Reja:
1.O’zbek xalq musiqa ijodi.
2.O’zbek xalq musiqa va qo’shiqchilik ijodiyoti.
3.An’anaviy musiqa shakllari bilan tarixiy-nazariyoti
Tayanch so‘z va iboralar: folklor, ma'naviyat, аn'anaviy musiqa, moddiy madaniy meros, kompozitor, simfonik musiqa, «O‘n ikki maqom», syuita, poema, orkestr, uvertyura, opera.
1. O’zbek xalq musiqa ijodi. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning asоsiy ustuvоrligidan biri – bu fanlararо bоg’liklikni yo’lga qo’yishdir. Musiqa – san’atning bir turi. U san’atning yana bоshqa turlari bilan musiqa chambarchas bоg’liqdir. Masalan musiqa darslarini raqs, shе’riyat (adabiyot), badiiy san’at va san’atning bоshqa turlari, undan tashqari jismоniy tarbiya, tasviriy san’at va bоshqalar bilan qo’shib оlib bоrish nazarda tutilgan. Bu masala «Uchinchi mingyillikning bоlasi» tayanch dasturi va o’kuv qo’llanmada ham alоhida ta’kidlanadi.
Birinchi Prezidentimiz aytganidek har bir o’quvchini komil inson qilib tarbiyalab, jamiyat uchun kerakli kadr qilib tayorlash bugunning dolzarb masalasi. Shu o’rinda Abu nasr Farobiyning bir fikrini keltirib o’taman.” Insoniy vujuddan maqsad – eng oliy baxt saodatga erishuvdir. Baxt - saodatga erishuv va tug’ma qobiliyatlarning rivojlanishi o’z – o’zicha bo’lavermaydi, balki bu masalada qandaydir bir muallim yoki raxbarga muxtojlik tug’iladi.”
2. O’zbek xalq musiqa va qo’shiqchilik ijodiyoti. Xalqimiz azal-azaldan to‘y hashamlarda, bayramlarda, o‘ziga xos yig‘inlarda va yil fasllari bayramlarida xalq qo‘shiqlari, raqslari va harakatli o‘yinlari bilan mashg‘ul bo‘lib kelgan. Hozirgi kunga kelib bu qo‘shiqlarning ijrochilari fol'klor qo‘shiqlari ijrochilari deb atalmoqda. Xolbuki, bu qo‘shiqlar ijrochilari asosan qishloq joylarda, viloyatning uzoq chekka hududlarida joylashgan joylarda yashab, hozirda milliy urf-odatlarimiz, rasm-rusumlarimiz o‘z holicha saqlanib qolishida o‘zak sifatida xizmat qilmoqdalar.
Halq qo‘shiqlarini o‘rganishda e'tibor qaratiladigan tomonlar: ijrochining kimligi, jinsi, kasbi, agar zarurat bo‘lsa xulq atvori kabi jihatlariga e'tibor qilish lozim. Fol'klor qo‘shiq ijrochilari halqimiz orasida o‘ziga xos xarakterli kishilar bo‘lib, qo‘shiq ijrosi davomida yilning fasli, haftaning kuni, kunning qaysi vaqti ekanligini, davraning kimlardan iboratligini hattoki, dasturxondagi qo‘yilgan taomlar, o‘tirgan ko‘rpachasi, xonadonning shakli, yonida o‘tirganlarning turqu-tarovati, bo‘-yu-basti, agar ta'bir joiz bo‘lsa, qoshu-ko‘zini ham hisobga oladilar. Shuning uchun ham agar biror qo‘shiq yozib olinadigan bo‘lsa, ijrochining to‘liq ismi familiyasi (zarur bo‘lsa laqabi) albatta yozilishi shart. Zamonaviy texnikadan foydalangan holda yozib olishda esa, ehtiyotkorlik qilmoq lozim, ya'ni qo‘shimcha tovushlar, shovqinlar, ortiqcha bezaklar berilmasligi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Folklor qo‘shiqni yozishning eng asosiy qoidasi sheva buzilmasligi shart.
3.An’anaviy musiqa shakllari bilan tarixiy-nazariyoti. Buyuk Turon zaminida musiqa madaniyati va ijrochilik san'atining rivojlanishi qadim zamonlarga bog‘lanib ketadi. Buyuk sharq allomalari Muhammad Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Ali ibn Sino, Pahlavon Mahmud, Umar Hayyom, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Pahlavon Muhammad, Najmiddin Kavkabiy, Darvish Ali Changiy va boshqa ulug‘ bobokalonlarimiz o‘zlarining risolalarida ijrochilik sanhati, musiqa ilmi va tarixi, cholg‘u sozlarining tuzilishi, ijroviy uslublari, sanhatkorlik qonun - qoidalariga oid qimmatli ma'lumotlarni bayon etib ketganlar. Mashhur didaktik asar «Qobusnoma»da ham hofizlik va san'atkorlikning qoidalariga bag‘ishlangan alohida bob o‘rin olgan.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.