ketish huquqiga ega. Qonunda belgilangan cheklashlar bundan mustasnodir.

https://lex.uz/image/favicon.gif LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan ma’muriy nazorat to‘g‘risida”gi Qonuni.

29-modda.

Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir.

https://lex.uz/image/favicon.gif LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi va “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlari.

Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taalluqli bo‘lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin.

https://lex.uz/image/favicon.gif LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni.

30-modda.

O‘zbekiston Respublikasining barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslari fuqarolarga ularning huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi lozim.

31-modda.

Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi.


 

Скачано с www.znanio.ru

Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir

Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida” gi va “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida” gi qonunlari

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida” gi va “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida” gi qonunlari
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
06.06.2021