Астрономия
Оценка 4.6

Астрономия

Оценка 4.6
pptx
10.04.2022
Астрономия
2-kurs 3-mavzu.pptx

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI AKADEMIK LITSEYI

Astronomiya fanidan
2-kurs o’quvchilari uchun
(Nazariy)
DARS ISHLANMA

O’qituvchi: Jurayeva X.T

Mavzu №3. Vaqtni o’lchash asoslari

Mavzu №3. Vaqtni o’lchash asoslari

Mavzu №3. Vaqtni o’lchash asoslari. Oyning harakati, fazalari va davrlari

Reja:
Yulduz sutkasi
Quyosh sutkasi va vaqti.
Oyning ko’rinma va haqiqiy harakatlari, Oy fazalari

O’tgan mavzu yuzasidan savollar

O’tgan mavzu yuzasidan savollar

O’tgan mavzu yuzasidan savollar

Olam qutbining balandligi va joyning geografik kengligi orasida qanday bog‘lanish borligini tushuntiring.
Kuzatuvchi Yerning ixtiyoriy nuqtasi bo‘lganda yulduzlar osmonining gorizont- ga nisbatan sutkalik ko‘rinma aylanishi qanday bo‘lishini tushuntiring. Ekvatorda bo‘lsa-chi?
Turli kenglamalarda yil davomida Quyoshning sutkalik ko‘rinma aylanishi qanday kechadi?
Kuzatuvchi turgan joyning kenglamasini taxminan aniqlashning qanday oddiy metodlari mavjud?

Yerning osmondagi biron-bir yulduzga nisbatan to‘la aylanish davri yulduz sutkasi deyiladi

Yerning osmondagi biron-bir yulduzga nisbatan to‘la aylanish davri yulduz sutkasi deyiladi

Yerning osmondagi biron-bir yulduzga nisbatan to‘la aylanish davri yulduz sutkasi deyiladi. Biroq kundalik turmushimiz Quyoshning chiqish va botish vaqtlari bilan belgilanganidan, biz Quyosh sutkasi bilan ish ko‘ramiz. Shu boisdan, amalda biz ishlatadigan vaqtni o‘lchashda Yerning o‘z o‘qi atrofida Quyoshga nisbatan bir to‘la aylanib chiqish vaqti – Quyosh sutkasi asos qilib olingan.
Quyosh sutkasi deb, Quyoshning ikki marta ketma-ket yuqori kulminatsiyasidan (boshqacha aytganda, tush paytidan) o‘tishi uchun ketgan vaqtga aytiladi.

Qadimda hindlar foydalangan Quyosh soati.

Ixtiyoriy l1 va l2 uzunlamalarga ega bo‘lgan punktlarning mahalliy vaqtlari

Ixtiyoriy l1 va l2 uzunlamalarga ega bo‘lgan punktlarning mahalliy vaqtlari

Ixtiyoriy l1 va l2 uzunlamalarga ega bo‘lgan punktlarning mahalliy vaqtlari T1
va T2 orasida quyidagicha bog‘lanish mavjud:
l1 – l2 = T1 – T2.
Dunyo vaqti. Uzunlamasi nolga teng bo‘lgan meridianning (ya’ni Grinvich meridianining) mahalliy vaqti shartli ravishda dunyo vaqti T0 qilib olingan
Ixtiyoriy l uzunlamaga ega bo‘lgan punktning mahalliy vaqti Tl, dunyo vaqti T0
orqali quyidagicha topiladi (chunki l0= 0):
Tl= T0 + l.

Vaqt hisobi Grinvich meridian vaqtidan boshlanadi

Poyas vaqti. Yer sharida cheksiz ko‘p meridian o‘tkazish mumkin bo‘lib, ularga te- gishli mahalliy vaqtlar ham cheksiz ko‘p bo‘ladi

Poyas vaqti. Yer sharida cheksiz ko‘p meridian o‘tkazish mumkin bo‘lib, ularga te- gishli mahalliy vaqtlar ham cheksiz ko‘p bo‘ladi

Poyas vaqti. Yer sharida cheksiz ko‘p meridian o‘tkazish mumkin bo‘lib, ularga te- gishli mahalliy vaqtlar ham cheksiz ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun ham amalda mahalliy vaqtdan foydalanib bo‘lmaydi. Shu boisdan, Xalqaro kelishuvga muvofiq, Yer shari 24 ta poyasga bo‘lingan

Quyosh kalendari. Uzoq muddatni vaqtning o‘lchamlari (sutka – kun, hafta, oy va yillar) bo‘yicha sistemaga solish kalendar deyiladi

Quyosh kalendari. Uzoq muddatni vaqtning o‘lchamlari (sutka – kun, hafta, oy va yillar) bo‘yicha sistemaga solish kalendar deyiladi

Quyosh kalendari. Uzoq muddatni vaqtning o‘lchamlari (sutka – kun, hafta, oy va yillar) bo‘yicha sistemaga solish kalendar deyiladi. Kalendar tuzishda Oy fazalarining almashinish davri yoki yil fasllarining almashinish davri (tropik yil) asos qilib olinadi. Oy fazalarining almashinish davri (29,53 sutka) asos qilib olingan taqvimlar oy kalendarlari, yil fasllarining almashinish davri asos qilib olinganlari esa quyosh kalendarlari deb yuritiladi.

Oyning harakati, fazalari va davrlari

Oyning harakati, fazalari va davrlari

Oyning harakati, fazalari va davrlari

Oyning Yer atrofida aylanish yo‘nalishi yulduzlarning Yer atrofidagi ko‘rinma aylanishiga qarama-qarshi bo‘lib, u g‘arbdan sharqqa (ya’ni Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanish yo‘nalishi bilan bir xil yo‘nalishda) harakat qiladi. Oyning o‘z orbitasi bo‘ylab harakat tezligi sekundiga 1 kilometrni tashkil etib, yulduzlarga nisbatan har sutkada taxminan 13º siljib boradi.
Oy orbitasining tekisligi Yerning Quyosh atrofida aylanish tekisligi (ekliptika) bilan 5º9′ li burchak tashkil qiladi. Qizig‘i shundaki, Oy o‘z o‘qi va Yer atrofida bir xil – 27,32 sutkalik davr bilan aylanadi. Oyning o‘z o‘qi va Yer atrofida aylanish davrlari o‘zaro teng bo‘lganidan, Oy Yerdan qaraganda har doim bir tomoni bilan ko‘rinadi.

Ma’lumki, Oy Yer atrofida aylanayotganda,

Ma’lumki, Oy Yer atrofida aylanayotganda,

Ma’lumki, Oy Yer atrofida aylanayotganda, Quyosh nurlarini qaytarishi tufayli bizga ko‘rinadi. Bu ko‘rinish ayni o‘sha paytda Oyning Quyoshga nisbatan qanday joylashishiga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Yerdan qaraganda Oyning turli shakllarda (yangioy, yarimoy, to‘linoy) ko‘rinishi uning fazalari deyiladi.
Quyosh botgach, Oyning ingichka o‘roq shaklida g‘arb tomonda birinchi ko‘rinishi xalq tilida yangioy (yoki hilol) deyilib, u, odatda, Oy boshidan keyin ikkinchi kuni ko‘rinadi. Bunday holatda Oyning Quyosh bilan yoritilmagan qismi ham xira kulrang shaklda ko‘zga tashlanadi. Oyning Quyosh bilan yoritilmagan qismining bunday xira ko‘rinishi Yerdan qaytgan Quyosh nurlari bilan uning yoritilganligi tufayli sodir bo‘ladi. Oy fazalarining almashinishi uning Yer va Quyoshga nisbatan tutgan vaziyatiga bog‘liqligi rasmda keltirilgan.

Oyning ma’lum fazasidan (masalan, to‘linoydan) ikki marta ketma-ket o‘tishi orasidagi vaqt 29,53 sutkani tashkil etib, u

Oyning ma’lum fazasidan (masalan, to‘linoydan) ikki marta ketma-ket o‘tishi orasidagi vaqt 29,53 sutkani tashkil etib, u

Oyning ma’lum fazasidan (masalan, to‘linoydan) ikki marta ketma-ket o‘tishi orasidagi vaqt 29,53 sutkani tashkil etib, u Oyning sinodik davri deyiladi. Oyning Yer atrofida aylanish siderik va sinodik davrlarini tushuntirish.
Rasmda Oyning sinodik davri qanday qilib siderik davridan katta bo‘lishi tushuntirilgan. Bunda Oy Yerning atrofida aylanayotib 1-holatda bo‘lganda, u M yulduzning to‘g‘risida to‘linoy fazasida bo‘lishi chizmadan aniq ko‘rinib turibdi. 27,32 kundan so‘ng, ya’ni Oyning Yer atrofida bir marta to‘la aylanib chiqqanidan keyin u 2-holatda bo‘lib, yana M yulduzning to‘g‘risida turadi, lekin hali to‘linoy fazasigacha yetib bormagan bo‘ladi. Yer orbitasi bo‘ylab har kuni deyarli bir gradusga yaqin siljishini e’tiborga olsak, bu davrda u 1-dan 2-holatgacha taxminan 27 gradusga siljiganligi ma’lum bo‘ladi.

Oyning Yer atrofida aylanish siderik va sinodik davrlarini tushuntirish.

Musulmonlarning oy va quyosh hijriy kalendarlari

Musulmonlarning oy va quyosh hijriy kalendarlari

Musulmonlarning oy va quyosh hijriy kalendarlari

Oy-hijriy kalendari. Sinodik oy 29,53 sutkaga, yil fasllarining almashinish davri – tropik yil esa 365,2422 sutkaga teng bo‘lib, ular butun sutkalarda (kunlarda) ifodalana olmasligi kalendarlar tuzishni mushkullashtiradi. Chunki kalendar oyi ham, yili ham amalda butun sutkalarda ifodalashni talab etadi.
Birinchi oy kalendari miloddan oldingi 2500-yillarda Qadimgi Bobilda paydo bo‘lgan. Yetti kunlik hafta ham o‘sha paytlarda, yulduzlar fonida harakatlanadigan yetti osmon jismi (Quyosh, Oy va 5 planeta) soniga teng qilib joriy qilindi. Bu bilan osmon jismlari ilohiylashtirilib, haftaning bittadan kuni ularga bag‘ishlandi.
Keyinchalik musulmonlar taqvimi deb ataladigan oy kalendari shakllandi. Ko‘pgina Osiyo mamlakatlarida qo‘llaniladigan bu taqvim yilining uzunligi 354 kun bo‘lib, u 12 oyga taqsimlangan. Unda oylar 29 va 30 kundan almashinib, o‘rtacha Oy fazalarining almashinish davri – 29,5 kunga teng bo‘ladi. Uning oylari osmonda yangioy (hilol) ko‘rinishi bilan boshlanadi. Kalendar oylari oy fazalariga mos kelishi uchun musulmonlar taqvimida taxminan har 3 yilda yillar 355 kun qilib olinadi.

Quyosh-hijriy kalendari

Quyosh-hijriy kalendari

Quyosh-hijriy kalendari

Umar Xayyomning quyosh- hijriy kalendari. XI asrda Nishopurda (Xuroson) yashab, matematika, astronomiya sohasida ijod etgan taniqli shoir Umar Xayyom (1048–1131) 1070-yilda saljuq sultoni Malikshoh va uning vaziri Nizom ul-Mulk tomonidan saroyga taklif etiladi. Uning iltimosiga ko‘ra shoh Xayyom va uning shogirdlariga 1076-yili Isfaxonda (Eron) rasadxona qurib beradi. Malikshoh vafotiga qadar (1092-y.) ishlagan bu rasadxonadagi astronomik kuzatishlar natijasida yuzdan ortiq yorug‘ yulduzlarning koordinatalarini hamda Oy, Quyosh va planetalarning harakatlarini aks ettirgan jadvallarni o‘z ichiga olgan «zij» tuzildi. Bu astronomik risola keyinchalik «Malikshoh ziji» degan nom bilan jahon astronomiya tarixidan o‘rin oldi.

Umar Xayyom

Quyosh tutilishi Quyosh tutilishi

Quyosh tutilishi Quyosh tutilishi

Quyosh tutilishi

Quyosh tutilishi. Oy Yerning atrofida aylanayotib, ba’zan Quyoshni bizdan to‘sib o‘tadi. Bunday hol Quyosh tutilishi deyiladi. Bu hodisa har doim Oyning yangioy holatida ro‘y beradi.
Agar bunda Yerdagi kuzatuvchi Oyning soyasi ichida (O) qolsa, u Quyoshni qisqa vaqtga (bir necha minut) butunlay ko‘rmaydi, ya’ni uning uchun Quyosh to‘la tutiladi. Yerdagi kuzatuvchi Oyning yarimsoyasi ichida (A yoki B nuqtasida) qolsa, unda u Quyoshning bir qismini to‘silgan holda ko‘radi, ya’ni Quyosh qisman tutilayotgan bo‘ladi. Ba’zan Quyoshning tutilishi halqasimon bo‘ladi.

Oy tutilishi Oy Yer atrofida aylanayotib, ba’zan

Oy tutilishi Oy Yer atrofida aylanayotib, ba’zan

Oy tutilishi

Oy Yer atrofida aylanayotib, ba’zan Yerning soyasi orqali o‘tadi. Bunday hodisa Oy tutilishi deyiladi. Agar bunda Oy Yerning soyasi ichidan o‘tsa, to‘la tutilish, bordi-yu yarimsoyaning ichidan o‘tsa, u holda yarimsoyali tutilish deyiladi. Oy tutilayotganda, u har doim to‘linoy fazasida bo‘ladi.
Yerning ma’lum bir joyida Quyosh tutilishiga nisbatan Oy tutilishlari ko‘proq kuzatiladi. Chunki Quyosh tutilishlari Yerning Oy soyasi tushgan va uncha katta bo‘lmagan maydonidagina kuzatiladi. Oy tutilishi esa Yerning Quyoshga qarama- qarshi yarimsharining hamma qismida bir vaqtda ko‘rinadi.

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar

Vaqtni o‘lchashda qaysi osmon jismining davri asos qilib olinadi?
Yulduz va quyosh sutkalari qanday topiladi? Ular o‘zaro tengmi?
Mahalliy va dunyo vaqtlari deb qanday vaqtlarga aytiladi?
Poyas vaqti qanday topiladi? Bu vaqtlar orasida qanday bog‘lanish mavjud?
Kalendarlarni tuzishda qaysi osmon jismlarining davrlari asos qilib olinadi?
Oyning sinodik davri (Oy fazalarining qaytarilish davri) asos qilib olingan kalendarlar qanday kalendarlar deyiladi? Tropik yil asos qilib olinganlari-chi?
Yulian va grigorian kalendarlari haqida nimalar bilasiz?

Kichik guruhlarga bo’linamiz 1-guruh 1

Kichik guruhlarga bo’linamiz 1-guruh 1

Kichik guruhlarga bo’linamiz

1-guruh

1. Oy tutilishini tushuntirib bering

2-guruh

1. Quyosh tutilishini tushuntirib bering

Uyga vazifa

Uyga vazifa

Uyga vazifa

Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
10.04.2022