BILIMLAR OMBORI VA EKSPERT TIZIMLAR.

  • Занимательные материалы
  • docx
  • 20.10.2018
Публикация на сайте для учителей

Публикация педагогических разработок

Бесплатное участие. Свидетельство автора сразу.
Мгновенные 10 документов в портфолио.

Ushbu maqolada “BILIMLAR OMBORI VA EKSPERT TIZIMLAR” mavzusi to’liq ochib berilgan. Maqolada mavzu quyidagi reja asosida tushuntiriladi: 1. Bilimlar ombori; 2. Bilimlar omborini boshqarish tizimlari; 3. Sun’iy intellekt tushunchasi; 4. Ekspert tizimlari. Bilim omborining asosiy xususiyatlari esa sxema orqali tushuntirilgan. Shuningdek mavzu oxirida savollar va topshiriqlar keltirilgan.BILIMLAR OMBORI VA EKSPERT TIZIMLAR.
Иконка файла материала BILIMLAR OMBORI VA EKSPERT TIZIMLAR.docx
BILIMLAR OMBORI VA EKSPERT TIZIMLAR. REJA: 1. Bilimlar ombori; 2. Bilimlar omborini boshqarish tizimlari; 3. Sun’iy intellekt tushunchasi; 4. Ekspert tizimlari. Tayanch iboralar:Bilimlar ombori, sektorlar, bilimlar omborini yaratish bosqichlari, ekspert tizimlari,   sun’iy   intellekt,   bilimlar   ombori,   xususiyat,   ma’lumotlar   ombori,   foydalanish texnologiyasi,   ekspert,   foydalanuvchining   interfeysi,   interpretator,   tizimni   yaratish   moduli, ekspert tizimi qobig‘I, afzalliklar,  ekspert tizimini yaratish bosqichlari. Bilimlar ombori Biror sohada oldindan belgilangan shart­sharoitlarga javob bera oladigan ma'lumotlar omborini yaratish va undan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bilimlar   omborini   shakllantirish   turli   uslublar   orqali   amalga   oshirilishi   mumkin.   Bunda muammolarning   aksariyati   bilimlar   omborining   umumiy   tuzilishi   va   uni   tashkil   etuvchi elementlarning   o'zaro   bog'lanish   usuliga   taalluqli   bo'ladi.   Umumiy   hofda   bilimlar   omborini yaratish dasturlar tizimini yaratishga o'xshash bo'ladi. Bilimlar ombori­ bu ayrim predmet sohalari murakkab vazifalar yechimini topish uchun tahlil va xulosalarni yuzaga keltiruvchi model, qoida, omillar (ma’lumotlar) majmuidir. Bilimlar ombori jamiyatning ajralmas qismi bo'lib, uning o'tmishi, bugungi kuni va kelajagi haqidagi bilimlarni o'zida mujassamlashtiradi. Bilimlar omborida jamlanadigan ma'lumotlar matn, belgi, raqam, jadval, grafik, rasm va boshqa ko'rinishlarda bo'lishi mumkin. BILIM OMBORINING ASOSIY XUSUSIYATLARI O’RGANIS H VA MASHQ QILISH YUQORI MALAKA LI MA’LUMOTL AR OMBORI INSTITUTS IYAVIY BILIMLAR BASHORA IMKONIYA TLSH TIMa’lumotlar bilimlar omborining berilgan qismlariga joylashtiriladi va bu qismlar sektorlar  deb ataladi. С D В A Har bir sektorda ma'lum qoidalarga ko'ra ishlatiladigan bilim (ma'lumot)lar bo'laklari joylashadi.   Har   bir   sektordagi   ma'lumotlardan   yakka   holda   foydalanish,   ya'ni   sektorlarni boshqarishni avtonom holda olib borish mumkin. Sektorlarni quyidagicha taqsim lash mumkin: A­ matnli axborotlar, В ­grafikli axborotlar, С ­jadvallar, D ­ diagrammalar. Faraz qilaylik, biologiya yoki zoologiyadan bilimlar omborini tuzish lozim. Xo'sh, ishni nimadan   boshlash   kerak?   Albatta,   dastlab   biologiyaning   asosiy   tushunchalarini   o'z   ichiga oladigan ma'ruzalar matni tayyorlanadi va u kompyuter xotirasiga kiritiladi. Ikkinchi navbatda inson a'zolari yoki hayvon tiirlariga oid rasmlar majmui hosil qilinadi va ular xotirada biror fayl sifatida   saqlanadi.   Keyingi   bosqichlarda   jadvalli   va   diagrammali   axborotlarning   qismlari yaratilib,   xotiraga   joylashtiriladi.   Bu   ma'lumotlar   majmui   dastlab   alohida   sektorlarga joylashtiriladi,   so'ngra   ularning   bir­biri   bilan   o'zaro   bog'lanishini   ta'minlovchi   ishchi   dastur tuziladi   (yoki   tayyor   dasturdan   foydalaniladi).   Ishchi   dasturning   asosiy   vazifasi foydalanuvchining bergan savoliga xotiradagi ma'lumotlar asosida javob topishdan iborat. Bu dasturning ishlashini quyidagi misol orqali tushuntirish mumkin: 1.Dastlab mavzu tanlanadi, masalan, «Inson tanasida qon aylanish tizimi». 2.Tanlangan   qilinadi     tugmachalari tanasida   qon   aylanish     mavzuda (uni foydalanuvchini   kompyuter   qiziqtiradigan   orqali tizimining   vazifasi savol   kiritish   mumkin).   nimadan aniq     «Inson   hosil Masalan, iborat?»     3.Belgilangan buyruq kiritiladi. 4.So'ralgan axborot natijasi ekranda hosil qilinadi yoki bosmaga chiqariladi. 5.«Qon aylanish tizimi»ni tushuntiruvchi rasmni ekranda hosil qilish so'raladi. Bilimlar   omboridan   foydalanish   tartibi   turlicha   bo'lishi   mumkin   va   uni   belgilash foydalanuvchining   xohishiga   bog'liq.   Qoidalar   ketma­ketligi   esa   iyerarxik   tuzilishda   bo'ladi. Bilimlar ombori qoidalar tarmog'i sifatida tasvirlanadi. Tarmoqning har bir holatdagi o'tish yo'li muloqot jarayonidagi foydalanuvchining javobiga bog'liq bo'ladi. Muloqot quyidagi tarzda olib boriladi:­dastur   foydalanuvchiga   tizimga   qanday   savollar   berish   mumkinligi   haqida   yo'nalish beradi. Yuqoridagi bilimlar ombori uchun yo'nalishga quyidagi misollarni keltirish mumkin: «O'pkaning tuzilishi», «O'pka kasalligi turlari», «Burun kasalliklari»,... ­boshlang'ich   ning keyingi bosqichlari tanlanadi. yo'nalishlardan   birini   tanlagan   holda   muloqot­ ­Tizim foydalanuvchi tomonidan berilgan so'rovlarning rost yoki yolg'onligini tekshirib ko'radi. Agar so'rov jarayonida shart bajaril­sa, foydalanuvchiga muloqotning keyingi bosqichiga o'tish uchun imkon beruvchi yozuv ekranda hosil qilinadi. Bu jarayon foydalanuvchining talabini qondiruvchi javob hosil bo'lgunga qadar davom ettiriladi.      ­Berilgan   sohadagi   bilimlar   omboridan   foydalanish   har   bir   foydalanuvchidan   ma'lum darajadagi ko'nikma va malakalarni talab qiladi. Bunday ko'nikmalarga turli shakldagi aqliy faoliyat   turlari:   tahlil,   sintez,   umumlashtirish,   abstraktlashtirish,   qiyoslash,   modellashtirish, strukturalash, o'xshashlik darajalarini o'rnatish va boshq­alar kiradi. Bilimlar omborini yaratishda quyidagi bosqichlar amalga oshiriladi: 1­bosqich. Predmet sohasini aniqlash. Bu bosqichda muayyan bilim sohasi tanlanadi. 2­bosqich. Bilimlar to'plamini yaratish. Berilgan mavzu bo'yicha materiallarga darslik, ma'lumotnoma,   ilmiy   maqolalar,   jurnal,   gazeta,   yaratuvchining   oldindan   to'plagan   xususiy bilimlari va boshqalar  kiradi. Yaratiladigan   bilimlar   omborining   sifati   va   hajmi   yaratuvchining   birlamchi   bilim manbalaridan oladigan axborotlari sifatiga bog'liq bo'ladi. 3­bosqich. Bilimlarni tizimga tushirish. Bu bosqichda asosiy tushunchalar va ularning xossalari,   atamalarning   mazmuni   (tub   mohiyati)   aniqlanadi,   tushunchalar   mazmuni   bo'yicha turlarga ajratiladi, ular o'rtasida mantiqiy bog'lanish o'rnatiladi. Axborotlarning tuzilishi tartibini to'g'ri belgilash undan foydalanish samarasini oshiradi.Materialni bilimlar omborida ifodalash uchun tizimli tahlildan foydalaniladi. Materialni tizimga solish jarayonida, avvalo, ko'rilayotgan mavzuning   iyerarxik   modeli   tuziladi,   so'ngra   elementlar   orasidagi   bog'lanishlar   aniqlanadi. To'plangan materialning modelini yaratishda tahlil, turlarga ajratish, guruhlash, qiyoslashtirish, tartiblash, tizimlashtirish, formatlash, modellashtirish kabi usullardan foydalaniladi. 4­bosqich. Materialni shaklan tasvirlash. Tanlangan mavzu tushunchalari orasidagi o'zaro bog'lanish va asosiy yo'riqlarini aks ettiradigan materialning shakliy ko'rinishi grafik, jadval, matn, mantiqiy sxema, gipermatn kabi sxemalashtirilgan vositalar yordamida berilishi mumkin. Bilimlar omborini boshqarish tizimlari Hozirgi   zamon   mutaxassisi   kerakli   axborotni   topish,   ajratib   olish   ,   tahlil   qilish, tashkillashtirish, saqlash hamda kerakli ko’rinishda tasvirlashni bilishi kerak. Bu esa undan tahlil va   sintez   qilish,   umumlashtirish,   abstraksiyalash,   modellashtirish,   o‘xshashliklarni   topish   va shunga o ‘xshash boshqa aqliy faoliyat ko‘nikmalarini egallashini talab qiladi. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, biror hodisa, voqea yoki soha haqida absolyut bilim beradigan axborot tizimini yaratish juda mushkul ish hisoblanadi. Bilimlar   omborini   boshqarish   usullari   bilimlar   omborini   yaratish   bilan   bevosita bog’langan bo’ladi. Bilimlar   omborini   boshqarish   uchun   maxsus   dasturlar   tuziladi.   Bunday   dasturlarning vazifasiga quyidagilar kiradi: • bilimlar omboridagi ma’lumotlarga kirish; • bilimlar omboridagi axborotlarni modifikatsiyalash (yangilash); •   kompyuter   o‘chirilganda   yoki   dasturlar   ishi   to‘xtab   qolganda   boshqarishning   tezda qayta tiklanishi; •   bilimlar   omboridan   bir   vaqtda   bir   necha   kom   pyuterning   foydalanishi   va foydalanuvchilarning bir­biriga xalaqit bermasligi;• bilimlar omboridagi ma’lumotlardan foydalanishning cheklanganligi va ularni tashqi ta’sirlardan himoyalanishi. Bilimlar   ombori   maxsus   tashkil   etilgan   firmalar,   guruhlar   yoki   yakka   dasturchilar tomonidan yaratiladi. Foydalanuvchilar esa bu dasturlarni magnit yoki lazer disklariga yozib oladilar va ulardan foydalanadilar. Sun’iy intellekt tushunchasi «Sun’iy intellekt» tushunchasi dastlab AQSHda paydo bo'ldi va sekin­asta boshqa davlatlarda ham keng qo‘llanila boshlandi. 1956­yili   AQSHda  kompyuter   va  dasturlash  sohasidagi   10  nafar  amerikalik   yetakchi mutaxassisning   birinchi   uchrashuvi   bo‘lib   o‘tdi.   O‘sha   paytda   mutaxassis­lardan   ko‘pchiligi yaqin o‘n yil ichida sun’iy aql yaratilishi mumkinligini taxmin qilardi. Chorak asrdan keyin, ya’ni 1981­yili sun'iy intellekt bo‘yicha Kanadada bo‘lib o‘tgan Xalqaro konferensiyada birinchi uchrashuvning   o‘nta   qatnashchisidan   beshtasi   qilingan   bashoratlar   o‘ta   optimistik bo‘lganligini,muammolar esa anchagina murakkab ekanligini tan olishdi.Shunday bo‘lsada, bu yo‘nalishda ko‘pgina ilmiy va amaliy natijalarga erishilgani qayd etildi. Hozirgi kunda sun’iy intellektni yaratish bo‘yicha ilmiy ishlar ko‘pgina davlatlarda olib borilyapti. Intellekt — insonning tafakkur yuritish qobiliyati. Sun'iy   intellekt   —   inson   intellektining   ba’zi   vazifalarini   o‘zida   mujassamlashtirgan avtomatik va avtomatlashtirilgan tizimlar xususiyati. Sun’iy intellekt shaxsning nisbatan barqaror bo‘lgan, masalan, axborotni qabul qilish va undan ma’lum masalalarni hal qilishda foydalana olishi kabi aqliy qobiliyatini ifodalaydi. Kompyuterda hal etilayotgan masalalar, hatto ayrimlari anchagina murakkab bo‘lsa­da, intellektual   hisoblanmaydi.   Bu   o‘rinda   maktabda   bajariladigan   arifmetik   amallar   intellektual emasmi, degan savol tug‘iladi. Bu ifodada masalaga tegishli qandaydir noaniq element mavjud . Bu masalani yechishning aniq algoritmi noma’lumligi yoki mavjud emasligidadir. Qandaydir standart materiallar masalani yechish metodini bilmaydigan o‘quvchi uchun javobni izlash, aniq aqliy mehnatni talab qiladigan intellektual amal hisoblanadi. Uslubni bilgan o ‘quvchi, ushbu turdagi masalani avtomatik ravishda yechadi. Shunday qilib, masala qanday murakkab bo‘lmasin, agar uni yechishning aniq uslubi (algoritmi) topilgan va mos dasturi ishlab chiqilgan bo‘lsa, u ishni intellektual yoki haqiqatdan ijodiy   hal   qilingan   deb   hisoblasa   bo‘ladi.   Kompyuter   uchu   n   esa,   odatda,   bu   ishning   faqat mexanik amallarini bajarish qismi qoladi. Lekin bu barcha masalalarda ham emas. Shunday vaziyatlar bo’ladiki, masalani yechish algoritmi umuman topilmagan bo’lib, anchagina vaqt sarflaganda ham uni kompyuterda yechib bo'lmaydi. Bunday masalalar kam emas.   Bular   qatoriga   obrazlarni   topish,   shaxmat   o‘ynash   dasturlarini   yaratish,   tarjimalarni avtomatlashtirish kabilarni kiritish mumkin. Inson shunday masalalarga duch kelganda, u qandaydir yagona yechimni yoki samarali uslubni   topishga   intilmaydi,   balki   masalani   yechish   jarayonida   turli   uslub   va   yo‘l,   axborot manbalaridan   foydalanishga   harakat   qiladi.   U   mantiq   qonunlarini,   matematik   munosabatlar, murakkab masalani maydaroq masalalarga ajratish yo’llaridan yoki avval uchragan masalalarga o'xshash mulohaza qilishdan foydalanadi. Bir so‘z bilan aytganda, bu o‘rinda inson fikrlashining moslashuvchanligi va ko‘p tomonlamaligi namoyon bo’ladi. Sun’iy intellekt sohasidagi ishlar, asosan, kompyuterni hozircha kam egallagan uslub va usullardan samaraliroq foydalanishga «o‘rgatish»dan iborat. Hozirgi  kunda  bu sohada  anchagina  ishlar  qilingan,  ya’ni  intellektual  vazifalarni  hal qiladigan dasturlar yaratilgan. Mutaxassislar yaratilgan dasturlarni aniqroq, bexato ishlaydigan qilib yaxshilash va ularni takomillashtirish ustida qizg’in ish olib borishmoqda. Kompyuterda muammoni yechishning optimal varianti tanlanadi. Chunki optimal variant tanlanmasa va masala to‘g‘ridan to‘g‘ri yechiladigan bo’lsa, unga juda ko’p vaqt sarflashgato‘g‘ri   keladi.   Masalan,   uyingizdan   litseyga   borishning   bir   necha   varianti   bo’lishi   mumkin. Birinchi   bor   litseyga   borayotganingizda   eng   yaqin   yo’lni   topish   uchun   ,   albatta,   yordamga muxtoj bo’lasiz. Bunday masalalarda umumiy o‘xshashlik bor — ularni tasodifiy izlash uslubi yordamida yechiladi. Yechishning variantlari esa ekspotensial ravishda ortib boradi. Demak, ko‘p sondagi yechimlar ichidan eng qulayini topish asosiy muammo bo’lib qoladi va bu masalaning yechimi optimal variantni tanlashni taqozo etadi. Kompyuterlarning paydo bo’lishi va dasturlar yordamida masalalarni yechish—bilishning yangi turlari kelib chiqishiga sabab bo’ldi. Intellektual tizimni bunday turlardan biri sifatida ko‘rsatish mumkin. Intellektual tizimning asosiy prinsipi shundaki, biror masalani yechishda insonning mantiqiy fikrlash usulidan foydalaniladi. Murakkab   masalalarning   yechimini   izlashda   inson   ma’lum   qonuniyatlarni   bilishga asoslanadi.   U   matematik   teoremalar   yoki   amaliyotdan   olingan   qoidalardan   foydalanadi, murakkab masalalarni sodda masalalarga ajratadi va boshqa usullami tatbiq etadi. Umuman, intellektual tizimning asosiy vazifasiga to‘plangan bilimlar omborini tatbiq etish va undan foydalangan holda murakkab masalalarni yechishning optimal yo’llarini izlash hamda yechimini topish kiradi. Ekspert tizimlari   kompyuterda   echiladigan   masalalarning   murakkablashuvi Zamonaviy jamiyatda tobora o‘sib borayotgan axborot oqimi, axborot texnologiyalarining turli­tumanligi,   ushbu texnologiyalardan foydalanuvchining oldiga bir qator vazifalarni qo‘ydi. Kerakli variantlarni tanlash va qaror qabul qilish ishlarini insondan EHMga o‘tkazish masalasi yuzaga keladi. Bu vazifani echish yo‘llardan biri – bu ekspert tizimlarini yaratish va foydalanish sanaladi. Ekspert o‘zidan kelib chiqib sharoitni tahlil etadi va nisbatan foydali axborotni aniqlab oladi, chorasiz yo‘llardan voz kechgan holda qaror qabul qilishning eng maqbul yo‘llarini vujudga keltiradi.  Ekspert tizimida ma’lum bir predmet sohasini ifodalaydi bilimlar bazasidan foydalaniladi. Ekspert tizimi –  bu ayrim mavzu sohalarida bilimlarni to‘plash va qo‘llash, uyushtirish usullari hamda vositalari majmuidir. Ekspert tizimi mutaxassislarning yuqori sifatli tajribasiga suyangan   holda   qarorni   tanlash   chog‘ida   muqobil   variantlar   ko‘pligi   uchun   yanada   yuqori samaraga erishadi. Strategiyani tuzish paytida yangi omillarni baholab, ularning ta’sirini tahlil etadi.  Ekspert tizimlari sun’iy intellektdan foydalanishga asoslangan. Ekspert tizimlarini axborot tizimlari sinfi sifatida ko‘rib chiqish mumkin. U foydalanuvchining roziligidan   qat’iy   nazar   ma’lumotlarni   tahlil   va   tahrir   eta   oluvchi,   qarorni   tahlil   etib   qabul qiladigan,   tahliliy­tasnifiy   vazifalarni   bajara   oladigan   ma’lumotlar   va   bilimlar   bazasiga   ega. Jumladan,   ekspert   tizimlari   keladigan   axborotlarni   guruxlarga   bo‘lib   tashlay   oladi,   xulosa chiqaradi,   identifikatsiyalaydi,   tashxis   qo‘yadi,   bashoratlashga   o‘rgatadi,   sharhlab   beradi   va hokazo.  Ekspert tizimining boshqa axborot tizimlaridan afzalliklari quyidagicha:     yaqin davrlargacha EHMda echish qiyin yoki umuman echib bo‘lmaydigan deb sanaluvchi murakkab   masalalarning   yangi   sinfini   echish,   optimallashtirish   va   (yoki)   bahosini   olish imkoniyati;   dasturchi bo‘lmagan foydalanuvchiga(eng oxiridagi foydalanuvchilar) o‘z tilida suhbat yuritish va kompyuterdan samarali foydalanish uchun axborotni vizualizatsiyalash usullarini qo‘llash imkoniyatini ta’minlash;   yanada ishonchli va malakali xulosa chiqarish yoki qaror qabul qilish uchun ekspert tizimini mustaqil o‘rganish, bilimlardan foydalanish qoidalari, ma’lumotlar, bilimlarning to‘planishi;   foydalanuvchi axborot yo‘qligi tufayli yoki axborotning haddan ziyod rang­barangligi, yoki xatto kompyuter yordamida ham odatdagi qarorni qabul qilishning cho‘zilib ketilishi tufayli echa olmaydigan savollar yoki muammolarni hal etish;    takomillashgan   asboblar   va   ushbu   tizimdagi   foydalanuvchi   mutaxassisning   shaxsiy tajribasidan   foydalanish   hisobiga   yakka   tartibdagi   ixtisoslashgan   ekspert   tizimlarini   yaratish imkoniyati;    ekspert   tizimining   asosi   qaror   qabul   qilish   jarayonini   shakllantirish   maqsadida   tuzilgan bilimlar majmui (bilimlar bazasi) sanaladi. Axborot ta’minotining alohida yaxlit strukturasi ko‘rinishida yaqqol ko‘zga tashlangan va tashkil etilgan predmet sohasi xaqidagi bilim boshqa bilim turlaridan, masalan, umumiy bilimdan ajralib turadi. Bilimlar bazasi asosiy ekspert tizimi sanaladi. Bilimlar fikrlash va vazifalarni hal etish   usuliga   imkon   beruvchi   aniq   ko‘rinishda   ifodalanadi   va   qaror   qabul   qilishni soddalashtirishga   ko‘maklashadi.   Ekspert   tizimining   asosligini   ta’minlovchi   bilimlar   bazasi tashkilotning bo‘linmalaridagi mutaxassislar bilimini, tajrabasini o‘zida mujassamlashtiradi va institutsional   bilimlarni   (ixtisoslashganlar   majmuini,   yangilanayotgan   strategiyalar,   qarorlar uslublari) ifodalaydi. Bilim va qoidalarni turli aspektlarda ko‘rib chiqish mumkin: chuqur va yuzaki; sifat va miqdoriy; taxminiy(noaniq) va aniq;     muayyan va umumiy;  Foydalanuvchilar bilim bazasini samarali boshqaruv qarorlarini olish uchun qo‘llashlari mumkin. tavsifiy va ko‘rsatma (yo‘l­yo‘riq) beruvchi. Ma’lumotlar bazalaridan foydalanish texnologiyasi FOYDALANUVCHI EKSPERT BLOKI TUSHUNTIRISH BILIMLARNI O’ZLASHTIRISH BLOKI BLOKI BLOKI MANTIQIY XULOSA BLOKI BILIMLAR BAZASIEkspert – bu muayyan predmet sohasida samarali yechim topa oluvchi muta­xassis.  Bilimlarni   o‘zlashtirish   bloki   ma’lumotlar   bazasining   to‘planishini,   bilim   va   ma’lumotlar modifikatsiyasi bosqichini aks ettiradi. Bilimlar bazasining fikrlash darajasidagi yuqori sifatli tajribadan foydalanish imkoniyatini aks ettiradi. Mantiqiy xulosalar bloki qoidalarni faktlar bilan qiyoslagan holda xulosalar mantiqini yuzaga   keltiradi.   Unchalik   ishonchli   bo‘lmagan   ma’lumotlar   bilan   ishlash   chog‘ida   noaniq mantiq, zaif ishonch yuzaga keladi.  Tushuntirish (izohlash) bloki foydalanuvchining texnologiyada bilimlar bazasidan foydalanish ketma­ketligini aks ettiradi va «nima uchun?» degan savolga javob beruvchi xulosaga keladi. Hozirgi   vaqtda   bilimlar   bazasining   joriy   etilishi   kasbiy   bilimlarning   to‘planish  sur’ati bilan belgilanadi.  Kasbiy faoliyatning shakllantiruvchi, ya’ni EHM bazasida avtomatlashtiradigan qismi ­ bu inson tomonidan   to‘plangan   bilimlarning   uncha   katta   bo‘lmagan   qismidir.   To‘plangan   bilimlarning kattagina qatlamini yakka tartibda yig‘iladigan bilimlar tashkil etadi.  Bilimlarni   strukturalashtirish   yoki   rasmiylashtirish   bilimlarni   taqdim   etishning   turli usullariga   asoslangan.   Zamonaviy   axborot   tizimlarida   eng   ko‘p   faktlar   va   qoidalar   usulidan foydalaniladi. Ular ayrim predmet sohalaridagi jarayonlarni bayon etishning tabiiy usulini bayon etadi.   tavsiya, Qoidalar   odatda     ko‘rsatma,   strategiyalarni taqdim   etishning formal(rasmiyatchilik) usulini ta’minlaydi. Ular agar predmet bilimlari biror sohadagi masalani echish bo‘yicha to‘plangan amaliy tasavvurlardan paydo bo‘lgandagina to‘g‘ri keladi. Qoidalar ko‘pincha   «Agar   bu...»   xilidagi   tasdiq   ko‘rinishda   ifodalanadi.   Bilimlar   bazasida   predmet sohasini bayon etish ma’lumotlarni tashkil etish va taqdim etish, vazifalarni shakllantirish, qayta shakllantirish   va   echish   usullarini   ishlab   chiqishni   nazarda   tutadi.   Predmet   sohasi tushunchasi(obyektlari)   ramzlar   yordamida   tasavvur   qilinadi.   Masalan,   bu   ramz   bank   tizimi uchun   mijoz,   jamg‘arma   vositasi,   operatsiya,   vazifa   va   shu   kabilar   bo‘lishi   mumkin. Tushunchalarni   manipulyasiya   qilish   uchun   munosabatlar   aniqlanadi,   turli   strategiyalar (mantiqiy   yoki   tajriba   natijasida   olingan)   qo‘llaniladi.   Bilimlarni   taqdim   etish,   ularni tarkiblashtirish tushunchalarni, murakkab, oddiy bo‘lmagan vazifalarni nazarda tutadi. Shuning uchun qoidalar ham bilimlar bazasida murakkab yoki ko‘p miqdorda va hajmda bo‘ladi.  Ekspert tizimlari shunday ishlab chiqiladiki, bunda yechim tanlash mantiqini asoslash va o‘rgatish   hisobga   olinadi.   Ko‘pgina   ekspert   tizimlarida   tushuntirish   (izohlash)   mexanizmi bo‘ladi. Mazkur mexanizm qanday qilib tizim ushbu qarorga kelganini tushuntirish uchun zarur bo‘lgan bilimlardan foydalanadi. Bunda ekspert tizimini qo‘llash, undan foydalanish va harakat chegarasini aniqlash juda muhimdir.  b o ’ y i c h a m u t Axborot   texnologiyasining   ekspert   tizimida   foydalaniladigan   asosiy   komponentlari a (tarkibiy   qismlari)   quyidagilar:   foydalanuvchining   interfeysi,   bilimlar   bazasi,   interpretetor, x a tizimni yaratish moduli. (rasm) s s i s F o y d a l a n u n t e r f e y s i v c h n n g y a r a t i s h F o y d a l a T i z i m n n u v c h m o d u e k s p e r t v a B i l i r i B i l i m i i i l i i i o m b o a r m l s o h a l i m m o M u a interpretat or­ ­ ­ instruksiya va axborot qaror va ta’minot  bilim  rasm. Ekspert tizimlarining axborot texnologiyalari asosiy komponentlari. Foydalanuvchining   interfeysi.  Foydalanuvchi   ekspert   tizimiga   buyruq   va   axborot kiritish hamda uning buyrug‘i orqali chiqadigan axborotni olish uchun foydalaniladi. Komanda (buyruq)lar o‘z ichiga bilimlarni qayta ishlash jarayoni boshqarmaydigan parametrlarini oladi. Axborot odatda ma’lum bir tanaffuslar bilan beriladigan qiymat, ahamiyat shaklida beriladi.  Foydalanuvchi  axborotni  kiritishning  to‘rtta  uslubidan  foydalanishi  mumkin:  menyu,  buyruq (komanda), tabiiy til, shaxsiy interfeys.  Ekspert tizimining texnologiyasi chiqadigan axborot sifatida nafaqat qarorni, shuningdek zarur tushuntirishni olish imkoniyatini ham ko‘rib chiqadi.  Odatda ikki xil tushuntirish farqlab ko‘rsatiladi. YA’ni:  so‘rov   bo‘yicha   beriladigan   tushuntirish.   Bunda   foydalanuvchi   har   qanday   paytda   ekspert tizimidan o‘z hatti­harakatlarini izohlashni talab etishi mumkin;  muammolarni   hal   etishdan   olgan   tushuntirish.   Foydalanuvchi   yechimni   olgandan   so‘ng,   u qanday olingani to‘g‘risida izoh talab qilishi mumkin. Tizim esa masalani echishdagi har bir qadamini tushuntirib berishi kerak.  To‘g‘ri,   ekspert   tizimi   bilan   ishlash   texnologiyasi   oddiy   emas.   Mazkur   tizimlarning foydalanish interfeysi do‘stona munosabatda bo‘ladi. YA’ni u siz bilan «suhbatlashish» chog‘ida qiyinchiliklar tug‘dirmaydi.  Bilimlar ombori.  Ular muammoli sohalarni, shuningdek, faktlar oralig‘idagi mantiqiy bog‘liqni bayon etadi. Bazada markaziy o‘rinni qoidalar egallagan. Qoida muayyan bir sharoitda nima qilish kerakligini belgi­laydi va u ikki qismdan iborat bo‘ladi: Birinchisi,   bajarilishi   mumkin   bo‘lgan   yoki   bo‘lmagan   shart­sharoit.   Ikkinchisi,   agar sharoit bajariladigan bo‘lsa, amalga oshirilish kerak bo‘lgan xatti­harakat.  Ekspert tizimida foydalaniladigan barcha qoidalar tizimini tashkil etadi. Bu tizim oddiy tizimga qiyoslaganda ham bir necha minglab qoidalarni o‘z ichiga oladi.  Barcha   bilim   turlari,   predmet   sohasi   xususiyati   va   loyihaning   (bilim   bo‘yicha mutaxassisning) malakasiga bog‘liq holda u yoki bu darajada o‘xshash­lik bilan bir yoki bir necha semantik modellar yordamida ifodalanishi mumkin.  Interpretator.    Bu ekspert tizimining bir qismi bo‘lib, bazadagi bilimlarni ma’lum bir tartibda qayta ishlaydi. Interpretatorning ish texnologiyasi qoidalar majmuining ketma­ketliginiko‘rib chiqishga olib boradi. Agar qoidadagi shartlarga rioya etilsa, ma’lum hatti­harakatlar bajarilsa foydalanuvchiga ham uning muammolarini echish variantlari taqdim etiladi. Bundan   tashqari   ko‘pgina   ekspert   tizimlarida   quyidagi   qo‘shimcha   bloklar   kiritiladi: ma’lumotlar bazalari, hisob­kitob bloki, ma’lumotlarni kiritish va tuzatish bloki.  Hisob­kitob   bloki   boshqaruv   qarorlarini   qabul   qilish   bilan   bog‘liq   holatlarda   zarur bo‘ladi.   Ayni   paytda   reja,   jismoniy,   hisob­kitob,   hisobot   va   boshqa   doimiy   hamda   tezkor ko‘rsatkichlarni   o‘z   ichiga   olgan   ma’lumotlar   bazalari   muxim   rol   o‘ynaydi.   Ma’lumotlarni kiritish va tuzatish blokidan ma’lumotlar bazasidagi joriy o‘zgarishlarni tezkor va o‘z vaqtida aks ettirish uchun foydalaniladi. Tizimni yaratish moduli. U qoidalar to‘plamini yaratish uchun xizmat qiladi. Tizimni yaratish modulining asosi bo‘lgan ikkita yondoshuv mavjud: dasturlashtirishning algoritmik tilidan foydalanish va ekspert tizimi qobig‘idan foydalanish. Bilimlar bazasini tasvvur etish uchun maxsus lisp va prolog tillari ishlab chiqilgan, garchi bundan boshqa har qanday ma’lum algoritmik tildan foydalanish mumkin bo‘lsa ham. Ekspert tizimi qobig‘i. Tegishli bilimlar bazasini yaratish orqali ma’lum bir muammoni hal   etishga   moslashgan   tayyor   dasturiy   muhitni   ifodalaydi.   Ko‘pgina   hollarda   qobiqdan foydalanish dasturlashdan ko‘ra tezkor va osonroq tarzda ekspert tizimini yaratish imkonini beradi.  Ekspert tizimining afzalliklarini tajribali mutaxassislarga qiyoslab shunday bayon etish mumkin:   erishilgan   puxta   bilim,   asos   yo‘qolmaydi,   u   hujjatlashtirishi,   uzatilishi,   ijro   etilishi   va ko‘payishi mumkin;  nisbatan   mustahkam   natijalarga  erishiladi,   insondagi  hissiy  va  shu  kabi   boshqa   ishonchsiz omillar bo‘lmaydi;  tizimning   ishlab   chiqish   qiymati   yuqori,   lekin   ekspluatatsiya   qiymati   past.   Umuman qiyoslaganda esa u yuqori malakali mutaxassislardan ko‘ra arzonroq tushadi. Yangi qoida va konsepsiyalarga, ijodkorlik va ixtirochilikka unchalik moslashmaganligi hozirgi ekspert tizimining kamchiligidir. Ko‘p hollarda bu tizim yuqori malakali mutaxassislar o‘rnini bosa oladi, ammo ba’zan past malakali ekspertga muhtojli joylar ham bo‘lib turadi. Ekspert tizimi eng oxiridagi foydlanuvchining kasb imkoniyatlarini kengaytirish va ko‘paytirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.  Ochig‘i,   bu   tizim   muayyan   bir   predmet   sohasida   mutaxassis­ekspertlar   darajasidagi bilimni namoyish etmog‘i kerak. Tizim yaxshi yechimlarni kerakli darajada topa olmaydi, lekin predmetni keng anglaydi.   Rejalashtiruvchi   ekspert   tizimlari  ma’lum   bir   maqsadlarga   erishish   uchun   zarur bo‘lgan dasturlarni ishlab chiqishga mo‘ljallangan. Bashoratlovchi ekspert tizimlari  o‘tmish va bugunning voqealariga asoslanib kelajak ssenariysini oldindan aytib bermog‘i, ya’ni berilgan vaziyatdan ishonchli natijalar chiqarishi kerak.   Buning   uchun   bashoratlovchi   ekspert   tizimlarida   dinamik   parametrik   modellar qo‘llaniladi.  Tashxislovchi ekspert tizimlari kuzatiladigan hodisalarning normal emasligi sabablarini topish   xususiyatiga   ega.   Ma’lumotlar   to‘plami   tahlil   uchun   asos   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Ular yordamida etalon hatti­harakatdan chetlanish aniqlanadi va tashhis qo‘yiladi. O‘rgatuvchi ekspert tizimlari  foydalanuvchilarga berilgan sohada tashhis qo‘yish va tahlil   etish   imkoniyatini   berishi   lozim.   Bunday   tizimdan   bilim   va   xatti­harakat   to‘g‘risidagi farazni   yaratish,   tegishli   ta’lim   uslubini   va  harakat   usullarini   aniqlash   talab   etiladi.  Ekspert tizimini yaratishda kamida uchta muammo yuzaga keladi: xotiraga kiritiladigan axborotning etarli darajada to‘liq bo‘li­shini ta’minlash. Bu eng asosiy bilimlarini ajratish va ma’lumotlar tuzilmasida ularning o‘zaro aloqasini o‘rnatish, shuningdek, kodlashtirishning bunday tizimini yaratish va foydalanishni talab etadi;  ekspert tizimi faoliyati sifatining samarali bahosini olish va tegishli mezonlarni ishlab chiqish. Qiyinchilik shundaki, mutaxasislar bilimi – bu shunchaki ma’lumot va faktlar yig‘indisi emas. Ayrim elementlar munosabatini tasavvur etish uchun aloqalar qonuniyatlarini hisobga olishga formal urinish tizimni o‘ta darajada «keskin» qilib qo‘yadi va u yangi elementlarni qo‘shish uchun «yopiq» bo‘lib qoladi;  echiladigan masala tuzilmasining ehtimollik xususiyati va bilimlarning uyg‘unlashuvi tufayli ishonchsiz natijalar olish mumkinligi. Ekspert tizimini yaratish quyidagi talablar mavjud holatda maqsadga muvofiqdir:  tizimga o‘z bilimini berishni istagan ekspertlar mavjudligi;  ekspertlar   vazifani   hal   etishning   o‘z   uslublarini   bayon   etishi   mumkin   bo‘lgan   muammoli sohaning mavjudligi;  ko‘pchilik ekspertlarning mazkur muammoli sohada yechimlar o‘xshash­ligining bo‘lishi;  muammoli   sohadagi   vazifaning   ahamiyati,   ya’ni   ular   yoki   murakkab   bo‘lishlari,   yoki mutaxassis bo‘lmagan foydalanuvchi hal eta olmasligi yoki hal etish uchun ancha vaqt talab qilishi;  masalani echish uchun katta hajmdagi ma’lumot va bilimning bo‘lishi;  predmet sohasida axborotning to‘liq bo‘lmasligi va o‘zgaruvchanligi tufayli evristik uslublarni qo‘llash. Yuqorida qayd etilgan uchta muammoni hal etish va sanab o‘tilgan talablarni bajarish ekspert tizimini qo‘llashning zarur hamda etarli sharti sanaladi.  Ekspert  tizimini  yaratish  bosqichlari.  Ekspert  tizimini  yaratishning  nisbatan  muhim bosqichlariga  quyidagilarni  kiritish  mumkin:  konseptulizatsiya,  realizatsiya,  testdan  o‘tkazish, joriy etish, kuzatib borish, modernizatsiyalash.  Konseptualizatsiya bosqichida ekspert tizimini ishlab chiqish bo‘yicha mutaxassis ekspert bilan hamkorlikda tanlangan predmet sohasidagi muammoni echishning uslublarini bayon etish uchun qanday  tushuncha,  munosabat va protseduralar  zarurligini hal etadi.  Bosqichdagi asosiy  vazifa masalani echish jarayonida yuzaga keluvchi vazifa strategiyasi va cheklovlarni tanlashdan iborat. Konseptualizatsiya muammoni to‘liq tahlil etishni talab etadi.  Identifikatsiya  bosqichida  vazifa  turi,  tavsifi,  o‘lchami,  ishlanma  jarayonidagi  ishtirokchilar tarkibi  aniqlanadi.  Modelning  yaroqliligi  ko‘rib  chiqiladi,  talab  etiladigan  vaqt  ­  mashina resurslari baholanadi, ekspert tizimini yaratish maqsadi belgilanadi.  Formallashtirish bosqichida asosiy tushunchalar va munosabatlar bilimlarni ifodalashning  o‘ziga xos  rasmiy  tiliga  o‘tkaziladi.  Bu  erda  ko‘rib  chiqi­layotgan  vazifa  uchun   modellar  yoki ma’lumotlarni taqdim etishning o‘xshash usullari tanlanadi.  Amalga oshirish bosqichida yuklatilgan vazifalarni bajarishga qodir bo‘lgan ekspert tizimining jismoniy «qobig‘i», yuzasi yaratiladi.  Ekspert tizimi faoliyatining to‘g‘riligini testdan o‘tkazish bosqichida tekshirish mumkin.              Nazorat savollari va topshiriqlar: 1. Bilimlar ombori nima? 2. Sektor deb nimaga aytiladi? 3. Bilimlar omborida qanday ma'lumotlar saqianadi? 4. Bilimlar ombori qanday yaratiladi? 5. Bilimlar omborini yaratish bosqichlari haqida gapirib bering. 6. Bilimlar omboridan kerakli axborotni topish qanday amalga oshiriladi?7. B ilimlar omborini boshqarish tizimi nima? 8. Bilimlar omborini boshqarish tizimlari qanday vazifalarni bajaradi? 9. Bilimlar omborini nima boshqaradi? 10. Sun’iy intellekt nima? 12. «Sun’iy intellekt» tushunchasi qachon va qayerda paydo bo’lgan? 13. Tasodifiy izlash uslubi qanday uslub? 14. Intellektual tizim nima ? Uning vazifasini tushuntiring. 15. Ekspert tizimlari deganda nimani tushunasiz ?  16. Ekspert tizimining boshqa axborot tizimlaridan afzalliklari nimada ? 17. Ma’lumotlar bazasidan foydalanish texnologiyasini tushuntirib bering. 18. Qaysi turdagi ekspert tizimlarini bilasiz ? 19. Ekspert tizimlarini yaratish bosqichlarini aytib bering. Foydalanilgan adabiyotlar: Asosiy adabiyotlar: 1.A.A.Abduqodirov, A.G’.Hayitov, R.R.Shodiyev “Axborot texnologiyalari”,  Toshkent 2003  67­79 betlar. 2. Milliy iqtisodda axborot tizimlari va texnologiyalari: Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun o‘quv   qo‘llanma   //   Mualliflar:   R.X.Alimov,   B.YU.Xodiev,   Q.A.Alimov   va   boshq.; S.S.G‘ulomovning umumiy tahriri ostida. – T.: «SHarq», 2004. – 320 b. 3. Gulomov   S. S., SHermuxamedov   A. T., Begalov   B. A.   Iktisodiy informatika: Darslik / akademik S.S.Gulomovning umumiy taxriri ostida. – T.: O‘zbekiston, 1999, 528 b. 4. Alyoxina G. V. Informatsionnыe texnologii v ekonomike i upravlenii Uchebnoe posobie. M.­ 2002. 5.   G‘ulomov   S.S.,   Alimov   R.X.,   Lutfullaev   X.S.   va   boshqalar. texnologiyalari. Toshkent.: ”SHarq”, 2000 y. ­ 592 b. 6. Simonovich S. V. i dr. Informatika. ­ SPb.: Piter, 2003. ­ 640 s.  7.   Xodiev   B.YU.,   Musaliev   A.A.,   Begalov   B.   A.   «Vvedenie   v   informatsionnыe   sistemы  i texnologii». Tashkent. TGEU. 2002 g. ­ 156 s. 8. Petrov B. N. Informatsionnыe sistemы. ­ SPb.: Piter, 2003. – 688 s. 9. Kogalovskiy M. R. Texnologiya baz dannыx na PEVM. M.: FiS, 1992. 10. Sistemы  upravleniya bazami dannыx i znaniy/Pod red. A.N.Nau­mova. – M.: Finansы  i statistika, 1991.  Axborot   tizimlari   va Qo’shimcha adabiyotlar: 1. Drogobыskiy I.N. Proektirovanie avtomatizirovannыx informatsionnыx  sistem: organizatsiya i upravlenie. – M.: Finansы i statistika, 1992.­ 208 s. 2.  Informatika: dannыe, texnologiya, marketing / Pod red. A.N. Roma­nova. – M.: Finansы i statistika, 1991. 3.  Mishenin A.I. Teoriya ekonomicheskix informatsionnыx sistem. ­ M.: FiS, 1993. 4.     Makarova   N.   V.,   Nikalaichuk   G.   S.,   Titova   YU.   F.   Kompyuternoe   deloproizvodstvo: uchebnыy kurs. ­ SPb.: Piter, 2002. ­ 416 s. 5.   Xodiev B. YU., Begalov B. A., Xoshimxodjae v SH. X., Mavlyutov N.I. «Ekonomicheskaya informatsiya:   klassifikatsiya,   kommercheskaya   tayna   i   informatsionnaya   bezopasnost».     Pod redaksiey akademika AN RUz  Gulyamova S.S. Tashkent, izdatelstvo «Fan» AN RUz. 2002 g..  ziyonet   Internet saytlar: 1.www.Eduportal.uz 2.www   .  uz 3.www.referat.uz 4.www.arxiv.uz 5.www.metod kopilka.ru