Boshlang'ich sikrlashga o'rgatishinflarda ijodiy f
Оценка 4.6

Boshlang'ich sikrlashga o'rgatishinflarda ijodiy f

Оценка 4.6
doc
07.06.2020
Boshlang'ich sikrlashga o'rgatishinflarda ijodiy f
Boshlang’ich ta’limda o’quvchilar ijodiy faoliyatini shakllantir.doc

Boshlang’ich ta’limda o’quvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirish

shart-sharoitlari

Bugungi kunda ilmiy, uslubiy adabiyotlarda «ijod», «ijodkorlik» kabi atamalarni uchratib qolmoqdamiz. Bu atamalarning adabiyotlar sahifalarida paydo bo’lganligi bejiz emas.

          «Ijod» so’zining lug’aviy ma’nosi: «yaratish», «yangilikni kashf etish» so’zlariga monand keladi.

Ijodkorlik  -  faoliyatning  turli  holatlarida paydo bo’ladi. Qiziqish ilhom, intilish va boshqalar ijodkorlikning inson ongida eng oliy tarzda paydo bo’lishidan, namoyon bo’lishigacha jarayonini o’z ichiga oladi. SHaxsda faoliyat ehtiyoji faoliyatda yangi ilgari maqsad qilib qo’yilmagan, hal etuvchi vosita bo’lib hisoblanmagan intilishdir.

Ijodkorlik- sifat jihatdan yangi, moddiy  va ma’naviy boyliklar yaratuvchi inson faoliyati jarayoni. Ijodkorlik o’zida insonning mehnatda namoyon bo’lgan qobiliyatini ifodalaydi. Ob’ektiv olam qonuniyatlarini bilish asosida xilma-xil ijtimoiy  ehtiyojlarini qanoatlantiradigan yangi haqiqatni yaratadiganday mehnat ijod bo’lishi mumkin. Ijod turlari bunyodkorlik faoliyati  bilan belgilanadi: ixtirochi, tashkilotchi, mehnati  ilmiy va badiiy  mehnat va boshqalar. Ijodiy faoliyat uchun imkoniyatlar ijtimoiy munosabatlarga bog’liq. Bugungi kunda mustaqillik tufayli amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlari o’z ishiga ijodiy yondashuvchi, fan , texnika, san’at, ishlab chiqarishning jadal rivojlanishiga o’z hissasini qo’shadigan yuksak malakali  kadrlar tayyorlashga bog’liq. SHunga ko’ra, jamiyat taraqqiyoti talabalaridan kelib chiqqan holda har bir o’quvchini ijodkorlik ruhida tarbiyalash muhim va zarurdir.

Psixolog olim N.D.Levitov   ijodiy faoliyatni quyidagi mezonlar  asosida  vujudga kelishini isbotladi[1]:

-         tafakkurning  mustaqilligi;

-         o’quv materialining   o’zlashtirilishi, tezligi  va  mustahkamligi;

-  standart bo’lmagan  vazifalarni  hal qilishda,  aqliy  chamalashning  (topqirlikning)  tezligi;

-  o’rganib  chiqilayotgan  hodisalarning   mohiyatiga   chuqur  kirib borish  orqali   muhim bo’lmagan   narsadan   muhimini ajrata  bilish.

    Boshlang’ich ta’limda  o’quvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirish shart-sharoitlari deganda, avvalo ana shu shart-sharoitlarning paydo bo’lishi, amalga oshishi hamda rivojlanishi jarayoni tushiniladi.

Ular quyidagilardan iborat :

1.                             O’quvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirishda  ularning bu borada egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalari.

2.                             Ijodiy faoliyatni shakllantirishda nazariy bilimlar bilan amaliyotning aloqadorligi.

3.                             Ijodiy faoliyatni shakllantirishga doir mashg’ulotlar evristika muammoli vaziyatlar yaratish.

4.                             O’quvchilarning ijodiy faoliyatini shakllantirishga texnologik yondashuv.

Bu shart-sharoitlar quyidagicha amalga oshadi :

O’quvchilarning ijodiy faoliyatini shakllantirishda ular egallashi lozim bo’lgan bilim, malaka, ko’nikmalarga quyidagi talablar qo’yiladi.

-dastur materiallarni qay darajada o’zlashtirganligi ;

-mavzularga doir asosiy tushuncha va qoidalarni o’zlashtirganligi;

-tanlagan mavzu bo’yicha topshiriqlarni mustaqil bajara olishi ;

-o’rganilayotgan mavzulardagi asosiy muammolarni anglab olishi ;

-topshiriqlarni bajarishda o’quv ashyolari va texnika vositalar, axborot texnologiyasidan foydalana olishi ;

- o’z qobiliyatini namoyon etishi va uni rivojlantira olishi ;

-mavzu bo’yicha o’z oldiga erishiladigan maqsadlarni qo’ya olishi, rejalar tuzishi va natijalarni baholay olishi ;

-mavzularni o’rganishda o’z fikrini dalillay olishi;

-o’z variantini tavsiya eta olishi va hokazolar.

Mazkur talablar o’qituvchiga o’quvchilarning o’qishga bo’lgan qiziqishlari, ularning o’quv-biluv faoliyati, individual moyilliklarini bilish imkoniyati paydo bo’ladi va bu borada o’quv jarayoni tuzilmasini belgilab olishga yordam beradi.

         Yuqoridagi talablar asosida muammoga doir ta’limni maqsadga muvofiq tashkil etishning ustuvor yo’nalishlari belgilab olinadi.

Maqsadga muvofiq yondashuv deganda o’quv- biluv jarayoni yoki ta’lim mazmuni, metod va shakllari tizimining ijodiy faoliyatni rivojlantirishga doir maqsadli yo’naltirilgan maxsus tashkil etilgan tuzilmasi tushiniladi.

Pedagogikaning asosiy vazifalaridan biri barcha bolalarning  ijodiy faoliyati har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydigan shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Shu bilan bir qatorda muayyan sohalarda chuqur qiziqishlarini, intilishi va qobiliyatini namoyon qilayotgan o’quvchilarni aniqlash, ularga bundan keyingi rivojlanishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berish lozim. Buning uchun esa:  kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirishga doir shart-sharoitlar yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada:

1.          O’quvchilar ijodiy faoliyatini rivojlantirishga doir innovatsion faoliyatga tayyorlash.

2.            O’qituvchi va o’quvchilar munosabatida hamkorlik faoliyatini vujudga keltirish.

3.            Ijodiy faoliyatni rivojlantirishda bilishga doir innovatsion texnologiyalardan foydalanish.

         Hozirgi davrda o’quvchilarning biror- bir haqiqatni mustaqil izlashi va kashf etishi bilan bog’liq bo’lgan evristik va muammoli ta’lim o’quv-biluv jarayoniga faol kirib kelmoqda.

         V. Karimova o’z tadqiqotlarida ilmiy faoliyatni ushbu uch turi amalga oshirilganda shaxsning unga mos bo’lgan sifatlari :

 1) O’quvchilar tomonidan tashqi olamni kuzatish jarayonida zarur bo’ladigan sifatlari;

2) O’quvchilar uchun faoliyatning ijodiy mahsulini yaratish sharoitlarini ta’minlovchi ijodiy faoliyat sifatlari;

3) O’quvchilar bilish faoliyatini tashkil etganda uning oldingi ikki holatda- bilish va ijod holatida ko’rinadigan sifatlari namoyon bo’lishini ko`rsatib o`tadi.

         Quyida sanab o’tiladigan sifatlar ijodiy izlanishli ta’lim turini rejalashtirish, tashkil etish va samaradorligini nazorat qilish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.

Ijodiy faoliyat sifatlariga quyidagilarni kiritish mumkin :   

-         ehtirosli-obrazli sifatlar: ijodiy vaziyatlardan ilhomlanish, zavqlanish, jo’shqinlik;

-         obrazlilik, uyushganlik, yangilik va g’ayrioddiylikni his etish, ziddiyatlarga nisbatan sezgirlik, ijodiy moyillik, ichki kurashlarni sinashga bo’lgan qobiliyat, ramziy ijodkorlik va boshqalar.

-         tashabbuskorlik, kashfiyotchilik, zehn, o’ziga xoslik, har xillik, nostandartlik;

-         g’oyalarni topishga, ularning individual, o’zga insonlar bilish ob’ektlari bilan munosabatlariga nisbatan qobiliyati;

-         maktabda, oilada va boshqa ijtimoiy muhitda beriladigan axloq me’yorlarini saqlab qolish ko’nikmasi bilan uyg’unlashadigan fikrlar, tuyg’ular va harakatlar erkinligi;

-         sezgirlik, tanish narsalarni notanish narsalarda ko’ra olish va aksincha; muammolarni hal etishda stereotiplarni yenga olish, o’zgacha makonga chiqish qobiliyati;

-         o’rganilayotgan ob’ekt bilan dialog olib bora olish ; bilish metodlarini tanlay olish; ob’ektning o’xshash  ob’ektlar bilan vazifa va aloqasini topish;

-         b’ektlarning o’zgarishi, uning o’sish yoki rivojlanish dinamikasini aniqlash;

-         b’ektning xossalariga ko’ra bilishning yangi metodlarini yarata olish ;

-         gipotezalarni ta’riflay olish taxminiy fikrlar, qonuniyatlar, formula, nazariyalarni, konstruksiyalash: intuitsiya, meditatsiyaga ega bo’lish ;

-         o’z qobiliyatini ijodiy ishlarni bajarish va himoyalash shaklida amalga oshirish, tanlovlar, olimpiadalarda ishtirok etish tajribasiga ega bo’lish.

Bilishga doir sifatlar:

o   fiziologik sifatlar: o’rganilayotgan ob’ektni ta’lim yordamida ko’rish, eshitish, sezish, his eta bilish; ishqobiliyati, shijoatni tarbiyalash;

o   intellektual  sifatlar: qiziquvchanlik , zehnlilik, mulohazalilik, ziyraklik, mantiqiylik, onglilik dalillash, analitik, sintetik o’xshashini topa olishga qodirlik, isbotlashning turli shakllaridan foydalanish, ishqibozlik ;

o   sinchkovlik, zakovatlilik, muammolarda izlanuvchanlik, tajribalarga moyillik, savollar bera bilish, ziddiyatlarni ko’ra olish, muammo va gipotezalarni ta’riflay olish, nazariy va amaliy tadqiqotlarni bajara olish, turli xil topshiriqlarni yechish  usullariga ega bo’lish, xulosa va umumlashmalar qilish, harakatning tezkorligi tafakkurining xilma-xilligi;

o   shaxsiy faoliyatida aks etgan madaniy me’yorlar va an’analarga ega bo’lish; o’z bilimlari va olgan natijalarini dalillay bilish;

o   tanlash vaziyatlarida tanlay bilish;

o   paydo bo’lgan har qanday muammo bo’yicha o’zining tushingani yoki tushunmaganini bildirishga qodirlik;

o   o’zgalar nuqtai nazarini tushunish va baholay olish, mazmunli dialog yoki munozarali chiqishlar qilish;

o   o’rganilayotgan sohalarni tizimli ko’ra bilish; ob’ektlar aloqalari, ularning sabablari, ular bilan bog’liq muammolarni izlab topish; har qanday ob’ekt va hodisa (tabiat, madaniyat, siyosat va hokazo) mohiyatini aniqlashga to’g’ri yondasha bilish ;

o   ob’ektlar orasidan asosiysini tanlay bilish, ular orasidagi bir-biriga bog’liqlikni izlash; tanilgan ob’ektlarning yangi vazifalari va aloqalarini ko’ra bilish; ob’ektning kelib chiqish sabablarini izlashga qodirlik, ob’ektning ma’nosi, uning manbaini topishga qodirlik ;

o   o’rganilayotgan fanlar bo’yicha ma’lumotga, tayanch bilimlarga malaka va ko’nikmalarga ega bo’lish;

o   o’rganilayotgan bilimning asosiy muammolarini mo’ljalga olish;

o   ta’lim samarasi va sinfdoshlarining erishgan natijalarni qiyoslayo bilish, ularning o’xshash va farqli tomonlarini ajratish, shaxsiy ta’limiy natijalarni qayta aniqlash yoki qayta ishlash ;

o   -madaniy-tarixiy o’xshashliklarning kelib chiqish (namoyon bo’lish) sabablarini izlashga qodirlik, uning tuzilishini aniqlay bilish, o’xshash ideal ob’ektlar bilan aloqalarni topish, ideal ob’ektlar tizimini tuzish, ularning shakllangan tamoyillar va mezonlar asosida madaniy- tarixiy o’xshashliklarning tegishli real ob’ektlar bilan aloqalari tizimini anglay bilish;

o   ma’naviy, moddiy va faoliyat shaklida erishilgan bilimlarni ruyobga chiqarishga qodirlik.

Tashkiliy faoliyat- sifatlari:

-         o’quvchi tomonidan o’zining individual xususiyatlarini, fe’l-atvoridagi belgilarini, har bir o’quv fani va ta’lim sohasidagi mashg’ulotlarning maqbul shakllarini bilish;

-         mavzu yoki boshqa o’quv fanidan o’z mashg’ulotining maqsadini anglab olish va tushuntira bilish, nimalarni bajarayotganini aniq tushuna bilish;

-         yangi yoki erishilmagan yaxshi maqsad, unga erishish dasturining mavjudligi, ishni oxirigacha yetkazish uchun qat’iyat, maqsadga sodiqlik; maqsadni qo’ya bilish, maqsadga intiluvchanlik  maqsadga erishish uchun qat’iyatlilik;

-         berilgan bilim sohasiga yoki faoliyatga o’quv maqsadini qo’ya bilish, unga erishish rejasini tuza olish; o’zining individual xususiyatlaridan kelib chiqqan holda belgilangan rejani bajarish; o’z natijasini olish va anglash; uni sinfdoshlarining shunga o’xshash natijalari bilan qiyoslash;

-         egallangan malakada ifodalanadigan faoliyat qoidalari, uning qonunlari tizimini shakllantirish, faoliyat natijalarini prognozlash ;

-         o’z-o’zining faoliyatini rejalashtirish, harakatni dasturlash, faoliyat bosqichlari va usullarini  yaxshilash, harakatning o’zgaruvchanligi rejalarning bajarilishi; faoliyatga yondashuvning xilma-xilligi, ayni paytda turli xil muqobillarini esda saqlash ;

-         o’zining  keyingi  o’qish  rejasini tuza  bilish;  faoliyati ma’no  mazmunini  aniqlash,  natijalarni  maqsadlar  bilan  birlashtira olish,  o’z-o’zini  kuzatish,  o’z-o’zini tahlil qilish  va o’z-o’zini  baholay  bilish;

-         ta’limning  boshqa  sub’ektlari  bilan  hamda  atrof-olam bilan o’zaro  harakatga   qodirlik;  o’z  g’oyalarini  himoya  qila  bilish,  atrofdagilarning  mulohazalarini  tinglay  olish,  “zarbaga  dosh  berish”; mustaqillik,  intiluvchanlik,  qat’iyatlilik, kirishimlilik;

-          o’zgalar  ijodiy faoliyatini tashkil  etishga   qodirlik,  boshqa  o’quvchilar   bilan  birgalikda   g’oyalar  yaratish,  unda  ishtirok etish;  g’oyalar, bahs,  munozaralarni  qiyoslash  va chog’ishtirish.

         Shunday qilib evristik  ta’lim,  kam deganda  o’quvchining uchta  integratsion qobiliyati;   ijodiy  qobiliyati,  bilishga  doir  va  faoliyatga  oid  qobiliyatiga   tayanadi.  Demak,  evristik  ta’lim  deyilganda   o’quvchining  ta’lim  samaradorligini  ta’minlashga  qaratilgan   faoliyat  va harakatni  amalga oshirishdagi  kompleks imkoniyatlari  tushuniladi.

         Yuqoridagilarga  asoslangan  holda   o’quvchilar  maqsadlarni  quyidagicha  guruhlash  mumkin;

         Shaxsga  yo’nalgan  maqsad- ta’lim maqsadini   idrok  etish,  o’zida   ishonch  hosil  qilish, o’zining   potensial  imkoniyatlari,  aniq  individual  qobiliyatlarini amalga oshirish;

         Ijodiy  qobiliyatni  rivojlantirishga   doir maqsad  majmuini  tuzish,  sharhli  insho,   texnik modellarni  konstrksiyalash,  rasmlar  chizish  va boshqalar.

         Bilishga oid  maqsad- atrofdagi  borliq  ob’ektlarini  bilish;  paydo   bo’lgan  muammolarni  yechish  usullarini o’rganish,  birinchi  manbalar   bilan  ishlash  malakasiga  ega  bo’lish,   tajriba  qo’yish,  tajribani o’tkazish;

         Tashkiliy  maqsad- o’quv  faoliyatini  o’zi  tashkil etish  malakasiga  ega  bo’lish,  o’z  oldiga   maqsad  qo’ya  bilish  va  faoliyatni  rejalashtirish,  jamoada  ishlash  malakasini  rivojlantirish ,  munozara  olib borish  texnikasini  egallash;

         Fanga  oid maqsad- o’rganilayotgan  fanga nisbatan  ijobiy  munosabatni  shakllantirish:  o’rganilayotgan  mavzuga  kirgan  asosiy  tushuncha,  voqea-hodisa  va  qonunlarni bilish;  oddiy  asboblardan  foydalanish   ko’nikmasini   hosil  qilish;  mavzu  bo’yicha ijodiy  topshiriqlarni izlanishli  ta’limning   asosiy  texnologik  elementi-darsda  izlanuvchan  ta’lim  vaziyatini   yaratish,  ya’ni  dolzarb  faolllashtiruvchi  vaziyat,  yaratishdan iborat  an’anaviy darsga  muqobil  holatda   bo’ladi.   Uning  maqsadi  maxsus  tashkil etilgan   faoliyat  davomida   o’quvchilar  tomonidan  shaxsiy   ta’limiy   natijalar  (g’oya,  muammo,  gipoteza,  chizma,  tajriba,  matn)ni  ta’minlashdan iborat.

         Izlanishli  ta’limiy   vaziyat  o’z-o’zidan  paydo bo’ladigan  yoki  o’qituvchi  tomonidan  tashkil  etiladigan,  uning   barcha  ishtirokchilaridan  evristik  faoliyat orqali  o’z  yechimini  talab  qiladigan   ta’limiy  harakat  bilan  baholanadi.   Ta’lim  samaradorligi  natijasini  oldindan  aytib bo’lmaydi,  avvalo  muammo  qo’yiladi,   so’ng   faoliyat  texnologiyasi  yaratiladi,  o’quvchilarning   ta’limiy  harakati  kuzatib   boriladi,  biroq  oldindan  olinishi  lozim bo’lgan  ta’limiy  natijalari  ma’lum bo’lmaydi.

         Izlanishli  ta’limiy  vaziyatlarning  asosiy  texnologik elementlari:  motivatsiya,  muammolar  qo’yish,  vaziyat  ishtirokchilari  tomonidan  muammni  yechish,  ta’limiy  natijalarni  namoyon  etish, ularni    bir-birlari  bilan  qiyoslashdan iborat.

         Ta’limiy  vaziyat  o’qituvchi tomonidan   quyidagi  tarzda  tashkil  qilinadi:  kerakli  material  va  ta’limiy   ob’ekt  ajratiladi,  ular  o’rtasidagi   munosabatlar   o’rganiladi,   asosiy  tushunchalar  tanlanadi.  Tadqiqotning  umumiy  ob’ekti,   uning   ma’nosini  izlash,   faoliyatning   yangi  usullari  hamda   turlarini  izlash   zarurati   evristik   vaziyatning   asosi  bo’lishi   mumkin.

 

 

 

 

1.     Boshlang`ich sinf o`quvchilari evristik  faoliyatni  texnologiyalashtirish

         Evristik  faoliyatni  texnologiyalashtirish  bolalarning   ijodiy  qobiliyati   qanday  bo’lsa shu  qadar   zaruriy   va  qonuniy  jarayondir.  

Yagona  o’quv  mashg’uloti,  o’quv  kursi  bo’yicha  tizimli  mashg’ulotlar,  evristik  yo’naltirilgan   faoliyat asosida  sodir  bo’ladi[2]

Evristik   vaziyatlar  yaratish    va  rivojlantirish  bo’yicha   texnologik  harakat-bolalar  ijodkorligi   natijalarini   ta’minlash  yo’lidir.    Quyida  evristik  vaziyatlar   tayyorlash  va  o’tkazish   bo’yicha   o’qituvchilar  uchun  texnologik  yo’l-yo’riqlar  haqida  fikr  yuritamiz:

         1. Izlanuvchi  vaziyatning   asosiy  ta’limiy   ob’ektini   (narsa,  tushuncha,  hodisa,  jarayon,  an’ana,  buyum  va  boshqalar). Bunda  ob’ekt  va  bolalar    uchun  qiziqarli  bo’lgan  muammoni   aniqlash;  bolalarga  ularning   o’rganilayotgan    ob’ekt bilan   shaxsiy   ichki  aloqasini  topishga   yordam  berish,   ular  uchun  shaxsan ahamiyatli  muammolarni   qanday  tayyorlash bo’yicha  o’ylashga  yo’naltiradi.  Buning  uchun   shaxsiy  tajriba  va  o’quvchilarning qo’yiladigan  ta’limiy  natijalari taxminlanadi.

         2. Bolalarga  yechimi   noma’lum  bo’lgan      muammo  yoki  topshiriq  beriladi.   Ushbu  topshiriqni   amalga  oshirish    sinfda  ta’limiy   ko’tarinkilik  hamda   o’quvchilar  topshiriqni  bajarish  orqali   o’zlarining   faolligini  namoyon  etgandagina  samarali  bo’ladi.

         Topshiriqning  ta’riflanishi   muammoni  jamoa   bo’lib    muhokama  qilishning   natijasi  bo’lishi  mumkin.  Bolalar  tomonidan   ta’riflangan  topshiriq  shunchaki  qiziqarli  emas,  balki  o’qituvchi   uchun  yangilik  bo’lsagina  maqsadga   erishilgan  bo’ladi.

         3. O’quvchining     o’zi  paydo  bo’lgan  yoki   yaratilgan  vaziyat  (topshiriq)ni   shaxsan  hal etishga  imkoniyat  yaratish.  Evristik   vaziyatning   asosiy  bosqichi   sanaladi.  Bunda  har  qanday   ta’lim natijasidan  ijod belgisini  aniqlash   lozim.

         4. o’quvchilarning  ta’limiy  ijod namunalarining  namoyish etish:  she’rlar,  rivoyatlar,   topshiriqlar,   ta’riflar,  ramzlar,  rasmlar,  loyihalar  va  shu  kabilarni   jamoaga  muhokama  etib,  ko’rgazmalar  tashkil  etish,  o’zaro  yozma  taqrizlar   yozdirish,  ma’ruzalar  bilan  chiqishlar qilish.

         5. Ta’limiy  ijod namunalari   namoyish etilgandan  keyin  rasmlar,  rivoyatlar,  ta’riflar,  olimlarning  fikrlari,   darsliklaridagi  ma’lumotlar,  shaxsiy bilim   va  tasavvurlari  bilan  asoslay olish.

         6. Bolalarning  ijod  namunalarini  qiyoslash,  solishtirish,   tasniflash bo’yicha  faoliyatini   tashkil  etish.  O’quvchilar  tomonidan   o’z   qarashlari  yoki  ijod  namunalarini  aniqlash   hollari  yuz  bersa, ularga    o’z  nuqtai  nazarlarining   o’zgarish  sababalrini  tushunishlarida  ko’maklashiladi.   Ta’limiy  vaziyatlarning  rivojlanishi  ta’minlanadi.

         7. O’quvchilarning  bilishga  oid  qo’llanilgan  usullarni, paydo  bo’lgan  muammo  va   uni  yechish  yo’llarini tushunishi  bo’yicha  fikr  yuritish,   tahlil etish.  O’quvchilarga  individual   tarzda  erishgan   natijalarini  aniqlashda   ko’maklashishi.  Jamoa  bo’lib  yaratilgan  ta’limiy  natijalarini  aniqlash.

         Izlanuvchi  ta’limiy  vaziyatlarning   davomiyligi   o’zgarib turadi,  ular  o’zaro  aloqadagi  vaziyatlar  zanjiri  ham   bo’lishi  mumkin.  Izlanuvchi   vaziyatlar  tamoyillarida   izlanuvchi ta’limni  tashkil etishdarajasi:

       Boshlang’ich ta’lim dasturlari, o’qitilayotgan o’quv predmetlarining tahliliy natijalari shuni ko’rsatadiki,  1-4- sinf o’quvchilarida ijodiy faoliyatni shakllantirishni bir necha bosqichda amalga oshirish uchun imkoniyat yaratilgan, jumladan,  darsda o’quvchilarning ijodiy faoliyatiga yo’naltirilgan o’quv materiallarini to’g’ridan -to’g’ri  taqdim qilinishi belgilanmagan bo’lsa-da, mahoratli o’qituvchi o’z faoliyatini  o’quvchilarning ijodiy faoliyatini shakllantirishni turli metodlar asosida amalga oshirishi mumkin. Og’zaki so’rash; yozma ishlar o’tkazish; amaliy ishlarni bajarish; turli didaktik o’yinlar o’tkazish  orqali o’quvchilarning ijodiy faoliyatini shakllantirish mumkin. Masalan, boshlang’ich sinflarning «O’qish» darsida bolalarning ijodiy faoliyatini shakllantirish uchun o’quv materiallarida berilgan tushunchalar  konkret – induktiv  metod vositasida o’rganilishi va o’qituvchining mohirona darsni tashkil qilishi natijasida ularda ijodiy faolllikning oshishiga zamin yaratilishi mumkin.  Bunda  o’quvchilar  avval  o’qituvchining  topshiriqlarini  bajargan  holda  o’rganilayotgan  tushunchaning  umumiy  xossalarini  aniqlaydilar,  so’ngra  o’qituvchi  rahbarligida  ta’rifni  mustaqil  holda  tuzishga  harakat  qiladilar.  Yangi  tushuncha  kiritishning  bu  yo’li  ayniqsa  quyi  sinflarda  o’z  samarasini  beradi.  Bundan  tashqari  konkret  induktiv  yo’l  orqali  tushunchalarni  kiritish  jarayonida  muammoli vaziyatlar  hosil  bo’ladi,  buning  natijasida  o’quvchilarda  ijodiy  fikrlash  qobiliyatlari  shakllanadi.  Fikrimizning  dalili  sifatida 4-sinflarga mo’ljallangan  «O’qish» o’quv predmetida keltirilgan Kaykovusning  «Ota va ona haqini bilmak» hikoyasini o’rganishni  konkret – induktiv  metod  orqali  olib borilishini misol qilib keltiramiz:

 

O’rganish  jarayonining  bosqichlari

Tushuncha  shakllanishining  psixologik  bosqichlari

O’rganilayotgan  tushunchaning  aniq  modeli

1. Odob va axloqqa doir  tushuncha va  misollarni  kundalik  hayotimizdan  olish.

2.  Ana  shu  tushunchani  ifodalovchi  asosiy  va  asosiy  bo’lmagan  xossalarini  aniqlash

3. Agar  mavjud  bo’lsa,bu  tushunchaning  muhim  holatlari  ham  qaraladi

4.So’zning asosiy  mazmuni

5.G’oyaning asosiy mazmunini ajratish  va  uni  ta’riflash

 

6. Odob-axloq tushunchalarini  cho’qur  idrok etish

Sezish  va  idrok  qilish

 

 

     Idrok  qilishdan  tasavvur    

              qilishga  o’tish

 

 

Tushunchani  hosil  qilishga  o’tish

 

Tushunchaning  hosil  bo’lishi.

 

 

 

 

Tushunchani  o’zlashtirish

 

 

 

«Aql yuzasidan farzandga ota-onani izzat va hurmat qilish vojibdir» (Kaykovus,154).

1)   Ota-onani nima uchun hurmat qilurman, deb ko’nglingga keltirmagil. Bilgilkim, ular sening uchun o’limga ham tayyor turadilar

2)Ota-ona farmonbardordir

3)  «Agar molsizlikdan qashshoq bo’lsang, aqldan boy bo’lmoqqa intil».

4) Bilgilki, aql bir moldirki, uni o’g’ri ololmas, u o’tda yonmas, suvda cho’kmas.

5)Ota-ona seni aslida jon va dil ila parvarish qiladi.

6) Ota-onanga izzat va hurmat qancha ko’p qilsang, ularning duosi shuncha tezroq mustajob bo’lur.

 

          Ijodiy faollikni shakllantirishning  abstrakt-deduktiv  metodi

            Bunda  o’rganiladigan  tushuncha  uchun  ta’rif  tayyor  ko’rinishda  oldindan  konkret  misol  va  masalalar  yordamida  tushuntirilmasdan  kiritiladi. Masalan, 4-sinflarga mo’ljallangan  «O’qish» o’quv predmetida keltirilgan Husayn Voiz Koshifiyning «Salomlashish odobi» (2-chorak), Jonatan Sviftning «Gulliverning sayyohatlari»(3-chorak), Nizomi Aruzi Samarqandiyning «Sulton Mahmud va Beruniy» (4-chorak), Xondamir qalamiga mansub «Tanbeh» kabi hikoyatlar abstrakt-deduktiv metod orqali quyidagicha taqdimot qilishni tavsiya etamiz:

 

Taqdimot qoidasi

-         Chiqish reglamentiga rioya qilish

-         Chiqish navbatiga rioya qilish

-         Guruh a’zolari o’rtasida vazifalarni aniq taqsimlash va ular xatti-harakatini ijodiy faollikka chorlash

-         Ma’lumotlar grafik ko’rinishida (sxema, jadval, grafik) taqdim etilishi lozim bo’ladi;

-         Har qanday grafik ko’rinishidagi ma’lumot sharhlanishi talab etiladi.

 

 

 

 

 

Taqdimotda nimaga yo’l qo’yilmaydi:

 

-         Holatni tasvirlash va uni qayta so’zlab berishga;

-         Ishtirokchilarning so’zga chiqishlaridagi qarama-qarshiliklarga;

-         Tushunarsiz, noaniq, o’rinsiz iboralarga.

O’ylab ko’ring va guruhda taqdimotni baholash ko’rsatkichlari va mezonlarini muhokama qiling.

      Taqdimotni muvaffaqiyatli o’tkazish qoidalari va sirlariga asoslanib quvchilarning o’z ish natijalarini taqdimoti samarali o’tkazildi.

         Yoki 4-sinfning «Odobnoma» darsida «So’z – noyob gavhar» ertagini o’rganish jarayonida o’quvchilar «andisha nima?«, «andishali inson fazilatlari qaysilar?» kabi savollarga javob berish uchun  innovatsion metodlardan biri klasterdan foydalanildi( -jadval). Natijada boshlang’ich sinf o’quvchilari ijodiy faoliyat yuritishga  yo’naltirildilar. Ular ertak asosida ijodiy fikrlashga harakat qilishib, darsning oxirida o’zlari  mustaqil ravishda «So’z-noyob gavhar» ertagidan hissa chiqarishga musharraf bo’ldilar. Andishasiz gaplar: jismoniy aybini topib yuziga solish, dag’al gap, o’ylamay gapirish kabi xususiyatlarga oid misollar topishdi, shu mavzuga taalluqli maqollarni saralashdi. Klasterni tuzishda quyidagi qoida o’quvchilarga dasturilamal bo’ldi. Avvalambor o’quvchilar andisha so’zi yuzasidan aqliga kelgan barcha fikrlarni yozdilar. G’oya sifatini muhokama qilmay, ofografiya va boshqa omillarga e’tibor bermay, ajratilgan vaqt tugaguncha tuzilgan klaster bolalarda ijodiy fikrlashga zamin yaratdi G’oyalar soni, ular oqimi va ular o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik chegaralanmagandan so’ng o’quvchilar o’z fikrlariga erk berishdi. Darsdagi ko’tarinkilik ruhi o’quvchilarning ijodiy faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi.

     Tahlillardan ko’rinib turibdiki, o’quvchilarda ijodiy faollikni shakllantirish turli-tuman uslublar orqali amalga oshirish mumkinligi dasturlarda belgilangan. Ammo umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi  tadqiqot doirasidagi mavjud ahvol o’rganilganda, maktab o’qituvchilari har doim ham mazkur metodlardan to’laqonli foydalanishmayapti.         

        Maktablardagi mavjud ahvol o’rganilganda, ilg’or o’qituvchilar o’zlarining o’quv-uslubiy ishlarida zamonaviy metodlar orqali o’quvchilarda ijodiy faollikni shakllantirishga harakat qilishadi, biroq ularning harakatlarida har doim ham yetarlicha o’quvchi shaxsini ijtimoiylashtirishga, unda erkin fikrlash qobiliyatlarini o’stirishga, quyilgan masala yechimini ijodiy topishga undash motivi kuzatilmaydi.

          Ma’lumki, o’qish orqali bilishga pedagoglar eshitishni, ko’rish, motor-harakat, sezish organlarini, ba’zida  esa hid sezishni ham ishtirok ettirib, o’quvchilarni ob’ektiv reallikni bilishga jalb kiladilar, bunda jonli mushohada, abstrakt tafakkur va amaliyot uzviy qo’shilib ketadi. SHuning uchun ham o’qish jarayoni bevosita yoki bavosita shaklida ta’lim vositalari va pedagogik imkoniyatlar orqali sodir bo’ladigan o’ziga xos jarayon hisoblanadi. Demak, o’quvchilarning o’quv faoliyati  metodlarini ham o’qitishning o’ziga xos sharoitlarida qo’llaniladigan  bilish metodlarining turidir, deb hisoblashga hamma asoslar bor.

          O’quv faoliyati metodlarini bilish metodlari bilan qiyoslashdagi o’ziga xos xususiyat shundan iboratki, o’qitish jarayonida yangi  ilmiy haqiqatni kashf qilish emas, balki olgan bilimlarini ijodiy o’zlashtirish vazifasi hal qilinadi. O’qitish davomida yangi  bilimlarni egallash uchun umumiy bilishga xarakterli bo’lgan sinab ko’rish va xato qilishni deyarli mustasno etadigan ancha "engillashtirilgan" sharoitlar mavjuddir. Shuning uchun ham o’quv faoliyati  metodlari bilish operatsiyalari bilan qo’shib olib boriladigan o’quv jarayoni sharoitlari uchun  moslashtirilgan. O’quv faoliyati metodlarni hosil qilish uchun ko’plab  yillar  sarflangan o’quv axborotini bilishga qisqaroq yo’lni topib beradi. Ular o’quvchilarning yosh xususiyatiga bevosita holda bog’liq bo’ladi. O’quv faoliyati metodlarining o’ziga  xos xususiyati mana  shunda  ham namoyon bo’ladi.

         Dars berish metodlari o’rganish metodlarini, o’qish-bilish faoliyatining jarayonini faollashtirishga yo’llab, uni kuchaytiradi.

    Maktablardagi amaliyot tahlili shuni ko’rsatadiki, fanlarni o’qitishda o’quvchilarda fikrlar ketma-ketligi va bog’liqligi masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, 4-sinfning 4-choragida «O’qish» o’quv predmetida o’rganiladigan Xans Kristian Andersenning «Bolalar gurungi» ertagiga atab chizilgan rasmlar, mini-hikoyalar bolalarda ijodiy tasavvurni kengaytirishga zamin yaratadi. Ushbu ertakning sahnalashtirilgan ko’rinishi esa ularni ijodiy faollikka undaydi.

 

2.     O’quvchilarda ijodiy faoliyatni shakllantirish yo`llari

 

          O’qish darslarida o’quvchilarda ijodiy faoliyatni shakllantirishga mo’ljallangan turli ijodiy topshiriqlardan foydalanish asosida o’quvchilarda mustaqil va ijodiy fikr yuritishga zamin hozirlash mumkin.  Quyida shunday topshiriqlarni tashkil qilish shakllaridan namunalar keltiramiz:  

1.     O’quvchilarni ijodiy faollikka chorlash      

O’quvchilarni ijodiy faoliyatga tayyorlaydigan o’kituvchi eng avvalambor o’quvchilarda taqdim qilinayotgan o’quv materialiga qizxiqtirish uyg’otish zarur. Buning uchun u:

Asosiy mavzuni bayon etishda o’quvchilarni qanday yo’l bilan qiziqtirishi mumkin?

 

·        Oddiy bo’lmagan ma’lumotlarni so’zlab berish;

·        Barcha o’quvchilarga to’g’ridan-to’g’ri taaluqli bo’lganlarni gapirib berish;

·        So’zlash jarayonida xolisona va aniqlashtirilgan ma’lumotlarni taqdim qilish;

·        Obrazli solishtirishlardan unumli foydalanish

 

2.                      Keltiriladigan obrazlar, solishtirishlardan unumli foydalanish va ular me’yoriga amal qilish

        3. Qay tarzda  o’quv axborotini tugatish lozim?

      O’qituvchi nutqining so’ngida  qo’yidagilarga amal qiladi:

Скругленный прямоугольник: Ma’ruza davomida qarab chiqilgan asosiy fikrlarni qisqachi bayon etish

Скругленный прямоугольник: Shunday qilib yana bir marta asosiy tavsiflarni sanab o’tamiz
Скругленный прямоугольник: Shunday qilib, ijodiy tafakkur orqali quyidagi xulosalarga kelish mumkin va h.k.
 

 

 

 

 

 

 

 

 


Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ijodiy  faollikka undash davomida

o’qituvchi:

1.     O’quvchilarni obrazli fikrlashga undashi;

2.     Aniq muammoni  burro ifodalashi;

3.     Fikrning doimo tugallangan jumla bilan hamda muhim  joylariga urg’u berib ajratgan holda ifoda etishi;

4.     Xushmuomalali va ziyrak bo’lishi;

5.     Qo’yidagi so’z birikmalaridan foydalanishi: «faraz qiling”, “tasavvur eting”, “ijodiy parvoz eting ...” va shu kabilar.

6.     Ko’rish kontakti (bog’lanishi)ni saqlashga harakat qilishi-tinglovchilarga qarashga harakat qilish (har bir qatnashchiga 3 sekunddan);

7.     Har bir javob va taklifni doimo rag’batlanirishi maqsadga muvofiq.

         Boshlang’ich ta’limda mehnat darslari ham o’quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirishga mo’ljallangan. Bunda tajriba – amaliy o’lchashlar,  qog’oz qirqimlaridan yasaladigan turli figuralarni yasash har doim ijobiy natija beradi. Boshlang’ich ta’limda o’quv dasturi asosida rejalashtirilgan ( 3-sinf, 3-chorak)  «Kartondan guldon tikish», «Rasm uchun ramka tayyorlash», «Qush inida - qush bolasi»-applikatsiya tayyorlash», «Hajmdor gul ko’rinishini yasash», «Harakatli o’yinchoq» yasash, «Bahor» applikatsiyasini tayyorlash – bularning barchasi boshlang’ich sinf o’quvchilariga ijodiy ish sifatida uyga vazifa qilib beriladi. Demak, boshlang’ich ta’lim DTS va o’quv rejalarini tahlil qilish natijasidan ko’rinadiki 3-sinfda mehnat darslarida jami o’qitiladigan 34-soatdan 7 –soati ijodiy ish sifatida uyga vazifa qilib belgilanadi; 4-sinflarda belgilangan 38 soatdan - 9 soati ijodiy ishlarni bajarishga mo’ljallangan. Jumladan, «Urug’lardan mozaika tuzish», «Rangli qog’ozlardan gullar yasash», «Tabiiy xomashyolardan applikatsiya yasash», «Milliy naqsh tikish» va h.k.

Muammoli  ta’lim orqali o`quvchilar   ijodiy  faoliyatini   shakllantirish

         O’qitishda  muammoli  ta’limdan  foydalanish  ham,  ijodiy  faoliyatni   shakllantirishda  samarali  hisoblanadi.  O’quvchilarning  biror-bir  haqiqatni  mustaqil  izlashi  va  kashf  etishi  bilan  bog’liq   bo’lgan  ta’lim  metodlaridan  evristik  yoki  tadqiqotchilik  metodlari bilan   birga   o’quvchilarni  ijodiy  fikr  “laboratoriyasi”ga  olib  kiradigan  jarayon  ham  asosiy   ahamiyatga  egadir.  Muammoli   ta’lim  shu  jihatdan   bir  qancha  afzalliklarga  ega:

1.      U o’quvchilarni mantiqiy,  ilmiy, didaktik,  ijodiy   fikrlashga  o’rgatadi.

2.      U  o’quv  materialini  ishonarli   qiladi,  bu  bilan  bilimlarning  e’tiqodga   aylanishiga  ko’maklashadi.

3.      U  odatda,   ancha  ta’sirchan  bo’lib,  chuqur   intellektual   his-tuyg’ular,  shu  jumladan  ko’tarinki  ruh,  hissini  o’z  imkoniyatlari  va  kuchiga  ishonch  tuyg’usini  vujudga   keltiradi,  shuning  uchun  u  o’quvchilarni   qiziqtiradi,  o’quvchilarda  ilmiy  bilishga  jiddiy  qiziqishni  tarkib toptiradi.

4.      Haqiqat qonuniyatining   mustaqil  “kashf etilishi” olingan  bilimlarni  unutmasligi   aniqlab  chiqilgan,  mustaqil  hosil  qilingan  bilimlar  unutilgan  taqdirda  ham ularni  tezda   qayta  tiklash  mumkin.

         Muammoli  ta’limning  asosiy maqsadi- Kadrlar  tayyorlash  milliy   dasturining   sifat  bosqichi  talablari   asosida  bilim  oluvchilarning   mustaqilligi  va  faolligini  oshirish,  tafakkurini  rivojlantirish,  o’zlashtirish natijasida   bilimlarni  amaliyotga  tadbiq  etilishini  kuchaytirishdan  iborat.

         Demak,  muayyan   mavzuni  muammo  shaklida  olib   chiqish   yo’li  bilan egallanadigan  bilim,   ko’nikma  va  malakalar  yig’indisi  muammoli  ta’lim  deyiladi.

         Muammoli  ta’lim  quyidagilarda  ko’rinadi:

1.     Muammo

2.     Muammoli savol

3.     Muammoli  vazifa

4.     Muammoli topshiriq

5.     Muammoli vaziyat.

Muammoning  o’zi  yunoncha  “problem”  so’zidan  olingan  bo’lib,  vazifa,   topshiriq  degan  ma’nolarni  anglatadi.

Muammoli  vaziyat-sub’ektning  psixologik  holatini  ifodalab,  muammo  bilan   duch   kelganda,  aqliy  qiyinchilikni   paydo  bo’lishi  zudlik  bilan  hal  qilishiga  halaqit  beradigan  yangi  bilim  va  harakat  usullarini  izlash,  ularni  topib  hosil  bo’lgan   qiyinchiliklarni  bartaraf  etishni   ta’minlaydi.   Bu  esa  muammoga  psixologik  jihatdan  yondashishni  talab etadi.

Masalan,  o’quvchilarining   yosh  xususiyati  bilim  saviyasidan   kelib   chiqqan  holda  muammoli   vaziyatlar  yaratishning   quyidagi  usullaridan  foydalanish  mumkin:

1. Ona  tili  darsligida  berilgan  mavzularni  qiyoslab  o’rgatish  orqali  muammoli  vaziyat  yaratish, chunonchi  o’rganilayotgan  har  bir  mavzu  o’quvchilardan  tovushlar,  so’zlar  va  gaplarni   qiyoslashni  shu  asosda  umumlashmalar     hosil  qilishni   talab  etadi.  Bu  ham   o’z-o’zidan  ravshanki,  muammoli   vaziyatni  yuzaga  keltiradi.  O’quvchilarda   “Nima  uchun?”  degan  savolga  javob  izlashga  ehtiyoj  tug’iladi.  Masalan  “unli  va  undosh  tovushlar”  mavzusi  o’rganilayotganda  o’quvchi   avval  unli  va  undosh  tovushlarni  to’g’ri  nomlashni,  keyin  qiyoslashni,  unli  va  undoshlar  ishtirokida   so’zlar,  so’zlardan  esa  gaplar  hosil  qilishni,   ularning   bir-biridan   farqlarini aniqlashni  talab  etadi.

2. Muammoli  savollar  berish  orqali   muammoli  vaziyat  yaratish.

O’qituvchi  dars  mashg’ulotini  muammoli  savolni  o’rtaga   tashlash  bilan  boshlaydi: 

1.     Unli  va undosh tovushlarni  alohida  aytib  ko’ring.

Ularni  talaffuz  qilishda  qanday  farqni sezayapsiz?

2. Oltita  unli  va  harf   ishtirok  etgan  so’z  yozing.  Ulardagi  unlini boshqa unli  bilan  almashtirib ko’ring,  qanday  o’zgarishlarni  sezayapsiz?

3. Undosh  tovushlarning   talaffuz  etib  ko’ring.  SHovqin  ovozdan  hosil  bo’lgan  undoshlarni  alohida,   faqat  shovqindan  hosil  bo’lgan  undoshlarni  alohida  yozing.

Agar  topshiriqlarni  bajarish muayyan  qiyinchilik  tug’dirsagina,   namuna  ko’rsatadi.

4. Ramziy  tasvirlar  orqali  muammoli  vaziyatlar yaratish.

Muammoli  vaziyat   yaratishning  bu  usulida  ramziy  tasvirlardan   foydalaniladi.  Masalan,  “O’zbekiston   qovunlari”   rasmlari  va  nomini  berib,  mavzuda  matn  yaratish  topshirilishi  mumkin.

         5. Muammoli  vaziyat  yaoratishda  til  hodisalarini  guruhlash,  ajratish ham muhim   ahamiyat  kasb  etadi.  Ayniqsa,  so’zlarni  muayyan  uyalarga  birlashtirib,  umumiy  ma’noli  so’zning  xususiy ma’nosini   yoki  xususiy  ma’noli  so’zlarning   umumiy  ma’nosini  topishini  talab  qilish muammoli   vaziyat yaratish  imkonini  beradi.  Masalan,  o’quv  qurollari,   mevalar,  sabzavotlar,  daraxtlar   va gullarning  o’nlab  hatto  yuzlab  uyadoshlari  borki,  o’qituvchi  umumiy   ma’noli  so’zni  o’quvchi  hukmiga  havola  etadi  va qolgan  so’zlarni  topishni  o’quvchilarga  topshiradi.

         1. Sabzavotlar:   sabzi,     ...

         2. O’quv  qurollari:  kitob, ...   va  hokazolar.

         Ijodkorlik  faoliyatini rivojlantirishda ta’limning  bilishga  oid  qiziqishlarini  rivojlantirishga   qaratilgan  motivatsion-qiziqarli   tomonlariga   ham  ko’proq  e’tibor  berilishi  lozim.  O’quvchilar  bilan  olib  boriladigan  ishlarning  xarakterli   xususiyati   ular  psixikasining  zaif  tomonlariga  sustlik  bilan  moslashish  emas,  balki   o’quvchilar  maksimal  darajada  faollashishi  uchun  ularni  aqliy  rivojlanishiga  faol  ta’sir  ko’rsatish  tamoyili  bo’lmog’i  kerak.  Tarbiyachi  va   o’qituvchilar  ayrim bolalar   qobiliyati   o’rtacha ekanligi    yoki   qobiliyatsizligi   va  hatto   mukammal  emasligi  haqida   paydo  bo’lgan  tasavvurni  sezdirmasliklari  lozim.   Bunday  o’quvchilar  o’zlari  tobora  tezlashib  va  murakkablashib   borayotgan  ta’lim  jarayoniga  asta-sekinlik  bilan  moslashib boradilar.

         Ta’limda  darsni  to’g’ri  va  samarali  tashkil  etilishi  albatta,  o’quvchilar  bilim  olishiga   ta’sir etadi. Ijodiy  faoliyatni  rivojlantirishda  muhim  masalalardan  yana  biri   o’qituvchining  darsning  texnologik   jihatdan  to’g’ri  loyihalashga     borib  taqaladi.  Interfaol  metodlarni   qaysi  bosqichda   qanday   qo’llash  darsni  loyihalash  vaqtidan  boshlanadi.  Loyihalash  quyidagi  bosqichlarda  amalga oshadi. 

         I – diqqatni  jamlash  bosqichi

         II- tinglash  bosqichi

         III- fikrlash  bosqichi

         Bu  bosqichlar  interfaol metodlarni  to’g’ri,  o’z  o’rnida  qo’llash  hamda  dars  camaradorligini  oshirishga  yordam  beradi.

         Diqqatni  jamlash  bosqichi:   bunda  o’qituvchi  bolalarning  yangi  mavzuga  oid  dastlabki  tushunchalarni  aniqlaydi.

         Maqsadi:

-         dastlabki  tushunchalar  aniq, erkin  namoyon  qilish;

-         o’z  fikrini  ifodalay olish;

-         darsga bo’lgan   qiziqishlarini oshirish   kabilardan  iborat;

Anglash  bosqichi:    bunda  o’qituvchi   o’quvchilardan olgan  dastlabki  tushunchalariga  qo’shimcha ta’limotlarni   jamlab  yangi  bilim  bilan  boyitadi.  ya’ni  o’quvchining  bilgan  va bilmagan  ma’lumoti  to’ldiriladi.

         Aniqlash  bosqichining  maqsadi:

         -dastlabki tushunchalardan kelib chiqib, o’quvchi  anglash   yangi  bilimlar  bilan  to’ldirish:

         - o’quvchilar  qiziqishini  orttirish;

         - tahlil  qilishga- taqqoslashga  o’rgatish;

         -yangi  darsni bayon etish.

Fikrlash  bosqichi:  bu  bosqich  darsni  mustahkamlash  qismiga  to’g’ri  keladi.  Unda  o’quvchilar  dastlabki  tushuncha  va  ma’lumotlarni   tahlil  qilib  fikrladilar, bilimlarini  mustahkamlaydilar.  O’quvchilar  o’tilgan  dars, mavzu  haqida   munosabatlarini  bildiradilar.

To’g’ri   tashkil   etilgan  dars  o’z   samarasini  beradi,  albatta.  Ammo  har  bir   bosqichda  qo’llaniladigan   metodlarni   chuqurroq  o’rganmay  turib,  dars  samaradorligini  oshirib  bo’lmaydi.

Ta’lim standartlari va me’yorlari va an’anaviy ravishda ta’lim natijalarini baholash uchun foydalaniladi. O’quvchining natijalari standartga qanchalik yaqin bo’lsa, uning o’quv faoliyati shunchalik yuqori baholanadi. O’quvchi tomonidan haqiqiy egallangan va yaratilgan bilimlar hajmi to’la darajada nazorat qilinmaydi, chunki o’quvchilarning standart doirasidan tashqaridagi shaxsiy bilim yoki boshqa natijalari an’anaviy maktab nazaridan chetda qolib keladi.

Ijodkorlikda o’quv natijalarini baholashga yondashuv o’zgacha. Tashqi berilgan natijalarga erishilganlik darajasi emas, balki ko’pincha undan chetga chiqishlar tekshiriladi. Ijodkorlikni baholashda o’quvchilar ta’limiy natijalarining asosiy parametri- standartlarning minimum talablariga mos kelishi emas balki o’quvchining shaxsan ta’limiy o’sish darajasidir.

An’anaviy  ta’limda o’quvchi ta’lim mazmunini saralashda amalda ishtirok etmaydi. Ijodkorlik faoliyatida esa ta’limda o’quvchi ta’limiy samarasi ta’limning yangi mazmunini saralashda ishtirok etadi; bilimning hajmi,malakasi, faoliyat turlari hamda o’quvchining foydalaniladigan usullari cheklanmagan bo’ladi.

O’quvchilarga beriladigan ta’lim standarti ko’pincha  o’quvchi shaxsiga, uning haqiqiy ta’limiy faoliyatiga bog’liq bo’lmagan materiallarni ham vujudga keltiradiki, bu tayyor insholar, referatlar va boshqa  yozma manbalarning paydo bo’lishiga olib keldi. Ta’lim mahsulining bunday turini ta’limning maktab tizimi taqozo qiladi. Kompyuter texnologiyasi bu jarayoni yanada qulay va variativ  qilib qo’ymoqda. Tayyor kontrol ishlar, referatlar hamda shu kabi internet tarmog’iga joylashtirilgan materiallarning muttasil ko’payib borayotgan to’plamlari o’quvchilarga tayyorgarlik ko’rmay hamda zarur ishlarni bajarmay turib imtihonlar topshirishlarini osonlashtirmoqda.

Ta’lim standartlarini tuzishda ijodiy yondashuv kurs yoki mavzuning o’rganish natijasi sifatida tayyor fan mazmunini bermaydi, biroq o’quvchidan yangi mazmunni, ya’ni uning shaxsan ta’limiy o’sishini talab qiladi.

Boshlang’ich ta’limda o’quvchilar ijodiy faoliyatini rivojlantirishda topishmoqlar  xalq  og’zaki  ijodining   kichik  va  qadimiy  janrining  ta’lim-tarbiyaviy  ahamiyati  beqiyosdir.

Topishmoqni  o’rganish, unga  javob topish  orqali  bolalar  predmetlarning  kelib  chiqishi,  uning  inson   hayotidagi  o’rni  va roli   haqida   tasavvurga  ega  bo’ladilar,  ularning  qiziqishi  ortadi,  ongi  va  tafakkuri  o’sadi,   fikrlash   qobiliyati  rivojlanadi,  tabiat  va  hayvonot  olamini  sevish,  ardoqlash   kabi  hissiyotlari  tarbiyalanadi.  Topishmoqlardan  dars  jarayonida  foydalanish  orqali  o’quvchilarning  nutqiboyiydi,  takomillashadi. Ular  ifodali,  mazmunli  o’qishga  o’rganadilar.

Topishmoqlarning  matn  mazmuni bilan  bog’liq  ravishda  o’rganilishi  o’quvchilarning  bir tomondan  matn   mazmunini   to’liqroq  tushunishi  va  yaxshi  esda  saqlashiga  turtki  bo’lsa, ikkinchidan,  ularning  darsdagi  faolligini  oshiradi,  dam  olish  muhitini  yaratadi,  ma’naviy-axloqiy   jihatdan  kamol  toptiradi.

Fikrimiz  tasdig’i  sifatida  quyidagi  dars  matnini  keltiramiz.

         Dars  mavzusi:  “Topishmoqlar darsi”  yoki  “O’yla, izla, top”.

Darsning  maqsadi: Xalq  og’zaki  ijodi  janri  bo’lgan  topishmoq  haqida  o’quvchilarga  tushuncha  berish,  o’quvchilarda  to’g’ri  o’qish  malakasini  hosil  qilish,  matn  ustida  ishlash  jarayonida  topishmoq  janriga  xos  nazariy tushunchalarni  kengaytirish,  ularni  mantiqiy  fikr  yuritishga,  to’g’ri  xulosa chiqarishga  o’rgatish.

Dars  jihozi:  topishmoqlarni  guruhlashtirilgan  jadval,  javloblari aks  ettirilgan  rasmlar,  maketlar.  Har  bir  o’quvchi  uchun  topishmoq  yozilgan  kartochka.

Dars  metodi:  ko’rgazmali, evristik  suhbat.

Darsning  borishi:

O’qituvchi: “Bugun biz siz bilan 1-sinfda o’rgangan  topishmoqlarimizni  yana  bir  bor  esga  olamiz  hamda  ularni  quyidagi  jadvalga  joylashtiramiz ”  deydi.  So’ng   doskani  bo’r  bilan  to’rt  ustunga bo’ladi:

1.     Qushlar  va hayvonlar  haqidagi  topishmoqlar.

2.     Sabzavot,  poliz, mevalar  haqidagi  topishmoqlar.

3.     Predmetlar,  ularning  belgisini  bildiradigan  topishmoqlar.

4.     SHe’riy  topishmoqlar.

Har bir  o’quvchi  o’z kartochkasidagi   topishmoqni  o’qiydi.

Sinf bilan  birgalikda   uning  javobi  topiladi  hamda  jadvaldagi  o’rni   aniqlanib,  shu  ustun  qatoriga  yoziladi.

1-o’quvchi.

-Osti  tosh,  usti  tosh

O’rtasida  jondor  bosh.

Javobi: toshbaqa (1-ustunga  yoziladi).

2-o’quvchi:

-Ichi- buyoq,  sirti-tayoq.

Javobi:   qalam (3 ustunga yoziladi)

3-o’quvchi:

-CHopsa  chopilmas,

Bo’lsa bo’linmas

Ko’msa ko’milmas.

Javobi: soya  (4 ustunga yoziladi)

4-o’quvchi:

Palak ostida

YOtar  talash  tosh

Uni pishirsang

Bo’lar  shirin  osh.

Javobi:  kartoshka (2-ustunga  yoziladi)

SHu  tariqa  har  bir  o’quvchi  qo’lidagi  kartochkadan  foydalanib,  topishmoqni  o’qiydi,  javob  topadi  va javobini   tegishli  guruhlarga   ajratib  yozadi.  SHu  holatda  o’quvchilar  bar  necha  ta’limiy   vazifalarni  bajaradilar.

Birinchidan,  topishmoqni   topish  jarayonida   uni  bir  yoki  ikki  marta,   ayrim  hollarda   esa  uch  marotabagacha  o’qiydilar,  ifodali  o’qishga,  fikrlashga  o’rganadilar,  o’qitish  texnikasini  egallaydilar,  taqqoslash,  solishtirish  kabi  amaliy  ishlarni  bajaradilar.

Topishmoqda  yashirin  berilgan  predmetni  topishda  qiyinchiliklar  tug’ilsa,  o’qituvchining  o’zi  ifodali  o’qib  berishi  hamda   topishmoqning belgisini  bildiruvchi  so’zlarga  alohida  urg’u  berishi  shart.

CHiq-chiq  der yo’q  to’xtovi,

Vaqtning  aniq o’lchovi.

                              Javobi:  (soat)

Tinmay o’qisang  agar,

Ko’p narsani o’rgatar.

Bilsang,  uka,  o’ylab  top,

Bilim  koni, u-  ...

                            Javobi: (kitob)

Topishmoqni topishda  o’quvchilar  qiynalsalar,  uning  javobi  bo’lgan predmetni  yoki  sabzavot   namunalarini  1 qatorga terib  qo’yish  mumkin.

SHu  tariqa  mashg’ulot  davom   ettiriladi.

O’quvchilarning  darsdagi  holati  hisobga  olinib,  darsga  qo’shimcha  ma’lumotlar  kiritish  mumkin.  O’quvchilarga  kartochkalarda  yozilgan  topishmoqlardan  tashqari,  yana qanday  topishmoqlarni bilishlari  haqida  savollar  berish  maqsadga  muvofiq.  Masalan:  Darslikdagi:  

Dum-dumaloq  bo’yi bor,

Palovda obro’yi bor.

                       Javobi- (behi).

Xuddi  shu  topishmoqning  boshqa  ko’rinishini  o’qituvchi  misol  tariqasida  aytishi  mumkin:

 

Erto’laga ossa  bo’lar

Palovga  bossa bo’lar   ko’rinishida.

Xullas, topishmoqning  ta’limiy  va   tarbiyaviy   ahamiyati  mantiqiy  tafakkurni   rivojlantiradi.  Ularga   javob    topish  ermak  uchun  emas,  balki  o’rganilayotgan  bilimlar  tizimi  taraqqiyoti  uchun  zarurdir.

Xulosa  qilib  shuni  aytish  mumkinki,  boshlang’ich  ta’lim  jarayonida  o’quvchilarning  ijodiy  faoliyatini  rivojlantirish  uchun  turli  shart-sharoitlarlarni  yaratish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.   Buning  uchun  ta’lim   talablarini  aniqlash   va  shu  talablar  asosida  uning  ustuvor   qo’nalishlarini  izlanuvchi   ta’lim,  muammoli   vaziyatlar  yaratish   va  ta’limga  texnologik  yondashuv  asosida  tashkil  etilishi  o’quvchilar  ijodiy  faoliyatini  rivojlantirishning   samaradorligiga  zamin  tayyorlaydi.

 

 

4. Boshlang’ich  sinf  o’quvchilari    ijodiy  faoliyatini  rivojlantirishda interfaol  metodlar va o`yinlardan foydalanish 

 

Boshlang’ich ta’limda o’quvchilarning  ijodiy  faoliyatlarini  rivojlantirishda  evristik  va  muammoli  ta’limdan tashqari bilishga  yo’naltirilgan,  ilmiy  asoslangan  ta’lim  metodlaridan va o`yindan foydalanish ham maqsadga muvofiq. Boshlang’ich ta’limda ishbop, rolli, syujetli o’yinlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.

 Ijodkorlik  faoliyatini   rivojlantirishda  ijodiy  qobiliyatni  shakllantirishga,  ilmiy-ijodiy  izlanishlarga   yo’llaydigan,  bilishga  oid  ilmiy  faoliyatni   tashkil  etish  shakl  va  metodlaridan  foydalanish  o’z  samarasini  berdi.   Bu  borada   ijodiy  faoliyatni rivojlantirish  darslariga  dialog-darslar   munozara, bahs,  suhbatlar,  fantaziya,  izlanish   darslari,  muammolar    qo’yish   va   ularni   yechish  darslari;  ishtirokchilik  darslari,  modellashtirish,  badiiy  texnik   ijodkorlik,    ijod  qilish,  kichik   kashfiyotlar yaratish,   insholar  yozish,  solnomalar  tuzish,   ishbop  o’yinlardan, innovatsion metodlardan foydalanish   kabilar  eng  samarali  bo’ldi. ta’lim jarayonida dars shakllarining o’yin usullari sifatida o’qitishning ma’lum bir paytida o’tkaziladi.

Ma’lumki, boshlang’ich sinf o’quvchisi kattalarning hatti-harakatini taqlid qilishga qiziqadi. Bunda ta’lim jarayonida qo’llanilayotgan ishbop o’yinlardan foydalanish kata ahamiyat kasb etadi. Bolalarga mo’ljallangan ishbop o’yinlar takrorlash, mustahkamlash, o’tilganlarning qay darajada o’rganilganligini (diktantlar, musobaqalar, krossvordlar, sirtqi sayohatlar rolli o’yinlar, dramatik  sahnalar tarzida) aniqlash maqsadida o’tkaziladi.

Ishbop o’yinlarni hayotiy vazifalarni imitatsiya va modellashtirish  asosida tashkil etish samarali natijalarga olib keladi. Bunday o’yinlar faqat bilishga oid bo’lmay, dunyoqarashni kengaytirish, hamda hissiy ta’sir etishi bilan ham xarakterlidir.

          Masalan, boshlang’ich ta’limda “Nima uchun?”, «T-chizma», «FSMU», «Tarmoq (Klaster)», “Ikki qismlik kundalik” kabi  innovatsion metodlardan foydalanganda o’quvchilarda ijodiy faoliyatni rivojlantirishga bevosita yordam beradi.

 “Nima uchun?” sxemasini tuzish qoidalari

Выноска со стрелкой вниз: “Nima uchun?”     sxemasini tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Kichik guruhlarda muammoni ifodalaydilar. “Nima uchun” so`rog`ini beradilar va chizadilar, savolga javob yozadilar.Jarayon mnuammoning dastlabki sababi aniqlanmaguncha davom etadiСтрелка вправо: “Nima uchun?”     sxemasi –muammoning dastlabki sabablarini aniqlash bo`yicha fikrlar zanjiri. Tizimli, ijodiy, tahliliy fikrlarni rivojlantiradi va faollashtiradi 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Выноска со стрелкой вниз: Kichik guruhlarga birlashadilar, taqqoslaydilar, o`zlarining chizmalarini to`ldiradilar. Umumiy chizmaga keltiradilar                     

                                                                      

 

 

 

 

Ish natijalarining taqdimoti

 
 

 

 


                       “Nima uchun?” chizmasini tuzish qoidalari

 

Скругленный прямоугольник: 1.	Aylana yoki to`rtburchak shakllardan foydalanishni o`zingiz tanlaysiz.
2.	Chizmaning ko`rinishini – mulohazalar zanjirini  to`g`ri chiziqlimi, to`g`ri chiziqli emasligini o`zingiz tanlaysiz.
3.	Yo`nalish ko`rsatkichlari sizning qidiruvlaringizni: dastlabki holatdan izlanishgacha bo`lgan y`onalishuingizni belgilaydi 
 

 

 

 

 

 

 

 

 


Masalan, “Atrofimizdagi olam” darslarini o`tish jarayonida “Nima uchun tabiiy boyliklarni asrashimiz lozim?”  degan savol yuzasidan  “Nima uchun” organayzeri ustida ishlash mumkin. O`quvchilar bir nechta nima uchun savollariga javob berishlari talab etiladi.

 

Nima uchun tabiiy boyliklarni asrashimiz lozim?

 

 
 


                 Nima                                 Nima uchun?        

             uchun?

 

 


                                                                              

            Nima uchun?               Nima uchun?

 

 

 


Boshlang`ich sinf darslarida FSMU texnologiyasidan foydalanish ham o`quvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishni ko`zda tutadi.

 

FSMU texnologiyasi

Загнутый угол: Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda hamda o’quv jarayonini bahs-munozarali o’tkazishda qo’llaniladi, chunki bu texnologiya talabalarni o’z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o’z fikrini boshqalarga o’tkazishga, ochiq holda baxslashishga hamda shu bilan birga baxslashish madaniyatini o’ratadi.Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog’ozga o’z fikrlarini aniq va qisqa xolatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi.
F – fikringizni bayon eting
S – fikringiz bayoniga sabab ko’rsating
M – ko’rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring
U – fikringizni umumlashtiring 
 

 

 

 

 


 

 

 

Jadvalni to’ldiring

1-guruh

 

 

Masalan, “O`qish” darsidagi “YAXSHILIK — INSON ZIYNATI” mavzusida  Yusuf Xos Hojibning “Odamdan nima qoladi?” degan hikoyatini  o`rganish ko`zda tutilgan, bunda “Qanday odamlar yaxshi nom qoldiradi?” savolini  FSMU texnologiyasi asosida tahlil etish mumkin.  

 

Savol

 

(F) Fikringizni bayon eting

 

(S) Fikringiz bayoniga sabab ko’rsating

 

(M) Ko’rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring

 

(U) Fikringizni umumlashtiring

 

 

3- sinfda Odobnoma fanidan  “Abu Abdulloh   Muhammad   ibn  Ismoil  Al- Buxoriy” mavzusini o’tish “Ikki  qismlik kundalik”  usulidan foydalanish mumkin.

(“Ikki qismlik  kundalik” usulining mohiyati va qo’llanilishi. Bu   interfaol usuldan turli matnlar bilan ishlash  jarayonida  foydalanish mumkin. Bu usul birinchidan, mavzu matnini chuqur tushunishga yordam bersa, ikkinchidan, o’quvchilarni ijodiy tafakkurga  undaydi, ularning mustaqil  fikr yuritishlarini kuchaytiradi.  Berilgan matn o’qib chiqilgach, daftar varag’i quyidagi tarzda ikki qismga bo’linadi:

 

PARChA

ShARH

 

 

 

         Chap tomondagi «Parcha» deb yozilgan qismga o’quvchilar matn yuzasidan biror parcha yoki ularga qattiq ta`sir qilgan narsa yoki ularni haqiqatda  hayron qoldirgan timsol haqida yozishlari kerak. (Bizning mavzumizda o’quvchilar parcha sifatida biror hadisni tanlaydilar). Ehtimol,  bu ularga shaxsiy tajribalaridan  nimanidir eslatgandir, balki ularni qiziqtirgan yoki o’ylantirib qo’ygandir. Balki ular bu  fikrga, narsaga qo’shilmaslar. Balki bu narsa o’quvchi uchun yangilikdir, balki shu narsa mohiyatini tushunib yetmagandir.

         Varaqning «Sharh» deb yozilgan o’ng tomoniga  chap tomondagi tanlangan parcha (hadis) ga  sharh yoziladi.  Bunda nima uchun ushbu parchani  tanlab olganligi, bu narsa uni nima haqida o’ylashga  majbur etganligi, shu munosabat bilan unda qanday fikrlar tug’ilganligi haqida sharh  beriladi.)     

         Masalan,  “Odobnoma”darsligida  berilgan hadislardan quyidagini tanlab sharhlashlari mumkin:

PARChA

 

ShARH

Yoshlikda olingan bilim toshga o’yilgan naqsh kabidir

Biz bilamizki  toshga o’yilgan naqsh  hech qanday holda ham yo’qolib ketmaydi. Uni yomg’ir yoki do’llar, quyosh yoki  qorlar  yo’qota olmaydi. Demak biz  yoshligimizdan yaxshi o’qisak, kerakli bilimlarni egallasak, u hech qachon yo’qolib ketmas ekan, u bizga bir umr hamroh bo’lib yo’limizni  yoritib turadi. 

 

“Abu Iso at-Termiziy” mavzusini ham matn ustida ishlash usullaridan hisoblangan “Insert usuli” yoki “B-B-B jadvali”  usullarida  o’rganib chiqish  mumkin. 

“Venn diagrammasi” usulidan  foydalangan holda o’quvchilar 3 sinf «Odobnoma» darsida IX bo’limni o’tib bo’lishgach Imom al-Buxoriy va Imom at-Termiziylarni taqqoslashlari mumkin.

 “Venn diagrammasi” usulida  Al-Buxoriy va at-Termiziy  faoliyatlari tahlil etiladi.

         (Venn diagrammasi  usuli mohiyati:  Venn diagrammasi bir-birini  kesadigan ikki yoki  undan ko’p doiralarda  ko’riladi, ular  o’rtasida yozish uchun etarli joy qolishi kerak. U g’oyalarni  zidlash uchun ishlatilishi yoki ularning umumiy xususiyatlarini (nimada ular kesishadi)  ko’rsatishi kerak. Masalan, o’quvchilar  Al-Buxoriy  faoliyatini At-Termiziy  faoliyati  bilan  taqkoslaydilar. Venn diagrammasi bir-biriga yopishgan ikki doira bilan birga ushbu  ekspediciyalar o’rtasida zidlik o’tkazish, ayni vaqtda ularning umumiy  unsurlarini ko’rsatish imkonini  beradi.

O’qituvchi o’quvchilar juftligidan (sinfni ikki guruhga bo’lgan holda)   Venn diagrammasti tuzib, unda tegishlicha fahat  al-Buxoriy va  faqat at-Termiziyga taaluqli bo’lgan doiralarning ikki qisminigina to’ldirishni so’raydi.  So’ngra juft boshka juftga ho’shiladi va to’rt kishi o’z diagrammalarini taqqoslashlari so’ngra o’rtasida ular ko’rganidek, ikala alloma uchun  umumiy bo’lgan xususiyatlar ro’yxatini tuzishlari mumkin.

 

 

 

 

     Ibn Sinoning  hikmatlaridan  foydalangan holda  quyidagi  darsni 3-sinf o`qish darsida o’tish mumkin.

Innovatsion usullardan  biri  bu B-B-B (bilamiz, bilishni xoxlaymiz, bildik) jadvali bilan ishlashdir. «B- B-B- (bilamiz, bilishni xoxlaymiz, bildik) usuli mashg`ulot jarayonida matnni tushunishni kuzatishdagi grafik tashkilotchi hisoblanadi».

B-B-B chizmasi

 

Bilamiz?

Bilishni

xohlaymiz?

Bildim

 

O`quvchilar  guruhlarga  bo`linishadi. O`tilayotgan mavzu yoki tushuncha  yuzasidan har bir guruh o`zaro hamkorlikda «Taxminan nimani bilamiz?» ustunini to`ldirishadi. Doskadagi  birinchi  ustunga esa barcha guruhlarning javoblari jamlanadi. Berilgan javoblar toifalar  bo`yicha guruhlanadi.

Keyin har bir guruh a'zolari o`zaro kelishilgan  holda «Bilishni xohlayman» ustuniga mavzu yuzasidan o`zini qiziqtirgan  savollarni yozib chiqishadi. Doskadagi ikkinchi ustunga esa  barcha guruhlarning savollari jamlanadi. Shundan so`ng talabalar mavzu yuzasidan  matn (ma'ruza) bilan to`liq tanishib chiqadilar va jadvalning ikkinchi ustuniga qaytib, o`zlari bilishni xohlagan savollardan qaysilariga javob topganligini belgilab chiqishadi. Savollarga topilgan  javoblar uchinchi «Bildik» ustuniga  yoziladi. Talabalarni qiziqtirgan qaysidir savolga  javob chiqmay qolgan bo`lsa, uni o`qituvchi  to`ldirishi yoki uyga vazifa sifatida bilib kelishni topshirishi mumkin.

1-sinf  O`qish darsida «Alisher bilan bulbul»  matniga  tuzilgan jadval:

 

Bilaman

Bilishni xohlayman

Bildim

Alisher  Navoiy buyuk bobokalonimiz. U yoshligida juda

ziyrak, ilmga qiziqqan bola bo`lgan. Shahrimiz uning nomiga

quyilgan. U shoir va yozuvchi bo`lgan

1.U qayerda tug`ilgan? 2. Nimaga hikoya «Alisher bilan bulbul» deb nomlangan?

3. Alisher

bulbul bilan gaplashadimi? Nima haqida?

4. Nima uchun Navoiy

taxallusi qo`yilgan.

1. U 1441 yil 9 fevralda Hirot shahrida tug`ilgan.

2. U bir kuni boqqa chiqib, she'r o`q iy boshlaganidauning ovoziga bulbul mahliyo bo`lib qoladi va kelib uning yelkasiga qo`nadi.

3. «Ey xushovoz shoir, buncha ovozing bulbulning ovozidan ham yoqimli, isming nima  deydi». «Men Alisherman», deydi u. 

4. Sen endi o`zingga taxallus top, deydi bulbul.

Bulbulning «navo» degan so`zi Alisherga yoqib, o` o`ziga «Navoiy» taxallusini tanlaydi.

 

“B-B-B-jadval” usulidan 2- sinfdagi “Abu  Rayhon  Beruniy”,  “Alisher Navoiy haqidagi rivoyatlar”, “Abu  Ali ibn  Sino, “Po’lat  Mumin”, “Ilyos  Muslim” mavzularini o`tishda ham  foydalanib ko`rdik.

4- sinf o`qish darsida ”QISHLOG‘IMIZ XARITASI”  mavzusi o`tiladi. Unda Normurod Norqobilovning  “Xarita” hikoyasi o‘quv materiali sifatida keltirilgan. Hikoyadagi qahramonlar Samad va Rasulni “T-chizma” usulida bir-biriga taqqoslab  tahlil qilish mumkin.

 

Samad

Rasul

a’lochi, bilimdon

bilimi past

tirishqoq

dangasa

ijodkor

bilim olishga intilmaydi


 qishloq qo‘ylarini bo‘ridan

qo‘riqlashni istaydi

qorovul bilan chegarachini farqlamaydi

xarita chizishga harakat qilgan

to`polonchi

Qayiqcha yasagan

 

ichida sezib tursa ham o‘zining bilmasligini  tan olgisi kelmaydi

 

 

         Interfaol metodlardan foydalanish orqali boalalarning ijodiy faoliyatini rivojlantirishga oid quyidagi mashg`ulot ishlanmasini keltirishimiz mumkin:

MAVZU: O‘ZBEKISTON – BEPOYON DIYOR

O‘quv materiali. Dehqon bobo va o‘n uch bolakay qissasi. A.Oripov.

Darsning maqsadi.

1. O‘quvchilarni o‘zi tug‘ilib o‘sgan joyi va bu yerda yashovchi kishilarning asosiy faoliyatlari bilan tanishtirish.

2. O‘quvchilarda vatan hissini uyg‘otish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.

3. O‘quvchilarning o‘qish ko‘nikmalarini, to‘g‘ri, ongli va ifodali o‘qish sifatlarini takomillashtirish, lug‘atni boyitish.

Dars turi. Yangi bilim beruvchi, she’r o‘qish darsi.

Darsning metodi. Suhbat, izlanish.

Darsning jihozi. O‘n uch viloyatning tarixiy va mashhur joylari tasvirlangan rasmlar. Viloyatlar haqida ma’lumotlar yozilgan plakatlar.

Darsning borishi.

I. O‘tilgan mavzu, yuzasidan o‘quvchilar bilimi aniqlash va boyitish.

               1. Suhbat uchun savol – topshiriqlar:

– «Toshkentnoma”  dostonini kim yozgan?

– Shoirning «Toshkentda uch fasl yoz» deb har bir fasliga bergan ta’rifini ayting.

– Toshkentni qanday shahar deb ataydi?

– Parchada o‘zbek xalqining qanday sifatlari madh etiladi?

– Nima uchun “Toshkent- non shahri”, “Toshkent – Tinchlik shahri” deyiladi?

– Azim shahar Toshkent haqida yana nimalarni bilasiz?

               2. Sher’ni qismlarga bo‘lib ifodali o‘qitish.

3. Tanlab o‘qitish.

– She’rdan o‘zbek xalqining mehmondo‘stligi tasvirlangan o‘rinni topib o‘qing.

– Yoz manzarasi tasvirlangan o‘rinni topib o‘qing.

II. Yangi mavzu ustida ishlash.

               1. Asarni o‘qishga o‘quvchilarni tayyorlash.

 Asar muallifi Abdulla Oripov haqida suhbat. 4-sinf o‘qish darslarida shoir Abdulla Orirovning qaysi she’rlarini o‘qib o‘rgandik? Bu she’rlar nima haqida edi? Shoirning yana qaysi she’rlarini bilasiz?  A.Oripov qayerda tug‘ilgan? O‘zbekistonda nechta viloyat bor? Bu savolga o‘quvchilar javobi tarmoqlash usulida  yoritib va to‘ldirilib boriladi.  O‘quvchilar viloyatlarni to‘liq ayta olmasalar, ularni asarni o‘qish davomida topishlari va yozishlari aytiladilar

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Doskaga asar nomi «Dehqonbobo va o‘n uch bolakay qissasi» yoziladi

 

Aqliy hujum.

– Asar nima uchun «Dehqonbobo va o‘n uch bolakay qissasi» deb nomlangan? Asar nima haqida bo‘lishi mumkin?

O‘qituvchi: Bu savollarga qaysi javobning to‘g‘riligini asarni o‘qib bilib olamiz.

          2. Asar matni bilan tanishtirish. Asar oldindan tayyorlangan o‘quvchilarga rollarga bo‘lib o‘qitish orqali tanishtiriladi.

          3. Asar yuzasidan dastlabki suhbat. – Asar nima haqida ekan? – O‘zbekistonda nechta viloyat bor ekan? (Klasterni chala o‘rnini to‘ldiring). – Asarda kimlar ishtirok etar ekan?

4.  Asarni o‘quvchilarga qismlarga bo‘lib o‘qitish.

          5.      Mustaqil o‘qish mashqi. Topshiriq. Har bir viloyatga tegishli misralarni ichingizda o‘qib, klasterga yangi tarmoqlar qo‘shing va uni daftarlaringizga ko‘chirib oling.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


         6.   Darslikdagi savol-topshiriqlar ustida ishlash. Qo‘shimcha savollar:

               Dehqonbobo va o‘n uch bolakay Moskvaga nima sababdan borgan edi, deb o‘ylaysiz? O‘n uch bolakay o‘z viloyatlari haqida nimalarni bilishar ekan? Siz o‘zingiz yashayotgan viloyat, (shahar, qishloq) haqida nimalar bilasiz? Tarmoqlashga bilgan ma’lumotlaringizni qo‘shing.

               7. Darsda o‘rganilganlarni umumlashtirish va tarbiyaviy xulosa chiqarish.

– Bugungi o‘qish darsida nima haqidagi bilimlaringiz boyidi?

– Vatan deganda endi qayerlarni tushunasiz?

– O‘zbekistonda yashovchi turli millat vakillari qanday yashayapti?

– Vatanga muhabbat deganda nimani tushunasiz?

– Sizning Vatan oldidagi burchingiz nimalardan iborat?

               8. Uyga vazifa. Qissani ifodali o‘qib berishga tayyorlanib kelish. Ota-onalaringizdan o‘z hududingiz haqida qo‘shimcha ma’lumotlar oling va daftaringizlagi tarmoqlashni davom ettiring.

9. Faol ishtirok etgan o‘quvchilarni rag‘batlantirish.

 

O’yinlar  vositasida o’quvchilar ijodiy faoliyatini rivojlantirish

         Boshlang’ich ta’limda o’yin ijodiy faoliyatning bir shaklidir. Bunda o’quvchi ijtimoiy va moddiy borliqni bilish hamda anglash asosida emotsional – xissiy, intellektual-axloqiy rivojlanadi.

     O’yinlar, ularning inson taraqqiyotidagi o’rni haqida psixologiya, etnografiya, madaniyat, pedagogika fanlarida bir qator tadqiqot ishlari olib borilgan. XIX asrning oxirida nemis olimi K. Gross o’yinlarni tizimli o’rganishga xarakat qilgan bo’lsa, nemis psixologi  K.Byuller o’yinlarni “qoniqish hosil qiluvchi” faoliyat sifatida tadqiq etadi.

         L.S. Vigotskiy, A. N. Leont’evlar  fikricha, o’yinlarni nazariy jixatdan ijtimoy tabiatiga ko’ra    ma’lum  faoliyatiga  yo’naltirilganligi bilan bog’lab, tadqiq etgan bo’lsalar, D.B.Elkonin shaxs xulqini boshqarishni tarkib toptirib , uni takomillashtiruvchi faoliyat sifatida talqin etadilar. Lekin o’yinlarni yagona va eng muhim asosiy xususiyati uning ta’limdagi axamiyatliligidir. O’yinlarda bolaning xulqi erkin shakllanadi va ijtimoiylashadi. O’yinlarning eng muhim jihati   uning ikki tamonlama xarakterga egaligi bo’lib, uning dramatik san’atga ham mosligidir. Bir tamondan o’yin ishtirokchilari uni amalgam oshirishda  muayyan nostandart vazifalar bilan bog’liq xaqiqiy faoliyatni bajarsalar, ikkinchi tamondan esa o’yinlar bu faoliyatning aksariyat paytlarida ma’suliyatni his etgan holda xaqiqiy vaziyatlardan chetga chiquvchi shartli xususiyat ham kasb etadilar.

         Demak, o’yinlarning ikki tomonlama vazifani bajarishi uning rivojlanuvchi natijaga ega bo’lishiga sabab bo’ladi.O’yin  faoliyati elimentlaridan ta’lim jarayonida keng foydalaniladi.Ular ishbop oyinlar, dedaktik o’yinlar, rolli o’yinlar, kompyuter o’yinlari shular jumlasidandir.

         Ishbop o’yinlar kasb faoliyati predmeti yoki ijtimoiy mazmunini qaytadan yaratish shakli bo’lib, amaliyotning ana shu turiga xos munosabatlar tizimini modellashtirishdir.

         Ishbop o’yinlarni o’tkazishda uning qatnashuvchilari faoliyatini maxsus (o’yin tarzida) imitatsiya modelida rivojlantirishdan iboratdir. O’yinlarning xarakteriga ko’ra o’quv jarayoni o’yinlari tadqiqotchilik o’yinlari, boshqaruv va attestatsiyaga  doir o’yinlar turiga bo’linadi.O’quv jarayoniga doir o’yinlar  o’quv predmetlar bo’yicha istiqbolda kasbiy faoliyatini   to’g’ri tashkil etish va shaxsni maqsadga muvofiq shakllantirishga shart-sharoitlar yaratadi. Ana shu shart-sharoitlar  natijasida olingan yangi bilimlar kelgusi kasbiy faoliyatni to’g’ri yo’lga qo’yishga yordam beradi. Ma’lumki, ta’lim hamkorlikka asoslanib, jamoaviy xarakter kasb etadi; kasbga xos faoliyat qoidalari va jamoaning ijtimoiy qoidalariga  mos xolda amalga oshadi. Ana shu ma’noda ta’limning didaktik va tarbiyaviy ahamiyati o’zaro birlashib, o’yin faoliyati shaklida o’quvchilarning faolligi ortadi.  Ishbop o’yinlarda  tavsiya etilgan muammoli topshiriq maqsadga muvofiq dialogik   muloqot  asosida  ishtirokchilarni rag’batlantiradi,  qiziqishlarini orttiradi,  emotsional ruh  paydo qiladi.

         Didaktik o’yinlar ta’limiy maqsadlarni amalga oshiradigan  va ularga moslashtirilgan bo’ladi.didaktik o’yinlar tizimidan birinchi marta maktabgacha jarayonida  foydalanishga doir F.Fribil  va M.Montisorilar ishlab chiqqan bo’lsa, boshlang’ich ta’lim uchun O. Dikroli tadqiqotlar olib borgan.  60-70 yillardan boshlab faqat  boshlang’ich ta’limda emas, umumiy o’rta ta’limda ham foydalanila boshladi. 80-yillarda ayniqsa, ishbop o’yinlar  keng tarqala boshlandi.

         Ishbop o’yinlarning asosiy xususiyati o’yin  rejasining  o’quv maqsadiga yo’nalganligidadir. Chunki o’quv maqsadi o’yin vazifalari doirasida etiladi.

        

         Demak,   o’yinlar  bolalarning asosiy faoliyat turi bo’lib, u orqali kichik maktab yoshdagi  o’quvchilar hayotni, borliqni, tevarak- atrofni o’rganadilar va unga moslashadilar.O’yin paydo bo’lishi uchun quydagilar muhim sanaladi:

-         o’yin ishtirokchilari  bilan  bo’lgan muloqatdan qoniqish hissining paydo bo’lishi;

-         tabiiylik, emotsional hissiyotning vujudga kelishi;

-         o’yin davomida o’yuvchilarning o’zining tabiiy extiyojlarini qondirishga harakat qilishi va hokazolardir.

Ijtimoiy- psixologik  ahamiyati jihatidan o’yinlar asosan ikkita vazifani bajaradi;

-         ma’lum ijtimoiy bilimlarni egallash;

-         zarur ijtimoiy qoidalarni shakllantirish.

Shuningdek, muammo nuqtai nazardan yondashganda, o’yinlar o’quvchining ijodiy faoliyatini  faollashtirish bilan uning ijodiy qobilyatini o’stiradi.

Ma’lumki, bolalar o’yining sifati va  samaradorligi   unda ishtirok etuvchilarning hayotiy kuzatishlari va shaxsiy tajribasiga bevosita bog’liq bo’ladi.Bunda onglilik, tashabbuskorlik  va  irodalilik kabi sifatlar ahamiyat kasb etadi. Shu sababli turli ijtimoiy- psixologik tavsifga ega o’yinlargan o’quv jarayonida foydalanish, shak-shubhasiz o’z samarasini ko’rsatadi.

Aynan faol o’qitish metodlari ham ana shunday o’yinlarga tayanilgan xolda tashkil etiladi. Har bir o’yin bir necha daqiqadan tortib, undan ko’proq vaqt davom etishi mumkin va unda ikkita boladan tortib to o’n o’quvchigacha ishtirok etadi.

Masalan, “ishbop o’yinlar” yoki  “boshqaruv”  deb yuritiluvchi o’yinlar bilim va ko’nikma hosil  qilishga qaratilgan bo’ladi.

Mazkur o’yinlarning nazariy va amaliy jihatdan mohiyatini bir qator olimlar YA.M.Belchikov,   M.M.Birshteyn,  V.N. Burkov, YU.V.Geronimus,  V.YA.Platov,  B.Qodirov, V.M.Karimova,  R.Sunnatova,  Z.Nishonova va boshqalar  o’z tadqiqotlarida  bayon  qilib o’tganlar.  Ular  o’z  ilmiy  ishlarida   guruh  sharoitida   zamonaviy   o’qitishning   pedagogik   va psixologik  texnologiyalari   ustida  fikr  yuritar ekan,  xususan,  “Ishbilamonlik”  o’yinlarini  o’tkazish  metodikasiga  doir  bir  qator  qimmatli  fikrlarni  bildirdilar.  “Ishbop”  o’yinlarni  faol  o’qitish   metodlaridagi  o’rnini  (ayniqsa  kichik  maktab  yoshidagilar  uchun)   yaqqol  tasavvur  etish  uchun  metodlar  majmuini  keltirib o’tamiz.

Faol  o’qitish  metodlarining   oddiy  klassifikatsiyasini  rus olimi  N.N.Kozlenko  quyidagicha  tavsiflaydi:

“Faol   o’qitish  metodlariga”  “Ishbilamonlik”  o’yinlaridan  tashqari  real  vaziyatlarni   tahlil  qilish  va  rolli o’yinlarni  takomillashtirish jarayoni kiradi”.

V.M.Karimovaning  ta’kidlashicha, “faol  o’qitish  metodlariga,  eng avvalo,  bahs,  munozara  yo’li  bilan    va  malakalar  hosil  qilish  tushuniladi...”.

V.YA.Platov   faol  o’qitish  metodlari  quyidagi  real vaziyatli  o’yinlardan  iborat,  deb  ta’kidlaydi:

1.Rolli o’yinlar

2.Immitativ o’yinlar

3.Faoliyatga  qaratilgan  tashkiliy o’yinlar

4. “Ishbilarmonlik”  o’yinlari

V.YA.Platov  fikricha  “Ishbop”  yoki  “boshqaruv”  deb ataluvchi  o’yinlarning  quyidagi   asosiy  qirralari  mavjud:

1. Ob’ekt  modelining  mavjudligi

2. Rollar  mavjudligi

3. Qaror  qilish  jarayonida  rolli  maqsadlarning  tafovuti

4. U  yoki bu  rollarni  bajaruvchi  ishtirokchilarning  bir-biriga  ta’siri.

Rolli  o’yinlarda   eng  avvalo,  ishtirokchi  shaxs  sifatida  o’zligini  namoyon  qila  boshlaydi.

Faol  o’qitish  metodlari    tarkibiga  kiruvchi imitatsion  o’yinlar  qatoriga   boshqaruv  o’yinlarini  yoki  rollarni  taqsimlash  vaziyatlarini  kiritish  mumkin.

 “Ishbilarmonlik  o’yinlar”   mutaxassislarni   o’qitishda  va ularning  kasbiy  sifatlarini   takomillashuviga  xizmat qiladi.

“Kompyuterli  ishbilarmonlik”  o’yinlari  shunday  psixologik   vaziyatlar  majmuiki,  bunda   o’yin  ishtirokchilari  bir  vaqtning  o’zida   ham   o’yin ishtirokchilari  bir  vaqtning  o’zida   ham  o’yin ishtirokchisi,  ham  kuzatuvchi  bo’lish  imkoniyatlariga  ega bo’ladi.  Ishbop o’yinlar  keng  ma’noda  shunday  usul  turiki,  bunda  turli  ishlab  chiqarish  vaziyatlarida,  boshqaruv  qarorlarini  qabul  qilish  immitatsiya  qilinadi  va  bu  o’yin  shartlari   bir  guruh  insonlar  orasida  EHM  bilan muloqot  tartibidagi  ish rejimida  o’ynalishi mumkin.

“Ishbop  o’yinlar”- faol  o’qitish  metodlaridan   bo’lib,  u real  o’rganilayotgan  ob’etni  to’g’ri  anglash  maqsadida  tahsil  oluvchining  u yoki bu  vaziyatni  o’yin  holida  talqin   qilishga  qaratilgan  usuldir.

Ishbilarmonlik     o’yinlar keng  tarqalgan   o’yin  metodlaridan  bo’lib,  ular  mohiyati  jihatdan  ma’lum  obrazlarga  kirish,  o’sha  obrazga   xos bo’lgan    hissiyotlarni  o’z  boshidan  kechirishni  taqozo etadi.  SHunday  qilib  ishbilarmonlik  o’yinlari  qo’llash  sohalari  nihoyatda  ko’p.  O’quv   maqsadlarida  kompyuterdan  foydalangan  holda  qo’llaniladigan  ishbilarmonlik  o’yinlari  o’quvchilarning  hayotida  to’g’ri   mavqega  ega  bo’lishlari,  o’zi  istagan,  orzu  qilgan  hayotiy   vaziyatlarni  yaratishga  o’rgatadi  va  undaydi,   eng  asosiysi  ishlab  chiqarish  jarayonida  o’zini  erkin  muloqotga   oson   kirishuvchi  shaxs,   bilimdon  mutaxassis  sifatida   namoyon  qilishga   zamin yaratadi.  Ishbilarmonlik    o’yinlarining  tuzilishi.

1 -bosqich

Tayyorlanish  bosqichida  boshlang’ich  sinf   o’quvchilari  har   xil  holatli  masalalarni   yechishning   nazariy  asoslarini   o’rganadilar.  Ob’ekt  sifatida  o’yin  modeli,   o’yin  holatlari  ishtirokchilari   majburiyatlari,   o’yin  o’tkazish  tartib  va qoidalar  hamda  o’quvchilari   bilimini   baholash  tizimi  bilan  tanishiladi.  Ko’rgazmali  qurollar,  kerakli  ko’rsatmali  materiallar  dars  uchun  tayyorlanadi.  Ayrim masalalar  mustaqil o’rganiladi.

2- bosqich.  Kirish  qismi.  Ishbop  o’yinida   guruhlar  tashkil  qilinadi,  liderlar  tanlanadi,   ishtirokchilarga   rollar  taqsimlanadi.  Xodimlar  tanlashda  qatnashchilar  anketa  so’rovi  yordamida   aniqlanadi.  Lavozimlarga  tayinlashda  buyruq  loyihasi  ko’rib chiqilib  va  yuqoridan  tasdiqlanadi. Rol  taqsimoti   qatnashchilarning  shaxsiy  jihatlaridan   va  solohiyatidan  kelib  chiqqan  holda  eksperiment  usuli  yordamida  belgilanishi  mumkin.  Bu  bilan  qatnashchilarning  shaxsiy   jihatlari  va  salohiyatlari  belgilangan  rollarga  mos  kelib  o’yin  yuqori  darajada  o’tadi.

3 bosqich. O’yin  jadvalini  amalga  oshirish,  bir  tomondan  barcha  guruhlarni  bir  xil  yuklamalar  bilan  ta’minlab,  ikkinchi  tomondan  vazifalarni  taqsimlab  qvrorlar  qabul  qilish  jarayonini  tezlashtiradi  va  ularning  guruhlarida  muhokama  qilish  ishlari olib  boriladi.

4  bosqich.  Xulosa  chiqarish  bosqichi,  o’yin  natijalarini  tahlili  rahbar  tomonidan  yoki  ishtirokchilar  tomonidan   olib  boriladi.  Ishtirokchilar  tomonidan  baholash  jarayoni  olib borilganda  erkin  suhbat  shaklida  o’tkazilib,   o’qituvchi  tahlil   yo’nalishini   boshqarib  va  tuzatishlar  kiritib   turadi.  Ishbilarmonlik   o’yinlarining  g’oliblari  e’lon  qilinadi. 

Qabul  qilingan  boshqaruv  qarorlarining  asosiy  jihatlari  va  o’ziga   xos  xususiyatlari  ko’rsatiladi,  bunda   katta  iqtisodiy  samara  beradigan,  qabul   qilingan,  muhim   qarorlar   alohida   ta’kidlanadi.  O’yin  guruhlari   rahbarlarining  tavakkal  qilishdan  ishbilarmonligi  guruh  umumiy  balini  belgilashda  hisobga  olinadi  hamda  kamchiliklarni   bartaraf  etish  bo’yicha  maslahatlar beriladi.   Ishbilamonlik  o’yinidan  olingan  natijalar  bo’yicha  o’quv  jarayonini  tashkil  etish bo’yicha  maslahatlar  taklif  qilinadi.

Ishbop o’yinlarining  belgilari:

-boshqaruv  ob’ekti  va  muhitning  modeli  va  mavjudligi.

-rollarning mavjudligi.

-qaror  qabul  qilishda  rollarning  faoliyat  maqsadlarining  farqliligi.

-ishtirokchilarning  o’zaro  munosabati.

-umumiy  maqsadning  mavjudligi.

-jamoa  bo’lib  qarorlar  ishlab chiqish.

-o’yin  davomida  qarorlar  tizimini  tadbiq  qilish.

-qarorlarning  ko’p  variantliligi.

-hissiy  zo’riqishni  boshqarish.

-o’yin ishtirokchilarini  jamoa tomonidan alohida   baholash.

Intellektual-ijodiy o’yinlar  ham  ijodkorlik  faoliyatini  rivojlantirishda  muhim   ahamiyat  kasb  etadi.  O’yinda  shaxsining   kommunikativ  sifatlashni  rivojlantirish  intellektual  savodxonligi,  ziyrakligi,  qarorlar  qabul  qilishda  ta’lim  zukkolikni  rivojlantirish,  xalq  ijodkorligiga  oid  bilimlarga  ega  bo’lishi,  sinfdagi   salohiyatli   o’quvchilarni  aniqlash va ularni   rag’batlantirishga  oid  maqsad  va  vazifalar  qo’yiladi.

Teleo’yinlarda  namoyish  etiladigan   “O’yla,  izla, top”,  “Oltin  toj”  kabilar  shular  jumlasidandir.  Kichik maktab  yoshidagi  o’quvchilarning   intellektual  darajasini  rivojlantirish  uchun   sinfda  va   sinfdan  tashqari  mashg’ulotlarda   shunday   o’yinlarni   tashkil  qilish  mumkin.  O’yin   yetti turda  o’tkazilishi  mumkin.   Har  bir  turda   o’quvchilar   bilimi  ballar   asosida  baholanib boradi.  Musobaqa    sakkiztadan  ikki   guruh  o’quvchi  kiritiladi.  Birinchi  turga  5  ball, ikkinchi  turga  10  ball,  uchinchi  turga  15  ball  va   hokazo tarzda   baholanadi.  O’ylash   uchun  har  bir  savolga   2-3  sekund  vaqt  ajratiladi.  Noto’g’ri   javob berilsa,  kuzatuvchi  o’quvchilar  javob  beradilar.  Har  bir   to’g’ri  javob  bali  uchun   shu  ball  yozilgan  jeton  topshiriladi. To’rtinchi   turdan   so’ng  musiqali  tanaffus  tashkil  etish  mumkin.

Yettinchi tur  oxirida   guruhda   qolgan  o’quvchilar  yiqqan  ballarga  qarab  ular  rag’batlantiriladi.

1-tur  o’yin  savollari  quyidagicha  bo’lishi  mumkin:

1. Dunyoda  eng  katta  ko’l  (Kaspiy  dengizi)

2. Qoraqalpog’iston  Respublikasi  poytaxti (Nukus)

3. O’zbeklarning  eng  mashhur  raqsi nomi  (Andijon  polkasi)

4. “Sehrli  qalpoqcha”  romanining  muallifi  (X.To’xtaboyev)

5. “SHaytanat”  romanining  bosh  qahramoni (Asadbek)

6. O’zbek  taomnomasida  eng  aziz taom (palov)

7. “O’zbekiston”  she’rining muallifi (H.Olimjon)

O’yin  nihoyasida    ballar yig’iladi  va  g’oliblar  taqdirlanadi.

Mazkur  o’yin  bir  tomondan  o’quchilarning  bilimini  namoyon  qilib, uning  intellektual  salohiyatini   aniqlashga   yordam  bersa,  ikkinchi  tomondan  guruhlarning  jamoa  bo’lib  birlashishi,  aqliy   tafakkurning   shakllanishi,  axloqiy  xulq  atvorining   tarkib  topishiga   yo’llaydi.   Zero,  o’quvchi   intellekti  individning  ilmiy  salohiyatining   rivojlanishiga  asos  bo’ladi   va  uning   shaxs  sifatida  shakllanishida  muhim  rol o’ynaydi.

Ta’limda  rolli  o’yinlar  keng tarqalgan  o’yin  metodlari  bo’lib,  ular  mohiyat  jihatdan  ma’lum  obrazlarga  kirish,  o’sha  obrazga  xos  bo’lgan   hissiyotlarni  o’z  boshidan  kechirishni  taqozo etadi.   SHuning  uchun  ham  nemis  olimi va  mutaxassisi   Margaret  Forvert  rolli  o’yinlarning   3  asosiy  jihatini  aniqlaydi:

-         o’yinning  emotsional  jihatdan  mukammalligi;

-         unda  immitatsiya  hodisalarining  rivojlanganligi;

-         boshlovchining  alohida,  o’ziga  xos  mavqega  ega ekanligi.

Rolli  o’yinlarning  korreksion   va  amaliy  ahamiyati  shundaki,  ularda     har  bir  shaxs,  bizning  holatda  kichik  maktab  yoshidagi  o’quvchi  o’z real   faoliyatiga  yaqin  bo’lgan   vaziyatlarga  tushuriladi  va shu  orqali    uning  yo’nalishi  o’zgartiriladi.   Bunda  o’yin  ishtirokchisining   o’sha  vaziyatni   hissiy  boshidan   kechira  olishi   katta   ahamiyatga ega.  Rolga  kirishishda  esa  quyidagi  talablar mavjul:

a) kitob tilida  gapirmaslik;

b) muloqotning   barcha  sirlaridan  foydalanish;

v) ovoz  xususiyatlariga  muntazam  e’tibor  berish.  Bu  esa  intonatsiyalar,  tovushlarning  past-balandligi,  ovozning  emotsionalligi  rolni   aniqroq  idrok  qilishga  imkon beradi;

g) mimika  va  pantamimika  elementlarini  keng  qo’llash;

d) har  bir  holatni  jonlantira olish;

e) vaqt  va  fazoni  doimo  tushunib,  his  qilib  turish;

j) boshlovchining  rolga kirganlar   holatlarini  aniq tushunishi va ularga  mos  baho berib turishi.

Rolli  o’yinlarda  eng  avvalo  boshlang’ich  sinf  o’quvchisi  sifatida  o’zligini  namoyon  qila boshlaydi.

Rolli o’yinlar  jarayonida  asosiy  shaxslardan  biri boshlovchidan  keyin  ijtimoiy  psixologik  vaziyatlarning  markazida  turgan  shaxsdir.  Uning  ijtimoiy-psixologik   vaziyatdagi  muammo  hamda  ziddiyatlarni  hal  qilishdagi   roli  kattadir,  chunki  u  aynan  voqealarning  markazida   turadi.  Unga  o’z  rolining   barcha jihatlarini  har  tomonlama  namoyon  qilish  huquqi  beriladi,  asosiy  muammoni  hal  etuvchi  va  boshqalarni  o’ziga  ergashtiruvchi  shaxs  sanaladi.

Rollar  o’ynab  bo’linganidan  so’ng  uning  muhokamasi  boshlanadi.  Unda  barcha  guruh  a’zolari  ishtirok  etadilar  va  ularning  har  biri  o’zi  turli  rollarga  kira  olishini  sinab  ko’radi,  ya’ni bunda  har  bir  shaxsning  o’zidagi  va  boshqalardagi  ko’rsatmalarni  his  qilishiga  imkoniyat  tug’iladi.

Rolli  o’yinlarda  “rejissyor”  rolidagi  boshqaruvchi  shaxsining  ham  roli  katta.  U  ham  o’yinni  “sahnaga  qo’yuvchi”,  ham  psixoanalitik  rolini o’ynaydi.  Butun  o’yin  davomida  u  harakatning  muvofiqlashtiruvchisi,  rollarni   aniq  obrazlarga,  ya’ni  ishtirokchilarga   bo’lib beruvchidir.  U  o’zining  boshqaruvchilik  rolini   ado  etib  bo’lib,  o’quvchilarning  ijtimoiy  vaziyatni  his  qilishi  va  undan  chiqish  choralari  yuzasidan  ko’rsatmalar  berib  boradi.  O’yinning   har  bir  qismida  rollarni   almashtiruvchi  tayinlovchi ham  hisoblanadi.   

Rolli  o’yinlardan  kutilmagan  samaraning ijobiy  bo’lishini  ta’minlovchi  bir  qancha  usullar  mavjud.  Masalan, ulardan  biri  “rollar  almashtiruvchi”  deb  atalib  o’yinning   har  bir  qismida  rol  ishtirokchilarining   o’yinlari almashtirilib  turiladi.  Masalan, birinchi  ko’rinishda   qo’shimcha  personaj  rolini  o’ynashini,  bir   ko’rinishda o’qituvchi  rolidagi   odam,  keyin  o’quvchi  bo’lishi  mumkin.  Demak,  o’sha  vaziyatdagi  har  bir   personaj  ichki  dunyosiga   kirish  to’la  ma’noda  o’sha  vaziyatni  his  qilishga   va  unga  moslashishiga   yordam beradi.  Yana  bir  usul  “O’xshash  chehralar”  deb  atalib,  uning  mohiyati  shundaki,  o’yinning   yanada  ta’sirchan  va  samarali  bo’lishi  uchun  ikki  o’quvchiga oldindan  aynan  bir xil   rol  beriladi,  birinchi  bosqichlarda  ularning  har  biri  aynan   bir   xil  harakatlar  bilan  rolga  navbatma-navbat   kiradilar,  faqat  ma’lum  bosqichdagina   ularga  o’zgarishlar  kiritishi mumkin.

Yana bir  usul,  “monolog”  deb atalib,  bir  o’quvchiga   ma’qul  darajada  o’z  hissiy  kechinmalarini to’liq  bayon etishga  imkoniyat   beriladi.  YA’ni,  vaziyat  muammo  va   ssenariy   boshlovchi  tomonidan  beriladi,  faqat  rol  o’ynovchi  uni  o’zicha  hissiy  kechinmalarini  boyitishi   va  shu orqali   har  bir  individ  ruhiy  dunyosining  boyligini  va  o’ziga  xosligini   namoyon  qilishi  mumkin.  Bundan  tashqari, har  bir  rolli  o’yin  vaziyatiga    mos  holda  uni tashkil  etishning   o’ziga  xos  shakllari  ham bo’lishi  mumkinki,  bu  ham  o’yin  metodlarining  imkoniyatlarini   yanada  kengaytiradi. Masalan,  “sehrli  do’kon”   o’yini  shundayki,  unga  ko’ra  o’yin  ishtirokchilari  turli  xarakter  xususiyatlarini  ifodalovchi  rollarni   imitatsiya  qiladilar.  Masalan:  biri-“aql”,  ikkinchisi  - “to’g’ri so’zlik”  uchinchisi  -  “odoblik”  va  hokazo.  Rejissyor   “sehrli  do’kon”ga  kirib o’ziga  yetishmaydigan  qadriyat,  ya’ni  sifatni,  o’zida  bor  bo’lgan,  unga  “qadrsizroq”  sifatga  almashtirib  ketishi  mumkin.

O’zini-o’zi  tahlil qilib  tarbiyalashda  bu  o’yinning   ahamiyati  katta.  SHunga  o’xshash   “Notanish  odam  bilan  tanishish”,  “Kelajakni  tasavvur  qilish”,  “Oynadagi  aks” kabi  o’yinlar  ham   o’quvchining  o’zini-o’zi ruhiy  tahlil  qilish   va  o’z   xulq  atvorini  tuzatishda  katta  ahamiyatga  egadir.  Bu  o’yinlar  o’z  oldiga   qo’ygan  maqsad  va  mazmuniga  ko’ra  turlicha  bo’lishi  va aniq  maqsadlarga  xizmat qilishi  lozim.  

Boshlang`ich sinflarda  turla fanlarni o`qitish jarayonida  didaktik o`yinlardan  keng  foydalanish mumkin. Ayrim darslarni o`tish davomida  qo`llash  mumkin bo`lgan didaktik o`yinlarga  misollar keltiramiz.

Sifatlarni aniqlash.

O`quvchilar narsa va shaxsning belgisini bildiradigan so`zlar- sifatni 1-sinfdan boshlab, boshlang`ich ta'limning yuqori sinflarida ham  o`rganadilar. O`quvchi mashq matnidan belgi bildiruvchi so`zlarni aniqlab olish ko`nikmasini egallagach, ularga o`qish darslarida  «Badiiy asar  matnidan belgi bildiruvchi so`zlarni toping»  degan topshiriq berilishi mumkin.Bu topshiriq ona tili darslarida ham mashqni bajarib bo`lgan o`quvchilarga berilishi mumkin.  Bunday o`yin-mashqlarga  butun sinf  o`quvchilari  jalb etilsa, ularning o`zlashtirish darajasi  unumliroq bo`ladi.

         Masalan, o`quvchilarga «O`qigan asaringizdagi belgi bildiruvchi so`zlarni

quyidagi  jadvalga yozib boring», degan  topshiriq berish  mumkin:

 

Rang bildiruvchi so'zlar

Maza bildiruvchi so'zlar

Shakl bildiruvchi so'zlar

Hajm bildiruvchi so'zlar

 

Qizil, jigarrang

Taxir, achchiq

Dumaloq, egri

Semiz,  baland

 

         Shunday qilib,  o`quvchilar  «O`qish kitobi», “Odobnoma” va boshqa badiiy asarlarni o`qiganda  o`qigan  matnlarida qo`llangan va  ulardan aniqlay olgan sifatlarini  yozib boraveradilar.  

To`rtinchisi ortiqcha.

Bu mantiqiy o`yin. Bolaga 4 ta narsaning rasmini bering. 3 tasi bitta umumiy tushunchaga daxldor bo`lsin. U «ortiqcha»sini topsa, rag`batlantiriladi. Rasmlar to`plami turlicha bo`lishi mumkin: stol, stul, krovat va choynak, ot, mushuk, it va qisqichbaqa, archa, qayin, chinor va qulupnay, bodring, sholg`om, sabzi va quyon.

Agar bola hamma topshiriqdarni to`g`ri bajara olmasa, ajablanmang. Uning fikrlari va asoslarini tinglashga harakat qiling. Chunki bolaga quyon bilan sabzining bir-biriga bog`liqligi bodring va sholg`om kabi sabzavotlar qatoridan sab-ini ajratib olishiga asos bo`lishi mumkin. Unga sabzavot va jonivorlar degan tushunchaga asoslanib to`g`ri javobni topishda va quyon «ortiqcha» ekanini bilishda yordam bering. Bunda bolaga umumlashtiruvchi jumlalar aytish orqali o`zi javob topishiga imkon  yaratib bering. Olamda nima bo`lmaydi?

Bolaga olamda yo`q, narsalar rasmini chizishni topshiring. Rasmdagi narsa nega olamda yo`qligini so`zlab berishni so`rang. Agar o`yinda o`zingiz ham ishtirok etsangiz, u  yanada qiziqarli bo`ladi.

Hamma bir narsa haqida  oilada bo`ladigan suhbatlarni biron-bir narsa haqidagi umumiy sifatlar va   tushunchalar atrofida tashkil etib, bolalar   ham unga jalb eti-ladi: daraxt nimaga o`xshaydi, nimadan farq qiladi? Daraxt bo`la turib nega odamlar plastmassa,   temir kabilarni kashf etdi? U nimasi bilan noqulaylik kasb etadi? Yog`ochdan jihozlar, idishlar, o`yinchoqlar yasagan odam qanday sifatlar-dan foydalanadi? Yog`och maydalari va qirindilari nima maqsadda ishlatiladi? Yog`och cho`kadimi? Yonadimi? Bo`yaladimi? Nam tortadimi? Qiziydimi? Suv   o`tkazadimi?

Bo`lishi mumkin — bo`lmaydi.

Bu o`yin boy tasavvur va sog`lom fikrni talab etadi. Siz aytayotgan narsalar bo`lishi mumkin yoki aksincha ekanligini bola mushoxada qilib kurishi kerak. Agar u to`g`ri javob topsa, navbatdagi topshiriqni bola sizga beradi. Agar noto`g`ri javob bersa, navbat yana sizda bo`ladi. Bunda siz bo`ladigan, bo`lmaydigan misollarni aniq, keltiring, masalan: «Bo`ri daraxtda o`tiribdi», «Idishda piyola pishayapti», «Mushuk tomda yuribdi», «Kuchuk tomda yuribdi», «Qayiq osmonda suzib ketyapti», «Qizcha  rasm chizayapti», va x.k. Agar sizning va bolaning farazlari turlicha va kutilmagan tarzda berilsa, o`yin quvnoqroq, va qiziqarliroq bo`ladi. Agar ba'zan yanglishib ketsangiz,  bu o`yinning faqat qiziqarli bo`lishini ta'minlaydi.

                                         Nimadan nima hosil bo`ladi?

Bola kattalarning savollariga javob beradi: «tuxum, jo`ja, bola, urug`, un, temir, g`isht, mato, tikuvchi, kasal va h.z.lardan nima  hosil bo`ladi?». Bola bergan javoblarni muhokama qilishda yana boshqa javob variantlari mavjudligini ham ta'kidlash kerak. Masalan: tuxumdan nafakqat qushcha balki timsoh,    toshbaqa, ilon bo`lishi va xatto ovqat qilish ham mumkin. Bir o`yinda  6-7 so`zni muxokama etsa, bo`ladi.   Bu o`yinning yana bir varianti:

Avval nima bo`lgan edi?

Bu o`yinning mazmuni avval nima bo`lgan edi? degan savolga javob berishdan  iborat:

jo`ja (tuxum), ot (toychoq), sigir (buzoq), balik, (ikra), olma (urug`), kapalak (qurt),   non(un), shkaf (yog`och), velosiped (temir), ko`ylak (mato), tufli (teri), uy (g`isht),   kuchli   (kuchsiz) va x.z. Bundan tashqari bittadan ko`p ma'noga ega bo`lgan so`zlardan   ham  foydalanish mumkin. Har bir so`zga mos javob va-riantlaridan foydalanish maqsadga   muvofiq.     

Eng zarurini tanlash (morfologik tahlil uslubi)

Aytaylik, biz rasm chizmoqchimiz va bir qancha so`zlarni keltiramiz: qalam, bo`r, guash, asfalt, tosh, kog`oz, bo`yoq cho`tkasi, barmoqlar, tayoqcha. Ulardan 3 ta so`zni  tanlab olish kerak va shu narsalar ishtirokida rasm chizish mumkin bo`lsin. Qancha ko`p   variant topish mumkin bo`lsa,   shuncha yaxshi.

O`qitish samaradorligini oshiradigan  o`yin musobaqa  darslaridan ham keng foydalanish mumkin. Harakatli ta’limiy o`yinlar bolaning darsga bo`lgan qiziqishini oshiradi. O`yin orqali bolalar bilim oladilar, topqirlik va hushyorlikka urganadilar. Ayniqsa, o`yinlarni hayotga bog`lab musobaqa asosida tashkil qilish bolalar faolligini va qiziquvchanligini yanada oshiradi.

“O’z o’rningni top”

Agar sinfda u yoki bu mavzu bo’yicha tortishuvlar vujudga kelsa bu metod yordamida muammoning yechimini topish mumkin. Undan ko’pincha tarbiyaviy tadbirning kirish qismida foydalanishadi va o’tilayotgan mavzuni o’rganishga turli xil yondashuvlar mavjudligi namoyish etiladi. Bu bir tomondan. Ikkinchidan, o’quvchilarga o’z fikrini bayon qilishga, muloqot ko’nikmalarini qaytadan tuzatishga imkoniyatlar mavjud bo’ladi. Uchinchidan, dars so’ngida o’qituvchi tomonidan mavzuni o’zlashtirish darajasini baholash aniq amalga oshiriladi.

1.Sinfning qarama-qarshi burchaklariga ikkita plakat osildi. Ularning biriga “roziman”, boshqasiga “rozi emasman” degan so’zlar yozilishi kerak. Plakatlarda ba`zi bir mavzuga oid savollar bo’yicha bildirilgan qarama-qarshi fikrlar ham yozilish mumkin. Masalan: “anjir gullaydi va meva tugadi”, yoki “anjir gullamasdan meva tugadi”.

       

 

2.  Darsni tashkil etish qoidalari muhokama qilinadi.

3. qaralayotgan muammo yuzasidan o’z fikrlariga mos keladigan plakat yoniga borish zarurligi o’quvchilarga taklif etildi.

4. Bo’lingan o’quvchilardan o’z qarshilarini asoslash so’raladi. Bu paytda bir guruhdan ikkinchi guruhga o’tish ruxsat etiladi va shu tariqa sinf o’quvchilarining hammasi jalb etildi.

5. Muammo bo’yicha fikrlar bildirilgach, o’quvchilar ichida munozara davomida o’z nuqtai nazarini o’zgartirganlar va boshqa guruhga o’tuvchilar bo’lishi mumkin. Bunday hollarda ular o’z o’rnini o’zgartirish sabablarini asoslashi kerak bo’ladi.

6.  Ishtirokchilardan opponentlari ichida muammo yuzasidan eng ishonchli fikr aytgan o’quvchilarni aniqlash so’raladi.

         Xullas,  o’yinlar  boshlang’ich  ta’limda o’quvchilar  ijodiy  faoliyatini  rivojlantirishda    muhim  vositalardan  biri sifatida   tan  olingan. Ular  orqali  bolaning  xulqi  erkin  shakllanadi,  ijtimoiy  ahamiyat   kasb etadi  va  bilishga  oid  qobiliyati  o’zaro  aloqada  rivojlanuvchi  faoliyatni  vujudga  keltiradi.

 

XULOSA

Boshlang’ich ta’lim o’quvchilar bilim olishining poydevori hisoblanar ekan, mazkur sinfdan boshlab, o’quvchilarda ijodiy faoliyatni rivojlantirishni taqozo etadi. Shunday ekan o’quvchilarda ijodkorlik, ijodiy faoliyatni rivojlantirish lozimligi kun tartibidagi muammo bo’lib qoldi. Zero, 1-4 sinf o’quvchilarida ijodiy faoliyatni rivojlantirishda o’quvchilarning yosh xususiyatlarini e’tiborga olish, ta’limni samarali tashkil etishda darslarni noan’anaviy tarzda o’tkazish, darslarda innovatsion metodlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. O’quvchilarida ijodiy faoliyatni rivojlantirish  ularni har tomonlama yetuk bo’lishiga xizmat qiladi.

Xulosa  qilib  shuni  aytish  mumkinki,  boshlang’ich  ta’lim  jarayonida  o’quvchilarning  ijodiy  faoliyatini  rivojlantirish  uchun  turli  shart-sharoitlarlarni  yaratish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.   Buning  uchun  ta’lim   talablarini  aniqlash   va  shu  talablar  asosida  uning  ustuvor   qo’nalishlarini  izlanuvchi   ta’lim,  muammoli   vaziyatlar  yaratish   va  ta’limga  texnologik  yondashuv  asosida  tashkil  etilishi  o’quvchilar  ijodiy  faoliyatini  rivojlantirishning   samaradorligiga  zamin  tayyorlaydi.

Bozor munosabatlariga asoslangan jamiyatda yashash har bir insondan ayniqsa, o’quvchi-yoshlardan keng bilimlarga ega bo’lishni talab qiladi. SHunday ekan, voyaga yetayotgan yosh avlodni oilada va ta’lim-tarbiya muassasalarida ijodiy mushohada qilishga o’rgatib borish zarur.

Ilmiy izlanish jarayonida uzluksiz, yaxlit, o’zaro bog’liqlikni ta’minlovchi ta’lim to’laqonli amalga oshmayotganligi sababli o’quvchi-yoshlarning ijodiy faoliyat darajasi sust darajada rivojlanayotganligi aniqlandi. Ayrim paytlarda mustaqil mushohada yuritmaslik oqibatida ta’lim jarayonida muammolar yuzaga kelmoqda.

SHunday qilib, boshlang’ich ta’limda o’quvchilar ijodiy faoliyati shaxsning shakllanishi bilan o’zaro aloqada real pedagogik jarayonni vujudga keltiradi va bu jarayon turli ta’lim konsepsiyalari, nazariyalari yordamida loyihalashtirilishi va ta’lim muassasalarida tadbiq etilishi maqsadga muvofiq.

Intellektuallik, mustaqil va erkin fikrga egalik, yuksak onglilik va intellektual madaniyatlilik kabi hislatlarni shakllantirish hamda o’quvchilarni ob’ektiv va hissiy bilishlarini rivojlantirish uchun maxsus metodika, maxsus pedagogik ta’sir o’tkazish mexanizmlarini ishlab chiqish orqali erishish mumkin.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.     O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.-T.: O’zbekiston, 2003.- 38 b.

2.      O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonuni. -T.: 1997 .

3.      O’zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. -T.: 1997.

4.      Barkamol avlod orzusi. -T.: SHarq, 1999.-228 b.

5.      Boshlang’ich ta’lim Davlat ta’lim standarti.-T.: 2005.

6.     Umumiy o’rta ta’limning Davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi, Boshlang’ich ta’lim, // Ta’lim taraqqiyoti. – T .: SHaraflik. 1999. 1- maxsus son.

7.     Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar –  T. :YAngi asr avlodi, 2001,184 b.

8.     Karimov I. A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolotlari.  -T.: O’zbekiston, 1997.-328 b.

9.     Karimov I. A. O’zbekiston XX1 asrga intilmoqda.   -T.: O’zbekiston, 1999.- 73b.

10. Karimov I.A Ma’naviy yuksalish yo’lida. T. :O’zbekiston, 1998.- 78 b.

11. Karimov I. A. Bizdan ozod va obod vatan kolsin.-T.: SHarq.- 234 b.

12. Adizov B.R.Boshlang’ich  ta’limni  ijodiy  tashkil  etishning  nazariy  asoslari.- Toshkent: Fan, 1997.-182-b.

13. Azizxodjayeva  N.N. Pedagogicheskiye texnologii i pedagogicheskoye masterstvo.-T. Fan va axborot texnologiyalari, 2006. -167 b.

14. Bikvayeva N.I., ye.YAngabayeva  Matematika 3-sinf T., 2004 yil, 12-13 b.

15. Davletshin  M.G.  Zamonaviy   maktab o’quvchisining  psixologiyasi. T., O’zbekiston  30 bet.

16. Dik  N. F. Vospitivayem  lichnost . Feniks,  2005  320 st.

17. Karimova V.M. Sunnatova R. va boshqalar. Mustaqil fikrlash. Akademik litseylar va kasb- hunar kollejlari uchun o’quv qo’llanma.- T.: SHarq, 2000- 112 b.

18. Karimova V, Nishonova Z. Mustaqil ijodiy fikrlash va shaxsning hissiy, irodaviy va intellektual hislatlari orasidagi bog’lanish // J. Xalq ta’limi, 2001. № 3-6, 64-69- b.

19. Kulyutkin YU.N. Tvorcheskoy mыshleniye v professionalnoy deyatelnosti uchetelya // Voprosы psixologii –M. : 2004 - № 2 – 21 -30.

20. Munavvarov A. Q. Oila pedagogikasi.-T.: O’qituvchi,1994.- 127 b.

21. Levitov N.D. Sub’ekt. Ob’ekt. Poznaniye.- M. : Znaniye, 1999.- 47 s.

22. Lerner I.YA. Uchebnыy predmet, tema, urok. – M. : MGU. 1995.- 133s.

23. Mavlonova R., To’rayeva R., Xoliqberdiyev K. Pedagogika. – T. : O’qituvchi, 2002, - 384 b. 63.

24. Matchonov  S.  Kitob o’qishni  bilasizmi?  -T.:  O’qituvchi  1993-114 bet.

25. Matchonov S., SHojalilov A., G’ulomova X., Sariyev SH., Dolimov Z O’qish kitobi 4-sinf T., “YAngiyo’l poligrafservis”  156-157 b. 2007 yil.

26. Ochilov M. YAngi pedagogik texnologiyalar. O’quv qo’llanma. Qarshi.: Nasaf, 200. – 80b.

27. Piaje J. Rebyonok i  yego razvitiye . – M. Znaniye, 1984. 508 s.

28. Pedkasistыy P.I. Samostoyatelnaya poznavatelnaya dyatelnost shkolnikov  v  obuchenыm. – M. Pedagogika 1991. 204 s.

29. Podlasыy I. P. Pedagogika novыy kurs. Uchebnik dlya stud ped. vuzov: V 2 kn. – M: Vlados Kn 2 Protsess vospitaniya. – 256.

30. SHodiyev R.D. Didakticheskiye osnovы  realizatsiya  problemы  ponimaniya  v  uchebno-poznovatelnoy  deyatelnosti: -avtoref. Diss. dok.ped nauk.-T.:  2004 -43 s.

31. Egamberdiyeva  F. Adabiy  ta’lim  samaradorligini  oshirishda  yangi  pedagogik  texnologiyalar:  Ped fan. nom. diss  va  avtoref.-T.: 2005. 23 bet.

32. YUsupov E. Inson kamolotining   ma’naviy   asoslari. – T.: Universitet,  1998  184 bet.

33.  YAkilganskaya  I.S. Razvitayusheye  obucheniye. –M. Pedagogika, 1999  № 5 57-59  st.

34.  O’quvchilarning  qiziqish  va  moyilliklari  diagnostikasi.(metodik tavsiyalar)yu-T.: RO’MM, 2001-28 b

35. Quronov. Maktab ma’naviyati  va  milliy  tarbiya.-T.:  Fan,  1995-118 bet.

36. G’oziyev E. Tafakkur  psixologiyasi / Dorilfunun  talabalari  uchun  qo’llanma. –T.: o’qituvchi 1990-184 b.

37.  Haydarova O.Q. Bo’lajak  o’qituvchilarni  ta’lim jarayoniga  texnologik  yondashuvga  tayyorlash. –Ped fanlari nom. yozgan avtoreferati. –T.:  2004.-23 bet.

38. Mustaqillik. Izohli ilmiy-ommabop lug’at.-T.: SHarq, 1998.-177b.

39. Abdullayeva SH. A., Axatova D. A., Sobirov B. B., Sayitov S.S. Pedagogika. Ekspress-ma’lumotnoma.-T.: Fan,2004.-264 b.

40. Boshlang’ich sinf ta’lim DTS. Ona tili. Matematika, Tabiatshunoslik // Ta’lim tarakkiyoti. 2-maxsus soni, 2005.-B.-78-86.

41. Bobomurodova A.YA. Ona tili  ta’limi  jarayonida  o’yin-topishmoqlardan  foydalanish:  Ped. Fan.nom. diss. Avtoref. 1997b 20 bet.

42.  Boltayeva SH.  Boshlang’ich ta’limda o’kuvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirish. // Xalq ta’limi, 2004,№ 3.-34-34 betlar.

43. Boltayeva SH.  Boshlang’ich ta’limda o’kuvchilar ijodiy faoliyatini rivojlantirish. //Pedagogika nazariyasi va tarixining ayrim dolzarb muammolari. / Ilmiy ishlar to’plami.-Toshkent: Fan, 2006.-B.142-144.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

MUNDARIJA

 

Kirish

1.    Boshlang’ich ta’limda o’quvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirish shart-sharoitlari

2.    Boshlang`ich sinf o`quvchilari evristik  faoliyatni  texnologiyalashtirish

3.    O’quvchilarda ijodiy faoliyatni shakllantirish yo`llari

4.    Boshlang’ich  sinf  o’quvchilari    ijodiy  faoliyatini  rivojlantirishda interfaol  metodlar va o`yinlardan foydalanish 

 

Xulosa

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Navoiy DPI   "Umumiy pedagogika" kafedrasi  o’qituvchisi Sh.T.Boltayevaning

" Boshlang’ich  sinf  o’quvchilari   ijodiy

faoliyatini  rivojlantirish  yo’llari"

  monografiyasigasiga

 

T A Q R I Z

 

O’zbekiston Respublikasining   “Ta’lim to’g’risida”gi   Qonuni   hamda  “Kadrlash  tayyorlash  milliy dasturi”da  ham barkamol  shaxs tarbiyasiga asosiy e’tibor qaratilgan. Chunki, o’z bilimi, salohiyati, imkoniyatlarini jamiyat taraqqiyotiga to’liq sarflab, mustaqil fikrlay oladigan ijodkor shaxslarni shakllantirish, jamiyatda tub o’zgarishlar bo’lishiga zamin yaratadi.

     O’zbekiston Respublikasi   Prezidenti I.A. Karimovning  “Mustaqillikni  mustahkamlash,  jamiyatni demokratlashtirish  va  yangilash  birinchi darajali  ustuvor  maqsad  va vazifa   bo’lib qolaveradi...   Inkor etib bo’lmaydigan  ushbu haqiqat  shu muqaddas zaminimizda  yashaydigan  har bir   insonning  qon-qoniga,  vujudiga  singib ketishini istardim”, -deb  ta’kidlashi  ta’lim sohasini   yangilashda   ham  ustuvor  vazifa bo’lib sanaladi.  Chunki  shu jamiyatda  yashaydigan  inson keng  faoliyatga  tayyorlanar ekan,  uning rivojlanishi,  tafakkurini  yangilashda  o’quv jarayoniga  ilg’or  texnologiyalarni  kiritish,  o’quvchilarning  erkin mustaqil  fikrlash,  ijodkorlik  faoliyatlarini  rivojlantirishni  taqozo  etadi.

         Sh.T.Boltayeva ushbu monografiya  boshlang’ich ta’lim o’quvchilar bilim olishining poydevori hisoblanar ekan, mazkur sinfdan boshlab, o’quvchilarda ijodiy faoliyatni rivojlantirishni taqozo etadi. Shunday ekan o’quvchilarda ijodkorlik, ijodiy faoliyatni rivojlantirish lozimligi kun tartibidagi muammo bo’lib qoldi. Zero, 1-4 sinf o’quvchilarida ijodiy faoliyatni rivojlantirishda o’quvchilarning yosh xususiyatlarini e’tiborga olish, ta’limni samarali tashkil etishda darslarni noan’anaviy tarzda o’tkazish, darslarda innovatsion metodlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. O’quvchilarida ijodiy faoliyatni rivojlantirish  ularni har tomonlama yetuk bo’lishiga xizmat qiladi.

Ushbu qo'llanmadan, boshlang’ich sinf o'qituvchilari, boshlang’ich ta’lim uslubiyoti oliygoh va litsey talabalari o'z pedagogik mahoratlarini oshirish uchun foydalanishlari mumkinligini hisobga olib uni chop etishga tavsiya etaman.

 

 

NavDKI Pedagogika

kafedrasi dotsenti, p.f.n.:                           O. Shomiyeva

 

 

 

Navoiy DPI "Umumiy pedagogika"  kafedrasi  o’qituvchisi Sh.T.Boltayevaning   Boshlang’ich  sinf  o’quvchilari   ijodiy faoliyatini  rivojlantirish  yo’llari  monografiyasiga

T A Q R I Z

 

   O’zbekiston Respublikasi   Prezidenti I.A. Karimovning  “Mustaqillikni  mustahkamlash,  jamiyatni demokratlashtirish  va  yangilash  birinchi darajali  ustuvor  maqsad  va vazifa   bo’lib qolaveradi...   Inkor etib bo’lmaydigan  ushbu haqiqat  shu muqaddas zaminimizda  yashaydigan  har bir   insonning  qon-qoniga,  vujudiga  singib ketishini istardim”, -deb  ta’kidlashi  ta’lim sohasini   yangilashda   ham  ustuvor  vazifa bo’lib sanaladi.  Chunki  shu jamiyatda  yashaydigan  inson keng  faoliyatga  tayyorlanar ekan,  uning rivojlanishi,  tafakkurini  yangilashda  o’quv jarayoniga  ilg’or  texnologiyalarni  kiritish,  o’quvchilarning  erkin mustaqil  fikrlash,  ijodkorlik  faoliyatlarini  rivojlantirishni  taqozo  etadi.

         Ta’lim-tarbiya jarayonida bolalardagi yashirin iste’dodlarni yuzaga chiqarish, kichik maktab yoshidan boshlab o’z faoliyatini namoyon qilishi uchun imkoniyat yaratish, ulardagi ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish - kelajakda yuksak salohiyatli, ijtimoiy faol, o’tkir zehnli, kashfiyotchilik  qobiliyatini namoyon eta oladigan raqobatbardosh kadrlarni voyaga yetkazish garovi bo’lib hisoblanadi. Bu  davlatimizning ustuvor yo’nalishlaridan biri – har tomonlama barkamol insonni voyaga yetkazish g’oyasiga mos keladi. 

Sh.T.Boltayeva ushbu moyografiya boshlang’ich ta’lim o’quvchilar bilim olishining poydevori hisoblanar ekan, mazkur sinfdan boshlab, o’quvchilarda ijodiy faoliyatni rivojlantirishni taqozo etadi. Shunday ekan o’quvchilarda ijodkorlik, ijodiy faoliyatni rivojlantirish lozimligi kun tartibidagi muammo bo’lib qoldi. Zero, 1-4 sinf o’quvchilarida ijodiy faoliyatni rivojlantirishda o’quvchilarning yosh xususiyatlarini e’tiborga olish, ta’limni samarali tashkil etishda darslarni noan’anaviy tarzda o’tkazish, darslarda innovatsion metodlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. O’quvchilarida ijodiy faoliyatni rivojlantirish  ularni har tomonlama yetuk bo’lishiga xizmat qiladi.

Ushbu qo'llanmadan, boshlang’ich sinf o'qituvchilari, boshlang’ich ta’lim uslubiyoti oliygoh va litsey talabalari o'z pedagogik mahoratlarini oshirish uchun foydalanishlari mumkinligini hisobga olib uni chop etishga tavsiya etaman.

 

 

Nav DPI Pedagogika kafedrasi

dotsenti v.b. , p.f.n.:                                               S.S.Sayitov

 

 

 


Скачано с www.znanio.ru



[1] Левитов Н.Д. Субъект. Объект. Познание.- М. : Знание, 1999.- 23 с

[2] Х.Ибрагимов, Ш. Абдуллаева . Педагогика- Т.:  “Фан”, 2004 й, 110-116 б.

Boshlang’ich ta’limda o’quvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirish shart-sharoitlari

Boshlang’ich ta’limda o’quvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirish shart-sharoitlari

Boshlang’ich ta’limda o’quvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirish shart-sharoitlari deganda, avvalo ana shu shart-sharoitlarning paydo bo’lishi, amalga oshishi hamda rivojlanishi jarayoni tushiniladi

Boshlang’ich ta’limda o’quvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirish shart-sharoitlari deganda, avvalo ana shu shart-sharoitlarning paydo bo’lishi, amalga oshishi hamda rivojlanishi jarayoni tushiniladi

Mazkur talablar o’qituvchiga o’quvchilarning o’qishga bo’lgan qiziqishlari, ularning o’quv-biluv faoliyati, individual moyilliklarini bilish imkoniyati paydo bo’ladi va bu borada o’quv jarayoni tuzilmasini belgilab olishga yordam…

Mazkur talablar o’qituvchiga o’quvchilarning o’qishga bo’lgan qiziqishlari, ularning o’quv-biluv faoliyati, individual moyilliklarini bilish imkoniyati paydo bo’ladi va bu borada o’quv jarayoni tuzilmasini belgilab olishga yordam…

O’quvchilar bilish faoliyatini tashkil etganda uning oldingi ikki holatda- bilish va ijod holatida ko’rinadigan sifatlari namoyon bo’lishini ko`rsatib o`tadi

O’quvchilar bilish faoliyatini tashkil etganda uning oldingi ikki holatda- bilish va ijod holatida ko’rinadigan sifatlari namoyon bo’lishini ko`rsatib o`tadi

o fiziologik sifatlar: o’rganilayotgan ob’ektni ta’lim yordamida ko’rish, eshitish, sezish, his eta bilish; ishqobiliyati, shijoatni tarbiyalash; o intellektual sifatlar: qiziquvchanlik , zehnlilik, mulohazalilik, ziyraklik, mantiqiylik,…

o fiziologik sifatlar: o’rganilayotgan ob’ektni ta’lim yordamida ko’rish, eshitish, sezish, his eta bilish; ishqobiliyati, shijoatni tarbiyalash; o intellektual sifatlar: qiziquvchanlik , zehnlilik, mulohazalilik, ziyraklik, mantiqiylik,…

Tashkiliy faoliyat- sifatlari: - o’quvchi tomonidan o’zining individual xususiyatlarini, fe’l-atvoridagi belgilarini, har bir o’quv fani va ta’lim sohasidagi ma sh g’ulotlarning maqbul shakllarini bilish; -…

Tashkiliy faoliyat- sifatlari: - o’quvchi tomonidan o’zining individual xususiyatlarini, fe’l-atvoridagi belgilarini, har bir o’quv fani va ta’lim sohasidagi ma sh g’ulotlarning maqbul shakllarini bilish; -…

Shunday qilib evristik ta’lim, kam deganda o’quvchining uchta integratsion qobiliyati; ijodiy qobiliyati, bilishga doir va faoliyatga oid qobiliyatiga tayanadi

Shunday qilib evristik ta’lim, kam deganda o’quvchining uchta integratsion qobiliyati; ijodiy qobiliyati, bilishga doir va faoliyatga oid qobiliyatiga tayanadi

Fanga oid maqsad - o’rganilayotgan fanga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish: o’rganilayotgan mavzuga kirgan asosiy tushuncha, voqea-hodisa va qonunlarni bilish; oddiy asboblardan foydalanish ko’nikmasini hosil qilish;…

Fanga oid maqsad - o’rganilayotgan fanga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish: o’rganilayotgan mavzuga kirgan asosiy tushuncha, voqea-hodisa va qonunlarni bilish; oddiy asboblardan foydalanish ko’nikmasini hosil qilish;…

Boshlang`ich sinf o`quvchilari evristik faoliyatni texnologiyalashtirish

Boshlang`ich sinf o`quvchilari evristik faoliyatni texnologiyalashtirish

Ta’limiy ijod namunalari namoyish etilgandan keyin rasmlar, rivoyatlar, ta’riflar, olimlarning fikrlari, darsliklaridagi ma’lumotlar, shaxsiy bilim va tasavvurlari bilan asoslay olish

Ta’limiy ijod namunalari namoyish etilgandan keyin rasmlar, rivoyatlar, ta’riflar, olimlarning fikrlari, darsliklaridagi ma’lumotlar, shaxsiy bilim va tasavvurlari bilan asoslay olish

Bunda o’quvchilar avval o’qituvchining topshiriqlarini bajargan holda o’rganilayotgan tushunchaning umumiy xossalarini aniqlaydilar, so’ngra o’qituvchi rahbarligida ta’rifni mustaqil holda tuzishga harakat qiladilar

Bunda o’quvchilar avval o’qituvchining topshiriqlarini bajargan holda o’rganilayotgan tushunchaning umumiy xossalarini aniqlaydilar, so’ngra o’qituvchi rahbarligida ta’rifni mustaqil holda tuzishga harakat qiladilar

Odob va axloqqa doir tushuncha va misollarni kundalik hayotimizdan olish

Odob va axloqqa doir tushuncha va misollarni kundalik hayotimizdan olish

Taqdimotda nimaga yo’l qo’yilmaydi: -

Taqdimotda nimaga yo’l qo’yilmaydi: -

Maktablardagi mavjud ahvol o’rganilganda, ilg’or o’qituvchilar o’zlarining o’quv-uslubiy ishlarida zamonaviy metodlar orqali o’quvchilarda ijodiy faollikni shakllantirishga harakat qilishadi, biroq ularning harakatlarida har doim ham yetarlicha…

Maktablardagi mavjud ahvol o’rganilganda, ilg’or o’qituvchilar o’zlarining o’quv-uslubiy ishlarida zamonaviy metodlar orqali o’quvchilarda ijodiy faollikni shakllantirishga harakat qilishadi, biroq ularning harakatlarida har doim ham yetarlicha…

Xans Kristian Andersenning «Bolalar gurungi» ertagiga atab chizilgan rasmlar, mini-hikoyalar bolalarda ijodiy tasavvurni kengaytirishga zamin yaratadi

Xans Kristian Andersenning «Bolalar gurungi» ertagiga atab chizilgan rasmlar, mini-hikoyalar bolalarda ijodiy tasavvurni kengaytirishga zamin yaratadi

Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ijodiy faollikka undash davomida o’qituvchi: 1

Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ijodiy faollikka undash davomida o’qituvchi: 1

Muammoli ta’lim shu jihatdan bir qancha afzalliklarga ega: 1

Muammoli ta’lim shu jihatdan bir qancha afzalliklarga ega: 1

Bu esa muammoga psixologik jihatdan yondashishni talab etadi

Bu esa muammoga psixologik jihatdan yondashishni talab etadi

Muammoli vaziyat yaratishning bu usulida ramziy tasvirlardan foydalaniladi

Muammoli vaziyat yaratishning bu usulida ramziy tasvirlardan foydalaniladi

I – diqqatni jamlash bosqichi

I – diqqatni jamlash bosqichi

Ijodkorlikda o’quv natijalarini baholashga yondashuv o’zgacha

Ijodkorlikda o’quv natijalarini baholashga yondashuv o’zgacha

Topishmoqlardan dars jarayonida foydalanish orqali o’quvchilarning nutqiboyiydi, takomillashadi

Topishmoqlardan dars jarayonida foydalanish orqali o’quvchilarning nutqiboyiydi, takomillashadi

Sinf bilan birgalikda uning javobi topiladi hamda jadvaldagi o’rni aniqlanib, shu ustun qatoriga yoziladi

Sinf bilan birgalikda uning javobi topiladi hamda jadvaldagi o’rni aniqlanib, shu ustun qatoriga yoziladi

CHiq-chiq der yo’q to’xtovi ,

CHiq-chiq der yo’q to’xtovi ,

Boshlang’ich sinf o’quvchilari ijodiy faoliyatini rivojlantirishda interfaol metodlar va o`yinlardan foydalanish

Boshlang’ich sinf o’quvchilari ijodiy faoliyatini rivojlantirishda interfaol metodlar va o`yinlardan foydalanish

Ishbop o’yinlarni hayotiy vazifalarni imitatsiya va modellashtirish asosida tashkil etish samarali natijalarga olib keladi

Ishbop o’yinlarni hayotiy vazifalarni imitatsiya va modellashtirish asosida tashkil etish samarali natijalarga olib keladi

Nima uchun tabiiy boyliklarni asrashimiz lozim ?

Nima uchun tabiiy boyliklarni asrashimiz lozim ?

Odobnoma fanidan “Abu Abdulloh

Odobnoma fanidan “Abu Abdulloh

Yoshlikda olingan bilim toshga o’yilgan naqsh kabidir

Yoshlikda olingan bilim toshga o’yilgan naqsh kabidir

Ibn Sinoning hikmatlaridan foydalangan holda quyidagi darsni 3 -sinf o`qish darsida o’tish mumkin

Ibn Sinoning hikmatlaridan foydalangan holda quyidagi darsni 3 -sinf o`qish darsida o’tish mumkin

Savollarga topilgan javoblar uchinchi «Bildik» ustuniga yoziladi

Savollarga topilgan javoblar uchinchi «Bildik» ustuniga yoziladi

Qayiqcha yasagan ichida sezib tursa ham o‘zining bilmasligini tan olgisi kelmaydi

Qayiqcha yasagan ichida sezib tursa ham o‘zining bilmasligini tan olgisi kelmaydi

Azim shahar haqida yana nimalarni bilasiz? 2

Azim shahar haqida yana nimalarni bilasiz? 2

Asar matni bilan tanishtirish

Asar matni bilan tanishtirish

Bugungi o‘qish darsida nima haqidagi bilimlaringiz boyidi? –

Bugungi o‘qish darsida nima haqidagi bilimlaringiz boyidi? –

Demak, o’yinlarning ikki tomonlama vazifani bajarishi uning rivojlanuvchi natijaga ega bo’lishiga sabab bo’ladi

Demak, o’yinlarning ikki tomonlama vazifani bajarishi uning rivojlanuvchi natijaga ega bo’lishiga sabab bo’ladi

Demak, o’yinlar bolalarning asosiy faoliyat turi bo’lib, u orqali kichik maktab yoshdagi o’quvchilar hayotni, borliqni, tevarak- atrofni o’rganadilar va unga moslashadilar

Demak, o’yinlar bolalarning asosiy faoliyat turi bo’lib, u orqali kichik maktab yoshdagi o’quvchilar hayotni, borliqni, tevarak- atrofni o’rganadilar va unga moslashadilar

Ishbop” o’yinlarni faol o’qitish metodlaridagi o’rnini (ayniqsa kichik maktab yoshidagilar uchun) yaqqol tasavvur etish uchun metodlar majmuini keltirib o’tamiz

Ishbop” o’yinlarni faol o’qitish metodlaridagi o’rnini (ayniqsa kichik maktab yoshidagilar uchun) yaqqol tasavvur etish uchun metodlar majmuini keltirib o’tamiz

Ishbop o’yinlar keng ma’noda shunday usul turiki, bunda turli ishlab chiqarish vaziyatlarida, boshqaruv qarorlarini qabul qilish immitatsiya qilinadi va bu o’yin shartlari bir guruh insonlar…

Ishbop o’yinlar keng ma’noda shunday usul turiki, bunda turli ishlab chiqarish vaziyatlarida, boshqaruv qarorlarini qabul qilish immitatsiya qilinadi va bu o’yin shartlari bir guruh insonlar…

Bu bilan qatnashchilarning shaxsiy jihatlari va salohiyatlari belgilangan rollarga mos kelib o’yin yuqori darajada o’tadi

Bu bilan qatnashchilarning shaxsiy jihatlari va salohiyatlari belgilangan rollarga mos kelib o’yin yuqori darajada o’tadi

Intellektual-ijodiy o’yinlar ham ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi

Intellektual-ijodiy o’yinlar ham ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi

Zero, o’quvchi intellekti individning ilmiy salohiyatining rivojlanishiga asos bo’ladi va uning shaxs sifatida shakllanishida muhim rol o’ynaydi

Zero, o’quvchi intellekti individning ilmiy salohiyatining rivojlanishiga asos bo’ladi va uning shaxs sifatida shakllanishida muhim rol o’ynaydi

Rolli o’yinlar jarayonida asosiy shaxslardan biri boshlovchidan keyin ijtimoiy psixologik vaziyatlarning markazida turgan shaxsdir

Rolli o’yinlar jarayonida asosiy shaxslardan biri boshlovchidan keyin ijtimoiy psixologik vaziyatlarning markazida turgan shaxsdir

Yana bir usul, “monolog” deb atalib, bir o’quvchiga ma’qul darajada o’z hissiy kechinmalarini to’liq bayon etishga imkoniyat beriladi

Yana bir usul, “monolog” deb atalib, bir o’quvchiga ma’qul darajada o’z hissiy kechinmalarini to’liq bayon etishga imkoniyat beriladi

Masalan, o`quvchilarga «O`qigan asaringizdagi b e lgi bildiruvchi so`zlarni quyidagi jadvalga yozib boring», d e gan topshiriq b e rish mumkin:

Masalan, o`quvchilarga «O`qigan asaringizdagi b e lgi bildiruvchi so`zlarni quyidagi jadvalga yozib boring», d e gan topshiriq b e rish mumkin:

Daraxt bo`la turib n e ga odamlar plastmassa, t e mir kabilarni kashf etdi?

Daraxt bo`la turib n e ga odamlar plastmassa, t e mir kabilarni kashf etdi?

Har bir so`zga mos javob va-riantlaridan foydalanish maqsadga muvofiq

Har bir so`zga mos javob va-riantlaridan foydalanish maqsadga muvofiq

Darsni tashkil etish qoidalari muhokama qilinadi

Darsni tashkil etish qoidalari muhokama qilinadi

Bozor munosabatlariga asoslangan jamiyatda yashash har bir insondan ayniqsa, o’quvchi-yoshlardan keng bilimlarga ega bo’lishni talab qiladi

Bozor munosabatlariga asoslangan jamiyatda yashash har bir insondan ayniqsa, o’quvchi-yoshlardan keng bilimlarga ega bo’lishni talab qiladi

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1.
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
07.06.2020