Mavzu:O`nli kasrga bo`lish
Darsning ta`limiy maqsadlari:
1.Ta`limiy maqsadi: O`quvchilarda o`nli kasrlar yechishga oid bilim va ko`nikma
hosil qilish
2.Tarbiyaviy maqsadi: O`quvchilarni dunyoqarashini kengaytirish aqliy
rivojlantirishga yordam berish.
3.Amaliy rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarning mustaqillik topqirlik
xislatlarini o`stirish.
Darsning turi: Noananaviy dars
Darsning uslubi: Musobaqa o`yin
Darsning jihozi: Matematik abak,tarqatma,matematik klas,ko`pxonali sonlar
yozilgan plakatlar.
Darsning borishi: I.Tashkiliy qism
O`qituvchi: Sozlarning eng shirini
Ochiq aytay sirini
Odob bo`g`in sharbatin
Qalb gavharin qimmatin
Qo`l berib shu so`z bilan
Dillar qulfin ochamiz
Aql nurin sochamiz
Qaysi shirin so`z ekan?
O`quvchi: Assalom_u alaykum.
O`qituvchi: Bir haftada yetti kun
Yeti kun_u yetti tun
To`g`ri ayting bolalar
Ayting bu kun qaysi kun?
O`quvchi: Juma
O`qituvchi: Qani bolajonlarim
Mehri qaynoq buloqlarim
Bugun hamma sog`lommi?
Darsga hamma tayyormi?
O`quvchi: Ustoz bizlar sog`lommiz
Darsimizga tayyormiz
O`qituvchi: Bizning shiorimiz
O`quvchi: Matematika kerak
Har bir o`g`il va qizga
Aqlni va fikrni
Soladi yaxshi izga O`qituvchi: Aziz o`quvchilar siz o`tmishni buyuk xalqning farzandisiz,ota
bobolaringiz bilan faxrlaningiz,ularni dunyo ma`rifatiga qo`shgan javohirlari bilan
g`ururlansangiz arziydi.
Matematika fanini rivojlanishiga hissalarini qo`shgan allomalardan kimlarini
bilasiz?
O`quvchi: alXorazmiy,alBeruniy,alFarg`oniy.Mirzo Ulug`bek
II. Uyga vazifani tahlili: O`tilgan mavzuni so`rash.Uyga berilgan misollarni
yechilishini tekshirish va ular bilan birga tahlil qilish.
III. Darsning bayoni: Yangi mavzuni e`lon qilib mavzuni yozuv taxtasiga yozib
qo`yaman.Keyin mavzuni o`quvchilarga tushuntiraman.
1.Mavzu bayoni.
Sonni o’nli kasrga bo’lish uchun
. bo’luvchida verguldan keyin nechta raqam bo’lsa, bo’linuvchida ham
bo’luvchida ham vergul o’shancha xona o’ngga suriladi ;
. so’ng bo’lish o’nli kasrni natural songa bo’lgan kabi amalga oshiriladi.
1misol. 19.376ni 3.46 ga bo’laylik .
Bo’luvchi 3.46 da verguldan keyin 2 ta raqam bor. Shuning uchun bo’luvchi
19.376da ham, bo’luvchi 3.46 da ham vergulni o’ngga 2 honaga suramiz. Natijada,
1937,6 va 346 sonlarini hosil qilamiz. O’nli natural songa bo’lish holiga keldik .
Bo’lishni bajarib 1937,6/346=5.6 ekanligini topamiz.Demak 19.376 ning 3.46 ga
bo`linmasi ham 5.6 ga teng bo`ladi: 19.376/3.46=5.6 javob:5.6
2misol. 5.248 ni 0.01 ga bo`laylik.
Bo`linuvchi 55.248 da ham, bo`luvchi 0.01 da ham vergulni 2 hona o`nga
surib,524.8/1=524.8 ni hosil qilamiz.Demak, 5.248/0.01=524.8 javob 524.8
bundan quyidagi qoidaga kelamiz.
O`nli kasr hamda 0.1;0.01;0.001. va hokazo (bir nechta nollar va birdan iborat)
sonlarning bo`linmasini toppish uchun o`nli kasrdagi vergulni bu sonlarda birdan
oldin nechta nol turgan bo`lsa,o`shancha xona o`nga surish kifoya.
Agar nollar yetishmasa oldin o`nli kasr oxirigacha keragicha nollarni yozish kerak
bo`ladi.Masalan,39.12/0.0001=39.1200/0.0001=391200.
O`nli kasrni 0.1; 0.01; 0.001; va hokazo sonlarga bo`lish –uni mos ravishda
10.100.1000 va hokazo sonlarga ko`paytirish demakdir va aksincha, o`nli kasrni
10,100,1000 va hokazo sonlarga bo`lish –uni mos ravishda 0.1; 0.01; 0.001 va
hokazo sonlarga ko`paytirish demakdir.
3misol Bo`lishni bajaring:
a) 17.4 /0.6=
b) 30.6/0.9=
d) 17.28/7.2=
e)4.95/1.5=
f)0.343/0.7= g)1.624/5.6=
Sinfdagi o`quvchilarni 3 guruhga ajrataman va darsni musobaqa qilib o`tkazaman.
1guruh Epchillar
2guruh Zukkolar
3guruh Bilimdonlar
1shart.Darslikda berilgan 3 misolga har guruhdan bitta o`quvchilarni chiqarib
bittadan misol yechtiraman.Qaysi guruh a`zosi oldin va to`g`ri ishlasa o`z
guruhidan 2o`quvchini chiqaradi 2ta misolni to`g`ri va oldin ishlasa o`z guruhidan
2o`quvchini chiqaradi.2ta misolni to`g`ri va oldin bajarsa guruhiga
rag`batlantiruvchi geometrik shakllarni beraman.
1bo`lgan guruhga beshburchak
2bo`lgan guruhga to`rtburchak
3bo`lgan guruhga uchburchak
2shart.Dam olish daqiqasi
Bu shartda “Klaster” usulidan foydalanaman.Bunda 3 ta guruhning har biriga turli
o`lchov birliklarini topib qo`yishi so`raladi.
Uzunlik
o`lchov
birliklari
Og`irlik
o`lchov
birliklari
Vaqt
o`lchov
birliklari
Shart bajarilgandan keyin o`quvchilarni rag`batlantiraman.
Har bir guruhning yig`gan ballarini hisoblab g`olib guruhni aniqlayman.
Keyin o`quvchilarni baholab quyidagi misralarni keltiraman.
Matematika fani yuksalmoqda kun sayin,
Bo`limlari hilmahil, qay birini aytayin. Qanchaqancha muammo hal etilgan ushbu on,
Kompitur savodi quloch yoymoqda chunon.
Matematika fani go`zallikka boy juda,
Go`zal yechim,go`zal son,go`zal chizma serjilo.
Boshqotirgich hammani aqlini peshlasa gar,
Topishmoqli misollar o`ylashga majbur etar.
IV.Dars yakuni Uyga vazifa: 6misol.
5 . 6.7.9. синфлар учун очик дарслар ва презентациялар
5 . 6.7.9. синфлар учун очик дарслар ва презентациялар
5 . 6.7.9. синфлар учун очик дарслар ва презентациялар
5 . 6.7.9. синфлар учун очик дарслар ва презентациялар
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.