Астрономия
Оценка 4.6

Астрономия

Оценка 4.6
pptx
10.04.2022
Астрономия
2-kurs 4-mavzu.pptx

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI AKADEMIK LITSEYI

Astronomiya fanidan
2-kurs o’quvchilari uchun
(Nazariy)
DARS ISHLANMA

O’qituvchi: Jurayeva X.T

Mavzu №4. Quyosh sistemasining tuzilishi

Mavzu №4. Quyosh sistemasining tuzilishi

Mavzu №4. Quyosh sistemasining tuzilishi. Sutkalik va sutkalik gorizontal parallaks

Reja:
Quyosh sistemasining tuzilishi to’g’risidagi tasavvurlarning rivojlanishi.
Quyosh sistemasi jismlargacha bo’lgan masofalarni aniqlash.
Sutkalik va sutkalik gorizontal parallaks

O’tilgan mavzu yuzasidan savollar

O’tilgan mavzu yuzasidan savollar

O’tilgan mavzu yuzasidan savollar

Oy o‘z o‘qi atrofida qanday davr bilan aylanadi? Yer atrofidachi?
Oyning har doim Yerga bir tomoni bilan ko‘rinishining sababi nimada?
Oyning asosiy fazalari qanday nomlar bilan ataladi?
Oyning sinodik davri deb nimaga aytiladi?
Umar Xayyom kalendarining aniqligini grigorian kalendari aniqligi bilan solishtiring.
Oy va Quyosh tutilishi hodisasini tushuntiring.
Quyosh nega har yangi oyda, Oy esa nega har to‘linoyda tutilmasligining sabablarini ayting.

Quyosh sistemasining tuzilishi

Quyosh sistemasining tuzilishi

Quyosh sistemasining tuzilishi

Milodning II asrida astronom Ptolemey Olam tuzilishining geosentrik Ptolemeyning geosentrik sistemasi. (markazida Yer turadigan) sistemasini yoqlab, Koinotning markazida Yer turib, boshqa pla- netalar, jumladan, Quyosh uning atrofida rasmda keltirilgan tartib bilan aylanishini bayon etdi.
Shuningdek, bu ta’limotga ko‘ra, eng so‘nggi sferada yulduzlar Yerdan bir xil masofada joylashib, uning atrofida aylanadi

Ptolemeyning geosentrik sistemasi.

Kopernikning olam tuzilishining geliosentrik ta’limoti

Kopernikning olam tuzilishining geliosentrik ta’limoti

Kopernikning olam tuzilishining geliosentrik ta’limoti

XVI asrda mashhur polyak astronomi Nikolay Kopernik (1473–1543) tomonidan ko‘p yillik astrono- mik kuzatishlar asosida Olam tuzilishining geliosentrik nazariyasi yaratildi.
Bu nazariyaga ko‘ra, Olamning markazida Quyosh turib, barcha planetalar, jumladan, Yer uning atrofida tartib bilan aylanadi. Yulduzlar esa, Ptolemey nazariyasidagi kabi eng oxirgi sferada joylashib, Quyoshning atrofida, bir-biriga nisbatan qo‘zg‘almagan holda aylanadi.

Nikolay Kopernik
(1473–1543)

Kopernik birinchi bo‘lib, planetalarning yulduzlar fonidagi sirtmoqsimon harakatlanishining sababi

Kopernik birinchi bo‘lib, planetalarning yulduzlar fonidagi sirtmoqsimon harakatlanishining sababi

Kopernik birinchi bo‘lib, planetalarning yulduzlar fonidagi sirtmoqsimon harakatlanishining sababi Yerning Quyosh atrofida boshqa barcha planetalar qatori aylanishi tufayli sodir bo‘lishini aniqladi. Kopernikning Olam tuzilishi haqidagi bu nazariyasi geliosentrik nazariya deb nom oldi.

Planetalarning ko‘rinma sirtmoqsimon harakatini tushuntirish.

Olam tuzilishi haqidagi tasavvurlar- ning shakllanishida vatandoshimiz

Olam tuzilishi haqidagi tasavvurlar- ning shakllanishida vatandoshimiz

Olam tuzilishi haqidagi tasavvurlar- ning shakllanishida vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniyning (973–1048) katta xizmati bor. U ko‘p yillik astronomik kuzatishlariga tayanib, planetalardan Merkuriy va Venera Quyoshdan uzoq keta olmasligini (yoy o‘lchovi bilan hisoblanganda) aniqladi va shu asosda, bu ikki planeta Quyoshning atrofida aylansa kerak degan to‘g‘ri xulosaga keldi .

Quyosh sistemasining masshtabi va a’zolari

Quyosh sistemasining masshtabi va a’zolari

Quyosh sistemasining masshtabi va a’zolari

Quyosh sistemasiga kiruvchi jismlar bilan biz dastlab «Tabiatshunoslik» darslarida tanishgan edik. Ma’lumki, bu sistemaning eng yirik jismi Quyosh bo‘lib, uning diametri Yernikidan 109 marta katta, massasi esa 330 000 Yer massasiga teng. Uning atrofida 8 ta yirik planeta bir-biriga yaqin tekisliklarda, turli davrlar bilan aylanadi. Quyoshdan uzoqligiga ko‘ra bu planetalar uning atrofida quyidagi tartib bilan joylashgan: Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Uran, Neptun.

Quyosh sistemasida yirik planetalar bilan birga minglab mayda planetalar (kattaliklari bir necha yuz metrdan bir necha yuz kilometrgacha keladigan) ham aylanib, ularning aksariyatining orbitalari

Quyosh sistemasida yirik planetalar bilan birga minglab mayda planetalar (kattaliklari bir necha yuz metrdan bir necha yuz kilometrgacha keladigan) ham aylanib, ularning aksariyatining orbitalari

Quyosh sistemasida yirik planetalar bilan birga minglab mayda planetalar (kattaliklari bir necha yuz metrdan bir necha yuz kilometrgacha keladigan) ham aylanib, ularning aksariyatining orbitalari Mars bilan Yupiterning oralig‘ida yotadi.
Shuningdek, Quyosh sistemasida juda cho‘zinchoq elliptik orbitalar bo‘ylab harakatlanadigan va qattiq yadrosi gaz qobig‘i bilan o‘ralib, Quyosh yaqinida «dum» hosil qilib o‘tadigan kometalar deb ataluvchi jismlar ham mavjud.
Bulardan tashqari, Quyosh sistemasi chegarasida, Quyosh atrofida son- sanoqsiz, o‘lchamlari qum zarralari kattaligidagi jismlar ham elliptik orbitalar bilan aylanadi. Ular meteor jismlar deyiladi.

Sutkalik va sutkalik-gorizontal parallaks

Sutkalik va sutkalik-gorizontal parallaks

Sutkalik va sutkalik-gorizontal parallaks. Quyosh sistemasi jismlarigacha bo‘lgan masofalarni aniqlash

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar

Quyosh sistemasidagi biror jismning parallaks burchagi deb qanday burchakka aytiladi?
Quyosh sistemasidagi jismlargacha bo‘lgan masofalar qanday topiladi?
Radiolokatsion metod yordamida osmon jismlarigacha bo‘lgan masofalar qanday topiladi?
Quyosh sistemasiga kiruvchi jismlarning o‘lchamlari (radiuslari) qanday topiladi? Buning uchun dastlab ularning qanday parametrlarini aniqlash zarur?
Planetalarning sutkalik gorizontal parallaksi (p0) va ko‘rinma radiuslariga (ρ)
ko‘ra ularning radiuslarini (r) hisoblash formulasini yozing.

Guruhlarga topshiriqlar 1-guruh

Guruhlarga topshiriqlar 1-guruh

Guruhlarga topshiriqlar

1-guruh

Olam tuzilishining geosentrik va geliosentrik ta’limotlarining farqini tushun- tiring.
Planetalarning yulduzlar fonidagi sirtmoqsimon harakatlari geliosentrik ta’limot asosida qanday tushuntiriladi?

2-guruh

J.Bruno Olam tuzilishiga tegishli qanday yangi fikrlarni o‘rtaga tashladi?
Beruniyning Olam tuzilishi haqidagi modelini chizib ko‘rsating.

Uyga vazifa Ichki va tashqi planetalar

Uyga vazifa Ichki va tashqi planetalar

Uyga vazifa

Ichki va tashqi planetalar Quyosh atrofida harakatlanayotib, qanday konfi- guratsion holatlarda bo‘ladi?
Planetalarning sinodik davrlari deb nimaga aytiladi?
Planetalarning siderik davrlari ularning sinodik davrlariga ko‘ra qanday topiladi?

Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
10.04.2022