informatika va axborot texnologiyalari
fani o’qituvchisi
Abdurashidov G’oyibnazarning
7-sinflar uchun
”Axborotli olam muammolari va INTERNET”
mavzusida tayyorlagan bir soatlik
Dars mavzusi: Axborotli olam muammolar va INTERNET
Darsning maqsad va vazifalari |
Тa’limiy: O’quvchilarni olgan topshiriqlarini bajarishda ularning bilimlarini qay darajada ekanligini aniqlash va baholash, kompyutеr savodxonligini oshirish, internetda ishlash va uning ahamiyati haqida malaka va mahoratini oshirish va bilim berish.
Тarbiyaviy: O’quvchilarni jamoaviylikka, o’zaro fikrlash qobiliyatini oshirish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni mustaqil fikrlashini shakllantirish, o’quvchilarni ijodiy yondashishga yo’llash, axborot izlashni shakllantirish, yangi mavzu bo’yicha malaka ko’nikmalarni hosil qilish, yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish |
Darsda qo’llanilgan kompetensiya |
-o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi; -matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish; |
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi |
Darsning shiori: “Kimki axborotga egalik qilsa, u dunyoga egalik qiladi” Darsda ko’rgazmali qurollardan foydalanish: Darslik, elektron darsliklar, plakatlar, tarqatma matеriallar, kompyuter, proektor, taqdimotlar, internet ma’lumotlari, didaktik materiallar. Shakl: Guruhlarda va jamoalarda ishlash; Darsning turi: Aralash; Darsda qo’llaniladigan mеtodlar va usullar: 1) Hozirjavoblik; 2) Interfaol o’yinlar; 3) Begona so’zni top; 4) Kim chaqqon; 5) So’zni davom ettir; 6) Amaliy ish;
Nazorat: Og’zaki nazorat, savol javoblar va testlar Baholash: O’quvchilarni 5 ballik tizim asosida rag’batlantirib baholash |
Kutilayotgan natijalar |
O’quvchi: Тo’g’ri va ongli ravishda o’quvchilarga yangi mavzu haqida bilimlar shakillanadi o’quvchilarning kompyuter va dunyo axborotini izlab toppish bilimlari kengayadi va tushunchalarga ega bo’ladi. |
Kelgusi rejalar (tahlil, o’zgarishlar) |
O’qituvchi: Ilg’or pedagogik texnalogiyalarni o’zlashtirish va informatika fanidan yangiliklargni izlash va takomillashtirish, o’z ustida ishlash. Darsni hayoti tajribalar bilan bog’lash. O’quvchi: O’z fikrlarini erkin bayon etishni va hisoblash metodlarini o’rganish, o’rganilganlar asosida kompyuterni o’rganish |
DARS JARAYONI VA ТEХNOLOGIK ХARIТASI
Ishning nomi |
Bajaraladigan ish mazmuni |
Metod |
Vaqt (daqiqa) |
Тashkiliy qism |
Navbatchi axboroti tinglanadi. Sinf xonasi va o’quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi |
Savol- javob |
1 |
Ehtiyojlarni aniqlash |
Dars davomida rioya qilinishi lozim bo’lgan qoidalar belgilanadi. |
Munozara |
1 |
Uy vasifasini so’rash |
O’quvchilar guruhga bo’linadi va o’tilgan mavzu so’raladi |
Savol-javob, gruhlarga ishlash |
10 |
Darsning borishi |
1. O’tilgan mavzuni mustahkamlash; 2. Yangi mavzu bayoni; 3. Yangi mavzuni mustahkamlash; |
Musobaqa, savol-javob, gruhlarga ishlash |
30 |
Darsni baholash |
O’quvchilarning darsga ishtiroki hisobga olinib, reytingi e’lon qilinadi |
Baholash |
2 |
Uyga vazifa |
Savol va topshiriqlarga javob berish |
Тushintirish |
1 |
Darsning borishi
Tashkiliy qism:
Salomlashish, o’quvchilar davomatini aniqlab, sinf jurnaliga mavzuni qayd qilish, fanni bugungi kundagi yangiliklari haqida ma'lumot bеrish, sinf xonani va o’quvchilarni darsga tayyorgarligini nazorat qilish. |
Ehtiyojlar:
Sinfni 8 kishidan iborat 2 ta kichik guruhlarga ajratish, sardorlarni tayinlash. (O’qituvchi tomonidan tavsiya etilgan turli rangli qog’ozlardan ixtiyoriy tanlanadi. «Web-sahifa», «Web-sayt» nomi yozilgan stol atrofida o’tiradilar.) Guruh sardorlari tanlanadi. |
Uy vasifasini so’rash:
“HOZIRJAVOBLIK”
Tezkor savol – javob (kartochkalar orqali)
1. Axborot texnologiyasi nima?
2. Tashqi axborot texnologiyasiga misollar keltiring.
3. Lokal tarmoq nima?
4. Global tarmoqning lokal tarmoqdan farqi nima?
5. Modem nima va uning vazifasi?
6. Server tarmoq uchun nimaga kerak?
7. Agar kompyuter tarmoqqa ulanmagan bo’lsa u qanday yo’l bilan axborot almashadi?
Informatika atamalarini yozing:
A |
I |
W |
S |
M |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
“KIM CHAQQON”
Har bir gurhdan 1 o’quvchi chiqib quyidagi harflar bo’yicha informatika faniga oid terminlarni yozadi.
B – О –
R – S –
М – I –
P – K –
А – Т –
1. O’tilgan mavzuni mustahkamlash:
Insoniyat tomonidan axborotlarni izlash, to`plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish usullari va vositalari axborot texnologiyasi deb yuritiladi.
Axborot texnologiyasi ikki: ichki va tashqi omillardan iboratdir. Ichki omillarga usul va metodlar, tashqi omillarga vositalar kiradi.
Axborot texnologiyasining asosiy texnik vositalari sifatida kompyuterdan tashqari aloqa vositalari – telefon, teletayp, telefaks va boshqalar qo`llaniladi.
“INTERFAOL” o’yin
Savollarga tezlik bilan “ha” yoki “yo’q” deb javob berishlari lozim.
2-mashq. Ichki va tashqi axborot texnologiyalarini ajrating:
daftar |
telefon |
komputer |
o’chirg’ich |
rasm |
o’zlashtiris |
eshitish |
oina |
matn |
signal |
magnitli |
qalam |
o’qish |
dastur |
televizor |
qo’shiq |
globus |
maktab |
chizma |
film |
kinoteatr |
xulosa |
pul |
o’chirish |
… tashqi axborot texnologiyasi
… ichki axborot texnologiyasi
Ichki |
matn, signal, magnitli, chizma, film, rasm, o’qish, o’zlashtiris, dastur, xulosa, eshitish, qo’shiq, o’chirish |
Tashqi |
daftar, globus, telefon, maktab, komputer, o’chirg’ich, qalam, kinoteatr, televizor, pul, oina, |
Lokal tarmoqda kompyuterlardan biri asosiy kompyuter etib tanlanadi. U fayllar serveri yoki, oddiy qilib, server deb nomlanadi. Qolgan kompyuterlar esa ishchi stansiyalar deb nomlanib, server bilan hamda o`zaro tarmoq platalari va maxsus kabellar yordamida ulanadilar.
Mintaqaviy tarmoqlar bir mamlakat hududidagi foydalanuvchilarni birlashtiradi. Bunday tarmoqqa ulangan kompyuterlar orasidagi masofa bir necha yuz kilometrni tashkil etishi mumkin.
Global tarmoqlar dunyoning turli mamlakatlaridagi foydalanuvchilarning o`zaro axborot almashishini ta`minlaydi.
Mintaqaviy va global tarmoqlarda kompyuterlarni alohida aloqa kabellari orqali ulash qimmatga tushadi. Shu sababli ularni modem yordamida telefon tarmoqlari orqali ulash yo`lga qo`yilgan. Kompyuterda ma`lumotlar raqamlar signallar ko`rinishida saqlanadi. Telefon tarmog`i orqali esa signallar o`tadi. Kompyuterdan chiqayotgan signallar modem yordamida raqamli ko`rinishdan analog ko`rinishga o`tkaziladi va telefon tarmog`i orqali yuboriladi. Tarmoqning ikkinchi uchiga signalga o`tkazadi va kompyuterga uzatadi.
2. Yangi mavzu bayoni:
Hamma Internet haqida eshitgan va undan foydalanishni xohlaydi. Ma`lumki, Internet axborotni soniyalar ichida uzoq masofalarga uzatish imkonini beradi. Shuning uchun bu darsda Internetning kelib chiqishi, uning tarkibi, unda axborot qanday qoidalar asosida uzatilishi va qabul qilinishi haqida ma`lumot beriladi.
O`zgarib va rivojlanib turuvchi olam yoki jamiyat haqidagi turli xil ko`rinishdagi katta hajmdagi axborotlar dunyoning deyarli hamma mamlakatlarida yig`ilib bormoqda. Bu ma`lumotlardan foydalanish zamonaviy axbort texnologiyasi vositalarsiz katta mablag` va vaqt talab etadi. Bunday muammolar Internet (Xalqaro informatsion tarmoq) ning tashkil etilishi bilan hal etiladi.
Internet “sovuq urush” mahsuli hisoblanadi. Uni yaratilishiga yadro zarbalaridan qisman zararlanganda ham ishlay olishga mo`ljallangan tajribaviy aloqa sistemasi sifatida XX asrning 70-yillari boshlari AQSH Mudofaa Vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan ARPANet aloqa tarmog`i asos bo`lgan. ARPANet-buzilgan aloqa bo`g`inlarni avtomatik ravishda aylanib o`tishga va tarmoqdagi kompyuterlarning ma`lumot almashishiga imkon yaratuvchi kommunikatsiyalar paketidir.
ARPANet tarmog`i birinchi marta ishga tushirilganda 4 ta kompyuter orasida maxsus kabel orqali bor yo`g`i 2 minut davomida axborot almashinilgan. Avvalgi bu tarmoq maxfiy hisoblangan. Keyinchalik, modem va telefon tarmog`i orqali axborot almashish imkoniyati yuzaga kelgandan so`ng bu tarmoqqa turli korxona va tashkilotlar ulanib olgan. Shu tariqa bu tarmoq Internet tarmog`iga aylangan. Internet tarmog`i biror tashkilotga bo’y sunmaydi, lekin davlatlar, ilmiy va ta’lim tashkilotlari, kommersiya strukturasi va millionlab hususiy shaxslar tomonidan moliyalashtiriladi. Tarmoq taklif etilgan ko’ngillilar tomonidan tashkil etilgan “Internet arxitekturasi bo’yicha kengash” tomonidan boshqariladi.
Ø www- elektron sahifa xizmati; |
Ø DNS- domen nomlari xizmati; |
Ø E-mail- elektron pochta xizmati; |
Ø Telnet xizmati; |
Ø Usenet- telekonferentsiya; |
Ø IRC- xizmati yoki Chat konferentsiya; |
Ø FTP - fayllarni uzatish ; |
Ø Ma’lumotlarni izlash xizmati. |
Internet – dunyo bo’ylab joylashgan va yagona tarmoqqa birlashtirilgan minglab kompyuter tarmoqlarining majmuidir. Internetda axborot almashish standart qoidalar asosida amalga oshiriladi. Internetdagi ma’lumotlarni uzatish qoidalari protokollar (masalan, TCP/IP – TRANSMISSON CONTROL PROTOKOL /INTERNET PROTOKOL )deb ataladi.
TCP/I P protokolining axborotni uzatish usuli quyidagicha:
TCP protokoli axborotni paketlarga ajratadi; IP protokoli orqali barcha paketlar qabul qiluvchiga uzatiladi va TCP protokoli tomonidan barcha paketlarning qabul qilinganligi tekshiriladi; barcha paketlar qabul qilinganidan keyin TCP protokoli ularni tartibga soladi va yaxlit ko;rinishga keltiradi.
Kompyuterlarning axborotlarni telefon tarmoqlari orqali yubora olishiga imkon beruvchi modem deb ataluvchi qurilmaning yaratilishi (1974-yil Nays kompaniyasi) va rivojlanishi sababli faqatgina shaxsiy kompyuteri va telefoni bor millionlab kishilar tarmoqning maxsus qurimalarisiz ham Internetdan foydalana olish imkoniyatiga ega bo’ldilar.
Tashqi faks modem Simsiz modem
Hozirgi kunda Internet dunyo bozorini o’rganishda va savdo- sotiq ishlarini tashkil etishda zamonaviy biznesning eng muhim vositalarning biriga aylanib bormoqda.
Internet o`zaro aloqa bog`lanish yoki ma`lumot almashish tarmog`i bo`libgina qolmasda, unda mavjud bo`lgan ma`lumotlar ombori majmui dunyo bilimlar omborini tashkil etadi. Internetning kompyuter bilan bog`liq bo`lgan narsalardan muhim farqi shundaki, u o`zi haqidagi ma`lumotlarni ham o`ziga saqlay olishidir.
1992-1993-yillarda axborot texnologiyasining rivojlanishi sababli tasviriy va tovushli axborotlarni olis masofalardan qisqa vaqtda uzatishning shunday imkoniyati yaratilganki, u World Wide Web deb nomlangan.
World Wide Webning yaratilishiga 1989 yil Shversiyadagi Yaponiya Yadroviy Tadqiqotlar Kengashining loyihasi asos bo`ldi. Bu loyixaning maqsadi Internetda axborot tarqatishning samarali usullarining izlash va uning oqibatlarini kuzatishdan iborat edi. Hozirgi kunda World Wide Web Internetning eng tez rivojlanayotgan sohalaridan biri bo`lib qoldi.
Internet deganda ko`pchilik World Wide Web (qisqacha Web yoki WWW) ni tushunadi. Aslida World Wide Web Internetning bir qismi bo`lib, xalqaro o`rgimchak to`ri ma`nosini anglatadi. World Wide Web multimedia (multimedie-rasm va matnli axborotni tovushli va harakatdagi shakllardan iborat axborot bilan birlashtirish texnologiyasi) imkoniyatlariga ega bo`lgani uchun foydalanuvchilar e`tiborini juda tez qozondi.
WWWda axborot maxsus sahifalarda, ya`ni Web-sahifalarda joylashadi. Web-sahifaga matn, rasm, tovush, videotasvir va hokazo ko`rinishdagi axborotlarni joylashtirish mumkin. Bu esa o`z navbatida reklama, tijorat, ta`lim va boshqa ko`pgina soha vakillari beqiyos imkoniyatlar ochib berdi. Masalan, juda ko`p kinostudiyalar o`z mahsulotlarini rekmala qilish uchun Web-sahifalar yaratishadi. Mazkur Web-sahifalarda asosan yangi filmlar haqidagi ma`lumotlar bilan birga shu filmlardan 1-2 daqiqali parchalar aks ettiriladi. WWW yaratilgunga qadar bunday imkoniyat faqat kinoteatrlar yoki televideniye orqaligina mumkin edi.
Kinoteatr va televideniye orali namoyishlar belgilangan vaqtga bog`liq bo`lsa, WWW dan xohlagan kishi istalgan vaqtda yangi filmlar haqida to`liq ma`lumot olishi mumkin.
WWWning ommalashishiga yana bir omil gipermatndir. Gipermatn Web-sahifaning biror qismiga yoki boshqa Web-sahifaga bog`liqligini ko`rsaruvchi ilova bo`lib, u so`z yoki rasm bo`lishi mumkin. Gipermatn yordamida Web-sahifaning qismiga yoki boshqa Web-sahifaga tez va oson o`tiladi, bu hol kerakli qism yoki Web-sahifaga gipermurojaat deb ataladi.
Bitta tashkilot yoki xususiy shaxsga tegishli va mazmuniga ko`ra o`zaro bog`langan bir nechta Web-sahifalar majmuyi Web-sayt deyiladi. Web-saytni kitobga, web-sahifani esa kitobning sahifasiga o`xshatish mumkin. Web-saytdagi web-sahifalar o`zaro gipermatn yordamida bog`lanadi. Web-saytlar ham, Web-sahifalar ham Web-server deb ataluvchi Internetga ulangan maxsus kompyuterlarda saqlanadi va o`z adresiga ega bo`ladi. Bu adres URL deb ataladi. URL hamisha http:// yоzuvidan boshlanadi (http – HyperText Transfer protocol). So’ngra web-sahifa joylashgan tarmoq (provayder) adresi (masalan, www.uzsci.net), keyin web-sahifa nomi (masalan , - rtm) yoziladi.
Provayder (ingliz. provide – imkon berish, ta’minlash) – Internetning ba’zi qismlaridan foydalanishga imkon beruvchi va foydalanuvchilarga turli xizmatlarni ko’rsatuvchi firmalardir.
Shunday qilib, misolda keltirilgan web-sahifaning Internetdagi adresi http://www.uzsci.net/-rtm ko’rinishida bo’ladi.
AMALIY ISH
Milliy saytlar haqida ma’lumot berish va Internet tarmog’i orqali ushbu saytlarga kirib o’quvchilarga namoish ettirish:
Lug’at
Har bir gurhdan 1 o’quvchi chiqib quyidagi terminlarni lug’aviy ma’nosini yozishi kerak.
Disk – aylana (inglischa)
Kompakt – zich (inglischa)
Hardware – qattiq mahsutol (inglischa)
Software – yumshoq mahsulot (inglischa)
Fayl – ma’lumot (inglischa)
Direktoriya – ma’lumotnoma (inglischa)
Provayder – imkon berish (inglischa)
World – dunyo (inglischa)
3. Yangi mavzuni mustahkamlash.
3-mashq. O’ng ustundagi so’zlarni chap ustun so’zlariga mos ko’chiring:
АRPANet |
Axborot texnologiyasi |
Modem |
|
Suhbat |
|
Internet |
Tarmoq aloqasi |
Тelefon |
Yechim:
Тelefon |
Axborot texnologiyasi |
Modem |
|
Suhbat |
|
Internet |
Tarmoq aloqasi |
АRPANet |
«BЕGONA SO’ZNI TOP»
1.klaviatura, monitor, sistema bloki, kalkulyator. (kalkulyator)
2. Shift, Alt, Enter, Shrift, Delete, Tab, Num Lock. (Shrift)
3. bit, bayt, sm, Kilobayt, Megabayt. (sm)
4. local, regional, funksional, global. (funksional)
5. Web-sahifa, web-sayt, web-kamera, web-server. (web-kamera)
2-mashq. Jadvaldagi Internetga oid so’zlarni izohlab bering.
sahifa |
protokol |
Veb-sahifa |
gipermatn |
provayder |
televizor |
sayt |
URL |
modem |
analog signal |
multimediya |
axborot |
adres |
Veb-sayt |
telefon |
raqamli signal |
Veb-server |
global |
Yechim: Internet bilan bog’liq so’zlar:
Protokol - Internetdagi ma’lumotlarni uzatish qoidalari
Veb-sahifa - WWWda axborot maxsus sahifalarda, ya`ni Web-sahifalarda joylashadi
Gipermatn - Gipermatn Web-sahifaning biror qismiga yoki boshqa Web-sahifaga bog`liqligini ko`rsaruvchi ilova bo`lib, u so`z yoki rasm bo`lishi mumkin.
Provayder - (ingliz. provide – imkon berish, ta’minlash) – Internetning ba’zi qismlaridan foydalanishga imkon beruvchi va foydalanuvchilarga turli xizmatlarni ko’rsatuvchi firmalardir.
URL - Web-sahifalar ham Web-server deb ataluvchi Internetga ulangan maxsus kompyuterlarda saqlanadi va o`z adresiga ega bo`ladi. Bu adres URL deb ataladi. URL hamisha http:// yоzuvidan boshlanadi.
Modem - Kompyuterdan chiqayotgan signallar modem yordamida raqamli ko`rinishdan analog ko`rinishga o`tkaziladi.
Veb-sayt - Bitta tashkilot yoki xususiy shaxsga tegishli va mazmuniga ko`ra o`zaro bog`langan bir nechta Web-sahifalar majmuyi.
Veb-server - Internetga ulangan maxsus kompyuter
global - tarmoq.
“SO’zlarni DAVOM ETTIR” O’YINI
Guruh a’zolari informatik terminlar bo’yicha o’yin o’tkazishadi
Misol: Аbak ⇒ kibernetika ⇒ аxborot ⇒ takt ⇒ tranzistor ⇒ razryad ⇒ diod ⇒ ...
O’quvchilarni baholash:
O’quvchilarning darsga ishtiroki hisobga olinib, reytingi e’lon qilinadi
Uyga vazifa:
- mavzuni o’qish;
- 1-mashqni bajarish;
- savollarga javob yozish:
1. Internet nima?
2. Birinchi tarmoq haqida ma’lumot bering.
3. Protokol nima?
4. WWW nima?
5. Мultimedia nima?
6. Web –sahifa nima, gipermatn-chi?
7. Web –sayt nima?
8. Gipermurojiat nima?
Adabiyotlar
1. “Informatika va aborot texnologiyalari” 7-sinf.
2. Informatika fanidan elеktron darslik.
3. Internet ma’lumotlari
O’IBDO’ A. Hakimov
Скачано с www.znanio.ru
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.