4-mavzu. Fanning pedagogika va san’at tizimidagi o’rni.
Оценка 4.6

4-mavzu. Fanning pedagogika va san’at tizimidagi o’rni.

Оценка 4.6
Лекции
docx
искусство
Взрослым
06.05.2021
4-mavzu. Fanning pedagogika va san’at tizimidagi o’rni.
Fanning pedagogika va san’at tizimidagi o’rni.
4-mav.docx

4-mavzu. Fanning pedagogika va san’at tizimidagi o’rni.

Reja:

 

  1. Xalq qo’shiqchiligi an’analari
  2. An’anaviy musiqa ijodining yuzaga kelishi.
  3. Ijtimoiy-iqtisodiy hamda ma’naviy omillarning o’zgarib borishi.

 

Tayanch so‘z va iboralar:  folk­lor, ma'naviyat, аn'anaviy musiqa, moddiy madaniy meros, kompozitor, simfonik musiqa, «O‘n ikki maqom», syuita,  poema, orkestr, uvertyura, opera.

1.Xalq qo’shiqchiligi an’analari XVI asr oxiri XVII asrda Shayboniylar hukmdorligi davrida Buxoroga turli yerlardan san'atkorlarni olib kelib to‘plash davom ettiriladi. Ubaydulloxon (o‘zi shoir sifatida devon qoldirgan) hirotni bosib olganda mashhur Hofiz Axiy Garaviyni Buxoroga oldirib keladi va Garaviy Buxoroda maqom ijrochilari maktabini tashkil qiladi. Darvish Alining sho­hid­lik berishicha Axiy Garaviy maktabida Xo‘ja Hamza Toshkandiy, Xo‘ja Bobo changiy, Darvish Mahmudiy Andijoniy, Hofizi Ushshoqiy kabi Movarounnahrning turli joylaridan kelgan hofizlar tarbiyalanganlar. XVII -asrning yirik sozandasi, musiqa tarixchisi va nazariyotchilaridan biri Darvish Ali Changi bo‘ldi. U 12 bo‘limdan iborat «Risolaiy musiqi» asarini yaratdi. Bu asar o‘sha davr musiqa tarixini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Unda maqomlar, maqomlarning sho‘pbalari, usullariga va musiqa nazariyasiga keng to‘xtaydi. Darvish Ali risolasiga turli davr­larda yashagan sozandalar haqida va o‘sha zamon musiqa asboblari tanbur, chang, nay, qo‘shnay, qonun, ud, barbad, rubob, qo‘buz, rud, g‘ijjak, ishrat,kungura, dutor, setor, surnay, bolobon, nog‘ora, karnay, doira kabi sozlar to‘g‘risida keng mahlumot beradi. Bu davrda yana nomahlum mualliflar tomonidan «Risolatun fiilmil musiqiy», «Risolai karamiya» kabi musiqa nazariyasiga oid asarlar ham yoziladi.

XVII-asrning ikkinchi yarmiga kelib musiqa san'ati yana tushkunlikka tushadi. Movarounnahrning uch xonlik va amirlikka bo‘linib ketilishi sezilarli tahsirini ko‘rsatadi. Buning natijasida madaniy-musiqiy hayotda ajralishlar ro‘y beradi. Shunga qaramasdan XIVa xonligida, Buxoro amirligida, Qo‘qon xonligidagi musiqiy san'at muhiti o‘z holicha davom etdi va birmuncha muvaffaqiyatlarga ham erishildi.

2. An’anaviy musiqa ijodining yuzaga kelishi. O‘tmishda nota yozuvi bo‘lmaganligi sababli og‘izdan og‘izga o‘tib kelgan mavjud xalq mumtoz kuy va qo‘shiqlari endilikda notaga olingan bo‘lib, bu xayrli ishni V.A. Uspenskiy, ye.Ye. Romanovskaya, I.A. Akbarov, M. Yusupov, akademik Yunus Rajabiy singari allomalar amalga oshirdilar. Bu borada, ayniqsa, ustoz Yunus Rajabiyning xizmatlari beqiyosdir. Natijada «O‘zbek xalq muzikasi», «Shashmaqom», «Xorazm maqomlari», «Gulyori Shaxnoz» singari ko‘p jildli qator musiqiy to‘plamlar dunyoga keldi va xalqimizning chinakam ma'naviy boyligiga aylandi.

Ushbu to‘plamlarda maqomlarni va xalq anhanaviy qo‘shiqlarini nasr va mushkulot, aytim va chertim yo‘llarini ustoz hofizlar va mohir sozandalar ajoyib sayqallar berib ijro etishib kelmoqdalar. Yana shuni aytish joizki, xalqimizning ulkan musiqa merosini, folpklor san’atini ilmiy tahlil qilib, uni xalqqa yetkazish borasida musiqashunos olimlarimizning ham xizmatlari katta bo‘lib, o‘zlarining kitob va mono­grafiyalarida, qo‘llanma, darsliklarida, maqola va chiqish­lari­da ilmiy nuqtai nazar bilan asoslab bermoqdalar. Bu borada Fayzulla Karomatov, Ilyos Akbarov, Isxoq Rajabov, To‘xtasin G‘ofurbekov, Rustambek Abdullayev, Abdumannon Nazarov, Oqilxon Ibrohimov, Otanazar Matyoqubov, Ravshan Yunusov singari taniqli musiqashunoslarimizning mehnatlari beqiyosdir.

            O‘lkamizda musiqiy merosimizning ajralmas qismi bo‘l­mish hofizlik azaldan muqaddas sanalgan. Islom olamida muqaddas kitobimiz bo‘lmish «Qur'on» oyatlarini dilga jo qilib, uning zeri - zabarlari bilan yoddan ijro etgan allomalarni «hofizi Qur'on» deb yuritganlar.

«Hofiz» arabcha so‘z bo‘lib, «yodda saqlamoq» ma'nosini anglatadi. Hofiz - Ollohning 99 ismlaridan biri deb ham ta'riflanadi. Mumtoz hofizlarimiz islomiy bilimlardan hamda badiiy she'riyatdan xabardor bo‘lganlar. Shuning uchun ham ular ijro etgan qo‘shiqlar nihoyat ta'sirchan bo‘lib, tinglovchilarni o‘zlariga rom eta olgan. Mumtoz shoirlarimizning beqiyos ma'noga  ega bo‘lgan g‘azallarini kuyga solib, ijro etgan qo‘shiqlari uchun «Hofiz» degan nomga musharraf bo‘lishlari ham qandaydir ramziy ma'no kasb etishi tabiiydir.  XX asrning 20-30-yillariga kelib an'anaviy qo‘shiqchiligimizga ikkinchi bir avlod kirib keldiki, bu ulug‘ hofizlarimiz san'atimiz xazinasini o‘zlarining mumtoz qo‘shiqlari bilan boyitdilar. Ularning muborak nomlarini hurmat va ehtirom bilan zikr etib o‘tish joizdir. Xorazm vohasidan Matpano ota Xudoyberganov, Kurji ota Avazmatov, Madrahim Yoqubov (Sheroziy), Jumaniyoz Xayitboyev, Hojixon Boltayev, Komiljon Otaniyozov, Buxoro, Samarqanddan Ota G‘iyos Abdulg‘ani, Mixail Tolmasov, qori Karomat, Tillaboy hofiz, Usta Shodi, Tojixon hofiz, Boruh Zerkiyev, Toshkent­dan Shorahim Shoumarov, Inog‘om va Ilhom hofizlar, Abdulqahhor, Sultonxon, Yunus Rajabiy, Boboxon va Akmalxon So‘fixonovlar, Xo‘janddan To‘raxo‘ja hofiz, Abduqayum hofiz, Karimjon hofizlar, Farg‘ona vodiysidan Hamroqul qori To‘raqulov, Erka qori Karimov, Bolta hofiz Rajabov, Mamadbobo Sattorov, Sherqo‘zi Boyqo‘ziyev, Haydarali Hikmatov, Xolqora hofiz, Berkinboy Fayziyev, Abdulla Fayzullayev, Jo‘raxon Sultonov, Mahmurjon Uzoqov, Ortiqxo‘ja Imomxo‘jayev, Akbar Haydarov, Boborahim Mirzayev, Ashurali hofiz, Umrzoq polvon Saydaliyev singari hofizlar o‘zlaridan oldin ijro qilib o‘tgan ustozlarning qo‘shiqchilik san'atini davom ettirishib, an'anaviy ijrochiligimizda har birlari bir-biriga o‘xshamagan ajoyib ijro uslublarini ham yaratdilar, shu bilan birga, o‘zlari bastalagan asarlari bilan qo‘shiqchiligimiz xazinasini boyitdilar. Bu borada, ayniqsa, Xoji Abdulaziz Abdurasulov, Matpano Xudoyberganov, Xojixon Boltayev, Komiljon Otaniyozov, Jo‘raxon Sultonov, Yunus Rajabiy ijodlari bunga misol bo‘la oladi. Sodirxon hofiz ijro etgan «Ushshoqi Sodirxon» nomi bilan mashhur bo‘lib ketgan. Xoji Abdulaziz bastalagan «Guluzorim» qo‘shig‘i, Jo‘raxon Sultonov bastalagan va o‘zi ijro etgan «Guluzorim qani», «Naylayin» qo‘shiqlari anhanaviy merosimiz qatori musiqiy xazinamizdan mustahkam o‘rin oldi.

3. Ijtimoiy-iqtisodiy hamda ma’naviy omillarning o’zgarib borishi. Shu o‘rinda aytish lozimki, qo‘shiqchilik san'atimiz rivojiga o‘zbek bastakorlari va sozandalari o‘zlarining ulkan hissalarini qo‘shib kelmoqdalar. Yunus Rajabiy, To‘xtasin Jalilov, Imomjon Ikromov, Komiljon Jabborov, Saidjon Kalonov, Muhammadjon Mirzayev, Muxtorjon Murtazoyev, Faxriddin Sodiqov, Abduhoshim Ismoilov singari yuzlab bastakorlar yaratgan qo‘shiq va kuylar xalq mulkiga aylanib qoldi.

Yana shuni ta'kidlash lozimki, an'anaviy qo‘shiqchilik, yalla, lapar, o‘lan ijrochiligi rivojiga ayol hofizalarimizning qo‘shgan hissalari ham beqiyosdir. Ayollar ishtirokida o‘tadigan yig‘in va majlislarda ayol hofizalar xizmat qilishgan. Mashhur yozuvchimiz Abdulla Qodiriy «Mehrobdan chayon» romanida Qo‘qon xoni Xudoyorxon saroyidagi hofizalar to‘g‘risida aniq mahlumot beradi. Nusrat hofiz, Misqol hofiz, Tosh hofiz, Marg‘ilonlik Zeboxon, Botirboshi xola, Tillo hofiz, Tojixon hofiz, Xon og‘acha, Misoq og‘acha, Ulug‘ o‘yunchi, Rajabxon hofizlarning nomlari zikr etiladi. Keyinchalik ham bu an'analar davom ettirilib, Lutfixon aya, Adolatxon aya, Hadyaxon Hamdamova, Halimaxon Nosirova, Tamaraxonim, Saodat Qobulova, Zaynab Polvonova, Berta Davidova, Kommuna Ismoi­lova, Rahimaxon Mazohidova, Habibaxon Oxunova, Olmaxon hayitova singari zabardast hofizalarimizning qo‘shiqchilik bo‘stonidagi xizmatlari beqiyosdir. Ularning an'analarini hozirda yetuk, talantli hofizalar davom ettirmoqdalar.

XX asrning ikkinchi yarmiga kelib an'anaviy qo‘shiqchiligimiz guldastasi navbatdagi avlod qo‘liga o‘tdi. Orif hoji Alimaxsumov, Ochilxon Otaxonov, Orifxon hotamov, Muhammadjon Karimov, Odiljon Yusupov, Fattohxon Mamadaliyev, Tavakkal Qodirov, Murodjon Ahmedov, Ro‘zimat Jumaniyozov, Rasulqori Mamadaliyev, Faxriddin Umarov, Tolibjon Badinov, Quvondiq Iskandarov, Eson Lutfullayev, Alijon Hasanov, Nehmatjon Qulabdullayev, Otajon Xudoyshukurov, Bobomurod Hamdamov, Tojiddin Murodov, Kamoliddin Rahimov singari mashhur hofizlar shular jumlasidandir.

Buyuk istiqlolimiz sharofati bilan an'anaviy qo‘shiqchilik san'atimiz rivoj topmoqda. Ulug‘ ustozlar Jo‘raxon Sultonov, Mahmurjon Uzoqov, Hoji Abdulaziz Abdurasulov, Komiljon Otaniyozov, Fattohxon Mamadaliyev, Odiljon Yusupov, Tavakkal Qodirov, Otajon Xudoyshukurov nomlari bilan o‘tkazilayotgan respublika va vohalar yosh xonandalari ko‘rik tanlovlari, «Sharq taronalari» xalqaro musiqa anjumanida hofiz va xonandalarimizning erishayotgan muvaffaqiyatlari, «O‘zbekiston - vatanim manim» respublika qo‘shiqlar ko‘rik tan­lo­vi­ning an'anaviy tarzda o‘tkazilishi qo‘shiqchilik san'atimiz­ning kelajak avlod qo‘liga topshirishda ko‘prik bo‘lib xizmat qilmoqda. Bugungi kunda ustozlar an'anasini davom ettirishib, qator san'atkorlar muvaffaqiyatli ijod qilmoqdalar. Ular ustozlar maktabiga suyangan holda o‘zlariga xos ijro yo‘llari va uslublari bilan qo‘shiqchilik xazinasiga sezilarli hissa qo‘shmoqdalar.

Ota-bobolarimiz asrlar mobaynida ehzozlab, sayqal berishib, katta ijodiy izlanishlar bilan o‘z yelkalarida opichlab o‘tgan buyuk san’atimiz xazinasini, milliy qo‘shiqchilik ijrochiligi anhanasini ushbu asrda yetishib chiqadigan san’atkor avlod vakillari kelgusi asrlarga olib o‘tadilar degan umiddamiz.

 


 

Fanning pedagogika va san’at tizimidagi o’rni

Fanning pedagogika va san’at tizimidagi o’rni

Hofiz» degan nomga musharraf bo‘lishlari ham qandaydir ramziy ma'no kasb etishi tabiiydir

Hofiz» degan nomga musharraf bo‘lishlari ham qandaydir ramziy ma'no kasb etishi tabiiydir

Sharq taronalari» xalqaro musiqa anjumanida hofiz va xonandalarimizning erishayotgan muvaffaqiyatlari, «O‘zbekiston - vatanim manim» respublika qo‘shiqlar ko‘rik tan­lo­vi­ning an'anaviy tarzda o‘tkazilishi qo‘shiqchilik san'atimiz­ning kelajak avlod…

Sharq taronalari» xalqaro musiqa anjumanida hofiz va xonandalarimizning erishayotgan muvaffaqiyatlari, «O‘zbekiston - vatanim manim» respublika qo‘shiqlar ko‘rik tan­lo­vi­ning an'anaviy tarzda o‘tkazilishi qo‘shiqchilik san'atimiz­ning kelajak avlod…
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
06.05.2021