2-amaliy mashg’ulot
Amaliy mashg’ulot mavzusisi: Paxta tolasi sifat ko’rsatkichlarini klassyor usulida aniqlash
Amaliy mashg’ulot maqsadi: Paxta tolasi sifat ko’rsatkichlarini klassyor usulida aniqlashni o’rganish
Amaliy mashg’ulot topshirig’i:
1. Sifat ko’rsatikichiga ta’rif berish;
2. Paxta tolasining sifati uchun O’zDSt 604-2011 standarti bilan tanishish.
3. Klassyor usulining ahamiyati
4. HVI tizimida o’lchash usuli
Mashg’ulot topshirig’ini bajarish uslubiyoti
Xalqaro standartlar bilan paxta tolasining sifati O’zDSt 604-2011 standartiga asosan ikkita usul bilan, ya’ni klassyor va HVI tizimida o’lchash usuli bilan baholanadi.
Klassyor usuli bilan paxta tolasining sifatini aniqlash.
Xalqaro standart bo’yicha klassyor usulida paxta tolasining sifati quyidagi asosiy ko’rsatkichlar bilan aniqlanadi: tolaning rangi, ifloslanganligi va jinlash sifati, shtapel uzunligi (Staple Length) 1/32 dyuymda va mikroneyr ko’rsatkichi. O’rta tolali paxtaning rangi odatda oq bo’lishi kerak. Lekin, tola tarkibidagi iflosliklar sarg’ishlik rang beradi. Tolalar sarg’ishlikka to’yinganligi bo’yicha ayrim guruhlarga bo’linadi: kuchsiz dog’li - Light Spotted, dog’li -Spotted, sarg’ish - Tinged, sariq - Yellow Stained. Rang bo’yicha har bir guruh ichidagi navlar ifloslikning o’sishi va ob-havoning noqulay kelishi natijasida xiralanish darajasi bilan farqlanadi. Tolaning xiralanish darajasi yorug’likni qaytarish ko’rsatkichi bilan aniqlanadi.
Paxta tolasining navi va jinlash sifati maxsus qutichalarga solingan standart namunalar bo’yicha aniqlanadi. Bu standartli namunalar AQSH ning universal standarti deb ataladi va ular bir vaqtda Xalqaro standart bo’lib hisoblanadi. HVI o’lchov tizimlarini ishlatishda paxta tolasining navi maxsus rang diagrammasi bo’yicha aks etish koeffisiyenti (Rd) va sarg’ishlik darajasi (+b) bilan aniqlanadi. Masalan, paxta tolasining Oq (White) navidan olingan namunaning sifati yettita standart qutichasiga solingan tola namunasi bilan taqqoslab aniqlanadi. Bu standart namunalar AQSHda ekiladigan «Upland» seleksiya turining tolasini mingtaga yaqin tajriba qilish bilan yaratilgan. Standartli namunasi yo’q tolalarning navi shu tayyorlangan standartlarga asoslanib aniqlanadi. Agar paxta tolasining iflosligi 7 koddan ko’p bo’lsa 8 kod ishlatiladi.
Klassyor usuli bilan paxta tolasining uzunligini aniqlash. Olingan namunani (6-10 g) ikki qo’l bilan ushlab katta va ko’rsatkich barmoqlar orasiga 1-1,5 sm oraliq bilan joylashtiriladi. Ikki qo’lda qisilib turgan tolalarni asta-sekinlik bilan bir-biridan ajratiladi, ularni uzishga yo’l qo’yilmaydi. O’ng qo’ldagi tutam tolalar tashlab yuboriladi, chap qo’ldagi qisilib turgan tolalardan bo’sh tolalarni o’ng qo’l bilan olib tashlanadi va qisilib turgan tolalar siqimchasini (borodka) uzunligi bo’yicha tekislab qo’yiladi. Uchi tekislangan tolalardan o’ng qo’l bilan 2-3 mm ga chiqib turgan tutam tolalar sug’urib olinadi. Shtapel hosil qilish uchun 3-4 tutam tolalarni bir-birining ustiga qo’yib bir uchi bitta to’g’ri chiziq bo’yicha joylashtiriladi. Chap qo’ldagi qolgan tolalar tashlab yuboriladi. Shtapelni o’ng qo’lga olib, chap qo’l bilan tekislanadi. Keyin, o’ng qo’ldan chap qo’lga qaytadan joylashtiriladi. Shu bilan tolalarning uchi tekislanadi. Tayyorlangan shtapelni klassyor tomondan standart namunalardan tayyorlangan shtapel bilan solishtirib, tolaning uzunligi yoki ko’z bilan qiyoslab shtapelning uzunligi aniqlanadi. Klassyor usuli bilan tolaning uzunligini aniqlaganda ikkita shtapel tayyorlanadi va uzunligi o’lchanadi. Agar natija me’yordan farq etsa, uchinchi shtapel tayyorlanib, olingan uchta shtapelning uzunligi bo’yicha o’rta arifmetik qiymat bo’yicha xulosa qilinadi.
Klassyor usuli bilan aniqlangan uzunlik belgilangan jadvalda berilgan ko’rsatkichlar bilan taqqoslanadi. Jadvalda ko’rsatilgan uzunlik 13/16 dyuymdan 1-3/4 dyuymgacha 1/32 dyuym interval bilan uzunlik guruhlariga ajratiladi. Har bir uzunlik guruhi kasr bilan 1/32; 2/32; 3/32 va hakoza yoki shu kasrlar yig’indisini ko’rsatadigan kod bilan ifodalanadi. Masalan, 1 dyuymdagi shtapel uzunligi 32 kod bilan belgilangan, 1-1/32 dyuymdagi shtapel uzunligi 33 kod bilan belgilanadi, 1-2/32 shtapel uzunlik 34 kod bilan aniqlanadi.
Mashg’ulot topshirig’i natijalari:
1. Sifat ko’rsatikichiga ta’rifini keltirish;
2. Paxta tolasining sifati uchun O’zDSt 604-2011 standarti texnik talablarini yozing.
3. Klassyor usulining ahamiyatini ifoladash.
4. HVI tizimida o’lchash usulining afzalligini yozing.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.