Sana : 19.11.2018 yil
Sinf : 3 - “G”
Fan : O’qish
Mavzu : ” So’ngi axborot ” she’ri
Darsning maqsadi :
Ta’limiy : o’quvchilarga she’rni ifodali o’qishni o’rgatish.
Tarbiyaviy : o’quvchilarni tabiatni sevish , uni asrab avaylashga o’rgatish.
Rivojlantiruvchi : o’quvchilarning nutqini o’stirish , so’z boyligini rivojlantirish.
Tayanch kompetensiya: Milliy va umuminsoniy kompetensiya.
Fanga oid kompetensiya : She’rni o’qib tushunadi va mazmunini qayta so’zlab bera oladi. She’rni yoddan aytib bera oladi.
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars metodi: suhbat , savol - javob
Darsning jihozi: darslik , mavzuga oid rasmlar
Darsning borishi :
Tashkiliy qism : a) salomlashish
b) sinf tozaligini tekshirish
c)davomatni aniqlash
d)fasl ,oy,sanani so’rash
O’tilgan mavzuni mustahkamlash:
1.Bobur bobomiz nechanchi yilda ,qayerda tug’ilgan?
2.Bobur necha yoshida taxtga o’tiradi?
3.Bobur o’z vatanini sog’inib qayerda yashagan?
4.Bobur shoh bo’lishi bilan birga yana nimalar bilan shug’ullangan?
5.Boburning ziyrakligini nimada ko’rasiz?
Yangi mavzu bayoni : ” So’nggi axborot “she’ri ifodali o’qib beriladi.
“ So’ngi axborot “ she’ri
Anvar Obidjon.
Bo’lib o’tdi qishloqda
Kecha zo’r shamol.
Natijada ro’y berdi,
Anchayin kor hol.
Uzum boshi aylanib ,
Bo’p qoldi kasal.
Shoxdan yiqilib olma,
Yotibdi o’sal.
Hatto gilos lat yedi,
Bo’lsa ham abjir.
To’qnashuvga anorga,
Chaplandi anjir.
Shamollatdi qornini,
Oshqovoq polvon.
Pachoq qildi burnini,
Mulla baqlajon.
Uyquchiroq bir tarvuz,
Yumalab borib.
Uyg’onibdi qovunning,
Boshini yorib.
Noklar yerga to’kildi,
Bo’lishib bir jom.
Ammo zarar ko’rmadi,
Sabzi va sholg’om.
Yangi mavzuni mustahkamlash :
O’quvchilar ham she’rni zanjir usulida ifodali o’qib beradilar.
1.Shamol nimalarga zarar yetkazdi?
2. Nima uchun qovunning boshi yorildi?
3.Nimalar zarar ko’rmadi? Nima uchun?
Mavzuga mos topishmoqlar aytiladi.
Darsning yakuni va baholash : Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.
Uyga vazifa : she’rni yod olib, she’rdagi meva ,sabzavot va poliz ekinlarini chizib kelish.
Zarafshon shahar 8-umumta’lim maktabi
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Ochilova Gavhar Sherali qizining
Odobnoma fanidan tayyorlagan
1 soatlik ochiq dars
ishlanmasi
Mavzu: Jonivorlarga g’amxo’rlik ezgu fazilat.Tabiatni asrash va e’zozlash.
Sana : 14.01.2019-yil
Sinf : 3-“G”
Fan : O’qish
Mavzu : ” Kumush qish ” bo’limi yuzasidan takrorlash
Darsning maqsadi :
Ta’limiy : o’quvchilarni bo’lim yuzasidan olgan bilimlarini mustahkamlash.
Tarbiyaviy : o’quvchilarni tabiatni sevishga o’rgatish.
Rivojlantiruvchi : o’quvchilarning bilimlarini rivojlantirish.
Tayanch kompetensiya : O’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi.
Fanga oid kompetensiya : matndan so’z va gaplarni tushuna oladi,asarda tasvirlangan voqea-hodisalar mazmunini tushuna oladi va qayta hikoya qila oladi.
Dars turi : mustahkamlovchi
Dars metodi : suhbat , savol-javob , boshqotirma , tarmoqlash.
Darsning jihozi : mavzuga mos mos rasmlar.
Darsning borishi :
Tashkiliy qism : a)salomlashish
b)sinf tozaligini tekshirish
c)davomatni aniqlash
d)fasl ,oy,sanani so’rash
O’tilgan mavzuni mustahkamlash :
BOSHQOTIRMA
D |
|
|
|
|
|
|
E |
|
|
|
|
|
|
K |
|
|
|
|
|
|
A |
|
|
|
|
|
|
B |
|
|
|
|
|
|
R |
|
|
|
|
|
|
1.Bosh kiyim: 5.14-fevralda tug’ilgan shoir
2.Soqolli hayvon 6.Sholg’omning singlisi
3.Qishni ta’riflang
4.Uy to’riga qo’yiladi
Y |
|
|
|
|
|
|
|
|
A |
|
|
|
|||||
N |
|
|
|
|||||
V |
|
|
|
|
|
|
|
|
A |
|
|
|
|
|
|
|
|
R |
|
|
|
|
|
1.31-dekabr qanday bayram
2.Ukaning kattasi
3.Cholg’u asbobi
4.Osmonda uchuvchi transport
5.Odamlarni tashuvchi transport
6.Yana bir cholg’u asbobi
F |
|
|
|
||||
E |
|
|
|
|
|||
V |
|
|
|
|
|
|
|
R |
|
|
|
||||
A |
|
|
|
|
|
|
|
L |
|
|
|
|
|
|
1.Sichqondan qo’rquvchi hayvon
2.Qishda kiyiladi
3.Bahorda uchiriladi
4.Qizil sariq ,yashil
5.Qishning oxirgi haftasi
6.Bir oyoqda turuvchi qush
MOMIQ
MUZ
SOVUQ
QOR AYAMAJIZ
OPPOQ
IZG’IRIN AYOZ
DEKABR SUMALAK
OPPOQ
KUMUSH
QOR PARCHASI YAXMALAK
Savol-javoblar qilinadi :
Biz qish faslida qanday bayramlar nishonlaymiz?
“ Qish “ matni qaysi manbadan olingan?
“ Qor “ she’rining muallifi kim?
O’tkir Hoshimovning qaysi hikoyasida Farhod ismli qizg’anchiq bola ishtirok etgan?
“ Bosh kitob “ qaysi kitob ekan?
“ Qish bo’lmasa-chi “ hikoyasining qahramonlarini ayting.
Bo’limga kiritilgan she’rlardan o’zingizga yoqqanini yod aytib bering.
Bo’limdagi qaysi asarda ahillik bilan ish olib borilganligi tasvirlangan? Ishtirokchilarini ayting. Ular nima ish qiladilar?
Darsning yakuni va baholash : darsda faol ishtirok etkan o’quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa: ” O’zbekiston posbonlari ” she’rini yod olish.
Sana :29.10.2018-yil
Sinf :3-“G”
Mavzu : ” Xalq og’zaki ijodi ” bo’limi yuzasidan takrorlash.
Darsning maqsadi :
Ta’limiy : o’quvchilarning bo’lim yuzasidan olgan bilimlarini mustahkamlash
Tarbiyaviy : o’quvchilarni vatanni asrashga,mehnatsevarlikka,halollikka, ahillikka
o’rgatish
Rivojlantirish : o’quvchilarning bilimlarini rivojlantirish
Tayanch kompetensiya : Milliy va umuminsoniy,o’zini o’zi rivojlantirish kompetensiya
Fanga oid kompetensiya :ertak, topishmoq, maqol,tez aytish,she’rlarni o’qib tushunadi,
mazmunini aytib bera oladi, yoddan aytib bera oladi.
Dars turi : mustahkamlovchi
Dars metodi : ” Zinama – zina ” , “ Klaster ” , suhbat , savol-javob
Darsning jihozi : mavzuga mos rasmlar, ko’rgazmalar
Darsning borishi :
Tashkiliy qism : a)salomlashish
b)sinf tozaligini tekshirish
c)davomatni aniqlash
d)fasl,oy ,kunni so’rash
O’tilgan mavzuni mustahkamlash va uyga vazifani so’rash :
1.Tez aytishlarni kimlar yaratadi?
2.Tez aytish bizga nima uchun kerak?
3.Yodlab kelgan tez aytishlaringizni ayting
Yangi mavzu bayoni :
Test
1.Xalq og’zaki ijodi turi qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
A)dostonlar B)maqollar C)topishmoqlar D)barcha javoblar to’g’ri
2.Botir merganni podshohga kim chaqib beradi?
A)Botir B)chaqimchi C)mergan D)qo’shnisi
3.Kambag’al dehqon necha xum tilla topib oladi?
A)bir xum tilla B)besh xum tilla C)tilla topmaydi D)bir dona tilla
4.”Ahillik - ulug’ baxt ” ertagi qaysi xalqga mansub?
A)o’zbek B)tojik C)qirg’iz D)rus
5.” Danakvoy “ ertagining muallifi kim?
A)Yayra Sa’dullayeva B)Erkin Malik C)Aziz Abdurazzoq D)Xurshid Davron
6.Buzoqcha nima uchun bo’riga yem bo’ldi?
A)qaysarligi uchun B)ochko’zligi uchun C)arazlab ketgani uchun D)to’g’ri javob yo’q
Dam olish daqiqasi
Yozdik yozdik charchadik,
Ruchka qo’ydik dam oldik.
Bir, ikki, uch,
Barmoqlarga kirsin kuch.
Savollar
1.Xalq og’zaki ijodidan qo’shiqlar ayting.
2.Allalardan misollar keltiring?
3.” Bo’linganni bo’ri yer ” maqoli qaysi masalda keltirilgan?
4.Bo’limda chaqimchi haqida qaysi ertakni o’qidingiz ?
5.” Donishmand yigit ” ertagidan qanday xulosa chiqardingiz?
Klaster metodi:
Topishmoqlar
Qishda terlab ishlaydi,
Boshqa mahal qishlaydi. (Pechka)
Oyna emas,jimirlar,
Tek turolmas,qimirlar. (Suv)
Tikuvchiga o’rtoq o’zi,
Bittagina jajji ko’zi. (Igna)
Aytsalar oyim bizga,
Uyqu keladi ko’zga. (Alla)
Dum dumaloq,barkash non,
Ko’kyuzida ,suzadi. (Oy)
Olsam o’ng qo’lga,
Tushadi yo’lga. (Ruchka)
Pishsa bemaza,
Pishmasa maza. (Bodring)
Ajib ishlar bo’ladi ,
Uxlaganlar ko’radi. (Tush)
Dum dumaloq ,bo’yi bor,
Palovda obro’yi bor. (Behi)
Gul emas u bog’langan,qilib dasta,
Yerni gulag aylantirar ,bir pasda. (Supurgi)
Dars yakuni va baholash: darsga faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.
Uyga vazifa: takrorlash
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.