А.Bеrlin, K.Kеnjаеv, S.Bоbоеv kаbi kоmpоzitоrlаrning mаktаbgаchа vа mаktаb yoshidаgi bоlаlаr uchun yarаtgаn аsаrlаri.
Оценка 4.6

А.Bеrlin, K.Kеnjаеv, S.Bоbоеv kаbi kоmpоzitоrlаrning mаktаbgаchа vа mаktаb yoshidаgi bоlаlаr uchun yarаtgаn аsаrlаri.

Оценка 4.6
Лекции
doc
искусство +1
7 кл—11 кл +1
20.02.2022
А.Bеrlin, K.Kеnjаеv,  S.Bоbоеv kаbi kоmpоzitоrlаrning mаktаbgаchа  vа mаktаb yoshidаgi bоlаlаr uchun  yarаtgаn аsаrlаri.
А.Bеrlin, K.Kеnjаеv, S.Bоbоеv kаbi kоmpоzitоrlаrning bоlаlаr uchun yarаtgаn аsаrlаri
А.Bеrlin, K.Kеnjаеv, S.Bоbоеv kаbi kоmpоzitоrlаrning mаktаbgаchа vа mаktаb.doc

А.Bеrlin, K.Kеnjаеv,  S.Bоbоеv kаbi kоmpоzitоrlаrning mаktаbgаchа  vа mаktаb yoshidаgi bоlаlаr uchun  yarаtgаn аsаrlаri.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at rbobi, atoqli kompozitor Sobir Boboev ijodiy va jamoatchilik faoliyati bilan ryespublikamiz zamonaviy musiqa madaniyatiga katta hissa qo‘shgan. U yorqin asarlari bilan M. Ashrafiy, M. Burhonov, T. Sodiqov, Sh. Ramazonov, M. Leviev, S. Yudakov kabi kompozitorlar safiga qo‘shildi. Boboevning opera, musiqali drama va komediyalari, simfonik, vokal - simfonik va xor asarlari, o‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri uchun asarlari, qo‘shiq va romanslari ma'naviy mulkimizga aylandi.

  Kompozitor fortepiano uchun p'esa, sonatina, raqs; Klarnet va fortepiano uchun «Rapsodiya», simfonik orkestr uchun ikkita syuita, xor jamoasi uchun: Muqimiy so‘ziga «Navbahor» , T. To‘la so‘ziga «Alla», «Fizkul'turachilar qo‘shig‘i» (Sh. Sa'dulla so‘zi), «Xalqimga» (T. Fattoh so‘zi), «O‘zbekiston» (R. Bobojon so‘zi), xor qo‘shiqlar: «Bulbul sayraganda» (T. To‘la so‘zi), «Vatan» (N. Toshpo‘lat so‘zi), «Sendadur» (Shuhrat so‘zi), «Gul sochar» va «Orazing» (Navoiy so‘zlari), qo‘shiqlar: «Ishonmayman» (M. Boboev so‘zi), «Ey sabo» (Navoiy so‘zi), «Bu hol» (Uyg‘un so‘zi), «Do‘stimga» (H. Olimjon so‘zi), «Go‘zal vodiy» (T. To‘la so‘zi), «Sening qo‘shig‘ing» (H. G‘ulom so‘zi) kabi romanslar; R. Bobojonov so‘ziga beshta, T. Mirzo so‘ziga bolalar uchun uchta qo‘shiq bastaladi.

O‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri uchun «Poema», «Bayram uvertyura»si (1950 y.) o‘zining shodiyona ohangdor ko‘tarinki ruhi, milliyligi, shaklining ixcham, mukammal professionalligi, orkestrning rangbarang jaranglashi bilan ajralib turadi. Bu asar kompozitorni elga tanitdi. U birgina muallifning ijodiy yutug‘i emas, butun zamonaviy o‘zbek musiqa san'atining va ayniqsa, orkestr jamoasining ham yutug‘i bo‘ldi. Bu asar professional va talabalar orkestri dasturlarida hozirga qadar ijro qilinib kelinmokda. Xuddi «Bayram uvertyura»si kabi chang va o‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri uchun bastalagan «Konsertino» (1952 y) ham sozanda va tinglovchilarning sevimli asarlaridan biridir. Bunday ijodiy yutuq kompozitorni o‘z kasb - hunari ustida yanada jiddiy ishlashga, yirik va murakab musiqa asarlari yaratishga ilhomlantirdi. Tez orada uning qalami ostidan quyidagi simfonik va vokal -simfonik asarlar bunyodga keldi: simfonik orkestr uchun ikkita syuita (1952, 1953 y.), mumtoz xalq kuyi «Segox» asosida simfonik poema (1956 y.), T. To‘la so‘zlariga «Oq oltin» vokal - xoreografik syuita va «Bayram kuni» (1955 y.) vokal - simfonik poema, ayniqsa, paxtakor dehqonlar hayotiga bag‘ishlangan 4 qismli «Hosil bayrami» (R. Bobojon so‘zi, 1955 y.) kantatasi o‘zining milliy ohangdorligi, rang - barang xor qo‘shiqlar bilan mirobboshining lirik ashulasi, yakunlovchi tantanavor ruxda ommaviy xor sadolari bilan ajralib turadi. Birinchi ijrosidayoq ijodiy yutug‘i va asarning badiiy ta'sirchanligi e'tirof etildi.

S. Boboev K. Yashin bilan hamkorlikda «Hamza» operasini yaratdi. Atoqli shoir, dramaturg, bastakor, jamoat arbobi Hamza Hakimzoda Niyoziyning siymosiga bag‘ishlangan «Hamza» operasi 1961 yil 27 may kuni sahna yuzini ko‘rdi va tomoshabinlar tomonidan qizg‘in kutib olindi. Opera musiqasi, ayniqsa, asosiy personajlar: Hamza, Sanobar, Alijon, Shodmon ota, Shayx Ismoillar go‘zal va original ariyalari, xor qo‘shiqlari tinglovchiga manzur bo‘ldi, maftun qildi. Albatta, eng avval bu kompozitorning ijodiy yutug‘i bo‘ldi va respublikamiz madaniy hayotida o‘z vaqtida katta voqyeaga aylangan edi. Kelgusida S. Boboev «Vatan ishqi» musiqali dramasi asosida 1973 yili (ikkinchi tahrir 1985 y.) «Fidoyilar» (Sh. Sa'dulla va Z. Fatxulin librettosi) va bolalar uchun 1969 yili o‘zbek xalq ertagi asosida «Yoriltosh» (Sh. Sa'dulla librettosi) operalarini yaratdi.

S. Boboev ijodiy faoliyatida doimiy ravishda qo‘shiq,  romans, jo‘rli va jo‘rsiz xor qo‘shiqlar yaratib kelmoqda. Bu sohada bastalagan hamma asarlarning nomlarini sanash mushkul. Ayniqsa, u romans janriga katta ahamiyat berib, o‘ziga xos uslubni topib oldi, kompozitor har bir she'rning mazmunidan kelib chiqib, deklamatsion ohanglarga e'tibor berdi. Bunday hol, ayniqsa, «Yor ketdi» (Oybek she'ri), «Qalb» (S. Zunnunova she'ri), «Meros» (A. Sa'dulla she'ri), A. Muxtorning 4 ta she'riga,   H. Xudoyberdievaning she'rlariga bastalagan romanslarida yaqqol seziladi. Bulardan tashqari 90 -yillarda Navoiyning 3 ta, Mashrabning 11  ta, Furqatning 5 ta va Nodiraning g‘azallariga romanslar bastaladi. Jo‘rsiz xor uchun yaratgan xor qo‘shiqlari, ayniqsa, o‘zbek xalq ashula va qo‘shiqlari asosida qayta ishlagan: «Galdir», «Tanovar», «Segoh» kabi asarlar diqqatga sazovor.

Sobir Boboev yorqin, ko‘p qirrali va serunum ijodi bilan O‘zbekiston musiqa madaniyatining rivojlanishiga qo‘shgan xizmatlari 1998 yili «El-yurt hurmati» ordeni, «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi» faxriy unvoni bilan taqdirlangan.


А.Bеrlin, K.Kеnjаеv, S.Bоbоеv kаbi kоmpоzitоrlаrning mаktаbgаchа vа mаktаb yoshidаgi bоlаlаr uchun yarаtgаn аsаrlаri

А.Bеrlin, K.Kеnjаеv, S.Bоbоеv kаbi kоmpоzitоrlаrning mаktаbgаchа vа mаktаb yoshidаgi bоlаlаr uchun yarаtgаn аsаrlаri

Segox» asosida simfonik poema (1956 y

Segox» asosida simfonik poema (1956 y

Sobir Boboev yorqin, ko‘p qirrali va serunum ijodi bilan

Sobir Boboev yorqin, ko‘p qirrali va serunum ijodi bilan
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
20.02.2022