1-Modem qurilmasi, uning turlari va takomillashtirish usullari
Оценка 4.8

1-Modem qurilmasi, uning turlari va takomillashtirish usullari

Оценка 4.8
docx
16.12.2021
1-Modem qurilmasi, uning turlari va takomillashtirish usullari
1-Modem qurilmasi, uning turlari va takomillashtirish usullari.docx

ADU fizika matematika fakulteti kasb- ta’limi (Informatika o’qitish metodikasi) yo‘nalishi bakalavr akademik darajasini oluvchi Dumanaliyeva Shohsanamning “Modem qurilmasi, uning turlari va takomillashtirish usullari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga 

 

 

Taqriz

 

Bugungi kunni Internetsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Barcha sohalarda Internet tarmog‘i keng qo‘llanilmoqda. Bularning asosi bevosita modem qurilmasiga bog‘liqdir. Kompyuter tarmoqlari paydo bo‘lgandan so‘ng unga oid texnik qurilmalar tez sur’atlarda rivojlanib, takomillashib bormoqda shuningdek modem qurilmasi ham. Ushbu tadqiqot ishi aynan zamonaviylashib, takomillashib borayotgan modem qurilmalariga bag‘ishlangan.

Tadqiqot ishi uchta bob, o‘n ikkita paragraf va xulosadan iborat bo‘lib tizimli ravishda, ilmiy asosda modemlar haqida to‘liq bayon etib berilgan. Barcha ishlarda bo‘lgani kabi bu ishda ham ob’yektning tarixi haqida fikrlar bayon etib berilgan. Unda bayon etilishicha modemlar ommaviy ravishda Amerika qo‘shma shtatlarida  1958 yildan ishlab chiqarila boshlangan. Ularning tezligi 300 bit/sek ga yetgan. Shuningdek modemlar qo‘llanishi bo‘yicha ham turlarga bo‘linishi ta’kidlab, ichki va tashqi modemlarga bo‘linishi keltirilgan. Yaqin o‘tmishga kelib PK uchun portativ (USB portli) modemlar ixtiro qilindi. Tadqiqot ishida modem ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning nomlari zikr qilinishi bilan birga ularning modellari, rasmlari va ular to‘g‘risida qisqa satrlarda izoxlar keltirib o‘tilgan.

Ikkinchi bob modem vositasida  ma’lumotlarni uzatish asoslari deb nomlangan. Bugungi kunda ommavishlashib borayotgan Wi-Fi modemlar to‘g‘risida, ularni router sifatida ham qo‘llanishi, qulayliklari, uni qanday standart sozlovga qaytarish ketme-ketligi bayon etib berilgan. Modemlar uchun eng muhim parametr bo‘lgan ularning protokollari (bayonnomalari) to‘g‘risida fikrlar bayon etiladi. Unda ta’kidlanishicha  ma’lumotlarni uzatish va modullash, xatolar ustida  ishlovchilar, ma’lumotlarni siquvchilar, DTE va DCE aloqa protokollari mavjudligi tushuntirilgan.

Uchinchi bob bugungi kunda zamonaviylashib ulgangan 4G LTE modemlar to‘g‘risida bo‘lib ularning qulayligi, istiqbollari, turli aloq operatorlari tomonidan ishlab chiqilgan 4G modemlar, ularning farqlari to‘g‘risida ilmiy fikrlar bayon etiladi. Kelajakda 5 G texnologiyasi ishlashi, uning qanday kuch-qudratga egaligi, O‘zbekistonda uning test varianti Toshkent shaxrida  o‘tkazilganligi  tushuntiriladi.

 Ushbu Modem qurilmasi, uning turlari va takomillashtirish usullari nomli tadqiqot ishini bakalavr bitiruv malakaviy ish talablariga mos kelishini hisobga olgan holda, Davlat Attestatsiya xay’ati muhokamasiga qo‘yishga loyiq deb hisoblayman.

 

AndMI f.m.n. dotsent                                       M.Mirzayeva


 

ADU fizika matematika fakulteti kasb- ta’limi (Informatika o’qitish metodikasi) yo‘nalishi bakalavr akademik darajasini oluvchi

ADU fizika matematika fakulteti kasb- ta’limi (Informatika o’qitish metodikasi) yo‘nalishi bakalavr akademik darajasini oluvchi

Unda ta’kidlanishicha ma’lumotlarni uzatish va modullash, xatolar ustida ishlovchilar, ma’lumotlarni siquvchilar,

Unda ta’kidlanishicha ma’lumotlarni uzatish va modullash, xatolar ustida ishlovchilar, ma’lumotlarni siquvchilar,
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
16.12.2021