Публикация в СМИ для учителей

Публикация в СМИ для учителей

Бесплатное участие. Свидетельство СМИ сразу.
Мгновенные 10 документов в портфолио.

Иконка файла материала 9-sinf jahon tarixi 1-bob testi.doc

9-SINF JAHON TARIXI

 

I BOB

 

1. XIX asr oxirida AQSHda monopolistlar soni nechtani tashkil qilgan?

A) 200             B) 185              C) 250             D) 195

2. XX asr boshlarida Fransiyada nechta bank gigantlar faoliyat ko’rsatgan?

A) 1     B) 2     C) 3     D) 4

3. XIX asr oxirlarida AQSH iqtisodiy hayotini nazorat qilib turgan “katta uchlik” oilalariga quyidagilaridan qaysi biri kiradi?

1) Rotshildlar; 2) Morgan; 3) Dyupon; 4) Karnegi; 5) Garriman; 6) Rokfeller

A) 1,2,4           B) 2,4,6           C) 1,3,5           D) 3,4,6

4. Quyidagi qaysi davlatning chetga chiqargan kapitali 1875-1900-yillarda 2 barobar o’sgan?

A) Buyuk Britaniya    B) Fransiya      C) Yaponiya

D) AQSH

5. “Umumiy elektr jamiyati” qaysi davlatda tuzilgan?

A) Rossiya       B) Fransiya      C) Germaniya D) AQSH

7. XIX asr oxirlarida AQSH quyidagi hududni anneksiya qilgan?

A) Puerto-Riko            B) Gavayi orollari      C) Filippin

D) Alyaska

8. Quyidagi qaysi monopoliya shakli bir turdagi mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar birlashmasini o’z ichiga oladi?

A) Kartel         B) Sindikat      C) Konsern      D) Trest

9. Manfaatlar umumiyligi aosida uyushgan korxonalarning yirik birlashmasi qanday nomlanadi?

A) Kartel         B) Sindikat       C) Konsern     D) Trest

10. Parij nechanchi yildan boshlab 20 yil davomida qurilish maydoniga aylangan?

A) 1854-yil      B) 1845-yil      C) 1856-yil      D) 1853-yil

11. XIX asr o’rtalarida Buyuk Britaniya parlamenti jamoa palatasining 652 a’zosidan nechtasi yer mulkdorlari edilar?

A) 489             B) 456             C) 453             D) 467

12. “Industriya” lotincha so’z bo’lib, qanday ma’noni anglatadi?

A) sanoat         B) tayyorlayman   C) faoliyat   D) ishtirok

13. Monopolistik kapitalizm nima?

A) iqtisodiy hayotda monopoliyalar vujudga kelgan, moliya oligarxiyasi shakllangan, siyosiy hayotda esas ularning davlat va xalq ustidan hukmronligi o’rnatilgan bosqich

B) ishlab chiqarish yoki savdoning bir sohasida yakka hukmronlikni egallab olgan ulkan korxona yoki shunday korxonalar birlashmasi

C) tovar chqiarishdan ko’ra, chet mamlakatlarga kapital chiqarish, ya’ni ularga yuqori foiz evaziga kreditlar berish

D) industrial davlatlarning mustamlakachilikdan iborat tashqi siyosati

14. Germaniyada Reyn-Vestfaliya ko’mir sindikati tashkil topgan yili O’rta Osiyoda …

A) Andijonda jaded maktabi ochildi

B) Buxoro amirligida 50 ga yaqin jaded maktablari yopib qo’yildi

C) Amudaryo flotiyasi tashkil qilindi

D) O’rta Osiyo Olimlar jamiyatining faoliyati to’xtatildi

15. XIX asr oxirida Germaniyada monopoliyalar soni qancha bo’lgan?

A) 180 ga yaqin           B) 200 ga yaqin

C) 250 dan ortiq         D) 600 ga yaqin

16. XX asr boshlarida AQSHda nechta gigant banklar mavjud bo’lgan?

A) ikkita          B) uchta           C) to’rtta        D) beshta

17. Maqsadi pul jamg’armalarini vujudga keltiruvchi, jamlash, taqsimlash va ishlatish bilan bog’liq munosabatlar nima deyiladi?

A) sanoat         B) kartel           C) moliya        D) konsern

18. XIX asrning oxirida AQSH iqtisodiy hayotini nazorat qilib turuvchi oilalardan “katta uchlik” qaysi sohalarda yetakchilikni qo’liga olgan edi?

A) neft, moliya, po’lat

B) paxta, og’ir sanoat, elektr

C) elektr, to’qimachilik, neft

D) moliya, paxta, elektr

20. Qay tariqa XX asr boshlarida AQSHda yirik miqdordagi boylikning qudrati ikki kishida – Morgan va Rokfellerda mujassanlashdi?

A) chetga tovarlarni emas, balki kapital chiqarganligi sababli

B) dunyodagi barcha elektr tizimini bo’lib olganidan so’ng

C) AQSHning katta mustamlakalarga ega bo’lganidan so’ng

D) Karnegi o’zining ko’p millionli mulkini so’tganidan keyin

21. XX asr boshlarida AQSHda Rokfellerning neft tresti mamlakatdagi neft mahsulotlarining … foizini ishlab chiqarardi, Morganning po’lat tresti esa po’latning … foizini berardi.

A) 90, 66         B) 77, 86          C) 86, 62         D) 92, 69

22. XX asr boshiga kelib monopolistik davlatlarning chetga chiqaradigan ishlab chiqargan mahsuloti emas, ko’proq … foyda keltira boshladi.

1) chet mamlakatlarga kapital chiqarish, ularga yuqori foiz evaziga kreditlar berish; 2) xomashyoni chet eldan olib kirish; 3) tabiiy boyliklarni arzonga sotib olish; 4) chet ellarda eng arzon kuchi hisobiga boylik orttirish imkonini beruvchi korxonalar qurish

A) 1,2,3           B) 1,2              C) 1,3,4           D) 2,4

23. XIX asr oxirida qay tariqa kapitalning yangi shakli – moliya kapitali vujudga keldi?

A) bank kapitali bilan sanoat kapitalining birlashib ketishi natijasida

B) bank gigantlarning tashkil topishi va barcha kapitalni o’z qo’lida to’plashi natijasida

C) ishlab chiqarish yoki savdoning bir sohasida yakka hukmronlikni egallab olgan ulkan korxonalarning birlashuvi natijasida

D) industrial davlatlarning mustamlakachilikdan iborat tashqi siyosati natijasida

24. 1875-1900-yillarda Fransiyaning chet ellarda joylashtirgan kapitali … barobar, Germaniyaniki esa … barobar oshgan.

A) 2 / 2,25       B) 2,25 / 7,5     C) 7,5 / 2,5       D) 3,15 / 5,5

25. Xalqaro monopoliyalar o’rtasida jahon xo’jaligi va boyligini nazorat qilish uchun kurash natijasida qaysi moliya guruhlari ikki moliya guruhi jahonning kerosin bozorini bo’lib olgan?

A) Rokfeller va Rotshildlar guruhi

B) Morgan va Rokfellerlar guruhi

C) Morgan va Karnegilar guruhi

D) Rotshild va Krupplar guruhi

26. Ulkan monopoliylar – “Umumiy elektr kompaniyasi” va “Umumiy elektr jamiyati” o’rtasida jahon elektr bozorini bo’lib olish va o’zaro hamkorlik qilish to’g’risida shartnoma tuzilgan yili O’rta Osiyoda …

A) Munavvar Qori Turkiston o’lkasidagi ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy harakatning ishtirokchisiga aylandi

B) A.V.Samsonov Turkiston general-gubernatori lavozimiga tayinlandi

C) Xiva xonligida Matyoqub pishiq rahnamoligida qo’zg’alon ko’tarildi

D) “Shuhrat” gazetasi tashkil qilindi

28. XIX asrda AQSH nima sababdan mustamlakalar zabt etishga ishtiyoq bildirmadi?

A) juda katta hudud, boy xomashyo zaxiralari, keng ichki bozorga ega bo’lganligi uchun

B) AQSH kuchaygan paytda dunyoning deyarli barcha “bo’sh” yerlari Yevropa mustamlakachilari tomonidan bo’lib olganligi uchun

C) xalqaro urushlarga tayyor bo’lmaganligi uchun

D) AQSH aholisining deyarli hammasi boshqa hududlardan borib qolgan immigrantlar bo’lganligi uchun

29. XIX asrning oxiriga kelib iqtisodiy ko’rsatkichlar bo’yicha Yevropada birinchi, dunyoda AQSHdan keyingi ikkinchi o’rinni muqim egallab olgan davlatni aniqlang.

A) Angliya       B) Fransiya      C) Germaniya D) Italiya

30. XIX asrning oxiriga qaysi davlat Filippinni bosib olib, Puerto-Riko va Guam orollarini o’zining yarim mustamlakasiga aylantirdi?

A) Buyuk Britaniya      B) Fransiya      C) AQSH

D) Germaniya

31. Mustamlakachilik siyosati natijasida, XIX asrning oxiriga kelib …

A) Germaniya Amerika qit’asida o’z mustamlakalariga ega bo’lib oldi

B) industrial davlatlar tomonidan “egallanmagan yerlar”ni bosib olish olish yakunlandi

C) industrial davlatlar o’rtasida qurollanish poygasi yakuniga yetdi

D) Germaniya dunyoning birinchi davlatiga aylandi

32. XIX asr oxirida yetakchi industrial davlatlar qatoriga chiqib olgan Germaniya ko’proq qaysi davlatlarning g’azabini keltirgan?

A) AQSH va Ispaniya              B) Belgiya va Gollandiya

C) Angliya va Fransiya           D) Avstriya va Shvetsriya

33. XIX asr oxirida ochiq qurolli ekspansiyadan ko’ra boshqa davlatlarga, birinchi navbatda, Lotin Amerikasi mamlakatlari iqtisodiga kirib borishni afzal ko’rgan davlatni aniqlang.

A) Angliya       B) Ispaniya      C) Germaniya  D) AQSH

34. Quyidagi qaysi davlatda monopoliyachilar “tojsiz qirollar” deb yuritilgan?

A) Angliyada   B) Fransiyada  C) Germaniyada

D) AQSHda

35. “Imperializm” atamasi dastlab qanday mazmunga ega bo’lgan?

A) industrial davlatlarining mustamlakachilikdan iborat tashqi siyosati

B) asosiy qadriyati texnika tarqqiyoti bo’lgan sivilizatsiya

C) shaharlarning juda tez o’shishi

D) ishlab chiqarish yoki savdoning bir sohasida yakka hukmronlikni egallab olgan ulkan korxonalarning birlashuvi

36. Quyidagi qaysi atamalar bir-biriga mazmunan mos keladi?

A) kartel-monopoliya   B) urbanizatsiya-sindikat

C) imperializm-monopolistik kapitalizm

D) industriya-anneksiya

37. Quyidagi qaysi atama “ozchilik hokimiyat” degan ma’noni anglatadi?

A) monopoliya B) trest C) oligarxiya  D) aristokratiya

38. Italyancha “qog’oz”, “hujjat” ma’nolarini anglatadigan atamani aniqlang.

A) konsern      B) trest             C) moliya        D) kartel

39. Ishlab chiqarish va savdoni o’zlaricha emas, markaziy boshqaruv qarori asosida faoliyat olib boradigan korxonalar birlashmasi nima deyiladi?

A) konsern      B) trest            C) moliya        D) kartel

40. XIX asr oxiri – XX asr boshida qaysi davlatda “Kruppga nima yaxshi bo’lsa, u mamlakat uchun ham yaxshi” degan ibora yetakchi kuchga aylandi?

A) AQSHda     B) Germaniyada         C) Fransiyada

D) Angliyada

41. Industrial sivilizatasiya bu - …

A) asosiy qadriyati texnika taraqqiyoti bo’lgan sivilizatsiyadir

B) ishlab chiqarish va savdoni o’zlaricha emas, markaziy boshqaruv qarori asosida faoliyat olib boradigan jamiyat

C) mustamlakachilikka asoslangan sivilizatsiyadir

D) ishlab chiqarish yoki savdoning bir sohasida yakka hukmronlikni egallab olgan ulkan korxonalar jamiyati

42. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida shaharlarning tezlik bilan o’sishiga olib kelgan omillarni aniqlang.

1) qishloq xo’jaligida texnikani qo’llash natijasida bir qism qishloq aholisining ishsiz qolishi, ularning ish izlab shaharlarga ketishi; 2) kichik shaharlarda mayday savdogarlar va hunarmandchilik ishlab chiqarishning pasayib ketishi, trasnportdagi o’zgarishlar, temiryo’llar qurilishi, sanoat markazlarining yirik shaharlarga ko’chishi; 3) yuz yillar davomida o’z yerlarida yashab kelgan aholi o’z yerlarini tashlab shaharlarga keta boshlashi; 4) shaharlarda asosiy tabiiy boylik bo’lgan konlarning topilishi; 5) qishloq va shahar mavqeining tenglashib borishi

A) 1,3,5           B) 2,4,5           C) 1,2,3           D) 3,4,5

43. Quyidagi qaysi atamalar bir-biriga mazmunan mos keladi?

A) konsentratsiya-monopoliya

B) urbanizatsiya-sindikat

C) industrial sivilizatsiya-industrial jamiyat

D) industrial jamiyat-anneksiya

45. Shaharlarning shitob bilan rivojlanish jarayoni qaysi davlatda boshqalarga qaraganda ertaroq boshlandi?

A) Fransiyada  B) AQSHda     C) Germaniyada

D) Buyuk Britaniyada

46. Shaharlarning shitob bilan rivojlanishi – urbanizatsiya jarayonining avj olishi Germaniyada va AQSHda qachon boshlandi?

A) XIX asrning 70-yillarida

B) XIX asrning 30-40-yillarida

C) XIX asrning 80-90-yillarida

D) XIX asrning 50-yillarida

47. Shaharlarning shitob bilan rivojlanishi davrida Parij aholisi 1850-yili … bo’lsa, 1880-yilda esa … kishidan iborat bo’ldi.

A) 2 mln, 4 mln            B) 1,5 mln, 2,5 mln

C) 1 mln, 2 mln           D) 2,5 mln, 3,5 mln

48. XIX asr oxiriga kelib, Parij shahrida qanday o’zgarishlar vujudga keldi?

A) ichimlik va oqova suv tarmoqlari, tramvay va metro qurildi

B) stadion, hukumat qasrlari, davlat muassasalari idoralari qurildi

C) bog’lar yaratildi, aeroport, aerodrom, metro singari transport harakati ob’yektlari bunyod etildi

D) tosh ko’chalar paydo bo’ldi, gotik uslubidagi binolar qurilishi avj oldi

49. 1906-1916-yillarda Buyuk Btitaniya vazirlarning qanchasi elita bilim yurtlari bitiruvchilari edi?

A) 1/4 qismi     B) yarmi          C) 1/5 qismi     D) 2/3 qismi

50. XIX asrda jamiyat hayotining muhim voqealaridan biri bu - …

A) “o’rta qatlam”ning shakllanishi bo’ldi

B) aristokratiya vakillarining o’rta qatlam bilan aralashib ketishi bo’ldi

C) deyarli barcha davlatlarda monarxiya tuzumi ag’darildi

D) havo kemalaridan amalda foydalanila boshlandi

51. XX asr boshlarida qaysi omil aristokratiyaning burjuaziya bilan qo’shilib ketishiga olib keldi?

A) ko’pgina yerlarning davlat va monopoliyalar hisobiga o’tkazilishi

B) ko’pgina mulkidan ayrilgan eski aristokratlar yangi boylar bilan qarindosh tutinishi tufayli

C) yangi monopolistik kompaniyalarining tashkil topishi natijaida

D) ko’plab qishloq aholisining shaharlarga ko’chishi natijasida

52. XIX asrning ikkinchi yarmida vujudga kelgan o’rta qatlam vakillari orasida, ayniqsa, qaysi toifasi ajralib turgan?

A) injenerlar    B) ixtirochilar  C) huquqshunoslar

D) ofitserlar

53. XIX asr oxiri – XX asr boshida paydo bo’lgan “ishchilar aristokratiyasi”ga kimlar mansub bo’lgan?

A) ko’pgina mulkidan ayrilgan eski aristoklar

B) yangi korxonalar tashkil qilingan ishbilarmonlar

C) hukumat ruxsatnomasiga ega bo’lgan tadbirkorlar

D) ko’proq haq olib ishlaydigan malakali mutaxasis ishchilar

54. XX asr boshlarida “ishchi aristokratiyasi” qaysi davlatda umumiy ishchilar sonining uchdan birini tashkil qilgan?

A) Angliya      B) Italiya          C) AQSH      D) Yaponiya

55. XX asr boshlarida sanoat ishchilarining soni jihatidan birinchi o’rinni egallagan davlatni aniqlang.

A) Angliya       B) Fransiya      C) AQSH      D) Germaniya

56. XX asr boshlarida AQSHda umumiy sanoat ishchilarning …, Germaniyada esa … malakali ishchilar edi.

A) 1/5 qismi, 40 foizi  

B) 2/3 qismi, yarmidan ko’prog’i

C) deyarli barchasi, 42 foizi     

D) 71 foizi, 48 foizi

57. Urbanizatsiya so’zining ma’nosi nima?

A) shaharliklar B) ko’chib o’tish       C) sanoat

D) shaharga mansub

58. 1907-yil Germaniyada sanoat ishchilarining soni qanchaga yetdi?

A) 8,6 mln       B) 3 mln           C) 6,4 mln       D) 11 mln

59. XX asr boshida AQSH da necha nafar sanoat ishchisi mavjud edi?

A) 10,4 mln nafar       B) 9,7 mln nafar

C) 12 mln                    D) 7,1 mln nafar

60. XIX asr oxirida yirik davlatlar tomonidan bosib olingan mustamlakalar hududlari to’g’ri joylashtirilgan qatorni toping

1) Buyuk Britaniya; 2) Fransiya; 3) Germaniya; 4) AQSH

a) 33,5 mln kv. km; b) 10, 6 mln kv. km; c) 2,9 mln kv. km; d) 0,3 mln kv. km

A) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b     B) 1-d, 2-a, 3-b, 4-c

D) 1-b, 2-c, 3-d, 4-b     D) 1-a, 2-b, 3-c, 4-b