Mavzu:“Web ga yo`naltirilgan dasturlash” fanining “CSS moduli bo’yicha LMS Moodle da o’quv materiallarni shakllantirish
Reja:
1.HTML tili va unining imkoniyatlari va LMS Moodle da ishlash
2.HTML TILI BILAN TANISHISH
3.HTML-HUJJATNING STRUKTURASI
Kirish:
Biz tezkor texnikaviy taraqqiyot, shiddat bilan rivojlanayotgan
va muntazam yangilanayotgan zamonaviy yuqori texnologiyalar,
axborot –kompyuter tizimlari asrida
yashayotganligimizni unutmasligimiz kerak.
I.A.Karimov
O`zbekiston Respublikasining taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan munosib o`rin egallashi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi 2008 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish uchun fuqarolarning, ayniqsa ziyolilarning ma‘naviy salohiyati, iqtisodiy o`zgarishlarini to`g`ri talqin qilishlari va bu jarayonlarni boshqara olishlari hamda XXI asr ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga javob bera olishlari uchun o`quv maskanlarida sifatli kadrlarni yetkazib berish masalasi dolzarb hisoblanadi.
Mavzuning dolzarbligi: “Web ga yo`naltirilgan dasturlash ” fanining CSS moduli bo’yicha LMS Moodle da CSS modulini elektron kursini yaratish. Elektron kurs va elektron o’quv qo’llanma tarkibidagi ma’lumotlar ko’rgazmalar yordamida namoyish etish orqali talabalarning bilim olish saviyasini oshirishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishimizning maqsadi: Ushbu ishning asosiy maqsadi “Web ga yo`naltirilgan dasturlash ” fanining CSS moduli bo’yicha LMS Moodle da CSS modulini LMS Moodle da kursini yaratish. Bunda LMS Moodle dasturini o`rnatish, unda ishlashni o`rganishimiz. Kurs yaratish, kursni modulida ma`ruza, amaliy mashg`ulot, tajriba ishlarini joylashtirishni o`rganish. Topshiriq va testlarni yasashni o`rganish. CSS bo`yicha materiallar yig`ish. CSS bo`yicha 1 ta ma`ruza, amaliy mashg`ulot, tajriba ishi ni Moodle da yaratish. Topshiriq va testlarni ham moodle da yaratishdan iboratdir.
1 BOB. HTML tili va unining imkoniyatlari va LMS Moodle da ishlash 1.1 HTML tili va uni web sahifalar yaratishda qo`llashWeb brauzerlar
HTML da yozilgan Web sahifa odatda brauzer deb nomlanuvchi maxsus dastur yordamida quriladi. Bu so‘zning o‘zbekchaga to‘g‘ridan – to‘g‘ri tarjimasi «sharxlovchi dastur» ma’nosini beradi. Brauzerning asosiy vazifasi foydalanuvchi talabiga muvofiq manzilni internetdan topish va qiyinchiliksiz uni tasvirlashdir. Oldiniga brauzer HTML tilida yozilgan «instruksiyani» tahlil qiladi va bu instruksiya yordamida Web sahifada mavjud bo‘lgan axborotni tasvirlaydi.
Hozirgi kunda eng ko‘p ishlatiladigan 2 ta Web brauzer mavjud bo‘lib Web sahifa tayorlovchilar bu brauzerlarning xususiyatlarini e’tiborga olishlari kerak. Bular “Netscape Navigator” va “Microsoft Internet Explorer” (IE) brauzerlaridir. Aslida brauzerlar juda ko‘p, lekin ular dunyoda ishlatilayotgan brauzerlarning bor - yo‘g‘i 1% ni tashkil qiladi. Qolgan 75% ni IE, 24% ni esa ”Netscape Navigator ” egallaydi. Demak shunday ekan ko‘pchilik hollarda shu 2 ta brauzer haqida so‘z yuritiladi.
Netscape Communicator
Bu brauzer eng mashxur va ko‘p ishlatiladigan Web brauzerlardan biridir. Netscape kompaniyasi foydalanuvchi
uchun juda sodda va qulay bo‘lgan ushbu dasturni bepul tarqatib Internet va WWW olamida inqilob qildi.
Yillar davomida bu dastur Internet muhitida aloqa vositalarini o‘zida to‘liq mujassam qildi. Bu dasturga elektron
pochta va yangiliklarni o‘qish vositalari qo‘shildi. Bularning hammasi birgalikda Netscape Communisator deb nom oldi.
Agar siz ushbu brauzerdan foydalanmoqchi bo‘lsangiz u holda http:/home.netscape.com sahifaga kirib dasturni
kompyuteringgizga o‘rnatishinggiz mumkin. Netscape ochiq arxitekturaga ega, ya’ni u Java va JavaScript
tillarida yozilgan dasturlarni tushinadi. Netscapening yuqoridagi imkoniyatlari va uning ixtiyoriy platformalar
(Windows, Macintosh, OS/2 va UNIX ning barcha versiyalari) bilan birga ishlay olishi uning mashhurligini yanada oshiradi.
Internet Explorer
Netscape ning jiddiy raqobatchisi Microsoft firmasining Internet Explorer brauzeri hisoblanadi. Bu brauzer Netscapning yangi imkoniyatlarini o‘zida mujassam qilgan va o‘zining ilg‘or texnologiyasiga ega bo‘lgan brauzerdir. Internet Explorer HTML tilining hamma versiyalarini tushinadi. Internet Explorerda ishlash Microsoft ning boshqa mahsulotlari bilan tanish bo‘lgan foydalanuvchi uchun juda qulaydir. Uning ishlash tartibi deyarli Netscapeniki kabidir. Bu ikkala brauzerlarning har biri o‘zining maxsus imkoniyatlariga ega. SHu sababli bu ikkala brauzerning faqat bittasi yaxshi desak biz xato qilamiz. SHuning uchun ham hozirda ikkala brauzer ham juda keng miqyosda ishlatilib kelinmokda.
LMS-o’qitishni boshqarish tizimi hisoblanadi.
HTML TILI BILAN TANISHISH
Gipermatn – bu elektron hujjat bo’lib, boshqa hujjatga gipersilkani (gipermurojaat) saqlaydi. Gipermatnli hujjat kompyuter ekraniga informatsiyani chiqarish uchun mo’ljallangan.
Gipermatnli texnologiya – gipermatnli hujjatlardan foydalanishga asoslangan. Bu texnologiya kompyuter ensiklopediyalari va ta’limiy dasturlarda, amaliy dasturlarning ma’lumotnoma sistemasi bilan ishlash uchun va web-hujjatlar bilan ishlash uchun mo’ljallangan.
HTML TILI BILAN TANISHISH
WEB hujjat – HTML yoki boshqa tilda yozilgan bo’lib, brauzer dasturi yordamida kompyuter ekranida elektron informatsiyani ko’rish uchun mo’ljallangan.
HTML TILI BILAN TANISHISH
Web-hujjat kompyuter ekranida to’liq ko’rish uchun mo’ljallangan. Shuning uchun Web-hujjatni Web-sahifa deb ham atashadi.
Bir mavzudagi bir nechta web-sahifani Web-tugun yoki Web sayt hisoblanadi.
Web-saytlarni web-dizaynerlar va web dasturchilar yaratadilar.
HTML TILI BILAN TANISHISH
Web-dizayn – tavsiyalar va qoidalar jamlanmasi. Sayt jozibali va ma’lumotlarga boy bo’lishi uchun ularni muallif boshqarishi kerak.
HTML tilining buyruqlarini teg deb ataladi va ular < > belgilar ichida yoziladi. Ko’pgina teglar – juft bo’ladi. Masalan ….
Har teg, teg nomidan tashkil topadi va undan so’ng teg atributlarining(parametr) ro’yxati kelishi mumkin.
Atributlar teg nomidan probellar yordamida ajratiladi. Atributning qiymati tenglik belgisidan keyin keladi. Agar qiymat birta so’z yoki birta raqamdan iborat bo’lsa, unda qiymatlarni qo’shtirnoqsiz yoziladi.
HUJJAT SARLAVHASI – VA
Hujjatning tanasi -tegi
va orasidagi ma’lumotlar hujjat tanasi deyiladi.
tegi 3 guruhli parametrlarni o’zida saqlashi mumkin:
Hujjatning tashqi ko’rinishi boshqarish.
Dasturlash parametrlari – hodisaga qarab, stillar jadvali va boshqalar
Silkalar jadvali va identifikasiya
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.