Bilasizmi?
“Suvsiz soda”, “kristall soda”, “ichimlik soda”, “kaustik soda”lar haqida nimalarni bilasiz?
Ularning bir-biridan farqlari nimada?
Javob
(Kaustik ishqor)soda – NaOH
Suvsiz soda – Na2CO3
Kristall soda – Na2CO3×10H2O
Ichimlik yoki oziq-ovqat sodasi – NaHCO3
Sodaning ahamiyati
Soda – Na2CO3
natriyning eng muhim birikmalaridan bo‘lib, xalq xo‘jaligi uchun amaliy ahamiyatga ega. Sanoatning ko‘p tarmoqlarida sodadan xomashyo sifatida foydalaniladi.
Ishlatilishi
Shisha ishlab chiqarishda shixtaning (xomashyolarning aniq nisbatlardagi aralashmasi) asosiy tarkibiy qismi, sellyulozadan qog‘oz tayyorlashda, to‘qima materiallar ishlab chiqarishda, yog‘-moylar tarkibidagi yog‘ kislotalarni, sintetik yog‘ kislotalarini neytrallab sovun olishda, neft qazib olishda burg‘ulash ishlarini yengillashtirish, neftni qayta ishlashda naften kislotalaridan yuvuvchi vositalar tayyorlashda, natriyning boshqa tuzlarini sintez qilishda soda ishlatiladi.
Suniy soda olish
Soda tabiatda juda oz miqdorda uchrab, unga bo‘lgan sanoat ehtiyojini qondira olmaydi. Shuning uchun uni arzon xom ashyodan sintez qilib olish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu yo‘nalishda dastlabki texnologik jarayon XVIII asrda fransuz vrachi L.Leblan tomonidan taklif etilgan. Bu “sulfat usuli” deb ataladi.
L.Leblan tomonidan taklif etilgan “sulfat usuli”
Osh tuzi sulfat kislota yordamida natriy sulfatga o‘tkaziladi. Natriy sulfat esa ko‘mir bilan qizdirilib, natriy sulfidga aylantiriladi.
Natriy sulfid kukun holidagi ohaktosh bilan qizdirilib, soda hosil qilinadi:
NaCl Na2SO4 Na2S Na2CO3
L.Leblan tomonidan taklif etilgan “sulfat usuli”
NaCl Na2SO4 Na2S Na2CO3
2NaCl + H2SO4 = Na2SO4 + 2HCl
Na2SO4 + 2C=Na2S + 2CO2
Na2S + CaCO3 = Na2CO3 + CaS
Материалы на данной страницы взяты из открытых источников либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.